DORI MODDALARNING ORGANIZMDAGI BIOTRANSFORMASIYASI
Reja:
1.Dorilarni organizmga yuborish yo‘llari.
2.Dorilarni dozalari. Dori dozalarining ahamiyati.
3.Dori moddalarning organizmdagi biotransformasiyasi.
Tayanch tushunchalar:
Dori moddalarning organizmdagi biotransformatsiyasi, dorilarni organizmdan
chiqish yo‘llari. Buyrak orqali, oshqozon-ichak yo‘li. Nafas organlari orqali, teri va
ter bezlari, orqali, sut bezlari orqali, sinergizm, potensiallash, antidotizm,
antagonizm
Dori moddalarning organizmdagi biotransformatsiyasi.
Dori moddalari organizmga yuborilgandan so‘ng turli xil ta’sirotlarga
uchraydi: dorilar molekulalari yuborilgan joyida, qonga so‘rilganda, organizmga
taqsimlanganda, organizmdan chiqayotganda o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Dorilar
qonga tushgach qon oqsillari bilan bog‘lanadi va qon zardobida erigan holatda
bo‘ladi, aynan shu holatda dorilar organizm to‘qima va xo‘jayralariga o‘tadi.
Ko‘pchilik preparatlar xo‘jayra va to‘qimalarda tekis taqsimlanadi, boshqalari
esa o‘z yo‘lida barerlarga uchraydi. Har bir xo‘jayra har bir dori uchun o‘ziga xos
barerga (membrana) ega bo‘ladi. Bunday barerlar orqa miya kanaliga o‘tishda,
platssentadan homilaga o‘tish, tomirlar kapillyarlariga o‘tishda. To‘qimalarda
dorilarni o‘tishi va to‘planishi moddalarni to‘qimalar suyuqligida eruvchanligiga,
to‘qimalar ximiyaviy tuzilishi o‘xshashligiga, organlarda qon to‘planishi tezligiga
bog‘liq. Bunda adsorbsiya, diffuziya, osmos kapillyar kondensatsiya va boshqa
holatlar muhim rol o‘ynaydi.
Organizmda dori moddalari murakkab biotransformatsiya-o‘zgarishga
uchraydi, jumladan, ular parchalanadi, neytrallanadi, yangi birikmalarga aylanadi,
ba’zilari organizmdan o‘zgarishsiz chiqadi.
Organizmda dorilar turli yo‘llar bilan biotransformatsiyaga uchraydi:
-Oksidlanish (alkogol, alkoloidlar)
-Gidroliz (glikozidlar parchalanishi)
-Atsetillanish (sulfanamidlar parchalanishi)
-Demetillanish
-Kondensatsiya
Dorilarni organizmdan chiqish yo‘llari.
Dorilar organizmga tushgach to‘liq yoki qisman buziladi, lekin ko‘pchiligi
buzilmasdan yoki har xil birikmalar xolida organizmdan chiqib ketadi.
Dorilar organizmdagi tashqi sekretor faoliyatga ega organlar yordamida
tashqariga chiqariladi.
Agar dorilar to‘qimalarda qanchalik ko‘p adsorbsiyalangan bo‘lsa,
organizmdan shuncha sekin chiqib ketadi. Dorilarni asosiy qismi organizmdan 1
chi 3-5 soatda, qolgan qismi bir necha kun davomida chiqib ketadi.
1.Buyrak orqali. Siydik bilan turli tuzlar, og‘ir metall tuzlari, alkoloid va
glikozidlar, yog‘lar, terpenlar va boshqalar chiqib ketadi. Ba’zi dorilar buyrak
orqali ajralib davolovchi (urotropin) ta’sir etishi mumkin.
2. Oshqozon-ichak yo‘li. So‘lak bezlari bilan yoditlar, bromidlar, og‘ir metall
tuzlari ajraladi. Oshqozon-ichak kanali orqali margumush preparatlari, og‘ir metall
tuzlari, aromatik birikmalar, Ca, Mg, alkoloidlar ajraladi.
3.Nafas organlari orqali uchuvchan gaz va par holatidagi moddalar (efir, efir
moylari, ammoniy xlorid) ajraladi. Nafas organlarida qon bilan ta’minlanish yaxshi
bo‘lganligi uchun dorilar tez ajraladi
4. Teri va ter bezlari orqali og‘iz metallar, galoidlar, margumush, fenol,
salitsilat va boshqalar ajraladi.
5.Sut bezlari orqali laktatsiya davrida antibiotiklar, og‘ir metallar,
margumush preparatlari insektitsidlar ajraladi.
Dori moddalarni birga qo‘llagandagi ta’sirlari.
Amaliyotda hayvonlarni davolash uchun bitta emas, bir nechta dori moddalari
bir vaqtni o‘zida qo‘llaniladi.
Bitta dori qo‘llansa, kerakli natija olib bo‘lmaydi, shuning uchun yuqori
terapevtik natija olish uchun dorilar bir biriga qo‘shib qo‘llaniladi. Bunda
organizmda sinergizm yoki antagonizm holatlari ro‘y beradi.
1. Sinergizm – bir necha dorilar birga qo‘shib qo‘llanilganda yuqori
davolovchi natija beradi. Sinergizm to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita bo‘lishi
mumkin, bunda dorilar bitta organ yoki sistemaga ta’sir qiladi. Masalan:
xloralgidrat bilan alkogolni narkotik ta’siri, bular bir nerv xo‘jayralariga ta’sir