DPM larda ionlantiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanganda dozimetrik va radiometrik nazorat o‘tkazishning asoslari
Yuklangan vaqt
2024-04-07
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
140,0 KB
DPM larda ionlantiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanganda dozimetrik
va radiometrik nazorat o‘tkazishning asoslari
2.1. Mashg‘ulot qisqacha mazmuni:
Hozirgi kunda radiaktiv moddalar va boshqa ionlantiruvchi nurlanish
manbalaridan insonlar o‘zlarining turli faoliyatlarida, shu jumladan
tibbiyot soxasida ham keng kulamda foydalanmokda. Ionlantiruvchi
nurlar tibbiyotda ishlatish xususiyatiga ko‘ra ikki guruhga ya’ni ochiq va yopiq
manbalarga bo‘linadi. Yopiq ionlantiruvchi nur manba’lari- bu radiaktiv
moddalarning shunday agregat holatiki, bunda radiaktiv moddalar atrof muhitga
tushmaydi, ularning fakatgina nurlarigina tashqi muhitga tushadi. Rentgen nurlarini
yopiq manbaga misol qilish mumkin. Ochiq ionlantiruvchi nur manbalari deb
radiaktiv moddalarning shunday agregat holatiki, bunda tashqi muhitga faqat
nurlargina emas balki radiaktiv moddalarning uzi ham atrof muhitga tushishi
mumkin. Radiaktiv moddalar tutgan bug`lar, radiaktiv moddalar tutgan suyukliklar,
surtmalar shular jumlasidandir.
Atmosfera muhitni ionlantiruvchi nurlardan muxofaza qilish maksadida, nur
manbalarida ishlovchilarning mexnat sharoitlarini xavsizligini nazorat qilish
maqsadida sanitar dozimetrik nazorat SDN o`tkazilishi shart.
SDN uz tarkibiga quyidagilarni kiritadi:
1.Yangitdan kuriladigan va rekonstruksiya kilinadigan obyektlarning loyixalarini
ekspertizadan utkazish.
2.Ionlantiruvchi nur manbalaridan foydalanadigan korxona va muassasalarni
hisobga olish hamda pasportizatsiyadan utkazish.
2. Radiaktiv chiqindilarning to`planishi, chetlashtirilishi, zararsizlantirilishi va
kumib tashlanishini nazorat qilish.
4.Ionlantiruvchi nur manbalarida ishlovchilarni salomatligini tibbiy ko`riklar orqali
nazorat qilish.
5.Radiologik obyektlarda va atrof muhitda radiologik nazorat o`tkazish
6.Radiologik obyektlarda dozimetrik nazorat utkazish.
Tibbiyot maskanlarida xodimlarni ionlantiruvchi nur manbalaridan himoyalanish
chora tiadbirlarining kay dlarajada ekanligiga shu muassasa raxbari va radiologik
bo‘lim boshliqlari javobgar shaxs hisoblanadi. Sanitar dozimetrik nazoratning eng
muhim qismi bo‘lib dozimetrik nazorat hisoblanadi, ya’ni ionlantiruvchi nurlanish
manbalarida ishlovchilar hamda shu atrofda yashovchi axolining oladigan nurlanish
dozalarini aniklash va baholash ishlaridir. Dozimetrik nazorat o`z vazifasiga ko‘ra
ikki turga bo‘linadi:
1.Umumiy dozimetrik nazorat.
2.Shaxsiy dozimetrik nazorat.
Umumiy dozimetrik nazoratning asosiy vazifasi statsionar turkimida tashkil etilgan
himoya tusiqlari sifatini baholashdan iborat bo`lsa, Shaxsiy dozimetrik nazorat
radiaktiv moddalar bilan ishlovchilarning ma’lum vaqt oralig`ida olgan hamma
turdagi tashki ionlantiruvchi nur doza quvvatini aniqlashni ta’minlaydi.
Umumiy dozmetrik nazorat maxsus asboblar - RENTGENOMETRLAR
yordamida amalga oshiriladi ( DRGZ-03,DRG-05, DRG-05M, "Bella" va
boshqalar). Yuqorida nomlari keltirilgan asboblar ikki qismdan iborat bo‘lib,
birinchi qism qabul qiluvchi ( stinsilyatsion hisoblagich yoki ionizatsion kamera) va
qayd qiluvchi qismdan iborat. Ikkinchi qism boshqarish panelida joylashgan, birligi
mk.R\sek.
Asboblar bilan ishlash tartibi
-Asbobni elektr tarmog`iga ulash
-Ish tartibi buragichini " izmereniye" holatiga quyish
-Diapazon buragichini " ust. nulya" holatiga o`tkazish
-Stinsilyatsion hisoblagich stakanini " ochiq" holatiga quyish.
Diapazonlar buragichi tartib bilan strelkaning "0" holatidan shkaladagi sonlarga
muofiq ko`rsatkichni olish uchun bir xolatdan ikkinchi xolatga o`tkazish.
Shkala bo`yicha ko`rsatkichlarni olish va o‘lchash o`tkazilgan diapazon
raqamlarniga ko‘paytirish . Olingan natijalar SanQ va Meyorlar 0029-94 bo`yicha
belgilanadi.
Ushbu asboblar yordamida rentgen va gamma nurlarining ekspazitsion doza quvvati
va ekspazitsion dozalarni o`lchash uchun xizmat qiladi.
SHAXSIY DOZIMETRIK NAZORAT O`TKAZISH UCHUN TLD,
IFKU asboblaridan foydalaniladi.
IFKU asbobi gamma nurlanishning 0,1 dan 3 mv gacha bulgan diapazondagi
fotonlar energiyasining yutilgan dozasini aniqlash uchun, betta nurlanishning 1 mev
dan yuqori energiyalarini, hamda issiklik neytronlarining ekvivalent dozadarini
aniqlash uchun mo‘ljallangan.
IFKU komplektiga quyidagilar kiradi: pribor densitometr, IFKU kasetalari-4
maydonchali kasetalar va plenkalarni ishlov berish uchun kushimcha jixozlar. IFKU
komplektida rentgen plenkalaridan foydalanish mumkin.IFKU kasetalari turt
maydonli bo‘lib, turli kurinishdagi nurlanish dozalarini aniqlashga mo‘ljallangan:
Birinchi maydon berk ekrandan iborat bo‘lib gazlama ekvivalentli materialli
ekrandan iborat. Bu maydon betta nurlanishning yigindi dozasi va yumshoq hamda
dagal gamma nurlanish yigindisini o‘lchaydi.
Ikkinchi ekran alyuminiydan tayyorlangan ekran bilan yopilgan va u orkali
kompensatsiyalashmagan gamma nurlanishni o‘lchaydi;
Uchinchi maydonning plenkasi 0,5mm li alyuminy va 0,75mm li qurgoshindan
yasalgan kompensatsiyalovchi filtr orasiga joylashtirilgan. Bu ekran yordamida
gamma nurlanishning tukimalardagi dozasi aniqlanadi.
Turtinchi maydon plyonkasi 0,5mm li alyuminiy va 50 mg/sm2 li kadmiy filtrlari
ichiga joylashtirilgan bo‘lib, gamma nurlanish va issikli neytronlarning yigindi
dozasini aniqlaydi.
IFKU KOMPLEKTI BILAN ISHLASH TARTIBI
Kasetalarni rentgen plenkasi bilan zaryadlanadi va ionlantiruvchi nurlanish
manbalarida ishlovchilarga tarqatiladi. Nurlanish dozasini aniqlash uchun plenkani
kimyoviy ishlovdan o`tkaziladi va ularni densitometrda sinab ko`riladi. Sinash
darajalangan sinov plenkalari buyicha olib boriladi.