Ilmiybaza.uz
DPMLARDA RATSIONAL SUV TA’MINOTINING AHAMIYATI
DPM lariga bo’lgan muhim gigiyenik talablarning biri ularni to’la sifatli suv
bilan yetarli miqdorlarlarda ta’minlash hisoblanadi. QMQ 2.04.01 - 98 "Binolarning
ichki suv tarmog’i va kanalizatsiyasi"ga muvofiq somatik kasalxonalardagi suv
iste’moli me’yorlari 1 kecha-kunduzga bir bemor uchun 115 l ni, yuqumli
kasalxonalarda 250 ni, poliklinikalarda 1 qabul uchun 13 l ni tashkil qiladi.
Bunday hollarda kasalxonani yetarli miqdorlarda suv bilan taminlash uchun ularni
hududiy markazlashtirilgan suv tarmog’iga ulash eng yaxshi variant hisoblanadi.
Agar mazkur aholi yashash punktida markazlashgan suv tarqatish tarmog’i yo’q
bo’lsa, avtonom suv tarmog’idan foydalanish tavsiya etiladi. Bizning respublikamiz
sharoitida deyarli hamma yerda kasalxonalarda avtonomlashtirilgan suv ta’minoti
tizimini tashkil qilish imkoniyati mavjud va suv ta’minoti manbai sifatida zahira
artezian suvlaridan foydalanish mumkin. Har qanday suv ta’minoti tizimida ham
DPMlarga uzatiladigan suv 950-2011 Davlat Standarti “Ichimlik suvi” talablariga
muvofiq bo’lishi kerak.
Davlat standarti 950-2011 quyidagi ko’rsatkichlar guruhlari bo’yicha ichimlik
suvining sifatini reglamentlaydi: mikrobiologik ko’rsatkichlar, parazitologik
ko’rsatkichlar, gelmintologik ko’rsatkichlar, organoleptik ko’rsatkichlar va suvning
organoleptik
ko’rsatkichlariga
ta’sir
ko’rsatuvchi
ko’rsatkichlar,
zaharli
moddalarning REK va radioaktiv ifloslanish ko’rsatkichlari.
DPMlarni mahalliy markazlashgan suv ta’minoti tarmog’iga ulashda vrach
laboratoriya tekshirishlari natijalariga asoslanib, suvning sifatini baholay olishi
kerak.
DPMni avtonom suv ta’minoti tizimiga ulangan holatlarda esa, suvni tozalash
zaruriyati tug’iladi va birinchi navbatda uni tiniqlashtirish va zararsizlantirish kerak
bo’ladi. Shuning uchun vrach suvning tozalanish sifatini baholashni bilishi va
nazorat qila olishi kerak.
Davlat Standarti 950-2011 ga muvofiq suvni taqsimlash tarmog’idagi suvning
sifatini nazorat qilish qisqartirilgan nazorat ko’rsatkichlari bo’yicha amalga
oshiriladi va quyidagilarni aniqlashni o’z ichiga oladi: bakteriologik ko’rsatkichlar
Ilmiybaza.uz
(umumiy mikroblar soni, koli-indeks), organoleptik ko’rsatkichlar (hidi, qo’shimcha
ta’mi, rangliligi, loyqaligi), hamda eng oddiy aniqlanadigan fizik-kimyoviy
ko’rsatkichlar. Davlat Standarti 950-2011 bo’yicha bu ko’rsatkichlarning me’yorlari
quyidagilar:
Davlat Standarti 950-2011dan ko’chirma:
-umumiy mikroblar soni - 100 dan ko’p emas
-koli-indeks - 3 tadan ko’p emas
-hidi - 2 ball
-qo’shimcha ta’mi - 2 ball
-loyqaligi - 1,5(2 )mg/l
-rangliligi – 20(25 )gradus
-pH - 6-9
-quruq qoldiq - 1000 (1500)mg/l
-temir - 0,3 mg/l
-umumiy qattiqlik - 7 mg/ekv/l (SI tizimida - 3,5 mmol/dm3); SEOvaJSX bilan
kelishilgan holda -10 mg-ekv/l gacha;
-sulfatlar – (400)500 mg/l
-xloridlar – (250)350 mg/l
-ftor - 0,7 mg/l
-nitratlar - (NO3 bo’yicha) - 45 mg/l
Ichimlik suvining laboratoriya nazorati davlat nazorati vazifasiga muvofiq
bajarilganda tekshirishlarni SEOvaJSX laboratoriyalari amalga oshiradi; SEOvaJSX
bilan kelishilgan holda DPM hududidagi suv namunasini olish nuqtalari aniqlanadi
va vaqti-vaqti bilan suv namunalari olib tekshirishga yuboriladi. DPM lardagi
suvning laboratoriya tekshirishlari natijalari tugatilgandan so’ng uning natijalari
haqidagi ma’lumotlar DPM ma’muriyatiga yetkaziladi. Suvni tekshirish natijalarini
baholash yuqorida keltirilgan me’yorlar bilan taqqoslash orqali amalga oshiriladi.
Suvni tozalash bilan birga uni zararsizlantirish, agar suvning sifati Davlat
Standarti 950-2011 talablariga javob bermagan hollarda amalga oshiriladi.
Ichimlik suvining sifatini yaxshilashdagi asosiy usullari quyidagilar hisoblanadi:
-tindirish (muallaq zarrachalarni yo’qotish);
-zararsizlantirish (mikroblar, gelmintlar, oddiy jonivorlardan holi qilish);
Ilmiybaza.uz
Suvni tiniqlashtirish bir nechta bosqichlarda olib boriladi: suvni koagulyatsiya
qilish (ma’lum miqdordagi koagulyant dozasini suvga solish (mg/l), suvni
koagulyant bilan kontaktda bo’lishi, tindirish, turli konstruksiyalardagi filtrlar
yordamida filtrlash). Suvni koagulyatsiya qilish uchun unga koagulyant - alyuminiy
sulfat qo’shiladi, natijada koagulyant suvdagi qattiqlik tuzlari ishtirokida alyuminiy
gidroksidini hosil qiladi (Al(SO3)2 ) va u zaryadlangan ipir-ipir ko’rinishida suvning
tagiga cho’kadi, cho’kish jarayonida suv tarkibida bo’ladigan muallaq zarrachlarni
va qisman mikroorganizmlarni o’ziga biriktirib cho’kmaga tushadi.
Suvni koagulyatsiyalashda unga koagulyantning optimal dozasini solish juda
muhimdir, chunki koagulyant dozasi past bo’lganda koagulyatsiyaning samarasi
past bo’ladi, juda yuqori doza esa, suvga nordon ta’mni beradi. Shuning uchun suvni
koagulyatsiya qilishdan avval koagulyant dozasini aniqlash talab etiladi. Koagulyant
dozasini aniqlash bir necha bosqichda olib boriladi:
1 - suvning yo’qotsa bo’ladigan qattiqligini aniqlash,
2-vaqtinchalik qattiqlik qiymatiga muvofiq ravishda koagulyantning tahminiy
dozasini aniqlash,
3-tanlangan dozaning to’g’riligini tekshirish.
1 bosqich - yo’qotsa bo’ladigan qattiqlikni aniqlash: 100 ml tekshiriluvchi suv
+ 3-4 tomchi metiloranj va xlorid kislotaning 0,1 normalli eritmasi bilan pushti rang
hosil bo’lguncha titrlash. Yo’qotsa bo’ladigan qattiqlik (X) teng:
X = (n x K x 0,1 x 1000) : V mmol/dm3 ,
SUV SIFATINI YAXSHILASH USULLARI
Asosiy usullar
Qo’shimcha usullar
Tindirish,
rangsizlantirish
Zararsizlantirish
Yumshatish
Chuchuklashtirish
Temirsizlantirish
Ftorsizlantirish
Ftorlash
Degazatsiya
Dezaktivatsiya
Koagulyatsiya
Fizik usullar
Filtratsiya
Tindirish
Kimyoviy usullar
Xlorlash;
Ozonlash;
Kumush ionlari
bilan
zararsizlantirish
Ultrabinafsha
nurlar;
Gamma
nurlanish;
Ultratovushli
ta’sir;
Qaynatish
Ilmiybaza.uz
bu yerda:
n - titrlash uchun ketgan xlorid kislotaning ml. dagi miqdori;
K - xlorid kislotaning titriga to’g’rilash koeffitsienti;
0,1 -xlorid kislotaning normalligi;
1000 - natijani litrda ifodalash;
V - tekshirish uchun olingan suv miqdori.
Agar K = 1 bo’lsa, hisoblash soddalashadi: X = n mmol/dm3.
2 bosqich - topilgan yo’qotsa bo’ladigan qattiqlikning qiymatiga muvofiq
koagulyantning tahminiy dozasini jadval bo’yicha aniqlanadi:
Yo’qotsa
bo’ladigan
qattiqlik, mmol /dm3
200 ml suv uchun 1 % li
Al(SO3)2 ning miqdori
1 l suvga qo’shiladigan quruq
Al(SO3)2 ning miqdori
1
0,8
0,04
2
1,6
0,08
3
2,4
0,12
4
3,2
0,16
5
4,0
0,20
6
4,8
0,24
7
5,6
0,28
3 bosqich - uchta stakanga 200 ml dan tekshiriluvchi suv solinadi va 1 - chi
stakanga jadval bo’yicha aniqlangan koagulyant dozasi solinadi, 2-chi stakanga -
undan 1 ml kam, 3-chi stakanga 1-chi stakanga solingandan 1 ml ko’p miqdorda
qo’shiladi. Aralashtiriladi va 10 daqiqaga qoldiriladi, so’ngra qaysi stakanda ipir-
ipir hosil bo’lishi va cho’kishi tez ketsa, shu stakanga solingan koagulyant dozasini
haqiqiy doza deb qabul qilinadi.
Katta hajmlardagi suvlarni koagulyatsiya qilishda koagulyant dozasini 10%
ga kamaytiriladi, chunki katta hajmlardagi suvda koagulyatsiya jarayoni tez ketadi.
Suvni zararsizlantirish fizikaviy (qaynatish, ultrabinafsha nurlar bilan ishlov
berish) va kimyoviy (xlorlash va ozonlash) usullar bilan o’tkaziladi. Xlorlash usuli
eng ko’p qo’llanadigan usul hisoblanadi, chunki yetarlicha samarali va arzonroq
usuldir.
Suvni xlorlash bir nechta usullarda olib borilishi mumkin. Agar epidemiologik
vaziyat xotirjam va suvning hamma ko’rsatkichlari yaxshi bo’lsa, normal dozadagi
xlor bilan xlorlash usulidan foydalaniladi (1 litr uchun 4-5 mg faol xlor).
Epidemiologik vaziyat nomuvofiq bo’lsa, giperxlorlash usulini qo’llash mumkin
(xlor dozasi - 10-20 ml /l gacha), ammo bunda zararsizlantirilgan suvni dexlorlashga
to’g’ri keladi, chunki suvdagi qoldiq xlor miqdori me’yordan ortiq bo’ladi.
Ilmiybaza.uz
Suvni xlorlash ko’pincha suvga xlorli ohakning 1% li tiniqlashtirilgan
eritmasini solish orqali bajariladi; bunda xlorning dozasi tajriba orqali xlorli
ohakning faolligiga qarab, ya’ni xlorli ohak tarkibidagi faol xlorning % lardagi
miqdori bo’yicha aniqlanadi. Yilning sovuq fasllarida xlorning suv bilan bo’ladigan
kontakti 1 soatdan kam bo’lmasligi kerak, issiq paytda esa - 30 daqiqadan kam
bo’lmasligi lozim.
Xlorning suv bilan kontaktda bo’lganidan so’ng, suv tarkibida ma’lum
miqdorda qoldiq xlor qolishi kerak va u suvning zararsizlantirilganligini baholovchi
muhim ko’rsatkich hisoblanadi. Xlorning suv bilan kontaktda bo’lganidan so’ng
qoladigan xlor miqdorining qiymati Davlat Standarti 950-2011 ga muvofiq 0,3 - 0,5
mg/l atrofida bo’lishi kerak.
Suvning zararsizlantirilganlik sifatini tahminiy hidi bo’yicha aniqlanishi mumkin,
ya’ni 0,3-0,5 mg/l qoldiq xlor suvga yengil xlor hidini beradi (2 ball).
Eng ob’yektiv ko’rsatkich bo’lib, qoldiq xlorning miqdori kimyoviy usulda
aniqlash hisoblanadi: 100 ml tekshiriluvchi suvga + 10 ml bufer eritma (rN 4,6) + 5
ml 10% li KI + 1 ml. ! %-li kraxmal eritmasi qo’shiladi. So’ngra 0,005 n natriy
giposulfiti eritmasi bilan eritmaning rangi yo’qolguncha titrlanadi. Qoldiq xlorning
miqdorini (X) formula bo’yicha hisoblab topiladi:
X = (n x K x 0,177 x 1000) : V mg/l, bu yerda
n - titrlash uchun sarflangan giposulfitning ml dagi miqdori
K - giposulfit natriyning titriga to’g’rilash koeffitsienti
0,177 - 1 ml 0,005 n giposulfitga muvofiq keladigan faol xlor miqdori
V - tekshirish uchun olingan suvning hajmi.
K = 1 bo’lganda va tekshirish uchun olingan suvning miqdori 100 ml bo’lganda
formula soddalashadi:
X = n x 0,177 mg/l
Suvni ozonlash. 1901 yilda Rossiyada vodoprovodchilar s'yеzdi bo'lib o'tdi.
Bunda ozondan suvni zararsizlantirish maqsadida foydalanish masalasi ko'rib
chiqildi. 1905-1906 yillarda G.B.Xlopin va K.Е.Dobrovolskiylar tomonidan Nеva
suvlarini ozonlash bo'yicha tajriba o'tkazildi. 1911 yilda Pеtеrburg shahrida
tarqalgan vabo еpidеmiyasidan so'ng ozon filtrli vodoprovod stansiyasi qurildi.
Stansiya sutkasiga 24 000 m3 suvni filtrlab chiqaradi. Bir yil o'tgach N.F.Gamalеya
ozonli vodoprovod to'g'risida katta maqola yozdi. Ammo, arzon va kеng ko'lamda
ishlatish mumkinligi tufayli ozon o'rniga yana xlordan foydalana boshlandi.
Ozon (O3) yoqimsiz hidli, suvda juda yaxshi еriydigan havorang gaz. 00C li
760 mm simob ustuniga tеng 1 litr suvda 980 mg ozon еriydi.
Ilmiybaza.uz
Ozon o'tkir oksidlovchi modda bo'lib, baktеritsid xususiyati juda yuqori. Ozon
mikroblarning protoplazmasiga kuchli ta'sir ko'rsatadi, har qanday organik moddalar
bilan rеaksiyaga kirishib ularni parchalaydi.
Kеyingi yillarda ozonga bo'lgan qiziqish rivojlangan mamlakatlarda kuchayib
bormoqda. Hozir Amеrika Qo'shma Shtatlari va Fransiyaning еng katta vodoprovod
inshootlarida ozondan suvni zararsizlantirish maqsadlarida foydalanilmoqda.
moskva, Kiyеv, Yaroslavl, Chеlyabinsk va boshqa shaharlarda ham ozonli
vodoprovodlar mavjud.
Ozon molеkulasi suv tarkibida oraliq moddalarga parchalanadi-ya'ni erkin
radikallar H2O, OH hosil qiladi. Oksigеn mоlеkulasi va erkin radikallar kuchli
oksidlovchi bo'lgani uchun mikroorganizmlarga baktеritsid ta'sir ko'rsatadi.
Ozon faqat baktеritsid xususiyatga еga bo'lib qolmay, balki suvning
organolеptik xususiyatini yaxshilashga ham yordam bеradi.
1. Ozon oz vaqt ichida suvni ishonchli darajada zararsiz holatga kеltiradi.
2. O'zicha suvdagi moddalar bilan aralashmaydi va hech qanday maza yoki
hid bеrmaydi.
3. Suvni zararsizlantirishdan tashqari, uni rangsizlantiradi ham.
4. Suvni ozonlashga uning pHi, tеmpеraturasi va boshqa xususiyatlari halaqit
bеrmaydi.
5. Ozonni vodoprovod inshootlarining o'zida ishlab chiqarish mumkin.
Ozonning afzalligi shunda-ki, u suvda hech qanday birikma hosil qilmaydi,
suvning
organolеptik
xususiyatlarini
yaxshilaydi.
Lyambliya,
dizеntеriya
amyobasini nobud qiladi. Ozonlash usulining kamchiligi shuki, bunda еlеktr quvvati
sarflanadi. Еlеktr quvvati еsa iqtisodiy jihatdan qimmatga tushadi.
Suvni ultrabinafsha nurlar bilan dеzinfеksiya qilish- suvni baktеriyalardan
ozod qilishning yana bir usuli hisoblanadi. Ultrabinafsha nurlar mikroorganizmlarga
baktеritsid ta'sir qiladi. Bunda mikrooorganizmlardagi hujayra protoplazmasining
parchalanishi mikrob hujayrasida moddalar almashinuvi jarayonlarini buzilishiga
olib kеladi. Bunda ultrabinafsha nurlarning ta'sir qiluvchi faol to'lqin uzunligi 205-
200 nm ga tеng bo'ladi. Bu usul bilan suvni juda tеz zararsiz holatga kеltirish
mumkin.
Ilmiybaza.uz
Bu usulning kamchiligi suvning zararsizlantirilganligini aniqlash qiyinligi
hisoblanadi. Bu usul tеxnik asbob-uskunalardan nihoyatda ustalik bilan
foydalanishni talab qiladi. Nurlanish normasi va vaqtini bilish uchun har kuni
baktеriologik nazorat uyushtirish zarur bo'ladi.
Suv nihoyatda tiniq va kolloid moddalardan holi bo'lgandagina maqsadga
еrishish mumkin. Shuning uchun ultrabinafsha nurlar bilan faqatgina yеr osti
havzalaridan olinadigan suvni zararsizlantirish mumkin.
Qo’shimcha usullar. Ayrim hollarda suvga qo’shimcha usullar bilan ham
ishlov berishga to’g’ri keladi. Ichimlik suvining sifatini yaxshilashdagi maxsus
usullari quyidagilar hisoblanadi:
-yumshatish - (suvning qattiqligini pasaytirish);
-chuchuklashtirish (xloridlar va sulfatlardan holi qilish);
-dezaktivatsiya (radioaktiv moddalardan holi qilish);
-temirsizlantirish;
-dezodoratsiyalash (qo’shimcha hidlarni yo’qotish);
-deftorlash;
-ftorlash.
Suvdagi temir elementini chiqarib tashlash- temir elementi 0,3 mg dan ortib
ketsa, uni me’yorga keltirish kerak bo’ladi. Buning uchun suv tindirilgach, filtrdan
o’tkaziladi yoki oldin aeratsiyalab, so’ngra bir yoki ikki pog’onali filtrlash yo’li
bilan tozalanadi. Reagent usuli aeratsiya usuli bilan olib boriladi.
Avval oksidlanuvchi moddalar yoki ohak ishlatilib, so’ngra yupqa qavatli
filtrdan o’tkaziladigan suvni temirsizlantirish mumkin.