DUKKAKLI DON EKINLARI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

12

File size

Fayl hajmi

26,5 KB


DUKKAKLI DON EKINLAI
   Reja.
1. Dukkakli don ekinlari to‘g‘risida ma’lumot. 
2. Soyaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari,
ekish muddatlari usullari va meyori.
3. Loviyaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari,
ekish muddatlari.
4. Ko‘k no‘xat (rus no‘xati)ning  xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva
biologik xususiyatlari, ekish muddatlari .
5. No‘xatning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari,
ekish muddatlari .
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Dukkakli don ekinlari dehqonchilikda uchta
asosiy vazifani: o‘simlik oqsili masalasini, don yetishtirishni ko‘paytirishni va
tuproq unumdorligini oshirishni hal etishga yordam beradi. 
Dukkakli don ekinlari oqsilning miqdori bilan emas, balki ularning sifati
bilan ham farq qiladi. Dukkakli ekinlarning doni mollar uchun qimmatli konsentrat
oziq hisoblanadi, pichani, silosi va ko‘kati juda to‘yimli bo‘ladi. Dukkakli don
ekinlarining urug‘i, poyasi va bargida donli ekinlarinikiga qaraganda 2-3 baravar
ko‘p  oqsil  bo‘ladi.  Shuning  uchun  yem-xashakning  oqsil  tarkibini  yaxshilash
maqsadida dukkakli don ekinlari boshqa ekinlarga aralashtirib ham ekiladi. Soya
va lyupin urug‘ida oqsil ayniqsa ko‘p 30-50% bo‘ladi. Dukkakli don ekinlarining
poxoli va to‘ponida 8-14% gacha, don ekinlari poxolida esa faqat 3-4% oqsil
bo‘ladi. Ba’zi dukkakli don ekinlarining urug‘ida odam va hayvonlar uchun zarur
bo‘lgan  barcha  aminokislotalar,  shu  jumladan,  zaruriy  aminokislotalar  bo‘ladi
(lizin, metionin, triptofan). Urug‘i tarkibida zaruriy aminokislotalarning miqdori va
Logotip
DUKKAKLI DON EKINLAI Reja. 1. Dukkakli don ekinlari to‘g‘risida ma’lumot. 2. Soyaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. 3. Loviyaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari. 4. Ko‘k no‘xat (rus no‘xati)ning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari . 5. No‘xatning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari . Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Dukkakli don ekinlari dehqonchilikda uchta asosiy vazifani: o‘simlik oqsili masalasini, don yetishtirishni ko‘paytirishni va tuproq unumdorligini oshirishni hal etishga yordam beradi. Dukkakli don ekinlari oqsilning miqdori bilan emas, balki ularning sifati bilan ham farq qiladi. Dukkakli ekinlarning doni mollar uchun qimmatli konsentrat oziq hisoblanadi, pichani, silosi va ko‘kati juda to‘yimli bo‘ladi. Dukkakli don ekinlarining urug‘i, poyasi va bargida donli ekinlarinikiga qaraganda 2-3 baravar ko‘p oqsil bo‘ladi. Shuning uchun yem-xashakning oqsil tarkibini yaxshilash maqsadida dukkakli don ekinlari boshqa ekinlarga aralashtirib ham ekiladi. Soya va lyupin urug‘ida oqsil ayniqsa ko‘p 30-50% bo‘ladi. Dukkakli don ekinlarining poxoli va to‘ponida 8-14% gacha, don ekinlari poxolida esa faqat 3-4% oqsil bo‘ladi. Ba’zi dukkakli don ekinlarining urug‘ida odam va hayvonlar uchun zarur bo‘lgan barcha aminokislotalar, shu jumladan, zaruriy aminokislotalar bo‘ladi (lizin, metionin, triptofan). Urug‘i tarkibida zaruriy aminokislotalarning miqdori va
ularning nisbatiga ko‘ra, soya birinchi o‘rinda turadi. Dukkakli don o‘simliklari
tarkibidagi oqsil miqdori ularning navi, tuproq-iqlim sharoitiga va agrotexnikaviy
xususiyatlariga juda bog‘liq bo‘ladi. Dukkakli don ekinlarining urug‘ida va ayniqsa
vegetativ  organlarida  vitaminlardan  (A,  V,  V2,  S)  ham  bo‘ladi.  Dukkakli
ekinlarning agrotexnikaviy ahamiyati shundaki, ular yerda ko‘p miqdorda organik
moddalar  to‘playdi,  dehqonchilikdagi  azot  balansini  yaxshilaydi  va  ularning
ayrimlari  (lyupin,  no‘xat  va  xashaki  dukkaklilar)  qiyin  eriydigan  fosfatlarni
o‘zlashtiriladigan shaklga aylantiradi.
Dukkakli  o‘simliklar  ildizlaridagi  tuganaklarida  bo‘ladigan  tuganak
bakteriyalar  yordamida  atmosfera  azotini  biriktirib  olib,  azot  bilan  tuproqni
boyitadi.
M.V.Fedorov ma’lumotlariga ko‘ra, lyupin 400 kg gacha, beda 150 kg,
yung‘ichqa  130  kg,  no‘xat  va  vika  100  kg,  soya  150  kg  atmosfera  azotini
o‘zlashtiradi.
Dunyo  dehqonchiligida  dukkakli  don  ekinlari  135  mlngektar  atrofida
ekiladi. 
Dukkakli  don  ekinlari  Hindiston,  Xitoy  va  Amerikada  keng  tarqalgan.
Respublikamizda dukkakli don ekinlari 1998 yili 22,2 ming  ga atrofida ekiladi.
O‘zbekistonda ko‘proq mosh, jaydari no‘xat, soya, oddiy no‘xat, loviya ekiladi.
Dukkakli don ekinlarining botanik xususiyatlari. Dukkakli don ekinlari
bargining tuzilishiga ko‘ra 3 ta kichik guruhga bo‘linadi.
1.  Patsimon  bargli  o‘simliklar  (ko‘k  no‘xat,  yasmiq,  burchoq,  no‘xat,
dukkaklar).
2. Uchta bargli o‘simliklar (loviya, soya).
3. Panjasimon bargli o‘simliklar (lyupin).
Bu guruhdagi o‘simliklar dastlabki o‘sish xususiyatiga va shunga muvofiq
agrotexnikaviy  xususiyatlariga  ko‘ra  bir-biridan  farq  qiladi.  Birinchi  guruhga
kiruvchi o‘simliklar urug‘palla ustki bo‘g‘imi (epikotil) hisobiga o‘sadi va shuning
uchun urug‘pallasini tuproq yuzasiga olib chiqmaydi. Ularni urug‘ini ancha chuqur
ekish va maysalar paydo bo‘lgach hamda paydo bo‘lgandan keyin boronalash
mumkin. Ikkinchi va uchinchi guruh o‘simliklari dastlab urug‘palla ostki bo‘g‘imi
(gipokotil) ning cho‘zilishi tufayli o‘sadi va urug‘pallasini tuproq yuzasiga olib
Logotip
ularning nisbatiga ko‘ra, soya birinchi o‘rinda turadi. Dukkakli don o‘simliklari tarkibidagi oqsil miqdori ularning navi, tuproq-iqlim sharoitiga va agrotexnikaviy xususiyatlariga juda bog‘liq bo‘ladi. Dukkakli don ekinlarining urug‘ida va ayniqsa vegetativ organlarida vitaminlardan (A, V, V2, S) ham bo‘ladi. Dukkakli ekinlarning agrotexnikaviy ahamiyati shundaki, ular yerda ko‘p miqdorda organik moddalar to‘playdi, dehqonchilikdagi azot balansini yaxshilaydi va ularning ayrimlari (lyupin, no‘xat va xashaki dukkaklilar) qiyin eriydigan fosfatlarni o‘zlashtiriladigan shaklga aylantiradi. Dukkakli o‘simliklar ildizlaridagi tuganaklarida bo‘ladigan tuganak bakteriyalar yordamida atmosfera azotini biriktirib olib, azot bilan tuproqni boyitadi. M.V.Fedorov ma’lumotlariga ko‘ra, lyupin 400 kg gacha, beda 150 kg, yung‘ichqa 130 kg, no‘xat va vika 100 kg, soya 150 kg atmosfera azotini o‘zlashtiradi. Dunyo dehqonchiligida dukkakli don ekinlari 135 mlngektar atrofida ekiladi. Dukkakli don ekinlari Hindiston, Xitoy va Amerikada keng tarqalgan. Respublikamizda dukkakli don ekinlari 1998 yili 22,2 ming  ga atrofida ekiladi. O‘zbekistonda ko‘proq mosh, jaydari no‘xat, soya, oddiy no‘xat, loviya ekiladi. Dukkakli don ekinlarining botanik xususiyatlari. Dukkakli don ekinlari bargining tuzilishiga ko‘ra 3 ta kichik guruhga bo‘linadi. 1. Patsimon bargli o‘simliklar (ko‘k no‘xat, yasmiq, burchoq, no‘xat, dukkaklar). 2. Uchta bargli o‘simliklar (loviya, soya). 3. Panjasimon bargli o‘simliklar (lyupin). Bu guruhdagi o‘simliklar dastlabki o‘sish xususiyatiga va shunga muvofiq agrotexnikaviy xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Birinchi guruhga kiruvchi o‘simliklar urug‘palla ustki bo‘g‘imi (epikotil) hisobiga o‘sadi va shuning uchun urug‘pallasini tuproq yuzasiga olib chiqmaydi. Ularni urug‘ini ancha chuqur ekish va maysalar paydo bo‘lgach hamda paydo bo‘lgandan keyin boronalash mumkin. Ikkinchi va uchinchi guruh o‘simliklari dastlab urug‘palla ostki bo‘g‘imi (gipokotil) ning cho‘zilishi tufayli o‘sadi va urug‘pallasini tuproq yuzasiga olib
chiqadi. Ular urug‘ini birmuncha yuza ekish va faqat maysa chiqargandan keyin
juda ehtiyotlik bilan baronalash mumkin. 
Dukkakli  don  ekinlarining  ildiz  sistemasi  yerga  2  metr  gacha  chuqur
kiradigan  asosiy  o‘q  ildizdan  va  tarmoqlangan  yon  ildizchalardan  iborat.
Dukkaklilar ildizida seziladigan shish, ya’ni tuganaklar bo‘lib, ularda havo azotini
o‘zlashtiruvchi bakteriyalar joylashadi.
Dukkakli  don  ekinlari  poyasining  mexanikaviy  mustahkamligi  turlicha
bo‘ladi.  No‘xat,  dukkaklar,  lyupinda,  loviya  va  soyaning  buta  shaklidagi
shakllarining poyasi vertikal holatda bo‘ladi. Ko‘k no‘xat, vika, burchoq, yasmiq
va  loviyaning  poyasi  yetilish  vaqtiga  kelib  yotib  qoladi.  Bunday  hol  sodir
bo‘lmasligi uchun dukkakli don ekinlari ko‘pincha poyasi pishiq boshqa ekinlar
bilan qo‘shib ekiladi, shunda ular gajaklari bilan o‘sha ekinlarga chirmashib o‘sadi.
Dukkakli don ekinlarining gullari kapalaksimon bo‘lib har xil (oq, pushti,
qizil, binafsha) rangdagi 5 ta gultoji bargidan iborat. Ustki gultoji bargi yirik bo‘lib
yelkan, pastki 2 tasi birlashgan-qayiqcha, yonidagi 2 tasi qanotga o‘xshash yoki
eshkak deb ataladi. Har qaysi gulda 10 tadan changchisi va 1 ta urug‘chi bo‘ladi.
To‘pguli shingil yoki boshchaga o‘rnashgan. Dukkakli ekinlarning gullari aksariyat
hollarda barg qo‘ltiqlarida, 1-2 tadan joylashadi, ayrim turlarida shingil shaklidagi
gul to‘plam hosil bo‘ladi. 
Mevasi har xil kattalikda, shakli ham har xil dukkak, har bir dukkakda 1 ta
yoki bir nechta urug‘ bo‘ladi. Urug‘larining shakli, rangi, kattaligi ham har xil,
1000 ta urug‘ining og‘irligi 40 g-1,500 g keladi. Urug‘i ikki palladan iborat bo‘lib,
ustki qismi po‘st bilan o‘ralgan.
Biologik  xususiyatlari. Dukkakli  don  ekinlari  vegetatsiya  davrining
uzoqligiga qarab 2 guruhga, vegetatsiya davri qisqa va uzoq bo‘lgan o‘simliklarga
bo‘linadi.
Birinchi guruhga-ko‘k no‘xat, yasmiq va burchoq:
Ikkinchi guruhga-xashaki dukkaklar, no‘xat, loviya, soya kiradi. 
Har qaysi ekinning ertapishar va kechpishar navlari ham bo‘ladi. Dukkakli
don  o‘simliklarining  o‘sishning  turli  davrlarida  temperaturaga  talabi  turlicha
bo‘ladi.  Ko‘k  no‘xat,  yasmiq  va  burchoq  sovuqqa  ancha  chidaydi.  Ularning
maysasi 4-50  C dayoq paydo bo‘ladi. Bular erta ekiladigan ekinlardir. Lyupin,
Logotip
chiqadi. Ular urug‘ini birmuncha yuza ekish va faqat maysa chiqargandan keyin juda ehtiyotlik bilan baronalash mumkin. Dukkakli don ekinlarining ildiz sistemasi yerga 2 metr gacha chuqur kiradigan asosiy o‘q ildizdan va tarmoqlangan yon ildizchalardan iborat. Dukkaklilar ildizida seziladigan shish, ya’ni tuganaklar bo‘lib, ularda havo azotini o‘zlashtiruvchi bakteriyalar joylashadi. Dukkakli don ekinlari poyasining mexanikaviy mustahkamligi turlicha bo‘ladi. No‘xat, dukkaklar, lyupinda, loviya va soyaning buta shaklidagi shakllarining poyasi vertikal holatda bo‘ladi. Ko‘k no‘xat, vika, burchoq, yasmiq va loviyaning poyasi yetilish vaqtiga kelib yotib qoladi. Bunday hol sodir bo‘lmasligi uchun dukkakli don ekinlari ko‘pincha poyasi pishiq boshqa ekinlar bilan qo‘shib ekiladi, shunda ular gajaklari bilan o‘sha ekinlarga chirmashib o‘sadi. Dukkakli don ekinlarining gullari kapalaksimon bo‘lib har xil (oq, pushti, qizil, binafsha) rangdagi 5 ta gultoji bargidan iborat. Ustki gultoji bargi yirik bo‘lib yelkan, pastki 2 tasi birlashgan-qayiqcha, yonidagi 2 tasi qanotga o‘xshash yoki eshkak deb ataladi. Har qaysi gulda 10 tadan changchisi va 1 ta urug‘chi bo‘ladi. To‘pguli shingil yoki boshchaga o‘rnashgan. Dukkakli ekinlarning gullari aksariyat hollarda barg qo‘ltiqlarida, 1-2 tadan joylashadi, ayrim turlarida shingil shaklidagi gul to‘plam hosil bo‘ladi. Mevasi har xil kattalikda, shakli ham har xil dukkak, har bir dukkakda 1 ta yoki bir nechta urug‘ bo‘ladi. Urug‘larining shakli, rangi, kattaligi ham har xil, 1000 ta urug‘ining og‘irligi 40 g-1,500 g keladi. Urug‘i ikki palladan iborat bo‘lib, ustki qismi po‘st bilan o‘ralgan. Biologik xususiyatlari. Dukkakli don ekinlari vegetatsiya davrining uzoqligiga qarab 2 guruhga, vegetatsiya davri qisqa va uzoq bo‘lgan o‘simliklarga bo‘linadi. Birinchi guruhga-ko‘k no‘xat, yasmiq va burchoq: Ikkinchi guruhga-xashaki dukkaklar, no‘xat, loviya, soya kiradi. Har qaysi ekinning ertapishar va kechpishar navlari ham bo‘ladi. Dukkakli don o‘simliklarining o‘sishning turli davrlarida temperaturaga talabi turlicha bo‘ladi. Ko‘k no‘xat, yasmiq va burchoq sovuqqa ancha chidaydi. Ularning maysasi 4-50 C dayoq paydo bo‘ladi. Bular erta ekiladigan ekinlardir. Lyupin,
xashaki  dukkak va no‘xatga ancha ko‘proq issiq  zarur  (bular o‘rta muddatda
ekiladigan ekinlardir). Soya bilan loviya juda issiqsevar o‘simliklar bo‘lib, ularning
maysalanishi uchun temperatura 10-130  C bo‘lishi kerak. Bular kech ekiladigan
ekinlardir. 
Dukkakli don ekinlari boshqa g‘alla ekinlariga qaraganda namni ko‘p talab
qiladi. Masalan: urug‘i unib chiqishi uchun o‘z vazniga nisbatan 110-140% nam
talab qiladi,  transpiratsiya  koeffitsiyenti  400-800  gacha  o‘zgarib  turadi.  Soya,
xashaki dukkaklar va lyupin namga juda talabchan bo‘ladi. Shuning uchun ular
nam  yetarli  bo‘lgan  hududlarda  ekiladi.  No‘xat  va  burchoq  qurg‘oqchilikka
chidamli ekinlar guruhiga kiradi. Yasmiq, ko‘k no‘xat va loviyaning ba’zi navlari
ham qurg‘oqchilikka chidaydi.
Yorug‘likka talabiga ko‘ra dukkakli don ekinlari 3 guruhga bo‘linadi: 
1. Uzun kun o‘simliklari-ko‘k no‘xat, yasmiq, burchoq, lyupin va xashaki
dukkaklar. Yorug‘ kun uzayishi bilan ularning vegetatsiya davri qisqaradi.
2. Qisqa kun o‘simliklari-soya va loviya (moshning ba’zi turlari). Yorug‘
kun qisqarishi bilan ularning vegetatsiya davri qisqaradi.
3. Neytral o‘simliklar-loviya va no‘xatning ko‘p navlari.
Yuqorida aytilgan ta’rifga ko‘ra shimolga tomon dukkakli don ekinlaridan
no‘xat va vika birmuncha janubga tamon yasmiq ekish mumkin.
    Tarkibida yetarli miqdorda R, K va Sa bo‘lgan kuchsiz kislotali yoki neytral soz
va qumloq tuproqli yerlar dukkakli don ekinlari uchun juda qulay hisoblanadi. Juda
sernam, sizot suvlari yuza joylashgan va yengil qumoq tuproqli yerlar dukkakli don
ekinlari uchun yaroqsiz bo‘ladi. Lyupin bundan mustasno, u kislotali va qumli
tuproqli yerlarda yaxshi o‘sadi, lekin tuproqda ohak ko‘p bo‘lishi unga salbiy ta’sir
etadi. Qumli tuproqli yerlarda yem-xashak uchun ko‘k no‘xat ekish ham mumkin.
Asosiy  o‘g‘it  sifatida  dukkakli  don  ekinlariga  fosfor  va  kaliy  solinadi.  Ular
o‘simliklarning rivojlanishini yaxshilash bilan birga azot to‘plovchi bakteriyalar
faoliyatini kuchaytiradi.
Azotli  o‘g‘itlarni  dukkakli  don  ekinlariga  solish  mumkin  emas,  chunki
ularning o‘zi havo azotini o‘zlashtiradi, solingan azotli o‘g‘itlar azot fiksatsiyasini
bo‘shashtiradi deb hisoblanar edi. Lekin keyingi vaqtda ko‘pgina tadqiqotchilar
dukkakli  don  ekinlari  azot  fiksatsiyalash  xususiyatiga  qaramasdan,  ildizida
Logotip
xashaki dukkak va no‘xatga ancha ko‘proq issiq zarur (bular o‘rta muddatda ekiladigan ekinlardir). Soya bilan loviya juda issiqsevar o‘simliklar bo‘lib, ularning maysalanishi uchun temperatura 10-130 C bo‘lishi kerak. Bular kech ekiladigan ekinlardir. Dukkakli don ekinlari boshqa g‘alla ekinlariga qaraganda namni ko‘p talab qiladi. Masalan: urug‘i unib chiqishi uchun o‘z vazniga nisbatan 110-140% nam talab qiladi, transpiratsiya koeffitsiyenti 400-800 gacha o‘zgarib turadi. Soya, xashaki dukkaklar va lyupin namga juda talabchan bo‘ladi. Shuning uchun ular nam yetarli bo‘lgan hududlarda ekiladi. No‘xat va burchoq qurg‘oqchilikka chidamli ekinlar guruhiga kiradi. Yasmiq, ko‘k no‘xat va loviyaning ba’zi navlari ham qurg‘oqchilikka chidaydi. Yorug‘likka talabiga ko‘ra dukkakli don ekinlari 3 guruhga bo‘linadi: 1. Uzun kun o‘simliklari-ko‘k no‘xat, yasmiq, burchoq, lyupin va xashaki dukkaklar. Yorug‘ kun uzayishi bilan ularning vegetatsiya davri qisqaradi. 2. Qisqa kun o‘simliklari-soya va loviya (moshning ba’zi turlari). Yorug‘ kun qisqarishi bilan ularning vegetatsiya davri qisqaradi. 3. Neytral o‘simliklar-loviya va no‘xatning ko‘p navlari. Yuqorida aytilgan ta’rifga ko‘ra shimolga tomon dukkakli don ekinlaridan no‘xat va vika birmuncha janubga tamon yasmiq ekish mumkin. Tarkibida yetarli miqdorda R, K va Sa bo‘lgan kuchsiz kislotali yoki neytral soz va qumloq tuproqli yerlar dukkakli don ekinlari uchun juda qulay hisoblanadi. Juda sernam, sizot suvlari yuza joylashgan va yengil qumoq tuproqli yerlar dukkakli don ekinlari uchun yaroqsiz bo‘ladi. Lyupin bundan mustasno, u kislotali va qumli tuproqli yerlarda yaxshi o‘sadi, lekin tuproqda ohak ko‘p bo‘lishi unga salbiy ta’sir etadi. Qumli tuproqli yerlarda yem-xashak uchun ko‘k no‘xat ekish ham mumkin. Asosiy o‘g‘it sifatida dukkakli don ekinlariga fosfor va kaliy solinadi. Ular o‘simliklarning rivojlanishini yaxshilash bilan birga azot to‘plovchi bakteriyalar faoliyatini kuchaytiradi. Azotli o‘g‘itlarni dukkakli don ekinlariga solish mumkin emas, chunki ularning o‘zi havo azotini o‘zlashtiradi, solingan azotli o‘g‘itlar azot fiksatsiyasini bo‘shashtiradi deb hisoblanar edi. Lekin keyingi vaqtda ko‘pgina tadqiqotchilar dukkakli don ekinlari azot fiksatsiyalash xususiyatiga qaramasdan, ildizida
tuganaklar  hosil  bo‘lguncha  dastlabki  o‘sish  davrida  kichikroq  dozada  azotga
(gektariga 30 kg) talabchan bo‘ladi deb hisoblaydilar. Lekin bu masala dukkakli
don ekinlarini  yetishtirish sharoiti va tuproqning unumdorligini  hisobga  olgan
holda ko‘rib chiqiladi. 
Soya
Xalq  xo‘jaligidagi  ahamiyati. Soya  o‘simligi  oziq-ovqatda,  texnikada,
konserva tayyorlashda, yem-xashak sifatida ishlatiladi. Donining tarkibida 30-52%
oqsil, 17-27% yog‘, 20% uglevod bor. Kulida kaliy, fosfor, kalsiy ko‘p bo‘ladi.
Soya diabet bilan kasallangan bemorlar uchun parhez taom sifatida tavsiya etiladi.
Soya  donining  asosiy  oqsili  glitsin  bo‘lib,  parchalanganda  go‘sht
aminokislotalariga tenglashadigan aminokislotalar hosil  bo‘ladi. Soya tarkibida
glistin aminokislotasi borligi uchun sut va va qatiq mahsulotlarini qayta ishlashda
achitqi  sifatida  foydalaniladi. Soya  donidan yog‘, margarin, sut,  un,  qandolat
mahsulotlari va konserva tayyorlanadi. Moyi lak bo‘yoq sanoatida, bo‘yoq ishlab
chiqarishda ishlatiladi. Dunyo bo‘yicha ishlab chiqarilayotgan o‘simlik moyining
40% ni soya moyi tashkil etadi.  
Soyaning  vatani-janubiy-sharqiy  Osiyo  bo‘lib,  Xitoyda,  Hindistonda,
Koreya, Indoneziyada ko‘p tarqalgan. Yer yuzida don dukkakli ekinlari orasida
birinchi  o‘rinni  egallaydi  va  73,5  mln.  gektar  ko‘proq  maydonga  ekiladi.
O‘zbekistonda bu ekinga endi e’tibor berilmoqda. 1998 yili 10 ming ga maydonga
ekilgan. O‘zbekiston sharoitida soyadan gektariga 15-40 ts don hosili olinadi. 
Botanik xususiyatlari. Soya Fabaceae oilasiga, Glycine L avlodiga kiradi.
Dehqonchilikda soyaning bitta madaniy turi -Glycine hispida Max ekiladi. Bu
madaniy tur 4ta kenja turga bo‘linadi: 1)Koreya turi,2) Manjuriya turi, 3)Hind turi,
4)Xitoy turi. 
Soya bir yillik o‘tsimon o‘simlik, poyasi dag‘al, yashil tusda, poyasining
diametri 4-22 mm, usti tukli, baquvvat, tik o‘sadi, sershox bo‘ladi. Bo‘yi 1,5 m
gacha yetadi. Ildizi o‘q ildiz tuproqqa 1,5-2,0 metrgacha chuqur kirib boradi.
Ildizida tuganaklar rivojlanadi. Barglari uchtali, toq patsimon, yon barglari mavjud.
Barg shapaloqlari yirik, keng, urug‘i har xil shaklda va kattalikda. Bargning yuzasi
silliq yoki burishgan bo‘ladi. Gul to‘plami barg qo‘ltiqlarida joylashgan, ko‘p gulli,
Logotip
tuganaklar hosil bo‘lguncha dastlabki o‘sish davrida kichikroq dozada azotga (gektariga 30 kg) talabchan bo‘ladi deb hisoblaydilar. Lekin bu masala dukkakli don ekinlarini yetishtirish sharoiti va tuproqning unumdorligini hisobga olgan holda ko‘rib chiqiladi. Soya Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Soya o‘simligi oziq-ovqatda, texnikada, konserva tayyorlashda, yem-xashak sifatida ishlatiladi. Donining tarkibida 30-52% oqsil, 17-27% yog‘, 20% uglevod bor. Kulida kaliy, fosfor, kalsiy ko‘p bo‘ladi. Soya diabet bilan kasallangan bemorlar uchun parhez taom sifatida tavsiya etiladi. Soya donining asosiy oqsili glitsin bo‘lib, parchalanganda go‘sht aminokislotalariga tenglashadigan aminokislotalar hosil bo‘ladi. Soya tarkibida glistin aminokislotasi borligi uchun sut va va qatiq mahsulotlarini qayta ishlashda achitqi sifatida foydalaniladi. Soya donidan yog‘, margarin, sut, un, qandolat mahsulotlari va konserva tayyorlanadi. Moyi lak bo‘yoq sanoatida, bo‘yoq ishlab chiqarishda ishlatiladi. Dunyo bo‘yicha ishlab chiqarilayotgan o‘simlik moyining 40% ni soya moyi tashkil etadi. Soyaning vatani-janubiy-sharqiy Osiyo bo‘lib, Xitoyda, Hindistonda, Koreya, Indoneziyada ko‘p tarqalgan. Yer yuzida don dukkakli ekinlari orasida birinchi o‘rinni egallaydi va 73,5 mln. gektar ko‘proq maydonga ekiladi. O‘zbekistonda bu ekinga endi e’tibor berilmoqda. 1998 yili 10 ming ga maydonga ekilgan. O‘zbekiston sharoitida soyadan gektariga 15-40 ts don hosili olinadi. Botanik xususiyatlari. Soya Fabaceae oilasiga, Glycine L avlodiga kiradi. Dehqonchilikda soyaning bitta madaniy turi -Glycine hispida Max ekiladi. Bu madaniy tur 4ta kenja turga bo‘linadi: 1)Koreya turi,2) Manjuriya turi, 3)Hind turi, 4)Xitoy turi. Soya bir yillik o‘tsimon o‘simlik, poyasi dag‘al, yashil tusda, poyasining diametri 4-22 mm, usti tukli, baquvvat, tik o‘sadi, sershox bo‘ladi. Bo‘yi 1,5 m gacha yetadi. Ildizi o‘q ildiz tuproqqa 1,5-2,0 metrgacha chuqur kirib boradi. Ildizida tuganaklar rivojlanadi. Barglari uchtali, toq patsimon, yon barglari mavjud. Barg shapaloqlari yirik, keng, urug‘i har xil shaklda va kattalikda. Bargning yuzasi silliq yoki burishgan bo‘ladi. Gul to‘plami barg qo‘ltiqlarida joylashgan, ko‘p gulli,
13-20 ta guli bor. Guli mayda oq yoki och binafsha rangda. Dukkaklari turli
shaklda, 1-5 tagacha urug‘i joylashgan bo‘ladi. Bitta tup o‘simlikda dukkakning
soni navning xususiyatiga, tuproq iqlim sharoitiga bog‘liq holda 10-35 tagacha
bo‘lishi mumkin. Urug‘i jigarrang, qora, yashil, sariq ranglarda bo‘ladi. 1000 ta
urug‘ining vazni 400-520 gr gacha bo‘ladi. Urug‘ining uzunligi 5-17 mm, eni 4-9
mm, qobig‘i silliq, yaltiroq yoki xira bo‘ladi. 
Biologik xususiyatlari. Soya-issiqsevar o‘simlik. Urug‘ining unib chiqishi
uchun minimal temperatura 80  C bo‘lishi kerak. Maysalari 2-30  C gacha sovuqga
chiday oladi. Muqobil harorat 20-220  . Vegetatsiya davri 100 dan 160 kungacha
davom etadi. Soya namga juda talabchan. Transpiratsiya koeffitsiyenti 450-600 ni
tashkil etadi. Yorug‘sevar qisqa kun o‘simlik. Soya kislotali, kuchsiz sho‘rlangan,
botqoqlangan tuproqlardan boshqa yerlarda o‘saveradi. Tuproqning optimal pH
6,5-7,0 ga teng. Soya bahorgi bug‘doy, suli, sholi va boshqa ekinlar uchun yaxshi
o‘tmishdosh hisoblanadi. O‘zbekistonda soyaning Orzu, Do‘stlik, O‘zbekiston-2,
O‘zbekiston-6 navlari ekiladi.    
Soya  g‘o‘za,  sholi,  makkajo‘xori,  jo‘xori,  kanopdan  bo‘shagan  yerlarga
ekiladi. Yerni haydash chuqurligi 22-25 sm bo‘ladi. Erta bahorda borona qilinadi
va ekish vaqtigacha kultivatsiya yoki chizel ishlatiladi. 
O‘g‘itlash. Gektariga 10-15 t. go‘ng, 100 kg fosfor va 50 kg kaliy solinadi.
Ekishdan oldin 20-30 kg azot, ekish bilan bir vaqtda 10-15 kg NRK va o‘suv
davrida 30-50 kg fosfor solinadi.
Soya aprel yoki iyun oylarida ekiladi, keng qatorlab, qator orasi 60, 70 sm,
o‘simlik orasi 3-5 sm qilib ekiladi. Ekish meyori 350-500 ming dona urug‘ yoki
60-100  kgga  urug‘  ekiladi.  Ekish  uchun  urug‘  saralanadi,  bir  tekis,  toza,
unuvchanligi davlat andozalariga javob berishi lozim. O‘suv davrida qator orasiga
ishlov beriladi. 3-5 marotaba sug‘oriladi. Hosil don kombayinida yig‘ib olinadi. 
Loviya                       
Xalq  xo‘jaligidagi  ahamiyati. Loviya  qadimgi  va  qimmatli  oziq-ovqat
o‘simligi hisoblanadi. Mayda donli loviya O‘rta va Kichik Osiyoda, yirik donli
loviya Markaziy va Janubiy Amerkadan kelib chiqqan. Bu ekinlar Hindiston va
Pokistonda ko‘p ekiladi, shuningdek Italiya, Frantsiya, Meksika va Braziliya va
boshqa  bir  qancha  mamlakatlarda  ekiladi.  Uning  doni  oziq-ovqat  sifatida,
Logotip
13-20 ta guli bor. Guli mayda oq yoki och binafsha rangda. Dukkaklari turli shaklda, 1-5 tagacha urug‘i joylashgan bo‘ladi. Bitta tup o‘simlikda dukkakning soni navning xususiyatiga, tuproq iqlim sharoitiga bog‘liq holda 10-35 tagacha bo‘lishi mumkin. Urug‘i jigarrang, qora, yashil, sariq ranglarda bo‘ladi. 1000 ta urug‘ining vazni 400-520 gr gacha bo‘ladi. Urug‘ining uzunligi 5-17 mm, eni 4-9 mm, qobig‘i silliq, yaltiroq yoki xira bo‘ladi. Biologik xususiyatlari. Soya-issiqsevar o‘simlik. Urug‘ining unib chiqishi uchun minimal temperatura 80 C bo‘lishi kerak. Maysalari 2-30 C gacha sovuqga chiday oladi. Muqobil harorat 20-220 . Vegetatsiya davri 100 dan 160 kungacha davom etadi. Soya namga juda talabchan. Transpiratsiya koeffitsiyenti 450-600 ni tashkil etadi. Yorug‘sevar qisqa kun o‘simlik. Soya kislotali, kuchsiz sho‘rlangan, botqoqlangan tuproqlardan boshqa yerlarda o‘saveradi. Tuproqning optimal pH 6,5-7,0 ga teng. Soya bahorgi bug‘doy, suli, sholi va boshqa ekinlar uchun yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi. O‘zbekistonda soyaning Orzu, Do‘stlik, O‘zbekiston-2, O‘zbekiston-6 navlari ekiladi. Soya g‘o‘za, sholi, makkajo‘xori, jo‘xori, kanopdan bo‘shagan yerlarga ekiladi. Yerni haydash chuqurligi 22-25 sm bo‘ladi. Erta bahorda borona qilinadi va ekish vaqtigacha kultivatsiya yoki chizel ishlatiladi. O‘g‘itlash. Gektariga 10-15 t. go‘ng, 100 kg fosfor va 50 kg kaliy solinadi. Ekishdan oldin 20-30 kg azot, ekish bilan bir vaqtda 10-15 kg NRK va o‘suv davrida 30-50 kg fosfor solinadi. Soya aprel yoki iyun oylarida ekiladi, keng qatorlab, qator orasi 60, 70 sm, o‘simlik orasi 3-5 sm qilib ekiladi. Ekish meyori 350-500 ming dona urug‘ yoki 60-100 kgga urug‘ ekiladi. Ekish uchun urug‘ saralanadi, bir tekis, toza, unuvchanligi davlat andozalariga javob berishi lozim. O‘suv davrida qator orasiga ishlov beriladi. 3-5 marotaba sug‘oriladi. Hosil don kombayinida yig‘ib olinadi. Loviya Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Loviya qadimgi va qimmatli oziq-ovqat o‘simligi hisoblanadi. Mayda donli loviya O‘rta va Kichik Osiyoda, yirik donli loviya Markaziy va Janubiy Amerkadan kelib chiqqan. Bu ekinlar Hindiston va Pokistonda ko‘p ekiladi, shuningdek Italiya, Frantsiya, Meksika va Braziliya va boshqa bir qancha mamlakatlarda ekiladi. Uning doni oziq-ovqat sifatida,
pishmagan dukkaklari konserva sanoatida ishlatiladi. Urug‘i tez pishadi, yaxshi
xazm bo‘ladi. To‘la pishmagan dukkaklari tarkibada 18% oqsil, 2% qand bo‘ladi.
Uning to‘liq pishgan doni tarkibida esa 28-30% oqsil, 4-7% moy, 47-60% kraxmal,
2,3-37,1%  kletchatka,  3,1-4,8%  kul  moddasi  bo‘ladi,  vitamin-V,  turli  mineral
tuzlar va ovqat hazm qilishga yordam beradigan eng muhim aminokislotalar bor.
Barglaridan limon kislota va tibbiyot preparatlari olinadi. Yashil o‘g‘it sifatida
foydalanish mumkin. Loviyadan faqat oziq-ovqat sanoati va tibbiyotdagina emas,
balki chorvachilikda ham keng foydalaniladi. Loviyaning ko‘k poyasi tarkibida
oqsil moddasi ko‘p. 
Loviya yer yuzida 16 mln. ga yerga ekiladi, hosildorligi gektariga 15-20 s ga
teng.  O‘zbekiston  o‘simlikshunoslik  institutining  ma’lumotlariga  ko‘ra,
sug‘oriladigan maydonlarga may oyida ekilganda hosildorlik 30 ts gacha yetadi.
Botanik  xususiyatlar Loviya  Phaseolus  L  avlodining  Fabaceae  oilasiga
mansub bo‘lib, o‘z ichiga 150 dan otriq turlarni qamrab olgan bir yillik o‘tsimon
o‘simlik hisoblaninadi. Bu turlar tropik va subtropik mintaqalar - AQSH, Osiyo,
Afrikada tarqalgan. Ildizi o‘q ildiz, 1,5-2 m chuqurlikka kirib boradi. Ildizlarida
tuganak bakteriyalari uchraydi. Loviyaning yon ildizchalari ham kuchli rivojlangan
bo‘lib,  asosiy  massasi  tuproqning  40  sm  chuqurligida  joylashadi.  Loviyaning
barglari uchtalik yo uch qo‘shaloq bo‘ladi. Barg bandi barg plastinkasidan kaltaroq,
ba’zan unga teng bo‘ladi. Barg bandidagi bargchalari yirik, to‘q yashil rangda.
Loviyaning gullari shingil holatda bo‘lib, bir qo‘ltiqda 2-12 tagacha gul joylashadi.
Gullari  yirik,  oq  yoki  binafsha  rangda  bo‘ladi.  Loviyaning  dukkagi  boshqa
o‘simliklar dukkagiga qaraganda eng yirigi hisoblanadi. Bir dona dukkagining
ichida  5-12  tagacha  urug‘lar  uzunasiga  joylashadi.  Dukkagining  tashqi
ko‘rinishidan uning ichidagi urug‘lar sonini bilish mumkin. Dukkagining sirti tekis,
bir oz yaltiroq, uchi ingichka ilmoqli bo‘ladi. Dukkaklar rangi oq va sarg‘ish.
Loviya  dukkaklari  pishgandan  keyin  poyasida  uzoq  turib  qolsa  (15-20  kun)
chatnashi  mumkin.  Urug‘ining  shakli  buyraksimon,  ovalsimon,  ellipssimon,
yassiroq bo‘lib, hajmi 15mm ga yetadi. Rangi oq, urug‘ choki yaxshi ko‘rinib
turadi. 1000 dona urug‘ining doni 150-200 gr keladi. O‘zbekistonda loviyaning-
Radost, Navro‘z, Qahrabo, Pobeda-104 navlari ekiladi. Ekiladigan navlari ichida
eng ko‘p tarqalgan turlari:
Logotip
pishmagan dukkaklari konserva sanoatida ishlatiladi. Urug‘i tez pishadi, yaxshi xazm bo‘ladi. To‘la pishmagan dukkaklari tarkibada 18% oqsil, 2% qand bo‘ladi. Uning to‘liq pishgan doni tarkibida esa 28-30% oqsil, 4-7% moy, 47-60% kraxmal, 2,3-37,1% kletchatka, 3,1-4,8% kul moddasi bo‘ladi, vitamin-V, turli mineral tuzlar va ovqat hazm qilishga yordam beradigan eng muhim aminokislotalar bor. Barglaridan limon kislota va tibbiyot preparatlari olinadi. Yashil o‘g‘it sifatida foydalanish mumkin. Loviyadan faqat oziq-ovqat sanoati va tibbiyotdagina emas, balki chorvachilikda ham keng foydalaniladi. Loviyaning ko‘k poyasi tarkibida oqsil moddasi ko‘p. Loviya yer yuzida 16 mln. ga yerga ekiladi, hosildorligi gektariga 15-20 s ga teng. O‘zbekiston o‘simlikshunoslik institutining ma’lumotlariga ko‘ra, sug‘oriladigan maydonlarga may oyida ekilganda hosildorlik 30 ts gacha yetadi. Botanik xususiyatlar Loviya Phaseolus L avlodining Fabaceae oilasiga mansub bo‘lib, o‘z ichiga 150 dan otriq turlarni qamrab olgan bir yillik o‘tsimon o‘simlik hisoblaninadi. Bu turlar tropik va subtropik mintaqalar - AQSH, Osiyo, Afrikada tarqalgan. Ildizi o‘q ildiz, 1,5-2 m chuqurlikka kirib boradi. Ildizlarida tuganak bakteriyalari uchraydi. Loviyaning yon ildizchalari ham kuchli rivojlangan bo‘lib, asosiy massasi tuproqning 40 sm chuqurligida joylashadi. Loviyaning barglari uchtalik yo uch qo‘shaloq bo‘ladi. Barg bandi barg plastinkasidan kaltaroq, ba’zan unga teng bo‘ladi. Barg bandidagi bargchalari yirik, to‘q yashil rangda. Loviyaning gullari shingil holatda bo‘lib, bir qo‘ltiqda 2-12 tagacha gul joylashadi. Gullari yirik, oq yoki binafsha rangda bo‘ladi. Loviyaning dukkagi boshqa o‘simliklar dukkagiga qaraganda eng yirigi hisoblanadi. Bir dona dukkagining ichida 5-12 tagacha urug‘lar uzunasiga joylashadi. Dukkagining tashqi ko‘rinishidan uning ichidagi urug‘lar sonini bilish mumkin. Dukkagining sirti tekis, bir oz yaltiroq, uchi ingichka ilmoqli bo‘ladi. Dukkaklar rangi oq va sarg‘ish. Loviya dukkaklari pishgandan keyin poyasida uzoq turib qolsa (15-20 kun) chatnashi mumkin. Urug‘ining shakli buyraksimon, ovalsimon, ellipssimon, yassiroq bo‘lib, hajmi 15mm ga yetadi. Rangi oq, urug‘ choki yaxshi ko‘rinib turadi. 1000 dona urug‘ining doni 150-200 gr keladi. O‘zbekistonda loviyaning- Radost, Navro‘z, Qahrabo, Pobeda-104 navlari ekiladi. Ekiladigan navlari ichida eng ko‘p tarqalgan turlari:
 Oddiy loviya -Phaseolus vulgaris.
     Ko‘p gulli loviya-Phaseolus multiflorus.
O‘tkir bargli loviya -Phaseolus acutifolius.
Oysimon loviya-Phaseolus lunatus.
    Tilla rang loviya-Phaseolus aureus.
    Tilla rang loviya O‘rta Osiyoda mosh deb yuritiladi. 
Biologik xususiyatlari. Oddiy loviya issiqsevar o‘simlik. Uning urug‘i 100 C
da unib chiqadi. Bir oz sovuq (0,5-10 C) maysalarni urib ketadi. Namga talabchan.
Loviya yoruqqa talabchan, qisqa kun o‘simligi hisoblanadi. Soya joylarda ham
yaxshi o‘sadi. Tillasimon loviya (mosh) juda issiqsevar, issiqga va qurg‘oqchilikka
chidamli.  Loviyaning  o‘suv  davri  75-120  kun.  Loviya  sizot  suvlari  yaqin
joylashgan og‘ir tuproqli yerlarda, shuningdek, sho‘rlangan va kislotali tuproqlarda
yaxshi o‘smaydi. U qora, qumoq, soz, bo‘z va boshqa xil tuproqlarda, tuproq
muhiti pH 6,5-7,5 bo‘lganda yaxshi o‘sadi. 
O‘g‘itlash.  Loviya uchun kuzgi ekinlar yaxshi  o‘tmishdosh hisoblanadi.
O‘g‘itlarga talabchan. Go‘ng solingan yerlarda yaxshi o‘sadi. Fosforli o‘g‘itlar
gektariga 45-60 kg (sof holda) kaliyli o‘g‘itlar 30-45 kg solinadi. Kam unumdor,
noqoratuproq zonada azotli o‘g‘itlar gektariga 15-25 kg solinadi. 
Loviya keng qatorlab, qator oralarini 45 yoki 60 sm qilib ekiladi. Loviya
aprel va iyun oylarida ekiladi. Loviyaning hosili ekish muddatiga qarab yozning
o‘rtalarida yoki kuzda yetiladi. kombayinda yig‘iladi. Saqlashda namlik 12-14%
dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Ko‘k no‘xat (rus no‘xati)
Xalq  xo‘jaligidagi  ahamiyati. Asosiy  dukkakli  don  ekini  hisoblanadi.
Asosan  oziq-ovqat  ekini  sifatida  ekiladi.  Yashil  dukkaklari  (sabzavot  navlari)
konserva sanoatida ishlatiladi. Donining tarkibida 26-30% gacha oqsil, 25-30%
shakar, vitaminlardan A, V, V2 va S va mineral tuzlar bo‘ladi.Silos bostirish va
ko‘kat oziq uchun ham ekiladi. Ko‘k no‘xat agrotexnikaviy ahamiyatga ham ega, u
har gektar yerdan kamida 50-70 kg azot to‘playdi. No‘xatni lalmikor yerlarda
yetishtirish mumkin. Respublikamizda o‘rtacha hosildorligi 10-14 sga. ni tashkil
etadi. Sug‘oriladigan yerlarda 20-40 s  ga don, 350-450 s ga ko‘k massa hosili
Logotip
Oddiy loviya -Phaseolus vulgaris. Ko‘p gulli loviya-Phaseolus multiflorus. O‘tkir bargli loviya -Phaseolus acutifolius. Oysimon loviya-Phaseolus lunatus. Tilla rang loviya-Phaseolus aureus. Tilla rang loviya O‘rta Osiyoda mosh deb yuritiladi. Biologik xususiyatlari. Oddiy loviya issiqsevar o‘simlik. Uning urug‘i 100 C da unib chiqadi. Bir oz sovuq (0,5-10 C) maysalarni urib ketadi. Namga talabchan. Loviya yoruqqa talabchan, qisqa kun o‘simligi hisoblanadi. Soya joylarda ham yaxshi o‘sadi. Tillasimon loviya (mosh) juda issiqsevar, issiqga va qurg‘oqchilikka chidamli. Loviyaning o‘suv davri 75-120 kun. Loviya sizot suvlari yaqin joylashgan og‘ir tuproqli yerlarda, shuningdek, sho‘rlangan va kislotali tuproqlarda yaxshi o‘smaydi. U qora, qumoq, soz, bo‘z va boshqa xil tuproqlarda, tuproq muhiti pH 6,5-7,5 bo‘lganda yaxshi o‘sadi. O‘g‘itlash. Loviya uchun kuzgi ekinlar yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi. O‘g‘itlarga talabchan. Go‘ng solingan yerlarda yaxshi o‘sadi. Fosforli o‘g‘itlar gektariga 45-60 kg (sof holda) kaliyli o‘g‘itlar 30-45 kg solinadi. Kam unumdor, noqoratuproq zonada azotli o‘g‘itlar gektariga 15-25 kg solinadi. Loviya keng qatorlab, qator oralarini 45 yoki 60 sm qilib ekiladi. Loviya aprel va iyun oylarida ekiladi. Loviyaning hosili ekish muddatiga qarab yozning o‘rtalarida yoki kuzda yetiladi. kombayinda yig‘iladi. Saqlashda namlik 12-14% dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Ko‘k no‘xat (rus no‘xati) Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Asosiy dukkakli don ekini hisoblanadi. Asosan oziq-ovqat ekini sifatida ekiladi. Yashil dukkaklari (sabzavot navlari) konserva sanoatida ishlatiladi. Donining tarkibida 26-30% gacha oqsil, 25-30% shakar, vitaminlardan A, V, V2 va S va mineral tuzlar bo‘ladi.Silos bostirish va ko‘kat oziq uchun ham ekiladi. Ko‘k no‘xat agrotexnikaviy ahamiyatga ham ega, u har gektar yerdan kamida 50-70 kg azot to‘playdi. No‘xatni lalmikor yerlarda yetishtirish mumkin. Respublikamizda o‘rtacha hosildorligi 10-14 sga. ni tashkil etadi. Sug‘oriladigan yerlarda 20-40 s  ga don, 350-450 s ga ko‘k massa hosili