DUNYO TILLARNING GENEOLOGIK VA MORFOLOGIK TASNIFI; TILSHUNOSLIKNING BO`LIMLARI
Yuklangan vaqt
2024-10-01
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
27,6 KB
DUNYO TILLARNING GENEOLOGIK VA MORFOLOGIK TASNIFI;
TILSHUNOSLIKNING BO`LIMLARI
REJA:
1.Tillarning tasnifi:
1) geneologik tasnif;
2) morfologik tasnif.
2.Tilshunoslik bo`limlari.
Dunyo tillari. Birlashgan Millatlar Tashkilotining maorif, fan va madaniyat
masalalari bilan shug‘ullanuvchi muassasasi bo‘lmish YUNESKOning ma’lumotiga
ko‘ra, yer yuzida 5600 ta til mavjud ekan.1 Bu tillarda gaplashuvchilar soni bir-
biridan juda katta farq qiladi. Masalan, 200 tilning har birida 1 milliondan ortiq, 70
tilning har birida 5 milliondan dan ziyod, faqat 13 tilning har birida 50 milliondandan
ortiq kishi gaplashadi. Qolgan tillarining har birida esa 1 milliondan kam kishi o‘zaro
muloqotga kirishadi. Shunday tillar borki, ular 100-200 kishidan iborat bo‘lgan
qabilaning tili hisoblanadi. Dunyodagi eng yirik 13 ta til quyidagilardir: xitoy tili (1
mlrd. odam gaplashadi), ingliz (400 mln.), hind tili va unga yaqin urdu tili (300 mln.),
ispan tili (280 mln.), rus tili (220 mln.), indoneziya tili (160 mln.), arab tili (160
mln.), portugal tili (140 mln.), yapon tili (120 mln.), nemis tili (100 mln.), fransuz
tili (95 mln.). Bu tillarda dunyo aholisining uchdan ikki qismi muloqot qiladi. Bu
tillardan 6 tasi, ya’ni ingliz, fransuz, rus, ispan, arab va xitoy tillari BMTning
rasmiy ishchi tillari hisoblanadi.2
Yana shunisi borki, bitta til bir necha mamlakat aholisiga xizmat qiladi.
Masalan, ingliz tili Angliya va AQSH aholisi uchun (Hindistonda ikkinchi til
1 М.Ирисқулов. Тилшуносликка кириш. “Ўқитувчи” нашриёти, -Т,: 1992, 166-бет
2 С.И.Брук. Население мира. Издательство “Наука”. Москва, 1986, стр. 100-101.
hisoblanadi), portugal tili Portugaliya va Braziliya aholisi uchun, ispan tili Ispaniya
va Lotin Amerikasidagi 20ga yaqin mamlakat aholisi uchun, nemis tili Germaniya
va Avstriya mamlakatlari aholisi uchun, fransuz tili Fransiya, Belgiya va
Shveysariya mamlakatlari aholisi uchun muloqot vositasi bo‘lib hisoblanadi. Ba’zi
mamlakatlarda esa ikki tillilik joriy qilingan. Masalan, Kanada mamlakatida ingliz
va fransuz tillari, Belgiya va Shveysariyada nemis va fransuz, Hindistonda hind va
ingliz tillari rasman davlat tili sifatida qonunlashtirilgan.
Dunyo tillari tasnifi. Tasnif haqida taniqli tilshunos olim O.Azizov shunday
yozadi: ”Tabiiy yoki ijtimoiy hodisalarning eng asosiy , eng muhim belgilarini
nazarda tutgan holda dunyodagi narsalaning guruhlarga ajratilishi tasnif deyiladi.”3
O‘z xalqidan boshqa xalq tilini va og‘zaki ijodi namunalarini o‘rganish inson
tabiatiga xos bo‘lgan xususiyat - bilishga qiziqish tufayli amalga oshirilgan. Bu
jihatdan buyuk vatandoshimiz Mahmud Koshg‘ariyning xizmatlari haqida
to‘xtalmasdan iloj yo‘q. ”U (Mahmud Koshg‘ariy) haqli ravishda turkologiya
fanining asoschisidir”, - deb yozadi tilshunos olim Abduhamid Nurmonov.4
Mahmud Koshg‘ariy uzoq vaqt davomida turkiy qabilalar yashaydigan ulkan
hududni kezib chiqdi va bu qabilalarning tilini, og‘zaki ijod namunalarini sinchiklab
o‘rgandi hamda o‘zining ”Devonu lug‘atit turk” asarini yaratdi. ”Devon” aslida
turkiycha-arabcha lug‘at hisoblanadi, ya’ni olim o‘z asarida turkiycha so‘zlarni arab
tiliga tarjima qiladi hamda ularni izohlash uchun qo‘shiq, maqol, matal va
afsonalardan misollar keltiradi. Shu bilan birga, bu asarda turkiy tillar fonetikasi,
leksikasi, grammatikasi qiyosiy jihatdan tahlil qilingan.
Bu sohada buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning ”Muhokamat ul-
lug‘atayn” asari ham qiyosiy tilshunoslik bo‘yicha yaratilgan mukammal asar
namunasi sifatida qayd qilinishi mumkin.
Har ikkala mutafakkirning yaratgan asarlari juda katta nazariy va amaliy
ahamiyatga egadir.
Yevropada esa tillarni bir biriga qiyoslab o‘rganish ko‘proq amaliy tabiat kasb
qilgan. Buni quyidagicha izohlash mumkin.
3 О.Азизов. Тилшуносликка кириш. “Ўқитувчи” нашриёти, Тошкент, 1996, 144-бет.
4 А.Нурмонов. Ўзбек тилшунослиги тарихи. “Ўзбекистон” нашриёти, Т.: 2002, 27-бет.
Tarixdan ma’lumki, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Angliya, Fransiya,
Gollandiya kabi dengiz mamlakatlari XV-XVI asrlardan boshlab mustamlakachilik
siyosatini boshlab yuborganlar va ko‘pgina mamlakatlarni bosib olib, ularning
moddiy va ma’naviy boyliklarini o‘zlashtirishga kirishgan. Bu siyosatni o‘tkazish
uchun ularga mahalliy aholining tilini, madaniyatini, urf-odatlarini bilish zarur edi,
natijada ularning tillarini o‘z tillari bilan qiyoslab o‘rganishga kirishganlar.
Bu sohada Gvilelm Postellus degan olimning 1538-yilda yaratilgan
”Tillarning qarindoshligi haqida” (”De affinitae linguarum”) asarini, Iosif-Yustus
Skaligerning 1599-yilda yozilib, 1610-yilda Fransiyada nashr qilingan ”Yevropa
tillari haqida mulohazalar” (”Diatriba de europeorum linguis”) nomli asarini,
shuningdek, E.Gishar, Iov Ludolf, Gotfrid-Vilgelm Leybnis, Yuriy Krijanich,
Filipp-Iogann Stralenberg, Frans Bopp, Rasmus Rask, Vilgelm Gumboldt, Avgust
Shleyxer,
F.F.Fortunatov,
Ferdinand
de-Sossyur,
A.Meye
kabi
ko‘plab
tilshunoslarning ishlarini misol qilib keltirish mumkin.
Dunyo tillarini tasniflashning diqqatga sazovar bo‘lgan ikkita turi mavjud.
Quyida shularni ko‘rib chiqamiz.
Geneologik tasnif
Geneologik (yun. shajara degani) tasnifda tillarning kelib chiqishi, ya’ni
qarindoshligi asos qilib olinadi.
Dunyodagi tillar kеlib chiqishi, qarindoshligi, lug‘aviy va grammatik jihatdan
yaqinligiga qarab bir nеcha til oilalariga bo‘linadi. Yer yuzida 20 dan ortiq til oilasi
bor. Til oilalari bobo til nomi bilan ataladi. Til oilalari o‘z navbatida til turkumlariga
bo‘linadi.
I. Hind-yеvropa oilasi. hind turkumi: hind, urdu, bеngal, panjob, gujarat va
h.; eron turkumi: fors, afg‘on, osеtin, kurd, tojik va h.; slavyan turkumi: rus, ukrain,
bеlorus, chеx, slovak, polyak, sеrb, makеdon, bolgar, xorvat, slovеn; boltiq turkumi:
litva, latish, latgal; gеrman turkumi: dat, shvеd, norvеg, island, ingliz, golland,
nеmis, yangi yahudiy tili (idish); roman turkumi: fransuz, provansal, italyan, ispan,
portugal, rumin, moldovan tillari, o‘lik lotin tili; kеlt turkumi: irland, shotland,
brеton, uels; anatoliy turkumi (o‘lik), tohar turkumi (o‘lik). Grеk, alban, arman
tillari birorta turkumga mansub bo‘lmasdan, shu til oilasiga kiradi.
II. Turkiy tillar oilasiga quyidagi tillar kiradi (ular so‘zlashuvchi aholi
miqdori tartibida berildi). Tirik tillar: turk, o‘zbek, ozarbayjon, qozoq, uyg‘ur,
qozon-tatar, turkman, chuvash, qirg‘iz, boshqird, qumiq, yoqut, qoraqalpoq, tuva,
qorachoy, balqar, xakas, no‘g‘oy, qoraim, qrim-tatar, oltoy, shor, gagauz, truxman,
karagas. O‘lik tillar: o‘rxun, pecheneg, qipchoq, xazar, qadimgi uyg‘ur, bulg‘or,
chig‘atoy.
Mashhur turkolog olim N.A.Baskakov turkiy tillar oilasiga kiruvchi tillarni
uchta tarmoqqa ajratadi:5
A. G‘arbiy xun tarmog‘i:
I. Bulg‘or guruhi: 1. Tirik til: chuvash tili. 2. O‘lik tillar: bulg‘or, xazar tili.
II. Og‘iz guruhi: 1. Og‘iz-turkman guruhchasi: Tirik tillar: turkman tili,
truxman tili. O‘lik til: o‘g‘iz tili (X-XI asrlarda qo‘llangan); 2. O‘g‘iz-bulg‘or
guruhchasi: tirik til: gagauz tili; o‘lik tillar: pecheneg tili, uz tili. 3. O‘g‘uz saljuq
guruhchasi: tirik tillar: usmonli turk tili, ozarbayjon tili. O‘lik tillar: saljuq tili, eski
usmonli turk tili.
III. Qipchoq guruhi: 1. Qipchoq-bulg‘or guruhchasi: 1) tirik tillar: tatar,
boshqird; o‘lik til: g‘arbiy oltin o‘rda tili; 2. Qipchoq-o‘g‘uz guruhchasi: 1) tirik
tillar: qoraim, qumiq; o‘lik til: kuman. 3. Qipchoq-no‘goy guruhchasi: no‘g‘oy,
oraxoniylardan keyingi davr tili. 2. Qarluq-xorazm guruhchasi: tirik: o‘zbеk,
uyg‘ur; o‘lik: qorluq-xorazm, eski o‘zbek tili.
B. Sharqiy xun tarmog‘i. 1. Uyg‘ur guruhi: 1) uyg‘ur-tukyu guruhchasi: tuva,
karagas. 2) yoqut guruhchasi: yoqut tili, dolgan tili. 3) xakas guruhchasi: xakas,
qamashi, kyuerin, shor, tuba, sariq uyg‘ur tillari. 2. Qirg‘iz-qipchoq guruhi: qirg‘iz,
oltoy tillari.
Bu tasnif batafsilligi bilan ajralib turadi.
5М.Ирисқулов. Тилшуносликка кириш. “Ўқитувчи” нашриёти, -Т,: 1992, 177-бет .
III. Fin-ugor tillar oilasi. fin guruhi: fin, eston, karеl, vepss, ijor, komi-
ziryan, komi-pеrmyak, udmurt, mariy, mordva tillari; ugor guruhi: vеngеr, mansiy,
xantiy tillari) mansubdir.
IV. Som-xom tillar oilasi. som guruhi: arab, amxar, xarari, tigre, tigrinnya,
gurage, oysor, ivrit tillari; qushit guruhi: galla, agau, somali, saho, bеja, sidamo
tillari; bеrbеr guruhi: tuareg, kobil, shilx, rif, shaviya, tamazist tillari; chad-xom
guruhi: xuasa, ngizim, kotoko, angas, karеkarе, sura, muzgu, mubi, sokoro tillari;
arab guruhi: qadimgi arab.
V. Kavkaz oilasi. g‘arbiy guruh: abxaz, abazin, adigеy, kabardin, ibix tillari;
nax guruhi: chеchеn, ingush, batsbiy tillari; dog‘iston guruhi: avar, darg‘in, lеzgin,
lak, karatin, gunzib tillari; janubiy guruh (mеgrеl, chan, gruzin, kartaliy, svan, guriy.
VI. Xitoy-tibеt oilasi. tay-xitoy guruhi: xitoy, dungan, tay, laos, chjuan,
vеtnam tillari; tibеt-birma guruhi: tibеt, birma tillari.
VII. Samodiy tillar oilasi: nenes, ngasan, selkup, enes.
VIII. Mo‘g‘ul tillar oilasi: xalxa-mo‘g‘ul, buryat, qalmiq.
IX. Tungus-manjur oilasi. Tungus guruhi: evenk, even, negidal; manjur
guruhi: manjur, nanay, udey, ulch, orochon.
X. Dravid tillari: tamil, telugu, malalayali, kannara, tulu, gondi, braxun.
XI. Malay-polinеz oilasi. 1. Malay yoki indoneziya guruhi: 1) Sumatra
guruhchasi: indonez, batak, achex tillari; 2) yavan guruhchasi: yavan, sundan, bali,
madur tillari; 3) dayak yoki klemantan guruhchasi: dayak, kayan, kenyax tillari.
XII. Avstraliya tillari: aranta tili va juda ko‘p mahalliy aholi tillari.
XIII. Papuas tillari: enga, chimbu, xagen, kamano va b.
XIV. Afrika tub aholisi tillari. 1. Bantu tillari. 1. Shimoli-g‘arbiy guruh:
bube, lundu, fang, benga va b. 2. Shimoliy guruh: konjo, ganda, rundi va b. 3. Kongo
daryosi havzasidagi tillar: kongo, ndongo, poto, ngala va b. 4. Markaziy guruh: luba,
bemba, subiya va b. 5. Sharqiy guruh: suaxili, sango., shambala va b. 6. Janubi-
g‘arbiy guruh: zulu, soto, venda, shona va b. 7. G‘arbiy guruh: ndonga, lunda va b.
2. Bantoid tillari. Sharqiy: tiv, bamileke, bali, efik va b. Markaziy: senufo, kulango,
mosi, gurma va b. G‘arbiy: gola, tenda, fomi, volof, ful va b. 3. Mande tillari:
mandingo, malinke, bombara, mende, loma va b. 4. Gviney tillari: kru, kva, akai,
eve, yoruba, nupe, edo, ibo, tvi va b. 5. Songai tillari: songai, zarma, dendi. 6.
Kanuri-teda tillari: kanuri, teda. 7. Markaziy va sharqiy Sudan tillari: zanda,
banda, miltu, berta, koma, barea, kunama va b. 8. Kordofan tillari: talodi, lafofa,
tageli va b. 9. Nilot tillari: nuer, shilluk, bari, nyangya, pokot, gola va b.
XV. Paleoafrika tillari oilasi: bushmen (sani), gottengot (nama).
XVI. Paleoosiyo tillari oilasi: A. Chukot guruhi: chukot, koryak, kamchadal.
B. Sibir guruhi: odul, nivx. D. Ket tili.
XVII. Eskimos tillari oilasi: eskimos, aleut.
XVIII. Shimoliy Amerika tillari oilasi: algonkin tillari, irokez tillari, siu
tillari, naetchz -muskok tillari, atabask, mossk tillari, penuti , xoka tillari.
XIX. Markaziy Amerika tillari oilasi: uto-astek tillari, mayya tillari va b.
XX. Janubiy Amerika tillari oilasi: tupi-guarani, kechua, aravak, aruakan,
chon, alakaluf, pano, je va b.
XXI. Uzoq Sharq tillari oilasi: yapon, ryukyuk, koreys, ayn.
XXII. Avstraosiyo tillari oilasi: munda, santali, mundari, xo, bxumadji.
XXIII. Bask tili (birorta ham oilaga kirmaydi).
XXIV. Burjask tili (birorta ham oilaga kirmaydi).
Morfologik tasnif
Avvalo, bu tasnif nomidagi ”morfologik” so‘ziga e’tiboringizni qaratamiz. Bu so‘z
orqali muayyan tildagi so‘zlarning tarkibiga ishora qilingan, chunki morfologiya bo‘limi
so‘zlarning o‘zgarishi haqidagi qoidalar yig‘indisidan iboratdir. Demak, bu tasnifda dunyo
tillari tarkibidagi so‘zlarning tuzilishi asos qilib olinadi.
Bu tasnifga ko‘ra tillar quyidagi 4 guruhga bo‘linadi:
1. Amorf (ing. amorphous – “shaklsiz” degani) tillar tarkibidagi so‘zlar hech qanday
so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalarsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri birikib, bog‘lanib keladi. So‘zlar
o‘rtasidagi grammatik munosabatlar so‘z tartibi, urg‘u va ohang orqali amalga oshiriladi. Bu
guruh yana o‘zak tillar, ajratuvchi tillar, o‘zak ajratuvchi tillar degan nomlar bilan ham
ataladi. Bu tillarga xitoy, tibet, birma, vetnam va xitoy-tibet oilasiga mansub bo‘lgan boshqa
tillar misol bo‘la oladi.
2. Agglyutinativ (ing. agglutinative – “yelimlangan”, “yopishtirilgan” degani) tillarda
qo‘shimchalar o‘zgarmas asosga qo‘shilib keladi va shu tariqa so‘zlar o‘zaro bir birlariga
bog‘lanadi.
Agglyutinativ tillarga turkiy tillar, shu jumladan, o‘zbek tili, fin-ugor tillari, dravid,
indonez, hindu tillari va boshqalar, shuningdek, alohida tillar hisoblanmish yapon va koreys
tillari kiradi.
Agglyutinativ tillarning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1) qo‘shimchalar asosdan keyin qo‘shiladi: kitob-lar-ning.
2) har bir qo‘shimcha asosan bitta grammatik ma’noni ifodalaydi: maktablarga so‘z
shakli tarkibidagi –lar qo‘shimchasi ko‘plik ma’nosini, -ga affiksi yo‘nalish ma’nosini
ifodalaydi.
3) o‘zak va qo‘shimchaning chegarasi aniq bilinib turadi, ya’ni ular qo‘shilib ketmaydi.
4) qo‘shimchalarning qo‘shilishida ham o‘ziga xos tartib mavjud: oldin so‘z yasovchi,
keyin shakl yasovchi, undan keyin so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimcha qo‘shiladi: gul-zor-lar-dan.
3. Flektiv (ingl. Inflexional – “o‘zgaradigan”, “turlanadigan” degani) tillar grammatik
ma’nolar o‘zak ichidagi tovush almashinuvlari asosida yasaladigan tillardir. Flektiv tillarga
hind-yevropa, semit, xamit tillari kiradi. Bu tillarning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan
iborat:
1) o‘zakdagi tovush o‘zgarishlari yangi grammatik ma’noning yasalishiga olib keladi.
Arab tilidagi quyidagi so‘zlarga e’tibor bering: naqsh, naqqosh; xalq, xaloyiq kabi.
2) bir grammatik ko‘rsatkich (qo‘shimcha) birdan ortiq grammatik ma’noni ifodalaydi:
rus tilidagi kniga so‘zi tarkibidagi –a qo‘shimchasi jinsni (jenskiy rod), bosh kelishikni, birlik
sonni bildirib kelgan.
3) bir grammatik ma’no turli shakllardagi ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi. Rus tilida
ko‘plik ma’nosi -i, -a, ы, ya qo‘shimchalari orqali ifodalanishi mumkin: книги, города,
ножы, братья.
4) o‘zak-negiz mustaqil qo‘llanmasligi mumkin. Rus tilidagi idu, idya, idti, idyom
so‘zlarida id– qismi o‘zak hisoblanadi va u mustaqil ishlatilmaydi.
4. Mujassamlantiruvchi (polisintetik)6 tillarning xususiyati shundan iboratki, ularda
butun bir gap bir so‘z holida yoziladi va talaffuz qilinadi. Masalan, AQSHning Yuta shtatida
6 М.Ирисқулов. Тилшуносликка кириш. “Ўқитувчи” нашриёти, -Т,: 1992, 185-бет
yashovchi hindularning payyut tilidan misol keltiramiz: “vii-to-kuchum-punku-ryugani-yugvi-
van-tyum” tarzida yoziladigan “so‘z-gap” so‘zma-so‘z quyidagicha tarjima qilinadi: “pichoq-
qora-bizon-qo‘lga o‘rgatilgan-bo‘laklamoq-o‘tirmoq”. Ma’nosi: Pichoq bilan qo‘lga
o‘rgatilgan qora bizonni bo‘laklab o‘tirishibdi”. Polisintetik tillarga chukot tili, suningdek,
Amerikadagi ayrim hindu tillari, Osiyodagi paleoosiyo oilasiga mansub ayrim tillar kiradi.
Bunday tillarda bizning tushunchamizdagi so‘z birligi yo‘q, ya’ni so‘zlar gapdan tashqarida
mavjud bo‘la olmaydi.
Shuni ta’kidlash lozimki, tillarning morfologik tasnifi nisbiy tabiatga egadir, chunki o‘z
xususiyatlari bilan mutlaq tarzda bir guruhga tegishli bo‘lgan til yo‘q. Misol uchun, o‘zbek tili
asosiy xususiyatlari bo‘yicha agglyutinativ tillar guruhiga kirsa ham, flektiv tillarga xos
belgilardan xoli emas. Masalan, o‘zbek tilida ham so‘z tarkibidagi tovush o‘zgarishi natijasida
yasalgan so‘zlar mavjudligi haqida buyuk o‘zbek tilshunosi Ayyub G‘ulomov fikr bildirib
o‘tganlar. U kishi bo‘r va bo‘z (gazmol nomi), ko‘r va ko‘z, semir va semiz, qimir va qimiz
so‘zlarining o‘zaro aloqadorligini, ya’ni yasalganligini ta’kidlaganlar7. Shuningdek, keldim
so‘zidagi –m qo‘shimchasi ham 1-shaxsni, ham birlikni ifodalaydi. Bular o‘zbek tilidagi
fleksiyaning izlaridir.
Tilshunoslik fanining bo‘limlari
Tilshunoslik fani quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga qamrab oladi:
1. Lеksikologiya tilning lug‘at boyligini o‘rganuvchi bo‘limdir. Uning quyidagi sohalari
mavjud:
1) semasiologiya (yun. semasia - belgi, ma’no, logos – ta’limot, fan) so‘zning ma’no
tomonlarini o‘rganadi.
2) onomasiologiya (yun. onyma – nom, logos – ta’limot, fan) narsa va hodisalarga
nom berish jarayonini o‘rganadi.8
3) onomastika (yun. onomastike – nom qo‘yish san’ati) atoqli otlarni o‘rganadigan
soha bo‘lib, quyidagi qismlarni o‘z ichiga oladi:
a) antroponimika (yun. anthropos –odam, onyma - nom) odam ismlarini o‘rganadi;
7 Ўзбек тили грамматикаси. 1-қисм. “Фан” нашриёти. –Т.: 1975, 22-бет.
8 М.Ирисқулов. Тилшуносликка кириш. “Ўқитувчи” нашриёти, -Т,: 1992, 91-бет.
b) toponimika (yun. topos – joy, onymo - nom) joy nomlarini o‘rganadi;
4) etimologiyada (yun. etymon - haqiqat) so‘zlarning paydo bo‘lish yo‘llari
o‘rganiladi.
5) lеksikografiya (yun. lexis – so‘z, grafo - yozaman) lug‘at tuzish masalalari bilan
shug‘ullanadigan soha.
2. Frazеologiya ko‘chma ma'noli birikmalar, ya'ni iboralarni o‘rganadigan bo‘lim.
3. Shеvashunoslikda (dialеktologiya) tildagi shеvalar o‘rganiladi.
5. Fonеtika tilning tovush tizimini, tilda yuz beradigan asosiy tovush jarayonlari
o‘rganiladigan bo‘lim.
6. Fonologiya so‘z va so‘zshakllar ma’nosini farqlash uchun xizmat qiladigan tovush turi –
fonemalar o‘rganiladigan bo‘lim.
7. Orfoepiya bo‘limida talaffuz me’yorlari o‘rganiladi.
8. Grafika bo‘limida har bir tilning yozuv va harflar tizimi o‘rganiladi.
9. Orfografiya bo‘limida to‘g‘ri yozishning qonun-qoidalari o‘rganiladi.
10. Morfеmika bo‘limida so‘zlarning morfologik tarkibi, ya’ni o‘zak va qo‘shimchalar,
ularning turlari o‘rganiladi.
11. So‘z yasalishida so‘z yasash usullari o‘rganiladi.
12. Grammatikada tilning grammatik qurilishi o‘rganiladi. U ikki qismdan iborat:
1) morfologiyada so‘z turkumlari o‘rganiladi;
2) sintaksisda so‘z birikmasi va gap turlari o‘rganiladi.
13. Punktuatsiya bo‘limida tinish bеlgilarini ishlatish qoidalari o‘rganiladi.
14. Uslubiyat (stilistika) bo‘limida nutq uslublari o‘rganiladi.