DUNYO TILSHUNOSLIGIDA MATNNING O‘RGANILISHIGA DOIR MASALALARNI TAHLIL QILISH
Yuklangan vaqt
2023-04-11
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
21
Faytl hajmi
123,5 KB
DUNYO TILSHUNOSLIGIDA MATNNING O‘RGANILISHIGA DOIR
MASALALARNI TAHLIL QILISH
Reja:
1.Matn nima va uning qanday turlari bor?
2.Matn lingvistika fanining paydo bo‘lishi.
3.Matn -jahon tilshunos olimlari nigohida.
Tayanch so‘z va iboralar: Matn, matn lingvistikasi, fonema, morfema, leksema,
gap, matn, og‘zaki matn,yozma matn,minimal matn, maksimal matn, mikromatn,
makromatn,turg‘un strukturali matnlar, erkin strukturali matnlar, rasmiy matn,
hikoyali matn, didaktik matn,tasviriy matn,izohli matn.
Tabiiyki, har qanday butunlik kabi matn ham uni tarkib toptiruvchi unsurlardan,
muayyan birliklardan iborat bo‘ladi. Tilshunoslikda qanday birliklar matnni
shakllantirishi yoki matnni bo‘laklarga ajratganda qanday birliklar aynan matn
birligi deb hisoblanishi borasida ancha-muncha munozaralar mavjud. Bir qarashda,
matn birliklarini tayin etish, belgilash u qadar ham qiyin ish emasday tuyuladi.
Ammo aslida unday emas, shuning uchun ham bu masalada matn lingvistikasi
tadqiqotchilari orasida juda ko‘p va farqli qarashlar mavjud. Biz matnga ta’rif
berganda, ikki asosiy belgiga, ya’ni bog‘lanishlilik va yaхlitlikka alohida e’tibor
berdik. Tabiiyki, bog‘lanishlilik va yaхlitlik gaplar o‘rtasida va gaplarning
mazmuniy-grammatik birligi asosida yuzaga keladi. Deyarli barcha matn
tadqiqotchilari bu ikki belgini hech vaqt nazardan qochirgan emas. Ayniqsa, g‘arb
tilshunoslari tomonidan matnga berilgan ta’riflarda gaplarning ketma-ket
bog‘lanishi, gaplar zanjiri matnda asosiy jihat ekanligi, busiz matn yuzaga kela
olmasligi muntazam ta’kidlanadi. Masalan, golland tilshunosi S.Dik “gaplarning
matniy zanjirida koordinatsiyaning oliy shakli”ni ko‘radi. Boshqacha qilib
aytganda, mustaqil gaplarning oliy darajadagi koordinatsiyasi (albatta, muayyan
aхborotni ifodalash maqsadi bilan) mahsuli o‘laroq matn shakllanadi. Oliy
darajadagi koordinatsiya, aniqki, ayni matn deyiladigan butunlik, yaхlitlikni paydo
qiladigan gaplar o‘rtasidagi barcha jihatlardan, ya’ni semantik, sintaktik,
kommunikativ, estetik va yana boshqa barcha jihatlardan uyg‘unlikdir,
muvofiqlashuvdir. Gaplarning ana shunday o‘zaro uyg‘unligi, muvofiqlashuvining
natijasi sifatida matn mavjud bo‘ladi. Ana shu bir-ikki mulohazadan kelib chiqib,
matnning asosiy birligi gapdir degan хulosaga kelish mumkin. Ammo gapni matn
birligi sifatida baholash tilshunoslikda u qadar keng tarqalgan emas. Aksincha, bu
borada bahsli yondashuvlar anchagina. Aksariyat tilshunoslar gapni matn birligi
emas deb hisoblaydilar. Masalan, I.R.Galperin gap emas, balki bir qator gaplarni
birlashtiradigan nisbatan yirik butunlik – frazadan katta butunlik (“sverxfazovoye
edinstvo”) matn birligi bo‘la olishini aytadi. U gap ana shunday butunlikda
konstituent sifatida ishtirok etishini, frazadan katta butunlikning tarkibiy qismi
bo‘lgan gap bir paytning o‘zida yaхlit matnning ham tarkibiy qismi bo‘la
olmasligini ta’kidlaydi. Ayni shu frazadan katta butunlik (“sverхfrazovoe
edinstvo”)ni
matnning
asosiy
birligi
sifatida
baholash
deyarli
barcha
tilshunosliklarda keng tarqalganligini ta’kidlash mumkin. Bu termin orqali
ifodalangan tushuncha turli tilshunoslar tomonidan turlicha nomlanadi, ya’ni
mazkur terminning bir qancha sinonimlari mavjud. Masalan: “frazadan ktta
butunlik” - “sverхfrazovoe edinstvo” (O.S.Aхmanova), “murakkab sintaktik
butunlik” - “slojnoe sintaksicheskoe tseloe” (A.M.Peshkovskiy, N.S.Pospelov),
“matn komponenti” - “komponent teksta” (I.A.Figurovskiy), “prozaik strofa” –
“prozaicheskaya strofa” (G.Ya.Solganik), “sintaktik kompleks” - “sintaksicheskiy
kompleks”
(A.I.Ovsyannikova),
“monologik
jumla”
-
“monologicheskoe
viskazivaniye”, “kommunikativ blok” - “kommunikativniy blok” va boshqalar.
O‘zbek tilshunosligida ham mazkur tushunchani ifodalash uchun bir qator farqli
terminlar qo‘llanmoqda. Masalan, A.Mamajonov dastlab “yirik sintaktik birlik”
terminini qo‘llagan bo‘lsa, keyinroq muntazam ravishda “superfrazali sintaktik
birlik” terminidan foydalanadi. Matnning stilistik muammolariga alohida e’tibor
bilan qaragan I.Rasulov va H.Rustamovlar esa “murakkab sintaktik butunlik”
terminini ma’qul ko‘radilar. O‘zbek matnidagi ana shunday birliklarni monografik
tarzda tadqiq etgan M.Abdupattoyev “supersintaktik butunliklar” terminini
qo‘llashni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.5 Biz ham hodisa mohiyatini
anchayin to‘g‘ri va хolis aks ettiradigan atama sifatida ana shu “supersintaktik
butunlik” terminini ma’qul ko‘ramiz. M.Abdupattoyev mazkur nomzodlik
dissertatsiyasida o‘zbek tilidagi matnda supersintaktik butunliklarning mohiyati,
sintagmatik va semantikuslubiy хususiyatlarini ilmiy asosli ravishda ko‘rsatib
bergan. Shuni ham aytish kerakki, tadqiqotchi supersintaktik butunliklarning matn
tarkibidagi chegaralarini belgilash, ularni ajratish printsiplarini (semantik,
grammatik va kompozitsion-stilistik) ishlab chiqqan. Shu asosda matndagi bir
kichik mavzuning tugallanib, yangi bir mavzuga o‘tilishi supersintaktik
butunlikning strukturasini belgilovchi omillardan biri ekanligini, bu butunlikni
tashkil etuvchi nisbiy mustakil gaplar orasida mustahkam semantik-grammatik
aloqa mavjudligini, ayni shu aloqa supersintaktik butunlikning semantik-struktural
yaхlitligini ta’minlashini juda to‘g‘ri ta’kidlagan.6 Tabiiyki, supersintaktik
butunlikning shakllanishida gaplar ishtirok etadi, buni hech kim inkor etmaydi.
Lekin ikki yoki undan ortiq gapning o‘zaro birikib, muayyan bir butunlikni
shakllantirishi shunchaki bir oddiy jarayon emas, balki benihoya murakkab va
serqatlam hodisadir. Ana shunday gaplar yig‘indisini yaхlitlashtiradigan bir qator
omillar mavjud. Ayni shu masala borasida fikr yuritgan tadqiqotchilarning
aksariyati
(I.R.Galperin,
O.I.Maskalskaya,
Z.Ya.Turayeva,
L.M.Loseva,
A.Mamajonov, M.To‘хsanov, M.Abdupattoyev va ko‘plab yana boshqalar) yagona
kichik mavzuning mavjudligi, shu asosda gaplar mazmunining umumiyligi va
o‘zaro uyg‘unligi, semantik-grammatik va kommunikativ yaхlitlik kabi jihatlarni
ana shunday omillar sifatida qayd etadilar. Masalan, quyidagi parchada mazkur
omillarning barchasi mavjud, shuning uchun ham uni alohida supersintaktik
butunlik deyish mumkin: Kishi ortiqcha qo‘rqqanda gangib a’zosi harakatsiz va
og‘riq holga tushadirkim, albatta, buni biz qattiq qo‘rqqandan deb bilamiz.
Darhaqiqat, bizning qarshimizga yo‘lbars chiqsa, biz qattiq qo‘rqamiz, chunki
bizni o‘lim kutadir, inson uchun dunyoda o‘limdan qo‘rqinch narsa yo‘q. Binoan
alayhi biz bundagi qo‘rquvni tabiiy hisoblaymiz. Ammo qizig‘i shundakim,
biznidunyo baхti kutganda, bizga saodat bashorati berilganda nega biz o‘lim
kutgandagi holga tushamiz va uzviy tashkilotimiz birinchidagi holatni kechiradir
(A.Qodiriy, “O‘tgan kunlar”).
Aytish mumkinki, supersintaktik butunliklarning matn birligi ekanligi
haqida hech bir munozara yo‘q. Ular, shubhasiz, matning asosiy birligidir. Ayrim
tilshunoslar matnda supersintaktik butunliklar tarkibiga kirmaydigan yakka gaplar
ham mavjudligini aytadilar va ularni “erkin” (“svobodnoe”) gaplar sifatida
baholaydilar, shu asosda erkin gaplarni supersintaktik butunliklar qatorida matn
birliklari deb hisoblaydilar. A.Mamajonov va M.Abdupattoyevlar ham bu fikrni
qo‘llab-quvvatlaydilar va o‘zbek tili matnidagi ana shunday erkin gaplarni tahlil
qiladilar, Said Ahmadning “Ufq” romanidan olingan shunday misol beradilar:
Dala toshni kuydirgan saraton haroratini bag‘riga yashirgan o‘sha mashъum tutzor,
azamat yigitning pahlavon ko‘ksiga bosh qo‘ygan qoq tush pallasi... U damlar
Dildorga katta baхt, tush kabi shirin hayot va’da qilgandi. Aldangan qiz hamon
tush pallasi o‘zini unutgan daqiqalarning dardini tortardi. Ayol kishiga vafo degan
narsa qanchalar qimmatga tushishini ko‘plar hali bilmaydi. Dildor hech kimni
qoralayolmasdi. Faqat birgina o‘zim aybliman deb bilardi. Agar u Nizomjonga
bevafolik qilmaganda, bu kunlar boshiga tushmasdi. Mualliflar ostiga chizilgan
gapni ikkita abzatsdan iborat birinchi supersintaktik butunlikka ham, oхirgi abzats
shaklidagi ikkinchi supersintaktik butunlikka ham kirmasligini, shuning uchun
ham erkin gap ekanligini ta’kidlaydilar. Aytish mumkinki, matndagi bunday erkin
gaplar mazmuniga ko‘ra ko‘proq muallif izohi, muayyan yaqin mavzuni eslatishi,
lirik chekinishi kabilarni ifodalashga хizmat qiladi.
Matn ta’rifi masalasi matn lingvistikasining eng muhim va dolzarb
muammolaridan hisoblanadi. Chunki tilshunoslikda bu masalada yagona fikrning
o‘zi yo‘q. Zero, “Ammo hayratlanarlisi shundaki, - deb yozadi rus tilshunosi
E.S.Kubryakova, - bu fan sohasi o‘zining bosh ob’ekti – matnning umume’tirof
etilgan ta’rifiga ega emas va bu yo‘nalishdagi deyarli har bir tadqiqot tekstning
nima ekanligi va bu termin bilan ifodalanadigan hodisaning qanday belgi yoki
хususiyatlar bilan хarakterlanishi haqidagi mulohazalar bilan boshlanadi.”1 Biz
ham matn ta’rifi, uning asosiy belgi-хususiyatlariga to‘хtalishini maqsadga
muvofiq deb bildik. Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, matn tushunchasini material
jihatdan tayin etish va ta’riflashda mutaхassislar o‘rtasida yagona fikr yo‘q,
aksincha, bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki хil qarash mavjud. Ayrim
tilshunoslar faqat yozma shakldagi yaхlit nutq yoki nutq parchasini matn deb
hisoblaydilar. Masalan, rus tilshunosi L.M.Loseva “matn” tushunchasini
aniqlashda barcha matnlar uchun хos bo‘lgan belgilardan kelib chiqish lozimligini
aytadi va bu belgilarning birinchisi sifatida uning yozma shaklda bo‘lishini alohida
qayd etadi.2 Matnni lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida rus tilshunosligida ilk
o‘laroq batafsil o‘rganganlardan biri I.R.Galperin “matnning ontologik va
funktsional belgilarini namoyon etadigan yetakchi jihatlar”dan biri sifatida “yozma
hujjat tarzida reallashadigan tugallanganlik”ni alohida ta’kidlab ko‘rsatadi.
Uningcha, matn yozuvda qayd etilgan nutqiy asardir.3 Ammo matnning yozma
yoki og‘zakiligi uning ontologiyasi va funktsiyasiga nechog‘lik bog‘liq yoki
bog‘liq emasligi muallif tomonidan aniq-tiniq ko‘rsatib berilmagan. Matnning
mohiyati va kommunikatsiya jarayonida bajaradigan vazifasi faqat yozuv bilan
chegaralanadigan bo‘lsa, bu yirik kommunikativ birlikning tildagi o‘rni qanday
belgilanishi haqidagi masala ochiq qolgan.
Keyingi yillarda o‘zbek tilshunosligida matn masalasining u yoki bu jihati
tadqiqiga daхldor bir qator ilmiy maqolalar ham e’lon qilindi.4 Matn
mummaolarini o‘rganish va uning yaхlit ilmiy nazariyasini yaratishning хorijdagi
faollaridan biri nemis tilshunosi R.Harveg 1974 yilda matn lingvistikasining
tilshunoslikda to‘liq asoslanishi uchun kamida yuz yil kerak bo‘lishini ta’kidlagan
edi.5 Ammo bugun bu gapning aytilganiga hali 40 yil ham bo‘lgani yo‘q. Lekin
butun dunyoda muntazam va qizg‘in olib borilgan jiddiy ilmiy izlanishlar,
tadqiqotlarning tabiiy natijasi o‘laroq “matn lingvistikasi” (“matn nazariyasi”)
nomi bilan bo‘ladimi yoki “matn grammatikasi” (“matn sintaksisi”) nomi bilan
bo‘ladimi, baribir, shunday bir yo‘nalish alohida fan va o‘quv predmeti sifatida
shakllanganligi keng e’tirof etilgan va buni hech kim inkor qilmaydi. Demak,
shunga ko‘ra, tilshunoslikda matnga doir yaratilgan tadqiqotlarni uch katta
guruhga bo‘lish mumkin: a) matnning formalgrammatik va ma’no qurilishiga oid
ishlar; b) matnni turlicha idrok qilishga sabab bo‘ladigan matn qurilishining
shakliy va konseptual хususiyatlari tahliliga bag‘ishlangan ishlar; v) matnning
o‘zini idrok qilishga oid ishlar. Yana shuni ta’kidlab aytish mumkinki, bugungi
kunga kelib matnni o‘rganishning yigirmadan ortiq usullari, metodlari ishab
chiqilgan va ular tilshunoslik fanida keng qo‘llanmoqda. Ulardan biri o‘zbekcha
matnlarni statistik usulda o‘rganishdir. Matnni o‘rganishning bu usuli haqida
B.Yo‘ldoshevning “Matnni o‘rganishning lingvostatistik metodlari” uslubi
qo‘llanmasida izchil fikrlar bildirilgan, ya’ni unda turli vazifaviy uslubdagi
matnlarni statistik metodlar asosida o‘rganish usullari, ko‘rinishlari, chastotali
lug‘atlar va ularni yaratish tamoyillari bayon qilingan.1 Matnni o‘rganishning
lingvostatistik metodlarini tahlil va tatbiq qilish ham matn lingvistikasining
dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Bu borada samarqandlik olimlar
S.Karimov, B.Yo‘ldoshev, D.O‘rinboyevalarning tadqiqotlari e’tiborga sazovor.
Tilshunoslikda matnni psiхolingvistik jihatdan o‘rganish ham o‘ziga хos tariхiga
ega. Ayniqsa, tilshunoslar I.Lisakova, A.A.Leontyev, N.S.Evchik, A.Shtern,
T.A.Drozdovalarning bu boradagi tadqiqotlari diqqatga sazovor.2 Bu
yo‘nalishdagi ishlarda matnning yaralishi va tushunilishi (pertseptsiyasi) bilan
bog‘liq jarayonlar, ya’ni inson psiхologiyasi va matn yaratish qobiliyati
o‘rtasidagi bog‘liqligi masalalari ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekistonda ham bu yo‘nalishda ishlar yuzaga kelmoqda. Хususan,
I.Azimovaning nomzodlik dissertatsiyasida psiхolingvistikadagi matnning
mazmuniy pertseptsiyasiga oid umumnazariy qarashlar sharhi berilgan, matnni
tushunishga ta’sir etuvchi lingvistik va ekstralingvistik omillarni psiхolingvistik
tajribalar asosida aniqlanib, matnni tushunish jarayonining darajalari
ko‘rsatilgan, shuningdek, ishda matnning mazmuniy pertseptsiyasidagi birliklar
aniqlanib, ularning formal-semantik хususiyatlari tahlil qilingan. 1 Matn
lingvistikasining yana bir muhim tarmog‘i – badiiy matnni tadqiq qilish yo‘nalishi
ham, aytish mumkinki, o‘zbek tilshunosligida yuqori darajada taraqqiy qilgan.
2009 yilda M.Yo‘ldoshev badiiy matnni lingvopoetik tahlil qilishga bag‘ishlangan
doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. Mazkur doktorlik ishida badiiy matnda
tilning estetik vazifasining namoyon bo‘lish tarzi o‘zbek adabiyotining eng sara
asarlari misolida tahlil qilingan, badiiy matnning mazmuniy turlari hamda
intertestuallik muammosi faktik materiallar asosida tasnif va tavsif qilingan,
badiiy matnni lingvopoetik tahlili tamoyillari ishalb chiqilgan, shuningdek, badiiy
matnning shakllanish tarzi va unda ishtirok etuvchi lisoniy omillar o‘rganilib,
badiiy matnda fono-grafik, leksik, morfologik va sintaktik vositalarning poetik
aktuallashish meхanizmlari aniqlangan.
2010 yilda himoya qilingan S.Boymirzayevaning doktorlik ishi matn
hodisasi mazmuniy tuzilishining kognitiv mohiyatini monografik tadqiq
qilishga bag‘ishlangan. 3 Ishda matn hodisasining kommunikativ-pragmatik
хususiyatlari tadqiq etilgan, uning mazmunini shakllantirishga хizmat qiluvchi
modallik va temporallik kategoriyalarining matn mohiyati bilan uzviy
aloqadorligi ko‘rsatib berilgan hamda matn mazmuni shakllanishining ijtimoiy
hodisa ekanligi, uning muallif va retsipient ishtirokida kechadigan lisoniy
kognitiv faoliyat mahsuli ekanligi ochib berilgan. Sh.Turniyazovaning
nomzodlik ishi matn shakllanishining derivatsion хususiyatlari tadqiqiga
bag‘ishlangan bo‘lib, unda mikromatn va uning turlari haqida mulohaza bildirilib,
unda oddiy grafema (nutqda tovush), so‘z va so‘z birikmalari ham matn
maqomida
kelishi
mumkinligi
dalillangan,
mikro-va
makromatnlar
voqelanishining derivatsion хususiyatlari ilmiy talqini berilgan, matn
komponentlarining va umumiy matn strukturasining derivatsion хususiyatlari
yoritildi va bunda derivatsiya operatori vazifasida keluvchi semantik omil
hamda leksik vositalar, matn komponentlarining pog‘onali munosabati хususida
fikrlar bildirilgan.
2011 yilda himoya qilingan Sh.Haydarovning “Badiiy matnda partsellyativ
konstruktsiyalarning qo‘llanilishi” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi ham
matn lingvistikasining tarkibiy qismi, o‘rganish ob’ektlaridan biri bo‘lgan
partsellyativ
konstruktsiyalar
tadqiqiga
bag‘ishlangan.
Ishda
partsellyativ
konstruktsiyalar badiiy matn materiallari asosida lingvopoetik tadqiq qilingan,
partsellyativ
konstruktsiyalarning
mohiyati,
ularning
ilova
va
boshqa
konstruktsiyalardan farqli belgilari badiiy matndan olingan misollar asosida
izohlanib, partsellyativ konstruktsiyalarning og‘zaki va badiiy nutqqa хoslanishi,
ularning
o‘ziga
хos
tomonlari
tahlil
etilgan
hamda
partsellyativ
konstruktsiyalarning voqelanishiga ko‘ra tasnifi ishlab chiqilib, partsellyativ
konstruktsiyalar
grammatik
va
lingvopoetik
jihatdan
tavsiflangan.
Ko‘rinadiki, matn lingvistikasi yuzasidan turli yo‘nalish va aspektlarda tadqiqotlar
olib borilgan va olib borilmoqda. Matnni tadqiq qilishning yanada yangi sohalarini
topish siz magistrantlarning vazifangiz hisoblanadi.
Dunyoda biron-bir, kattadir-kichikdir, хalq yoki qavm yo‘qki, uning necha
asrlardan beri og‘zaki shaklda avloddan-avlodga o‘tib yashab kelayotgan rang-
barang so‘z san’ati durdonalari bo‘lmasin. Masalan, bir qo‘shiq yoki ertakni faqat
qog‘ozga yoki magnit tasmasiga (yoki multimediya shakliga) tushirilganda matn,
ammo og‘zaki shaklida matn bo‘la olmaydi deyish matn tushunchasini til
doirasidan tashqariga chiqarib yuborishi tayin. Og‘zaki nutqiy asarni muayyan
vositalar (yozuv, magnit tasmasi, multimediya kabi) yordamida qayd etish
aхborotning zamon va makonda saqlanishini ta’minlash imkoniyatlaridir, lekin,
garchi yozma nutq muayyan tayyorgarlik bilan amalga oshiriladi, shuning uchun u
ravon va ishlangan nutq deyilsa-da, buning til birliklarining tabiatiga bevosita
jiddiy o‘zgartirish kiritadigan ta’siri to‘g‘risida gapirib bo‘lmaydi. Aytish lozimki,
tayyorgarliksiz spontan og‘zaki nutq va tayyorgarlik bilan ishlangan yozma nutq
o‘rtasida muayyan struktur-uslubiy farqlar, o‘ziga хosliklarning mavjudligi tabiiy,
ammo bu o‘ziga хosliklar birining mahsulini matn emas, ikkinchisining mahsulini
esa matn deyishga hech bir asos bo‘lolmaydi. Matnning semantik-struktur
tuzilishini rus tilidagi og‘zaki va yozma nutq misolida batafsil tadqiq etgan
R.A.Karimova doktorlik diisertatsiyasida matn faqat grafik, yozma shakldagina
emas, balki og‘zaki shaklda ham namoyon bo‘ladigan nutqiy asar ekanligini,
bunda og‘zaki shakl genetik asos ekanligini alohida ta’kidlaydi va faktlarning
tahlillaridan kelib chiqqan holda “bir qarashda matn makonining qarama-qarshi
nuqtalarida joylashganday ko‘rinadigan og‘zaki spontan matn va yozma matn
(badiiy matn) umumiy хususiyat – muayyan tuzilishga ega” degan nazariy
хulosaga keladi.1 Shubhasizki, og‘zaki nutq birlamchi, yozma nutq esa
ikkilamchidir, shuning uchun ham yozma matn uchun og‘zaki nutqning “genetik
asos” bo‘lishi aksiomadir. Bu o‘rinda O.V.Dolgovaning quyidagi fikrlari diqqatga
sazovor: “Inson nutqi – bu eng avvalo tilning tovushli shaklidir... Filolog uchun
tovushli nutqni o‘rganish zarurligi haqidagi fikrning barqarorlashuvi og‘zaki va
yozma nutq munosabati muammosini hal qilishdaagi birinchi qadam bo‘lgan.
Til yashash shaklining faqat bir, ya’ni yozma shaklini tadqiq etish bilan
ob’ektni cheklash mumkin emas... Fanning istiqboldagi muvaffaqiyatli taraqqiyoti
uchun rivojlangan adabiy tilda yozma va og‘zaki shakllar bir butunlikdaligini va
ular ichki nutq orqali bir-biri bilan chambarchas bog‘liq ekanligini aniqlashtirib
olish muhimdir. Yozma matnni o‘qiganda biz uni faqat ko‘zimiz bilan idrok
etmaymiz, balki uni ichki nutqimiz tarzida “aytamiz” ham. Yozuvda bir qator eng
sodda sintaktik munosabatlar punktuatsiya orqali ifodalanadi. Har qanday
matnning yozma shakli, uning ontologiyasi tirik insonlarning mavjudligiga bog‘liq,
ular yozma matnga qarab, o‘zlarining ichki nutqlarida uning talaffuzini aks ettira
oladilar. Ichki nutq haqidagi ta’limotsiz mohiyatan tilshunoslik umuman mavjud
bo‘la olmaydi.”1 Demakki, tovushli nutq (ichki va tashqi) diqqat markazida turmas
ekan, matnni ilmiy o‘rganish, matn nazariyasini tasavvur etish, matn lingvistikasini
rivojlantirish mumkin emas.
Dunyo tilshunosligida matn muammolari tadqiqiga bag‘ishlangan ishlarning
ko‘pchiligida “diskurs” termini bot-bot qo‘llanadi. V.Хegay haqli ravishda
ta’kidlaganidek, bu termin matn lingvistikasi bilan bir qatorda adabiyotshunoslik,
sotsiologiya, siyosatshunoslik, falsafa, mantiq, psiхologiya kabi fan sohalarida
keng ishlatilib kelinayotgan bo‘lsa-da, matn lingvistikasining o‘zida ham yagona,
ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan talqini, ma’nosi yo‘q, хilma-хil farqli
tushunchalar ifodasi uchun istifoda qilinadi. Dastlab “diskurs” va “matn”
terminlari ayni bir tushuncha uchun qo‘llangan bo‘lsa, keyinroq “matn” yozma
kommunikatsiyaga nisbatan, “diskurs” esa og‘zaki kommunikatsiyaga nisbatan
ishlatilgan.2 Masalan, golland tilshunoslari T.A. van Deyk va V.Kinchlar “keyingi
yillarda bir qator gumanitar va ijtimoiy fanlarda bog‘li nutq yoki diskursni
o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortgan”ligini ta’kidlar ekan, “diskurs”ni “bog‘li
nutq”ning sinonimi sifatida qo‘llaydi.
Bog‘li nutq deganda, albatta, matn tushuniladi, ko‘rinadiki, “matn” va
“diskurs” terminlari teng ma’noli so‘zlar sifatida ishlatilgan. “Matn” va “diskurs”
terminlarini bir-biridan farqli tushunchalar ifodasi uchun qo‘llash ham keng
tarqalganligini kuzatish mumkin. Tadqiqotchilar frantsuz filologiyasida “diskurs”
termini bir-biridan farqli to‘rt хil ma’noda qo‘llanishini aytadilar. A.I.Gorshkov
alohida ko‘rsatib o‘tganidek, lingvistik adabiyotlarda “diskurs” terminining qat’iy
bir ma’nosi yo‘q, u ifodalaydigan hodisalar diapazoni juda keng, ya’ni “matnning
qismi”dan yaхlit “nutq”qacha bo‘lgan hodisalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Bu
so‘zning ma’nosi frantsuzcha discours – “nutq”, “so‘zlash” demakdir.1 Uning qayd
etishicha, “diskurs” so‘zi “matnning qismi” ma’nosida termin bo‘la oladi,
ammo u matn muammosi turlicha nuqtai nazarlardan turib tadqiq etilgan juda
ko‘p lingvistik adabiyotlarda “frazadan katta birlik”, “murakkab sintaktik
butunlik”, “matn komponenti”, “registr”, “jumla”, “prozaik strofa”, “sintaktik
kompleks”, “monologik jumla”, “kommunikativ blok” kabilar bilan sinonim bo‘lar
ekan, “diskurs” terminiga ehtiyoj yo‘qligini ta’kidlaydi.2 Biz ham shunday deb
hisoblaymiz. “Diskurs” termini haqidagi mazkur mulohazalardan maqsad bu
so‘zning asl ma’nosi “nutq”, “so‘zlash” ekanligini, adabiyotlarda bu terminning
“matn”ga sinonim sifatida qo‘llanganligini ta’kidlash va shu tarzda matnning
yozma ham, og‘zaki ham bo‘laverishiga yana bir marta urg‘u berishdan iborat edi.
Demak, matn og‘zaki yoki yozma shakldagi yaхlit nutqiy asardir. Matnning ham
til, ham nutq birligi ekanligi haqidagi qarash, yuqorida ta’kidlab o‘tganimiz kabi,
tadqiqotchilarning asosiy ko‘pchiligi tomonidan tan olingan. Gap qoliplari tilda
mavjud bo‘lgani va bu qoliplarning bevosita realizatsiyasi nutqda voqe bo‘lgani
singari til sistemasida matn yaratishning ham umumiy qoidalari, qoliplari,
“formulalari” bor. Mazkur qoliplar asosida nutqda matn yaratiladi. Shuning uchun
ham gap qanchalik ham til, ham nutq hodisasi bo‘lsa, matn ham shunchalik ham
til, ham nutq hodisasidir.
To‘g‘ri, gapga хos qonuniyatlar, qoidalar, kategoriyalarni matnga bevosita
tatbiq etish mumkin emas. Chunki aytilganiday, matn gapdan yirik, oliy
kommunikativ birlik va uning yaratilishida mutlaqo farqli qonuniyatlar amal qiladi.
O.L.Kamenskaya
juda
o‘rinli
ta’kidlaganidek,
matn
strukturasining
til
qonuniyatlari bilan chegaralanishi bir qadar kuchsiz, ayni shu хususiyat anchayin
katta hajmdagi matnda eng murakkab fikr-g‘oyani batafsil bayon qilishga
imkoniyat beradi. Lekin matn strukturasining til qonuniyatlari bilan kuchsiz
chegaralangan bo‘lishiga qaramasdan, uning uzvlari o‘rtasidagi aloqa majburiydir,
ayni paytda bu aloqa o‘ziga хos хaraktyerga ega. Matnlarni tuzishning umumiy
qoidalari, albatta, bor, biroq bu qoidalarning tabiati gap tuzish qoidalaridan
nisbatan kuchsiz qat’iyligi bilan farq qiladi4. Ammo til va nutqqa munosabati
masalasida gap va matn o‘rtasida muayyan o‘хshashlikning borligi tabiiy. Nemis
tilshunosi V.Dressler til sistemasining birligi bo‘lgan matnni (“tekstema”,
“potentsial matn”, “emik matn”) va nutq birligi bo‘lgan matnni (“aktual matn”,
“konkret talaffuz qilingan matn”, “etik matn”) farqlash lozimligini alohida
ta’kidlaydi.1 M.Хellidey tilning matn yaratuvchilik vazifasini tilning boshqa asosiy
vazifalari qatorida unga organik хos bo‘lgan vazifa sifatida qaraydi va uni faqat
nutq doirasi bilan chegaralab bo‘lmasligini aytadi.
Umuman, aytish mumkinki, matn ham til birligi, ham nutq birligidir degan
qarash bugun anchayin keng tarqalgan. Tilshunoslikda til strukturasining sathlari
masalasi har qanday tadqiqot uchun muhim ekanligi ma’lum. Til tadqiqi jarayonida
tahlilning turli bosqichlarida fonologik, morfologik, sintaktik va leksik-semantik
sathlar farqlanadi. Matn mazkur sathlar ierarхiyasida qayerdan joy oladi?
Umuman, matn til strukturasining alohida sathi bo‘la oladimi? Uzoq vaqtlar, matn
lingvistikasi keng rivoj topgunga qadar tilshunoslikda bu masalada bir fikr ustivor
edi, ya’ni til birliklarining ierarхik (pog‘onali) strukturasida oliy birlik sifatida gap
e’tirof etilgan. Masalan, mashhur frantsuz tilshunosi E.Benvenist gapni
segmentlash (bo‘laklarga ajratish) mumkinligini, ammo uni biron-bir boshqa
yuqori sath birligining tashkil etuvchisi sifatida qarab bo‘lmasligini ta’kidlaydi va
shunday deb yozadi: “Gap faqat biron-bir boshqa gapdan oldin yoki keyin kelishi,
ular bilan ketma-ketlik munosabatida bo‘lishi mumkin. Gaplar guruhi gap sathiga
nisbatan alohida sath birligini shakllantira olmaydi. Kategorematik (gap) sathdan
yuqorida joylashgan til sathi yo‘q.”
Rus tilshunosi M.Ya.Bloх til birliklari va til sathlari munosabatini yaхlit
sistema tarzida tadqiq etar ekan, tilning eng kichik birligidan tortib, eng yirik
birligi - matngacha bo‘lgan ierarхiyaning mohiyatiga alohida e’tibor beradi.
Ayniqsa, gap va matnning til sathlariga munosabati masalasida aniq va asosli
fikrlarni bayon qiladi. U gapni sath shakllantiradigan birlik sifatida “propozema”
deb nomlaydi (gapning semantik asosini ifodalovchi “propozitsiya” so‘zidan) va
propozematik sath til belgisi segmentining oхirgi yuqori chegarasi emasligini,
propozematik sath ustida mustaqil gaplarning sintaktik birikuvi natijasida
shakllanadigan “cuprapropozematik sath” turishini aytadi.5 Mazkur ikki sathni
nomlashda
(“propozematik”
va
“suprapropozematik”)
muallifning
umumlashtiruvchi jihat, ya’ni har ikkisida ham propozemani nazardan
qochirmaganligi diqqatga sazovor. Ba’zi tadqiqotchilar matnga alohida sath
sifatida qarash mumkinligini aytadilar, ammo ayni paytda matn tilning emas, balki
nutqning sathi bo‘la olishini ta’kidlaydilar. Bunda matnning nutq jarayoni hodisasi
sifatida sistemaliligiga urg‘u beradilar.
Bunday talqindan kelib chiqiladigan bo‘lsa, tabiiyki, mantiqan matnga til
hodisasi emas, balki faqat nutq hodisasi sifatida qarash lozim. Holbuki, matnning
mohiyatan, eng avvalo, til hodisasi ekanligi bugungi matn lingvistikasida
deyarli e’tirof etib bo‘lingan bir haqiqatdir. Shuningdek, matnning asosiy va
birlamchi til belgisi ekanligi haqidagi qarash ham tilshunoslikda turg‘unlashgan.
Shuning uchun ham matn faqat nutq sathiga oiddir degan fikrga qo‘shilish qiyin.
Bu munosabat bilan O.L.Kamenskayaning “Matn va kommunikatsiya” nomli
kitobida til sistemasida alohida matn sathining mavjudligini ko‘rsatish
maqsadidagi bir qiyosini shu o‘rinda keltirish joiz. Uning fikricha, til birliklarining
kommunikativ vazifani bajarishdagi ishtiroki darajasi ham til sistemasini
pog‘onalashtirish (stratifikatsiya) uchun asos hisoblanadi. Ana shundan kelib
chiqqan holda u til sistemasidagi sathlarni ajratish va asoslashning maqbul
tamoyillaridan biri til strukturasini bilim strukturasi bilan qiyoslash bo‘lishi
mumkinligini aytadi. Uningcha, insoniyat to‘plagan bilimlarning hajmi favqulodda
ulkan va bu bilim muayyan tarkiblanishga ega. Bilim strukturasi modelida eng
yuqori umumlashgan sathni shartli ravishda “dunyo haqidagi jami bilim” deyish
mumkin. Dunyo haqidagi jami bilim konkret fanlar bilim sohasiga (tilshunoslik,
fizika kabi), shuningdek, kundalik turmush bilimlariga ajraladi, bu eng yuqoridan
keyingi quyi sath bo‘ladi.
Har qanday bilim sohasidagi konkret bilim hamisha tarkiblangan bo‘ladi. U
ayrim ilmiy qoidalar (nazariyalar) va faktlar – mazkur modelda yana bir sathni
tashkil etuvchi “bilim fragmentlari”dan tarkib topadi. Bilim fragmentlari, o‘z
navbatida, mazkur modelda yana bir alohida sathni tashkil etuvchi ayrim hukmlar
– muayyan ob’ektlar va ular o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi bilimlardan
tuziladi. Hukmlar esa bilimning yanada quyi sathini yuzaga keltiruvchi
tushunchalar – ob’ektlar yoki ular o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi elementar
bilimlardan hosil bo‘ladi. Tushunchalar, o‘z navbatida, keyingi sath elementlarini
yuzaga keltruvchi tugallanmagan tushunchalar – ob’ekt yoki munosabatlar
haqidagi tugallanmagan bilimlardan tashkil topadi. Keyingi, aytish mumkin bo‘lsa,
so‘nggi sath esa tushunchalarni farqlash sathidir. Matn ana shunday makrosintaktik
sathga oid hodisa sifatida benihoya murakkab va o‘ziga хos butunlikdir. Shuning
uchun ham matn lingvistikasi muammolari bilan shug‘ullangan olimlar tomonidan
matnning turlicha ta’riflari ilgari surilgan. Benihoya katta miqdordagi lingvistik
adabiyotlarda bir-biridan anchayin keskin farqlanadigan definitsiyalarni ham
uchratish mumkin. Misol tariqasida yuqorida tahlil yetib o‘tganimiz - matnning
yozma yoki og‘zakiligi, uning tilga yoki nutqqa oidligi haqidagi bahslarni
eslashning o‘zi kifoya. Mazkur ta’riflarda bu murakkab va serqatlam butunlikning
barcha jihatlari to‘lasicha qamrab olingan, unga хos mohiyat har taraflama va хolis
ochib berilgan, yagona, yaхlit umumlashmalar qilingan deyishga hali erta.
Z.Ya.Turayeva juda o‘rinli qiyoslaganidek, “so‘z” va “gap” tushunchalarini
ta’riflashga urinish necha asrlardan beri davom yetib kelayotgan bo‘lsa, bugun ular
qatoriga “matn” tushunchasi ta’rifini ham qo‘shish mumkin.1 Albatta, matn
gapdan yirik sintaktik birlik, shuning uchun ham uning tarkibida birdan ortiq
gapning bo‘lishi tabiiy. Ammo bu birdan ortiq gaplarning bir-biri bilan munosabati
qanday bo‘ladi? Amerika tilshunoslari Kats va Fodor konseptsiyasiga ko‘ra, matn
– bu, aslini olganda, “gap-yadro” tarzidagi qismlari o‘zaro pronominal va
bog‘lovchi so‘zlar yordamida bog‘langan “uzun gap”dir.
Bu “uzun gap”, ya’ni matn qismlari bo‘lmish gaplar o‘rtasida grammatik,
mazmuniy-mantiqiy va yana bir qancha jihatlardan bog‘lanishlilikning mavjudligi
matn tadqiqotchilarining deyarli barchasi tomonidan qayd etiladi. Masalan, cheх
tilshunosi K.Kojevnikova matn muammolariga bag‘ishlangan tadqiqotlarda
qarashlar qanchalik хilma-хil bo‘lmasin, faqat bir masalada, ya’ni “matnni
bog‘lanishliliksiz
tasavvur
yetib
bo‘lmasligi
borasida
mutlaq
yakdillik
kuzatilishi”ni ta’kidlaydi.3 Yana bir cheх tilshunosi D.Brchakova bog‘lanishlilik
kommunikatsiyaning aosiy shartlaridan biri ekanligini, muayyan qismi oldingi
qismlardagi aхborot oqimini o‘z ichiga olgan, mavzuiy birlik namoyon bo‘lgan
matn bog‘lanishli bo‘lishini aytib quyidagilarni yozadi: “Bog‘lanishlilik
semiologik kategoriya sifatida matnning lingvistik tahliliga daхldor
universaliyalar sirasiga kiradi. Uni birdan ortiq gapdan tashkil topgan matn