DUNYO TILSHUNOSLIGIDA MATNNING O‘RGANILISHIGA DOIR MASALALARNI TAHLIL QILISH (Slayd)

Yuklangan vaqt

2024-03-11

Yuklab olishlar soni

4

Sahifalar soni

18

Faytl hajmi

5,1 MB


MAVZU:  DUNYO TILSHUNOSLIGIDA MATNNING
O‘RGANILISHIGA DOIR MASALALARNI TAHLIL QILISH

Reja:
 1.Matn nima va uning qanday turlari bor?
 2.Matn lingvistika fanining paydo bo‘lishi.
 3.Matn -jahon tilshunos olimlari nigohida.
MAVZU: DUNYO TILSHUNOSLIGIDA MATNNING O‘RGANILISHIGA DOIR MASALALARNI TAHLIL QILISH  Reja:  1.Matn nima va uning qanday turlari bor?  2.Matn lingvistika fanining paydo bo‘lishi.  3.Matn -jahon tilshunos olimlari nigohida. 
Matn, matn lingvistikasi, fonema, morfema, leksema, 
gap, matn, og‘zaki matn,yozma matn,minimal matn, maksimal 
matn, mikromatn, makromatn,turg‘un strukturali matnlar, erkin 
strukturali matnlar, rasmiy matn, hikoyali matn, didaktik 
matn,tasviriy matn,izohli matn.
 Matn, matn lingvistikasi, fonema, morfema, leksema, gap, matn, og‘zaki matn,yozma matn,minimal matn, maksimal matn, mikromatn, makromatn,turg‘un strukturali matnlar, erkin strukturali matnlar, rasmiy matn, hikoyali matn, didaktik matn,tasviriy matn,izohli matn. MATN HAQIDA TUSHUNCHA

Matn- gapdan ko‘ra yirik hajmli aloqa vositasi,nutqiy 
faoliyat mahsuli,muayyan qonuniyatlar asosida shakllangan 
nutq ko‘rinishidir. 

Tilshunos N.Turniyozov “matn bir so‘z bilan,bir nechta 
so‘z bilan,bir necha gap bilan,bir necha abzas bilan va bir 
necha bob bilan ifodalanishi ham mumkin”ligini ham aytadi. 
Lekin olim shuni ham ta‘kidlaydiki,”matn lingvistikasi 
muammolarini bir so‘zli, birikma yoki biror sodda gap  bilan 
ifodalangan matnlar asosida o‘rganish maqsadga muvofiq 
emas.Chunki bunday matnlarga tayanib,til sistemasi 
unsurlarining nutqqa ko‘chirilishiga oid masalalar tavsifini 
mukammal holatda berib bo‘lmaydi” deydi.
MATN HAQIDA TUSHUNCHA  Matn- gapdan ko‘ra yirik hajmli aloqa vositasi,nutqiy faoliyat mahsuli,muayyan qonuniyatlar asosida shakllangan nutq ko‘rinishidir.  Tilshunos N.Turniyozov “matn bir so‘z bilan,bir nechta so‘z bilan,bir necha gap bilan,bir necha abzas bilan va bir necha bob bilan ifodalanishi ham mumkin”ligini ham aytadi. Lekin olim shuni ham ta‘kidlaydiki,”matn lingvistikasi muammolarini bir so‘zli, birikma yoki biror sodda gap bilan ifodalangan matnlar asosida o‘rganish maqsadga muvofiq emas.Chunki bunday matnlarga tayanib,til sistemasi unsurlarining nutqqa ko‘chirilishiga oid masalalar tavsifini mukammal holatda berib bo‘lmaydi” deydi. Og‘zaki
matn
Matn
turlari
Makromatn
Mikromatn
Erkin
strukturali
matnlar
Turg‘un
strukturali
matnlar
Yozma
matn
Rasmiy
matn
Og‘zaki matn Matn turlari Makromatn Mikromatn Erkin strukturali matnlar Turg‘un strukturali matnlar Yozma matn Rasmiy matn  Og‘zaki matn-bizning kommunikativ  talaffuzimiz 
natijasida vujudga keladigan matn.
 Yozma matn-barcha yozilgan manbalar. Shu 
jumladan kitoblar,darsliklar va h.
 Mikromatn-kichik hajmga ega bo‘lgan matn.
 Makromatn- katta hajmga ega bo‘lgan matn.
 Turg‘un strukturali matnlar- rasmiy matnlar 
hisoblanib ularga: ma‘lumotnoma, 
dalolatnoma,qaror,buyruq,farmon,tavsifnoma, 
annotatsiya va b.
 Erkin strukturali matnlar-hikoya,muhokama 
matni,ilmiy matnlar 
(tezis,maqola,ma‘ruza,taqrizlar).
 Badiiy matn-nasriy va nazmiy asarlar.
 Og‘zaki matn-bizning kommunikativ talaffuzimiz natijasida vujudga keladigan matn.  Yozma matn-barcha yozilgan manbalar. Shu jumladan kitoblar,darsliklar va h.  Mikromatn-kichik hajmga ega bo‘lgan matn.  Makromatn- katta hajmga ega bo‘lgan matn.  Turg‘un strukturali matnlar- rasmiy matnlar hisoblanib ularga: ma‘lumotnoma, dalolatnoma,qaror,buyruq,farmon,tavsifnoma, annotatsiya va b.  Erkin strukturali matnlar-hikoya,muhokama matni,ilmiy matnlar (tezis,maqola,ma‘ruza,taqrizlar).  Badiiy matn-nasriy va nazmiy asarlar. DUNYO TILSHUNOSLIGIDA MATN
MUAMMOSI
 Matn lingvistikasi fanining paydo bo‘lishi,dunyo 
tilshunosligida matn kategoriyasining 
o‘rganilishi,shakllanish bosqichlari haqida juda 
ko’plab qarashlar shakllangan. Albatta bu qarashlar 
natijasida matn muaammosi va unga bo‘lgan fikrlar 
ziddiyati vujudga kela boshladi.             Tilshunos 
olimlarimiz tomonidan XX asrning o‘rtalariga kelib 
bu sohaga bag‘ishlangan tadqiqotlar paydo bo‘la 
boshladi. Har doimgidek bu sohada ilmiy 
ishlar,lingvistik tahlil qilishda nimadan boshlamoq 
kerak degan maqsadlar shakllandi.
DUNYO TILSHUNOSLIGIDA MATN MUAMMOSI  Matn lingvistikasi fanining paydo bo‘lishi,dunyo tilshunosligida matn kategoriyasining o‘rganilishi,shakllanish bosqichlari haqida juda ko’plab qarashlar shakllangan. Albatta bu qarashlar natijasida matn muaammosi va unga bo‘lgan fikrlar ziddiyati vujudga kela boshladi. Tilshunos olimlarimiz tomonidan XX asrning o‘rtalariga kelib bu sohaga bag‘ishlangan tadqiqotlar paydo bo‘la boshladi. Har doimgidek bu sohada ilmiy ishlar,lingvistik tahlil qilishda nimadan boshlamoq kerak degan maqsadlar shakllandi. JAHON TILSHUNOS OLIMLARI

V.Matezius, F.Danesh, V.Dressler, P.Hartman, I.Kovtunova, 
I.Galperin, K.Gauzenblas, N.Pospelov, T.Silman, N.Shvedova, 
K.Solganik, L.Loseva, O.Moskalskaya, K.Kojevnikova,  
M.V.Lyapon, V.G.Gak va b.
 O‘tgan asrning 60-yillariga qadar gap sintaksisida lingvistik 
tahlilning eng yuqori pog’onasi, deb hisoblanar, lingvistik 
tadqiqotlar gap tahlili bilan tugatilar edi.Bir necha gaplarning 
mazmuniy va struktur yaxlitligidan tashkil topgan matn esa 
ilmiy tahlilga tortilmas edi.
JAHON TILSHUNOS OLIMLARI  V.Matezius, F.Danesh, V.Dressler, P.Hartman, I.Kovtunova, I.Galperin, K.Gauzenblas, N.Pospelov, T.Silman, N.Shvedova, K.Solganik, L.Loseva, O.Moskalskaya, K.Kojevnikova, M.V.Lyapon, V.G.Gak va b.  O‘tgan asrning 60-yillariga qadar gap sintaksisida lingvistik tahlilning eng yuqori pog’onasi, deb hisoblanar, lingvistik tadqiqotlar gap tahlili bilan tugatilar edi.Bir necha gaplarning mazmuniy va struktur yaxlitligidan tashkil topgan matn esa ilmiy tahlilga tortilmas edi. I.R.Galperinning fikricha,matn
yozma nutq mahsulidir,og‘zaki
nutq esa turli
qaytariqlarni,uzun-yuluq
gaplarni ham o‘z ichiga oladi va
uni tekshiruv obyekti bola 
oladigan matn deb e‘tirof etish
maqsadga muvofiq emas.
I.R.Galperinning fikricha,matn yozma nutq mahsulidir,og‘zaki nutq esa turli qaytariqlarni,uzun-yuluq gaplarni ham o‘z ichiga oladi va uni tekshiruv obyekti bola oladigan matn deb e‘tirof etish maqsadga muvofiq emas. K.Gauzenblas matnni
ham nutqiy faoliyat
sifatida,ham nutqiy
faoliyat mahsuli sifatida
og‘zaki nutqiy
jarayon,deb talqin
qilinadi.
K.Gauzenblas matnni ham nutqiy faoliyat sifatida,ham nutqiy faoliyat mahsuli sifatida og‘zaki nutqiy jarayon,deb talqin qilinadi. Chex tilshunosi
K.Kojenikova matnni
mazmuniy jihatdan
tugallangan eng yuqori
ideal kommunikativ birlik
sifatida tushunadi.Shuning
uchun matnning gap, 
murakkab sintaktik
qurilma,abzas, bob singari
birliklar munosabatidan
tashkil topgan nutq yoki til
birligi tarzida izohlanishi
maqsadga muvofiqligini
alohida ta‘kidlaydi.
Chex tilshunosi K.Kojenikova matnni mazmuniy jihatdan tugallangan eng yuqori ideal kommunikativ birlik sifatida tushunadi.Shuning uchun matnning gap, murakkab sintaktik qurilma,abzas, bob singari birliklar munosabatidan tashkil topgan nutq yoki til birligi tarzida izohlanishi maqsadga muvofiqligini alohida ta‘kidlaydi. Gullar haqida (Matn)
 Yer yuzi shunday bir mo’jizaki,unda biz uchun ma‘lum va
noma‘lum sir-sinoatlar juda bisyor. Uning ajoyibotlari
ichida o‘zining go‘zalligi orqali hammani xushnud etuvchi
gullar alohida ahamiyatga ega.Dunyoda gullarning 1000 
dan ortiq turlari mavjud bo‘lib,ular gullashi,qanday
o‘stirilishi haqida juda ko‘plab ma‘lumotlar bor. Bizni
yurtimizda asosan, lola, atirgul, binafsha, chinnigul va
boshqa turlari o‘stiriladi. Ular orasida oq, sariq,qizil, 
pushti, ranlari juda mashhur.
Gullar haqida (Matn)  Yer yuzi shunday bir mo’jizaki,unda biz uchun ma‘lum va noma‘lum sir-sinoatlar juda bisyor. Uning ajoyibotlari ichida o‘zining go‘zalligi orqali hammani xushnud etuvchi gullar alohida ahamiyatga ega.Dunyoda gullarning 1000 dan ortiq turlari mavjud bo‘lib,ular gullashi,qanday o‘stirilishi haqida juda ko‘plab ma‘lumotlar bor. Bizni yurtimizda asosan, lola, atirgul, binafsha, chinnigul va boshqa turlari o‘stiriladi. Ular orasida oq, sariq,qizil, pushti, ranlari juda mashhur.  Yana bir chex tilshunosi Yan Korjenskiy matn talqinini 
semantik va pragmatik komponent tushunchalari bilan 
bog‘lab olib boradi.Bunda u semantik komponent birinchi 
galda matn materialini uyushtiruvchi ma‘no bazasida 
hamda uning voqelanishini ta‘minlovchi vositalardan 
iborat,deb hisoblaydi. Olim semantik komponent 
jumlasiga so‘zlovchini,ya‘ni inson omilini ham kiritadi. 
Pragmatik komponent deganda esa,ma‘no ifodasi 
sistemasida ahamiyat etuvchi turli xil munosabatlarni 
tushunadi. 
 Yana bir chex tilshunosi Yan Korjenskiy matn talqinini semantik va pragmatik komponent tushunchalari bilan bog‘lab olib boradi.Bunda u semantik komponent birinchi galda matn materialini uyushtiruvchi ma‘no bazasida hamda uning voqelanishini ta‘minlovchi vositalardan iborat,deb hisoblaydi. Olim semantik komponent jumlasiga so‘zlovchini,ya‘ni inson omilini ham kiritadi. Pragmatik komponent deganda esa,ma‘no ifodasi sistemasida ahamiyat etuvchi turli xil munosabatlarni tushunadi. MATN UCHUN TO‘RT UNSUR
 Nemis tilshunosi K.Y.Haydolf matnni kommunikativ 
jarayondagi gaplarning ma’lum xabar berish uchun o‘zaro 
bog‘lanishi tarzida talqin etadi va matn tarkibida 
gaplarning tartib bilan o‘zaro bog‘lanib kelishida 
quyidagilarni e‘tiborga olish kerak deb ta‘kidlaydi: 
 Fikr butunligi;
 Leksik butunlik;
 Kommunikativ butunlik;
 Zamon va nuqtai nazar butunligi;
MATN UCHUN TO‘RT UNSUR  Nemis tilshunosi K.Y.Haydolf matnni kommunikativ jarayondagi gaplarning ma’lum xabar berish uchun o‘zaro bog‘lanishi tarzida talqin etadi va matn tarkibida gaplarning tartib bilan o‘zaro bog‘lanib kelishida quyidagilarni e‘tiborga olish kerak deb ta‘kidlaydi:  Fikr butunligi;  Leksik butunlik;  Kommunikativ butunlik;  Zamon va nuqtai nazar butunligi; RUS OLIMI M.V.LYAPON
1. Matn bu jumlalarning o‘zaro munosabatidan kelib chiquvchi 
xabardir. Matn tadqiqotchi uchun til hodisalarini o‘rganishda 
birdan-bir manbadir.
2. Matn bu so‘zlovchining nutqiy qobilyatini ro‘yobga 
chiqaruvchi vositadir.
3. Matn bu so‘zlovchining faol nutqiy faoliyat mahsulidir. 
4. Matn bu til sistemasining kommunikativ jarayonda mihim 
funksiya bajaruvchi eng yuqori pog‘onasidir.
RUS OLIMI M.V.LYAPON 1. Matn bu jumlalarning o‘zaro munosabatidan kelib chiquvchi xabardir. Matn tadqiqotchi uchun til hodisalarini o‘rganishda birdan-bir manbadir. 2. Matn bu so‘zlovchining nutqiy qobilyatini ro‘yobga chiqaruvchi vositadir. 3. Matn bu so‘zlovchining faol nutqiy faoliyat mahsulidir. 4. Matn bu til sistemasining kommunikativ jarayonda mihim funksiya bajaruvchi eng yuqori pog‘onasidir. Xulosa o‘rnida shularni aytishim mumkinki, matn
muammosi, matn talqini bu hozirgacha biz uchun
cheklanmagan tushuncha bo‘lib kelmoqda. 
Matnning markazida insonning turishi bu unga
berilgan eng katta baho deb o‘ylayman ,chunki
inson bor ekan matn shakllanadi,yashaydi. Jahon
tilshunosligida ham matn muammolarini tadqiq
etishda salmoqli yutuqlarga erishildi.
Endigi vazifa ana shu yutuqlarni yanada
mustahkamlash, matn tilshunosligi muammolariga
doir monografik tadqiqotlarni kuchaytirish, 
matnning turlari va ularning pragmatik
imkoniyatlari kabi masalalari keng miqyosda
tadqiq etishdan iboratdir.
Xulosa o‘rnida shularni aytishim mumkinki, matn muammosi, matn talqini bu hozirgacha biz uchun cheklanmagan tushuncha bo‘lib kelmoqda. Matnning markazida insonning turishi bu unga berilgan eng katta baho deb o‘ylayman ,chunki inson bor ekan matn shakllanadi,yashaydi. Jahon tilshunosligida ham matn muammolarini tadqiq etishda salmoqli yutuqlarga erishildi. Endigi vazifa ana shu yutuqlarni yanada mustahkamlash, matn tilshunosligi muammolariga doir monografik tadqiqotlarni kuchaytirish, matnning turlari va ularning pragmatik imkoniyatlari kabi masalalari keng miqyosda tadqiq etishdan iboratdir. MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR
 1. Matn nima?
 2. Matnshunoslik qanday soha?
 3. Matnning qanday turlari bor?
 4. Qachondan boshlab matn va uning tabiatini o’rganishga 
bag’ishlangan tadqiqotlar paydo bo’la boshladi?
 5. K.Kojenikova matn haqida qanday fikrlar bildiradi?
 6.M.V.Lyaponning matn haqidagi mulohazalaridan gapirib 
bering?
MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR  1. Matn nima?  2. Matnshunoslik qanday soha?  3. Matnning qanday turlari bor?  4. Qachondan boshlab matn va uning tabiatini o’rganishga bag’ishlangan tadqiqotlar paydo bo’la boshladi?  5. K.Kojenikova matn haqida qanday fikrlar bildiradi?  6.M.V.Lyaponning matn haqidagi mulohazalaridan gapirib bering? FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YHATI
1. Yo‘ldoshev.M. Badiiy matn va uning   lingvopoetik tahlili 
asoslari.-T.: 2007.
2.Yo‘ldoshev.M. Badiiy matnning lisoniy tahlili. -T.: 
“Fan”,2010.
3. Qurbonova.M. Matn tilshunosligi. T.: 2012.
4. Internet materiallari.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI 1. Yo‘ldoshev.M. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari.-T.: 2007. 2.Yo‘ldoshev.M. Badiiy matnning lisoniy tahlili. -T.: “Fan”,2010. 3. Qurbonova.M. Matn tilshunosligi. T.: 2012. 4. Internet materiallari.