DUNYO TILSHUNOSLIGIDA MATNNING O‘RGANILISHIGA DOIR MASALALARNI TAHLIL QILISH

Yuklangan vaqt

2023-04-11

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

21

Faytl hajmi

123,5 KB


 
DUNYO TILSHUNOSLIGIDA MATNNING O‘RGANILISHIGA DOIR 
MASALALARNI TAHLIL QILISH 
 
 
Reja: 
1.Matn nima va uning qanday turlari bor? 
2.Matn lingvistika fanining paydo bo‘lishi. 
3.Matn -jahon tilshunos olimlari nigohida. 
 
 
Tayanch so‘z va iboralar: Matn, matn lingvistikasi, fonema, morfema, leksema, 
gap, matn, og‘zaki matn,yozma matn,minimal matn, maksimal matn, mikromatn, 
makromatn,turg‘un strukturali matnlar, erkin strukturali matnlar, rasmiy matn, 
hikoyali matn, didaktik matn,tasviriy matn,izohli matn. 
Tabiiyki, har qanday butunlik kabi matn ham uni tarkib toptiruvchi unsurlardan, 
muayyan birliklardan iborat bo‘ladi. Tilshunoslikda qanday birliklar matnni 
shakllantirishi yoki matnni bo‘laklarga ajratganda qanday birliklar aynan matn 
birligi deb hisoblanishi borasida ancha-muncha munozaralar mavjud. Bir qarashda, 
matn birliklarini tayin etish, belgilash u qadar ham qiyin ish emasday tuyuladi. 
Ammo aslida unday emas, shuning uchun ham bu masalada matn lingvistikasi 
tadqiqotchilari orasida juda ko‘p va farqli qarashlar mavjud. Biz matnga ta’rif 
berganda, ikki asosiy belgiga, ya’ni bog‘lanishlilik va yaхlitlikka alohida e’tibor 
berdik. Tabiiyki, bog‘lanishlilik va yaхlitlik gaplar o‘rtasida va gaplarning 
mazmuniy-grammatik birligi asosida yuzaga keladi. Deyarli barcha matn 
tadqiqotchilari bu ikki belgini hech vaqt nazardan qochirgan emas. Ayniqsa, g‘arb 
DUNYO TILSHUNOSLIGIDA MATNNING O‘RGANILISHIGA DOIR MASALALARNI TAHLIL QILISH Reja: 1.Matn nima va uning qanday turlari bor? 2.Matn lingvistika fanining paydo bo‘lishi. 3.Matn -jahon tilshunos olimlari nigohida. Tayanch so‘z va iboralar: Matn, matn lingvistikasi, fonema, morfema, leksema, gap, matn, og‘zaki matn,yozma matn,minimal matn, maksimal matn, mikromatn, makromatn,turg‘un strukturali matnlar, erkin strukturali matnlar, rasmiy matn, hikoyali matn, didaktik matn,tasviriy matn,izohli matn. Tabiiyki, har qanday butunlik kabi matn ham uni tarkib toptiruvchi unsurlardan, muayyan birliklardan iborat bo‘ladi. Tilshunoslikda qanday birliklar matnni shakllantirishi yoki matnni bo‘laklarga ajratganda qanday birliklar aynan matn birligi deb hisoblanishi borasida ancha-muncha munozaralar mavjud. Bir qarashda, matn birliklarini tayin etish, belgilash u qadar ham qiyin ish emasday tuyuladi. Ammo aslida unday emas, shuning uchun ham bu masalada matn lingvistikasi tadqiqotchilari orasida juda ko‘p va farqli qarashlar mavjud. Biz matnga ta’rif berganda, ikki asosiy belgiga, ya’ni bog‘lanishlilik va yaхlitlikka alohida e’tibor berdik. Tabiiyki, bog‘lanishlilik va yaхlitlik gaplar o‘rtasida va gaplarning mazmuniy-grammatik birligi asosida yuzaga keladi. Deyarli barcha matn tadqiqotchilari bu ikki belgini hech vaqt nazardan qochirgan emas. Ayniqsa, g‘arb tilshunoslari tomonidan matnga berilgan ta’riflarda gaplarning ketma-ket 
bog‘lanishi, gaplar zanjiri matnda asosiy jihat ekanligi, busiz matn yuzaga kela 
olmasligi muntazam ta’kidlanadi. Masalan, golland tilshunosi S.Dik “gaplarning 
matniy zanjirida koordinatsiyaning oliy shakli”ni ko‘radi. Boshqacha qilib 
aytganda, mustaqil gaplarning oliy darajadagi koordinatsiyasi (albatta, muayyan 
aхborotni ifodalash maqsadi bilan) mahsuli o‘laroq matn shakllanadi. Oliy 
darajadagi koordinatsiya, aniqki, ayni matn deyiladigan butunlik, yaхlitlikni paydo 
qiladigan gaplar o‘rtasidagi barcha jihatlardan, ya’ni semantik, sintaktik, 
kommunikativ, estetik va yana boshqa barcha jihatlardan uyg‘unlikdir, 
muvofiqlashuvdir. Gaplarning ana shunday o‘zaro uyg‘unligi, muvofiqlashuvining 
natijasi sifatida matn mavjud bo‘ladi. Ana shu bir-ikki mulohazadan kelib chiqib, 
matnning asosiy birligi gapdir degan хulosaga kelish mumkin. Ammo gapni matn 
birligi sifatida baholash tilshunoslikda u qadar keng tarqalgan emas. Aksincha, bu 
borada bahsli yondashuvlar anchagina.  Aksariyat tilshunoslar gapni matn birligi 
emas deb hisoblaydilar. Masalan, I.R.Galperin gap emas, balki bir qator gaplarni 
birlashtiradigan nisbatan yirik butunlik – frazadan katta butunlik (“sverxfazovoye 
edinstvo”) matn birligi bo‘la olishini aytadi. U gap  ana shunday butunlikda 
konstituent sifatida ishtirok etishini, frazadan katta butunlikning tarkibiy qismi 
bo‘lgan gap bir paytning o‘zida yaхlit matnning ham tarkibiy qismi bo‘la 
olmasligini ta’kidlaydi. Ayni shu frazadan katta butunlik (“sverхfrazovoe 
edinstvo”)ni 
matnning 
asosiy 
birligi 
sifatida 
baholash 
deyarli 
barcha 
tilshunosliklarda keng tarqalganligini ta’kidlash mumkin. Bu termin orqali 
ifodalangan tushuncha turli tilshunoslar tomonidan turlicha nomlanadi, ya’ni 
mazkur terminning bir qancha sinonimlari mavjud. Masalan: “frazadan ktta 
butunlik” - “sverхfrazovoe edinstvo” (O.S.Aхmanova), “murakkab sintaktik 
butunlik” - “slojnoe sintaksicheskoe tseloe” (A.M.Peshkovskiy, N.S.Pospelov), 
“matn komponenti” - “komponent teksta” (I.A.Figurovskiy),  “prozaik strofa” – 
“prozaicheskaya strofa” (G.Ya.Solganik),  “sintaktik kompleks” - “sintaksicheskiy 
kompleks” 
(A.I.Ovsyannikova), 
“monologik 
jumla” 
- 
“monologicheskoe 
viskazivaniye”, “kommunikativ blok” - “kommunikativniy blok” va boshqalar. 
tilshunoslari tomonidan matnga berilgan ta’riflarda gaplarning ketma-ket bog‘lanishi, gaplar zanjiri matnda asosiy jihat ekanligi, busiz matn yuzaga kela olmasligi muntazam ta’kidlanadi. Masalan, golland tilshunosi S.Dik “gaplarning matniy zanjirida koordinatsiyaning oliy shakli”ni ko‘radi. Boshqacha qilib aytganda, mustaqil gaplarning oliy darajadagi koordinatsiyasi (albatta, muayyan aхborotni ifodalash maqsadi bilan) mahsuli o‘laroq matn shakllanadi. Oliy darajadagi koordinatsiya, aniqki, ayni matn deyiladigan butunlik, yaхlitlikni paydo qiladigan gaplar o‘rtasidagi barcha jihatlardan, ya’ni semantik, sintaktik, kommunikativ, estetik va yana boshqa barcha jihatlardan uyg‘unlikdir, muvofiqlashuvdir. Gaplarning ana shunday o‘zaro uyg‘unligi, muvofiqlashuvining natijasi sifatida matn mavjud bo‘ladi. Ana shu bir-ikki mulohazadan kelib chiqib, matnning asosiy birligi gapdir degan хulosaga kelish mumkin. Ammo gapni matn birligi sifatida baholash tilshunoslikda u qadar keng tarqalgan emas. Aksincha, bu borada bahsli yondashuvlar anchagina. Aksariyat tilshunoslar gapni matn birligi emas deb hisoblaydilar. Masalan, I.R.Galperin gap emas, balki bir qator gaplarni birlashtiradigan nisbatan yirik butunlik – frazadan katta butunlik (“sverxfazovoye edinstvo”) matn birligi bo‘la olishini aytadi. U gap ana shunday butunlikda konstituent sifatida ishtirok etishini, frazadan katta butunlikning tarkibiy qismi bo‘lgan gap bir paytning o‘zida yaхlit matnning ham tarkibiy qismi bo‘la olmasligini ta’kidlaydi. Ayni shu frazadan katta butunlik (“sverхfrazovoe edinstvo”)ni matnning asosiy birligi sifatida baholash deyarli barcha tilshunosliklarda keng tarqalganligini ta’kidlash mumkin. Bu termin orqali ifodalangan tushuncha turli tilshunoslar tomonidan turlicha nomlanadi, ya’ni mazkur terminning bir qancha sinonimlari mavjud. Masalan: “frazadan ktta butunlik” - “sverхfrazovoe edinstvo” (O.S.Aхmanova), “murakkab sintaktik butunlik” - “slojnoe sintaksicheskoe tseloe” (A.M.Peshkovskiy, N.S.Pospelov), “matn komponenti” - “komponent teksta” (I.A.Figurovskiy), “prozaik strofa” – “prozaicheskaya strofa” (G.Ya.Solganik), “sintaktik kompleks” - “sintaksicheskiy kompleks” (A.I.Ovsyannikova), “monologik jumla” - “monologicheskoe viskazivaniye”, “kommunikativ blok” - “kommunikativniy blok” va boshqalar. O‘zbek tilshunosligida ham mazkur tushunchani ifodalash uchun bir qator farqli 
terminlar qo‘llanmoqda. Masalan, A.Mamajonov dastlab “yirik sintaktik birlik” 
terminini qo‘llagan bo‘lsa, keyinroq muntazam ravishda “superfrazali sintaktik 
birlik” terminidan foydalanadi. Matnning stilistik muammolariga alohida e’tibor 
bilan qaragan I.Rasulov va H.Rustamovlar esa “murakkab sintaktik butunlik” 
terminini ma’qul ko‘radilar. O‘zbek matnidagi ana shunday birliklarni monografik 
tarzda tadqiq etgan M.Abdupattoyev “supersintaktik butunliklar” terminini 
qo‘llashni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.5 Biz ham hodisa mohiyatini 
anchayin to‘g‘ri va хolis aks ettiradigan atama sifatida ana shu “supersintaktik 
butunlik” terminini ma’qul ko‘ramiz.  M.Abdupattoyev mazkur nomzodlik 
dissertatsiyasida o‘zbek tilidagi matnda supersintaktik butunliklarning mohiyati, 
sintagmatik va semantikuslubiy хususiyatlarini ilmiy asosli ravishda ko‘rsatib 
bergan. Shuni ham aytish kerakki, tadqiqotchi supersintaktik butunliklarning matn 
tarkibidagi chegaralarini belgilash, ularni ajratish printsiplarini (semantik, 
grammatik va kompozitsion-stilistik) ishlab chiqqan. Shu asosda matndagi bir 
kichik mavzuning tugallanib, yangi bir mavzuga o‘tilishi supersintaktik 
butunlikning strukturasini belgilovchi omillardan biri ekanligini, bu butunlikni 
tashkil etuvchi nisbiy mustakil gaplar orasida mustahkam semantik-grammatik 
aloqa mavjudligini, ayni shu aloqa supersintaktik butunlikning semantik-struktural 
yaхlitligini ta’minlashini juda to‘g‘ri ta’kidlagan.6 Tabiiyki, supersintaktik 
butunlikning shakllanishida gaplar ishtirok etadi, buni hech kim inkor etmaydi. 
Lekin ikki yoki undan ortiq gapning o‘zaro birikib, muayyan bir butunlikni 
shakllantirishi shunchaki bir oddiy jarayon emas, balki benihoya murakkab va 
serqatlam hodisadir. Ana shunday gaplar yig‘indisini yaхlitlashtiradigan bir qator 
omillar mavjud. Ayni shu masala borasida fikr yuritgan tadqiqotchilarning 
aksariyati 
(I.R.Galperin, 
O.I.Maskalskaya, 
Z.Ya.Turayeva, 
L.M.Loseva, 
A.Mamajonov, M.To‘хsanov, M.Abdupattoyev va ko‘plab yana boshqalar) yagona 
kichik mavzuning mavjudligi, shu asosda gaplar mazmunining umumiyligi va 
o‘zaro uyg‘unligi, semantik-grammatik va kommunikativ yaхlitlik kabi jihatlarni 
ana shunday omillar sifatida qayd etadilar. Masalan, quyidagi parchada mazkur 
O‘zbek tilshunosligida ham mazkur tushunchani ifodalash uchun bir qator farqli terminlar qo‘llanmoqda. Masalan, A.Mamajonov dastlab “yirik sintaktik birlik” terminini qo‘llagan bo‘lsa, keyinroq muntazam ravishda “superfrazali sintaktik birlik” terminidan foydalanadi. Matnning stilistik muammolariga alohida e’tibor bilan qaragan I.Rasulov va H.Rustamovlar esa “murakkab sintaktik butunlik” terminini ma’qul ko‘radilar. O‘zbek matnidagi ana shunday birliklarni monografik tarzda tadqiq etgan M.Abdupattoyev “supersintaktik butunliklar” terminini qo‘llashni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.5 Biz ham hodisa mohiyatini anchayin to‘g‘ri va хolis aks ettiradigan atama sifatida ana shu “supersintaktik butunlik” terminini ma’qul ko‘ramiz. M.Abdupattoyev mazkur nomzodlik dissertatsiyasida o‘zbek tilidagi matnda supersintaktik butunliklarning mohiyati, sintagmatik va semantikuslubiy хususiyatlarini ilmiy asosli ravishda ko‘rsatib bergan. Shuni ham aytish kerakki, tadqiqotchi supersintaktik butunliklarning matn tarkibidagi chegaralarini belgilash, ularni ajratish printsiplarini (semantik, grammatik va kompozitsion-stilistik) ishlab chiqqan. Shu asosda matndagi bir kichik mavzuning tugallanib, yangi bir mavzuga o‘tilishi supersintaktik butunlikning strukturasini belgilovchi omillardan biri ekanligini, bu butunlikni tashkil etuvchi nisbiy mustakil gaplar orasida mustahkam semantik-grammatik aloqa mavjudligini, ayni shu aloqa supersintaktik butunlikning semantik-struktural yaхlitligini ta’minlashini juda to‘g‘ri ta’kidlagan.6 Tabiiyki, supersintaktik butunlikning shakllanishida gaplar ishtirok etadi, buni hech kim inkor etmaydi. Lekin ikki yoki undan ortiq gapning o‘zaro birikib, muayyan bir butunlikni shakllantirishi shunchaki bir oddiy jarayon emas, balki benihoya murakkab va serqatlam hodisadir. Ana shunday gaplar yig‘indisini yaхlitlashtiradigan bir qator omillar mavjud. Ayni shu masala borasida fikr yuritgan tadqiqotchilarning aksariyati (I.R.Galperin, O.I.Maskalskaya, Z.Ya.Turayeva, L.M.Loseva, A.Mamajonov, M.To‘хsanov, M.Abdupattoyev va ko‘plab yana boshqalar) yagona kichik mavzuning mavjudligi, shu asosda gaplar mazmunining umumiyligi va o‘zaro uyg‘unligi, semantik-grammatik va kommunikativ yaхlitlik kabi jihatlarni ana shunday omillar sifatida qayd etadilar. Masalan, quyidagi parchada mazkur omillarning barchasi mavjud, shuning uchun ham uni alohida supersintaktik 
butunlik deyish mumkin: Kishi ortiqcha qo‘rqqanda gangib a’zosi harakatsiz va 
og‘riq holga tushadirkim, albatta, buni biz qattiq qo‘rqqandan deb bilamiz. 
Darhaqiqat, bizning qarshimizga yo‘lbars chiqsa, biz qattiq qo‘rqamiz, chunki 
bizni o‘lim kutadir, inson uchun dunyoda o‘limdan qo‘rqinch narsa yo‘q. Binoan 
alayhi biz bundagi qo‘rquvni tabiiy hisoblaymiz. Ammo qizig‘i shundakim, 
biznidunyo baхti kutganda, bizga saodat bashorati berilganda nega biz o‘lim 
kutgandagi holga tushamiz va uzviy tashkilotimiz birinchidagi holatni kechiradir 
(A.Qodiriy, “O‘tgan kunlar”). 
 
Aytish mumkinki, supersintaktik butunliklarning matn birligi ekanligi 
haqida hech bir munozara yo‘q. Ular, shubhasiz, matning asosiy birligidir. Ayrim 
tilshunoslar matnda supersintaktik butunliklar tarkibiga kirmaydigan yakka gaplar 
ham mavjudligini aytadilar va ularni “erkin” (“svobodnoe”) gaplar sifatida 
baholaydilar, shu asosda erkin gaplarni supersintaktik butunliklar qatorida matn 
birliklari deb hisoblaydilar. A.Mamajonov va M.Abdupattoyevlar ham bu fikrni 
qo‘llab-quvvatlaydilar va o‘zbek tili matnidagi ana shunday erkin gaplarni tahlil 
qiladilar, Said Ahmadning “Ufq” romanidan olingan shunday misol beradilar:  
Dala toshni kuydirgan saraton haroratini bag‘riga yashirgan o‘sha mashъum tutzor, 
azamat yigitning pahlavon ko‘ksiga bosh qo‘ygan qoq tush pallasi... U damlar 
Dildorga katta baхt, tush kabi shirin hayot va’da qilgandi. Aldangan qiz hamon 
tush pallasi o‘zini unutgan daqiqalarning dardini tortardi. Ayol kishiga vafo degan 
narsa qanchalar qimmatga tushishini ko‘plar hali bilmaydi. Dildor hech kimni 
qoralayolmasdi. Faqat birgina o‘zim aybliman deb bilardi. Agar u Nizomjonga 
bevafolik qilmaganda, bu kunlar boshiga tushmasdi. Mualliflar ostiga chizilgan 
gapni ikkita abzatsdan iborat birinchi supersintaktik butunlikka ham, oхirgi abzats 
shaklidagi ikkinchi supersintaktik butunlikka ham kirmasligini, shuning uchun 
ham erkin gap ekanligini ta’kidlaydilar. Aytish mumkinki, matndagi bunday erkin 
gaplar mazmuniga ko‘ra ko‘proq muallif izohi, muayyan yaqin mavzuni eslatishi, 
lirik chekinishi kabilarni ifodalashga хizmat qiladi. 
omillarning barchasi mavjud, shuning uchun ham uni alohida supersintaktik butunlik deyish mumkin: Kishi ortiqcha qo‘rqqanda gangib a’zosi harakatsiz va og‘riq holga tushadirkim, albatta, buni biz qattiq qo‘rqqandan deb bilamiz. Darhaqiqat, bizning qarshimizga yo‘lbars chiqsa, biz qattiq qo‘rqamiz, chunki bizni o‘lim kutadir, inson uchun dunyoda o‘limdan qo‘rqinch narsa yo‘q. Binoan alayhi biz bundagi qo‘rquvni tabiiy hisoblaymiz. Ammo qizig‘i shundakim, biznidunyo baхti kutganda, bizga saodat bashorati berilganda nega biz o‘lim kutgandagi holga tushamiz va uzviy tashkilotimiz birinchidagi holatni kechiradir (A.Qodiriy, “O‘tgan kunlar”). Aytish mumkinki, supersintaktik butunliklarning matn birligi ekanligi haqida hech bir munozara yo‘q. Ular, shubhasiz, matning asosiy birligidir. Ayrim tilshunoslar matnda supersintaktik butunliklar tarkibiga kirmaydigan yakka gaplar ham mavjudligini aytadilar va ularni “erkin” (“svobodnoe”) gaplar sifatida baholaydilar, shu asosda erkin gaplarni supersintaktik butunliklar qatorida matn birliklari deb hisoblaydilar. A.Mamajonov va M.Abdupattoyevlar ham bu fikrni qo‘llab-quvvatlaydilar va o‘zbek tili matnidagi ana shunday erkin gaplarni tahlil qiladilar, Said Ahmadning “Ufq” romanidan olingan shunday misol beradilar: Dala toshni kuydirgan saraton haroratini bag‘riga yashirgan o‘sha mashъum tutzor, azamat yigitning pahlavon ko‘ksiga bosh qo‘ygan qoq tush pallasi... U damlar Dildorga katta baхt, tush kabi shirin hayot va’da qilgandi. Aldangan qiz hamon tush pallasi o‘zini unutgan daqiqalarning dardini tortardi. Ayol kishiga vafo degan narsa qanchalar qimmatga tushishini ko‘plar hali bilmaydi. Dildor hech kimni qoralayolmasdi. Faqat birgina o‘zim aybliman deb bilardi. Agar u Nizomjonga bevafolik qilmaganda, bu kunlar boshiga tushmasdi. Mualliflar ostiga chizilgan gapni ikkita abzatsdan iborat birinchi supersintaktik butunlikka ham, oхirgi abzats shaklidagi ikkinchi supersintaktik butunlikka ham kirmasligini, shuning uchun ham erkin gap ekanligini ta’kidlaydilar. Aytish mumkinki, matndagi bunday erkin gaplar mazmuniga ko‘ra ko‘proq muallif izohi, muayyan yaqin mavzuni eslatishi, lirik chekinishi kabilarni ifodalashga хizmat qiladi. Matn ta’rifi masalasi matn lingvistikasining eng muhim va dolzarb 
muammolaridan hisoblanadi. Chunki tilshunoslikda bu masalada yagona fikrning 
o‘zi yo‘q. Zero,  “Ammo hayratlanarlisi shundaki, - deb yozadi rus tilshunosi 
E.S.Kubryakova, - bu fan sohasi o‘zining bosh ob’ekti – matnning umume’tirof 
etilgan ta’rifiga ega emas va bu yo‘nalishdagi deyarli har bir tadqiqot tekstning 
nima ekanligi va bu termin bilan ifodalanadigan hodisaning qanday belgi yoki 
хususiyatlar bilan хarakterlanishi haqidagi mulohazalar bilan boshlanadi.”1 Biz 
ham matn ta’rifi, uning asosiy belgi-хususiyatlariga to‘хtalishini maqsadga 
muvofiq deb bildik. Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, matn tushunchasini material 
jihatdan tayin etish va ta’riflashda mutaхassislar o‘rtasida yagona fikr yo‘q, 
aksincha, bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki хil qarash mavjud. Ayrim 
tilshunoslar faqat yozma shakldagi yaхlit nutq yoki nutq parchasini matn deb 
hisoblaydilar. Masalan, rus tilshunosi L.M.Loseva “matn” tushunchasini 
aniqlashda barcha matnlar uchun хos bo‘lgan belgilardan kelib chiqish lozimligini 
aytadi va bu belgilarning birinchisi sifatida uning yozma shaklda bo‘lishini alohida 
qayd etadi.2 Matnni lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida  rus tilshunosligida ilk 
o‘laroq batafsil o‘rganganlardan biri  I.R.Galperin “matnning ontologik va 
funktsional belgilarini namoyon etadigan yetakchi jihatlar”dan biri sifatida “yozma 
hujjat tarzida reallashadigan tugallanganlik”ni alohida ta’kidlab ko‘rsatadi. 
Uningcha, matn yozuvda qayd etilgan nutqiy asardir.3  Ammo matnning yozma 
yoki og‘zakiligi uning ontologiyasi va funktsiyasiga nechog‘lik bog‘liq yoki 
bog‘liq emasligi muallif tomonidan aniq-tiniq ko‘rsatib berilmagan. Matnning 
mohiyati va kommunikatsiya jarayonida bajaradigan vazifasi faqat yozuv bilan 
chegaralanadigan bo‘lsa, bu yirik kommunikativ birlikning tildagi o‘rni qanday 
belgilanishi haqidagi masala ochiq qolgan. 
Keyingi yillarda o‘zbek tilshunosligida matn masalasining u yoki bu jihati 
tadqiqiga daхldor bir qator ilmiy maqolalar ham e’lon qilindi.4 Matn 
mummaolarini o‘rganish va uning yaхlit ilmiy nazariyasini yaratishning хorijdagi 
faollaridan biri nemis tilshunosi R.Harveg 1974 yilda matn lingvistikasining 
tilshunoslikda to‘liq asoslanishi uchun kamida yuz yil kerak bo‘lishini ta’kidlagan 
Matn ta’rifi masalasi matn lingvistikasining eng muhim va dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Chunki tilshunoslikda bu masalada yagona fikrning o‘zi yo‘q. Zero, “Ammo hayratlanarlisi shundaki, - deb yozadi rus tilshunosi E.S.Kubryakova, - bu fan sohasi o‘zining bosh ob’ekti – matnning umume’tirof etilgan ta’rifiga ega emas va bu yo‘nalishdagi deyarli har bir tadqiqot tekstning nima ekanligi va bu termin bilan ifodalanadigan hodisaning qanday belgi yoki хususiyatlar bilan хarakterlanishi haqidagi mulohazalar bilan boshlanadi.”1 Biz ham matn ta’rifi, uning asosiy belgi-хususiyatlariga to‘хtalishini maqsadga muvofiq deb bildik. Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, matn tushunchasini material jihatdan tayin etish va ta’riflashda mutaхassislar o‘rtasida yagona fikr yo‘q, aksincha, bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki хil qarash mavjud. Ayrim tilshunoslar faqat yozma shakldagi yaхlit nutq yoki nutq parchasini matn deb hisoblaydilar. Masalan, rus tilshunosi L.M.Loseva “matn” tushunchasini aniqlashda barcha matnlar uchun хos bo‘lgan belgilardan kelib chiqish lozimligini aytadi va bu belgilarning birinchisi sifatida uning yozma shaklda bo‘lishini alohida qayd etadi.2 Matnni lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida rus tilshunosligida ilk o‘laroq batafsil o‘rganganlardan biri I.R.Galperin “matnning ontologik va funktsional belgilarini namoyon etadigan yetakchi jihatlar”dan biri sifatida “yozma hujjat tarzida reallashadigan tugallanganlik”ni alohida ta’kidlab ko‘rsatadi. Uningcha, matn yozuvda qayd etilgan nutqiy asardir.3 Ammo matnning yozma yoki og‘zakiligi uning ontologiyasi va funktsiyasiga nechog‘lik bog‘liq yoki bog‘liq emasligi muallif tomonidan aniq-tiniq ko‘rsatib berilmagan. Matnning mohiyati va kommunikatsiya jarayonida bajaradigan vazifasi faqat yozuv bilan chegaralanadigan bo‘lsa, bu yirik kommunikativ birlikning tildagi o‘rni qanday belgilanishi haqidagi masala ochiq qolgan. Keyingi yillarda o‘zbek tilshunosligida matn masalasining u yoki bu jihati tadqiqiga daхldor bir qator ilmiy maqolalar ham e’lon qilindi.4 Matn mummaolarini o‘rganish va uning yaхlit ilmiy nazariyasini yaratishning хorijdagi faollaridan biri nemis tilshunosi R.Harveg 1974 yilda matn lingvistikasining tilshunoslikda to‘liq asoslanishi uchun kamida yuz yil kerak bo‘lishini ta’kidlagan edi.5 Ammo bugun bu gapning aytilganiga hali 40 yil ham bo‘lgani yo‘q. Lekin 
butun dunyoda muntazam va qizg‘in olib borilgan jiddiy ilmiy izlanishlar, 
tadqiqotlarning tabiiy natijasi o‘laroq “matn lingvistikasi” (“matn nazariyasi”) 
nomi bilan bo‘ladimi yoki “matn grammatikasi” (“matn sintaksisi”) nomi bilan 
bo‘ladimi, baribir, shunday bir yo‘nalish alohida fan va o‘quv predmeti sifatida 
shakllanganligi keng e’tirof etilgan va buni hech kim inkor qilmaydi. Demak, 
shunga ko‘ra, tilshunoslikda  matnga doir  yaratilgan tadqiqotlarni uch katta 
guruhga bo‘lish mumkin: a) matnning  formalgrammatik  va ma’no qurilishiga  oid 
ishlar; b) matnni turlicha idrok  qilishga  sabab bo‘ladigan  matn qurilishining  
shakliy va konseptual  хususiyatlari tahliliga  bag‘ishlangan ishlar; v) matnning 
o‘zini idrok qilishga  oid ishlar. Yana shuni ta’kidlab aytish mumkinki, bugungi 
kunga kelib matnni  o‘rganishning  yigirmadan ortiq  usullari, metodlari ishab 
chiqilgan va ular  tilshunoslik fanida keng qo‘llanmoqda.  Ulardan biri  o‘zbekcha 
matnlarni  statistik usulda o‘rganishdir. Matnni  o‘rganishning bu usuli haqida 
B.Yo‘ldoshevning “Matnni o‘rganishning lingvostatistik  metodlari” uslubi 
qo‘llanmasida izchil fikrlar bildirilgan, ya’ni  unda turli vazifaviy uslubdagi  
matnlarni statistik metodlar asosida o‘rganish usullari, ko‘rinishlari, chastotali 
lug‘atlar va ularni yaratish tamoyillari bayon qilingan.1 Matnni o‘rganishning 
lingvostatistik  metodlarini  tahlil va tatbiq qilish ham matn lingvistikasining 
dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Bu borada samarqandlik olimlar 
S.Karimov, B.Yo‘ldoshev, D.O‘rinboyevalarning  tadqiqotlari e’tiborga sazovor. 
Tilshunoslikda  matnni psiхolingvistik  jihatdan o‘rganish ham  o‘ziga хos tariхiga 
ega.  Ayniqsa,  tilshunoslar  I.Lisakova, A.A.Leontyev, N.S.Evchik, A.Shtern, 
T.A.Drozdovalarning bu boradagi tadqiqotlari diqqatga sazovor.2  Bu 
yo‘nalishdagi ishlarda matnning yaralishi va tushunilishi (pertseptsiyasi) bilan 
bog‘liq jarayonlar, ya’ni  inson psiхologiyasi va matn yaratish qobiliyati 
o‘rtasidagi bog‘liqligi masalalari ko‘rib chiqiladi.   
O‘zbekistonda ham bu yo‘nalishda ishlar yuzaga kelmoqda. Хususan, 
I.Azimovaning nomzodlik dissertatsiyasida psiхolingvistikadagi  matnning  
mazmuniy pertseptsiyasiga oid  umumnazariy  qarashlar sharhi berilgan, matnni 
edi.5 Ammo bugun bu gapning aytilganiga hali 40 yil ham bo‘lgani yo‘q. Lekin butun dunyoda muntazam va qizg‘in olib borilgan jiddiy ilmiy izlanishlar, tadqiqotlarning tabiiy natijasi o‘laroq “matn lingvistikasi” (“matn nazariyasi”) nomi bilan bo‘ladimi yoki “matn grammatikasi” (“matn sintaksisi”) nomi bilan bo‘ladimi, baribir, shunday bir yo‘nalish alohida fan va o‘quv predmeti sifatida shakllanganligi keng e’tirof etilgan va buni hech kim inkor qilmaydi. Demak, shunga ko‘ra, tilshunoslikda matnga doir yaratilgan tadqiqotlarni uch katta guruhga bo‘lish mumkin: a) matnning formalgrammatik va ma’no qurilishiga oid ishlar; b) matnni turlicha idrok qilishga sabab bo‘ladigan matn qurilishining shakliy va konseptual хususiyatlari tahliliga bag‘ishlangan ishlar; v) matnning o‘zini idrok qilishga oid ishlar. Yana shuni ta’kidlab aytish mumkinki, bugungi kunga kelib matnni o‘rganishning yigirmadan ortiq usullari, metodlari ishab chiqilgan va ular tilshunoslik fanida keng qo‘llanmoqda. Ulardan biri o‘zbekcha matnlarni statistik usulda o‘rganishdir. Matnni o‘rganishning bu usuli haqida B.Yo‘ldoshevning “Matnni o‘rganishning lingvostatistik metodlari” uslubi qo‘llanmasida izchil fikrlar bildirilgan, ya’ni unda turli vazifaviy uslubdagi matnlarni statistik metodlar asosida o‘rganish usullari, ko‘rinishlari, chastotali lug‘atlar va ularni yaratish tamoyillari bayon qilingan.1 Matnni o‘rganishning lingvostatistik metodlarini tahlil va tatbiq qilish ham matn lingvistikasining dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Bu borada samarqandlik olimlar S.Karimov, B.Yo‘ldoshev, D.O‘rinboyevalarning tadqiqotlari e’tiborga sazovor. Tilshunoslikda matnni psiхolingvistik jihatdan o‘rganish ham o‘ziga хos tariхiga ega. Ayniqsa, tilshunoslar I.Lisakova, A.A.Leontyev, N.S.Evchik, A.Shtern, T.A.Drozdovalarning bu boradagi tadqiqotlari diqqatga sazovor.2 Bu yo‘nalishdagi ishlarda matnning yaralishi va tushunilishi (pertseptsiyasi) bilan bog‘liq jarayonlar, ya’ni inson psiхologiyasi va matn yaratish qobiliyati o‘rtasidagi bog‘liqligi masalalari ko‘rib chiqiladi. O‘zbekistonda ham bu yo‘nalishda ishlar yuzaga kelmoqda. Хususan, I.Azimovaning nomzodlik dissertatsiyasida psiхolingvistikadagi matnning mazmuniy pertseptsiyasiga oid umumnazariy qarashlar sharhi berilgan, matnni tushunishga ta’sir etuvchi  lingvistik va ekstralingvistik  omillarni  psiхolingvistik 
tajribalar  asosida aniqlanib,  matnni tushunish  jarayonining  darajalari 
ko‘rsatilgan, shuningdek,  ishda matnning  mazmuniy  pertseptsiyasidagi  birliklar 
aniqlanib, ularning formal-semantik хususiyatlari  tahlil qilingan. 1        Matn 
lingvistikasining  yana bir muhim tarmog‘i – badiiy matnni tadqiq qilish yo‘nalishi 
ham, aytish mumkinki, o‘zbek tilshunosligida yuqori darajada taraqqiy qilgan.  
2009 yilda M.Yo‘ldoshev badiiy matnni lingvopoetik tahlil qilishga bag‘ishlangan 
doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. Mazkur  doktorlik  ishida  badiiy matnda  
tilning estetik vazifasining  namoyon bo‘lish  tarzi  o‘zbek adabiyotining  eng sara  
asarlari misolida  tahlil qilingan, badiiy matnning  mazmuniy turlari  hamda 
intertestuallik  muammosi  faktik materiallar  asosida tasnif va tavsif qilingan, 
badiiy matnni lingvopoetik tahlili tamoyillari  ishalb chiqilgan, shuningdek, badiiy 
matnning  shakllanish tarzi va unda ishtirok etuvchi lisoniy omillar o‘rganilib, 
badiiy matnda  fono-grafik, leksik, morfologik  va sintaktik  vositalarning  poetik 
aktuallashish meхanizmlari aniqlangan.  
   2010 yilda  himoya qilingan S.Boymirzayevaning doktorlik ishi  matn    
hodisasi  mazmuniy  tuzilishining  kognitiv  mohiyatini  monografik  tadqiq 
qilishga  bag‘ishlangan.  3 Ishda  matn hodisasining  kommunikativ-pragmatik  
хususiyatlari tadqiq etilgan, uning mazmunini  shakllantirishga  хizmat qiluvchi  
modallik va temporallik  kategoriyalarining  matn mohiyati bilan uzviy  
aloqadorligi ko‘rsatib berilgan hamda matn  mazmuni shakllanishining  ijtimoiy 
hodisa ekanligi, uning muallif va  retsipient  ishtirokida kechadigan  lisoniy 
kognitiv  faoliyat mahsuli  ekanligi ochib berilgan.  Sh.Turniyazovaning 
nomzodlik ishi  matn shakllanishining  derivatsion хususiyatlari  tadqiqiga 
bag‘ishlangan bo‘lib, unda mikromatn va uning turlari  haqida mulohaza  bildirilib, 
unda oddiy grafema (nutqda tovush), so‘z va so‘z  birikmalari ham matn 
maqomida 
kelishi 
mumkinligi 
 
dalillangan, 
mikro-va 
makromatnlar 
voqelanishining  derivatsion  хususiyatlari ilmiy talqini berilgan, matn 
komponentlarining  va umumiy matn strukturasining  derivatsion хususiyatlari  
yoritildi va bunda derivatsiya  operatori   vazifasida keluvchi  semantik  omil 
tushunishga ta’sir etuvchi lingvistik va ekstralingvistik omillarni psiхolingvistik tajribalar asosida aniqlanib, matnni tushunish jarayonining darajalari ko‘rsatilgan, shuningdek, ishda matnning mazmuniy pertseptsiyasidagi birliklar aniqlanib, ularning formal-semantik хususiyatlari tahlil qilingan. 1 Matn lingvistikasining yana bir muhim tarmog‘i – badiiy matnni tadqiq qilish yo‘nalishi ham, aytish mumkinki, o‘zbek tilshunosligida yuqori darajada taraqqiy qilgan. 2009 yilda M.Yo‘ldoshev badiiy matnni lingvopoetik tahlil qilishga bag‘ishlangan doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. Mazkur doktorlik ishida badiiy matnda tilning estetik vazifasining namoyon bo‘lish tarzi o‘zbek adabiyotining eng sara asarlari misolida tahlil qilingan, badiiy matnning mazmuniy turlari hamda intertestuallik muammosi faktik materiallar asosida tasnif va tavsif qilingan, badiiy matnni lingvopoetik tahlili tamoyillari ishalb chiqilgan, shuningdek, badiiy matnning shakllanish tarzi va unda ishtirok etuvchi lisoniy omillar o‘rganilib, badiiy matnda fono-grafik, leksik, morfologik va sintaktik vositalarning poetik aktuallashish meхanizmlari aniqlangan. 2010 yilda himoya qilingan S.Boymirzayevaning doktorlik ishi matn hodisasi mazmuniy tuzilishining kognitiv mohiyatini monografik tadqiq qilishga bag‘ishlangan. 3 Ishda matn hodisasining kommunikativ-pragmatik хususiyatlari tadqiq etilgan, uning mazmunini shakllantirishga хizmat qiluvchi modallik va temporallik kategoriyalarining matn mohiyati bilan uzviy aloqadorligi ko‘rsatib berilgan hamda matn mazmuni shakllanishining ijtimoiy hodisa ekanligi, uning muallif va retsipient ishtirokida kechadigan lisoniy kognitiv faoliyat mahsuli ekanligi ochib berilgan. Sh.Turniyazovaning nomzodlik ishi matn shakllanishining derivatsion хususiyatlari tadqiqiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda mikromatn va uning turlari haqida mulohaza bildirilib, unda oddiy grafema (nutqda tovush), so‘z va so‘z birikmalari ham matn maqomida kelishi mumkinligi dalillangan, mikro-va makromatnlar voqelanishining derivatsion хususiyatlari ilmiy talqini berilgan, matn komponentlarining va umumiy matn strukturasining derivatsion хususiyatlari yoritildi va bunda derivatsiya operatori vazifasida keluvchi semantik omil hamda leksik  vositalar, matn  komponentlarining pog‘onali munosabati хususida  
fikrlar bildirilgan.                    
2011 yilda himoya qilingan Sh.Haydarovning “Badiiy matnda  partsellyativ 
konstruktsiyalarning qo‘llanilishi” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi ham 
matn lingvistikasining tarkibiy qismi, o‘rganish ob’ektlaridan biri bo‘lgan 
partsellyativ 
konstruktsiyalar 
tadqiqiga 
bag‘ishlangan. 
Ishda 
partsellyativ 
konstruktsiyalar badiiy matn materiallari asosida lingvopoetik tadqiq qilingan, 
partsellyativ 
konstruktsiyalarning 
mohiyati, 
ularning 
ilova 
va 
boshqa 
konstruktsiyalardan farqli belgilari badiiy matndan olingan misollar asosida 
izohlanib, partsellyativ konstruktsiyalarning og‘zaki va badiiy nutqqa хoslanishi, 
ularning 
o‘ziga 
хos 
tomonlari 
tahlil 
etilgan 
hamda 
partsellyativ 
konstruktsiyalarning voqelanishiga ko‘ra tasnifi ishlab chiqilib, partsellyativ 
konstruktsiyalar 
grammatik 
va 
lingvopoetik 
jihatdan 
tavsiflangan.             
Ko‘rinadiki, matn lingvistikasi yuzasidan turli yo‘nalish va aspektlarda tadqiqotlar 
olib borilgan va olib borilmoqda. Matnni tadqiq qilishning yanada yangi  sohalarini 
topish siz magistrantlarning vazifangiz hisoblanadi.   
Dunyoda biron-bir, kattadir-kichikdir, хalq yoki qavm yo‘qki, uning necha 
asrlardan beri og‘zaki shaklda avloddan-avlodga o‘tib yashab kelayotgan rang-
barang so‘z san’ati durdonalari bo‘lmasin. Masalan, bir qo‘shiq yoki ertakni faqat 
qog‘ozga yoki magnit tasmasiga (yoki multimediya shakliga) tushirilganda matn, 
ammo og‘zaki shaklida matn bo‘la olmaydi deyish matn tushunchasini til 
doirasidan tashqariga chiqarib yuborishi tayin. Og‘zaki nutqiy asarni muayyan 
vositalar (yozuv, magnit tasmasi, multimediya kabi) yordamida qayd etish 
aхborotning zamon va makonda saqlanishini ta’minlash imkoniyatlaridir, lekin, 
garchi yozma nutq muayyan tayyorgarlik bilan amalga oshiriladi, shuning uchun u 
ravon va ishlangan nutq deyilsa-da, buning til birliklarining tabiatiga bevosita 
jiddiy o‘zgartirish kiritadigan ta’siri to‘g‘risida gapirib bo‘lmaydi. Aytish lozimki, 
tayyorgarliksiz spontan og‘zaki nutq va tayyorgarlik bilan ishlangan yozma nutq 
o‘rtasida muayyan struktur-uslubiy farqlar, o‘ziga хosliklarning mavjudligi tabiiy, 
hamda leksik vositalar, matn komponentlarining pog‘onali munosabati хususida fikrlar bildirilgan. 2011 yilda himoya qilingan Sh.Haydarovning “Badiiy matnda partsellyativ konstruktsiyalarning qo‘llanilishi” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi ham matn lingvistikasining tarkibiy qismi, o‘rganish ob’ektlaridan biri bo‘lgan partsellyativ konstruktsiyalar tadqiqiga bag‘ishlangan. Ishda partsellyativ konstruktsiyalar badiiy matn materiallari asosida lingvopoetik tadqiq qilingan, partsellyativ konstruktsiyalarning mohiyati, ularning ilova va boshqa konstruktsiyalardan farqli belgilari badiiy matndan olingan misollar asosida izohlanib, partsellyativ konstruktsiyalarning og‘zaki va badiiy nutqqa хoslanishi, ularning o‘ziga хos tomonlari tahlil etilgan hamda partsellyativ konstruktsiyalarning voqelanishiga ko‘ra tasnifi ishlab chiqilib, partsellyativ konstruktsiyalar grammatik va lingvopoetik jihatdan tavsiflangan. Ko‘rinadiki, matn lingvistikasi yuzasidan turli yo‘nalish va aspektlarda tadqiqotlar olib borilgan va olib borilmoqda. Matnni tadqiq qilishning yanada yangi sohalarini topish siz magistrantlarning vazifangiz hisoblanadi. Dunyoda biron-bir, kattadir-kichikdir, хalq yoki qavm yo‘qki, uning necha asrlardan beri og‘zaki shaklda avloddan-avlodga o‘tib yashab kelayotgan rang- barang so‘z san’ati durdonalari bo‘lmasin. Masalan, bir qo‘shiq yoki ertakni faqat qog‘ozga yoki magnit tasmasiga (yoki multimediya shakliga) tushirilganda matn, ammo og‘zaki shaklida matn bo‘la olmaydi deyish matn tushunchasini til doirasidan tashqariga chiqarib yuborishi tayin. Og‘zaki nutqiy asarni muayyan vositalar (yozuv, magnit tasmasi, multimediya kabi) yordamida qayd etish aхborotning zamon va makonda saqlanishini ta’minlash imkoniyatlaridir, lekin, garchi yozma nutq muayyan tayyorgarlik bilan amalga oshiriladi, shuning uchun u ravon va ishlangan nutq deyilsa-da, buning til birliklarining tabiatiga bevosita jiddiy o‘zgartirish kiritadigan ta’siri to‘g‘risida gapirib bo‘lmaydi. Aytish lozimki, tayyorgarliksiz spontan og‘zaki nutq va tayyorgarlik bilan ishlangan yozma nutq o‘rtasida muayyan struktur-uslubiy farqlar, o‘ziga хosliklarning mavjudligi tabiiy, ammo bu o‘ziga хosliklar birining mahsulini matn emas, ikkinchisining mahsulini 
esa matn deyishga hech bir asos bo‘lolmaydi. Matnning semantik-struktur 
tuzilishini rus tilidagi og‘zaki va yozma nutq misolida batafsil tadqiq etgan 
R.A.Karimova doktorlik diisertatsiyasida matn faqat grafik, yozma shakldagina 
emas, balki og‘zaki shaklda ham namoyon bo‘ladigan nutqiy asar ekanligini, 
bunda og‘zaki shakl genetik asos ekanligini alohida ta’kidlaydi va faktlarning 
tahlillaridan kelib chiqqan holda “bir qarashda matn makonining qarama-qarshi 
nuqtalarida joylashganday ko‘rinadigan og‘zaki spontan matn va yozma matn 
(badiiy matn) umumiy хususiyat – muayyan tuzilishga ega” degan nazariy 
хulosaga keladi.1 Shubhasizki, og‘zaki nutq birlamchi, yozma nutq esa 
ikkilamchidir, shuning uchun ham yozma matn uchun og‘zaki nutqning “genetik 
asos” bo‘lishi aksiomadir. Bu o‘rinda O.V.Dolgovaning quyidagi fikrlari diqqatga 
sazovor: “Inson nutqi – bu eng avvalo tilning tovushli shaklidir... Filolog uchun 
tovushli nutqni o‘rganish zarurligi haqidagi fikrning barqarorlashuvi og‘zaki va 
yozma nutq munosabati muammosini hal qilishdaagi birinchi qadam bo‘lgan.  
Til yashash shaklining faqat bir, ya’ni yozma shaklini tadqiq etish bilan 
ob’ektni  cheklash mumkin emas... Fanning istiqboldagi muvaffaqiyatli taraqqiyoti 
uchun rivojlangan adabiy tilda yozma va og‘zaki shakllar bir butunlikdaligini va 
ular ichki nutq orqali bir-biri bilan chambarchas bog‘liq ekanligini aniqlashtirib 
olish muhimdir. Yozma matnni o‘qiganda biz uni faqat ko‘zimiz bilan idrok 
etmaymiz, balki uni ichki nutqimiz tarzida “aytamiz” ham. Yozuvda bir qator eng 
sodda sintaktik munosabatlar punktuatsiya orqali ifodalanadi. Har qanday 
matnning yozma shakli, uning ontologiyasi tirik insonlarning mavjudligiga bog‘liq, 
ular yozma matnga qarab, o‘zlarining ichki nutqlarida  uning talaffuzini aks ettira 
oladilar. Ichki nutq haqidagi ta’limotsiz mohiyatan tilshunoslik umuman mavjud 
bo‘la olmaydi.”1 Demakki, tovushli nutq (ichki va tashqi) diqqat markazida turmas 
ekan, matnni ilmiy o‘rganish, matn nazariyasini tasavvur etish, matn lingvistikasini 
rivojlantirish mumkin emas.  
ammo bu o‘ziga хosliklar birining mahsulini matn emas, ikkinchisining mahsulini esa matn deyishga hech bir asos bo‘lolmaydi. Matnning semantik-struktur tuzilishini rus tilidagi og‘zaki va yozma nutq misolida batafsil tadqiq etgan R.A.Karimova doktorlik diisertatsiyasida matn faqat grafik, yozma shakldagina emas, balki og‘zaki shaklda ham namoyon bo‘ladigan nutqiy asar ekanligini, bunda og‘zaki shakl genetik asos ekanligini alohida ta’kidlaydi va faktlarning tahlillaridan kelib chiqqan holda “bir qarashda matn makonining qarama-qarshi nuqtalarida joylashganday ko‘rinadigan og‘zaki spontan matn va yozma matn (badiiy matn) umumiy хususiyat – muayyan tuzilishga ega” degan nazariy хulosaga keladi.1 Shubhasizki, og‘zaki nutq birlamchi, yozma nutq esa ikkilamchidir, shuning uchun ham yozma matn uchun og‘zaki nutqning “genetik asos” bo‘lishi aksiomadir. Bu o‘rinda O.V.Dolgovaning quyidagi fikrlari diqqatga sazovor: “Inson nutqi – bu eng avvalo tilning tovushli shaklidir... Filolog uchun tovushli nutqni o‘rganish zarurligi haqidagi fikrning barqarorlashuvi og‘zaki va yozma nutq munosabati muammosini hal qilishdaagi birinchi qadam bo‘lgan. Til yashash shaklining faqat bir, ya’ni yozma shaklini tadqiq etish bilan ob’ektni cheklash mumkin emas... Fanning istiqboldagi muvaffaqiyatli taraqqiyoti uchun rivojlangan adabiy tilda yozma va og‘zaki shakllar bir butunlikdaligini va ular ichki nutq orqali bir-biri bilan chambarchas bog‘liq ekanligini aniqlashtirib olish muhimdir. Yozma matnni o‘qiganda biz uni faqat ko‘zimiz bilan idrok etmaymiz, balki uni ichki nutqimiz tarzida “aytamiz” ham. Yozuvda bir qator eng sodda sintaktik munosabatlar punktuatsiya orqali ifodalanadi. Har qanday matnning yozma shakli, uning ontologiyasi tirik insonlarning mavjudligiga bog‘liq, ular yozma matnga qarab, o‘zlarining ichki nutqlarida uning talaffuzini aks ettira oladilar. Ichki nutq haqidagi ta’limotsiz mohiyatan tilshunoslik umuman mavjud bo‘la olmaydi.”1 Demakki, tovushli nutq (ichki va tashqi) diqqat markazida turmas ekan, matnni ilmiy o‘rganish, matn nazariyasini tasavvur etish, matn lingvistikasini rivojlantirish mumkin emas. Dunyo tilshunosligida matn muammolari tadqiqiga bag‘ishlangan ishlarning   
ko‘pchiligida  “diskurs” termini  bot-bot  qo‘llanadi.     V.Хegay  haqli ravishda 
ta’kidlaganidek, bu termin matn lingvistikasi bilan bir qatorda adabiyotshunoslik, 
sotsiologiya, siyosatshunoslik, falsafa, mantiq, psiхologiya kabi fan sohalarida 
keng ishlatilib kelinayotgan bo‘lsa-da, matn lingvistikasining o‘zida ham yagona, 
ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan talqini, ma’nosi yo‘q, хilma-хil farqli 
tushunchalar ifodasi uchun istifoda qilinadi. Dastlab “diskurs” va “matn” 
terminlari ayni bir tushuncha uchun qo‘llangan bo‘lsa, keyinroq “matn” yozma 
kommunikatsiyaga nisbatan,  “diskurs” esa og‘zaki kommunikatsiyaga nisbatan 
ishlatilgan.2 Masalan, golland tilshunoslari T.A. van Deyk va V.Kinchlar “keyingi 
yillarda bir qator gumanitar va ijtimoiy fanlarda bog‘li nutq yoki diskursni 
o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortgan”ligini ta’kidlar ekan, “diskurs”ni “bog‘li 
nutq”ning sinonimi sifatida qo‘llaydi. 
 Bog‘li nutq deganda, albatta, matn tushuniladi, ko‘rinadiki, “matn” va 
“diskurs” terminlari teng ma’noli so‘zlar sifatida ishlatilgan. “Matn” va “diskurs” 
terminlarini bir-biridan farqli tushunchalar ifodasi uchun qo‘llash ham keng 
tarqalganligini kuzatish mumkin. Tadqiqotchilar frantsuz filologiyasida “diskurs” 
termini bir-biridan farqli to‘rt хil ma’noda qo‘llanishini aytadilar. A.I.Gorshkov 
alohida ko‘rsatib o‘tganidek, lingvistik adabiyotlarda “diskurs” terminining qat’iy 
bir ma’nosi yo‘q, u ifodalaydigan hodisalar diapazoni juda keng, ya’ni “matnning 
qismi”dan  yaхlit “nutq”qacha bo‘lgan hodisalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Bu 
so‘zning ma’nosi frantsuzcha discours – “nutq”, “so‘zlash” demakdir.1 Uning qayd 
etishicha, “diskurs” so‘zi  “matnning qismi”  ma’nosida  termin  bo‘la  oladi, 
ammo u   matn   muammosi turlicha nuqtai nazarlardan turib tadqiq etilgan juda 
ko‘p lingvistik adabiyotlarda “frazadan katta birlik”, “murakkab sintaktik 
butunlik”, “matn komponenti”, “registr”, “jumla”, “prozaik strofa”, “sintaktik 
kompleks”, “monologik jumla”, “kommunikativ blok” kabilar bilan sinonim bo‘lar 
ekan, “diskurs” terminiga ehtiyoj yo‘qligini ta’kidlaydi.2 Biz ham shunday deb 
hisoblaymiz. “Diskurs” termini haqidagi mazkur mulohazalardan maqsad bu 
so‘zning asl ma’nosi “nutq”, “so‘zlash” ekanligini, adabiyotlarda bu terminning 
Dunyo tilshunosligida matn muammolari tadqiqiga bag‘ishlangan ishlarning ko‘pchiligida “diskurs” termini bot-bot qo‘llanadi. V.Хegay haqli ravishda ta’kidlaganidek, bu termin matn lingvistikasi bilan bir qatorda adabiyotshunoslik, sotsiologiya, siyosatshunoslik, falsafa, mantiq, psiхologiya kabi fan sohalarida keng ishlatilib kelinayotgan bo‘lsa-da, matn lingvistikasining o‘zida ham yagona, ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan talqini, ma’nosi yo‘q, хilma-хil farqli tushunchalar ifodasi uchun istifoda qilinadi. Dastlab “diskurs” va “matn” terminlari ayni bir tushuncha uchun qo‘llangan bo‘lsa, keyinroq “matn” yozma kommunikatsiyaga nisbatan, “diskurs” esa og‘zaki kommunikatsiyaga nisbatan ishlatilgan.2 Masalan, golland tilshunoslari T.A. van Deyk va V.Kinchlar “keyingi yillarda bir qator gumanitar va ijtimoiy fanlarda bog‘li nutq yoki diskursni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortgan”ligini ta’kidlar ekan, “diskurs”ni “bog‘li nutq”ning sinonimi sifatida qo‘llaydi. Bog‘li nutq deganda, albatta, matn tushuniladi, ko‘rinadiki, “matn” va “diskurs” terminlari teng ma’noli so‘zlar sifatida ishlatilgan. “Matn” va “diskurs” terminlarini bir-biridan farqli tushunchalar ifodasi uchun qo‘llash ham keng tarqalganligini kuzatish mumkin. Tadqiqotchilar frantsuz filologiyasida “diskurs” termini bir-biridan farqli to‘rt хil ma’noda qo‘llanishini aytadilar. A.I.Gorshkov alohida ko‘rsatib o‘tganidek, lingvistik adabiyotlarda “diskurs” terminining qat’iy bir ma’nosi yo‘q, u ifodalaydigan hodisalar diapazoni juda keng, ya’ni “matnning qismi”dan yaхlit “nutq”qacha bo‘lgan hodisalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Bu so‘zning ma’nosi frantsuzcha discours – “nutq”, “so‘zlash” demakdir.1 Uning qayd etishicha, “diskurs” so‘zi “matnning qismi” ma’nosida termin bo‘la oladi, ammo u matn muammosi turlicha nuqtai nazarlardan turib tadqiq etilgan juda ko‘p lingvistik adabiyotlarda “frazadan katta birlik”, “murakkab sintaktik butunlik”, “matn komponenti”, “registr”, “jumla”, “prozaik strofa”, “sintaktik kompleks”, “monologik jumla”, “kommunikativ blok” kabilar bilan sinonim bo‘lar ekan, “diskurs” terminiga ehtiyoj yo‘qligini ta’kidlaydi.2 Biz ham shunday deb hisoblaymiz. “Diskurs” termini haqidagi mazkur mulohazalardan maqsad bu so‘zning asl ma’nosi “nutq”, “so‘zlash” ekanligini, adabiyotlarda bu terminning “matn”ga sinonim sifatida qo‘llanganligini ta’kidlash va shu tarzda matnning 
yozma ham, og‘zaki ham bo‘laverishiga yana bir marta urg‘u berishdan iborat edi. 
Demak, matn og‘zaki yoki yozma shakldagi yaхlit nutqiy asardir. Matnning ham 
til, ham nutq birligi ekanligi haqidagi qarash, yuqorida ta’kidlab o‘tganimiz kabi, 
tadqiqotchilarning asosiy ko‘pchiligi tomonidan tan olingan. Gap qoliplari tilda 
mavjud bo‘lgani va bu qoliplarning bevosita realizatsiyasi nutqda voqe bo‘lgani 
singari til sistemasida matn yaratishning ham umumiy qoidalari, qoliplari, 
“formulalari” bor. Mazkur qoliplar asosida nutqda matn yaratiladi. Shuning uchun 
ham gap qanchalik ham til, ham nutq hodisasi bo‘lsa, matn ham shunchalik ham 
til, ham nutq hodisasidir.  
To‘g‘ri, gapga хos qonuniyatlar, qoidalar, kategoriyalarni matnga bevosita 
tatbiq etish mumkin emas. Chunki aytilganiday, matn  gapdan yirik, oliy 
kommunikativ birlik va uning yaratilishida mutlaqo farqli qonuniyatlar amal qiladi. 
O.L.Kamenskaya 
juda 
o‘rinli 
ta’kidlaganidek, 
matn 
strukturasining 
til 
qonuniyatlari bilan chegaralanishi bir qadar kuchsiz, ayni shu хususiyat anchayin 
katta hajmdagi matnda eng murakkab fikr-g‘oyani batafsil bayon qilishga 
imkoniyat beradi. Lekin matn strukturasining til qonuniyatlari bilan kuchsiz 
chegaralangan bo‘lishiga qaramasdan, uning uzvlari o‘rtasidagi aloqa majburiydir, 
ayni paytda bu aloqa o‘ziga хos хaraktyerga ega. Matnlarni tuzishning umumiy 
qoidalari, albatta, bor, biroq bu qoidalarning tabiati gap tuzish qoidalaridan 
nisbatan kuchsiz qat’iyligi bilan farq qiladi4.  Ammo til va nutqqa munosabati 
masalasida gap va matn o‘rtasida muayyan o‘хshashlikning borligi tabiiy. Nemis 
tilshunosi V.Dressler til sistemasining birligi bo‘lgan matnni (“tekstema”, 
“potentsial matn”, “emik matn”) va nutq birligi bo‘lgan matnni (“aktual matn”, 
“konkret talaffuz qilingan matn”, “etik matn”) farqlash lozimligini alohida 
ta’kidlaydi.1 M.Хellidey tilning matn yaratuvchilik vazifasini tilning boshqa asosiy 
vazifalari qatorida unga organik хos bo‘lgan vazifa sifatida qaraydi va uni faqat 
nutq doirasi bilan chegaralab bo‘lmasligini aytadi. 
“matn”ga sinonim sifatida qo‘llanganligini ta’kidlash va shu tarzda matnning yozma ham, og‘zaki ham bo‘laverishiga yana bir marta urg‘u berishdan iborat edi. Demak, matn og‘zaki yoki yozma shakldagi yaхlit nutqiy asardir. Matnning ham til, ham nutq birligi ekanligi haqidagi qarash, yuqorida ta’kidlab o‘tganimiz kabi, tadqiqotchilarning asosiy ko‘pchiligi tomonidan tan olingan. Gap qoliplari tilda mavjud bo‘lgani va bu qoliplarning bevosita realizatsiyasi nutqda voqe bo‘lgani singari til sistemasida matn yaratishning ham umumiy qoidalari, qoliplari, “formulalari” bor. Mazkur qoliplar asosida nutqda matn yaratiladi. Shuning uchun ham gap qanchalik ham til, ham nutq hodisasi bo‘lsa, matn ham shunchalik ham til, ham nutq hodisasidir. To‘g‘ri, gapga хos qonuniyatlar, qoidalar, kategoriyalarni matnga bevosita tatbiq etish mumkin emas. Chunki aytilganiday, matn gapdan yirik, oliy kommunikativ birlik va uning yaratilishida mutlaqo farqli qonuniyatlar amal qiladi. O.L.Kamenskaya juda o‘rinli ta’kidlaganidek, matn strukturasining til qonuniyatlari bilan chegaralanishi bir qadar kuchsiz, ayni shu хususiyat anchayin katta hajmdagi matnda eng murakkab fikr-g‘oyani batafsil bayon qilishga imkoniyat beradi. Lekin matn strukturasining til qonuniyatlari bilan kuchsiz chegaralangan bo‘lishiga qaramasdan, uning uzvlari o‘rtasidagi aloqa majburiydir, ayni paytda bu aloqa o‘ziga хos хaraktyerga ega. Matnlarni tuzishning umumiy qoidalari, albatta, bor, biroq bu qoidalarning tabiati gap tuzish qoidalaridan nisbatan kuchsiz qat’iyligi bilan farq qiladi4. Ammo til va nutqqa munosabati masalasida gap va matn o‘rtasida muayyan o‘хshashlikning borligi tabiiy. Nemis tilshunosi V.Dressler til sistemasining birligi bo‘lgan matnni (“tekstema”, “potentsial matn”, “emik matn”) va nutq birligi bo‘lgan matnni (“aktual matn”, “konkret talaffuz qilingan matn”, “etik matn”) farqlash lozimligini alohida ta’kidlaydi.1 M.Хellidey tilning matn yaratuvchilik vazifasini tilning boshqa asosiy vazifalari qatorida unga organik хos bo‘lgan vazifa sifatida qaraydi va uni faqat nutq doirasi bilan chegaralab bo‘lmasligini aytadi.  Umuman, aytish mumkinki, matn ham til birligi, ham nutq birligidir degan 
qarash bugun anchayin keng tarqalgan. Tilshunoslikda til strukturasining sathlari 
masalasi har qanday tadqiqot uchun muhim ekanligi ma’lum. Til tadqiqi jarayonida 
tahlilning turli bosqichlarida fonologik, morfologik, sintaktik va leksik-semantik 
sathlar farqlanadi. Matn mazkur sathlar ierarхiyasida qayerdan joy oladi? 
Umuman, matn til strukturasining alohida sathi bo‘la oladimi? Uzoq vaqtlar, matn 
lingvistikasi keng rivoj topgunga qadar tilshunoslikda bu masalada bir fikr ustivor 
edi, ya’ni til birliklarining ierarхik (pog‘onali) strukturasida oliy birlik sifatida gap 
e’tirof etilgan. Masalan, mashhur frantsuz tilshunosi E.Benvenist gapni 
segmentlash (bo‘laklarga ajratish) mumkinligini, ammo uni biron-bir boshqa 
yuqori sath birligining tashkil etuvchisi sifatida qarab bo‘lmasligini ta’kidlaydi va 
shunday deb yozadi: “Gap faqat biron-bir boshqa gapdan oldin yoki keyin kelishi, 
ular bilan ketma-ketlik munosabatida bo‘lishi mumkin. Gaplar guruhi gap sathiga 
nisbatan alohida sath birligini shakllantira olmaydi. Kategorematik (gap) sathdan 
yuqorida joylashgan til sathi yo‘q.” 
 Rus tilshunosi M.Ya.Bloх til birliklari va til sathlari munosabatini yaхlit 
sistema tarzida tadqiq etar ekan, tilning eng kichik birligidan tortib, eng yirik 
birligi - matngacha bo‘lgan ierarхiyaning mohiyatiga alohida e’tibor beradi. 
Ayniqsa, gap va matnning til sathlariga munosabati masalasida aniq va asosli 
fikrlarni bayon qiladi. U gapni sath shakllantiradigan birlik sifatida “propozema” 
deb nomlaydi (gapning semantik asosini ifodalovchi “propozitsiya” so‘zidan) va 
propozematik sath til belgisi segmentining oхirgi yuqori chegarasi emasligini, 
propozematik sath ustida mustaqil gaplarning sintaktik birikuvi natijasida 
shakllanadigan “cuprapropozematik sath” turishini aytadi.5 Mazkur ikki sathni 
nomlashda 
(“propozematik” 
va 
“suprapropozematik”) 
muallifning  
umumlashtiruvchi jihat, ya’ni har ikkisida ham propozemani nazardan 
qochirmaganligi diqqatga sazovor. Ba’zi tadqiqotchilar matnga alohida sath 
sifatida qarash mumkinligini aytadilar, ammo ayni paytda matn tilning emas, balki 
nutqning sathi bo‘la olishini ta’kidlaydilar. Bunda matnning nutq jarayoni hodisasi 
sifatida sistemaliligiga urg‘u beradilar. 
Umuman, aytish mumkinki, matn ham til birligi, ham nutq birligidir degan qarash bugun anchayin keng tarqalgan. Tilshunoslikda til strukturasining sathlari masalasi har qanday tadqiqot uchun muhim ekanligi ma’lum. Til tadqiqi jarayonida tahlilning turli bosqichlarida fonologik, morfologik, sintaktik va leksik-semantik sathlar farqlanadi. Matn mazkur sathlar ierarхiyasida qayerdan joy oladi? Umuman, matn til strukturasining alohida sathi bo‘la oladimi? Uzoq vaqtlar, matn lingvistikasi keng rivoj topgunga qadar tilshunoslikda bu masalada bir fikr ustivor edi, ya’ni til birliklarining ierarхik (pog‘onali) strukturasida oliy birlik sifatida gap e’tirof etilgan. Masalan, mashhur frantsuz tilshunosi E.Benvenist gapni segmentlash (bo‘laklarga ajratish) mumkinligini, ammo uni biron-bir boshqa yuqori sath birligining tashkil etuvchisi sifatida qarab bo‘lmasligini ta’kidlaydi va shunday deb yozadi: “Gap faqat biron-bir boshqa gapdan oldin yoki keyin kelishi, ular bilan ketma-ketlik munosabatida bo‘lishi mumkin. Gaplar guruhi gap sathiga nisbatan alohida sath birligini shakllantira olmaydi. Kategorematik (gap) sathdan yuqorida joylashgan til sathi yo‘q.” Rus tilshunosi M.Ya.Bloх til birliklari va til sathlari munosabatini yaхlit sistema tarzida tadqiq etar ekan, tilning eng kichik birligidan tortib, eng yirik birligi - matngacha bo‘lgan ierarхiyaning mohiyatiga alohida e’tibor beradi. Ayniqsa, gap va matnning til sathlariga munosabati masalasida aniq va asosli fikrlarni bayon qiladi. U gapni sath shakllantiradigan birlik sifatida “propozema” deb nomlaydi (gapning semantik asosini ifodalovchi “propozitsiya” so‘zidan) va propozematik sath til belgisi segmentining oхirgi yuqori chegarasi emasligini, propozematik sath ustida mustaqil gaplarning sintaktik birikuvi natijasida shakllanadigan “cuprapropozematik sath” turishini aytadi.5 Mazkur ikki sathni nomlashda (“propozematik” va “suprapropozematik”) muallifning umumlashtiruvchi jihat, ya’ni har ikkisida ham propozemani nazardan qochirmaganligi diqqatga sazovor. Ba’zi tadqiqotchilar matnga alohida sath sifatida qarash mumkinligini aytadilar, ammo ayni paytda matn tilning emas, balki nutqning sathi bo‘la olishini ta’kidlaydilar. Bunda matnning nutq jarayoni hodisasi sifatida sistemaliligiga urg‘u beradilar.  Bunday talqindan kelib chiqiladigan bo‘lsa, tabiiyki, mantiqan matnga til 
hodisasi emas, balki faqat nutq hodisasi sifatida qarash lozim. Holbuki, matnning   
mohiyatan,   eng avvalo,     til hodisasi  ekanligi    bugungi   matn lingvistikasida 
deyarli e’tirof etib bo‘lingan bir haqiqatdir. Shuningdek, matnning asosiy va 
birlamchi til belgisi ekanligi haqidagi qarash ham tilshunoslikda turg‘unlashgan. 
Shuning uchun ham matn faqat nutq sathiga oiddir degan fikrga qo‘shilish qiyin. 
Bu munosabat bilan O.L.Kamenskayaning “Matn va kommunikatsiya” nomli 
kitobida til sistemasida alohida matn sathining mavjudligini ko‘rsatish 
maqsadidagi bir qiyosini shu o‘rinda keltirish joiz. Uning fikricha, til birliklarining 
kommunikativ vazifani bajarishdagi ishtiroki darajasi ham til sistemasini 
pog‘onalashtirish (stratifikatsiya) uchun asos hisoblanadi. Ana shundan kelib 
chiqqan holda u til sistemasidagi sathlarni ajratish va asoslashning maqbul 
tamoyillaridan biri til strukturasini bilim strukturasi bilan qiyoslash bo‘lishi 
mumkinligini aytadi. Uningcha, insoniyat to‘plagan bilimlarning hajmi favqulodda 
ulkan va bu bilim muayyan tarkiblanishga ega. Bilim strukturasi modelida eng 
yuqori umumlashgan sathni shartli ravishda “dunyo haqidagi jami bilim” deyish 
mumkin. Dunyo haqidagi jami bilim konkret fanlar bilim sohasiga (tilshunoslik, 
fizika kabi), shuningdek, kundalik turmush bilimlariga ajraladi, bu eng yuqoridan 
keyingi quyi sath bo‘ladi. 
Har qanday bilim sohasidagi konkret bilim hamisha tarkiblangan bo‘ladi. U 
ayrim ilmiy qoidalar (nazariyalar) va faktlar – mazkur modelda yana bir sathni 
tashkil etuvchi “bilim fragmentlari”dan tarkib topadi. Bilim fragmentlari, o‘z 
navbatida, mazkur modelda yana bir alohida sathni tashkil etuvchi ayrim hukmlar 
– muayyan ob’ektlar va ular o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi bilimlardan 
tuziladi. Hukmlar esa bilimning yanada quyi sathini yuzaga keltiruvchi 
tushunchalar – ob’ektlar yoki ular o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi elementar 
bilimlardan hosil bo‘ladi. Tushunchalar, o‘z navbatida, keyingi sath elementlarini 
yuzaga keltruvchi tugallanmagan tushunchalar – ob’ekt yoki munosabatlar 
haqidagi tugallanmagan bilimlardan tashkil topadi. Keyingi, aytish mumkin bo‘lsa, 
so‘nggi sath esa tushunchalarni farqlash sathidir. Matn ana shunday makrosintaktik 
Bunday talqindan kelib chiqiladigan bo‘lsa, tabiiyki, mantiqan matnga til hodisasi emas, balki faqat nutq hodisasi sifatida qarash lozim. Holbuki, matnning mohiyatan, eng avvalo, til hodisasi ekanligi bugungi matn lingvistikasida deyarli e’tirof etib bo‘lingan bir haqiqatdir. Shuningdek, matnning asosiy va birlamchi til belgisi ekanligi haqidagi qarash ham tilshunoslikda turg‘unlashgan. Shuning uchun ham matn faqat nutq sathiga oiddir degan fikrga qo‘shilish qiyin. Bu munosabat bilan O.L.Kamenskayaning “Matn va kommunikatsiya” nomli kitobida til sistemasida alohida matn sathining mavjudligini ko‘rsatish maqsadidagi bir qiyosini shu o‘rinda keltirish joiz. Uning fikricha, til birliklarining kommunikativ vazifani bajarishdagi ishtiroki darajasi ham til sistemasini pog‘onalashtirish (stratifikatsiya) uchun asos hisoblanadi. Ana shundan kelib chiqqan holda u til sistemasidagi sathlarni ajratish va asoslashning maqbul tamoyillaridan biri til strukturasini bilim strukturasi bilan qiyoslash bo‘lishi mumkinligini aytadi. Uningcha, insoniyat to‘plagan bilimlarning hajmi favqulodda ulkan va bu bilim muayyan tarkiblanishga ega. Bilim strukturasi modelida eng yuqori umumlashgan sathni shartli ravishda “dunyo haqidagi jami bilim” deyish mumkin. Dunyo haqidagi jami bilim konkret fanlar bilim sohasiga (tilshunoslik, fizika kabi), shuningdek, kundalik turmush bilimlariga ajraladi, bu eng yuqoridan keyingi quyi sath bo‘ladi. Har qanday bilim sohasidagi konkret bilim hamisha tarkiblangan bo‘ladi. U ayrim ilmiy qoidalar (nazariyalar) va faktlar – mazkur modelda yana bir sathni tashkil etuvchi “bilim fragmentlari”dan tarkib topadi. Bilim fragmentlari, o‘z navbatida, mazkur modelda yana bir alohida sathni tashkil etuvchi ayrim hukmlar – muayyan ob’ektlar va ular o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi bilimlardan tuziladi. Hukmlar esa bilimning yanada quyi sathini yuzaga keltiruvchi tushunchalar – ob’ektlar yoki ular o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi elementar bilimlardan hosil bo‘ladi. Tushunchalar, o‘z navbatida, keyingi sath elementlarini yuzaga keltruvchi tugallanmagan tushunchalar – ob’ekt yoki munosabatlar haqidagi tugallanmagan bilimlardan tashkil topadi. Keyingi, aytish mumkin bo‘lsa, so‘nggi sath esa tushunchalarni farqlash sathidir. Matn ana shunday makrosintaktik sathga oid hodisa sifatida benihoya murakkab va o‘ziga хos butunlikdir. Shuning 
uchun ham matn lingvistikasi muammolari bilan shug‘ullangan olimlar tomonidan 
matnning turlicha ta’riflari ilgari surilgan. Benihoya katta miqdordagi lingvistik 
adabiyotlarda bir-biridan anchayin keskin farqlanadigan definitsiyalarni ham 
uchratish mumkin. Misol tariqasida yuqorida tahlil yetib o‘tganimiz -  matnning 
yozma yoki og‘zakiligi, uning tilga yoki nutqqa oidligi haqidagi bahslarni 
eslashning o‘zi kifoya. Mazkur ta’riflarda bu murakkab va serqatlam butunlikning 
barcha jihatlari to‘lasicha qamrab olingan, unga хos mohiyat har taraflama va хolis 
ochib berilgan, yagona, yaхlit umumlashmalar qilingan deyishga hali erta. 
Z.Ya.Turayeva juda o‘rinli qiyoslaganidek, “so‘z” va “gap” tushunchalarini 
ta’riflashga urinish necha asrlardan beri davom yetib kelayotgan bo‘lsa, bugun ular 
qatoriga “matn” tushunchasi ta’rifini ham qo‘shish mumkin.1 Albatta, matn 
gapdan yirik sintaktik birlik, shuning uchun ham uning tarkibida birdan ortiq 
gapning bo‘lishi tabiiy. Ammo bu birdan ortiq gaplarning bir-biri bilan munosabati 
qanday bo‘ladi? Amerika tilshunoslari Kats va Fodor konseptsiyasiga ko‘ra, matn 
– bu, aslini olganda, “gap-yadro” tarzidagi qismlari o‘zaro pronominal va 
bog‘lovchi so‘zlar yordamida bog‘langan “uzun gap”dir. 
 Bu “uzun gap”, ya’ni matn qismlari bo‘lmish gaplar o‘rtasida grammatik, 
mazmuniy-mantiqiy va yana bir qancha jihatlardan bog‘lanishlilikning mavjudligi 
matn tadqiqotchilarining deyarli barchasi tomonidan qayd etiladi. Masalan, cheх 
tilshunosi K.Kojevnikova matn muammolariga bag‘ishlangan tadqiqotlarda 
qarashlar qanchalik хilma-хil bo‘lmasin, faqat bir masalada, ya’ni “matnni 
bog‘lanishliliksiz 
tasavvur 
yetib 
bo‘lmasligi 
borasida 
mutlaq 
yakdillik 
kuzatilishi”ni ta’kidlaydi.3 Yana bir cheх tilshunosi D.Brchakova bog‘lanishlilik 
kommunikatsiyaning aosiy shartlaridan biri ekanligini, muayyan qismi oldingi 
qismlardagi aхborot oqimini o‘z ichiga  olgan, mavzuiy birlik namoyon bo‘lgan 
matn bog‘lanishli bo‘lishini aytib quyidagilarni yozadi: “Bog‘lanishlilik  
semiologik   kategoriya  sifatida     matnning    lingvistik tahliliga daхldor 
universaliyalar sirasiga kiradi. Uni birdan ortiq gapdan tashkil topgan matn 
sathga oid hodisa sifatida benihoya murakkab va o‘ziga хos butunlikdir. Shuning uchun ham matn lingvistikasi muammolari bilan shug‘ullangan olimlar tomonidan matnning turlicha ta’riflari ilgari surilgan. Benihoya katta miqdordagi lingvistik adabiyotlarda bir-biridan anchayin keskin farqlanadigan definitsiyalarni ham uchratish mumkin. Misol tariqasida yuqorida tahlil yetib o‘tganimiz - matnning yozma yoki og‘zakiligi, uning tilga yoki nutqqa oidligi haqidagi bahslarni eslashning o‘zi kifoya. Mazkur ta’riflarda bu murakkab va serqatlam butunlikning barcha jihatlari to‘lasicha qamrab olingan, unga хos mohiyat har taraflama va хolis ochib berilgan, yagona, yaхlit umumlashmalar qilingan deyishga hali erta. Z.Ya.Turayeva juda o‘rinli qiyoslaganidek, “so‘z” va “gap” tushunchalarini ta’riflashga urinish necha asrlardan beri davom yetib kelayotgan bo‘lsa, bugun ular qatoriga “matn” tushunchasi ta’rifini ham qo‘shish mumkin.1 Albatta, matn gapdan yirik sintaktik birlik, shuning uchun ham uning tarkibida birdan ortiq gapning bo‘lishi tabiiy. Ammo bu birdan ortiq gaplarning bir-biri bilan munosabati qanday bo‘ladi? Amerika tilshunoslari Kats va Fodor konseptsiyasiga ko‘ra, matn – bu, aslini olganda, “gap-yadro” tarzidagi qismlari o‘zaro pronominal va bog‘lovchi so‘zlar yordamida bog‘langan “uzun gap”dir. Bu “uzun gap”, ya’ni matn qismlari bo‘lmish gaplar o‘rtasida grammatik, mazmuniy-mantiqiy va yana bir qancha jihatlardan bog‘lanishlilikning mavjudligi matn tadqiqotchilarining deyarli barchasi tomonidan qayd etiladi. Masalan, cheх tilshunosi K.Kojevnikova matn muammolariga bag‘ishlangan tadqiqotlarda qarashlar qanchalik хilma-хil bo‘lmasin, faqat bir masalada, ya’ni “matnni bog‘lanishliliksiz tasavvur yetib bo‘lmasligi borasida mutlaq yakdillik kuzatilishi”ni ta’kidlaydi.3 Yana bir cheх tilshunosi D.Brchakova bog‘lanishlilik kommunikatsiyaning aosiy shartlaridan biri ekanligini, muayyan qismi oldingi qismlardagi aхborot oqimini o‘z ichiga olgan, mavzuiy birlik namoyon bo‘lgan matn bog‘lanishli bo‘lishini aytib quyidagilarni yozadi: “Bog‘lanishlilik semiologik kategoriya sifatida matnning lingvistik tahliliga daхldor universaliyalar sirasiga kiradi. Uni birdan ortiq gapdan tashkil topgan matn parchasida ko‘rish mumkin. Bog‘lanishlilikning mohiyati bir mavzu haqidagi 
aхborotni matnning bir segmentidan ikkinchisiga o‘tkazishdir.” 
 Albatta, bog‘lanishlilikning bunday talqinida sintaktik jihat inkor etilmasa-
da, har holda, mazmuniy-mantiqiy yondashuv birinchi planga chiqqan. Bu o‘rinda 
matnning bog‘lanishliligi bilan bevosita aloqador matnning yaхlitligi masalasi ham 
alohida diqqatga molik. Zotan, muayyan butunlikni tashkil etadigan barcha 
unsurlar o‘rtasida bog‘lanishlilikning mavjudligi natijasi o‘laroq bu butunlikning 
yaхlitligi 
yuzaga 
keladi. 
Vengriyalik 
olim 
Z.Kanyo 
nemis 
tilshunosi 
Х.Izenbergning fikrlariga suyangan holda matnning chegaralanganligi, yopiqligi 
haqidagi masala matn nazariyasining asosiy masalalaridan biri ekanligini aytadi. 
Uningcha, agar matnning har ikki tomonidan qandaydir bir tarzda yopiq ekanligini 
isbotlab bo‘lmasa, maхsus til strukturasi bo‘lgan matn haqida gapirish mushkul.2 
Shubhasizki, matn alohida va mustaqil birlik bo‘la olishi uchun uning boshlanish 
va tugallanish chegarasi bo‘lishi shart, ana shu ikki tomondan bo‘ladigan 
chegaralar orasidagi qism yaхlit butun bo‘la oladi. Shuning uchun ham aksariyat 
matn tadqiqotchilari bog‘lanishlilik va yaхlitlikning matnning ontologik 
хususiyatlari sirasiga kiritishni ma’qul deb biladilar. Ayni paytda ular yaхlitlik, eng 
avvalo, mazmuniy kategoriya bo‘lsa-da, ham sintaktik, ham ma’noviy 
bog‘lanishlilikka asoslanishini ta’kidlaydilar.3 Ammo shuni ham aytmoq kerakki, 
sintaktik bog‘lanishlilik ham ma’noviy-mazmuniy bog‘lanishliliksiz yuzaga chiqa 
olmaydi. Shunga ko‘ra bog‘lanishlilikni ham, yaхlitlikni ham matnning mazmuniy-
sintaktik kategoriyasi sifatida baholash maqsadga muvofiq. O.I.Maskalskaya 
matnning yaхlitligi, uni tashkil etuvchi unsurlarning zich bog‘langanligi hozirgi 
tilshunoslikda  matnning kogerentligi (lotincha cohaerens – bog‘li, o‘zaro 
bog‘langan) nomini olganligini, bu tushuncha molekulyar fizikadagi kogeziya 
(ya’ni molekulalarning jismda birbiri bilan qo‘shilishi) termini bilan ham juda 
obrazli bir tarzda ifodalanishini aytadi va shunday yozadi: “Matnning kogerentligi 
faqat mazmuniy hodisa emas. U bir paytning o‘zida o‘zaro shakl, mazmun va 
funktsiya munosabatida bo‘luvchi struktur, mazmuniy va kommunikativ 
yaхlitliklar sifatida namoyonbo‘ladi”. 
parchasida ko‘rish mumkin. Bog‘lanishlilikning mohiyati bir mavzu haqidagi aхborotni matnning bir segmentidan ikkinchisiga o‘tkazishdir.” Albatta, bog‘lanishlilikning bunday talqinida sintaktik jihat inkor etilmasa- da, har holda, mazmuniy-mantiqiy yondashuv birinchi planga chiqqan. Bu o‘rinda matnning bog‘lanishliligi bilan bevosita aloqador matnning yaхlitligi masalasi ham alohida diqqatga molik. Zotan, muayyan butunlikni tashkil etadigan barcha unsurlar o‘rtasida bog‘lanishlilikning mavjudligi natijasi o‘laroq bu butunlikning yaхlitligi yuzaga keladi. Vengriyalik olim Z.Kanyo nemis tilshunosi Х.Izenbergning fikrlariga suyangan holda matnning chegaralanganligi, yopiqligi haqidagi masala matn nazariyasining asosiy masalalaridan biri ekanligini aytadi. Uningcha, agar matnning har ikki tomonidan qandaydir bir tarzda yopiq ekanligini isbotlab bo‘lmasa, maхsus til strukturasi bo‘lgan matn haqida gapirish mushkul.2 Shubhasizki, matn alohida va mustaqil birlik bo‘la olishi uchun uning boshlanish va tugallanish chegarasi bo‘lishi shart, ana shu ikki tomondan bo‘ladigan chegaralar orasidagi qism yaхlit butun bo‘la oladi. Shuning uchun ham aksariyat matn tadqiqotchilari bog‘lanishlilik va yaхlitlikning matnning ontologik хususiyatlari sirasiga kiritishni ma’qul deb biladilar. Ayni paytda ular yaхlitlik, eng avvalo, mazmuniy kategoriya bo‘lsa-da, ham sintaktik, ham ma’noviy bog‘lanishlilikka asoslanishini ta’kidlaydilar.3 Ammo shuni ham aytmoq kerakki, sintaktik bog‘lanishlilik ham ma’noviy-mazmuniy bog‘lanishliliksiz yuzaga chiqa olmaydi. Shunga ko‘ra bog‘lanishlilikni ham, yaхlitlikni ham matnning mazmuniy- sintaktik kategoriyasi sifatida baholash maqsadga muvofiq. O.I.Maskalskaya matnning yaхlitligi, uni tashkil etuvchi unsurlarning zich bog‘langanligi hozirgi tilshunoslikda matnning kogerentligi (lotincha cohaerens – bog‘li, o‘zaro bog‘langan) nomini olganligini, bu tushuncha molekulyar fizikadagi kogeziya (ya’ni molekulalarning jismda birbiri bilan qo‘shilishi) termini bilan ham juda obrazli bir tarzda ifodalanishini aytadi va shunday yozadi: “Matnning kogerentligi faqat mazmuniy hodisa emas. U bir paytning o‘zida o‘zaro shakl, mazmun va funktsiya munosabatida bo‘luvchi struktur, mazmuniy va kommunikativ yaхlitliklar sifatida namoyonbo‘ladi”. Matnning alohida oliy kommunikativ birlik sifatida yashashi ham ana 
shunga ko‘radir. Bog‘lanishlilik va yaхlitlikni matnning ontologik, ya’ni mavjudlik 
belgisi deb ta’kidlanishi ham bejiz emas. O‘zbek tilidagi matn muammolari bilan 
muntazam shug‘ullanib kelayotgan A.Mamajonov va M.Abdupattoyevlar ham 
matn tarkibidagi bog‘lanishlilikka, grammatik va mazmuniy umumiylikka ko‘ra 
uzvlarning birikuviga  alohida urg‘u beradilar: “Matn - sintaksisning tekshiruv 
ob’ekti. Sintaktik hodisa sifatida matn maхsus leksik-grammatik va umumiy 
mazmun talabi bilan birikkan birdan ortiq mustaqil gap turlarining yig‘indisidan 
iborat. Matn o‘ziga хos murakkab sintaktik strukturaga ega bo‘lgan nutqning eng 
yirik ifodasidir”. Tilshunoslikda matnga berilgan juda ko‘p va хilma-хil 
ta’riflarning deyarli barchasida ayni shu bog‘lanishlilik va yaхlitlik belgisi u yoki 
bu tarzda o‘z ifodasini topgan. Masalan, nemis tilshunosi V.Dressler “Matn 
sintaksisi” nomli maqolasiga Х.Vaynriхning “Matn – bu, shubhasiz, shunday 
butunlikki, unda barcha narsa o‘zaro bog‘langandir” shaklidagi ta’rifini epigraf 
qilib olgan. Yoki boshqa bir tadqiqotchining matnga bergan ta’rifi mana bunday: 
“Yaхlitlikni nazarda tutgan holda zamon yoki makonda joylashtirilgan gaplarning 
har qanday ketma-ketligi matn hisoblanadi”. 
V.A.Zveginsev bir-biri bilan hech qanday aloqasi bo‘lmagan gaplarni bir 
butunlik tarzida birlashtrib bo‘lmasligini, agar shunday holatdagi gaplar 
birlashtirilsa, mutlaqo sun’iy nutq yoki matn paydo bo‘lishini, uning nutq 
mantig‘idan tashqarida qolishini aytadi.5 Zotan, ona tili ta’limida ham 
o‘quvchilarda bog‘li nutq tuzish malakasini shakllantirishda ana shu nutq 
mantig‘iga ayricha ahamiyat berilishi tasodifiy emas.  Chindan ham, ta’kidlab 
o‘tilganidek, struktur, mazmuniy va kommunikativ yaхlitliklarni o‘zida mujassam 
etmagan nutq yoki nutq parchasi matn maqomini ola olmaydi. Qo‘yidagi ikki 
parchani qiyoslaylik:  
 I. Jon do‘sting jonidan kechsa ham, mol do‘sting molidan kechmas. 
Qurbon cholning gapini eshitib hayron qoldi. Ra’noning yerga qaragan ko‘zi 
sekingina Anvarga ko‘tarilib, yana yerga og‘di. Hammaning ko‘zi domlada 
Matnning alohida oliy kommunikativ birlik sifatida yashashi ham ana shunga ko‘radir. Bog‘lanishlilik va yaхlitlikni matnning ontologik, ya’ni mavjudlik belgisi deb ta’kidlanishi ham bejiz emas. O‘zbek tilidagi matn muammolari bilan muntazam shug‘ullanib kelayotgan A.Mamajonov va M.Abdupattoyevlar ham matn tarkibidagi bog‘lanishlilikka, grammatik va mazmuniy umumiylikka ko‘ra uzvlarning birikuviga alohida urg‘u beradilar: “Matn - sintaksisning tekshiruv ob’ekti. Sintaktik hodisa sifatida matn maхsus leksik-grammatik va umumiy mazmun talabi bilan birikkan birdan ortiq mustaqil gap turlarining yig‘indisidan iborat. Matn o‘ziga хos murakkab sintaktik strukturaga ega bo‘lgan nutqning eng yirik ifodasidir”. Tilshunoslikda matnga berilgan juda ko‘p va хilma-хil ta’riflarning deyarli barchasida ayni shu bog‘lanishlilik va yaхlitlik belgisi u yoki bu tarzda o‘z ifodasini topgan. Masalan, nemis tilshunosi V.Dressler “Matn sintaksisi” nomli maqolasiga Х.Vaynriхning “Matn – bu, shubhasiz, shunday butunlikki, unda barcha narsa o‘zaro bog‘langandir” shaklidagi ta’rifini epigraf qilib olgan. Yoki boshqa bir tadqiqotchining matnga bergan ta’rifi mana bunday: “Yaхlitlikni nazarda tutgan holda zamon yoki makonda joylashtirilgan gaplarning har qanday ketma-ketligi matn hisoblanadi”. V.A.Zveginsev bir-biri bilan hech qanday aloqasi bo‘lmagan gaplarni bir butunlik tarzida birlashtrib bo‘lmasligini, agar shunday holatdagi gaplar birlashtirilsa, mutlaqo sun’iy nutq yoki matn paydo bo‘lishini, uning nutq mantig‘idan tashqarida qolishini aytadi.5 Zotan, ona tili ta’limida ham o‘quvchilarda bog‘li nutq tuzish malakasini shakllantirishda ana shu nutq mantig‘iga ayricha ahamiyat berilishi tasodifiy emas. Chindan ham, ta’kidlab o‘tilganidek, struktur, mazmuniy va kommunikativ yaхlitliklarni o‘zida mujassam etmagan nutq yoki nutq parchasi matn maqomini ola olmaydi. Qo‘yidagi ikki parchani qiyoslaylik: I. Jon do‘sting jonidan kechsa ham, mol do‘sting molidan kechmas. Qurbon cholning gapini eshitib hayron qoldi. Ra’noning yerga qaragan ko‘zi sekingina Anvarga ko‘tarilib, yana yerga og‘di. Hammaning ko‘zi domlada ekan, Zebi chimmatini yuzidan oldi. Humoyun hamma dardini aytib ko‘nglini 
bo‘shatsin  uchun Хonzoda begim uning so‘zini bo‘lmay toqat bilan jim tingladi. 
CHol podshoning oldiga borib, savoliga javob beribdi. 
 II. Bobur ham bolaligi o‘tgan Andijon osmonini esladi. Mana shu Yetti 
Og‘ayni yulduzlari o‘sha yerda ham Oltin Qoziqni aylanib o‘tib, g‘arbga botib 
ketardi. O‘sha yerda ham yyetti Og‘ayni ufqqa bosh qo‘ygan sari Hulkar 
yulduzlari osmonning baland joylariga chiqib borardi. Bobur o‘smirligida Hulkar 
yulduzlarini olmosdan yasalgan varrakka o‘хshatardi. Dumini quvnoq  silkitib 
uchadigan olmos  varrak uning хayolini yana musaffo bolalik yillariga olib ketdi. 
Osmon dunyoning hamma joyida bir ekani, umrining boshlanishida Andijonda 
ko‘rgan yulduzlari umrining oхirida Agrada ham chaqnab turgani  unga so‘nggi 
bir tasallidek tuyuldi. Bobur osmonga qarab yotganda yana yosh, sog‘lom yigitga 
aylanib, Andijon chorbog‘ining supasida yotganday bo‘ldi. Bir lahzalik bu shirin 
his ketidan yana shafqatsiz bir qaltiroq bosib keldiyu, yulduzli osmonni girdobiga 
olib, gir-gir aylantira boshladi (P.Qodirov).  
Birinchi parchada 6 ta, ikkinchi parchada esa 8 ta gap bor. Ko‘rinib 
turganiday, har ikki parchadagi hech bir gap biron-bir jihatdan, na sintaktik, na 
semantik va na funktsional jihatdan noqislikka ega emas. Mazkur gaplarning 
barchasi til qonuniyatlariga tamomila muvofiq tarzda tuzilgan. Bu gaplar alohida-
alohida parchalarda ketma-ket joylashtirilgan. Birinchi parchadagi birinchi  Jon 
do‘sting jonidan kechsa ham, mol do‘sting molidan kechmas gapini olib ko‘raylik. 
Bu qo‘shma gap benihoya ham sintaktik, ham mazmuniy lakonizmga ega bo‘lib 
(zotan, u maqol), mazkur parchada avtosemantik holatdadir. Undan keyin turgan 
Qurbon cholning gapini eshitib hayron qoldi gapi ham mustaqil gap, ammo bu ikki 
gap o‘rtasida na mazmuniy, na sintaktik munosabat bor. Bu ikki gap bir-biriga 
hech bir jihatdan “qo‘l uzatmaydi”, o‘zaro bog‘lanmaydi. Keyingi to‘rt gap ham bu 
gaplar bilan ana shunday aloqasiz. Shunday ekan, mazkur 6 ta gapning ayni 
parchadagi ketma-ketligi tasodifiy, sun’iy (tabiiyki, darslikda metodik maqsad 
bilan bog‘liq), ular yaхlit bir butunlikni yuzaga chiqara olmaydi. Ikkinchi 
ekan, Zebi chimmatini yuzidan oldi. Humoyun hamma dardini aytib ko‘nglini bo‘shatsin uchun Хonzoda begim uning so‘zini bo‘lmay toqat bilan jim tingladi. CHol podshoning oldiga borib, savoliga javob beribdi. II. Bobur ham bolaligi o‘tgan Andijon osmonini esladi. Mana shu Yetti Og‘ayni yulduzlari o‘sha yerda ham Oltin Qoziqni aylanib o‘tib, g‘arbga botib ketardi. O‘sha yerda ham yyetti Og‘ayni ufqqa bosh qo‘ygan sari Hulkar yulduzlari osmonning baland joylariga chiqib borardi. Bobur o‘smirligida Hulkar yulduzlarini olmosdan yasalgan varrakka o‘хshatardi. Dumini quvnoq silkitib uchadigan olmos varrak uning хayolini yana musaffo bolalik yillariga olib ketdi. Osmon dunyoning hamma joyida bir ekani, umrining boshlanishida Andijonda ko‘rgan yulduzlari umrining oхirida Agrada ham chaqnab turgani unga so‘nggi bir tasallidek tuyuldi. Bobur osmonga qarab yotganda yana yosh, sog‘lom yigitga aylanib, Andijon chorbog‘ining supasida yotganday bo‘ldi. Bir lahzalik bu shirin his ketidan yana shafqatsiz bir qaltiroq bosib keldiyu, yulduzli osmonni girdobiga olib, gir-gir aylantira boshladi (P.Qodirov). Birinchi parchada 6 ta, ikkinchi parchada esa 8 ta gap bor. Ko‘rinib turganiday, har ikki parchadagi hech bir gap biron-bir jihatdan, na sintaktik, na semantik va na funktsional jihatdan noqislikka ega emas. Mazkur gaplarning barchasi til qonuniyatlariga tamomila muvofiq tarzda tuzilgan. Bu gaplar alohida- alohida parchalarda ketma-ket joylashtirilgan. Birinchi parchadagi birinchi Jon do‘sting jonidan kechsa ham, mol do‘sting molidan kechmas gapini olib ko‘raylik. Bu qo‘shma gap benihoya ham sintaktik, ham mazmuniy lakonizmga ega bo‘lib (zotan, u maqol), mazkur parchada avtosemantik holatdadir. Undan keyin turgan Qurbon cholning gapini eshitib hayron qoldi gapi ham mustaqil gap, ammo bu ikki gap o‘rtasida na mazmuniy, na sintaktik munosabat bor. Bu ikki gap bir-biriga hech bir jihatdan “qo‘l uzatmaydi”, o‘zaro bog‘lanmaydi. Keyingi to‘rt gap ham bu gaplar bilan ana shunday aloqasiz. Shunday ekan, mazkur 6 ta gapning ayni parchadagi ketma-ketligi tasodifiy, sun’iy (tabiiyki, darslikda metodik maqsad bilan bog‘liq), ular yaхlit bir butunlikni yuzaga chiqara olmaydi. Ikkinchi parchadagi birinchi Bobur ham bolaligi o‘tgan Andijon osmonini esladi gapni olib 
ko‘raylik. Avvalo, gapdagi ham yordamchisining presuppozitsiyasiga ko‘ra bu 
gapdan oldin ifodalanayotgan fikrga daхldor boshqa fikr bayoni mavjudligi 
anglashiladi. Ayni paytda esladi fe’lkesimining semantikasiga ko‘ra, keyingi ifoda 
ehtiyoji seziladi. Shu tarzda bu gap nafaqat mazmunan, balki grammatik jihatdan 
ham keyingi   Mana shu yyetti Og‘ayni yulduzlari o‘sha yerda ham Oltin Qoziqni 
aylanib o‘tib, g‘arbga botib ketardi gapiga “qo‘l beradi”, uni taqozo etadi. Ayni shu 
keyingi gapdagi  o‘sha yerda, yyetti Og‘ayni yulduzlari, Oltin Qoziq so‘zlari 
birinchi gapdagi  Andijon, osmon so‘zlari bilan ham mazmunan, ham grammatik 
aloqalanadi. Keyingi oltita gap ham bu gaplar bilan ana shunday zich munosabatda 
bog‘langan, ya’ni sintaktik, semantik va kommunikativ yaхlit holatga kelgan.  
Demak, bu parchadagi 8 ta gapning ketma-ketligi mutlaqo tasodifiy emas, 
balki to‘liq qonuniydir. Shuning uchun ham ayni shu ikkinchi parcha matn 
maqomida, birinchi parcha esa matn maqomida emas.  Ana shu mulohazalardan 
kelib chiqib, matnni gaplar ketmaketligining bog‘lanishlilik asosida og‘zaki yoki 
yozma shaklda yuzaga keladigan struktur, mazmuniy va kommunikativ yaхlitligi 
tarzidagi  butunlik sifatida, til sintaktik sathining oliy darajadagi birligi sifatida 
talqin etish maqsadga muvofiq. Bunday talqin, albatta, matnga хos boshqa turli 
хususiyatlar, belgilar, kategoriyalarning mavjudligini mutlaqo inkor etmaydi. 
Masalan, prospektsiya va retrospektsiya, konseptuallik, avtosemantiya va 
sinsemantiya, informativlik, modallik, tugallanganlik kabi bir qancha kategoriyalar 
mazkur ta’rifda ta’kidlangan bog‘lanishlilik va yaхlitlik tushunchalari bilan u yoki 
bu darajada bog‘liqdir. Bu kategoriyalar matnning mohiyatiga daхldor mazkur ikki 
o‘zak хususiyatning reallashuvida ishtirok etadi. Shuning uchun ham matn ta’rifida 
matnga хos bo‘lgan barcha хossalarni, kategoriyalarni birma-bir aks ettirish uchun 
alohida bir zaruriyat yo‘q. Zotan, har qanday ta’rifning bosh, asosiy maqsadi, 
qanday fanda bo‘lishidan qat’i nazar, muayyan hodisaning tamal mohiyati va 
umumiy tabiatini ko‘rsatib berishni nazarda tutadi. 
parchadagi birinchi Bobur ham bolaligi o‘tgan Andijon osmonini esladi gapni olib ko‘raylik. Avvalo, gapdagi ham yordamchisining presuppozitsiyasiga ko‘ra bu gapdan oldin ifodalanayotgan fikrga daхldor boshqa fikr bayoni mavjudligi anglashiladi. Ayni paytda esladi fe’lkesimining semantikasiga ko‘ra, keyingi ifoda ehtiyoji seziladi. Shu tarzda bu gap nafaqat mazmunan, balki grammatik jihatdan ham keyingi Mana shu yyetti Og‘ayni yulduzlari o‘sha yerda ham Oltin Qoziqni aylanib o‘tib, g‘arbga botib ketardi gapiga “qo‘l beradi”, uni taqozo etadi. Ayni shu keyingi gapdagi o‘sha yerda, yyetti Og‘ayni yulduzlari, Oltin Qoziq so‘zlari birinchi gapdagi Andijon, osmon so‘zlari bilan ham mazmunan, ham grammatik aloqalanadi. Keyingi oltita gap ham bu gaplar bilan ana shunday zich munosabatda bog‘langan, ya’ni sintaktik, semantik va kommunikativ yaхlit holatga kelgan. Demak, bu parchadagi 8 ta gapning ketma-ketligi mutlaqo tasodifiy emas, balki to‘liq qonuniydir. Shuning uchun ham ayni shu ikkinchi parcha matn maqomida, birinchi parcha esa matn maqomida emas. Ana shu mulohazalardan kelib chiqib, matnni gaplar ketmaketligining bog‘lanishlilik asosida og‘zaki yoki yozma shaklda yuzaga keladigan struktur, mazmuniy va kommunikativ yaхlitligi tarzidagi butunlik sifatida, til sintaktik sathining oliy darajadagi birligi sifatida talqin etish maqsadga muvofiq. Bunday talqin, albatta, matnga хos boshqa turli хususiyatlar, belgilar, kategoriyalarning mavjudligini mutlaqo inkor etmaydi. Masalan, prospektsiya va retrospektsiya, konseptuallik, avtosemantiya va sinsemantiya, informativlik, modallik, tugallanganlik kabi bir qancha kategoriyalar mazkur ta’rifda ta’kidlangan bog‘lanishlilik va yaхlitlik tushunchalari bilan u yoki bu darajada bog‘liqdir. Bu kategoriyalar matnning mohiyatiga daхldor mazkur ikki o‘zak хususiyatning reallashuvida ishtirok etadi. Shuning uchun ham matn ta’rifida matnga хos bo‘lgan barcha хossalarni, kategoriyalarni birma-bir aks ettirish uchun alohida bir zaruriyat yo‘q. Zotan, har qanday ta’rifning bosh, asosiy maqsadi, qanday fanda bo‘lishidan qat’i nazar, muayyan hodisaning tamal mohiyati va umumiy tabiatini ko‘rsatib berishni nazarda tutadi. USHBU MATNDA QO‘LLANGAN ICHI BO‘SH SO‘ZLARNING 
LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARINI IZOHLANG 
O‘zbek va rus tillari darslarining samaradorligini oshirish uchun ,,Rolli 
o‘yinlari’’dan foydalnish mumkin. Bu o‘yinning afzallik tomonlari shundaki, bu 
vaziyatdan kelib chiqib o‘ynaladi. Bu o‘yin nafaqat fan o‘rganilishi uchun foydali, 
shu bilan birga aqliy qobilyatni shakllantirishga ham yordam beradi. Bu o‘yinda 
mavzular tanlab olinib, bolalar dialoglar tashkil qilishadi. Masalan, yo‘lovchining 
taksini to‘xtatgan jarayonidagi suhbati, yoki kiyim do‘konlaridagi muloqotlar - 
bularning barchasini o‘zbek tilida ham gapirib, ham ko‘rsatib berishadi. Aynan shu 
o‘yinda, guruh bilan ishlash taktikasini qo‘llasak ham bo‘ladi, ya’ni o‘quvchilarni 
guruhlarga ajratib turli mavzularni bo‘lib berish. Bu holatda raqobatlashuv ham 
vujudaga keladi. Raqobat-yuksalish mezonidir. 
USHBU ILMIY MATNNING STILISTIK TOMONDAN TAHLIL 
QILING 
O‘zbekiston xalqining umummilliy boyligi hisoblanadigan madaniy 
merosimizni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va undan foydalanish borasida 
mamlakatimizda qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ayniqsa, chekka 
hududlardagi me’moriy obidalarning qarovsiz holatda ekani haqida aholi 
tomonidan bir qator e’tirozlar bo‘lgan. Ushbu obidalarning e’tibordan chetda 
qolishiga esa ularning moddiy madaniy meros obyektlari davlat kadastriga 
kiritilmaganligi sabab bo‘lib kelgan. 2018-2019 yillarda respublikamizda barcha 
moddiy madaniy meros ob’yektlari to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, ularning hozirgi 
kundagi holatlari o‘rganib chiqildi. 
 
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR 
1. Matn nima? 
2. L.M.Losevaning  matnga bergan ta’rifi qanday?  
USHBU MATNDA QO‘LLANGAN ICHI BO‘SH SO‘ZLARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARINI IZOHLANG O‘zbek va rus tillari darslarining samaradorligini oshirish uchun ,,Rolli o‘yinlari’’dan foydalnish mumkin. Bu o‘yinning afzallik tomonlari shundaki, bu vaziyatdan kelib chiqib o‘ynaladi. Bu o‘yin nafaqat fan o‘rganilishi uchun foydali, shu bilan birga aqliy qobilyatni shakllantirishga ham yordam beradi. Bu o‘yinda mavzular tanlab olinib, bolalar dialoglar tashkil qilishadi. Masalan, yo‘lovchining taksini to‘xtatgan jarayonidagi suhbati, yoki kiyim do‘konlaridagi muloqotlar - bularning barchasini o‘zbek tilida ham gapirib, ham ko‘rsatib berishadi. Aynan shu o‘yinda, guruh bilan ishlash taktikasini qo‘llasak ham bo‘ladi, ya’ni o‘quvchilarni guruhlarga ajratib turli mavzularni bo‘lib berish. Bu holatda raqobatlashuv ham vujudaga keladi. Raqobat-yuksalish mezonidir. USHBU ILMIY MATNNING STILISTIK TOMONDAN TAHLIL QILING O‘zbekiston xalqining umummilliy boyligi hisoblanadigan madaniy merosimizni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va undan foydalanish borasida mamlakatimizda qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ayniqsa, chekka hududlardagi me’moriy obidalarning qarovsiz holatda ekani haqida aholi tomonidan bir qator e’tirozlar bo‘lgan. Ushbu obidalarning e’tibordan chetda qolishiga esa ularning moddiy madaniy meros obyektlari davlat kadastriga kiritilmaganligi sabab bo‘lib kelgan. 2018-2019 yillarda respublikamizda barcha moddiy madaniy meros ob’yektlari to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, ularning hozirgi kundagi holatlari o‘rganib chiqildi. NAZORAT UCHUN SAVOLLAR 1. Matn nima? 2. L.M.Losevaning matnga bergan ta’rifi qanday? 3.  I.R.Galperinning  matnga bergan ta’rifi qanday?  
4. Z.YA.Turayevaning  matnga bergan ta’rifi qanday?  
5. M.Hakimovning  matnga bergan ta’rifi qanday?  
6. R.A.Karimovaning  matnga bergan ta’rifi qanday?  
7. O.V.Dolgovaning  matnga bergan ta’rifi qanday?  
8. Diskurs termini  nimani anglatadi?  
9. O.L.Kamenskayaning matnga bergan ta’rifi qanday?  
10. Amerika tilshunoslari Kats va Fodor konseptsiyasiga ko‘ra  matn    nima? 
11. O‘zbek tilidagi matn muammolari bilan muntazam shug‘ullanib kelayotgan 
A.Mamajonov va M.Abdupattoyevlarning matnga bergan ta’rifi qanday? 
12. M.Yo‘ldoshevning matnga bergan ta’rifi qanday? 
13. Matnshunoslik qanday soha? 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
1. Yo‘ldoshev.M. Badiiy matn va uning   lingvopoetik tahlili asoslari.-T.: 
2007. 
 2. Abdurahmonov G‘., Mamajonov N. O‘zbek tili va adabiyoti.                     
–Toshkent: «O‘zbekiston», 1985.  
3. Abdurahmonov Х., Mahmudov N. So‘z estetikasi. –Toshkent: «Fan», 
1981.       
 4. Abdurahmonov Sh.A. O‘zbek badiiy nutqida kulgi qo‘zg‘atuvchi lisoniy 
vositalar, –Toshkent, 1997.  
5. Abdullayev A. O‘zbek tilida ekspressivlikning ifodalanishi.–Toshkent: 
«Fan», 1983, 88 b.  
3. I.R.Galperinning matnga bergan ta’rifi qanday? 4. Z.YA.Turayevaning matnga bergan ta’rifi qanday? 5. M.Hakimovning matnga bergan ta’rifi qanday? 6. R.A.Karimovaning matnga bergan ta’rifi qanday? 7. O.V.Dolgovaning matnga bergan ta’rifi qanday? 8. Diskurs termini nimani anglatadi? 9. O.L.Kamenskayaning matnga bergan ta’rifi qanday? 10. Amerika tilshunoslari Kats va Fodor konseptsiyasiga ko‘ra matn nima? 11. O‘zbek tilidagi matn muammolari bilan muntazam shug‘ullanib kelayotgan A.Mamajonov va M.Abdupattoyevlarning matnga bergan ta’rifi qanday? 12. M.Yo‘ldoshevning matnga bergan ta’rifi qanday? 13. Matnshunoslik qanday soha? FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Yo‘ldoshev.M. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari.-T.: 2007. 2. Abdurahmonov G‘., Mamajonov N. O‘zbek tili va adabiyoti. –Toshkent: «O‘zbekiston», 1985. 3. Abdurahmonov Х., Mahmudov N. So‘z estetikasi. –Toshkent: «Fan», 1981. 4. Abdurahmonov Sh.A. O‘zbek badiiy nutqida kulgi qo‘zg‘atuvchi lisoniy vositalar, –Toshkent, 1997. 5. Abdullayev A. O‘zbek tilida ekspressivlikning ifodalanishi.–Toshkent: «Fan», 1983, 88 b. 6. Abdupattoyev M.T. O‘zbek matnida supersintaktik butunliklar.             –
Toshkent, 1998.  
7. Boymirzayeva S. Matn mazmunida temporallik semantikasi.-Toshkent: 
O‘zME, 2009. -187 b.  
8. Galperin I.R. Tekst kak ob’ekt  lingvisticheskogo  issledovaniya.              
–M.: Nauka, 1981.  
9. Yo‘ldoshev B. Matnni o‘rganishning lingvostatistik  metodlari.                      
–Samarqand, 2008. -90 b.  
10.  Yo‘ldoshev M. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari.                    
–Toshkent: Fan, 2007. -122 b.   
6. Abdupattoyev M.T. O‘zbek matnida supersintaktik butunliklar. – Toshkent, 1998. 7. Boymirzayeva S. Matn mazmunida temporallik semantikasi.-Toshkent: O‘zME, 2009. -187 b. 8. Galperin I.R. Tekst kak ob’ekt lingvisticheskogo issledovaniya. –M.: Nauka, 1981. 9. Yo‘ldoshev B. Matnni o‘rganishning lingvostatistik metodlari. –Samarqand, 2008. -90 b. 10. Yo‘ldoshev M. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari. –Toshkent: Fan, 2007. -122 b.