DUNYODA SANOATI RIVOJLANGAN DAVLATLARDA ERKIN IQTISODIY ZONALARNING RIVOJLANISHI TAJRIBALARI TAHLILI
Yuklangan vaqt
2024-07-27
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
33
Faytl hajmi
85,3 KB
DUNYODA SANOATI RIVOJLANGAN DAVLATLARDA ERKIN
IQTISODIY ZONALARNING RIVOJLANISHI TAJRIBALARI TAHLILI
Tayanch iboralar: Eksport, institutsional yurisdiksiya, izolyatsiyalangan qishloq,
o‘sish nuqtalari, Davlat sektori, xususiy sektor, Davlat sektori va xususiy sektorning
sherikchiligi, Maxsus iqtisodiy zonalar, maxsus ma’muriy rayon, maxsus iqtisodiy
boshqaruv tizimi.
Reja: 1.Lotin Amerikasi va Karib orollari.
2.Yaponiya.
3.Xitoy Xalq Respublikasi (XXR).
4.Xitoyning erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish tajribasidan O‘zbekiston
uchun foydalanish imkoniyatlari.
1.Lotin Amerikasi va Karib orollari. Lotin Amerikasidagi (ya’ni Markaziy va
Janubiy Amerika) 22 ta mamlakatda eksport qilinadigan mahsulotlarga ishlov berish
bilan bog‘lanadigan zonalarning soni (EIZ) 258 tani, yoki ularning dunyodagi
sonidan (1072 ta) 24% ni tashkil qilgan. Markaziy Amerikada ular 83 tani (8%),
Karib havzasida – 98 tani (9%), Janubiy Amerikada esa – 77 tani (7%) tashkil qilgan.
Ushbu mintaqada EIZ larni yaratish jarayoni o‘tgan asrning 60-yillarining oxiri –
70-yillarining boshida boshlangan[6]. Birinchi EIZ 1964 yilda Kolumbiyada
yaratilgan, so‘ngra 1965 yilda Dominikan Respublikasi va Meksida uning analogi
yaratilgan. 1990 yillarda bunday zonalarning soni va Lotin Amerikasi
mamlakatlarining milliy iqtisodiyotida ularning roli tezkor sur’atlar bilan o‘sgan. Bu
dastur ayniqsa Meksikada shiddat bilan rivojlangan, bu yerda 850 ta atrofida zonalar
yaratilgan, Braziliyada esa bor-yo‘g‘i bitta erkin savdo zonasi faoliyat ko‘rsatgan
mamlakat hukumati tomonidan 1996 yilda tasdiqlangan 19 ta EIZ lardan hozirgi
kunda 4 tasi qurilish bosqichida turibdi[1]. Ular mamlakatning kamroq rivojlangan
mintaqalarida iqtisodiy rivojlanishga ko‘maklashish maqsadida yaratilmoqda.
Panamada hozirgi kunda EIZ lar ilgari AQSh ning harbiy bazalari joylashgan
joylarda yaratilmoqda). Aksariyat faoliyat ko‘rsatayotgan zonalarning maydoni
unchalik katta emas har birining maydoni 1 ming ga dan kichik va odatda ularning
hududi ajratilgan.
Mazkur bo‘limda tadqiq qilish predmeti Janubiy Amerika va Karib havzasi
bo‘lishiga qaramasdan, unda Janubiy Amerikadagi ESZ larning faoliyat
ko‘rsatishining spesifikasi va vazifalari to‘g‘risida aniqroq tasavvur berish uchun
Shimoliy Amerikadagi (Kanada, AQSh, Meksika) ESZ larni ba’zi bir kuzatishlar
ham keltirish maqsadga muvofiq.
Masalan, Kanadada EIZ lar umuman yo‘q. Yangi Shotlandiya dengiz bo‘yi
provinsiyasida ESZ ni yaratish bo‘yicha takliflar bo‘lgan, biroq ular amalga
oshmagan[1]. 2001 yildan buyon mamlakat eksportni distribyusiyalash markazlari
– import sohasidagi vaqtinchalik instrumentdan foydalanadi, uning faoliyat
ko‘rsatish mexanizmi ESZ nikiga o‘xshaydi. Ular dengiz portlari va xalqaro
aeroportlar yaqinida joylashish bilan o‘zida saqlash yoki distribyusiyalash uchun
mo‘ljallangan makonni – ko‘pincha ombor binolari shaklida mavjud bo‘lgan
makonni taqdim qiladi. Bu yerda reeksport qilish maqsadida (boj va soliqlar
to‘lamasdan) ichki va xorijiy mahsulotni saqlash, saralash, qayta o‘rash mumkin.
Biroq bu yerda mahsulotni ishlab chiqarish va yig‘ishga ruxsat berilmaydi [2].
Xususiy tasarrufda bo‘lgan, biroq davlat tomonidan boshqariladigan, maxsus
bojxona rejimiga (MBR) ega bo‘lgan zonalar faqatgina eksport qilinadigan
mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beradi. Bunday zona Kanadada bitta va u
Yangi Shotlandiya provinsiyasining Sidney shahrida Harbiy Dengiz Kuchlarining
sobiq bazasi hududida joylashgan (Sidport sanoat parki).
AQSh da ESZ lar – dengiz portlari yaqinida joylashgan sanoat parklari ishlayapti.
Kompaniyalar o‘zlarining ofislarini bu zonalarning doirasiga mahsulotning tarkibiy
qismlariga to‘lanadigan import bojlarini kechiktirish uchun joylashtiradi. Maxsus
subzonalar ham alohida olingan kompaniyaning ishlab chiqarish ehtiyojlariga
muvofiq ESZ lardan tashqarida joylashadi. Amerikadagi ESZ lar – ichki bozorning
ehtiyojlari
uchun
mo‘ljallangan
mahsulotlarga
ishlov
beradigan
va
marketinglaydigan platformalardir.
Meksika birinchi ESZ larni 1946 yilda yaratgan. Ulardan ko‘p sonli fabrikalarga
ega bo‘lgan ko‘pchiligi chegaraoldi sanoatlashtirish Dasturiga va “Makilador”
Dasturiga birlashtirilgan. Bu eksport qilinadigan mahsulotlarga ishlov beradigan
alohida korxonalarni butun mamlakat hududiga joylashtirish imkonini bergan.
Boshqacha qilib aytganda, “Makila” rejimi vaqtinchalik importga ruxsat beradi
(bojxona organlarining qattiq nazorati ostida bo‘lgan korxonalar uchun), biroq
sanoat anklavini o‘z ichiga olmaydi. Bu zonalarda ishlaydigan kompaniyalarga turli
rag‘batlar taqdim qilingan (soliq imtiyozlarini ham o‘z ichiga olgan holda), buning
ustiga ular o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarni eksport qilishga majbur emas.
Mamlakatdagi ba’zi bir shtatlar “Makila” rejimida ishlaydigan korxonalarni yangi
ESZ rejimiga o‘tkazishga talabnoma bergan.
NAFTA ning shartlariga ko‘ra, Kanada va Meksikadagi ko‘rsatilgan zonalar
eskirgan bo‘lib hisoblanadi, shu sababli bu mamlakatlarning butun hududi ESZ
bo‘lib qoladi. Shunisi qiziqki, NAFTA ning shartlari AQSh da ESZ larni tugatishni
ko‘zda tutmaydi.
Yaratilish-zonalarning har xil turlarining mavjud bo‘lishi ularning mintaqaviy
iqtisodiy rivojlantirish instrumenti sifatidagi roliga bog‘liq bo‘ladi, u xorijiy
investitsiyalarni jalb qilish, ish o‘rinlarini yaratish va oshiqcha ishchi kuchi,
malakali mehnat va menejmentni absorbsiyalash, texnologiyalar va bilimlarni
uzatish imkonini beradi, shuningdek valyuta mablag‘lari va soliq tushumlarining
manbaiga aylanadi hamda xorijiy bozorlarga ruxsatnoma bo‘lib xizmat qiladi. ESZ
lardan shuningdek milliy tadbirkorlarning eksport qilinadigan mahsulotlarning
ushbu mamlakat uchun noan’anaviy bo‘lgan turlarini ishlab chiqarishda ishtirok
etishga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish uchun ham foydalaniladi. Boshqacha
qilib aytganda, EIZ lar mahalliy tadbirkorlar va butun boshli firmalarga ko‘rgazmali
ta’sir ko‘rsatadi. Lotin Amerikasi va Karib havzasida ularni yaratishdan maqsad
ishsizlik darajasini pasaytirishga bo‘lgan intilish, shuningdek byudjetga tushadigan
valyuta tushumlarini ko‘paytirishdan iborat bo‘lgan. EIZ lar savdoning rivojlanishi,
yangi ish o‘rinlarining yaratilishi va G‘arbiy yarim sharning ko‘pgina hududlariga
xorijiy investitsiyalarni jalb qilinishiga ko‘maklashgan bunga Boliviya, Kosta-Rika,
Dominikan Respublikasi, Salvador va Gonduras misol bo‘lib xizmat qila oladi.
Janubiy Amerika doirasida EIZ lar «… mintaqadagi mamlakatlarning iqtisodiyoti
uchun Markaziy Amerika va Karib havzasi mamlakatlaridagichalik muhim rol
o‘ynamagan». Janubiy Amerikada ESZ lardan ko‘pincha, masalan, xuddi Chili va
Kolumbiyadagi kabi, “o‘sish nuqtalari” sifatida foydalaniladi. Biroq shuni qayd
qilish lozimki, har ikkala Amerika miqyosida hamma zonalar ham faoliyat ko‘rsatish
jarayonida muvaffaqiyatga erisha olmagan.
EIZ–iqtisodiy rivojlantirishning samarali instrumentidir. Ular sanoatlashish
davrining avvalida va uning oxirgi bosqichlarida eksportni o‘stirishga yo‘naltirilgan
strategiyani amalga oshirishni osonlashtirish uchun yaratilgan. Shundan kelib
chiqqan holda, ularning iqtisodiyoti rivojlanayotgan iqtisodiyot yoki o‘tish davrida
bo‘lgan iqtisodiyot deya e’tirof qilingan mamlakatlar uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish
va ishsizlik darajasini pasaytirishga erishish uchun birgina EIZ larga tayanmasliklari
lozim, EIZ larning o‘zlari esa ichki iqtisodiy siyosatni liberallashtirishga
yo‘naltirilgan iqtisodiy islohotlarga (makroiqtisodiyot, savdo va valyuta sohasidagi)
to‘siq bo‘lmasligi yoki ularni to‘xtatib qo‘ymasligi lozim. Ular rivojlanayotgan
mamlakatlarda o‘tkaziladigan islohotlarni to‘ldirishi va liberallashtirish bo‘yicha
sa’y-harakatlarga ko‘maklashishi lozim, bu islohotlar ushbu mamlakatlarning global
raqobat imkoniyatlarini oshirishi mumkin. Uzoq muddatli istiqbolda EIZ lardan
eksport tovarlarga ishlov berishga asoslangan iqtisodiyotga o‘tish instrumenti
sifatida foydalanish lozim bo‘ladi.
Lotin Amerikasi va Karib havzasidagi EIZ lar asosan to‘qimachilik va tikuvchilik
tarmoqlarida ishlab chiqarishning mehnattalab fazalari bilan bog‘lanadi. Meksika va
Braziliyadagi EIZ lar mikroelektronika buyumlarini ishlab chiqarish uchun past haq
to‘lanadigan ishchi kuchi va import tarkibiy qismlardan foydalanadi. Janubiy
Amerikadagi ESZ larda (masalan, Braziliya va Chili) sanoatning ma’lum bir
tarmog‘iga tayanish tendensiyasi kuzatiladi. Ma’lumotlarga ishlov berish (masalan,
Barbados, Yamayka va Sento-Lyusiyada) va moliyaviy xizmatlar (Aruba) Karib
havzasidagi EIZ larning faoliyatining spesifikasini tashkil qiladi. Koll-markazlar va
sayyohlik kabi xizmatlarni ko‘rsatish Markaziy Amerikadagi (xususan, Kosta-Rika,
Dominikan Respublikasi va Panama) va Janubiy Amerikadagi (Kolumbiya,
Urugvay, Venesuela) EIZ lar doirasida o‘smoqda.
Markaziy Amerika va Karib havzasida EIZ lar zamonaviy infratuzilma va
malakali ishchi kuchi mavjud bo‘lgan yirik shaharlar va sanoat markazlariga
(ayniqsa Kosta-Rika va Gondurasda) va dengiz portlariga yaqin qilib joylashtirilgan.
Shu bilan birgalikda izolyatsiyalangan qishloq joylarda joylashgan EIZ lar umuman
olganda muvaffaqiyatli rivojlanishga ega bo‘lmagan. Bir qancha Markaziy
Amerikadagi mamlakatlarning qonunchiligi bilan (Kosta-Rika, Dominikan
Respublikasi), Salvador, Gvatemala, Gonduras, Nikaragua) EIZ va ESZ larni
mamlakatning har qanday nuqtasiga joylashtirishga ruxsat berilgan. Yamayka va
Dominikan Respublikasida EIZ lar bir nechta joylarda yaratilgan, bu shu tariqa
butun tevarak-atrofdagi hududni bitta katta EIZ ga aylantirgan.
EIZ va EST-kompaniyalar mulkchilik shakli bo‘yicha xorijiy, milliy yoki aralash
kapital asosida tashkil qilingan kompaniyalarga bo‘linadi. Xorijiy kapitalni jalb
qilish uchun ba’zi bir mamlakatlarda xorijiy mulk ob’ektiga egalik qilishga
cheklashlar bekor qilingan. Zonalarning xususiy developerlariga taqdim qilinadigan
asosiy imtiyozlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Foyda solig‘iga soliq kanikullari
Zonani qurish va rivojlantirish uchun mo‘ljallangan xomashyo, asbob-uskunalar
va mexanizmlarni olib kirishda import bojlaridan ozod qilish;
Soliqlarning ma’lum bir turlaridan ozod qilish (masalan, munitsipal soliq,
sotishdan olinadigan soliq, mulk solig‘i).
Davlat sektori va xususiy sektorning sherikchiligi
EIZ lar avval-boshda davlat sektorining agentliklari tomonidan yaratilgan va
boshqarilgan,
biroq
ularda
xususiy
sektorning
ulushi
(asosan
xorijiy
kompaniyalarning) tobora oshib bormoqda. Ba’zi bir mamlakatlarda EIZ larga
davlat sektori ham, xususiy sektor ham egalik qiladi, ularni boshqaradi va
rivojlantiradi, Boshqa bir mamlakatlarda esa EIZ lar shakli bo‘yicha davlat
tuzilmalari bo‘lib hisoblanadi, biroq ularni xususiy kompaniyalar boshqaradi
masalan, Meksikada bu zonalarga davlat egalik qiladi va boshqaradi, Braziliya,
Kosta-Rika, Dominikan Respublikasi, Salvador, Gvatemala, Gonduras, Nikaragua,
Paragvay va Urugvayda ular xususiy kapitalga tegishli. Karib havzasida birinchi
xususiy EIZ 1965 yilda Dominikan Respublikasida, Markaziy Amerikada esa – 1985
yilda Kosta-Rikada paydo bo‘lgan. Xususiy EIZ larda infratuzilma xizmatlari,
boshqarish
xizmatlarining
sifati
Davlat
EIZ
laridagi
xuddi
shunday
ko‘rsatkichlardan
ko‘pincha
yuqori
bo‘ladi.
Bundan
tashqari,
xususiy
kompaniyalarning tasarrufi va boshqaruvida bo‘lgan EIZ lar ko‘pincha xorijiy
investorlar uchun barqaror ish muhitini va ma’muriy va byurokratik xarajatlarning
– ayniqsa gap eksport va import tovarlarni bojxona tozalashidan o‘tkazishning
davomiyligi xususida boradigan bo‘lsa – kamroq miqdorini taqdim qiladi. Xususiy
EIZ larda ushbu mamlakatlardagi siyosiy kelishmovchiliklarga nisbatan “kattagina
avtonomlik darajasi” bor. Federal hukumatlar ularga tartibga solish muhitini
ta’minlash va ba’zan hatto ularning mahsulotini xorijda ilgari surish bilan xususiy
EIZ larning rivojlanishiga ko‘maklashadi. Institutsional yurisdiksiya borasida esa,
odatda Lotin Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlarida bojxona protsedurasi
milliy port xizmatlarining zimmasidagi majburiyatlarning bir qismi bo‘lib
hisoblanadi.
2.Yaponiya. Yaponiya, dunyodagi yetakchi mamlakatlardan biri bo‘lib, o‘zining
hududida erkin iqtisodiy zonalarni tashqi iqtisodiy faoliyat va mintaqaviy
rivojlanishni faollashtirish maqsadida yaratadi. AQSh va boshqa rivojlangan
mamlakatlardan farqli o‘laroq, mintaqaviy rivojlanishni mamlakat ko‘lamlarida
rejalashtirishni qo‘llaydi. Bu yerda davlat rejalashtirishi ular doirasida mamlakatda
erkin iqtisodiy zonalar yaratiladigan - mamlakatni rivojlantirishning umumiy rejasi
va alohida vazirliklar tomonidan ishlab chiqilgan ko‘p sonli mintaqalarni
rivojlantirish rejalarini o‘z ichiga oladi.
Yaponiyada texnoparklarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan va
qaratilmoqda. Bu quyidagi sabablar bilan izohlanadi. 1950–1970 yillarda mamlakat
xorijdan patentlar va litsenziyalarni faol tarzda sotib olishga intilgan. Ilg‘or xorijiy
texnologiyalarning ommaviy oqib kelishi davlatga bir qator zamonaviy ishlab
chiqarishlarni yangidan yaratish, iqtisodiyotning ko‘pgina tarmoqlarini tubdan qayta
qurish, vaqtdan yutish va kattagina mablag‘larni tejash imkonini bergan.
Biroq xorijiy litsenziyalar va patentlardan ommaviy foydalanish salbiy
oqibatlarga ham ega bo‘lgan: birinchidan, yapon iqtisodiyatining xorij
iqtisodiyotiga, ayniqsa Amerika iqtisodiyotiga, texnika va texnologiyalarga
qaramligi kuchaygan; ikkinchidan, o‘zining fundamental tadqiqotlarini yig‘ishtirib
qo‘yish jarayoni boshlangan. Shu sababli, 1960 yillarning oxiriga kelib xorijiy
texnologiyalarni ommaviy import qilish bilan bir qatorda davlat va monopoliyalar
tomonidan o‘zining ilmiy tadqiqotlari va ishlanmalarini faol tarzda rivojlantirish,
ilmiy-texnik potensialni mustahkamlashga e’tibor qaratila boshlangan.
Bunday siyosatning natijasi mamlakatda bir qator texnoparklarning yaratilishi
bo‘lgan. Bu yerda bunday texnik-joriy qilish zonalari asosan xususiy kapital
hisobiga yaratilgan AQSh dan farqli o‘laroq, Yaponiyada texnoparklar hukumatning
tashabbusi bilan tashkil qilingan. 1970 yilda Ibaraki profekturasida, Tokiodan 60 km
shimoliy-sharqda birinchi texnopark qurilgan (Sukuba ilm-fan shahri), uning
umumiy maydoni 28 ming ga ni tashkil qiladi, aholisi esa taxminan 200 ming
kishidan iborat. Shuni alohida qayd qilish lozimki, bu yapon hukumatining eng yirik
investitsion loyihasi bo‘lgan.
Yapon mutaxassislarining fikrlariga ko‘ra, texnoparkning muvaffaqiyatining
sababoari quyidagilar bo‘lgan:
Dastlabki hukumat investitsiyalarining anchagina kattaligi (1300 mlrd ien);
Davlat tomonidan barcha zaruriy infratuzilmaning yaratilishi;
Xodimlarning fidokorona mehnati (sutkasiga 12-14 soat, biroq 8 soatga haq
to‘langan);
Mos keluvchi sanoat bazasini yaratish uchun yapon hukumati tomonidan ilg‘or
asbob-uskunalarning sotib olinishi.
1974 yilda yaratilgan boshqa bir texnopark Yaponiyaning janubiy-g‘arbiy
qismida, Kyusyu orolida joylashgan. Zona 42 ming kv. km maydonni egallagan,
aholisi 1,3 mln kishini tashkil qiladi. U elektronika, robototexnika va boshqa
ilmtalab ishlab chiqarish sferalariga ixtisoslashgan. Zona uchun sanoat mahsulotlari
ishlab chiqarishning yuqori darajada o‘sishi xarakterli: u 1977 yildan 1980 yilning
o‘rtalarigacha yiliga 30–40% ni tashkil qilgan.
Texnoparkning bunday muvaffaqiyati quyidagi sabablar bilan shartlangan:
Qulay tabiiy-iqlim sharoitlari;
Yetarli miqdordagi yuqori malakali ishchi kuchi;
Yuqori darajada rivojlangan transport tarmog‘i, ayniqsa dengiz va havo
transporti;
Elektronika sanoatini rivojlantirish uchun yaxshi moslashgan rivojlangan
infratuzilma;
Texnoparkning rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan tegishli sanoat
bazasining borligi.
Yaratilgan ilm-fan shaharlari Yaponiyaning ilmiy-texnik potensialining
rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan, bu mamlakatning sanoat siyosatini belgilab
bergan. Biroq yillar o‘tishi bilan mamlakatning ichidagi o‘zgarishlar va jahon
iqtisodiyotidagi o‘zgarishlar bois milliy iqtisodiyot o‘zgargan. Mamlakatning
xo‘jalik rivojlanishida o‘zgarishlarni, yangi uslublar va ularni amalga oshirish
vositalarini talab qiladigan yangi iqtisodiy ustuvorliklar paydo bo‘lgan.
1980-yillarda Yapon hukumati texnopolislarni yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli
dasturni amalga oshirishga kirishgan. Bu siyosat shu bilan izohlanadiki, 1970-
yillarda davlat jiddiy iqtisodiy silkinishlarga duch kelgan. Masalan, ikkita neft
inqirozi Yaponiyada inflyatsiyaning o‘tkir chaqnashi va o‘sish sur’atlarining keskin
pasayishini chaqirgan. Ishchi kuchining yangi resurslarini jalb qilish va sanoat
mahsulotining nomenklaturasini yangilash yo‘li bilan ekstensiv rivojlanishning
zahiratari
tugab
bo‘lgan.
Ekologik
qiyinchiliklar
kapital
qurilishning
qimmatlashishiga olib kelgan. Ish haqi darajasi oshgan, yangi ish joylarini jihozlash
qimmatlashgan. Natijada iqtisodiyot resurslarni tejash va kapitalni ko‘paytirish
yo‘liga kirgan.
Bu davrda Yaponiya sanoati tobora ko‘proq ilmtalab tarmoqlarga yo‘nala
boshlagan. Bunda elektron mashinasozlik va zamonaviy aloqa vositalarini ishlab
chiqarish yetakchilik qilgan. Ularni rivojlantirish uchun yirik firmalar tomonidan
yuqori texnologiyalar sohasida bajarilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini moliyaviy va
tashkiliy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat dasturlari seriyasi amalga oshirilgan.
Bu tadbirlar qatorida 1980 yilda Yaponiya tashqi savdo va sanoat Vazirligi
tomonidan ishlab chiqilgan «Texnopolis» dasturi ham yaratilgan. Unga muvofiq
mamlakatning iqtisodiy jihatdan orqada qolayotgan ba’zi bir prefekturalarida 20 ta
ilmiy-texnik zonalarni yaratish ko‘zda tutilgan, ular texnopolislar deb atalgan, bu
o‘zida sanoatning yuqori texnologiyali tarmoqlarining mos keluvchi zamonaviy
ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaga ega bo‘lgan korxonalari, ilmiy
muassasalar, ilmiy va muhandis kadrlarni tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtlari va
yashash joylarini organik tarzda birlashtiradigan shahar va unga tutash bo‘lgan
hududlarni anglatgan. Dasturga hukumat XXI asrga mo‘ralash imkonini beradigan
konsepsiya va mamlakat ilmiy-texnik potensialini mamlakatning jahon bozoridagi
raqobat kurashida muvaffaqiyatini belgilaydigan tezlashtirilgan rivojlantirishning
samarali strategiyalaridan biri sifatida qaragan.
«Texnopolis» dasturida quyidagi maqsadlar qo‘yilgan: sanoatni markazdan
periferiyaga qayta taqsimlash va uni ilmtalab va energiya tejovchi texnologiyalarni
rivojlantirishga yo‘naltirish, mahalliy universitetlarning faoliyatini faollashtirish
yo‘li bilan mamlakatning butun hududida ilmiy tadqiqotlarni intensifikatsiyalash,
innovatsiyalar jarayonini tezlashtirish va boshqalar. Dastur “yumshoq” infratuzilma
– ilmiy muassasalar tarmog‘i, ma’lumotlar bilan almashinish vositalari va kadrlarni
tayyorlashni rivojlantirishga tayangan. Texnopolislarni yaratishning eng muhim
maqsadlaridan
biri
periferiya
hududlarning
iqtisodiyotini
rivojlantirishni
rag‘batlantirish bo‘lgan, ya’ni aholisi zich bo‘lgan «Tokio – Osaka» megapolisini
yengillashtirish va yangi rayonlarning iqtisodiyotining rivojlanishiga ko‘maklashish
vazifasi qo‘yilgan.
Texnopolislarni rivojlantirish bo‘yicha rahbariyat hudud zona maqomini qo‘lga
kiritishi uchun quyidagi asosiy me’zonlarni belgilagan: aholisi 200 mingdan kam
bo‘lmagan “zona” shahardan 30 minut va Tokio, Nagoy va Osakadan 1 kundan
oshiq bo‘lmagan yo‘l yuriladigan masofada joylashish, maydoni 500 kv mildan
oshiq bo‘lmaslik (Amerikadagi “Silikon vodiysi” texnoparkining maydoniga
taxminan teng). Bundan tashqari, bunday hudud ilmiy ishlab chiqarish majmualari,
universitetlar, ilmiy-tadqiqot markazlari, yashash kvartallari, rivojlangan axborot
infratuzilmasining muvozanatlangan birikishini o‘z ichiga olishi, turmush uchun
qulay bo‘lishi va madaniy va rekreatsion imkoniyatlarga ega bo‘lishi, go‘zal tabiatli
rayonda joylashishi, mahalliy an’analar va tabiiy shart-sharoitlar bilan
uyg‘unlashgan bo‘lishi lozim. Va nihoyat, EIZ ning faoliyatini rejalashtirishda har
uchala manfaatdor tomon – biznes, universitetlar va mahalliy hokimiyat ishtirok
etishi lozim.
Texnopolislar hududida kredit va soliq rag‘batlantirishi bo‘yicha turli choralar
ko‘zda tutilgan. Masalan, yuqori texnologiyalar sohalarida faoliyat yuritadigan
firmalarga birinchi yili asbob-uskunalarning qiymatining 30% ini va binolar va
inshootlarning qiymatining 15% ini hisobdan chiqarishga ruxsat berilgan, davlat
prefektura laboratoriyalari va firmalar bilan birgalikda o‘tkaziladigan ilmiy tadqiqot
ishlariga ketadigan xarajatlarning uchdan birini to‘lagan.
Texnopolislarni qurish va rejalashtirish jarayonida yetakchilik roli mahalliy
hokimiyatlarga berilgan. Tashqi savdo va sanoat Vazirligining funksiyalari
texnopolislarni yaratishning asosiy kriteriylarini belgilash, texnik yordam
ko‘rsatish, Yapon Rivojlanish Bankining soliq imtiyozlari va kreditlari bilan
ta’minlash bilan cheklangan. XXI asrda Yaponiyani yetakchilik pozitsiyalariga olib
chiqish uzoq muddatli strategiyasining asosi sifatida texnopolislarni yaratish va
ularning muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishining garovi sifatida yaponlarga xos
bo‘lgan xususiyatlar – sabr-toqat va qiyinchiliklarga bardosh bera olish xizmat
qilishi lozim bo‘lgan.
Hozirgi kunda mamlakatda 19 ta texnopolislar mavjud. Ularning aksariyati
elektronika sohasidagi ishlanmalar, yangi materiallar va keramikani yaratish,
robototexnikaga ixtisoslashgan. Ulardan ba’zi birlari tibbiyot elektronikasi,
biotexnologiyalar, optik tolalar sohasida ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish va ularni ishlab
chiqarishga yo‘naltirilgan.
Ilmtalab
mahsulotlarni
yaratishga
ixtisoslashgan
texnopolislar
yapon
eksportining raqobatbardoshligini oshirish va mamlakatning xalqaro mehnat
taqsimotiga yanada chuqurroq kirishiga ko‘maklashgan. Hukumat shuningdek
tovarlar va kapitalning harakatlanish yo‘lidagi cheklashlarni bekor qilish bilan tashqi
iqtisodiy aloqalarning liberallashuvini amalga oshirgan. Biroq biznes olamidagi
uzoq muddatli aloqalarning an’anaviy amaliyoti, hukumat bilan ish doiralari
o‘rtasidagi
sherikchilik
munosabatlari
xorijda
proteksionizm
va
yapon
iqtisodiyotining yopiqligini himoyalash alomatlari sifatida qabul qilingan. 1980-
yillarda AQSh va Yevropa mamlakatlari bilan savdo-sotiqdagi ulkan ijobiy saldo
Yaponiya
uchun
o‘tkir
ziddiyatlar
manbai
va
davlatlararo
iqtisodiy
munosabatlarning asosiy masalalaridan biriga aylangan.
Savdo balansini tekislash va sanoatni ichki bozorga yo‘naltirish uchun mamlakat
hukumati 1990-yillarning boshlarida importni rag‘batlantirish choralarini qabul
qilgan, ular, xususan, maxsus tashqi savdo zonalarini yaratishni o‘z ichiga olgan.
Ular 1991 yilda ishlab chiqilgan erkin import zonalarini shakllantirish va
rivojlantirish davlat konsepsiyasiga muvofiq yaratila boshlagan. Bunday zonalarni
yaratishning huquqiy bazasi «Valyuta operatsiyalari va tashqi savdo operatsiyalari
to‘g‘risida» gi Qonun va «Importga ko‘maklashish va Yaponiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha favqulodda choralar to‘g‘risida» gi
Qonun bo‘lgan[1]. Keyingisi mamlakat parlamenti tomonidan 1992 yil iyulda qabul
qilingan (1995 yilda parlament bu qonunning amal qilish muddatini 10 yilga – 1996
yildan 2006 yilning may oyigacha uzaytirgan). Ushbu qonunga muvofiq dengiz
portlari va xalqaro aeroportlarda tashqi savdo zonalari tashkil qilingan, ular erkin
import zonalari deb atalgan. Ular o‘zlarida erkin savdo zonalari va importning
o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarish zonalarining kombinatsiyasini taqdim qiladi. Bu
yerda import tovarlarni joylashtirish, ularga qo‘shimcha ishlov berish va qayta
ishlov berish, tovarlarning ko‘rgazmalarini tashkil qilish va ularni ulgurji sotish
amalga oshiriladi. Zonalarning hududida xo‘jalik yuritish va tashqi iqtisodiy
faoliyatning maxsus imtiyozli rejimi o‘rnatilgan.
Erkin import zonalarini yaratishni moliyalashtirish mahalliy hokimiyat
organlarining byudjetidan ham, xususiy kompaniyalar hisobidan ham amalga
oshiriladi. Bundan tashqari, Yaponiya Markaziy Banki ularning infratuzilmasini
yaratishni moliyalashtirish uchun kreditlar taqdim qiladi. Zonalarning faoliyati ichki
bozorga yo‘naltirilgan. 2004 yilning boshida mamlakatda 23 ta erkin import zonasi
faoliyat ko‘rsatgan (1992 yilda 5 ta zona, 1993 yilda – 10 ta, 1994 yilda – 8 ta zona
yaratilgan). Ular shaharlar yoki prefekturalarda joylashgan va shu yerdagi ma’muriy
tuzilmalarning organlariga bo‘ysunadi. Bunday tipdagi tuzulmaga Tottori
prefekturasida joylashgan «Sakaiminato» erkin import zonasi misol bo‘lib xizmat
qila oladi. Uning ajralib turuvchi chizgisi shu bo‘lib hisoblanadiki, uni rivojlantirish
rejasi Tottori va Simane prefekturalarining mutaxassislari tomonidan birgalikda
ishlab chiqilgan. Ular zonani birgalikda boshqarishni ham amalga oshiradi. Bu reja
quyidagi chora-tadbirlarni ko‘zda tutadi:
o Sakai portini G‘arbiy Yaponiyaning do‘stlik va xalqaro hamkorlik
darvozasiga aylantirish;
o Import va axborot sohasining samaradorligini oshirish yo‘li bilan mahalliy
sanoatni rivojlantirish;
o Savdo-sotiq va sanoatni rivojlantirish vositasida xalqaro aloqalarni
chuqurlashtirish.
o Import yuklarga xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga ko‘maklashish uchun
erkin import zonalarini shakllantirish va rivojlantirish davlat konsepsiyasida
bir qator imtiyozlar ko‘zda tutilgan, ular qatoriga quyidagilar kiradi:
o Yapon Rivojlanish Banki va kichik va o‘rta tadbirkorlarga ko‘maklashish
Jamg‘armasi tomonidan past foyizli kreditlarni taqdim qilish;
o Import yuklarni joylashtirish joylarida ishlaydigan tadbirkorlarning ko‘chmas
mulk va foydadan keladigan daromadlarini differensiallangan soliqqa tortish;
o Ulgurji va chakana savdo va transport korxonalariga asbob-uskunalarni
yetkazib berishda imtiyozli to‘lovlar;
o Ishlov berish sanoati, ulgurji savdo va transport korxonalarini yer solig‘idan
ozod qilish;
o Tadbirkorlarga ishlab chiqarish bazasini shakllantirish jamg‘armasidan qarz
majburiyatlariga kafolatlarni taqdim qilish;
o Kichik va o‘rta korxonalarni imtiyozli sug‘urtalash;
o Yapon tashqi savdoni rivojlantirish assotsiatsiyasi tomonidan import
masalalari, shuningdek ko‘rgazmalar va yarmarkalar o‘tkazish masalalari
bo‘yicha tekin maslahatlar taqdim qilish.
Xokkaydo orolining janubida “Nyu Titose” aeroporti yaqinida yaratilgan va
undan 5 km masofada joylashgan “Titose Rinku” sanoat majmuasi bilan
chambarchas bog‘langan «Xokkaydo» erkin import zonasi samarali faoliyat
ko‘rsatmoqda, bu yerda 214 ga maydonda 82 ta firma va ilmiy park joylashgan.
Mamlakat hukumati zonani yaratish va obodonlashtirishga katta yordam ko‘rsatgan.
Bu yordam import tovarlarni yetkazib kelish uchun aviatsiya transporti bilan
ta’minlash, ofislarga ijraga berish uchun tayyor qilingan binolarni qurish, Internetga
ulangan shaxsiy kompyuterlar bilan ta’minlash, import yuklarni qayta ishlaydigan
ob’ektlarni qurishni texnik-iqtisodiy asoslashga ko‘maklashish, import yuklarni
tashishga ko‘maklashishni o‘z ichiga olgan. Yaxshi joyda joylashganligi, yaxshi
tashkil qilinganligi va davlatning qo‘llab-quvvatlashi tufayli «Xokkaydo» zonasi
mintaqaning ko‘proq dinamik rivojlanayotgan savdo va distribyutorlik markaziga
aylangan.
Yaponiyada shuningdek erkin savdo zonalarining “bond zonalari” deb ataluvchi
(ularda boj to‘lanmaydigan tovarlar saqlanadigan bojxona omborlari) turi ham
faoliyat ko‘rsatadi, ular 5 ta toifaga bo‘linadi:
Moliya Vazirligining tasarrufida bo‘lgan bond zonalari. Portlar yaqinida
joylashgan bu zonalarda xorijiy yuklar (eksport yoki import uchun mo‘ljallangan
yoki tranzit bilan o‘tadigan yuk partiyalarini ham o‘z ichiga olgan holda) tushirilishi,
tashilishi va bir oy davomida saqlanishi mumkin. Bu vaqtinchalik hududlardan
bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish davrida
foydalanilishi mumkin. Ulardan tashqi iqtisodiy faoliyatning har qanday
ishtirokchisi ma’lum bir haq evaziga foydalanishi mumkin;
Bojxona boshlig‘ining ixtiyorida bo‘lgan - bond zonalari bajaradigan xuddi o‘sha
funksiyalarni bajaradigan bond angarlari;
Bojxona omborlari, bu yerda xorijiy yuklar ikki yil davomida saqlanishi mumkin
(maxsus ruxsatnoma bo‘lgan taqdirda bundan ham uzoqroq), yuk bojxona omborida
bo‘lgan butun davr davomida u bojxona bojiga tortilmaydi;
Bond korxonalari, bu yerda ular uchun bojxona bojlarini to‘lamasdan xorijiy
materiallardan tovarlar ishlab chiqarishga ruxsat berilgan;
Bond ko‘rgazma zonalari – xalqaro ko‘rgazmalarni o‘tkazish uchun maxsus
ajratilgan hududlar. Ular bojxona boshlig‘ining ixtiyorida bo‘ladi. Bu tizim xorijiy
mamlakatlar tomonidan o‘tkaziladigan xalqaro ko‘rgazmalar va ekspozitsiyalarni
muvofiqlashtirishni osonlashtirish uchun o‘ylab topilgan. Xorijiy yuklar
soddalashtirilgan sxema bo‘yicha bojxona deklaratsiyasi to‘ldirilgandan keyin
foydalanilishi yoki ekspozitsiyaga qo‘yilishi mumkin.
Shunday qilib, mintaqalarni rivojlantirishning samarali instrumenti bo‘lib
hisoblanadigan erkin iqtisodiy zonalar Yaponiyada keng tarqalishga ega bo‘lgan.
Biroq ularning shakllanishi va rivojlanishi o‘zining o‘ziga xos spesifikasiga ega.
Xususan, Yaponiya uchun EIZ lar, ayniqsa ilmiy-texnik tipdagi zonalar uchun
shakllanish va rivojlanish jarayonida davlatning faol ishtiroki xarakterli.
3.Xitoy Xalq Respublikasi (XXR). Hozirgi kunda XXR da 4 ta maxsus iqtisodiy
zonalar
(Shenchjen,
Chjuxay,
Shantou,
Syamen);
Fuszyan
dengizbo‘yi
provinsiyasining janubidagi iqtisodiy uchburchakda joylashgan Xebey dengizbo‘yi
provinsiyasi, Gaunsi-Chjuan avtonom rayoni, shuningdek Yanszi va Chjuszyan
daryolarining deltalari va Shandun hamda Lyaodun yarim orollarida joylashgan 14
ta ochiq dengizbo‘yi shaharlari; 14 ta erkin (bojsiz) savdo zonalari (Tyanszin
portining bojsiz zonasi, Vaygaosya, Dalyan, Shatouszyao, Futyan, Guanchjou,
Chjanszyangan, Xaykou, Sindaoya, Ninbo, Fuchjouya, Syan’yuy, Shantou va
Chjuxayya bojsiz zonalari); 13 ta ochiq chegaraoldi shaharlari (Xunchun (Szilin
provinsiyasi), Suyfenke va Xeyxe (Xeylunszyan provinsiyasi), Manchjuriya va
Erlyan-Xoto (Ichki Mongoliya avtonom rayoni), Tachen, Bole va Inin (Sinszyan-
Uyg‘ur avtonom okrugi), Xekou, Vandin va Juyli (Yuannan provinsiyasi), Pinsyan
va Dunsin (Guansi-Chjuan avtonom rayoni)); 53 ta yuqori va yangi texnologiyalar
zonalari, xorijda ta’lim olgan mutaxassislar uchun 70 dan oshiq ilmiy-texnik
zonalar, 38 ta eksportga yo‘naltirilgan mahsulotga ishlov beradigan zonalar,
shuningdek 1988 yilda yaratilgan Xaynan erkin iqtisodiy zonasi va Xuanpu
daryosining sharqiy qirg‘og‘ida Shanxayning eski qismining ro‘parasida joylashgan
Pudun erkin iqtisodiy zonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Iqtisodiy islohotlarning boshlanishi va “ochiq eshiklar siyosati” ga o‘tish
Guandun va Fuszyan janubiy provinsiyalarga 1980 yilda o‘zlarining hududida
maxsus iqtisodiy zonalarni yaratish yo‘li bilan mustaqil iqtisodiy siyosat yurgizish
imkonini bergan, bu zonalar keyinchalik Xitoy iqtisodiyotining ajralmas tarkibiy
qismiga aylangan.
Maxsus iqtisodiy zonalarning (MIZ) yaratilishi Xitoy hukumatining muhim
qadami bo‘lib hisoblanadi. 30 kv km dan oshiq maydonga ega bo‘lgan hududda
spesifik iqtisodiy siyosat yurgiziladi va G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridagi “erkin
savdo portlari” ning amaliyotini eslatuvchi maxsus iqtisodiy boshqaruv tizimi
amalga oshiriladi: tashqi bozorga yo‘naltirilish va soliq va bojxona imtiyozlarini
ko‘zda tutish, soddalashtirilgan ro‘yxatga olish protseduralari va boshqa
protseduralar, tadbirkorlik faoliyatini reglamentlashning yumshatilgan rejimini
ko‘zda tutish bilan MIZ asosan eksportga yo‘naltirilgan ishlov berish sanoatiga
tayanadi va ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlanmalari, ishlab chiqarish va
savdoni yagona majmuaga birlashtiradi. Xitoy MIZ larning maqomi ba’zi bir
mamlakatlarda mavjud bo‘lgan eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarga ishlov
beradigan zonalarning maqomidan ham, u Xitoyga qo‘shilgandan keyin qonuniy
ravishda rasmiylashtirilgan Syangan maxsus ma’muriy rayonining (MMR)
maqomidan ham farq qiladi. MMR ni tashkil qilishdan maqsad – xorijiy
investitsiyalarni jalb qilish, ilg‘or yuqori va yangi texnologiyalarni olib kirish,
xorijiy sheriklarning boshqarish tajribasini “qarzga olib turish”, XXR fuqarolari
uchun qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish, xodimlar tarkibining sifati va xo‘jalik
yuritish darajasini oshirish bo‘lib hisoblanadi.
Xitoyda MMR larning rivojlanishini 3 ta bosqichga ajratish qabul qilingan.
Birinchi bosqichda (5-7 yil) ishlab chiqarish, muhandislik, transport, ijtimoiy va
boshqa infratuzilmalar shakllantiriladi, xorijiy kapital, texnika va texnologiyalar jalb
qilinadi, boshqarish ko‘nikmalari hosil qilinadi, tashqi iqtisodiy aloqalar yo‘lga
qo‘yiladi.
Ikkinchi
bosqich
(xuddi
shunday
davomiylikdagi)
iqtisodiy
rivojlanishning tashqi yo‘naltirilgan modeliga, iqtisodiy tuzilmada savdo va
ixzmatlar sohasining katta solishtirma og‘irligidan sanoat va tashqi iqtisodiy
faoliyatning ustivorligiga o‘tish bilan bog‘lanadi, shu bilan birgalikda an’anaviy
faoliyat tarmoqlarida ilg‘or texnologiyalarni qo‘llashning o‘sishi va ularning
modernizatsiyalanishi kuzatiladi, 50-60% investitsiyalarni xorijiy kapital hisobiga
amalga oshirish, eksportning ulushini esa umumiy ishlab chiqarishdan 70% gacha
yetkazish maqsad qilib qo‘yiladi. Uchinchi bosqich yetilgan faza bo‘lib hisoblanadi,
u an’anaviy ishlab chiqarish tarmoqlarini rekonstruksiyalash, ilmtalab va yuqori
texnologiyali tarmoqlar ulushining katta bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Shunday qilib,
iqtisodiy tizimni 20 yil davomida isloh qilish natijasida Xitoyda MMR ning xorijiy
investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay bo‘lgan nisbatan mukammal rejim
shakllangan. XXR da MMR larning o‘ziga xos rivojlanishiga Shenchjen maxsus
iqtisodiy zonasi misol bo‘lib xizmat qila oladi, u 1980 yil avgustda, “Guandun
provinsiyasida maxsus iqtisodiy zonalarni tartibga solish to‘g‘risida” gi Qonun
qabul qilingandan keyin rasmiy maqomga ega bo‘lgan va 20 yillik iqtisodiy
rivojlanish davomida mamlakatning hatto Pekin, Tyanszin, Shandun, Shanxay,
Fuszyan i Guandun kabi eng yirik iqtisodiy markazlaridan ham anchagina o‘zib
ketgan. 327,5 kv km maydonni va materikdagi Xitoydan ajratib olish bilan
Gonkongning bir qismini egallagan Shenchjen MMR eng tez rivojlanayotgan zona
bo‘lib hisoblanadi. Masalan, 1980–2001 yillarda uning YaIM ning o‘sishi 29,5% ni,
sanoat mahsulotiningg o‘sishi – 45% ni va tashqi savdoning o‘sishi – 39% ni tashkil
qilgan, bu davrda xorijiy investitsiyalarning har yillik real o‘sishi esa 28% darajasida
bo‘lgan. Shu sababli keyingi 9 yil davomida shahar tashqi savdo hajmlari bo‘yicha
mamlakatda birinchi, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha – ikkinchi,
mahalliy byudjetga daromad keltirish va real xorijiy investitsiyalarni jalb qilish
bo‘yicha uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Bu yerda ikkilamchi va uchlamchi sanoat
ishlab chiqarishi ustivorlik qiladi, xususan, 2000 yilda birlamchi, ikkilamchi va
uchlamchi sektorlarning nisbati 0,9 : 52,6 : 46,5 ni, ushbu sektorlarga xorijiy
investitsiyalarning nisbati esa – 0,2 : 63,3 : 36,5 ni tashkil qiladi.
Bugungi kunda Xitoydagi EIZ lar quyidagi ajralib turuvchi chizgilarning borligi
bilan tavsiflanadi: yuqori va yangi texnologiyalar zonalari yoki Amerikadagi
texnoparklarning analoglari, ularning ulushiga milliy YaIM ning 4% i va eksport va
importning jamlanma qiymatining 10%i to‘g‘ri keladi, ular zamonaviy iqtisodiy
iqtisodiyot uchun strategik ahamiyatga ega. 1991 yildan buyon ularning asosiy
ko‘rsatkichlari har yili o‘rtacha 40% ga o‘sganligi fakti ularning XXR da iqtisodiy
tuzilmalarni
optimallashtirish
fonida
yuqori
va
yangi
texnologiyalarni
rivojlantirishda asosiy harakatlantiruvchi kuchga aylanganidan dalolat beradi.
Natijada 2003 yilda ular shiddat bilan rivojlanishda davom etgan va mamlakatga
birinchi marta 2 trln yuanidan oshiq (240 mlrd dollar) daromad keltirgan, bu oldingi
yilning xuddi shu ko‘rsatkichidan 32% ga oshiq bo‘lgan. Bunda «Chjunguansun»
ilmiy-texnik o‘zlashtirishning Pekin zonasi va yangi va yuqori texnologiyalarni
o‘zlashtirishning Shanxay zonasida joylashgan yuqori texnologiyali korxonalarning
mahsulotini sotishdan kelgan daromadlar 150 mlrd yuanidan (18 mlrd dollar) oshiq
bo‘lgan.
Shunday qilib, har xil tipdagi EIZ larni yaratish asosidagi hududiy-iqtisodiy
ochiqlikning Xitoy modeli o‘ta realistik bo‘lib hisoblanadi va bozor iqtisodiyotiga
nisbatan og‘riqsiz o‘tish, xalqaro mehnat taqsimoti tizimiga va mamlakatlar va
mintaqalarning tashqi iqtisodiy tizimiga bosqichma-bosqich kirish imkonini beradi.
Xitoy qukumati kuchli erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etar ekang erkin iqtisodiy
zonalar rivojlanishining strategax yo‘nalishlarini belgilab berdi, ular oldiga aniq
maqsad va vazifalarni qo‘ydi va ularni amalga oshirdi.
Bu maqsad va vazifalarning asosiylari quyidagilardan iborat:
Birinchidan, erkin iqtisodiy zonalar zamonaviy iqtisodiy munosabatlarni
barqarorlashtirish va Xitoy tashqi iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri
- " tashqi dunyo uchun ochish" tamoyilini hayotga tatbiq etishga yordam berdi;
Ikkinchidan, erkin iqtisodiy zonalar siyosiy va iqtisodiy tomonidan, barcha
mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarning sezilarli darajada o‘sishiga
kuchli turtki bo‘ldi va ''Xitoy sotsialistik bozor iqtisodiyoti - jahsn iqtisodiyoti"
zanjirida o‘ziga xos muhim xalqaga aylandi.
Uchinchidan, xorijiy investorlar uchun ochiq hisoblangan erkin iqtisodiy zonalar
nafaqat, yuqorida qayd etilgan hududlar, balki Markaziy, Shimoliy — G‘arbiy va
Janubiy — G‘arbiy rayonlarga xorijiy investitsiyalarni, zamonaviy texnologiya va
uskunalarni jalb etish bilan bog‘liq tashqi iqtisodiy siyosatning muhim yo‘nalishini
amalga oshirishda katta rol o‘ynadi.
To‘rtinchidan, erkin iqtisodiy zonalar rivojlangan mamlakatlar kabi fan va
texnikaning eng yangi natijalaridan, yuqori va unumli mehnatdan, zamonavii ishlab
chiqarish munosabatlaridan, xo‘jalik yuritishning yangi shakllaridan foydalanadigan
o‘ziga xos labaratoriya vazifasini bajardi.
Beshinchidan, erkin iqtisodiy zonalar qulay geoiqtisodiy joylashuvidan, boy
tabiiy — iqtisodiy resurslaridan, shu hududda nstiqomat qilayotgan axolining
malakali mehnatidan samarali foydalanishi, shuningdek, xorijiy investitsiyalarni
keng miqyosda jalb etishi sharoitida qisqa muddatlarda yuqori iqtisodiy rivojlanish
sur’atlariga, ushbu hududda istiqomat qilayotgan axolining farovonligini muttasil
oshirib borishga erishdilar.
Oltinchidan,
erkin iqtisodiy
zonalar
Xitoyning qoloq
xududlari
uchun ijobiy namuna, ichki mzshaffaqiyatlarni ko‘rsatuvchi o‘ziga xos vitrina,
shuningdek, Xitoy iqtisodiyotini oldinga yetaklovchi lokomotiv vazifasini
bajardilar;
Yettinchidan, xorijiy investorlar uchun ochiq bo‘lgan eryush iqtisodiy zonalar
eksportga yo‘naltirilgan sanoat ishlab chpqarish turlari barpo etiladigan xudud
hisoblanadi. Mazkur korxonalar mahsulotlari Xitoyning barqaror xalqaro savdosini
kengaytirish, uning jahon iqtisodiyotidagi mavqeni mustahkamlash bilan bog‘liq
muammolarni xal etishga yordam berdi;
Xitoy hukumati erkin iqtisodiy zonalar uchun ushbu va boshqa shunga o‘xshash
murakkab vaznfalarni belgilab berar ekan, ushbu zonalarga har tomonlama samarali
yordam berdi. Hukumat erkin iqtisodiy zonalarning muvaffaqiyatli faoliyat
ko‘rsatishi uchun qulay sharoitlarni barpo etishga yo‘naltirilgan qator chora —
tadbirlarni amalga oshirdi.
Bu sohada, eng avvalo, qonuniy va me’yoriy asoslarini tartibga solish bo‘yicha
ishlar amalga oshirildi. XX asrning 80-yillar oxirlari va 90-yillar boshlarida, xorijiy
investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatini tartibga soluvchi, 200 dan ortiq
qonun va me’yoriy hujjatlar amal qilar edi. Bu qonunlar orasida "Xitoy Xalq
Respublikasining Xitoy—xorijiy qo‘shma korxonalar to‘g‘risidagi Qonuni'gni
(1979 yil 8 iyul), "XXRning Xitoy xorijiy qo‘shma korxonalarini soliqqa tortish
to‘g‘risidagi qonuni"ni (1980 yil 10 sentyabr), "XXRning iqtisodiy shartnomalar
to‘g‘risidagi Qonuni"ni (1985 yil 21 mart), "XXRning 100 foizli xorijiy korxonalar
to‘g‘risidagi Qonuni"ni (1986 yil 12 aprel), "XXRning Xitoy -xorijiy kooperativ
korxonalari to‘g‘risidagi qonuni"ni (1988 yil 13 aprel), "XXRning Xitoy va xorijiy
kapitalga asoslangan qo‘shma korxonalar to‘g‘risidagi qonuniggni va boshqalarni
alohida ko‘rsatish mumkin. Ushbu hujjatlarda xorijiy tadbirkorlarning huquq va
majburiyatlari, ularning imtiyozlari aniq ko‘rsatib berilgan.
Xitoy iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarni jalb etishning muhim omillari.Jahon
xo‘jaligida globallashuv jaryonlari kuchayib borayotgan va milliy xo‘jaliklarning
jahon iqtisodiyotiga bog‘liqligi ortib borayotgan bir sharoitda, Xitoyda barqaror
iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning muhim shartlaridan biri, xalqaro iqtisodiy
munosabatlardagi bo‘layotgan o‘zgarishlarni amalga oshirish, XXR tashqi iqtisodiy
faoliyatini
erkinlashtirish
va
mamlakatning
jahon
xujalik
tizimiga
integratsiyalashuvini ta’minlash masalalarini hal etish bilan bog‘liq ekanligi yaqqol
ko‘rinib qoldi.
20- asrning 70 — yillari oxirlaridan boshlab, Xitoy ochiq iqtisodiyot asoslarini
yaratishga kirishdi, sotsialistik mamlakatlarga yo‘naltirilgan bir tomonlama
iqtisodiy aloqalarga barham berildi. Bu esa, mamlakatning xalqaro iqtisodiy
munosabatlar tizimiga tub o‘zgarishlar kiritdi hamda iqtisodiy o‘sish uchun
mustahkam poydevor yaratdi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Xitoy iqtisodiyotini modernizatsiyalash,
mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini jahon standartlari darajasiga
chiqarish uchun, teng huquqlilik, o‘zaro manfaatdorlik asosida barcha mamlakatlar
bilan savdo — iqtisodiy munosabatlarini izchil kengaytirib bordi. Shu munosabat
bilan, Xitoy hukumati tashki savdo aylanmasini kengaytirishga yo‘naltirilgan qator
chora — tadbirlarni amalga oshirdi. Xususan, ilg‘or texnologiya va zamonaviy
uskunalar importini rag‘batlantirish, boshqa mamlakatlar va transmilliy banklardan
qarz va kreditlar olishga ko‘maklashish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.
Davlat o‘z vaqtida eski an’analardan voz kechishga erishdi va ko‘shma
korxonalar barpo etish uchun, xorijiy investitsiyalarga ruxsat berdi. Xorijiy
investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar ikki shaklda: Xitoy va xorijiy mamlakat
kapitali asosida hamda yuz foizlik xorijiy investitsiyalar asosida tashkil etildi.
Tashki iqtisodiy faoliyatni jadal rivojlantirishga qaratilgan muhim chora —
tadbirlardan biri erkin iqtisodiy zonalarning turli ko‘rinishlari: alohida iqtisodiy
zonalar, ochiq (dengiz bo‘yi shaharlari, ochiq port shaharlari vaboshqalarni) tashkil
etish bo‘ldi.
Bu zonalarning tashkil etilishi mamlakat iqtisodiyotiga yirik miqdordagi xorijiy
investitsiyalarni jalb etish, yangi ish o‘rin larini barpo etish, ishlab chiqarishni yangi
texnika va ilg‘or texnologiya asosida modernizatsiyalash imkonini berdi. Bu
gadbirlarning barchasi mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga, eng avvalo tashqi iqtisodiy
aloqalarning sezilarli darajada rivojlanishiga olib keldi.
Xitoyda xalqaro savdoni izchil kengaytirish va xorijiy investitsiyalarni jalb
etishning muhim omili sifatida erkin iqtisodiy zonalarga alohida e’tibor karatiladi.
Keyingi yillarda xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida shu qadar ko‘p
muvaffaqiyatlarga erishildiki, xorijiy investorlarga taqdim etilgan imtiyozlarning bir
qismi bekor qilindi. Masalan, 1996 yilda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi
korxonalar tomonidan kiritilayotganmashina, uskunalar va materiallarga boj
to‘lovlari qayta joriy etildi. Biroq bu chora -tadbirlarni Xitoy hukumatining xorijiy
investitsiyalarni jalb etishni chegaralashga qaratilgan xatti harakatlari deb tushunish
noto‘g‘ri bo‘lar edi. Bu chora — tadbirlar iqtisodiy rivojlanish strategiyasining
ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqayotgan xarakatlardir.
Erkin iqtisodiy zonalar hozirgi kunda ham muvaffaqiyat bilan rivojlanmoqda.
Xitoyning hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini erkin iqtisodiy zonalarsiz
tasavvur etish qiyin.
Bu sohada qonuniy — me’yoriy xujjatlarni takomillashtirish ishlari davom
etgirilmoqda. Masalan, eksportga mahsulot ishlab chiqarayotgan korxonalarga
solinadigan daromad solig‘i 10 foizni, erkin iqtisodiy zonalardagi korxonalarga —
15 foizni va boshqa hududlarda 30 foizni tashkil etadi. Ko‘p xollarda qo‘shma
korxonalar 2-5 yilga daromad solig‘idan ozod qilinganlar. Erkin iqtisodiy zonalar
eksporta boj to‘lovlaridan ozod qilingan va litsenziyalanmaydi. Bojxona nmtiyozlari
to‘trisida fikr yuritadigan bo‘lsak, qo‘shma korxonalar erkin iqtisodiy zonalarga olib
kirilayotgan ishlab chiqarish maqsadidagi tovarlarga boj to‘lovlari tulamaydilar.
Umuman olganda, Xitoy Xalq Respublikasidagi erkin iqtisodiy zonalar uchun
quyidagi xususiyatlar xos:
mamlakatning boshqa rayonlariga nisbatan, bozor munosabatlari soqasida
erkinlikning yuqoriligi;
xorijiy investitsiyalarga tayanish;
sanoat tarmoqlari rivojlanishiga ustuvorlik berilishi;
ishlab chiqarishning eksportga yo‘naltirilganligi;
xorijiy xom ashyolarni keng jalb etish;
xorijiy investorlarga imtiyozlar va alohida ustunliklarning taqdim
etilganligi;
ishchi kuchining arzonligi va ortiqchaligi;
qulay geografik joylashuvi.
Bu imtiyozlarning barchasi XXRda erkin iqtisodiy zonalar shakllanishiga va
muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishiga olib keldi.
Shunday qilib, XXR dengiz oldi mintaqasida, chet el sarmoyalarini jalb etish
uchun, imtiyozli tartib o‘rnatilgan hududlarning tashkil etilishi, mamlakatga zararli
omillar ta’siridan holi bo‘lishga katta yordam berdi.
Birinchidan, ularning o‘zgarayotgan shart - sharoitlarga o‘ta xushyorlik bilan
qarashi va tez moslashishi jihatidan ajralib turadigan maxsus hududlarni
rivojlantirish bo‘yicha, oldindan puxta o‘ylangan, uzoq muddatga mo‘ljallangan
strategiyasining mavjudligi, diqqatni o‘ziga jalb etadi. Deyarli, 10 yil mobaynida,
tajriba usulida, alohida iqtisodiy hududlar (1979 yil), maxsus mintaqaviy shakllanish
tizimi, o‘zining texnik - iqtisodiy rivojlanish hududlariga ega bo‘lgan ochiq
shaharlar (80 - yillar o‘rtasi) hamda ochiq mintaqalar (1987 yil) yaratildi va ular
muayyan
faoliyat
ko‘rsata
boshladilar.
Natijada,
Xitoyning
dengiz-oldi
provinsiyalari va shaharlarida qulay tashkiliy muhit shakllangan bo‘lib, chet el
sarmoyadorlari uchun, xitoy bozoriga, uning ustivorligiga qarab, chiqish yo‘lini
tanlash imkoniyatlari tug‘ildi.
Ikkinchidan, Xitoy hukumatining siyosiy ustivorliklari shundan iborat bo‘ldiki,
- aniq ko‘zlangan maqsad ishlab chiqilgan (Xalq iste’mol mollarini ishlab chiqarish,
eksport va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish) va chet el sarmoyalarini
joylashtirish shart- sharoitlari tegishli tarzda farqlangan bo‘lib, chet el sarmoyasini
qabul qiluvchi tomon manfaatlarini qanchalik aniq hisobga olsa, ular, shunchalik,
tez va oson joylashtirildi. Mamlakatning nisbatan, kichik maxsus iqtisodiy
zonalarida,
shuningdek,
eksportga
mo‘ljallangan
tovarlar
va
yuqori
texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish shakllantirilgan bo‘lib, texnik -
iqtisodiy rivojlanish kompakt holda joylashtirilgan zonalarida anchagina imtiyozli
tartiblar o‘rnatildi. Shu bilan birga, mamlakatda tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida
ham dadil tajribalar olib borilishiga imkon yaratildi. Mana shu hududlarda amalga
oshirilgan islohotlarning mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri sezilarli bo‘ldi. Ularda
ochilgan shaharlar va mintaqalar, nisbatan kamroq imtiyozlarga ega bo‘lsalarda,
biroq, ularga o‘ziga yetarli darajada, keng shart - sharoitlar yaratib berildi.
Uchinchidan, chet el omonatchilari uchun, zonalarning turiga qarab, ularning
joylashtirish shart-sharoitlari aniq va tartibli bo‘lishi alohida ahamiyatga egadir. Bu
shart-sharoitlar (soliqqa tegishli imtiyozlarning kattaligi, yer va binolarni ijaraga
berish narxi va muddatlari, bojxona imtiyozlari va boshqalar) bilan ular, zonalarning
axborot markazlarida osongina tanishib chiqishlari mumkin.
To‘rtinchidan, Xitoy rahbariyati, sarmoyalarni qabul qilish uchun, hududlar
infratuzilmasini loyihalashtirish va oldindan tayyorlash yuzasidan katta moliyaviy
xarajatlar qilishga ongli ravishda yondoshdi. Bunda, ko‘proq dotatsiyalardan emas,
balki, moliyalashning qaytariladigan shakllari - davlat banklarining imtiyozli
kreditlaridan foydalanildi. (7-10 yil muddatga, yiliga 4 foizdan to‘lash sharti bilan).
Xitoy tijorat banklari mablag‘lari va "Xuasyao" bank kapitalidan foydalanildi.
Davlat bank muassasalarining kreditlari, hududlarning texnik - iqtisodiy jihatdan
asoslab berilgan va aniq ishlab chiqarilgan loyihalari bo‘yicha berildi. Ko‘pgina
hududlar 5-8 yil davomida, korxonalar faoliyatiga qatnashuvchilarga, soliq
to‘lovlarini o‘z byudjetida to‘plash huquqini berdilar. Hozirgi vaqtda, zonalarning
ko‘p qismi olingan qarzlar bo‘yicha hisob-kitob qilishni boshlash uchun yetarli
mablag‘larni jamgardi.
Beshinchidan, barcha hududlar va alohida rayonlar tizimi makroiqtisodiy
darajada (mamlakat hukumatidagi maxsus organlar, provinsiyalar, shaharlar),
shuningdek, hududlarning ichida samarali boshqariladi. Ularning tashkiliy
shakllarini turli-tumanligi va bosh tamoyillariga asoslanganligi, barcha tashkiliy
masalalarni tezkorlik bilan hal qilishda, sarmoyadorlar uchun qulay bo‘lgan vosita
bo‘lib xizmat qilishga tayyor ekanligi bilan ajralib turadi.
Alohida maxsus hududlar va texnik iqtisodiy rivojlanish zonalarining katta qismi,
ular barpo etilgan vaqtdan boshlab, chet el kapitali ishtirokidagi yetarli darajada
rivojlangan ishlab chiqarish majmualariga aylandi. Zonalarda joylashgan va
mahsulot ishlab chiqara boshlagan korxonalar soni - 10tadan, (texnik-iqtisodiy
rivojlanish zonalarida), 100 tagacha (Shenchjen) tebranib turdi. Hozirgi kunda,
(2006-2008 yy.), mazkur zonalar barqaror sur’atlar bilan rivojlanib borib, Xitoy
hukumatining bu yo‘nalishda amalga oshirayotgan ishlari samaradorligi - ushbu
maxsus zonalarga, mamlakatga jalb qilingan chet el sarmoyalarining deyarli 60
foizini kirib kelganligi bilan, asoslanadi.