EKINLARNING RIVOJLANISH FAZALARINI PROGNOZ QILISH
Mashg‘ulotning maqsadi: Ekinlarni fenologik prognoz qilish prognozlash
tartibini o‘rganish.
Topshiriqlar:
1. Agrometeorologik prognozlar haqida tushunchaga ega bo‘lish;
2. O‘simliklarning rivojlanish fazalarini prognoz qilishni o‘rganish;
3. Rivojlanish fazalarining boshlanish vaqtini prognoz qilishni o‘rganish.
Kerakli materiallar va asboblar: bir yillik va ko‘p yillik havo haroratlari,
namligi haqidagi ma’lumotlar, o‘simliklarning issiqlikka bo‘lgan talablari haqida
ma’lumotlar va jadvallar, ish daftari, ob-havo haqidagi max’ulotlar va. h.
1.1. Agrometeorologik prognozlash haqida tushuncha
Qishloq xo‘jaligiga agrometeorologik xizmat ko‘rsatishning muhim
turlaridan bir ekinlarning o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi, issiqlik va namlik bilan
ta’minlanishi bo‘yicha amalga oshiriladigan prognozlardir.
Agrometeorologik stansiyalarda ekinlarning issiqlik va namlik bilan
ta’minlanishi o‘simliklarning qishlash sharoiti, fenologik fazalari prognoz qilib
boriladi. Bu prognozlar hosildorlikni oshirish uchun mavjud resurslardan to‘la
foydalanish imkonini beradi. Prognozlar o‘simliklarni oldindan noqulay ob-havo
sharoitidan, suvsizlikdan, haroratlar yig‘indisining yetishmasligi yoki aksincha
haroratning yuqori (ortiqcha) bo‘lishini oldini olish choralarini ko‘rish imkonini
beradi.
Agrometeorologik prognozlash usullari ichida ko‘p qullaniladigan statistik
usuldir. Bu usul prognoz qilinadigan kattaliklarni agrometeorologik omillarga
bog‘liqligiga asoslangan. Keyingi yillarda dinamik modellarga asoslangan
1
prognozlar qilish ijobiy natijalar bermoqda. Bu xildagi prognozlarda barcha omillar
bo‘yicha prognozlar birlashtirilib, asosiy masala o‘simlikning rivojlanish
dinamikasini yaxshilash va hosildorliginini oshirishga qaratiladi.
Qishloq xo‘jalik ekinlari to‘g‘risida prognoz qilish uchun agrometeorologik
sharoit va ekinlar rivojlanishi to‘g‘risida parallel ma’lumotlarga ega bo‘lish zarur.
Prognozni amalga oshirish uchun havo harorati, namligi, tuproq namligi, uzoq
muddatga mo‘ljallangan ob-havo prognozlari, agroiqlim spravochniklari, atlaslari
va meteorologik stansiyalarning ma’lumotlari zarur bo‘ladi.
15.2. O‘simliklarning rivojlanish fazalari prognozlari
Fenologik prognozlar deganda o‘simliklarni rivojlanish fazalarining
boshlanishini oldindan prognoz qilish tushuniladi. O‘simlikning tashqi morfologik
o‘zgarishlarining sodir bo‘lishi, yangi elementlarning paydo bo‘lishi rivojlanish
fazalarining boshlanishi vaqtini bildiradi. O‘simlikning rivojlanishida yorug‘lik,
issiqlik va namlik eng muhim omillardan hisoblanadi. Ayniqsa issiqlik bilan
namlik bir biriga bog‘liq bo‘lib, O‘zbekiston sharoitida ekinlar nam bilan sun’iy
sug‘orish orqali ta’minlanishini hisobga olsak, etarli harorat bilan ta’minlanish
masalasi asosiy o‘ringa chiqadi. Har bir o‘simlik o‘z hayotini ma’lum
diapazonidagi havo haroratida davom ettiradi. Biologik minimumda urug‘ unib
chiqishi boshlansa, maksimumdan keyin o‘simlikning rivojlanishi to‘xtaydi.
Ko‘pchilik madaniy ekinlarning biologik minimum +5 oC dan boshlanadi.
Issiqsevar o‘simliklar uchun biologik minimum harorat +10-15 oC oralig‘ida
bo‘ladi (oshqovoq, g‘o‘za, makkajo‘xori va h.k.).
Biologik minimum va maksimum haroratlar o‘rtasida biologik optimum
harorat yotadi. Bularning barchasi o‘simlik uchun samarali haroratlar yig‘indisiga
kiradi. Har qanday o‘simlik biomassa to‘plashi uchun ma’lum darajadagi samarali
haroratlar yig‘indisini to‘plashi lozim bo‘ladi. Har bir rivojlanish fazasi uchun ham
alohida miqdordagi samarali haroratlar yig‘indisi kerak bo‘ladi. Buni hisoblash
2