EKOLOGIK MUAMMOLAR. TABIATNI MUHOFAZA QILISHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI. BIOSFERA TUSHUNCHASI
Yuklangan vaqt
2024-08-29
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
57
Faytl hajmi
1,7 MB
1
EKOLOGIYA VA TABIATNI MUHOFAZA QILISH” FANINING
PREDMETI, VAZIFALARI, MAQSADI VA TARIXI. EKOLOGIK
MUAMMOLAR. TABIATNI MUHOFAZA QILISHNING ILMIY
NAZARIY ASOSLARI. BIOSFERA TUSHUNCHASI.
REJA:
Tayanchso’zlar: Ekologiya, autekologiya, populyatsiyalar ekologiyasi,
sinekologiya, biosfera, inson ekologiyasi, ijtimoiy ekologiyasi, ekologik
muammolar, modellashtirish, biologik resurs, atrof-muhit. Muhit, sun’iy muhit,
ekologik omil, abiotik omillar, biotik omillar, relef, antropogen omil, bilvosita,
bevosita, kimyoviy moddalar, fitogen, zoogen, mikrobiogen, optimum zona,
maksimum, minimum, individ. Biosfera, litosfera, gidrosfera, tirik modda, o’lik
modda, oraliq modda, biogenmodda, biogeokimyoviy, energetik xususiyat,
fotosintez, oksidlanish-qaytarilish, parchalanish, transport xususiyati
Reja:
1. Ekologiyaning maqsadi, o’rganish usullari
2. Ekologiya fanining vazifalari
3. Ekologiya fanining bo’limlari
4. Ekologiyaning tarixi
5. Ekologiyada muhit tushunchasi.
6. Ekologik omillar va ularning tasnifi.
7. Ekologik omillar: tirik organizmlarga ta’sir etish umumiy qonuniyatlari.
2
8. Organizm va moslashish.
9. Biosfera haqida Vernadskiy ta’limoti.
10. Biosfera chegaralari va tarkibiy qismlari
11. Biosferadagi moddalarning xossasi va funktsiyalari.
12. Biosferada moddalarning aylanishi.
Ekologiya biologiya fanlari qatoridagi mustaqil fan hisoblanadi. ekologiya
tushunchasi fanga birinchi bo’lib 1866 - yilda nemis biologi E.Gekkel tomonidan
kiritilgan. Ekologiya – yunoncha so’z bo’lib, uning ma’nosi tirik organizmlarning
yashash sharoiti yoki tashqi muhit bilan o’zaro munosabatini bildiradi.
Umumiy ekologiya to’rt bo’limga bo’lib o’rganiladi: autekologiya,
populyatsiyalar ekologiyasi, sinekologiya va biosfera.
1. Autekologiya ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan o’zaro
munosabatini, turlarning qanday muhitga ko’proq va uzviy moslashganligini
o’rganadi.
2. Populyatsiyalar ekologiyasi populyatsiyalar tuzilmasi va dinamikasi,
ma’lum sharoitda turli organizmlar sonining o’zgarishi (biomassa dinamikasi)
sabablarini tekshiradi.
3. Sinekologiya biogeotsenozning tuzilishi va xossalarini, ayrim o’simlik va
hayvon turlarining o’zaro aloqasini hamda ularning tashqi muhit bilan
munosabatini o’rganadi.
4. Ekotizimlarni tadqiq qilishning rivojlanishi biosfera haqidagi ta’limotni
vujudga keltiradi. Ushbu ta’limotning asoschisi V.I.Vernadskiy hisoblanadi.
Sayyoramizda tarqalgan organizmlar, ya’ni Yer qobig’idagi mavjudotlar tizimi
biosfera deb ataladi.
Bugungi kunga kelib ekologiya sof biologik fanlar tizimidan chiqib, mazmuni
kengayib bormoqda. Atrof-muhitga zamonaviy fan va texnika taraqqiyotining
ta’siri natijasida ekologiya tushunchasi o’ta kengayib ketdi. Fanga “inson
3
ekologiya”si degan atama ham kirib keldi. Insonni tashqi muhitga munosabati
boshqa tirik organizmlardan tubdan farq qiladi.
Inson ekologiyasi yangi fan sifatida 1921 yil amerikalik olimlar Borjes va
Park tomonidan kiritildi. Dastlab inson ekologiyasi tibbiy soha bo’limi sifatida
qaralib, keyinchalik uning ijtimoiy, texnik, me’moriy, iqtisodiy va huquqiy
tomonlari ham o’rganildi. Inson ekologiyasi insonni atrof-muhitga va aksincha,
muhitning insonga ta’sirini o’rganadi. Inson ekologiyasini o’rganish natijasida
ijtimoiy ekologiya vujudga keldi. Unga birinchi bo’lib Raderik Mak Kenzil ta’rif
bergan.
Ijtimoiy ekologiya ijtimoiy fanlardan biri hisoblanib, uning predmeti inson
bilan uning atrof-muhit o’rtasidagi xususiy bog’lanishlarini o’rganishdan iborat.
Shunday qilib, ekologiya bugungi kunda tibbiy va ijtimoiy fanlar jumlasiga
kirib, o’rganilayotgan ob’ekt yoki tizimni atrof-muhit bilan munosabatini keng
miqyosda tadqiq etadi. Bir hujayrali sodda tuzilishdagi bakteriyalar, zamburug’lar,
o’simlik, hayvonlar va ularning hamjamoalari, biosfera, shuningdek inson ham
ekologiya fanining ob’ekti bo’lib xizmat qiladi.
Ekologiya fani tabiat bilan tirik organizmlarning uzviy bog’lanishini ifoda etar
ekan, u shubhasiz, tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asosini tashkil etadi.
EKOLOGIYADA FOYDALANILADIGAN USLUBLAR
Ekologik ilmiy-tadqiqotda ko’pincha tasviriy, taqqoslash, tajriba hamda
ekotizimlarni modellashtirish uslublaridan foydalaniladi. ekologiyada tajriba va
modellashtirish uslublaridan nisbatan keng foydalaniladi.
Tajriba-tadqiqotchi tomonidan yaratilgan sharoitda borayotgan ma’lum tabiiy
jarayonni kuzatishdir. Tajribada ma’lum ob’ektga (individ, populatsiya,
biogeotsenoz) ta’sir etayotgan omil kuchining ortishi yoki kamayishi namuna bilan
taqqoslanadi. Tajriba natijalari haqida ko’rsatkichlarni o’zgarishiga qarab xulosa
qilinadi. Buning uchun albatta namuna bilan taqqoslash zarur. Tajriba hech vaqt
taqqoslashsiz olib borilmaydi.
4
Ilmiy tadqiqot ishlari laboratoriya va dala sharoitlarida olib boriladi.
Modellashtirish jarayoni umumlashtirish uchun ancha qulay imkon beradi,
shuningdek hodisaning ba’zi tomonlarini aniq ma’lumot bilan to’ldirish yoki yangi
nazariy xulosalar chiqarishga yordam beradi. Modelь “ishlamay qolsa”, ya’ni
haqiqatga uncha to’g’ri kelmasa, EHM tomonidan o’zgartirishlar kiritilishi va
yaxshilash zarurligini aytib beradi.1
EKOLOGIYA FANINING VAZIFALARI
Ekologlarning kelajakdagi amaliy vazifalari inson ehtiyojini yanada to’laroq
qondirishga qaratilgan holda antropogen betsenozlarni qayta ko’rib chiqish va
barqarorligini oshirishga qaratilishi kerak. “Inson va biosfera” deb atalgan yirik
xalqaro dasturda keyingi yillarda ekologiya sohasida hamda insonni o’rab turgan
atrof-muhitni tadqiq qilishning aniq ilmiy yo’nalishlari ko’rsatib berilgan:
Hayot jarayoni qonuniyatlarini o’rganish, shuningdek insonning tabiiy
tizimlarga va biosferaga bo’lagan ta’sirini bir butun holda o’rganish.
Biologik resurslardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish,
inson faoliyati natijasida o’zgargan tabiatdagi o’zgarishlarni oldindan bilib olish va
biosferada kuzatilayotgan jarayonlarni boshqarish va nihoyat insonning yashash
muhitini saqlash.
ANTIK VA XVII-XIX ASRLARDAGI EKOLOGIK
TADQIQOTLAR
Hozirgi davrdagi bilimlarimizning shakllanishida qadimgi yunon olimlarining
xizmati katta. Masalan, Aristotel (e.av. 384-322 y.y) o’zining “Hayvonlar tarixi”
degan asarida suvda va quruklikda yashovchi hayvonlar, shuningdek suzuvchi,
havoda uchuvchi va o’rmalovchi kabi hayotiy shakllarni ajratgan. Ulardan tashqari,
1 Begon and others. Ecology. UK. 2006. P. 10-12.
5
organizmlarning yashash joylari, yolg’iz yoki gala bo’lib yashash, oziqlanishi va
boshqalar qiziqtirgan. Tirik organizmlarning tuzilishi va hayoti Aristotelning
shogirdi Teofrast (e.av. 380-271 y.y) ishlarida ham uchraydi. Teofrast
o’simliklarning yashash joylarini hisobga olib, ularni o’t, chala buta, buta va daraxt
kabi hayotiy shakllarga bo’ladi.
XVII-XVIII asrlardagi ekologik ma’lumotlar tirik organizmlarning ayrim
guruhlarini o’rganishga qaratilgan edi. J.Byuffon ishlarida hayvonlarning
tuzilishiga tashqi muhitning ta’siri, J.B.Lamark o’simlik va hayvonlarning
evolyutsion o’zgarishlarida eng muhimi tashqi muhit ta’siri ekanligi, ekologik
g’oyalarning rivojlanishida Ch.Darvinning organik olam evolyutsiyasi haqidagi
ta’limoti ilgari surilgan. Nemis biologi Ernest Gekkel 1866 yilda fanga
“ekologiya” tushunchasini birinchi bo’lib kiritdi va unga ta’rif berdi. ekologiya
mustaqil fan sifatida XX asrning boshlarida vujudga keldi. Uning rivojlanishiga
G.F.Morozov,
V.N.Sukachev,
V.G.Ramenskiy,
K.Raunkier,
Ch.Elton,
M.S.Gilyarov, N.S.Serebryakov, A.Tensli, G.Odum, Yu.Odum va boshqalar katta
hissa qo’shdi. Yirik rus olimi V.I.Vernadskiy biosfera haqidagi ta’limotni yaratdi
va biosferaning holati inson faoliyati bilan bog’liqligi haqida xulosa keldi.
O’RTA OSIYO ALLOMALARINING EKOLOGIYA HAQIDAGI
QARASHLARI
O’rta Osiyolik allomalar al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va
boshqalar hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrlarda tabiat va undagi
muvozanat, o’simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni e’zozlash haqida qimmatli
fikrlar aytganlar. Muhammad Muso al-Xorazmiy “Bilginki, daryoning ko’zlari
yoshlansa, uning boshiga g’am, kulfat tushgan bo’ladi” deb ta’kidlagan edi. Buyuk
alloma suvlarni ortiqcha sarflash hozirgi kundagi Orol fojiasi kabi noxo’sh
hodisalarni keltirib chiqarishini nazarda tutgan bo’lsa, ehtimoldan holi emas. Abu
Nasr Forobiy odam a’zosining tuzilishi va unda kelib chiqadigan o’zgarishlar,
ya’ni kasalliklar, ovqatlanish tartibining buzilishi, kasallikning oldini olish chora-
6
tadbirlari, shuningdek, tabiiy sun’iy tanlanishlar haqida ma’lumotlar qoldirgan.
Abu Rayhon Beruniy asarlarida o’simlik va hayvonlarning biologik xususiyatlari,
ularning tarqalishi, tashqi muhit bilan o’zaro aloqasi va xo’jalik ahamiyati haqida
ma’lumotlar topish mumkin. Abu Ali Ibn Sino inson sog’lig’ini saqlash, parhez,
gigiena to’g’risida, kasalliklarni, jumladan, asab kasalliklarini davolashda jismoniy
usullar yaxshi natija berishini aytgan. U kishi organizmiga tashqi muhit ta’siri
muhimligini, ayrim kasalliklar suv va havo orqali tarqalishi haqida fikrlar bayon
etgan.
O’ZBEKISTONDA EKOLOGIYA FANINING RIVOJLANISHI
Ekologik yo’nalishdagi ishlar keyinchalik O’zFA Botanika instituti olimlari
V.A.Burigin, O.X.Hasanov va boshqalar tomonidan o’simliklarni qurg’oqchil issiq
(cho’l)
sharoitiga
moslashishi,
o’simliklar
hamjamoasining
tuzilmasi,
mahsuldorligi, em-xashakbop o’simliklarning orasidan qurg’oqchil issiq sharoitga
chidamli turlarini tanlash va ularning ekologik-biologik xususiyatlarni o’rganib,
sun’iy yaylovlar barpo etishning ilmiy asoslari ishlab chiqildi. O’zFA Zoologiya
va parazitologiya institutida hayvonot olamini muhofaza qilish va undan oqilona
foydalanish tadbirlari, qishloq xo’jalik hayvonlarida uchraydigan yuqumli
kasalliklarning oldini olish, qimmatli hayvon turlarining kadastri va nazorat ishlari
olib borildi.
Ushbu ilmiy ishlarga T.Z.Zohidov, A.M.Muxammadiev, V.V.YAxontov,
M.A.Sultonov, G.O.Olimjonov va boshqalar rahbarlik qildi. XX asrning ikkinchi
yarmida hozirgi davr fanlarini “ekologlashtirish” boshlandi. Bu esa ekologik
bilimlarning katta ahamiyatga ega ekanligini bildiradi. Demakki, hozirgi davrda
ekologiya fanining kelajagi porloq, chunki insoniyatning sayyoramizda yashab
qolishi, ko’p jihatdan ushbu fanning rivojlanish darajasi bilan bog’liq bo’lib qoladi.
7
ATROF-MUHIT VA TABIATNI MUHOFAZA QILISH SOHASIDAGI
ASOSIY VAZIFALAR
O’zbekiston Respublikasining atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish
sohasidagi birinchi navbatdagi vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
1. Jamiyatning ta’lim olish va intelektual potentsialini o’sishini ta’minlovchi
sharoit yaratish;
2.
Atrof-muhit
holatini
yaxshilash
uchun
hamda
global
ekologik
muammolarni hal etishga etarli mablag’ ajratish kerak;
3. Genetik fond, turlar va landshaftlar xilma-xilligini saqlash;
4.
Tabiiy
resurslardan
foydalanishning
iqtisodiy
mexanizmlarni
takomillashtirish;
5. Maxsus muhofazaga olingan hududlarni boshqarish bo’yicha dasturlar
ishlab chiqish;
6. Atrof-muhitni ifloslanish manbalarini aniqlash bo’yicha nazorat tizimini
takomillashtirish va rivojlantirish;
7. Xususiylashtirish jarayonlarida ekologik talablarga rioya qilish va atrof-
muhitga zarar keltirmaslik uchun javobgarlik kabilarni nazorat qilish mexanizmini
yaratish;
8. Ekologik xavfsiz mahsulotlar va texnologik jarayonlar sohasida ekologik
sertifikatlash tizimini takomillashtirish;
9. Ekologik axborotlar va atrof-muhit monitoringi bo’yicha bank tizimini
yaratish;
10. Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitasining tabiatni muhofaza qilish
ishlari bo’yicha faoliyatini yorituvchi markazlashgan axborot tizimini yaratish;
11. ekologik va tarbiyaviy tizimini yanada rivojlantirish;
12. Xalqaro ekologik normalar va standartlar bo’yicha bosqichma-bosqich
dasturlar ishlab chiqish;
8
13. Xalq xo’jaligining turli sohalarida ekologik toza texnologiyalar,
chiqindilarni zararsizlantirish va o’zlashtirish bo’yicha ilmiy-texnik ishlanmalarni
hayotga tadbiq etish, hamda ilmiy tadqiqot ishlari olib borishni davom ettirish;
14. Atrof-muhitni muhofazasi, tabiiy resurslardan foydalanish masalalari
bo’yicha hamjamiyat ekologik tashkilotlari bilan o’zaro hamkorlikni kuchaytirish
va birgalikda ekologik qarorlar qabul qilish.
O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishganidan boshlab Rio-de-Janeyro
shaxrida bo’lib o’tgan xalqaro konferentsiyada qabul qilingan ekologik siyosatni
ya’ni atrof muhit holatini yaxshilash aholi salomatligini mustaxkamlashga
qaratilgan ishlarni muvofaqqiyatli amalga oshirib kelmoqda .
Ekologik muammolarni hal etishning asosisy yo’nalishlari Tabiatni muhofaza
qilish davlat qo’mitasi,Vazirlar maxkamasi,turli nodavlat tashkilotlari hamda
davlat tomonidan qabul qilingan Atrof hitni muxofazasi,gigienik,biologik xilma-
xillikni saqlash bo’yicha milliy xarakat rejalari va strategiyalarida o’z aksini
topgan.
Bozor iktisodiyoti sharoitida davlatning eng muhim vazifasi aholi sonini
o’sishi,shaxarlarning transport orqali yuk tashishi, sanoat va qishloq xo’jaligi
ishlab chiqarishini rivojlantirish bilan bo’g’liq ravishda atrof muhit muxofazasini
muammolarini hal etish ya’ni tabiiy resurslarni qayta ishlash va ulardan oqilona
foydalanish masalalari turibdi. O’tish davrida shubxasiz tabiiy resurslardan
foydalanish darajasi o’zgaradi va atrof muhitnining ifloslanishiga ta’sir ko’rsatadi.
Bunday sharoitda Tabiatni muhofaza qilish davdat qo’mitasi tomonidan
tabiiy resurslardan tejab tergab foydalanish va kam chiqindili texnologiyalardan
foydalanish kabi ekologik siyosatni qo’llashni taqoza etadi.Shunga qaramasdan
respublikada quyidagi ekologik muammoalar hal etilmay qolmoqda:
1.Orol bo’yidagi ekologik tang ahvol;
2.Yer, suv, biologik resurslarning qisqarishi ;
9
3.Yer, suv, biologik xilma-hillikga va atmosfera havosini sifatiga qo’shni
davlatlarning ta’siri;
4.Taiiy holatni va uning ifloslanish manbalari shuningdek tabiiy resurslardan
foydalanishni nazorat qilish uchun yetarli texnik va metodik imkoniyatlarning
cheklanganligi;
5.Atrof muhit holatini analitik nazorat qilish uchun maxsus asbob
uskunalarning ishlab chiqarish korxonalarining mavjud emasligi;
6.Tog’-kon chiqindilari, avvalgi uran konlari ayniqsa ularning chegara
xududlardagi holati;
7.Sanoat va maishiy turmushdagi chiqindilarning qayta ishlovchi va
o’zlashtiruvchi tizimning takomillashmaganligi;
8.Tabiiy atrof muhit va ularning ifloslanish manbalari hamda tabiiy
resurslardan foydalanish holati bo’yicha yetarli ekologik bank tizimi ma’lumotlari
etarli bo’lmasligi;
Tabiiy atrof muhitni muhofaza qilish va va tabiiy resurslardan samarali
foydalanish masalalari makroiqtisodiyotni isloh qilish jarayonida uning diqqat
markazida turmog’i lozim.
O’zbekiston Respublikasi atrof muxit va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi
birinchi navbatdagi vazialari quydagilar hisoblanadi:
1.Jamiyatning ta’lim olish va intellektual potentsialini o’sishini ta’minldovchi
sharoitni yaratish;
2.Atrof
muhit
holatini
yaxshilash
uchun
hamda
global
ekologik
muammoalarni hal etish uchun yetarli mablag’lar ajaratilishi kerak;
3. Genetik fondni, turlar xilma xilligi va landshaftlarni saqlash;
4.Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish;
5.Maxsus muxofazaga olingan xududlarni boshqarish bo’yicha dasturlar
ishlab chiqish kerak;
6.Atrof muxitni ifloslanish manbalarini aniqlash bo’yicha nazorat tizimini
takomillashtirish va rivojlantirish;
10
7.Xususiylashtirish jarayonida ekologik talablarga rioya qilish va atrof
muxitga zarar keltirgani uchun javobgarlik kabilarni nazorat mexanizmlarini
yaratish;
8.Ekologik xavfsiz mahsulotlar ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar
sohasida ekologik sertifikatlash tizimini takomillashtirish;
9.Ekologik axborotlar va atrof muxit monitoringi bo’yicha bank tizimini
yaratish;
10.Tabiatni muxofaza qilish davlat qo’mitasining tabiatni muxofaza qilish
ishlari bo’yicha faoliyatini yoritib turuvchi markazlashgan axborot tizimini
yaratish;
11.Ekologik ta’lim va tarbiya tizimini yanada rivojlantirish;
12.Xalqaro ekologik normalar va standartlar bo’yicha bosqichma-bosqich
dasturlar ishlab chiqarish;
13.Xalq xo’jaligining turli soxalarida ekologik toza texnologiyalar
chmqindilarning zararsizlantirish va o’zlashtirish bo’yicha ilmiy-texnik ishlarni
hayotga tadbiq etish hamda ilmiy –tadqiqot ishlarini olib borishin davom ettirish;
14.Atrof muxit muxofazasi, tabiiy resurslardan foydalanish masalalari
bo’yicha jamiyatdagi ekologik tashkilotlar bilan o’zaro xamkorlikni kuchaytirish
va birgalikda ekologik qarorlar qabul qilish.
1-sxema
Ekologiya fani sohalari
11
Fiziologik ekologiya
Global ekologiya
Ijtimoiy ekologiya
Shaxs ekologiyasi
Muhandislik ekologiyasi
Biokimyo ekologiya
Evolyutsiya ekologiyasi
Bioekologiya
Qishloq ho’jaligi ekologiyasi
O’simliklar va hayvonlar ekologiyasi
Koinot ekologiyasi
Hashorat va boshqa tirik guruhlar ekologiyasi
12
Gidroekologiya
Shahar ekologiyasi
Landshaftlar ekologiyasi
Sanoat ekologiyasi
Meditsina ekologiyasi
13
2-sxema
Ekologik
qadriyatlarni
asrashga
intiluvchanlik
Atrof-muhit
himoyasidagi
tashabbuskorlik
Mehnatsevarlik
Atrof-muhitni asrab-
avaylashda faollik
Vatanparvarlik, ona-
tabiatga mehr-muhabbat
Shaxsiy masuliyat
Vijdonlilik, burchiga
sadoqat
Tabiatga ehtiyotkorona
munosabatda bo’lish
O’z-o’zini nazorat qilish
Tabiatni muhofaza qilishda
qat’iyatlilik
Tabiatda boyliklardan
foydalanishda tejamkorlik
Vatanparvarlik, ona- vatanga
mehr-muhabbat
Ekologik bilim va madaniyatni belgilovchi fazilatlar
Atrof muhitga oid
bilimdonlik
Tabiatdagi obyekt va
hodisalarni qiyoslay olish
Atrof- muhitdagi o’zgarishlarga
ziyraklik
Atrof- muhitga nisbatan teran
fikrlay olish
Ahloqiy- ekologik
onglik
EKOLOGIK
BILIM VA
MADANIYAT
Eko-
logik
mas’-
uli-
yatli-
lik
Eko-
logik
iroda
viyli-
lik
Ekologik qadriyatlarni
hurmat qilish
14
John Harper tabiatdagi o’zgarishlarni izohlar ekan, “tabiat barcha narsani
hazm qilishi mumkin, biroq uning sog’lom muhiti yo’qolishi muqarrar” deydi.
Ekologiyaning tarixi haqida quyidagi olimlar tadqiqot olib borganlar. Jumladan,
Jonathan Anderson, Mike Bonsall, Angela Douglas, Chris Elphick, Valerie Eviner,
Andy Foggo, Jerry Franklin, Kevin Gaston, Charles Godfray, Sue Hartley, Marcel
Holyoak, Jim Hone, Peter Hudson, Johannes Knops, Xavier Lambin, Svata Louda,
Peter Morin, Steve Ormerod, Richard Sibly, Andrew Watkinson, Jacob Weiner,
and David Wharton. Shuningdek, Jane Andrew, Elizabeth Frank, Rosie Hayden,
Delia Sandford and Nancy Whilton kabilar tabiatni muhofaza qilishning ilmiy
nazariy asoslari haqida fikr yuritishagan2.
Ekologiya biologiya fanlari qatoridagi mustaqil fan hisoblanadi. Ekologiya
tushunchasi fanga birinchi bo’lib 1869 - yilda nemis biologi E.Gekkel tomonidan
kiritilgan. Ekologiya – yunoncha so’z bo’lib, uning ma’nosi tirik organizmlarning
yashash sharoiti yoki tashqi muhit bilan o’zaro munosabatini bildiradi.
“Ekologiya” – yunoncha so‘z bo‘lib, “oykos” – uy, vatan, makon va “logos” –
ta’limot, - degan ma’nolarni bildiradi.
Ekologiya bu - organizmlar va ularning atrof- muhit bilan o’zaro sodir
bo’layotgan hamkorligini o’rganadigan soha hisoblanadi. Ekologlar esa mana shu
hamkorlikni o’rganadigan olimlardir.
“Ekologiya” fani quyidagilarni o’rganadi:
Hayot jarayonlari, o’zaro aloqalar, adaptatsiyalar.
Energiya oqimi, hamjamoalar.
Ekotizimlar va suktsessiya.
Bioxilma xillik va cho’llanish.
Ekologiya fanining maqsadi:
• Ekosistema komponetlarini aniqlash va himoyalash.
• Evolyutsion nazariya bosqichlarini o’rganish.
• Ekosistemada hayvonlar mavjudlgi va himoyasini muhokama qilish.
2 M.Begon va boshqalar, 2006. 174-bet
15
• Ekologik vaziyatlarni muhokama qilish.
• Tog’lar, daryolar va cho’llarni ekologik xususiyatlarini o’rganish va muhokama
qilish.
• Marjon qoya toshlari va namgarchilik ko’p hududlarni o’rganish.
• Insonning atrof muhitga ta’sirini o’rganish va muhokama qilish.
Ilmiy metodlar
Olimlar muammolarni hal qilishda turli xil ilmiy metodlardan foydalanadilar.
Bu metodlar boshqalar tushuna oladigan faktlarni tashkil qilish va yozishni o’z
ichiga. Olimlar muammoni hal etishda ko’pgina variantlarini qo’llaydilar. Ilmiy
tadqiqotda birinchi qadam bu hal qilinishi kerak bo’lgan muammoni yoki savolni
aniqlab olish. Savolni aniqlab olgandan so’ng ma’lumotlar to’planadi va ular tahlil
qilinadi. Ma’lumot to’plashda kutubxona fondi materiallarini tahlil qilish, soha
haqidagi bilimlarni yig’ib chiqish, labarotoriya va dalada test ishlarini olib borish
kerak.
Yangi yo’nalishga o’tishdan avval soha haqida ma’lum bo’lgan barcha
ma’lumotlarni to’plash juda muhim sanaladi. Ishni o’zingiz nimani bilishingiz
kerak ekanligi haqidagi savoldan boshlang. So’ngra turli xil manbalardan yig’ilgan
ma’lumotlarni tekshiring. Adabiyotlar, entsiklopediya, hukumat hujjatlari, kasbiy
jurnallar, ilmiy maqolalar va internet kabi manbalardan foydalanish mumkin
(M.Begon va boshqalar, 2006. 154-bet).
Bazida olimlar o’zlari to’plamagan yoki boshqalar tomonidan to’plangan
ma’lumotlardan foydalanadilar. Barcha to’plangan ma’lumotlar ham ishonarli
emas. Siz barcha ma’lumot manbalarini o’rganishingiz va ma’lumotlarni ilmiy
jihatdan to’g’ri, ishonchli ekanligini tekshirib ko’rib foydalanishingiz kerak.
SHunda bu ma’lumotlar siz kutgan natijaga erishishingizda samarali natija beradi
(M.Begon va boshqalar, 2006. 174-bet)3.
3Begon and others. Ecology. UK. 2006. B. 10-12; 154;174.
16
TABIATNI MUHOFAZA QILISHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI
Odatda tabiiy va sun’iy muhitlar ajratiladi. Tabiiiy muhitni suv, quyosh,
shamol, havo, yer, o’simlik va hayvonot dunyosi kabi tabiiy omillar majmui tashkil
etadi. Sun’iy muhit inson tomonidan yaratilgan bo’lib, bunda insonning mehnat
mahsuli yotadi. Tabiiy va sun’iy muhitlar bir-biri bilan chambarchas bog’liq.
Ularning bog’liqligini ekologik muhit tushunchasi ifodalaydi.Tirik organizmlar,
oziqlanishi va yashashi uchun ishonchli himoyalangan yashash muhitini qidiradi.
Chigirtka, kapalak va shu kabi boshqa hasharotlar oziq ovqatini va yashashi uchun
inlarini qurishda o`simliklardan foydalanadi. Hashoratlardir o`z navbatida ko`p
qushlarning ozuqasi hisoblanadi. Nobud bo`lgan o`simlik va hayvonlar tuproq
uchun manba hisoblanadi. Biotik omillar – tirik organizmlarning o’zaro ta’sir
etishining barcha ko’rinishlari (masalan, o’simliklarning hasharotlari yordamida
changlanishi, raqobat, bir organizm tomonidan ikkinchisini iste’mol qilish,
parazitlik) va ularning tashqi muhitga ta’siridan iborat. Biotik o’zaro aloqa
munosabatlar murakkab va o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, bevosita va
bilvosita bo’lishi mumkin. Biotik omillar atrof muhitning asoslisidir. Juda ko`p
osimliklar va hayvonlarning o`sishi va yashashi uchun iqlim omillari katta
ahamiyatga ega.
Tirik organizmlarning hayotiga va geografik tarqalishiga ta’sir etuvchi (ijobiy
yoki salbiy) shart-sharoitlar ekologik omil deb ataladi. Ekologik omillar juda
xilma-xil, ular tabiati va tirik organizmlarga ta’sir etishiga ko’ra shartli ravishda 3
ta asosiy guruhlarga ajratiladi: Abiotik omillar – jonsiz tabiatning omillari
hisoblanib, birinchi navbatda, iqlim omillari, ya’ni yorug’lik, harorat, namlik va
mahalliy omillar kiradi. Abiotik omillar- yo`q, jonsiz degan ma`nolarni bildiradi.
Abiotik omillar har bir tirik organizmnind yashashi uchun sharoit yaratadi.
Masalan: suv abiotik omilning eng asosiy omil ko`rsatgichlaridan biri. Abiotik
omillardan bo`lgan havo, erni o`rab turgan qobig`idir. Iqlim omillaridan, hamma
tirik organizmlar yashash hayotida yorug`lik muhimdir. Quyosh nuri natijasida
amalga oshiriladiganfotosintez, barcha tirik organizmlar uchun ozuqa zanjirida
17
energiya manbaidir. Er sharidagi organizmlarning tarqalishi, ko`payishi va boshqa
hayot jarayonlarini belgilaydigan omillardan biri harorat hisoblanadi. Harorat 00 S
dan past 500 S dan yuqori bo’1ganda barcha hayot jarayonlari to`xtaydi yoki
keskin darajada sekinlashib qoladi. Masalan: Sobuq havo (Antaktida), issiq harorat
(arab sahrolari) hukmron bo`lgan joylarda tirik organizmlar o’sha muhitga
moslashib yashaydi. Mahalliy omillarga relef, tuproq xususiyatlari, sho’rlanish,
oqim, shamol, radiatsiya (nurlanish) va boshqalar kiradi. Antropogen omillar –
hozirgi vaqtda tabiatdagi eng kuchli omillardan biri hisoblanadi.4
Cheklovchi omillar
Cheklovchi omil tirik va notirik organizmlarning ekotizmini o'z ichiga
oladi.Cheklovchi omil aloqada bo'luvchibir nechapopulyatsiyaga ta'sir eta oladi.
Biroz yomg'ir yog'ishi ham o'tloqdagi o'simliklarni o'sishini cheklay oladi.
O'simliklar urug'ni sichqonlar yeydi, bu oziqlanish jarayoni cheklovchi omilga
aylanishi mumkin. Boyo'g'lilar va qirg'iylar sichqonlar bilan ozuqlanishi natijasida,
sichqonlar sonining kamayishiga olib keluvchicheklovchi omilga aylanishi
mumkin (1-rasm).
1Peter Rillero, Dinah Zike .Ecology, 2005 (36- бет).
18
1 -rasm. Hayvonlar populyatsiyasining abiotik omillar bilan aloqasi
Populyatsiya zichligi. 2--rasm.
Populyasiyadagi o’sish jarayoni (1-jadval)
19
Populyasidagi o’sish 3-rasm
Ekologik nisha
Moslashish jarayoni organizmlarni ular hayotidagi o‘rni va tashqi tuzilishini
ifodalaydi. Buni biz ekologik nisha (joy) bilan ham izohlashimiz mumkin. Ya’ni,
qancha ekologik tur mavjud bo‘lsa, shuncha ular uchun yashash muhiti mavjud
bo‘ladi. “Nisha” terminifransuzcha “niche” – chuqurlashuv, degan ma’noni ham
anglatib, bu nafaqat yashash joyi, balki tabiatda turning o‘rni, biologik jamoadagi
funksional roli, tashqi muhit omillariga bardoshliligi ham hisoblanadi (4-5-
rasmlar). Kooperatsiya - ikki organizm bir-birlari bilan kooperatsiya hosil
qiladilar. Bunday kooperatsiya ikki organizm uchun ham ustunliklarga ega.
Masalan, krablar bilan kovakichlilar bunga misol bo‘la oladi. Kovakichlilar
krablarning orqasiga yopishib olib (ba’zan ularni krablarning o‘zlari o‘tqazib
oladilar) ularni dushmanlardan, himoya qiladilar. Kovakichlilar esa o‘z navbatida
20
krablardan transport vazifasida foydalanadilar hamda ulardan qolgan ovqat
qoldiqlari bilan ovqatlanadilar. Mutualizm. Birlashgan ikki populyatsiya ham
faqat foyda ko‘radi, bu birlashish ular uchun foydalidir, bunday birlashgan
organizmlar tabiiy sharoitda biri ikkinchisiz hayotkechira olmaydi. Masalan,
termitlar va ularning ichaklarida yashovchi xivchinlilar bunga yaqqol misoldir.
Bunda xivchinlilar termitlar qabul qilgan kletchatkani hazm qilishga yordam
beradilar, chunki termitlar kletchatkani mustaqil o‘zlashtira olmaydilar.
Xivchinlilar ham termitlarsiz yashay olmaydilar. Chunki ular uchun yashash
sharoiti termitlar ichaklaridir. Turlar o‘rtasidagi munosabatlarning ikki va undan
ko‘p tur uchun qulaylik tug‘diradigan xilini o‘zaro yordam deyiladi. Masalan,
hasharotlar yordamida changlanadigan o‘simliklar changni bir o‘simlikdan
ikkinchio‘simlikka olib o‘tadigan va shu bilan o‘simliklarning chetdan
changlanishini
ta’minlaydigan
hasharotlarga
muhtojdir.
Ekotizimlar
biogeotsenozga nisbatan kengroq tushuncha hisoblanadi. Ekotizimda moddalar
aylanishini ta’minlash uchun ma’lum miqdorda kerak bo‘ladigan anorganik
moddalar zahirasi va bajarayotgan ishi jihatidan uch xil ekologik guruhni tashkil
etuvchi organizmlar bo‘lishi zarur.Birinchi guruhga o‘simliklar kirib, ular
produtsentlar deyiladi. Produtsentlar assimilyatsiya jarayonida to‘plangan
energiyasini boshqa organizmlarga beradi. Ikkinchi guruhga hayvonlar kiradi. Ular
o‘simliklar tomonidan to‘plangan organik moddani iste’mol qiluvchilar
hisoblanadi va kontsumentlar, deb ataladi.
Ekologik nisha (4-rasm)
21
Yirtqich-o’lja (5-rasm)
22
23
NOTIRIK ATROF MUHIT
Abiotik omillar
Odatda tabiiy va sun’iy muhitlar ajratiladi. Tabiiiy muhitni suv, quyosh,
shamol, havo, yer, o’simlik va hayvonot dunyosi kabi tabiiy omillar majmui tashkil
etadi. Sun’iy muhit inson tomonidan yaratilgan bo’lib, bunda insonning mehnat
mahsuli yotadi. Tabiiy va sun’iy muhitlar bir-biri bilan chambarchas bog’liq.
Ularning bog’liqligini ekologik muhit tushunchasi ifodalaydi.Tirik organizmlar,
oziqlanishi va yashashi uchun ishonchli himoyalangan yashash muhitini qidiradi.
Chigirtka, kapalak va shu kabi boshqa hasharotlar oziq ovqatini va yashashi uchun
inlarini qurishda o`simliklardan foydalanadi. Hashoratlardir o`z navbatida ko`p
qushlarning ozuqasi hisoblanadi. Nobud bo`lgan o`simlik va hayvonlar tuproq
uchun manba hisoblanadi. Biotik omillar – tirik organizmlarning o’zaro ta’sir
etishining barcha ko’rinishlari (masalan, o’simliklarning hasharotlari yordamida
changlanishi, raqobat, bir organizm tomonidan ikkinchisini iste’mol qilish,
parazitlik) va ularning tashqi muhitga ta’siridan iborat. Biotik o’zaro aloqa
munosabatlar murakkab va o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, bevosita va
bilvosita bo’lishi mumkin. Biotik omillar atrof muhitning asoslisidir. Juda ko`p
osimliklar va hayvonlarning o`sishi va yashashi uchun iqlim omillari katta
ahamiyatga ega (6-7-rasmlar).
24
6-rasm. Abiotik omillar.
Tirik organizmlarning hayotiga va geografik tarqalishiga ta’sir etuvchi (ijobiy
yoki salbiy) shart-sharoitlar ekologik omil deb ataladi. Ekologik omillar juda
xilma-xil, ular tabiati va tirik organizmlarga ta’sir etishiga ko’ra shartli ravishda 3
ta asosiy guruhlarga ajratiladi: Abiotik omillar – jonsiz tabiatning omillari
hisoblanib, birinchi navbatda, iqlim omillari, ya’ni yorug’lik, harorat, namlik va
mahalliy omillar kiradi. Abiotik omillar- yo`q, jonsiz degan ma`nolarni bildiradi.
Abiotik omillar har bir tirik organizmnind yashashi uchun sharoit yaratadi.
Masalan: suv abiotik omilning eng asosiy omil ko`rsatgichlaridan biri. Abiotik
omillardan bo`lgan havo, erni o`rab turgan qobig`idir. Iqlim omillaridan, hamma
tirik organizmlar yashash hayotida yorug`lik muhimdir. Quyosh nuri natijasida
amalga oshiriladiganfotosintez, barcha tirik organizmlar uchun ozuqa zanjirida
energiya manbaidir. Er sharidagi organizmlarning tarqalishi, ko`payishi va boshqa
hayot jarayonlarini belgilaydigan omillardan biri harorat hisoblanadi. Harorat 00S
dan past 500S dan yuqori bo‘1ganda barcha hayot jarayonlari to`xtaydi yoki keskin
darajada sekinlashib qoladi. Masalan: Sobuq havo (Antaktida), issiq harorat (arab
sahrolari) hukmron bo`lgan joylarda tirik organizmlar o‘shamuhitga moslashib
yashaydi. Mahalliy omillarga relef, tuproq xususiyatlari, sho’rlanish, oqim,
25
shamol, radiatsiya (nurlanish) va boshqalar kiradi. Antropogen omillar – hozirgi
vaqtda tabiatdagi eng kuchli omillardan biri hisoblanadi (8-rasm).
Fotosintez jarayoni (8-rasm)
Barcha
organizmlar
uchun
yorug‘likning
ahamiyati
katta,
chunki
ekosistemada kechadigan jarayonlarda sarflanadigan energiya bu asosan quyosh
energiyasidir.O‘simliklarda fotosintez jadalligi yorug‘likning optimal darajasiga
26
(yorug‘lik to‘yinishiga) bog‘liq. Yorug‘likka 20 -munosabatiga qarab o‘simliklarni
yorug‘sevar, soyasevar va soyaga chidamlilarga bo‘lamiz. Yorug‘sevar o‘simliklar
yaxshiyorug‘ tushadigan ochiq joylardagina rivojlanadi. Ularda fotosintez jarayoni
jadal kechadi.Cho‘llarda va chala cho‘llarda o‘sadigan izenlar, shuvoqlar,
saksovullar, chogonlar, qizilchalar, qandimlar, qo‘ng‘irboshlar va shu kabilar
yorug‘sevar o‘simliklarga kiradi. Soyasevar o‘simliklar esa, aksincha kuchli
yorug‘likni
yoqtirmaydi
va
ular
doimiy
soya
joylarda
o‘sadi.Bunday
o‘simliklargao‘rmonlarda o‘sadigan paporotniklar, moxlar, yong‘oqzorlar ostida
o‘suvchiyovvoyi xina, tog‘ gunafsha kabilar kiradi. Soyaga chidamli o‘simliklar
soya joyda ham, yaxshiyoritilgan joylarda ham bemalol o‘saveradi.Bularga qayin,
qarag‘ay, eman daraxtlari, o‘rmon yer tuti, g‘ozpanja, binafsha kabi o‘simliklar
kiradi.Yorug‘likning hayvonlar uchun asosan informativ ahamiyati mavjud. Sodda
hayvonlarda yorug‘lik sezuvchi organlari bo‘lib, ular orqali fototaksis (yoritilgan
tomonga harakatlanish) amalga oshadi. Kovakichaklilardan tortib deyarlik hamma
hayvonlarda yorug‘lik sezuvchi a’zolar mavjud.Ayrim hayvonlar (ukki,
ko‘rshapalak) faqat kechasi faol hayot kechiradi, ayrimlari esa doimo qorong‘i
sharoitda yashashga moslashgan (askarida, ko‘rsichqonlar).Ko‘pchilik hayvonlar
uchun yorug‘lik fazoda mo‘ljal olishda yordam beradi. Masalan, asalarilar asal
shira ko‘p bo‘lgan joylarni bildirish uchun iniga qaytgach uzoq muddat davomida
gir aylanib quyosh bilan oziqa joylashishiga nisbatan ma’lum burchak hosil qilgan
xolda to‘xtaydi. Qushlar esa uzoq joylarga uchib ketayotganda quyoshga qarab
mo‘ljal oladi. Dengiz va okean suvlari tagida yashaydigan jonivorlar va quruqlikda
yashaydigan ba’zi qo‘ng‘izlar o‘z tanasidan nur chiqarish xususiyatiga ega. Bu
hodisa biolyuminestsentsiya deb ataladi.Biolyuminestsentsiya hayvonlar uchun
signal vazifasini o‘taydi. Ular jinsiy marosim, dushmandan himoyalanish, o‘ljaga
tashlanish
kabi
jarayonlarni
amalga
oshiradi.
Yorug‘lik
hayvonlarning
rivojlanishiga ham ta’sir ko‘rsatadi.Masalan, uzoq muddatda yorug‘lik ta’sir
ettirilganda hasharotlar va sut emizuvchi hayvonlarda jinsiy balog‘atga yetish
tezlashadi. Ba’zi hasharotlar kun qisqarishi natijasida ko‘payish jarayonini
to‘xtatadi, kun uzayishi bilan esa ko‘payish qayta tiklanadi. Buning sababi shuki,
27
uzun kun bosh miyadagi gepofiz beziga ta’sir etib, ichki sekretsiya bezlari ishini
kuchaytiradi va jinsiy bezlarga ham signal beradi. Harorat ekologik omili Er
yuzidagi organizmlarning yashashi, rivojlanishiva tarqalishiga katta ta’sir
ko‘rsatuvchi eng muhim abiotik omillardan biri haroratdir. O‘simliklar va
ko‘pchilik xayvonlar tana haroratini birday saqlay olmaydi. O‘simliklarning
sovuqqa chidamliligi hujayralarda qand miqdorining ko‘p bo‘lishi natijasida
hujayra shirasi kontsentratsiyasining ortishiga va suvning kamayishiga bog‘liqdir.
Harorat 0 °C dan past bo‘lsa, urug‘ unibchiqmaydi. Binobarin har bir o‘simlik
urug‘i unib chiqishi uchun minimal, optimal va maksimal harorat talab qiladi.
Sibirda o‘sadigan tilog‘och, qarag‘ay, pixta vashu kabi daraxtlar –70 °C gacha
sovuqqa bardosh bera oladi. Bunday o‘simliklar psixrofil o‘simliklar deyiladi.O‘rta
Osiyoning jazirama issiq cho‘llarida o‘sadigan yantoq, qovul, saksavul, shuvoq,
izen o‘simliklari +60 +70 °C haroratga ham bardosh bera oladi. Ular termofil
o‘simliklar hisobanadi.O‘simliklar uchun ularning butun vegetatsiya davrida
oladigan foydali harorat yig‘indisi ham jiddiy ahamiyatga ega. Agar harorat
yig‘indisi yetarli bo‘lmasa o‘simlik gullamaydi va hosilga kirmaydi.
O‘simlik va hayvonlar uchun suv muhim ahamiyatga ega (9-10-11-rasmlar).
O‘simliklarning tuproq va havo namligiga bo‘lgan talabiga ko‘ra ular kserofitlar,
mezofitlar, gigrofitlar va gidrofitlarga bo‘linadi. Kserofitlar. Dasht va cho‘llarda
o‘sadigan,
qurg‘oqchilikka
chidamli
o‘simliklarga
kserofitlar
deyiladi.
Kserofitlarda hujayralar kichik bo‘ladi, hujayra po‘sti qalinlashgan, barg
mezofilida palisad parenxima yaxshi rivojlangan, barg tomirlari zich joylashgan,
bargdagi og‘izchalar soni ham ko‘p bo‘ladi. Kserofitlarga shuvoq, erman-shuvoq,
izen, oq saksovul, qora saksovul, juzg‘un, pista, teresken, kamforosma va shu
kabilar kiradi.Kserofitlarga oid maxsus bir guruh o‘simliklar sukkulentlar deyiladi.
Bu o‘simlik organlarida maxsus suv g‘amlovchi to‘qimalari yaxshi rivojlangan
bo‘lib, ularda suv zahirasi saqlanadi. Bunday o‘simliklarga kaktuslar, agavalar
kiradi. Kserofitlarning yana bir guruhi sklerofitlar hisoblanadi. Sklerofitlar
qurg‘oqchilikka chidamli, ko‘p yillik, dag‘al, ko‘pincha barglari reduktsiyalangan
va tikanlarga aylangan, yaxshi rivojlangan mexanik to‘qimaga ega bo‘ladi. Ularga
28
saksovul, yantoq, shuvoq, betaga va boshqalar kiradi. Cho‘l zonasidagi sho‘rxok
yerlarda esa danasho‘r, seta, sarsazan va qizil sho‘ra o‘sib, ular galofitlar deb
ataladi. Mezofitlar. Nami yetarli bo‘lgan tuproq va iqlim sharoitida o‘sadigan
o‘simliklar mezofitlar deyiladi. Bu xil o‘simliklar hujayralaridagi osmotik bosim
kserofitlarga qaraganda pastroq, ya’ni 11-15 atmosfera orasida bo‘ladi.
Mezofitlarga ko‘pchilik daraxt va aksari ekiladigan o‘t o‘simliklar: g‘o‘za, beda,
makkajo‘xori, qovun, tarvuz, pomidor, boyimjon hamda deyarli hamma mevali
o‘simliklar kiradi. Bu xil o‘simliklarning ildizi unchachuqur ketmaydi, lekin u
kuchli tarmoqlanib, tuproq orasida katta hajmni egallab oladi.Gigrofitlar. Namlik
ko‘p bo‘lgan sharoitda, ya’ni daryo bo‘ylari, o‘tloqlar, hamda o‘rmonlar orasida
o‘sadigan o‘simliklar bo‘lib, ularning barglari odatda yirik, kutikulasiz va tuksiz
bo‘ladi. Barg yuzasidagi og‘izchalar doimo ochiq bo‘lib, ular bargning ham ostki,
ham ustki qismida joylashadi. Ildizlari yerga chuqur kirmaydi, chunki ildizlar
yoyilgan joy doimo nam bo‘ladi. Ulardagi osmotik bosim 8-12 atmosferani tashkil
etadi. Daryo va ko‘l bo‘ylarida o‘sadigan savagich, qamish, qiyoq, ba’zi bir begona
o‘simlik turlari va madaniy ekinlardan, sholi gigrofitlarga misol bo‘ladi.Gidrofitlar.
Suvga botib o‘sadigan o‘simliklar bo‘lib, ularning organlarida mexanik to‘qima
deyarli rivojlanmaydi. Bu o‘simliklarning suv yuzasida qolgan barglarning
faqatgina ustki epedermisida og‘izchalar joylashadi. Ostki suvga tegib turgan
tomonida
og‘izchalar
bo‘lmaydi.
Barglarda
kutikula
qavati
deyarli
rivojlanmaydi.O‘simlik butun organlari yuzasi bilan suvni shimib olishi mumkin.
Shu sababli bu xil o‘simliklarda o‘tkazuvchi to‘qimalar ildiz tuklari ham
yaxshio‘smagan, ildizning suv va mineral tuzlarni shimish qobiliyati ham past.
Gidrofitlarga barcha suv o‘tlari, gulli o‘simliklardan chilim yoki suv yonog‘i
(Trapa natans), suv grechixasi (Polygonum amphilium), vallesneriya (Vallesneria),
elodea (Elodeae) vashu kabilar misol bo‘la oladi. Cho‘l va dashtda yashovchi
hayvonlarda ham suvsizlikka moslanish mavjud. Kemiruvchilar, sudralib
yuruvchilar, hasharotlar va boshqa mayda cho‘l hayvonlari oksidlanish
reaktsiyalari natijasida hosil bo‘ladigan suvlarni g‘amlash hisobiga tanadagi suv
muvozanatini saqlaydi, ayniqsa, yog‘ning oksidlanishi natijasida ko‘p miqdorda
29
suv hosil bo‘ladi. Shu tufayli cho‘lda yashovchi hayvonlarda qalin yog‘ qatlamlari
bo‘ladi (tuyaning o‘rkachi). Ko‘pginacho‘l hayvonlarining qoplovchi qalin
to‘qimasi mavjudligi tufayli, ular teri orqali suvni bug‘lantirmaydi, ularning
ko‘pchiligi kechasi hayot kechiradi, kunduz kunlari esa uyalariga yashirinib oladi.
Hayvonlar hayotida ham namlik yoki suv muhim ahamiyatga ega 5.
Harorat omili (9-rasm).
5 Peter Rillero, Dinah Zike .Ecology, 2005 (8-75- бет. Mazmuni va mohiyati).
30
Shamol omili (10-rasm)
Yomg’ir hosil bo’lish jarayoni (11-rasm)
31
BIOMALAR
Biomalarcho‘l, adir, tog‘ va yaylov tizimlarida namoyon bo‘ladi. Biroq
okean va dengiz biomalari ham farqlanib ularda mahsuldorlik ko‘rsatkichlari faqa
tsifat ijihatdan yuqori turadi. Har bir biomalarda o‘ziga xos iqlim va abiotik
omillarning farqli ta’sirlari mavjud bo‘ladi. Tundra va tayga hayoti o‘zgacha
ko‘rinishda bo‘lib, inson uchun ilmiy izlanishlar manbai hisoblanadi. Tropik
o‘rmonlar biologik xilma xillikning eng boy darajasi hisoblanadi (12-13-14-15-16-
rasmlar)6.
6 Peter Rillero, Dinah Zike .Ecology, 2005 (8-75- бет. Mazmuni va mohiyati).
32
Biomalar (12-rasm)
Tundra (Alyaska, 13-rasm)
33
34
Tayga (14-rasm)
Tropik o’rmon (15-rasm)
35
Cho’l o’simliklari (16-rasm)
Inson tabiatga ko’rsatadigan kuchli ta’siri orqali abiotik va biotik sharoitlarni
o’zgartiradi (2-jadval).
2-adval.
36
EKOLOGIK OMILLARNING TIRIK ORGANIZMLARGA TA’SIR
ETISH UMUMIY QONUNIYATLARI
Ma’lum sharoitda yashayotgan organizmlarga ekologik omillar turlicha ta’sir
etishi mumkin. Ammo ekologik omillar qanchalik xilma-xil bo’lmasin, ularning
tirik organizmlarga ta’sir etish xarakteri nuqtai nazardan ular uchun umumiy
bo’lgan qonuniyatlar ham mavjud. Organizmning normal rivojlanishi uchun
ma’lum darajada qulay ekologik omillar majmui talab etiladi. Har bir omilning
organizmga ta’sir etish kuchi hamda quyi va yuqori ta’sir etish chegarali bo’ladi.
Omilning qulay ta’sir etuvchi kuchi optimum zona deb qaraladi yoki optimum deb
ataladi. ekologik omil organizmga haddan tashqari kuchsiz (minimum) va kuchli
(maksimum) ta’sir etishi mumkin. Shunday qilib, har qanday ekologik omilning
Ekologik omillar
Abiotik omillar
Iqlim omili
Tuproq
Relyef
Kimyoviy moddalar
Tarixiy
Yong’in
Mikrobiogen
Mikogen
Zoogen
Fitogen
Biotik omillar
Inson hojalik
faoliyati ta’siri
Antropogen
omillar
37
optimum, minimum va maksimum ta’siri bo’lar ekan. Minimum va maksimum
chegarali kritik nuqta deb qaraladi. Kritik nuqtalardan ortiq kuch ta’sirida
organizm nobud bo’ladi.
Muhitning biror omiliga keng doirada moslashgan ekologik turlarga evri- old
qo’shimchasini qo’shib, tor doirada moslashganlarga steno- old qo’shimchasini
qo’shib nomlanadi. Temperaturaga nisbatan evriterm, stenoterm, namlikka
nisbatan evrigidrid, stenogidrid, sho’rlanishga nisbatan evrigal, stenogal.
Tashqi muhitning turli omillarga nisbatan ekologik valentliklar yig’indisi
turning ekologik spektrini tashkil etadi. Masalan, cho’lda o’suvchi sho’raklar
tuproqning sho’rligiga, qurg’oqchilik va yuqori temperaturaga yaxshi moslashgan.
Ushbu omillarga moslanish sho’raklarning ekologik spektrini tashkil etadi.
Ayrim turlarning ekologik spektri bir-biriga to’g’ri kelmaydi. Hatto bir xil
sharoitda yashayotgan va moslashish xususiyati ham o’xshash bo’lgan turlar ozmi-
ko’pmi miqdorda o’zining ekologik imkoniyatiga ega bo’ladi. Izen va teresken
o’simliklari qurg’oqchil va issiq sharoitga moslashgan turlar hisoblanib, ulardan
birinchisi nisbatan qurg’oqchilikka ham, yuqori haroratga ham biroz kuchliroq
moslashishi bilan ajralib turadi.
Ekologik omillar organizmning turli funktsiyalariga ham turlicha ta’sir etadi.
Ayrim individlarning tashqi muhit omillariga chidamlilik darajasi, kritik
nuqtalari, optimal zonasi ham to’g’ri kelmaydi. Ushbu individning irsiy, jinsiy,
yosh yoki fiziologik xususiyatlari bilan bog’liq bo’lishi mumkin.
Muhitning ayrim ekologik omillari organizmga bir vaqtda ta’sir etadi. Ushbu
omillarning ta’siri boshqa omillarning miqdoriga bog’liq bo’ladi. Buni omillarning
o’zaro ta’sir etish qonuniyati deyiladi.
Organizmning normal hayoti uchun ma’lum darajada sharoit talab etiladi.
Agar barcha shart-sharoitlar qulay bo’lib, ulardan biri etarli miqdorda bo’lmasa,
uni cheklovchi omil deb ataladi. CHeklovchi omil organizmni ushbu sharoitda
yashashi yoki yashay olmasligini belgilab beradi.
MOSLASHISH HAQIDA TUSHUNCHA
38
Moslashish yoki adaptatsiya ayrim individlar, populyatsiyalar tur yoki
jamoalarning morfo-fiziologik xulqiy va axborot biotsenotik xususiyatlarining
majmuidan iborat bo’lib, boshqa individlar, populyatsiyalar, tur yoki jamoalar
bilan yashash uchun kurashda g’olib chiqishga sababchi bo’ladigan, shuningdek
abiotik muhit omillarining ta’siriga chidamliligini ifodalaydi.
MOSLASHISHNING ASOSIY KO’RINISHLARI
Moslashishlarning ko’rinishlariga kelsak morfologik, fiziologik va xulqiy
moslashishlar ajratiladi.
Morfologik moslashishlarga misol qilib suv muhitida gidrobiontlarning suvni
qarshiligini
kesib
yurishga
mos
tana
tuzilishi,
shuningdek,
plankton
organizmlarning suvda osilgan holda yashashi kabilar hisoblansa, o’simliklar
dunyosida cho’l sharoitida minimum suv sarflashga moslashish sifatida
barglarning reduktsiyalanishi yoki butunlay bo’lmasligi kabilarni ko’rsatish
mumkin.
Fiziologik moslanishlar hayvonlarda ozuqa tarkibiga ko’ra ovqat hazm qilish
sistemasida fermentlarning ma’lum turlarini uchrashi yoki cho’lda yashovchi
hayvonlarning suvga bo’lgan talabini qondirish uchun yog’larning biokimyoviy
oksidlanishdan foydalanishi kabilar kiradi. O’simliklarda kuzatiladigan fotosintez
jarayoni ham, boshqa biokimyoviy jarayonlar atmosferadagi gazlar tarkibiga
bog’liqdir.
Xulqiy yoki etologik moslashishlar hayvonlar uchun xos bo’lib, turli
shakllarda namoyon bo’ladi. Masalan, tashqi muhit bilan hayvon tanasi o’rtasida
normal issiq almashinuvi uchun uya qurish (boshpana topish), qulay haroratli joyni
izlab topish, shuningdek, qushlar va sut emizuvchilarda sutkalik va mavsumiy
ko’chib yurishlari ma’lum. Hayvonlar faqat harorat omiliga xulqiy tomondan
moslashib qolmay, baoki namlik, yorug’lik va boshqa ko’pchilik ekologik
39
omillarga ham moslashadi. Xulqiy moslanishlar yirtqichlarning o’ljani izidan
yurish, kuzatish kabilarda hamda o’ljaning javob reaktsiyalarida ko’rinadi.
MOSLASHISHNING DARAJALARI
Moslashish turli darajalarda va ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Masalan
harorat omiliga moslashish molekulyar darajadan boshlab to biotsenotik
darajagacha kuzatilishi mumkin. Ko’pchilik o’simliklar ortiqcha qizib ketishdan
saqlanish uchun boshqa o’simlik turining soyasida o’sadi. Bu erda moslashish
biotsenotik darajada namoyon bo’lmoqda. Asalarilarning uyalarini haddan tashqari
qizib ketganda qanotlarini qoqib uyani sovutishi jamoa darajasidagi moslashishga
misol bo’ladi. Hayvonlarning ter bezlari orqali tanasini sovutishi yoki o’simliklarni
transpiratsiya orqali barg yuzasini sovutishi kabilar organizm darajasidagi
moslanishlardir. Kuchli yorug’lik ta’sirida xloroplastlarning hujayra devori ostida
ma’lum bir tartibda joy olishi hujayra darajasidagi, termofil mikroorganizmlarning
oqsillarini yuqori harorat ta’siriga chidamliligi esa molekulyar darajadagi
moslashish hisoblanadi.
YORUG’LIKNING TIRIK ORGANIZMLAR HAYOTIDAGI
AHAMIYATI
Sayyoramizga quyoshdan keladigan yorug’lik nuri tirik organizmlar hayotida
muhim rol o’ynaydi.
3-jadval.
Yorug’lik ta’sirida o’simlik va hayvonlarda boradigan eng muhim
jarayonlar
40
1
.
Fotosintez
O’simlik tushayotgan nurni taxminan 1-5%
o’zlashtiradi. Fotosintez barcha tirik organizmlar
uchun ozuqa zanjirida energiya
manbaidir.
Xlorofill to’planishi uchun ham yorug’lik zarur.
2
.
Transpiratsiya
Quyosh nurining o’simlikka tushayotgan
75%i o’simlikdan suvni bug’latishga sarf bo’ladi.
Bunda suv bug’latish tezlashadi. Bu hol hozirgi
davrda suv muammosini hal etishda muhim
ahamiyatga ega.
3
.
Fotoperiodizm
O’simlik
va
hayvonlarning
hayotini
uyg’unlashtirish uchun muhim (ayniqsa ko’payish
davrida) ahamiyatga ega.
4
.
Harakatlanishi
O’simliklarda kuzatiladigan fototropizm va
fotonastiyalar o’simlikni yetarli yorug’lik bilan
ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Fototaksis
bir hujayrali o’simliklar va hayvonlarda o’ziga
xos yashash joyini tanlashda rol o’ynaydi.
5
.
Hayvonlarning
ko’rishi
Eng muhim organizmdagi funktsiyalardan
biri hisoblanadi.
6
.
Boshqa jarayonlar
Odamlarda D vitaminni sintezlanishi, terini
qorayishi
kabi
himoya
moslanishlari.
Tik
tushayotgan
nurdan
qochish
kabi
xulqiy
harakatlar.
Odam 0,40 – 0,75 mkm to’lqin uzunligidagi nurlarni ko’radi. Qisqa to’lqin
uzunlikdagi nurlar ultrabinafsha, uzun to’lqin uzunlikdagilar esa infraqizil nurlar
deb ataladi.
Yorug’lik birinchi navbatda yashil o’simliklar uchun zarur. Yorug’lik ta’sirida
yashil o’simliklarda eng muhim fizologik jarayon, ya’ni fotosintez amalga oshadi.
Bundan tashqari, yorug’lik hujayradagi biokimyoviy va fiziologik jarayonlarga,
41
jumladan fermentlarning faolligiga oqsil va nuklein kislotalarning sintezlanishiga
ta’sir etadi. Barg og’izchalarining harakati, gazlar almashinuvi hamda
transpiratsiya va boshqalarga ham ta’sir etadi.
O’SIMLIKLARNING YORUG’LIK OMILIGA MOSLASHISHI
O’simliklarni yorug’likka bo’lgan munosabatiga ko’ra uch guruhga ajratish
mumkin:
1. Yorug’sevar (geliofit) o’simliklar. Ular yorug’lik yetarli bo’lgandagina
normal o’sishi va rivojlanishi mumkin. Bunday o’simliklarga dasht, cho’l
zonalaridagi o’simliklar, o’tloqzorlardagi qo’ng’irboshdoshlar va boshqa ba’zi
turlar, o’rmon o’simliklar jamoasining birinchi qatlamini tashkil etuvchi baland
bo’yli daraxtlar, O’rta Osiyo sharoitidagi qisqa vegetatsiya qiluvchi ko’p yillik o’t
o’simliklarining efemeroid tipidagi hayot shakllari va boshqalar kiradi.
2. Soyasevar (stsiofitlar) o’simliklar. Ular kuchsiz yorug’lik tushayotgan
joylarda o’suvchi o’simliklardir. Bularga o’simliklar qoplamining pastki
qatlamlarida o’suvchi turlar, moxlar, plaunlar, paporotniklar, yong’oqzolar ostida
o’suvchi yovvoyi xina, tog’gunafsha kabilarni ko’rsatish mumkin. Yorug’sevar va
soyasevar o’simliklar morfologik, anatomik va fiziologik xususiyatlari bilan bir-
birlaridan farqlanadi.
3. Soyaga chidamli yoki fakultativ geliofit o’simliklar. Ularning ko’pchiligi
yorug’sevar hisoblansa-da, yorug’lik uncha yetarli bo’lmaganda ham, ortiqcha
yorug’likda ham normal o’sib rivojlanadigan turlardir. Ularga qo’ng’irbosh,
qulupnay, arg’uvon va boshqalarni kiritish mumkin.
HAYVONLARNING YORUG’LIK OMILIGA MOSLASHISHI
Yorug’lik hayvonlar hayotida muhim rol o’ynaydi. Chunonchi: a) yorug’lik
ko’pchilik hayvonlar uchun fazoda mo’ljal olishda yordam beradi. Masalan,
asalarilar asalshira ko’p bo’lgan joyni bildirish uchun iniga qaytgach, uzoq muddat
42
davomida gir aylanib Quyosh bilan ozuqa joylashishiga nisbatan ma’lum burchak
hosil qilgan holda to’htaydi.
Qushlar esa uzoq joylarga uchib ketayotganida Quyoshga qarab mo’ljal oladi;
b) dengiz va okean suvlari tagida yashaydigan jonivorlar, quruqlikda yashaydigan
baxzi qo’ng’izlar o’z tanasidan nur chiqarish xususiyatiga ega. Bu hodisa
biolyuminestsentsiya deb ataladi. Bunday xususiyat sodda hayvonlardan tortib
baliqlargacha xosdir. Bakteriyalar, zamburug’lar va ayrim tuban o’simliklar ham
shunday xususiyatga egadir. Biolyuminestsentsiya hayvonlar hayotida signal
vazifasini o’taydi. Signal tufayli ular turli hayot jarayonlari (jinsiy marosim,
dushmandan himoyalanish, dushmanni chalg’itish, o’ljaga tashlanish kabilar)ni
bajaradi; v) yorug’lik organizmlarning rivojlanishiga ham ta’sir ko’rsatadi.
Masalan, o’rmon suvsariga qish mavsumida qo’shimcha yorug’lik ta’sir etilgan
uning homiladorligi tezlashib, muddatidan oldinroq bolalagan.
Harakatda bo’ladigan hayvonlar o’ziga joy tanlashda yoritilish darajasini ham
hisobga oladi. Kecha-kunduz davomidagi faollik uchun ma’lum darajada yorug’lik
talab etiladi. Hayvonlar kunduzgi, tungi va g’ira-shirada faol hayot kechiruvchi
turlarga ham ajratiladi.
Shunday qilib, hayvonlar ham yorug’likka bo’lgan munosabatiga ko’ra bir
necha guruhga chunonchi, yorug’sevar, soyasevar hayvonlarga va yorug’likning
o’zgarishiga keng yoki tor (qisqa) doirada moslashgan guruhlarga bo’linadi.
TIRIK ORGANIZMLARNING HARORAT OMILIGA
MUNOSABATI
Ko’pchilik tirik organizmlar hayoti 0o bilan 50oS o’rtasida o’tadi. Temperatura
0o dan past yoki 50oS dan yuqori bo’lganda barcha hayot jarayonlari mutlaqo
to’xtaydi yoki keskin darajada sekinlashib qoladi. Demak, tirik organizmlar
hayotiga harorat optimum, minimum va maksimum darajada ta’sir etadi.
Ayrim suvo’tlar va umurtqasiz hayvonlarning hayoti 0oS dan past bo’lgan
temperatura ta’sirida normal o’tadi. Ba’zi bakteriyalar va zamburug’larning
43
sporalari hamda ba’zi umurtqasiz hayvonlar (kolovratka, tixoxodka va
ne’matodlar, hasharotlar) tanasi suvsizlantirilgach, ularga – 190o, - 273oS li past
temperatura ta’sir ettirilganda ham hayotchanligi saqlanib qolgan. YOki ko’k-
yashil, diatom va yashil suvo’tlar ayrim vakillarining 73o, - 93oS li qaynar
buloqlarda normal o’sishi aniqlangan. SHimoliy qutbda suvning temperaturasi 0oS
ga teng bo’lganda ham ko’pgina suv hayvonlari normal yashab suvo’tlar bilan
ovqatlanadi. Shimol bug’usi, oq ayiq, tyulen va pingvinlar hayoti ham past
haroratda normal kechadi.
O’SIMLIKLARNING HARORAT OMILIGA QARAB EKOLOGIK
GURUHLARGA AJRALISHI
Barcha o’simliklarni haroratga bo’lgan munosabatiga ko’ra ikkita ekologik
guruhga ajratish mumkin: yuqori harorat ta’sirida yaxshi o’sib rivojlanadigan
termofil o’simliklar va past harorat ta’sirida yashovchi psixrofil o’simliklar. Har
ikki guruhga mansub o’simlik turlari o’ziga xos moslanish xususiyatlariga ega.
Termofil o’simliklar hujayrasi issiqlikka chidamliligi, organlar yuzasining
kichrayishi, tuklarning yaxshi rivojlanganligi, efir moylariga ega bo’lishi, o’zidan
ortiqcha tuzlarni ajratib chiqarishi, uzoq muddat davomida tinim davrini o’tkazishi
va boshqa xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Psixrofil o’simliklar sovuq sharoitni har
xil holatlarda (ya’ni tinim yoki vegetatsiya davrida) anotomo-morfologik
moslanish orqali o’tkazadi. Bunday moslnishlarga poyasining yer bag’irlab o’sishi,
novdaning yotiq yo’nalishi, to’planish bo’g’imi va ildiz bo’ynining yer ostida
joylanishi, hazonrezgilik, po’kak qavatning yaxshi rivojlanishi, oq tanaga ega
bo’lish kabilarni ko’rsatish mumkin.
HAYVONLARNING HARORAT OMILIGA MOSLASHISHI
Hayvonlarning haroratga moslashish yo’llari asosan uch xildir, ya’ni
kimyoviy, fizik termoregulyatsiya va xulq-atvor moslanishlaridir. Tashqi muhit
44
haroratining pasayishiga javoban faol ravishda tanadan issiq ajralishi kimyoviy
termoregulyatsiya deyiladi. Bunday moslashishlarning ko’rinishlari ba’zi bir
baliqlarda, hasharotlarda (arilar, kapalaklar) uchratiladi. Tanadan issiq ajratishning
o’zgarishi, ya’ni ortiqcha bo’lsa tashqariga chiqarib yuborish yoki uni ushlab
qolish fizik termoregulyatsiya deb qaraladi. Bunday yo’l bilan harorat omiliga
moslashgan hayvonlarda quyidagi anatomo-morfologik moslashishlar kuzatiladi:
tananing junlar bilan qoplanishi, pat yoki parlarga ega bo’lishi, yog’ zahirasining
joylanishi, teri yoki nafas yo’li orqali suv bug’latishni boshqarish va hokazo.
Ko’pchilik hayvonlar uchun tana haroratini boshqarishda ularning instinktdan kelib
chiqadigan harakatlari katta ahamiyatga ega. Bular gavdaning holatini o’zgartirish,
boshpana topish, murakkab yer ostki uyalar (inlar) qurish, uzoq va yaqin
masofalarga ko’chib yurishlar (migratsiyalar) kiradi. Tana haroratini idora etishda
hayvonlarning guruhli hatti-harakatlari ham muhim ahamiyatga ega.
NAMLIK OMILINING TIRIK ORGANIZMLAR
HAYOTIDAGI AHAMIYATI
Quruqlikda yashovchi organizmlarning suvga bo’lgan talabi tuproq va
atmosfera namligi hisobiga qondiriladi. Tuproq va atmosferadagi namlikning
manbai atmosfera yog’inlari hisoblanadi. Yer sharida atmosfera yog’inlarining
yillik miqdori bir necha 10 millimetrdan 3000 millimetrni tashkil etadi.
Organizmlarning suv bilan ta’minlanganligini baholash uchun faqat yillik
atmosfera yog’inlarining miqdorini bilish bilan kifoyanilmaydi, chunki ushbu
miqdor cho’l iqlimini yoki juda nam iqlimni ifodalashi mumkin. Yer sharidagi turli
joylarda atmosfera yog’inlari bilan bug’lanish nisbati katta ahamiyatga ega. Yillik
bug’lanish yillik yog’ingarchilik miqdori yig’indisidan kam bo’lgan joylar arid
(qurg’oqchil) oblastlar deb ataladi. Bu erda yashovchi o’simlik va hayvonlar uchun
namlik
etarli
bo’lmaydi.
Aksincha,
yog’ingarchilikning
yillik
miqdori
bug’lanishning yillik miqdoridan ortiq bo’lgan joylar gumid (sernam) oblastlar
deyiladi.
45
Klimodiagrammalar ma’lum joydagi atmosfera yog’inlari bilan haroratning
o’zgarishi nisbatini ifodalovchi egri chiziqlardir. Agarda harorat egri chizig’i
atmosfera yog’inlari egri chizig’idan yuqorida bo’lsa qurg’oqchil, aksincha holat
kuzatilsa nam yoki ortiqcha nam sharoit hisoblanadi.
Organizmlarning
suv
bilan
ta’minlanishini
tavsiflash
uchun
iqlim
sharoitlaridan tashqari muayyan biotopning namlik sharoitini ham bilish kerak.
Odatda. Ortiqcha namlik, namlik, kuchsiz namlik, quruq va boshqa yashash
sharoitlari degan tushunchalar ishlatiladi.
O’SIMLIKLARNI NAMLIK SHAROITLARIGA
MOSLASHISHLARI
Organizmlarning suvga bo’lgan talabi, har xil namlik sharoitlarda yashashi
hamda moslashishlariga ko’ra to’rt asosiy guruhga ajratiladi: 1. Suvda yashovchi
(o’simliklar-gidrofitlar, hayvonlar-gidrofillar). 2. Ortiqcha namlikda yashovchilar
(gidrofitlar, gigrofitlar). 3. O’rtacha namlikda yashovchi (mezofitlar, mezofillar).
4. Qurg’oqchil sharoitda yashovchilar (kserofitlar, kserofillar).
Barcha o’simliklar suv bilan ta’minlanishi yoki namlik sharoitiga
moslanishiga ko’ra 5 ta ekologik guruhga ajratiladi: gidatofitlar, gidrofitlar,
gigrofitlar, mezofitlar, kserofitlar.
Gidatofitlar – hayoti doimo suvda o’tuvchi bu guruhga asosan suv o’tlar
kiradi.
Gidrofitlar – tanasining bir qismi suvdan tashqarida, qolgan qismi suv
qatlamida joylashgan o’simliklardir. Suv nilufarlari, g’ichchak, nayzabarg, o’qbarg
va boshqalar shular jumlasidandir.
Gigrofitlar – tuproqda ortiqcha miqdorda namlik yoki suv bo’lgan sharoitda
yashovchi o’simliklardir. Ular daryo va ko’l bo’ylari, botqoqliklarda, sernam
o’rmonlar va boshqa joylarda o’sadigan o’simliklardir.
Mezofitlar – o’rtacha namlik sharoitida yashovchi o’simliklar bo’lib, ularga
ko’pchilik madaniy va yovvoyi holdagi o’simliklar kiradi.
46
Kserofitlar – qurg’oqchil sharoitda yashashga moslashgan o’simliklardir.
Dasht, cho’l va chala cho’l zonalarida keng tarqalgan bu o’simliklar o’z navbatida
2 guruhga ajratiladi: sklerofitlar va sukkulentlar. Sklerofitlar O’rta Osiyo
cho’llarida uchrasa, sukkulentlar – tanasida suv saqlovchi kaktuslar hisoblanadi.
HAYVONLARNI NAMLIK OMILIGA MOSLASHISHI
Hayvonlar hayotida ham namlik yoki suv muhim rol o’ynaydi. Umuman
hayvonlar suvga bo’lgan talabini uch xil yo’l bilan qondiradi: 1. Bevosita suv
ichish orqali. 2. O’simliklar bilan ovqatlanish orqali. 3. Metabolizm hodisasi, ya’ni
tanasidagi moylar, oqsillar va karbon suvlarining parchalanishi orqali.
Suvni bug’lantirish esa asosan nafas olish, terlash va siydik yo’li orqali
bajariladi. Issiq kunlari ayrim sutemizuvchilar suvni haddan tashqari ko’p
sarflashlari mumkin. Masalan, kishilar yoz oylarida bir kunda 10 litrgacha suvni
terlash orqali sarflashi mumkin.
Moslanishlar ham odatda uch xil bo’ladi: yurish-turish harakati orqali,
morfologik va fiziologik moslanish.
Yurish-turish orqali moslanishda hayvonlar albatta suvni izlab topish,
yashaydigan joyni tanlash, in qazib, unda yashash orqali moslashadilar.
Morfologik moslanish tanasining ustida chig’anoqlar, sovutlar, qalqon va
tangachalar hamda kutikulalar hosil qilish orqali amalga oshiriladi. Masalan,
shiliqqurt, toshbaqa, kaltakesak, qo’ng’izlar ana shunday moslashadi.
Fiziologik moslanish esa metabolitik suv hosil qilish orqali amalga oshadi.
Masalan, odamlar tanasidan vazniga nisbatan 10% gacha suv yo’qotishi mumkin.
Undan ortiq suv yo’qotilsa organizm halok bo’ladi. Bu ko’rsatkichlar turli
hayvonlarda turlicha, masalan, tuyalar – 27%, qo’ylarda – 23%, itlarda – 17%, agar
bundan oshsa halokat yuz beradi.
Ayrim suvda yashovchi (gidrobiont) hayvonlar suvni yutishi yoki filtratsiya
qilish orqali yashashga moslashgan. Natijada suv havzalarida biologik tozalanish
sodir bo’ladi. Masalan, lixet, mshanka, astsidiy, plankton, qisqichbaqasimonlar,
47
midiyalar bir sutkada 150-280 m3 suvni tindiradi va tozalaydi. Qurg’oqchil
sharoitda yashovchi suvo’tlari, lishayniklar va moxlar poykilokserofitlar deb atalib,
ular qurg’oqchil davrlarda qurib qolib, anabioz holatga o’tadilar va yog’ingarchilik
bo’lgan vaqtda yana hayotini tiklab davom ettiraveradilar.
BIOSFERA.
Quyosh sistemasida Yerning boshqa sayyoralardan farqi nimada? Asosiy farq
bu Yerda tirik organizmining mavjudligidadir.Yerning bir qismini - biosfera
tashkil qiladi.Biosfera bu- yerning suv va atmosfera qobig’ining bir qismini tashkil
qiladi. Biosfera nimalardan tashkil topgan? Birinchi shakl ko'rsatadiki, Biosfera
turli xil organizmlardan, bir biridan farqlanuvchi muhitlardan iborat. Cho'l
zonasida yomg'ir miqdori kam bo'ladi. Kaktus o'simligi, Amerika bo'risi (koyot),
kaltakesaklarcho'l zonasiga xos o’simlik va hayvonlardir. Tropic zonalar esa ko’p
miqdorda yog’ingarchilik bo’ladigan issiq zonalar hisoblanadi. To'tiqush, maymun
va minglab boshqa organizmlar tropik o'rmonlarda yashaydi.
Marjon qoyalar okean suvining issiq va sayoz joylarida hosil bo'ladi. Qor va
muz bilan qoplangan Arktika zonasi shimolda joylashgan Qutb ayig'l, tyulen,
morjlar Arktikada yashaydi. Biosfera okean , tropik cho'l va qutblardan iborat
bo'lgan ko'plab zonalarni o'z ichiga oladi.
Suvning aylanishi
Agarda siz suv tomchisini quyosh tushib turgan tomonda oyna ustiga
qo’ysangiz, suv parlanadi. Parlanish shunday ro’y beradiki, bunda suv bug’ga
aylanadi va gaz shaklida atmosferaga chiqadi. Suv ko’llar, jilg’alar, hovuzlar va
okeanlarning yuza qismidan parlanadi. SHuningdek, suv bug’i atmosferaga
transpiratsiya jarayonida o’simlik barglaridan ham ko’tariladi. Hayvonlar suv
bug’ini havoga yugurib kelganda yoki harakat qilganda ko’proq chiqaradi. Suv
hayvonlarning chiqindilaridan ham atrofmuhitga qaytadi.
48
Yeryuzidagi tirik organizmlar tarqalgan, ularning doimiy ta’siri ostida bo‘lgan
va faoliyati mahsulotlari egallagan qobiq biosfera (yunoncha “bios” – hayot,
“sfera” – shar) deb ataladi. Biosferaning ikkinchi tarkibiy qismi o‘lik moddalar
(iqlim, atmosfera, tog‘ jinslari va boshqalar) hisoblanib, ularning hosil bo‘lishida
tirik organizmlar qatnashmaydigan biosferadagi moddalar yig‘indisi kiradi.
Biosferada oraliq moddalar ham ajratilib, ular o‘lik va tirik moddalarning
birgalikdagi faoliyatidan hosil bo‘ladi. Tirik organizmlar oraliq moddalar hosil
bo‘lishida yetakchio‘rinni egallaydi. Oraliq moddalar - Yerdagi tirik moddaning
faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan tuproq, yemirilgan tog‘ jinslari va barcha tabiiy
suvlardir. Bulardan tashqari, biogen moddalar ham mavjud. Ular tirik
organizmlarning hayoti davomida hosil bo‘ladi va o‘zgarishlarga uchraydi. Ularga
nihoyatda katta potensial energiyaga ega bo‘lgan toshko‘mir, bitum, neft, ohaktosh
va boshqalar kiradi (1-rasm).
Biosfera ko’rinishi (1-rasm)
Seksiya 2. TABIATDAGI AYLANMA HARAKATLAR
49
Biosferada moddalar aylanishiBiosferada kichik va katta doiradagi moddalar
aylanishixarakterlanadi. Kichik doiradagi moddalar aylanma harakati biologic
doiradagi aylanish bo‘lib, bu organizmlar o‘rtasida, quruqlikda tuproq bilan
organizm o‘rtasida, suvda esa organizm bilan suv o‘rtasida kechadi. Katta
doiradagi moddalarning aylanishi quruqlikdan moddalarning daryo va havo
oqimlari bilan okeanga kelib tushishidan iborat bo‘lib, dengiz yotqiziqlarining
quruqlikka qayta chiqishi esa okean tubining ko‘tarilishi va uning natijasida
quruqlik ayrim joylarining cho‘kishi bilan sodir bo‘ladi.
Suvning aylanishi. Biosferada suv bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib, kichik
va katta aylanish doiralarini hosil qiladi. Suvning bug‘lanib, kondensatsiyalanib
yog‘ingarchilik vositasida yerga qaytib tushishi suvning kichik doirada aylanishini
tashkil etadi. Bu aylanishning turi ko‘pincha okeanlar yuzasida sodir bo‘ladi.Suv
bug‘lari havo yo‘nalishi bilan quruq mintaqaga borishi va qaytib okeanlarga borib
tushishi suvning katta doirada aylanishini tashkil etadi. Suvning juda sekin
aylanishishimoliy muz okeanlarida sodir bo‘ladi (2-3-rasmlar)7.
Atmosferada suv bug’i (2-rasm)
1Peter Rillero, Dinah Zike Ecology, 2005 ( 44- 49- betlar).
50
Uglerodning aylanishi. Uglerodning aylanishi eng tez sodir bo‘ladigan
biogeokimyoviy jarayon hisoblanadi. Uglerod almashinuvi ko‘proq CO2 orqali
bo‘ladi.
Havoda
karbonat
angidrid
gazi
0,03%
bo‘ladi.
CO2
o‘simlikkao‘zlashtirilib, fotosintez mahsuldorligini hosil qiladi. O‘simlik va
hayvon qoldiqlaridagi organik moddalarningparchalanishi karbonat angidridning
manbaidir. Masaan, organikmoddalarning parchalanishi natijasida hayvon
siydigida ham karbonatangidrid ajralib chiqadi. Okean bilan atmosfera o‘rtasida
shamol va havoning harakati tufayli karbonat angidridning almashinishi kuzatiladi.
Dunyo bo‘yicha, jami quruqlikdagi o‘simliklar tomonidan bir yilda 600 mln. tonna
CO2 o‘zlashtirilib, 400 mln. tonna O2 chiqariladi va bunda 450 mln. tonna organik
moddalar hosil bo‘ladi. Yeryuzida barcha CO2ning bir marta to‘liq aylanishi 300
yilda sodir bo‘ladi.
Kislorodning aylanishi. Kislorodning aylanishi juda ham murakkab jarayon.
Kislorod fotosintez jarayonlarida hosil bo‘ladi. Bunda karbonat angidrid va
suvning quyosh nuri ta’sirida reaktsiyaga kirishib, organik modda, kislorod va suv
bug‘i hosil bo‘ladi. Kislorodnito‘la bir marta aylanishiga 2000 yil kerak.
Kislorodning asosiy manbai azon (O3) hisoblanadi.
Azotning aylanishi. Atmosferaning 78 % ini azot tashkil etadi. Azot inert
gazidan iborat bo‘lganligi sababli, uni birikma holda havoda uchratish qiyin. Tirik
organizmlarda azot aminokislotalar va oqsilning muhim komponenti hisoblanadi.
Havodagi erkin azot azotobakteriyalar vositasida o‘zlashtiriladi va birikma holda
ajratib chiqariladi. Bakteriyalar faoliyati natijasida 1 ga maydonda 2-3 kg dan 5-6
kg gacha azot birikma holga o‘tkaziladi. Erkin yashovchi azot o‘zlashtiruvchilar
vositasida har gektar yerga bir yilda 10 kg azot o‘zlashtiriladi, dukkakli ekinlar
vositasida esa 400 kg/ga o‘zlashtiriladi.
Fosforning aylanishi. Fosfor - nuklein kislotalari, oqsil, ATF va boshqa
hayotiy muhim organik moddalarning muhim tarkibiy qismlaridan hisoblanadi.
51
Fosforning aylanishi trofik zanjir, organik fosfat zanjiri vositasida hamda organik
fosfatning ajralishiva tirik organizmlarning ulishi natijasida yerga tushishi yo‘li
bilan amalga oshadi. Ularni mikroorganizmlar chiritib, yana qaytadan o‘simlikka
o‘zlashtiriladigan holatga o‘tkazadi.8
BIOSFERA HAQIDA VERNADSKIY TA’LIMOTI
Rus olimi V.I.Vernadskiy birinchi bo’lib sayyoramizdagi barcha tirik
organizmlarning olamshumul ahamiyatini ochib berdi. Olimning fikricha tirik
organizmlar Yer yuzasini o’zgartirishda eng kuchli omil hisoblanib, tog’ jinslari,
suv, atmosfera qismlari hayot ta’sirida o’zgarib turadi va u biosfera (yunoncha
“bios” – hayot, “sfera” – shar) deb ataladi. Biosfera Yer sharidagi eng yirik
ekotizim deb qaralib, u ayrim ekotizimlarning yig’indisidan tashkil topgan. Bular
litosfera (quruqlik), gidrosfera (suv havzalari), atmosferaning quyi qatlamlaridan
iborat. Hozirgi vaqtda tirik organizmlar tarqalgan chegara biosferaning 17 km.
qalinligini, ya’ni litosferaning 5-6 km gacha, dunyo okeanlarining tubigacha (10-
11 km) va atmosferada 10 ka gacha balandlikni tashkil etadi.
V.I.Vernadskiy sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar yig’indisini “tirik
modda” deb atab, biosferaning eng muhim tarkibiy qismi ekanligini ta’kidlaydi.
Tirik moddaning umumiy vazni kimyoviy tarkibi va energiyasi kabi xususiyatlar
bilan tavsiflanadi. Biosferaning umumiy vazni 3.1024 g, shundan tirik moddaning
vazni 1,8 – 2,5.1018 g. ga teng. Biosferaning ikkinchi tarkibiy qismi o’lik moddalar
(iqlim, atmosfera, tog’ jinslari va boshqalar) hisoblanib, V.I.Vernadskiy ta’limoti
bo’yicha ularning hosil bo’lishida tirik organizmlar qatnashmaydigan biosferadagi
moddalar yig’indisi kiradi. Biosferada oraliq moddalar ham ajratilib, ular o’lik va
tirik moddalarning birgalikdagi faoliyatidan hosil bo’ladi. Tirik organizmlar oraliq
moddalar hosil bo’lishida yetakchi o’rinni egallaydi. Oraliq moddalar Yerdagi tirik
moddaning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan tuproq, emirilgan jog’ jinslari va barcha
8 Peter Rillero, Dinah Zike .Ecology, 2005) P.44-53.
52
tabiiy suvlardir. Bulardan tashqari biogen moddalar ham mavjud. Ular tirik
organizmlarning hayoti davomida hosil bo’ladi va o’zgarishlarga uchraydi. Ularga
nihoyatda katta potentsial energiyaga ega bo’lgan toshko’mir, bitum, neft,
ohaktosh va boshqalar kiradi. Shunday qilib, biosfera tirik modda ta’siridagi
Yerning qobig’i hisoblanadi. Biosferada katta doirada moddalar aylanishi amalga
oshadi.
BIOSFERADAGI MODDALARNING XOSSASI VA FUNKTSIYALARI
I. Tirik moddaning maxsus xususiyatlari quyidagilar:
1. Biosferaning tirik moddasi katta energiya zaxirasiga ega.
2. Tirik va o’lik moddalar o’rtasidagi keskin farq ularda boradigan kimyoviy
reaktsiyalar tezligidadir (tirik moddada boradigan kimyoviy reaktsiyalar tezligi
ming va million marta ortiq).
3. Tirik moddaning o’ziga xos xususiyatlaridan biri, undagi oqsillar,
fermentlar va boshqa kimyoviy birikmalar faqat tirik organizmlarda barqaror
bo’ladi.
4. Biosferada har qanday moddaning erkin harakati va ma’lum darajada o’z-
o’zini idora etishi umumiy xususiyat hisoblanadi.
5. Tirik modda o’lik moddaga nisbatan morfologik va kimyoviy xilma-xilligi
jihatidan ajralib turadi. Tirik modda tarkibiga kiradigan 2 mln.dan ortiq organik
birikmalar ma’lum bo’lib, tabiiy minerallar esa ikki ming atrofida xolos.
6. Tirik modda biosferada ayrim organizmlar sifatida namoyon bo’lib,
ularning o’lchami ham juda xilma-xil. eng kichik viruslar 20 nm.dan oshmaydi.
eng yirik hayvon hisoblangan kitlarning uzunligi 33 m ga boradi. eng baland daraxt
(evkalipt)ning bo’yi esa 100 m dan ortadi.
II. Tirik moddaning asosiy biogeokimyoviy xususiyatlari quyidagilar:
1. energetik xususiyati. Fotosintez jarayoni orqali quyosh energiyasini
to’plash va uni keyinchalik biosferaning ayrim tarkibiy qismlarga taqsimlanishi.
Biosferada quyosh energiyasining to’planishi tufayli unda hayotning barcha
ko’rinishlari mavjuddir.
53
2. Gazlar hosil qilish va ularning harakatini amalga oshirish xususiyati.
Gazlarning aylanib yurishi, o’zgarishi orqali biosferaning gaz tarkibini ta’minlaydi.
Mayyoramizdagi asosiy gazlar biogen yo’l bilan kelib chiqqan. Tirik modda
faoliyati natijasida azot, kislorod, karbonat angidrid gazi, vodorod sulfid, metan va
boshqa gazlar hosil bo’lgan.
3. Biogen moddalarni to’plash xususiyati. Tirik modda tarkibida engil
elementlarning atomlari (H, C, N, O, Na, Mg, AI, Si, S, CI, K, Ca) ko’p miqdorda
uchraydi. Ushbu elementlarning miqdori tirik organizmlar ta’sirida tashqi muhitga
nisbatan yuz va ming barobar ortiq to’planadi. Ana shu xususiyat tufayli
biosferaning kimyoviy tarkibi xilma-xil ekanligi hamda o’lik moddalardan keskin
farq qilishi namoyon bo’ladi.
4.
Oksidlanish-qaytarilish
xususiyati.
Ma’lum
moddalar
(atomlari
o’zgaruvchan darajadagi oksidlanish xususiyatiga ega bo’lgan) domiy ravishda
kimyoviy o’zgarishlardan iborat bo’lib, bunda Yer yuzasida biogen moddalarning
oksidlanish-qaytarilish jarayonlari ustunlik qiladi.
5. Parchalanish xususiyati. Tirik organizmlarning nobud bo’lishidan keyin
parchalanish, ya’ni organik moddalarning minerallashish jarayoni sodir bo’ladi.
Natijada biosferada biogen va oraliq moddalar hosil bo’ladi.
6. Muhit hosil qilish xususiyati. Organizmlarning hayot faoliyati natijasida
muhitning
fizik-kimyoviy
ko’rsatkichlarini
o’zgartirishdan
iborat
bo’lib,
V.I.Vernadskiy “Organizmlar tashqi muhit bilan bog’langan, shuning uchun u
tashqi muhitga nafaqat moslashib qolmay, balki unga moslashgan”, deb yozgan
edi.
7. Transport xususiyati. Moddalarning Yerning tortish kuchiga qarshi
gorizontal yo’nalishda tashib yurilishi.
BIOSFERADA MODDALARNING AYLANISHI
Biosferada kimyoviy elementlar tirik organizmlarning faoliyati natijasida
aylanib turadi. Kimyoviy elementlarning biosferaning bir tarkibiy qismidan
54
ikkinchisiga o’tishi shu bilan birga dastlabki holatga qaytishi biosferada
moddalarning aylanishi deyiladi.
Energiyaning aylanishi moddalarning aylanishi bilan chambarchas bog’liq.
Moddalarning kichik doirada (biologik) va katta (geologik) doirada aylanishlari
kuzatiladi biologik doirada aylanish organizmlar o’rtasida, quruqlikda tuproq bilan
organizm o’rtasida, gidrosferada esa organizm bilan suv o’rtasida sodir bo’ladi.
Moddalarning katta doirada aylanishi quruqlik bilan dunyo okeanlari o’rtasida
boradigan jarayondir.
Hozirgi vaqtda sayyoramizda aholi sonining ortishi, tabiiy resurslardan keng
va noto’g’ri foydalanish kabilar biosferani xavf ostiga solib turibdi. Insoniyat
global
ekologik tangliklar
bo’sag’asida
turibdi.
Bugungi kunda
tabiiy
ekotizimlarning buzilishi yoki butunlay yo’qotilish, biologik xilma-xillikni
yo’qotish, ko’pchilik o’simlik va hayvon turlarining yo’qolib ketishi, atrof-muhitni
keng
ko’lamda
ifloslanishi,
chuchuk
suv
tanqisligi,
ozon
qatlamining
siyraklashishi, cho’llanish jarayoni va atmosferani “dimiqishi” natijasida iqlimning
o’zgarishi va boshqa muammolar kelib chiqdi. Insonning o’zi tur sifatida
sayyoramizda yashab qolishi xavf ostida va unga inqirozga uchragan ekotizimlarda
yashashga hech qanday kafolat berib bo’lmaydi. Shuning uchun ham inson va
tabiat o’rtasidagi munosabatlar muammosi bugungi kunga kelib, nihoyatda
kuchayib ketdi. Tabiat va inson o’rtasidagi munosabatlar ma’lum qonuniyatlarga
bo’ysungan holda boradi. Bu qonunlarning buzilishi albatta ekologik halokatga
olib keladi.
INSONNING BIOSFERAGA TA’SIRINI ASOSIY
YO’NALISHLARI
Inson dastlab biosferaning tuzilmasiga deyarli ta’sir yetmay, ibtidoiy hayot
kechirgan. Ovchilik qurollari va olovdan foydalanish kabilarning kashf etilishi
bilan insonning atrof-muhitga bo’lgan ta’siri biroz kengaydi. Yovvoyi hayvonlarni
qo’lga
o’rgatish,
o’simliklarni
madaniylashtirish
kabilar
oziq-ovqat
55
mahsulotlarining ko’payishiga va aholi sonining ortishiga sabab bo’lib, bu esa o’z
navbatida insonning biosferaga bo’lgan ta’sirini kuchaytirdi.
Dehqonchilikning rivojlanishi davomida o’rmonlar kesilib, unumdor yerlarga
aylantirildi, chorvachilikning rivojlanishi o’simliklar qoplamining kamayishiga,
payhon qilinishiga sabab bo’ldi. Natijada million yillar davomida shakllangan
barqaror hamjamoalar sun’iy beqaror ekotizimga aylandi. Insonning biosferaga
ta’sirini shartli ravishda quyidagi yo’nalishlarga ajratish mumkin:
1. O’rmonlarni kesish va yangi yerlarni o’zlashtirish birinchi navbatda
biosferaning suv rejimiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Natijada daryolar sayozlanib
qolishi, botqoqlanish, o’t bosish, baliqlar sonining kamayishi kuzatiladi. Yer ostki
suvlari zaxirasi kamayadi, qor va yomg’ir suvlari tuproqqa singimay uning yuza
qismini yuvib ketadi. Suv eroziyasi bilan qo’shilib tuproqqa yanada kuchli ta’sir
etadi.
2. Insonning biosferaga ta’sirida muhim rol o’ynaydigan omillardan yana biri
sug’orishdir. Inson qadim zamonlardan beri sug’oriladigan dehqonchilik bilan
shug’ullanib keladi. Sug’orish ishlari unumsiz erlarni unumdor erlarga aylanishiga
imkon berishi bilan birga gidrologik sharoitni ham o’zgartirib yuboradi.
Chunonchi, bunda yer ostki suvlari sathining botqoqlanishi va suv bosishi mumkin.
Bundan tashqari, sug’oriladigan erlarning kengayishi, daryolar suv rejimining
o’zgarishiga, ba’zan daryolarning qurib qolishiga olib keladi.
3. Insonning biosferaga ta’siridan yana biri kimyoviy o’g’itlardan foydalanish
hisoblanadi. Sug’oriladigan dehqonchilikda kimyoviy o’g’itlardan foydalanish
hosildorlikni bir necha marta oshiradi. Shu bilan birga o’g’itlardan foydalanish
ichimlik
suvlari
sifatining
yomonlashishiga,
evtrofikatsiya
jarayonining
susayishiga, nitrit va nitratlarning suvda to’planishi natijasida xavfli kantserogen
modda – nitrozaminlar hosil bo’lishiga sabab bo’lmoqda. Ushmu moddalar odam
salomatligiga salbiy ta’sir etadi. Bundan tashqari chuchuk suvlarda nitratlar va
fosfatlarning ortib ketishi fito va zooplanktonlarning hayotiga ham ta’sir etib, (azot
va kaliy miqdorini cheklaydi) fitoplanktonlarni ko’payib ketishiga olib keladi.
Suvda yashovchi ko’k-yashil suv o’tlari mineral o’g’itlar bilan ifloslangan suvlarda
56
juda tez ko’payib ketib, suv havzasining yuzini berkitib qo’yadi, bu esa
baliqlarning yalpi qirilishiga, shuningdek botqoqlanishga olib keladi.
4. Nihoyat insonning biosferaga ko’rsatadigan kuchli ta’sirlaridan biri
o’simliklar kasalliklari, zararkunanda hasharotlar va begona o’tlarga qarshi
kurashda foydalaniladigan kimyoviy kurash vositalaridir.
NOOSFERA BOSQICHI TUSHUNCHASI
Insoniyat jamiyati o’zining barcha xususiyatlari bilan birga Yer yuzidagi
hayot rivojlanishi (biogenez)ning navbatdagi bosqichidir. U eng kuchli tabiiy omil
sifatida nafaqat sayyoramiz, balki kosmik fazoni ham o’zgartirib yubormoqda.
Kelajakda inson va biosferaning rivojlanishi qanday ketadi, degan savol tug’iladi.
Qanday qilib biosferani parchalanib ketishining oldini olish mumkin?
Shuni ta’kidlash lozimki, jamiyatning rivojlanish jarayonini to’xtatib
bo’lmaydi. Ammo insonning biosferaga ta’sirini boshqarish orqali ularning har
ikkisini ham rivojlanishiga ziyon yetkazmaslik mumkin. Biogenez bosqichidan
boshlab hozirgi davrdagi hayot evolyutsiyasi aql yoki tafakkurning rivojlanish
bosqichi, ya’ni neogenez deb qaraladi. Keyingi yillarda biosferaning asta-sekin
noosferaga aylanishi kuzatilmoqda. Noosferaning lug’aviy ma’nosi “fikrlovchi
qobiq” demakdir. V.I.Vernadskiy fikricha noosfera biosferaning qonuniy
rivojlanishi natijasida kelib chiqadigan bosqich bo’lib, inson bilan tabiat
o’rtasidagi o’zaro ongli aloqa munosabatlarini o’z ichiga oladi.
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1.
Ekologiya mustaqil fan sifatida qachon vujudga keldi?
2.
О‘rta Osiyo allomalarining ekologiya faniga qо‘shgan hissasini
sо‘zlab bering.
3.
О‘zbekistonda ekologiya yо‘nalishidagi ilmiy ishlarning asoschilari
kimlar?
57
4.
Ekologiya fanining rivojlanishida О‘zbekiston olimlari tomonidan olib
borgan ilmiy-tadqiqot ishlar haqida tо‘xtaling.
5.
4.Tirik organizmlar qanday muhitlarda tarqalishini tushuntiring.
6.
Moslashish tushunchasini izohlab bering?
7.
Ekologik omillarni sanab bering.
8.
Ekologik
omillar
orasida
antropogen
omilning
o‘rni
qanday
kechmoqda?
9.
O‘simliklarning qanday hayotiy shakllarini bilasiz?
10. D.N.Kashkarov hayvonlarni harakatlanish bo‘yicha qanday guruhlarga
ajratgan?
11. Ekologik nisha nima?