EKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

6

File size

Fayl hajmi

20,5 KB


EKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMI
Reja: 
1. Yirik ekologik muammolar va ularning yechimi.
2. Hududiy ekologik muammolar va ularning yechimi
Quyidagi mavzular bilan tanishasiz: yirik ekologik muammolar, “issiqxona
samarasi”,  ozn  “tuynugi”,  Dunyo  okeani  sathining  ko’tarilishi,  cho’llashish,
o’rmon, yer va suv resurslaridan foydalanish, hududiy ekologik muammolar.
Insonning  mehnat  faoliyati  natijasida  atrof-muhitga  turli  chiqindilar
chiqariladi. Chiqindilar (qattiq, gazsimon va suyuq)ning bir qismi atmosferaga,
boshqasi suvga, yerga, o’simlik va hayvonot dunyosiga ta’sir etib, vaqt mobaynida
to’planib  boradi.  Ularning  yillar  davomida  asta-sekin  to’planib  borishi  turli
muammolarni, ba’zan inson  hayoti  uchun o’ta xavfli  muammolarni  chiqarishi
endilikda  to’liq  tasdiqlanmoqda.  Quyida  mazkur  geoekologik  muammolarning
ba’zilari bilan tanishasiz. 
1. Yirik ekologik muammolar va ularning yechimi.
Insonning xo’jalik faoliyati natijasida dunyoda yirik ekologik muammolar
kelib  chiqmoqda.  Ular  quyidagilar:  “issiqxona  samarasi”,  ozon  “tuynugi”,
cho’llashish.
“Issiqxona samarasi”. Dunyo bo’yicha XX asrning 50-yillaridan boshlab,
energiya chiqarishning keskin ortishi munosabati bilan atmosferaga katta miqdorda
chiqindilar chiqarila boshlandi. Atmosferaga chiqariladigan chiqindilar miqdori
yiliga 5 mlrd tonnani tashkil qildi. Bu miqdor yil sayin orta boshladi. Bu esa
Yerdagi o’rtacha harorat 1890-yildagi 14,5 °C dan 1980-yilda 15,2 °C ga, ya’ni 0,7
Logotip
EKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMI Reja: 1. Yirik ekologik muammolar va ularning yechimi. 2. Hududiy ekologik muammolar va ularning yechimi Quyidagi mavzular bilan tanishasiz: yirik ekologik muammolar, “issiqxona samarasi”, ozn “tuynugi”, Dunyo okeani sathining ko’tarilishi, cho’llashish, o’rmon, yer va suv resurslaridan foydalanish, hududiy ekologik muammolar. Insonning mehnat faoliyati natijasida atrof-muhitga turli chiqindilar chiqariladi. Chiqindilar (qattiq, gazsimon va suyuq)ning bir qismi atmosferaga, boshqasi suvga, yerga, o’simlik va hayvonot dunyosiga ta’sir etib, vaqt mobaynida to’planib boradi. Ularning yillar davomida asta-sekin to’planib borishi turli muammolarni, ba’zan inson hayoti uchun o’ta xavfli muammolarni chiqarishi endilikda to’liq tasdiqlanmoqda. Quyida mazkur geoekologik muammolarning ba’zilari bilan tanishasiz. 1. Yirik ekologik muammolar va ularning yechimi. Insonning xo’jalik faoliyati natijasida dunyoda yirik ekologik muammolar kelib chiqmoqda. Ular quyidagilar: “issiqxona samarasi”, ozon “tuynugi”, cho’llashish. “Issiqxona samarasi”. Dunyo bo’yicha XX asrning 50-yillaridan boshlab, energiya chiqarishning keskin ortishi munosabati bilan atmosferaga katta miqdorda chiqindilar chiqarila boshlandi. Atmosferaga chiqariladigan chiqindilar miqdori yiliga 5 mlrd tonnani tashkil qildi. Bu miqdor yil sayin orta boshladi. Bu esa Yerdagi o’rtacha harorat 1890-yildagi 14,5 °C dan 1980-yilda 15,2 °C ga, ya’ni 0,7
darajaga ortishiga olib keldi. Mazkur ko’rsatkich yil ortib borish xususiyatiga ega.
Bu esa “issiqxona samarasi”ning yuzaga kelishiga sabab bo’lmoqda. Olimlarning
fikricha,  “issiqxona  samarasi”ni  vujudga  keltiruvchi  gazlarning  hozirgi  ortish
sur’ati saqlanib qolsa, har 10 yilda harorat 0,2 – 0,5 darajaga ortib boradi. Bu esa
turli  ekologik  va  ijtimoiy-iqtisodiy  oqibatlarga  olib  kelishi  munkin.  Dunyo
bo’yicha  havo haroratining 1 – 2 darajaga ko’tarilishi  natijasida Yevrosiyoda
tundra, o’rmon-tundra, taiga, aralash va keng bargli o’rmonlar, o’rmon-dasht va
dasht tabiat zonalarining shimolga siljishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Yevropa
va Afrikada daryolarning suv oqimi ortadi. 
Dunyo bo’yicha havo haroratining ortishi muzliklarning erishi va okean
suvlarining  issiqlik  ta’sirida  kengayishiga  olib  keladi.  XX  asr  davomida
olimlarning  hisobi  bo’yicha  okean  sathi  17,5  sm  ga  ko’tarilgan.  Amerika
olimlarining bashoratiga ko’ra 2100-yilga kelib Dunyo okeani sathi 1,4 – 2,2 m ga
ko’tarilishi mumkin. Bu okean sohillarida joylashgan ko’pchilik davlatlarning suv
ostida qolib ketishiga sabab bo’ladi. 
Ozon  “tuynugi”.  XX  asrning  50-yillaridan  boshlab,  havoda  Freon
gazlarining  (xlor,  ftor,  uglerod)  miqdori  ko’payganligi  kuzatila  boshlandi.  Bu
gazlar 25 km balandlikda joylashgan ozon qatlamini yemira boshladi. Ma’lumki,
ozon qatlami Quyoshdan kelayotgan zararli ultrabinafsha nurlarni tutib qoladi.
Ozon  qatlamining  yemirilishi  natijasida  ozon  “tuynugi”  hosil  bo’ldi.  Mazkur
tuynukdan  Yer  yuzasiga  ultrabinafsha  nurlarining  kirib  kelishi  donli  ekinlar
hosilini keskin kamaytirib yuborishi, odamlarning teri raki kasaliga chalinishlariga
sabab bo’lishi aniqlangan. 
1989-yil 81 mamlakat olimlari, mutaxassislari hamda davlat arboblari qabul
qilgan “Ozon qatlamini muhofaza qilish Xelsinki Deklaratsiyasi” da 2000-yilga
qadar  Freon  gazlaridan  ishlab  chiqariladigan  mahsulotlarni  kamaytirib  borish
tadbirlari belgilab berildi. Natijada so’nggi yillarda ozon “tuynugi”ning maydoni
qisqarib bormoqda.
Cho’llashish.  Hozirgi  paytda  cho’llashish  jarayoni,  ya’ni  hosildor
yerlarning, yaylovlarning cho’lga aylanishi tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida sodir
bo’lmoqda. Tabiiy omillarga asosan qurg’oqchilik kiradi. Masalan, 1968 – 1974-
yillarda Sahroi Kabirning sohil mintaqasida falokatli qurg’oqchilik oqibatida Chad
Logotip
darajaga ortishiga olib keldi. Mazkur ko’rsatkich yil ortib borish xususiyatiga ega. Bu esa “issiqxona samarasi”ning yuzaga kelishiga sabab bo’lmoqda. Olimlarning fikricha, “issiqxona samarasi”ni vujudga keltiruvchi gazlarning hozirgi ortish sur’ati saqlanib qolsa, har 10 yilda harorat 0,2 – 0,5 darajaga ortib boradi. Bu esa turli ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi munkin. Dunyo bo’yicha havo haroratining 1 – 2 darajaga ko’tarilishi natijasida Yevrosiyoda tundra, o’rmon-tundra, taiga, aralash va keng bargli o’rmonlar, o’rmon-dasht va dasht tabiat zonalarining shimolga siljishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Yevropa va Afrikada daryolarning suv oqimi ortadi. Dunyo bo’yicha havo haroratining ortishi muzliklarning erishi va okean suvlarining issiqlik ta’sirida kengayishiga olib keladi. XX asr davomida olimlarning hisobi bo’yicha okean sathi 17,5 sm ga ko’tarilgan. Amerika olimlarining bashoratiga ko’ra 2100-yilga kelib Dunyo okeani sathi 1,4 – 2,2 m ga ko’tarilishi mumkin. Bu okean sohillarida joylashgan ko’pchilik davlatlarning suv ostida qolib ketishiga sabab bo’ladi. Ozon “tuynugi”. XX asrning 50-yillaridan boshlab, havoda Freon gazlarining (xlor, ftor, uglerod) miqdori ko’payganligi kuzatila boshlandi. Bu gazlar 25 km balandlikda joylashgan ozon qatlamini yemira boshladi. Ma’lumki, ozon qatlami Quyoshdan kelayotgan zararli ultrabinafsha nurlarni tutib qoladi. Ozon qatlamining yemirilishi natijasida ozon “tuynugi” hosil bo’ldi. Mazkur tuynukdan Yer yuzasiga ultrabinafsha nurlarining kirib kelishi donli ekinlar hosilini keskin kamaytirib yuborishi, odamlarning teri raki kasaliga chalinishlariga sabab bo’lishi aniqlangan. 1989-yil 81 mamlakat olimlari, mutaxassislari hamda davlat arboblari qabul qilgan “Ozon qatlamini muhofaza qilish Xelsinki Deklaratsiyasi” da 2000-yilga qadar Freon gazlaridan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni kamaytirib borish tadbirlari belgilab berildi. Natijada so’nggi yillarda ozon “tuynugi”ning maydoni qisqarib bormoqda. Cho’llashish. Hozirgi paytda cho’llashish jarayoni, ya’ni hosildor yerlarning, yaylovlarning cho’lga aylanishi tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida sodir bo’lmoqda. Tabiiy omillarga asosan qurg’oqchilik kiradi. Masalan, 1968 – 1974- yillarda Sahroi Kabirning sohil mintaqasida falokatli qurg’oqchilik oqibatida Chad
ko’li maydonining 60 foizdan ortig’i, Niger, Senegel daryolari qurib qoldi, namlik
yetishmasligi natijasida yaylovlarning mahsuldorligi keskin kamayadi, cho’l 100–
150 km ga savannaga bostirib kirdi.
Insonning yerdan noto’g’ri foydalanishi natijasida katta-katta maydonlarda
hosildor yerlar cho’lga aylanmoqda. Hozirgi paytda inson faoliyati ta’sirida 9 mln
kv.km maydonda cho’l hosil bo’lgan. Har yili taxminan 21 mln ga yer to’liq
buzilib,  cho’lga  aylanmoqda.  Har  yili  yerlarning  6  mln  ga  maydoni  cho’lga
aylandi. 
Hozirgi paytda cho’llashishning oldini olish bo’yicha muntazam ilmiy va
amaliy  ishlar  olib  borilmoqda.  Keniya  davlatining  poytaxti  Nayrobida
cho’llashishga  qarshi  kurashni  muvofiqlashtiruvchi  tashkilot  faoliyat  ko’rsatib
turibdi.
2. Hududiy ekologik muammolar va ularning yechimi
Sanoat va qishloq xo’jaligi yuqori darajada rivojlangan hududlarda tabiat va
jamiyat o’rtasidagi o’zaro ta’sirning keskinlashuvi oqibatida mintaqaviy ekologik
muammolar  kelib chiqmoqda.  Bu  ekologik muammolar  tabiiy  muhitni  keskin
o’zgartirib, aholi salomatligiga ta’sir etmoqda. 
Hozirgi paytda hududiy ekologik muammolar O’rta, Qora, Azov, Boltiq,
Shimoliy, Karib dengizlari havzasi, Fors qo’ltig’i, Kaspiy va Orol dengizlari,
Baykal, Balxash,  Ladoga, Onega, Chad, Buyuk ko’llar  va boshqa hududlarda
mavjud.
O’rta Osiyo va O’zbekistonda vujudga kelgan hududiy ekologik muammo –
bu, Orol dengizi muammosidir. 1911–1960-yillar davomida Orol dengiziga har yili
50 kub km suv quyilib kelgan va uning sathi muntazam ravishda 53 m mutloq
balandlikda, akvatoriyasi 66 ming kv.km, suvning o’rtacha sho’rlanganlik darajasi
9,5 – 10 foiz (9,5 – 10 g/l) bo’lib, o’rtacha chuqurligi 16 m ni tashkil qolgan. 
O’rta Osiyo va Janubiy Qozog’istondagi qo’riq yerlarning o’zlashtirilishi,
qator  yirik  suv  omborlarining  bunyod  etilishi,  kanallar,  kollektor-zovurlar
tizimlarini qurib, ishga tishirilishi natijasida 1961-yildan boshlab Amudaryo va
Sirdaryodan Orol dengiziga tushadigan suvlar miqdori kamaya boshladi. Buning
Logotip
ko’li maydonining 60 foizdan ortig’i, Niger, Senegel daryolari qurib qoldi, namlik yetishmasligi natijasida yaylovlarning mahsuldorligi keskin kamayadi, cho’l 100– 150 km ga savannaga bostirib kirdi. Insonning yerdan noto’g’ri foydalanishi natijasida katta-katta maydonlarda hosildor yerlar cho’lga aylanmoqda. Hozirgi paytda inson faoliyati ta’sirida 9 mln kv.km maydonda cho’l hosil bo’lgan. Har yili taxminan 21 mln ga yer to’liq buzilib, cho’lga aylanmoqda. Har yili yerlarning 6 mln ga maydoni cho’lga aylandi. Hozirgi paytda cho’llashishning oldini olish bo’yicha muntazam ilmiy va amaliy ishlar olib borilmoqda. Keniya davlatining poytaxti Nayrobida cho’llashishga qarshi kurashni muvofiqlashtiruvchi tashkilot faoliyat ko’rsatib turibdi. 2. Hududiy ekologik muammolar va ularning yechimi Sanoat va qishloq xo’jaligi yuqori darajada rivojlangan hududlarda tabiat va jamiyat o’rtasidagi o’zaro ta’sirning keskinlashuvi oqibatida mintaqaviy ekologik muammolar kelib chiqmoqda. Bu ekologik muammolar tabiiy muhitni keskin o’zgartirib, aholi salomatligiga ta’sir etmoqda. Hozirgi paytda hududiy ekologik muammolar O’rta, Qora, Azov, Boltiq, Shimoliy, Karib dengizlari havzasi, Fors qo’ltig’i, Kaspiy va Orol dengizlari, Baykal, Balxash, Ladoga, Onega, Chad, Buyuk ko’llar va boshqa hududlarda mavjud. O’rta Osiyo va O’zbekistonda vujudga kelgan hududiy ekologik muammo – bu, Orol dengizi muammosidir. 1911–1960-yillar davomida Orol dengiziga har yili 50 kub km suv quyilib kelgan va uning sathi muntazam ravishda 53 m mutloq balandlikda, akvatoriyasi 66 ming kv.km, suvning o’rtacha sho’rlanganlik darajasi 9,5 – 10 foiz (9,5 – 10 g/l) bo’lib, o’rtacha chuqurligi 16 m ni tashkil qolgan. O’rta Osiyo va Janubiy Qozog’istondagi qo’riq yerlarning o’zlashtirilishi, qator yirik suv omborlarining bunyod etilishi, kanallar, kollektor-zovurlar tizimlarini qurib, ishga tishirilishi natijasida 1961-yildan boshlab Amudaryo va Sirdaryodan Orol dengiziga tushadigan suvlar miqdori kamaya boshladi. Buning
oqibatida  Orol  dengizining  sathi  pasayib,  matdoni  qisqara  boshladi,  suvning
sho’rlanganlik darajasi esa orta boshladi. 
Orol dengiziga Amudaryo va Sirdaryo orqali quyilgan suv miqdorining
1926–1996-yillar mobaynida o’zgarib borishi,
km3
                                                                    4 – j a d v a l
Tavsif
1961-1970
1971-1985
1986-  1996
Suv resurslari
116,2
109,6
98,6
Suv oqimi sarfi
70,8
92,2
-
Daryo  deltalariga yetib
kelgan suv
45,4
17,4
14,6
Daryo deltalarida suv
3,9
2,4
2,0
Dengizga quyilgan suv
41,5
15,0
12,6
Orol dengizi suv rejimining o’zgarishi
(A.Ye.Asarin ma’lumotlari bo’yicha)
                                            5 – j a d v a l
Tavsif
1980
1985
1989
 1999
2003
Sathi, m
46,3   
42,2
38,6    
35,0    
30
Hajmi, km3
675
470
329
 231,3    
155
Maydoni, 
ming km2
52,1   
45,0
36,5     
28,0    
20
Orol dengizi sathi 1960–1970-yillari 21 sm, 1971–1980-yillarda 68 sm,
1981–1985-yillarda sm ni tashkil qiladi.
Logotip
oqibatida Orol dengizining sathi pasayib, matdoni qisqara boshladi, suvning sho’rlanganlik darajasi esa orta boshladi. Orol dengiziga Amudaryo va Sirdaryo orqali quyilgan suv miqdorining 1926–1996-yillar mobaynida o’zgarib borishi, km3 4 – j a d v a l Tavsif 1961-1970 1971-1985 1986- 1996 Suv resurslari 116,2 109,6 98,6 Suv oqimi sarfi 70,8 92,2 - Daryo deltalariga yetib kelgan suv 45,4 17,4 14,6 Daryo deltalarida suv 3,9 2,4 2,0 Dengizga quyilgan suv 41,5 15,0 12,6 Orol dengizi suv rejimining o’zgarishi (A.Ye.Asarin ma’lumotlari bo’yicha) 5 – j a d v a l Tavsif 1980 1985 1989 1999 2003 Sathi, m 46,3 42,2 38,6 35,0 30 Hajmi, km3 675 470 329 231,3 155 Maydoni, ming km2 52,1 45,0 36,5 28,0 20 Orol dengizi sathi 1960–1970-yillari 21 sm, 1971–1980-yillarda 68 sm, 1981–1985-yillarda sm ni tashkil qiladi.