EKOLOGIYA FANINI PREDMETI VA VAZIFALARI (Ekologiyaning tarixi, Ekologiya predmeti, maqsadi va vazifalari. Autekologiya va sinekologiya)
Yuklangan vaqt
2024-05-12
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
16
Faytl hajmi
43,6 KB
Ilmiybaza.uz
EKOLOGIYA FANINI PREDMETI VA VAZIFALARI
Reja:
1.
Ekologiya predmeti, maqsadi va vazifalari. Autekologiya va sinekologiya.
2.
Ekologiyaning tarixi.
3.
Ekologiya ob’ektlarini kuzatish usullari.
4.
Ekologiyaning qishloq xo‘jaligida va inson hayotidagi ahamiyati.
Ilmiybaza.uz
Tayanch
iboralar:
Biogeotsenoz,
ekosistema,
autekologiya,
sinekologiya, fitosotsiologiya, jamoa, populyasiya, gerbitsid, pestitsid,
issiыxona samarasi, ozon qatlami, landshaft, resurs, radioaktiv ifloslanish.
1. Ekologiyaning predmeti, maqsadi va vazifasi. Autekologiya va sinekologiya.
Ekologiya yunoncha "oikos" (eykos) - yashash joyi, makon va «logos» - fan,
so‘zidan olingan bo‘lib, tirik organizmlarning tevarak atrofdagi muhit bilan o‘zaro
munosabatini o‘rganadigan biologik fan hisoblanadi. Ekologiya muhit omillarining
o‘simlik va hayvonlar organizmiga ta’sirini, organizm va populyasiyaning muhit
omillariga ko‘rsatadigan reaksiyalarini, populyasiyalar soni va tizimini bir xil
saqlovchi
mexanizmlarni
(jarayonlarni),
tabiiy
guruhlarning
biologik
mahsuldorligini,
biogeotsenozlar
yoki
ekosistemalarning
harakatlanish
qonuniyatlarini va biosferani o‘rganadi. Tirik tabiat qanday tuzilgan, qaysi qonunlar
asosida mavjud va rivojlanadi, u inson ta’siriga qanday javob beradi bularning
barchasi ekologiyaning predmetidir.
Inson borki, hayot uchun kurashadi, tabiatning barcha injiqliklariga
moslashishga intiladi, har bir kishi tabiat in’omlaridan foydalanadi, quradi, bunyod
etadi. Odatda inson biror maqsadni ko‘zlab tabiatning muayyan bir sohasida ijobiy
yoki ko‘pincha salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Kishilar o‘zlari uchun istiqomat joylari barpo etar ekanlar, buning atrof muhitning
o‘simlik va hayvonot dunyosiga qandaydir salbiy ta’siri bo‘ladi, natijada tabiat
kambag‘allashib boradi. Inson qurilish materiallari sifatida tabiiy o‘rmonlarni
keragidan ortiqcha kesadi, demak o‘simlik dunyosi qisqarib, u o‘z navbatida
atmosfera havosini musaffo bo‘lishiga rahna tug‘diradi, tuproq eroziyaga uchraydi, er
osti suvlari kamaya boradi, ko‘chkilar paydo bo‘lib, sel natijasida jarliklar hosil
bo‘lishi mumkin. Bu lavha insonning tabiatga ko‘rsatgan ta’siridan bir parcha xolos.
Tabiatga nisbatan ko‘r-ko‘rona yondoshish, uning ehsonlaridan ayovsiz foydalanish
pirovardida og‘ir asorat qoldirishi mumkin.
Ilmiybaza.uz
Bizni o‘rab turgan butun tabiat, borliq, ming yillar mobaynida shunday bir
muvozanatga kelganki, uning bir bo‘lagiga etkazilgan ozor boshqa bo‘laklariga ham
salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Tabiatga ta’sir etishda ba’zi jiddiy xatolarga yo‘l
qo‘yilishi mumkin ekanligini Orol fojiasi misolida yaqqol ko‘rsatish mumkin.
Hozirgi zamon ekologiyasi odam va biosfera o‘rtasidagi o‘zaro munosabat
masalalarini jadal o‘rganmoqda.
Hozirgi zamon ekologiyasining yana muhim vazifalaridan biri bu biologik
resurslardan oqilona foydalanish, odam faoliyati ta’sirida tabiat o‘zgarishlarini
oldindan ko‘ra bilish, tabiatda kechayotgan jarayonlarni boshqarish yo‘llarini
o‘rganish, zararkunandalarga qarshi kurashning zararsiz va samarador usullarini
yaratish, sanoat korxonalarida chiqindisiz texnologiyani ishlab chiqish va joriy etish.
Ekologiya umumiy va xususiy yoki tarmoqli bo‘ladi. Umumiy ekologiya yoki
sinekologiya har xil sistemalar (populyasiyalar, jamoalar va ekosistemalar) ning
tuzilishini, xossalarini hamda ularning funksional prinsiplarini, xususiy ekologiya
yoki autekologiya esa ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan o‘zaro
munosabatini, turlarning muhitga ko‘proq va uzviy moslashganligini o‘rganadi.
Xususiy ekologiya – o‘simlik va hayvonlar ekologiyasidan iborat.
Bugungi kunda ekologiya sof biologik fanlar tizimidan chiqib, mazmuni
kengayib bormoqda. Atrof muhitga zamonaviy fan va texnika taraqqiyotining ta’siri
natijasida ekologiya tushunchasi o‘ta kengayib ketdi. Inson ekologiyasi degan
tushuncha paydo bo‘ldi.
Inson ekologiyasi yangi fan sifatida 1921 yil amerikalik olimlar Borjes va Park
tomonidan kiritildi.inson ekologiyasi insonning atrof muhitga va aksincha, atrof
muhitning
insonga
ko‘rsatayotgan
ta’sirini
o‘rgatadi.
Insonning
tabiatga
ko‘rsatayotgan ta’sir doirasi beqiyosdir chunki hozirgi kunda insonning tabiatga
nisbatan o‘tkazayotgan salbiy ta’sirlari natijasida unumdor erlar erroziyaga uchrab
unumsiz erlarga aylanmoqda, dasht ekosistemasi degan tabiiy ekosistemalar deyarli
yo‘qolib bormoqda, inson qo‘li tengmagan o‘rmonlar ham juda kam qolgan. Er yuzi
quruqligidagi o‘rmonlar maydoni 75 % dan 25 % gacha kamaygan.
Ilmiybaza.uz
Agar yashil o‘simliklar maydoni kengaytirilmasa, gidroenergiya va atom
energiyasidan keng foydalanishga o‘tilmasa, yana 100 yildan so‘ng atmosferada
kislorod kamayib, karbonat angidrit miqdori ko‘payib kishi organizmining yashashai
uchun xavf tug‘diradi.
Qurg‘oqchil mintaqalarda kishilarning xo‘jalikdan noto‘g‘ri foydalanishi
natijasida qayta cho‘llanish xodisasi yil sayin kuchayib bormoqda. Hozir Er qurrasi
bo‘yicha cho‘llashgan maydonlar 30 mln km2 ga etgan bo‘lib, bu sayyoramiz quruqlik
maydonining 20 % ni egallaydi.
Fan va texnika taraqqiy etgan sari insonning tabiatga ta’sir etish yo‘llari va
shakllari ko‘payib, ular tabiatda bo‘ladigan miqdor o‘zgarishgagina emas, balki sifat
o‘zgarishlarga ham olib keladi.
Ekologiya tabiat bilan tirik organizmlarning uzviy bog‘lanishini ifoda etar ekan, u
shubhasiz tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asosini tashkil etadi.
2. Ekologiyaning tarixi
Ekologiya atamasini birinchi bo‘lib nemis zoologi E.Gekkel 1866 yilda fanga
kiritishni taklif qilgan bo‘lsada, ekologik bilimlar qadimgi YUnoniston, Rim, SHarq
hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarida o‘z rivojini topgan.
Jumladan, Gippokrat, Aristotel va shu kabi yunon faylasuflari asarlarida
ekologiya haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Inson qadimgi zamonlapda o‘zini o‘pab tupgan tabiatni, tevapak atpofda sodip
bo‘layotgan hodisalap mohiyatini, olam tuzilishini bilishga qiziqqan. Xalq opasidan
etishib chiqqan olimlap borliqni o‘rganib, ilm va madaniyat xazinasining boyishiga
hamda jamiyat taraqqiyotiga ulkan xissa qo‘shib kelganlap.
Tipik tabiat haqidagi tasavvuplap epamizdan bip necha ming yillap oldin
qadimgi Misp, Xitoy va Hindistonda paydo bo‘lgan.
Meloddan oldingi XVI aspda mispliklap ko‘pgina dopivop, madaniy o‘simlik
xillapini bilganlap. Ulap donli ekinlap, sabzavotlap, meva dapaxtlapining bip necha
tuplapini ekib o‘stipganlap. Mispliklap qoramol, ot, eshak, qo‘y, echki va
Ilmiybaza.uz
cho‘chqalapni boqqanlap. Bip o‘pkachli tuyani, mushuk, g‘oz, o‘rdakni
xonakilashtipgan. Hindistondan tovuq keltipib boqqanlap.
Qadimgi Hindiston xalqlapi ham miloddan oldingi XX - XV asplapda
ko‘pgina madaniy o‘simliklapni ekkanlap, qoramol, kaptap, it boqqanlar va bipinchi
mapta tovuq, filni xonakilashtipganlap. Qadimgi hindlap tabiat besh elementdan:
olov, ep, suv, havo va efipdan tashkil topgan, deydi. Ulapning qayd qilishicha,
xomila epkak va ayol jinsiy bezlapi mahsulotining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi.
Hind xalq ijodi hisoblangan "Maxobxopat" miloddan oldingi VI - V asplapda
yapatilgan. Unda tabiatdagi hodisalap, o‘simlik va hayvonlapning tashqi qiyofalapi,
tabiat ekologiyasi bayon etilgan.
Miloddan oldingi 2000 yillapda Xitoyda dehqonchilik, chopvachilik
bipmuncha pivojlangan. Tut ipak quptini boqish esa undan anchagina oldin amalga
oshgan. Qadimiy Xitoy tabiatshunos olimlapi olamdagi bapcha napsalap, shu
jumladan o‘simliklap, hayvonlap, hatto suv, dapaxt, olov, ep va ba’zi napsalapning
o‘zaro qo‘shilishidan hosil bo‘lgan degan fikpda bo‘lganlap.
Miloddan oldingi VI - IV asplapda yashagan yunon va pim tabiatshunoslapi
opganizmlapning tabiiy pivojlanishi g‘oyasini e’tipof etganlap. Masalan: Fales
bapcha tipiklik suvdan, Anaksemen, hayvonlap va odam loyqadan kelib chiqqan
deydi.
Levkipp va Demokpit atomistik nazapiyaga asos soladilap. Bu nazapiyaga
ko‘pa bapcha tipik opganizmlap atomlapdan tashkil topgan.
Empedokl tabiatdagi suv, ep, havo bip - bipiga qo‘shilib, keyin ajpaladi,
oqibatda opganizmlapning opganlapi alohida - alohida vujudga kelgan.
Opganizmlapning bip - bipiga muvofiq qo‘shilishidan nopmal opganizmlap,
nomuvofiq qo‘shilishidan nonopmal opganizmlap paydo bo‘lgan, degan.
Gepokpatning ipsiyat to‘g‘risidagi tasavvupiga ko‘pa epkak va ayolning urug‘i
opganizmning bapcha qismidan hosil bo‘ladi. Baquvvat opganizmdan kuchli,
nimjon opganizmdan kuchsiz nasl pivojlanadi.
Qadimgi YUnonistondagi tabiatshunoslik fanining pivojiga Apistotel ayniqsa
katta xissa kushdi. U hayvonlap klassifikatsiyasining asosini yapatdi. Solishtipma
Ilmiybaza.uz
anatomiya, embpiologiya sohasida dastlabki fikplapni bayon qildi. U "hayvonlap
tapixi", "hayvonlapning paydo bo‘lishi", "hayvon tanasining qismlapi degan
asaplapni yozdi. Bu asaplapida olim tabiatda asta-sekin pivojlanish borishi
to‘g‘risida ba’zi fikplapni olga supdi. Apistotel hayvonlapning 500 ga yaqin tupini
bilgan. U hayvonlap-ni klassifikatsiyalashda ulapning aypim xossalapiga emas, ko‘p
belgilapi-ga e’tibop bepish kepakligini aytdi. U bapcha hayvonlapni ikkita katta
guruhga "konlilap" va "konsizlap"ga bo‘ldi. Bu guruhlap hozirgi "umurtqalilap" va
"umuptkasizlap" ga to‘g‘ri keladi. Qonlilapni 5 ta katta avlodga ajpatgan.
"Katta avlod" tushunchasi hozirgi paytdagi "sinf" tushunchasiga xam-
oxangdip. Apistotel konsizlapdan 130 tupini bilgan.
Olimning uktipishicha meduza, aktiniya, bulutlap tuzilishi jihatidan bip
tomonlama o‘simliklapga ikkinchi tomonlama hayvonlapga o‘xshash. SHuning
uchun ulapni Apistotel zoofitlap deb atagan.
Qonli hayvonlapning bapchasida ichki opganlap o‘zaro o‘xshash va bip xilda
joylashgan. Apistotelning shogipdlapidan bipi Tiofpast o‘simliklapning 500 ortiq
tupini o‘rgangan. Ulapning tuzilishini, fiziologiyasini, amaliy ahamiyatini tasviplab
bepgan. U bip o‘simlik tupi boshqa tupiga aylanishi mumkin degan fikpni
quvvatlagan.
Miloddan keyin Evropada Xristian dinining vujudga kelishi munosabati bilan
tabiiy fanlar inqirozga uchragan bir paytda Markaziy Osiyoda u anchagina
rivojlandi. Jumladan, o‘zbek ensiklopedist olimi Abu Rayhon Beruniy (973-1051)
yozib qoldirgan asarlarida (uning 152 ta asari bo‘lib, shundan bizgacha 27 tasi etib
kelgan) yil va fasllarning o‘zgarishi bilan hayvonlar va o‘simliklarning o‘zgarishi
to‘g‘risida fikr yuritilgan. Uning aytishicha birorta hayvon yoki o‘simlik turi er
yuzini butunlay qoplab olsa, boshqalarning ko‘payishiga o‘rin qolmaydi. SHuning
uchun dehqonlar ekinlarni o‘toq qiladilar, asalarilar asalni bekorga eydigan o‘z
jinslarini o‘ldiradilar. Beruniy - Er yuzining o‘zgarishi o‘simlik va hayvonlarning
o‘zgarishiga olib keladi deb ta’kidlaydi.
Beruniy «Saydana» degan asarida 1116 tur dori – darmonlarni tavsiflagan.
Beruniyning «Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklari» va «Hindiston» degan
Ilmiybaza.uz
asarlarida o‘simlik va hayvonlarning tuzilishi hamda ularning tashqi muhit bilan
aloqasi haqida ham qiziqarli ma’lumotlar keltiriladi.
Abu Nasr Farobiy (873-950) botanika, zoologiya, odam anatomiyasi va
tabiatshunoslikning boshqa sohalarida fikr yuritib, tabiatda bo‘lib turadigan tabiiy
tanlanishni va insonlar tomonidan olib boriladigan sun’iy tanlanishni tan oladi.
Ekologiyaga doir fikrlarni buyuk davlat arbobi, shoir va tabiatshunos olim
Zahiriddin Muhammad Bobur (1482-1530) ham bayon qilgan. U o‘zining
"Boburnoma" degan buyuk asarida o‘simliklar va hayvonlarning o‘xshash tomonlari
va farqlari haqida aniq dalillar keltiradi. Samarqand, Buxoro hududlarida o‘sadigan
o‘simliklar (archalar, butalar, sarv daraxtlari, zaytunlar, chinorlar) va hayvonlarning
ko‘pchiligi Hindistonda o‘sadigan o‘simliklar va yashaydigan hayvonlarga o‘xshash
ekanligini aytadi. SHu bilan birga Hindistondagi ko‘pgina hayvonlar va o‘simliklar
endemik ekanligini qayd qiladi. U bir mamlakat o‘simliklarini ikkinchi mamlakat
erlariga o‘tqazib bog‘lar barpo qilgan. Jumladan Qobulga SHimoldan olcha,
Hindistondan Banan, shakarqamish keltirib ektirgan. Keyinchalik bu o‘simliklarni
Buxoro va Badaxshonga ham yuborgan.
Ekologiyaning keyingi taraqqiyoti Evropada XVIII asrda o‘z aksini topadi.
SHu zamonda K.Linney va J.Byuffonlar qimmatli ekologik kuzatishlar olib
borishgan. XIX asr boshlarida nemis tabiatshunosi A.Gumbold o‘simlik hayotiy
shakllarining dastlabki klassifikatsiyasini tuzdi. SHvetsariya botanigi O.F.Dekaldol
o‘simliklarga tashqi muhit ta’sirini o‘rganadigan eirriologiya faniga asos soladi
(1832 y.). Biroq ekologiya hamma olimlar tomonidan tan olingan fan sifatida
faqatgina 1900 yillari shakllandi. Dastavval o‘simliklar va hayvonlar ekologiyasi
sohasida kuzatishlar olib borgan F.Klements va V.SHelfordlar, moddalar
almashinuvi va oziqa zanjiri konsepsiyalariga asos solgan T.Lindeman va
Dj.Xatchinsonlar va ko‘l sistemalarini kuzatgan E.Birdje va CHana Djudee hamda
shularga o‘xshash boshqa olimlarning kuzatishlari umumiy ekologiya fanining
nazariy asoslarini tashkil etdi. XX - asr boshlarida o‘simlik va hayvonlarning tashqi
muhit bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganish bosh masala qilib qo‘yildi. SHu bilan
birgalikda organizmlarning ichki suv havzalarida yashash sharoitini o‘rganish ham
Ilmiybaza.uz
boshlab yuborildi. Suvda yashovchi organizmlarni o‘rganuvchi gidrobiologlar
biomassa (nemis olimi T.Demol), biotsenoz mahsuloti (R.Demol, A.Tineman)
tushunchalarini ta’riflab berdilar. Ekologlar o‘z tajribalarini dala sharoitida olib
boradigan bo‘ldilar. Ular zararkunandalar, kemiruvchilar va ov qilinadigan sut
emizuvchilar sonining o‘zgarib turishini analiz qildilar, qor qoplamining
hayvonlarga
ta’sirini
o‘rgandilar,
tuproqda
yashaydigan
umurtqasizlarni
tekshirdilar.
Ekologiya
fanini
rivojlantirishga
ekosistema
va
biogeotsenoz
tushunchalarining shakllanishi ham katta hissa qo‘shdi. Ingliz olimi A.Tensli (1935)
birgalikda yashaydigan avtotrof va geterotrof organizmlarning har qanday to‘dasi va
ular hayoti uchun zarur bo‘lgan abiotik muhitni ekosistema deb atadi. Akademik
V.N.Sukachev esa Er yuzining muayyan hududida yashaydigan o‘simliklar,
hayvonlar va mikroorganizmlarning, shu hudud landshafti, iqlim, tuproq hamda
gidrologik sharoitlari bilan birligini biogeotsenoz deb nomladi. Bu tushunchalarning
fanga kiritilishi, ekologiyaning har xil bo‘limlarini bir biriga yaqinlashtirish
imkonini berdi va XX asr boshlarida botanik va zoolog olimlar quruqlikdagi
ekologik kuzatishlarni alohida – alohida olib bordilar va natijada o‘simlik
guruhlarining tuzilish qonuniyatlarini o‘rganuvchi fitosotsiologiya (keyinchalik
fitotsinologiya) fani paydo bo‘ldi. SHu davrda guruhlarning almashinish jarayonlari
qonuniyatlarini o‘rganish (suksessiya) davom ettirildi.
O‘simliklar guruhlarini o‘rganishda T.F.Morozovning "O‘rmon to‘g‘risidagi
ta’limoti" (1912 y.) va V.N.Sukachevning "O‘simlik guruhlari haqidagi ta’limotga
kirish"(1915 y.) asarlari muhim ahamiyat kasb etdi. Hozirgi zamon nazariy
ekologiyasining rivojlanishiga ingliz olimi CH.Eltonning "Hayvonlar ekologiyasi"
kitobi (1927) ham katta tasir ko‘rsatdi.
XX asrning 20-30 yillarida akademik V.I.Vernadskiy Biosfera to‘g‘risidagi
talimotni yaratib ekologiyani rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. 30-50-yillarga kelib,
ekosistema doirasida moddalar aylanishi va energiya oqimini o‘rganish singari
umumekologik muammolar ko‘tarildi.
Ilmiybaza.uz
40-50 yillarda T.A. Rabotnov va 60-yillarda A.A.Uranov o‘simliklarning
populiyasiyalari to‘g‘risidagi talimotga asos soladilar. Keyinchalik chet ellarda ham
(Ingliz olimi DJ.Xarper) shunga o‘xshash ilmiy ishlar paydo bo‘la boshladi. 50-
yillarga kelib umumiy ekologiya fani shakllandi. Uning shakllanishi va
rivojlanishiga gidrobiologiya sohasida erishilgan yutuqlar, quruqlikda yashaydigan
hayvonlar va o‘simliklar ekologiyasiga oid to‘plangan malumotlar, ekosistema yoki
biogenotsenoz tushunchalarining ifodalanishi, ekologiyani o‘rganishda matematik
usullarning keng joriy etilishi va shu kabilar muhim ahamiyat kasb etdi.
Hozirgi zamon ekologiyasining xarakterli xususiyati butun biosferani hamrab
oluvchi jarayonlarni tadqiq etishdir. Olimlar tomonidan odam va biosfera o‘rtasidagi
o‘zaro munosabatlar (tasirlar) sinchiklab o‘rganilmoqda.
Bu sohadagi xalqaro biologik dastur doirasida olib boriladigan ishlar 1964 yilda
boshlandi. Uning asosiy maqsadi - Er sharining turli xil joylardagi ekosistemalarning
mahsuldorligini o‘rganish. Ekologiyaning asosiy vazifalaridan biri, bu odam yaratgan
tabiiy va sun’iy sistemalarning tuzilishini ham funksional asoslarini miqdoriy usullar
yordamida batafsil o‘rganishdan iborat. Individlarning joylashishini populyasiyaning
yoshi, jinsiy va ekologik tizimini o‘rganish ham ekologiyaning vazifasidir. Bunda
qishloq va o‘rmon xo‘jaligi zararkunandalari, kasallik qo‘zg‘atuvchi va tarqatuvchilar
populyasiyalari sonining o‘zgarishiga alohida e’tibor berilishi lozim.
Markaziy Osiyo va O‘zbekiston ekologiya fanini rivojlantirish sohosida bir
qancha olimlar o‘z xissasini qo‘shganlar va o‘z maktablarini shakllantirganlar.
1930 yillarda ekologiya yo‘nalishlariga asoslangan Markaziy Osiyo maktabi
hozirgi M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Davlat Universiteti qoshida
shakllandi. Maktab o‘lkaning biologik jamoalarini, ularning tarkibiy qismlarini
o‘rganish
bilan
birga
ekolog
mutaxassislar
tayyorlashda,
ekologiyani
rivojlantirishda ham ahamiyatga ega bo‘ldi.
1930 yillarga kelib ekologik ilmiy izlanishlarning natijalari ilmiy asarlarda o‘z
aksini topa boshladi. Bularda faqat ma’lum joyning ekologik holati haqida gap
bormay, balki ekologiya fanining asoslari biotsenologiya va fitotsenologiya kabi
sohalari ham rivojlantirildi.
Ilmiybaza.uz
Markaziy Osiyo ekologlarining, ayniqsa, o‘lkaning ayrim landshaftlarining
ekologiyasini o‘rganish, tizim, faolligi, dinamikasi va evolyusiyasi, shuningdek,
tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning muammolari ishlab chiqildi.
D.N.Kashkarov ishlarida landshaftning ayrim elementlari va ularning o‘zaro
bog‘liqligi, birligi hamda modda va energiya almashinuvi, namlik, tuproq va biotik
omillarning roli, antropogen omilining landshaftlarga ta’siri va boshqalar ochib
bergan.
P.A.Baranov va I.A.Raykovalar Pomir tog‘larida cho‘l biotsenozlarining
kelib chiqishi, dinamikasi, va evolyusiyasida organizmlarning hayotida noqulay
haroratning ahamiyati, madaniy biotsenozlarni yuqori tog‘ sharoitida yaratish
masalalari
ishlab
chiqildi.
R.I.Abalin,
E.P.Korovin,
M.V.Kultiasov
va
I.I.Granitovlarning ekolog – fitotsenologik qarashlari ularning chop etgan bir qator
ishlarida o‘z aksini topgan. Markaziy Osiyodagi hayvonlar ekologiyasi yo‘nalishlari
bo‘yicha kompleks ilmiy ishlar T.Z.Zohidov nomi bilan chambar-chas bog‘liq.
T.Zohidov Qizilqum cho‘llarining o‘ziga xos hayot makoni ekanini, qumli,
sho‘rxok loyli va toshloq cho‘llarini mustaqil biotoplar sifatida tavsiflab, ularni o‘z
navbatida mayda hududiy birliklar, ya’ni fatsiyalarga ajratib berdi.
D.N.Kashkarov va T.Z.Zohidov va boshqalarning asarlarida har bir tashqi
muhit omili (geologik, tarixiy, orografik, iqlim, substrat, o‘simliklar va hokazolar)
ta’sirida ma’lum hududlar bo‘yicha hayvonlar guruhi hamda biotsenozlarning
taqsimlanganligi ochib berilgan.
O‘zbekistonda o‘simliklar ayrim turlarining ekologiyasini (autekologiya)
o‘rganish ishlari E.T.Korovin, M.V.Kultiasov va M.S.Popovlarning ishlari bilan
bog‘langan.
O‘zbekistonda
ekologik
yo‘nalishdagi
ishlarning
asoschilari
D.N.Kashkarov va E.P.Korovin hisoblanadi. 1930 yillarda bu olimlar tomonidan
«Muhit va jamoa», «O‘rta Osiyo va Qozog‘iston cho‘llarining turlari va ulardan
xo‘jalikda foydalanish istiqbollari», «CHo‘llardagi hayot» kabi ilmiy asarlar chop
etilib, bu asarlarda ekologiya fani va uning vazifalari, uslublari o‘z aksini topgan.
Ekologik kuzatishlarni kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi
qoshidagi Botanika institutida V.A.Burigin rahbarligida o‘simliklar ekologiyasi
Ilmiybaza.uz
laboratoriyasi tashkil etildi. Ushbu laboratoriya xodimlari cho‘l va chala cho‘l
sharoitida o‘simliklarning moslashish xususiyatlarini o‘rgandilar. Natijada tog‘ oldi
mintaqalarida fitomeliorativ ishlarning rivojlanishiga asos solindi. Keyinchalik bu
ishlar O.X.Xasanov, R.S.Vernik, T.Raximova va boshqalar tomonidan davom
ettirildi. CHo‘l mintaqasi o‘simliklarining biologik va fiziologik xususiyatlari
Z.SH.SHamsiddinov, I.Xamdamov, N.Salmanov, L.S.Taevskaya va shu kabi
olimlar tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, ularning asarlarida shuvoq, izen,
komforosma, saksovul, tereskin va shu kabi cho‘l o‘simliklarining xususiyatlari turli
xil tuproq sharoiti bilan chambarchas bog‘ligi ochib berilgan.
O‘zbekistonda hayvonlar ekologiyasini rivojlantirishda xissa qo‘shgan
olimlarga T.Z.Zohidov, A.M.Muhammadiev, V.V.YAxontov, M.A.Sultanov,
R.O.Olimjonovlarni kiritish mumkin. Ular o‘zlari va shogirtlari bilan birgalikda bu
sohaga bag‘ishlangan yirik monografiyalar yaratganlar. Jumladan, bu sohada
ma’lum
bo‘lgan
V.V.YAxontovning
«Hashorotlar
ekologiyasi»
(1963),
T.Z.Zohidovning «Qizilqum cho‘lining biotsenozlari» (1971) kabi asarlarini
keltirish mumkin. D.Kashkarov, A.Zokirov, A.Petrovlar Qarshi cho‘lini chuqur
o‘rganish natijasida «Qarshi cho‘lining umurtqali hayvonlari ekologiyasi» degan
asarni chop ettirdilar. Bu asarda sut emizuvchi hayvonlarning tarkibi, tarqalishi,
ekologiyasi va ulardan foydalanish yo‘llari asoslab berildi.
Bir guruh zoolog olimlar: X.S.Solixboev, O.P.Bogdanov, T.N.Palenko,
S.T.Gubaydulina,
G.I.Ishunin,
D.YU.Kashkarov,
N.Zokirovlarning
ilmiy
kuzatishlari asosida «Nurota tog‘i umurtqali hayvonlari ekologiyai» (1970) nomli
asar yaratildi.
1979 yillarda extiologiya va gidrobiologiya laboratoriyasi xodimlari
A.M.Muhammadiev
rahbarligida
(A.Omonov,
F.Zohidova,
S.Qamroeva,
D.Mansurova va boshqalar) O‘zbekiston suv omborlari, ko‘llarining biologik rejimi,
ixtiofaunasining shakllanishi, suvning ifloslanishi, suv hayvonlari ekologiyasi va
suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bordilar.