EKONOMETRIK MODELLARNING AXBOROT TA’MINOTI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

7

File size

Fayl hajmi

70,3 KB


EKONOMETRIK MODELLARNING AXBOROT TA’MINOTI
Reja:
1. Iqtisodiy ma’lumotlarning statistik tabiati.
2. Bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchilarni tanlash.
3.  Ekonometrik  modellarni  tuzishda  qatnashadigan  iqtisodiy  ma’lumotlarga
qo‘yiladigan talablar.
Mashg‘ulot maqsadi:  Еkonometrik modellarning axborot ta’minoti bo‘yicha
umumiy tushunchaga ega bo‘lish.
Mavzuni o‘rganish natijasida talaba: 

Iqtisodiy ma’lumotlarning statistik tabiati aytib beradi;

bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchilar turlarini sanab beradi;

ekonometrik  modellarni  tuzishda  qatnashadigan  iqtisodiy  ma’lumotlarga
qo‘yiladigan talablarni asosiy xususiyatlarini aytib beradi. 
1. Iqtisodiy ma’lumotlarning statistik tabiati
Iqtisodiy jarayonlarni vaqt davomida o‘zgarishini o‘rganish muhim ahamiyatga
ega. Chunki barcha iqtisodiy jarayonlar va hodisalar vaqt davomida o‘zgaruvchan
bo‘ladi. Iqtisodiyotda barcha iqtisodiy jarayonlarni iqtisodiy-statistik modellar orqali
1
Logotip
EKONOMETRIK MODELLARNING AXBOROT TA’MINOTI Reja: 1. Iqtisodiy ma’lumotlarning statistik tabiati. 2. Bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchilarni tanlash. 3. Ekonometrik modellarni tuzishda qatnashadigan iqtisodiy ma’lumotlarga qo‘yiladigan talablar. Mashg‘ulot maqsadi: Еkonometrik modellarning axborot ta’minoti bo‘yicha umumiy tushunchaga ega bo‘lish. Mavzuni o‘rganish natijasida talaba:  Iqtisodiy ma’lumotlarning statistik tabiati aytib beradi;  bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchilar turlarini sanab beradi;  ekonometrik modellarni tuzishda qatnashadigan iqtisodiy ma’lumotlarga qo‘yiladigan talablarni asosiy xususiyatlarini aytib beradi. 1. Iqtisodiy ma’lumotlarning statistik tabiati Iqtisodiy jarayonlarni vaqt davomida o‘zgarishini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Chunki barcha iqtisodiy jarayonlar va hodisalar vaqt davomida o‘zgaruvchan bo‘ladi. Iqtisodiyotda barcha iqtisodiy jarayonlarni iqtisodiy-statistik modellar orqali 1
o‘rganish natijasida u yoki bu iqtisodiy ko‘rsatkichning hozirgi holati va kelajakdagi
o‘zgarishini ilmiy asosda tahlil qilish va prognozlash mumkin bo‘ladi.
Iqtisodiy-statistik modellashtirish iqtisodiy ko‘rsatkichlar va ishlab chiqarish
omillari o‘rtasidagi aloqalar o‘z mohiyatiga ko‘ra stoxastik bo‘lgan asosga tayanadi.
Iqtisodiy sub’ektlar faoliyatini statistik modellashtirish zamon va makonda ularning
rivojlanish  jarayonini  o‘rganishda  asosiy  o‘rin  egallaydi.  Bu  modellar  ishlab
chiqarish tendensiyalari va qonuniyatlarini aniqlash uchun moslashgandir.
Iqtisodiy-statistik modelashtirishni noaniq bo‘lishligining sabablari quyidagi
hollarda sodir bo‘lishi mumkin:
1. Axborotli – axborotning xatoligi, uning ko‘rsatkichlari, omillar va ob’ektlar
majmuining noaniqligi.
2. Tarkibiy – aniqlanmagan xilma-xilliklarning mavjudligi.
3.  Modelli  – ko‘rsatkichlar  va  dalillar  o‘rtasida  bog‘lanish  shakllaridan
noto‘g‘ri foydalanish.
Iqtisodiy-statistik kuzatuvlar olib borilganda, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar
ko‘rinishidagi,  materiallar  oqimidagi  axborotlarga  duch  kelamiz.  Shu  nuqtai
nazardan, ishlab chiqarishga - kirish axborotini, chiqish axborotiga o‘zgartirgich
sifatida qaraladi.
Ekonometrik  modellarni  tuzishda  muhim  bosqichlaridan  biri  modelda
qatnashadigan omillar va ko‘rsatkichlarni tanlashdir. 
Ko‘p  hollarda  o‘rganilayotgan  ko‘rsatkichlarga  juda  ko‘p  omillar  ta’sir
etmoqda. Shu jumladan, ularning hammasi modelda qatnashishi mumkin emas yoki
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. 
Ko‘rsatkichlar va omillarni to‘liq qator sifatida quyidagicha tasvirlash mumkin:
y=f (/x1,...,xk/ x(k+1),...,xm/ x(m+1),..., xn)
1) Birinchi  omillar  guruhi  (x¿¿1,…, xk)¿ –  bu  modelga  kiritiladigan
o‘zgaruvchilar
2
Logotip
o‘rganish natijasida u yoki bu iqtisodiy ko‘rsatkichning hozirgi holati va kelajakdagi o‘zgarishini ilmiy asosda tahlil qilish va prognozlash mumkin bo‘ladi. Iqtisodiy-statistik modellashtirish iqtisodiy ko‘rsatkichlar va ishlab chiqarish omillari o‘rtasidagi aloqalar o‘z mohiyatiga ko‘ra stoxastik bo‘lgan asosga tayanadi. Iqtisodiy sub’ektlar faoliyatini statistik modellashtirish zamon va makonda ularning rivojlanish jarayonini o‘rganishda asosiy o‘rin egallaydi. Bu modellar ishlab chiqarish tendensiyalari va qonuniyatlarini aniqlash uchun moslashgandir. Iqtisodiy-statistik modelashtirishni noaniq bo‘lishligining sabablari quyidagi hollarda sodir bo‘lishi mumkin: 1. Axborotli – axborotning xatoligi, uning ko‘rsatkichlari, omillar va ob’ektlar majmuining noaniqligi. 2. Tarkibiy – aniqlanmagan xilma-xilliklarning mavjudligi. 3. Modelli – ko‘rsatkichlar va dalillar o‘rtasida bog‘lanish shakllaridan noto‘g‘ri foydalanish. Iqtisodiy-statistik kuzatuvlar olib borilganda, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar ko‘rinishidagi, materiallar oqimidagi axborotlarga duch kelamiz. Shu nuqtai nazardan, ishlab chiqarishga - kirish axborotini, chiqish axborotiga o‘zgartirgich sifatida qaraladi. Ekonometrik modellarni tuzishda muhim bosqichlaridan biri modelda qatnashadigan omillar va ko‘rsatkichlarni tanlashdir. Ko‘p hollarda o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarga juda ko‘p omillar ta’sir etmoqda. Shu jumladan, ularning hammasi modelda qatnashishi mumkin emas yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Ko‘rsatkichlar va omillarni to‘liq qator sifatida quyidagicha tasvirlash mumkin: y=f (/x1,...,xk/ x(k+1),...,xm/ x(m+1),..., xn) 1) Birinchi omillar guruhi (x¿¿1,…, xk)¿ – bu modelga kiritiladigan o‘zgaruvchilar 2
2)  Ikkinchi omillar guruhi ¿¿ …,xm) – modelda qatnashmaydi, lekin ulardan
har  biri  tadqiqotchi  tomonidan  kuzatilayotgan  statistik  jamlanmada  u  yoki  bu
qiymatlarda nazorat qilinadi
3) Uchinchi omillar guruhi ¿¿,…,xn) – tasodifiy o‘zgaruvchilar, ular tadqiqotchi
tomonidan nazorat qilinmaydi, lekin yning o‘zgarishiga ta’sir etmoqda.
Agar  birinchi  guruhga  soni  bo‘yicha  ko‘p  bo‘lmagan,  lekin   y  ning
o‘zgarishiga kuchli ta’sir qilgan omillar qirsa, ushbu ekonometrik model ahamiyatli
deb hisoblanadi. 
2. Bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchilarni tanlash
Hodisalar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni o‘rganish ekonometrika fanining
muhim vazifasidir. Bu jarayonda ikki xil belgilar yoki ko‘rsatkichlar ishtirok etadi,
biri  erkli  o‘zgaruvchilar,  ikkinchisi  erksiz  o‘zgaruvchilar  hisoblanadi.  Birinchi
toifadagi belgilar boshqalariga ta’sir etadi, ularning o‘zgarishiga sababchi bo‘ladi.
shuning uchun ular omil belgilar deb yuritiladi, ikkinchi toifadagilar esa natijaviy
belgilar deyiladi. Masalan, paxta yoki bug‘doyga suv, mineral o‘g‘itlar va ishlov
berish natijasida ularning hosildorligi oshadi. Bu bog‘lanishda hosildorlik natijaviy
belgi, unga ta’sir etuvchi kuchlar (suv, o‘g‘it, ishlov berish va h.k.) omil belgilardir.
Yoki,  iste’molchining  daromadi  ortib  borishi  natijasida  uning  tovar  va
xizmatlarga bo‘lgan talabi oshadi. Bu bog‘lanishda talabning ortishi natijaviy belgi,
unga ta’sir etuvchi omil, ya’ni daromad esa omil belgidir.
Omillarning har bir qiymatiga turli sharoitlarida natijaviy belgining har xil
qiymatlari  mos  keladigan  bog‘lanish  korrelyatsion  bog‘lanish  yoki  munosabat
deyiladi. Korrelyatsion bog‘lanishning xarakterli xususiyati shundan iboratki, bunda
omillarning to‘liq soni noma’lumdir. Shuning uchun bunday bog‘lanishlar to‘liqsiz
hisoblanadi va ularni formulalar orqali taqriban ifodalash mumkin, xolos.
3
Logotip
2) Ikkinchi omillar guruhi ¿¿ …,xm) – modelda qatnashmaydi, lekin ulardan har biri tadqiqotchi tomonidan kuzatilayotgan statistik jamlanmada u yoki bu qiymatlarda nazorat qilinadi 3) Uchinchi omillar guruhi ¿¿,…,xn) – tasodifiy o‘zgaruvchilar, ular tadqiqotchi tomonidan nazorat qilinmaydi, lekin yning o‘zgarishiga ta’sir etmoqda. Agar birinchi guruhga soni bo‘yicha ko‘p bo‘lmagan, lekin y ning o‘zgarishiga kuchli ta’sir qilgan omillar qirsa, ushbu ekonometrik model ahamiyatli deb hisoblanadi. 2. Bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchilarni tanlash Hodisalar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni o‘rganish ekonometrika fanining muhim vazifasidir. Bu jarayonda ikki xil belgilar yoki ko‘rsatkichlar ishtirok etadi, biri erkli o‘zgaruvchilar, ikkinchisi erksiz o‘zgaruvchilar hisoblanadi. Birinchi toifadagi belgilar boshqalariga ta’sir etadi, ularning o‘zgarishiga sababchi bo‘ladi. shuning uchun ular omil belgilar deb yuritiladi, ikkinchi toifadagilar esa natijaviy belgilar deyiladi. Masalan, paxta yoki bug‘doyga suv, mineral o‘g‘itlar va ishlov berish natijasida ularning hosildorligi oshadi. Bu bog‘lanishda hosildorlik natijaviy belgi, unga ta’sir etuvchi kuchlar (suv, o‘g‘it, ishlov berish va h.k.) omil belgilardir. Yoki, iste’molchining daromadi ortib borishi natijasida uning tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabi oshadi. Bu bog‘lanishda talabning ortishi natijaviy belgi, unga ta’sir etuvchi omil, ya’ni daromad esa omil belgidir. Omillarning har bir qiymatiga turli sharoitlarida natijaviy belgining har xil qiymatlari mos keladigan bog‘lanish korrelyatsion bog‘lanish yoki munosabat deyiladi. Korrelyatsion bog‘lanishning xarakterli xususiyati shundan iboratki, bunda omillarning to‘liq soni noma’lumdir. Shuning uchun bunday bog‘lanishlar to‘liqsiz hisoblanadi va ularni formulalar orqali taqriban ifodalash mumkin, xolos. 3
Umumiy  holda  qaralsa,  korrelyatsion  munosabatda  erkin  o‘zgaruvchi  X
belgining har bir qiymatiga ( xi,i=1,k ) erksiz o‘zgaruvchi Y belgining        ( yj  j=1..s )
taqsimoti mos keladi. O‘z-o‘zidan ravshanki, bu holda ikkinchi Y belgining har bir
qiymati ( yj ) ham birinchi  X belgining ( xi ) taqsimoti bilan xarakterlanadi. Agar
to‘plam hajmi katta bo‘lsa, belgi X va Y larning juft qiymatlari xi  va yj  ham ko‘p
bo‘ladi va ulardan ayrimlari tez-tez takrorlanishi mumkin. Bu holda korrelyatsion
bog‘lanish kombinatsion jadval (korrelyatsiya to‘ri) shaklida tasvirlanadi.
Bog‘lanishlar to‘g‘ri chiziqli va egri chiziqli bo‘ladi. Agar bog‘lanishning
tenglamasida omil belgilar (X1,  X2, ...,  XK) faqat birinchi daraja bilan ishtirok etib,
ularning  yuqori  darajalari  va  aralash  ko‘paytmalari  qatnashmasa,  ya’ni
^y x=a0+∑
i=1
K
ai Хi  ko‘rinishda bo‘lsa, chiziqli bog‘lanish yoki xususiy holda, omil bitta
bo‘lganda y=a0+a1x  to‘g‘ri chiziqli bog‘lanish deyiladi1.
Ifodasi to‘g‘ri chiziqli tenglama bo‘lmagan bog‘lanish egri chiziqli bog‘lanish
deb ataladi. Xususan, 
parabola y=a0+a1 x+a2 x
2
;
giperbola 
^y x=a0+
a1
x   
darajali ^y x=a0x
a
 
va  boshqa  ko‘rinishlarda  ifodalanadigan  bog‘lanishlar  egri  chiziqli bog‘lanishga
misol bo‘la oladi.
3. Ekonometrik modellarni tuzishda qatnashadigan iqtisodiy ma’lumotlarga
qo‘yiladigan talablar
1Gujarati D.N. Basic Econometrics. McGraw-Hill, 4th edition, 2003 (Gu),Inc.p. 10
4
Logotip
Umumiy holda qaralsa, korrelyatsion munosabatda erkin o‘zgaruvchi X belgining har bir qiymatiga ( xi,i=1,k ) erksiz o‘zgaruvchi Y belgining ( yj j=1..s ) taqsimoti mos keladi. O‘z-o‘zidan ravshanki, bu holda ikkinchi Y belgining har bir qiymati ( yj ) ham birinchi X belgining ( xi ) taqsimoti bilan xarakterlanadi. Agar to‘plam hajmi katta bo‘lsa, belgi X va Y larning juft qiymatlari xi va yj ham ko‘p bo‘ladi va ulardan ayrimlari tez-tez takrorlanishi mumkin. Bu holda korrelyatsion bog‘lanish kombinatsion jadval (korrelyatsiya to‘ri) shaklida tasvirlanadi. Bog‘lanishlar to‘g‘ri chiziqli va egri chiziqli bo‘ladi. Agar bog‘lanishning tenglamasida omil belgilar (X1, X2, ..., XK) faqat birinchi daraja bilan ishtirok etib, ularning yuqori darajalari va aralash ko‘paytmalari qatnashmasa, ya’ni ^y x=a0+∑ i=1 K ai Хi ko‘rinishda bo‘lsa, chiziqli bog‘lanish yoki xususiy holda, omil bitta bo‘lganda y=a0+a1x to‘g‘ri chiziqli bog‘lanish deyiladi1. Ifodasi to‘g‘ri chiziqli tenglama bo‘lmagan bog‘lanish egri chiziqli bog‘lanish deb ataladi. Xususan, parabola y=a0+a1 x+a2 x 2 ; giperbola ^y x=a0+ a1 x darajali ^y x=a0x a va boshqa ko‘rinishlarda ifodalanadigan bog‘lanishlar egri chiziqli bog‘lanishga misol bo‘la oladi. 3. Ekonometrik modellarni tuzishda qatnashadigan iqtisodiy ma’lumotlarga qo‘yiladigan talablar 1Gujarati D.N. Basic Econometrics. McGraw-Hill, 4th edition, 2003 (Gu),Inc.p. 10 4