EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH ASOSLARI
Reja:
1. Iqtisodiyotda modellashtirish asoslari.
2. Iqtisodiyotda modellarning tasnifi.
3. Iqtisodiyotda modellashtirish bosqichlari.
Mashg‘ulot maqsadi:
Ekonometrik modellashtirish bo‘yicha umumiy
tasavvurlarni shakllantirish.
Mavzuni o‘rganish natijasida talaba:
Iqtisodiyotda modellashtirish ahamiyatini aytib beradi;
Iqtisodiyotda modellarning tasnifini aytib beradi;
Iqtisodiyotda modellashtirish bosqichlarini sanab beradi.
1. Iqtisodiyotda modellashtirish asoslari
Zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi ham mikro-, ham makrodarajada tabiiy,
zaruriy element sifatida matematik modellar va usullarni o‘z ichiga oladi.
Matematikadan iqtisodiyotda foydalanish iqtisodiy o‘zgaruvchilar va ob’ektlarning
eng muhim, ahamiyatli bog‘lanishlarini ajratishga va formal tasvirlashga, iqtisodiyot
nazariyasining qoidalari, tushunchalari va xulosalarini aniq va lo‘nda bayon qilishga
imkon beradi. Bunda modellar va modellashtirish muhim o‘rin tutadi.
1
O‘zbekiston Respublikаsi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim
sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli
islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi 05.06.2018 yilda qabul qilingan PQ-3775 sonli Qarorida “Hududlarda
yangi oliy ta’lim tashkil etilishi, kadrlar tayyorlashning zamonaviy ta’lim
yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hamda sirtqi va kechki bo‘limlarning ochilishi, oliy
ta’lim muassasalariga qabul kvotalarining oshirilishi mazkur yo‘nalishdagi muhim
islohatlar hisoblanadi.
Oliy ta’lim muassasalari innovatsion va texnologk g‘oyalar bilan fikr
almashadigan muloqat markazlariga aylanmagan, tegishli sohalarda mavjud muammo
va kamchiliklarni tizimli o‘rganish, tahlil qilish va ularning yechimi bo‘yicha taklif
kiritish borasida professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va talabalarning tashabbus
ko‘rsatishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmagan1” ta’kidlab o‘tilgan.
Model - bu shunday moddiy yoki xayolan tasavvur qilinadigan ob’ektki, qaysiki
tadqiqot jarayonida haqiqiy ob’ektning o‘rnini shunday bosadiki, uni bevosita
o‘rganish haqiqiy ob’ekt haqida yangi bilimlar beradi. Modellarni tuzishda tadqiq
qilinayotgan hodisani belgilovchi muhim omillar aniqlanadi va qo‘yilgan masalani
yechish uchun muhim bo‘lmagan qismlar chiqarib tashlanadi.
Ilmiy izlanishlarda modellashtirish qadimgi zamonlardayoq qo‘llanila
boshlandi va asta-sekin ilmiy bilimlarning qurilish va arxitektura, astronomiya,
fizika, ximiya, biologiya va nihoyat, ijtimoiy fanlar kabi tobora yangi sohalarini
qamrab ola boshladi. Birinchi matematik modellar F.Kene (1758 y., iqtisodiy jadval),
A.Smit (klassik makroiqtisodiy model), D.Rikardo (xalqaro savdo modeli) tomonidan
ishlatilgan. XX asr zamonaviy fanning amalda barcha sohalarida modellashtirish
usuliga katta muvaffaqiyatlar va obro‘-e’tibor keltirdi.
Turli iqtisodiy hodisalarni o‘rganish uchun ularning iqtisodiy modellar deb
ataluvchi soddalashtirilgan formal tasvirlaridan foydalaniladi. Iste’mol tanlovi
1 O‘zbekiston Respublikаsi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning
mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 05.06.2018y Qarori //O‘zbekistan Respublikasi Qonunlari
to‘plami. 2018 y., №23. 474 modda.
2
modellari, firma modellari, iqtisodiy o‘sish modellari, tovar va moliya bozorlaridagi
muvozanat modellari va boshqa ko‘p modellar iqtisodiy modellarga misol bo‘ladi.
Iqtisodiyotda matematik model - bu iqtisodiy ob’ektlar yoki jarayonlarni tahlil
qilish yoki boshqarish maqsadida ularning matematik tasvirlanishi, ya’ni iqtisodiy
masalaning matematik yozuvi. Iqtisodiy ob’ektning matematik modeli - bu uning
funksiyalar, tenglamalar, tengsizliklar, mantiqiy munosabatlar, grafiklar majmuasi
ko‘rinishidagi aks ettirilishi. Bunday aks ettirish o‘rganilayotgan ob’ekt
elementlarining munosabatlari to‘plamini model elementlarining shunga o‘xshash
munosabatlariga birlashtiradi.
Iqtisodiy-matematik modelllarni amaliyotda qo‘llash usullari iqtisodiy-
matematik usullar deb ataladi. Iqtisodiy-matematik usullar (IMU) iqtisodiyotni
o‘rganish uchun birlashtirilgan iqtisodiy va matematik fanlarning birlashmasidir. Bu
tushuncha fanga XX asrning 60-yillarida akademik V.S.Nemchinov tomonidan
kiritilgan bo‘lib IMU iqtisodiyot, matematika va kibernetikaning tutashishida hosil
bo‘lgan.
2. Iqtisodiyotda modellarning tasnifi
Modellashtirish va modellar o‘zining turli sohalardagi tadbiqlariga qarab,
moddiy va abstrakt kabi sinflarga bo‘linadi.
Moddiy modellar asosan o‘rganilayotgan ob’ekt va jarayonni geometrik, fizik,
dinamik yoki funksional tavsiflarini ifodalaydi. Masalan, ob’ktning kichiklashtirilgan
maketi (masalan, litsey, kollej, universitet) va turli xil fizik, ximik va boshqa xildagi
maketlar bunga misol bo‘la oladi. Bu modellar yordamida turli xil texnologik
jarayonlarni optimal boshqarish, ularni joylashtirish va foydalanish yo‘llari
o‘rganiladi. Umuman olganda, moddiy modellar tajribaviy xarakterga ega bo‘lib,
texnika fanlarida keng qo‘llaniladi.
Ammo moddiy modellashtirishdan iqtisodiy maslalarni yechish uchun
foydalanishda ma’lum chegaralanishlar mavjud. Masalan, iqtisodiyotni biror sohasini
o‘rganish bilan butun iqtisodiy ob’ekt haqida xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Ko‘pgina
3
iqtisodiy masalalar uchun esa moddiy modellar yaratish qiyin bo‘ladi va ko‘p xarajat
talab etadi.
Abstrakt (ideal) modellar inson tafakkurining mahsuli bo‘lib, ular
tushunchalar, gipotezalar va turli xil qarashlar tizimidan iborat. Iqtisodiy
tadqiqotlarda, boshqarish sohalarida, asosan, abstrakt modellashtirishdan
foydalaniladi.
Ilmiy bilishda abstrakt modellar ma’lum tillarga asoslangan belgilar
majmuidan iborat. O‘z navbatida, belgili abstrakt modellar matematik va logik tillar
shaklidagi matematik logik modellarni ifodalaydi.
Matematik modellashtirish turli xil tabiatli, ammo bir xil matematik
bog‘lanishlarni ifodalaydigan voqea va jarayonlarga asoslangan tadqiqot usulidir.
Iqtisodiyotda modellar turli asoslarga ko‘ra tasniflanadi.
Modellar iqtisodiyotning turli tomonlari (xususan, uning ishlab chiqarish-
texnologik, ijtimoiy, hududiy tuzilmalari)ni va uning alohida qismlarini tadqiq qilish
uchun mo‘ljallanishi mumkin. Modellarni tadqiq qilinayotgan iqtisodiy jarayonlar va
muammolar mazmuni bo‘yicha tasniflashda butun iqtisodiyot modellari
(makroiqtisodiy modellar)ni va uning quyi tizimlari - tarmoqlar, hududlar va
hokazolarning modellari, ishlab chiqarish, iste’mol, daromadlarni shakllantirish va
taqsimlash, mehnat resurslari, baholarni shakllantirish, moliyaviy aloqalar va shu
kabilar modellarining majmualari (mikroiqtisodiy modellar)ni ajratib ko‘rsatish
mumkin.
Tuzilmaviy modellar ob’ektlarning ichki tuzilishi, tarkibiy qismlari, ichki
parametrlarini, ular orasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni ifodalaydi. Iqtisodiyot
miqyosidagi tadqiqotlarda ko‘proq tuzilmaviy modellar qo‘llaniladi, chunki ular quyi
tizimlarning o‘zaro bog‘liqliklari rejalashtirish va boshqarish uchun katta ahamiyatga
ega. O‘ziga xos tuzilmaviy modellar sifatida tarmoqlararo aloqalar modellarini olish
mumkin. Funksional modellar iqtisodiy boshqarishda keng qo‘llaniladi, bunda
ob’ektning holati («chiqish»)ga «kirish»ni o‘zgartirish yo‘li bilan ta’sir ko‘rsatiladi.
Iste’molchilarning tovar-pul munosabatlari sharoitidagi xatti-harakatlari modeli
bunga misol bo‘la oladi. Aynan bir ob’ekt bir vaqtning o‘zida ham tuzilmaviy, ham
4
funksional model bilan tasvirlanishi mumkin. Masalan, alohida tarmoq tiziminini
rejalashtirish uchun tuzilmaviy modeldan foydalaniladi, iqtisodiyot miqyosida esa har
bir tarmoq funksional model bilan ifodalanishi mumkin.
Determinirlangan modellar model o‘zgaruvchilari orasidagi qat’iy funksional
bog‘lanishlar borligini nazarda tutadi. Stoxastik modellar tadqiq qilinayotgan
ko‘rsatkichlarga tasodifiy ta’sirlarning borligini e’tiborga oladi hamda ularni
tasvirlash uchun ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaning vositalaridan
foydalanadi.
Statik modellarda barcha bog‘lanishlar vaqtning tayinli payti yoki davriga
tegishlidir. Dinamik modellar iqtisodiy jarayonlarning vaqt bo‘yicha o‘zgarishini
tavsiflaydi. Qaralayotgan vaqt davrining uzunligiga qarab bashoratlash va
rejalashtirishning qisqa muddatli (bir yilgacha), o‘rta muddatli (5 yilgacha), uzoq
muddatli (10-15 va undan ko‘proq yilgacha) modellari farqlanadi. Iqtisodiy-
matematik modellarda vaqtning o‘zi yoki uzluksiz, yoki diskret ravishda o‘zgarishi
mumkin.
Iqtisodiyot modellari fazoviy omillar va shartlarni o‘z ichiga olishiga qarab
fazoviy va nuqtaviy modellar farqlanadi.
Shunday qilib, iqtisodiyotda modellarning umumiy tasnifi o‘ndan ortiq asosiy
belgilarni o‘z ichiga oladi. Iqtisodiy-matematik tadqiqotlarning rivojlanishi bilan
qo‘llanilayotgan modellarni tasniflash muammosi murakkablashib boraveradi.
3. Iqtisodiyotda modellashtirish bosqichlari
Modellashtirish jarayonining asosiy bosqichlari turli sohalarda, shu jumladan,
iqtisodiyotda ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Iqtisodiy-matematik
modellashtirish bitta siklining bosqichlari ketma-ketligi va mazmunini tahlil qilaylik.
Iqtisodiy muammoning qo‘yilishi va uni sifat jihatdan tahlil qilish. Bu bosqich
modellashtiriladigan ob’ektning eng muhim xususiyatlari va xossalarini ajratib, ularni
ikkinchi darajalilaridan abstraktsiyalashni; ob’ektning tuzilmasi va uning
elementlarini bog‘lovchi asosiy bog‘lanishlarni o‘rganishni; ob’ektning holati va
5