EKOTURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI
Reja:
1. Ekoturizmni rivojlantirishning milliy iqtisodiyotdagi o‘rni.
2. Ekoturizmning ijtimoiy hayotdagi o‘rni, ekologik bilim va ekologik
madaniyatni shakllantirishdagi o‘rni.
3. Ekoturizmning ijtimoiy va iqtisodiy masalalarni hal etishdagi o‘rni.
Ekoturizmni rivojlantirishning ijtimoiy ahamiyati.
G‘arb mamlakatlarida ekoturizmga ijtimoiy-iqtisodiy soha jihati dan
qaraladi, chunki, chet ellarda jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan ekoturizm
iqtisodiy foyda keltiruvchi va tabiatni muhofaza qiluvchi turizmning eng istiqbolli
tarmoqlaridan hisoblanadi. Turizm ning roli aniqlanganda yana bir muhim, asosiy
jihatlarga e’tibor berish lozimki, turizm ijtimoiy sohaning bir qismi bo‘lib, uning
asosiy faoliyat larida iste’molchilarga iste’mol jarayonida moddiy va nomoddiy
muhitni yaratish uchun xizmatlar qilish, dam olish va faoliyat ishlarini o‘zgartirish,
almashtirish uchun sharoitlar yaratish,sog‘liqni muhofaza qilishni ta’min
lash,shuningdek, aholining umumiy ma’lumoti va madaniy texnik darajasi ni
shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
Insonning bir yillik vaqti-8760 soat, umumlashtirib olsak-9000 soat. Bu
ko‘rsatgich vaqt o‘tishi bilan quyidagicha bo‘lingan;
a) 1850 yilda;
5000 soat ish vaqti;
3000 soat uyqu;
1000 soat ishdan bo‘sh vaqt.
b)2000 yilda;
3000 soat ish vaqti;
3000 soat uyqu;
3000 soat ishdan bo‘sh vaqt.
Bundan xulosa qilish mumkinki, ish vaqti tizimli ravishda qisqarib boradi,
bo‘sh vaqt esa ko‘payib boradi.Shuning uchun ham insonda ekologik rekreatsiya
faoliyatining o‘sishiga bo‘sh vaqtning qo‘payishi sabab bo‘ladi1.Bu bo‘sh vaqtdan
samarali foydalanish ham insonning ijtimoiy-iqtisodiy hoatlarini belgilaydi.
Hozirgi vaqtda dam olishni tashkil qilish,inson ning hayotiy kuchlarini
tiklash,bo‘sh vaqtidan unimli, to‘g‘ri foydalanishni ko‘plab imkoniyatlarini ham
turizm sohasi ta’minlamoqda. Shuningdek, turizm shaxsning rivojlanishida,
barkamolligida, sayohatining intellek tual darajasini oshirishda insonning
jamiyatda o‘rnini aniqlashda, shaxs sifatida tavsifini berishda muhim ahamiyat
kasb etadi.
“Ijtimoiy” so‘zi o‘zbek tilining izohli lug‘atida 5 ta ma’noda berilgan2
1. Kishilik jamiyatining, uning hayoti va qonuniyatlariga oid fan.
2. Biror ijtimoiy tabaqa yoki sinfga mansub fan, yo‘nalish.
3. Kishilarning jamiyatdagi faoliyati bilan bog‘langan, jamiyatga,
jamoatchilikga oid fan, yo‘nalish.
4. Jamiyatning, ommaning siyosiy madaniy va boshqa ehtiyojlari uchun
ixtiyoriy ravishda xizmat etish bilan bog‘langan fan yoki yo‘nalish.
5. Ommaga,umumga tegishli, umumiy, birgalikda, ko‘pchilik kuchi bilan
bajariladigan soha.
Ijtimoiy so‘zining qayd qilingan izohlaridan kelib chiqadigan ma’no shundan
iboratki,ijtimoiy masalalar insonlarning hayoti va rivojlanishi qonuniyatlari,
jamiyatdagi faoliyatini, o‘rnini belgilashdagi xususiyatlaridir.Bu yerdagi
umumiylik, bog‘langanlik so‘zlari insoniyat jamiyatining atrof-muhit va jamiyat
qonunlarini o‘z vaqtida ilg‘ab olish va ushbu qonunlar asosida yashash tarzi
tushunilmoqda.
Ekologik muammolar sayyoraviy tus olgan hozirgi vaqtda ekoturizm ning
mamlakat hayotidagi o‘rni qanday bo‘lmog‘i kerak?
Ana shu savolga javob va isbotlar yozish ekologik turizmning mezonlarini
1.Ердавлетов С. Р. География туризма. Алматы,2000,336 с.
2 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Москва , “Рус тили” нашриёти.,1981й 316-б.
belgilaydi. Mamlakatimizda ekologik turizmni rivojlantirishning mamlakat
ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rnini belgilashda aynan, halqimizning birinchidan,
tabiat va uning boyliklariga qiziqishi, muhofaza qilishi ikkinchidan, insonning
kamol topishida tabiatni anglash, jamiyat qonun- qoidalarini bilishi uning
hayotidagi birinchi darajali ehtiyojlari hisoblanadi.
Ekologik turizm “tabiatni muhofaza qilish” , “ekologiya”, “biologiya”,
“tabiatdan foydalanish iqtisodi”, “geologiya”, “geografiya”, “batanika” va boshqa
tabiiy fanlarning nazariyasi, asoslari, tabiiy va ijtimoiy munosa batlardan,
tabiatdagi o‘zaro munosabatlardan kelib chiqdi. Shu nuqtai-nazardan bu fanlarning
har qanday fan ta’limi va har qanday sohadagi o‘rni deyarli bir-biriga o‘xshash
ta’rifni, tavsifni anglatadi.
Ekoturizmning mamlakat ijtimoiy xayotidagi o‘rnini belgilaganda tabiatning
inson-turist xayoti uchun bo‘lgan ahamiyatlari ko‘rsatkichlarini keltirish lozim
bo‘ladi.Ekoturizmning ahamiyatini turistning ehtiyoj larini qondirish jihatlariga
qarab ma’naviy, iqtisodiy, sog‘lomlash tirishi,tabiatni anglash tarbiyaviy va estetik
guruhlarga bo‘lishimiz mumkin. Bu guruhlarning tavfsifi faqat turist uchun emas
umuminsoniyat xayotidagi tabiatning o‘rnini ham anglatadi.
Ekologik turizmning asl maqsadlari qayd qilingin xulosalarni tashkil qiladi.
Ekoturizm o‘zining ta’rifini izohlashda birinchi navbatda tabiat qo‘ynida bo‘lib,
uning resurslariga ozor yetkazmaslikni ta’minlaydi. Tabiat va uning biologik
xilma-xillik resurslaridan zavq-shavq olgan insonda albatda, bu ob’ektni asrash
istagi paydo bo‘ladi. Shu bilan birga ekologik turizm rivojlanishiga sabab bo‘lgan
boshqa sabablar ham bor. Jumladan ekologik inqirozning sayyoraviy tus olganligi
insoniyatni tobora tashvishga solmoqda.
Ekologik mumamolarni dunyo miqyosida haddan tashqari og‘irlashib
kelayotganligi zamirida tabiatning o‘zini-o‘zi tiklash kuchi pasayib borayotganligi,
uning resurslari kamaygani, atrof muhitning ifloslanib, zaxarlanib borayotganligi,
insoniyatning bir me’yorda sog‘lom yashashigi tabiat to‘liq sharoit
yarataolmayotganligi yotadi.
Shuning uchun ham Butun Jahon Turizm Tashkilotlarining-“tabiiy
xududlarga mas’uliyat bilan sayohat qilish natijasida ekoturistlar faoliyati tabiatni
muhofaza etishni ta’minlaydi va mahalliy aholining turmush darajasini
yaxshilaydi”-degan ta’rifi birinchi navbatda xalqning ijtimoiy xolatining
yaxshilanishiga qaratilgan.
Ekoturizmni rivojlantirishning iqtisodiy ahamiyati.
Ekoturizmning mamlakat iqtisodiy hayotidagi o‘rni esa ekoturizmning buyuk
tamoyillaridan kelib chiqib, ya’ni ekoturizmdan keladigan mablag‘ tabiatni
muhofaza qilish, noyob biologik resurslar,biologik xilma-xillikni saqlab qolishga
qaratilganligi bilan juda muhimdir.Yana ham muhimrog‘i, ekoturizm resursi
atrofidagi aholining ish bilan bandligini oshirishi, ta’minlashi
hisoblanadi.Ekoturistik xizmatlar ko‘rsatish esa mehnat qilishning eng yengil
turlariga kirishi ham juda muhimdir.
Shuning uchun ham ekoturizmning mamlakat iqtisodiy hayotidagi o‘rnini
quyidagicha belgilash mumkin.Bu tamoyillar ekoturizmning ijtimoiy tamoyillariga
qo‘shiladi va ekoturizmning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida istiqbolli
yo‘nalish bo‘lishini isbotlaydi.3
Ekoturizm mahalliy mehnat resurslarini qo‘shimcha, yangi ish o‘rinlari bilan
ta’minlashda yordam beradi;
Ekoturizm tabiat va tabiiy resurslardan foydalanishning yangi
texnologiyalarini jalb qiladi;
Ekoturizm ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqishni
rag‘batlantiradi;
Ekoturizm tabiat muhofazasidagi investitsiyalar kirishini axborot laydi va
ekoturistik xizmatlar servisini takomillashtiradi;
Ekoturizm ob’ektlarida mahalliy aholining ijtimoiy-iqtisodiy darajalarini
o‘stiradi;
Ekoturizm va tabiat muhofazasi ta’limini olishda mutaxassislarda ekoturistik
bilim va ekoturistik madaniyat bilimlarining nazariy va amaliy asoslarini
yaratadi;
Ekoturizm mahalliy ekoturistik mahsulotlar xunarmandchiligiga yo‘l ochadi;
Ekoturizm tabiatni muhofaza qiluvchi mahalliy boshqaruvni rivoj lantiradi
va ma’naviy,moddiy jihatlar bo‘yicha rag‘batlantiradi;
3 Ҳайитбоев Р., Матяқубов У.,Экологик туризм. Самарқанд,2010, 60 б.
Ekoturizm xalqlar o‘rtasida do‘stona hamdo‘stlik aloqalarini yuzaga
keltiradi.
Alohida muhofazadagi hududlarida ekologik turizmni rivojlan tirayotgan xorij
davlatlari yaxshi foyda olmoqdalar va asta-sekinlik bilan o‘z aholisini va xorijlik
ekoturistlarni ekoturizmning talablarini o‘rgatmoqdalar.Masalan, Kosta-Rikadagi
Monteverdi qo‘riqxonasi mahalliy ishlab chiqarish mahsulotlarini sotish hisobiga
50 ming dollar, ekologik turizmdan har yili 650 ming dollar foyda oladi.Keniya
milliy parklari dan har yili 450 ming dollar,Ekvador “Galapagos” orollari
ekoturizmidan 180 ming dollar daromad qiladi.
Ruanda ekoturizmda o‘z gorillalarini ko‘rsatib( bir sutkada har bir gorillani 4
kishi tomosha qilishi mumkin, undan ortig‘iga ruxsat berilmay di) har yili 1
mln.,boshqa ekoturizmidan 3 mln. dollar foyda oladi. Zambiyada Luangva
qo‘riqxonasi ekologik turizmdan 150 ming dollar daromad qiladi.Keniyadagi
Amboseli qo‘riqxonasi bitta sherdan 27 ming dollar,bitta fillar to‘dasidan 610 ming
dollar foyda oladi.
O‘z mamlakatlarida ekologik turizmni rivojlantirib yaxshi foyda olayotgan
Afrika, Lotin Amerikasi davlatlarining taraqqiyot darajalariga qarab ularning
ekologik turizmni yaxshi yo‘lga qo‘yganligini hisobga olsak bizning
mamlakatimizda ekologik turizmni rivojlantirishdagi holatimiz ancha taassufli
holdir.
Biz hozirdan ekologik turizmda lider davlatlarning tajribalarini,
texnologiyalarini,ekologik turizmni tashkil qilishning ijtimoiy-iqtiso diy
mexanizmlarini,usullarini, ekologik turizmda boshqarish va ish yuritishni
mukammal o‘rganishimiz kerak.
Eng muhimi,-ekologik turizmda ekologik ob’ekt,resurslardan olinadigan
daromadlar taqsimotida mahalliy aholining ulushlarini (ekoturistning kirish va
tabiat betakrorligidan foydalangandagi to‘lovlari) huquqiy-me’yorlar asosida hal
qilishimizdir.
Ekoturizmda ekologik bilim va madaniyatning shakllanishi.
Tabiatning tobora zaiflanib borishi ham ekoturizmda tabiatni asrab qolish
g‘oyalarining kuchini oshirib boradi.Chunki qayd qilganimizdek, ekologik
turizmning kelib chiqishi ham birinchi navbatda global ekologik inqiroz
holatlarining kuchayib borayotganligi bo‘ldi.Shu nuqtai -nazardan ekologik bilim
va ekologik madaniyatning shakllanishi ekoturizmning rivojlanishini ta’minlaydi.
Insonda ekologik bilim va ekologik madaniyatning shakillanishida tabiat
qonunlarininig mohiyatini anglash, insonning o‘zi ham tabiatning biologik turi
ekanligini tushunib olishidir.Tabiat vayron qilinganda ham yashayveradi.Masalan,
o‘rmonlar kesilib ketsa, xavo, suv zaxarlansa, ifloslansa, hayvonat dunyosi qirilib
ketsa va h.k.lar,lekin inson tabiatsiz yashay olmaydi.
Insonda insoniy faoliyatlarning kamol topishida tabiatning tarbiyaviy
ahamiyati deyilganda, sof tabiatning kishilarda olijanoblik, xushfellik,
bag‘rikenglik, vatanparvarlik, ulug‘vorlik, muloyimlik kabi axloqiy xislatlarni
ug‘otishi va shakllanririshi xususiyatlari tushuniladi. Tabiat qo‘ynida tez-tez bo‘lib
turish insoniy fazilatlarning kamol topishi ga yordam beradi.Ekoturizm
muxlislarining eng ulug‘ xislatlari ham ularni tabiat bag‘riga chorlagan xususiyat
ham aslida ana shundan iboratdir. Inson o‘z uyi bo‘lgan tabiatga qancha ko‘p zarar
yetkazar ekan uning o‘zi ham ma’naviy jihatdan qashshoqlashib boradi.
Tabiatni asrab qolishdek og‘ir muammoni yechishda insonni ekologik
savodxon,ekologik madaniyatli qilib tarbiyalashda ham ekoturizmning ahamiyati
beqiyosdir.Ekoturizmning
ta’rifini
keltirishda
xalqaro
ekologik
tashkilotlar,Butunjahon turizm tashkiloti qayd qilgan muhim omilni hisobga oladi
va tabiatni asrab qolishda ekoturizmni rivojlan tirishni eng muhim omillardan biri
deb hisoblaydi.
Ekologik savodxonlik va ekologik madaniyatning asosi ekologik ong
hisoblanadi.Ekologik ong tabiatni asrab-avaylashda, unga ongli munosabat da
bo‘lishida, resurslaridan me’yorida foydalanishda, tabiat inqirozining oldini olishda
eng zaruri, atrof-muxitni doimo toza saqlashda namoyon bo‘ladi. Insonda ekologik
bilim va ekologik madaniyatni shakillantirishda quyidagi tamoyillar ma’nosini
o‘rganish, tushunish va amaliyotda qo‘llash tushuniladi:
1. Tabiatni–“Ona yer” deb ardoqlash.
2. Bizga ma’lum bo‘lgan “Olamda” birorta ham Yer sayyorasining tabiatiga
o‘xshash tabiat va xayot shaklining mavjudligi aniqlanmaganligi;
3. Tabiatning iqtisodiy ahamiyati deyilganda,undagi resurslardan moddiy manba
sifatida foydalanishni tushunish;
4. Tabiatning ilmiy ahamiyati deyilganda insonning barcha bilimlari negizida
tabiatning jarayonlari asos bo‘lishi;
5. Tabiatning sog‘lomlashtirish ahamiyati deganda sof tabiat boyliklari ning va
shifo beruvchi tabiiy modda va jarayonlarining inson salomat ligiga ijobiy
ta’sir etishi;
6. Tabiatning tarbiyaviy ahamiyati deganda sof,haqiqiy tabiatning kishilarda
olijanoblik,xushfellik,vatanparvarlik,ulug‘vorlik, muloyimlik kabi axloqiy
xususiyatlarini uyg‘otish va shakllantirish xususiyatlari tushuniladi;
7. Tabiatning estetik ahamiyati deyilganda-insondagi barcha go‘zallik,
mukammallik,musiqa,tasviriy san’at,kuy-navo xislari va ularga bo‘lgan
ehtiyojlar tushuniladi;
8. Tabiat-inson-jamiyat yaxlit,bir yagona tizimdir.
Qayd qilingan tamoyillardan ekoturizmni rivojlantirishda foydala nish
maqsadli bo‘ladi va muhim ahamiyat kasb etadi.Ekologik tarbiyalanmagan kishi
tabiatdan uzoqlashib,hissiz bo‘lib qoladi.Bunday insonlar gullarning chiroyliligini
his qilmasdan o‘z uyiga yasama gullarni keltira di, tabiatdagi qushlarning
sayrashini his qilmasdan o‘z uyini qushlarning portreti bilan to‘ldirishdan
qanoatlanishadi.Shu tariqa u tabiatdan uzoqla shib ma’naviy jixatdan
qashshoqlashib boradi. Eng muhimi, insoniyatning ekologik ongi dunyo tabiatini
muhofaza qilishdagi chora-tadbirlarini muntazzam amalga oshirishda asosiy ijrochi
omil hisoblanadi.
Demak, hayotda ham, har qanday ishlab chiqarish sohasida ham ekologik
bilim va ekologik madaniyatning shakllanishida mamlakatimizda ekologik
turizmni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ekologik bilim va
ekologik madaniyatni shakillantirishni quyidagi tizimda amalga oshirishda tavsiya
qilinadi:
1. Ekologik ta’lim-sayyoramiz tabiiy boyliklari va yaqin fazoga ehtiyot korona
munosabatda bo‘lishi, insoniyatning tabiatdagi ekologik jarayon lar bilan
uzviy bog‘liqligini chuqur anglash ruhida tarbiyalash va boshlang‘ich o‘qitish;