EKOTURIZMNING TAMOYILLARI, BELGILARI VA QOIDALARI
Reja:
1. Ekoturizmning tamoyillarining , belgilarining va qoidalarining tavsifi.
2. Ekoturizmni tashkil qilishda ushbu tamoyillardan foydalanish.
3. Ekoturizm tamoyillari va davlat boshqaruvining bog‘liqligi.
Ekoturizmning tamoyillari.
Ishlab chiqarishda g‘oya va nazariyalarning shakllanishida ishlatila digan
prinsip so‘zi asos,talab, negiz ma’nolarini anglatgani uchun davlat tilida tamoyil
deb tarjima qilingan.Ekologik turizmning tamoyillari ham ekoturizm
yo‘nalishining rivojlanishidagi tartib-me’yorlarga asosla nishi lozim.Ya’ni
ekologik turizmning tamoyillari ekologik turizmning mohiyatini, mazmunini,
maqsadi va vazifalarini o‘zida aks ettirishi kerak.
Ekologik turizmning tamoyillarini “Xalqaro ekoturizm tashkiloti” ishlab
chiqgan. Bu tamoyillar jahondagi barcha davlatlarining rahbarlariga tarqatilgan
bo‘lib har bir davlatlar ekologik turizmni tashkil qilganda ushbu tamoyillarga amal
qilishi so‘raladi;
1.Ekologik turizm tabiatga qaratilgan va tabiiy resurslardan foydalanishga
asoslangan bo‘lishi;
2.Ekologik turizm ekologik barqaror rivojlanishga va yashash muhitimizga
keltirilayotgan ziyonlarni minimallashtirishga asoslangan bo‘lishi;
3.Ekologik turizm ekologik ta’lim va ma’rifatga yo‘naltirilgan bo‘lib tabiat
bilan teng hamkorlikga asoslangan bo‘lishi;
4.Ekologik turizm mahalliy ijtimoiy madaniyatni saqlashga va yordam
berishga asoslangan bo‘lishi;
5.Ekologik turizm faoliyat ko‘rsatgan hududlarning barqaror rivojlanishini
va iqtisodiy samaradorligini ta’minlashiga asoslangan bo‘lishi kerak.
Ekologik turizmning tamoyillarini o‘rganganimizda albatda turizmning bu
muhim sohasini rivojlantirish oson kechmasligini anglay miz.Bu tamoyillar asosida
ekoturizmni rivojlantirishda albatda davlat ning ekologik boshqaruviga murojaat
qilinadi.Chunki, ekologik turizmni yuqorida qayd qilingan tamoyillar asosida
rivojlantirish faqat davlat tashkilotlarining yordami bilangina amalga oshishi
mumkin.
Keyinchalik turizm mutaxassislari va olimlari tomonidan ekologik
turizmning tamoyillari kengaytirildi va mukammallashtirildi1;
1.Tabiati yaxshi saqlangan joylarga sayohat;
2.Tabiat resurslaridan barqaror foydalanish, tabiiy, ijtimoiy va madaniy
biologik xilma-xillikni saqlash;
3. Ekoturda belgilangan tartib- intizomga qat’iy rioya qilish;
4. Ekoturistlarning ekologik bilimlar olishini tashkillashtirish, ularni
mahalliy tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga qatnashtirish;
5. Ekoturlarni tabiat qonunlari asosida mukammal ishlab chiqish;
6.Ekologik turizmni hududlarning iqtisodiy rivojlantirish rejalari bilan
birlashtirish;
7. Mahalliy aholini ekoturizm rivojlanishida qatnashtirish va bu yo‘nalishda
ularning iqtisodiy manfaatdorligini ta’minlash;
8. Ekoturizm sohasi mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash.
Ekologik turizm bo‘yicha mutaxassislar taklif qilgan tamoyillar qatorida
T.K.Sergeyevaning taklif qilgan tamoyillari ham diqqatga sazovor2;
1.Rekreatsiyali tabiiy hududlarning biologik xilma-xilligini saqlash;
2.Ekologik turizm sohasiga tortilgan (qo‘shilgan) hududlarning iqtisodiy
barqaror rivojlanishini oshirish;
3.Ekoturistik faoliyatda qatnashuvchilarning ekoturistik madaniyatini
oshirish;
4.Rekreatsiyali hududlarning etnografik statusini (maqomini) saqlash.
“Xalqaro ekoturizm tashkiloti” o‘z navbatida ekoturist uchun qoida ham
ishlab chiqdi3;
1 .Дроздов А.В. Основы экологического туризма. М.; Гардарики,2005, 271 с.
2 Сергеева Т. К., Экологический туризм, Москва, Финансы статистика, 2004,360 стр.
3 . Бабкин А.В. Специальные виды туризма,Ростов на Дону,Феникс,2008,252 с.
1.Yer bilan bog‘liqligini unutmaslik, yoddan chiqarmaslik;
2.Tabiatda faqat izlarini qoldirish, tabiatdan faqat rasmlarni olib ketish;
3.Borgan yerida dunyoni, xalqlar madaniyatini, geografiyasini anglash,
bilish;
4.Mahalliy aholini hurmat qilish;
5.Ishlab chiqaruvchilardan atrof muhitga xavf-xatar soluvchi, keltiruvchi
mahsulotlarni sotib olmaslik;
6.Faqat maxsus solingan so‘qmoqlardan yurish;
7.Atrof muhitni muhofaza qilish dasturlarini quvvatlash, yordam berish;
8.Imkoniyat boricha atrof muhitni toza saqlovchi usullardan
(metodlardan) foydalanish;
9.Tabiatni muhofaza qiluvchi tashkilotlarni quvvatlash;
10.Ekoturizm tamoyillari bo‘yicha ishlovchi turistik firmalar bilan sayohatga
chiqish.
Ushbu qoidalar bo‘yicha keyinchalik ekoturizmning quyidagi belgilari ham
ishlab chiqildi4;
Ekoturist o‘zining har qanday sayohatida atrof muhitni o‘rganadi;
Ekoturist uchun tabiatga sayohat asosiy maqsadlardan hisoblanadi;
Ekoturizmdan olinayotgan daromadlar atrof muhitni moliyaviy quvvatlashga
yo‘naltiriladi;
Ekoturist yovvoyi tabiat resurslarini tiklovchi yoki saqlovchi hamkorlikga va
harakatlarga ishtirok etadi.
Ekologik turizmning tamoyillari(qoidalari) va belgilari bilan tanishib
chiqgandan keyin ekologik turizmni rivojlantirishdagi ko‘plab tushunmovchilik va
noaniqliklar ma’lum bo‘ladi. Bu noaniqliklar shulardan iboratki, jahondagi ko‘plab
davlatlarda ekologik turizm talablar darajasida birdaniga rivoj topmayotir. Bu
holatning asosiy sabablaridan biri shundan iboratki, ekologik turizmning asosiy
ob’ektlari alohida muhofazadagi hududlar, milliy parklar va tabiat qo‘riqxonalari
ekanligi hammaga ma’lum bo‘lgan holda bu tabiiy resurslar davlat tomonidan
muhofaza qilinadi. Bu sharoitda ekoturizmni kuchli rivojlantirishning imkoniyatlari
chegaralanib qoladi. Lekin, AQSh, Kanada, Avstraliya, Malayziya, Yaponiya va
417. Дроздов А.В., Основы экологического туризма. Москва, Гардарики,2005, 271 стр.
Yevropa davlatlarida ekologik turizm yildan-yilga rivojlanib bormoqda.
Biz mamlakatimizda ekologik turizmni rivojlantirishda yuqorida qayd
qilingan davlatlarning tajribalarini, ekoturizmni rivojlantirish davlat dasturlarini
puxta o‘rganishimiz lozim.Ilmiy adabiyotlarning tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki,
turizm rivojlangan shuningdek, ekologik turizm rivojlangan davlatlar 10-15 yillar
davomida ichki turizmni rivojlantirganlar, o‘z xalqlarini turizmning barcha
sohalarining mazmuni va mohiyatiga tayyorlaganlar.Xususan, ekologik turizmning
mazmun-mohiyatini, tamoyillarini o‘rgatganlar.
Shuning uchun ham ekologik turizm rivojlangan davlatlar o‘z milliy
parklaridan va tabiat qo‘riqxonalardan ekoturizmda foydalanishga ruxsat berganlar.
Mamlakatimizda hozirga kelib milliy bog‘larimizdan ekologik turizmda
foydalanmoqdamiz, tabiat qo‘riqxonalaridan ekoturizmda foydalanishga hozircha
ruxsat berilmagan.
Biz ham mamlakatimizda aholining ekologik madaniyati va ekologik
bilimlarini oshirishga, tabiatni muhofaza qilish qonunlarini yaxshi bilishiga va
hurmat qilishiga, tabiatni va uning resursalarini muhofaza qilish dasturlariga
ixtiyoriy hamkorlik qilish ishlariga tayyorlashimiz, ekoturizmning tartib
qoidalarini, tamoyillarini o‘rgatishimiz lozim bo‘ladi.Ekologik turizmning
tamoyillarini o‘rganishdan shunday xulosa kelib chiqadiki, ekoturizmni
rivojlantirishda davlatning ekologik boshqaruv siyosatini, dasturini ishlab chiqish
talab qilinmoqda.
Ekoturizmning davlat boshqaruvi.
Turizmning ekologik menejmenti” va «Ekologik menejment» boshqa ruvida
farq yo‘q, farq bo‘lmasligi ham kerak. Ikkala yo‘nalish ham bir maqsadda tashkil
qilinadi va boshqariladi. Har qanday sohadagi ekologik boshqaruvning asosida esa
davlatning ekologiya boshqaruv tashkilotlari tizimi qabul qilinadi.
Davlatning ekologiya sohasidagi davlat boshqaruv organlarining har biri
davlat parlamenti ishlab chiqgan va rasmiy jihatdan bergan vakolat larga ega
bo‘ladi.«Turizmning ekologik menejmenti»da,«Ekologik» menejmentda va
ayniqsa ekoturizmning rivojlanishidagi to‘sqinliklar va muammolar ana shu
boshqaruv tizimiga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha vakolatlar kiritishni talab
qilmoqda.Masalan ekoturizmdagi eng asosiy turistik resurslar tabiatimiz
hududlarida bo‘lib, bu hududlar deyarli muhofaza qilinadi va hozircha turistlarni
qo‘yishga ruxsat berilmagan.
Muhofaza qilinadigan hududlar esa O‘zbekiston Respublikasi tabiatni
muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi nazoratida, suv havzalari, suv omborlari ham
tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi ham O‘zbekiston Respublikasi qishloq
va suv xo‘jaligi ta’sarrufida, o‘rmonlarimiz ham o‘z «Davlat qo‘mitasi»
boshqaruviga berilgan. Bu hududlarga turist emas hatto Respublika fuqarolari ham
kiritilmaydi, qattiq rejimdagi muhofazaga olingan.
Shuning uchun ham«Turizmning ekologik menejmenti» turizm sohasidagi
hozirgi rivojlanish bosqichida davlatning ekologik boshqaruv
organlari vakolatlari chegarasida faoliyat ko‘rsatish, keyingi bosqichlarni
rejalashtirishda ayniqsa ekoturizmni rivojlantirishda ekologik boshqaruvni
takomillashtirish bo‘yicha tabiatni muhofaza qilish nuqtai nazaridan takliflar–
tavsiyalar ishlab chiqishga majbur bo‘ladi.
Har tomonlama majmuali ma’lumotlarni,mulohozalarni, takliflarni chuqur
tahlil qilib alohida ta’kidlamoqchimizki, «tavsiyalarimiz» respublikamizda turizm
va turizmda ekologik boshqaruv ning tashkiliy tuzilmasi–atrof tabiiy muhitni
muhofaza qilish va tabiat resurslaridan foydalanishning ekologik boshqaruv
maqsadlarini amalga oshiruvchi va ushbu sohada o‘z vazifalarini bajaruvchi biri–
biri bilan bog‘langan turli ekologik boshqaruv idoralari va bo‘g‘inlarining
majmuasidan tashkil topadi.
Ekologik boshqaruvning u yoki boshqa vazifalarini bajarish uchun muayayn
ekologik idoralar,tashkilotlar tuziladi.Ekologik boshqaruv idoralari tizimi
boshqaruvining umumdavlat tizimi tarkibiga kiradi va uning ekologik vazifalarini
bajaruvchi maxsus va mustaqil tuzilishli bo‘g‘ini hisoblanadi.Bunda umumdavlat
boshqaruvidagi kabi turizmda ekologik boshqaruvda ham quyi idoralarning yuqori
idoralarga bo‘ysunishi va ular o‘rtasida o‘zaro aloqa ekologik boshqaruvning
tuzilmalari xususiyatlarini belgilab beradi.
«Turizmning ekologik menejmenti»ni tuzishda yana bir muhim masalaga
e’tibor berish to‘g‘ri bo‘ladi. Bu masalaning mohiyati shundaki, turizmda,ayniqsa
ekologik turizmni rivojlantirishdagi jiddiy muammo larning biri-ekologik
resurslardan foydalanishda foydalanuvchining ekologik resursni asrab-avaylash
haqida javobgarlik ma’suliyatini o‘z zimmasiga olishdir.
O‘zbekistonda deyarli barcha tabiiy resurslar davlat organlari va asosiy
hududlar O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi
tarkibida turadi.Ekologik resurslarning turizmdan muhofaza chora-tadbirlari ishlab
chiqilmaganligidan«Davlat qo‘mitasi» bu resurslardan turizmda foydalanishga
albatda ruxsat bermaydi. Masalan, O‘zbekistondagi barcha tabiat qo‘riqxonalari
qariyib 50 yildan beri qattiq rejimda muhofaza qilinib kelmoqda.
“O‘zbekiston
Respublikasida
ekologik
turizmni
rivojlantirish
Konsepsiyasi”ga ko‘ra respublikamizdagi barcha tabiat qo‘riqxonalari, milliy
bog‘lar va noyob tabiiy landshaftlardagi hayvonot olami va o‘simliklar dunyosidan
turizmda foydalanishning juda katta salohiyatlari bor. Bu salohiyatlar asosida
ekoturizmni jahon andozalari talabida rivojlantirish rejalari tuzilmoqda.Bu
rejalarda tabiat qo‘riqxonalari va tabiat buyurtmaxonalari ham tez-tez tilga
olinmoqda.
Bu juda murakkab muammo bo‘lib qo‘riqxonadan turizmda foydala nishni
birdaniga hal qilib bo‘lmaydi.Chunki, turizm niqobi ostida tabiat ning ashaddiy
dushmanlari bo‘lgan–brakon’erlar faoliyati juda kuchayib ketishi xavfi–xatari
bor.Vatanimiz hududlari bepoyon bo‘lganligidan brakon’erlar (daydi ovchilar) ni
nazorat qilish «Davlat qo‘mitalari yoki Ichki ishlar vazirligi tomonidan ham
amalga oshirish qiyinlashadi.
Turizmning ekologik menejmenti» qayd qilingan holatlardagi murak kab
masalalarni «samarali» ekologik boshqaruv tizimini ishlab chiqish bilangina hal
qilishi mumkin. Bu holatda respublikamizda turizmning ekologik menejmenti o‘z
tarkibiga:turizmda ekologik nazorat, turizm ekologiyasida davlat nazorati, turizmda
atrof-muhit monitoringi, jamoat ekologik nazorati,Davlat qo‘mitalari,ichki ishlar
vazirligi va «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining o‘zaro hamkorligida turizmda
ekologik boshqaruvning ilmiy-amaliy tizimlarini ishlab chiqishi zarur va maqsadli
bo‘ladi.
Turistik firmaning ekologik menejmenti.
Turistik firmaning ekologik boshqaruvi haqida hozirgacha ilmiy tadqiqotlar