EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYA: TUSHUNCHA, TARIXI (Psixologik tajriba haqida tushuncha, Psixologik tajriba turlari)

Yuklangan vaqt

2024-05-01

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

7

Faytl hajmi

24,0 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYA: TUSHUNCHA, TARIXI 
 
 
Reja: 
1. Psixologik tajriba haqida tushuncha.  
2. Psixologik tajriba turlari.  
3. Tajribaning tashqi sharoiti.  
4. Tajribaning ichki sharoiti.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYA: TUSHUNCHA, TARIXI Reja: 1. Psixologik tajriba haqida tushuncha. 2. Psixologik tajriba turlari. 3. Tajribaning tashqi sharoiti. 4. Tajribaning ichki sharoiti.
Ilmiybaza.uz 
 
Mavzu yuzasidan asosiy tushunchalar:  
 Sifat tajribasi-ayrim hodisalar yoki shaxslar haqida ma`lumot to`plashga xizmat 
qiluvchi tajriba.  
 Omilli tajriba-biror psixik hodisaning u yoki bu omilining ta`siriga bog`liqligini 
aniqlashga xizmat qiluvchi tajriba.  
 Funktsional tajriba-ikki hodisa o`rtasidagi funktsional aloqani aniqlashga 
qaratilgan tajriba.  
 Bog`langan o`zgaruvchi-tekshiriluvchiga ta`sir ettirilgan qo`zg`atuvchi.  
 Ichki sharoit- tajribaning tekshiriluvchiga bog`liq sharoiti.  
 Tashqi sharoit-laboratoriya xonasi yoki tajriba o`tkazilayotgan xonadagi sharoit.  
 
Tadqiqotchi o`zini qiziqtirgan psixik hodisalarni kuzatish orqali o`rganishi yoki 
zarur bo`lgan holatni ataylab vujudga keltirishi mumkin. Birinchi holatda oddiy 
kuzatish haqida, ikkinchi holatda tajriba yoki eksperiment haqida so`z bormoqda.  
Tajriba metodining kuzatish metodidan farqli tomonlari nimada ko`rinadi?  
? Eksperiment metodining eng asosiy afzalliklari quyidagicha:  
a) o`rganilayotgan hodisani bir necha marotaba va eng qulay sharoitlarda o`rganish 
imkoniyati bor;  
b) o`rganilayotgan hodisa yoki uning ayrim qismlarini tashqi ta`sirlardan himoya 
qilish (izolyatsiya) imkoniyati mavjud;  
v) jarayonning borishini nazorat qilish mumkin. 
 g) tadqiqot natijalarini sharoitni saqlagan holda, bir necha bor takrorlash orqali 
sinab ko`rish mumkin.  
Psixologiyada qo`llaniladigan barcha eksperimental metodlarni ikki guruhga: 
umumiy 
va 
maxsus 
turlarga 
bo`lish 
mumkin. 
Umumiy 
metodlarni 
psixologiyaning barcha sohalarida, maxsus metodlar esa alohida olingan sohalarda 
masalan, xotira psixologiyasi, tafakkur psixologiyasida qo`llaniladi.  
Barcha psixologik tajribalar mohiyatiga ko`ra bir xilda ahamiyatga egami?  
Ilmiybaza.uz Mavzu yuzasidan asosiy tushunchalar: Sifat tajribasi-ayrim hodisalar yoki shaxslar haqida ma`lumot to`plashga xizmat qiluvchi tajriba. Omilli tajriba-biror psixik hodisaning u yoki bu omilining ta`siriga bog`liqligini aniqlashga xizmat qiluvchi tajriba. Funktsional tajriba-ikki hodisa o`rtasidagi funktsional aloqani aniqlashga qaratilgan tajriba. Bog`langan o`zgaruvchi-tekshiriluvchiga ta`sir ettirilgan qo`zg`atuvchi. Ichki sharoit- tajribaning tekshiriluvchiga bog`liq sharoiti. Tashqi sharoit-laboratoriya xonasi yoki tajriba o`tkazilayotgan xonadagi sharoit. Tadqiqotchi o`zini qiziqtirgan psixik hodisalarni kuzatish orqali o`rganishi yoki zarur bo`lgan holatni ataylab vujudga keltirishi mumkin. Birinchi holatda oddiy kuzatish haqida, ikkinchi holatda tajriba yoki eksperiment haqida so`z bormoqda. Tajriba metodining kuzatish metodidan farqli tomonlari nimada ko`rinadi? ? Eksperiment metodining eng asosiy afzalliklari quyidagicha: a) o`rganilayotgan hodisani bir necha marotaba va eng qulay sharoitlarda o`rganish imkoniyati bor; b) o`rganilayotgan hodisa yoki uning ayrim qismlarini tashqi ta`sirlardan himoya qilish (izolyatsiya) imkoniyati mavjud; v) jarayonning borishini nazorat qilish mumkin. g) tadqiqot natijalarini sharoitni saqlagan holda, bir necha bor takrorlash orqali sinab ko`rish mumkin. Psixologiyada qo`llaniladigan barcha eksperimental metodlarni ikki guruhga: umumiy va maxsus turlarga bo`lish mumkin. Umumiy metodlarni psixologiyaning barcha sohalarida, maxsus metodlar esa alohida olingan sohalarda masalan, xotira psixologiyasi, tafakkur psixologiyasida qo`llaniladi. Barcha psixologik tajribalar mohiyatiga ko`ra bir xilda ahamiyatga egami?
Ilmiybaza.uz 
Psixologik tadqiqot oldiga qo’yilgan vazifaning tabiatiga ko`ra psixologik 
tadqiqotlarni 3 guruhga ajratish mumkin:  
a) ayrim hodisalar yoki shaxslar haqida ma`lumot to`plashga xizmat qiluvchi 
tajribalar. Bunday tajribalarga tafakkur xususiyatlari, xotira tipini, sezgirlik 
darajasini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlarni misol qilish mumkin.  
b) alohida psixik hodisani u yoki bu omil (faktor)ning ta`siriga bog`liqligini 
aniqlashga xizmat qiladigan tajribalar: masalan: esda qoldirishning materialning 
sifatiga bog`liqligini aniqlash va hokazo .  
v) ikki hodisa o`rtasidagi funktsional aloqani aniqlashga qaratilgan tajriba, masalan, 
materialning hajmi bilan takrorlashlar soni o`rtasidagi funktsional aloqani o`rganish. 
Birinchi tipga kiradigan tajribalarni-sifat; ikkinchisini faktorli, uchinchisini-
funktsional tajribalar deb atash mumkin.  
Psixologik tadqiqotni tashkil etar ekan, eksperimentator o`zi ta`sir etishi kerak 
bo`lgan tekshiriluvchi-sub`ekt, qo`zg`atuvchi, tekshiriluvchining qo`zg`atuvchiga 
beradigan javobi bilan munosabatda bo`ladi. Buni quyidagicha tasvirlash mumkin:  
Bunda - S – sub`ekt, tekshiriluvchi, H.n. - qo`zg`atuvchi, bog`lanmagan 
o`zgaruvchi. Z.n. - tekshiriluvchining qo`zg`atuvchi ta`siriga javobi, bog`langan 
o`zgaruvchi.  
Shuningdek, tajriba davomida tekshiriluvchining shaxsiga bog`liq bo`lgan shart-
sharoitlar ham mavjuddur. Bu tekshiriluvchining yoshi, jinsi, umumiy salomatligi, 
temperamenti, hissiy holati, umumiy va maxsus qobiliyatlari, bilimi, qarashlari, 
qiziqishlari ko`nikma va malakalari bo`lishi mumkin.  
Tajribaning ichki va tashqi sharoiti uning borishiga qay darajada ta`sir etadi? 
Tajribaning tashqi sharoiti-yoritilganlik, jimjitlik, harorat, ventilyatsiya va boshqalar 
ham ishning borishiga ma`lum tarzda ta`sir etishi mumkin. SHu bilan birga tajriba 
davomida ta`sir etishi mumkin bo`lgan tasodifiy “qo`zg`atuvchilar” ta`siridan ham 
tekshiriluvchini muhofaza qilish zarur. Masalan, qo`shimcha ovoz paydo bo`lishi, 
begona kishining kirib kelishi tasodifan biror narsaning tushib ketishi va boshqalar. 
Tadqiqotchi va yordamchilarning bo`lishi ham tekshiriluvchining ruhiyatiga ta`sir 
etishi mumkin.  
Ilmiybaza.uz Psixologik tadqiqot oldiga qo’yilgan vazifaning tabiatiga ko`ra psixologik tadqiqotlarni 3 guruhga ajratish mumkin: a) ayrim hodisalar yoki shaxslar haqida ma`lumot to`plashga xizmat qiluvchi tajribalar. Bunday tajribalarga tafakkur xususiyatlari, xotira tipini, sezgirlik darajasini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlarni misol qilish mumkin. b) alohida psixik hodisani u yoki bu omil (faktor)ning ta`siriga bog`liqligini aniqlashga xizmat qiladigan tajribalar: masalan: esda qoldirishning materialning sifatiga bog`liqligini aniqlash va hokazo . v) ikki hodisa o`rtasidagi funktsional aloqani aniqlashga qaratilgan tajriba, masalan, materialning hajmi bilan takrorlashlar soni o`rtasidagi funktsional aloqani o`rganish. Birinchi tipga kiradigan tajribalarni-sifat; ikkinchisini faktorli, uchinchisini- funktsional tajribalar deb atash mumkin. Psixologik tadqiqotni tashkil etar ekan, eksperimentator o`zi ta`sir etishi kerak bo`lgan tekshiriluvchi-sub`ekt, qo`zg`atuvchi, tekshiriluvchining qo`zg`atuvchiga beradigan javobi bilan munosabatda bo`ladi. Buni quyidagicha tasvirlash mumkin: Bunda - S – sub`ekt, tekshiriluvchi, H.n. - qo`zg`atuvchi, bog`lanmagan o`zgaruvchi. Z.n. - tekshiriluvchining qo`zg`atuvchi ta`siriga javobi, bog`langan o`zgaruvchi. Shuningdek, tajriba davomida tekshiriluvchining shaxsiga bog`liq bo`lgan shart- sharoitlar ham mavjuddur. Bu tekshiriluvchining yoshi, jinsi, umumiy salomatligi, temperamenti, hissiy holati, umumiy va maxsus qobiliyatlari, bilimi, qarashlari, qiziqishlari ko`nikma va malakalari bo`lishi mumkin. Tajribaning ichki va tashqi sharoiti uning borishiga qay darajada ta`sir etadi? Tajribaning tashqi sharoiti-yoritilganlik, jimjitlik, harorat, ventilyatsiya va boshqalar ham ishning borishiga ma`lum tarzda ta`sir etishi mumkin. SHu bilan birga tajriba davomida ta`sir etishi mumkin bo`lgan tasodifiy “qo`zg`atuvchilar” ta`siridan ham tekshiriluvchini muhofaza qilish zarur. Masalan, qo`shimcha ovoz paydo bo`lishi, begona kishining kirib kelishi tasodifan biror narsaning tushib ketishi va boshqalar. Tadqiqotchi va yordamchilarning bo`lishi ham tekshiriluvchining ruhiyatiga ta`sir etishi mumkin.
Ilmiybaza.uz 
Tajribaning ichki sharoiti tekshiriluvchiga bog`liq bo`lgan vaqtinchalik holatlar 
hisoblanadi. Ichki sharoitga dastavval tekshiriluvchining ustanovkasi ya`ni 
tadqiqotga psixologik tayyorgarligi kiradi. Tekshiriluvchi tajriba davomida 
tadqiqotchining savollariga javob berishga, qo`zg`atuvchi ta`sirini kabul qilishga 
oldindan tayyor turishi kerak. Bunday tayyorgarlikning vujudga kelishi eng avvalo 
unga beriladigan ko`rsatmalarga (instruktsiya)ga bog`liqdir. SHuning uchun ham 
ko`rsatma aniq, lo`nda va tushunarli qilib berilishi va barcha qatnashchilarga bir 
xilda izohlanishi kerak bo`ladi.  
Tadqiqot jarayonida tekshiriluvchi tomonidan butun imkoniyatlarini maksimal 
holatda safarbar etishi talab qilinadi. Masalan, diqqatning hajmini, harakatlarning 
maksimal tezligi va aniqligini o`rganishda bu alohida ahamiyat kasb etadi. 
Tekshiriluvchining butun imkoniyatini ishga solishi undagi motivlarning kuchi bilan 
bog`liqdir.  
Tajribaning ichki sharoitlaridan biri unga bog`liq bo`lgan qiziqishdir. Agar 
tekshiriluvchi berilgan topshiriqlarni qiziqish bilan bajarsa, natijalar avvaldan 
kutilgandek bo`ladi.  
Tekshiriluvchining kayfiyati va umumiy fiziologik holati ham tajribaning borishiga 
ta`sir etuvchi ichki sharoitlardan biridir. Butun tadqiqot davomida tekshiriluvchining 
kayfiyati yaxshi bo`lishi, fiziologik holatlarda o`zgarishlar bo`lmasligi tadqiqotchi 
tomonidan nazorat qilib borilishi kerak. Yuqorida ta`kidlab o`tilgan ichki va tashqi 
shart-sharoitlarning ta`minlanishi psixologik tajriba samaradorligini kafolatlaydi.  
Juda ko`p psixologik tajribalarda turli apparatura va priborlardan foydalaniladi. 
Ba`zi tajribalarda moslashtirilgan apparaturalardan foydalanilsa, ayrimlari maxsus 
jihozlangan xonalarda olib boriladi. Bajaradigan vazifasiga ko`ra bunday 
apparaturalarni:  
a) tekshiriluvchiga ta`sir qilishi kerak bo`lgan, qo`zg`atuvchi berishga 
moslashtirilgan;  
b) tekshiriluvchining javoblarini yozib olishga moslashtirilgan turlarga ajratish 
mumkin. Masalan, taxistoskop-kichik bir vaqt oraligida tekshiriluvchiga turli 
qo`zg`atuvchilarni ko`rsatishga, esteziometr-bir vaqtning o`zida terining ikki 
Ilmiybaza.uz Tajribaning ichki sharoiti tekshiriluvchiga bog`liq bo`lgan vaqtinchalik holatlar hisoblanadi. Ichki sharoitga dastavval tekshiriluvchining ustanovkasi ya`ni tadqiqotga psixologik tayyorgarligi kiradi. Tekshiriluvchi tajriba davomida tadqiqotchining savollariga javob berishga, qo`zg`atuvchi ta`sirini kabul qilishga oldindan tayyor turishi kerak. Bunday tayyorgarlikning vujudga kelishi eng avvalo unga beriladigan ko`rsatmalarga (instruktsiya)ga bog`liqdir. SHuning uchun ham ko`rsatma aniq, lo`nda va tushunarli qilib berilishi va barcha qatnashchilarga bir xilda izohlanishi kerak bo`ladi. Tadqiqot jarayonida tekshiriluvchi tomonidan butun imkoniyatlarini maksimal holatda safarbar etishi talab qilinadi. Masalan, diqqatning hajmini, harakatlarning maksimal tezligi va aniqligini o`rganishda bu alohida ahamiyat kasb etadi. Tekshiriluvchining butun imkoniyatini ishga solishi undagi motivlarning kuchi bilan bog`liqdir. Tajribaning ichki sharoitlaridan biri unga bog`liq bo`lgan qiziqishdir. Agar tekshiriluvchi berilgan topshiriqlarni qiziqish bilan bajarsa, natijalar avvaldan kutilgandek bo`ladi. Tekshiriluvchining kayfiyati va umumiy fiziologik holati ham tajribaning borishiga ta`sir etuvchi ichki sharoitlardan biridir. Butun tadqiqot davomida tekshiriluvchining kayfiyati yaxshi bo`lishi, fiziologik holatlarda o`zgarishlar bo`lmasligi tadqiqotchi tomonidan nazorat qilib borilishi kerak. Yuqorida ta`kidlab o`tilgan ichki va tashqi shart-sharoitlarning ta`minlanishi psixologik tajriba samaradorligini kafolatlaydi. Juda ko`p psixologik tajribalarda turli apparatura va priborlardan foydalaniladi. Ba`zi tajribalarda moslashtirilgan apparaturalardan foydalanilsa, ayrimlari maxsus jihozlangan xonalarda olib boriladi. Bajaradigan vazifasiga ko`ra bunday apparaturalarni: a) tekshiriluvchiga ta`sir qilishi kerak bo`lgan, qo`zg`atuvchi berishga moslashtirilgan; b) tekshiriluvchining javoblarini yozib olishga moslashtirilgan turlarga ajratish mumkin. Masalan, taxistoskop-kichik bir vaqt oraligida tekshiriluvchiga turli qo`zg`atuvchilarni ko`rsatishga, esteziometr-bir vaqtning o`zida terining ikki