Elektr va texnika xavfsizligi asoslari
Reja:
1. Elektr xavfsizligi tushunchasi, elektr tokining inson organizmiga ta’siri.
2. Elektr tokidan jarohatlanishning asosiy sabablari va ularning oldini olishga
qaratilgan chora-tadbirlar.
3. Texnika xavfsizligi bo‘yicha me’yoriy xujjatlar.
4. Ishlab chiqarish jarayoni va uskunalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari.
5. Mehnat xavfsizligini ta’minlovchi texnik vositalar.
1. Elektr xavfsizligi tushunchasi, elektr tokining inson organizmiga ta’siri.
Ma’lumki, ijtimoiy va sanoat ob’ektlari elektr tokining asosiy iste’molchilari
xisoblanadi. Shuning uchun elektr xavfsizligini ta’minlash dolzarb masalalardan biri
ekanligini nazarda tutish lozim.
Elektr xavfsizligi - odamlarni elektr toki, elektr yoyi, elektromagnit maydon
yoki statik elektrning insonga xavfli va zararli ta’siridan aniq ehtimollik bilan himoya
qilishni ta’minlovchi tashkiliy va texnik tadbirlar tizimi.
Elektr toki inson organizimiga termik (ya’ni issiqlik), elektrolitik va biologik
ta’sir ko‘rsatadi.
Elektr tokining termik ta’siri inson tanasining ba’zi joylarida kuyish, qon
tomirlari, nerv va xujayralarning qizishi sifatida kuzatiladi.
Elektrolitik ta’sir esa, qon tarkibidagi yoki xujayralar tarkibidagi tuzlarning
parchalanishi natijasida qonning fizik va kimyoviy hususiyatlarining o‘zgarishiga
olib keladi. Bunda elektr toki markaziy asab tizimi va yurak-qon tizimini kesib
o‘tmasdan tananing ba’zi bir qismlarigagina ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Elektr tokining biologik ta’siri natijasida muskullarning keskin qisqarishi
tufayli inson organizmidagi tirik xujayralar to‘lqinlanadi, bunda asosan organizmdagi
2
bioelektrik jarayon buziladi. Ma’lumki, inson organizmi asosan bioelektrik toklar
yordamida boshqariladi. Tashqi muhitdan yuqori kuchlanishdagi elektr tokining
ta’siri natijasida biotoklar rejimi buziladi va oqibatda inson organizmida tok urish
holati vujudga keladi. Boshqarilmay qolgan organizmda hayot faoliyatining ba’zi bir
funksiyalari buziladi: nafas olishning yomonlashuvi, qon aylanish tizimining
ishlamay qolishi va boshqalar.
Elektr tokining inson organizmiga ta’sirini ikki guruhga bo‘lib qarash
mumkin: mahalliy elektr ta’siri va tok urish.
Mahalliy elektr ta’siri - kuyib qolish, elektr belgilari hosil bo‘lishi, terining
metallashib qolishi hollaridir.
Elektr ta’sirida kuyish asosan organizm bilan elektr o‘tkazgichi o‘rtasida volta
yoyi hosil bo‘lganda sodir bo‘ladi. Elektr o‘tkazgichdagi kuchlanishning ta’siriga
qarab bunday kuyish turlicha bo‘lishi mumkin. Yengil kuyish faqat yallig‘lanish bilan
chegaralanadi, o‘rtacha og‘irlikdagi kuyishda pufakchalar hosil bo‘ladi va og‘ir
kuyishda xujayra va terilar ko‘mirga aylanib, og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin.
Elektr belgilari terining ustki qismida aniq kulrang yoki och sarg‘ish rangli 1-5
mm diametrdagi belgi paydo bo‘lishi bilan ifodalanadi. Bunday belgilar xavfli emas.
Terining metallashib qolishida, odatda erib mayda zarrachalarga parchalanib
ketgan metal teri ichiga kirib qoladi. Bu holat ham elektr yoyi hosil bo‘lganda ro‘y
beradi. Ma’lum vaqt o‘tgandan keyin bu teri ko‘chib tushib ketadi va hech qanday
asorat qoldirmaydi.
Elektr urishi (tok urishi) to‘rt darajaga bo‘linadi:
1-daraja: muskullar keskin qisqarishi natijasida odam tok ta’siridan chiqib
ketadi va hushini yo‘qotmaydi.
2-daraja: muskullar keskin qisqarishi natijasida odam hushini yo‘qotadi,
ammo yurak va nafas olish faoliyati ishlab turadi.
3-daraja: hushini yo‘qotib nafas olish tizimi yoki yurak urishi to‘xtab qoladi.
4-daraja: klinik o‘lim holati, bunda insonda hech qanday hayot alomatlari
ko‘rinmay qoladi.
Klinik o‘lim holati bu hayot bilan o‘lim oralig‘i bo‘lib, ma’lum vaqtgacha
inson ichki imkoniyatlar xisobiga yashab turadi. Bu vaqtda unda hayot belgilari ya’ni,
3
nafas olish, qon aylanish bo‘lmaydi, tashqi ta’sirlarga farqsiz bo‘ladi, og‘riq sezmaydi,
ko‘z qorachig‘i kengayadi va yorug‘likni sezmaydi. Ammo bu davrda hali undagi hayot
butunlay so‘nmagan, xujayralarda ma’lum modda almashinuv jarayonlari davom etadi
va bu organizmning minimal hayot faoliyatini davom ettirishiga etarli bo‘ladi.
Shuning uchun tashqi ta’sir natijasida hayot faoliyatini yo‘qotgan organizmning ba’zi
bir qismlarini tiklash natijasida uni hayotga qaytarish imkoniyati bo‘ladi. Klinik
o‘lim holati 5-8 minut davom etadi. Hech qanday yordam bo‘lmagan taqdirda eng
oldin bosh miya qobig‘idagi xujayralar parchalanadi va klinik o‘lim holati biologik
o‘lim holatiga o‘tadi.
Biologik o‘lim - qaytarib bo‘lmaydigan jarayon bo‘lib, organizmdagi biologik
jarayonlar butunlay to‘xtashi bilan xarakterlanadi, shuningdek, organizmdagi oqsil
parchalanadi. Bu klinik o‘lim vaqti tugagandan keyin ro‘y beradi.
Elektr tokining inson organizmiga ta’siri bir necha omillarga bog‘liq.
Asosiy omillardan biri insonga tok ta’sirining davomliligi, ya’ni odam tok
ta’sirida qancha ko‘p qolib ketsa, u shuncha ko‘p zararlanadi. Ikkinchi omil sifatida
odam organizmining shaxsiy xususiyatlari, tokning turi va chastotasi katta rol
o‘ynaydi.
Inson organizmining tok ta’siriga qarshiligi va tokning kuchlanishi uning ta’sir
darajasini belgilaydi. Inson organizmining qarshiligi o‘zgarmagan holda,
kuchlanish ko‘payishi natijasida organizmdan oqib o‘tgan tok miqdori oshib
ketadi. Inson organizmining qarshiligi teri qarshiligi va ichki organlar qarshiliklari
yig‘indisi sifatida olinadi.
Teri asosan, quruq va o‘lik xujayralarning qattiq qatlamlaridan tashkil
topganliga sababli katta qarshilikka ega va u inson organizmining qarshiligini
ifodalaydi. Organizm ichki organlarining qarshiligi uncha katta emas.
Odamning quruq, zararlanmagan terisi 2000 dan 20000 Om gacha va undan
yuqori qarshilikka ega bo‘lgani holda, namlangan, zararlangan teri qarshiligi 40-
5000 Om qarshilikka ega bo‘ladi va bu qarshilik inson ichki a’zolari qarshiligiga teng
hisoblanadi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda texnik hisoblar uchun inson organizmi
qarshiligi 1000 Om deb qabul qilingan.
4
Inson organizmi orqali oqib o‘tgan tokning mikdori uning asoratini belgilaydi,
ya’ni oqib o‘tgan tok qancha katta bo‘lsa, uning asorati ham shuncha katta bo‘ladi.
Inson organizmi orqali 50 Gs li sanoat elektr tokining 0,6-1,5 mA oqib
o‘tsa, buni u sezadi va bu mikdordagi tok sezish chegarasidagi elektr toki deb
ataladi.
Inson organizmidan oqib o‘tgan tokning mikdori 10-15 mA ga etsa, unda
organizmdagi muskullar tartibsiz qisqarib, inson o‘z organizmi qismlarini
boshqarish qobiliyatini yo‘qotadi. Agar u elektr toki bo‘lgan simni ushlab turgan
bo‘lsa, panjalarini ocha olmaydi, shuningdek unga ta’sir ko‘rsatayotgan elektr
simini olib tashlay olmaydi. Bunday tok chegara mikdordagi ushlab qoluvchi tok
deyiladi.
Tok miqdori 25-50 mA ga yetsa, unda tok ta’siri ko‘krak qafasiga ta’sir
ko‘rsatadi, buning natijasida nafas olish qiyinlashadi. Tok ta’siri uzoq vaqt davom
etsa, ya’ni bir necha minutga cho‘zilsa, unda nafas olishning to‘xtab qolishi natijasida
odam o‘lishi mumkin.
Tok miqdori 100 mA va undan ortiq bo‘lsa, bunday tok yurak muskullariga
ta’sir ko‘rsatib, uning ishlash ritmini buzadi, natijada qon aylanish tizimi butunlay
ishdan chiqadi va o‘limga olib keladi.
Tokning turi va chastotasi ham zararli ta’sir ko‘rsatishda muhim rol
o‘ynaydi. Eng zararli tok 20-100 Gs atrofidagi elektr toki hisoblanadi. Chastotasi 20
Gs dan kichik va 100 Gs dan katta toklarning ta’sir darajasi kamayadi. Katta
chastotadagi elektr toklarida tok urish bo‘lmaydi, lekin kuydirishi mumkin.
Agar tok o‘zgarmas bo‘lsa, unda tokning sezish chegarasidagi mikdori 6-
7 mA, ushlab qoluvchi chegara miqdori 50-70 mA, 0,5 s davomida yurak faoliyatini
ishdan chiqarishi mumkin bo‘lgan mikdori 300 mA gacha ortadi.
2. Elektr tokidan jarohatlanishning asosiy sabablari va ularning oldini
olishga qaratilgan chora-tadbirlar.
Elektr toki ta’siridan jarohatlanishning asosiy sabablari:
- kuchlanish ostida bo‘lgan elektr tarmoqlari yoki elektr o‘tkazgichlarga tegib
ketish yoki xavf tug‘diruvchi masofaga yaqinlashish;
5
- elektr
qurilmalari
asbob-uskunalarining
ustki
metall
korpuslari
va
qopqoqlarida elektr o‘tkazgichlarning muhofaza qobiqlarini shikastlanishi natijasida
elektr kuchlanishi hosil bo‘lishi;
- elektr tokini o‘chirib remont ishlarini bajarayotgan vaqtda, tasodifan elektr
tokini ulab yuborish;
- yer yuzasiga uzilib tushgan elektr o‘tkazgichi yer yuzasi bo‘ylab elektr tokini
tarqatayotgan zonaga bilmay kirib qolish natijasida kuchlanishlar ta’siriga tushib
qolish.
Elektr tokidan jarohatlanishni oldini olishga qaratilgan asosiy chora-
tadbirlar:
1. Kuchlanish ostida bo‘lgan o‘tkazgichlarni qo‘l yetmaydigan qilib bajarish;
2. Elektr tarmoqlari o‘tkazgichlarini ayrim joylashtirish;
3. Elektr qurilmalari korpusida elektr tokining hosil bo‘lishiga qarshi chora-
tadbirlarni belgilash:
a) kam kuchlanishga ega bo‘lgan elektr manbalaridan foydalanish;
b) ikki qavatli muhofaza qobiqlari bilan ta’minlash;
v) potensiallarini tenglashtirish;
g) yerga ulab muhofazalash;
d) nol simiga ulab muhofazalash;
e) muhofaza o‘chirish qurilmalaridan foydalanish;
4. Maxsus elektr muhofazalash sistemalaridan foydalanish;
5. Elektr qurilmalarini xavfsiz ishlatishni tashkiliy chora- tadbirlarini qo‘llash.
Kuchlanish ostida bo‘lgan elektr o‘tkazgichlarini qo‘l yetmaydigan qilib
bajarishda tok o‘tkazgichlarini muhofaza qobiqlari bilan ta’minlash, ularni bo‘y
yetmaydigan balandliklarga o‘rnatish, shuningdek, o‘tkazgichlarni to‘siq vositalari
bilan ta’minlash kiradi.
Elektr tarmoqlarini ayrim joylashtirishda - elektr tarmoqlarini o‘zaro
transformator yordamida tarmoqlarga bo‘lib yuborish tushuniladi. Buning natijasida
ajratilgan tarmoqlar katta muhofaza izolyasiyasi qarshiligiga ega bo‘ladi, shuning
bilan o‘tkazgichlarining yerga nisbatan sig‘imi kichkina bo‘lganligidan xavfsizlikni
ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
6
Yerga ulab muhofaza qilish qurilmasi va uning turlari
Har qanday elektr qurilmasini, agar uning metall korpuslarida elektr
kuchlanishi hosil bo‘lishi xavfi bo‘lsa, qaysi joyda va qanday binoda ishlatilishidan
qat’iy nazar, uning korpusini yerga ulab qo‘yiladi va bu elektr qurilmalarini yerga
ulab muhofaza qilish deb ataladi.
Yerga ulab muhofaza qilishning asosiy mohiyati ishlatilayotgan elektr
asboblarining metall korpuslarida elektr kuchlanishi paydo bo‘lsa uni yerga o‘tkazib
yuborishdan iborat.
Elektr qurilmalarni yerga ulab muhofaza qilishning asosiy hususiyati, qurilma
korpusiga o‘tib ketgan kuchlanishni xavfsiz kuchlanish darajasiga tushirish,
shuningdek, yerga ulangan joy atrofida potensiallar ayirmasi hosil bo‘lmasligini
ta’minlashdan iborat.
Yerga ulab muhofaza qilish qurilmasi deganda, yerga qoqilgan va elektr tokini
yerga o‘tkazib yuborish uchun mo‘ljallangan metall qoziq va bu qoziqni elektr
qurilmasi bilan biriktiruvchi metall o‘tkazgich tushuniladi. Yerga ulab muhofaza
qilish qurilmalari asosan ikki xil bo‘ladi: bir joyga yig‘ilgan va kontur bo‘yicha
joylashtirilgan.
Nolga ulab muhofaza qilish
Elektr qurilmalarining tok o‘tmaydigan metall qismlarini oldindan nol sim
bilan ulab qo‘yish nolga ulab muhofaza qilish deb yuritiladi.
Muhofazalovchi nol simi elektr manbai g‘altagining neytral qismlarini
mustahkam yerga ulash bilan boshlanib uch faza bilan birlikda to‘rtinchi nol sim
tariqasida butun tarmoq bo‘ylab tortib boriladi va iloji boricha ko‘proq (ma’lum
masofalarda) yerga ulab boriladi.
Nolga ulab muhofaza qilishning vazifasi yerga ulab muhofaza qilishniki bilan
bir xil, ya’ni elektr asbobi korpusiga o‘tib ketgan kuchlanishni zararsizlantirishdan
iborat. Nolga ulab muhofaza qilishning ishlash prinsipini korpusga o‘tib ketgan elektr
tokini nol simi bilan ulash hisobiga qisqa tutashuv hosil qilish bilan, elektr
qurilmasiga kelayotgan tok kuchining ortib ketishiga erishiladi. Buning natijasida
elektr qurilmasini muhofaza qilish uchun o‘rnatilgan saqlovchi-eruvchi qurilmani
yoki saqlovchi avtomatni o‘chirish bilan elektr qurilmasiga kelayotgan elektr tokini
7
uzib qo‘yiladi. Bunday vazifani bajaruvchi, saqlovchi-eruvchi qurilmalar yoki
avtomatlar oldindan elektr qurilmasidagi elektr tokining ma’lum miqdorda oshishiga
mo‘ljallab o‘rnatib qo‘yiladi.
Saqlovchi qurilmalar yordamida korpusiga tok o‘tkazib yuborayotgan
(buzilgan) elektr qurilmasini saqlovchi-eruvchi qurilmalar o‘rnatilganda o‘chirish 5-7
s, avtomatlar yordamida esa 1-2 s davomida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari nolga ulangan qismlar yerga qo‘yilgan bo‘lganligi sababli
saqlovchi-eruvchi qurilmalar elektr qurilmasini o‘chirguniga qadar ularni yerga ulab
muhofaza qilish sistemasi sifatida kishilarni elektr toki xavfidan saqlab turadi.
Boshqacha aytganda, nolga ulangan elektr sistemasida yerga ulanganligi
sababli kuchlanish xavfsiz darajaga tushib qolgan bo‘ladi.
Muhofazalovchi o‘chirish qurilmasi
Agar elektr qurilmasi korpusida inson hayoti uchun xavfli kuchlanish hosil
bo‘lib qolsa, uni tezda o‘chirish imkoniyatini beradigan qurilmalarga muhofazalovchi
o‘chirish qurilmalari deyiladi.
Bunday tokning hosil bo‘lishiga masalan, elektr toki fazasi korpusga urib
ketishi, tarmoqda hisobga olingan kuchlanishga nisbatan kuchliroq kuchlanish paydo
bo‘lishi va boshqalar sabab bo‘ladi. Bunda elektr tarmoqda elektr parametrlarining
o‘zgarishi ro‘y beradi. Masalan, elektr qurilmasi tok o‘tkazmaydigan qismlarida
kuchlanish paydo bo‘ladi, fazadagi kuchlanish yerga nisbatan o‘zgaradi va boshqalar.
Muhofazalovchi o‘chirish qurilmasi, xavf hosil qilgan elektr asbobni 0,2 s dan
oshmagan vaqt davomida o‘chirish imkoniyatini berishi kerak.
Muhofazalovchi o‘chirish asbobi bir qancha qismlardan tashkil topgan bo‘lib,
asosan elektr sistemasida biror bir parametrning o‘zgarishini sezib, elektr sistemasiga
berilayotgan tokni avtomatik uzuvchi qurilmaga signal beradi. Bu elementlarning
asosiysi qabul qiluvchi qurilma bo‘lib (asosan qabul qiluvchi qurilma sifatida rele
qo‘llaniladi), u elektr sistemasidagi parametr o‘zgarishlarini qabul qiladi, agar
kelayotgan signal kuchsiz bo‘lgan holda uni kuchaytiruvchi qurilma o‘rnatiladi,
shuningdek, bu sistemaning to‘g‘ri ishlayotganligini tekshirib turuvchi nazorat
asboblari hamda signal lampalari o‘rnatilishi mumkin.
8
Avtomatik tokni uzish qismining vazifasi olingan signalga asoslanib elektr
qurilmasini ta’minlayotgan elektr tarmog‘ining butunlay uzib qo‘yishdan iborat.
Elektr sistemalarining saqlovchi qurilmalari sistemada elektr quvvati nominal
miqdordan ortib ketgan taqdirda avtomatik ravishda tokni uzib qo‘yadi. Muhofaza
qurilmasi elektr sistemasidagi tok quvvati nominal miqdordan 25% ortib ketsa,
muhofaza qurilmasiga o‘rnatilgan eruvchan qism erib ketadi va tok kelishi to‘xtaydi.
Bu eruvchan qismni elektr sistemasiga berilayotgan tok kuchining maksimal zarur
miqdoriga moslab tanlanadi. Uning erib ketish vaqti undan o‘tayotgan tok kuchiga
bog‘liq.
Agar tok kuchi birdaniga 2,5 marta ortib ketsa, eruvchi qism 0,2 s davomida
erib ketadi.
Saqlovchi qurilmalarning probkasimon, plastinkali va trubkasimon turlari
bo‘ladi, ularning hammasida ham eruvchi qismni o‘zgartirish imkoniyati bor.
Elektr yordamida qo‘lda ishlatiladigan - drel, gayka buragich, silliqlovchi,
pardoz berish mashinalari va boshqalarga elektr tokiga oson ulanib, oson o‘chirilishi,
ishlatish davrida tok o‘tkazuvchi qismlariga odamning tegib ketish va tok ta’siriga
tushib qolish xavfi bo‘lmasligi talablari qo‘yiladi.
Bunday asboblar bilan ishlaganda elektr toki ta’siriga tushib qolish, uning
metall korpuslari orqali, yaxshi yerga ulangan metall qismlarda turib ishlov
berayotgan vaqtda, zax xonalarda ish bajarishda, shuningdek, ochiq havoda ish olib
borganda bo‘lishi mumkin. Xavfli sharoitlarda ishlaganda ushbu elektr asboblarini
elektr xavfi darajasini kamaytirish uchun ishlatish kuchlanishi 36 V dan oshmagan,
1 kvtgacha quvvatga ega bo‘lgan, chastotasi 200 Gs li elektr quvvatidan foydalanish
tavsiya etiladi.
Qo‘lda ishlatiladigan asboblarni 110 va 220 V kuchlanishlarda ishlatishga faqat
xavfsiz xonalarda ish olib borishda ruxsat etiladi.
Qo‘lda ishlatiladigan elektr asboblarining tuzilishida xavfsizlikni ta’minlash
elementlari bo‘lishi, shuningdek, 36 V kuchlanishdan ortiq, kuchlanishda ishlaydigan
asboblar uchun, diametri 4 mm dan kam bo‘lmagan o‘tkazgichdan tayyorlangan, nol
simiga yoki yerga ulangan simga ulash uchun qisqichga ega bo‘lishi shart.
9
Elektr asbobini tokka ulash ko‘p simli kabellardan tashkil topgan bo‘lishi,
oddiy sim bo‘lgan taqdirda rezina shlang kiygizilib muhofazalangan bo‘lishi lozim.
Ko‘pincha bunday kabellar tarkibida nolga, yerga ulash uchun mo‘ljallangan
simlar ham bo‘ladi. Rozetkalarda esa yerga ulangan yoki nol simi nuqtalari bo‘ladi.
Elektr qurilmalarida qo‘llaniladigan muhofaza vositalari
Elektr qurilmalarida ishlayotganlar uchun muhofaza vositalarining eng
mukammal qilib bajarilganlari ham ba’zi bir hollarda elektr xavfsizligini to‘la
ta’minlay olmaydi. Masalan, elektr toki o‘tkazgichlari yaqinida ishlayotgan kishilar,
agar bu elektr o‘tkazgichni mustahkam tok o‘tkazmaydigan muhofaza qobiqlari bilan
jihozlamasa, elektr xavfi bo‘lishi aniq. Shuningdek, ba’zi bir ishlarni elektr tokini
o‘chirmagan holda bajarishga to‘g‘ri keladi, bunda elektr asboblarining tutqichlarini
muhofazalash talab qilinadi. Ba’zi bir hollarda esa elektr tarmoqdarida elektr
kuchlanishni uzib, remont ishlarini bajariladi. Bunday hollarda bilmasdan tokni ulab
yuborish xavfli vaziyatlarga olib keladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan holatlarning har biri o‘ziga yarasha muhofaza
vositalari va asboblaridan foydalanishni taqazo etadi.
Muhofaza vositalari shartli ravishda uch turga bo‘linadi: muhofaza qobiqli,
to‘siq va saqlovchi vositalar.
1. Muhofaza qobiqli elektrdan saqlovchi vositalar ikki turga bo‘linadi:
a) asosiy muhofaza qobiqli vositalar - uzoq vaqt elektr kuchlanishlari ta’sirida
ishlashi mumkin bo‘lgan va elektr kuchlanishidan muhofaza qilish qobiliyatiga ega
bo‘lgan vositalar. Ular bilan elektr kuchlanishga ega bo‘lgan o‘tkazgichlarda elektrni
uzmasdan ishlashga ruxsat etiladi. Bunday vositalarga rezinadan qilingan qo‘lqoplar,
dastasi muhofaza qobiqlari bilan jihozlangan elektr asboblari, muhofazalangan
shtangalar, elektr o‘lchash asboblari, shuningdek, muhofazalangan kuchlanishni
o‘lchash asboblari kiritiladi.
b) yordamchi elektr tokidan muhofaza qiluvchi vositalar - elektr tokidan to‘liq
himoya qila olmaydigan, lekin elektr ta’sirini qisman kamaytirish imkoniyatiga ega
bo‘lgan vositalar. Ular asosiy vositalarga qo‘shimcha ravishda ularning muhofaza
qobiliyatini oshirish uchun xizmat qiladi. Yordamchi muhofaza vositalariga dielektrik
10
kalishlar, gilamchalar oyoq ostiga qo‘yiladigan quruq taxtadan qilingan tagliklar va
boshqalar kiradi.
2. To‘siq muhofaza vositalari elektr toki ta’siridan vaqtincha to‘sish yo‘li bilan
muhofaza qiladi. Masalan, panjara sifatidagi to‘siqlar, tok taqsimlagich shkaflari va
boshqalar. Ba’zi hollarda esa ogohlantiruvchi plakatlar osib qo‘yiladi.
Bundan tashqari elektr ta’minoti vositalari baland simyog‘ochlarda va chuqur
yer osti kabellari orqali amalga oshiriladi. Bular ham o‘z navbatida to‘siq vositalar
vazifasini bajaradi.
3. Saqlovchi muhofaza vositalari ishchilarni nur, issiqlik va mexanik
jarohatlardan saqlash vazifasini bajaradi.
3. Texnika xavfsizligi bo‘yicha me’yoriy xujjatlar.
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq fuqarolarni jumladan
ishchi va xizmatchilarni ijtimoiy holatini yaxshilash, ularning turmush darajasini
yuksaltirishga, mehnat sharoitlarini texnika xavfsizligi va sanitariya talablari
darajasidagi asosini yaratishga katta e’tibor qaratib kelinmoqda.
Texnika xavfsizligi - ishlovchilarga ishlab chiqarishda texnika xavfsizligini,
uning oldini oladigan tashkiliy chora-tadbirlar va texnika vositalari tizimi.
Mehnat muhofazasi bo‘yicha muhim me’yoriy xujjatlardan biri “Mehnat
xavfsizligi standartlar tizimi”dir (MXST).
MXST – bu, mehnat jarayonida insonning sog‘lig‘ini va ish qobiliyatini
saqlashga, xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan talablar, me’yorlar va qoidalarni
o‘z ichiga olgan o‘zaro bog‘liq standartlar majmuasidir. U 5 turga bo‘linadi.
1. Tashkiliy – uslubiy standartlar.
2. Ishlab chiqarishdagi zararli, xavfli birliklarga talab va normalar standartlari.
3. Ishlab chiqarish uskunalariga xavfsizlik talablari standartlari.
4. Ishlab chiqarish jarayonlari xavfsizligi talablari standartlari.
5. Ishchilarning ximoya vositalariga bo‘lgan talablari davlat standartlari.
Davlat standartlarida quyidagi signal ranglarini va vazifalarini belgilaydi:
1. qizil - «man etish», «stop», «yaqqol xavflilik».
2. sariq - «diqqat» «mumkin bo‘lgan xavf to‘g‘risida ogohlantirish».
11
3. yashil - «xavfsiz», «ruxsat etiladi», «yo‘l ochiq».
4. ko‘k - «informasiya».
Davlat standartlaridan tashqari texnika xavfsizligi bo‘yicha bir necha me’yoriy
xujjatlar mavjud. Hususan:
1. “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining
boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash
haqida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 286-sonli qarori (06.06.1997
yil).
2. “Mehnat sharoitlari bo‘yicha ish joylarini baholash ishlarini o‘tkazish tartibi
haqida” O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Vazirligining 2/18 –sonli qarori
(25.02.1993 yil).
Shuningdek,
barcha
iqtisodiyot
tarmoqlari
va
ob’ektlarida
faoliyat
yo‘nalishidan kelib chiqqan holda mehnat muhofazasi bo‘yicha nizom va
yo‘riqnomalar ishlab chiqiladi va tegishli buyruqlar bilan tasdiqlanadi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi korxonalarda xavfsiz ishlash,
texnika xavfsizligi bo‘yicha me’yoriy qoidalarga, sanoat sanitariyasi va mehnat
gigienasiga hamda mehnat qonunchiligiga rioya qilish masalalarini nazorat qiladi.
Har bir tarmoq o‘z texnik inspektoriga ega.
Mehnat xavfsizligining asosiy masalalaridan biri ishlovchilarning xavfsizligini
taminlash hisoblanadi.
Hozirgi zamon xalq xo‘jalik ob’ektlarida turli-tuman mashina-mexanizmlar,
stanoklar, ko‘tarish kranlari, ish bajarish konveerlari va boshqa qurilmalar mavjudki,
bularning xammasi bu yerda ishlayotganlar uchun ma’lum xavf tug‘dirishi, agar
extiyot chora-tadbirlarini belgilab qo‘yilmasa, baxtsiz xodisalar sodir bo‘lishi
mumkin.
Ish bajarish sharoitlari ham bir xil emas, masalan, metallarni qirqishda
ishlatiladigan stanoklarni ishlatganda sovituvchi suyuqliklardan foydalaniladi,
ularning kesish issiqligi ta’sirida bug‘lanishi havo muhitining ifloslanishiga,
shuningdek, havo namligining oshib ketishiga olib keladi. Demak, sexda ishlayotgan
har bir stanok baxtsiz xodisalarga olib kelishi mumkinligidan tashqari yana havo
muhitini ifloslantiruvchi vosita sifatida qaralishini taqozo etadi.
12
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ish sharoitini yaxshilash va baxtsiz
xodisalarni kamaytirishning asosiy yo‘llaridan biri ishlab chiqarish jarayonini
mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirilgan vositalardan foydalanishdir.
Mexanizatsiyalashtirish ishchilarni og‘ir jismoniy mehnatdan qutqaradi, bu esa
o‘z navbatida ish joylaridagi ishchilar sonini qisqartirish va baxtsiz xodisalarni
kamaytirish imkoniyatini beradi. Ishchi uchun eng xavfli ish jarayonlarini, masalan,
temirchilikda bolg‘alash, presslash ishlari va boshqalarni mexanizatsiyalashtirish
yaxshi natija beradi.
Zamonaviy texnologiyalarda ko‘pgina ishchi uchun noqulay va zararli
moddalar ajralish jarayoni kuchli bo‘lgan ishlar, masalan, eritilgan metallarni har xil
qoliplarga quyish, yengil va yuk avtomashinalari kuzov va kabinalarini elektr
payvandlash ishlari, ularni moysizlantirib, bo‘yashga tayyorlash ishlari, bo‘yash va
muhofaza qoplamalari bilan qoplash, detallarga issiqlik bilan ishlov berish,
shtampovka, presslash va boshqa ishlarni bajarishda avtomatlashtirilgan vositalardan
foydalanish muxim rol o‘ynaydi.
Avtomatlashtirilgan tizimlarning ancha katta tezlikda harakat qilishi, ularning
ishlash maydoni kengligi va ish turlarining xilma-xilligi, ular ishining xavfli
tomonlarini belgilaydi.
Avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratishda va ularni ishlatishda vujudga
keladigan barcha xavfli vaziyatlarni xisobga olish va xavfsizlikni ta’minlash
vositalari bilan jihozlash talab etiladi.
Mashina va mexanizmlar xavfsizligini ta’minlash uchun uni loyihalashda
qanday ish bajarishini xisobga olgan holda ish bajaruvchi qismlarini joylashtirishni
ixcham usullarini topish, unga shakl berish va muhofaza qilish qurilmalarini
joylashtirish bilan birga olib boriladi. Mashinaga o‘rnatilgan muhofaza vositalari
uning asosiy qismi bilan uyg‘unlashib ketishi kerak. Shuni xisobga olish kerakki,
muhofaza vositalari iloji boricha ko‘proq masalalarni yechishga xizmat qilsin.
Mashina va mexanizmlarning puxta ishlashini ta’minlashdagi asosiy
omillaridan biri, ularning holatini nazorat qiluvchi asbob-uskunalar va avtomatik
boshqarish, hamda muvofiqlashtirish qurilmalari bilan jixozlashdir.
13
4. Ishlab chiqarish jarayoni va uskunalariga qo‘yiladigan xavfsizlik
talablari.
Ishlab chiqarish jarayonlariga xavfsizlik talablari.
Texnologik jarayonlarni tashkil etishni va bajarishni loyihalashda davlat
standarti quyidagilarni hisobga olishni talab etadi:
- xavfli va zararli ishlab chiqarish chiqindilari, materiallari bilan ishchilarni
bevosita kontaktli aloqada bo‘lishini oldini olish;
- xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari mavjud bo‘lganda kompleks
avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirishni joriy etish;
- ishchilar xavfsizligini ta’minlovchi va avariya holatida ishlab chiqarish
uskunalarini o‘chirish nazorati sistemasini o‘rnatish;
- xavfli va zararli ishlab chiqarish chiqindilarini ish joylaridan chiqarish va uni
zararsizlantirish.
Texnologik jarayonlarga xavfsizlik talablari esa texnologik hujjatlarda bayon
etilishi kerak.
Ishlab chiqarish binosini tanlashda uni sanitar normalarga mosligini, yong‘in
va portlash xavfi bo‘yicha uning kategoriyalarini, hamda elektr tokidan jarohatlanish
xavfi va boshqalarni aniqlash muhim hisoblanadi.
Ishlab chiqarish uskunalariga umumiy xavfsizlik talablari.
Ishlab chiqarish uskunalariga, mashina va mexanizmlarga mehnat sharoiti va
ularning elementlari, uskunalar konstruksiyalarini hisobga olgan holda, sodir bo‘lishi
mumkin bo‘lgan xavfli va zararli omillar manbaini aniqlangandan so‘ng xavfsizlik
talablari belgilanadi.
Mehnatni muhofaza qilish nuqtai nazaridan uskunalarga qo‘yilgan asosiy
talablarga odamlar sog‘lig‘i va hayoti uchun xavfsizlik hamda ularni ishlatishda
ishonchlilik va qulayliklar kiradi.
Ishlab chiqarish uskunalarini ishlatishda mikroiqlimning o‘zgarishi, atmosfera
xolatlarining ta’siri inson organizmiga xavf solmasligi, yong‘in va portlashdan
xavfsiz bo‘lishi, ular konstruksiyasida qo‘llaniladigan materiallar zararli va xavfli
bo‘lmasligi, ularning harakatlanadigan qismlari xavfsiz qilib to‘silgan bo‘lishi kerak.
Uskunalarning avariya sodir bo‘lganda o‘chirishi lozim bo‘lgan moslamalari,
14
dastalari ko‘rinadigan va qulay joyda joylashtirilishi hamda qizil rangga bo‘yalishi
talab etiladi.
Mashina va mexanizmlarning inson xayotiga va sog‘lig‘iga xavf tug‘diradigan
holatlarni vujudga keltiradigan joylari xavfli zona deb ataladi. Xavfli zonada asosan
mashina va mexanizmlarning ochiq holda aylanadigan va harakatlanadigan qismlari
mujassamlanadi. SHuningdek, xavfli zonalar qatoriga mashina va mexanizmlarda
ishlaganda elektr tokidan zararlanish, issiqlik, elektromagnit, ionlashgan nurlar,
shovqin, titrash, ultratovush, zaxarli gaz va bug‘lar ta’siriga tushib qolish ham kiradi.
Xavfli zonalar doimiy, harakatlanuvchan va vaqti-vaqti bilan paydo
bo‘ladigan turlarga bo‘linadi. Doimiy xavfli zonaga qayishli, zanjirli va tishli
uzatmalar,
stanoklarning
qirqish
zonalari
va
harakatlanuvchi
valiklar,
harakatlanuvchan xavfli zonaga potok liniyalari, konveerlar, qirqish joyi o‘zgarib
turadigan agregat stanoklari va boshqalar, vaqti-vaqti bilan paydo bo‘ladigan xavfli
zonalarga yuk ko‘tarish kranlari, kran balkalar va boshqalar kiradi. Oxirgi
ko‘rsatilgan qurilmalar sex bo‘ylab ish joylarini doimiy o‘zgartirib turadi va qaerda
ish bajarayotgan bo‘lsa, shu yerda xavfli zona vujudga keladi.
5. Mehnat xavfsizligini ta’minlovchi texnik vositalar.
Xalq xo‘jalik ob’ektlarida qo‘llaniladigan xamma muhofaza vositalari asosida
to‘siq qurilmalari, tormozlash qurilmalari, blokirovka qurilmalari, saqlash qurilmalari
va shuningdek, mashina va mexanizmlarni masofadan turib boshqarish vositalariga
bo‘lish mumkin.
To‘siq qurilmalari o‘zining oddiyligi va ishonchliligi bilan mashina,
mexanizmlarda, uskunalarda xavfli zonalarni izolyasiya qilishda juda keng
qo‘llaniladi. To‘siq qurilmalari inson bilan xavfli omillar orasida devor bo‘lib,
insonni qanday harakat qilishidan qat’iy nazar uni xavfdan ishonchli himoya qiladi.
To‘siqlar shu bilan birga insonga har xil metall uchqunlarini, qipiqlarini, detallar va
jihozlar qismlarini otilishidan himoya qiladi. To‘siq qurilmalari konstruktiv
formalarini va belgilanishini har xilligi bilan farqlanadi. Ular doimiy va vaqtinchalik
bo‘lishi mumkin. Doimiy to‘siqlar mashinalarni uzatish mexanizmlari va boshqalarini
ajralmas qismi sifatida xizmat qiladi. Doimiy to‘siq qurilmalar qo‘zg‘aluvchan yoki
15
qo‘zg‘almas ko‘rinishlarda tayyorlanadi. Qo‘zg‘almas to‘siqlar mexanizmlar
ishlaganda, ularning xavfli zonalarini ishonchli himoya qiladi. To‘siq qurilmalari
mashina mexanizmlariga texnik xizmat ko‘rsatilayotganda yoki ta’mirlash ishlari
o‘tkazilayotganda, xavf bo‘lmaganda olib qo‘yilishi mumkin.
Tormozlash qurilmasi harakatlanayotgan mashinalarni, uskunalar qismlarini,
ko‘tarilayotgan yoki tushirilayotgan yuklarni tezda to‘xtatish uchun qo‘llaniladi.
Ayrim mashinalarning ishchi organlari katta massa va chastotali aylanishga ega
bo‘ladi hamda ular o‘z inersiyasi bilan uzoq vaqt aylanishi mumkin. Bu esa o‘z
navbatida ularga xizmat ko‘rsatayotgan ishchilarga xavf tug‘diradi.
Masofadan boshqarish. Texnologik jarayonlarni masofadan boshqarish
mehnat xavfsizligi uchun katta ahamiyatga ega, chunki bunda ishchining bevosita
xavfli zonada bo‘lmasligi ta’minlanadi.
Ishlab chiqarish jarayonining yaqinida insonni bo‘lishi qiyin yoki mumkin
bo‘lmaganda jarayonni masofadan boshqarish usuli qo‘llaniladi. Bunda uskunalarga
xizmat qiluvchi ishchining (operator) xavfli zonadan yetarlicha masofaga uzoqda
bo‘lishi ta’minlanadi.
Masofadan boshqarish oson alangalanadigan yoki zaharli moddalar bilan
ishlaganda, bug‘li quritgichlarda, mevalarni quritish uskunalarida, idishlarni
bug‘lashda va boshqa joylarda qo‘llaniladi.
Masofadan boshqarishning mexanik, gidravlik, pnevmatik, elektron va
kombinatsiyalashgan sistemalari mavjud.
Mexanik boshqarish uskunalar boshqarish pultidan uncha uzoq bo‘lmagan
masofada joylashganda qo‘llaniladi. Agar boshqarish yetarlicha uzoqlikdan amalga
oshirilishi kerak bo‘lsa boshqarishning boshqa sistemalaridan foydalaniladi.
Blokirovkalash qurilmalari. Mashina va mexanizmlarni o‘ta xavfli zonalarida
xavfsizlikni
oshirish
maqsadida
to‘siqlar
bilan
birgalikda
blokirovkalash
qurilmalaridan ham foydalaniladi.
Blokirovka - bu mashinalar qismini muayyan holatda ushlab turuvchi vositalar
va uslublar majmui hisoblanadi.
Mashinalarning aylanuvchi yoxud boshqa xavfli zonalardagi himoya to‘siqlari
ma’lum sabablarga ko‘ra yechilib so‘ngra e’tiborsizlik tufayli o‘z joyiga o‘rnatilmay
16
qolishi ularni ishlash vaqtida ma’lum xavfli zonalarini keltirib chiqarish mumkin.
Blokirovka qurilmalari ana shunday salbiy holatlarini oldini olish maqsadida
ishlatiladi va har xil mashina va mexanizmlardan foydalanishda xavfsizlikni oshiradi.
Saqlash qurilmalarining asosiy vazifasi ish joylarida nazorat qilinishi talab
etiladigan ko‘rsatkichlar (kuch miqdori, bosim, harorat, siljish va boshqalar) ruxsat
etilgan miqdoridan oshgan taqdirda, mashina yoki mexanizmni ishdan avtomatik
ravishda to‘xtatishdan iborat. SHu sababli saqlash qurilmalarining konstruksiyalari
mashinalar va texnologik jarayonlarning xususiyatlariga bog‘liq holda turlicha
bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarishdagi xavfli omillardan saqlash qurilmalari 4 guruhga
bo‘linadi:
1. Mexanik zo‘riqishlardan saqlovchi.
2. Mashinalar
qismlarining
belgilangan
chegarada
harakatlanishini
ta’minlovchi.
3. Bosim va haroratni ruxsat etilgan me’yorlardan oshmaslgini ta’minlovchi.
4. Elektr toki kuchini ruxsat etilgan me’yordan oshmasligini ta’minlovchi.
Birinchi guruhdagi saqlash qurilmalariga muftalar, ko‘tarishni cheklovchi
moslamalar, uziluvchi shtiftlar va shpilkalar, aylanishlar sonini rostlagichlar kiradi.
Ikkinchi
guruh
saqlash
qurilmalariga
mashina
mexanizmlarining
harakatlanuvchi qismlarini belgilangan chegarada harakatlanishini ta’minlovchi
moslamalar, ajratkichlar, tayanch to‘xtatkichlar kiradi.
Uchinchi guruh saqlash qurilmalariga bosim ostidagi bug‘, gaz yoki
suyuqliklar bilan ishlovchi mexanizmlarida saqlash klapanlari va membranalar misol
bo‘la oladi. Barcha bug‘ qozonlari, gidravlik va pnevmatik sistemalar, bosim
belgilangan normadan oshib ketganda avtomatik ravishda ishga tushuvchi klapanlar
bilan jihozlanadi. Saqlash klapanlaridan foydalanish yetarli bo‘lmagan sharoitlarda
membranalardan
foydalaniladi.
Membranalar
yupqa
metall
plastinkalardan
tayyorlanadi va bosim belgilangan miqdordan oshib ketganda plastinka yorilib,
ortiqcha bosim atmosferaga chiqarilib yuboriladi. Shu sababli membrana
plastinkasining qalinligi sistemadagi bosimga mos holda tanlanadi.
Mashina va mexanizmlarining normal va rejimda elektr kuchlanishida bo‘lishi
17
talab etilmaydigan qismlarida elektr tokining yuzaga kelishi turli xil baxtsiz
hodisalarni keltirib chiqaradi. Bunday xavfli vaziyatlardan hamda elektr toki
kuchining belgilandan miqdordan oshib ketishini oldini olish uchun eruvchi
saqlagichlar ishlatiladi. Bunday saqlagichlar elektr toki me’yoriy miqdoridan oshib
ketganda erib uziladi va tok ta’minotini to‘xtatadi. O‘ta xavfli elektr qurilmalarida
avtomatik ajratkichlardan foydalaniladi.
Ko‘pgina mashina va mexanizmlarda xavfsizlikning texnik vositalari kompleks
holda ishlatilsada, xavfsizlik to‘liq ta’minlanmaydi. Chunki, ko‘pgina baxtsiz
hodisalar ishchining e’tiborsizligi yoki xavfsizlik qoidalariga amal qilmasligi sababli
kelib chiqadi.