Elektrokimyo asoslari
Darsning maqsadi: Talabalarga elektrokimyo asoslari, elektroforez yoki
katoforez hodisalari va ulardan tirik organizmlarni davolavchi vositalar ekanligi
haqida tushuncha berish.
Kolloid zarrachalar — granulalar ma’lum zaryadga ega bo‘lganligi uchun
kolloid eritmaga tashqaridan elektr toki berilganda zarrachalar biror elektrodga
tomon harakat qiladi. Masalan, manfiy zaryadlangan berlin lazuri musbat zaryadli
elektrod tomonga siljiydi.
Elektroforez yoki katoforez - kolloid zarrachalarning tashqi elektr maydon
ta’sirida qanday qilish hodisasi. Elektroforez hodisasini birinchi bo‘lib, 1808-yilda
rus olimi Reyss loy zarrachalarida aniqlagan. Loy zarrachalari manfiy zaryadga ega
bo'lganligi sababli musbat qutbga siljigan. Kolloid zarrachaning elektr maydonida
harakat qilish chizmasi. Elektroforez yordamida kolloid zarrachalar zaryadini
aniqlash hamda elektrkinetik potensial qiymatini o'lchash mumkin.
Elektroosmos - elektr maydonida suyuqlikning g‘ovak yarim o‘tkazgich parda
- diafragma orqali elektrodlar tomon harakat qilishi. Elektroforez, elektroosmos va
umuman elektroforetik qanday harakatchanlik tirik organizm to^qimalaridan elektr
toki o‘tgan hollarda ham kuzatiladi. Ma’lumki, qon zardobida bir necha xil oqsillar
bo‘lib, ular ma’lum pH li muhitda turli zaryadga va qanday xil elektroforetik qanday
harakatchanlikka ega bo‘lganliklari sababli elektroforez usulida ularni bir-biridan
ajratish mumkin.
Elektroforez usulidan terapevtik stomatologiyada paradontoz kasalligini
davolashda,
ortopedik
travmatologiyada
bolalar
suyaklaridagi
moddalar
o‘zgarishlarini aniqlash mumkin. Fizioterapevtik klinikalarda elektroforez usulidan
foydalanib organizmga teri orqali turli dori-darmonlarni yuborishda foydalaniladi.
Elektr o`tkazuvchanlikni biologik ahamiyati
Konduktometrik tahlil usullari organizmning klinik holatini tezkor usul bilan
baholashda yaxshi samara beradi. Turli to‘qima va biologik suyuqliklarning
elektro‘tkazuvchanligi turlicha. Orqa miya suyuqligi, limfa, o‘t (safro), qonning
elektr o‘tkazuvchanligi juda yuqori; mushak, teri osti kletchatkasi, bosh miyaning
kul rang moddasi ham elektr tokini yaxshi o‘tkazadi. O‘pka, yurak, jigar elektr tokini
birmuncha kam o‘tkazadi. Yog’, nerv, suyak, asab to‘qimalaridan tok juda kam
o‘tadi. Teri (shox qavati) elektr tokini hammadan kam o‘tkazadi. Quruq epidermis
elektr tokini deyarli o‘tkazmaydi.
Hujayralar
o‘rtasidagi
bo‘shliqlarda
bo‘ladigan
suyuqlik
hujayra
suyuqliklariga qaraganda tokni yaxshiroq o‘tkazadi, chunki hujayra qobig‘i
ko‘pgina ionlarning harakatiga to‘sqinlik qiladi. Qobiqlar oldida bir hir ionlar
yig‘ilib, ularning qutblanishi yuz beradi. Bularning hammasi to‘qimalar orqali
o‘tayotgan o‘zgarmas tok kuchini tutashtirilganidan 0,0001 sek dan keyinoq keskin
(10— 100 marta) kamayishiga olib keladi. Shu sababli terining elektr
o‘tkazuvchanligiga asosan bez yo‘llari, ayniqsa teri bezlari borligi sabab bo‘ladi.
Qonda gematokrit ko'rsatkichlari ortishi bilan undagi qarshilik qiymati ortadi.
Qonning ivishi jarayonida, ya’ni uning agregat holati o'zgarishida elektr
o'tkazuvchanlik o'zgaradi. Qonda fibrin (qon iviganida hosil bo'ladigan erimaydigan
ferment) va qon quyqasi hosil bo'lsa elektro'tkazuvchanlik kamayishga boshlaydi.
Elektr o'tkazuvchanlik kamayishi retraksiya (qisqarish, ichga tortish, g'ujlashish) va
fibrinoliz (ferment ta’sirida fibrinning parchalanishi), ya’ni quyqada zardob ajralib,
quyqa
erishi
boshlanguncha
davom
etadi.
Erish
boshlanishi
bilan
elektro'tkazuvchanlik orta boshlaydi. Normal holatda inson siydiginitig solishtirma
elektr o'tkazuvchanligi (165-229)·10-2 Om-1 sm-1 orasida bo'ladi. Buyrak
kasalliklariga uchragan odamlarda siydikning solishtirma elektro`tkazuvchanligi
(86,5-138,0)·10-2Om-1sm-1 gacha kamayib ketadi.
Siydikning
elektr
o'tkazuvchanligi
kamayishiga
sabab
NaCI
konsentratsiyasining kamayishi va oqsil miqdorining ortishidir. Qand kasalligida
ham siydikning elektro'tkazuvchanligi noelektrolit bo'lgan qand miqdorining ortishi
hisobiga kamayib ketadi.
Tekshirishlar
shuni
ko'rsatadiki,
me’da
suyuqligida
uning
elektr
o'tkazuvchanligi va umumiy kislofaligi erkin HCI bilan uzviy bog'liq. 18°C da
solishtirma elektr o'tkazuvchanlik qiymati (80—100)·10-2Om-1sm-1
Elektrodiagnostika hamda elektroterapiyada elektr toki keng qo'llaniladi.
Elektrdiagnostikadan turli asab va mushak kasalliklarida mushakning ta’sirlanishini
aniqlashda foydalaniladi. Ba’zi bir kasalliklarda mushak va asab tolalarining elektr
o‘tkazuvchanligi o'zgaradi.
Shunday qilib, elektrodinamika orqali organizmning zararlangan bo'laklari va
kasallanish darajasi aniqlanadi. Orqa miya kasalliklari rivojlanishida qon tarkibini
tashkil qiluvchi moddalarning ba’zi birlarining konsentratsiya ko’rsalkichlari
ko'tariladi. Bunday holatda ivigan qonning elektr o'tkazuvchanligi o'pka
yallig`lanishi, diabet, ketonuriya, uremiya (azot chiqindilarining organizmda
to'planib qolib, uning zaharlanishi) va jigar yallig'lanishlarida ham kamayadi.