Ilmiybaza.uz
Endokrin bezlar
Reja :
1. Gipofiz
2. Epifiz
3. Qalqonsimon bez
Ma’ruza matni
ENDOKRIN BEZLAR
Odam va umurtqalilar organizmida ko`plab har xil bezlar uchraydi. Ular ikkita
yirik guruhlarga bo`lib o`rganiladi. Tashqi ekzokrin bezlari va ichki endokrin
bezlari. Bularning asosiy morfologik farqi tashqi sekretsiya bezlari maxsus chiqaruv
ka-nalchalariga ega bo`lib, o`z mahsulotlarini, ya'ni sekretlarini tana yuzasiga, ovqat
hazm qilish yo`liga, siydik tanosil yo`llariga ayrim bo`shliqlar kanalchalari
yordamida chiqarib beradi.
Ichki sekretsiya bezlari, ya'ni endokrin bezlarda chiqaruv kanalchalari
bo`lmaydi. Shu sababli bu bezlar ishlab bergan oz miqdordagi biologik faol
moddalarini bevosita qon kapillyar tomirlariga, to`qima oraliq suyuqligiga chiqarib
beradi. Aksincha qon tomirlari juda yaxshi rivojlangan bo`lib, bulardan tashqari
ayrim a'zolar va hujayra guruhlarini tashkil qilgan hujayralar ham ichki sekretsiya
bezlari qatoriga kiradi. Endokrin bezlar faoliyati bilan shug`ullanadigan fanga
endokrinologiya fani deb yuritiladi.
Ilmiybaza.uz
Ichki sekretsiya bezlari boshqa a'zolar kabi evolyutsion taraqqiyotning
ma'lum bosqichida, jumladan, qurtlar va yumshoq tanlilardayoq paydo bo`lgan va
asta-sekin rivojlanib takomillashgan. Bu bezlar umurtqali hayvonlarda va odamlarda
yuksak darajada taraqqiy etgan.
Odamlar ichki sekretsiya bezlariga quyidagilar kiradi: gipotalamusning
neyrosekretor yadrolari, gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon bez oldi
bezi, me'da osti bezining endokrin qismi buyrak usti bezlari va jinsiy bezlar
(urug`don, tuxumdon). hozirgi vaqtda yo`ldosh, buyrak, hazm tizimi endokrin
qismlari har tomonlama o`rganilgan. Bulardan tashqari endokrin hujayra guruhdari
nafas olish tizimida va boshqa a'zolarda ham topilgan.
Endokrin bezlar sof endokrin va aralash bezlarga bo`linadi. Sof endokrin
bezlarga gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon oldi bezi va buyrak usti
bezlari kirsa, aralash bezlarga me'da osti bezi, tuxumdon va urug`don bezlari kiradi.
Endokrin bezlarning ishlab chiqaradigan mahsulotlari gormonlar (yun.
qo`zqataman, ta'sir qilaman) deb yuritiladi. Gormonlar qonga, boshqa to`qima va
suyuqliklarga chiqarilib, organizmning barcha a'zolarga va to`qimalariga tarqaladi
hamda tegishli a'zo va to`qimalar hayotiy jarayonlariga ta'sir qilib, ular faoliyatini
o`zgartiradi. Endokrin bezlarning gormonlari organizmning har xil a'zolari va
to`qimalariga turlicha ta'sir qilishi mumkin. Gormonlarning ba'zilari to`qimadagi
moddalar almashinuviga ta'sir ko`rsatsa, yana boshqalari organizmning shakl-
lanishiga, metamorfoziga, to`qima va a'zolar ixtisoslashishining jadallashuviga ta'sir
ko`rsatadi. Uchinchi xil gormonlar esa a'zolar va organizm faoliyatini o`zgartirishi
mumkin. Masalan, buyrak usti bezlaridan sintezlanib chiqariladigan adrenalin
gormoni, me'da osti bezining insulin va glyukagon gormonlari uglevod
almashinuviga faol ta'sir ko`rsatadi. Qalqonsimon bez gormoni esa organizmda
organik moddalarning parchalanishini jadallashtiradi, modda almashinish jarayonini
tezlashtiradi. Tireoid gormonlari metamorfozga ham faol ta'sir ko`rsatadi. Uning bu
xususiyatini ayniqsa, baqalar misolida yaxshi kuzatsa bo`ladi. Adrenalinning yurak
ishini tezlashtirishi, vazopressinning (gapofizdan ishlanib chiqadigan gormonlar)
qon tomirlarini toraytirishi, gormonlarning a'zolar faoliyatini o`zgartirishiga, ular
Ilmiybaza.uz
ishini bajarishiga misol bo`la oladi. Ichki sekretsiya bezlarining faoliyati nerv tizimi
orqali
boshqarilib turadi. Bunda nerv tolalari har bir bezga yoki uning hujayralariga tegib
turadi. Lekin nerv uchlari hamma vaqt nerv to`qimalariga yoki hujayralariga
bevosita yetib borolmaydi. Natijada nerv impulsini qabul qila olmaydilar. Bunday
hujayralarning faoliyati hujayralar atrofidagi suyuqliklar hamda qon bilan keluvchi
biologik faol moddalar va gormonlar orqali bajariladi. To`qima va a'zolar faoliyatini
qon va limfa suyuqligi orqali bajarishiga gumoral tizim deyiladi.
Demak, nerv tizimi endokrin bezlar bilan birgalikda organizm funktsiyalarini
bajarishda ishtirok etadilar. Bu jarayonda nerv tizimi albatta yetakchi o`rinni
egallaydi. Shunday bo`lsada, turfli jarayonlarning gormonlar yoki boshqa biologik
faol moddalar bilan, ya'ni gumoral yo`l bilan boshqarilishi nihoyatda muhimdir.
Gor-monlar bir qancha o`ziga xos xususiyatlarga ega va shu jihatdan nerv
impulsidan farqlanadi. Jumladan, qanday bo`lmasin ma'lum bir gormon
organizmdagi muayyan a'zo faoliyatiga ta'sir ko`rsatadi va unda tegishli
o`zgarishlarni keltirib chiqaradi. Gormonlar tegishli bezlarda uzluksiz ravishda
sintezlanib, tegishli a`zolarga uzluk-siz ravishda ta'sir qilib turadi. Gormonlar
bevosita qonga yoki boshqa suyuqliklarga chiqariladigan bo`lgani uchun, ular
organizmning barcha a'zo va to`qimalariga yetib boradi, shu tariqa hosil bo`lgan
joydan ancha uzoqda bo`lgan a'zo va to`qimalar faoliyatiga ham ta'sir ko`rsata oladi.
Biroq ayrim a'zolardagi maxsus hujayralarda hosil bo`ladigan biologik faol
gormonsimon moddalar ("hujayra gormonlari") boshqa a'zolarga o`tmaydi. Shu
sababli ular hosil bo`lgan joylardagina o`z ta'sirini namoyon etadi. Gormonlar
hujayralardagi
jarayonlarga
faol
ta'sir
etib,
hujayralar
membronasi
o`tkazuvchanligini, ulardagi oksidlanish va kaytarilish reaktsiyalarini, ularning qop
tarkibini o`zgartira oladi. Gormonlar ta'siri tufayli to`qimalarda sezilarli miqdorda
adenozinomonofosfat to`planadi. Bu modda gormonlar ta'sirini hujayralarga
o`tkazadigan "vositachi" bo`lib hisoblanadi. Hujayra va to`qimalarga bevosita ta'sir
qilish bilan birgalikda, gormonlar tegishli retseptorlarga ham ta'sir ko`rsatib,
murakkab reflektor jarayonlarda ishtirok etadi. Ular nerv markazlarining funktsional
Ilmiybaza.uz
holatiga ham ta'sir ko`rsatadi. Gormoilar organizmning irsiy belgilariga,
xromosomalariga gam o`z ta'sirini ko`rsatadi. Estrogenlar, testosteron, kortizon,
somatotropin, insulin va boshqalar oqsil biosintezining boshqarilishida va u orqali
irsiy belgilarning nasldan naslga o`tishida ishtirok etadi. Jumladan, bu gormonlar,
xromosomalardagi DNK ga ta'sir ko`rsatib, uning tegishli qismlarida maxsus oqsil
qoplovchi modda - gistonlar hosil bo`lishiga yordam beradi. Informatsion RNK ning
har bir yangi molekulasi faqatgina DNK ning o`sha gistonlardan hosil bo`lgan
qismidagina hosil bo`ladi. Informatsion RNK esa oqsil biosintezini, demak irsiy
xususiyatlarini belgilaydi. Shu tariqa gormonlar organizmning irsiy xususiyatlariga
ta'sir ko`rsatadi.
Endokrin bezlarning barchasi (60-rasm) funktsional jihatdan bir-biri bilan
aloqador. Ularning faoliyati nerv tizimi bilan am bevosita aloqada amalga oshadi.
Endokrin bezlari nerv tizimining eng yaqin hamkori sifatida organizmdagi barcha
jarayonlarning boshqarilishida ishtirok etgani bilan o`zining faoliyati ham ney-
rogumoral ravishda boshqariladi va organizmning uzluksiz o`zgarib turgan
ehtiyojiga moslashib boradi. Gipotalamus yadrolari zaruriyatga qarab gipofizga nerv
impulslarini yuboradi, gipofiz esa o`z navbatida ko`pchilik endokrin bezlar
funktsiyasiga ta'sir ko`rsatadi. Gipotalamus bilan gipofiz bir-biri bilan bog`liqligi
gipofizning bir qismi (orqa bo`la-gi) asosan nerv to`qimasidan tashkil topgan va
gipotalamusning ajralmas qismi sifatida ish yuritadi. Gipofiz esa, o`z navbatida,
organizmdagi ichki sekretsiya bezlarining eng asosiy "rahnamosi" hisoblaiadi.
Jumladan, uning oldingi qismidan ajraladigan gormonlar qalqonsimon bez, jinsiy
bezlar, buyrak usti bezi va boshqa bezlarga faol ta'sir ko`rsatib turadi. Ichki
sekretsiya bezlari faoliyatining boshqarilishida gipotalamusdan tashqari markaziy
nerv tizimining boshqa qismlari va hatto bosh miya yarim sharlarining po`stlog`i
ham ishtirok etadi.Ayrim olimlar endokrin bezlarini gapofiz bezining oddingi
bo`lagi bilan aloqador va aloqador bo`lmagan guruhdarga bo`ladilar. Aloqadorlariga
qalqonsimon bez, buyrak usti bezlari (po`stloq qismi) va jinsiy bezlarni kiritib,
aloqador bo`lmagan bezlarga buyrak usti bezining miya (maqiz) qismi, qalqonsimon
bez oldi bezi, pankreatik orolchalar va paragangliyalarni kiritadilar.
Ilmiybaza.uz
Oxirgi vaqtda bunday tasnif nisbiy deb topilmoqda. Chunki turli endokrin
bezlar bir-biriga va o`zaro bog`liqdir. Natijada bir butun neyroendokrin tizim
shakllanadi. Hozirgi vaqtda zamon talabiga javob beradigan mukammalashtirilgan
yangi tasnif taqdim etilmoqda. Gipotalamus endokrin tizimining eng oliy markazi
bo`lib, ichki a'zolar faoliyatini muvofiqlashtiradi va bu faoliyat nervendokrin tizimi
bilan birgalikda borishini ta'minlaydi. Uning tarkibida 32 juft yadro joylashib, ular
neyrosekretor hujayralaridan tashkil topgan. Endokrin bezlar funktsiyasini
boshqarishda gipotalamus bilan birga epifiz ham ishtirok etishi ta'kidlanmoqda.
biriktiruvchi to`qimadan iborat kapsula bilan o`ralgan. Gipofiz oldingi, o`rta va orqa
bo`lakchalarga bo`linadi. Taxminan 70 % oldingi bo`lakdan, 20 % orqa va 10 %
o`rta
60-rasm. Odam tanasida endokrin bezlarining joylashishi.
1- gipofiz va epifiz; 2-qalqonsimon bez; 3-qalqonsimon bez oldi bezi; 4-buyrak osti
bezlari; 5-pankreatik orolchalar ( Langerdans orlchalari); 6-tuxumdon: 7-urug’don.
bo`lagini tashkil etadi. Gipofizning oldingi bo`lagi do`mboq qismi va oraliq
bo`lagi bez epiteliysidan tashkil topgan, ularga birgalikda endogipofiz nomi
berilgan. Orqa bo`lagi miya oyoqchasiga tutashib, nerv hujayralaridan tashkil
topgan bo`lib, ularga
Ilmiybaza.uz
Gipofiz
Gipofiz (hypophysis) kalla suyagini turk egari sohasida, miya asosidagi
voronkasimon oyoqchada osilib turadigan ichki sekretsiya bezi, ustki tomondan
neyrogipofiz nomi berilgan. Gipofiz turli bez hujayralaridan tashkil topgan, ular
organizmning holati va boshqa ko`pgina faktorlar ta'sirida o`zgarib turadi.
Organizmning turli funktsiyalarini bajarishda ishtirok etadi. Shu bilan boshqa ichki
sekretsiya bezlarining faoliyatini, o`ziga ishlab beradigan gormonlari yordamida
boshqarib turadi. Gipofiz funktsiyasi gipotalamus bilan bog`liq holda bo`lib,
gapotalamo-gipofizor tizimini tashkil etadi.
Gipofizning oldingi bo`lagida uch xil hujayralar tafovut qilinadi. Ularda
atsidofil qujayralar 4-10 % ni, bazofil hujayralar 30-35 % ni, xromofil (bosh)
hujayralar 60 % ni tashkil etadi. Oldingi ikkitasi (atsidofil va bazofil) bo`yoqlarda
yaxshi bo`yalgani uchun xromofil nomini olgan. Xromofil hujayralardan atsidofil va
bazofil hujayralar hosil bo`ladi. Sut emizuvchilar gipofizning oldingi bo`lagida 6 xil
gormon
ishlab
chiqariladi.
Bularga:
o`sish
gormoni
(somatotropin),
adrenokortikotrop gormoni (AKTG) va prolaktin (laktotropin, laktotrop gormoni
LTG) oqsil bo`lsa, follikulni stimullovchi gormon (FSG), lyutinlovchi gormon
(TTG, tireotropin) glyukoproteindir. Bu gormonlar orgashzm o`sib rivojlanishida bir
nechta ichki sekretsiya bezlari faoliyatini, moddalar almashinuvi va ko`payish
jarayonlarini boshqarishda ishtirok etadi. Gipofizning oldingi qismi olib tashlansa,
organizmda turli kasalliklar sodir bo`la boshlaydi. Jumladan, yosh organizm o`smay
qoladi, jinsiy
bezlarning rivojlanishi keskin susayadi, moddalar almashinuvi pasayishi va buzilishi
natijasida quvvati kuchsizlanadi. Ayrim ichki sekretsiya bezlarining faoliyati ham
keskin buziladi.
Atsidofil endokrinotsit hujayralarining mahsuli bo`lgan somatotrotsitlar
o`sish gormoni (STG) somatotropinni ishlab beradi. Bu gormon o`sish va rivojlanish
jarayonlarining boshqarilishida ishtirok etadi. Bu gormon gapofizdan toza holda
Ilmiybaza.uz
ajratib olingan. Turli hayvonlarning somatotropin gormoni tarkibidagi amino-
kislotalar soni, molekulyar og`irligi va boshqa bir qator fizik-kimyoviy xususiyatlari
jihatidan birbiridan farq qiladi.
O`sish gormoni organizm o`sishini ta'minlashda ishtirok etadigan
jarayonlarning barchasida ishtirok etadi. Jumladan, hujayralarning ko`payishi,
oqsillarning sintezlanishi hamda to`qimalarning miqdor jihatidan oshib borishiga
bevosita ta'sir ko`rsatadi. Somatotropin gormoni ayniqsa uzun suyaklarga va tog`ay
to`qimalariga bevosita ta'sir ko`rsatib, ularning o`sishi va rivojlanishini
jadallashtiradi. Bu gormon organizm uchun kerakli miqdorda chiqarilib berilganida
ijobiy ta'sir ko`rsatadi. Agarda bu gormon miqdori organizmda kamayib yoki oshib
ketsa, turli patologik holatlarga olib kelishi mumkin. Oshib ketsa, gigantizm kasaliga
olib keladi. Bunda organizm yiriklashib.ketadi, ayrim holatlarda suyaklarning
sinishi ham kuzatiladi. Kamayib ketsa, organizm o`smay qoladi.
Adrenokortikotrop gormon (AKTG) - gipofiz bezi oldingi bo`lagining
asosan chekkalarida joylashgan hujayralari ishlab beradi. Bu gormon buyrak usti
bezining po`stloq qismiga ta'sir qiladi.
Gipofiz bezi olib tashlansa, buyrak usti bezining po`stloq qavati, ayniqsa
to`rsimon va tutamli zonalari atrofiyaga uchragani kuzatilgan.
Adrenokortikotrop gormon buyrak kanalchalaridagi natriy, xlor ionlari va
suvning reabsorbtsiyasiga, shuningdek, yog` va aminokislotalarda qandning hosil
bo`lishiga, organizmdan nitrat moddasining chiqarilishiga ta'sir ko`rsatadi.
Tireotrop gormon (TTG). Gipofizning bu gormoni qalqonsimon bezning
faoliyatini boshqarib turadi. Bu gormonning qonda ko`payib yoki kamayib ketishi
qalqonsimon bez funktsiyasiga bevosita o`z ta'sirini ko`rsatadi. Masalan,
hayvonlarda gipofiz bezi olib tashlansa, ularning qalqonsimon bezi atrofiyaga
uchraydi. Yodning o`zlashtirilishi, tiroksin sintezlanishi keskin kamayadi. Agar
organizmga tireotrop gormoni yuborilsa, unda tiroksin reaktsiyasi kuzatiladi.
Gipofiz bilan qalqonsimon bez funktsional jihatidan bir-biri bilan bog`liq. Ma'lum
bo`lishicha, gapotalamusning neyrosekretlaridan bittasi gipofiz tireotrop gormonini
Ilmiybaza.uz
hosil bo`lishini va sekretsiyasini boshqarib turadi. Ayrim endokrinologlarning
fikricha gipofiz bezida bir nechta tireotrop gormon fraktsiyalari mavjud bo`lib, ular
bir-biridan o`zining fiziologik xususiyatlari bilan farqlanadi.
Tireotrop fraktsiyalaridan biri qalqonsimon bezi ishtirokisiz ekzoftalm, ya'ni
ko`z soqqasining bo`rtib chiqishiga sababli deb hisoblanadi. Bunday ko`rinish,
odatda, faqat bez giper-funktsiyasi holatida kuzatiladi. Bu fraktsiya ko`z soqqasining
orqa tomonidagi biriktiruvchi to`qima tarkibida nordon mukopolisaxaridlar
yig`ilishini kuchaytiradi.
Gonadotrop gormonlariga follikulni stimullovchi gormon (FSG) prolaktin,
laktrotrop gormon (LTG) va lyutenlovchi gormon (LG) lyuteotropin kiradi. Bu
gormonlarni ham gipofiz bezining oldingi bo`lagani tashkil qiluvchi ayrim
hujayralar ishlab beradi. Shuningdek, bu gormonlar jinsiy bezlar funktsiyasiga ham
ta'sir qiladi. Follikulni stimullovchi gormon erkaklar va ayollar jinsiy bezlari
epiteliysini rivojlantiradi, spermatogenez jarayonlariga ijobiy ta'sir ko`rsatadi.
Lyutenlovchi gormon sariq tanachadan progesteron gormoni sintezini tezlashtiradi.
Laktotropin gormoni esa sut bezini rivojlantirib yetilishiga va laktatsiyasiga ta'sir
ko`rsatadi.
Gipofizning oraliq (o`rta) bo`lagi asosan donador melanotropotsid
hujayralaridan tashkil topgan bo`lib, melaninning pigment moddasini stimullovchi
gormonni saqlaydi. Gipofiz o`rta bo`limi hayvonlardan baliqlarda yaxshi
o`rganilgan. Ularda o`rta bo`lim olib tashlanganida terisi rangsizlangani kuzatilgan,
bu esa melanofor gormoniga bog`liqdir. Amfibiya va reptiliyalarda u pigment
hujayralariga ta'sir qilishi natajasida teri rangining o`zgargani kuzatilgan. Ayollar
homiladorligining oxirgi bosqichlarida va bola tug`ilishida melanofor miqdori
oshishi kuzatilgan. Bu gormon boshqa jarayonlarda ham ishtirok etishi mumkin.
Gipofizning orqa bo`lagi neyrogormonlar vaqtincha akkumulyatsiya
qilinadigan a'zo hisoblanadi. Orqa bo`lagi neyrogipofiz, gipofiz-gipotalamus trakti
tarkibidagi (supraoptik va paraveshrikulyar neyrosekret hujayralar) aksonlarning
Ilmiybaza.uz
so`nggi (terminal) tarmoqlari tugaydigan tuzilma hisoblanib, neyrogliya va qon
tomirlaridan tashkil topgan. Gormonlar ko`rsatilgan gipotalamus yadrolarida hosil
bo`lib, supraoptik-gapofizar trakt orqali gipofizga chiqariladi. Gipofizning orqa
bo`limida vazo-pressin va oksitotsin gormonlari topilgan.
Vazopressin buyrak va miya arteriyalaridan tashqari, boshqa hamma
tomirlarni toraytirib, qon bosimini oshiradi. Odamlarda u antidiuretik ta'sirini
kamaytiradi.
Oksitotsin silliq muskullari qisqartiradi.
Adabiyotlarda yozilishicha, antidiuregak gormoni yetishmasligi natijasida
qandsiz diabet kasali kelib chiqadi. Bu kasallik paytida hayvonlar odatdagiga
qaraganda ko`p miqdorda suv ichadi. Ayrim mualliflarning fikricha vazopressin va
ashmuretin gormonlarini turli funktsiyalarni bajaruvchi bitta gormon deb qisoblasa
bo`ladi. Bu gormonlar sun'iy yo`l bilan sintez qilib olingan.
Epifiz
Epifiz (epiphysis) bosh miya to`rt do`mboqchasining yuqori do`mboqchalari
orasida joylashgan endokrin funktsiyasiga ega bo`lgan kichik nerv tuzilma.
Oyoqchasi bilan uchinchi miya qorinchasiga tutashadi. Umurtqali hayvonlarning
barchasida kuzatilgan, lekin baliqlarda, amfibiya va reptiliyalarda kam, sut
emizuvchilarda hamda odamlarda yaxshi rivojlangan. Epifiz tarkibida ikki xil hujay-
ra tafovut qilinadi: 1) parenxima hujayrasi - pinealotsitlar; 2) glial hujayralari.
Hozirgi vaqtda ma'lum bo`lishicha, bezda seratonin hosil bo`lib, u epifizning
o`zida melatoninga aylanadi.
Seratonin yoki 5-oksitripamin umurtqalilarning boshqa a'zo-larida ham ishlab
chiqarilishi ma'lum bo`ldi. Masalan, bosh miyada, ichaklar devorida va taloqda eng
ko`p epifiz bezida ishlab chiqariladi. Pinealotsitlar kunduzi seratonin ishlab bersa,
kechasi undan melatonin hosil bo`ladi. Seratonin arteriya tomirlarini toraytirib, qon
bosimini oshiradi. Tomirlar torayib, qon bosimi oshgan vaqtda seratonin yurak ishini
sekinlashtirib, bosimni pasaytiradi. Seratonin ichaklar peristaltikasini tezlashtiradi
Ilmiybaza.uz
hamda gipofizning orqa bo`lagida sintezlanadigan vazopressin gormoni chiqishini
ham oshiradi. Impulsni bir neyrondan ikkinchi neyronga o`tishida adrenalinga
o`xshab mediatorlik vazifasini ham o`taydi.
Melatonin maxsus ferment ishtirokida seratonindan hosil bo`ladi. Melatonin
melanoforlarga, ya'ni ba'zi hujayralar terisida uchraydigan maxsus pigment
hujayralariga faol ta'sir qiladi. U o`zining ta'siri bilan intermedinga qarama-qarshi
bo`lgani uchun terini oqartiradi.
Melatonin gepofiz ishlab beradigan follikul stimullovchi va lyutenlovchi
gormonlar sintezini hamda urug`don rivojlanishini sekinlashtiradi.
Qalqonsimon bez
Qalqonsimon bez (glandula thyreoidea) (61-rasm) hiqildoqning shu nomli
tog`ayi oldida joylashadi. Bez pastdan uzuksimon tog`ay va kekirdakning 3-4 tog`ay
halqalarini oldidan va yon tomonlarilan qalqon shaklida qoplab turadi. Qalqonsimon
bez og`irligi katta yoshdagi odamlarda 30-50 gr ni tashkil etadi. Buqoq kasali
bo`yicha endemik hisoblangan vohalarda yashovchilar uchun normal hajmi ko`proq
hisoblanadi. Bez o`ng va chap bo`laklaridan hamda ularni tutashtirib turuvchi oraliq
qismidan tashkil topgan. Ko`pchilik odamlarda (60-70 %) bez bo`yin qismidan
yuqoriga qarab o`sib chiqqan o`sig`i kuzatiladi, bunga uning piramida qismi deb
ataladi.
Qalqonsimon bez tashqi tomonidan shakllangan biriktiruvchi to`qimadan
iborat kapsula bilan o`ralgan bo`ladi. Kapsula bez ichiga o`sib kirib, uning ichini
bo`lakchalarga bo`ladi. Har bir bo`lakchasi har xil katta kichik pufakchalardan
tashkil topgan bo`lib, ularga follikul nomi berilgan. Follikul bezning struktur va
funktsional birligi hisoblanadi. Qalqonsimon bez boshqa bezlarga nisbatan qon
tomirlarga boy kapillyar tomirlar har xil follikulni to`rsimon shaklda o`rab oladi.
Masalan, itlar organizmida oqayotgan qonning hammasi bu bez orqali bir sutkada
16 marta aylanib oqib o`tadi. Follikullar devori bir qavatli tireoid hujayralar bilan
qoplangan bo`lib, bo`shlig`ida kolloid moddasi joylashadi. Tireotsit hujayralari va
Ilmiybaza.uz
kolloid moddasida funktsional o`zgarishlar bo`ladi. Follikullar oralarida
follikullararo
hujayralar joylashadi. Ulardan yangi follikullar rivojlanadi. Qalqonsimon bez
funktsiyasi gipofizning tireotrop gormoni vositasida boshqarilib turadi.
Qalqonsimon bezining asosiy gormonlari tarkibiga yod tutuvchi tiroksin va
triyodtironin gormonlari kiradi. Qalqonsimon bez tireod hujayralari qondagi yod
moddasini yig`ib olish xususiyatiga ega. Bez tarkibidagi yod butun organizmdagi
yodning 36% ini tashkil etadi. Qalqonsimon bez hujayralarining sekretor sikli
murakkab jarayon bo`lib, u gormonlarni hosil qilish va to`plash hamda ularni bezdan
yana qonga chiqarib berish kabi ikki bosqichni o`taydi. Bu bosqichlar bir nechta
fazalarni o`z ichiga oladi. Dastlab hujayra tarkibida yod tutuvchi murakkab
tuzilishiga ega tireoblogulin moddasi hosil bo`ladi. So`ng bu modda hujayralardan
follikul bo`shlig`iga chiqariladi.
Birinchi
bosqichda
gormonlar
sintezi
uchun
zarur
moddalardan
aminokislotalar, monosaxaridlar, yog` kislotalari, mineral tuzlar va yodidlar xom
ashyo sifatida qondan bez hujayralariga yig`ib olinadi. Keyingi fazalarning dastlabki
qismida tirotsit hujayralari tarkibida qabul qilingan aminokislotalardan tiroglobin
oqsili sintezlanadi. Keyinchalik bu oqsil molekulasiga karbonsuvli qismi birikadi.
Oxiri tiroglobulinga yod atomlari birikib hosil bo`lgan sekret materiali hujayralardan
miokrin sekretsiyasi yo`li bilan follikul bo`shlig`idagi kolloidga chiqariladi. Ikkinchi
bosqichda kolloid moddaning tireotsitlar tomonidan qayta so`rilishi (reabsorbtsiya),
tireoglobulinning parchalanishi va hosil bo`lgan tiroksin va triyodtironin
gormonlarini qonga chiqarish jarayoni sodir bo`ladi.
Qalqonsimon bez gormonlari organizmning o`sishida, rivojlanishida unda
oqsillar, uglevodlar, yog`lar, karbon suvlar va tuzlar almashinuvida katta
ahamiyatga
Ilmiybaza.uz
61-rasm. Qalqonsimon bez.
1-til osti suyagi; 2-bez membranasi; 3-qalqonsimon tog’ay; 4-piramidasimon bezak;
5-o’ng bo’lak; 6-chap bo’lak; 7-bo’yin qismi; 8-kekirdak.
ega. Bez gormonlari energiya almashinuviga, nerv tizimi, yurak va jinsiy bezlar
faoliyatiga o`z ta'sirini ko`rsatadi. qalqonsimon bezda hosil bo`ladigan tiroksin,
triyodtironin va boshqa yodli birikmalar oksidlanish jarayonini jadallashitirib,
oqsillar almashinuvini tezlashtiradi. Ayniqsa hujayralar mitoxondriyalarida
oksiddanish jarayonini jadallashtirib, energiya almashinuvini kuchaytiradi.
Bez gipofunktsiya holatida qonda gormonlar mikdori kamayadi, asosiy
modda almashinuvi susayadi, organizmda ortiqcha suv, tuz yig`ilib qoladi. Oqibatda
teri ostida shishlar paydo bo`ladi. Organizmda kaltsiy moddasi kamayadi, jinsiy
faoliyat pasayadi. Yoshlarda o`sish va rivojlanish jarayoni keskin pasayadi. Natijada
gipotirioz kasalligining paydo bo`lishiga sabab bo`ladi. Bunday holatlarda bo`y
o`smaydi, balog`atga yetish to`xtaydi, odamda akl bitmaydi. Bunday kasallik
miksederma deb ataladi. Miks - shilliq modda, derma - teri, ya'ni teri ostida ko`plab
suv yig`ilishi natijasida teri osti shishi paydo bo`ladi. Organizmda yod kamchilligi
paytida bo`qoq kasalligi avj oladi. Bunday holatlarda to`qimaning yod ishlab berish
jarayoni pasayib ketganligi tufayli bez gapertrofiyaga uchraydi, ya'ni kattalashadi.
Bunda bezdan ajralayotgan gormonlarning miqdori kamayib ketadi, chunki uning
sintezlanishi uchun yod yetishmaydi.
Bunday holatlarda to`g`ri diagnoz qo`yish, ya'ni kasalni o`z vaqtida to`g`ri
aniqdab olib, kasalni kerakli dorilar bilan davolasa, kasal butunlay sog`ayib ketishi
mumkin. Yetarli gormonlar asta-sekin yuborilganda oqsillar, yog`lar va uglevodlar
tez parchalanib ko`plab sarflanadi. Natijada siydikda nitrat kislotasi mochevina
shaklida chiqadi. Qalqonsimon bez gormonlaridan tiroksin yuborilganida
organizmdagi yog` depolaridagi yog`lar mikdori kamayishi tezlashtadi, qonda qand
miqdori biroz ko`payadi. Diurez, ya'ni suyuq moddaning chiqishi kamayadi.
Ilmiybaza.uz
Natijada organizm vazni kamayib, oza boshlaydi. Kasallikni gormonlar bilan
davolashda nihoyatda ehtiyot bo`lishning asosiy sababi gormonlarning kam miqdori
ham boshqa a'zolarga salbiy ta'sir ko`rsatishi mumkin.
Tireokaltsiytonin parafollikul hujayralarining ikkinchi turi bo`lib, K-
hujayralar (S-hujayralar) nomi bilan yuritiladi va shu nomli gormonni ishlab beradi.
Tireokaltsiytonin kaltsiy almashinish jarayonida ishtirok etadi, qonda kaltsiy
miqdorini kamaytiradi va qalqonsimon bez oldi bezi gormonining ontogonisti
hisoblanadi. Shu gormon follikullar ichiga o`tmaydi, shuning uchun ularning
ichidagi kolloid suyuqligi tarkibida uchramaydi. Bu gormon 32 ta aminokislotadan
tashkil topgan polipeptid bo`lib, tarkibidagi aminokislotalar joylashish tartibi turli
sut emizuvchilarda har xil bo`ladi. Tireokaltsiygonin qonda kaltsiy va fosfor
miqdorini kamaytiradi. Suyaklardan qonga kaltsiy moddasining chiqishiga
to`sqinlik qilib, siydik bilan chiqishiga sababchi bo`ladi. Qonda kaltsiy miqdorini
bir me'yorda saqlash vazifasini bajaradi. Hamma qalqonsimon bez oldi bezi olib
tashlansa ham qonda kaltsiy miqdorini bir me'yorda saqlab qolish xususiyatyaga ega.
Qalqonsimon bez oldi bezi
Qalqonsimon bez oldi bezi (glandula parathyroidea) mayda bezchalar bo`lib,
ularning har birining vazni 0,5 g. ga teng. Odatda qalqonsimon bezning har bitta yon
bo`lagining orqa yuzasida ikkitadan joylashadi. Ayrim holatlarda shu bez to`qimasi
bilan bevosita tutashgan bo`ladi. Asosiy paratiroid bezchalardan tashqari,
qo`shimcha bezchalar ham uchrab turadi. Bez tarkibida zich joylashgan ikki xil bez
hujayrasi uchraydi. Bular bosh va oksifil hujayralardir. Ma'lum bo`lishicha, yosh
bolalarda dastlab bosh hujayralar rivojlanib, so`ng 4-7 yoshlarida oksifil hujayralar
paydo bo`ladi. Yosh ulg`ayishi bilan oksifil hujayralarning soni ko`payib boradi.
Organizm qarigan chog`ida bez asosiy qismini oksifil hujayralar tashkil etadi.
Paratiroid bezlarning hammasi olib tashlansa, 2-3 sutka o`tganidan so`ng
hayvonlarning ishtahasi yo`qolib, juda qiyinchilik bilan yuradigan, bosh va
Ilmiybaza.uz
tanasining ayrim muskullari tinmay titrab turadigan bo`lib qoladi. Bu titroq vaqt
o`tishi bilan tobora kuchaya boradi va keyinchalik hayvon tanasining boshdan
oyog`iga tarqalib, butun tanasi bo`ylab gavda talvasasiga (titrog`iga) aylanadi, bu
borgan sari kuchayaveradi va oxiri hayvon halok bo`ladi.
Agar paratiroid bezchalari qisman olib tashlansa ham, yuqorida aytib o`gilgan
alomatlarning hammasi bo`lmasa ham, lekin kamroq darajada namoyon bo`ladi,
shilliq pardalarga qon g`uyiladi, me'da, ichaklarda uzoq vaqt tuzalmaydigan yaralar
paydo bo`ladi.
Eksperimental hayvonlarning paratiroid bezchalari olib tashlanganidan so`ng,
ularning oziqlanish jarayoni ham titroq (tetoniya) kuchayishi yoki pasayishiga sabab
bo`lishi mumkin. Masalan, go`sht bilan oziqlanadigan hayvonlarga go`sht ko`p
berilsa, titroq kuchayadi, sut va o`simlik oziqlarni ko`p bersa, titroq kamayadi.
Buning asosiy sababi sut va o`simliklar ozuqa tarkibida kaltsiy moddasi ko`p.
Paratgormon oqsil modda bo`lib, organizmda kaltsiy va fosfor almashinuvini
boshqarishda ishtirok etadi. Bu gormon yetishmaganida qonda kaltsiy kamayadi.
Odatda organizmda paratgormonlar suyak to`qimasida kerakli miqdordagi
kaltsiyning qonga chiqib turishini va shu tariqa qondagi kaltsiy miqdorini yetarli
darajada bo`lishini ta'minlaydi. Shu bilan birga paratgormon ichaklardan kaltsiyni
qonga so`rilishini, buyrak nefronlarida kaltsiy reabsorbtsiyasini kuchaytiradi,
suyaklarda osteoklast hujayralarning ko`payishini ta'minlaydi. Natijada qonda
kaltsiy miqdori bir me'yorda saqlanib turadi. Paratgormon hayvonga ichirilganida
uning ko`pchiligi me'da va ichak shiralari ta'sirida o`z kuchini yo`qotadi. Shuning
uchun kerakli vaqtda gormon vena tomiriga yuborilgani ma'qul. Paratgormon
organizmda ko`payib ketsa ham salbiy ta'sir kuzatiladi. Bunda mushaklarning ish
qobiliyati pasayadi, tez charchaydi.
Paratgormon organizmda yetishmay qolishi odamlarda ham kuzatilishi
mumkin. Qalqonsimon bez patologiyasida (bo`qoq kasalida) operatsiya yo`li bilan
olib tashlanishi kerak bo`lgan qalqonsimon bezning bir qismi bilan birgalikda
paratiroid bezlari ham ayrimlari birga olib tashlanishi kuzatilgan.
Ilmiybaza.uz
Buyrak usti bezi
Buyrak usti bezlari (glandula subrarenalis) juft bezlar qatoriga kiradi. Bu
bezlar ikkala buyrak ustki qismida, qalin yog` to`qimasi orasida joylashgan.
Ularning har biri biriktiruvchi to`qimadan tashkil topgan umumiy kapsula bilan
o`ralgan bo`lishiga qaramasdan, po`stloq va mag`iz qismini tashkil qiluvchi ikkita
bezdan tashkil topgan. Bularning rivojlanishi ikkita manbadan kelib chiqqan.
Po`stloq qavat mezodermadan, miya qavat esa ektodermadan rivojlanadi. Miya
qismi kelib chiqishiga binoan simpatik nerv tizimi bilan birga bitta manbadan
rivojlanadi. Po`stloq va miya qismlari mikroskopik tuzilishi va funktsiyasi bilan bir-
birlaridan farq qiladi. Miya qismini tashkil qiluvchi hujayralar xromofil hujayralar
qatoriga kiradi. Chunki ular kaliy bixromat bilan bo`yalganida sarg`ish och
jigarrangga bo`yaladi.
Buyrak usti bezlari ham qon tomirlariga boy bo`lib, kapillyar to`rini tashkil
qilgan. Kapillyar to`ri nihoyatda mayda va zich holda bo`lgani tufayli ularni ham
sinusoid kapillyarlar nomi bilan ataladi.
Buyrak usti bezlari ham buyrakka o`xshab qorin pardasi orqasida XI-XII
ko`krak umurtqalarining qarshisida joylashadi. Bitta buyrak usti bezining oqirligi
12-13 g. ga teng. Yangi tug`ilgan bolalarda 8-10 g. bo`lib, bir yil mobaynida 2-3
martaga kamayadi. 5 yoshga kelib asta tiklana boshlaydi. Yoshi 20 ga yaqin to`la
tiklanadi.
Buyrak usti bezlari o`rtasidan ikki pallaga bo`linsa po`stloq va mag`iz
qismlari ko`rinadi. Po`stdoq qavat hujayralari o`zlarining kelib chiqishiga qarab
epiteliy hujayralariga o`xshaydi. Bu hujayralar tarkibida ko`plab lipid kiritmalari
uchraydi. Po`stloq qismi uchta zonani tashkil etadi: tashqi koptokchali zona, o`rta
tutamli zona va ichki to`rsimon zona. Bulardan tashqari po`stloq qismida bez
kapsulasining ostida tartibsiz holda joylashgan kam tabaqalangan (kambial)
hujayralar joylashadi. Bu hujayralar ko`payish xususiyatiga ega bo`lib, qolgan qismi
hujayralarini to`ldirib turadi. Hozirgi vaqtda bez po`stloq qismining uchala zona
hujayralari 40 dan ortiq gormon ishlab berishi aniqlangan. Bu gormonlar asosan uch
Ilmiybaza.uz
guruhga bo`linib o`rganiladi: 1) mineralokortikoiddar; 2) glyukokortikoidlar; 3)
androgen va es-trogenlar.
Mineralokortikoid gormonlari koptokchali zona hujayralari tomonidan
ishlab beriladi. Bu gormonlar avvalo qondagi natriy va kaliy miqdorining me'yorini
tutib turadi. Bundan tashqari, buyrak kanalchalarida natriy xlor reabsorbtsiyasini
kuchayti-rib, kaliy reabsorbtsiyasini susaytiradi. Natijada qon, limfa va to`qima
oraliq suyuqliklarida osh tuzining miqdori ko`payib, kaliy kamayadi. Shunday qilib,
osmotik bosim bir me'yorda boshqarilib turadi. Organizmda suv kerakli miqdorda
yig`ilib turadi. Mineralokortikoidlarga aldosteron gormoni kiradi.
Glyukokortikoidlar tutamli zona hujayralari tomonidan ishlab beriladi.
Bular organizmda karbon suvlar almashinuvini, fosforlanish jarayonlarini
boshqaradi, ya'ni oqsillarni uglevodlarga aylanishini tezlashtiradi. Natijada jigarda
oksidlanish va dezaminlanish reaktsiyalari kuchayadi. Oqibatda qonda qand, jigar
va muskullarda glikogen miqdori ko`payadi. Bu gormonlar uglevodlarni yog`ga
aylantirish jarayoniga ham to`sqinlik qiladi.
Bu gormonning yetishmasligi natijasida karbon suv almashinuvi jarayonlari
buzilib, gipoglikemiya va jigarda glikogen miqdorining kamayishi, buyraklar
funktsiyasining kamayishi, pigment almashinuvining ishidan chiqishi va
organizmda azot chiqindilarining yig`ilib qolish hodisasi yuz beradi. Ular ko`p
miqdorda organizmga yuborilsa, muskul va biriktiruvchi to`qima oqsillari keskin
kamayib ketadi. Glyukokortikoidlarga kortikosteron, kortizon (gidrokortizon)
gormonlari kiradi.
Apdrogen va estrogen gormonlari to`rsimon zona hujayralari tomonidan
ishlab beriladi. Ular ta'siri jinsiy gormonlar funktsiyasiga o`xshaydi. Ma'lum
bo`lishicha, androgen gormoni jinsiy a'zolar va ikkilamchi jinsiy belgilarga ta'sir
ko`rsatishi bilan birga, oqsil sintezini tezlashtiradi. Skelet muskullarini rivojlantirib,
bo`yni o`stiradi. Buyrak usti bezi gaperplaziyaga yoki rak kasaliga uchrasa, bu
gormonnipg miqdori qonda ko`payib ketishi ayollarda, ayniqsa, ikkilamchi jinsiy
belgilarii yuzaga keltaradi. Ayollar gavdasi erkaklarnikiga o`xshab kattalashadi,
mo`ylov va soqol chiqa boshlaydi. Bunday holatda adrono-genital sindromi nomi
Ilmiybaza.uz
berilgan. Estrogen gormoni ham qonda ko`payib ketsa, jinsiy faoliyatning
buzilishiga olib keladi. Yosh qizlarda voyaga yetiga jarayonlari o`z vaqtidan ilgari
kuzatiladi. Buyrak usti bezining miya qismidagi hujayralari adrenalin va
noradrenalin gormonlarni ishlab chiqaradi. Ikkala gormon ham organizmda
fenallanin va tirozin aminokislotalaridan hosil bo`ladi. Adrenalin ta'siri natijasida
ko`z qorachiqi kengayadi. Yurak qisqarish ritmi tezlashadi, muskullarniig
qo`zg`aluvchanligi va kuchi oshadi. Adrenalin arteriya va kapillyar tomirlarni
(yurak toj tomirlaridan tashqari) toraytirib, qon bosimini oshiradi. qon ivishini
tezlashtiradi, bronxlarni ken-gaytiradi, ichak peristaltikasini pasaytirib, muskullarni
bo`shashtiradi, sfinkter muskullarini qo`zg`atib, ularning yopilishiga olib keladi.
Adrenalin uglevod almashinuvida ishtirok etib, glikogen moddasining glyukozaga
aylanishini va qonda qand miqdorini o`z me'yorida saqlashni boshqarib turadi.
Noradrenalin periferik arteriolalar devorini qisqartiradi, natijada qon
bosimining oshishiga olib keladi. Sistolik va diastolik arteriya bosimini oshiradi.
Me'da-ichak devorlari, o`t pufagi devorlariga juda zaif ta'sir qiladi. Uglevodlar al-
mashinuviga organizmdagi oksidlanish jarayonlariga tabiatan adrenalin bilan bir xil,
ammo unga qaraganda 4-8 baravar kuchsizroq ta'sir ko`rsatadi.Odatda adrenalin va
noradrenalin gormonlariga ta'sir qiluvchi fermentlardan aminooksidaza va
tirozinaza ta'siri natijasida ular tez parchalanadi, natijada bu gormonlarning ta'siri
organizmda uzoqqa cho`zilmaydi.
Yakka joylashgan gormon hosil qiluvchi hujayralar
Adabiyotlardan ma'lum bo`lishicha, organizmda uchraydigan bunday
hujayralar majmuasi ikki guruhga bo`linadi. Birinchi guruhga yakka joylashgan
neyroendokrin hujayralar kirib, gormon neyroaminlarni sintez qiladi. Bu guruhning
neyroendokrin hujayralari bosh miyada va boshqa a'zolarda uchraydi. Bularga
qalqonsimon bezning parafollikulyar hujayralari, buyrak usti bezi miya modadsining
xromofin hujayralari hamda hazm tizimi shilliq qavatida uchraydigan endokrin
hujayralar kiradi. Bularga xos xususiyatlardan bittasi bu hujayralarning faoliyatiga
Ilmiybaza.uz
gipofiz gormonlari ta'sir qilmaydi. Neyroendokrin hujayralar faoliyati simpatik va
parasimpatik nervlar orqali ham boshqariladi.
Ikkinchi guruhga boshqa to`qimalardan yakka yoki guruhlar hosil qilib
takomillashgan gormon ishlab beruvchi hujayralar kiradi. Bu hujayralarga
urug`donning testosteron gormonini ishlab beruvchi, tuxumdonning estrogen va
progesteron hosil qiluvchi gormonlari kiradi. Bular steroid gormonlar hosil qilib,
adenogipofiziing gonadotropin gormonlari ta'sirida boshqariladi, ular neyroaminlar
hosil qilmaydilar.
Jinsiy bezlarning endokrin qismi
Jinsiy bezlarga urug`don va tuxumdonlar kirib, ular jinsiy hujayralar bilan
birgalikda jinsiy faoliyatni boshqarib turishda rahnamolik qiladigan jinsiy
gormonlar ishlab, qonga chiqarib beradilar. Jinsiy gormonlar jinsiy a'zolar
funktsiyasining hamma tomonlariga, jumladan, organizm umumiy holatiga,
ikkilamchi jinsiy belgilarning paydo bo`lishiga va boshqa qator jarayonlarga ta'sir
ko`rsatadi. Urug`donlarda erkaklik, tuxumdonlarda esa ayollar jinsiy gormonlari
ishlab beriladi. Erkaklik jinsiy gormonlari androgenlarga testosteron, andestron,
izoandestron va boshqalar kiradi. Bu gormonlar ichida eng faoli testosteron
hisoblanadi. Bu gormonni urug`donda uchraydigan Leydig hujayralari ishlab beradi.
Erkaklik jinsiy gor-monlarini ishlab berishda Sertoli hujayralari ham ishtirok etishi
mumkin. Kuzatishlardan ma'lum bo`lishicha, spermatozoidlar qancha tez hosil
bo`lsa, Sertoli hujayralarining protoplazmasida shuncha tez parchalanish jarayoni
kuzatilgan va shuncha ko`p jinsiy gormonlar ishlab berilib, qonga chiqariladi.
Testosterondan tashqari barcha adrenogenlar shu gormonlar organizmda
almashinuvi natijasida hosil
bo`ladigan mahsulotlardir.
Organizmda erkaklik jinsiy gormonlarining ta'sir qilish faoliyatini kastratsiya,
ya'ni bichilgan hayvonlarda kuzatish mumkin. Erkak hayvonlar bichilganida,
sperma hosil qilish xususiyati yo`qoladi va xulq-atvorida ham bir qancha
Ilmiybaza.uz
o`zgarishlar kuza-tiladi. Bunday hayvonlar tinch yurish, semirishga moyil bo`lib,
ikkilamchi jinsiy belgilari ham regeneratsiyaga uchrab yo`qolib ketadi. Agar unga
boshqa hayvon urug`doni ko`chirib o`tkazilsa, unda yana erkaklik xususiyatlari va
jinsiy reflekslari paydo bo`la boshlaydi. Lekin ko`chirib o`tkazilgan urug`don
so`rilib ketganidan so`ng ular yana yo`qolib ketadi.
Ayollar tuxumdonlaridagi follikullarning hujayralarida estrogenlar, ya'ni
ayollar jinsiy gormonlari sintezlanadi. Esgrogenlar sintezlanib, follikul suyuqligida
saqlanib turadi. Bu gormon ayollarga xos xususiyatlar beradi. Jinsiy siklga,
ikkilamchi jinsiy belgilarga, bachadon, qin shilliq pardalarining o`sishiga, sut
bezlarining yetilishiga, oqsillar, anorganik moddalar, kaliy almashinuviga ta'sir
ko`rsatadi, kapillyar tomirlar devori o`tkazuvchanligini oshiradi, oliy nerv tizimiga
o`z ta'sirini ko`rsatadi.
Ayollarda bu gormonlardan tashqari sariq tanacha - progesteron ishlab
beriladi. Progesteron gipofizda gonadotropin gormonlar hosil bo`lishiga va
follikullarning yetilishiga to`sqinlik qiladi va shu tariqa homilaning normal kechishi,
sut bezlarining yaxshi yetilishi va ishlashiga sharoit yaratadi.
Ma'lum bo`lishicha, organizm normal holatida ham urug`donlarda bir oz
miqdorda bo`lsa ham ayollar gormoni, tuxumdonlarda esa, erkaklar gormoni ishlab
chiqilishi isbotlangan. Jinsiy gormoilarning ishlab berilishi markaziy nerv tizimi
yordamida boshqariladi. Bunda gapofiz ham o`z gormonlari bilan ta'sir qilib turadi.
Jinsiy anomaliyalar ham uchraydi. Ayrim hollarda bitta organizmda
erkaklarga va ayollarga xos (urug`don va tuxumdon) a'zolar uchrashi mumkin.
Bunday holga germafroditizm deyiladi. Lekin ikkalasi baravar rivojlanmay,
bitgasining rivoji ikkinchisidan ustunroq bo`ladi. Jinsiy bezlar tug`ilishdan boshlab
rivojlanmay qolsa, bunga yevnuxoidizm deb ataladi. Uchinchi xili organizm jinsiy
tizimi rivojlanmay qolib, katta bo`lganida yoshlik belgilari qolishi mumkin. Bunga
infantilizm deb ataladi.
Me'da osti bezining endokrin qismi
Ilmiybaza.uz
Ma'lumki, me'da osti bezi ekzokrin va endokrin qismlaridan tashkil topgan.
Ekzokrin qismi ovqat hazm qilish tizimida batafsil yozib o`rganilgan. Endokrin
qismi Langergans orolchalarini tashkil qiluvchi hujayra guruhdaridan tashkil topgan.
Orolchalarning soni 1-2 mln., diametri esa o`rtacha 100-300 mkm. ga teng. Tarkibini
bir necha xil hujayralar tashkil etadi. Ularning ichida eng ko`p uchraydigan beta
hujayralari 60-80 % ni tashkil etib, asosan insulin gormonini ishlab beradi.
Ikkinchisi alfa hujayralari bo`lib, ular 10-30 % ni tashkil etadi, glyukogen gormonini
sintez qiladi. Uchinchisi - "D" hujayra deyilib, gipofizning o`sish gormoni
chiqishiga to`sqinlik qiladi, shu bilan birga insulin va glyukogen chiqishini
sekinlashtiradi.
Insulin (lot. tzi1a - orolcha) gormoni jigarda glyukozadan glikogen
sintezlanishini tezlashtiradi va parchalanishiga to`sqinlik qiladi, periferik qonda
qandni
kamayishiga
olib
keladi.
Hujayralar
tomonidan
glyukozaning
o`tkazuvchanlik xususiyatini oshiradi. Insulin chiqishi bilan qondagi qand miqdori
o`rtasida o`zaro aloqa mavjud. qonda qand ko`paysa, insulin ko`p ishlab beriladi
yoki teskari jarayon bo`lishi mumkin. qonda qand kamayib ketsa, unga
gipoglekemiya deyiladi. Bunda organizm karaxt (organizm uchun havfli jarayon)
holatiga tushib qolishi mumkin. Masalan, qon tomiriga katta miqdorda insulin
yuborilsa, shunday holat sodir bo`ladi. Agar tezda qonga glyukoza yuborilsa,
karaxtining oldini olish mumkin. Insulin yetishmaganida esa, qandli diabet kasali
kelib chiqadi. Bunda qonda qand miqdori ko`payib ketadi.
Adabiyotlar:
1.Qodirov E.Q. Odam anatomiyasi. Chinor ENK; Toshkent, 2003.
2.Kolesnikov R.V. Odam anatomiyasi. 1964 yilgi ruscha nashirdan tarjima.
Toshkent. O‘qituvchi. 1970.
3.Axmedov N.K. ATLAS. Odam anatomiyasi. Toshkent. «Tibbiyot nashiri» 1996.