ENEOLIT DAVRI ARXEOLOGIYASI
REJA:
1. Eneolit davri xronologiyasi, tavsifi va o'rganilishi.
2. Eneolit madaniyatining rivojlanish bosqichlari.
3. Qurilish va me'morchilik.
4. Kulolchilikning mukammallashuvi.
5. Eneolit davri san'ati.
T A YA N CH S O‘Z L A R
Eneolit, Sialk va Suza kompleksi, Mundigak, Anov-Nomozgoh, Sarazm, qurilish
va me‘morchilik, kulolchilik va metall, haykalchalar, Tripole madaniyati va uning
bosqichlari, g’oyaviy qarashlar, Maykop, Drevneyam va Afanasev madaniyatlari,
Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (JTAKE), Anovtepa,
Namozgohtepa, Oltintepa, Geoksyur, oilaviy ibodatxonalar, katta oila jamoasi.
Enolit – lotin va yunoncha so’zlaridan yasalgan bo’lib, «alneus» - lotincha
mis, «litos» - yunoncha tosh degan ma’noni anglatadi. Eneolit atamasi bilan birga
“Xalkolit” (“xalkos” yunoncha mis demak) ham ishlatiladi. Eneolit neolit bilan bir
vaqtga to’g’ri keladi. Ammo ular orasida xronologik jihatdan katta farq bo’lmasada,
madaniy darajalari jihatidan bir-biridan farqlanadi. Masalan, Yevropa va Osiyoning
ko’p hududlarida miloddan avvalgi IV-III ming yillikda neolit qabilalari yashagan,
ular bu vaqtda metaldan xabardor bo’lmagan, ovchilik va baliqchilik bilan
shug’ullangan. Yevropa va Osiyoning boshqa o’lkalarida aynan shu paytda metalldan
bir oz xabardor eneolit qabilalari yashagan va ularning xo’jaliklari odatda
dehqonchilik va chorvachilikka asoslangan. Miloddan avvalgi IV ming yillikda
(mis) metallning qimmatli xususiyatlari bilib olingan. Natijada dastlabki
metallurgiyaga asos solingan.
Eneolit davri yodgorliklarida rangli sopol buyumlar ko’plab topilgan.
Xitoydan Dunaygacha (Ruminiya) «sopol makonlari» sifatida keng tarqalgan
makonlar xarakterli bo’lib, shu xususiyatga ega bo’lgan makonlarda ijtimoiy
taraqqiyotning bir xil bosqichi ko’zga tashlanadi. Bir-biriga juda kam o’xshaydigan
ijtimoiy-iqtisodiy sharoit hamma erda amaliy san’atning bir-biriga o’xshash
shakllarini taqoza etgan. Ammo sopol buyumlar bir-biriga o’xshasa ham aynan bir
xil emas.
Eneolit makonlari birinchi bo’lib Ikki daryo oralig’i va Misrda vujudga kelgan.
Arxeologlar eneolit davriga xos bo’lgan 5 umumiy birlashtiruvchi alomatni ajratib
ko’rsatadilar:
1.
Xo’jalikning
hamma
turidan
ko’ra
motiga
bilan
qilinadigan
dehqonchilikning ustunligi;
2. Chaqmoqtosh qurollar ko’p bo’lishi bilan birga mis qurollarining paydo
bo’lishi.
3. Katta-katta ibtidoiy jamoa birlashmalarining katta-katta paxsa uylarining
mavjudligi;
4. Hayvonlarning loydan yasalgan va onalik urug’iga xos bo’lgan
haykalchalarning mavjudligi;
5. Rangdor sopol buyumlari (gul solingan) ning tarqalishi.
Yuqoridagi alomatlar Misr, Mesopotamiya makonlarida, keyinroq Yevropa,
Markaziy Osiyo yodgorliklarida ko’zga tashlanadi. Eneolitda Mesopatamiyada
rangdor sopol buyumlarga katakli bezaklar, Misrning rangli sopol buyumlariga esa,
syujetli suratlar chizilgan. Osiyo va Yevropaning keng hududlarida esa, rangdor
sopol makonlari tarqalgan.
Eneolit makonlarining ko’pchiligida, ya’ni dehqonchilikning ibtidoiy usullari
tarqalgan hududlarida rangdor sopol buyumlar tarqalgan bo’lsada, ba’zilarida
mutlaqo uchramaydi. Masalan, Germaniya, Frantsiya, Yevropaning yana boshqa
mamlakatlarida eneolit makonlarida rangli sopol buyumlar yo’q. Aksincha, bu
yerdagi makonlarda naqshi tasma-tasma qilib o’yilgan kulolchilik buyumlari mavjud
bo’lgan. Markaziy Osiyo, xususan O’zbekistondagi eneolit makonlarida sopol
buyumlar sirti qizil yoki qora bo’yoqlardan ishlangan geometrik shakllardan iborat
bo’lgan.
Eneolit makonlari yer yuzida dastlab Ikkidaryo va Misrda vujudga kelgan.
Yuqorida ko’rsatilgan eneolit besh alomati bu mamlakatlardagi yodgorliklarda
mavjud bo’lgan. Masalan, Ikkidaryo oralig’ining rangdor sopol buyumlariga
bezaklar chizilgan. Misrning rangli sopol buyumlariga syujetli suratlar solingan.
Miloddan avvalgi IV-III ming yillikda Ikkidaryo oralig’i va Misrda (eneolit hali
davom etayotgan davrda) quldorlik asosida yuksak madaniyat yuzaga kelgan. Ammo
bu vaqtda Osiyo va Yevro-paning katta hududlarida unumdor ho’jalik shakllari endi
rivojlana boshlagan edi.
Eneolit davriga xos bo’lgan birinchi xususiyat bevosita unumdor xo’jalik
shakli – dehqonchilik mashg’ulotiga borib taqaladi. Eneolit davrida dehqonchilikda
motiga bilan ishlov berish ustun darajada bo’lgan. Ammo o’z xususiyatiga ko’ra
misdan foydalanish mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qilgan bo’lsa-da,
dehqonchilikda motiga tishi sifatida toshdan foydalanilgan. Mis qurollar tosh
qurollarga nisbatan takomillashgan bo’lsa-da, u kuchli, og’ir va qattiq qurollar
yasashga yaroqsiz edi. Mis o’z xususiyatiga ko’ra yumshoq va juda tez o’z shaklini
o’zgartirgan. Shuning uchun ham motiga tishi sifatida toshdan foydalanilgan.
Mis-tosh davrida odamlar metall bilan tanishadi. Ungacha ibtidoiy odamlar 2-
3 million yillar davomida faqat toshdan, yog’ochdan va suyakdan yasalgan
qurollardan foydalangan edilar. Mis qurollar qattiq, kuchli bo’lmay, ayrim
xususiyatlari jihatdan tosh qurollarga nisbatan pastroq darajada bo’lsa-da, o’zining
shakli, ishlab chiqarish jarayonida qo’llanishidagi qulayligi, shuningdek juda tez turli
shaklga kelishi oson bo’lganligi uchun ham chaqmoqtosh qurollar bilan parallel
holda ishlatila boshlangan.
Ma’lumki, eneolit davrida Markaziy Osiyo aholisi madaniyati bir bosqich
yuqori ko’tarilgan. Lekin ularning ijtimoiy-madaniy taraqqiyoti bir xil darajada
bo’lmagan. Bu davrda unumdor xo’jalikka asoslangan qabilalar tezroq rivojlangan.
Qo’shimcha ho’jalik bilan mashg’ul bo’lgan kishilar madaniy jihatdan bir necha yuz
yillar orqada bo’lgan. Urug’ munosabatlari ham tobora taraqqiy topib, kengaya
boshlagan. Endi kichik-kichik oilalardan iborat bo’lgan urug’ makonlari o’rniga bir
necha urug’lar yashagan yirik manzillar paydo bo’ladi, ular jamoa birlashmalarini
tashkil etadi. O’troq hayot ko’nikmalarini egallayotgan qabilalarning xom g’ishtdan
yoki paxsalardan qurilgan katta-katta uylari paydo bo’ladi.
Yirik jamoa birlashmalari yashagan makonlardan ko’plab mehnat ov qurollari,
zeb-ziynat buyumlari topilgan. Moddiy topilmalar ichida ayollarning ijtimoiy
hayotdagi e’tibori va mavqeini ko’rsatuvchi haykalchalari ham bo’lgan.
Eneolit makonlari yer yuzining turli nuqtalari – Xitoy, Eron, Markaziy Osiyo,
Ukraina, Bolgariya, Gretsiya, Frantsiya, Germaniya hududlaridan topib o’rganilgan.
Mesopatamiyada Xassuan yodgorligi, Eronda So’za kompleksi, Ukrainada Tripole
madaniyati, Kavkazortida Shengavit, Turkmanistonda Anov, Nomozgoh makonlari
eneolit davriga mansubdir.
Eneolit makonlaridan topilgan qurollarning eng ko’p tarqalgani - retushlangan
egri o’roqlar va silliqlangan tosh motigalardir. Egri o’roqlar barcha mamlakatlarda
eng qadimgi dehqonchilik хo’jalik mashg’uloti bilan birga paydo bo’lgan. Yevropa
va Osiyo hududlaridan topilgan makonlarda 3 xil don - bug’doy, arpa va tariq
qoldiqlari topilgan. Bu donlarning yovvoyi xillari Yevropada yetishtirilgan. Ular bu
yerlarga Markaziy Osiyo va Hindiston hududlaridan olib kelingan.
Yer yuzining ko’p hududlarida eneolit davri ibtidoiy dehqonlarning qishloqlari
keng tarqalgan. Ular ho’jaligida dehqonchilik va chorvachilik asosiy mashg’ulot
bo’lishi bilan birga, ovchilik ham mavjud bo’lgan. Ovchi qabilalarning faoliyati izlari
ularning mozor qo’rg’onlarida saqlanib qolgan. Ularning eneolit davriga xos bo’lgan
“Qadimiy chuqur” mozor qo’rg’onlari deb atalib, yer yuzida ulardan qadimiyrog’i
yo’q. Ular miloddan avvalgi III ming yillikka oid. Qabr tagidagi oddiy go’r chuqurlar
bu davr uchun nom bo’lgan. Qadimiy chuqur mozor-qo’rg’onlarida chaqmoqtosh o’q
uchlari, qirg’ichlari pichoqsimon tosh qurollar uchraydi.
Eronning Koshon shahri yaqinida ko’p qatlamli eneolit davriga oid manzilgoh
xarobasi topib o’rganilgan. Bu yerdan turar joy qoldiqlari, qabrlar, sopol idishlar, mis
va jez (bronza) dan ishlangan qurollar va boshqalar topilgan.
Sialktepa manzilgohi 3 ga maydonni tashkil etib, bir nech bosqichdan iborat
va o’ziga xos madaniyatni hosil qilgan (Sialk I). Tehron vohasida aynan shu
madaniyatga xos, juda ko’p va qiziqarli ashyolarni o’zida jam qilgan Ray shahri
yaqinida Chashma Ali manzilgohi topib o’rganilgan (Sialk III). Markaziy Eronning
katta hududida, Qum shahridan Sialk II bosqichiga xos Qalai Duxtar manzilgohi
topib o’rganilgan. Ularning hammasida olib borilgan qazuv ishlari jarayonida rangli
sopol buyumlari, turli xil mis va jezdan yasalgan qurollar, paxsa va xom g’ishtdan
qilingan ko’p xonali uylar, tosh qurollari topilgan. Uylarning asosi xom g’ishtdan
qilinib devori paxsadan iborat bo’lgan, pol qismi ham ba‘zi hollarda xom g’ishtdan
iborat bo’lgan, devorlari esa, loy bilan suvalib qizil rang bilan bo’yalgan.
Sialk manzilgohida bevosita XX asrning 60-yillarida qazuv ishlrini olib borgan
R.Girshmanning ta’kidiga ko’ra, sopol buyumlarini asosan maxsus xumdonlarda
pishirishgan. Ular asosan geometrik shakldagi naqshlar bilan bezatilgan, ayrim
hollarda esa, echki tasviri ko’zga tashlanadi.
Hozirgi Xuziston viloyatida, Diza yoki Abi-Diza daryosi irmoqlari bo’yida
1,5-2 ga maydonga ega ko’plab manzilgohlar joylashgan. Ular Eronning Suza
madaniyatiga xos bo’lgan eneolit davri yodgorliklaridir. Bu protoelam yoki suza
kompleksi nomini olgan manzilgohlarga Jafarobod, Jovi va Bendebalni kiritish
mumkin.
Jovida olib borilgan qazuv ishlari jarayonida mis buyumlari topilmagan
bo’lsa-da, ko’plab sopol buyumlari, tosh qurollar, ho’kiz, echki va qo’y, ba‘zan ayol
haykalchalari topilgan. Tosh bolta va motigani bitum bilan mahkamlanganligini
ko’rish mumkin. Sopol buyumlarning zoomorf va antromorflar belgilar uchraydi.
Bendebal kompleksidagi sopol buyumlarining katta qismida hayvonlarning
tasviri tushirilgan.
O’zbekistonda eneolit yodgorliklar yaxshi o’rganilgan. Arxeolog S.P. Tolstov
Quyi Amudaryo etaklarida neolitdan mis-tosh davriga o’tish davrini aniqlagan. Quyi
Zarafshon vohasining qadimgi eneolit makonlari arxeologlar Ya.G’ulomov,
A.Asqarov, O’.Islomovlar tomonidan o’rganilgan1. Arxeolog olimlarning fikricha
Buxoro viloyatining Lavlakon va Beshbuloq qishloqlarida, Zamonbobo I
qabristonidan topilgan moddiy manbalar eneolit davriga oiddir. Bu makondan
chaqmoqtosh qurollar bilan birga misdan yasalgan ignalar, munchoqlar ham topilgan.
Quyi Zarafshonning Kaptarqum va Kattatuzkon manzillarida to’rt joydan
eneolit yodgorliklari topilgan. Bu yerdan toshdan ishlangan yorg’uchoq-lar, o’roq
pichoqlar, pichoq qadamalar bilan birga misdan ishlangan qurol siniqlari qazib
olingan.
1 N.A.Egamberdieva. Arxeologiya. –T.: “Fan va texnologiya”, 2011. –B. 65.
1977 yilda Yuqori Zarafshon (Tojikiston bilan O’zbekiston chegarasida)
hududida Sarazm qishlog’i xarobasi topilgan. U eneolit davriga oid muhim
yodgorlik bo’lib, o’rganilgan moddiy manbalar O’zbekistonda dehqonchilik
qabilalarining O’rta Osiyoning shimoli-sharqiy hududlariga siljiganini ko’rsa-tadi.
Chunki, shimol ziroatchilari janubiy O’rta Osiyoning Turkmaniston deh-qonchilik
markazlari bilan bog’langan edi. Sarazm yodgorlikligini olimlar to’rt bosqichga
bo’ladi. Bu yodgorlik AQSh, Fransiya olimlarini ham e’tiborini tortgan, ular ham
turli yillarda ilmiy izlanishlar olib borgan. Sarazm yodgorligi eneolit davridan ilk
bronza davrigacha yashagan bobodehqonlar manzilgohi ekanligi aniqlangan2.
Sarazm 90 ga maydonni egallagan, 10 ta tepalikdan iborat yodgorlikdir.
Sarazm I eneolit davriga oid bo’lib, bu erdan topilgan idishlarda qora va qizil
bo’yoqlarda ishlangan geometrik shakllar mavjud.
Sarazm II so’nggi eneolit va ilk bronza asriga o’tish davriga mansub. Bu
bosqich naqshsiz sopol buyumlari bilan xususiyatli. Sarazm III-IV esa, bronza
davriga mansub.
Sarazm I bosqichida guvaladan kulbalar qurgan dehqonlar manzilga asos
soladilar. Arxeologlar bu erdan mudofaa devorlari bilan o’ralgan 48 ta kulba, ya’ni
paxsadan qurilgan uyni topib o’rganganlar. Bu uylar 2-3 xonali qilib qurilgan bo’lib,
ular yakka, kichik oilalarga mo’ljallangan. Xonalardan kichik, dumaloq shakldagi
2 N.A.Egamberdieva. Arxeologiya. –T.: “Fan va texnologiya”, 2011. –B. 64.