ENERGIYA VA ISSIQLIK ALMASHINUVI.
Reja:
1. Energiya va issiqlik almashinuvi haqida umumiy tushuncha.
2. Vositali va vositasiz kollorimetriya. Nafas koeffisienti.
3. Turli omillarning moddalar almashinuviga ta’siri.
4. Issiqlik hosil bo‘lishi va uning uzatilishi. Tana haroratining boshqarilishi:
kimyoviy va fizikaviy termoregulyasiya.
Tayanch Iboralar.
Energiya, issiqliq, yog‘, oqsil, uglevod gazlar, siydik, axlat, sut, achish,
bijg‘ish, gazlar mexanik, fizik, kimik, osmatik, sintez, suv, oziqa, kallorimetrik
bosim 1g, 4,2, 9,3, 1,7, 5,8, vositali, vositasiz, Rossiya A.A.Lixachev,
V.V.Pashutin, 1893, AQSh Yetuoter, F.Benedikt 1899, SO2, O2, yenvivalent,
respirasion kamera, nafas niqobi, gazometr, nafas koeffisienti, 0,7, 0,8, 1,0, 102
SO2, 145 O2.
1.Organizmda moddalar almashinuv natijasida energiya ajralib va yutilib
turadi. Energiya almashinuvini o‘rganib, moddalar almashinuvining intensivligi
to‘g‘risida fikr yuritsa bo‘ladi. Moddalar almashinuvining qanday darajada
kechayotganligi sarf bo‘layotgan energiya miqdori bilan belgilanib, bu energiyani
organizm iste’mol qilinayotgan oziqa tarkibidan oladi. Oziqalar tarkibidagi yog‘lar,
uglevodlar, oqsillar organizmda parchalanib patensial energiya hosil qiladi. Lekin
bu energiyaning hammasi hayotiy jarayonlarni ro‘yobga chiqarishga sarflanib
qolmasdan balki siydik, tezak, sut, achish – bijg‘ish jarayonlarida hosil bo‘layotgan
gazlar, ichilayotgan suv va iste’mol qilingan oziqalarni isitishga sarflanadi.
Organizmda hosil bo‘layotgan energiya mexanik, kimik, elektrik, osmotik energiya
ko‘rinishida organizmning hayotiy jarayonlarni ro‘yobga chiqarish uchun
sarflanadi. Organizmga sarflanayotgan energiyaning bir qismi kimyoviy sintez
jarayonida o‘zlashtiriladi. Organizm hayotiy jarayonlariga sarflanayotgan
energiyaning hamma xillari issiqlik energiyasiga aylanib tashqi muhitga
chiqariladi. Bu energiya miqdorining qanchasi organizm hayotiy jarayonlari uchun
sarflanayotganini bilish uchun organizmga qobul qilinayotgan organik
moddalardan ajiraladigan energiyani va uni istemol qilganda organizmdan
ajiraladigan energiyani bilishimiz kerak. Oziqa moddalarning energiya berish
qobiliyatini Bertlo kollorimetrik bombasi yordamida yondirib aniqlasa bo‘ladi.
Bertlo kalorimetrik bombasi ikki qavat bo‘lib, bu ikki qavat o‘rtasiga suv solinib,
ichki stakan ustidan qopqoq qo‘yilib burab berkitiladi. Shu qapqoq orqali stakanga
ikkita o‘q tushirilib shu o‘qlarning birini uchiga idishcha osilib bu idishga
yondiriladigan oziqa solinadi. Qopqoq yopilib stkan ichiga 25 atm. bosim bilan
kislorod yuborilib keyin shu o‘qlar orqali elektr toki o‘tkazilganda oziqa juda tez
yonib juda ko‘p issiqlik ajralib stakan atrofidagi suvni ma’lum darajagacha q
bo‘ladi va shu qopqoqdan stakan ichiga ikkita ingichka o‘q tushirilgan. Bu
o‘qlardan biriga kichkina idishcha osib qo‘yilgan bo‘lib, bu idishning ichiga
yondirilishi lozim bo‘lgan oziqa solinadi. Stakan qopqog‘i yopilib stakan ichiga 25
atm bosimda O2 kiritilib, o‘qlar orqali elektr toki o‘tkaziladi. Natijada,
tekshirilayotgan oziqa tez yonib, ajralib chiqqan issiqlik stakanni ma’lum
darajagacha qizdiradi. Yondirilayotgan modda miqdori va qancha suvni necha
gradusga qizdirganligiga qarab, ajralib chiqqan issiqlik miqdorini kalloriyada
hisoblansa bo‘ladi. Uglevod va yog‘lar organizmda ham kalorimetrik bombalarda
ham yondirilganda bir xilda energiya hosil qiladi, ya’ni 1 g. yog‘ yonganida har
ikkala holatda ham 9,3 kjoul energiya ajratadi, 1 g uglevod yesa 4,1 kjoul energiya
ajratadi. Ammo oqsillar organizmda oksidlanishi natijasi 4,1 kjoul energiya hosil
qilib siydik va axlat tarkibida mochevina, urat kislotasi va boshqa chiqindi
moddalar sifatida bir qism oqsillar toshqariga chiqariladi.
Kalorimetrik bombalarda yesa shu chiqindi holatida hosil bo‘layotgan
moddalar ham oxirgi mahsulot ya’ni suv va karbonat angidridga parchalanib 5,8
k/joul energiya hosil bo‘ladi. Demak organizmda hosil bo‘layotgan chiqindi
moddalar hisobiga 1 g oqsil parchalanishidan 1,7 k/joul energiyani o‘zlashtira
olmas ekan. Istemol qilingan oziqadagi 1 g yog‘ 9,3 kjoul, uglevod 4,1 kjoul, oqsil
4,1 kjoul energiya ajrasa organizmga kiritilgan energiyani qancha ekanligini bilish
mumkin. Buning uchun ma’lum vaqt davomida ajralgan issiqlik miqdorini
hisoblash kerak bo‘lib, bu issiqlik miqdorini vositasiz va vositali kallorimetriya
usulidan foydalanib aniqlanadi.
2.Vositasiz (bevosita) kalorimetriyada biokalorimetrlardan foydalanilib,
tekshiriladigan hayvon biokalorimetr ichiga joylashtirilib organizmdan vaqt
birligida ajralib chiqqan issiqlik miqdori o‘lchanadi. Bu biokalorimetrni hayvonni
katta kichikligiga qarab o‘zgartirish mumkin. Bu kalorimetrni dastoval Rossiyada
1893 yil A.A.Lixachev va V.V.Pashutin, keyinchalik AQShda 1899 yil Yetuoter va
F.Benediktlar yasab, maxsus metallardan ishlangan bo‘lib, issiqlik o‘tkazmaydigan
kameraga yega, devori ikki qavat, bu qavatlar orasida havo bo‘lganligi uchun
issiqlik tashqariga chiqmaydi. Kameraning yuqori qismidan naychalar o‘tkazilib,
bu naychalardan tajriba vaqtida suv oqib o‘tib turadi, suvning harorati kameraga
kirayotgan va chiqayotgan joyidatermometr yordamida o‘lchanib, ma’lum vaqt
davomida o‘tgan suvni va necha gradus isiganini bilib hayvon chiqargan issiqlik
miqdorini kaloriyalarda hisoblash mkmkin. Keyingi yillarda kompensasion va
gradientli kalorimetrlar yasalib, hozirgacha yaratilgan kalorimetrlarda
organizmning energiya sarfini aniqlash qiyin, ko‘p mehnat talab qilinganligi uchun
gazlar almashinuvini o‘rganishda vositali kalorimetriyadan foydalaniladi. Vositali
kallorimetriya usulida energiya oksidlanish jarayoni yevaziga hosil bo‘lganligi
tufayli, bunda organizmga yutilgan kislorod va ajralib chiqqan karbonat angidridni
o‘lchash maqsadga muvofiqdir. Demak ma’lum miqdorda kislorod sarflanib
karbonat angidrid ajralishi natijasida ma’lum miqdorda energiya hosil bo‘ladi.
Organizmga 1 l kislorod olinganida undan 1 l SO2 ajralib, hosil bo‘ladigan
issiqlik miqdoriga kislorod yoki karbonat angidridni kalorik yekvivalenti deyiladi.
Yutilgan kislorod va ajratilgan karbonat angidrid miqdorini aniqlash uchun ikki
xildagi respirasion kameralardan foydalaniladi.
1.
Germetik – berk holatda ishlaydigan kameralar.
2.
Atmosfera havosi bilan tutash holatda ishlaydigan kameralar.
1.Germetik berk holatda ishlaydigan respirasion kameralar qopqoqli, qo‘sh
qavatli metal kamera bo‘lib, qopqoqdan kamera ichkarisiga tajriba hayvoni
kiritiladi. Qopqoq germetik qilib berkitiladi, kamera ichidagi havo bir maromda
nasos yordamida so‘rilib, kamerada bosim pasayishi bilan gazometr ishga tushadi
va kameraga tashqaridan havo kiradi. Demak kameradagi shu havo tarkibidagi
kislorod miqdorini tajribadan oldingi va keyingi kislorod miqdori qayd qilinib, sarf
bo‘lgan kislorod miqdori aniqlanadi.
2. Tashqi atmosfera havosi bilan tutash ishlaydigan kameralar tuzilishi bilan
farq qilib, ularning ichidan tashqariga va tashqaridan ichkariga havo nasos
yordamida haydalib turiladi. Haydalgan havo miqdori gaz soatlarida qayd qilinib,
bir qancha moslamalar yordamida kameraga kirgan va chiqqan gaz miqdori
aniqlanib, istemol qilingan kislorod va ajralgan karbonat angidrid miqdori
aniqlanadi.
Bundan tashqari qisqa vaqt davomida olingan kislorod va chiqarilgan
karbonat angidrid miqdorini maxsus nafas niqoblari yordamida aniqlanadi. Buning
uchun nafas niqobi hayvonining tumshug‘iga kiygizilib, rezina nay orqali rezina
xaltaga yig‘ilib tekshiriladi. Shu vaqtning o‘zida atmosfera havosining tarkibi
o‘rganilib, yig‘ib olingan havoning umumiy miqdoriga solishtirilib kislorod va
karbanat angidrid miqdorining tafovuti aniqlanadi. Demak, bu paytda hayvon
nafasga olgan kislorod va chiqarilgan karbonad angidrid miqdori aniqlanadi.
Vositasiz va vositali kalorimetriya usullari yordamida olingan ma’lumotlar
hamma vaqt ham haqiqatga to‘g‘ri kelavermaydi. Masalan: organizmda anaerob
jarayonlar kuchayganida, ichki rezerv kislorod oksidlanish uchun sarflanganida,
sintezlanish jarayonlari kuchayganida olingan kalorimetrik ma’lumotlar taxminiy
bo‘ladi. Kalorimetrik usuldan tashqari hayvon ma’lum rasion bilan boqilganida
tirik vaznining oshishi yoki kamayishi, organizmda yog‘lar, oqsillar va suvlar
miqdoroini o‘zgarishiga qarab organizmda moddalar almashinuvining shiddati
to‘g‘risida xulosa qilsa bo‘ladi.
Organizmda organik moddalardan qaysi biri parchalanayotganini nafas
koeffisientiga qarab bilsa bo‘ladi. chunki organizmda yutilayotgan kislorod va
chiqarilayotgan karbonat angidrid hamda hosil bo‘lgan energiya parchalanayotgan
organik moddalarning turiga bog‘liq.
Nafas koeffitsienti deb, vaqt birligida organizmdan ajralib chiqqan
karbonat angidrid hajmini yutilgan kislorod hajmiga nisbatiga aytiladi va
NK=SO2/O2 ifodalanadi.
Turli xil parchalanayotgan moddalarning nafas koeffisienti turlicha bo‘lib,
Masalan: orgnizmda uglevodlar parchalansa, oksidlansa nafas koef-fisienti 1 ga,
yog‘lar oksidlansa 0,7 ga, oqsillar parchalansa 0,8 ga tengdir. Nafas
koeffisientining bunday turlicha bo‘lishi bu moddalarning tarkibiga bog‘liq bo‘lib,
uglevodlar tarkibidagi kislorod shu molekuladagi vodorod oksidlashga yetarli
bo‘lganligi uchun uglevodlar oksidlanganda qancha malekula karbonat angidrid
hosil bo‘lsa o‘shancha malekula kislorod sarflanadi. Demak, yutilgan har bir
molekula kislorod organizmda bir molekula karbonat angidrid hosil qilib, bu vaqtda
nafas koeffisienti 1 ga teng, yog‘lar molekulasida kislorod kam va shu yog‘
molekulasidagi vodorodni oksidlashga yetmay, oksidlanishda qatnashayotgan
kislorod, yog‘ molekulasi tarkibidagi uglevodlardan tashqari bir qism vodorodni
oksidlash uchun ham sarf bo‘ladi va suv hosil qiladi. Shuning uchun ham yog‘lar
yonganida, oksidlanganida karbonat angidridga nisbatan ko‘p kislorod yutiladi va
nafas koeffisienti birdan past bo‘ladi.
2S3N5(S15N31SOO)3+145 O2=102SO2+98 N2O
tripalmitin.
Ikki molekla tripalmitin oksidlanish uchun 145 molekla O2 sarflanib, 102
SO2 hosil bo‘ladi va nafas koeffisienti
NK=102SO2/145O2 =O,703 ga teng.
Organizmda turli yoglar oksidlanishida nafas koeffisienti turlicha bo‘lib,
o‘rtacha 0,703 deb qabul qilingan.
Organizmda oqsillar parchalanishida nafas koeffisientini aniqlash ancha
qiyin, chunki oqsillar organizmda to‘la parchalanmay, suv va karbonat angidrid
hosil qilmay, ular organizmda parchalanganda mochevina, urat kislotalar va boshqa
moddalar hosil bo‘lib siydik bilan chiqariladi.
Organizmda organik moddalar alohida-alohida parchalanmay, balki oqsillar,
yog‘lar va uglevodlar bir vaqtda belgili miqdorda parchalanadi. Shunga bog‘liq
ravishda nafas koeffisienti ba’zan birdan oshiq, ba’zan birdan kam bo‘ladi va hatto
0,7 dan pasayib ketadi. Nafas koeffisientini yuqori bo‘lishi organizmda uglevodlar
yog‘ga ayoanayotgan davrga to‘g‘ri kelib uglevodlarda kislorod yog‘lardagiga
nisbatan ko‘p bo‘lib bu vaqtda ajralayotgan kislorod organizmda oksidlanish uchun
sarflanib yutilgan kisloroddan ajralayotgan karbanat angidrid ko‘payib ketadi va
nafas koeffisienti 1 dan baland bo‘ladi. aksincha organizm och qolganida
yog‘larning bir qismi uglevodlarga aylana borib, atmosfera havosidan olingan
kislorod yog‘larni oksidlash bilan uglevod malekulasini hosil qilishda ishtirok
yetib, yutilgan kisloroddan hosil bo‘lgan karbanat angidrid ko‘p bo‘lib nafas
koeffisienti 0,7 dan pasayadi. Demak organizm bilan tashqi muhit o‘rtasidagi
gazlar almashinuvini bilib, organizmdagi energiya sarfini koloriyalarda aniqlash
mumkin. Buning uchun:
1. Nafas koeffisienti aniqlanadi.
2.Shu nafas koeffisientiga qarab organizmga 1 l kislorod yutilganda yoki
undan 1 l karbanat angidrid chiqarilganda qancha koloriya issiqlik hosil bo‘lganini
jadvaldan topiladi.
41,5 g. uglerodning oksidlanishi uchun (41,5 x 32 ):12=110,60g. O2
sarflanadi va 44,5+110,66=152.16 g SO2 hosil bo‘ladi. 4,4 g vodorodni
oksidlanishiga (4,4 x 16):2=35,2 O2 sarflanadi. Demak, uglerod va vodorodni
oksidlanishi uchun 110,66+35,2 =145,86 g kislorod sarflanadi.
Nafas koeffisienti organizmda oksidlanayotgan moddalar mikdorini o‘zaro
nisbati to‘g‘risida tushincha beradi.
Yutilgan kislorod, ajralayotgan karbonat angidrid siydik orqali chiqarilgan
azot miqdorini aniqlab, organizmda qancha uglevod, yog‘ va oqsil parchalanganligi
aniqlanadi. Organizmda biror organik moddaning bir grammi oksidlanganida
ajralib chiqadigan issiqlik mikdorini shu moddaning kalorik koeffisienti deyilib,
Rubnerning ma’lumotlariga qaraganda organik moddalarning kalorik
koeffisientlari:
1 gramm oqsil 4,1 kjoul
1 gramm yog‘ 9,3 kjoul
1 gramm uglevod 4,1 kjoul
Bu energetik koeffisientlar asosida bir modda ikkinchi moddani o‘rnini
qoplashi mumkin bo‘lib, bunga izodinamiya deyiladi. Bu qoidaga asosan 1 gramm
yog‘ o‘rnini 2,3 gramm oqsil yoki uglevod qoplashi mumkin yoki 1 gramm oqsil
o‘rnini 1 gramm uglevod yoki 0,44 gramm yog‘ bosishi mumkin. Bu qoida
cheklangan bulib bir modda ikkinchi moddani energetik extiyojini qondirgani bilan
ularniplastik extiyojini to‘la qondiraolmaydi. Masalan, oqsil organizmni plastik
materiali, yog‘lar hujayrani struktura yelementlari tarkibiga kiradi yoki organizmda
har bir organik moddani faqat o‘ziga xos bir qator xususiy vazifalari mavjud
bo‘lganligitufayli uglevodga bo‘lgan yextiyoj oqsil yoki yog‘lar hisobiga,
oqsillarga bo‘lgan yehtiyoj yog‘ va uglevodlar hisobiga, yog‘lar hisobiga bo‘lgan
yehtiyoj oksil va uglevodlar bilan qondiriladi.
3.TURLI FAKTORLARNING MODDALAR ALMAShINUVIGA
TA’SIRI Organizmda kechayotgan moddalar almashinish jarayoniga hayvonni
turi, zoti, jinsi, vazni, mahsuldorligi, xarakteri, organizmning holati, yilning fasli,
sutkaning davri, tashqi muhit harorati va boshqalar ta’sir yetadi. Kichik gavdali
hayvonlarda moddalar almashinuvi katta gavdali hayvon-lardagiga nisbatan tez
o‘tadi. Masalan: sichqon va kalamushda, ot va qoramol-lardagiga qaraganda
moddalar almashinuvi bir necha marta tezdir.
Moddalar almashinuvi hayvonni jinsiga bog‘liq bo‘lib buqalarda sigirlarga
qaraganda 10-26%, erkak cho‘chqalarda urg‘ochilarga nisbatan 20%, xo‘rozlarda
tovuqlarga qaraganda 20-30% tez kechadi.
Moddalar almashinuvi yosh hayvonlarda keksa hayvonlarga nisbatan tez
kechadi.
Bir turdagi hayvonlarda qishda yozdagidan, kunduzi kechasidagidan
moddalar almashinuvi tez kechadi, lekin yovvoyi hayvonlar kechasi o‘lja izlab,
ularda kechasi moddalar almashinuvi tez kechadi.
Bir turdagi har xil zotdagi hayvonlarda moddalar almashinuvi bir xil emas.
Hayvon yashayotgan muhitda haroratni normadan pasayishi organizmda
mod-dalar almashinuvining tezlashishiga sabab bo‘ladi.
Hayvon yashayotgan joydagi elektromagnit maydoni, ultra binafsha,
infraqizil va kosmik nurlar, radioto‘lqinlari, hayvonning ionlanish darajasi,
barometrik bosim, moddalar almashinuvining intensivligiga ta’sir ko‘rsatadi.
Hayvon kuyikkanida, bug‘oz bo‘lganida, ayniqsa bug‘ozlikni oxirida
modda-lar almashinuvi tezlashadi.
Sigir qancha ko‘p sut bersa, yog‘ligi baland bo‘lsa moddalar almashinuvi
tez kechadi.
Oziqa iste’mol qilishib uni hali organizm tomonidan o‘zlashtirmasdan
moddalar almashinuviga sabab bo‘ladi. ni tezlashtiradi bunday moddalar
almashinuvining tezlashi-shi ozuqaning spesifik ta’siri deyiladi.
Oqsillarning spesifik dinamik ta’siri mezilarli bo‘lib moddalar
almashinuvini 31% ga, yog‘lar 15%, uglevodlar 6% ga tezlashadi. Oziqalar
spesifik dinamik ta’sir mexanizmi hali to‘liq o‘rganilmagan. Lekin oziqa
parchalanganda hosil bo‘ladigan sirka, chumoli kislota va turli aminokis-lotalar shu
ta’sir yuzaga chiqishida muayyan o‘rin yegallaydi.
Ozuqani ista’mol qilishi, parchalashi uchun organizm belgili miqdorda
energiya sarflab, bu moddalar almainuvini tezlashishiga olib keladi. Oziqalarni
spesifik dinamik ta’sirida nerv sistemasi ham rol o‘ynaydi.
Jisman ish davrida moddalar almashinuvi. Muskullar ishlaganida mod-
dalar almashinvi kuchayib, energiya sarflanadi. Muskul zo‘r berib ishlasa energiya
sarfi ortib, 1m yo‘lni itlar tekis yo‘ldan yurganida 1 kg tirik vazniga 0,58 k/joul,
toqqa ko‘tarilishida 7,26 k/joul, qo‘ylar tekis yo‘lda yurganida 0,59 k/joul, toqqa
ko‘tarilganida 6,45 k/joul energiya sarflaydi. Demak turli hayvonlar tekis yo‘lda
yurganida 1 m yo‘lni o‘tishi yo kg tirik vazniga qarab bir xil miqdorda energiya
sarflar ekan. Hayvonlar oziqa iste’mol qilganida ham energiya sarflab, bu energiya
iste’mol qilinayotgan oziqa turiga bog‘liq bo‘lib dag‘al oziqani chaynash uchun
ko‘p energiya sarflanadi. Sigirlar 1 kg pichanni chaynashi uchun 66 k/joul, qayta
chaynash uchun 45 k/joul jami 111 k/joul energiya sarflaydi.
Ochlik vaqtida moddalar almashinuvi. Organizmda to‘la va qisman och
qolish kuzatilib, to‘la och qolganida organizmga mutloqo oziqa kiritolmay, qisman
ochlikda organizmga kiritilgan ozuqani to‘yimliligi shu organizmni qondirmaydi.
To‘la va qisman och qolishdan tashqari hazm sistemsi devori orqali ozuqani qon va
limfaga so‘rilishi buzilganida ham ochlik yuzaga keladi. Hayvon och qolganida
moddalar almashinuvi pasayadi va organizm o‘z energetik extiyojlarini uglevodlar
hisobiga qondiradi. 2-3 kunda uglevod-larni kamayishi minimal holatga keladi.
Yendi organizm energetik yehtiyojlari, yog‘lar hisobiga ta’minlanib, u yog‘lar
miqdoriga bog‘liq. Yog‘lar parchalanishida keton tanachalari ko‘payib, glyukoza
kamayib NK 0,7 teng bo‘ladi. ,
Organizmdgi yog‘ resurslari parchalanib, sarflanib bo‘lganidan so‘ng
ochlik-ni keyingi davrida oqsillarni parchalanishi hisobiga qoplanib va NK 0,82 ga
ko‘tariladi. To‘qima oqsillarini parchalanishi och qolgan organizmni yomirila-
yotganidan, halok bo‘layotganidan darak berib organizm vazni 50% gacha
kamayadi. Katta hayvonlar 2-3 xafta, it va mushuklar bundan ham ko‘p och
yashashi mumkin. Ochlik tufayli turli organlarni vazni turlicha kamayadi. Masalan:
yog‘ to‘qimasi 95%, tana muskuli 30%, jigar. 50%, qolgan organlar vazni 20%
gacha kamayi-shi mumkin. Nerv sistemasi va yurak muskullar vazni 2% atrofida
kamayadi. Ochlik devorida qonda oqsil kamayadi, kapillyarlar devorining
o‘tkazuvchanligi oshadi va to‘qimalarda suv to‘planib ochlik shishi deyiladi.
4.Issiqlik almashinuvi. Moddalar almashinuvi natijasida organizmda
issiqlik hosil bo‘lib organizm tana haroratini bir xil bo‘lishini ta’minlaydi.
Zoologik silsilaning turli bosqichlarida turgan hayvonlarning turli vakillarida tana
haroratini doimiyligi bir xil emas. Issiqlik hayvonlar va odamlar tana harorati, ular
yashayotgan atrof muxit haroratini o‘zgarishidan qatiy nazar o‘zgarmaydi. Tana
harorati o‘zgarmasligi izotermiya deyiladi va faqat issiq qonli gomoyoterm
hayvonlarga xosdir.
Sovuq qonli hayvonlar reptiyalar, amfibiyalar tana harorati tashqi muxit
haroratiga bog‘liq bo‘lib, poykiloterm hayvonlar deyiladi. Tana haroratini
doimiyligi issiqlik almashinuvini boshqaradigan sistemalarning rivojlanganligitga
bog‘liq bo‘lib, gamoyotrm hayvonlarda bu sistemalar mukammal darajada
rivojlangan va ular tana harorati doimo bir xil bo‘lib juda kichik chegarada ya’ni 1o
atrofida o‘zgaradi. Haroratning bunday kichik doirada o‘zgarishi hayvonlarning
turi, jinsi, yoshi, oziqalanish harakteri, organizm xolati, moddalar almashinuvining
intensivligi va sutkaning davriga bog‘liq.
Poykiloterm hayvonlarida issiqlik almashinuvini boshqaradigan sistema
yuksak darajada rivojlanmagan bo‘lib tana harorati, tashqi muhit haroratiga bog‘liq
ravishda sezilarli darajada o‘zgaradi. Lekin o‘sha tashqi muhit haroratiga teng
bo‘lib qolmay ma’lum darajada boshqariladi. Termoregulyasiyaning bu turi uncha
mukammal emas.
Qishloq xo‘jalik va uy hayvonlarning tana harorati 37-43o bo‘lib, 44 dan
ko‘tarilishi va 24 dan pasayib ketishi hayot uchun xavflidir.
Organizmda hosil bo‘layotgan va tashqariga o‘zatilayotgan issiqlik o‘rtasida
muvozanat saqlansa tana harorati doimiy bo‘ladi.
Organizmda issiqlik to‘qimalarda uzluksiz kechadigan yekzotermik
reaksiyalar oqibatida hosil bo‘ladi. Moddalar almashinuvi tezlashsa bu reaksiyalar
ham tezlashib, intensiv kechadi va issiqlik ko‘p hosil bo‘ladi. Organizmdagi barcha
organlarda moddalar almashinuvi intensivligiga bog‘liq ravishda issiqlik hosil
bo‘lishi ham turlichadir. Masalan: jigar va buyrakda moddalar almashinuvi tez
kechib suyak, tog‘ay, biriktiruvchi to‘qimada zaif kechganligi uchun issiqlik hosil
bo‘lishida farq mavjuddir. Tana muskullari nisbatan tinch turganida ham organizm
umum issiqligini 2/3 qismini hosil qiladi. Issiqlik hosil bo‘lishi organizm xolatiga
bog‘liq bo‘lib jismoniy ish vaqtida, oziqalanish va aktiv harakat issiqlik hosil
bo‘lishini ko‘paytiradi.
Organizmda hosil bo‘lgan issiqlik uzluksiz tashqi muhitga uzatilib turilgani
uchun organizmda issiqlik miqdori bir xil me’yorda o‘zgarmay turadi. Issiqlikni
organizmdan tashqi muxitga uzatilishida teri osti yog‘i qatlami, jun, patlar
qarshildik qiladi. Issiqlik nafasdan chiqadigan havoning isishi, nurlanish, issiqlikni
sochilishi-konveksiya va terning bug‘lanishi orqali tashqariga uzatiladi. Organizm
to‘qimalari issiqlikni yaxshi o‘tkazib, hayvon yetganida, cho‘milganida tanasiga
taqalgan past haroratli yerga, suvga ma’lum issiqlikni uzatadi. Konveksiya -
issiqlikni tevarak atrofga sochiltirish yoki organizmdagi uzatilayotgan issiqlikdan
isigan havo yuqoriga ko‘tarilib, o‘rnini sovuq havo qatlami yegalab boradi.
Shunday qilib organizmdan uzluksiz ravishda issiqlik uzatiladi. Hayvon tanasidan
ko‘zga ko‘rinmaydigan infraqizil nurlar tarqatilib belgili issiqlik yo‘qotiladi. Terni
bug‘latib issiqlik yo‘qotish issiqlik uzatilishida muhim o‘rin yegalab, 1 l ter
suyuqligi bug‘langanda 580 k/joul issiqlik yo‘qotiladi. So‘lak bilan ham kam
miqdorda issiqlik ajraladi.
Tana haroratini boshqarilishi-termoregulyasiya deyilib fiziologik
mexanizmiga qarab kimyoviy va fizikaviy termoregulyasiyalar farq qilinadi.
Kimyoviy termoregulyasiya organizmda issiqlik hosil bo‘lishini tezlashti-rib
yoki sekinlashtirib boshqaradi.