ENG QADIMGI DAVRLARDAN XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA JAHON PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI. YAN AMOS KOMENSKIYNING PEDAGOGIK NAZARIYASI
Yuklangan vaqt
2024-08-26
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
14
Faytl hajmi
39,5 KB
ENG QADIMGI DAVRLARDAN XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA
JAHON PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI. YAN AMOS
KOMENSKIYNING PEDAGOGIK NAZARIYASI
Reja:
1.Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim davlatlarida maktab va
tarbiya.
2.Qadimgi Yunoniston faylasuflari tarbiya to‘g‘risida.
3.Qadimgi Rimda pedagogik g‘oyalar rivoji.
4.12-asrda Rossiyada pedagogik adabiyotlarning nashr yetilishi. Rus
pedagog-olimlarining pedagogik g‘oyalari.
5. Yan Amos Komenskiyning pedagogik nazariyasi.
1. Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim davlatlarida maktab
va tarbiya.
Qadimgi Misr murakkab davlat tizimiga va keng miqyosli xo‘jalikka yega
bo‘lgan mamlakat bo‘lgan. Misr davlati va xo‘jaligini boshqarish uchun xat-savodli,
bilimdon kishilar zarur bo‘lgan. Shu tufayli Misr flr’avnlari va a’yonlari xat-savodli
va bilimdon xodimlar tayyorlashga alohida ahamiyat berganlar. Misrda o‘qitish,
ta’lim-tarbiya berish maskani maktablar yedi. Mamlakatning hamma shaharlari va
yirik qishloqlarida maktablar bor yedi. Maktablarda fir’avnlar, a’yonlar, amaldorlar,
ruhoniylarning bolalari va o‘qishga havaslari bo‘lgan kishilarning farzandlari ham
o‘qiganlar.
Misrda boshlang‘ich, o‘rta va oliy maktablar bo‘lgan. Boshlang‘ich maktablarga
bolalar 5-6 yoshdan jalb yetilib, harflar o‘rgatilib, savodi chiqarilgan. Bolalar
maktabda husnixat bilan shug‘ullanib, ular har kuni 3 sahifa yozishlari kerak
bo‘lgan. Misrdagi o‘rta va oliy maktablarning ko‘pchiligi mirzolar tayyorlab
chiqarganlar. Uni «Mirzolar maktabi» ham deyishgan.
Misr fir’avnlarining markaziy mahkamasi qoshida podsho xazinasi uchun maxsus
amaldor mirzolar tayyorlaydigan maktablar ham bo‘lgan. Bu maktablar katta
tajribaga yega bo‘lgan bilimli ustoz-o‘qituvchilar bilan ta’minlangan bo‘lgan.
Maktablarda matematika, geometriya, astronomiya, tarix, tibbiyot, adabiyot kabi
dunyoviy va diniy bilimlar o‘qitilgan.
Misr maktablarida intizom juda qattiq bo‘lib, u tan jazosi bilan mustahkamlangan.
O‘sha vaqtda yozilgan «Nasihatlar»da: «Ey mirza, dangasalik qilma, yo‘qsa jazoga
duchor bo‘lasan. Qo‘lingda kitob bo‘lsin, ovoz chiqarib o‘qigin va o‘zingdan ko‘p
biladiganlar bilan maslahat qilib ish tut. Bir kun ham yalqovlik qilma yo‘qsa kaltak
yeysan. Axir bolaning qulog‘i yelkasida bo‘ladi-da, qachon ursang, shunda uning
qulog‘iga gap kiradi»,-deb yozilgan.
Mesopotamiyaliklar maorif ishlariga alohida ye’tibor berganlar. Maktablarda
ko‘proq podsho, badavlat kishilar, amaldorlar va o‘ziga to‘q kishilarning farzandlari
o‘qishgan. Ammo maktabda yerkin jamoadan bo‘lgan oddiy kishilar ham o‘qigan
bo‘lsalar kerak. Maktablarning quyi sinflarida til, adabiyoi, grammatika, yuqori
sinflarda yesa matematika, musiqa, huquq, geometriya, astronomiya, tarix, tabobat,
veterinariya kabi aniq fanlar bilan bir qatorda diniy fanlar ham o‘qitilgan. Maktablar
saroy va ibodatxonalar qoshida bo‘lib, uni ruhoniylar boshqarganlar. Mari va boshqa
shaharlardagi qazishlar vaqtida o‘quvchilarga mos o‘rindiqlar qo‘yilgan maktab
binosining qoldig‘i topilgan.
Maktablar davlat uchun xo‘jalik, savdo va harbiy ishlarni boshqaruvchi xodimlar
tayyorlaganlar. Maktablarda Misrdagi kabi mirzolar tayyorlashga katta ahamiyat
berilgan. Maktablarda intizom va nazorat juda qattiq bo‘lgan. Etarli qobiliyatli va
tirishqoq bo‘lmagan o‘quvchilar jazolangan. Maktab qoshida «Xivich bilan
savalovchi» maxsus nazoratchi bo‘lgan. O‘qituvchilar o‘quvchilarni qunt bilan
o‘qishga undaganlar.
Yunoniston unchalik katta bo‘lmagan quldorlik davlatlaridan iborat bo‘lgan. Uning
katta shaxarlaridan biri Lakoniya (poytaxti Sparta) va Attika (poytaxti Afina) bo‘lib,
bu shaxarlar madaniyat markazi xisoblangan.
Bu ikki shaxarda tarbiyaning o‘ziga xos tizimi vujudga keldiki, natijada bu tarbiya
tizimi «Sparta» va «Afina» usulidagi tarbiya deb yuritiladigan bo‘ldi.
Lekin bu ikki shaxarning iqtisodiy, siyosiy taraqqiyoti, madaniyat darajasi turlicha
yedi. Shuning uchun ular bir-biridan tubdan farq qilar yedi. Ammo ikkala davlatda
xam quldorlik tuzumi xukmronlik qilar yedi. Shuning uchun ham bu davlatlarda
ijtimoiy tarbiya tizimi quldorlarning bolalarini manfaatini ko‘zlar yedi.
Yunonistonda qullarni «gapiradigan ish quroli» deb hisoblar yedilar. Qullar oddiy
insoniy xuquqlardan xam mahrum yedilar.
Spartada dexqonchilik yaxshi rivojlangan bo‘lib, bu qullar mexnati yevaziga
asoslangan yedi. Spartada qullar shafqatsiz ta’qib ostiga olinar yedi. Shu sababli ular
tez-tez qo‘zg‘olon ko‘tarib turar yedilar.
Tarbiya ishlari davlat ixtiyorida bo‘lib, asosiy maqsad bolalarni baquvvat, jismonan
sog‘lom, bardoshli, chiniqqan jangchilar qilib tarbiyalashdan iborat yedi.
Spartaliklarning bolalari 7 yoshgacha uyda tarbiyalangan, so‘ng «Agella» deb
atalgan maktabda o‘qishgan. O‘qish muddati 7-18 yoshgacha davom yetgan. Shu
maktabda hukumatning taniqli kishisi «pedanom» butun tarbiyaviy ishga rahbarlik
qilgan.
Tarbiya jarayonida bu maktabda o‘smirlarga alohida ye’tibor berishgan. Ularni
jismonan sog‘lom bo‘lishi uchun turli mashqlar bilan chiniqtirishgan. Masalan:
sovuqqa, ochlikka va chanqoqlikka chidash, og‘rikka bardosh berishga o‘rgatib
borishgan. Ta’lim jarayonining asosiy qismini xarbiy gimnastik mashqlar: yugurish,
sakrash, nayza otish, qo‘l bilan jang qilish, musiqa darsi, qisqa so‘zlashuv,
madaniyat darsi tashkil yetar yedi.
9.2. Qadimgi Yunoniston faylasuflari tarbiya to‘g‘risida.
Kadimgi Yunonistondagi tarbiyaviy ishlar shunisi bilan o‘ziga xos yediki,
unda bolani nafaqat jismoniy chiniqtirish, balki ma’naviy tomondan xam barkamol
bo‘lishi nazarda tutilgan. Bolalarga musiqa, ashula va diniy raqslar xam o‘rgatilgan.
Bu mashg‘ulotlarning mazmuni jangovar hamda harbiy tusda bo‘lgan.
Spartada olib boriladigan ta’lim-tarbiyaning yana muhim tomonlaridan biri
yoshlarni qullarga nisbatan shafqatsiz, mensimaydigan qilib tarbiyalashdan iborat
bo‘lgan.
Shu maqsadda yoshlar «Kreptiyalar»da ya’ni kechalari qullarni tutish mashqlarida
qatnashtirilar yedi. Ular shubhali bo‘lib ko‘ringan qullarni o‘ldirar yedilar.
Yoshlarga axloqiy tarbiya berishda davlat rahbarlari maxsus suhbatlar o‘tkazib, shu
yo‘l bilan ularga axloqiy va siyosiy tarbiya berar yedilar. Masalan: Vatan
dushmanlari bilan kurashda ota-bobolar ko‘rsatgan mardligi va jasurligi,
qaxramonlar xaqida suxbatlar uyushtirishar, shuningdek bolalarni savol-javob
jarayonida aniq, qisqa va lo‘nda qilib javob berishga o‘rgatib borilar yedi.
Spartada 18-20 yoshga yetgandan keyin maxsus «Efeblar» (Efeblar qadimgi
Yunonistonda balog‘atga yetgan o‘spirinlar) guruhiga o‘kazilgan. Bu guruhda
bolalarga harbiy ta’lim berilgan va ular harbiy xizmatni o‘taganlar.
Spartada qizlar tarbiyasiga xam alohida ye’tibor qaratilgan. O‘g‘il bolalar bilan
qizlar birga qo‘shib o‘qitilgan. Ular ham harbiy va jismoniy tarbiya malakalari bilan
qurollantirib borilgan. Bundan maqsad yerkaklar urushga ketgan vaqtlarida qizlar,
ayollar shaharni, uy-joyni qo‘riqlash, qurollanib qo‘riqchilik vazifasini o‘tashi,
qullarni itoatda saqlashni ta’minlashi ko‘zda tutilgan, ular hatto jangda xam
qatnashganlar.
Qadimiy Gresiyaning ikkinchi shaxarlaridan biri Afinada yesa xayot, tartib, intizom,
maktab tizimi, undagi ta’lim-tarbiya Spartanikidan butunlay farq qilar yedi.
Afinadagi iqtisodiy hayot Spartadagi singari cheklanib qo‘yilgan yemas yedi. Qullar
xususiy mulk hisoblanar yedi. Bu yerda tibbiyot ilmi, matematika, tarix, san’at,
me’morchilik, xaykaltaroshlik taraqqiy yetgan yedi.
Tarbiya jarayonida aqliy, axloqiy, yestetik, jismoniy tarbiya birga qo‘shib olib
borilgan. Lekin bu tarbiyalarni mukammal yegallash faqat feodallarning
farzandlariga nasib yetgan xolos.
Afinada tarbiya va maorif masalasi Spartaga nisbatan tubdan farq qilar yedi. Bu
yerda grammatist, polestra, gimnasiy, yefeb, demos kabi maktab turlari mavjud yedi.
Bolalar 7 yoshgacha oilada tarbiyalanganlar. 7 yoshdan o‘g‘il bolalar maktabga
borishgan. Qizlar yesa oilada ona ko‘magida uy — ro‘zg‘or ishlariga o‘rgatilgan.
xotin-qizlar faqat uyda bo‘lishgan. Afinada bolalar dastlab 7 yoshdan 13-14
yoshgacha «grammatist», (savod o‘qitish ma’nosida), «kifarist» (grekcha musiqa
o‘qituvchisi ma’nosida) maktablarda tahsil olganlar. Bu maktablar xususiy bo‘lib,
xaq to‘lanar yedi, Shuning uchun fuqarolarning bolalari bu maktablarda ta’lim
ololmas yedilar.
Bu maktablarda «didaskal» deb atalgan o‘qituvchilar mashg‘ulot olib borar yedilar
(men o‘qitaman degan ma’nodagi «didasko» so‘zidan, keyinroq «didaktika» ta’lim
nazariyasi kelib chiqqan).
O‘g‘il bolalarni maktabga qullar yetaklab borishgan. Bunday qullar «pedagog» deb
atalgan. Afinadagi grammatist maktabida o‘qish, yozish va hisoblash o‘rgatilgan.
O‘qishda xarflarni hijjalab o‘qitish usuli, so‘ng qo‘shib o‘qish usulidan
foydalanganlar. yozuvni o‘rgatishda mum surilgan yaltiroq taxtachalardan
foydalanganlar. Ular ingichka cho‘p yordamida yozganlar. Sonlar barmoqlar, sopol
toshlar, sanoq taxtasi yordami bilan xisoblangan. Kifarist - maktabida o‘g‘il
bolalarga adabiy bilim berilar, yestetik mazmundagi deklomatsiyalar o‘rgatilar
(«Iliada va Odisseya»dan parchalar o‘qitilar) yedi.
O‘g‘il bolalar 13 — 14 yoshga yetganlaridan keyin «Polestra» kurash maktabi deb
atalgan o‘quv yurtiga o‘tar yedilar. Bu o‘quv yurtida ular 23 yil davomida jismoniy
mashqlar bilan shug‘ullanar yedilar. Masalan: sakrash, yugurish, kurash tushish,
disk va nayza irgitish mashqlari va suvda suzish o‘rgatilgan.
Spartadagi kabi Afina maktablarida ham o‘quvchilar bilan siyosiy va axloqiy
masalalarda suhbatlar o‘tkazilgan, o‘qish tekin bo‘lgan. «Gimnasiy» maktabida
polestra maktabini tugatgan badavlat oila farzadlari tahsil olganlar. Ularga falsafa,
siyosat, adabiyot fanlari o‘rgatilgan. Bu maktabni tugatgan yoshlar davlatni
boshqarishda qatnashishlari mumkin bo‘lgan.
«Efeb» maktabida 18-20 yoshga qadar tahsil olganlar. Bu maktabda harbiy hizmatga
tayyorlanar va o‘zlarini siyosiy bilimlarini oshirishni davom yettirar yedilar. Bu
maktabda istehkomlar qurishni, harbiy aslahalarni ishlata bilishni, garnizonlarda
xizmat qilishni, dengizchilik o‘rgatilgan. Bundan tashqari «Demos» (xalq) maktabi
ham mavjud yedi. Afinada quldorlik jamiyati ichida tabaqalanishning tarbiya
sohasiga o‘tkazgan ta’siri shundan iborat bo‘ladiki, mukammal tarbiya olish faqat
badavlat quldorlarning bolalarigagina xos bo‘lib qoldi. Aholining ko‘pchiligi
bolalarini maktablarda o‘qita olmaganligi sababli ularga kasb — hunar o‘rgatar
yedilar. Ayrim xat savodli kishilar bolalariga o‘zlari hat savod o‘rgatganlar. Bu usul
ham davlat tomonidan qonunlashtirib qo‘yilar yedi.
Qadimgi Yunoniston faylasuflari tarbiya to‘g‘risida. Yunonistonda maktab va
madaniyatning tez rivojlanishi pedagogika nazariyasining ham tug‘ilishiga
imkoniyat yaratdi.
Pedagogika nazariyasiga olim va faylasuflardan Suqrot, Platon, Arastu va
Demokritlar asos soddilar. Ular o‘z qarashlari bilan ta’lim-tarbiya rivojlanishiga
juda katta xissa qo‘shdilar. Quiida biz bu faylasuf olimlar haqida qisqacha
to‘xtalib o‘tamiz.
Suqrot yer.av. (469-399y)da yashab ijod yetgan. Suqrotning fikricha tarbiyadan
kutilgan maqsad, buyumlar tabiatini o‘rganish bo‘lmay, balki kishining bilim
olishi, axloqni kamol toptirishi bo‘lmog‘i lozim yedi. Suqrot faylasuf bo‘lishi bilan
birga ajoyib notiq ham yedi. U keng maydonlarda so‘zga chiqib, axloqqa doir
masalalar yuzasidan suhbatlar o‘tkazar, tinglovchilarni savol-javob yo‘li bilan
haqiqatni topishlariga undar yedi. Suhbatning bu usuli «Suqrot usuli» deb atalgan.
U pedagogika olamiga ana shunday savol-javob metodini ya’ni «Evristik» suhbat
metodini yangi (savol berish va savolni to‘ldirish) metodini olib kirdi. U
tarbiyada axloqiy, yestetik, jismoniy tarbiya mezonini ishlab chiqdi. Lekin
Suqrotning axloqiy qarashlarida tengsizlikni yaqqol sezish mumkin. Uning fikricha
axloq faqat imtiyozli «mumtoz» largagina xos, «mumtoz» kishilar haqiqiy
axloqning yagona yegalari bo‘lganliklari uchun hokimiyat ham ularning qo‘llarida
bo‘lmog‘i kerak deydi.
Platon yer.av. (424-347) yillarda yashagan. U Suqrotning shogirdi bo‘lib «ob’ektiv
idealizm» nazariyasining asoschisidir. U tanadan tashqarida mavjud bo‘lgan narsalar
haqidagi nazariyani ilgari suradi.
Platon arestokratiyaning abadiy hukmronligi haqidagi nazariyani ilgari suradi.
Uning fikricha ideal aristokratik davlat 3 xil ijtimoiy guruhlardan iborat bo‘lishi,
ya’ni bular: faylasuflar, jangchilar, hunarmandlar va dehqonlar guruhidan iborat
bo‘lishi lozim. Faylasuflar davlatni boshqaradilar, jangchilar ularni har qanday
dushmandan himoya qiladilar, uchinchi gurux yesa mexnat qilib, mo‘l xosil
yetishtirib faylasuflar va jangchilarni boqadilar degan fikrni ilgari suradi.
Shuningdek, u qullarni xam saqlanib qolishini aytib uning tasavvurida qullar xam,
xunarmandlar ham, huquqsiz doiralar, pastkashlik, qanoat va itoatkorlik
fazilatlarigina hunarmand kosiblarga va dehqonlarga xos deb takidlaydi.
Tarbiya - deydi Platon davlat tomonidan tashkil yetilmog‘i, hukmron guruxlarning
manfaatlarini ko‘zlamog‘i lozim. Platonning fikricha bolalar 3 yoshdan boshlab 6
yoshgacha davlat tomonidan tayinlab qo‘yilgan tarbiyachilar raxbarligida
tarbiyalanishini tavsiya yetadi.
7 yoshdan 12 yoshacha yesa davlat maktablarida taxsil olib, ularga o‘qish, yozish,
xisob, musiqa va ashula darslari o‘rgatiladi.
12-16 yoshgacha bo‘lgan bolalar jismoniy mashqlarni o‘rgatadigan «Polestra»
maktabida, 18 yoshga qadar dunyoviy fanlarni o‘qitadigan maktablarda, 18-20
yoshgacha yesa «Efeb» maktablarida taxsil olib harbiy ta’lim o‘rgatiladi.
Uning fikricha, «Efeb» maktabini tugatgandan so‘ng qobiliyatli va iqtidori bo‘lgan
yigitlar falsafa ilmini o‘rgatadigan uchinchi bosqich oliy ta’limni o‘taydilar.
Platon tarbiya tizimida asosan jismoniy mexnatga nafratni singdirish, quldorlar
manfaatini himoya qilish maqsadi nazarda tutiladi.
Uning pedagogika tarixida tutgan o‘rni shundaki, u dastlab maktabgacha tarbiya
to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari surib, yoshlarga ta’lim berishning izchillik tizimini ishlab
chiqqanligidadir.
Yunon faylasuf olimlaridan yana biri Arastudir. U yer, av. (384 -322) yillarda
yashagan.
Arastu uch xil tarbiya ya’ni: jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya aqidalarni ishlab
chiqib, tarbiyaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan.
Arastu birinchi bo‘lib yoshni davrlarga bo‘lish mezonini ishlab chiqishga uringan
olimdir.
U insonni yoshlik yillarini 3 davrga, ya’ni: 0-7 yoshgacha; 7 - 14 yoshgacha; 14-
21 yoshgacha bo‘lgan davrlarga bo‘ladi. U oilaviy tarbiyaga doir bir kancha
tavsiyalar beradi. Uning fikricha,bolalar 7 yoshgacha oilada tarbiyalanadi,
go‘dakning yoshiga mos keladigan ovqatlar bilan boqish, turli xarakatli mashklar
orqali uni chiniqtirib borish kerak deydi. O‘g‘il bolalar 7 yoshdan boshlab davlat
maktablarida o‘qishlari lozim deb uqtiradi. U jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya bir-
biri bilan uzviy bog‘langan deb xisoblaydi. U bolalarga boshlang‘ich ta’lim berish
vaqtida jismoniy mashqlar qilish bilan bir qatorda o‘qish, yozish, grammatika, rasm
va musiqani o‘rgatish kerak deb ta’kidlaydi. o‘smirlar maktabda jiddiy ma’lumot
olishlari, ular: adabiyot, tarix, falsafa, matematika, astronomiya va boshqa fanlarni
o‘rganishlari lozim deydi.
Arastu xotin-qizlarning tarbiyasi yerkaklarning tarbiyasiga o‘xshashi mumkin
yemas, chunki xotin-qizlarning tabiati yerkaklarning tabiatidan farq qiladi deb
xisoblaydi.
Arastu Platondan farq qilib, bola tarbiyasida oila tarbiyadan chetlashtirilmaydi.
Axloqiy tarbiya berish asosan oila zimmasida yekanligini uqtiradi.
Demokrit, yer, av, (460-370) yillarda yashagan. U tarbiyani tabiatga
muvofiqlashtirish masalasini birinchi bo‘lib ilgari surgan olim bo‘lib, u "Tabiat bilan
tarbiya bir-biriga o‘xshaydi" deydi. «Ta’lim mexnat asosidagina go‘zal narsalarni
xosil qiladi» deb tarbiya ishida mexnatning roli beqiyos yekanligini takidlaydi.
Uning xizmati shundaki, u inson kamolatida mexnat tarbiyasining roliga katta
ye’tibor berib, yoshlarga mexnat tarbiyasi berishning usullarini ko‘rsatib
berganligidadir.
9.3. Qadimgi Rimda pedagogik g‘oyalar rivoji.
Mark Fabiy Kvintilian – mashhur rimlik notiq va pedagog. O‘z maktabi
tajribalari va antik dunyodagi pedagogik fikrlarga asoslanib, ba’zi pedagogik
muammolar aks yetgan birinchi maxsus pedagogik qo‘llanma – «Notiqni tarbiyalash
haqida» asarini yaratgan.
Kvintilian bolalarni tarbiyalashga ye’tibor qaratib, bola shaxsi rivojlanishida uning
tabiiy qobiliyatlarini hisobga olishga katta ahamiyat beradi. Uning fikricha,
«Bilishga intilish irodaga bog‘liq, majburan o‘qitish mumkin yemas» (Kvintilian «O
vospitanii oratora», 1-qism, 3, 8-betlar).
Kvintilian bolalar katta tantalarda ishtirok yetadigan hamda kattalarning nojo‘ya
xatti-harakatlarining guvohi bo‘ladigan Rim jamiyatining yuqori qatlamlaridagi oila
tarbiyasini qattiq tanqid qiladi. U ota-onalardan bola ta’sirlanuvchan bo‘lishi, unda
yaxshi va yomonlikning oson ildiz otishini yesda tutishni talab qildi hamda
tarbiyachi-pedagoglarni tanlashda ham bunga ye’tibor qaratishni uqtiradi.
Kvintilianning pedagogik qarashlarida bolalarni notiqlik san’atini yegallashlariga
oid fikrlar ham mavjud. Bo‘lajak notiqqa o‘tkir xotira, badiiylikni his yetish, yaxshi
talaffuz qila olish, nutqning yorqinligi va mimikani shakllantirish lozimligini qayd
yetadi. Notiqni tarbiyalashning yeng yaxshi vositasi Kvintilianning fikricha, she’r
yod olishdir. U hozirda qo‘llanilayotgan she’rni yod olish metodikasini ham o‘z
davrida taklif qilgan yedi: dastlab she’r to‘liq o‘qib chiqiladi, so‘ng qismlarga
bo‘linadi va navbati bilan qismlar yodlanadi, nihoyasida butun she’r yoddan aytiladi.
9.4. 12-asrda Rossiyada pedagogik adabiyotlarning nashr yetilishi. Rus
pedagog-olimlarining pedagogik g‘oyalari.
988-yilda xristian dinini qabul qilingan Krill va Mefodiylar grek alfabiti
asosida kirill alifbosini ishlab chiqdilar. Sharqiy slavyan tili rus yozuvi uchun asos
qilib olindi. Kiev Rusiga xristan dini bilan birga vizantiya madaniyatining ayrim
yelementlari ham kira boshlagan.
U vaqtlarda maktablar cherkov va monastor qoshida ochilar yedi. Rus
knyazlarning maslahati bilan 988-yilda knyaz Vladimir cherkov binosini qurib
poplar tayinladilar va nomdor kishilarning, o‘z mulozimlarining bolalarini yig‘ib
o‘qitdi.
1028 yilda knyaz Yaroslov Novgorod shahrida “oqsoqollar va poplarning”
bolalaridan 300 ga yaqinnini to‘plab kitob o‘qitgan.
Yuqoridagi ikki faktdan ma’lum buo‘ishicha Rossiyada maktablar X asr oxiri
XI asr boshlarida ochilgan. Rossiyadagi dastlabki maktab cherkovlar va monastorlar
huzurida ochilgan va kutubxonalar tashkil yetilgan.
XI-XII asrlarda Kiev davlatining madaniyati g‘arbiy Yevropadagi yirik
davlatlarning madaniyatidan ancha kuchli yedi. Rus knyazlari va boyarlari orasida
o‘qimishli, madaniyatli kishilar bo‘lgan. Knyaz Yaroslov birinchi marta kutubxona
ochgan, uning tashubbusi bilan grek timlidagi kitoblar rus tilida tarjima qilingan.
Knyaz Svyatoslov ma’lumotli kishilarni o‘z atrofiga to‘plagan. Svyatoslav o‘z
zamonasining yeng ma’rifatli kishisi yedi. XI asr oxirida “Svyatoslav to‘plami”
nashr qilingan.
Kiev rusning madaniyati – rus, ukrain va belarus xalqlari madaniyatining
o‘sishiga asosiy manba bo‘lgan. Bu kabi faktlar shuni kursatadiki, XI-XII asrlar
qadimgi rusda madaniyat va maorif rivojlangan. Ana shunday davrda rus pedagogik
to‘plamlari
vujudga
keldi:
“Izmagarad”
(zumrad)
“Izbornik
Svetoslava”,”Zlatuystroy”, “Zlatoust” kabilar. Bu to‘plamlarda bola tarbiyasi
haqidagi fikrlar tavsiya qilingan “Vladimir Monamaxning bolalarga nasihati” asari
juda katta ahamiyatga yega. U bu asarida bolalarni Vatanni sevishga, Vatanni
dushmanlardan himoya qilishga, harakatchan mehnasevar, va botir kishilar
bo‘lishiga chaqiradi. U bolalarni insonparvar, kattalarni hurmat qiladigan,
kichiklarni izzat qiladigan bo‘lib tarbiyalashlarini talab qiladi.
XVI asrning ikkinchi yarimida cherkovlar qoshida maktablar ochila boshlaydi.
Lekin bu maktablar rus ma’rifatining talabini qondira olmas yedi. Natijada “Savod
ustalari” tashkil qilingan.
deb xaqli ravishda ogohlantirdi.
9.5. Yan Amos Komenskiyning pedagogik nazariyasi.
Mashhur donishmand, chexoslaviyalik gumanist-pedagog Ya.A.Komenskiy
demokratik pedagogikaning asoschisi sifatida bashariyat tarixidan o‘rin oldi. U
o‘zining amaliy hayotini, pedagogik faoliyatini, ilmiy asarlarini, xalq bolalarini
o‘qitish va tarbiyalashda bag‘ishladi.
A.Ya.Komenskiyning xizmati shundaki, u yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash
haqidagi fan pedagogika fanining vazifalarini payqabgina qolmasdan, balki
pedagogik ilmining poydevorini qurdi va rivojlanish yo‘llarini ko‘rsatib o‘tdi.
Yan Amos Komenskiy 1592 yil 25 martda Chexoslavakiyaning Moraviyada
“Chex qarindoshlari” jamoasiga taalluqli oilada tug‘ildi. Komenskiylar oilasi
Moraviyada Koman qishlog‘idan ko‘chib kelishgan, shuning uchun ham ularni bu
yerda Komnachilar oilasi deb atalgan.
Komenskiy 12 yoshda yetim qolib, muhtojliklarni boshidan kechirdi. “Chex
qardoshlari” jamoasi ochgan maktabda boshlang‘ich ta’lim oldi, 1608-1610 yillarda
lotin maktabida o‘qidi. Jamoa hisobidan Germaniyada o‘qishga yuborildi.
Komenskiy Xerborin va Gaydelberg universitetlarida ta’lim oldi. U “Hamma
narsalar yensiklopediyasi” nomli yensiklopediyani yozishga kirishdi. U shu yillarda
ona-tilining to‘liq lug‘ati - “Chex tili xazinasi”ni tuza boshladi va Ratkening didaktik
ideallari bilan tanishdi. Komenskiy 1614 yilda vataniga qaytdi va Premerovadagi
maktabiga o‘qituvchilik qildi. U 1616 yilda “Chex qardoshlari” jamoasiga boshliq
qilib saylandi. 1618-21 yillarda jamoa tomonidan ochilgan maktabda boshchilik
qildi. U maktabda ishlash jarayonida o‘qitish metodlarini takomillashtirishga intildi.
Komenskiy 1627 yilda chex tilida “Chex didaktikasi” asarini yozishga kirishdi.
Katolik zulmi va quvg‘in kuchaygach, Komenskiy va boshqa jamoa a’zolari
Pol’shaning Leshno shahrida o‘rnashdilar.
Komenskiy Leshnoda maktab ochib o‘qituvchilik qildi. 1632-38 yillarda bu
asarni qayta ishlab lotin tilida tarjima qiladi va uni “Buyuk didaktika” deb
ataydi.Komenskiy 1631 yilda “Tillar va hamma fanlarning ochiq yeshigi” 1633 yilda
“Fizika”? 1632 yilda “Astranomiya”, 1632 yilda “Onalar maktabi” kabi asarlarini
yaratdi. Komenskiy Shvesiyada borib maktab islohoti o‘tkazishga kirishdi va
maktablarda lotin tili o‘qitish metodikasini ishlab chiqdi.
Komenskiy tarbiyasining maqsadini dindan keltirib chiqardi. Uning fikricha
tarbiyaning uch vazifasi bor: 1. O‘zini va tevarak atrofidagi olamni bilish (aqliy
tarbiya). 2. O‘z-o‘zini boshqarish (axloqiy tarbiya). 3. Xudoni tanish (dinniy
tarbiya).
Komenskiy o‘rta asr pedagogikasidan farqli o‘laroq bolaga aqliy tarbiya
berishni muhim ish, deb hisoblaydi.
Tarbiyaning tabiatga mosligi haqidagi fikr dastlab Aristotel asarlarida
uchraydi, lekin u bu masalani batafsil yoritmagan. Russo, Pestalossi,
Disterveglarning asarlarida ham tarbiyaning tabiatga uyg‘unligi haqida fikr
yuritilladi, lekin ular tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lish masalasini turlicha
tushunadilar.
“Buyuk didaktika” asarida bayon yetilgan asosiy fikrlardan biri tarbiya va
o‘qtishning tabiatga uyg‘un bo‘lishi haqidagi g‘oyadir.
Tarbiyaning tabiatga moslik tamoyilini birinchi marotaba Komenskiy nazariy
va amaliy jihatdan ishlab chiqdi.
Komenskiy inson tabiatining bir qismi va u tabiatining bir qismi sifatida uning
yeng asosiy umumiy qonuniyatlariga buysunadi, deb hisoblaydi. Uning fikricha,
tabiatning bu qonuniyatlari o‘simliklar va hayvonot olamiga ham, shuningdek
insonga nisbatan ham o‘z ta’sirini o‘tkazib turadi.
Komenskiy maktabning aniq tartibini tabiatdan olmoq kerak, tabiatni ham o‘z
harakatlarida namoyon qilayotgan jarayonlarini kuzatishga asoslanib bilish lozim,
deb ta’lim beradi. Ta’lim-tarbiya “Bolaning tabiiy qobiliyatlariga moslansa, yengil
va osonroq o‘qitish mumkin”.
1. O‘qishni o‘z vaqtida, ya’ni kishining fikri boshqa narsalarga bo‘linmasdan
boshlash kerak.
2. Bolaning aqli o‘qitish uchun yetarli darajada tayyorlagan bo‘lishi lozim.
3. O‘qitishda umumiydan xususiyga qarab borishi lozim.
4. Osonroq narsalarni o‘rgatishdan qiyinroq narsalarini o‘rganishga o‘tish
kerak.
5. O‘rganiladigan material ko‘plik qilib, bolani qiynab qo‘ymasin.
6. Hamma narsani sekin-asta o‘rgata borish lozim.
7.Bolaning yoshiga to‘g‘ri kelmaydigan narsalarni unga majburan o‘rgatmaslik
kerak.
8. Hamma narsa tashqi sezgi organlari orqali idrok yetilishi zarur.
9. O‘qitishni har doim bir usulda olib borish kerak.
Komenskiy hamma uchun umumiy maktab bo‘lishi lozim degan fikrni ilgari
surdi. Uning fikricha onalar maktabida bolalar boshlang‘ich ma’lumot, tabiat ilmi
sohasida suv yer, havo, olov, yomg‘ir, qor, muz, tosh, temir, daraxt, o‘simlik, qush,
ho‘kiz va hokazolar nima yekanligini bilib olishlari kerak.Uning fikricha, lotin
maktabi, gimnaziyada grek tillari, ona tili va hokazo fanlar o‘qitilishi kerak.
Akademiyada ilohiyot, yuridik va tibbiyot fakultetlari bo‘lishi kerak.
Komenskiy didaktik prinsiplar deganda quyidagilarni nazarda tutadi:
1.Onglik va faollik.
2. Ko‘rsatmalilik.
3. Izchilik va tizimlilik.
4. Mashq qilish, bilim va malakalarni puxta yegallash.
Onglilik va faollik tamoyilii ta’lim jarayonida o‘qquvchilarning passiv bo‘lib
materialni tushunmay mexanik ravishda quruq yodlashi yemas, balki bilim va
malakalarini faol ravishda anglab chuqur va asosli bilim olishi zarur.
Ta’limda ko‘rsatmalilikdan foydalanish qadimiydir. Komenskiyning fikricha,
ko‘rsatmalilik tamoyili ko‘rsatib o‘tish usuli yemas, balki barcha sezgi organlari
narsalar va hodisalarni yeng ravshan, asosli mustahkam puxta o‘zlashtirib olishga
jalb qilish vositasidir.
Ko‘rsatmalilik tamoyilini joriy yetishda quyidagilarga amal qilish zarur:
1) mavjud narsalarning o‘zini ko‘rsatish yoki tabiiy holda kuzatishlar o‘tkazish;
2) narsalarning modelini yoki nusxasini ko‘rsatish;
3) narsa va hodisalar tasvirlangan suratlarni ko‘rsatish.
Ilm sirlarini bilib olish uchun yoshlardan quyidagilar talab qilinadi.
1. Sof aqlga yega bo‘lish;
2. O‘rganish zarur bo‘lgan narsani ko‘rish;
3. Diqqatni to‘play olish;
4. Kuzatish lozim bo‘lgan narsalarni ma’lum tartibda ketma-ket ko‘rsatish.
Sezgilar vositasida mukammal idrok qilingan narsalar, hodisalar xotirada uzoq
vaqt mustahkamlanadi. Komenskiy shunday yozadi: “Agar kishi biror marta qand
yegan bo‘lsa, tuyani bir ko‘rgan bo‘lsa, bulbul xonishini bir marta yeshitgan bo‘lsa,
bularning hammasi xotirada mustahkam qoladi va yesdan chiqib ketmaydi”. Ko‘z
bilan ko‘rilgan narsani isbotlashning hojati yo‘q. Shuning uchun Komenskiy
maktablar va muallimlar darslarda ko‘rsatma qurollarni ko‘proq ishlatishi zarur deb
bildi.
Izchillik va tizimlilikni O‘quv materiallarini matematikaga xilof ish qilmasdan
to‘g‘ri tekshirib chiqish o‘qitishni nimadan boshlab va unda ketma-ketlikka rioya
qilish, yangi material bilan oldin o‘tilganlarni bir-biriga bog‘lash.Uning fikricha,
ta’lim boshidan oxirigacha izchil davom yetishi ta’limning poydevorini mustahkam
qurilishini ta’minlaydi. Hozir o‘rganilgan bilimlar oldingisiga asoslanilsa,
keyingisiga yo‘l ochiladi.
Komenskiy butun dunyoda pedagogik fikrlar va maktablar taraqqiyotida juda
katta ta’sir ko‘rsatdi. Shuning uchun ham butun insoniyat Komenskiyni qadrlaydi.