Eng qadimgi davrlardan XIX asrning birinchi yarmida jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi.
Yuklangan vaqt
2024-09-27
Yuklab olishlar soni
5
Sahifalar soni
18
Faytl hajmi
30,4 KB
Eng qadimgi davrlardan XIX asrning birinchi yarmida jahon pedagogika
fanining rivojlanish tarixi.
Reja:
1.
Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim davlatlarida
maktab va tarbiya.
2.
Qadimgi Yunoniston faylasuflari tarbiya to’g’risida.
3.
Qadimgi Rimda pedagogik g’oyalar rivoji.
4.
XII asrda Rossiyada pedagogik adabiyotlarning nashr etilishi.
Rus pedagog-olimlarining pedagogik g’oyalari.
5.
Iogann Genrix Pestalotsining didaktika va boshlang’ich ta’lim
metodikasiga qo’shgan hissasi.
6.
Adolf Distervergning rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasi.
Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim davlatlarida maktab
va tarbiya. Qadimgi Misr murakkab davlat tizimiga va keng miqyosli xo’jalikka ega
bo’lgan mamlakat bo’lgan. Misr davlati va xo’jaligini boshqarish uchun xat-savodli,
bilimdon kishilar zarur bo’lgan. SHu tufayli Misr flr'avnlari va a’yonlari xat-savodli
va bilimdon xodimlar tayyorlashga alohida ahamiyat berganlar. Misrda o’qitish,
ta’lim-tarbiya berish maskani maktablar edi. Mamlakatning hamma shaharlari va
yirik qishloqlarida maktablar bor edi. Maktablarda fir’avnlar, a’yonlar, amaldorlar,
ruhoniylarning bolalari va o’qishga havaslari bo’lgan kishilarning farzandlari ham
o’qiganlar.
Misrda boshlang’ich, o’rta va oliy maktablar bo’lgan. Boshlang’ich
maktablarga bolalar 5-6 yoshdan jalb etilib, harflar o’rgatilib, savodi chiqarilgan.
Bolalar maktabda husnixat bilan shug’ullanib, ular har kuni 3 sahifa yozishlari kerak
bo’lgan. Misrdagi o’rta va oliy maktablarning ko’pchiligi mirzolar tayyorlab
chiqarganlar. Uni «Mirzolar maktabi» ham deyishgan.
Misr fir’avnlarining markaziy mahkamasi qoshida podsho xazinasi uchun
maxsus amaldor mirzolar tayyorlaydigan maktablar ham bo’lgan. Bu maktablar katta
tajribaga ega bo’lgan bilimli ustoz-o’qituvchilar bilan ta’minlangan bo’lgan.
Maktablarda matematika, geometriya, astronomiya, tarix, tibbiyot, adabiyot kabi
dunyoviy va diniy bilimlar o’qitilgan.
Misr maktablarida intizom juda qattiq bo’lib, u tan jazosi bilan
mustahkamlangan. O’sha vaqtda yozilgan «Nasihatlar»da: «Ey mirza, dangasalik
qilma, yo’qsa jazoga duchor bo’lasan. Qo’lingda kitob bo’lsin, ovoz chiqarib o’qigin
va o’zingdan ko’p biladiganlar bilan maslahat qilib ish tut. Bir kun ham yalqovlik
qilma yo’qsa kaltak eysan. Axir bolaning qulog’i yelkasida bo’ladi-da, qachon
ursang, shunda uning qulog’iga gap kiradi»,-deb yozilgan.
Mesopotamiyaliklar maorif ishlariga alohida e’tibor berganlar. Maktablarda
ko’proq podsho, badavlat kishilar, amaldorlar va o’ziga to’q kishilarning farzandlari
o’qishgan. Ammo maktabda erkin jamoadan bo’lgan oddiy kishilar ham o’qigan
bo’lsalar kerak. Maktablarning quyi sinflarida til, adabiyoi, grammatika, yuqori
sinflarda esa matematika, musiqa, huquq, geometriya, astronomiya, tarix, tabobat,
veterinariya kabi aniq fanlar bilan bir qatorda diniy fanlar ham o’qitilgan. Maktablar
saroy va ibodatxonalar qoshida bo’lib, uni ruhoniylar boshqarganlar. Mari va boshqa
shaharlardagi qazishlar vaqtida o’quvchilarga mos o’rindiqlar qo’yilgan maktab
binosining qoldig’i topilgan.
Maktablar davlat uchun xo’jalik, savdo va harbiy ishlarni boshqaruvchi
xodimlar tayyorlaganlar. Maktablarda Misrdagi kabi mirzolar tayyorlashga katta
ahamiyat berilgan. Maktablarda intizom va nazorat juda qattiq bo’lgan. Etarli
qobiliyatli va tirishqoq bo’lmagan o’quvchilar jazolangan. Maktab qoshida «Xivich
bilan savalovchi» maxsus nazoratchi bo’lgan. O’qituvchilar o’quvchilarni qunt bilan
o’qishga undaganlar.
Yunoniston unchalik katta bo’lmagan quldorlik davlatlaridan iborat bo’lgan.
Uning katta shaxarlaridan biri Lakoniya (poytaxti Sparta) va Attika (poytaxti Afina)
bo’lib, bu shaxarlar madaniyat markazi xisoblangan.
Bu ikki shaxarda tarbiyaning o’ziga xos tizimi vujudga keldiki, natijada bu
tarbiya tizimi «Sparta» va «Afina» usulidagi tarbiya deb yuritiladigan bo’ldi.
Lekin bu ikki shaxarning iqtisodiy, siyosiy taraqqiyoti, madaniyat darajasi
turlicha edi. SHuning uchun ular bir-biridan tubdan farq qilar edi. Ammo ikkala
davlatda xam quldorlik tuzumi xukmronlik qilar edi. Shuning uchun ham bu
davlatlarda ijtimoiy tarbiya tizimi quldorlarning bolalarini manfaatini ko’zlar edi.
Yunonistonda qullarni «gapiradigan ish quroli» deb hisoblar edilar. Qullar
oddiy insoniy xuquqlardan xam mahrum edilar.
Spartada dexqonchilik yaxshi rivojlangan bo’lib, bu qullar mexnati evaziga
asoslangan edi. Spartada qullar shafqatsiz ta’qib ostiga olinar edi. SHu sababli ular
tez-tez qo’zg’olon ko’tarib turar edilar.
Tarbiya ishlari davlat ixtiyorida bo’lib, asosiy maqsad bolalarni baquvvat,
jismonan sog’lom, bardoshli, chiniqqan jangchilar qilib tarbiyalashdan iborat edi.
Spartaliklarning bolalari 7 yoshgacha uyda tarbiyalangan, so’ng «Agella» deb
atalgan maktabda o’qishgan. O’qish muddati 7-18 yoshgacha davom etgan. Shu
maktabda hukumatning taniqli kishisi «pedanom» butun tarbiyaviy ishga rahbarlik
qilgan.
Tarbiya jarayonida bu maktabda o’smirlarga alohida e’tibor berishgan. Ularni
jismonan sog’lom bo’lishi uchun turli mashqlar bilan chiniqtirishgan. Masalan:
sovuqqa, ochlikka va chanqoqlikka chidash, og’rikka bardosh berishga o’rgatib
borishgan. Ta’lim jarayonining asosiy qismini xarbiy gimnastik mashqlar: yugurish,
sakrash, nayza otish, qo’l bilan jang qilish, musiqa darsi, qisqa so’zlashuv,
madaniyat darsi tashkil etar edi.
Kadimgi Yunonistondagi tarbiyaviy ishlar shunisi bilan o’ziga xos ediki, unda
bolani nafaqat jismoniy chiniqtirish, balki ma’naviy tomondan xam barkamol
bo’lishi nazarda tutilgan. Bolalarga musiqa, ashula va diniy raqslar xam o’rgatilgan.
Bu mashg’ulotlarning mazmuni jangovar hamda harbiy tusda bo’lgan.
Spartada olib boriladigan ta’lim-tarbiyaning yana muhim tomonlaridan biri
yoshlarni qullarga nisbatan shafqatsiz, mensimaydigan qilib tarbiyalashdan iborat
bo’lgan.
Shu maqsadda yoshlar «Kreptiyalar»da ya’ni kechalari qullarni tutish
mashqlarida qatnashtirilar edi. Ular shubhali bo’lib ko’ringan qullarni o’ldirar edilar.
Yoshlarga axloqiy tarbiya berishda davlat rahbarlari maxsus suhbatlar o’tkazib,
shu yo’l bilan ularga axloqiy va siyosiy tarbiya berar edilar. Masalan: Vatan
dushmanlari bilan kurashda ota-bobolar ko’rsatgan mardligi va jasurligi,
qaxramonlar xaqida suxbatlar uyushtirishar, shuningdek bolalarni savol-javob
jarayonida aniq, qisqa va lo’nda qilib javob berishga o’rgatib borilar edi.
Spartada 18-20 yoshga yetgandan keyin maxsus «Efeblar» (Efeblar qadimgi
Yunonistonda balog’atga yetgan o’spirinlar) guruhiga o’kazilgan. Bu guruhda
bolalarga harbiy ta’lim berilgan va ular harbiy xizmatni o’taganlar.
Spartada qizlar tarbiyasiga xam alohida e’tibor qaratilgan. O’g’il bolalar bilan
qizlar birga qo’shib o’qitilgan. Ular ham harbiy va jismoniy tarbiya malakalari bilan
qurollantirib borilgan. Bundan maqsad erkaklar urushga ketgan vaqtlarida qizlar,
ayollar shaharni, uy-joyni qo’riqlash, qurollanib qo’riqchilik vazifasini o’tashi,
qullarni itoatda saqlashni ta’minlashi ko’zda tutilgan, ular hatto jangda xam
qatnashganlar.
Qadimiy Gretsiyaning ikkinchi shaxarlaridan biri Afinada esa xayot, tartib,
intizom, maktab tizimi, undagi ta’lim-tarbiya Spartanikidan butunlay farq qilar edi.
Afinadagi iqtisodiy hayot Spartadagi singari cheklanib qo’yilgan emas edi. Qullar
xususiy mulk hisoblanar edi. Bu yerda tibbiyot ilmi, matematika, tarix, san’at,
me’morchilik, xaykaltaroshlik taraqqiy etgan edi.
Tarbiya jarayonida aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy tarbiya birga qo’shib olib
borilgan. Lekin bu tarbiyalarni mukammal egallash faqat feodallarning farzandlariga
nasib etgan xolos.
Afinada tarbiya va maorif masalasi Spartaga nisbatan tubdan farq qilar edi. Bu
erda grammatist, polestra, gimnasiy, efeb, demos kabi maktab turlari mavjud edi.
Bolalar 7 yoshgacha oilada tarbiyalanganlar. 7 yoshdan o’g’il bolalar maktabga
borishgan. Qizlar esa oilada ona ko’magida uy — ro’zg’or ishlariga o’rgatilgan.
xotin-qizlar faqat uyda bo’lishgan. Afinada bolalar dastlab 7 yoshdan 13-14
yoshgacha «grammatist», (savod o’qitish ma’nosida), «kifarist» (grekcha musiqa
o’qituvchisi ma’nosida) maktablarda tahsil olganlar. Bu maktablar xususiy bo’lib,
xaq to’lanar edi, Shuning uchun fuqarolarning bolalari bu maktablarda ta’lim
ololmas edilar.
Bu maktablarda «didaskal» deb atalgan o’qituvchilar mashg’ulot olib borar
edilar (men o’qitaman degan ma’nodagi «didasko» so’zidan, keyinroq «didaktika»
ta’lim nazariyasi kelib chiqqan).
O’g’il bolalarni maktabga qullar yetaklab borishgan. Bunday qullar «pedagog»
deb atalgan. Afinadagi grammatist maktabida o’qish, yozish va hisoblash
o’rgatilgan. O’qishda xarflarni hijjalab o’qitish usuli, so’ng qo’shib o’qish usulidan
foydalanganlar. yozuvni o’rgatishda mum surilgan yaltiroq taxtachalardan
foydalanganlar. Ular ingichka cho’p yordamida yozganlar. Sonlar barmoqlar, sopol
toshlar, sanoq taxtasi yordami bilan xisoblangan. Kifarist - maktabida o’g’il
bolalarga adabiy bilim berilar, estetik mazmundagi deklomatsiyalar o’rgatilar
(«Iliada va Odisseya»dan parchalar o’qitilar) edi.
O’g’il bolalar 13 — 14 yoshga yetganlaridan keyin «Polestra» kurash maktabi
deb atalgan o’quv yurtiga o’tar edilar. Bu o’quv yurtida ular 23 yil davomida
jismoniy mashqlar bilan shug’ullanar edilar. Masalan: sakrash, yugurish, kurash
tushish, disk va nayza irgitish mashqlari va suvda suzish o’rgatilgan.
Spartadagi kabi Afina maktablarida ham o’quvchilar bilan siyosiy va axloqiy
masalalarda suhbatlar o’tkazilgan, o’qish tekin bo’lgan. «Gimnasiy» maktabida
polestra maktabini tugatgan badavlat oila farzadlari tahsil olganlar. Ularga falsafa,
siyosat, adabiyot fanlari o’rgatilgan. Bu maktabni tugatgan yoshlar davlatni
boshqarishda qatnashishlari mumkin bo’lgan.
«Efeb» maktabida 18-20 yoshga qadar tahsil olganlar. Bu maktabda harbiy
hizmatga tayyorlanar va o’zlarini siyosiy bilimlarini oshirishni davom ettirar edilar.
Bu maktabda istehkomlar qurishni, harbiy aslahalarni ishlata bilishni, garnizonlarda
xizmat qilishni, dengizchilik o’rgatilgan. Bundan tashqari «Demos» (xalq) maktabi
ham mavjud edi. Afinada quldorlik jamiyati ichida tabaqalanishning tarbiya sohasiga
o’tkazgan ta’siri shundan iborat bo’ladiki, mukammal tarbiya olish faqat badavlat
quldorlarning bolalarigagina xos bo’lib qoldi. Aholining ko’pchiligi bolalarini
maktablarda o’qita olmaganligi sababli ularga kasb — hunar o’rgatar edilar. Ayrim
xat savodli kishilar bolalariga o’zlari hat savod o’rgatganlar. Bu usul ham davlat
tomonidan qonunlashtirib qo’yilar edi.
Qadimgi Yunoniston faylasuflari tarbiya to’g’risida. Yunonistonda maktab
va madaniyatning tez rivojlanishi pedagogika nazariyasining ham tug’ilishiga
imkoniyat yaratdi.
Pedagogika nazariyasiga olim va faylasuflardan Suqrot, Platon, Arastu va
Demokritlar asos soddilar. Ular o’z qarashlari bilan ta’lim-tarbiya rivojlanishiga juda
katta xissa qo’shdilar. Quiida biz bu faylasuf olimlar haqida qisqacha to’xtalib
o’tamiz.
Suqrot er.av. (469-399y)da yashab ijod etgan. Suqrotning fikricha tarbiyadan
kutilgan maqsad, buyumlar tabiatini o’rganish bo’lmay, balki kishining bilim
olishi, axloqni kamol toptirishi bo’lmog’i lozim edi. Suqrot faylasuf bo’lishi bilan
birga ajoyib notiq ham edi. U keng maydonlarda so’zga chiqib, axloqqa doir
masalalar yuzasidan suhbatlar o’tkazar, tinglovchilarni savol-javob yo’li bilan
haqiqatni topishlariga undar edi. Suhbatning bu usuli «Suqrot usuli» deb atalgan. U
pedagogika olamiga ana shunday savol-javob metodini ya’ni «Evristik» suhbat
metodini yangi (savol berish va savolni to’ldirish) metodini olib kirdi. U tarbiyada
axloqiy, estetik, jismoniy tarbiya mezonini ishlab chiqdi. Lekin Suqrotning axloqiy
qarashlarida tengsizlikni yaqqol sezish mumkin. Uning fikricha axloq faqat imtiyozli
«mumtoz» largagina xos, «mumtoz» kishilar haqiqiy axloqning yagona egalari
bo’lganliklari uchun hokimiyat ham ularning qo’llarida bo’lmog’i kerak deydi.
Platon er.av. (424-347) yillarda yashagan. U Suqrotning shogirdi bo’lib
«ob’ektiv idealizm» nazariyasining asoschisidir. U tanadan tashqarida mavjud
bo’lgan narsalar haqidagi nazariyani ilgari suradi.
Platon arestokratiyaning abadiy hukmronligi haqidagi nazariyani ilgari suradi.
Uning fikricha ideal aristokratik davlat 3 xil ijtimoiy guruhlardan iborat bo’lishi,
ya’ni bular: faylasuflar, jangchilar, hunarmandlar va dehqonlar guruhidan iborat
bo’lishi lozim. Faylasuflar davlatni boshqaradilar, jangchilar ularni har qanday
dushmandan himoya qiladilar, uchinchi gurux esa mexnat qilib, mo’l xosil etishtirib
faylasuflar va jangchilarni boqadilar degan fikrni ilgari suradi.
SHuningdek, u qullarni xam saqlanib qolishini aytib uning tasavvurida qullar
xam, xunarmandlar ham, huquqsiz doiralar, pastkashlik, qanoat va itoatkorlik
fazilatlarigina hunarmand kosiblarga va dehqonlarga xos deb takidlaydi.
Tarbiya - deydi Platon davlat tomonidan tashkil etilmog’i, hukmron
guruxlarning manfaatlarini ko’zlamog’i lozim. Platonning fikricha bolalar 3 yoshdan
boshlab 6 yoshgacha davlat tomonidan tayinlab qo’yilgan tarbiyachilar raxbarligida
tarbiyalanishini tavsiya etadi.
7 yoshdan 12 yoshacha esa davlat maktablarida taxsil olib, ularga o’qish,
yozish, xisob, musiqa va ashula darslari o’rgatiladi.
12-16 yoshgacha bo’lgan bolalar jismoniy mashqlarni o’rgatadigan «Polestra»
maktabida, 18 yoshga qadar dunyoviy fanlarni o’qitadigan maktablarda, 18-20
yoshgacha esa «Efeb» maktablarida taxsil olib harbiy ta’lim o’rgatiladi.
Uning fikricha, «Efeb» maktabini tugatgandan so’ng qobiliyatli va iqtidori
bo’lgan yigitlar falsafa ilmini o’rgatadigan uchinchi bosqich oliy ta’limni o’taydilar.
Platon tarbiya tizimida asosan jismoniy mexnatga nafratni singdirish, quldorlar
manfaatini himoya qilish maqsadi nazarda tutiladi.
Uning pedagogika tarixida tutgan o’rni shundaki, u dastlab maktabgacha
tarbiya to’g’risidagi g’oyani ilgari surib, yoshlarga ta’lim berishning izchillik
tizimini ishlab chiqqanligidadir.
YUnon faylasuf olimlaridan yana biri Arastudir. U er, av. (384 -322) yillarda
yashagan.
Arastu uch xil tarbiya ya’ni: jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya aqidalarni ishlab
chiqib, tarbiyaning rivojlanishiga katta hissa qo’shgan.
Arastu birinchi bo’lib yoshni davrlarga bo’lish mezonini ishlab chiqishga
uringan olimdir.
U insonni yoshlik yillarini 3 davrga, ya’ni: 0-7 yoshgacha; 7 - 14 yoshgacha;
14-21 yoshgacha bo’lgan davrlarga bo’ladi. U oilaviy tarbiyaga doir bir kancha
tavsiyalar beradi. Uning fikricha,bolalar 7 yoshgacha oilada tarbiyalanadi,
go’dakning yoshiga mos keladigan ovqatlar bilan boqish, turli xarakatli mashklar
orqali uni chiniqtirib borish kerak deydi. O’g’il bolalar 7 yoshdan boshlab davlat
maktablarida o’qishlari lozim deb uqtiradi. U jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya bir-
biri bilan uzviy bog’langan deb xisoblaydi. U bolalarga boshlang’ich ta’lim berish
vaqtida jismoniy mashqlar qilish bilan bir qatorda o’qish, yozish, grammatika, rasm
va musiqani o’rgatish kerak deb ta’kidlaydi. o’smirlar maktabda jiddiy ma’lumot
olishlari, ular: adabiyot, tarix, falsafa, matematika, astronomiya va boshqa fanlarni
o’rganishlari lozim deydi.
Arastu xotin-qizlarning tarbiyasi erkaklarning tarbiyasiga o’xshashi mumkin
emas, chunki xotin-qizlarning tabiati erkaklarning tabiatidan farq qiladi deb
xisoblaydi.
Arastu Platondan farq qilib, bola tarbiyasida oila tarbiyadan chetlashtirilmaydi.
Axloqiy tarbiya berish asosan oila zimmasida ekanligini uqtiradi.
Demokrit, er, av, (460-370) yillarda yashagan. U tarbiyani tabiatga
muvofiqlashtirish masalasini birinchi bo’lib ilgari surgan olim bo’lib, u "Tabiat bilan
tarbiya bir-biriga o’xshaydi" deydi. «Ta’lim mexnat asosidagina go’zal narsalarni
xosil qiladi» deb tarbiya ishida mexnatning roli beqiyos ekanligini takidlaydi. Uning
xizmati shundaki, u inson kamolatida mexnat tarbiyasining roliga katta e’tibor berib,
yoshlarga mexnat tarbiyasi berishning usullarini ko’rsatib berganligidadir.
Qadimgi Rimda pedagogik g’oyalar rivoji. Mark Fabiy Kvintilian –
mashhur rimlik notiq va pedagog. O’z maktabi tajribalari va antik dunyodagi
pedagogik fikrlarga asoslanib, ba’zi pedagogik muammolar aks etgan birinchi
maxsus pedagogik qo’llanma – «Notiqni tarbiyalash haqida» asarini yaratgan.
Kvintilian bolalarni tarbiyalashga e’tibor qaratib, bola shaxsi rivojlanishida
uning tabiiy qobiliyatlarini hisobga olishga katta ahamiyat beradi. Uning fikricha,
«Bilishga intilish irodaga bog’liq, majburan o’qitish mumkin emas» (Kvintilian «O
vospitanii oratora», 1-qism, 3, 8-betlar).
Kvintilian bolalar katta tantalarda ishtirok etadigan hamda kattalarning nojo’ya
xatti-harakatlarining guvohi bo’ladigan Rim jamiyatining yuqori qatlamlaridagi oila
tarbiyasini qattiq tanqid qiladi. U ota-onalardan bola ta’sirlanuvchan bo’lishi, unda
yaxshi va yomonlikning oson ildiz otishini esda tutishni talab qildi hamda tarbiyachi-
pedagoglarni tanlashda ham bunga e’tibor qaratishni uqtiradi.
Kvintilianning
pedagogik
qarashlarida
bolalarni
notiqlik
san’atini
egallashlariga oid fikrlar ham mavjud. Bo’lajak notiqqa o’tkir xotira, badiiylikni his
etish, yaxshi talaffuz qila olish, nutqning yorqinligi va mimikani shakllantirish
lozimligini qayd etadi. Notiqni tarbiyalashning eng yaxshi vositasi Kvintilianning
fikricha, she’r yod olishdir. U hozirda qo’llanilayotgan she’rni yod olish
metodikasini ham o’z davrida taklif qilgan edi: dastlab she’r to’liq o’qib chiqiladi,
so’ng qismlarga bo’linadi va navbati bilan qismlar yodlanadi, nihoyasida butun she’r
yoddan aytiladi.
XII asrda Rossiyada pedagogik adabiyotlarning nashr etilishi. Rus
pedagog-olimlarining pedagogik g’oyalari. 988-yilda xristian dinini qabul
qilingan Krill va Mefodiylar grek alfabiti asosida kirill alifbosini ishlab chiqdilar.
Sharqiy slavyan tili rus yozuvi uchun asos qilib olindi. Kiev Rusiga xristan dini bilan
birga vizantiya madaniyatining ayrim elementlari ham kira boshlagan.
U vaqtlarda maktablar cherkov va monastor qoshida ochilar edi. Rus
knyazlarning maslahati bilan 988-yilda knyaz Vladimir cherkov binosini qurib
poplar tayinladilar va nomdor kishilarning, o'z mulozimlarining bolalarini yig'ib
o'qitdi.
1028 yilda knyaz Yaroslov Novgorod shahrida “oqsoqollar va poplarning”
bolalaridan 300 ga yaqinnini to’plab kitob o'qitgan.
Yuqoridagi ikki faktdan ma`lum buo’ishicha Rossiyada maktablar X asr oxiri
XI asr boshlarida ochilgan. Rossiyadagi dastlabki maktab cherkovlar va monastorlar
huzurida ochilgan va kutubxonalar tashkil etilgan.
XI-XII asrlarda Kiev davlatining madaniyati g'arbiy Yevropadagi yirik
davlatlarning madaniyatidan ancha kuchli edi. Rus knyazlari va boyarlari orasida
o’qimishli, madaniyatli kishilar bo'lgan. Knyaz Yaroslov birinchi marta kutubxona
ochgan, uning tashubbusi bilan grek timlidagi kitoblar rus tilida tarjima qilingan.
Knyaz Svyatoslov ma`lumotli kishilarni o'z atrofiga to’plagan. Svyatoslav o'z
zamonasining eng ma`rifatli kishisi edi. XI asr oxirida “Svyatoslav to’plami” nashr
qilingan.
Kiev rusning madaniyati – rus, ukrain va belarus xalqlari madaniyatining
o'sishiga asosiy manba bo'lgan. Bu kabi faktlar shuni kursatadiki, XI-XII asrlar
qadimgi rusda madaniyat va maorif rivojlangan. Ana shunday davrda rus pedagogik
to’plamlari
vujudga
keldi:
“Izmagarad”
(zumrad)
“Izbornik
Svetoslava”,”Zlatuystroy”, “Zlatoust” kabilar. Bu to'plamlarda bola tarbiyasi
haqidagi fikrlar tavsiya qilingan “Vladimir Monamaxning bolalarga nasihati” asari
juda katta ahamiyatga ega. U bu asarida bolalarni Vatanni sevishga, Vatanni
dushmanlardan himoya qilishga, harakatchan mehnatsevar, va botir kishilar
bo'lishiga chaqiradi. U bolalarni insonparvar, kattalarni hurmat qiladigan, kichiklarni
izzat qiladigan bo'lib tarbiyalashlarini talab qiladi.
XVI asrning ikkinchi yarimida cherkovlar qoshida maktablar ochila boshlaydi.
Lekin bu maktablar rus ma`rifatining talabini qondira olmas edi. Natijada “Savod
ustalari” tashkil qilingan.
Iogann
Genrix
Pestalotsining
didaktika
va
boshlang’ich
ta’lim
metodikasiga qo’shgan hissasi. Iogann Fridrix Gerbart Germaniyada tug`ildi.
Gerbart dastlab lotincha klassik maktabda, so`ngra esa Iyen universitetida o`qidi.
Gerbart universitetni tamomlagach, shveytsariyalik bir aristokrat oilasida
tarbiyachi bo`lib ishladi. 1800 yilda u Pestalotssining Burgdorf institutiga bordi.
Lekin u ulug` pedagogning demokratik qarashlarini o`zlashtira olmadi.
1802 yildan boshlab Gerbart Gyottingen va Kenigsberg universitetlarida
professor bo`lib ishladi. Gerbart bu universitetlarda o`zining pedagoglik faoliyatini
kengaytirib yubordi: psixologiya va pedagogikadan leksiyalar o`qidi, o`qituvchilar
tayyorlash seminariyalariga rahbarlik qildi. U seminariya huzurida tajriba maktabi
ochib, o`zi bu maktabda matematikadan dars berdi.
Gerbart o`zining «Tarbiya maqsadlaridan kelib chiqqan umumiy pedagogika»
(1806), «Psixologiya darsligi» (1816), «Psixologiyani pedagogikaga tatbiq qilish
to`g`risidagi xatlar» (1831), «Pedagogikaga doir leksiyalar ocherki» (1835) degan
kitoblarida pedagogikaga doir g`oyalarini keng bayon qilib berdi.
Tarbiyaning mohiyati, maqsadi va vazifalari. Gerbart tarbiya maqsadini
belgilab olishga katta ahamiyat berdi. U tarbiyaning maqsadi yaxshi fazilatli kishini
tarkib toptirishdan iborat, deb hisoblaydi. Gerbart shu maqsadni abadiy va o`zgarmas
deb hisoblab, odamlarni mavjud munosabatlarga moslasha oladigan, o`rnatilgan
huquq tartibini hurmatlaydigan, shu tartibga itoat qiladigan kishilar qilib
tarbiyalashni ko`zda tutdi.
Pedagog o`zi tarbiyalayotgan bolaning oldiga shunday maqsad qo`yishi
lozimki, bola ham o`sib katta bo`lganidan keyin o`z oldiga shunday maqsadlar qo`ya
bilsin. Mana shu bo`lajak maqsadlar: 1) ro`yobga chiqishi mumkin bo`lgan
maqsadlar va 2) zarur maqsadlar deb ikkiga bo`linishi mumkin.
Odam bir vaqti kelib muayyan ixtisos sohasida o`z oldiga qo`yishi mumkin
bo`lgan maqsadlar ro`yobga chiqishi mumkin bo`lgan maqsadlardir.
Zarur maqsadlar deb shunday maqsadlarga aytiladiki, bu maqsadlar odamga o`z
faoliyatining har qanday sohasida kerak bo`ladi.
Tarbiya ro`yobga chiqishi mumkin bo`lgan maqsadlarni o`z oldiga qo`ygach, u
odamda xilma-xil, har tomonlama idrok qilish qobiliyatini o`stirishi, qiziqish
doirasini kengaytirishi va to`laroq qilishi lozim, mana shuning o`zi ichki erkinlik
g`oyasiga, takomillik g`oyasiga muvofiq bo`lib tushadi. Zarur maqsadlarga kelganda
tarbiya bo`lajak arbobning axloqini xayrixohlik g`oyasi, huquq va adolat g`oyasi
asosida tarkib toptirishga yoki Gerbartning so`zi bilan aytganda, bu arbobda barqaror
axloqiy xarakter vujudga keltirishga majburdir. Gerbart tarbiyaning mohiyati
bolaning ko`nglini tasavvurlar bilan boyitishdan iborat deb hisoblab, bolaga fazilatli
xulq g`oyalarini va sabablarini singdirishni va shu asosda unda axloqiy xarakter
vujudga keltirishni istaydi.
Gerbart tarbiya jarayonini boshqarish, o`qitish va axloqiy tarbiya berish, deb
uch bo`lakka bo`ladi.
Boshqarish o`z oldiga bolaning kelajagini emas, balki hozirgi vaqtning o`zida,
ya`ni tarbiya jarayonining o`zida tartib saqlab turishni vazifa qilib qo`yadi. Gerbart
«yovvoyi sho`xlik» bolalarga xos bir narsa deb hisoblab, boshqarish ana shu
«yovvoyi sho`xlik»ni yo`qotishi lozim deydi. Boshqarish tashqi tarbiyani saqlab
turishi bilan tarbiyalanish uchun shart-sharoit vujudga keltiradi. Lekin
boshqarishning o`zi tarbiyalamaydi, balki tarbiyalashning mutlaqo zarur shartidir,
xolos, deydi.
Gerbart boshqarishda xilma-xil jazolar sistemasini batafsil ishlab chiqdi.
Jumladan: po`pisa va nazorat qilish, buyruqlar berish, taqiqlash va tan jazosi kabilar.
Gerbart bu metodlardan aniq, to`g`ri va adolatli foydalanilsa bolalar tarbiyasida
yaxshi natijalarga erishishi mumkin, bolalarni boshqarish vositalari ichida tan jazosi
berish metodi asosiy o`rinni egallaydi, deb ta`kidlaydi.
Gerbart tarbiya ishida aqliy ta`limga katta ahamiyat berdi. U ta`limni
tarbiyaning eng katta va asosiy vositasi deb hisobladi. Gerbart pedagogikaga
tarbiyalovchi ta`lim terminini kiritdi. Ta`limsiz tarbiya bo`lmaydi, deydi u. Gerbart
tarbiyalamaydigan ta`limni tan olmaydi. Ammo Gerbart o`zidan oldin o`tgan
pedagoglarning, jumladan, Pestalotssining tarbiyalovchi ta`lim to`g`risidagi
qimmatli g`oyasini takomillashtirdi.
Gerbartning fikricha, ta`lim qiziqishlarning ba`zilari tevarak-atrofdagi
voqelikni bilishga, ba`zilari ijtimoiy hayotni bilishga intiladi.
Gerbart turli qiziqishlarni oltita mustaqil turga bo`ladi. U quyidagi qiziqishlarni
birinchi guruh qiziqishlar qatoriga kiritadi: imperik qiziqish — fikr yuritishga
yo`llaydi; estetik — qiziqish bu hodisalarga badiiy baho berishni ta`minlaydi.
Quyidagi qiziqishlar ikkinchi, guruh qiziqishlar qatoriga kiradi: yoqtiruvchi qiziqish
— bu qiziqish o`z oila a`zolariga va juda yaqin tanish-bilishlariga qaratilgan
qiziqihdir; ijtimoiy qiziqish — odamlarning kengroq doirasini, jamiyatni, o`z xalqini
bilishga qaratilgan qiziqishdir. Gerbartning fikricha, odamzod o`z tarixining
boshlang`ich davrida bolalarga va o`spirinlarga xos narsalarga va faoliyat turlariga
qiziqqan. Shu sababli deydi u, — o`quvchilarga qadimiy xalqlar tarixi va adabiyoti
doirasidan olingan va tobora murakkablashib boradigan gumanitar bilimlar berish
kerak.
Gerbart qadimiy tillarga va matematikaga ham juda yuksak baho berdi, shu
bilan birga, u matematikani asosan tafakkurni o`stirish vositasi deb, «ruh uchun
kuchli gimnastika» deb hisoblaydi.
Gerbart maktab tizimi masalasini o`zining konservativ ijtimoiy qarashlariga
muvofiq hal qilishga urindi. U maktablarning quyidagi tiplarini: elementar maktab,
shahar maktabi va gimnaziyani taklif qildi. Maktablarning bu tiplari bir-biriga
bog`liq emas, ularning har qaysisi mustaqil yashayveradi: elementar maktab va
shahar maktablaridan maxsus maktablargagina o`tish mumkin, gimnaziyadan esa
oliy o`quv yurtlariga o`tish mumkin. Klassik gimnaziya ta`limi Gerbart
zamonidayoq o`z umrini tugatib qolgan bo`lsa ham, lekin Gerbart bu ta`lim tizimini
qizg`in yoqlab chiqdi. Uning fikricha, savdo-sotiq, sanoat, hunar-kasb va hayot
uchun amaliy ahamiyati bo`lgan boshqa xil ishlar bilan shug`ullanishi lozim bo`lgan
kishilargina real maktabda o`qib tarbiyalanishi kerak. Aqliy mashg`ulotlar, rahbarlik
va boshqaruv ishlari bilan shug`ullanishi lozim bo`lgan kishilar, ya`ni jamiyatning
intizomli tabaqalari esa Gerbartning fikricha, faqat klassik gimnaziyada o`qib ta`lim
olishi lozim.
Gerbart ta`lim bosqichlari nazariyasini ishlab chiqdi, bu nazariya hamma
mamlakatlarning pedagoglari orasida keng tarqaldi.
Gerbart ta`limni tasviriy ta`lim, analitik ta`lim, sintetik ta`lim deb uch turga
bo`ldi.
Tasviriy ta`lim cheklangan tarzda qo`llaniladi, lekin o`z chegarasi doirasida
uning ahamiyati juda katta. U bolaning tajribasini aniqlab olishni va bu tajribani
to`ldirishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi. O`qituvchi materialni jonli, obrazli
hikoya qilib berish yo`li bilan o`quvchilarning bilimlarini kengaytiradi. Bunda
ko`rsatmali vositalar katta rol o`ynaydi.