Eng yangi davrda jismoniy tarbiya va sport (XX asr boshlari – hozirgi davrgacha)
Yuklangan vaqt
2024-06-21
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
24
Faytl hajmi
102,5 KB
Eng yangi davrda jismoniy tarbiya va sport (XX asr boshlari – hozirgi
davrgacha)
Reja
1. Eng yangi davrda chet el mamlakatlarida jismoniy tarbiya va sport
rivojlanishining xususiyatlari.
2. Jahon urushlari o‘rtasidagi davrda chet el mamlakatlarda jismoniy tarbiya va
sport. Jismoniy tarbiyaning harbiylashtirilishi.
3. Sportning professional va zamonaviy yo‘nalishlari.
4. Xalqaro sport harakati vujudga kelishining asosiy omillari.
5. Sportning taraqqiy etishi va xalqaro sport tashkilotlarining tuzilishi. Xalqaro
sport federatsiyalari.
6. Jahon, Yevropa va Osiyo chempionatlari. Hozirgi davrda sport harakatining
rivojlanishi va dolzarb muammolari.
XX asr boshlarida Ishchilar gimnastika tashkiloti uyushmalari Vengriya,
Belgiya, Chexiya, Bolgariya va boshqa mamlakatlarda ta’sis etildi. Tadbirkorlik
sport klublari ham muhim ahamiyat kasb etdi. Ular zavod, fabrika va turli
muassasalarning rahbarlari tomonidan tashkil etilib, ishchi va xizmatchilaiga
qaratilgan. Bu faoliyat faqat sport va turizm bilan shug‘ullanishgagina qaratilib
qolmasdan, ishchi va xizmatchilarning rahbarlari bilan aloqasini yaxshilash hamda
turli oqimlarga qo‘shilmasligining oldini olishni ham nazarda tutgan.
Tadbirkorlik sport va gimnastika tashkilotlari Germaniya, AQSh, Angliya,
Fransiya va boshqa mamlakatlarda ham vujudga keldi. 1913 yil Gente shahrida
(Belgiya) Germaniya, Fransiya, Belgiya, Avstriya mamlakatlarining ishchilar sport
tashkilotlari vakillari «Xalqaro ishchilar madaniyat va sport uyushmasi» Markaziy
byurosini tuzdi. U 1914 yil fevraldan boshlab Bryusselda o‘z faoliyatini boshladi.
Birinchi jahon urushi yillarida ham bu tashkilot o‘z faoliyatini susaytirmadi.
Jismoniy madaniyatda rekreatsion harakatlar. Rekreatsiya - qayta tiklash,
sog‘lomlashtirish, hordiq chiqarish ma’nolarini bildiradi. Jismoniy madaniyatning
taraqqiyotida rekreatsion harakat muhim o‘rin tutadi. Chunki u faol dam olishning
mujassamlashgan vosita, usullaridan hisoblanadi.
Rekreatsion jismoniy madaniyat harakatining rivojlanishiga ob’ektiv
sabablar ko‘p. Ya’ni zavod-fabrikalar, maktablar va boshqa joylarni qurish uchun
joylarni band qilish, shaharlarning kengayishi, ekologiyaning buzilishi, ishchi va
mehnatkashlar ish vaqtining ko‘payishi, dam olish hamda hordiq chiqarishga
imkoniyatlarning kamayishidir. Yoshlar o‘rtasida ichish, chekish, bezorilik va
tartibsizlikning o‘sishi ham ularga qarshi tadbirlar olib borishni taqozo etdi. Yana
bir tomoni shundaki, fan-texnika taraqqiyoti va ba’zi kishilarning turmush sharoiti
faol harakat qilishdan orqada qolib ketdi. Natijada, gipodinamiya hollari rivojlana
boshladi. Bularning barchasi salomatlikning susayishi va kasalliklarning
ko‘payishiga olib keldi. Ana shu illatlardan saqlanish yo‘lida jismoniy tarbiyadan
foydalanish ishiari shakllandi.
XX asrning 80-90-yillarida shunga o‘xshash istirohat bog‘lari AQSh,
Germaniya, Polsha, Kanada, Fransiya, Avstraliya, Urugvay va boqsha
mamlakatlarda ham bunyod etildi.
Jismoniy tarbiyaning harbiylashtirilishi va fashistlashtirilishi.
Birinchi jahon urushidan keyin kapitalistik mamlakatlarda jismoniy
tarbiyani to‘gridan-to‘gri keng ko‘lamda harbiylashtirish ayrim mamlakatlarda esa
uni fashistlashtirish boshlanib ketdi. Chet el mamlakatlari o‘quv yurtlarida olib
borilayotgan jismoniy tarbiya dasturlari qayta ko‘rib chiqildi. Mehnatkashlarning
sport tashkilotlariga kirishini yengillashtirdi, ularni korxona egasiga qarashli
fabrika-zavod sport klublariga, skaut tashkilotlariga, jismoniy tarbiyaning katolik
hamda xristian uyshmalariga jalb etish ishlarini avj oldirib yubordi. Chet el
mamlakatlari sport tashkilotlarida yoshlarni jismoniy jihatdan har tomonlama
o‘stirish emas, balki ularga harbiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar berish, o‘z
g‘oyalarini majburan singdirishga uringan.
Germaniyada agressiv doiralar nemis harbiy imkoniyatlarini qayta tiklash
planlarini ko‘tarib chiqa boshladilar. Ular nemis yoshlarini jismoniy jihatdan
baquvvat, «Buyuk Germaniya»ni tiklashni hamda nemis militaristlarining
«Germaniya hammadan yuqori» degan chaqirig‘ini amalga oshirishni to‘la
istaydigan qilib tarbiyalashga intildilar. Fashistlar qattiq terror qilish natijasida keksa
nemis sport tashkilotlarining qarshiligini yengishga hamda sport harakatini fashistlar
yo‘lga solishga muvaffaq bo‘ldilar.
Fashistlarning «sport» tarbiyasi «Quvonch tufayli kuch» tashkiloti yonida
tuzilgan «mehnat fronti» (fashist kasaba soyuzlari) vositalari ham amalga oshirildi.
1936-1939 yillarda sportni fashistlashtirish yanada kuchaydi.1938 yilda ta’sis
etligan Jismoniy mashqlar millatchilik imperiya soyuzida o‘z ifodasini topdi.
Fashistlar Italiyasida ham jismoniy tarbiya va sport ishlari keng miqyosda
harbiylashtirildi va fashistlashtirildi. 1922 yilda xokimiyat tepasiga kelgan Italiya
fashizmining siyosati «Buyuk Italiya»ni tuzish uchun yangi imperialistik urushga
tayyorlanishga qaratildi.
Italiyada maktab yoshidagi bolalar hamda yoshlarning jismoniy jihatdan
o‘sishi va ularga fashistlar tomonidan beriladigan tarbiya ishlariga maorif
ministrligining jismoniy tarbiya departamenti va maxsus ijtimoiy tashkilot «Opera
natsionale Balilla» rahbarlik qildi. «Balilla» asosan 8-13 yoshlardagi o‘g‘il bolalarni
birlashtirgan. 14-18 yoshdagi o‘smirlar «Avangardisti» tashkilotiga kirganlar. 8-13
yoshdagi qizlar «Pikoli italiyane» («Kichik yoshdagi italiyan qizlar»), 14-18
yoshdagi qizlar esa «Djivaniye italiyani» («yosh italiyan qizlar») tashkilotlariga
birlashtirilganlar.
«Opera natsionale Balilla»ning 93 ta bo‘limi bo‘lgan. Fashistlar
«sekretarlari» rahbarligidagi bu bo‘limlarning 4000 ga yaqin mahalliy tashkiloti bor
edi. «Balilla» faoliyati davlat tomonidan ajratilgan yirik mablag‘, kapitalistlar va
burjua tashkilotlarining yordami bilan ta’minlandi.
«Balilla» tashkilotlarida yengil atletika, qilichbozlik, gimnastika, eshkak
eshish va hakazo keng qo‘llaniladi. Shu bilan bir qatorda har bir joyda geografik va
iqlim sharoitlariga qarab, maxsus sport turlari: Alpda tog‘ chang‘i sporti, dengiz
bo‘yida suzish, yelkan sporti, daryolarda suzish, eshkak eshish, tekislikda ot sporti,
hamma joyda sport o‘yinlari (regbi, futbol, basketbol, voleybol), otish, velosiped
sporti va sportning motorli turlari ham taraqqiy ettirildi.
Bularda sportning avtomobil, motosikl, aviatsiya, planer va parashyut turlari,
qilichbozlik, kurash, boks, og‘irlik ko‘tarish va gimnastikani taraqqiy ettirishga katta
ahamiyat berildi. Italiyada fashistlar armiyasiga rezervlar tayyorlash maqsadida
«Opera natsionale dopolivora» nomi bilan juda ko‘p tashkilotlar vujudga keltirildi.
Yaponiyada jismoniy tarbiya va sport ishlarini harbiylashtirish nihoyatda
tez sur’atlar bilan olib borildi. Siyosati yangi bosqinchilik urushiga tayyorlanish
vazifalariga bo‘ysundirilgan yapon imperialistlari ana shu maqsadlarda maktab,
sport va gimnastika tashkilotlaridan keng foydalandilar. O‘quv yurtlari va sport
tashkilotlari harbiy-jismoniy tarbiyaning, shovinistik va militaristik kayfiyatlarni
propaganda qilishning asosiy markazlari bo‘lib qolgan edi. Eng yaxshi komandir va
sport kadrlari yetishtirib chiqargan kolledj va universitetlarda harbiy-jismoniy
tarbiyaning asosiy vositalari dzyu-do, qilichbozlik, otish, gimnastika, suzish, yengil
atletika, voleybol, regbi va b.yedi. 1927 yilda hukumatning ko‘rsatmasiga muvofiq
Yaponiyaning o‘quv yurtlariga o‘quvchi yoshlarga harbiy ta’lim berish Gaulgofer
va Shtrayxerni kuchaytirish uchun ofitserlarning katta bir guruhi yuborildi.
Jahonda jismoniy tarbiya va sport rivoji bir xilda bo‘lmagan. G‘arbda sport
bilan shug‘ullanuvchilarning ijtimoiy guruhlarining turli yo‘nalishlari vujudga
kelgan.
«Sport hamma uchun». 1975 yilda «Sport hamma uchun» Yevropa
xartiyasi qabul qilingan, unda jamiyatning dasturi ishlab chiqilgan. «Sport hamma
uchun» harakatining umumahamiyatga ega bo‘lgan dasturida yugurish, yurish,
aerobika, atletik gimnastika, oddiy musobaqalar uyushtirish, turli xil o‘yinlar,
shahardan tashqariga sayohat va sayrlar asosiy mashg‘ulot bo‘lib hisoblanadi. Bu
jarayonlar yangi davrda vujudga kelgan rekreatsion harakatning davomi desa
bo‘ladi. Bu harakat turli mamlakatlarda har xil nom bilan yuritiladi. Masalan,
Norvegiya va Germaniya Federativ Respublikasida «Trimm», Italiyada - «Biz
sizlarga taqlid qilamiz», AQShda «Jismoniy faollik» deb nomlanadi «Sport hamma
uchun» harakati rekreatsion jismoniy mashqlar shaklidagi jismoniy tarbiya
mashg‘ulotidir.
Bu
o‘z
navbatida,
mehnatkashlar
ommaviy-jismoniy
madaniyatining ajralmas bir qismi hisoblanadi. Bu harakatni keng targ‘ibot qilishga
ommaviy axborot vositalari jalb qilindi. Ko‘p sonli ishlab chiqarish firmalari,
aholining turli xil jismoniy tarbiya vositalariga qiziqishini hisobga olgan holda juda
ko‘p miqdorda sport buyumlari, kiyimlarini bozorga chiqarmoqda.
Sport va biznes. Tijorat va biznes uchun tadbirkorlar professional sportdan
keng foydalandilar. Ular boks, futbol, xokkey, beysbol, avtosport va boshqa turlarni
daromad manbaiga aylantirib yuborishdi. Professional sportchilarni sotib olish va
sotish kuchaydi. Professional sport ham, havaskorlik sporti ham siyosat bilan uzviy
bog‘lanib qoldi. AQShda professional sportchilardan prezident va senatorlarni
saylashda keng foydalandilar. Turnirlarda siyosiy arboblar professional sportchilar
bilan birga chiqadilar. Bu siyosiy partiyalarda, turli kompaniyalarda o‘z mavqelarini
yaxshilash yo‘lida ularga manfaat keltiradi. Urushdan keyingi yillarda jahonda jis-
moniy tarbiya va sportga monopoliyalar, trestlar, matbuot homiylari, kino va
televideniya rahbarlarining qiziqishi ortib bordi.
Siyosatdan yiroqlik, insonparvarlik, havaskorlik. Urushdan keyingi
davrlarda G‘arb mamlakatlari sport-gimnastika harakatining nazariy-amaliy
faoliyatida sportdagi asosiy tamoyillardan yuz o‘girish holatlari yuzaga keldi. Ya’ni
siyosatdan yiroqlashuv, insonparvarlik va havaskorlik yangi yo‘nalishlarda davom
etdi. Sportda kamsitish, chegaralanishga yo‘l qo‘yilmaslik g‘oyalari rivojlandi.
Lekin kamsitish o‘rniga siyosiy jihatdan b’azi mamlakatlarni o‘z yo‘lidan
qaytarishga kirishildi. Bu xalqaro sport maydonlaridagi ba’zi davlatlarni siqish,
xalqaro ahvolning keskinlashuvi (Vengriyada – 1956, Chexoslovakiyada -1968,
Afg‘onistonda – 1979 voqealar va h.k.) sabab bo‘ldi. Bunday holatlar sportdagi
gumanizm tamoyillariga ham ta’sir o‘tkazdi.
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda insonparvarlik g‘oyalaridan
uzoqlashishning asosiy sabablaridan biri sportchilarning yuqori natijalarni
ko‘rsatishi uchun doping ishlatilishi (giyohvandlik), sportga aloqador bo‘lmagan
turli xil musobaqalarning uyushtirilishi (xotin-qizlar, odamlarning itlar bilan
olishuvi va h.k.) sabab bo‘ldi.
Havaskorlik harakatining halokatga uchrashi esa urushdan so‘nggi
davrlardagi milliy va tashqi sabablar bilan bog‘liqdir. Ichki sabablardan biri shuki,
har yili sportda eng yuqori natijalarni ko‘rsatish talabi kuchayadi, sportdan keladigan
daromadlarni yo‘q qilish, bunda ommaviy axborot vositalarini ishga solish
kuchaydi. Tashqi sabablar esa sportdagi havaskorlikning susayishi, xalqaro sport
maydonlarida kuchlar tengligining o‘zgarishlari hisoblanadi. Shu sababdan,
havaskorlik sport tamoyillarini saqlash eski yo‘lga qaytdi, Ya’ni havaskorlik sporti
professional sport chegarasi doirasida rivoj topa boshladi. Olimpiya xartiyasidan
«Havaskorlik» atamasi o‘chirib yuborildi.
1984 yilda Los-Anjelesda o‘tkazilgan XXIII o‘yinlardan boshlab, Xalqaro
Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) va bir qator sport federatsiyalarining (XSF) ruxsati bilan
professional sportchilar Olimpiya o‘yinlarida qatnashish huquqini oldilar. Asosan,
ular futbol, basketbol, xokkey tennis, figurali uchish kabi turlarda ishtirok etdilar.
Inqiroz holatlaridan ustun kelish yo‘lida sportda ilmiy-texnik taraqqiyot
natijalarini qo‘llash amalga oshirildi. Bu sportdagi yuksak natijalariga erishish
yo‘llarida ko‘mak bo‘ldi. AQSh, GFR, Yaponiya, Fransiya, Angliya, Italiya kabi
taraqqiy qilgan yirik mamlakatlarda tibbiyot, fiziologiya, psixologiya sohalarida
ilmiy tadqiqot o‘tkazildi. Sportga o‘rgatish va mashg‘ulotlarni tashkil qilish usullari
ishlab chiqildi. Ilmiy-tadqiqot natijalariga asosan, universitetlar va kollejlarning
majmualarida hamda yuqori malakali sportchilarni jalb etish yo‘li bilan ilmiy
markazlarda katta sinov-tajribalar amalga oshirib borilgan. Ikkinchi jahon urushidan
keyingi yillarda jismoniy tarbiya va sport jahonning barcha mamlakatlarida tezlik
bilan rivojlandi.
Sportning rivojlanishi va xalqaro sport uyushmalarini tuzish.
Xalqaro sport va olimpiya harakatining vujudga kelish sabablaridan eng
muhimi sportni rivojlantirish va xalqaro sport uyushmalarini (XSU) tuzish harakati
bo‘ldi. Hozirgi davr sporti XX asrlardagi yirik ijtimoiy o‘zgarishlar, ishlab chiqarish
jarayonidagi inqiloblar, harbiy ishlar, fan, madaniyat va san’atdagi taraqqiyot
mahsulidir.
XX asrning ikkinchi yarmida juda ko‘p hozirgi zamon sport turlari va
o‘yinlari rivojlandi. Turli mamlakatlarda sport klublari tashkil etildi, musobaqalar
o‘tkaziladigan bo‘ldi, sport inshootlari qurildi. Jahonda Olimpiya o‘yinlari xalqaro
miqyosida o‘tkazishiga asta-sekin zamin tayyorlangan.
1920 yilda birinchi jahon urushdan keyingi davrdagi olimpiada o‘yinlari
bo‘lib o‘tdi. Bu o‘yinlar Belgiya poytaxti Antverpen shahrida o‘tkazildi. Urush
natijasida yetkazilgan zarar iqtisodiy qiyinchiliklar o‘yinlarni tayyorlash va
o‘tkazishga ta’sir qildi. Belgiya hukumati zarur bo‘lgan sport inshoatlarini qurishga
yetarli darajada mablag‘ olmagani uchun ham sport inshootlari ayrim metsenat-
kapitalistlar bergan yordam va sportchilar ortasida yig‘ilgan mablag‘ hisobiga
qurildi.
1920 yilda bo‘ladigan Olimpia o‘yinlari xalqaro ahvol keskinlashib ketgan
bir vaqtda tayyorlanildi. Dunyoning oltidan bir qismi jahonda birinchi ishchi-
dehqonlar davlati vujudga keldi. Birinchi marta VII olimpiada o‘yinlarida besh qit’a
sportchilarining birligi va do‘stligining simvoli - beshta xalqaro olimpiada bayrog‘i
hirpiradi. Ammo, bunga qaramasdan, Germaniya va uning jahon urushidagi
ittifoqchilarining sportchilari olimpiada o‘yinlariga qo‘yilmadi.
14-rasm. Zamonaviy Olmpiada o‘yinlarining ramzi
VII Olimpiada o‘yinlarida 29 mamlakatdan 2606 sportchi qatnashdi.
Urushda qatnashmagan yoki undan kam zarar ko‘rgan mamlakatlarning sportchilari
yaxshigina muvaffaqiyatlarga erishdilar. O‘yinda 13 ta yangi rekordlar o‘rnatildi,
shundan 6 tasi jahon rekordidan yuqori edi. Qo‘lga kiritilgan medallarning g‘ayri
rasmiy hisobi va hisoblab chiqilgan ochkolar (bu 1912 yildagi olimpiada o‘yinlardan
boshlab yuritilgan) bo‘yicha birinchi o‘rinni AQSh, ikkinchi o‘rinni Shvetsiya,
uchinchi o‘rinni Angliya, to‘rtinchi o‘rinni Finlyanda sportchilari egalladilar (14-
rasm).
VIII Olimpiada o‘yinlari 1924 yili Parij (Fransiya) da o‘tkazildi. Bunda 44
mamlakatdan 3092 sportchi qatnashdi. AQSh sportchilari Yevropaga yengilgina
g‘alabaga to‘la erishish ishonchi bilan keldilar. Ammo Yevropa sportchilari,
ayniqsa, finlar, inglizlar ularga qattiq qarshilik ko‘rsatdilar.
Futbol o‘yinlari ayniqsa qiziqarli o‘tdi. Sportning bu turida Urugvay
komandasi g‘olib chiqgan edi. IX Olimpiada o‘yinlarida 46 mamlakatdan 3015
sportchi qatnashadi, jumladan Germaniya sportchilari ham qatnashdilar. Sport
nuqtai nazaridan olib qaraganda bu o‘yinlar uncha ahamiyatga ega emas edi.
Sportning ko‘pgina turlaridan erishilgan texnik natijalar 1924 yildagi Olimpia
o‘yinlaridagi natijalardan past edi. Uncha ko‘p bo‘lmagan yaxshi natijalar IX
Olimpiadaning sport texnika natijalarining umumiy manzarasi, yani musobaqalarda
qo‘lga kiritilgan past ko‘rsatgichlarni o‘zgartira olmagan.
X Olimpiada o‘yinlari 1932 yilda Los-Anjeles (AQSh)da o‘tkazildi.
Amerikaning hukmron doiralari Amsterdamda ancha putur yetgan AQShning sport
sohasidagi obrosini tiklashni ko‘zlab, X Olimpia o‘yinlarini katta dabdaba bilan
o‘tkazishga qaror qildilar. Los-Anjeles sport inshootlarining yirik kompleksi –
olimpiada stadioni, suzish xavzasi, mashq qilish maydonchalari maydonlar va
olimpiada qishlog‘i qurildi. AQSh jamoasining muvaffaqiyat qozonishini ta’minlash
uchun unga juda ko‘p mashhur negr sportchilari kiritilgan. Ammo AQSh xukmron
doiralarining X Olimpiada o‘yinlaridan kutgan umidlari to‘la ro‘yobga chiqmadi.
Olimpia o‘yinlarida 38 mamlakatdan 1408 sportchi qatnashdi. Yaponiya vakillari
suzishda g‘olib chiqdilar. Ular 6 ta imkoniyatdan 5 ta oltin medal oldilar.
XOQ 1936 yilda bo‘ladigan XI Olimpiada o‘yinlarini fashistlar
Germaniyada o‘tkazishga qaror qildi. Bu jahonning ilg‘or kayfiyatdagi barcha
sportchilarining qat’iy noroziligiga sabab bo‘ldi. Jahonning ilg‘or jamoatchilik fikri
Berlin o‘yinlariga baykot e’lon qilishdi.
IX Olimpiada o‘yinlarini fashistlar Germaniyadan birorta demokratik
mamlakatga ko‘chirishini talab qildi. Ammo shunga qaramasdan, o‘yinlar Berlinda
o‘tkazildi. XOQ jahon sport jamoatchiligining ovoziga quloq solmadi.
15-rasm. 1-qishki Olimpiada o‘yinlaridagi mashalasi.
XI Olimpiada o‘yinlarida 49 mamlakatdan 4069 sportchi qatnashdi. Sport
musobaqalarida, ayniqsa yengil atletika musobaqalarida negr sportchilari ustunlik
qildilar. Keyinchalik XOQ «o‘yinlarda qayg‘uli o‘qibatlarga olib kelgan
harbiylashtirish va natsizmning kuchli ruhi hukmronlik qilganligini» tan oldi.
Birinchi va ikkinchi jahon urushlari o‘rtasidagi davrda qishki olimpiada
o‘yinlari ham o‘tkazila boshlandi. I qishgi Olimpiada 1924 y. Fransiyada Shamoni
degan joyda bo‘lib o‘tdi. Olimpiada dasturiga chang‘ida yugirish, slalom,
tramplinkida figurali yugirish kiritildi (15-rasm). II Qishgi olimpiada 1928 yili
Shvesiyada Sent-Moritseda o‘tkazildi. Bu olimpiada 1932 va 1936 yillardagi
olimpiada o‘yinlarida g‘alaba qozongan novregiyalik figurachi Soniya Xeni katta
yutuqga erishdi. Oq olimpiada 1932 y. AQShda, Leyk Plesidada o‘tkazildi. Bu
olimpiada 1936 yilda Germaniyada, Garmish-Partenkirxenda bo‘ldi. Barcha qishki
olimpiada o‘yinlarida Skandinaviya mamlakatlari, ayniqsa Norvegiya sportchilari
katta muvaffaqiyatga erishdilar.
Urushdan keyingi yillarda Olimpiya o‘yinlari yana davom ettirildi. 1948-
1952 yillarda Olimpiya o‘yinlarida AQSh g‘olib chiqdi va keyingi o‘yinlarda esa
ikkinchi o‘ringa tushib ketdi, Ya’ni Melburn (1956), Rim (1960), Myunxen (1972),
Barselona (1992) olimpiadalarida ikkinchi o‘rinni egallaganlar. Uchinchi o‘rinlarni
esa 1976-yilgi qishki (Insburg) va yozgi (Monreal), 1988-yilda Seulda o‘tkazilgan
Olimpiya o‘yinlarida oldilar. Amerika sportchilari ko‘proq yengil atletika, suzish,
o‘q otish, basketbol, boks, figurali uchish kabi turlarda doimo ustun bo‘lib
kelmoqda.
Olimpiya sporti urushdan keyingi yillarda chet el mamlakatlarida keng
miqyosda rivojlanib ketdi. Bunga, asosan, bu mamlakatlarda ikki yozgi va qishki
Olimpiya o‘yinlarining o‘tkazilishi sabab bo‘ldi. Shu asosda gimnastika, dzyu-do
hamda qishki sport turlari Yaponiyada; konkida uchish va chang‘i sport turlari,
xokkey Kanada, Skandinaviya mamlakatlari va Finlyandiyada; konkida figurali
uchish, tog‘ chang‘i sporti Fransiya, GFR va Avstraliyada; futbol-Braziliya,
Angliya, GFR, Gollandiya, Italiya, Argentina va boshqa mamlakatlarda rivoj topdi.
Xalqaro sport harakati va olimpiya sportining rivojlanishi.
G‘arb mamlakatlarining ko‘pchiligi olimpiya sport turlarini rivojlantirishga
katta e’tibor bermoqda edi. Urushdan keyingi yillarda G‘arb davlatlarida Olimpiya
sport turlarini rivojlantirishda bir qator asosiy yo‘nalishlar vujudga keldi.
Birinchidan, Olimpiya sportini rivojlantirishda davlatlarning roli o‘sib
bordi.
Ikkinchidan,
Olimpiya
sportiga
ta’sir
etuvchi
monopoliyalar,
korporatsiyalar, firmalarning moliyaviy ta’minoti davlat bilan birgalikda amalga
oshirildi.
Uchinchidan, katta sportda ilmiy-texnik taraqqiyot natijalari keng qo‘llanila
boshladi.
To‘rtinchidan, sportchilarni tayyorlash maqsadida maxsus markazlar, bir
necha davlatlar birlashib mashg‘ulotlar o‘tkazish joylari amalda qo‘llanildi. Bunda
Oliy o‘quv yurtlariaro Milliy assotsiatsiya (NKAA), Havaskorlik atletika jamiyati
(AAYu), Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) faol ishtirok etadi. Uzoq vaqtlar bu uch
tashkilot o‘rtasida mustahkam aloqa bo‘lmagan, chunki o‘zaro kelishmovchiliklar
kuchli bo‘lgan edi. Bunda moliyaviy ta’minot, milliy jamoani tarkib toptirish,
Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish, boshqa xalqaro musobaqalarda qatnashish kabi
masalalarda o‘zaro kelisha olmaganlar. Bunday holatlarni tugatishga AQShda
«Havaskorlik sporti haqida»gi qonunning qabul qilinishi (1978) sabab bo‘lgan. Shu
qonun asosida AQSh MOQ mamlakatdagi barcha havaskorlik sport uyushmalarini
o‘ziga birlashtirib olgan. Shu sababdan, barcha masalalarni MOQ hal etadi. AQShda
Olimpiya va Panamerika o‘yinlarida jamoalarning qatnashish-qatnashmasligini
MOQ hal etadi.
AQSh MOQ Olimpiya va Panamerika o‘yinlariga jamoalarni tayyorlash,
qatnashish va barcha faoliyatlarga rahbarlikni amalga oshiradi. Bunda moddiy-
texnik bazani mustahkamlash, sportchilarning mashg‘ulotlarini tashkil etish, ilmiy-
uslubiy tavsiyalar tarqatish va boshqalar muhim o‘rin tutadi.
AQShda Olimpiya sportining deyarli barcha turlari mavjud. Ular orasida
suzish, velosport, o‘q otish, boks, yengil atletika kabi turlar kengroq tarqalgan.
Ma’qul bo‘lgan sport turlaridan ot va yelkan sporti, golf, qilichbozlik kabilar
hisoblanadi. Bu turlar bilan ko‘pincha xususiy sport klublari shug‘ullanadi. Ularga
badavlat kishilar a’zo bo‘ladilar. Shular qatorida baliq ovi, sayohat (turizm),
amerikacha futbol, Sokker (Yevrona futboli) beysbol va regbi ko‘p qo‘llaniladi.
Amerika terma jamoalarini tayyorlash o‘quv mashg‘ulot markazlari Kolorado-
Springs va Skvo-Vellida o‘tkaziladi. Kolorado-Springs sport majmuida bir yo‘la 800
sportchi shug‘ullanishi mumkin. Olimpiya sportining yuqori natijalarga
ko‘maklashuvchi
masalalarini
Agoya,
Arizona,
Janubiy
Kaliforniya
universitetlarining laboratoriyalarida o‘rganiladi.
Xalqaro sport harakati va Olimpiya o‘yinlarining o‘tkazilishi yoshlarni
sportga jalb etish, iqtidorli yoshlarni tarbiyalash va ularning sport mahoratlarini
oshirishda katta rag‘batlantiruvchi kuch bo‘ldi. Bu jarayonlar AQSh, GFR, Fransiya,
Italiya, Skandinaviya mamlakatlari hamda Sharqda Yaponiya, Koreya kabi
mamlakatlarda keng rivojlandi.
Germaniya.
Nemis
sportchilarining
xalqaro
sport
va
Olimpiya
maydonlariga chiqish yo‘li oson kechmadi. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining (XOQ)
qaroriga binoan Birinchi jahon urushining asosiy sababchisi sifatida Germaniya
1920 y. (Antverpen) va 1924-yilgi (Parij) Olimpiya o‘yinlariga qo‘yilmadi. Lekin
Germaniya hukumati va jamoatchi sport tashkilotlari mamlakatda sportni
rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlardan foydalandilar. 1926 yilga kelib, nemis
sportchilari og‘ir atletika, ot sporti, yengil atletika, yunon-rum kurashi, suv polosi
kabi turlari bo‘yicha jahonda oldingi o‘rinlarni egalladi. 1928 yilda Amsterdamdagi
o‘yinlarda nemis sportchilari paydo bo‘lib, birdaniga yuqori natijalarga erishdi. Ular
olgan medallari soniga ko‘ra ikkinchi o‘rinni egalladi. AQSh sportchilari birinchi
o‘rinda edi.
1930 yilda Germaniya 1936-yildagi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish huquqiga
ega bo‘ldi. Shu tariqa XI Olimpiyada Berlinda va IV qishki Olimpiyada o‘yinlari
Gormish - Partenkirxenda o‘tkazildi.
1933 yilda Gitler mamlakatda fashistik va militaristik tartiblarini o‘rnatib,
Olimpiya o‘yinlari bayrog‘i ostida o‘zining qabih siyosatidan foydalandi. Bunday
sharoitda Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazishga qarshi demokratik kuchlar qanchalik
harakat qilmasin, o‘yinlar Berlinda tashkil qilindi. Germaniyadagi totalitar tuzum
o‘zining Yevropadaga «Yangi tartibini» namoyish qildi.
Germaniya o‘z hududida o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlarida hammadan
ko‘proq medallar olishga erishdi. Umuman, medallar quyidagicha taqsimlandi:
Germaniya - 89 (33-26-30)ta, AQSh - 56 (24-20-12)ta edi. Germaniyaning
akademik eshkak eshish (baydarka va kanoe), og‘ir atletika, gimnastika, ot va yelkan
sporti, boks, besh kurash kabi turlari ustunligi bor edi.
1936 yilgi qishki Olimpiyadada tog‘ chang‘isi bo‘yicha erkaklar va ayollar
o‘rtasidagi musobaqalarda Germaniyaga teng keladigan raqiblar ham yo‘q edi.
1938 yilda XOQ yana bir katta xatoga yo‘l qo‘ydi. Ya’ni sportni
rivojlantirishdagi xizmatlari uchun gitlerchilar Germaniyasini «Quvonch orqali
kuch» kubogi bilan taqdirladi.
Italiya. Jismoniy tarbiya va sport bu mamlakatda keng doirada taraqqiy etdi.
Mussolinining siyosati yangi urushga tayyorgarlik va buyuk Italiyani yaratishga
qaratildi. Harbiy-sport ishlari sport klublar, jamiyatlar va uyushmalarda olib borildi.
Italiya sport tashkilotlari Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) tomonidan
boshqarildi va xalqaro sport hayotida faol ishtirok etdi. Italiya sportchilari 1900-
yildan boshlab, uzluksiz ravishda Olimpiya o‘yinlari, Yevropa chempionatlari
hamda boshqa xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etib keldi, Italiyaning futbol
bo‘yicha terma jamoasi («Skuadra Adzurra») ikki marotaba (1934, 1938 y.y.)
chempion bo‘ldi. U 1936 yilda Olimpiya oltin medaliga sazovor bo‘ldi. Jahon va
Yevropa chempionatlarida italiyalik qilichbozlar, velosipedchilar, o‘q otuvchilar,
tog‘ chang‘ilari, gimnastikachilar va boshqa bir qator sport turlari vakillari
g‘alabalarni qo‘lga kiritdi. Italiya deyarli barcha xalqaro sport uyushmalari
tarkibidan o‘rin egallagan edi.
Yaponiya. Bu mamlakatda milliy xususiyatlar asosida jismoniy tarbiya va
sport rivojlanishi yuqori darajada o‘sib bordi. O‘sha davrlarda Yaponiyaning
siyosati Osiyoni bosib olishga qaratilgan edi. Shu maqsadda maktablar va sport-
gimnastika tashkilotlaridan unumli foydalanildi. O‘quv yurtlari va sport klublari
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning asosiy markaziga aylantirildi. Bo‘lajak
oddiy harbiylarni tayyorlash boshlang‘ich maktablarda, amalga oshirildi. Bunda eski
milliy jismoniy mashqlar, ya’ni dzyu-do, kenzo (tayoqlarda qilich tushish),
kamondan o‘q otish va hozirgi zamon sport turlari: gimnastika hamda o‘yinlar
qo‘llanilgan. Kollejlar va universitetlarda harbiy kadrlar tayyorlanib, ularda ham
dzyu-do, karate, qilichbozlik, o‘q otish, gimnastika, beysbol, regbi, suzish, yengil
atletika mashqlaridan maqsadli foydalanilgan. Yaponiyada sumo milliy kurashi
keng tarqalgan.
Yaponiya sportchilari xalqaro sport musobaqalarida faol ishtirok etib
keldilar. Ular 1912 yilgi V Olimpiadadan 1936 yildagi XI Olimpiyadagacha doimiy
ravishda ishtirok etdi. Birinchi oltin medalni M.Oda 1928 yilda uch hatlab sakrash
bellashuvlarida qo‘lga kiritgan. 1932 yilgi Olimpiya o‘yinlarida (Los-Anjeles)
yaponiyaliklar suzish bo‘yicha 6 turdan beshtasida g‘alabaga erishadi. 100 m.
masofaga erkin suzish bo‘yicha 15 yoshli Ya.Miyazaki birinchi o‘rinni egalladi.
1500 m.ga erkin suzish bo‘yicha 14 yoshli K.Kitamura g‘olib chiqdi. U yosh bo‘lsa-
da, bu masofani 19 daqiqa 12,4 soniyada bosib o‘tib, jahon rekordini o‘rnatdi. Bu
natijani boshqalar faqat 20 yildan keyin o‘zgartirishga’ muvaffaq bo‘lishgan.
Yaponiyalik chavandoz T.Insi o‘yinlarda oltin medal sohibi bo‘lishga erishdi. 1936
yilgi Olimpiadada yaponlar suvda suzish bo‘yicha 11 ta medalga ega bo‘lib (4-2-5),
bu sport turida peshqadam bo‘lishdi.
Berlin-Rim-Tokio uchligidagi siyosiy munosabatlar va urush harakatlari
bosqinchilik hamda fashistlashish darajasiga ko‘ra bir-birini to‘ldirdi. O‘quvchilar
va
yoshlarni
harbiy-jismoniy
jihatdan
tayyorlash,
harbiy
xizmatlarning
jangovarligini oshirshda sport-gimnastika burjua tashkiloti davlat hokimiyatiga
yaqindan yordam berdi. Xalqaro sport harakati va uning g‘oliblariga ma’lum
darajada itoat etgan bu davlatlar Olimpiya o‘yinlarida ongli faollik hamda ustunlik
bilan ishtirok etib keldi. Bunday jihatlar har bir mamlakatdagi sportchi yoshlarning
qiziqishlarini rivojlantirishga muhim hissa qo‘shganligi bilan e’tiborga molikdir.
Demokratiya vakillari deb yuritilgan AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya,
Skandinaviya mamlakatlarida jismoniy tarbiya va sport-gimnastika harakati
birmuncha o‘zgacha rivojlana boshladi. Ular haqida quyidagi ma’lumotlar guvohlik
qilishi mumkin.
AQSh. Urushlar oralig‘i davrida AQShda moliyaviy iqtisodiy holatga katta
e’tibor berildi, bu jahonda taraqqiy etgan kapitalistik dunyoni vujudga keltirdi.
AQSh jahonda hokim bo‘lish siyosatini olg‘a surdi. Boshqa davlatlarga amerikacha
yashash tarzini targ‘ib qila boshladi. Bu yo‘lda sportchilarning xalqaro
musobaqalarda ishtirok etishi maqsadga qaratilgan tadbirlardan biri bo‘ldi.
Yoshlarni tarbiyalashning muhim vazifasi sifatida sportga alohida ahamiyat
berildi va sport tashkilotlari faoliyatini qattiq nazorat ostiga oldi. Ko‘pgina
shtatlardagi maktablarda jismoniy tayyorgarlik haqida qonunlar qabul qilishdi. Shu
qonunlar asosida moliyaviy yordam berish, jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini
tayyorlash, jismoniy tarbiya darslariga ajratilgan vaqtlarni belgilash ko‘zda tutildi.
Shu tariqa umumiy tarbiyaning bir bo‘lagi sifatida jismoniy tarbiya qonunlashtirildi.
17 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar maktablar sport skaut tashkilotlarida
jismoniy tarbiyani olishadi. Bunda gimnastikaga nisbatan sport o‘yinlariga ko‘proq
e’tibor kuchaytirildi. Boylarning bolalari kollejlar, universitetlarda ta’lim olib,
jismoniy tarbiya bilan sport klublarida mashg‘ul bo‘lishdi. Amerikada kollejlar va
universitetlar asosan sport ishlarining markazi hisoblanar edi. Amerikaning kollej va
universitetlarida ko‘proq yengil atletika, suzish, basketbol, eshkak eshish sporti,
tennis, beysbol, amerikacha futbol bilan shug‘ullanish tashkil qilindi. Oliy o‘quv
yurtlariaro universitet sportining milliy assotsiatsiya (NKAA) yetkachi tashkilot
hisoblanar edi. Bu tashkilot 1906 yilda tuzilgan edi.
Amerikada havaskorlik sporti harakatida tashkil etilgan atletika uyushmasi
asosiy rol o‘ynaydi. Bu tashkilot Amerikada mavjud bo‘lgan barcha sport
tashkilotlari ustidan rahbarlik qildi, faqat universitet sporti mustaqil edi. Atletik
uyushma boshida yirik moliyaviy va ishlab chiqarish kapitali turar edi. Ikki urush
oralig‘ida Amerika sport bo‘yicha jahondagi eng yirik va kuchli davlatga aylandi.
Amerika sportchilari yozgi va qishki Olimpiya o‘yinlari, jahon miqyosida
o‘tkazilgan sport musobaqalarining doimiy qatnashchisi bo‘lib qoldi.
Professional sport ancha rivojlanib, bunda turli xil reklamalar, matbuot,
radio va keyinchalik televideniyada uzluksiz targ‘ibot olib borish muhim rol
o‘ynadi. Bu o‘z navbatida sport trestlari, kompaniyalar, yirik stadionlar qurish kabi
maxsus tijorat ishlab chiqarish sohasini yuzaga keltirdi. Bunday sharoitlarda
o‘tkazilgan matchlar (uchrashuv) va tadbirlar tadbirkorlarga ulkan boyliklar keltirdi.
Amerikada professional sport biznesga (savdo, tijorat) aylandi. Ishbilarmonlar
sportchilarni ekspluatatsiya qilish yo‘li bilan katta boyliklar to‘plashdi. Masalan,
1927-yilda boks bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilib, Tunney va Demis
uchrashuvi uyushtirildi va undan 2 mln.dan ortiq dollar foyda olinadi. Shu tariqa
Amerikada bokschilar, basketbolchilar, futbolchilar, regbichilar, beysbolchi va
xokkeychi sportchilar tovar sifatida sotiladigan va sotib olinadigan darajaga yetib,
bu jarayon keng tarmoqlanib ketdi.
16-rasm. Olimpiada o‘yinlarining ramziy bayrog‘i
Fransiya. Yoshlar jismoniy tarbiyasi va sporti Fransiyada o‘ziga xos tarzda
rivojlanib bordi. 1920 yilda maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar va maktab
o‘quvchilarining jismoniy tarbiyasi haqida qonun qabul qilindi. Harbiy vazirlik
o‘quv yurtlarda jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi. Jismoniy
tarbiyaning vosita va usullari asosi uchun Joq Eberining tabiy-tayanch gimnastikasi
tizimi qayta ishlangan holatda va shvedlar gimnastikasining ba’zi qismlari olingan
edi. Ko‘p sonli sport klublari va tashkilotlarida Olimpiya o‘yinlari turlari, ayniqsa,
futbol, tog‘ chang‘isi sporti va figurali uchish kabilar keng rivojlandi (16-rasm).