EPIK VA DRAMATIK ASARLAR TAHLILI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

18

File size

Fayl hajmi

32,5 KB


EPIK VA DRAMATIK ASARLAR TAHLILI
REJA:
1. Epik asarlarga xos xususiyatlar.
2. Epik asarlar tahlilida tafsilotning o‘rni.
3. Epik asarlarni tahlillashda timsollardan foydalanish imkoniyatlari.
4. Epik asarlarni tahlil qilishda badiiy lavhadan foydalanish.
5. Epik tasvir va badiiy tahlil tadrijidagi yangilanishlar.
6. Dramatik asarlarning asosiy belgilari.
7. Dramatik asarlar teatr va adabiyotga xos xususiyatlarning uyg‘unlashuvi.
8. Dramatik asarlarni tahlillashda so‘zning alohida o‘rnini ko‘zda tutish.
9. Drama asarlari tahlilida sahnaviylikni hisobga olish.
Tayanch tushunchalar:
Epik ko‘lam, tafsilot, Tafsilot va inson xarakteri munosabati, Timsollarni
guruhlashtirish,  Timsolli  tahlil,  Badiiy  lavha  -  epizod,  tahlilda  lavhadan
foydalanish o‘rni. Drama va harakat, Adabiyot va teatr munosabati, Sahnaviy so‘z,
Sahnabop  holat,  Drama  va  dramatizm,  Dramada  muallif  ishtiroki,  Drama
nazariyasi, Sahnaviy bilimdonlikning drama tahlilida zarurligi.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati:
1. Q. Yo‘ldoshev, M. Yo‘ldosheva. Badiiy tahlil asoslari. O‘quv qo‘llanma. T.
Kamalak. 2016.
2. Mustaqillik nasri poetikasi. – Toshkent: 2006 yil
3. H. Umurov. Adabiyot nazariyasi. – T., Sharq, 2002 yil
4. I. Sulton. Adabiyot nazariyasi. – Toshkent: O’qituvchi 1980 yil
Logotip
EPIK VA DRAMATIK ASARLAR TAHLILI REJA: 1. Epik asarlarga xos xususiyatlar. 2. Epik asarlar tahlilida tafsilotning o‘rni. 3. Epik asarlarni tahlillashda timsollardan foydalanish imkoniyatlari. 4. Epik asarlarni tahlil qilishda badiiy lavhadan foydalanish. 5. Epik tasvir va badiiy tahlil tadrijidagi yangilanishlar. 6. Dramatik asarlarning asosiy belgilari. 7. Dramatik asarlar teatr va adabiyotga xos xususiyatlarning uyg‘unlashuvi. 8. Dramatik asarlarni tahlillashda so‘zning alohida o‘rnini ko‘zda tutish. 9. Drama asarlari tahlilida sahnaviylikni hisobga olish. Tayanch tushunchalar: Epik ko‘lam, tafsilot, Tafsilot va inson xarakteri munosabati, Timsollarni guruhlashtirish, Timsolli tahlil, Badiiy lavha - epizod, tahlilda lavhadan foydalanish o‘rni. Drama va harakat, Adabiyot va teatr munosabati, Sahnaviy so‘z, Sahnabop holat, Drama va dramatizm, Dramada muallif ishtiroki, Drama nazariyasi, Sahnaviy bilimdonlikning drama tahlilida zarurligi. Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati: 1. Q. Yo‘ldoshev, M. Yo‘ldosheva. Badiiy tahlil asoslari. O‘quv qo‘llanma. T. Kamalak. 2016. 2. Mustaqillik nasri poetikasi. – Toshkent: 2006 yil 3. H. Umurov. Adabiyot nazariyasi. – T., Sharq, 2002 yil 4. I. Sulton. Adabiyot nazariyasi. – Toshkent: O’qituvchi 1980 yil
5. H. Umurov. Badiiy ijod mo’jizalari. – Samarqand:” Samarqand”, 1992 y
Hayotiy  ko‘lamning  kengligi,  murakkab  insoniy  taqdirlar,  qahramonlar
ruhiyatidagi sanoqsiz tovlanishlar voqealar asnosida idrok etilishi lozim bo‘lgan
epik  asarlarda  tahlil  ham  o‘ziga  xos  tarzda  amalga  oshiriladi.  Epik  asarlarda
kechinmalarning o‘zini, kayfiyatlarning ifodasini berishdan ko‘ra, tuyg‘ularning
paydo bo‘lish jarayoni, ularning ildizlari ko‘rsatilishiga e'tibor qaratiladi. Epik
asarlarda badiiy tahlil ham ko‘lamdor, ko‘p bosqichli bo‘ladi. Epiklikning eng
asosiy  belgisi:  voqeabandlik  va  tasvirda  tafsilot  mavjudligidir.  Qaysi  janrda
bo‘lishiga qaramay, epik turga mansub asarlarda personajlar ozdir-ko‘pdir voqealar
qo‘ynida tasvirlanadi va ularning tabiatlari hodisalar tasviri asnosida namoyon
bo‘la boradi. Epik asarda dramadagi singari makon va zamonda sodir bo‘lgan
voqealar aks ettiriladi. Epik asarning o‘ziga xosligini ta'minlaydigan asosiy jihat
unda bayonning tashkiliy o‘rni muhimligidan iboratdir. Nutq egasi, so‘zlovchi yoki
bayonchi go‘yo oldin bo‘lib o‘tgan voqeani hikoya qilib berayotganday bo‘ladi va
ayni vaqtda yo‘l-yo‘lakay turli holatlarni, personajlar qiyofasini tasvirlaydi, ba'zan
izohlaydi. Epik asarlarning, odatda, hajman yirikligi, ko‘pincha, lirik asarlar singari
bir zarb bilan o‘kib chiqib bo‘lmasligi, uning ta'sir ko‘rsatishi ham serqatlam
ekanligi tahlilda e'tiborga olinishi lozim.Bu xil asarda tuyg‘ular oqimi bir tarafga
yo‘nalgan  bo‘lmaydi.  Unda  to‘qnashuvlar,  his-hayajonlar,olqish-u  qarg‘ishlar,
ma'qullash-u inkorlar g‘oyat sertarmoq, ko‘p farvaterli bo‘ladiki, tahlilchi ana shu
badiiy  oqimlar  orasida  tadqiqining  kalavasini  yuqotib  quyishi  mumkin.  Epik
asarlarni tahlil qilishning o‘ziga xosligini keltirib chiqargan omillar ayni shu hajm
va ko‘lamdir. Lirik asarlarda muallif hissiyotini yashirib o‘tirmaydi, butun asar
faqat  tuyg‘ular  junbushiga  quriladi,  kechinmalarqanchalik  kuchli  va  ularning
ifodasi qanchalik yorqin bo‘lsa, lirik asarlardan chiqadigan badiiy ma'no ham
shunchalik  salmoqli  bo‘ladi.Epik  asarlarda  esa,  muallif  tuyg‘usi  ham,  lirik
asarlarda mutlaqo bo‘lmaydigan personajlar kechinmalari ham, ko‘pincha, ochiq
holda kelmaydi. Bu xil asarlarda hissiyot  voqealar qa'riga berkitilgan bo‘ladi.
Qahramonlarni  voqealar  og‘ushida ko‘rsatish xususiyati  epik asarlarda insoniy
kechinmalarni tafsilotlar tasviri zamiriga joylash imkonini beradi va o‘quvchidan
bu sezimlarni ilg‘ab olish talab qilinadi. Tahlilchi o‘z mushtariylarida ayni shu
Logotip
5. H. Umurov. Badiiy ijod mo’jizalari. – Samarqand:” Samarqand”, 1992 y Hayotiy ko‘lamning kengligi, murakkab insoniy taqdirlar, qahramonlar ruhiyatidagi sanoqsiz tovlanishlar voqealar asnosida idrok etilishi lozim bo‘lgan epik asarlarda tahlil ham o‘ziga xos tarzda amalga oshiriladi. Epik asarlarda kechinmalarning o‘zini, kayfiyatlarning ifodasini berishdan ko‘ra, tuyg‘ularning paydo bo‘lish jarayoni, ularning ildizlari ko‘rsatilishiga e'tibor qaratiladi. Epik asarlarda badiiy tahlil ham ko‘lamdor, ko‘p bosqichli bo‘ladi. Epiklikning eng asosiy belgisi: voqeabandlik va tasvirda tafsilot mavjudligidir. Qaysi janrda bo‘lishiga qaramay, epik turga mansub asarlarda personajlar ozdir-ko‘pdir voqealar qo‘ynida tasvirlanadi va ularning tabiatlari hodisalar tasviri asnosida namoyon bo‘la boradi. Epik asarda dramadagi singari makon va zamonda sodir bo‘lgan voqealar aks ettiriladi. Epik asarning o‘ziga xosligini ta'minlaydigan asosiy jihat unda bayonning tashkiliy o‘rni muhimligidan iboratdir. Nutq egasi, so‘zlovchi yoki bayonchi go‘yo oldin bo‘lib o‘tgan voqeani hikoya qilib berayotganday bo‘ladi va ayni vaqtda yo‘l-yo‘lakay turli holatlarni, personajlar qiyofasini tasvirlaydi, ba'zan izohlaydi. Epik asarlarning, odatda, hajman yirikligi, ko‘pincha, lirik asarlar singari bir zarb bilan o‘kib chiqib bo‘lmasligi, uning ta'sir ko‘rsatishi ham serqatlam ekanligi tahlilda e'tiborga olinishi lozim.Bu xil asarda tuyg‘ular oqimi bir tarafga yo‘nalgan bo‘lmaydi. Unda to‘qnashuvlar, his-hayajonlar,olqish-u qarg‘ishlar, ma'qullash-u inkorlar g‘oyat sertarmoq, ko‘p farvaterli bo‘ladiki, tahlilchi ana shu badiiy oqimlar orasida tadqiqining kalavasini yuqotib quyishi mumkin. Epik asarlarni tahlil qilishning o‘ziga xosligini keltirib chiqargan omillar ayni shu hajm va ko‘lamdir. Lirik asarlarda muallif hissiyotini yashirib o‘tirmaydi, butun asar faqat tuyg‘ular junbushiga quriladi, kechinmalarqanchalik kuchli va ularning ifodasi qanchalik yorqin bo‘lsa, lirik asarlardan chiqadigan badiiy ma'no ham shunchalik salmoqli bo‘ladi.Epik asarlarda esa, muallif tuyg‘usi ham, lirik asarlarda mutlaqo bo‘lmaydigan personajlar kechinmalari ham, ko‘pincha, ochiq holda kelmaydi. Bu xil asarlarda hissiyot voqealar qa'riga berkitilgan bo‘ladi. Qahramonlarni voqealar og‘ushida ko‘rsatish xususiyati epik asarlarda insoniy kechinmalarni tafsilotlar tasviri zamiriga joylash imkonini beradi va o‘quvchidan bu sezimlarni ilg‘ab olish talab qilinadi. Tahlilchi o‘z mushtariylarida ayni shu
malakani - epik asar zamiridagi badiiy ma'noni ilg‘ay olish va mantiqiy xulosaga
kela bilishni shakllantirishga intilishi, eng muhimi, asarning hayotiy va badiiy
ma'nosini kashf eta olishi kerak. Boshdanoq qat'iy hukm tarzida ta'kidlab aytish
kerakki, tahlillanadigan asar qanchalik yirik,voqealar tasviri qanchalar serqatlam,
personajlar  soni  nechog‘lik  ko‘p  bo‘lmasin,  tahlil  mobaynida  asarlarning
mazmunini  so‘zlab  berish  mumkin  emas.  Buning  ikki  sababi  bor.
Birinchidan,tahlilchi qanchalik mahoratli bo‘lmasin badiiy asarni adibning o‘ziday
aytib berolmaydi va buning zaruriyati ham yo‘q. Chunki matn bilan tanishganlar
uni bilishadi. Asarni o‘qimaganlarga matnning tarovatini bir qadar yo‘qotib hikoya
qilib berishning foydasi yo‘q. Negaki, bunda asarning o‘zi emas, uning suyaklari,
skleti  yetib  boradi,  xolos.  Tahlilchi  nechog‘lik  urinmasin,  ayni  asarni  bitgan
yozuvchi bo‘lolmaydi. Ayni asarni yorug‘ olamda ayni shu yozuvchigina yoza
oladi. Tahlilchi asar mazmunini hikoya qilishi orqali asardagi qiziqarli voqealarni
berishi mumkindir, ammo insoniy xarakterlarni, kechinmalarni, hissiyotlarni, ularni
tug‘dirgan ochik  -  yashirin  sabablarni  yetkaza  olmaydi. Tekshirilayotgan asar
mazmunini  so‘zlab  berish  mumkin  emasligining  ikkinchi  sababi  matn  tahlil
qilinmay,  asarning  barcha  unsurlari  badiiy  elakdan  o‘tkazilmay  turib,  uning
zamiridagi estetik ma'no noma'lumligicha qolaveradi. Epik asarlarni tahlil qilishda
uning hajmi tasvirning murakkablik darajasi hisobga olingan holda ish ko‘riladi.
Hajm taqozo etsa asarni badiiy tahlilning avval aytilgan uch usulidan birini yoki
barini qo‘llagan holda tekshirish zarur. Mabodo, tahlillanadigan asar juda yirik
bo‘lsa, tahlilchi, albatta, asarning eng qiziqarli, muhim bir qator intellektual-estetik
operatsiyalar  amalga  oshirilmasa,  anglash  mushkul  bo‘lgan  jihatini  tekshirishi
lozim. Buning uchun asarning umumiy tirik vujudiga daxl etilmagan holda u badiiy
ma'noli qismlarga ajratib olinishi lozim. Bunda o‘quvchi diqqatini o‘ziga beixtiyor
tortadigan, personajlar tabiati yorqin namoyon bo‘ladigan, muallif mahorati ko‘zga
balqib  tashlanadigan,  qahramonlar  ruhiy  dunyosi  bo‘rtiq  aks  etgan  o‘rinlar
nazardan  qochirilmasligi  kerak.  Badiiy  tahlilda  matndagi  muhim  jihatni
nomuhimdan ajratish, asar personajlariga jonli bo‘lingandagina timsolning o‘ziga
xosligi,  adibning  san'atkorligi  namoyon  bo‘ladi.  Ko‘pincha,tadqiqotchilar  epik
asarlardagi qahramonlardan, avval boshdanoq goya qidirishga tutinishadi va shu
bois turli asarlardagi mutlaqo boshqa-boshqa personajlar ikki tomchi suvday bir xil
Logotip
malakani - epik asar zamiridagi badiiy ma'noni ilg‘ay olish va mantiqiy xulosaga kela bilishni shakllantirishga intilishi, eng muhimi, asarning hayotiy va badiiy ma'nosini kashf eta olishi kerak. Boshdanoq qat'iy hukm tarzida ta'kidlab aytish kerakki, tahlillanadigan asar qanchalik yirik,voqealar tasviri qanchalar serqatlam, personajlar soni nechog‘lik ko‘p bo‘lmasin, tahlil mobaynida asarlarning mazmunini so‘zlab berish mumkin emas. Buning ikki sababi bor. Birinchidan,tahlilchi qanchalik mahoratli bo‘lmasin badiiy asarni adibning o‘ziday aytib berolmaydi va buning zaruriyati ham yo‘q. Chunki matn bilan tanishganlar uni bilishadi. Asarni o‘qimaganlarga matnning tarovatini bir qadar yo‘qotib hikoya qilib berishning foydasi yo‘q. Negaki, bunda asarning o‘zi emas, uning suyaklari, skleti yetib boradi, xolos. Tahlilchi nechog‘lik urinmasin, ayni asarni bitgan yozuvchi bo‘lolmaydi. Ayni asarni yorug‘ olamda ayni shu yozuvchigina yoza oladi. Tahlilchi asar mazmunini hikoya qilishi orqali asardagi qiziqarli voqealarni berishi mumkindir, ammo insoniy xarakterlarni, kechinmalarni, hissiyotlarni, ularni tug‘dirgan ochik - yashirin sabablarni yetkaza olmaydi. Tekshirilayotgan asar mazmunini so‘zlab berish mumkin emasligining ikkinchi sababi matn tahlil qilinmay, asarning barcha unsurlari badiiy elakdan o‘tkazilmay turib, uning zamiridagi estetik ma'no noma'lumligicha qolaveradi. Epik asarlarni tahlil qilishda uning hajmi tasvirning murakkablik darajasi hisobga olingan holda ish ko‘riladi. Hajm taqozo etsa asarni badiiy tahlilning avval aytilgan uch usulidan birini yoki barini qo‘llagan holda tekshirish zarur. Mabodo, tahlillanadigan asar juda yirik bo‘lsa, tahlilchi, albatta, asarning eng qiziqarli, muhim bir qator intellektual-estetik operatsiyalar amalga oshirilmasa, anglash mushkul bo‘lgan jihatini tekshirishi lozim. Buning uchun asarning umumiy tirik vujudiga daxl etilmagan holda u badiiy ma'noli qismlarga ajratib olinishi lozim. Bunda o‘quvchi diqqatini o‘ziga beixtiyor tortadigan, personajlar tabiati yorqin namoyon bo‘ladigan, muallif mahorati ko‘zga balqib tashlanadigan, qahramonlar ruhiy dunyosi bo‘rtiq aks etgan o‘rinlar nazardan qochirilmasligi kerak. Badiiy tahlilda matndagi muhim jihatni nomuhimdan ajratish, asar personajlariga jonli bo‘lingandagina timsolning o‘ziga xosligi, adibning san'atkorligi namoyon bo‘ladi. Ko‘pincha,tadqiqotchilar epik asarlardagi qahramonlardan, avval boshdanoq goya qidirishga tutinishadi va shu bois turli asarlardagi mutlaqo boshqa-boshqa personajlar ikki tomchi suvday bir xil
baho oladi, birday talqin etiladi. Chunki g‘oyalar o‘xshash bo‘ladi, bir xil g‘oyalar
ham ko‘p, lekin cheksiz olamda bir-biriga to‘liq o‘xshash bo‘lgan ikki kishi yo‘q.
Badiiy asar va undagi qahramonlar tasviriesa, ayni shu o‘xshamaslikning, o‘ziga
xoslikning badiiy ifodasi sifatida paydo bo‘lgan hodisalardir.Shuning uchun ham
adabiyotshunoslik  amaliyotida Yo‘lchi  va G‘ofir, Jamila  va Gulnor, Saida va
Zaynab, Otabek va Anvar, Kumush va Ra'no timsollariga uzoq vaqt mobaynida bir
xil  baho  berib  kelingan.  Bunga  sabab  adabiyotshunoslar  bu  qahramonlarga
individual qiyofaga ega jonli odam sifatida yondashmaganlar va ulardan faqat
g‘oya qidirilib, ijtimoiy xulosa chiqarishga urinilganligidir. Epik asarlarni tahlil
etishning ususllari juda ko‘p va tekshirilayotgan epik asar qancha bo‘lsa, tahlil ham
o‘shancha o‘ziga xosliklarga ega bo‘laveradi. Adabiy tahlilda biror quyushqonni
yasab olib, har doim shundan foydalanaman degan mutaxassis xato qiladi. Epik
asar  o‘rganilayotganda  personajlar  xatti-harakatlari  uning  xarakter  mantig‘iga
muvofiq kelishi yoki kelmasligi muammosi tahlilning markazida turishi kerak.
Ya'ni epik asar tahlil qilinayotganda, obrazlarning gap-so‘zlari, qiliqlari, fikrlari
ularning sa'jiyalariga muvofiqligi,ruhiy jihatdan asoslanganligiga e'tibor qilinishi
va asarning asl qiymati ana shulardan keltirib chiqarilishi lozim. Epik asar tahlili
faqat mantiqiy operatsiyaga aylanib qolmasligi, balki hamisha asardan go‘zallik
topishga intilish diqqat markazida turishi joiz. Nasriy til jozibasini, turli-tuman
badiiy  vositalar  tufayli  tug‘ilgan  estetik  mu'jizalarni  payqaydigan  va  shundan
lazzatlanadigan, hamda shu lazzatning manbaini tushunib va tushuntirib berish
kishi ma'naviy yuksalishida beqiyos ahamiyat kasb etadi. Epik asarlar tahlilida
badiiy shartlilik, obrazlilik, olamni o‘zgacha estetik nazar bilan ko‘rish mumkinligi
hamisha  ko‘zda  tutilishi  mushtariylarni  xilma-xil  ijodiy  yo‘nalishdagi,  turli
janrlardagi badiiy hodisalarni qabul qila bilish va san'at asarlarini suyuk ommabop
bitiklardan ajrata olishga o‘rgatadi. Aytilgan fikrlarni tahlilning amaliyotiga doir
biror misol bilan mustahkamlash maqsadga muvofiqdir. Chunonchi, adib Abdulla
Qahhorning  20  asrning  30-yillaridan  buyon  tekshirilib,tahlil  etilib  kelayotgan
"O‘g‘ri" hikoyasi misolida nazariy fikrlarning amaliy isbotini ko‘rsatish ma'qul
bo‘ladi. Bu asarni tekstual tahlil qilish ko‘proq samara beradi. Negaki, hajman
mu'jaz bu hikoyada badiiy maqsadga xizmat qilmaydigan, personajlar tabiatini
ochishga qaratilmagan bironta so‘z ham uchramaydi. Binobarin, asarda nomuhim,
Logotip
baho oladi, birday talqin etiladi. Chunki g‘oyalar o‘xshash bo‘ladi, bir xil g‘oyalar ham ko‘p, lekin cheksiz olamda bir-biriga to‘liq o‘xshash bo‘lgan ikki kishi yo‘q. Badiiy asar va undagi qahramonlar tasviriesa, ayni shu o‘xshamaslikning, o‘ziga xoslikning badiiy ifodasi sifatida paydo bo‘lgan hodisalardir.Shuning uchun ham adabiyotshunoslik amaliyotida Yo‘lchi va G‘ofir, Jamila va Gulnor, Saida va Zaynab, Otabek va Anvar, Kumush va Ra'no timsollariga uzoq vaqt mobaynida bir xil baho berib kelingan. Bunga sabab adabiyotshunoslar bu qahramonlarga individual qiyofaga ega jonli odam sifatida yondashmaganlar va ulardan faqat g‘oya qidirilib, ijtimoiy xulosa chiqarishga urinilganligidir. Epik asarlarni tahlil etishning ususllari juda ko‘p va tekshirilayotgan epik asar qancha bo‘lsa, tahlil ham o‘shancha o‘ziga xosliklarga ega bo‘laveradi. Adabiy tahlilda biror quyushqonni yasab olib, har doim shundan foydalanaman degan mutaxassis xato qiladi. Epik asar o‘rganilayotganda personajlar xatti-harakatlari uning xarakter mantig‘iga muvofiq kelishi yoki kelmasligi muammosi tahlilning markazida turishi kerak. Ya'ni epik asar tahlil qilinayotganda, obrazlarning gap-so‘zlari, qiliqlari, fikrlari ularning sa'jiyalariga muvofiqligi,ruhiy jihatdan asoslanganligiga e'tibor qilinishi va asarning asl qiymati ana shulardan keltirib chiqarilishi lozim. Epik asar tahlili faqat mantiqiy operatsiyaga aylanib qolmasligi, balki hamisha asardan go‘zallik topishga intilish diqqat markazida turishi joiz. Nasriy til jozibasini, turli-tuman badiiy vositalar tufayli tug‘ilgan estetik mu'jizalarni payqaydigan va shundan lazzatlanadigan, hamda shu lazzatning manbaini tushunib va tushuntirib berish kishi ma'naviy yuksalishida beqiyos ahamiyat kasb etadi. Epik asarlar tahlilida badiiy shartlilik, obrazlilik, olamni o‘zgacha estetik nazar bilan ko‘rish mumkinligi hamisha ko‘zda tutilishi mushtariylarni xilma-xil ijodiy yo‘nalishdagi, turli janrlardagi badiiy hodisalarni qabul qila bilish va san'at asarlarini suyuk ommabop bitiklardan ajrata olishga o‘rgatadi. Aytilgan fikrlarni tahlilning amaliyotiga doir biror misol bilan mustahkamlash maqsadga muvofiqdir. Chunonchi, adib Abdulla Qahhorning 20 asrning 30-yillaridan buyon tekshirilib,tahlil etilib kelayotgan "O‘g‘ri" hikoyasi misolida nazariy fikrlarning amaliy isbotini ko‘rsatish ma'qul bo‘ladi. Bu asarni tekstual tahlil qilish ko‘proq samara beradi. Negaki, hajman mu'jaz bu hikoyada badiiy maqsadga xizmat qilmaydigan, personajlar tabiatini ochishga qaratilmagan bironta so‘z ham uchramaydi. Binobarin, asarda nomuhim,
ikkinchi darajali badiiy unsurning o‘zi yo‘q. Shu bois, xuddi lirik asarlarni tahlil
qilgandek,  mazkur  hikoyani  ham  tekstual  usulda  o‘rganish  samarali
bo‘ladi.Tahlilni kampirning tong qorong‘usida turishi va hukizidan xabar olishi
sabablarini  aniqlashdan boshlagan ma'qul. Kampirning barcha o‘zbek ayollari,
ayniqsa, qishloqda yashaydigan hamma kayvonilar singari saharlab turishi o‘z
holicha  hech  kimning  e'tiborini  mutlaqo  tortmasligi  mumkin.  Lekin  yozuvchi
kampirning saharxezligini shunchaki odat tarzida emas, balki zaruriyat taqozosi
sifatida  ham  ko‘rsatadi:  u  xamir  qorishi  kerak.  Hikoya  matnidan  ma'lumki,
kampirning dastyori yo‘q. Demak, kundalik yumushlar ko‘paymay, quyosh juda
qizib ketmay turib, non yopishga ulgirishi kerak. Buning ustiga, choli nonushtaga
issiq non yesa yana ham yaxshi. Ehtimol, ertalikka ularda nondan bo‘lak yeydigan
narsaning o‘zi yo‘qdir. Endi e'tibor "...xamir qilgani" turgan kampirning ne bois
hukizdan  xabar  olganligiga  qaratilishi  joiz.  Ma'lumki,  har  kim  o‘zi  uchun
qimmatbaho hisoblangan narsadan bot-bot xabardor bo‘lib turadi, farzandli ona
hamisha bolalaridan xabardor bo‘lishga, badavlat odam davlatidan ogoh turishga
intiladi. Chol-u kampirning uyida bir-birlari uchun o‘zlaridan keyingi qimmatbaho
narsa – ho‘kiz. Shu bois kampirning o‘rnidan turiboq undan xabar olishi tasviri
ham tushunarli, ham ishonarli. O‘quvchilar diqqati hikoyada birgina tovushdan
iborat  "O!."  gina  tashiydigan  serqirra  ma'noga,  ifodalaydigan  holatlar
ekstratsiyasiga qaratilishi lozim. Bu tovush - gap zamirida kampirning qanday
kechinmalari borikin? Kitobxonlar kampirning ayni paytdagi holatini to‘lik his
qilishsa, uning kechinma-yu sezimlarini ilg‘ab olishsa, estetik maqsadga muvofiq
bo‘ladi. So‘ng hikmatga o‘xshab ketadigan: "Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi
yo‘qolmasin" jumlasiga mushtariylar e'tibori tortilgani ma'qul. Kambag‘al odamda
yuksak orzular bo‘lmaydi. Chunki  bedavo dard bo‘lmish qashshoqlik insonni,
avvalo,  baland  orzulardan  mahrum  etadi.  Havas  –  imkoniyatdan  tug‘iladigan
hosila. Shu bois dehqonning uyi ma'murchilik obidasi yoki yuqolsa kishining joni
achiydigan koshona emas, shunchaki "... bir qop somon, un-un beshta xoda, bir
arava qamish "bilan tiklanadigan kulba. Binobarin, uning kuyib ketishi uy egasi
uchun juda katta yuqotish emas.Yangisini tiklab olish mumkin. Kambag‘alda uyi
kuyganda  yonib  ketadigan  boylik  ham  yo‘qki,  unga  achinsa.Tahlilchi  syujet
rivojidagi har bir nuqtaga kampirning reaksiyasi qandayligiga diqqat qilishi kerak:
Logotip
ikkinchi darajali badiiy unsurning o‘zi yo‘q. Shu bois, xuddi lirik asarlarni tahlil qilgandek, mazkur hikoyani ham tekstual usulda o‘rganish samarali bo‘ladi.Tahlilni kampirning tong qorong‘usida turishi va hukizidan xabar olishi sabablarini aniqlashdan boshlagan ma'qul. Kampirning barcha o‘zbek ayollari, ayniqsa, qishloqda yashaydigan hamma kayvonilar singari saharlab turishi o‘z holicha hech kimning e'tiborini mutlaqo tortmasligi mumkin. Lekin yozuvchi kampirning saharxezligini shunchaki odat tarzida emas, balki zaruriyat taqozosi sifatida ham ko‘rsatadi: u xamir qorishi kerak. Hikoya matnidan ma'lumki, kampirning dastyori yo‘q. Demak, kundalik yumushlar ko‘paymay, quyosh juda qizib ketmay turib, non yopishga ulgirishi kerak. Buning ustiga, choli nonushtaga issiq non yesa yana ham yaxshi. Ehtimol, ertalikka ularda nondan bo‘lak yeydigan narsaning o‘zi yo‘qdir. Endi e'tibor "...xamir qilgani" turgan kampirning ne bois hukizdan xabar olganligiga qaratilishi joiz. Ma'lumki, har kim o‘zi uchun qimmatbaho hisoblangan narsadan bot-bot xabardor bo‘lib turadi, farzandli ona hamisha bolalaridan xabardor bo‘lishga, badavlat odam davlatidan ogoh turishga intiladi. Chol-u kampirning uyida bir-birlari uchun o‘zlaridan keyingi qimmatbaho narsa – ho‘kiz. Shu bois kampirning o‘rnidan turiboq undan xabar olishi tasviri ham tushunarli, ham ishonarli. O‘quvchilar diqqati hikoyada birgina tovushdan iborat "O!." gina tashiydigan serqirra ma'noga, ifodalaydigan holatlar ekstratsiyasiga qaratilishi lozim. Bu tovush - gap zamirida kampirning qanday kechinmalari borikin? Kitobxonlar kampirning ayni paytdagi holatini to‘lik his qilishsa, uning kechinma-yu sezimlarini ilg‘ab olishsa, estetik maqsadga muvofiq bo‘ladi. So‘ng hikmatga o‘xshab ketadigan: "Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qolmasin" jumlasiga mushtariylar e'tibori tortilgani ma'qul. Kambag‘al odamda yuksak orzular bo‘lmaydi. Chunki bedavo dard bo‘lmish qashshoqlik insonni, avvalo, baland orzulardan mahrum etadi. Havas – imkoniyatdan tug‘iladigan hosila. Shu bois dehqonning uyi ma'murchilik obidasi yoki yuqolsa kishining joni achiydigan koshona emas, shunchaki "... bir qop somon, un-un beshta xoda, bir arava qamish "bilan tiklanadigan kulba. Binobarin, uning kuyib ketishi uy egasi uchun juda katta yuqotish emas.Yangisini tiklab olish mumkin. Kambag‘alda uyi kuyganda yonib ketadigan boylik ham yo‘qki, unga achinsa.Tahlilchi syujet rivojidagi har bir nuqtaga kampirning reaksiyasi qandayligiga diqqat qilishi kerak:
ho‘kizning yo‘qolganini bilgan kampir eng avval nima qildi? Hamma ayollarning
qurolini ishga soldi, ya'ni dodladi. Boshqacha bo‘lishi mumkinmidi? Uning o‘rnida
Qobil bobo nima qilgan bo‘lardi? Bu haqda jiddiy uylab kurish kerak. Hikoyaning
keyingi jumlasi yanada g‘alati va bir qarashda asosiy tasvirga daxli yo‘qqa o‘xshab
tuyuladi: "Odamlar dod ovoziga o‘rganib qolgan: birovni eri uradi, birovning uyi
xatga tushadi...". "Odamlar dodga o‘rganib qolgan..." bo‘lsa, demak, bu holat tez-
tez  takrorlanib  turadi.  Axir  o‘zbeklar  andishali,  ovozini  balandlatishdan
iymanadigan  xalq-ku?!  Buning  ustiga,  asar  voqealari  inqilob  deb  atalmish
tuntarishdan oldin sodir bo‘lgan. Binobarin, hozirgi ayollarni dod solishga majbur
etadigan asosiy sabab - ichkilik u zamonlar hali yo‘q edi. Shuni bilish kerakki,
mustamlaka xalq hech qachon farovon turmush kechira olmaydi. Ya'ni xalqimiz
Rossiya qo‘li ostida g‘oyat faqir yashagan. Kambagallikning azobini esa, eng
avval,  ayollar  tortadi.  Chunki  ro‘zgorni  ular  yuritadi,  uyda  nima  bor-u  nima
yo‘qligini ayollar yaxshi bilishadi. Ustiga ustak, ular onalardir. Farzandlarining
ehtiyojlarini qondirish tashvishi avval onalarga tushadi. Ayniqsa, o‘zbek oilalarida
bolalar o‘z dardlarini, asosan, onalariga aytishadi. Shu bois xotin kishi mustamlaka
yurtning  erkagini  har  kuni  "u  yo‘q,bu  yo‘q"  deb  "egovlaydi".  Erkak  ham
ro‘zg‘orning  to‘kis  emasligini  yaxshi  biladi,  ammo  to‘kis  qilishning  yo‘lini
bilmaydi. Xotin esa, uyda nimaningdir yo‘qligini eslataverishdan charchamaydi.
Aytgani bo‘lavermagach, kemtiklik butlanavermagach, eridan norozi bo‘ladi, unga
tik gapiradi. O‘zbekning erkagi qandayligidan qat'iy nazar xotinidan gap eshitishga
o‘rganmagani  bois  kambag‘allikni  tug‘dirgan  sababni  bartaraf  etishning  emas,
balki norozi bo‘laverib, erining hamiyatiga tekkan ayolining isyonini bir yoqlik
qilish yo‘lini izlaydi. Va topadi: uni kaltaklaydi.O‘zbekning ayoli erining hamma
kaltagiga ham dod sola bermaydi. Agar o‘zining aybi uchun kaltak yesa, hech
kimga bildirmaydi. Dod solish u yoqda tursin, keyinchalik ham birovga "tish
yormaydi". Ammo janjal  kambag‘alchilik tufayli kelib chiqsa-yu, musht bilan
xotimalanadigan bo‘lsa, endi bizning ayollarni ma'zur tutib qo‘yasiz. U erining
kambag‘alligini, noshudligini yeti mahallaga yoyadi. Endi dod ovozi paydo bo‘lish
sabablarining ikkinchi qismini ko‘rib chiqaylik:"...birovning uyi xatga tushadi".
Bugungi  o‘quvchi  dastlab  bu  jumla  zamiridagi  haqiqatni  payqamasligi  aniq.
Shuning uchun unga oydinlik kiritiladi: Kambag‘al odam bir balo qilib tirikchilik
Logotip
ho‘kizning yo‘qolganini bilgan kampir eng avval nima qildi? Hamma ayollarning qurolini ishga soldi, ya'ni dodladi. Boshqacha bo‘lishi mumkinmidi? Uning o‘rnida Qobil bobo nima qilgan bo‘lardi? Bu haqda jiddiy uylab kurish kerak. Hikoyaning keyingi jumlasi yanada g‘alati va bir qarashda asosiy tasvirga daxli yo‘qqa o‘xshab tuyuladi: "Odamlar dod ovoziga o‘rganib qolgan: birovni eri uradi, birovning uyi xatga tushadi...". "Odamlar dodga o‘rganib qolgan..." bo‘lsa, demak, bu holat tez- tez takrorlanib turadi. Axir o‘zbeklar andishali, ovozini balandlatishdan iymanadigan xalq-ku?! Buning ustiga, asar voqealari inqilob deb atalmish tuntarishdan oldin sodir bo‘lgan. Binobarin, hozirgi ayollarni dod solishga majbur etadigan asosiy sabab - ichkilik u zamonlar hali yo‘q edi. Shuni bilish kerakki, mustamlaka xalq hech qachon farovon turmush kechira olmaydi. Ya'ni xalqimiz Rossiya qo‘li ostida g‘oyat faqir yashagan. Kambagallikning azobini esa, eng avval, ayollar tortadi. Chunki ro‘zgorni ular yuritadi, uyda nima bor-u nima yo‘qligini ayollar yaxshi bilishadi. Ustiga ustak, ular onalardir. Farzandlarining ehtiyojlarini qondirish tashvishi avval onalarga tushadi. Ayniqsa, o‘zbek oilalarida bolalar o‘z dardlarini, asosan, onalariga aytishadi. Shu bois xotin kishi mustamlaka yurtning erkagini har kuni "u yo‘q,bu yo‘q" deb "egovlaydi". Erkak ham ro‘zg‘orning to‘kis emasligini yaxshi biladi, ammo to‘kis qilishning yo‘lini bilmaydi. Xotin esa, uyda nimaningdir yo‘qligini eslataverishdan charchamaydi. Aytgani bo‘lavermagach, kemtiklik butlanavermagach, eridan norozi bo‘ladi, unga tik gapiradi. O‘zbekning erkagi qandayligidan qat'iy nazar xotinidan gap eshitishga o‘rganmagani bois kambag‘allikni tug‘dirgan sababni bartaraf etishning emas, balki norozi bo‘laverib, erining hamiyatiga tekkan ayolining isyonini bir yoqlik qilish yo‘lini izlaydi. Va topadi: uni kaltaklaydi.O‘zbekning ayoli erining hamma kaltagiga ham dod sola bermaydi. Agar o‘zining aybi uchun kaltak yesa, hech kimga bildirmaydi. Dod solish u yoqda tursin, keyinchalik ham birovga "tish yormaydi". Ammo janjal kambag‘alchilik tufayli kelib chiqsa-yu, musht bilan xotimalanadigan bo‘lsa, endi bizning ayollarni ma'zur tutib qo‘yasiz. U erining kambag‘alligini, noshudligini yeti mahallaga yoyadi. Endi dod ovozi paydo bo‘lish sabablarining ikkinchi qismini ko‘rib chiqaylik:"...birovning uyi xatga tushadi". Bugungi o‘quvchi dastlab bu jumla zamiridagi haqiqatni payqamasligi aniq. Shuning uchun unga oydinlik kiritiladi: Kambag‘al odam bir balo qilib tirikchilik
o‘tkazish, oilasi ochlikdan patorat topib ketmasligi uchun yo‘qsulning eng sinalgan
usulini ishga soladi. Ya'ni badavlatroq odamdan qarz oladi. Aniqki, qarz qachondir
to‘lanishi kerak. Vaqtida to‘lanmagan qarz evaziga qarzdorning pichoqqa ilingudek
mulki  "xat"ga  olinadi,  garovga  qo‘yiladi.  Kambag‘alda  qanday  mulk  bo‘lishi
mumkin?  Bola-baqrasi  bilan  yashab  turgan  va  "bir  qop  somon-u  bir  arava
qamishdan"  bino  bo‘lgan  uyda!  Yomon  bo‘lsa-da,  boshpanasidan  ajralgan
odamning ahli ayoli dod solishi tabiiy. Bu xil dodlashlar tez-tez ro‘y berib turgani
uchun ham, odamlarning qulog‘i o‘rganib qolgan. Hikoyada: "Ammo kampirning
dodiga odam tez to‘plandi",- deb ta'kidlanadi. O‘ylab ko‘rish kerak: Nega? Chunki
bu uydan shu paytgacha dod ovozi chiqmagan, har holda chol-u kampir bir-
birlarini  tushunib  qolishgan,  uy  o‘zlariniki,  hukizlari  ham  bor  edi.  Hech
kutilmaganda, kampirning dod solishi, odatdagi ovozlarga "begona" tovushning
qo‘shilishi atrofdagilarni befarq qoldirmasligi aniq. Hikoyaning shu jihatlari ilg‘ab
olinsa, undan kutiladigan estetik samaradorlik ortib boraveradi.Hikoyadagi Qobil
bobo holatini ham ichdan his etishga urinish lozim. Bunda ham eng yaqin asos-
badiiy matn. Tasvirga e'tibor qaratilishi kerak: "Qobil bobo yalang bosh, ylang
oyoq, yaktakchan og‘il eshigi yonida turib dag‘-dag‘ titraydi, tizzalari bukilib-
bukilib  ketadi,  ko‘zlari  jovdiraydi,  hammaga  qaraydi,  ammo  hech  kimni
ko‘rmaydi". Agar Qobil bobo holatini ichdan his etilmay, shunchaki o‘qib yoki
eshitib ketilaversa, matn qudrati anglanmay qolaveradi. Qandaydir birodarning
qiynalganligini axborot sifatida bilib qo‘yish - boshqa-yu, o‘sha odamning holatiga
tushib, u kechirgan tuyg‘ularni ichdan his etish - boshqa. Shuning uchun ham Qobil
bobo holatidagi hech bir chizgi nazardan chetda qolmasligi kerak. Nega Qobil bobo
yalang bosh,yalang oyoq, buning ustiga yaktakchan? Shu o‘rinda "yaktakchan"
so‘zi  mamlakatimizning  turli  mintaqalarida  turlicha  tushunilishiga  e'tibor
qaratilishi lozim. Toshkent va Farg‘ona tomonlarda yashovchi aholining aksari
qismi  uchun  "yaktakchan"  degani  yaktaksiz  demakdir.  Qolgan  mintaqalardagi
kishilar uchun esa faqat yaktakda mazmunini anglatadi. Adib qaysi holatni ko‘zda
tutganligini badiiy vaziyatni anglab yetishiga qarab har bir o‘quvchi o‘zi hal etadi.
Qariyalarimiz  hozir  ham  bosh  yalang  yurishni  odobsizlik  deb  bilishadi.  U
paytlarda-ku yalang boshlik borib turgan shakkoklik hisoblangandir. Hikoyadagi
bobo esa yalang bosh, yalang oyoq ekani kamlik qilganday, el ko‘ziga yaktaksiz
Logotip
o‘tkazish, oilasi ochlikdan patorat topib ketmasligi uchun yo‘qsulning eng sinalgan usulini ishga soladi. Ya'ni badavlatroq odamdan qarz oladi. Aniqki, qarz qachondir to‘lanishi kerak. Vaqtida to‘lanmagan qarz evaziga qarzdorning pichoqqa ilingudek mulki "xat"ga olinadi, garovga qo‘yiladi. Kambag‘alda qanday mulk bo‘lishi mumkin? Bola-baqrasi bilan yashab turgan va "bir qop somon-u bir arava qamishdan" bino bo‘lgan uyda! Yomon bo‘lsa-da, boshpanasidan ajralgan odamning ahli ayoli dod solishi tabiiy. Bu xil dodlashlar tez-tez ro‘y berib turgani uchun ham, odamlarning qulog‘i o‘rganib qolgan. Hikoyada: "Ammo kampirning dodiga odam tez to‘plandi",- deb ta'kidlanadi. O‘ylab ko‘rish kerak: Nega? Chunki bu uydan shu paytgacha dod ovozi chiqmagan, har holda chol-u kampir bir- birlarini tushunib qolishgan, uy o‘zlariniki, hukizlari ham bor edi. Hech kutilmaganda, kampirning dod solishi, odatdagi ovozlarga "begona" tovushning qo‘shilishi atrofdagilarni befarq qoldirmasligi aniq. Hikoyaning shu jihatlari ilg‘ab olinsa, undan kutiladigan estetik samaradorlik ortib boraveradi.Hikoyadagi Qobil bobo holatini ham ichdan his etishga urinish lozim. Bunda ham eng yaqin asos- badiiy matn. Tasvirga e'tibor qaratilishi kerak: "Qobil bobo yalang bosh, ylang oyoq, yaktakchan og‘il eshigi yonida turib dag‘-dag‘ titraydi, tizzalari bukilib- bukilib ketadi, ko‘zlari jovdiraydi, hammaga qaraydi, ammo hech kimni ko‘rmaydi". Agar Qobil bobo holatini ichdan his etilmay, shunchaki o‘qib yoki eshitib ketilaversa, matn qudrati anglanmay qolaveradi. Qandaydir birodarning qiynalganligini axborot sifatida bilib qo‘yish - boshqa-yu, o‘sha odamning holatiga tushib, u kechirgan tuyg‘ularni ichdan his etish - boshqa. Shuning uchun ham Qobil bobo holatidagi hech bir chizgi nazardan chetda qolmasligi kerak. Nega Qobil bobo yalang bosh,yalang oyoq, buning ustiga yaktakchan? Shu o‘rinda "yaktakchan" so‘zi mamlakatimizning turli mintaqalarida turlicha tushunilishiga e'tibor qaratilishi lozim. Toshkent va Farg‘ona tomonlarda yashovchi aholining aksari qismi uchun "yaktakchan" degani yaktaksiz demakdir. Qolgan mintaqalardagi kishilar uchun esa faqat yaktakda mazmunini anglatadi. Adib qaysi holatni ko‘zda tutganligini badiiy vaziyatni anglab yetishiga qarab har bir o‘quvchi o‘zi hal etadi. Qariyalarimiz hozir ham bosh yalang yurishni odobsizlik deb bilishadi. U paytlarda-ku yalang boshlik borib turgan shakkoklik hisoblangandir. Hikoyadagi bobo esa yalang bosh, yalang oyoq ekani kamlik qilganday, el ko‘ziga yaktaksiz
ko‘ringanini qanday izohlash mumkin? Bu savollarga javob topish uchun e'tibor
qahramonlarning  tashqi  holatini  taftish  qilishdan  ichki  dunyosini  tekshirishga
yo‘naltirilishi kerak. Cholning tizzalari "bukilib-bukilib" ketishiga sabab nima? Bu
so‘zning ikki marta yozilganligiga diqqat qilish kerak. Chol nega "dag‘-dag‘"
titraydi? Havoning sovuqligidanmi, yaktaksizligidanmi yoki boshqa ichki sabab
bormi? Adibning: "...hammaga qaraydi, ammo hech kimni ko‘rmaydi" tarzidagi
ta'kidini qanday tushunmoq kerak? Boboning ko‘zlari  xirami yoki kutilmagan
baxtsizlik  uning  ko‘z  oldini  qorong‘ulashtirdimi?  O‘zi  aslida,cholning  ko‘zi
xiralashdimi  yoki  aqli?  Tahlil  qamroviga  ellikboshini  ham  olish  lozim.
Burunsizligi,  ovozining  pangligi  tufayli  boshdanoq  yoqimsiz  bo‘lgan
ellikboshining dabdurustdan boboni sensirab: "Ho‘kizing hechqayoqqa ketmaydi,
topiladi!" - deya karomat qilishi kishidagi noxush taassurotni yanada kuchaytiradi.
Agar estetik nishon to‘g‘ri olinsa, asarda juda nozik ishoralar borligini ko‘rish,
ularning tagiga ham yetish mumkin. Ellikboshining o‘g‘ri teshgan yerni nima
sababdan ikki bor taftish qilgani, qayta-qayta sinchiklab tekshirgani, hatto ustunni
ham qimirlatib ko‘rganini izohlash zarur. Sal e'tibor qilgan kishiga bu harakatlar
tagidagi  g‘araz  ko‘rinib  turibdi.  Ellikboshi  o‘zini  o‘g‘rini  topishga  astoydil
urinayotgan kishi qilib ko‘rsatmoqchi, cholning ishonchini qozonib, undan biror
narsa o‘ndirmoqchi. Lekin Qobil bobo bu g‘arazni sezmaydi. Chunki kutilmagan
baxtsizlik uning keksa aqlini yanada xiralashtirib qo‘ydi. Shu vaqtga qadar karaxt
bo‘lib yig‘lamay turgan Qobil boboning ellikboshi ho‘kiz topilishini ishonch bilan
aytganidan keyin yig‘lab yuborganligi sababini anglatish kerak. Bu haqda bosh
qotirish  kishida  boshqa  insonni  tuyish,o‘zgani  tushunish  malakalarini
shakllantiradi. Ellikboshining keyingi harakatlari uning qanday shaxs ekanligini
yanada yaqqol  ko‘rsatadi:  "Yig‘lama, yig‘lama  deyman!  Ho‘kizing oqposhsho
qo‘lostidan chiqib ketmagan bo‘lsa topiladi". Ellikboshining keksa odamga, buning
ustiga, kulfatga yo‘liqqan yon qo‘shnisiga nega bunchalik dag‘daga qilayotgani
haqda o‘ylab ko‘rish kerak. Ellikboshiboshiga ishi tushgan kishiga yordam berishni
emas, balki undan biror narsa o‘ndirib qolishni o‘ylaydi. To‘g‘ri gapni to‘g‘rilikcha
aytsa,  avvalo,  nimadir  qilish  kerak  bo‘ladi,  ikkinchidan,  pora  olish  mumkin
bo‘lmay qoldi. Ta'maning yo‘lini yaqinroq qilish va cholni ho‘kizi topilishiga
ko‘proq  ishontirish  uchun  esa  uni  sensiraydi.  Manfaatga  qo‘l  bo‘lgan  odam
Logotip
ko‘ringanini qanday izohlash mumkin? Bu savollarga javob topish uchun e'tibor qahramonlarning tashqi holatini taftish qilishdan ichki dunyosini tekshirishga yo‘naltirilishi kerak. Cholning tizzalari "bukilib-bukilib" ketishiga sabab nima? Bu so‘zning ikki marta yozilganligiga diqqat qilish kerak. Chol nega "dag‘-dag‘" titraydi? Havoning sovuqligidanmi, yaktaksizligidanmi yoki boshqa ichki sabab bormi? Adibning: "...hammaga qaraydi, ammo hech kimni ko‘rmaydi" tarzidagi ta'kidini qanday tushunmoq kerak? Boboning ko‘zlari xirami yoki kutilmagan baxtsizlik uning ko‘z oldini qorong‘ulashtirdimi? O‘zi aslida,cholning ko‘zi xiralashdimi yoki aqli? Tahlil qamroviga ellikboshini ham olish lozim. Burunsizligi, ovozining pangligi tufayli boshdanoq yoqimsiz bo‘lgan ellikboshining dabdurustdan boboni sensirab: "Ho‘kizing hechqayoqqa ketmaydi, topiladi!" - deya karomat qilishi kishidagi noxush taassurotni yanada kuchaytiradi. Agar estetik nishon to‘g‘ri olinsa, asarda juda nozik ishoralar borligini ko‘rish, ularning tagiga ham yetish mumkin. Ellikboshining o‘g‘ri teshgan yerni nima sababdan ikki bor taftish qilgani, qayta-qayta sinchiklab tekshirgani, hatto ustunni ham qimirlatib ko‘rganini izohlash zarur. Sal e'tibor qilgan kishiga bu harakatlar tagidagi g‘araz ko‘rinib turibdi. Ellikboshi o‘zini o‘g‘rini topishga astoydil urinayotgan kishi qilib ko‘rsatmoqchi, cholning ishonchini qozonib, undan biror narsa o‘ndirmoqchi. Lekin Qobil bobo bu g‘arazni sezmaydi. Chunki kutilmagan baxtsizlik uning keksa aqlini yanada xiralashtirib qo‘ydi. Shu vaqtga qadar karaxt bo‘lib yig‘lamay turgan Qobil boboning ellikboshi ho‘kiz topilishini ishonch bilan aytganidan keyin yig‘lab yuborganligi sababini anglatish kerak. Bu haqda bosh qotirish kishida boshqa insonni tuyish,o‘zgani tushunish malakalarini shakllantiradi. Ellikboshining keyingi harakatlari uning qanday shaxs ekanligini yanada yaqqol ko‘rsatadi: "Yig‘lama, yig‘lama deyman! Ho‘kizing oqposhsho qo‘lostidan chiqib ketmagan bo‘lsa topiladi". Ellikboshining keksa odamga, buning ustiga, kulfatga yo‘liqqan yon qo‘shnisiga nega bunchalik dag‘daga qilayotgani haqda o‘ylab ko‘rish kerak. Ellikboshiboshiga ishi tushgan kishiga yordam berishni emas, balki undan biror narsa o‘ndirib qolishni o‘ylaydi. To‘g‘ri gapni to‘g‘rilikcha aytsa, avvalo, nimadir qilish kerak bo‘ladi, ikkinchidan, pora olish mumkin bo‘lmay qoldi. Ta'maning yo‘lini yaqinroq qilish va cholni ho‘kizi topilishiga ko‘proq ishontirish uchun esa uni sensiraydi. Manfaatga qo‘l bo‘lgan odam
imondan ayriladi. Kishi o‘z manfaatining yugurdagiga aylanib qoladi. Bosgan,
hatto bosmagan qadamidan ham foyda chiqarishga urinaveradi. Bu yo‘lda insof,
shafqat singari tuyg‘ulardan ayriladi. Shu bois: "Ho‘kizing oq poshsho qo‘l ostidan
chiqib ketmagan bo‘lsa topiladi",- deb cholni masxaralagan ellikboshi hech narsa
qilmay turib, pora olishdan tortinmaydi. Tahlil qiluvchi ellikboshining so‘zlari
zamiridagi masxaraomuz ma'noga e'tibor qaratishi shart. Aks holda, ellikboshining
qiyofasi to‘lik anglashilmay qolishi mumkin. "...Oqposhshoning qo‘l ostidan chiqib
ketmasa" topiladigan ho‘kizni izlash ellikboshining xayoliga ham kelmaganligini
sinchkov o‘quvchi tahlil maromidan sezib olishi kerak. O‘g‘ri ho‘kizni go‘yo chet
elga olib ketishi  mumkinday. Afg‘on yerlaridan to Xitoy mulkigacha bo‘lgan
bepoyon xududda bo‘lsa,topaman, deyish, qariyani masxaralashdan boshqa narsa
emasligi anglashilishi zarur. Bu hol ellikboshi ma'naviyatining qanchalar qurum
bosganligini ko‘rsatuvchi dalildir. Endi kitobxonlar diqqati olingan pora evaziga
ellikboshi ko‘radigan tadbirning nechog‘lik bema'ni va nokerak ekanligiga qaratish
zarur.  Choldan  oladiganini  olgan  ellikboshi  ho‘kizning  yo‘qolgani  haqida:
"betuxtov aminga xabar  qilaman",-  deb va'da  beradi. Anchagina  pul  hisobiga
qilmoqchi bo‘lgan ishi keraksizligi oldindan ayon tadbir bo‘lsa-da, u hatto shuni
ham  bajarmaydi.  Xush  u  holda  ellikboshi  aminni  tilga  olganligining  sababi
nimada?  Buning  sababi  shundaki,  amin  ham  to‘ralik  zanjirining  muhim
xalqalaridan bo‘lib, boshiga ish tushgan himoyasiz bechoralar uni ham boqishlari
darkor edi. Aminni ho‘kizi yo‘qolganidan o‘zi xabardor qilish va undan: "beto‘xtov
pristavga xabar qilaman",- degan g‘oyat "qimmatli" va'dani olish uchun Qobil bobo
aminga  ham  pora  beradi.  Dahshatlisi  shundaki,  oxir  oqibatda  pristavga  ham
boboning o‘zi xabar yetkazadi va jabrlanganligini aytib yordam so‘rashning o‘zi
uchungina ham o‘rislardan chiqqan katta amaldorga, ham uning "o‘zimizniki"
bo‘lgan tilmochiga pora berishga majbur bo‘ladi. Pristavning ko‘rgan chorasi esa,
ellikboshi va aminnikidan ham g‘aroyibroq, ya'ni "aminga bor",- deyishdangina
iborat. Insonqadri toptalgan, sha'ni, huquqi oyoq osti qilingan holatning shafqatsiz
realistik manzarasi kishi qalbini iztirobga to‘ldiradi. Nega bu odamlar bu qadar
yuzsiz? Porasiz-ku qimir etmas ekan, jilla qursa, pora olishgach, harakat qilishni ep
ko‘rishmaydi. Hech  qanday ish  qilmay turib, birovdan  ta'ma qilishdan xijolat
bo‘lmasligi  sababi  nimada?  Badiiy  tahlil  natijasida  kishini  shu  xildagi  uylar
Logotip
imondan ayriladi. Kishi o‘z manfaatining yugurdagiga aylanib qoladi. Bosgan, hatto bosmagan qadamidan ham foyda chiqarishga urinaveradi. Bu yo‘lda insof, shafqat singari tuyg‘ulardan ayriladi. Shu bois: "Ho‘kizing oq poshsho qo‘l ostidan chiqib ketmagan bo‘lsa topiladi",- deb cholni masxaralagan ellikboshi hech narsa qilmay turib, pora olishdan tortinmaydi. Tahlil qiluvchi ellikboshining so‘zlari zamiridagi masxaraomuz ma'noga e'tibor qaratishi shart. Aks holda, ellikboshining qiyofasi to‘lik anglashilmay qolishi mumkin. "...Oqposhshoning qo‘l ostidan chiqib ketmasa" topiladigan ho‘kizni izlash ellikboshining xayoliga ham kelmaganligini sinchkov o‘quvchi tahlil maromidan sezib olishi kerak. O‘g‘ri ho‘kizni go‘yo chet elga olib ketishi mumkinday. Afg‘on yerlaridan to Xitoy mulkigacha bo‘lgan bepoyon xududda bo‘lsa,topaman, deyish, qariyani masxaralashdan boshqa narsa emasligi anglashilishi zarur. Bu hol ellikboshi ma'naviyatining qanchalar qurum bosganligini ko‘rsatuvchi dalildir. Endi kitobxonlar diqqati olingan pora evaziga ellikboshi ko‘radigan tadbirning nechog‘lik bema'ni va nokerak ekanligiga qaratish zarur. Choldan oladiganini olgan ellikboshi ho‘kizning yo‘qolgani haqida: "betuxtov aminga xabar qilaman",- deb va'da beradi. Anchagina pul hisobiga qilmoqchi bo‘lgan ishi keraksizligi oldindan ayon tadbir bo‘lsa-da, u hatto shuni ham bajarmaydi. Xush u holda ellikboshi aminni tilga olganligining sababi nimada? Buning sababi shundaki, amin ham to‘ralik zanjirining muhim xalqalaridan bo‘lib, boshiga ish tushgan himoyasiz bechoralar uni ham boqishlari darkor edi. Aminni ho‘kizi yo‘qolganidan o‘zi xabardor qilish va undan: "beto‘xtov pristavga xabar qilaman",- degan g‘oyat "qimmatli" va'dani olish uchun Qobil bobo aminga ham pora beradi. Dahshatlisi shundaki, oxir oqibatda pristavga ham boboning o‘zi xabar yetkazadi va jabrlanganligini aytib yordam so‘rashning o‘zi uchungina ham o‘rislardan chiqqan katta amaldorga, ham uning "o‘zimizniki" bo‘lgan tilmochiga pora berishga majbur bo‘ladi. Pristavning ko‘rgan chorasi esa, ellikboshi va aminnikidan ham g‘aroyibroq, ya'ni "aminga bor",- deyishdangina iborat. Insonqadri toptalgan, sha'ni, huquqi oyoq osti qilingan holatning shafqatsiz realistik manzarasi kishi qalbini iztirobga to‘ldiradi. Nega bu odamlar bu qadar yuzsiz? Porasiz-ku qimir etmas ekan, jilla qursa, pora olishgach, harakat qilishni ep ko‘rishmaydi. Hech qanday ish qilmay turib, birovdan ta'ma qilishdan xijolat bo‘lmasligi sababi nimada? Badiiy tahlil natijasida kishini shu xildagi uylar
bezovta  qilsa,  komil  shaxsni  shakllantirish  jarayoni  boshlangan  bo‘ladi.
O‘quvchilarda  ojiz,  qarshilik  ko‘rsata  olmaydigan,  haqqini  himoya  qila
bilmaydigan odamlarni inson qatorida ko‘rmaydigan noinsof kimsalarga nisbatan
nafrat  uyg‘onishi,  bechoralarning  holatini  tushunish  hislatining  paydo  bo‘lishi
badiiy tahlil uchun yuksak natijadir.Amin bilan Qobil bobo orasidagi munosabat
atroflicha tahlil qilinishi kerak. Arzga kelgan cholni ko‘riboq "og‘zini ochmay
kekirgan, so‘ng baqbaqasini selkillatib kulgan", ho‘kizni atay sigir deb cholni
masxaralagan, "yo‘qolmasdan oldin bormidi", "Birov olib ketsa qaytib kela ber,
deb qo‘yilmagan ekan- da!"- deya qariya ustidan ochiqchasiga kulgan, Qobil bobo
oldida"chinchalog‘ini  ikkinchi  bug‘inigacha  burniga"  tiqqan,  so‘ng  o‘sha
"chinchalog‘ini etigining tagiga art"gan, hech tortinmay bobodan pora ta'ma qilgan
amin qiyofasidagi belgilarni butun dahshati, bor xunukligi, butun murakkabligi
bilan his etgan kishigina Qobil bobo fojiasini chuqur anglaydi.O‘ylab ko‘rish zarur:
amin hamisha ham o‘zini shunday tutarmikin? Aminning o‘z chirkin qiyofasini bu
qadar yashirmayotganligiga sabab nimada? Ehtimol, jazosizlikdadir? Boboni amin
odam o‘rnida ko‘rmaganligi uchun unga bir hayvon yanglig‘ munosabatda bo‘ladi.
Qariyadan uyalishni ham lozim topmaydi. Uni uyalishga arzimaydi deb hisoblaydi.
Shu bois chinchalog‘ini burniga tiqadi, qolog‘ini etigining tagiga artadi. Qanchalik
befarosat  va  tarbiyasiz  bo‘lmasin,  amin  boshqa  kishining  oldida shu  jirkanch
qiliqlarini qilmagan bo‘lardi. Qobil bobo oldida esa bemalol qilaverish mumkin.
Chunki  uningcha,  bobo  inson  emas.  Inson  bo‘lmagan  maxluqdan  esa  uyalib
o‘tirilmaydi. Qadimgi Yunonistonda azamat va devqomat gladiatorlar bekalarini
hammomga  olib  kirib  yuvintirib  qo‘yishgan.  Sohibjamol  bekalar  qo‘llardan
uyalishni xayollariga ham keltirmaganlar. Chunki uyalish insonga xos bo‘lganidek,
faqat  insondan  uyalinadi!  Qul  esa  odam  emas!  Aminning  Qobil  boboga
munosabatida ana shu holat belgi beradi.Amin nechog‘lik yuzsiz bo‘lmasin unda
baribir qandaydir o‘zbeklik unsurlari saqlanib qolgan. Qobil bobo ilojsizlikdan,
hurligi kelganidan, masxara bo‘layotganidan alam qilib yog‘lasa,"yig‘lama" deya
olmaydi, lekin "yog‘lamang" degisi ham kelmaydi. Shu bois "yig‘lanmasin" deya
vaziyatdan chiqadi. Hikoyanavis timsollar tabiatidagi eng mayda holatlarni ham
bexato ilg‘ay oladi va mahorat bilan aks ettira biladi. Ellikboshi Qobil boboga
ta'sirini  o‘tkazish,  yolg‘oniga  ishontirish  uchun  oldin  unga  sensirab  gapiradi.
Logotip
bezovta qilsa, komil shaxsni shakllantirish jarayoni boshlangan bo‘ladi. O‘quvchilarda ojiz, qarshilik ko‘rsata olmaydigan, haqqini himoya qila bilmaydigan odamlarni inson qatorida ko‘rmaydigan noinsof kimsalarga nisbatan nafrat uyg‘onishi, bechoralarning holatini tushunish hislatining paydo bo‘lishi badiiy tahlil uchun yuksak natijadir.Amin bilan Qobil bobo orasidagi munosabat atroflicha tahlil qilinishi kerak. Arzga kelgan cholni ko‘riboq "og‘zini ochmay kekirgan, so‘ng baqbaqasini selkillatib kulgan", ho‘kizni atay sigir deb cholni masxaralagan, "yo‘qolmasdan oldin bormidi", "Birov olib ketsa qaytib kela ber, deb qo‘yilmagan ekan- da!"- deya qariya ustidan ochiqchasiga kulgan, Qobil bobo oldida"chinchalog‘ini ikkinchi bug‘inigacha burniga" tiqqan, so‘ng o‘sha "chinchalog‘ini etigining tagiga art"gan, hech tortinmay bobodan pora ta'ma qilgan amin qiyofasidagi belgilarni butun dahshati, bor xunukligi, butun murakkabligi bilan his etgan kishigina Qobil bobo fojiasini chuqur anglaydi.O‘ylab ko‘rish zarur: amin hamisha ham o‘zini shunday tutarmikin? Aminning o‘z chirkin qiyofasini bu qadar yashirmayotganligiga sabab nimada? Ehtimol, jazosizlikdadir? Boboni amin odam o‘rnida ko‘rmaganligi uchun unga bir hayvon yanglig‘ munosabatda bo‘ladi. Qariyadan uyalishni ham lozim topmaydi. Uni uyalishga arzimaydi deb hisoblaydi. Shu bois chinchalog‘ini burniga tiqadi, qolog‘ini etigining tagiga artadi. Qanchalik befarosat va tarbiyasiz bo‘lmasin, amin boshqa kishining oldida shu jirkanch qiliqlarini qilmagan bo‘lardi. Qobil bobo oldida esa bemalol qilaverish mumkin. Chunki uningcha, bobo inson emas. Inson bo‘lmagan maxluqdan esa uyalib o‘tirilmaydi. Qadimgi Yunonistonda azamat va devqomat gladiatorlar bekalarini hammomga olib kirib yuvintirib qo‘yishgan. Sohibjamol bekalar qo‘llardan uyalishni xayollariga ham keltirmaganlar. Chunki uyalish insonga xos bo‘lganidek, faqat insondan uyalinadi! Qul esa odam emas! Aminning Qobil boboga munosabatida ana shu holat belgi beradi.Amin nechog‘lik yuzsiz bo‘lmasin unda baribir qandaydir o‘zbeklik unsurlari saqlanib qolgan. Qobil bobo ilojsizlikdan, hurligi kelganidan, masxara bo‘layotganidan alam qilib yog‘lasa,"yig‘lama" deya olmaydi, lekin "yog‘lamang" degisi ham kelmaydi. Shu bois "yig‘lanmasin" deya vaziyatdan chiqadi. Hikoyanavis timsollar tabiatidagi eng mayda holatlarni ham bexato ilg‘ay oladi va mahorat bilan aks ettira biladi. Ellikboshi Qobil boboga ta'sirini o‘tkazish, yolg‘oniga ishontirish uchun oldin unga sensirab gapiradi.
Oladiganini  olib  bo‘lgach  esa,  doimgiday  sizlab  muomala  qilaveradi.  Epik
asarlarning shu yusinda amalga oshirilgan tahlili uning zamiridagi hayotiy, badiiy
mantiqni to‘laroq ochish va matnning estetik jozibasini tuyish imkonini beradi. Bu
esa millatdoshlarimiz ma'naviyatini ezgu xislatlar bilan boyitishning eng samarali
vositasidir. Aslida dramatik asarlar tahlili ham xuddi epik va lirik turdagi asarlarni
tahlil qilishga juda ham o‘xshab ketadi. Ammo dramatik turdagi asarlar faqat
o‘qish uchun emas, balki asosan ko‘rsatish, namoyish etish uchun ham yozilganligi
sabab  teatrga  xos xususiyatlar  hisobga olinishi,ya'ni  yaratilayotgan  vaqtidayoq
asarning spektaklga aylanishi ko‘zda tutilishi joiz. Dramatik asarlar tahlili o‘zgacha
sinchkovlikni talab etadi. Aslida so‘z va teatr san'atlarining omuxtasi bo‘lmish
dramani o‘qish, idrok etish hamda tahlillash uchun muayyan darajada qushimcha
zo‘riqish  lozim  bo‘ladi.  Qahramonlar  va  ularning  tuyg‘ulari,  insoniy  sifatlari
haqida muallifning xarakteristikasi bo‘lmagan sharoitda asar qahramonlari holati,
ruhiyati va shaxsiyati borasida fikr yuritish, muayyan xulosalar chiqarish katta
aqliy quvvat taqozo etadi. Drama asarlari tahlilida asosiy e'tiborni qahramonning
sa'jiyasini ochishga qaratish lozim. Negaki, har bir dramatik qahramon tabiati
yuzasidan ularning o‘z so‘zlari, xatti-harakatlari orqaligina fikr yuritish mumkin,
bu ishda boshqa adabiy turlardagi singari muallif yordam berolmaydi. Dramatik
asarlarni to‘laqonli tahlil etish uchun teatr san'ati qoidalaridan ham xabardor bolish
zarur. Dramatik asarni tahlilga jalb etishda tadqiqotchi bir qator qiyinchililarga
duch keladi. Avvalo, dramatik asarning o‘qilishi boshqa turdagi asarlardan tubdan
farq qiladi va muayyan nazariy tayyorgarlikni talab etadi. Shu xildagi tayyorgarlik
yo‘qligi uchun ham kishilar ko‘pincha dramatic asarlarni o‘qimaydilar. Bordi-yu,
sahna asari o‘qilgan taqdirda ham uni idrok etish, uning zamiridagi badiiy ma'noni
topish oson kechmaydi. Chunki drama asarida muallif mutlaqo ishtirok etmaydi,
uning pozitsiyasi biror yo‘l bilan bayon qilinmaydi va asarda ro‘y berayotgan
tuqnashuvlarni ma'naviy jihatdan baholash hamda undan estetik xulosa chiqarish
kitobxonning hayot tajribasiga, intellektual darajasiga, ma'naviy sifatlariga bog‘lik
bo‘lib qoladi. Murakkablik yana shundaki, drama asarlarida voqea ham, tuyg‘u
ham yetakchi bo‘lmaydi. Bu xil asarlarda xarakter asosiy o‘rin tutib turadi. Chunki
dramatik turdagi asarlar qanday janrda bo‘lishidan qat'i nazar dramatizmga - ruhiy
xavotir  shiddati  tasviriga  qo‘rilgan  bo‘ladi.  Dramatik  asarda  qahramon  uchun
Logotip
Oladiganini olib bo‘lgach esa, doimgiday sizlab muomala qilaveradi. Epik asarlarning shu yusinda amalga oshirilgan tahlili uning zamiridagi hayotiy, badiiy mantiqni to‘laroq ochish va matnning estetik jozibasini tuyish imkonini beradi. Bu esa millatdoshlarimiz ma'naviyatini ezgu xislatlar bilan boyitishning eng samarali vositasidir. Aslida dramatik asarlar tahlili ham xuddi epik va lirik turdagi asarlarni tahlil qilishga juda ham o‘xshab ketadi. Ammo dramatik turdagi asarlar faqat o‘qish uchun emas, balki asosan ko‘rsatish, namoyish etish uchun ham yozilganligi sabab teatrga xos xususiyatlar hisobga olinishi,ya'ni yaratilayotgan vaqtidayoq asarning spektaklga aylanishi ko‘zda tutilishi joiz. Dramatik asarlar tahlili o‘zgacha sinchkovlikni talab etadi. Aslida so‘z va teatr san'atlarining omuxtasi bo‘lmish dramani o‘qish, idrok etish hamda tahlillash uchun muayyan darajada qushimcha zo‘riqish lozim bo‘ladi. Qahramonlar va ularning tuyg‘ulari, insoniy sifatlari haqida muallifning xarakteristikasi bo‘lmagan sharoitda asar qahramonlari holati, ruhiyati va shaxsiyati borasida fikr yuritish, muayyan xulosalar chiqarish katta aqliy quvvat taqozo etadi. Drama asarlari tahlilida asosiy e'tiborni qahramonning sa'jiyasini ochishga qaratish lozim. Negaki, har bir dramatik qahramon tabiati yuzasidan ularning o‘z so‘zlari, xatti-harakatlari orqaligina fikr yuritish mumkin, bu ishda boshqa adabiy turlardagi singari muallif yordam berolmaydi. Dramatik asarlarni to‘laqonli tahlil etish uchun teatr san'ati qoidalaridan ham xabardor bolish zarur. Dramatik asarni tahlilga jalb etishda tadqiqotchi bir qator qiyinchililarga duch keladi. Avvalo, dramatik asarning o‘qilishi boshqa turdagi asarlardan tubdan farq qiladi va muayyan nazariy tayyorgarlikni talab etadi. Shu xildagi tayyorgarlik yo‘qligi uchun ham kishilar ko‘pincha dramatic asarlarni o‘qimaydilar. Bordi-yu, sahna asari o‘qilgan taqdirda ham uni idrok etish, uning zamiridagi badiiy ma'noni topish oson kechmaydi. Chunki drama asarida muallif mutlaqo ishtirok etmaydi, uning pozitsiyasi biror yo‘l bilan bayon qilinmaydi va asarda ro‘y berayotgan tuqnashuvlarni ma'naviy jihatdan baholash hamda undan estetik xulosa chiqarish kitobxonning hayot tajribasiga, intellektual darajasiga, ma'naviy sifatlariga bog‘lik bo‘lib qoladi. Murakkablik yana shundaki, drama asarlarida voqea ham, tuyg‘u ham yetakchi bo‘lmaydi. Bu xil asarlarda xarakter asosiy o‘rin tutib turadi. Chunki dramatik turdagi asarlar qanday janrda bo‘lishidan qat'i nazar dramatizmga - ruhiy xavotir shiddati tasviriga qo‘rilgan bo‘ladi. Dramatik asarda qahramon uchun
hayot-mamot ahamiyatiga ega bo‘lgan qandaydir bir narsaning qo‘ldan berilishi
yoki amalga oshmay qolishi xavfi tasvirlangan bo‘lishi kerak. Ana shundagina
dramatik asar yuzaga chiqadi.Tahlilda ushbu nazariy talabga alohida ahamiyat
berish lozim bo‘ladi.Dramatik turdagi asarda qahramon nutqi hal qiluvchi ahamiyat
kasb  etadi.  Negaki,  muallif  bayon  qilishi  ham,  munosabat  bildirishga  ham,
tasvirlashga ham haqli bo‘lmagan ushbu adabiy turda nutq deyarli barcha vazifani
o‘z  zimmasiga  oladi.  Monolog  shakli  bilan  tomoshabinlarga,  dialog  tarzida
sahnadosh  sheriklarga  murojaat  qilishning,  voqealar  rivojining,  xarakterlar
ochilishining vositasi bo‘ladi. Shuning uchun ham dramada nutq alohida bir badiiy
quvvatga ega bo‘ladi. Tahlil mobaynida shu holat hisobga olinishi lozim. Dramatik
nutqqa doir yana bir jihat shundaki, dramatik asar tili, albatta, bir qadar ko‘tarinki,
aytilishi  jarangli,  eshitilishi  aniq  bo‘lishi  lozim.  Chunki  u  sahnada  qo‘yilishi
zarurligi,  tomoshaxonaning  turli  burchaklarida  o‘tirganlarga  eshitilishi  uchun
shunday  xususiyatlarga  ega  bo‘lishi  joiz.  Dunyodagi  barcha  dramatik
qaqramonlarning bir qadar sun'iyroq tilda so‘zlashi va L.Tolstoy tomonidan tanqid
qilinganligi  sababi  shunda.  Drama  qahramonlari  quyuq  tuyg‘ular,  hissiyotlar
bo‘roni og‘ushida yashaydilar,kuchli to‘qnashuvlarni boshdan kechiradilar, keskin
va ta'sirchan tilda so‘zlashadilar, har qanday voqea-hodisaga keskin va kutilmagan
munosabat bildirishga moyil bo‘ladilar. Xuddi shunday jihatlarni bilgan va hisobga
olgan tahlilchigina dramatik turdagi asarlarning mag‘zini chaqa oladilar.Yana bir
muhim  jihat  shundaki,  dramatik  asarni  tahlil  qilish  boshqa-yu,  shu  asosda
o‘ynalgan spektaklni tahlil qilish tamomila boshqa narsadir. Chunki so‘z san'ati
namunasi bo‘lmish drama spektaklga aylangan teatr san'ati namunasiga evriladi va
o‘sha  san'atning  qoidalari  muvofik  yashay  boshlaydi.  Rejissura,  dekoratsiya,
aktyorlar  mahorati  drama  muallifining  badiiy  maqsadini  tamomila  o‘zgartirib
yuborishi  mumkin.  Chunonchi,  B.Yuldoshev  rejissyorligida  quyilgan  "Otello"
spektaklida Afzal Rafikov o‘ynagan Yago roli bosh qahramonga va spektaklning
o‘zi yovuz ruhning iztiroblari va qiynalishlari namoyishiga aylanib ketgan. Ijro
mobaynida  drama  matnidagi  barcha  nozikliklar  yo‘qolib  ketishi  mumkin
bo‘lganidek,  kuchli  ijro  tufayli  o‘rta  miyona  bir  asar  tomoshabinda  yuksak
taassurot qoldirishi ham mumkin.Agar dramatik turdagi asarlarning shu jihatlarini
hisobga olgan holda ish yuritilsa, juda ta'sirchan tahlil qilishga erishiladi. Faqat,
Logotip
hayot-mamot ahamiyatiga ega bo‘lgan qandaydir bir narsaning qo‘ldan berilishi yoki amalga oshmay qolishi xavfi tasvirlangan bo‘lishi kerak. Ana shundagina dramatik asar yuzaga chiqadi.Tahlilda ushbu nazariy talabga alohida ahamiyat berish lozim bo‘ladi.Dramatik turdagi asarda qahramon nutqi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Negaki, muallif bayon qilishi ham, munosabat bildirishga ham, tasvirlashga ham haqli bo‘lmagan ushbu adabiy turda nutq deyarli barcha vazifani o‘z zimmasiga oladi. Monolog shakli bilan tomoshabinlarga, dialog tarzida sahnadosh sheriklarga murojaat qilishning, voqealar rivojining, xarakterlar ochilishining vositasi bo‘ladi. Shuning uchun ham dramada nutq alohida bir badiiy quvvatga ega bo‘ladi. Tahlil mobaynida shu holat hisobga olinishi lozim. Dramatik nutqqa doir yana bir jihat shundaki, dramatik asar tili, albatta, bir qadar ko‘tarinki, aytilishi jarangli, eshitilishi aniq bo‘lishi lozim. Chunki u sahnada qo‘yilishi zarurligi, tomoshaxonaning turli burchaklarida o‘tirganlarga eshitilishi uchun shunday xususiyatlarga ega bo‘lishi joiz. Dunyodagi barcha dramatik qaqramonlarning bir qadar sun'iyroq tilda so‘zlashi va L.Tolstoy tomonidan tanqid qilinganligi sababi shunda. Drama qahramonlari quyuq tuyg‘ular, hissiyotlar bo‘roni og‘ushida yashaydilar,kuchli to‘qnashuvlarni boshdan kechiradilar, keskin va ta'sirchan tilda so‘zlashadilar, har qanday voqea-hodisaga keskin va kutilmagan munosabat bildirishga moyil bo‘ladilar. Xuddi shunday jihatlarni bilgan va hisobga olgan tahlilchigina dramatik turdagi asarlarning mag‘zini chaqa oladilar.Yana bir muhim jihat shundaki, dramatik asarni tahlil qilish boshqa-yu, shu asosda o‘ynalgan spektaklni tahlil qilish tamomila boshqa narsadir. Chunki so‘z san'ati namunasi bo‘lmish drama spektaklga aylangan teatr san'ati namunasiga evriladi va o‘sha san'atning qoidalari muvofik yashay boshlaydi. Rejissura, dekoratsiya, aktyorlar mahorati drama muallifining badiiy maqsadini tamomila o‘zgartirib yuborishi mumkin. Chunonchi, B.Yuldoshev rejissyorligida quyilgan "Otello" spektaklida Afzal Rafikov o‘ynagan Yago roli bosh qahramonga va spektaklning o‘zi yovuz ruhning iztiroblari va qiynalishlari namoyishiga aylanib ketgan. Ijro mobaynida drama matnidagi barcha nozikliklar yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lganidek, kuchli ijro tufayli o‘rta miyona bir asar tomoshabinda yuksak taassurot qoldirishi ham mumkin.Agar dramatik turdagi asarlarning shu jihatlarini hisobga olgan holda ish yuritilsa, juda ta'sirchan tahlil qilishga erishiladi. Faqat,