Epitelial to’qima. Epidermis, gastrodermis, ichak. Biriktiruvchi to’qima. Skeletlar: gidroskelet; qattiq skelet. Harakat va tana o’lchamlari. Muskul hujayralar va muskul to’qima. Nerv hujayralari va nerv to’qima (Nerv tizimi)

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

4

File size

Fayl hajmi

27,5 KB


Epitelial to’qima. Epidermis, gastrodermis, ichak. Biriktiruvchi to’qima.
Skeletlar: gidroskelet; qattiq skelet. Harakat va tana o’lchamlari. Muskul
hujayralar va muskul to’qima. Nerv hujayralari va nerv to’qima (Nerv tizimi)
R E J A
1. Epitelial to’qima. Epidermis, gastrodermis haqida tushuncha.
2. Biriktiruvchi to’qima. Skeletlar: gidroskelet; qattiq skelet. Harakat va tana 
o’lchamlari.
3. Muskul hujayralar va muskul to’qimani tuzilishi.
4. Nerv hujayralari va nerv to’qima (nerv tizimi) haqida tushuncha.
Tuzilishi va funksiyalari bilan o’xshash bo’lgan hujayralar to’qimalarni hosil
qiladi. Hayvonlar organizmida epiteliy (qoplovchi), biriktiruvchi, muskul va nerv
to’qimalari  bo’ladi.  Epiteliy  to’qimasi yassi  kubsimon  yoki  silindrsimon
hujayralardan iborat. Uning hujayralari o’zaro zich joylashgan bo’lib, oraliq modda
juda kam bo’ladi.  Bu to’qima hayvon tanasi sirtini qoplab turuvchi terini hosil
qiladi. Tana bo’shlig’i, ichak devori va ichki organlar bo’shlig’ining ichki yuzasi
ham shu to’qima bilan qoplangan. Epiteliy organizmni tashqi va ichki muhitning
zararli  ta’siridan  himoya  qiladi.  Chuvalchanglar  tanasi  sirtidagi  kutikula,
bo’g’imoyoqlilaming xitin qoplag’ichi, umurtqali hayvonlarning juni, patlari va
tirnoqlari  teri  epiteliysidan  hosil  bo’ladi.  Epiteliy  sekretsiya  funksiyasini  ham
bajaradi.  Masalan,  ichak  va  oshqozon  devori  bezlari  hazm  fermentlari,  ichki
sekretsiya bezlari epiteliysi gormonlar ishlab chiqaradi. Teridagi maxsus epiteliy
hujayralari teri sirtiga ter va yog’ ishlab chiqaradi.
Biriktiruvchi to’qima hujayralar orasidagi moddasining ko’pligi bilan boshqa
to’qimalardan  farq  qiladi.  Oraliq  modda  qattiq  yoki  suyuq  bo’lishi  mumkin.
Logotip
Epitelial to’qima. Epidermis, gastrodermis, ichak. Biriktiruvchi to’qima. Skeletlar: gidroskelet; qattiq skelet. Harakat va tana o’lchamlari. Muskul hujayralar va muskul to’qima. Nerv hujayralari va nerv to’qima (Nerv tizimi) R E J A 1. Epitelial to’qima. Epidermis, gastrodermis haqida tushuncha. 2. Biriktiruvchi to’qima. Skeletlar: gidroskelet; qattiq skelet. Harakat va tana o’lchamlari. 3. Muskul hujayralar va muskul to’qimani tuzilishi. 4. Nerv hujayralari va nerv to’qima (nerv tizimi) haqida tushuncha. Tuzilishi va funksiyalari bilan o’xshash bo’lgan hujayralar to’qimalarni hosil qiladi. Hayvonlar organizmida epiteliy (qoplovchi), biriktiruvchi, muskul va nerv to’qimalari bo’ladi. Epiteliy to’qimasi yassi kubsimon yoki silindrsimon hujayralardan iborat. Uning hujayralari o’zaro zich joylashgan bo’lib, oraliq modda juda kam bo’ladi. Bu to’qima hayvon tanasi sirtini qoplab turuvchi terini hosil qiladi. Tana bo’shlig’i, ichak devori va ichki organlar bo’shlig’ining ichki yuzasi ham shu to’qima bilan qoplangan. Epiteliy organizmni tashqi va ichki muhitning zararli ta’siridan himoya qiladi. Chuvalchanglar tanasi sirtidagi kutikula, bo’g’imoyoqlilaming xitin qoplag’ichi, umurtqali hayvonlarning juni, patlari va tirnoqlari teri epiteliysidan hosil bo’ladi. Epiteliy sekretsiya funksiyasini ham bajaradi. Masalan, ichak va oshqozon devori bezlari hazm fermentlari, ichki sekretsiya bezlari epiteliysi gormonlar ishlab chiqaradi. Teridagi maxsus epiteliy hujayralari teri sirtiga ter va yog’ ishlab chiqaradi. Biriktiruvchi to’qima hujayralar orasidagi moddasining ko’pligi bilan boshqa to’qimalardan farq qiladi. Oraliq modda qattiq yoki suyuq bo’lishi mumkin.
Biriktiruvchi  to’qima  organlar  va  to’qimalami  bir-biri  bilan  tutashtirib  turish,
tayanch skelet hosil qilish, organizmni oziq moddalar va kislorod bilan ta’minlash,
zahira oziq to’plash va boshqa bir qancha vazifalami bajaradi. Bo’shliqichlilar
tipiga  mansub  hayvonlaming  shilimshiq  moddaga  o’xshash  biriktiruvchi
to’qimasida oziqni taqsimlash, skelet hosil qilish, jinsiy hujayralar hosil qilish kabi
turli  vazifalami  bajaruvchi  har  xil  hujayralar  bo’ladi.  Yassi  chuvalchanglar
tanasidagi  ichki  organlar  oralig’ini  to’ldirib  turuvchi  parenxima  g’ovak  tolali
biriktiruvchi to’qimaga misol bo’ladi. Bu to’qima ichki muhit vazifasini bajaradi.
Ba’zi umurtqasiz hayvonlar va hamma umurtqalilarning turli organlari va teri-osti
qavati  tarkibiga  zich  biriktiruvchi  to’qima  kiradi.  Nafas  olish  organlari,  qon
tomirlari devori va terining qayishqoqligi ana shu to’qimaning oraliq moddasida
joylashgan tolalar xossasiga bog’liq bo’ladi. Tayanch - skelet vazifasini bajaruvchi
tog’ay, suyak, xorda tig’iz tolali biriktiruvchi to’qimaga misol bo’ladi. Qon suyuq
biriktiruvchi to’qimadan iborat. Umurtqali hayvonlar qoni hujayralardan va qon
zardobidan  iborat.  Qon  zardobi  hujayralararo  moddani,  qon  hujayralari
(eritrotsitlar,  leykotsitlar  va  boshqalar)  to’qima  hujayralarini  hosil  qiladi.
Umurtqasiz hayvonlarning qoni ko’pincha rangsiz, kislorod tashuvchi gemoglobin
oqsili  esa  qon  zardobi  tarkibiga  kiradi.  Ko’pchilik  hayvonlar  (hasharotlar  va
umurtqalilar) uchun xos bo’lgan yog’ to’qimasi ham o’zining tuzilish xususiyatiga
ко’ra biriktiruvchi  to’qimaga kiradi. Yog’ to’qimasi  hujayralarida zahira oziq
modda yog’ to’planadi.
Muskul to’qimasi qisqarish xususiyatiga ega bo’lgan tolalardan tashkil topgan.
Muskul to’qimasi silliq va ko’ndalang chiziqli bo’ladi. Silliq muskullar duksimon,
bitta  yadroli  hujayralardan  tashkil  topgan.  Ular  bir  hujayralilar  va
bo’shliqichlilardan  tashqari  barcha  umurtqasiz  hayvonlarni  va  umurtqali
hayvonlarning ichki organlari tarkibiga kiradi, Bu muskullar kuchsiz, lekin bir
maromda  qisqaradi.  Ko’ndalang  chiziqli  muskullar  ko’p  yadroli  uzun  tolali
hujayralardan iborat. Bu xildagi muskullar bo’g’imoyoqlilar, qisqichbaqasimonlar,
o’rgimchaksimonlar va hasharotlaming harakat organlari, umurtqali hayvonlarning
skeleti  bilan  bog’langan.  Ko’ndalang  chiziqli  muskullar  har  xil  kuch  bilan
qisqarishi mumkin.
Logotip
Biriktiruvchi to’qima organlar va to’qimalami bir-biri bilan tutashtirib turish, tayanch skelet hosil qilish, organizmni oziq moddalar va kislorod bilan ta’minlash, zahira oziq to’plash va boshqa bir qancha vazifalami bajaradi. Bo’shliqichlilar tipiga mansub hayvonlaming shilimshiq moddaga o’xshash biriktiruvchi to’qimasida oziqni taqsimlash, skelet hosil qilish, jinsiy hujayralar hosil qilish kabi turli vazifalami bajaruvchi har xil hujayralar bo’ladi. Yassi chuvalchanglar tanasidagi ichki organlar oralig’ini to’ldirib turuvchi parenxima g’ovak tolali biriktiruvchi to’qimaga misol bo’ladi. Bu to’qima ichki muhit vazifasini bajaradi. Ba’zi umurtqasiz hayvonlar va hamma umurtqalilarning turli organlari va teri-osti qavati tarkibiga zich biriktiruvchi to’qima kiradi. Nafas olish organlari, qon tomirlari devori va terining qayishqoqligi ana shu to’qimaning oraliq moddasida joylashgan tolalar xossasiga bog’liq bo’ladi. Tayanch - skelet vazifasini bajaruvchi tog’ay, suyak, xorda tig’iz tolali biriktiruvchi to’qimaga misol bo’ladi. Qon suyuq biriktiruvchi to’qimadan iborat. Umurtqali hayvonlar qoni hujayralardan va qon zardobidan iborat. Qon zardobi hujayralararo moddani, qon hujayralari (eritrotsitlar, leykotsitlar va boshqalar) to’qima hujayralarini hosil qiladi. Umurtqasiz hayvonlarning qoni ko’pincha rangsiz, kislorod tashuvchi gemoglobin oqsili esa qon zardobi tarkibiga kiradi. Ko’pchilik hayvonlar (hasharotlar va umurtqalilar) uchun xos bo’lgan yog’ to’qimasi ham o’zining tuzilish xususiyatiga ко’ra biriktiruvchi to’qimaga kiradi. Yog’ to’qimasi hujayralarida zahira oziq modda yog’ to’planadi. Muskul to’qimasi qisqarish xususiyatiga ega bo’lgan tolalardan tashkil topgan. Muskul to’qimasi silliq va ko’ndalang chiziqli bo’ladi. Silliq muskullar duksimon, bitta yadroli hujayralardan tashkil topgan. Ular bir hujayralilar va bo’shliqichlilardan tashqari barcha umurtqasiz hayvonlarni va umurtqali hayvonlarning ichki organlari tarkibiga kiradi, Bu muskullar kuchsiz, lekin bir maromda qisqaradi. Ko’ndalang chiziqli muskullar ko’p yadroli uzun tolali hujayralardan iborat. Bu xildagi muskullar bo’g’imoyoqlilar, qisqichbaqasimonlar, o’rgimchaksimonlar va hasharotlaming harakat organlari, umurtqali hayvonlarning skeleti bilan bog’langan. Ko’ndalang chiziqli muskullar har xil kuch bilan qisqarishi mumkin.