ERGASHGAN (ERGASH GAPLI) QO`SHMA GAPNING TA’RIFI. BOSH VA ERGASH GAPLAR HAQIDA MA’LUMOT. ERGASHGAN (ERGASH GAPLI) QO`SHMA GAP QISMLARINI BOG`LOVCHI VOSITALAR.
Yuklangan vaqt
2024-10-01
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
5
Faytl hajmi
21,1 KB
ERGASHGAN (ERGASH GAPLI) QO`SHMA GAPNING TA’RIFI. BOSH
VA ERGASH GAPLAR HAQIDA MA’LUMOT. ERGASHGAN (ERGASH
GAPLI) QO`SHMA GAP QISMLARINI BOG`LOVCHI VOSITALAR.
BOSH GAPDAGI MA’LUM BIR BO‘LAKNI IZOHLAYDIGAN ERGASH
GAPLAR.
Reja:
1. Ergashgan qo‘shma gap haqida umumiy ma’lumot
2. Ergash gapni bosh gapga biriktiruvchi vositalar
3. Ergash gapning turlari
4. Ega ergash gap
5. Kеsim ergash gap
6. To‘ldiruvchi ergash gap
7. Aniqlovchi ergash gap
Ergashgan qo‘shma gap
1. Ergashgan qo‘shma gap haqida umumiy ma’lumot
Ergashgan qo‘shma gap tarkibidagi qismlarning biri ikkinchisiga mazmunan,
grammatik va ohang jihatdan tobe bo‘lib, uni aniqlash, to‘ldirish kabi vazifalarni
bajaradi. Shuning uchun ham qismlardan biri hokim, ikkinchisi tobe sanaladi. Bunda
ergashgan qo‘shma gap tarkibidagi hokim qism bosh gap, tobelanib kelgan qism esa
ergash gap deb yuritiladi. Ergash gap bosh gapni yoki uning biror bo‘lagini izohlash,
aniqlash to‘ldirish uchun xizmat qiladi. Masalan: Gar kishi olmasa hayotdan ta’lim,
Unga o‘rgatolmas hech bir muallim (Rudakiy). gapida Unga o‘rgatolmas hech bir
muallim - bosh gap, gar kishi olmasa hayotdan ta’lim - ergash gap. Ergash gap bosh
gapni shart munosabatiga ko‘ra izohlagan.
Ergash gapni bosh gapga biriktiruvchi vositalar, asosan, ergash gapning
kesimi tarkibida keladi yoki undan so‘ng qo‘shiladi. Masalan: O‘z darajangga
munosib o‘ringa bilib o‘tirsang, bu o‘rindan seni hech kim qo‘zg‘atolmaydi. (Oz-oz
o‘rganib dono bo‘lur) gapida ergash gapni bosh gapga biriktiruvchi vosita (-sa)
ergash gapning kesimi tarkibida kelgan.
2. Ergash gapni bosh gapga biriktiruvchi vositalar
Ergashgan qo‘shma gap tarkibidagi ergash gap bosh gapga quyidagi vositalar
orqali birikadi:
1. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar (shuning uchun, shu sababli, shu tufayli,
chunki, negaki, toki, go‘yo, -ki) yordamida: Shunday odamlar bo‘ladiki, ularni
mansab ham, daraja ham, shon-shuhrat ham o‘zgartirmaydi. (H.G‘ulom.) Nafas
olmay quloq tutgan kishi muttasil shovullagan tovush eshitadi, go‘yo olisda shivalab
yomg‘ir yog‘ayotgandek. (S.Ahmad.)
2. Ko‘makchilar (fe’l formalaridan so‘ng kelgan ko‘makchilar) yordamida:
Toshtemir shaharga ketgandan keyin, Sodiq ota qiziga hech narsa demadi.
(H.G‘ulom.) Eshik ortiqcha tor bo‘lgani uchun, ot siqilibgina o‘tdi... (A.Qodiriy.)
3. Yuklamalar yordamida: Osmonda bulutlar paydo bo‘lganidanmi, dengiz
motam tutayotgan ayolga o‘xshardi. (O‘.Umarbekov.)
4. Nisbiy so‘zlar yordamida: Odamlar uchun xotirada saqlash qanchalik
zarur bo‘lsa, ba’zan unutish ham shunchalik zarur. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur».)
5. Sifatdosh shakli hamda kelishik affiksi yordamida: Ota-onalarimiz
qarib qolganda, ularga mehr-muhabbat tuyg‘ularimizni baxsh etmog‘imiz lozim.
(«Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur».)
6. Fe’lning ravishdosh shakli yordamida: Nasiba chiqib ketgach, Buvsora
ona sekin kosaga nazar tashladi. (S. Mahmudova) Qalin qorlar erib, o‘tlar ko‘karib
qoldi. (Ch.Aytmatov.)
7. Fe’lning shart mayli shakli yordamida: Diqqat bilan quloq solsangiz,
uning bulbulga taqlid qilayotganini sezasiz. (H.G‘ulom.)
8. Fe’lning buyruq-istak mayli formasi yordamida: Ona ishdan qanday
o‘y, qanday tashvish bilan qaytmasin, shu ko‘zlarni ko‘riboq, ko‘ngli yozilardi.
(A.Muhtor.)
9. -day (-dek) o‘xshatish ma’nosini bildiruvchi qo‘shimcha yordamida:
To‘yning bo‘ldi-bo‘ldisi qiziq tuyulganday, yangi ishning boshlanish arafasi qiziq
bo‘ladi.
Ergash gap bosh gapdan oldin ham, keyin ham kelishi mumkin. Masalan: Da’vogar
sust kelsa, qozi muttaham... (H.G‘ulom.) Qo‘rqoq do‘st dushmandan xavflidir,
chunki dushmandan ehtiyot bo‘lasan, ammo do‘stga ishonasan. (L.N.Tolstoy.)
Ayrim hollarda ergash gap bosh gap ichida ham kelishi mumkin. Masalan: Uning
sovuq nafasi, eshik ochilarkan, o‘rmonlarning shovqini bilan oqib kirib, yigitni biroz
hushyorlantirardi. (Oybek.)
3. Ergash gapning turlari
Ma’lumki, ergash gap bosh gapni yoki uning biror bo‘lagini izohlash,
aniqlash, to‘ldirish uchun xizmat qiladi. Shunga ko‘ra ergash gap ikki katta guruhga
bo‘linadi: 1) bosh gapning biror qismi (bo‘lagi)ni izohlovchi ergash gaplar; 2)
butun bir bosh gapni izohlovchi ergash gaplar. Masalan: Dunyoda shunday
odamlar bo‘ladiki, ularning hayoti, qilgan ishlari, bosib o‘tgan yo‘llari biz uchun...
yuksak namuna bo‘lib xizmat qiladi. (O.Yoqubov.) Kechasi shudring tushmagan
bo‘lsa ham, daraxt yaproqlari nam va muzdek edi. (O.Yoqubov.)
Birinchi gap tarkibidagi ergash gap (ularning hayoti, qilgan ishlari, bosib
o‘tgan yo‘llari biz uchun... yuksak namuna bo‘lib xizmat qiladi) bosh gapdagi
aniqlovchi (shunday) ni izohlagan bo‘lsa, ikkinchi gap tarkibidagi (kechasi shudring
tushmagan bo‘lsa ham) ergash gapni bosh gapni to‘siqsizlik munosabati orqali butun
holda izohlagan.
Bosh gapning biror bo‘lagini izohlaydigan ergash gaplarga ega ergash gaplar,
kesim ergash gaplar, aniqlovchi ergash gaplar, to‘ldiruvchi ergash gaplar kiradi.
Bosh gapni butun holda izohlovchi ergash gaplarga payt ergash gaplar, o‘rin
ergash gaplar, sabab ergash gaplar, maqsad ergash gaplar, shart ergash gaplar,
to‘siqsiz ergash gaplar, ravish ergash gaplar, miqdor-daraja ergash gaplar, o‘xshatish
ergash gaplar, natija ergash gaplar kiradi.
1. Ega ergash gap bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan egani izohlagan
ergash gapdir. Ega ergash gap bosh gap bilan birgalikda ega ergash gapli qo‘shma
gap hisoblanadi. Ega ergash gap -ki bog‘lovchisi va fе’lning shart mayli