Eritmalar. Eritmalarning kolligativ xossalari. Eruvchanlik. Eritmalarning
konsentratsiyasi
Darsning maqsadi: Talabalarga Eritmalar. Eritmalarning kolligativ xossalari.
Eruvchanlik. Eritmalarning konsentratsiyasi ifodalash usullari bilan tanishtirish
8 oylik goʻdakning tana harorati koʻtarilyotgani, tanglay murtaklari qizargani,
qattiq yoʻtalgani va ishtahasi yoʻqligi sababli onasi shifokor huzuriga olib bordi.
Shifokor goʻdakni koʻrikdan oʻtkazib unda gripp belgilari borligini aniqladi.
Grippning oddiy shamollash kasalligidan farqi shundaki, shamollashga qarshi
ishlatiladigan antibiotiklar grippga ta’sir qilmaydi. Bunday paytda pediatr koʻrigi va
tavsiyasi kerak boʻladi.
Ba’zilar gripp kasalligiga yetarli e’tibor bermasdan oyoqda oʻtkazadi. Yoki
pediatr tavsiyasiga amal qilmay, har xil turdagi dori vositalari, ayniqsa
antibiotiklarni notoʻgʻri qoʻllaydi. Oqibatda virusning chidamliligi ortishiga
sababchi boʻladi.
Natijada oʻpka toʻqimasining yalligʻlanishi (zotiljam), miya pardasining
yalligʻlanishi (meningit), oʻrta quloqning yalligʻlanishi (otit), burun yondosh
boʻshliqlarining
yalligʻlanishi
(sinusit),
buyrakning
yalligʻlanishi
(nefrit,
piyelonefrit) kabi ogʻir asoratlar yuzaga kelishi kuzatiladi.
Shuning uchun gripp alomatlari paydo boʻlayotgan boʻlsa, darhol oilaviy
poliklinikalardagi pediatrga murojaat qilish yoki uyga chaqirib tavsiyalarini olish
lozim.
Pediatr vazifasi
Zamonaviy tibbiyotda pediatr kasbiga ehtiyoj juda katta. Pediatr yosh
bemorlarning rivojlanishi, oʻsishi, ruhiy psixologik va jismoniy holatini koʻrikdan
kechirib turadi.
Pediatr yangi tugʻilgan chaqaloqdan boshlab maktab davri, balogʻat yoshigacha
bolalarning sogʻligini nazoratda ushlab turadi. U oʻz sohasida bemorlarni har xil
kasallik guruhlariga ajratadi va ularning sogʻliqlarini himoya qiladi. Oʻz
maslahatlarini berib, ularni toʻgʻri ovqatlanishi va tarbiyasi bilan ham shugʻullanadi.
Bolalarda surunkali kasalliklarning oldini olish choralarini koʻradi. Pediatr albatta
bolalar
yoshiga
tegishli
kasalliklarning
asosiy
turlarini
alomatlari haqida bilishi, shuningdek, ularni yuqumli va surunkali koʻrinishi
rivojlanishining oldini olishi kerak. Pediatr oʻz sohasini mukammal egallagan
mutaxasis boʻlib, bolalarning yoshiga mos dorilar dozasini bilishi lozim.
Eritmalar – bu gazsimon, suyuq va qattiq erituvchida turli agregat holatdagi
kichik oʻlcham qiymatiga ega boʻlgan erigan modda zarralarining tarqalishidan hosil
boʻlgan bir jinsli gomogen sistemadir. Eritmalardagi erigan moddaning soni va
oʻlchami eritmalar xossasini aniqlashda katta rol oʻynaydi.
Eritmalar deb ikki yoki undan ortiq komponentlardan iborat va ularning oʻzaro
ta’sirlashuvi natijasida hosil boʻlgan bir jinsli sistemalarga aytiladi.
Eritmalar suyuq, gazsimon va qattiq holatda boʻladi. Suyuq eritmalar, xususan,
suvli eritmalar tibbiyotda muhim ahamiyatga ega.
Ular tirik organizmning ichki muhiti boʻlib, hayotiy muhim boʻlgan
jarayonlarda ishtirok etadi. Biologik suyuqliklar bo‘lgan qon plazmasi, limfa
suyuqligi, me’da shirasi, siydik murakkab oqsillar, lipidlar, uglevodlar, tuzlarning
eritmalaridir. Biz nafas olayotgan havo ham eritma hisoblanadi, havoning tarkibini
asosan kislorod va azot tashkil etadi. Suvda karbonat angidridni eritib, gazli ichimlik
olinadi.
Iste’mol
qilinadigan
qahva
yoki
choy
ham
eritma
boʻlib,
qahva donalari va choy barglarini eritib va damlab tayyorlanadi.
Dengiz va okean suvi ham eritma hisoblanadi, ular bir qancha tuzlar, xususan,
natriy, kalsiy, kaliy va boshqa metallar tuzlarining eritmasidir. Antiseptik dorivor
modda – yod ham kristall holdagi yodning etanoldagi eritmasidir.
Eritmada
erigan
modda
bilan
erituvchini
ajratib
boʻlmaydi.
Chin eritma rangli boʻlsa ham u shafof boʻladi. Uning zarrachalari shu qadar
kichikligidan ular fltrdan va yarim oʻtkazuvchan membranalardan ham oʻta oladi.
Yarim oʻtkazuvchan membranalar erigan moddaning yirik zarrachalarini
oʻtkazmaydi.
Suvda qattiq, suyuq va gazsimon moddalar erishi mumkin. Qattiq
moddalarning suvda erishi anchagina murakkab jarayondir.
Bunda qattiq modda kristallari sirtidan alohida molekulalar ajralib chiqib,
diffuziya tufayli butun erituvchi hajmida taqsimlanishi kuzatiladi. Kristallning erishi
bilan birga teskari jarayon, eritmadagi molekulalarning qayta kristallanishi ham
sodir boʻladi. Erigan modda ortiqcha boʻlsa, bunda ma’lum vaqtdan keyin
muvozanat yuzaga keladi.
Qattiq moddaning erish tezligi, erigan moddaning choʻkish tezligiga teng
boʻlgan (Ver = Vkr.) eritmalar toʻyingan eritma deyiladi.
Ayni haroratda toʻyingan eritmada eng koʻp erishi mumkin boʻlgan
modda boʻladi.
Toʻyinmagan eritmada qattiq moddaning erish tezligi, erigan moddaning
choʻkish tezligidan katta boʻladi (Ver>Vkr.). Bunday eritmalarda eriqan modda
migdori toʻyingan eritmaga nisbatan kam boʻladi.
Oʻta toʻyingan eritmada qattiq moddaning erish tezligi, erigan moddaning
choʻkish tezligidan kichik boʻladi (Ver<Vkr.). Bunday eritmalarda erigan modda
miqdori toʻyingan eritmaga nisbatan koʻp boʻladi. Bunday eritmalar beqaror boʻlib,
erigan modda kristallaridan bir necha donasi tashlansa, eritmada yana kristallanish
sodir boʻladi. 1-rasmda eritmalarni tayyorlash koʻrsatilgan.
1-rasm. Eritmalarni tayyorlash
Eritmada erigan komponent oʻzining koʻpgina fzik xossalarini saqlab qoladi.
Masalan, okean suvida erigan natriy xlorid shoʻr ta’mini saqlab qoladi. Shu kabi,
qahva suvda eriganda xushboʻy qahva hidi his qilinadi. Eritmada komponentlar bir-
biridan ajratilgan holda boʻlishi mumkin emas. Masalan, sharbat shakar va suv
aralashmasidir. Sharbatda shakarni suvdan ajratib boʻlmaydi. Biologik suyuqliklar
suv va unda erigan moddalar: glyukoza, elektrolitlar K+, Na+, Cl, Mg2+, HCO3- va
HPO42- ni oʻz ichiga oladi. Organizm biosuyuqliklari tarkibida yuqorida keltirilgan
moddalar ma’lum chegaralangan miqdorda boʻlishi shart. Elektrolitlarning
miqdori
oʻzgarishi
jiddiy
hujayraviy
oʻzgarishlarga
olib
kelishi
va
salomatlikka xavf solishi mumkin.Eritmada erigan modda va erituvchi birbiri bilan
reaksiyaga kirishmaydi, shuning uchun ularni turli miqdorda aralashtirish mumkin.
Eritma tarkibidagi erigan modda zarrachalari erituvchi molekulalari orasida teng
taqsimlangan boʻladi.
Erigan modda va erituvchilarning turlari
Erigan modda va erituvchilar qattiq, suyuq hamda gaz holatda boʻlishi mumkin.
Erigan moddalarning fizikaviy xossalari erituvchiniki bilan bir xil boʻlib qoladi.
Agar, shakar kristallari suvda eritilsa, shakarning suvdagi suyuq eritmasi hosil
boʻladi. Shakar erigan modda, suv esa erituvchidir. Uglerod (IV)- oksidning suvda
erishi natijasida gazli suv olinadi. Bunda karbonat angidrid erigan modda
suv esa erituvchi hisoblanadi. 1-jadvalda ba’zi bir erigan moddalar, erituvchilar va
eritmalarga misollar keltirilgan.
1-jadval
Eritmalarga misollar
Bilimni sinab kо‘rish uchun testlar
1. 1 ml 5% li eritmada necha gramm vitamin B6 bor (ρ=1g/ ml):
A) 0,05 g; B) 0,5 g; D) 1,0 g; E) 0,005 g.
2. 100 ml 0,15M li eritma tayyorlash uchun 3M eritmadan qanday hajmi kerak
boʻladi?
A) 50,00 ml; B) 3,00 ml; D) 5,00 ml; E) 30,00 ml.
3. Glyukozaning izotonik eritmasining massa ulushini toping
A) 4,50%; B) 1,50%; D) 10,50%; E) 0,85%.
4. Fiziologik eritma tarkibidagi tuzning modda miqdorini aniqlang
A) 50 mol; B) mol; D) 5 mol; E) 0,3 mol.
5. 100 ml fziologik eritma tayyorlash uchun qancha suv kerak? W%(NaCl)=0,85%
p=1 g/ml)
A) 99,15 ml; B) 100,85 ml; D) 0,85 ml; E) 90,85 ml.
6. 100 ml suvda 25 g C6H12O6 erishidan hosil boʻlgan eritmadagi glyukozaning
massa ulushini aniqlang:
A) 20%; B) 30%; D) 40%; E) 25%.
7. 200 gr suvda 50 gr tuz eritilgan. Uning massa ulushini aniqlang:
A) 0,2; B) 0,3; D) 0,4; E) 0,5.
8. 280 g suvda 40 g glyukoza eritilgan boʻlsa, bu eritmaning massa ulushini
aniqlang:
A) 12,50%; B) 18,56%; D) 15,89%; E) 9,52%.
9. 2M NaOH eritmasining massa ulushini aniqlang: (r=1,080 g/ml)
A) 7,4; B) 40; D) 10; E) 20.
10. 500 g 20% li HCl eritmasiga 300 ml suv qoʻshildi. Hosil boʻlgan eritmadagi
HClning massa ulushini aniqlang:
A) 12,50%; B) 15,50%; D) 10,26%; E) 8,68%