Erkaklarning jinsiy a’zolari

Yuklangan vaqt

2025-09-06

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

20,2 KB


 
 
 
 
Erkaklarning jinsiy a’zolari 
 
 
Erkaklarning jinsiy a’zolari ichki va tashqi a’zolarga bo‘linadi. Ichki jinsiy 
a’zolarga moyak, moyak ortig‘i, prostata bezi, urug‘ pufakchasi, urug‘ olib 
ketuvchi nay, bulbouretral bezlar va urug‘ tizimchasi kiradi. Tashqi jinsiy 
a’zolariga erkaklik olati va yorg'oq kiradi. 
Moyak testis( grekcha - orchis) juft jinsiy bez bo‘lib, u erkaklar jinsiy 
hujayrasi speimatozoidlarni hosil qilish va erkaklarning jinsiy gormoni 
testosteron.sintez qilish vazifasini bajaradi. Shuning uchun u aralash bezlar 
turkumiga kiradi. Moyaklar yorg‘oq ichida joylashib, o‘zaro to‘siq bilan ajralib 
turadi. Chap moyak biroz pastroqda joylashadi. Moyak oval shaklda bo‘lib old yon 
tomondan biroz yassilashgan. Uning yassi medial va lateral yuzasi facies medialis 
et lateralis hamda ularni chegaralab turuvchi oldingi va orqa qirralari margo 
anterior et posterior mavjud. Orqa qismiga moyak ortig‘i yopishgan bo'ladi. 
Moyakda ikki: yuqori va pastki uchi extremitas superior et inferior tafovut 
qilinadi. Moyakning o‘rtacha uzunligi 4 sm, kengligi 3 sm, qalinligi 2 sm, og‘irligi 
20—30 g. Moyakning tashqi tomondan oqliq parda tunica albuginea qoplagan 
bo‘lib, uning ostida moyak parenximasi parenchyma testis joylashgan. Moyakning 
orqa qirrasi tomonidan moyak parenximasiga biriktiruvchi to‘qima o‘simtalari 
kirib, moyak devori oralig‘i mediastinum testisni hosil qiladi. Undan yelpig‘ich 
kabi boshlanib oldinga qarab yo‘nalgan yupqa biriktiruvchi to‘qimali moyak 
to‘siqchalari septula testis moyak parenximasini konus shaklidagi 250-300 moyak 
bo‘lakchalari lobuli testisga ajratadi. Harbirbo‘lakcha ichida epiteliy to’qimasidan 
iborat 2-3 buralma urug‘ naychalari tubuli seminiferi contorti mavjud bo’lib 
spermatozoid ishlab chiqaruvchi tuzilmadan iborat. Bu naychalaming uzunligi 70-
Logotip
Erkaklarning jinsiy a’zolari Erkaklarning jinsiy a’zolari ichki va tashqi a’zolarga bo‘linadi. Ichki jinsiy a’zolarga moyak, moyak ortig‘i, prostata bezi, urug‘ pufakchasi, urug‘ olib ketuvchi nay, bulbouretral bezlar va urug‘ tizimchasi kiradi. Tashqi jinsiy a’zolariga erkaklik olati va yorg'oq kiradi. Moyak testis( grekcha - orchis) juft jinsiy bez bo‘lib, u erkaklar jinsiy hujayrasi speimatozoidlarni hosil qilish va erkaklarning jinsiy gormoni testosteron.sintez qilish vazifasini bajaradi. Shuning uchun u aralash bezlar turkumiga kiradi. Moyaklar yorg‘oq ichida joylashib, o‘zaro to‘siq bilan ajralib turadi. Chap moyak biroz pastroqda joylashadi. Moyak oval shaklda bo‘lib old yon tomondan biroz yassilashgan. Uning yassi medial va lateral yuzasi facies medialis et lateralis hamda ularni chegaralab turuvchi oldingi va orqa qirralari margo anterior et posterior mavjud. Orqa qismiga moyak ortig‘i yopishgan bo'ladi. Moyakda ikki: yuqori va pastki uchi extremitas superior et inferior tafovut qilinadi. Moyakning o‘rtacha uzunligi 4 sm, kengligi 3 sm, qalinligi 2 sm, og‘irligi 20—30 g. Moyakning tashqi tomondan oqliq parda tunica albuginea qoplagan bo‘lib, uning ostida moyak parenximasi parenchyma testis joylashgan. Moyakning orqa qirrasi tomonidan moyak parenximasiga biriktiruvchi to‘qima o‘simtalari kirib, moyak devori oralig‘i mediastinum testisni hosil qiladi. Undan yelpig‘ich kabi boshlanib oldinga qarab yo‘nalgan yupqa biriktiruvchi to‘qimali moyak to‘siqchalari septula testis moyak parenximasini konus shaklidagi 250-300 moyak bo‘lakchalari lobuli testisga ajratadi. Harbirbo‘lakcha ichida epiteliy to’qimasidan iborat 2-3 buralma urug‘ naychalari tubuli seminiferi contorti mavjud bo’lib spermatozoid ishlab chiqaruvchi tuzilmadan iborat. Bu naychalaming uzunligi 70-
80 sm, kengligi 150-300 mkm. Ular orqa tomonga yo‘nalib, bir-biri bilan 
qo‘shiladi va to‘g‘ri urug‘ naychalari tubuli seminiferi rectini hosil qiladi. To’g'ri 
urug‘ naychalari mediastinum testisga kirib, moyak to‘ri rete testisni hosil qiladi. 
Moyak to‘ridan 12-15 ta moyakni olib ketuvchi naychalari ductuli efferentes testis 
chiqib, moyak ortig'i boshchasiga qarab yo‘naladi. 
Moyak ortig‘i epididymis moyakning orqa qirrasi bo‘ylab joylashib, unda 
kengaygan yuqori qismi - boshi caput epididymis o‘rta qismi - tanasi corpus 
epididymis va toraygan pastki qismi - dumi cauda epididymis tafovut qilinadi. 
Moyakning olib ketuvchi naychalari buralib moyak ortig‘i boshchasida o‘zaro 
yupqa to‘siq bilan ajralgan konus shaklidagi 12-15 ta moyak ortig‘i bo‘laklari 
lobuli-coni epididymidisni hosil qiladi. Bu naychalarning qo‘shilishidan moyak 
ortig‘i nayi ductus epididymidis hosil bo'ladi. Bu nay ko‘p sonli bukilmalar hosil 
qilib, moyak ortig‘i dumiga qarab yo‘naladi. Agar bu nay to‘g‘rilansa, uning 
uzunligi 6-8 m ga yetadi. Moyak ortig‘i nayi uning dumidan chiqqanidan so‘ng 
urug‘ olib ketuvchi nayga aylanadi. Erkaklarning jinsiy hujayralari spermatozoidlar 
faqat moyakning buralma naychalarida ishlab chiqariladi. Moyak va moyak 
ortig‘ining boshqa naychalari urug‘ olib ketuvchi naychalar hisoblanadi. 
Spermatozoidlarning suyuq qismi urug‘ pufakchalari va prostata bezi ishlab 
chiqargan sperma tarkibiga kiradi. Moyak homilada qorin bo‘shlig‘ida bo‘ladi. U 
homilaning to'rtinchi bel umurtqasi qarshisidan sekin-asta pastga tomon siljishi 
bilan bir vaqtda takomillasha boradi. Moyak V bel umurtqasi qarshisiga kelganida, 
siydik tizimidan ajraladi va yorg'oq tomonga yo‘naladi. Homila uch oylik 
bo‘lganida moyak chov kanalining ichki teshigi oldiga kelib to‘xtaydi va bu yerda 
uzoq vaqt turadi. Moyak ustini qoplab turgan qorinparda oldinga tomon ko'tarilib 
chuqurcha hosil qiladi va moyak shu chuqurchaga kiradi. Homila 7 oylik 
bo‘lganida moyak chov kanalining ichiga kira boshlaydi. Shu bilan birga, 
qorinparda hosil qilgan chuqurcha ham uzayib moyak bilan birga yo‘naladi. 
Qorinpardadan tashqari moyak bilan urug‘ olib ketuvchi nay, qon tomirlar va 
nervlar ham chov kanali ichidan o‘tishi natijasida urug‘ tizimchasi hosil bo‘ladi. 
Bola tug‘ilishidan oldin yoki tug‘ilish davriga kelib moyak yorg‘oq ichiga o’tgan 
Logotip
80 sm, kengligi 150-300 mkm. Ular orqa tomonga yo‘nalib, bir-biri bilan qo‘shiladi va to‘g‘ri urug‘ naychalari tubuli seminiferi rectini hosil qiladi. To’g'ri urug‘ naychalari mediastinum testisga kirib, moyak to‘ri rete testisni hosil qiladi. Moyak to‘ridan 12-15 ta moyakni olib ketuvchi naychalari ductuli efferentes testis chiqib, moyak ortig'i boshchasiga qarab yo‘naladi. Moyak ortig‘i epididymis moyakning orqa qirrasi bo‘ylab joylashib, unda kengaygan yuqori qismi - boshi caput epididymis o‘rta qismi - tanasi corpus epididymis va toraygan pastki qismi - dumi cauda epididymis tafovut qilinadi. Moyakning olib ketuvchi naychalari buralib moyak ortig‘i boshchasida o‘zaro yupqa to‘siq bilan ajralgan konus shaklidagi 12-15 ta moyak ortig‘i bo‘laklari lobuli-coni epididymidisni hosil qiladi. Bu naychalarning qo‘shilishidan moyak ortig‘i nayi ductus epididymidis hosil bo'ladi. Bu nay ko‘p sonli bukilmalar hosil qilib, moyak ortig‘i dumiga qarab yo‘naladi. Agar bu nay to‘g‘rilansa, uning uzunligi 6-8 m ga yetadi. Moyak ortig‘i nayi uning dumidan chiqqanidan so‘ng urug‘ olib ketuvchi nayga aylanadi. Erkaklarning jinsiy hujayralari spermatozoidlar faqat moyakning buralma naychalarida ishlab chiqariladi. Moyak va moyak ortig‘ining boshqa naychalari urug‘ olib ketuvchi naychalar hisoblanadi. Spermatozoidlarning suyuq qismi urug‘ pufakchalari va prostata bezi ishlab chiqargan sperma tarkibiga kiradi. Moyak homilada qorin bo‘shlig‘ida bo‘ladi. U homilaning to'rtinchi bel umurtqasi qarshisidan sekin-asta pastga tomon siljishi bilan bir vaqtda takomillasha boradi. Moyak V bel umurtqasi qarshisiga kelganida, siydik tizimidan ajraladi va yorg'oq tomonga yo‘naladi. Homila uch oylik bo‘lganida moyak chov kanalining ichki teshigi oldiga kelib to‘xtaydi va bu yerda uzoq vaqt turadi. Moyak ustini qoplab turgan qorinparda oldinga tomon ko'tarilib chuqurcha hosil qiladi va moyak shu chuqurchaga kiradi. Homila 7 oylik bo‘lganida moyak chov kanalining ichiga kira boshlaydi. Shu bilan birga, qorinparda hosil qilgan chuqurcha ham uzayib moyak bilan birga yo‘naladi. Qorinpardadan tashqari moyak bilan urug‘ olib ketuvchi nay, qon tomirlar va nervlar ham chov kanali ichidan o‘tishi natijasida urug‘ tizimchasi hosil bo‘ladi. Bola tug‘ilishidan oldin yoki tug‘ilish davriga kelib moyak yorg‘oq ichiga o’tgan
bo‘ladi. Bu davrda moyakni o'ragan qorinparda ajraladi va moyakning qin 
pardasiga aylanadi. Agar moyakning tushish jarayoni buzilsa, moyak yorg‘oqqa 
tushmay qorin bo‘shlig‘ida yoki chov kanalida qolishi mumkin va natijada tug‘ma 
nuqson paydo bo‘ladi. Agar moyak bir tomonda tushmasa monarxizm, ikki 
tomonga ham tushmay qolsa, kriptorxizm deyiladi. Agar qorinparda bo‘shlig‘i 
bekilmay qolsa, bolalarda tug'ma churra paydo bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan o‘g‘il bola 
moyagi yorg‘oqda joylashgan bo‘lib, o‘rtacha uzunligi 10 mm, kengligi 5,6 mm, 
qalinligi 4,6 mm, og‘irligi 0,2 g boladi. Uning shakli yumaloq yoki loviyasimon 
bo‘lib, oldingi qirrasi qavariq, orqasi botiq. Chap moyak o‘ngiga nisbatan pastroq 
turadi. Bo‘laklararo to‘siq juda yupqa bo’lishiga qaramay moyak bo’laklardan 
iborat. Bo‘laklari ichida urug‘ naychalari joylashgan. Ular kam buralgan bo‘lib, 
ingichka va teshigi bo‘lmaydi. Bola hayotining birinchi yilida moyak hajmi 1,5-2 
marta, og‘irligi esa 3 marta kattalashadi. Keyingi o‘sish balog‘at davrida bo‘lib, 
18—20 yoshda uning uzunligi 38—40 mm, og‘irligi 20 g bo‘ladi. Yoshga qarab 
uning ichki tuzilishi ham o‘zgaradi. Naychalar diametri o‘smirlik davrida 2 marta, 
katta odamlarda 3 marta kattalashadi. Yoshga qarab naychalarning soni va uzunligi 
oshib boradi. 14 yoshda naychalar ichida jinsiy hujayralar paydo bo‘lib, jinsiy 
gormonlar ishlab chiqarish tezlashadi. Yoshga qarab moyakni o'ragan parda va 
to'siqlar qalinlashib, ularda elastik tolalar paydo bo‘ladi. Moyak ortig‘i yangi 
tug‘ilgan chaqaloqda nisbatan katta bo‘lib, uning uzunligi 20 mm, og'irligi 0,12 g 
bo‘ladi. Moyak ortig‘i nayining teshigi ochiq, devorida silliq mushak yaxshi 
rivojlangan. Moyak ortig‘i birinchi 10 yilda sekin, keyin esa tez o‘sadi. Balog‘at 
yoshida naylar devorida silliq mushak tolalari qalinlashib biriktiruvchi to'qima 
zichlashadi va elastik tolalar paydo bo‘Iadi. 
Urug‘ olib ketuvchi nay ductus deferens, juft naysimon a’zo bo‘lib, u 
moyak ortig‘i nayining bevosita davomidir. Uning uzunligi 40-45 sm, kengligi 2,5-
3 mm, nay bo‘shlig‘ining kengligi 0,5 mm. Urug‘ olib ketuvchi nayda yorg'oq, 
urug‘ tizimchasi, chov kanali va chanoq qismlari tafovut qilinadi. Uning yorg‘oq 
qismi pars scrotalis moyakni orqasida, urug‘ tizimchasi qismi pars funicularis 
urug‘ tizimchasi tarkibida joylashgan. Chov kanali qismi pars inguinales chov 
Logotip
bo‘ladi. Bu davrda moyakni o'ragan qorinparda ajraladi va moyakning qin pardasiga aylanadi. Agar moyakning tushish jarayoni buzilsa, moyak yorg‘oqqa tushmay qorin bo‘shlig‘ida yoki chov kanalida qolishi mumkin va natijada tug‘ma nuqson paydo bo‘ladi. Agar moyak bir tomonda tushmasa monarxizm, ikki tomonga ham tushmay qolsa, kriptorxizm deyiladi. Agar qorinparda bo‘shlig‘i bekilmay qolsa, bolalarda tug'ma churra paydo bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan o‘g‘il bola moyagi yorg‘oqda joylashgan bo‘lib, o‘rtacha uzunligi 10 mm, kengligi 5,6 mm, qalinligi 4,6 mm, og‘irligi 0,2 g boladi. Uning shakli yumaloq yoki loviyasimon bo‘lib, oldingi qirrasi qavariq, orqasi botiq. Chap moyak o‘ngiga nisbatan pastroq turadi. Bo‘laklararo to‘siq juda yupqa bo’lishiga qaramay moyak bo’laklardan iborat. Bo‘laklari ichida urug‘ naychalari joylashgan. Ular kam buralgan bo‘lib, ingichka va teshigi bo‘lmaydi. Bola hayotining birinchi yilida moyak hajmi 1,5-2 marta, og‘irligi esa 3 marta kattalashadi. Keyingi o‘sish balog‘at davrida bo‘lib, 18—20 yoshda uning uzunligi 38—40 mm, og‘irligi 20 g bo‘ladi. Yoshga qarab uning ichki tuzilishi ham o‘zgaradi. Naychalar diametri o‘smirlik davrida 2 marta, katta odamlarda 3 marta kattalashadi. Yoshga qarab naychalarning soni va uzunligi oshib boradi. 14 yoshda naychalar ichida jinsiy hujayralar paydo bo‘lib, jinsiy gormonlar ishlab chiqarish tezlashadi. Yoshga qarab moyakni o'ragan parda va to'siqlar qalinlashib, ularda elastik tolalar paydo bo‘ladi. Moyak ortig‘i yangi tug‘ilgan chaqaloqda nisbatan katta bo‘lib, uning uzunligi 20 mm, og'irligi 0,12 g bo‘ladi. Moyak ortig‘i nayining teshigi ochiq, devorida silliq mushak yaxshi rivojlangan. Moyak ortig‘i birinchi 10 yilda sekin, keyin esa tez o‘sadi. Balog‘at yoshida naylar devorida silliq mushak tolalari qalinlashib biriktiruvchi to'qima zichlashadi va elastik tolalar paydo bo‘Iadi. Urug‘ olib ketuvchi nay ductus deferens, juft naysimon a’zo bo‘lib, u moyak ortig‘i nayining bevosita davomidir. Uning uzunligi 40-45 sm, kengligi 2,5- 3 mm, nay bo‘shlig‘ining kengligi 0,5 mm. Urug‘ olib ketuvchi nayda yorg'oq, urug‘ tizimchasi, chov kanali va chanoq qismlari tafovut qilinadi. Uning yorg‘oq qismi pars scrotalis moyakni orqasida, urug‘ tizimchasi qismi pars funicularis urug‘ tizimchasi tarkibida joylashgan. Chov kanali qismi pars inguinales chov
kanalining chuqur teshigidan chiqqandan so‘ng, kichik chanoq devori bo‘ylab 
pastga tushadi va chanoq qismini pars pelvina hosil qiladi. Chanoq qismi kichik 
chanoq bo‘shlig‘ida kengayib, duksimon urug‘ olib ketuvchi nay ampulla ductus 
defferentisni hosil qilib tugaydi. Kengaymaning uzunligi 3-4 sm, kengligi 1 sm. 
Uning pastki uchi torayib, urug' pufakchasining chiqaruv nayi bilan qo‘shiladi. 
Urug‘ olib ketuvchi nayning devori qalin bo'lib, uch qavatdan iborat. Ichki shilliq 
qavat tunica mucosa 3-5 bo‘ylama burmalar hosil qiladi. O‘rta mushak qavat 
tunica muscularis uch: ichki va tashqi bo'ylama, o‘rta halqasimon qavatdan iborat. 
Tashqi adventitsial parda, tunica adventitia nayni o'ragan biriktiruvchi to'qimaga 
o‘tib ketadi.  
Urug‘ pufakchalari vesiculae seminatis juft, suyuqlik ishlab chiqaruvchi 
a’zo. U kichik chanoq bo‘shlig‘ida urug‘ olib ketuvchi nay kengaymasining tashqi 
tomonida, prostata bezining usti va qovuqning orqa tomonida joylashgan. Unda 
qovuqqa qaragan oldingi va to'g'ri ichakka qaragan orqa yuzalari bor. Urug’ 
pufakchalarining uzunligi 5 sm, kengligi 2 sm va qalinligi 1 sm bo‘lib, yuzasi 
g'adir-budir. Uning ustini qoplagan pardani olib tashlab to‘g‘rilansa, u uzunligi 10-
12 sm, kengligi 0,6-0,7 smli nay shaklini oladi. Urug‘ pufakchalarining yuqorigi 
kengaygan qismi asosi, o'rta qismi tanasi va pastki toraygan qismi suyuqlik 
chiqaruv nayi ductus excretorius tafovut qilinadi. Urug‘ pufakchalarining devori 
uch: tashqi adventitsial tunica adventitia, o‘rta mushak tunica muscularis, ichki 
shilliq qavat tunica mucosadan iborat. Shilliq qavatda bo'ylama burmalari bor. 
Urug‘ pufakchalarining nayi urug‘ olib ketuvchi nayning oxirgi qismi bilan 
qo'shilib, urug’ otuvchi nay ductus ejaculatoriusni hosil qiladi va siydik chiqarish 
kanalining prostata qismiga ochiladi. Urug' otuvchi nayning uzunligi 2 sm, 
kengligi boshlanish qismida 1 mm, oxirida 0,3 mm bo‘Iadi.  
Prostata bezi prostata, silliq mushak va bez qismlaridan iborat a’zo. U 
qovuq ostida joylashib, siydik chiqaruv nayining boshlang'ich qismini o'z ichiga 
oladi. Bez oldindan orqaga biroz yassilashgan kashtan yong‘og'iga o'xshash bo'lib, 
uning yuqoriga qaragan asosi basis prostatae, pastga qaragan uchi apex prostatae 
tafovut qilinadi. Bezning uchi pastga qaragan bo‘lib, siydik-tanosil diafragmasida 
Logotip
kanalining chuqur teshigidan chiqqandan so‘ng, kichik chanoq devori bo‘ylab pastga tushadi va chanoq qismini pars pelvina hosil qiladi. Chanoq qismi kichik chanoq bo‘shlig‘ida kengayib, duksimon urug‘ olib ketuvchi nay ampulla ductus defferentisni hosil qilib tugaydi. Kengaymaning uzunligi 3-4 sm, kengligi 1 sm. Uning pastki uchi torayib, urug' pufakchasining chiqaruv nayi bilan qo‘shiladi. Urug‘ olib ketuvchi nayning devori qalin bo'lib, uch qavatdan iborat. Ichki shilliq qavat tunica mucosa 3-5 bo‘ylama burmalar hosil qiladi. O‘rta mushak qavat tunica muscularis uch: ichki va tashqi bo'ylama, o‘rta halqasimon qavatdan iborat. Tashqi adventitsial parda, tunica adventitia nayni o'ragan biriktiruvchi to'qimaga o‘tib ketadi. Urug‘ pufakchalari vesiculae seminatis juft, suyuqlik ishlab chiqaruvchi a’zo. U kichik chanoq bo‘shlig‘ida urug‘ olib ketuvchi nay kengaymasining tashqi tomonida, prostata bezining usti va qovuqning orqa tomonida joylashgan. Unda qovuqqa qaragan oldingi va to'g'ri ichakka qaragan orqa yuzalari bor. Urug’ pufakchalarining uzunligi 5 sm, kengligi 2 sm va qalinligi 1 sm bo‘lib, yuzasi g'adir-budir. Uning ustini qoplagan pardani olib tashlab to‘g‘rilansa, u uzunligi 10- 12 sm, kengligi 0,6-0,7 smli nay shaklini oladi. Urug‘ pufakchalarining yuqorigi kengaygan qismi asosi, o'rta qismi tanasi va pastki toraygan qismi suyuqlik chiqaruv nayi ductus excretorius tafovut qilinadi. Urug‘ pufakchalarining devori uch: tashqi adventitsial tunica adventitia, o‘rta mushak tunica muscularis, ichki shilliq qavat tunica mucosadan iborat. Shilliq qavatda bo'ylama burmalari bor. Urug‘ pufakchalarining nayi urug‘ olib ketuvchi nayning oxirgi qismi bilan qo'shilib, urug’ otuvchi nay ductus ejaculatoriusni hosil qiladi va siydik chiqarish kanalining prostata qismiga ochiladi. Urug' otuvchi nayning uzunligi 2 sm, kengligi boshlanish qismida 1 mm, oxirida 0,3 mm bo‘Iadi. Prostata bezi prostata, silliq mushak va bez qismlaridan iborat a’zo. U qovuq ostida joylashib, siydik chiqaruv nayining boshlang'ich qismini o'z ichiga oladi. Bez oldindan orqaga biroz yassilashgan kashtan yong‘og'iga o'xshash bo'lib, uning yuqoriga qaragan asosi basis prostatae, pastga qaragan uchi apex prostatae tafovut qilinadi. Bezning uchi pastga qaragan bo‘lib, siydik-tanosil diafragmasida
yotadi. Bezning oldingi yuzasi facies anterior qov simfiziga qaragan bo‘lib, undan 
bo‘sh kletchatka va uni ichida joylashgan vena chigali vositasida ajralib turadi. 
Orqa yuzasi facies posterior to‘g‘ri ichak ampulasiga tegib, undan biriktiruvchi 
to‘qimali qatlam bilan ajralib turadi. Bezni to‘g‘ri ichakka tegib turgani uchun uni 
to‘g‘ri ichakning oldingi devori orqali paypaslab ko‘rish mumkin. Prostata 
bezining kengligi 4 sm, uzunligi 3 sm, qalinligi 2 sm, og‘irligi 20-25 g. Bezning bu 
qismi keksa odamlarda kattalashib ketib, U o’ng va chap bo’laklar lobus dexter va 
lobus sinister bo’laklardan iborat bo’lib ular oldingi yuzasidan o’tgan kichik egat 
bilan ajralib turadi. Bez asosining orqa yuzasida siydik chiqaruv nayi bilan urug‘ 
otuvchi nay o‘rtasida bo‘rtib chiqqan qismi prostata bezining siqiq bo'lagi isthmus 
prostatae yoki o‘rta bo'lagi lobus medius deyiladi. Siydik chiqaruv nayini berkitib 
qo‘yishi mumkin. Prostata bezi tashqi tomondan capsula prostatica bilan o‘ralgan. 
Tuzilishi jihatidan u bez parenximasi parenchyma glandulare va silliq mushak 
to‘qimasidan substantia muscularis iborat. Uning bez to‘qimasi- prostata 
bezchalari glandulae prostaticae asosan bezning orqa va yon qismlarida joylashib, 
30-40 ta naysimon alveolar bezlardan iborat. Ularning naychalari erkaklar siydik 
chiqaruv 
kanali 
collicnlis 
seminalis 
sohasiga 
ochiladi. 
Prostata 
bezi 
spermatozoidlarning harakatini jadallashtiruvchi suyuqlik ishlab chiqaradi. 
Bezning mushak to‘qimasi ko‘proq uning oldingi qismida to'plangan bo‘lib, siydik 
chiqaruv kanalining ixtiyordan tashqari sfinkterni hosil qilishda qatnashadi. 
Bulbouretral bezlar (Kuper) glandulae bulbourethralis juft a’zo. Ular 
siydik chiqaruv nayining parda qismi orqasida, oraliqning chuqur ko‘ndalang 
mushagi ichida joylashgan. Bu bezlar yumaloq shaklda, qattiqroq, diametri 0,3-0,8 
sm bo‘ladi. Tuzilishi jihatidan alveolar naysimon bezlar turkumiga kiradi. 
Bulbouretral bezning ingichka va uzun (3-4 sm) nayi ductus glandulae 
bulbourethralis erkaklik olati so‘g‘onini teshib o‘tib, siydik chiqaruv nayiga 
ochiladi. Bulbouretral bezlar siydik chiqaruv nayi shilliq pardasini siydik ta’siridan 
saqlovchi yopishqoq suyuqlik ishlab chiqaradi. Bolalarda bulbouretral bezlar ham 
balog'at davrida tez o‘sadi. 
Logotip
yotadi. Bezning oldingi yuzasi facies anterior qov simfiziga qaragan bo‘lib, undan bo‘sh kletchatka va uni ichida joylashgan vena chigali vositasida ajralib turadi. Orqa yuzasi facies posterior to‘g‘ri ichak ampulasiga tegib, undan biriktiruvchi to‘qimali qatlam bilan ajralib turadi. Bezni to‘g‘ri ichakka tegib turgani uchun uni to‘g‘ri ichakning oldingi devori orqali paypaslab ko‘rish mumkin. Prostata bezining kengligi 4 sm, uzunligi 3 sm, qalinligi 2 sm, og‘irligi 20-25 g. Bezning bu qismi keksa odamlarda kattalashib ketib, U o’ng va chap bo’laklar lobus dexter va lobus sinister bo’laklardan iborat bo’lib ular oldingi yuzasidan o’tgan kichik egat bilan ajralib turadi. Bez asosining orqa yuzasida siydik chiqaruv nayi bilan urug‘ otuvchi nay o‘rtasida bo‘rtib chiqqan qismi prostata bezining siqiq bo'lagi isthmus prostatae yoki o‘rta bo'lagi lobus medius deyiladi. Siydik chiqaruv nayini berkitib qo‘yishi mumkin. Prostata bezi tashqi tomondan capsula prostatica bilan o‘ralgan. Tuzilishi jihatidan u bez parenximasi parenchyma glandulare va silliq mushak to‘qimasidan substantia muscularis iborat. Uning bez to‘qimasi- prostata bezchalari glandulae prostaticae asosan bezning orqa va yon qismlarida joylashib, 30-40 ta naysimon alveolar bezlardan iborat. Ularning naychalari erkaklar siydik chiqaruv kanali collicnlis seminalis sohasiga ochiladi. Prostata bezi spermatozoidlarning harakatini jadallashtiruvchi suyuqlik ishlab chiqaradi. Bezning mushak to‘qimasi ko‘proq uning oldingi qismida to'plangan bo‘lib, siydik chiqaruv kanalining ixtiyordan tashqari sfinkterni hosil qilishda qatnashadi. Bulbouretral bezlar (Kuper) glandulae bulbourethralis juft a’zo. Ular siydik chiqaruv nayining parda qismi orqasida, oraliqning chuqur ko‘ndalang mushagi ichida joylashgan. Bu bezlar yumaloq shaklda, qattiqroq, diametri 0,3-0,8 sm bo‘ladi. Tuzilishi jihatidan alveolar naysimon bezlar turkumiga kiradi. Bulbouretral bezning ingichka va uzun (3-4 sm) nayi ductus glandulae bulbourethralis erkaklik olati so‘g‘onini teshib o‘tib, siydik chiqaruv nayiga ochiladi. Bulbouretral bezlar siydik chiqaruv nayi shilliq pardasini siydik ta’siridan saqlovchi yopishqoq suyuqlik ishlab chiqaradi. Bolalarda bulbouretral bezlar ham balog'at davrida tez o‘sadi.