ERKIN IQTISODIY ZONALARLARNING YARATILISHI VA FAOLIYAT KO‘RSATISHINING JAHON TAJRIBASI

Yuklangan vaqt

2024-07-27

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

12

Faytl hajmi

566,4 KB


 
 
 
 
 
 
ERKIN IQTISODIY ZONALARLARNING YARATILISHI VA 
FAOLIYAT KO‘RSATISHINING JAHON TAJRIBASI 
 
 
Tayanch iboralar: erkin savdo zonalari, bojsiz zonalar,erkin portlar, erkin 
tadbirkorlik zonalari, ofshor zonalar, texnopolislar, erkin shaharlar, maxsus erkin 
savdo zonalari, Butunjahon Savdo Tashkiloti. 
 
Reja: 1.Jaxondagi mavjud EIZ soni va ularning taqsimoti. 
   2.G‘arbiy Yevropa  
    3.AQSh. 
 
1.Jaxondagi mavjud EIZ soni va ularning taqsimoti. 2006 yil iyul oyidagi 
ma’lumotlarga ko‘ra, turli ekspertlik baholashlari bo‘yicha dunyoda 1 200–2 000 ta 
turli tipdagi – bojsiz zonalar va erkin portlardan tortib to erkin tadbirkorlik zonalari, 
ofshor zonalar va texnopolislargacha bo‘lgan erkin iqtisodiy zonalar mavjud. 
 
ERKIN IQTISODIY ZONALARLARNING YARATILISHI VA FAOLIYAT KO‘RSATISHINING JAHON TAJRIBASI Tayanch iboralar: erkin savdo zonalari, bojsiz zonalar,erkin portlar, erkin tadbirkorlik zonalari, ofshor zonalar, texnopolislar, erkin shaharlar, maxsus erkin savdo zonalari, Butunjahon Savdo Tashkiloti. Reja: 1.Jaxondagi mavjud EIZ soni va ularning taqsimoti. 2.G‘arbiy Yevropa 3.AQSh. 1.Jaxondagi mavjud EIZ soni va ularning taqsimoti. 2006 yil iyul oyidagi ma’lumotlarga ko‘ra, turli ekspertlik baholashlari bo‘yicha dunyoda 1 200–2 000 ta turli tipdagi – bojsiz zonalar va erkin portlardan tortib to erkin tadbirkorlik zonalari, ofshor zonalar va texnopolislargacha bo‘lgan erkin iqtisodiy zonalar mavjud.
 
 
4.1-rasm. EIZ larning dunyo mintaqalararo taqsimlanishi[5]. 
4.1-jadval 
 
 
4.2.-rasm. Dunyoda EIZ larning taqsimlanishi[6]. 
2.G‘arbiy Yevropa. G‘arbiy Yevropa-Germaniyadagi ESZ lar “eng keksa” erkin 
savdo zonalari bo‘lib hisoblanadi, ular Gamburg va Bremen erkin shaharlarida XIX 
asrda vujudga kelgan. Keyinchalik zonalar Kil, Kuksxafen va boshqa shaharlarda 
ham paydo bo‘lgan.  
4.1-rasm. EIZ larning dunyo mintaqalararo taqsimlanishi[5]. 4.1-jadval 4.2.-rasm. Dunyoda EIZ larning taqsimlanishi[6]. 2.G‘arbiy Yevropa. G‘arbiy Yevropa-Germaniyadagi ESZ lar “eng keksa” erkin savdo zonalari bo‘lib hisoblanadi, ular Gamburg va Bremen erkin shaharlarida XIX asrda vujudga kelgan. Keyinchalik zonalar Kil, Kuksxafen va boshqa shaharlarda ham paydo bo‘lgan.
 
 
 
4.3-rasm. G‘arbiy Yevropadagi EIZ taqsimoti[5] 
EIZ larning aynan shu shaharlarda paydo bo‘lishi tasodif emas. Gamburg – Elba 
daryosi bo‘yida, Shimoliy dengizdan 100 km masofada joylashgan yirik dengiz va 
daryo porti, yirik shahardir. U yerda xalqaro aeroport, turli sanoat korxonalari 
joylashgan. Gamburgdagi ESZ portdagi ikkita uchastka, Kuksxafendagi boshqa 
zona hududining bir qismidan tashkil topgan (“Kuksxafen” ESZ ni Quyi Saksoniya 
yerlarining ma’muriyati boshqaradi). «Gamburg» ESZ ko‘p sonli 6 va 8 qavatli 
omborlar, pakgauzlar (ularning tovarlarni saqlash uchun foydalaniladigan maydoni 
600 ming kv m dan oshiq), meva va sabzavotlar uchun mo‘ljallangan omborlar, neft 
va neft mahsulotlari uchun mo‘ljallangan omborlarni o‘z ichiga oladi.  
«Gamburg» ESZ ni boshqarish boshqa zonalarni boshqarishdan sezilarli darajada 
farq qiladi. Erkin portning erkin savdo zonasini boshqaradigan ma’muriyati 
(Gamburg 
yerlarini 
boshqaradigan 
tuzilmalar 
tarkibiga 
kiradi) 
bojxona 
funksiyalarini bajarish huquqiga ega (bojlarni yig‘ishdan tashqari). Ko‘pchilik 
omborlar va pakgauzlar firmalar va xususiy shaxslar tomonidan mustaqil ravishda 
ekspluatatsiya qilinadi. Biroq tovarlarni saqlaydigan yangi ob’ektlarni qurish zona 
rahbariyati bilan albatta kelishishni talab qiladi. Mahalliy hokimiyat o‘zining 
tarkibida inshootlar bo‘yicha maxsus kompaniyaga ega, u ESZ dagi tranzit 
4.3-rasm. G‘arbiy Yevropadagi EIZ taqsimoti[5] EIZ larning aynan shu shaharlarda paydo bo‘lishi tasodif emas. Gamburg – Elba daryosi bo‘yida, Shimoliy dengizdan 100 km masofada joylashgan yirik dengiz va daryo porti, yirik shahardir. U yerda xalqaro aeroport, turli sanoat korxonalari joylashgan. Gamburgdagi ESZ portdagi ikkita uchastka, Kuksxafendagi boshqa zona hududining bir qismidan tashkil topgan (“Kuksxafen” ESZ ni Quyi Saksoniya yerlarining ma’muriyati boshqaradi). «Gamburg» ESZ ko‘p sonli 6 va 8 qavatli omborlar, pakgauzlar (ularning tovarlarni saqlash uchun foydalaniladigan maydoni 600 ming kv m dan oshiq), meva va sabzavotlar uchun mo‘ljallangan omborlar, neft va neft mahsulotlari uchun mo‘ljallangan omborlarni o‘z ichiga oladi. «Gamburg» ESZ ni boshqarish boshqa zonalarni boshqarishdan sezilarli darajada farq qiladi. Erkin portning erkin savdo zonasini boshqaradigan ma’muriyati (Gamburg yerlarini boshqaradigan tuzilmalar tarkibiga kiradi) bojxona funksiyalarini bajarish huquqiga ega (bojlarni yig‘ishdan tashqari). Ko‘pchilik omborlar va pakgauzlar firmalar va xususiy shaxslar tomonidan mustaqil ravishda ekspluatatsiya qilinadi. Biroq tovarlarni saqlaydigan yangi ob’ektlarni qurish zona rahbariyati bilan albatta kelishishni talab qiladi. Mahalliy hokimiyat o‘zining tarkibida inshootlar bo‘yicha maxsus kompaniyaga ega, u ESZ dagi tranzit
 
 
omborlarning katta qismiga egalik qiladi, shuningdek ba’zi bir pakgauzlar ham unga 
tegishli.  
Daniyada erkin savdo zonasi Kopengagen porti hududida XIX asrning oxirida 
shakllangan. Kopengagen faqatgina Daniyaning poytaxti bo‘lib qolmasdan, yirik 
dengiz porti, xalqaro aeroport hamdir, bu yerda Malme (Shveyiya) bilan bog‘langan 
avtomobil va temir yo‘l paromi faoliyat ko‘rsatadi. Eksportga yo‘naltirilgan sanoat 
yuqori darajada rivojlangan, bu yerda eng yirik savdo firmalari va banklar 
joylashgan. Hozirgi kunda ESZ ning hududi 700 ming kv m atrofida joyni egallaydi. 
Bu yerda ombor binolarining joylashtirish uchun mo‘ljallangan 280 ming kv m dan 
oshiq maydonga ega bo‘lgan qudratli va shoxchalangan tarmog‘i yaratilgan (30 
ming t ga mo‘ljallangan don omborlari, 30 ta atrofida pakgauzlar, bir necha o‘nlab 
transport depolari va hokazolar). Joylashtirish maydonlari kengaymoqda, chunki 
tadbiraorlar – zonaning ishtirokchilari ESZ ma’muriyatidan ijaraga olingan yerlarda 
yangi omborlarni qurish ishlarini olib bormoqdalar. ESZ ni aksiyadorlik 
kompaniyasi orqali Kopengagen portining ma’muriyati boshqaradi (aksiyalarning 
to‘liq paketi ma’muriyatga tegishli). Aksiyadorlik kompaniyasi (va demak, port 
ma’muriyati) zonada joylashgan barcha inshootlarning xo‘jayini bo‘lib hisoblanadi.  
Shuni qayd qilish lozimki, ESZ ning faoliyatini hukumat nazorat qiladi. Maxsus 
qonunga muvofiq ESZ tovarlarni saqlash, saralash, tamg‘alash, qayta ishlash va 
ekspozitsiyalash huquqiga ega. ESZ da qandaydir bir korxonalarni yaratish, 
shuningdek zonaning ichida chakana savdoni tashkil qilish uchun jamoatchilik 
ishlari Vazirligining maxsus ruxsatnomasi talab qilinadi. Deklaratsiyalanmagan 
tovarlarni iste’mol qilish cheklanadi, ular boj to‘loviga tortiladi.  
Avstriyada – Lins, Gras, Zolbad-Xalle va Venada bir nechta erkin iqtisodiy 
zonalar (amalda barchasi ESZ lar) faoliyat ko‘rsatadi. Ulardan dastlab tashkil 
qilingani – Linsda. Bu Avstriyaning shimolidagi yirik shahar (Yuqori Avstriya 
yerlari), Dunaydagi daryo porti, aeroport, mahsulotining katta qismi eksportga 
ketadigan rivojlangan sanoatga ega bo‘lgan muhim transport uzelidir. Linsadagi 
ESZ kattagina ishlab chiqarish maydonlariga ega: pakgauzlar, tranzit depolar, 
omborlarning maydoni taxminan 40 ming kv m ni; ochiq osmon ostida saqlash 
omborlarning katta qismiga egalik qiladi, shuningdek ba’zi bir pakgauzlar ham unga tegishli. Daniyada erkin savdo zonasi Kopengagen porti hududida XIX asrning oxirida shakllangan. Kopengagen faqatgina Daniyaning poytaxti bo‘lib qolmasdan, yirik dengiz porti, xalqaro aeroport hamdir, bu yerda Malme (Shveyiya) bilan bog‘langan avtomobil va temir yo‘l paromi faoliyat ko‘rsatadi. Eksportga yo‘naltirilgan sanoat yuqori darajada rivojlangan, bu yerda eng yirik savdo firmalari va banklar joylashgan. Hozirgi kunda ESZ ning hududi 700 ming kv m atrofida joyni egallaydi. Bu yerda ombor binolarining joylashtirish uchun mo‘ljallangan 280 ming kv m dan oshiq maydonga ega bo‘lgan qudratli va shoxchalangan tarmog‘i yaratilgan (30 ming t ga mo‘ljallangan don omborlari, 30 ta atrofida pakgauzlar, bir necha o‘nlab transport depolari va hokazolar). Joylashtirish maydonlari kengaymoqda, chunki tadbiraorlar – zonaning ishtirokchilari ESZ ma’muriyatidan ijaraga olingan yerlarda yangi omborlarni qurish ishlarini olib bormoqdalar. ESZ ni aksiyadorlik kompaniyasi orqali Kopengagen portining ma’muriyati boshqaradi (aksiyalarning to‘liq paketi ma’muriyatga tegishli). Aksiyadorlik kompaniyasi (va demak, port ma’muriyati) zonada joylashgan barcha inshootlarning xo‘jayini bo‘lib hisoblanadi. Shuni qayd qilish lozimki, ESZ ning faoliyatini hukumat nazorat qiladi. Maxsus qonunga muvofiq ESZ tovarlarni saqlash, saralash, tamg‘alash, qayta ishlash va ekspozitsiyalash huquqiga ega. ESZ da qandaydir bir korxonalarni yaratish, shuningdek zonaning ichida chakana savdoni tashkil qilish uchun jamoatchilik ishlari Vazirligining maxsus ruxsatnomasi talab qilinadi. Deklaratsiyalanmagan tovarlarni iste’mol qilish cheklanadi, ular boj to‘loviga tortiladi. Avstriyada – Lins, Gras, Zolbad-Xalle va Venada bir nechta erkin iqtisodiy zonalar (amalda barchasi ESZ lar) faoliyat ko‘rsatadi. Ulardan dastlab tashkil qilingani – Linsda. Bu Avstriyaning shimolidagi yirik shahar (Yuqori Avstriya yerlari), Dunaydagi daryo porti, aeroport, mahsulotining katta qismi eksportga ketadigan rivojlangan sanoatga ega bo‘lgan muhim transport uzelidir. Linsadagi ESZ kattagina ishlab chiqarish maydonlariga ega: pakgauzlar, tranzit depolar, omborlarning maydoni taxminan 40 ming kv m ni; ochiq osmon ostida saqlash
 
 
uchun mo‘ljallangan maydonlar taxminan 100 ming kv m ni; sovutgich-omborning 
maydoni 5,8 ming kv m ni; ishlab chiqarish binolarining maydoni taxminan 13 ming 
kv m ni, yig‘ish ustaxonalarining maydoni 5 ming kv m ni tashkil qiladi, ma’muriy 
binolar bu hisobga kirmaydi.   
Avstriyadagi boshqa ESZ lar o‘zining ko‘lamlari bo‘yicha Linsdagidan orqada 
qoladi. Avstriyadagi qonunchilikka ko‘ra, erkin savdo zonalari faqatgina savdo 
operatsiyalari, saqlash, tamg‘alash, ekspozitsiyalash emas, balki ishlab chiqarish 
faoliyati bilan ham shug‘ullanishi mumkin. Erkin savdo zonalarini uchta zonada 
mas’uliyati cheklangan o‘rtoqlik (MChO‘) va bitta zonada – aksiyadorlik jamiyati 
boshqaradi. Bu boshqarish tuzilmalarining ishtirokchilari qatoriga mahalliy 
hokimiyat organlari ham, banklar, savdo palatalari, sanoat birlashmalari ham kiradi.  
Ikkita erkin savdo zonasi Gresiyada faol tarzda faoliyat ko‘rsatadi: biri – 
Salonikida, ikkinchisi – Pireyada. Ular tegishlicha 1925 va 1932 yilda tashkil 
qilingan. Salonikidagi ESZ ni boshqarish Savdo Floti Vazirligining tarkibiga 
kiruvchi avtonom organga, Pireyadagini boshqarish esa – port ma’muriyatiga 
yuklatilgan.  
ESZ larga taqdim qilingan katta imtiyozlar bilan bir qatorda (masalan, zonalarda 
ma’muriyat, Savdo Floti Vazirligi va Moliya Vazirligining ruxsati bilan tashkil 
qilingan korxonalar zaruriy xomashyo va materiallarni boj to‘lamasdan olib kirish 
huquqiga ega, shuningdek yuklarni tranzit qilish bo‘yicha imtiyozlarga ega va 
hokazolar) jiddiy cheklashlar ham mavjud: Gresiya hukumatining monopoliyasini 
tashkil qiladigan tovarlarni olib kirish (tuz, kerosin, gugurt, sigaretalar uchun qog‘oz 
va boshqalar) ta’qiqlangan; ESZ ga Gresiyada ishlab chiqarilgan tovarlarni olib 
kirish maxsus ruxsatnomani talab qiladi; shuningdek Gresiyada foydalanish uchun 
mo‘ljallangan tovarlarni qayta ishlash ham bojxona organlarining ruxsatisiz mumkin 
emas.  
XX asrning 60-yillarida Finlyandiya erkin iqtisodiy zonalarni yaratish bilan jiddiy 
shug‘ullana boshlagan. Bu yerda ESZ lar Xanko, Xelsinki, Turkuda paydo bo‘lgan. 
Ular aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan boshqariladi, biroq aksiyalarning bir 
qismi munitsipalitetlarga tegishli. Shuni qayd qilish lozimki, ESZ larning faoliyatini 
uchun mo‘ljallangan maydonlar taxminan 100 ming kv m ni; sovutgich-omborning maydoni 5,8 ming kv m ni; ishlab chiqarish binolarining maydoni taxminan 13 ming kv m ni, yig‘ish ustaxonalarining maydoni 5 ming kv m ni tashkil qiladi, ma’muriy binolar bu hisobga kirmaydi. Avstriyadagi boshqa ESZ lar o‘zining ko‘lamlari bo‘yicha Linsdagidan orqada qoladi. Avstriyadagi qonunchilikka ko‘ra, erkin savdo zonalari faqatgina savdo operatsiyalari, saqlash, tamg‘alash, ekspozitsiyalash emas, balki ishlab chiqarish faoliyati bilan ham shug‘ullanishi mumkin. Erkin savdo zonalarini uchta zonada mas’uliyati cheklangan o‘rtoqlik (MChO‘) va bitta zonada – aksiyadorlik jamiyati boshqaradi. Bu boshqarish tuzilmalarining ishtirokchilari qatoriga mahalliy hokimiyat organlari ham, banklar, savdo palatalari, sanoat birlashmalari ham kiradi. Ikkita erkin savdo zonasi Gresiyada faol tarzda faoliyat ko‘rsatadi: biri – Salonikida, ikkinchisi – Pireyada. Ular tegishlicha 1925 va 1932 yilda tashkil qilingan. Salonikidagi ESZ ni boshqarish Savdo Floti Vazirligining tarkibiga kiruvchi avtonom organga, Pireyadagini boshqarish esa – port ma’muriyatiga yuklatilgan. ESZ larga taqdim qilingan katta imtiyozlar bilan bir qatorda (masalan, zonalarda ma’muriyat, Savdo Floti Vazirligi va Moliya Vazirligining ruxsati bilan tashkil qilingan korxonalar zaruriy xomashyo va materiallarni boj to‘lamasdan olib kirish huquqiga ega, shuningdek yuklarni tranzit qilish bo‘yicha imtiyozlarga ega va hokazolar) jiddiy cheklashlar ham mavjud: Gresiya hukumatining monopoliyasini tashkil qiladigan tovarlarni olib kirish (tuz, kerosin, gugurt, sigaretalar uchun qog‘oz va boshqalar) ta’qiqlangan; ESZ ga Gresiyada ishlab chiqarilgan tovarlarni olib kirish maxsus ruxsatnomani talab qiladi; shuningdek Gresiyada foydalanish uchun mo‘ljallangan tovarlarni qayta ishlash ham bojxona organlarining ruxsatisiz mumkin emas. XX asrning 60-yillarida Finlyandiya erkin iqtisodiy zonalarni yaratish bilan jiddiy shug‘ullana boshlagan. Bu yerda ESZ lar Xanko, Xelsinki, Turkuda paydo bo‘lgan. Ular aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan boshqariladi, biroq aksiyalarning bir qismi munitsipalitetlarga tegishli. Shuni qayd qilish lozimki, ESZ larning faoliyatini
 
 
mahalliy hokimiyat organlaridan tashqari Finlyandiya Hukumati ham nazorat qiladi. 
Bunda davlat organlari yuklarni ESZ da saqlash, yuklash-tushirish ishlarining 
stavkalarini tasdiqlaydi.  
Irlandiya EIZ larni joriy qilishning muvaffaqiyatli tajribasiga ega. Bu yerda 1947 
yilda hukumat «Shennon» erkin bojsiz zonani yaratish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. 
Zonani yaratishdan bosh maqsad yangi ish o‘rinlarini yaratish, shuningdek 
«Shennon» aeroporti orqali o‘tadigan yo‘lovchi va transport oqimlarini kuchaytirish 
bo‘lgan. EIZ hududida bojsiz eksport-import rejimi joriy qilingan, foyda stavkasi 
10% ni tashkil qilgan, bu aeroport orqali o‘tadigan yuk va yo‘lovchi oqimlarining 
sezilarli darajada ortishini, yangi sanoat korxonalarining yaratilishi va Irlandiyaning 
g‘arbining umumiy rivojlanishini ta’minlagan. Bugungi kunda «Shennon» EIZ – 
asosan yuqori texnologiyali korxonalardan tashkil topgan yuqori darajada 
rivojlangan sanoat markazi bo‘lib, bu yerda 110 tadan oshiq xorijiy firmalar faoliyat 
ko‘rsatadi, 6 mingtadan oshiq ish o‘rinlari yaratilgan, yillik eksport hajmi 1 mlrd 
dollardan oshiqni tashkil qiladi.  
1980-yillarning o‘rtalarida Shennondan 24 km masofada joylashgan Limerik 
portida texnopark faoliyat ko‘rsata boshlagan. Texnoparkda ilmtalab ishlab 
chiqarishlarni ishlab chiqish bilan band bo‘lgan 80 taga yaqin firmalar ishtirok etadi.  
3.AQSh.Ma’lumki, AQSh global erkin savdo falsafasini faol tarzda qo‘llab-
quvvatlaydi, shu sababli uning iqtisodiyoti maxsus erkin savdo zonalariga muhtoj 
ekanligini tasavvur qilish qiyin. Biroq shunga qaramasdan 1934 yilda mamlakat 
hududida erkin savdo zonalari bo‘yicha Dastur amal qila boshlagan. O‘zining 
vazifalari bo‘yicha maxsus iqtisodiy zonaning rejimiga o‘xshash bo‘lgan bu Dastur 
AQSh ga tovarlarni import qilishga ko‘maklashish uchun mo‘ljallangan.  
Maxsus erkin savdo zonalari-«Bu maxsus ajratilgan geografik joylar – erkin 
savdo zonalari – odatda dengiz portlarida yoki ularning yaqinida yaratiladi va AQSh 
bojxona xizmatining nazorati ostida bo‘ladi». Bu Dastur kichik va o‘rta biznes 
korxonalari uchun mo‘ljallangan, o‘zining tabiati bo‘yicha uni shahar joylardagi 
“sanoat parklari” ga tenglashtirish mumkin. Bu rayonlarga tovarlar xorijdan ham, 
AQSh ning o‘zining hududidan ham olib kirilishi mumkin. Bunday zonalar o‘zida 
mahalliy hokimiyat organlaridan tashqari Finlyandiya Hukumati ham nazorat qiladi. Bunda davlat organlari yuklarni ESZ da saqlash, yuklash-tushirish ishlarining stavkalarini tasdiqlaydi. Irlandiya EIZ larni joriy qilishning muvaffaqiyatli tajribasiga ega. Bu yerda 1947 yilda hukumat «Shennon» erkin bojsiz zonani yaratish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Zonani yaratishdan bosh maqsad yangi ish o‘rinlarini yaratish, shuningdek «Shennon» aeroporti orqali o‘tadigan yo‘lovchi va transport oqimlarini kuchaytirish bo‘lgan. EIZ hududida bojsiz eksport-import rejimi joriy qilingan, foyda stavkasi 10% ni tashkil qilgan, bu aeroport orqali o‘tadigan yuk va yo‘lovchi oqimlarining sezilarli darajada ortishini, yangi sanoat korxonalarining yaratilishi va Irlandiyaning g‘arbining umumiy rivojlanishini ta’minlagan. Bugungi kunda «Shennon» EIZ – asosan yuqori texnologiyali korxonalardan tashkil topgan yuqori darajada rivojlangan sanoat markazi bo‘lib, bu yerda 110 tadan oshiq xorijiy firmalar faoliyat ko‘rsatadi, 6 mingtadan oshiq ish o‘rinlari yaratilgan, yillik eksport hajmi 1 mlrd dollardan oshiqni tashkil qiladi. 1980-yillarning o‘rtalarida Shennondan 24 km masofada joylashgan Limerik portida texnopark faoliyat ko‘rsata boshlagan. Texnoparkda ilmtalab ishlab chiqarishlarni ishlab chiqish bilan band bo‘lgan 80 taga yaqin firmalar ishtirok etadi. 3.AQSh.Ma’lumki, AQSh global erkin savdo falsafasini faol tarzda qo‘llab- quvvatlaydi, shu sababli uning iqtisodiyoti maxsus erkin savdo zonalariga muhtoj ekanligini tasavvur qilish qiyin. Biroq shunga qaramasdan 1934 yilda mamlakat hududida erkin savdo zonalari bo‘yicha Dastur amal qila boshlagan. O‘zining vazifalari bo‘yicha maxsus iqtisodiy zonaning rejimiga o‘xshash bo‘lgan bu Dastur AQSh ga tovarlarni import qilishga ko‘maklashish uchun mo‘ljallangan. Maxsus erkin savdo zonalari-«Bu maxsus ajratilgan geografik joylar – erkin savdo zonalari – odatda dengiz portlarida yoki ularning yaqinida yaratiladi va AQSh bojxona xizmatining nazorati ostida bo‘ladi». Bu Dastur kichik va o‘rta biznes korxonalari uchun mo‘ljallangan, o‘zining tabiati bo‘yicha uni shahar joylardagi “sanoat parklari” ga tenglashtirish mumkin. Bu rayonlarga tovarlar xorijdan ham, AQSh ning o‘zining hududidan ham olib kirilishi mumkin. Bunday zonalar o‘zida
 
 
bojxona xizmatining nazorati ostida bo‘ladigan qo‘riqlanadigan hududlarni taqdim 
qiladi, biroq bojxona bojlari va boshqa soliq yig‘imlari nuqtai-nazaridan ular 
mamlakat hududidan tashqarida bo‘lib hisoblanadi. Import bojlari faqatgina tovarlar 
zona hududidan AQSh hududiga olib chiqiladigan hollarda qo‘llaniladi. Bunday 
zonalarda ishlaydigan firmalar Amerika firmalari bo‘lishi ham, xorijiy firmalar 
bo‘lishi ham mumkin[6].  
Dunyodagi aksariyat an’anaviy maxsus iqtisodiy zonalardan farqli o‘laroq, AQSh 
dagi ESZ larning asosiy profili tovarlarni import qilishdan iborat emas. Garchi ular 
tomonidan yaratiladigan ish o‘rinlari ular joylashgan mintaqaga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatsada ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish uchun ham 
mo‘ljallanmagan. 2004 yil holatiga ulardan 157 tasi amaldagi bo‘lgan, ularda 
faoliyat ko‘rsatayotgan kompaniyalarning soni esa – 2700 tadan oshiqni tashkil 
qilgan bu zonalarning shunchalik uzoq vaqt davomida ishlayotganligi hayron qolarli 
hol bo‘lib hisoblanadi. Bu firmalarning faoliyat hajmi 317 mlrd dollar deb 
baholangan, ular 22 mlrd dollarlik tovarlarni eksport qilgan va 337 039 ta AQSh 
fuqarolariga ish joylarini taqdim qilgan[7]. Ularning rivojlanishi avvalgiday 
hukumat e’tiborida bo‘lgan bunday zonalarni yaratishdan maqsad - jahon bozorida 
milliy sanoatning raqobatbardoshligini oshirishdan iborat.  
Umuman olganda, EIZ larning faoliyati nisbatan unchalik sezilarli bo‘lmagan, 
Butunjahon Savdo Tashkiloti ham, NAFTA ham ularga sezilarli ta’sir o‘tkazmagan. 
Bu zonalarning ishini erkin savdo zonalari milliy Assotsiatsiyasi (NAFTZ) qo‘llab-
quvvatlaydi. Bu notijorat tashkiloti bo‘lib, uning missiyasi “AQSh ning erkin savdo 
zonalari bo‘yicha Dasturi vositasida jahon biznesini mahalliy joylar bilan bog‘lash” 
dan iborat[8].  
Boshqarish tuzilmasi-yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, AQSh da erkin savdo 
zonalarining maqomi 1934 yilda qabul qilingan xorijiy mamlakatlar bilan savdo 
qilish zonalari to‘g‘risidagi Qonun bilan o‘rnatilgan. Hozirgi kunda boshqaruvning 
ijro kotibiyati AQSh savdo Departamentining import bo‘yicha ma’muriyati binosida 
joylashgan, shu tariqa u asosiy federal vazirliklardan birining bir qismi bo‘lib 
hisoblanadi. Mikrodarajada alohida olingan zonada kechayotgan faoliyatni joriy 
bojxona xizmatining nazorati ostida bo‘ladigan qo‘riqlanadigan hududlarni taqdim qiladi, biroq bojxona bojlari va boshqa soliq yig‘imlari nuqtai-nazaridan ular mamlakat hududidan tashqarida bo‘lib hisoblanadi. Import bojlari faqatgina tovarlar zona hududidan AQSh hududiga olib chiqiladigan hollarda qo‘llaniladi. Bunday zonalarda ishlaydigan firmalar Amerika firmalari bo‘lishi ham, xorijiy firmalar bo‘lishi ham mumkin[6]. Dunyodagi aksariyat an’anaviy maxsus iqtisodiy zonalardan farqli o‘laroq, AQSh dagi ESZ larning asosiy profili tovarlarni import qilishdan iborat emas. Garchi ular tomonidan yaratiladigan ish o‘rinlari ular joylashgan mintaqaga ijobiy ta’sir ko‘rsatsada ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish uchun ham mo‘ljallanmagan. 2004 yil holatiga ulardan 157 tasi amaldagi bo‘lgan, ularda faoliyat ko‘rsatayotgan kompaniyalarning soni esa – 2700 tadan oshiqni tashkil qilgan bu zonalarning shunchalik uzoq vaqt davomida ishlayotganligi hayron qolarli hol bo‘lib hisoblanadi. Bu firmalarning faoliyat hajmi 317 mlrd dollar deb baholangan, ular 22 mlrd dollarlik tovarlarni eksport qilgan va 337 039 ta AQSh fuqarolariga ish joylarini taqdim qilgan[7]. Ularning rivojlanishi avvalgiday hukumat e’tiborida bo‘lgan bunday zonalarni yaratishdan maqsad - jahon bozorida milliy sanoatning raqobatbardoshligini oshirishdan iborat. Umuman olganda, EIZ larning faoliyati nisbatan unchalik sezilarli bo‘lmagan, Butunjahon Savdo Tashkiloti ham, NAFTA ham ularga sezilarli ta’sir o‘tkazmagan. Bu zonalarning ishini erkin savdo zonalari milliy Assotsiatsiyasi (NAFTZ) qo‘llab- quvvatlaydi. Bu notijorat tashkiloti bo‘lib, uning missiyasi “AQSh ning erkin savdo zonalari bo‘yicha Dasturi vositasida jahon biznesini mahalliy joylar bilan bog‘lash” dan iborat[8]. Boshqarish tuzilmasi-yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, AQSh da erkin savdo zonalarining maqomi 1934 yilda qabul qilingan xorijiy mamlakatlar bilan savdo qilish zonalari to‘g‘risidagi Qonun bilan o‘rnatilgan. Hozirgi kunda boshqaruvning ijro kotibiyati AQSh savdo Departamentining import bo‘yicha ma’muriyati binosida joylashgan, shu tariqa u asosiy federal vazirliklardan birining bir qismi bo‘lib hisoblanadi. Mikrodarajada alohida olingan zonada kechayotgan faoliyatni joriy
 
 
nazorat qilish funksiyasi uning tasarrufida bo‘lgan portdagi bojxona posti 
direktorining zimmasiga yuklatilgan. Shu bilan birgalikda zonalarning faoliyati 
berilgan shtat va munitsipalitetning odatdagi qonunchiligi bilan ham tartibga 
solinadi.  
Shunisi qiziqarliki, ESZ da, yuridik shaxs sifatida, davlat korporatsiyalari yoki 
xususiy korporatsiyalar orasidan homiylar bo‘lishi mumkin, ular uning 
infratuzilmasini boshqarishi yoki zonaning o‘zi ularda pudratchi sifatida chiqishi 
mumkin[9]. Zonalar ochiq faoliyat yuritishi va o‘zlarining xizmatlari va to‘lov 
stavkalarini e’lon qilishi lozim. «Odatdagi umumiy mo‘ljallanishli ESZ 
iste’molchilarga 
o‘zining 
ombor 
va 
distribyutorlik 
quvvatlarini, 
asosan 
transportning har xil turlari kirishi mumkin bo‘lgan ombor binolarini taqdim qiladi. 
Erkin savdo zonalarining ko‘pgina loyihalari sanoat parki uchastkasini o‘z ichiga 
oladi, bu uchastkada foydalanuvchilar o‘zlarining binolarini qurishi mumkin 
bo‘ladi». Agar qandaydir bir tovar o‘zining parametrlari bo‘yicha berilgan zonaning 
standart yuklash-tushirish toifasiga to‘g‘ri kelmasa, u holda subzona yaratilishi 
mumkin. Biroq ESZ larda tovarlarning spirtli ichimliklar, qurol-yarog‘ va soatlar 
kabi turlariga ishlov berish va ularni saqlash ta’qiqlangan.  
AQSh mintaqalari bo‘yicha taqsimlanishi: Har bir shtatda hech bo‘lmaganda bitta 
ESZ bor(2.4-rasm). Ulardan taxminan 60 tasi bekor turibdi (ya’ni operatsiyalar 
bajarish uchun yuridik maqomga ega). Biroq ESZ larning keng tarmog‘i Federal 
Hukumat milliy biznesga butun mamlakat hududi bo‘ylab zonalar tomonidan taklif 
qilinayotgan imkoniyatlarni taqdim qilish bo‘yicha faol pozitsiyada turganligini 
ishonarli tarzda tasdiqlanadi.  
nazorat qilish funksiyasi uning tasarrufida bo‘lgan portdagi bojxona posti direktorining zimmasiga yuklatilgan. Shu bilan birgalikda zonalarning faoliyati berilgan shtat va munitsipalitetning odatdagi qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi. Shunisi qiziqarliki, ESZ da, yuridik shaxs sifatida, davlat korporatsiyalari yoki xususiy korporatsiyalar orasidan homiylar bo‘lishi mumkin, ular uning infratuzilmasini boshqarishi yoki zonaning o‘zi ularda pudratchi sifatida chiqishi mumkin[9]. Zonalar ochiq faoliyat yuritishi va o‘zlarining xizmatlari va to‘lov stavkalarini e’lon qilishi lozim. «Odatdagi umumiy mo‘ljallanishli ESZ iste’molchilarga o‘zining ombor va distribyutorlik quvvatlarini, asosan transportning har xil turlari kirishi mumkin bo‘lgan ombor binolarini taqdim qiladi. Erkin savdo zonalarining ko‘pgina loyihalari sanoat parki uchastkasini o‘z ichiga oladi, bu uchastkada foydalanuvchilar o‘zlarining binolarini qurishi mumkin bo‘ladi». Agar qandaydir bir tovar o‘zining parametrlari bo‘yicha berilgan zonaning standart yuklash-tushirish toifasiga to‘g‘ri kelmasa, u holda subzona yaratilishi mumkin. Biroq ESZ larda tovarlarning spirtli ichimliklar, qurol-yarog‘ va soatlar kabi turlariga ishlov berish va ularni saqlash ta’qiqlangan. AQSh mintaqalari bo‘yicha taqsimlanishi: Har bir shtatda hech bo‘lmaganda bitta ESZ bor(2.4-rasm). Ulardan taxminan 60 tasi bekor turibdi (ya’ni operatsiyalar bajarish uchun yuridik maqomga ega). Biroq ESZ larning keng tarmog‘i Federal Hukumat milliy biznesga butun mamlakat hududi bo‘ylab zonalar tomonidan taklif qilinayotgan imkoniyatlarni taqdim qilish bo‘yicha faol pozitsiyada turganligini ishonarli tarzda tasdiqlanadi.