ERKIN IQTISODIY ZONALARNI TASHKIL ETISH,ULARNI AMAL
QILISHI VA RIVOJLANISH JARAYONLARNI BOSHQARISH
REJA:
1. Erkin iktisodiy zonalarning mazmuni, tamoyillari va tuzilish sabablari.
2. Erkin iktisodiy zonalarning turlari.
3. Erkin bozorni tashkil etuvchi elementlari.
4. Erkin iqtisodiy zonalarning turli mamlakatlardagi tajribasi
Erkin iktisodiy zonalarning mazmuni, tamoyillari va tuzilish sabablari.
Jaxon tajribasi va amaliyotida xar bir mamalakatning o‘z milliy iqtisodiyotiga
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha o‘ziga xos tajriba va an’analari mavjud.
Hozirda rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiyoti taraqqiy etishiga asos bo‘lgan
usullardan biri bu mamlakatda ma’lum bir xududni yoki butun bir kichik
mamlkatlar o‘z iqtisodiyotini erkin iqtisodiy makonga aylantirib rivojlanish sari
qadam qo‘yganlar.
Erkin iqtisodiy makonlarni asosan muayyan bir davlatning ma’lum bir
mintaqasi yoki alohida bir hududida tashkil etish iqtisodiy jihatdan samarali
hisoblanadi. Ammo hududi va ma’muriy boshqaruv tizimi uncha katta bo‘lmagan
alohida davlatlarning butun iqtisodiyoti erkin iqtisodiy makonlarga aylantirilgan
hollar ham uchrab turadi. Erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etishdan asosiy
maqsad qisqa muddatlarda mamlakatni rivojlangan jahon hamjamiyati a’zolari
qatoriga qo‘shish va xorijiy investitsiyalarni jalb etishni tezlashtirishdan iborat.
Ushbu makonlarning tashkiliy tuzilishi va nomlanishi turlicha bo‘lsada, ularni
tashkil etishdan asosiy maqsad imkon qadar xorijiy investitsiyalarni, zamonaviy
texnika va texnologiyalarni jalb qilish hisobiga mavjud iqtisodiy, moliyaviy va
ijtimoiy muammolarni bartaraf etish va jahondagi rivojlangan davlatlar qatoridan
o‘rin olish orqali aholi turmush darajasini yaxshilashdir.
Tarixiy manbalar dalolat berishicha, erkin bojxona va tovarlarning tranzit
makonlari bundan bir necha asr oldin paydo bo‘lgan bo‘lib, ular davlatlar
o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda keng qo‘llanilgan.
Masalan, SHarq va Evropani bevosita savdo orqali bog‘lab kelgan Buyuk Ipak
yo‘lini bojxona va mahsulotlarni tranzit qilish erkin makoniga misol bo‘la oladi.
Erkin iqtisodiy makonlarning qaror topishini tavsiflovchi belgilar orasida
quyidagi omillar alohida o‘rin tutadi:
- investor uchun hududning iqtisodiy jug‘rofiy holati juda qulay bo‘lishi shart;
- kamida mintaqaviy ahamiyat kasb etuvchi magistral yo‘llarning kesishgan
joylari bo‘lishi lozim;
- dengiz va daryo portlariga yaqin bo‘lishlari kerak;
aeroportlar xalqaro maqom olgan bo‘lishlari lozim.
Erkin iqtisodiy makonlarda ma’muriy boshqaruv tizimi alohida bir maxsus
maqomga ega bo‘lib, investorlar xom ashyo va materiallarni import qilish hamda
tayyor mahsulotlarni eksport qilish jarayonida bojxona to‘lovlaridan to‘liq ozod
qilinadi yoki makonning ma’muriy boshqaruv organlarini moliyalashtirishga etarli
darajadagi imtiyozli soliq to‘lovlari o‘rnatiladi. Investorlarning mulkka egalik
qilish huquqi kengayadi va ularga keng ko‘lamli soliq ta’tillari taqdim etilishi bilan
birga, bojxona nazorati minimal darajaga tushiriladi.
Dunyo tajribasida har bir hududning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan
holda, bir nechga ko‘rinishdagi erkin iqtisodiy makonlar mavjud bo‘lib, ularning
tarkibi quyidagilardan iborat:
- Erkin savdo makonlari. Ushbu makonning o‘ziga xos belgilari shundan
iboratki, ular kamida mintaqa ahamiyatiga ega bo‘lgan magistral yo‘llar kesishgan
joylarda, shu jumladan, dengiz va daryo bandargohi yonidagi portlar hududida
tashkil etiladi. Ularda bojxona to‘lovlari va tranzit yig‘imlari minimal darajada
bo‘lishi shart.
Ishlab chiqarishsanoat makonlari. Mazkur makonni tashkil etishdan asosiy
maqsad xorijiy bozorlarga tayyor mahsulotlarni eksport qilish bo‘lib, davlatning
iqtisodiy salohiyatini tayyor mahsulotlar orqali reklama va targ‘ibot qilishdir.
Natijada, mamlakatga chet el investorlarining qo‘shimcha sarfxarajatlarsiz kirib
kelishi uchun ruhiy ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlari paydo bo‘ladi.
• Ilmiy-texnikaviy va ilmiy ixtiro makonlari. Ushbu makonlar tarkibiga tashqi
bozorni kompyuter va boshqa hisoblash texnikalari orqali zabt etish maqsadida
mavjud texnologik parklar zamirida tashkil etilgan «Texnopolis» makonlari kiradi.
• Xizmat ko‘rsatish (servis) makonlari. Ushbu makon shaklining o‘ziga
xosligi shundan iboratki, unda turli ko‘rinishdagi moliyabank markazlari, sug‘urta
bozorlari va fond birjalari tashkil etiladi. Bundan asosiy maqsad moliyabank
xizmatidan keng imtiyozlar berish hisobiga yuqorisalohiyatga ega xorijiy
investorlarning likvidli kapitallarini jalb qilishdir.
Muayyan ustavga ega bo‘lgan erkin iqtisodiy makonlarning keng tarqalishi
o‘tgan asrning 50 yillari oxirida boshlangan.
1959 yilda Irlandiyaning SHenon shahri shunday erkin iqtisodiy makonga
aylantirilgan. Irlandiya hukumati SHenon xalqaro aeroportiga asosiy e’tiborni
qaratib, uning hududi yonida xalqaro erkin tadbirkorlik makonini tarkib toptirishga
rasmiy ruxsat berdi. SHundan keyin jahon iqtisodiyotida turli xil xo‘jalik yuritish
va faoliyat ko‘rsatish tartibiga amal qiladigan minglab erkin iqtisodiy makonlar
tarkib topa boshladi.
Hozirgi paytda erkin iqtisodiy makonlarning aksariyati Amerika va Janubi-
SHarqiy
Osiyo
mamlakatlari
hududlarida
joylashgan.
Jahon
tajribasi
ko‘rsatishicha, erkin iqtisodiy makonlarning alohida mamlakatdagi samarali tashkil
etilishi va faoliyat yuritishi avvalo undagi siyosiy barqarorlik, investitsiyalarni
kafolatlash, sifatli va zamonaviy infratuzilma xizmatlari tashkil etilganligi, ishchi
va xizmatchilarning mahorati va malakasi, ma’muriy boshqaruv tuzilmalarining
qulay tashkil etilganligiga bog‘liedir.
Dunyo amaliyotida, mamlakatlar o‘zlarining iqtisodiy rivojlanish darajasiga
qarab, o‘z iqtisodiga, jug‘rofiy joylashishiga mos keladigan erkin iqtisodiy makon
turlarini tanlab, joriy etganlar. Masalan, G‘arbiy Evropa davlatlari dengiz
portlarida yuklarni ortishtushirish ishlarini ortiqcha rasmiyatchiliksiz va bojxona
to‘lovlarisiz amalga oshirish maqsadida, ko‘plab erkin savdo makonlari tashkil
etishgan. Erkin aeroport makonlari tashkil etish Buyuk Britaniya davlatiga xos bir
amaliyot bo‘lsa, moliyabank markazlari va Offshor makonlar SHveysariya,
Lixtenshteyn, Normandiya orollarida yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. AQSH va
YAponiyada «Texnopolislar rivojlanishiga qulay sharoit yaratilib, hozir ularda
keskin yuksalish pallasi boshlandi. Dunyodagi eng katta «Texnopolis AQSHdagi
erkin iqtisodiy makonda joylashgan bo‘lib, u Silikon vodiysi deb nomlanadi va
hozirgi paytda jahonda ishlab chiqarilayotgan kompyuter va boshqa hisoblash
texnikalarining qariyb 20 foizi ayni shu makonda tayyorlanib, dunyoning turli
mamlakatlariga realizasiya qilinmokda.
SHarqiy Osiyoda erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etish bo‘yicha Xitoy Xalq
Respublikasi, Singapur va Tayvan mamlakatlari peshqadamlik qilmokda. Xitoyda
erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etish uchun asosan dengiz bandargohiga yaqin
bo‘lgan hududlar va mintaqaviy ahamiyat kasb etadigan transport magistrallari
kesishgan joylar tanlab olindi. Dastlabki makonlar 70-yillar oxirida tashkil etila
boshlangan. Erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etishda quyidagilarga erishish
asosiy maqsad qilib belgilangan:
- xorijiy kapitallarni, texnika va texnologiyalarni jalb etishni maksimal
rag‘batlantirish hamda intellektual mehnat o‘rnini bosadigan texnika korxonalarini
tashkil etish;
tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va mamlakatning jahon mehnat
taqsimotida keng ishtirok etishini ta’minlash, eksport hajmini oshirish hisobiga
valyuta tushumini ko‘paytirish;
- erkin iqtisodiy makonlarda zamonaviy tovarlarni ko‘plab ishlab chiqarish,
xizmat ko‘rsatish va boshqaruv tajribalarini o‘rgatadigan maktablardagi ilg‘or
tajribalarni mamlakatning qolgan xududlariga ham keng joriy etish;
- erkin iqtisodiy makonlarda faoliyat yuritayotgan ishchi va xizmatchilarning
turmush darajasini Singapur, Gonkong boshqa industrial davlatlardagi fuqarolar
turmush darajasiga etkazish;
- mamlakatda ortiqcha va arzon ishchi kuchidan samarali foydalanib, vujudga
kelayotgan ijtimoiy iqtisodiy tanglikni oldini olish.
Sobiq sho‘ro respublikalar o‘rtasidagi rejali iqtisodiy aloqalar uzilganidan
so‘ng, har bir respublika o‘z hududida imkon qadar erkin iqtisodiy makonlarni
tashkil etishga kirisha boshladi. Erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etish bo‘yicha
ular orasida Rossiya Federasiyasi etakchi o‘rinni egallamokda. 1990-1991 yillarda
erkin iqtisodiy makonlar soni 12 ta bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi paytda ular 20 tadan
ortib ketgan. Biroq tashkil etilgan bu makonlarning ayrimlari rivojlana olmayapti.
Masalan, Ingushetiya Respublikasida tashkil etilgan Xalqaro biznes markazi
faoliyati hozir to‘xtatilgan. Eng faol rivojlanayotgan erkin iqtisodiy makonlar
Kaliningrad, Leningrad va Magadan viloyatlari hisoblanadi. Qolgan mintaqalarda
tashkil etilgan erkin iqtisodiy makonlarning iqtisodiy samarasi ko‘ngildagidek
bo‘lmayapti.
Taxlilchilar fikriga qaraganda, rivojlanishga salbiy ta’sir etayotgan asosiy omil
ko‘pchilik erkin iqtisodiy makonlar mamlakatning ichkarisida joylashganligi,
ularning dengiz va daryo bandargohidan ancha uzoqligi va infratuzilma
xizmatlarining talab darajasida emasligi bilan bog‘likdir. CHunki infratuzilmani
yaxshilashga mahalliy va federal byudjetdan moliyaviy resurslar etarlicha
saflanmayotir.
Mamlakatimizda siyosiy mustaqillikka erishilgan dastlabki paytlardan boshlab,
iqtisodiyotga zamonaviy texnika va texnologiyalarni xorijiy investitsiya shaklida
jalb qilishga asosiy e’tibor qaratilmokda. Xorijiy investitsiyalarni respublika
viloyatlarida teng taqsimlashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish maqsadida, marketing
tadqiqotlaridan keng foydalanish bilan bir qatorda, erkin iqtisodiy makonlarni
tashkil etish va rivojlantirish ishlari ustida ham keng amaliy tadbirlarni bajarish
davom etmokda. Pirovardida, Andijon, Samarqand, Xorazm, Buxoro, Navoiy va
Qashqadaryo viloyatlarida xorijiy investitsiyali zamonaviy korxonalar barpo etilib,
mehnat resurslarini yuqori darajada ish haqi bilan ta’minlaydigan ish o‘rinlari ham
ochilmokda. SHu jumladan, respublikaning jahon hamjamiyatida salohiyatli a’zo
sifatida tanilishiga yorqin hissa qo‘shuvchi, davlat byudjetiga salmoqli soliq
to‘lovchi sub’ektlar paydo bo‘lib, ular byudjet kamomadini qisqartirishga ulkan
hissa qo‘shmokda.
Xorijiy investitsiyalarning kirib kelishini tezlashtiruvchi asosiy omil
mamlakatda erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etib, ularning ma’muriy
boshqaruviga keng huquqiy imtiyozlar, investorlarga esa moliyaviy imtiyozlarni
kafolatlab berishdir.
Respublikamizda erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etish va rivojlantirishga
bevosita javob beradigan va kafolatlaydigan me’yoriy hujjatlarni qabul qilish va
iqtisodiyotga joriy etish bizda bir oz kechroq, aniqrog‘i, 1995 yilda boshlandi.
1995 yil 30 avgustda «Konsessiya to‘g‘risida»gi, 1996 yil 25 aprelda «Erkin
iqtisodiy zonalar to‘g‘risida»gi, 1996 yil 29 avgustda «Xorijdan mablag‘ jalb qilish
to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi va iqtisodiyotga joriy etildi. Mazkur
qonunlarning qabul qilinishi xorijiy investitsiyalarning iqtisodiyotimizga kirib
kelishiga investitsiyalar hajmining yildan yilga oshib borishiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatdi.
"Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida"gi qonunning 5-moddasida jahon amaliy
tajribasida mavjud bo‘lgan erkin iqtisodiy makon turlarining qariyb barchasi aks
ettirilgan bo‘lib, xorijiy investorlarni kafolatlash uchun ularda barcha asoslar
mavjud. Hukumatimiz tomonidan katta imkoniyatlar berilishiga qaramay, mavjud
holat bizni to‘la qanoatlantirmaydi. Masalan, erkin iqtisodiy makonlarning hech
bo‘lmaganda bitta turini zamonaviy ko‘rinishda tashkil etish va rivojlantirish
ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan.
Xaritaga nazar tashlasak, dunyoning hech bir okeaniga chiqishi uchun bizda
to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l yo‘qligi, buning uchun kamida ikkita davlat hududini bosib
o‘tish kerakligi ma’lum bo‘ladi. Bu jug‘rofiy jihatdan yuqorida tahlil qilgan
mamlakatlarga nisbatan ancha noqulay joylashganligimizdan dalolat beradi. Bu
albatta erkin iqtisodiy makonlarni keng ko‘lamda tashkil etishimizga to‘siq bo‘ladi.
Biroq respublikamiz Buyuk Ipak yo‘li ustida va Markaziy Osiyo davlatlari
o‘rtasida joylashganligini hisobga oladigan bo‘lsak, aholi soni jihatidan etakchi
o‘rinni egallashimizni inobatga olib, mintaqa darajasida erkin savdo makonlarini
tashkil etishimiz uchun etarli imkoniyatlar mavjud ekani ayon bo‘ladi.
Mamlakatimiz mutaxassislari ilmiy salohiyati jihatidan eng yuqori o‘rinlardan
birini egallashi bir necha bor qayd etilgan. SHunday ekan, ular salohiyatidan
samarali foydalanish uchun, avvalo, erkin ilmiy texnikaviy yoki «Texnopolis»
makonlarini tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Buning uchun mahalliy ma’muriy tashkilotlar erkin iqtisodiy makonlar
infratuzilmasini yaxshilashga moliyaviy yordam berishi lozim. SHunda bu
boradagi maqsadlarga erishish uchun zamin yaratiladi. Natijada, mamlakatimizga
xorijiy
investitsiyalar
kirib
kelishi
ko‘payadi,
shuningdek,
mahalliy
investitsiyalarning rivojlanishiga keng imkoniyatlar paydo bo‘lardi.
Xozirgi
davrda
sanoati
rivojlangan
mamlakatlar,
rivojlanayotgan
mamlakatlarda xam albatta turli maksadlarni kuzlab erkin iktisodiy zonalarni
vujudga keltirmokdalar. erkin iktisodiy zonalrni kup tariflari mavjud: BMT ning
TMK markazining shu muammoga bagishlangan ishida 20 dan ortik tarif
keltirilgan 1 marta erkin iktisodiy zonalarning yoki "franko zonasi" ning 1973
yilda Kioto konvensiyasida berilgan. "erkin iktisodiy zonalarni davlat xududining
muayyan natijalarga erishmok maksadida milliy va xorijiy tadbirkorlar uchun
iktisodiy faoliyatning preferensial shartlari, boshkaruvning aloxida rejimi va
boshka tashkiliy mamuriy tadbirlarni joriy etiladigan kismi sifatida tariflash
mumkin. Bundan tashkari, erkin iktisodiy zonalar chegaralarini kengaytirish va
iktisodiy faoliyat shartlarining uzi bilan bevosita va bilvosita boglik boshka xujalik
soxalari, tarmoklari, xududlarga yoyish layokatiga egadir. Erkin iktisodiy zonalar
malum darajada cheklangan geografik territoriyadir. "Erkin iktisodiy zonalar" tarifi
ilmiy axborot va tashkilotlar xisobotlarida keng kullanilsada, lekin ushbu xodisa
mazmunini tula ifodalay olmaydi ularda kullaniladigan iktisodiy koida, maxsus
mamuriy konunlar, malum yuridik xukukiy va xujalik rejimidan batamom xoli
kilib kuymasdan, balki ularni osonlashtiradi, tadbirkorlikni ragbatlantiradigan
imtiyozlarni yaratadi xolos. Davlat ushbu zonani uz aralashuvi doirasini
kiskartiradi, (Lasser faisser). Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun maxsus iktisodiy
zonalar
uzining
territoriyasi
jixatidan
ishchi
xizmatchilarining
turmush
darajasining ishlab chikarish potensialini mujassam joylashganligi bilan kuprok
tugri kelar edi.
Xozir jaxonda 4 mingdan ortik erkin iktisodiy zonalar mavjuddir. Ular turli
vazifalarni bajarishi konkret maksad kilib kuygan.
Maxsus imtiyozlar, barkaror konuniy baza va tashkiliy muolajalarni
soddalashtirish tufayli xorijiy kapitalni va il\or texnologiyalarni jalb etish.
Tayyor
maxsulot eksportini kengaytirish uchun mexnat taksimoti
afzalliklaridan foydalanish.
Mamlakat va mintaka byudjetiga valyuta tushumini usishi.
YAngi ish joylarini yaratish.
Tashkil kilish, boshkarish va moliyalash soxasida jaxon tajribasini o‘rganish
va amaliyotga joriy etish xisobidan ish kuchi malakasini oshirish;
Erkin iktisodiy zonalar ishlab turishini taminlovchi xorijiy investorlar bir kator
afzalliklarga ega buladilar: imtiyozli soliklar, milliy bozorga kirish, kam unumli
chikimlarni taminlash, shu jumladan, arzonroq ish kuchi xisobidan qoplash,
pasaytirilgan foiz stavkalari buyicha moliyalash imkoni, erga mulkchilik xukuki.
Erkin iktisodiy zonalar jaxon mikyosida migratsiya kilib yurgan kapitallar
uchun "qopqon" vazifasini utaydi. Xorijiy kapitalni milliy iktisodiyotga jalb
qilishdan tashqari sanoat erkin iktisodiy zonalarini yaratilishini 3 asosiy vazifa
bilan bo\laydilar:
Sanoat eksportini ra\batlantirish va buning asosida valyuta mabla\larini
qulga kiritish;
Bandlik darajasini oshirish;
Zonalardan xujalik yuritishning yangi metodlarini joriy kilish uchun sinov
maydoni poligon sifatida foydalanish.
Erkin iktisodiy zonalarning yana bir afzallik xususiyati shundaki milliy
mamlakat xorijiy kapital uchun uz iktisodiyotini tula ochib berishni yoki maxsus
investitsion iqlimdan tula foydalanishni xoxlamaydi, maxsus zona sifatida qisman,
lokal ochiqlik sifatida qullaydi.
Turli mamlakatlarda konkret vazifasiga qarab erkin iktisodiy zanalarning
yaratilishi maqsadlari turli tuman bulishi mumkin: AKSH, Buyuk Britaniya,
Germaniya, YAponiya depressiyaga uchragan xududlarda mayda va o‘rta biznesni
jonlantirish maksadida xududiy siyosat sifatida amalga oshadi va tadbirkorlarga
boshka rayonlarga karaganda ko‘proq faoliyat erkinligi moliyaviy imtiyozlar
beriladi. Ushbu programmalar xorijiy kapitalni jalb kilishga karatilmagan.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda xam tuzilayotgan erkin iktisodiy zonalardan
maksad ilgari iktisodiy jixatdan qoloq bulgan rayonlarni rivojlanayotgan
rayonlarga aylantirish bulgan, lekin bu erda diqqat etibor xorijiy kapitalni jalb
kilishga karatilgan.
Erkin iqtisodiy zonalarning turlari.
Erkin iqtisodiy zonalar zonalarning tashkiliy funksional strukturasi turli
tumandir.
Erkin iqtisodiy zonalar turlari:
№
Savdoga
yo‘naltirilganlari
Sanoat
ishlab
chiqarishga
yo‘naltirilgan.
Texnik
zonalariga
yo‘naltirilgan
Servis
yo‘naltirilgan
1
.
Erkin bojxona
Importni
o‘rnini bosuvchi
Texnopolis
Offshor
2
.
Bond omborlari
Eksport i.ch
Texnopark
Moliyaviy
markazlar
3
.
Erkin port
Sanoat parklari
YAngi
va
yuksak
texnologiyalarni
rivojlantiruvchi
zonalar
Bank
xizmatlari
4
.
Erkin
savdo
zonasi
Makiladoras
Turistik
xizmatlar
ekopark
Erkin ikisodiy zonalarni tuzishda ikki konseptual yondashish mavjuddir:
territorial va funksional. 1- yondashuvda zonadagi barcha resident korxonalari
xujalik mijozlardan foydalanadilar. 2 -yondashuvda esa zona bu xujalik yurituvchi
muayyan shakliga, soxa, korxonaga nisbatan mamlakatning kaysi nuqtasida
bulmasin imityozli rejim sharoit kullandi. 1 tipga Xitoyning, Braziliyaning Manaus
va rivojlanayotgan mamlakatlatdagi eksport ishlab chikarish zonalar kiradi. 2 tipga
offshor zonalar, "dpyuti fri" magazinlar kiradi.
Vaqt o‘tishi bilan sanoat zonalari uzgarib bordi ularning xududlariga nafakat
tovarlar balki kamyob kam keltiriladigan, ularda ishlab chikarish faoliyati bilan
xam shugullana boshlashdi. Natijada sanoat ishlab chikarish zonalari paydo buldi.
Dastlabki erkin savdo zonalari xalkaro savdoni rivojlantirishga karatilgan
siyosat vositasi bulganligi sababli, ular tovarlar xarakatining xalkaro yunalishlariga
yaqin joylashgan mintakalarda keng yoyilgan.
Sanoat ishlab chikarish zonalari maxsus bojxona rejimi mavjud bulgan
eksportga muljallangan yoki importni urnini koplaydigan maxsulot ishlab
chikariladigan xududda tuziladi. Bu xududlar sezilarli darajada soliq va moliya
imtiyozlaridan foydalanish rejimida davlat sanoatining eng ustivor tarmoklarini
rivojlanishi
taminlaydi.
Bazan
pirovard
maxsulot
import
uskunlar
va
texnologiyalar yordamida maxalliy xom ashyodan ishlab chikariladi.
Ilmiy texnologiya zonalari III-avlod zonalaridir. Xozirgi adabiyotda ularni
texnoparklar
(A+SH)
texnopalislar
(YAponiya)
deb
ataydilar.
Ularning
xududlarida yirik ilmiy tadqiqot markazlari Universitet tevaragida joylashgan ko‘p
bo‘lim talab qiluvchi firmalar shaklida ilmiy va ishlab chiqarish texnologik
faoliyati birlashadi. Bunday zonalar barcha moddiy va mexnat resurslarini yani
texnologiyani sanoatga tezkor joriy qilish uchun safarbar etish maqsadida tuzildi.
Eng mashxur texnopark bu silikon Vellidir. U A+SH ning Kaliforniya shtatiga
yaqin joylashgan va komppyuter xisoblash texnikasiga zarur bo‘lgan extiyot
qismlarning 20% ni etkazib beradi. Bu zonada 20 ming ishchi xizmatchi ishlaydi
va bunday zonalardan A+SH da 80 dan ortiq. YAponiyada texnopolislar 20 dan
ortiq Xitoyda esa 20 ga yaqin yangi va yuksak texnologiyalarni rivojlantirish
mavjud.
IV-avlod-offshor zonalardir: ro‘yxatdan o‘tkazilgan korxonalar ishlab
chiqarish faoliyati bilan shu\ullanmasdan, faqat vositachilik bilan shu\ullanadi.
Bank va tijorat ishidagi maxfiylik eng oliy darajada. Xozir jaxonda 300 dan ortiq
offshor markazlari bor. Offshor zonalari mavjud bo‘lgan mamlakatlar quyidagilar.
Lixtenshteyn, Panama, Normand orollari, Men oroli, Antilp va Modeyra
orollari, Liberiya. SHvetsariya, Gibraltor, Malpta va Mavrikiydi.
Erkin iqtisodiy zonalarning umumiy xarakterli tomoni shundaki ularda
ushbu mamlakatda tadbirkorlarga qo‘llanadigan umumiy rejimga qaraganda qulay
bojxona investitsion moliyaviy imtiyozlari va afzalliklarning mavjudligidir.
Foydalangan adabiyotlar
1. I.Karimov "O‘zbekistoon XII asr busa\asida, xavfsizlikka taxdid barqarorlik
shartlari, taraqqiyot afolatlari" O‘zbekiston 1998.
2. Avdokushin.G.F. "Mejdunarodno-ekonomicheskie otnosheni" (82 101bet).
3. Mirzalieva S."Erkin iqtisodiy zonalar asosiy yo‘nalishlari va tamoyillari" avgust
1999 y.