ERKIN IQTISODIY ZONALARNING TURLARI VA ULARNING ASOSIY XUSUSIYATLARI
Yuklangan vaqt
2024-07-26
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
7
Faytl hajmi
26,1 KB
ERKIN IQTISODIY ZONALARNING TURLARI VA ULARNING ASOSIY
XUSUSIYATLARI
Tayanch iboralar: erkin iqtisodiy zona, franko zona, xalqaro konvensiya,
bojxona hududi, ob’ekt, sanoat-ishlab chiqarish zonasi, offshor zona, texnopolislar,
texnoparklar innovatsiya markaz.
Reja: 1.ERKIN IQTISODIY ZONAlar tushunchasi.
2.ERKIN IQTISODIY ZONAlarni asoslash.
3.ERKIN IQTISODIY ZONAlarni yaratishdan maqsad.
1.ERKIN IQTISODIY ZONAlar tushunchasi. Xalqaro konvensiyaning
hujjatlariga muvofiq erkin zona (yoki “franko zona”) deganda mamlakat hududining
unda tovarlarga milliy bojxona hududining chegaralaridan tashqarida joylashgan
ob’ektlar (“bojxona eks’hududiyligi”) sifatida qaraladigan qismi tushuniladi, shu
sababli bu ob’ektlar bojxona nazorati va soliqqa tortilmaydi. Boshqacha qilib
aytganda, erkin iqtisodiy zona (ERKIN IQTISODIY ZONA) – bu mamlakat
hududining maxsus rejim amal qiladigan qismidir[3]. Bu rejimni quyidagi
masalalarni qamrab oladigan maxsus qonunchilik tartibga soladi: bojxona tartibga
solishi; soliqqa tortish; litsenziyalash; vizalarni rasmiylashtirish; bank faoliyati;
mulk va garov munosabatlari (jumladan, yerga egalik qilish huquqiga aloqador
bo‘lgan); konsessiyalarni taqdim qilish; erkin zonani boshqarish. ERKIN
IQTISODIY ZONA da mehnat qonunchiligi va ijtimoiy qonunchilik hujjatlari ham
ma’lum bir spesifikaga ega bo‘lishi mumkin.
Dunyoda faoliyat yuritayotgan erkin iqtisodiy zonalarning turli-tumanligiga
qaramasdan, hamma uchun umumiy bo‘lgan ba’zi bir me’zonlarni ajratish mumkin.
Birinchidan,
bu
ERKIN
IQTISODIY
ZONA
yaratiladigan
hududning
mahalliyligidir. Ikkinchidan, mazkur hududda butun mamlakatda amal qiladigan
xo‘jalik yuritish va qonunchilik sharoitlariga qaraganda ko‘proq imtiyozli huquqiy
va moliyaviy-iqtisodiy rejimning amal qilishidir. Bir qator hollarda ERKIN
IQTISODIY ZONA ma’muriyatiga iqtisodiy masalalarning keng spektri bo‘yicha
qarorlar qabul qilish huquqi taqdim qilinadi. Shu bilan bir qatorda ERKIN
IQTISODIY ZONA sub’ektlarining faoliyati hukumatning har tomonlama qo‘llab-
quvvatlashi va davlat kafolatlariga tayanadi. Uchinchidan, ERKIN IQTISODIY
ZONA da tadbirkorlik va investitsiya faoliyatining ma’lum bir ixtisoslashuvining
bo‘lishi.
Sanoati rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda ERKIN IQTISODIY
ZONA
larning
yaratilish
tajribasi
tubdan
farq
qiladi.
Rivojlanayotgan
mamlakatlarda ERKIN IQTISODIY ZONA lar bajarishiga qaratilgan bosh
funksiyalar sanoatlashishning yanada yuqoriroq darajasiga erishish, mamlakatni
xalqaro savdoga kiritish yoki xalqaro savdoda uning rolini oshirish bo‘lib
hisoblanadi. Bunday holda jalb qilinadigan mablag‘larning asosiy yoki hatto birdan-
bir manbasi xorijiy investitsiyalar hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda ERKIN
IQTISODIY ZONA larni yaratishdan asosan mintaqaviy siyosatning instrumenti
sifatida foydalaniladi, ya’ni ERKIN IQTISODIY ZONA lar aynan iqtisodiy,
shundan kelib chiqqan holda, ijtimoiy rivojlanish darajasini oshirish zarur
bo‘ladigan mintaqalarda yaratiladi. Bunda ERKIN IQTISODIY ZONA ni yaratish
uchun hududni tanlashda me’zon sifatida ishsizlik darajasi va aholining pul
daromadlari darajasidan foydalaniladi. Ularga maxsus iqtisodiy rivojlanish
sharoitlari taqdim qilinadigan mintaqalar soni har doim cheklangan bo‘ladi. Shu bois
sanoati
rivojlangan
mamlakatlarda
ERKIN
IQTISODIY
ZONA
larning
rivojlanishining xarakterli chizgisi alohida hududlarga iqtisodiy rivojlanishga turtki
berishdan iborat bo‘lib, ularni asosiy harakatlantiruvchi kuch xorijiy investitsiyalar
emas, balki milliy xususiy kapital, davlat dotatsiyalari va kreditlari hisoblanadi.
ERKIN IQTISODIY ZONA larning tashkiliy-funksional tuzilishi yetarlicha
xilma-xil. Ba’zan u yoki bu ERKIN IQTISODIY ZONA ning o‘ziga xos
xususiyatlarini aniqlash yetarlicha qiyin bo‘ladi, chunki ularning har biri ko‘pgina
zonalarning chizgilariga ega bo‘ladi. Nazariy adabiyotlarda erkin iqtisodiy
zonalarning 30 tagacha turli-tuman toifalari (kategoriyalari) ajratiladi, biroq ularni 5
ta asosiy turlarga keltirish mumkin (1.1-jadval).
ERKIN IQTISODIY ZONA ni tashkil qilishda ikkita turli konseptual
yondashuvdan foydalaniladi: hududiy va funksional (nuqtali). Birinchi holatda
zonaga bu yerda barcha korxona-rezidentlar xo‘jalik yuritishning imtiyozli
rejimidan foydalanadigan maxsus ajratilgan hudud sifatida qaraladi. Ikkinchi
yondashuvga ko‘ra, zona – bu tegishli firmaning mamlakatda joylashgan joyidan
qat’iy nazar, tadbirkorlik faoliyatining ma’lum bir turiga nisbatan qo‘llaniladigan
imtiyozli rejimdir.
Birinchi yondashuvni amalga oshirishga Xitoydagi ERKIN IQTISODIY ZONA
lar, “Manaus” zonasi (Braziliya), rivojlanayotgan mamlakatlardagi ko‘pgina
eksportga ishlab chiqarish zonalari misol bo‘la oladi. Ikkinchi yondashuvning
natijasi alohida korxonalar bilan taqdim qilinadigan nuqtali zonalar (ofshor firmalar,
“dyuti-fri” do‘konlari) hisoblanadi.
1.1-jadval.
ERKIN IQTISODIY ZONA larning xo‘jalik ixtisoslashuviga muvofiq tasnifi
Savdo
Sanoat-ishlab
chiqarish
Texnik-joriy
qilish
Servis
Majmuaviy
1.Erkin
bojxona
2.Bond
omborlari
3.Erkin
portlar
1.Importning
o‘rnini
bosuvchi
2.Eksportga
ishlab
chiqarish
1.Texnopolislar
2.Texnoparklar
3.Innovatsiya
markazlari
1.Ofshor
2.Bank
xizmatlari va
sug‘urta
xizmatlari
1.Erkin
tadbirkorlik
zonalari
2.Maxsus
iqtisodiy
zonalar
4.Savdo-
ishlab
chiqarish
3.Sanoat
parklari
4.Ilmiy-sanoat
parklari
5.Eksportga
ishlab
chiqarish-
importning
o‘rnini bosish
3.Sayyohlik
xizmatlari
3.Maxsus
rejimli
hududlar
2.ERKIN IQTISODIY ZONAlarni asoslash. Milliy iqtisodiyotning islohotlarni
yanada chuqurlashtirish bo‘yicha bugungi kunda amalga oshirilayotgan har
tomonlama puxta o‘ylangan siyosat natijasi mamlakat iqtisodiyotini bazaviy
tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnik yangilash bo‘yicha chuqur o‘ylangan
uzoq muddatli maqsadli loyihalar va dasturlarini ishlab chiqishga undaydi hamda
O‘zbekistonning yangi sarhadlarga chiqishiga jahon bozorida mamlakatimizning
raqobatbardoshliligini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy
qilishga olib keladi.
Bugungi
kunda
erkin
iqtisodiy
zonalar
bu
mamlakat
iqtisodiyotini
rivojlantiradigan, uning istiqboliga turtki bo‘ladigan muhim omil hisoblanadi.
Shuni nazarda tutish kerakki, hamma ERKIN IQTISODIY ZONAlar ham faqat
ijobiy natijalar beravermaydi. Masalan, ERKIN IQTISODIY ZONAlarni birinchi
marta joriy etishda O‘zbekistonda ham ayrim muammolarga duch kelgan. Bu
harakatlar 90-yillarda boshlangan bo‘lib, Samarqandni Turizmga ixtisoslashtirilgan
erkin iqtisodiy zonani shakllantirishda yuzaga kelgan. Bundan tashqari bu holatlar
«Jizzax» (1996 y.), «Samarkand» (1997 y.), «Nukus» (1998 y.) takrorlangan. Ushbu
muammolarni yuzaga kelishiga sabab esa, ekspertiza instituti imkoniyatlaridan
foydalanib oldinni ko‘ra bilish, prognozlashtirish, ekspertlarning muammoni
o‘rganib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlar o‘rganilmaganligi
sabablidir. Hozirgi kunda ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida quyidagi
yo‘nalishlar bo‘yicha tahlillar o‘tkazilib tegishli qarorlar qabul qilinmoqda:
-ERKIN IQTISODIY ZONA turini to‘g‘ri tanlay olish (prognozlashtirish);
-ERKIN IQTISODIY ZONAlarni qaysi hududda joriy etish samarali ekanligini
aniqlash;
- ERKIN IQTISODIY ZONAlarni tashkil vaqtini to‘g‘ri aniqlay olish;
-ERKIN IQTISODIY ZONA qulay joyda joylashtirish (aeroportning,
ishchilarning borib kelishi va faoliyatiga qulayligi);
-ERKIN IQTISODIY ZONAga kiritilayotgan investitsiyalarni eng samaralisini
aniqlashda halol tanlov tizimini joriy qilish;
-Chet el investorlariga munosib sharoitlarni yaratib berish; - Ularga turli xizmat
ko‘rsatish turlari paketini taqdim eta olish;
-Ozod qilinishi lozim bo‘lgan soliq turlarini to‘g‘ri qo‘llay olish;
-Chel el va milliy tadbirkorlarni tavakkalchiligini inobatga olib ular faoliyatni
sug‘urtalash;
-ERKIN IQTISODIY ZONAlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yoki yuzaga
kelgan davlat va korxonalar yoki korxonlar o‘rtasidagi nozolarni to‘g‘ri hal qilish;
-ERKIN
IQTISODIY
ZONAlarda
yuzaga
kelishi
mumkin
bo‘lgan
muammolarni oldindan ko‘ra bilish;
- ERKIN IQTISODIY ZONAlardan kutilayotgan natijaga erishish yo‘llarini
to‘g‘ri anglay olish;
- Ushbu barcha munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan huquqiy bazani
(qonunchilik tizimini) to‘g‘ri shakllantira olish va boshqa.
3.ERKIN IQTISODIY ZONAlarni yaratishdan maqsad. Mamlakatimizda
jahon bozori talablariga javob beradigan, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab
chiqarishni ta’minlaydigan, zamonaviy yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarish
quvvatlarini tashkil etish uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda to‘g‘ridan-
to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishning muhim omili sifatida erkin iqtisodiy zonalar
(ERKIN IQTISODIY ZONA) va texnopolislarni (texnoparklarni) yaratish va
mavjudlarining faoliyatini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ayniqsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 2019 yil 4,2 milliard dollarni
tashkil etgan bo‘lib, 2018 yilga nisbatan 3,1 milliard dollarga yoki 3,7 barobar
o‘sgan ya’ni investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 37 foizga yetdi.
2019 yil mamlakatimiz ilk bor xalqaro kredit reytingini oldi va jahon moliya
bozorida 1 milliard dollarlik obligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirdi. Iqtisodiy
hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan O‘zbekistonning kreditga doir
tavakkalchilik reytingi oxirgi 10 yilda birinchi marta yaxshilandi. “Xalqaro axborot
kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi” bo‘yicha O‘zbekiston
2019 yilda 8 pog‘onaga ko‘tarildi1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 26 oktyabrda qabul qilingan
«Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-4853-sonli Farmoni mazkur yo‘nalishdagi eng
muhim huquqiy hujjatlardan biri bo‘ldi2. Farmonning ahamiyatli tomoni shundaki,
unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmonlari bilan
tashkil etilgan «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi, «Angren» maxsus
industrial zonasi hamda Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining hududlarida tashkil
etilgan «Jizzax» maxsus industrial zonasi kabi nomlar birxillashtirilib, endilikda,
ular «Navoiy», «Angren» va «Jizzax» erkin iqtisodiy zonalari deb ataladigan bo‘ldi.
Shu bilan birga, xorijiy investorlarga mamlakatimiz iqtisodiyotining real
sektorlariga investitsiya kiritishi uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida,
erkin iqtisodiy zonalar uchun yagona huquqiy rejim belgilanib soliq, bojxona
imtiyozlari va preferensiyalari birxillashtirildi. Farmonga muvofiq ERKIN
IQTISODIY ZONA larda tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan xorijiy va
mahalliy sarmoyadorlarning bir qator soliq va majburiy to‘lovlardan ozod etilgani
hudud jozibadorligini oshirdi.
2019 yil O‘zbekistonda sanoatning 12 ta yetakchi tarmog‘ida modernizatsiyalash
va raqobatdoshlikni kuchaytirish dasturlari jadal amalga oshirildi va natijada
iqtisodiy o‘sish 5,6 foizni tashkil etib, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 6,6
foizga, eksport – 28 foizga ko‘paydi, oltin-valyuta zaxiralari yil davomida 2,2
milliard dollarga ortib, 28,6 milliard dollarga yetdi3.
1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 2020 йил 24 январдаги Олий Мажлисга Мурожаатномаси.
2 Ўзбекистон Президентининг 2016 йил 26 октябрда қабул қилинган ПФ-4853-сонли Фармони.
3 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 2020 йил 24 январдаги Олий Мажлисга Мурожаатномаси
Ushbu tadqiqotdan asosiy maqsadi erkin iqtisodiy hududlarni tashkil qilish,
logistik markazlar bilan aloqalarni mustahkamlash va davlat tomonidan tartibga
solish
jahon
tajribasini
tahlil
qilish
asosida
O‘zbekiston
iqtisodiyotini
modernizatsiya qilish jarayonida ERKIN IQTISODIY ZONAlarning iqtisodiy
mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan
iboratdir.