ERTAK O‘TISH DARSI NAMUNASI
Mavzu. Kumush qish.
O’quv materiali. Rangin qorlar (Olloyor).
Darsning maqsadi:
1. O’quvchilarning qish fasli haqidagi tushunchalarini boyitish.
2. Tabiatdan zavq olishga, unga zarar keltirmaslikka o’rgatish.
3. O’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o’stirish, xoti-rasini
mustahkamlash.
4. O’qish ko’nikmalarini takomillashtirish, o’quvchilar lug’atini yangi
so’zlar bilan boyitish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi, ertak o’qish darsi.
Dars metodi: izohli o’qish, mustaqil ish metodi, guruhlarda ishlash.
Darsning jihozi: qog’oz, flomaster, elim, qisqich, qaychi, mik-rotestlar,
akvariurh, baliqlar, rag’batlantirish uchun jetonlar.
Sinf sharoiti. O’qituvchi turli usullar bilan o’quvchilarni guruhlarga
ajratadi. Sinfdagi partalar doira shaklida qo’yib chiqiladi.
Tashkiliy qism. Sinf o’quvchilari guruhlarga bo’linib o’tiradilar. O’qituvchi
guruhlar bilimi teng bo’lishi uchun qizil, ko’k, oq, yashil, sariq rangli doirachalardan
foydalanishi mumkin. Bir xil rangdagi doira egalari bir guruhni tashkil etishi
aytiladi. Har bir gumh o’ziga nom tanlaydi. Buning uchun o’quvchilarni darsga
hozirlash, qiziqti-rish, harakatga keltirish, mavzuni mustaqil anglab yetishlari uchun
topishmoqlardan foydalanish lozim.
— Topishmoqning javobini toping: Elakdan un elandi Supra unga belandi.
(qor)
— Qor qaysi faslda yog’adi?
— O’ylang, bugun o’rganadigan yangi mavzu nima haqida ekan?
Xattaxtaga bo’lim nomi — ,,Kumush qish" yoziladi. So’ng gu-ruhga qish
fasli bilan bog’liq holda nom tanlashlari mustaqil ish qilib beriladi.
1-gunih ,,Qorparcha", 2-guruh ,,Ayozbobo", 3-guruh ,,Qorbobo", 4-guruh
,,Sumalak", 5-guruh ,,Qish" deb nomlanishi mumkin. Har bir gumh a’zolari
o’zlariga sardor saylaydi.
Darsning borishi
I. Chaqiruv bosqichi. Gumhlar taqdimoti.
Bunda bar bir guruh o’z nomining ma’nosini izohlaydi, nomini ifodalovchi
rasm chizib ko’rsatishi ham mumkin.
1-guruh — ,,Qorparcha": Men qish faslida dunyoga kelganman. Qir-adir,
tog’u tosh, dala-dashtda uchib, o’ynoqlab yerga tomon intilaman. Hammayoqni oq
choyshab bilan o’rayman. Men yoqqanda bolalar, hatto kattalar ham qorbo’ron
o’ynaydi, qorbobo yasashadi. Qorxat yozishadi.
2-guruh — ,,Ayozbobo": Men issiq havoni sovutaman. Yerlarni, suvlarni
muzlataman. Men tufayli yaxmalaklar paydo bo’ladi. Bolalar yaxmalakda
chang’ida, chanada va konki uchadi. Tarnovlarda sumalaklar paydo bo’ladi.
3-guruh — „ Qorbobo ": Men qish faslida bolalarning eng sevimli bo-
bosiman. Uzoq-uzoq o’lkalardan ularga yangi yil bayrami sovg’alarini, qorqizimni
olib kelaman. Ularning kuy-qo’shiqlari, o’yin-kulgilari jaranglagan bayramni birga
nishonlayman. Men tufayli Ayozboboning izg’irin sovuqlarini sezmaydilar. Men
ularga kuch-quwat bag’ishlayman. Hammangizni yangi — qutlug’ yilingiz bilan
tabriklayman.
4-gunih — ,,Sumalak": Men Ayozbobo bilan Qorparchalarning farzandiman.
Tomlarning bo’g’otida qishning quyosh nurlarida yalti-rab turaman. U yerdan
bolalarning o’yin-kulgilarini tomosha qila-man. Borib bolalarga qo’shilib o’ynay
olmaganimdan ko’zlarimdan chak-chak yoshirn oqadi. Shu ko’z yoshlarim bilan
yerning dardlariga malham bo’laman.
5-guruh — ,,Qish": Yuqoridagi so’zga chiqqanlarning barchasi mening
dilbandlarim. Ular tufayli men borman. Ular tufayli men yilning boshida turaman.
Dekabr, yanvar, fevral oyiari mening qo’ynimda yashaydi. Ularning har biriga
yaxshi kunlarni — bayram-larni taqsimlab berganman.
8-dekabrda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, 31-de-kabrda
Yangi yil bayrami nishonlanadi. 14-yanvar Harbiylar kunini bayram qilinadi. 9-
fevralda ulug’ bobomiz Mir Alisher Navoiyning, 14-fevralda Mirzo Boburning
tavallud kuni nishonlanadi.
O’qituvchi o’quvchilarning javobini umumlashtirib, har bir guruhni
rag’batlantiradi. Shu tarzda asarni o’qishga tayyorgarlik yakunlanadi.
II. Anglash bosqichi. Bu bosqichda ,,Rangin qorlar" (Olloyor) ertagi
(o’qituvchi qismlarga bo’lib kelgan bo’ladi)ning har bir qismi gumhdagi yaxshi
o’qiydigan o’quvchilarga o’qitiladi. ,,Ifodali o’qish" musobaqasi uyushtiriladi. Eng
yaxshi o’qigan o’quvchi aniqlanadi va rag’batlantiriladi.
Shundan so’ng guruhlarga asar matni ichda o’qishga topshiriladi. Guruh
o’quvchilariga quyidagi topshiriq beriladi:
- Har bir guruh o’z qismini ichida o’qiydi. Uning mazmuniga va
qahramonlariga doir savol-topshiriqlar tuzadi va konvertga solib uzatadi. Tuzilgan
savollar izohlanib, rag’batlantirilib boriladi.
III. Fikrlash bosqichi. Bunda quyidagi ish turlaridan foydalaniladi:
1. O’quvchilar o’zlari tuzgan savollarga javob beradilar:
— Qadimda qorbo’ron qanday qorlar bilan o’ynalgan? Nima uchun?
— Bo ‘yoq bozori qancha yilda bir bo ‘lar ekan ?
— Nega qorlar oq rangda yog ‘ar ekan ?
— Bahoroy qaysi bo’yoqlami xarid qilibdi?
— Kuz kelganda qozonlarda qaysi bo’yoqlar bor edi?
— Qish kelganda qozonda qaysi bo’yoq qolgan edi?
— Yoz uyqudan uyg’onib nimani o’ylab ketibdi?
— Yoz qaysi bo ‘yoqlarni olganini o ‘ylqb loping. ~ Kuz qaysi bo ‘yoqlarni
o ‘chirib, uning o ‘rniga qaysi bo ‘yoqlarni surtib chiqdi?
— Qish o’z zohrini nimalarga sochadigan bo’lib qolibdi?
2. Darslikdagi savol-topshiriqlar ustida ishlanadi. Bularni barcha guruh
bajaradi. Guruhning faol ishtirokiga qarab ball qo’yi’adi.
3. O’qituvchi ,,Kumush qish" va o’qilgan asar yuzasidan tuzgan test
topshiriqlarini guruhlarga tarqatadi.
4. Qish fasli bilan bog’liq maqol va topishmoqlar aytiladi: Bahor, yoz, kuz
qishlaydi, Qish paytida ishlaydi. (Pechka) Qish yopingichingni qo’yma, Yoz o’zing
bilasan. (Maqol)
5. O’qituvchi sardorlar uchun asar matni yuzasidan savol-topshiriqlar tuzib
keladi. Bu savol-topshiriqlar konvertlarga solinib, guruhlarga beriladi.
1-guruh uchun.
— Ayozbobo deraza oynalariga qanday qilib naqshlar chizadi?
— ,,Qiyomiga kelib" birikmasining ma’nosini izohlab bering (ayni
me’yoriga, maromiga yetgan holga kelgan).
2-guruh uchun.
— Falak, libos so’zini qaysi so’zlar bilan almashlirish mumkin? (falak —
osmon gumbazi, osmon, ko’k; libos — kiyim, ust-bosh)
— Bahoroyning gullari nomini sanab bering.
3-guruh uchun.
— ,,Shitob" so’zining ma’nosini izohlang (harakatning bajari-lishidagi
tezlik)
— Saraton qaysi payt ekanini ayting.
4-guruh uchun.
— Bahor tabiatida yuz beradigan hodisalarni ayting.
— Za’far, zarg’aldoq ranglar qanday rang? Ranglar ichidan olib ko’rsating.
(zarg’aldoq — to’q sariq rang, za’far — sap-sariq, somon rang).
5-guruh uchun.
— Qish chillasi necha kun va unga qaysi vaqt kiradi?
— Ertakda badiiy vositalardan nima ko’proq qo’llanilgan? (j°n" lantirish)
Darsni yakunlash va tarbiyaviy xulosa chiqarish. Bunda quyi-dagicha
savollar beriladi:
— Dars sizga yoqdimi? Nimasi yoqdi?
— Bugun darsda nimalarni bilib oldingiz?
— Siz qishda tabiatni, tabiat ehsonlarini asrash uchun nimalar qilyapsiz?
So’ngra o’quvchilarning umumiy ballari e’lon qilinadi.
Uyga vazifa: ertak matnini ifodali qilib o’qishga, unga reja tuzib, shu reja
asosida qayta hikoyalashga tayyorlanib kelish.