Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar
REJA
1. Eshitish analizatori va unung axamiyati
2. Eshitish nuqsonlari va uning kelib chiqish sabablari
3.Kar va zaif eshituvchi bolalar tasnifi.
Nutq — murakkab ruhiy faoliyatdir. U ruhiy jarayonlarning tarkib topishiga
va bolaning umuman barkamol bo‘lib o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Nutq eshituv
organlari vositasi bilan idrok etishga asoslangan bo‘lib,atrofdagilarga taqlid etish
yo‘li bilan rivojlanib boradi. Og‘zaki nutqning shakllanishida eshituv analizatori,
nutqni harakatga keltiruvchi analizator ishtiroketadi. Nutqni harakatga keltiruvchi
analizator eshituv analizatori bilan mahkam bog‘langan holda ishlaydi, eshituv
analizatorining rivojlanish darajasi esa ko‘p jihatdan talaffuzga bog‘liq. Bola
nutqining o‘sib borishi tovushlar talaffuzi, fiziologikva fonematikeshitishning
kamol topib borish darajasi bilangina harakterlanib qolmay, balki eng muhimi —
o‘z nutqi va atrofdagilar nutqidagi so‘zlarning tuzilishini, tovush tarkibini farqlay
olish qobiliyati bilan ham harakterlanadi. So‘z tarkibini anglab olishdan iborat bu
qobiliyat grammatik va leksik komponentlarning rivojlanishida ham muhim
ahamiyatga ega. Ikkala signal sistemasi, shuningdek, idrok bilan so‘zning o‘zaro
aloqada bo‘lishi aqliy rivojlanishning asosini tashkil etadi. Yuqorida aytilganidek,
eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning uchta asosiy guruhi mavjud: karlar, zaif
eshituvchilar va kech kar bo‘lganlar.
Karlik – eshitishning mutlaqo yo‘qligi (mutlaqo eshitmaslik) yoki
pasayishining shunday shakliki, unda og‘zaki nutq faqat qisman, eshitish apparatlari
(moslamalari) yordamida idrok etiladi.
Zaif eshitish – har ikkala quloq bilan eshitishning pasayishi, unda nutqni
idrok etishda qiyinchiliklar yuzaga keladi, biroq ovoz kuchaytirilganda uni idrok etish
mumkin bo‘ladi.
Kech kar bo‘lganlar - nutqni egallaganidan keyin, ya’ni 2-3 yoshda
qandaydir kasallik yoki jarhat oqibatida eshitish qobiliyatini yo‘qotgan bolalar. Bunday
bolalarda eshitish qobiliyatining yo‘qotilishi turlicha: total, yoki karlika yaqin, yoki zaif
eshitadigan bolalarda kuzatiladiganiga yaqin bo‘ladi. Bolalarda ko‘plab tovushlarni
eshitmagani yoki buzuq holda eshitgani, ularga nima deyishganini tushunmaganligiga
og‘ir psixik reaksiya paydo bo‘lishi mumkin. Ba’zan bu bolaning har qanday
muloqotdan to‘liq bosh tortishiga, xatto psixik (ruhiy) kasallikka olib keladi. Muammo
bolani og‘zaki nutqni qabul qilish va tushunishga o‘rgatishdan iborat. Agar bolada
yetarli qoldiqli eshitish bo‘lsa, bunga eshitish apparati (qurilmasi) yordamida erishiladi.
Qoldiqli eshitish kam bo‘lsa, nutqni eshitish papparati va so‘zlovchining «labidan»
o‘qish yordamida qabul qilish majburiy bo‘ladi. Total (butunlay) kar bolalarda
daktilologiya, yozma nutq, va ehtimol karlarning imo-ishora nutqidan foydalanish lozim
bo‘ladi. Keyin kar bo‘lgan bolani o‘qitish va tarbiyalash uchun qulay sharoitlar
jamlanganda, uning nutqi, bili shva irodaviy jarayonlari rivojlanishi normal bolanikiga
yaqinlashadi. Biroq emotsional soha, shaxsiy sifatlar va shaxslararo munosabatlar
shakllanishidagi o‘ziga xoslik juda kam hollarda bartaraf qilinadi.
Eshitishning buzilishi sabablarini ta’riflashga turlicha qarashlar mavjud.
Ko‘pincha eshitish patologiyasini keltirib chiqaradigan sabab va omillarning 3-
guruhi farqlanadi (D.I.Tarasov va boshq.).
Sabab va omillarning 1-guruhi nasliy xarakterga ega. Bu kabi sabablar
eshitish analizatori strukturasida buzilishlarga va nasliy karlikning rivojlanishiga
olib keladi.
Bolalarda karlikning nasliy omillari hissasiga barcha holatlarning 30% dan
50% igacha to‘g‘ri keladi. Nasliy karlik yoki zaif eshitish organizmdagi boshqa
a’zolar va tizimlardagi anomaliyalar (ko‘rish a’zolarining kasallanishi, suyak-
mushak, asab tizimi, endokrin tizim patologiyasi va sh.k.) bilan birga kechishi
mumkin.
Nasliy karlik masalalari bilan shug‘ullanadigan genetiklar ta’kidlashicha,
odam gametalarida eshitish o‘tkirligiga ta’sir etadigan 50 tagacha turli genlar
bo‘lishi mumkin. Ota-onalardan biri nasliy karlik bilan og‘riganida kar yoki zaif
eshituvchi bola tug‘ilish ehtimoli keskin ortib ketadi. Ota-onalarning har ikkisida
nasliy karlik kuzatilsa, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bola tug‘ilishi ehtimoli 50% dan
ortadi.
Sabab va omillarning 2-guruhiga homilaning eshitish a’zolariga tug‘ma
karlika olib keladigan (nasliy murakkablashishsiz) endogen va ekdogen ta’sirlar
kiritiladi.
Homiladorlik paytida onaning kechirgan kasalliklari katta ahamiyat kasb
etadi. Bu kabi kasalliklarga qizilcha, gripp, parotit kiradi. Homiladorlik paytida
homila va bo‘lg‘usi ona rezusiga mos kelmaydigan ototoksik dorilar istemol qilish
ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Bolaning eshitishi rivojlanishida patologiyaning paydo bo‘lishiga homilador
ayolning alkogol, giyohvand vositalarini iste’mol qilishi, shuningdek, chang ko‘p
bo‘lgan va boshqa kasbiy zararlar mavjud korxonalarda ishlashi ham ta’sir
o‘tkazadi.
3-guruh omillari rivojlanishning turli bosqichlarda sog‘lom bolaning eshitish
a’zosiga ta’sir etadi va orttirilgan zaif eshituvchilikning yuzaga kelishiga sabab
bo‘ladi.
Orttirilgan zaif eshituvchilik paydo bo‘lishiga sabab ko‘p hollarda boshdan
kechirilgan o‘tkir o‘rta otit asoratlari bo‘ladi. O‘rta quloq kasallanishida eshitishning
pasayish darajasi turlicha bo‘lishi mumkin. Biroq ko‘p hollarda eshitishning yengil
va o‘rta darajada pasayishi kuzatiladi. Bu shamollash jarayonlarining ichki quloqqa
o‘tishi natijasida yuzaga keladi. Zaif eshitishning sabablaridan biri eshitish
nervining shamollashi sanaladi. Eshitishning buzilishi etiologiyasida yuqumli
(infeksion) kasalliklarning roli katta. Bu kabi kasalliklarning eng xavflilari epidemik
meningit, sil (tuberkulez) meningiti, skarlatina va boshq.
Eshitish ototoksik dori vositalari (kanamitsin, stireptomitsin, neomitsin va
boshq.) ta’sirida zaralanadi. Bolalarda orttirilgan zaif eshituvchilikning qariyb 50%i
ototoksik antibiotiklar iste’molidan keyin kuzatiladi (D.I.Tarasov). Bu preparatlar
bilan davolashda xavflilik omili chala tug‘ilish, bolaning umumiy somatik zaifligi
sanaladi.
Eshitishning buzilishiga olib keladigan sabablarga tug‘ilish paytidagi
jarohatlar, tug‘ilayotgan bolaning boshiga qisqichlar qo‘yilishi, o‘rta quloqqa
operativ teginishlar (operatsiyadan keyingi asoratlar), jarohat chog‘ida eshitish
suyakchalari zanjirining uzilishi, adenoid vegetatsiyalar va boshq. kiradi.
Eshitishdagi nuqson kelib chiqishining birlamchi sababini aniqlash ba’zan
qiyin kechadi. Birdaniga eshitishning pasayishiga olib keladigan bir necha sababning
birikishi kuzatilishi mumkin. Ayni paytda aynan bir sabab turli shakldagi karlik va zaif
eshituvchilikni keltirib chiqarishi mumkin. Turli manbalarda aytilishicha, sayyoramiz
aholisining 4% dan 6% igacha vakili eshitishdagi u yoki bu nuqsonlardan aziyat chekadi.
Biroq eshitishda nuqsoni bo‘lgan kishilarning aksariyat katta qismi zaif eshituvchilar
toifasiga mansub. Kar bolalarning 25—30 foizida eshitish nuqsonlari tug‘ma bo‘ladi.
Bunga sabab: onaning xomiladorlik davrida turli kasalliklar, masalan, gripp bilan
kasallanishi, ota-onalarning ichkilikichib turishi, onaning xomiladorlikdavrida bilar-
bilmas dori-darmonlarni iste’mol qilishi (ayniqsa streptomitsin, xinin, singari dorilarni),
xomilaning
shikastlanishi;
irsiyat,
genetikfaktorlar
(quloq
tuzilishidagi
patologiko‘zgarishlar bo‘lishi, masalan, eshitish yo‘li atreziyasi — bituvi).
Eshitishdagi orttirilgan nuqsonlar quloq yoki eshitish analizatorining
tuzilishidagi kamchiliklardan kelib chiqishi mumkin. Bunga oliy nerv markazi,
o‘tkazuvchi yo‘llar yoki quloqning o‘zidagi o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. Bolaning
ilkyoshida otit, parotit (tepki), meningit, meningoensefalit, qizamiq, qizilcha, gripp
kasalliklari bilan kasallanishi ba’zi hollarda karlikyoki turli darajalardagi zaif eshitishga
olib kelishii mumkin. Hozirgi kunda ekologiya masalalalarning keng o‘rganilishi
eshitish nuqsonlarining oldini olishda ham katta ahamiyatga ega. Eshitish analizatoriga
turli zaharli kimyoviy dorilar juda kuchli ta’sir etib, ayniqsa analizatorning o‘tkazuvchi
nevrlarini ishdan chiqaradi, natijada bola yaxshi eshita olmaydigan bo‘lib qoladi.
Eshitish nuqsonlariga ega bo‘lgan bolalar aloxida yordamga muxtoj bolalar
toifasiga kiradi, chunki bu nuqson bolaning umuman rivojlanib, kamol topib borishiga,
dastur materiallarini o‘zlashtirishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan
bolalarda turli a’zo va sistemalarda qo‘shimcha birlamchi buzilishlar bo‘lishi mumkin.
Onaning homiladorlikning dastlabki ikki oyida kechirgan kasalligi bois tug‘ma karlik
va zaif eshituvchanlikda, odatda, ko‘rishning buzilishi (katarakta) va tug‘ma
kardiopatiya (Grig triadasi) kuzatiladi. Bu kabi kasallanishda tug‘ilgan bolada
mikrotsefaliya va umumiy miya yetishmovchiligi kuzatilishi mumkin.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar gemolitik kasalligida, uning sababi bola va ona
qonining rezus – faktor bo‘yicha mos kelmasligi yoki ularning qoni turli guruhlarga
mansubligi bo‘lishi mumkin, miyaning umumiy jarohatlanishi va oligofreniya,
miyaning diffuz jarohatlanishi, miyaning qobiq osti bo‘limlari jarohatlanishi tufayli
ifodalangan giperkinetik sindrom bilan psixofizik rivojlanishning kechikishi, spastik
parez va paralichlar ko‘rinishidagi MNS jarohatlanishi, yuz nervining zaifligi bilan
kechadigan asab tizimining yengil jarohatlanishi, g‘ilaylik, boshqa ko‘z-harakat
buzilishlari va motor rivojlanishning umumiy kechikishi bilan eshitishning buzilishi
kuzatilishi mumkin. Bunda eshitishning buzilishi tovush ta’sirlarining analiz va sintezi
sodir bo‘lishi kerak bo‘lgan miya sistemalarining buzilishi bilan belgilangan bo‘lishi
mumkin.
Kalla suyagining jarohatlanishi oqibatida yuzaga kelgan orttirilgan
eshitishning buzilishi nafaqat eshitish analizatorining retseptor bo‘limi, balki uning
o‘tkazuvchi yo‘llari va qobiq qismi buzilishlari (nuqsonlari) bilan bog‘liq bo‘lishi
mumkin. Bola kechirgan meningit yoki meningoensefalit eshitishning buzilishini
keltirib chiqarishi va uyoki bu darajadagi miya yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin.
Nasliy karlik va zaif eshitvchilikning ayrim shakllarida, homila paytida
eshitishning zararlanishiga olik keladigan qator kasalliklarda, shuningdek o‘rta va ichki
quloq sohasida turli shamollash jarayonlarida vestibulyar apparat jarohatlanadi. Shu
bilan birga eshitish va boshqa sistemalar jarohatlanishidan iborat murakkab, kompleks
buzilishlar turli sabablar ta’sirida va turli paytlarda yuzaga kelishi mumkin.
Shunday qilib, kar va zaif eshituvchi bolalarda eshitishning buzilishidan
tashqari quyidagi nuqsonlar kuzatilishi mumkin:
- vestibulyar apparat faoliyatining buzilishi;
- ko‘rish buzilishining turli variantlari;
- psixik rivojlanishning birlamchi kechikishiga olib keladigan minimal
miya disfunksiyasi. Bunda har qanday salbiy omillar miyaga bevosita ta’sir qilishi
mumkin, yoki boshqa hollarda, miya yetishmovchiligi yurak –qon-tomir, nafas, ajratish
va boshqa – miya ishini o‘zgartiradigan sistemalardaog‘ir somatik kasalliklar natijasida
yuzaga keladi;
- oligofreniyaga olib keladigan miyaning keng jarohatlanishi;
- bolalar serebral paralichi yoki harakat sohasi regulyatsiyasida boshqa
o‘zgarishlarga olib keladigan miya sistemalarining buzilishi;
- miyaning eshitish – nutq sistemasi (qobiq va qobiq osti tuzilmalarining)
lokal buzilishlari;
- markaziy nerv sistemasi va butun organizmning psixik kasalliklar
(shizofreniya, manikal-depressiv psixoz va b.) ga olib keladigan kasalliklari;
- organizmning umumiy zaiflashuviga olib keladigan ichki a’zolar: yurak,
o‘pka, buyrak, ovqat hazm qilish sistemasi va b. dagi og‘ir kasalliklar;
- chuqur ijtimoiy-pedagogik qarovsizlik imkoniyati.
Korreksion pedagoglarning (T.A. Vlasova, R. M. Boskis, D. V. Neyman
va boshqalarning) bergan ma’lumotlariga ko‘ra, eshitishida nuqsonlari bor bolalarning
rivojlanish darajasi shu nuqsonning bola hayotining qaysi davrida paydo bo‘lganligiga
va og‘ir-yengilligiga bog‘liq. Surdopedagogikafanida eshitishida nuqsonlari bor bolalar
kar, zaif eshituvchi, kech kar bo‘lib qolgan bolalar guruhiga bo‘lib o‘rganiladi. Tug‘ma
hali tili chiqmagan go‘daklikdavrida ikkala qo‘loqning mutlaqo eshitmasligi karlikka
olib keladi. Eshitish qobiliyatining qisman buzilishi natijasida nutqiy nuqsonga
uchragan bolalar zaif eshituvchi bolalar guruhiga kiritiladi. Nutqi rivojlanib, shakllanib
bolgandan so‘ng yaxshi eshitmaydigan bo‘lib qolgan bolalar kech kar bo‘lib qolganlar
guruhiga kiradi. Bu nuqson nutq tarkib topganidan so‘ng vujudga kelsa ham, quloqdagi
nuqson tufayli eshitishda xos kamchiliklar bo‘laveradi.
Kar va zaif eshituvchi bolalar tasnifi
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning bir necha tasnifi mavjud. Keng
tarqalgan tasniflardan biri L.V.Neyman tomonidan ishlab chiqilgan tasnif sanaladi.
Eshitish funksiyasi buzilganlik darajasini aniqlash uchun L.V.Neyman kar va
zaif eshituvchi bolalarni tonal audiometriya va nutq yordamida tekshirgan.
L.V.Neyman idrok etiladigan chastotalar hajmiga bog‘liq ravishda karlarning
4 guruhini farqlaydi:
1-guruh – eng past 125-250 Gs chastotalarni idrok etadigan bolalar. Bunday
bolalar qandaydir nutq tovushlarini farqlamaydi va qulog‘i yaqinida aytilgan juda
baland tovushlarga yoki yaqin masofadan turib berilgan intensiv tovushlarga
(baqiriq va sh.k.) reaksiya qiladi.
2-guruh – 125-500 Gs chastotani idrok etadigan bolalar. Bu guruh bolalar
qulog‘i yaqinida aytilgan Balan tovushlarga reaksiya qiladi, «o» va «u» unlilarini
farqlaydi. Boshqa juda baland tovushlarni idrok etishga qodir.
3-guruh – past va o‘rta chastotalar, 125 -1000 Gs gacha diapazondagi
tovushlarni idrok etadigan bolalar.
4-guruh – 125 - 2000 Gs chastotani idrok etadigan bolalar.
3- va 4- guruhga mansub bolalar yaqin masofadan turib kamroq intensiv va
chastotasiga ko‘ra turlicha tovushlarni (musiqa asboblari tovushi, maishiy tovushlar
– eshik qo‘ng‘irog‘i, telefon qo‘ng‘irog‘i va sh.k.) idrok etadi.
4-guruh bolalari deyarli barcha unlilarni, qulog‘i oldida yoki yaqin masofadan
aytilgan alohida jumla va so‘zlarni farqlaydi.
Kar bolalarning hammasida u yoki bu darajadagi qoldiqli eshitish bo‘ladi.
Qoldiqli eshitish idrokini rivojlantirish bo‘yicha maxsus ish jarayonida og‘zaki
nutqning shakllanishida muhim rol o‘ynaydi.
Zaif eshituvchilik ham turli darajada namoyon bo‘ladi. L.V.Neyman
chastotalar nutqiy diapazoni (500-4000 Gs) sohasida eshitishning pasayish darajasi
bo‘yicha zaif eshituvchi bolalarning 3 ta guruhini ajratadi.
Eshitmaslik
(eshitishning
yo‘qolishi)
ga
bog‘liq
ravishda
zaif
eshituvchilikning 3 ta darajasi farqlanadi:
1-daraja – nutqiy diapazonda eshitishning pasayishi 50 dBgacha nutqiy
muloqot qilish mumkin. 1 m dan ortiq masofadan so‘zlashish balandligidagi nutqni
saralab idrok etish mumkin.
2-daraja – eshitish 50-70 dB gacha nutqiy diapazonda pasaygan. Nutqiy
muloqot qiyinlashgan. Og‘zaki nutq 1 m dan kam masofadan idrok etiladi.
3-daraja - eshitish 70-80 dB gacha nutqiy diapazonda pasaygan. So‘zlashuv
balandligidagi nutq xatto qulog‘i oldida ham farqlanmaydi. Muloqot baland ovoz
yordamida quloqqa yaqin masofada amalga oshiriladi.
L.V.Neyman tasnifiga kar, zaif eshituvchilik bilan karlik o‘rtasidagi shartli
chegara 80 dB darajasida.
Tibbiyotda hozirgi kunda bolalarning eshitishi holatini baholashda eshitish
buzilishining xalqaro tasnifidan foydalaniladi. O‘rtacha eshitishni yo‘qotish 500,
1000, 2000 Gs chastota atrofida belgilanadi.
Zaif eshituvchilikning 1-darajasi – eshitishning pasayishi 40 dB dan ortmaydi.
Zaif eshituvchilikning 2-darajasi – eshitishning pasayishi 40 dB dan 55 dB
gacha.
Zaif eshituvchilikning 3-darajasi – eshitishning pasayishi 55 dB dan 70 dB
gacha.
Zaif eshituvchilikning 4-darajasi – eshitishning pasayishi 70 dB dan 90 dB
gacha.
Eshitishning 90 dB dan ortiq pasayishi karlik deb hisoblanadi.
Bolaning
eshitishidagi
yetishmovchiliklar
nutqni
egallashning
sekinlashishi, nutqni eshitib idrok etish buzilishiga olib keladi.Zaif eshituvchi bolalarda
nutq rivojlanganlik variantlari keskin farq qiladi va bolaning individual psixofiziologik
xususiyatlari va u yashagan, tarbiya va ta’lim olgan ijtimoiy- pedagogik sharoitlarga
bog‘liq bo‘ladi. Xatto 2- darajazi zaif eshituvchiligi bo‘lgan bola ham maktab davriga
kelib, ayrim so‘z va nutq tovushlari talaffuzida kichik xatolar bilan, rivojlangan,
grammatik va leksik jihatdan to‘g‘ri nutqqa ega bo‘lishi mumkin. Bunday bolaning
psixik rivojlanishi normal bolanikiga yaqin bo‘ladi. Ayni paytda faqat 1 – darajali paytda
zaif eshituvchi bola rivojlanishning nomaqbul ijtimoiy- pedagogik sharoitlarida 7
yoshga kelib, faqat sodda gaplardan yoki alohida so‘zlardan foydalanishi, bunda uning
nutqida noto‘g‘ri talaffuz ko‘p bo‘lishi, so‘z ma’nolarini qorishtirishi, grammatik
qurilishda turli buzilishlarga yo‘l qo‘yishi mumkin. Bunday bolalarda kar bolalar uchun
xarakterli bo‘lgan psixik rivojlanish xususiyatlari kuzatiladi.
Eshtish nuqsonlari bor bolalar maxsus sharoitda, maxsus usullar bilan
o‘qitilishi va tarbiyalanishi kerak. Eshitish nuqsonlarining yengil darajalari ham
bolaning har tomonlama rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi, maktabgacha tarbiya muassasi
va maktab dasturlarining o‘zlashtirishda bir qator o‘ziga xos qiyinchiliklar kelib
chiqishiga sabab bo‘ladi.
Kichik yoshdagi bolalarning eshitish qobiliyati nutqi rivojlangandan so‘ng,
masalan,ikki yoshida yo‘qolganida ham karlik natijasida bola atrofdagilar nutqini
eshitmaydi va hattoki bilganlarini ham asta-sekin unutadi. Bolaga o‘z vaqtida maxsus
yordam ko‘rsatilmasa, unda aqli zaiflik belgilari ham paydo bo‘ladi. Biroq nuqsonning
o‘rnini to‘ldirib, boshkaruvchi jarayonlarni aktivlashtiruvchi maxsus, korrekion
kompensftor sharoit boladagi nuqsonlarni bartaraf etib, ularning nugqiy rivojlanishini,
umumiy va aqliy rivojlanishini ta’minlaydi.
Zaif eshituvchi bolalar uchun maxsus tashkil etilgan maktabgacha tarbiya
muassasasi hamda maktab-internatda barcha zarur shart-sharoitlar mavjud. Maxsus
muassasalardagi tarbiyachi va o‘qituvchilar bunday bolalarning tegishli ta’lim-tarbiya
olishlariga yordam berishlari kerak.
Eshitish qobiliyatining pasayishi natijasida bola nutqida bir qator
kamchiliklar kuzatiladi: lug‘atining kambag‘al bo‘lishi, grammatik komponent
rivojlanmagan — gap ichida so‘zlarni tashlab ketish, so‘zlarni noto‘g‘ri ishlatish, ularni
o‘zaro bog‘lay olmaslik, kelishiik, so‘z yasovchi, so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalarni
ishlata olmaslik; tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish — o‘xshash, jarangli-jarangsiz
undoshlarni bir-biri bilan adashtirish, tushirib ketish va boshqalar shular jumlasidandir.
Bola nutqidagi kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini bilmaslik
orqasida ayrim tarbiyachi va o‘qituvchilar bolani dangasa, masuliyatsiz, bezori deb,
unga noto‘g‘ri munosabatda bo‘lishadi, natijada bola injiq, yig‘loqi, serjaxl, gap o‘tmas
bo‘lib qoladi, ya’ni unda ikkilamchi ruhiy o‘zgarishlar paydo bo‘ladi.
Yengil darajadagi zaif eshituvchi bolalar sog‘lom tengdoshlari qatorida
ommaviy maktabgacha tarbiya muassasalarida va maktabda ta’lim-tarbiya olishi
mumkin. Biroq ularga alohida munosabatda bo‘lish, ular uchun qulay shart-sharoitlar
yaratish talab etiladi.
Uzluksiz ta’lim tizimida O‘zbekistonda eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar
uchun maktabgacha tarbiya muassasalari, maktab va kasb-hunar kolejlarida maxsus
guruhlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu toifadagi bolalar uchun tashkil etilgan
maktab-internatlarda maktabgacha tarbiya bo‘limi hamda umumta’lim maktab bo‘limi
mavjud. Ushbu muassasalarda ta’lim umumta’lim 9 yillik ta’limning davlat talablari va
dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Eshitishining zaiflashishi
Eshitish zaiflashishi bu yeshitishning to‘liq va qisman yo‘qolishini
tasvirlash uchun ishlatiladigan keng termindir.
ESHITISH ZAIFLASHISHI
KARLIK
(ESHITISHNING
TO’LIQ
YO’QOLISHI)
ESHITISH
OG’IRLASHISHI
(ESHITISHNING
QISMAN YO’QOLISHI)
Eshitish zaiflashishini oldinroq aniqlash qiyin bo‘lishi mumkin , chunki
hamma chaqaloqlar – shuningdek qulog‘i og‘ir tug‘ilgan chaqaloqlar o‘zining ovozini
ishlatadi.Ularning qulqullashi yoki ming‘illashi ko‘pincha yuzdagi qiyofa, tana
tarangligi va harakatlanish natijasida ularning parvarishlovchilari bilan moslashishi
mumkin.
Eshitish zaifligi bor insonlar duch keladigan yeng katta qiyinchilik bu aloqadagi
qiyinchilikdir, chunki xalqning ko‘pisi og‘zaki aloqa usuliga yo‘naltirilgan.Hatto
o‘qituvchi, ota-onasifatida ham biz aloqa harakat va yuzdagi qiyofa hamda tovushni
o‘zichiga olishini ko‘pincha unutib qo‘yamiz. Bushuning uchun biz ota-ona ,
parvarishlovchi va o‘qituvchilar dek aloqaning turlari : harakat , yuzdagi qiyofa ,tovush
va so‘zlardan foydalanib biz uchun tabiiy bo‘lgan yo‘lda aloqa qilishimiz muhimdir.
Birlashgan Qirollikda 1000 tadan 1 bola 3 yoshida qulog‘i o‘ta og‘irdek
tasniflangan. AQShda 1000 tadan 1 bola qulog‘i o‘ta og‘ir boshqa 1000tadan 2-3 qisman
yeshitish yo‘qolishi bilan tug‘ilgan. Bu raqamlar ko‘pgina rivojlanayotgan davlatlarda
sezilarli yuqori, boshqalar orasida esa sog‘liqni saqlash xizmatlarini sifatlash kuchsiz
yo‘l tufayli .Ba’zi Pokiston qishloqlarida 1dan 12 ga qadar bola eshitish yo‘qolishidan
aziyat chekayotgani taxminan hisoblangan ( bu qisman yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi
nikohga bog‘langan genetik nuqsonlar sababli bo‘lgan deb fikr yuritiladi.)1
Kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarda so‘zlashuv (og‘zaki, yozma) nutqni
shakllantirish yuzasidan dars va mashg‘ulotlarda muayyan tizimdagi mashqlar asosida
o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati tashkil etiladi, didaktik vositalarning barcha turlarini
nutqiy jarayonga moslay olish talab etiladi. Nutqiy materiallarning amaliy egallanishini
ta’minlash uchun maxsus sodir etilgan muammoli nutqqa (gapirish, yozib
tushuntirishga) ehtiyojni tug‘diruvchi vaziyatlar oldindan rejalashtiriladi. Bunda nutqiy
1 Embracing Diversity: Toolkit for Creating Inclusive, Learning-Friendly Environments
Specialized Booklet 3 Teaching Children with Disabilities in Inclusive Settings Published in 2015 by the United
Nations Educational, Scientific and Cultural Organization 7, place de Fontenoy, 75352 Paris 07 SP, France
materiallar fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarida, rejalashtirishlarda oldindan belgilangan
bo‘ladi, ya’ni korreksion-pedagogik jarayon muayyan tizim asosida amalga oshiriladi.
Har bir dars uchun nutqiy materiallar korreksion-kommunativ tizim
tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda (o‘quvchilarning eshitish, talaffuz qilish
imkoniyatilariga mos, talaffuzi yaqqol va eshitilish diapazoni yengil, oddiydan
murakkabga,
noo‘xshashlikdan-o‘xshashlikka
boruvchi
tartibda
tanlanadi
va
tayyorlanadi.
So‘zlashuv nutqiga ehtiyojni tarbiyalash oiladan boshlanishi, ya’ni
maktabda egallangan nutqiy ko‘nikma va malakalar oilada tabiiy vaziyatlarda
mustahkamlanishi va o‘quvchilar amalda (erkin, qo‘rqmasdan, uyalmasdan)
qo‘llashlariga erishish uchun keng sharoit yaratilmoqda. Ushbu sharoit oila a’zolari
ishtirokida yaratiladi. Ularning kar bola bilan keng muloqoti va iliq munosabati bolaning
keyingi bosqich ta’lim-tarbiyasiga va umuman taqdiriga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi
omillardan hisoblanadi.
Kar va zaif eshituvchi bolalarning nutqiy axborotni qabul qilish va uzatish
imkoniyati eshitish (har qanday daraja karlikda u ma’lum miqdorda bo‘ladi) qoldig‘idan
optimal ravishda foydalanishga bog‘liq bo‘lganligi tufayli maxsus muassasalarda
ta’limni ovoz kuchaytiruvchi apparatlar asosida olib borish talab etiladi. Sinflar maxsus
jihozlanadi. Ya’ni maktab-internat moddiy texnika negizining yo‘nalishga mos
shakllanishi ta’lim mazmunining samaradorligini oshiradi.
Kar va zaif eshituvchi bola o‘z ona tilini shu til qonuniyatlari,
xususiyatlaridan kelib chiqqan, mazkur bolaning ruhiy, nutqiy imkoniyatlariga
moslashtirilgan, korreksion-kommunikativ tamoyillarga asoslangan va mahalliy
sharoitlarni inobatga olgan maxsus yondoshuv asosida egallaydi.
Maxsus maktab-internatlarda ta’lim-tarbiya jarayonini, xususan ona tili
ta’limini amalga oshirishda o‘quvchilarning fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda
og‘zaki, yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalashga o‘rgatishda daktil belgilardan
tegishli bosqichlarda o‘rinli foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarda so‘zlashuv (og‘zaki, yozma) nutqni
shakllantirishga ijtimoiy ehtiyoj sifatida yondoshish dolzarb masaladir. Buni amalga
oshirish mazkur bolalarning jamiyatga moslashuvi, ularning borliqni anglashlari hamda
ularni atrofdagilar qanchalik tushunib qabul qilishlari bilan belgilanadi.
Kar va zaif eshituvchi bola jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida siyosiy,
iqtisodiy, madaniy va boshqa ijtimoiy munosabatlarning barchasida me’yorda
rivojlangan, sog‘lom tengqurlari qatorida o‘z ona tilida bemalol, erkin, samarali va
barcha uchun (nafaqat o‘zi kabi taqdirdoshlari) tushunarli tarzda muloqot qila olishini
ta’minlash mumkinligi amalda o‘z isbotini topmoqda.
Kar va zaif eshituvchi bolalar maktablari o‘quv rejasiga «Labdan o‘qish»
ko‘nikmalarini shakllantirish va mustahkamlash mashg‘ulotlari kiritilgan.
Nutq (og‘zaki nutq)
Nutq, birinchi navbatda 1-til sifatida yoki 2-til sifatida (barcha nuqsonlar
kuzatilganda) qattiq va chuqur eshitishning buzilishi bo‘lgan bolalar uchun yengil, o‘rta,
og‘ir eshitish buzilishi bo‘lgan bolalar tomonidan ishlatiladi. Bolalar odatda, eshitish
orqali gapirishni o‘rganishadi. Ko‘p maktablarda kar bolalar uchun nafaqat gapirish,
balki kuylashni o‘rganish uchun ham cheksiz soat ajratishadi. Bu esa bolalar uchun
ta’lim, rivojlantirish va faoliyatga oid to‘siqlarni bartaraf etishda ko‘maklashadi. Bu
yondashuv hozirgi kunda maqbul yo‘l sifatida ko‘rilmoqda. Bizning o‘ylashimizcha,
eshitishi buzilgan bola aniq gapira olmaydi. Buning sababi, u eshitib boshqa odamlarga
taqlid qila olmasligidadir.
Labdan o‘qish
Labdan o‘qish yoki “tovushni ko‘rib o‘qish” – lablar va til harakatlari orqali
amalga oshadi. Labdan o‘qishni og‘iz artikulyatsiyasi va tilning tana qismi orqali ham
o‘rgatish mumkin. Hech qachon eshitmagan bola uchun labdan o‘qish jarayoni juda
qiyindir. Bola ko‘p so‘zlarni eshitgan bo‘lsa, shu so‘zlar labdan o‘qishga yordam beradi
va u labdan o‘qishni to‘g‘ri o‘rganadi.
Ovoz va eshitishdagi buzilishlar
Ovoz balandligi (hajmi) yoki intensivligi (detsibel orqali dB) va uning
chastotasi (gers)da o‘lchanadi. Eshitish qobiliyatining buzilishi bir quloqda yoki har
ikkala quloqda sodir bo‘lishi mumkin. Eshitish buzilganligini so‘z bilan (bir kishi
tekshiriluvchining orqasidan turib so‘z aytadi) uning balandligi (dB) yoki chastota (gers)
orqali uning yengil, o‘rta, o‘rta/og‘ir, og‘irligini aniqlash mumkin. Eshitishi buzilgan
bolalar va kattalarda, odatda eshitish balandligi 90dBdan yuqori bo‘lsa, ular kar
hisoblanishadi.
Eshitishning yo‘qolishi va potensial natija
Eshitish yo‘qolishining potensial natijasi ko‘pgina faktlarga bog‘liq,
masalan, ko‘rishning pasayishi, ya’ni yo‘qolish darajasi, ammo eshitish yo‘qolishi
kuzatilgan paytda, agar til rivojlangan bo‘lsa erta va keng miqyosda, oldinroq
ko‘rsatilgan xizmatlar, asosiy aloqadan oldin yoki keyin ota-ona va o‘qituvchining birga
aloqada bo‘lishi kabilarni o‘z ichiga oladi.
Koxlear implantant
Koxlear implantant (ya’ni kiritma) kelajakda eshitishi zaiflashgan ko‘pgina
bolalarning ta’lim-tarbiyasida natijalarga erishishiga olib keladi.
Bu rivojlanib borayotgan mamlakatlarni qamrab olgan holda ko‘pgina
dunyo mamlakatlarida tarqalgan. Koxlear implantant o‘tqazish qimmat bo‘lsa ham
birinchi “mahalliy” koxlear implantant Hindistonda 2005-yilda boshlandi, dunyo
bo‘ylab ko‘pdan-ko‘p eshitishi zaiflashgan odamlar bu imkoniyatga ega bo‘lish uchun
yangi va innovatsion texnologiyalarni kutishgan. Koxlear implantant jarrohligi chuqur
karlik yoki tovushni eshitishni bir qancha og‘ir turlarining u yoki bu turida odamga
elektron moslama kiritishni nazarda tutadi. Bir qancha eshita olmagan bolalar himoyachi
yordamida
so‘zlash
qobiliyati
mashg‘ulotlarini
olib
borishlari
kerak.
Bu
mashg‘ulotlardan oldin bolalar tibbiy ko‘rik xulosasidan o‘tishlari kerak.
Ko‘pgina voyaga yetgan bolalar ovoz chiqara olishiga oylar va yillar kerak,
chunki ular tovushlarni xira va noqulay anglashlari mumkin.
Birinchi marta koxlear implantantdan foydalanib ko‘rishga 1985-yilda
ruhsat berilgan.
Koxlear implantant hissa qo‘shgan “karlar jamiyati”dagi baxslar o‘rtasida
vujudga kelgan. Shu o‘rinda koxlear implantant eshitish rivojiga jiddiy xavf keltirib
chiqaradimi? Koxlear implantant odamlarga dunyoning eshitish a’zosidek samaradorlik
vazifasini bajara oladimi?, natijalar jarrohlik va muolajalarning harakatini tasdiqlay
oladimi?kabi savollar ko‘pgina baxslarga sababchi bo‘ldi. Tortishuvlarga qaramay,
tahminan dunyoda 8000dan ko‘p bolalarda koxlear implantant mavjud bo‘lib,
rivojlanayotgan mamlakatlarda bunday bolalar sonining oshishi kuzatilmoqda2.
Eshitishning yo‘qolishi ovozning balandligi va turli xil chastotalarda
eshitish kuchiga bog‘ligi.
Qanchadan-qancha bolalar bir xil shovqinli balandlikdagi tovushni eshitishi
va turli xil chastotalarda eshitishi natijasida ularning eshitish qobiliyati susaygan. Past
va yuqori darajadagi tovushlarni eshitishda bir xil qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.
Boshqa bolalar eshitishi pasaygani bilan hech qanday muammolarsiz past tovushlarni
eshitish qobiliyatiga ega bo‘lishi mumkin, ammo eshitish yo‘qolishining chuqur
darajasida yuqori darajadagi tovushni ham eshita olmaydi. Eng muhim maydon gapirish
uchun – 500-3000 Gers.
Eshitish sinovining natijalari audiogrammada yozib qo‘yiladi. (quyidagi
namunada ko‘rsatilgan). Vertikal yo‘nalishda audiogrammada ovozning daraja yoki
chastotasi aks ettirilgan.
Gorizontal yo‘nalishda tovush kuchi yoki balandligi aks ettirilgan.
Audiogrammaning chap tomonida chap quloqda eshitishning yo‘qolishi
(og‘ir yuqori chastotaga ortib borishi). Past chastotadan yuqori darajaga ortib borganda
yakka eshitish normadagi eshitish bilan teng bo‘ladi va eshitish yo‘qolishining o‘rtacha
og‘irligi kuzatiladi. X belgi chap quloq uchun boshlang‘ich va O belgi o‘ng quloq uchun
boshlang‘ich deb hisoblaniladi3.
2 Embracing Diversity: Toolkit for Creating Inclusive, Learning-Friendly Environments
Specialized Booklet 3Teaching Childrenwith Disabilitiesin Inclusive Settings Published in
2015 by the United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization 7, place de
Fontenoy, 75352 Paris 07 SP, France
3Engagig Deaf and Hard of Hearing Students in the School Librury: A Handbook for Teacher- Librarians
NADENE EISNER 2012
Bolaning nutq tovushlarida nuqsonlar kuzatiladi va atrof-muhitdagi
tovushlarni aniqlashda ham qiynaladi.Har qanday yordamchi moslamamiz bola
qulog‘idan 30sm uzoqlikdagi baland ovozni anglay oladi, va total aloqa, ya’ni imo-
ishoralar va labdan o‘qish yoki ikkalasining birikishi va aloqa qilish uchun ko‘rishga
tayanadi4.
O‘rta 16-35dB.Zaif eshituvchi bolaga ma’lum masofada gapirish
kerak.qachonki 1metrdan uzoq masofada gapirganda yoki agar atrof shovqin bo‘lsa, ular
signal so‘zlarning 10%ini eshitmay qolishi mumkin. Bola amaliyotida ommaviy ta’lim
sharoitidagi muloqotida bir qancha qiyinchiliklar yuz berishi mumkin.Eshitishga
yordamlashish va aralashishni hisoblash kerak bo‘ladi.
O‘rtacha 36-50dB. Bola bir yoki ikki metr masofada gapirganda so‘zlarga
tushunadi. Eshitishga yordam berishga bola ruhsat bersagina hamma tovushlarni
aniqlash va eshitishi mumkin. Eshitish yordamchisisiz bola signal so‘zlarning 100%dan
50%ini eshitmasligi mumkin.
O‘rta og‘ir 51-70dB.Muloqot juda aniq va baland eshitiladigan bo‘lishi
kerak.55detsiball –100% signal so‘zlarning eshitmay qolishini nazarda tutadi.Bola
verbal aloqaga ehtiyoj sezgan vaziyatda qiyinchilikka uchrashi mumkin, ya’ni asosan,
4 Engaging Deaf and Hard of Hearing Students in the School Library:A Handbook for Teacher-Librarians
Nadene Eisner University of Illinois at Urbana-Champaign Graduate School of Library Information
Science 2 May 2012
yuqori guruhlarda, bu sinflar va o‘yingohlarni o‘ziga qamragan bo‘ladi.O‘rta og‘ir turida
gapirish aktivligi kechikkan bo‘ladi va gapni tushunish qobiliyati pasayishi yuzaga
keladi va bunday holatlar kuzatiladi.
Og‘ir 71-90dB. Agar til shakllanmasdan oldin eshitish yo‘qolsa, gapirish
o‘z-o‘zidan rivojlanmasligi mumkin yoki kechikkanda nimaningdir oqibatida gapirish
yuzaga chiqmaydi.
O‘ta og‘ir – 91dB va undan yuqori – vibratsion tovushni anglaydi. Ko‘pgina
bolalar aloqa uchun eshitishdan ko‘ra ko‘rishga ko‘p suyanadi va o‘qishdan tashqarida
imo-ishora tili (labdan o‘qish qo‘shilishi mumkin)dan foydalanishadi. So‘zlashish va
og‘zaki nutq aralashuvi va o‘zgarishlarsiz o‘z-o‘zidan rivojlanmaydi.
Gaplarni tushunishda qobiliyati juda tez, ya’ni sezilarli pasayadi va tovush
sifatining yo‘qligi yuz berishi mumkin.
Eshituv moslamasidan foydalanish eshitishni yaxshilaydi. Eshitish
yo‘qolishining og‘ir turi bilan bir qancha bolalar koxlear implantantdan foydalanadi,
koxlear implantantdan foydalanishga qaramay “karlar jamiyati”dagilar juda
baxslashishadi.
Bir tomonlama eshitish yoki faqat bir quloqda eshitishning yo‘qolishi bola
o‘rganishi uchun kech bo‘lishi va amaliyotdagi boshqa to‘silqra so‘zlashuv uchun xavf
hisoblanadi. Eshitishning bir tomonlama yo‘qolishi bilan kasallangan bolalar tovush
kelayotgan tomonni aniqlashda zarar yetgan tomonida suhbatlashilsa eshitishda
qiyinchiliklar kuzatiladi va orqa tomondan gapirilganda tushunishi mumkin.
Ba’zi bolalarni o‘qib-o‘rganishida bir qancha to‘siqlarni uchratish mumkin,
bunday paytlarda ishtirokchi ta’sirlanishi mumkin.
Oz miqdorda bilamizki, ba’zi bolalar ta’sirlanishadi va boshqalarida esa
bunday holat kuzatilmaydi. Agar butunlay eshitish yo‘qolsa, “karlik” deb tilga olinadi5.
5 Engaging Deaf and Hard of Hearing Students in the School Library:
A Handbook for Teacher-LibrariansNadene EisnerUniversity of Illinois at Urbana-ChampaignGraduate
School of Library Information Science 2 May 2012
To‘siqlarni bartaraf etishni o‘rganish, eshitish pasayishiga munosabatlarda
ishtirok etish va rivojlantirish
Eshitishning yo‘qolishi yoki karlik shaxsning aqliy qobiliyati yoki
o‘rganishga bo‘lgan qobiliyatiga salbiy ta’sir qilmaydi. Biroq, bolalar eshitishda
qiyinchiligi bo‘lgan yoki karlik kuzatilgan bolalarga odatda,yetarli miqdorda ta’lim
olishi uchun maxsus ta’lim turlaridan biri yoki inklyuziv ta’lim tartibida bilim olishga
ehtiyoj seziladi va bu holat quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Erta ish olib borish, ya’ni erta aralashuv;
Imo-ishora nutqi ta’limi;
So‘zlashuv, nutq va mutaxassislarning auditoriyada mashg‘ulot olib
borishi;
Yordamchi moslamalar – eshitishga yordam beruvchi moslamalardan
iboratliligi;
Ularning birinchi tili sifatida ona tilidan foydalanishi talabalar uchun
tarjimon sifatida qulaylik tug‘dirishi;
Xonada labdan o‘qishni osonlashtiruvchi qulayliklar;
Kerakli filmlar, video va DVD disklari;
Belgili til muqobil aloqa usullari, o‘qituvchilar, ota-onalar va tengdoshlari
uchun qo‘llanmaligi;
Ko‘rinadigan aloqa usullari (daktil nutq, imo-ishorali nutq) yoki og‘zaki
ta’limdan izchil va ongli foydalanish;
Yo‘l-yo‘riq va maslahatlar – eshitishi buzilgan ko‘pgina bolalarda ijtimoiy
moslashuv qiyinchilik bilan kechadi. Ular o‘zlarining do‘stlari bilan imo-ishora nutqida
muloqot qilib turishlari kerak.
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan boalarni o‘qitish uchun amaliy maslahatlar
Sinfda barcha bolalar «P» shaklida o‘tiradi. Bu yo‘l orqali bolalar bir-birini
ko‘ra oladi, imo-ishorali nutqdan,labdan o‘qish va mimikalarni yaxshi tushuna oladi,
shunday qilib, bu yo‘l sinf faoliyatida yanada faol ishtirok etish etishga yordam beradi;
Guruh vaziyatlarida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’limolishi biroz
qiyin bo‘lishi mumkin chunki, ular yuzma-yuz ta’lim olishadi;
Gapirayotganda bolaga qarash kerak;
-Sekin va aniq gapirish, judayam baland gapirish kerak emas;
-Qisqa, aniq va lo‘nda gaplardan foydalanish kerak;
-Tildan barqaror (izchil)foydalanish kerak;
-Imo-ishora va mimikadan aniq foydalaning;
-Agar rasmiy tildan foydalanmasangiz, tabiiy belgilardan foydalaning;
-Bolalardan (agar u og‘zaki nutqqa ega bo‘lsa) nimani tushunganliklarini
qaytarishini so‘rang;
-Sinfda bergan ma’lumotlaringizning kalit so‘zlarini yozing;
-Aloqaning afzalligi bo‘lsa, audiolog bilan ishlashni o‘rgating va bolalarni
eshitish qoldig‘ini iloji boricha maksimum masofada foydalanishiga o‘rgating;
-Muhim bo‘lmagan yaratilgan ko‘p manbali ovozlarni pasaytiring, ular
bolalarning eshitishida qiyinchilik tug‘diradi, shuningdek bu eshitish ko‘magidan
foydalanish bolalar uchun muhim;
-Agar eshitishi zaif bo‘lgan bola(shuningdek, ko‘rishida va boshqa nuqsoni
bo‘lgan bolalar) maktabdagi ba’zi sinflar shovqinliroq bo‘lsa, bunga maktab moslashishi
kerak;
-Vaqt bilan moslashing,ko‘p zaif eshituvchilar (ikkala qulog‘i og‘ir va og‘ir
eshituvchilar) sinfxonaga borib ko‘p narsalarni tushinishga harakat qiladilar;
Birinchi navbatda aloqa uchun bolalarga grammatikadan emas, belgilardan
foydalanish ko‘proq samara beradi. Chunki, belgilarning grammatikasi yozuv tilidan
farqli6.
6 .Embracing Diversity: Toolkit for Creating Inclusive, Learning-Friendly
Environments Specialized Booklet 3 Teaching Children with Disabilities in Inclusive
Settings Published in 2015 by the United Nations Educational, Scientific and Cultural
Organization 7, place de Fontenoy, 75352 Paris 07 SP, France
Bu mulohazalarni bilib oling
-Yuzdagi sochlar – mo‘ylov va soqol eshitishi zaiflashgan bolalarning lab
harakatlarini o‘qishida va yuz mimikalarini tushinishida salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
-Yuzni berkitish – ro‘mol bilan ko‘zlarni, qoshlarni, burunni, og‘izni va
lunjni yopish, eshitishi zaiflashgan bolalarga lab harakatlarini o‘qish va mimikani
tushunishida salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
-Kar bolalarning (kuchli eshitishi yo‘qolgan bolalarning) ko‘p qismi
eshitadigan ota-onalardan tug‘iladi. Shuning uchun maktab ota-onalar uchun tub
ma’noda yo‘riqnoma tayyorlab berishga harakat qilish kerak;
Kar bolalar boshqa bolalardan o‘rganishga ehtimol muhtojdirlar, chunki
ular o‘qishni, yozishni ikkinchi tilda o‘rganishlari kerak, bu birinchi tildan farq qiladi;
Shuningdek, og‘ir eshituvchilar, ko‘p vaqt boshqa bolalardan o‘rganoshga
muhtoj, sinfda boshqa bolalar gaplashayotganda ular o‘qituvchini eshitmaydi. Shuning
uchun ko‘p ma’lumotlar darsning oxirida beriladi7.
Erta va to‘g‘ri oldini olishning muhimligi
Eshitish zaiflashishi bo‘lgan bolalar yerta aniqlanmaganida va ularga
to‘g‘ri yordam berilmaganida ,qo‘shimcha yordam xizmatlari (maxsus ta’lim ehtiyoji)
,talab qilinganidan ham har qalay boshqa,ularning maktab davrlarida ( va yehtimol
keyinroq) taklif qilinishi kerak . Biz ularnin GES hitishi yo‘qolishidan xabardor
bo‘lmasak va o‘qitish yo‘limizga o‘zgarishlar kiritmasak va o‘zaro ta’sir ko‘rsatmasak
hatto o‘rtacha yeshitish yo‘qolishi bo‘lgan bola ham sinfda ko‘p og‘zaki ma’lumot va
muhokamalarni yeshitmay qolishi mumkin. Yeshitish zaiflashishi bo‘gan ko‘p bolalarga
“xulq muammolari “ yoki “ o‘rganish qiyinchiliklari “ deb nomuvofiq baho berilgan.Biz
ko‘pgina o‘ta og‘ir yeshitish yo‘qolishi bo‘lgan bolalar uchun ular yerta oldini olishda
7 Engagig Deaf and Hard of Hearing Students in the School Librury: A Handbook for Teacher- Librarians
NADENE EISNER 2012
stur yo‘liga , belgili til instruktori va shaxsiy repetitorga ( mukammal holatda boshqa
og‘ir yoki o‘ta og‘ir yeshitish yo‘qolishi bo‘lgan ,ammo belgili til mahoratiga yaxshi
yega bo‘lgan bola tomonidan) ega bo‘lmagunlaricha tilni rivojlantirish (hatto belgili
tilniyam ) qanchalik qiyin yekanligini anglab yetishimiz muhimdir.
Aloqa turlari va vositalari
Eshitish zaiflashishi bo‘lgan odamlaral oqaning og‘zaki yoki qo‘l bilan
usulidan yoki ikkalasini aralashmasidan foydalanadi.Og‘zaki aloqa til , labdan o‘qish va
qoldiqli yeshitish ishlatishni o‘z ichiga oladi , qo‘l bilan aloqa usuli esa belgili til va
barmoq imlosini o‘z ichiga oladi.Umumi aloqa bu og‘zaki va qo‘l bilan aloqaning
aralashmasidir8.
Foydalanilgan xorijiy adabiyotlar
1. Engaging Deaf and Hard of Hearing Students in the School Library:
A Handbook for Teacher-Librarians Nadene Eisner University of Illinois at
Urbana-Champaign Graduate School of Library Information Science 2 May 2012
2.Embracing Diversity: Toolkit for Creating Inclusive, Learning-Friendly
Environments Specialized Booklet 3 Teaching Children with Disabilities in Inclusive
Settings Published in 2015 by the United Nations Educational, Scientific and Cultural
Organization 7, place de Fontenoy, 75352 Paris 07 SP, France
8 Engaging Deaf and Hard of Hearing Students in the School Library:A Handbook for Teacher-Librarians
Nadene Eisner University of Illinois at Urbana-ChampaignGraduate School of Library Information Science
2May 2012