ESHITUV A’ZOSINING ANATOMIK TUZILISHI, FIZIOLOGIYASI VA TEKSHIRISH USULLARI
Yuklangan vaqt
2025-09-06
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
61
Faytl hajmi
6,4 MB
ESHITUV A’ZOSINING ANATOMIK TUZILISHI, FIZIOLOGIYASI VA
TEKSHIRISH USULLARI
Quloqning anatomik tuzilishi
Eshituv a’zosi tovush to‘lqinlarini masofada aniqlash vazifasini bajaradi. U
kichik bo‘lsada juda murakkab tuzilgan va o‘ziga xos anatomik, fiziologik
xususiyatlarga ega. Inson qulog‘i 3 qismdan tashkil topgan: tashqi, o‘rta va ichki.
Tashqi quloq (aurus externa) quloq suprasi (auricula) va tashqi eshituv yo‘lidan
(meatus acuticus externa) tuzilgan.
1- rasm. O‘ng quloq suprasi
1-helix; 2-crura antihelicis;
3- porus helicis; 4- incisura
anterior (auris);
5-tuberculum supra tragicum ;
6-tragus;
7-
porus
acusticus
exeternus;
8- incisura intra tragica;
9-antitragus; 10- lobus auriculiae;
11- sulcus aurecule posterior;
12- antihelix;
13- cavum conchae;
14- cymba conchae;
15- concha auriculiae;
16-scapha;
17- tuberculum auriculiae.
Quloq suprasi (auricula) chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi va so‘rg‘ichsimon o‘siq
orasida joylashgan va qalinligi 0,5-1 mm teng elastik tog‘aydan iborat. Unda
tog‘ay usti pardasi va teri bilan qoplangan tashqi (bo‘rtgan) va ichki (botgan)
yuzasi tafovut qilinadi. Quloq suprasining erkin cheti oldinga biroz qayrilib burma
(helix) hosil qiladi. Burma o‘z oyoqchasi (crus helicis) bilan tashqi eshituv
yo‘lining (meatus acusticus externa) ustidan boshlanib, yuqoriga, keyin orqaga va
pastga davom etadi. Bu burmaga parallel ravishda ichkarida qarama-qarshi burma
(antihelix) joylashgan, ular orasida uzun chuqurlik – scapha joylashgan. Tashqi
eshituv yo‘li kirish joyining old qismida quloq do‘mboqchasi (tragus), orqa
qismida – qarama-qarshi do‘mboqcha (antitragus) joylashgan. Tragus va
antitragus lar orasida chukur o‘yma (incisura intertragica) hosil bo‘ladi. Quloq
dumboqchasi tashqi eshituv yo‘lining bir qismi hisoblanadi. Antihelixning ikki
oyoqchalari orasida uchburchak chuqurcha (fossa triangularis), quloq suprasining
pastida – tog‘aydan xoli bo‘lgan va yog‘ to‘qimasidan tashkil topgan, teri bilan
qoplangan
quloq
colinchagi
(lobus)
joylashgan.
Antihelixning
oldida
voronkasimon chuqurlik bo‘lib, u quloq suprasi bo‘shlig‘i (cavum conchae) deb
ataladi (1-rasm).
Quloq suprasi boylam va mushaklar yordamida chakka suyagining tangasimon
qismiga, so‘rg‘ichsimon va yonoq o‘simtalariga birikadi. Tashqi eshituv yo‘liga
kirish maydonida teri tuklar bilan qoplangan va yog‘ bezlariga ega. Quloq suprasi
tovush to‘lqinlarini kuchaytirib, tashqi eshituv yo‘liga yo‘naltirish vazifasini
bajaradi, ototopikada ishtirok etadi, hamda kosmetik ahamiyatga ega.
Tashqi eshituv yo‘li (meatus acusticus externus) quloq suprasi bo‘shlig‘ining
bevosita davomi bo‘lib, uzunligi 2,5 sm, diametri 0,7- 0,9 sm ga teng. U o‘rta va
tashqi quloqni bir-biridan ajratib turuvchi nog‘ora parda oldida tugaydi. Tashqi
eshituv yo‘li 2 qismdan iborat: tashqi tog‘ay-parda va ichki suyak qismlari (2-
rasm).
Tog‘ay-parda qismi tashqi eshituv yo‘lining 2/3 qismini tashkil qilib, quloq
suprasi tog‘ayining davomi uning asosini tashkil qiladi. Bu yerda u orqaga va
yuqoriga ochilgan novsimon shaklga ega. Tashqi eshituv yo‘lining tog‘ay-parda
qismida vertikal joylashgan va fibroelastik to‘qima bilan yopilgan Santorini
tirqishlari (incisurae Santorini) mavjud, shuning uchun tashqi eshituv yo‘lining
tog‘ay-parda qismi oson siljiydi va tortganda yoki nog‘ora pardani quloq voronkasi
yordamida ko‘zdan kechirganda kengayadi. Santorini tirqishlari sohasida tashqi
eshituv yo‘li quloq oldi so‘lak bezi bilan chegaradosh, shuning uchun yallig‘lanish
jarayoni tashqi quloqdan quloq oldi beziga tarqalishi mumkin. Tog‘ay-parda
qismining yorig‘i suyak qismiga o‘tish joyida ancha torayadi (istmus).
Tog‘ay-parda
qismi
tericining qalinligi 1-2
mm, bu qism tuklar,
yog‘ va quloq kirini
ishlab
chikaruvchi
serumenal bezlarga boy
bo‘ladi.
Yog‘
va
serumenal
bezlar
ajralmasi
hamda
ko‘chgan
epidermis
to‘plami quloq kirini
(chirk) hosil bo‘lishida
qatnashadi. Quloq kiri qurib, chaynash harakatida tashqi eshituv yo‘li tog‘ay-parda
2-rasm. Eshituv a’zosining tuzilishi
qismining tebranishi hisobiga tashqariga ko‘proq ajraladi. Suyak qismining terisida
tuklar va chirk ishlab chiqaruvchi bezlar bo‘lmaydi, u suyak usti pardasiga zich
yopishgan bo‘lib, asta-sekin yupqalashib boradi (0,1 mm) va epidermis sifatida
nog‘ora pardaning tashqi qavatiga o‘tadi.
Tashqi eshituv yo‘lining tog‘ay-parda va suyak qismlari o‘zaro zich fibroz
to‘qima bilan birikadi. Suyak qismi tashqi eshituv yo‘lining 1/3 qismini tashkil
qiladi; uning old va pastki devori nog‘ora suyagi, yuqori va orqa devori-chakka
suyagining tangasimon qismi va so‘rg‘ichsimon o‘simtadan hosil bo‘lgan. Suyak
qismining taxminan o‘rtasida tashqi eshituv yo‘lining eng tor joyi – bo‘yinchasi
(istmus) joylashgan. Tashqi eshituv yo‘li gorizontal va frontal yo‘nalishlarda biroz
qayrilgan, shuning uchun suyak qismi va nog‘ora pardani ko‘zdan kechirish
paytida u quloq suprasini orqaga va yuqoriga tortish bilan to‘g‘rilanadi. Bolalar
qulog‘ini ko‘zdan kechirish paytida quloq suprasi orqaga va pastga tortiladi.
Tashqi eshituv yo‘lining suyak qismi egatcha (sulcus tympanicus) bilan tugaydi,
nog‘ora parda o‘zining pay halqasi (annulus tympanicus) yordamida shu egatchaga
birikadi.
Tashqi eshituv yo‘lining old devori chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi bilan yonma-
yon joylashadi, bunda pastki jag‘ suyagining harakati uning tog‘ay - parda qismiga
tarqaladi. Old devori sohasidagi yallig‘lanish jarayoni keskin og‘riq bilan kechadi,
ayniqsa pastki jag‘ning harakatida og‘riq kuchayadi. Bemor iyagi sohasi bilan
yiqilganda tashqi eshituv yo‘lining old devori jarohatlanishi mumkin.
Tashqi eshituv yo‘lining yuqori devori ikki suyak plastinkasidan tuzilgan.
Yuqori plastinka kalla o‘rta chuqurchasining tubini hosil qilishda ishtirok etsa,
pastki plastinkasi – attik ning tashki devori hisoblanadi. Jarroxlik amali paytida
nog‘ora usti bo‘shlig‘i shu devor orqali ochiladi. Kalla suyagi asosi shu sohada
singanda tashqi eshituv yo‘lidan qon va miya suyuqligining oqishi kuzatiladi.
Tashqi eshituv yo‘lining orqa devori so‘rg‘ichsimon o‘siqning old devorini
tashkil qiladi. Klinik ahamiyati shundaki, tashqi eshituv yo‘li orqa-yuqori
devorining qizarishi va osilib turishi so‘rg‘ichsimson o‘simta kataklarining
yallig‘lanishidan darak beradi.Uning asosidan yuz asab tolasining (YII juft) pastki
shoxchasi (tushuvchi tizzasi) o‘tadi.
Tashqi eshituv yo‘lining pastki devori uni quloq oldi so‘lak bezidan ajratib
turadi. Suyak qismida pastki devor yuqori devorga nisbatan 4-5 mm uzunroq
bo‘ladi.
Nog‘ora parda (membrana tympani) qalinligi 0,1 mm, bo‘yi 10 mm, eni 8 - 9
mm, cathi 55-60 mm2 bo‘lgan juda yupqa oval tuzilma bo‘lib, tashqi quloqni o‘rta
quloqdan ajratib turadi. Tashqi eshituv yo‘lining o‘qiga nisbatan bolalarda nog‘ora
parda 300 o‘tkir burchak (kattalarda 450) hosil qilib joylashadi. Bundan tashqari
nog‘ora parda ichkariga qadahsimon botgan bo‘lib, eng chuqur joyi kindik (umbo)
deb ataladi (3,4-rasmlar). Nog‘ora parda tolali-tog‘ay nog‘ora halqasi (annulus
fibrocartilagineus) ichida joylashadi, ammo yuqori qismida bu halqa yo‘qligi
tufayli u nog‘ora o‘ymasida (incisura tympanica, yoki incisura Rivinus) bevosita
chakka suyagining tangachasimon qismiga birikadi. Nog‘ora o‘ymasi sohasidagi
kichik maydon bo‘shashgan qismi yoki Shrapnell membranasi (pars flaccida, s.
membrana Shrapnelli) deb ataladi.
Nog‘ora parda 3 qavatdan; tashqi - teri, ya’ni epidermal qavati, tashqi eshituv
yo‘lining bezlardan holi terisining davomi hisoblanadi, ichki - epitelial shilliq
qavati nog‘ora bo‘shlig‘i shilliq pardasining davomi hisoblanadi va o‘rta - radial
va sirkulyar fibroz tolalardan tashkil topgan biriktiruvchi to‘qima qavatidan iborat.
3- rasm. O‘ng va chap nog‘ora pardalar
4-rasm. Nog‘ora
parda 1-nog‘ora
pardaning salqi
qismi; 2-
Bolg‘acha
dastasi
radial
hamda
sirkulyar
tolalar
yordamida
nog‘ora pardaning ichki va o‘rta qavatiga zich birikadi. Bolg‘acha dastasining
pastki uchi nog‘ora parda o‘rtasidan pastroqda chuqurlik – nog‘ora parda kindigini
(umbo membranae tympani) hosil qiladi. Keyin bolg‘acha dastasi yuqoriga va
biroz oldinga davom etib, yuqori qismida tashqaridan ko‘zga ko‘rinadigan kalta
o‘siqni hosil qiladi, undan oldinga va orqaga old va orqa bolg‘acha burmalari
(plica malleolis anterior et posterior) joylashgan.
Otoskopiyada sun’iy yorug‘likda nog‘ora parda yaltiroq-kulrang bo‘lib
ko‘rinadi. Unda quyidagi “bilish” nuqtalar tafovut qilinadi: bolg‘acha dastasi, kalta
o‘siq, old va orqa bolg‘acha burmalari, kindik, yorug‘lik konusi.
Yorug‘lik konusi nog‘ora parda yuziga tushgan yorug‘lik aksi tufayli hosil
bo‘ladi va old-pastki qismida joylashgan teng tomonlama yaltiroq uchburchak
shaklida namoyon bo‘ladi.
Nog‘ora parda shartli ikkita bir-biriga perpendikulyar o‘tkazilgan xayoliy
chiziqlar yordamida 4 ta kvadrantlarga bo‘linadi. Chiziqlarning biri bolg‘acha
dastasi bo‘ylab nog‘ora pardaning pastki chetiga, ikkinchisi - unga perpendikulyar
holda kindikdan o‘tkaziladi, natijada nog‘ora pardada old-yuqori, old-pastki, orqa-
yuqori va orqa-pastki kvadrantlar hosil bo‘ladi (5-rasm). Nog‘ora bo‘shlig‘i ham
topografik joylashuvi, ham klinik ahamiyati bo‘yicha boshqa bo‘shliqlarga
nisbatan asosiy o‘rinni egallaydi.O‘rta quloq yopiq havoli tizimining havo
almashinuvini nog‘ora bo‘shilig‘ini burunhalqum bilan ulab turgan eshituv nayi
orqali ta’minlaydi.
Nog‘ora bo‘shlig‘i (cavum tympanica) nog‘ora parda va labirint orasida
joylashgan bo‘lib, to‘rt qirrali noto‘g‘ri kub shaklini eslatadi. Unda 6 ta devor
tafovut qilinadi:
bolg‘achaning kalta
o‘simtasi; 3-
bolg‘acha dastasi; 4-
yorug‘lik konusi; 5-
nog‘ora pardaning
taranglashgan qismi.
- tashqi va ichki;
- yuqori va pastki;
- old va orqa.
Nog‘ora bo‘shlig‘ining hajmi 0,75-1,0sm3 , vertikal va old-orqa o‘lchami 15
mm, ko‘ndalang o‘lchami 2-6 mm teng. Bundan tashqari, nog‘ora bo‘shlig‘i shartli
ravishda yuqori - attik (epitympanum), o‘rta - (mesotumpanum) va pastki
(hipotympanum) bo‘limlarga bo‘linadi.
Nog‘ora
bo‘shlig‘ining
tashqi
devorini
nog‘ora
parda
hosil
qilib,
u
tashqi
quloqni
o‘rta
quloqdan
ajratib turadi.
Nog‘ora
bo‘shlig‘ining
yuqori
bo‘limi-
nog‘ora
usti
chuqurligi,
attik
yoki epitimpanum
nog‘ora
parda
tarang qismining
yuqori
chetidan
teparoqda
joylashgan. Uning
tashqi
devorini
tashqi eshituv yo‘li yuqori devorining suyak plastinkasi va nog‘ora pardaning salqi
qismi hosil qiladi. Nog‘ora bo‘shlig‘ining yuqori qismida bolg‘acha va sandoncha
5-rasm.
Nog‘ora
pardadagi
bilish
nuqtalarning
sxematik
tasviri.
1-taranglashgan qismi; 2-
orqa
burma;
3-
bolg‘achaning
kalta
o‘simtasi; 4-salqi qismi; 5-
old burma; 6-bolg‘acha
dastasi;
7-kindik;
8-
yorug‘lik konusi; Ciniq
chiziq
bilan
nog‘ora
pardani to‘rt kvadratlarga
bo‘linishi ko‘rsatilgan: a-
orqa yuqori; b-old yuqori
;
v-old
pastki;
g-orqa
pastki.
tanalarini biriktiruvchi bo‘g‘im joylashgan bo‘lib, bo‘shliqni ichki va tashqi
bo‘limlarga bo‘ladi. Nog‘ora usti chuqurligi tashqi bo‘limining pastki qismida,
nog‘ora pardaning tarang qismi va bolg‘acha bo‘yinchasi orasida nog‘ora
pardaning yuqori chuqurchasi yoki Prussak cho‘ntagi joylashgan. Bu tor bo‘shliq
hamda undan pastda va tashqarida joylashgan nog‘ora pardaning old va orqa
chuqurliklari (old va orka Trelch cho‘ntaklari) surunkali epitimpanitda
bajariladigan jarrohlik amalida klinik ahamiyatga ega. Kasallikning qaytalanishini
oldini olish maqsadida jarrohlik amali paytida bu cho‘ntaklar albatta ko‘zdan
kechirilishi lozim.
Nog‘ora bo‘shlig‘ining o‘rta qismi - mezotimpanum (mesotympanum)- eng
katta bo‘lim bo‘lib, nog‘ora parda tarang qismining joylashuviga mos keladi.
Pastki bo‘limi - gipotimpanum (hypotympanum)- nog‘ora pardaning pastki
birikish joyida joylashgan chuqurcha hisoblanadi.
Nog‘ora bo‘shlig‘ining yuqori devori yoki tomi (tegmen tympani) qalinligi 1 -
6 mm gacha bo‘lgan yupqa suyak plastinkasidan iborat bo‘lib, nog‘ora bo‘shlig‘ini
kalla suyagining o‘rta chuqurchasidan ajratib turadi. Suyak plastinkada suyak
nuqsonlari (degissensiyalar) mavjudligi tufayli kalla suyagi o‘rta chuqurchasining
bosh miya qattiq pardasi bevosita nog‘ora bo‘shlig‘ining shilliq pardasiga tegib
turadi, shuning uchun o‘rta quloqdagi yallig‘lanish jarayoni bosh miya to‘qimasiga
tarqalishi va kalla ichi asoratlarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Yosh bolalarda chakka suyagining toshsimon va tangachasimon qismlarining
chegarasida nog‘ora bo‘shlig‘ining tomi sohasida bitmagan toshtangachasimon
tirqish (fossa retrosquamosa) mavjud bo‘lib, undan qon tomirlar to‘plami bilan
birga biriktiruvchi to‘qima to‘plami o‘tadi va infeksiyaning tarqalish yo‘li bo‘lib
xizmat qilishi mumkin. Shuning uchun yosh bolalarda o‘tkir yiringli o‘rta otitda
qattiq miya pardasi ta’sirlanishi natijasida meningizm belgilari yuzaga kelishi
mumkin. Keyinchalik bu tirqishning o‘rnida toshtangachasimon chok - sutura
petrosquamosa shakllanadi. Ba’zan chakka suyagining ichki yuzasida tirqish
qoldiqlari saqlanib qolganligi natijasida katta kishilarda rivojlangan mastoidit
kasalligida suyak to‘qimasi ostida yiring to‘planishi mumkin.
Nog‘ora bo‘shlig‘ining pastki, bo‘yinturuq devori (pars jugularis) yoki
nog‘ora bo‘shlig‘ining tubi uning ostida yotgan ichki bo‘yinturuq venaning yuqori
piyozchasi (bulbus venae jugularis) bilan chegaralangan. Bo‘shliq tubi nog‘ora
parda chetidan 2,5-3 mm pastroqda joylashgan. Ba’zan bu devorda suyak
nuqsonlari - degissensiyalari bo‘lib, vena piyozchasi nog‘ora bo‘shlig‘i ichiga
bo‘rtib turadi. Shuning uchun o‘rta quloqdagi yallig‘lanish jarayoni bo‘yinturuq
venaga tarqalib, septikopiemiya asoratini rivojlanishiga yoki parasentez paytida
vena piyozchasi jarohatlanib, quloqdan kuchli qon oqishiga sabab bo‘lishi
mumkin.
Nog‘ora bo‘shlig‘ining old devori, eshituv nayi va uyqu arteriyasi devori
(pars tubaria, s.caroticus). Bu devorning yuqori qismini ikki teshik egallagan
bo‘lib, ularning kattasi - eshituv nayining ichki teshigi (ostium tympanicum tubae
auditivae), kichigi - uning ustida joylashgan nog‘ora pardani taranglashtiruvchi
mushak yarim doira kanalidir.
Pastki qismida nog‘ora bo‘shlig‘ining old devori yupqa suyak plastinkasidan
tashkil topgan bo‘lib, nog‘ora bo‘shlig‘ini ichki uyqu arteriyasi kanalidan ajratib
turadi. Qon tomirlar va asab tolalari bu devordagi kichik teshikchalar orqali
nog‘ora bo‘shlig‘iga kiradi. Ba’zan yallig‘lanish jarayoni nog‘ora bo‘shlig‘idan
uyqu arteriyasining suyak devoriga tarqalishi yoki arteriya devori parasentez
paytida jarohatlanib, kuchli qon oqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Nog‘ora bo‘shlig‘ining orqa yoki so‘rg‘ichsimon devori (pars mastoideus)
so‘rg‘ichsimon o‘siq bilan chegaralangan. Uning yuqori qismida keng yo‘l -
g‘orga kirish yo‘li (aditus ad antrum) joylashgan. Bu yo‘l nog‘ora bo‘shlig‘ining
tomini, ya’ni attikni so‘rg‘ichsimon o‘siq g‘ori bilan (antrum mastoideum), ya’ni
so‘rg‘ichsimon o‘siqning doimiy katakchasi bilan bog‘lab turadi. G‘orga kirish
joyidan pastda, dahliz darchasining pastki cheti sathida, orqa devorda o‘z ichiga
uzangi mushagini joylashtirgan piramida tepaligi (eminentia pyramidalis)
joylashgan. Uzangi mushagining payi tepalik cho‘qqisidan boshlanib, uzangi
boshchasida tugaydi. Piramida tepaligining tashqi tomonida kichik teshik bo‘lib,
undan nog‘ora tori –horda tympani chiqadi.
Nog‘ora
bo‘shlig‘ining
tashqi,
ya’ni
nog‘ora
parda
devori
(pars
membranaceus) yuqorida nog‘ora parda va attikning yuqori-tashqi devori, pastda -
tashqi eshituv yo‘lining pastki devoridan hosil bo‘lgan. Nog‘ora pardadan
yuqorida tashqi devorni eni 3-6 mm bo‘lgan tashqi eshituv yo‘lining yuqori devor
plastinkasi tashkil qiladi. Shu plastinkaning pastki chetiga, ya’ni nog‘ora uymasiga
(incisura tympanica) nog‘ora parda birikadi (6-rasm).
Nog‘ora bo‘shlig‘ining ichki (labirint) devori (paries labyrinthicus) o‘rta
quloqni ichki quloqdan, ya’ni labirintdan ajratib turadi. Ichki devorning markaziy
bo‘limida chig‘anoq asosiy gajagining tashqi devori hosil qilgan tepalik
(promontorium) joylashgan. Tepalikning yuzida nog‘ora chigali (plexus
tympanicis) bor.
6-rasm. Nog‘ora bo‘shlig‘ining
tashqi devori
1. attik;
2. bolg‘acha boylami;
3. bolg‘acha dastasi;
4.
nog‘ora
pardaning
taranglashgan qismi;
5. eshituv nayi;
6. ichki uyqu arteriyasining old
devori;
7. bo‘yinturuq vena piyozchasi;
8. yuz asab tolasi;
9. nog‘ora payi;
10. so‘rg‘ichsimon o‘siq g‘ori;
11. bolg‘acha kallachasi.
Nog‘ora chigalini quyidagi asab tolalari hosil qiladi:
1) tilhalqum asab tolasining shoxchasi bo‘lgan nog‘ora asab tolasi (n.tympanicis),
2) uch shoxli asab tolasi (n.trygeminis),
3) yuz asab tolasi (n.facialis)
4) ichki uyqu chigalining (plexus carotis internus) simpatik tolalari. Tepalikning
yuqori-orqa qismida uzangicha asosi (basis stapedis) bilan yopilgan dahlizning oval
darchasi (fenistra vestibuli), orqa-pastki qismida ikkilamchi nog‘ora parda
(membrana tympani secundaria) bilan yopilgan aylana teshik –chig‘anoq darchasi
(fenistra sochleae) joylashgan. Chig‘anoq darcha nog‘ora bo‘shlig‘ining orqa
devoriga qaragan bo‘lib, qisman promontorium tepaligining orqa-pastki bo‘rtig‘i
bilan yopilgan.
Bevosita oval darcha ustida fallopiy suyak kanali joylashgan bo‘lib, ichidan
yuz asab tolasining gorizontal shoxchasi o‘tadi. Bu kanal devori juda yupqa va
ba’zan tirqishlarga ega bo‘lganligi cababli o‘rta quloqdagi patologik jarayon
7-rasm. Nog‘ora
bo‘shlig‘ining ichki
devori va eshituv nayi
1- cho‘qqi; 2-dahliz
darchasida
joylashgan
uzangicha; 3-
chig‘anoq darchasi;
4-yuz asab tolasining
birinchi tizzasi; 5-
lateral (gorizontal)
yarim doira kanal
ampulasi; nog‘ora
tori; 7-uzangicha asab
tolasi
yuz asab tolasiga tarqalib,yuz asab tolasi nevritini rivojlanishiga sabab bo‘lishi
mumkin.Kanalning yuqori-orqa tomonida tashqi (gorizontal) yarim doira kanal
ampulasining bo‘rtig‘i joylashgan. Oval darcha ustida nog‘ora pardani
taranglashtiruvchi mushak yarim kanali o‘tadi (7-rasm).
Nog‘ora bo‘shlig‘ining shilliq pardasi burun-halqum shilliq pardasining
davomi hisoblanadi. U nog‘ora bo‘shlig‘i devorlarini va eshituv suyakchalarini
qoplab, bir vaqtning o‘zida periost (mukoperiost) vazifasini ham bajaradi. Nog‘ora
bo‘shlig‘ida u bir nechta burma va cho‘ntaklar hosil qilib,nog‘ora bo‘shlig‘ining
o‘rta va yuqori qavatlarini bir-biridan ajratib turadi. Shilliq parda burmalari va
suyak tuzilmalar nog‘ora bo‘shlig‘i cho‘ntaklarini yoki sinuslarini hosil qilishda
qatnashadi, bu esa surunkali o‘rta otitlarni rivojlanishida klinik ahamiyatga ega.
Nog‘ora sinusi piramida tepaligining ostida joylashib, ichki bo‘yinturuk venaning
yuqori piyozchasiga va chig‘anoq darchasigacha davom etadi. Yuz sinusi ichki
tomondan yuz asab tolasi kanali, orqadan piramida tepaligi va oldindan
promontorium tepaligi bilan chegaralangan.
O‘rta quloq shilliq pardasini qoplagan epiteliy qavati burunhalqum epiteliy
qavatining o‘zgargan shakli bo‘lib, eshituv nayi timpanal teshigi sohasida u 2-3
qatorli silindrik hilpillovchi epiteliydan iborat (epiteliy tuklari eshituv nayining
timpanal teshigidan burun-halqum tomon harakatlanadi). Epiteliy qavatida
qadahsimon hujayralar soni kam bo‘ladi. Bu maydondan uzoqlashgan sari nog‘ora
bo‘shlig‘ining shilliq pardasi bir qavatli kubsimon, orqa bo‘limlarda bir qavatli
yassi epiteliy bilan qoplangan bo‘ladi; mezotimpanum va epitimpanumning orqa
qismida hilpillovchi epiteliy hujayralari ko‘p uchraydi. Promontoriy tepaligi sohasi
shilliq pardasida shilliq ishlab chiqaruvchi va shilliq ishlab chiqarmaydigan
silindrik hujayralardan,kam miqdorda - hilpillovchi va undan ham kam miqdorda -
qadaxsimon hujayralardan tashkil topgan.
Nog‘ora bo‘shlig‘ida 3 ta eshituv suyakchalari va 2 ta ularga aloqador
mushaklar joylashgan. Eshituv suyakchalariga bolg‘acha (malleus), sandoncha
(incus) va uzangicha (stapes) kiradi. Ular bo‘g‘imlar orqali bir-biri bilan zanjirga
o‘xshab bog‘langan. Eshituv suyakchalari tovush to‘lqinlarini kuchaytirib,eshituv
mushaklari yordamida dahliz darchasiga yetkazadi (8-rasm).
1.Bolg‘achaning
dastasi
nog‘ora
pardaning
fibroz
qavatiga
birikadi.
Bolg‘achaning dastasi, bo‘yinchasi va kallachasi hamda old va tashqi o‘siqlari
tafovut qilinadi. Bolg‘achaning dastasi va kalta o‘sig‘i otoskopiyada ko‘zga
ko‘rinadi. Bolg‘achaning og‘irligi 30mg.
2. Sandoncha tanasi, kalta va uzun oyoqchalardan
tuzilgan; kalta oyoqchasi g‘orga kirish joyida
joylashgan bo‘lsa, uzun oyoqchasi orqali uzangi
kallachasi
bilan
bo‘g‘im
hosil
qiladi.
Sandonchaning
og‘irligi
27
mg.
Bolg‘acha
kallachasi,
bo‘yni
va
sandonchaning
tanasi
epitimpanumda joylashgan. Nog‘ora pardaning
keng yuzasidan uzangining tor sathiga to‘plangan
tovush
to‘lqinlari
ancha
kuchaygan
bo‘ladi
(taxminan 25-30 barobar).
3.Uzangichada kallachasi,ikki oyoqchasi va
asosi tafovut qilinadi.Uning og‘irligi 2,5 mg, asosining sathi - 3-3,5 mm2 ga
teng.Uzangichaning asosi aylana boylam (lig.annulare) yordamida dahliz
darchasining chetiga birikadi. Boylam yetarlicha elastik bo‘lganligi tufayli
uzangicha asosining old bo‘limlari ancha harakatchan bo‘ladi.
O‘rta quloq mushaklariga nog‘ora pardani taranglashtiruvchi (m.tensor
tympani) va uzangicha (m.stapedius) mushaklar kiradi. Bu mushaklar eshituv
suyakchalarining harakatini ta’minlab, ma’lum darajada tovushni o‘tkazish
jarayonida qatnashadi. Bundan tashqari, ular akkomodatsiya va himoya faoliyatini
bajaradi, ya’ni tovushning kuchiga qarab nog‘ora pardani tarangligini
o‘zgartirib,labirintni kuchli tovush to‘lqinlaridan himoya qiladi.
1) Nog‘ora pardani taranglashtiruvchi mushakning payi bolg‘acha bo‘yinchasiga
birikadi. Bu mushak eshituv nayining nog‘ora teshigi ustida joylashgan suyak
yarim doira kanalidan boshlanadi. Mushak payi avval oldindan orqa tomon
8-rasm. Eshituv
suyakchalari
1-uzangicha;2-
sandoncha;3-bolg‘acha;
yo‘nalishda boradi, keyin to‘g‘ri burchak ostida chig‘anoq o‘sig‘ini egib, tashqi
yo‘nalishda nog‘ora bo‘shlig‘ini kesib o‘tadi, shundan so‘ng bolg‘achaga birikadi.
Bu mushak innervatsiyasini pastki jag‘ asab tolasi (uch shoxli asab tolasining
shoxchasi) ta’minlaydi.
2) Uzangicha mushagi piramida tepaligining suyak qinida joylashgan bo‘lib, uning
payi tepalik cho‘qqisidagi teshikdan chiqib, kalta poya shaklida oldinga boradi va
uzangichaga birikadi. Bu mushak innervatsiyasini yuz asab tolasi shoxchasi -
uzangicha asab tolasi (n.stapedius) ta’minlaydi.
Eshituv (Yevstaxiy) nayi ( tuba auditiva) o‘rta quloqni burunhalqum orqali
tashqi muhit bilan bog‘lab turadi. Uning uzunligi kattalarda 3,5 sm, chaqaloqlarda
- 2 sm ga teng. Eshituv nayi o‘rta quloqdagi havo bosimini tashqi atmosfera bosimi
bilan tenglashtirib turadi (barofunksiya), ya’ni havoni almashtirish vazifasini
bajaradi.
Eshituv nayi uning 1/3 kismini egallagan kalta suyak (pars ossea) va 2/3 qismini
egallagan uzun tog‘ay (pars membranacea cartilaginea) qismlardan tuzilgan. Bu
qismlar birlashib pastga yo‘nalgan o‘tmas burchak hosil qiladi. Tog‘ay qismi suyak
qismiga o‘tish joyida eshituv nayining eng tor joyi - bo‘yinchasi (isthmus)
joylashgan bo‘lib, uning diametri 1-1,5 mm ga teng. Eshituv nayining nog‘ora
teshigi (diametri 4-5 mm) nog‘ora bo‘shlig‘i old devorining yuqori qismida,
halqum
teshigi
-undan
1-2,5
sm
pastrokda
joylashib,
pastki
burun
chig‘anoqlarining orqa uchi sathida burunhalqumning tashqi devoriga ochiladi.
Halqum teshigi sohasida limfoid to‘qima to‘plami - nay murtagi (tonsilla tubaria)
joylashgan.
Bolalarda eshituv nayi kalta, keng va biroz gorizontal joylashgan bo‘ladi. Shu
sababli yosh bolalarda sut, so‘lak va boshqa suyuqliklar eshituv nayi orqali nog‘ora
bo‘shlig‘i ichiga kirishi va o‘rta quloqning yallig‘lanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Eshituv nayining shilliq pardasi hilpillovchi silindrik epiteliy bilan qoplangan
bo‘lib,tuklar o‘rta quloqdan halqum tomonga harakatlanadi. Tinch holatda eshituv
nayi tog‘ay qismining devorlari bir-biriga tegib turadi, shuning uchun uning yorig‘i
odatda yopiq holatda bo‘ladi. Eshituv nayining yorig‘i yutinganda, chaynaganda,
esnaganda ochiladi. Uning ochilishi yumshoq tanglayni taranglashtiruvchi (m.
tensor veli palatini) va ko‘taruvchi (m. levator veli palatini) mushaklarning
qisqarishi natijasida sodir bo‘ladi, chunki ularning tolalari eshituv nayi tog‘ay
qismining devoriga zich yopishgan bo‘ladi. Eshituv nayining o‘tkazuvchanligi
buzilganda o‘rta quloqda turli patologik jarayonlar yuzaga kelishi mumkin. Shu
sababdan bemorlarda eshituv nayi o‘tkazuvchanligini tiklash muhim ahamiyatga
ega.
So‘rg‘ichsimon o‘siq (processus mastoideus) o‘rta quloqning orqa qismida
joylashgan. U qalin suyak to‘qimasi va ko‘pgina havoli katakchalardan iborat
bo‘lib, barcha katakchalar so‘rg‘ichsimon o‘siq g‘ori (antrum mastoideum) va
g‘orga kirish joyi (aditus ad antrum) orqali nog‘ora bo‘shlig‘ining yuqori-orqa
qismiga ochiladi. Chaqaloqlarda so‘rg‘ichsimon o‘siq yaxshi rivojlanmagan bo‘lib,
faqat bitta bo‘shliqdan - so‘rg‘ichsimon o‘siq g‘oridan (antrum) iborat. O‘sikning
shakllanishi 2 yoshdan boshlanib, 6-7 yoshda tugaydi.
So‘rg‘ichsimon o‘siq cho‘qqisi pastga qaragan konusni eslatadi. Chig‘anoq
o‘sig‘ining davomi bo‘lgan va kalla suyagi o‘rta chuqurchasining tubiga to‘g‘ri
kelgan chakka chizig‘i (linea temporalis) uning yuqori chegarasi bo‘lib xizmat
qiladi. So‘rg‘ichsimon o‘siqning old chegarasi – tashqi eshituv yo‘lining orqa
devori bo‘lib, uning orqa-yuqori chetida bo‘rtish – spina suprameatum (spina
Henlae) bor. Bu bo‘rtish suyak yuzasidan 2-2,5 sm chuqurlikda joylashgan
g‘orning joylashuviga mos keladi.
So‘rg‘ichsimon o‘siq g‘ori - aylana shakldagi havoli katakcha bo‘lib, shakli va
tuzilishidan qat’iy nazar so‘rg‘ichsimon o‘siqda 100 % hollarda mavjud bo‘ladi va
quloqda bajariladigan barcha jarrohlik amallarida ishonchli anatomik tuzilma -
mo‘ljal bo‘lib xizmat qiladi.
Yosh bolalarda so‘rg‘ichsimon o‘siq g‘ori tashqi eshituv yo‘lidan yuqoriroqda
va ancha yuzaki (2-4 mm chuqurlikda) joylashadi,bola
o‘sgan sari u asta-sekin orqaga va pastga siljiydi (9-
rasm). G‘or tomini (teg men antri) hosil qilgan suyak
plastinka uni kalla o‘rta chuqurchasining qattiq
pardasidan ajratib turadi.
Tuzilishi
bo‘yicha
me’yorda
so‘rg‘ichsimon
o‘siqning havoli, diploetik va aralash, patologiyada-
sklerotik turlari tafovut qilinadi.
Pnevmatik so‘rg‘ichsimon o‘siqda havoli katakchalar
uning deyarli barcha maydonini to‘ldirib, hatto chakka
suyagining tangachasimon qismiga, chig‘anoq o‘sig‘i va piramidaga ham tarqalishi
mumkin. Odatda g‘or atrofida joylashgan kichik katakchalar, uzoqroqda
joylashgan - yirik katakchalar (ba’zan, cho‘qqi katakchasi) tafovut qilinadi.
Diploetik (spongiozli) so‘rg‘ichsimon o‘siqda havoli katakchalar kam
bo‘lib,ular asosan g‘or atrofida to‘plangan va trabekulalar bilan chegaralangan
kichik bo‘shliqlardan iborat. Bunday xol qo‘pincha modda almashinuvining
buzilishi bor bolalarda uchraydi. Masalan, raxit va boshqa kasalliklarda.
Sklerotik (zich) so‘rg‘ichsimon o‘siq umumiy va mahalliy yallig‘lanishning
oqibati bo‘lib, bunda so‘rg‘ichsimon o‘siq zich suyak to‘qimasidan tuzilgan
bo‘ladi, unda havoli katakchalar soni juda kam yoki umuman bo‘lmaydi.
So‘rg‘ichsimon o‘siq katakchalari (cellulae mastoideae) hajmi va joylashuvi
bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. Bo‘sag‘a katakchalari - ular bevosita kortikal qavat ostida, asosan sigmasimon
sinus, yuz asab tolasining suyak kanali va antrum oralig‘ida joylashgan;
2. Cho‘qqi katakchalari so‘rg‘ichsimon o‘siq cho‘qqisida joylashgan;
3. Sinus atrofi (perisinuoz) katakchalari sigmasimon sinus atrofida joylashib,
kallaning orqa chuqurchasi oldida yotadi;
4. Ensa suyagi atrofi ( oksipital) katakchalari ensa suyagi tomonda joylashgan;
9-
rasm.So‘rg‘ichsimon
o‘siq
5. Yuz asab tolasi atrofi (perifassial) katakchalari yuz asab tolasi kanalining pastga
tushuvchi qismi sohasida joylashgan;
6. Antrum atrofi (periantral) katakchalari nog‘ora bo‘shlig‘i va antrumning tomida
joylashgan;
7. Chakka katakchalari tashqi eshituv yo‘lining yuqori orqa devorida joylashgan;
8. Burchak katakchalari piramida qirrasi bo‘ylab joylashgan;
9. Labirint atrofi (perilabirint katakchalari piramidada joylashib, labirintni o‘rab
oladi.
So‘rg‘ichsimon o‘siq g‘ori va katakchalari o‘rta quloq shilliq pardasining
davomi bo‘lgan shilliq parda bilan qoplangan, shuning uchun nog‘ora bo‘shliq
ichidagi patologik jarayon so‘rg‘ichsimon o‘siq katakchalariga oson tarqaladi.
So‘rg‘ichsimon o‘siqning ichki (orqa) yuzasida (kalla suyagining ichida)
sigmasimon sinus (sinus sigmoideus) - vena bo‘shlig‘i yotadi. U bosh miya qattiq
pardasining duplikaturasi bo‘lib, bosh miyadan vena qoni shu cinus orqali
bo‘yinturuq vena tizimiga qo‘yiladi. Nog‘ora bo‘shlig‘ining ostida sigmasimon
sinus kengayish, ya’ni ichki bo‘yinturuq vena piyozchasini hosil qiladi. Bu ichki
suyak plastinkasi (lamina vitrea) sigmasimon sinus va kalla suyagining orqa
chuqurchasini so‘rg‘ichsimon o‘siq kataklaridan ajratib turadi. O‘rta quloqdagi
yallig‘lanish jarayonlari suyak plastinkasini yemirib, sigmasimon sinusga tarqalishi
mumkin, cinus devori jarohatlanganda esa hayot uchun xavfli qon oqishi yuzaga
keladi. Ba’zan sigmasimon sinusni tashqi eshituv yo‘li orqa devoriga yakin yoki
yuzaki joylashganligi (lateropozitsiyasi) quloqda bajariladigan jarrohlik amali
paytida sinus devorini jarohatlanishiga sabab bo‘ladi.
Tegmen antri suyak plastinkasi so‘rg‘ichsimon o‘siq g‘orini kalla suyagining
o‘rta bosh miya chuqurchasi va bosh miya qattiq pardasidan ajratib turadi;
patologik jarayon suyak plastinkasini yemirganda yiring bosh miya pardalariga
tarqalishi mumkin.
So‘rg‘ichsimon o‘siq cho‘qqisining ichki yuzasida ikki qorinchali mushak
tolalari birikadigan chuqur so‘rg‘ichsimon egat (incisura mastoidea) bo‘lib, ba’zan
yiringli jarayon so‘rg‘ichsimon katakchalardan shu egat orqali bo‘yin
mushaklarining ostiga tarqalishi mumkin.
So‘rg‘ichsimon o‘siq sohasida muhim klinik ahamiyatga ega bo‘lgan Shipo
uchburchagi joylashgan, chunki so‘rg‘ichsimon o‘siq sohasida bajariladigan
barcha jarrohlik amallari aynan shu uchburchak sohasida bajariladi. Shipo
uchburchagi tepadan chakka chizig‘i bilan (xayolan o‘tkazilgan bu chiziq yonoq
yoyining davomi bo‘lib, kalla suyagi o‘rta chuqurchasi tubining sathiga to‘g‘ri
keladi – linea temporalis), old tomondan - tashqi eshituv yo‘lining orqa devoridan
chakka chizig‘iga xayolan o‘tkazilgan to‘g‘ri chiziq bilan (bu chiziq Fallopiy
kanali, uni ichida yotgan yuz asab tolasining chegarasi hisoblanadi), orqadan -
so‘rg‘ichsimon o‘siq cho‘qqisi o‘rtasidan chakka chizig‘iga xayolan o‘tkazilgan
vertikal chiziq (bissektrisa) bilan chegaralanadi. (Ushbu chiziq orqa tomondan
sigmasimon sinusning chegarasi hisoblanadi).
Ichki quloq (auris interna), ya’ni labirint juda murakkab tuzilgan. U suyakli
labirint kapsulasi va uning ichida joylashgan pardali labirintdan tuzilgan. Labirint
chakka suyagining toshsimon qismi ( pars piramida ) ichida joylashgan. Tashqi
tomonda u dahliz va chig‘anoq darchalari joylashgan nog‘ora bo‘shlig‘ining ichki
devori bo‘lib xizmat qiladi. Ichki tomonda labirint ichki eshituv yo‘li (meatus
acusticus interna) va dahliz suv oqavasi (aqueductus vestibuli) orqali kalla
suyagining orqa chuqurchasi bilan tutashadi. Dahliz suv oqavasida chig‘anoq suv
oqavasiga (aqueductus cochleae) – chig‘anoq naychasiga (canaliculus cochleae)
boruvchi endolimfatik yo‘l (ductus endolymphaticus) o‘tadi. Labirint miya
suyuqligiga o‘xshash suyuqlik bilan to‘lgan.
Bu suyuqlik pardali labirint ichida - endolimfa, suyakli labirint ichida –
perilimfa deb ataladi. Perilimfa va endolimfa fiziologik faoliyati jihatidan o‘zaro
bog‘liq bo‘lgan quloq labirintining gumoral tizimidir. Ular elektrolit tarkibi bilan
bir-biridan farq qiladi; endolimfada ko‘p mikdorda kaliy ionlari, kam mikdorda
natriy ionlari bo‘lsa, perilimfada buning aksi, ya’ni natriy ionlari ko‘proq bo‘ladi.
Perilimfa o‘z ionlar tarkibi bilan miya suyuqligi yoki qon zardobini eslatsa,
endolimfa - hujayra ichi suyuqligiga o‘xshaydi.
Suyakli labirint 3 bo‘limdan tashkil topgan (10-rasm):
- old bo‘lim - chig‘anoq (cochlea);
- o‘rta bo‘lim - dahliz ( vestibulum);
- orqa bo‘lim - yarim doira kanallar ( canalis semicircularis).
Chig‘anoq (cochlea ) - bu o‘z o‘qi ( modiolus) atrofida 2,5 marta aylanib,
tepada cho‘qqi hosil qilgan spiral shaklidagi suyakli naydir. Suyak o‘qidan kanal
ichiga spiral suyak plastinkasi ( lamina spiralis ossea) kiradi. Kesimda chig‘anoq
yassi konus shakliga ega (konus asosining eni 9 mm, buyi 5 mm, spiral shaklidagi
suyakli nayning uzunligi 32 mm ga teng). Spiral suyak plastinkasining davomi
bo‘lgan pardali bazillyar plastinka va dahliz (reyssner) membranasi (mumbrana
vestibulatis) chig‘anoq ichida mustaqil nayni - chig‘anoq yo‘lini (ductus
endolymphaticus) hosil qiladi. Uning tashki devori qon tomirlarga boy bu yerda 3
qator xujayralar endolimfani ishlab chikaradi. Bu yo‘l chig‘anoq nayini yuqori va
pastki spiral narvonlarga bo‘ladi: nayning yuqori bo‘limi - dahliz narvoni (scala
vestibuli),pastki bo‘limi - nog‘ora narvoni (scala tym-pani) deb ataladi. Yuqori va
pastki narvonlar alohida-alohida joylashgan bo‘lib, ular faqat chig‘anoq
cho‘qqisidagi gelikotrema (helicotrema ) teshigi orqali bir-biri bilan tutashadi.
Dahliz narvoni oval darchaga, nog‘ora narvoni esa chig‘anoq darchasi (aylana
darcha) orqali nog‘ora bo‘shlig‘iga ochiladi. Nog‘ora narvonida chig‘anoq darchasi
yonida orqa miyaning to‘r pardasi bo‘shlig‘iga ochilib, chakka suyagi toshsimon
qismining
pastki
qiyasida
tugaydigan
chig‘anoq
suv
oqavasi
(ductus
endolymphaticus) o‘tadi. Spiral suyak plastinkasining asosi yonida suyak kanali
bo‘lib, unda eshituv asab tolasining birinchi bipolyar neyron hujayralariga ega
chig‘anoqning spiral tuguni (ganglion spirale cochleae) joylashgan.
Labirint dahlizi chig‘anoqning o‘rta qismidagi bo‘shliq bo‘lib, uning ichida 2
ta cho‘ntak bor: sferik cho‘ntak (recessus sphericus) va elleptik cho‘ntak (recessus
ellipticus). Chig‘anoqka yaqin turgan birinchi yarim doira kanallarga tutashgan
cho‘ntakda sferik (sacculus), ikkinchi cho‘ntakda - elliptik (utriculus) pardali
qopchalar joylashgan. Pardali qopchalar endolimfatik yo‘l orqali o‘zaro
bog‘langan. Dahlizning old qismi dahliz narvoni orqali chig‘anoq bilan, orqa qismi
- yarim doira kanallar bilan tutashadi.
Yarim doira kanallar 3 ta bo‘lib, ular o‘zaro perpendikulyar tekisliklarda
joylashgan:
1) tashqi yoki gorizontal kanal (canalis semicircularis lateralis);
2) old yoki frontal vertikal kanal (canalis semicircularis anterior);
3) orqa yoki sagital vertikal kanal (canalis semicircularis posterior).
Tashqi kanal 300 ostida gorizontal, old kanal - frontal, orqa kanal - sagital
tekisliklarda joylashadi. Har bir kanal kengaygan ampula oyoqchasiga va
dahlizning elliptik cho‘ntagiga qaragan silliq oyoqchasiga ega. Old va orqa vertikal
kanallarning silliq oyoqchalari birlashib, umumiy oyoqcha hosil qiladi. Shunday
qilib, yarim doira kanallar dahlizning elliptik cho‘ntagida beshta teshik orqali bir-
biri bilan bog‘lanadi. Tashqi kanalning suyak ampulasi so‘rg‘ichsimon o‘siq
g‘origa kirish joyiga yaqin joylashib, uning ichki devorini hosil qiladi.
Suyakli labirint tuzilmalari juda kichik. Masalan, chig‘anoqning cho‘qqisidan
asosigacha bo‘lgan masofa 28-30 mm, suyakli spiral plastinkaning eni 1 mm,
yarim doira kanallarning diametri 0,8-1,5 mm, uzunligi-12-18 mm ga teng.
Pardali labirint chig‘anok yo‘li, dahliz qopchalari va pardali yarim doira
kanallardan tuzilgan, ya’ni suyakli labirint shaklini takrorlaydi (11-rasm). U
endolimfa bilan to‘lgan yopiq endolimfatik bo‘shliq va yo‘llar tizimidan iborat.
Suyakli va pardali labirintlar orasida perilimfa bilan to‘lgan perilimfa bo‘shlig‘i
joylashgan. Pardali labirint biriktiruvchi to‘qima tolalari yordamida perilimfa
bo‘shlig‘i ichida osilib turadi. Perilimfa bo‘shlig‘i chig‘anoq suv oqavasi
(chig‘anoq kanalchasi - aqueductus sochlea) orqali bosh miya to‘r pardasi osti
bo‘shlig‘i bilan aloqa hosil kiladi. Endolimfa pardali labirintning yopiq tizimida
joylashib, bosh miya suyuqliklari bilan aloqa hosil qilmaydi.
Olimlarning fikricha, endolimfa qon tomirlar tasmasi (stria vascularis)
tomonidan ishlab chiqariladi, uning reabsorbsiyasi esa endolimfatik qopchada sodir
bo‘ladi. Endolimfani haddan tashqari ko‘p ishlab chiqarilishi labirint ichi
bosimining oshishiga olib kelishi mumkin.
Ichki quloqda 2 ta retseptor a’zolari joylashgan:
1) eshituv a’zosi. Bu a’zo chig‘anoq yo‘lida (ductus cochlearis) joylashgan;
2) muvozanatni saqlash a’zosi. Bu a’zo dahliz qopchalari (sacculus va utriculus)
va pardali yarim doira kanallarda jolashgan.
Chig‘anoq yo‘li (ductus cochlearis) aylanma spiral kanal bo‘lib, chig‘anoqning
ichida, dahliz va nog‘ora narvonlari orasida joylashgan. Ko‘ndalang kesimda u
uchburchak shakliga ega. Chig‘anoq yo‘lining devorlarini dahliz (Reyscner)
membranasi, nog‘ora (bazal) membranasi va suyakli chig‘anoqning tashqi devori
hosil kiladi. Dahliz narvoniga karagan chig‘anoq yo‘lining yuqori devori ikki qavat
yassi epiteliy hujayralaridan iborat yupqa dahliz (Reysner) membranasidan
tuzilgan. Chig‘anoq yo‘lining tubini bazilyar membrana hosil qiladi. Bu membrana
chig‘anoq yo‘lini nog‘ora narvonidan ajratib turadi. Spiral suyak plastinkasining
(lamina spiralis ossea) cheti bazilyar membrana orqali suyakli chig‘anoqning
qarama-qarshi devori bilan bog‘lanadi. Chig‘anoq yo‘lidagi bazillyar membranada
spiral boylam (lig. spirale) joylashgan bo‘lib, uning tashqari qismini qon
tomirlarga boy qon tomir tasmasi (stria vascularus) hosil kiladi. Bazilyar
membrana ko‘ndalang joylashgan elastik tolalardan iborat tuzilma bo‘lib, ko‘pgina
kapillyar qon tomirlar to‘riga ega. Elastik tolalarning uzunligi va qalinligi
chig‘anoqning asosiy gajjagidan cho‘qqisi tomon ortib boradi. Butun chig‘anoq
yo‘li bo‘ylab spiralsimon joylashgan bazillyar membranada spiral a’zo (Korti
a’zosi), ya’ni eshituv analizatorning periferik retseptori joylashgan.
Spiral a’zo (Korti a’zosi) ichki neyroepitelial, tashqi tukli, tirgak va
oziqlantiruvchi, Korti yoylarini hosil qiluvchi tashqi va ichki ustun hujayralardan
tuzilgan. Ichki ustun hujayralardan ichkarirokda bir kator ichki tukli xujayralar
(ularning soni 3500 yetadi); tashqi ustun hujayralardan tashqariroqda 20 000 yaqin
tashqi tukli hujayralar uch qator bo‘lib joylashgan. Tukli hujayralar chig‘anoq
spiral tuguni hujayralaridan tarqalgan periferik asab tolalari bilan sinapslar
yordamida bog‘lanadi. Spiral a’zoning tirgak hujayralari ushlab turish va
oziqlantirish vazifasini bajaradi. Spiral a’zoning sezgir hujayralari orasida epiteliy
ichi bo‘shliqlari bo‘lib, ular “kortilimfa” deb atalgan suyuqlik bilan to‘lgan.
Kimyoviy tarkibi bo‘yicha kortilimfa endolimfaga o‘xshasa-da, undan ancha farq
qiladi.
Korti a’zosining tukli hujayralari ustida elastik (tomsimon) membrana
(membrana tectoria) joylashgan. Bu membrana ham bazillyar membrana singari
spiral suyak plastinkasi chetidan boshlanadi. Uning tashqi cheti erkin bo‘lganligi
sababli bazillyar plastinka ustida osilib turadi. Elastik membrana ostida ham
kortilimfa suyuqligi oqadi. Elastik membrana uzunasiga va radial joylashgan
protofibrillalardan tuzilgan bo‘lib, uning ichiga tashqi tukli neyroepiteliy
hujayralarining tuklari tarqaladi. Hujayralar tuklarining uzunligi turlicha bo‘lib,
eng kalta tukli (130-135 mkm) hujayralar chig‘anoqning asosida joylashgan.
Chig‘anoqning asosidan chig‘anoq yo‘liga ko‘tarilgan sari hujayralar tuklarining
uzunligi asta-sekin oshib boradi. Eng uzun tukli (230-234 mkm) retseptor
hujayralari chig‘anoq yo‘lining cho‘qqisida joylashgan. Bazillyar plastinka
tebranganda tuklarning taranglashishi va qisilishi tufayli o‘zangicha va ichki quloq
suyuqliklari tebranishlarining mexanik energiyasi asab impulsiga aylanadi.
Spiral a’zoning har bir tukli hujayrasi faqat bitta asab tolasi bilan ta’minlangan
bo‘lib, bu asab tolasi qo‘shni hujayralarga tarmoqlanmaydi. Shuning uchun asab
tolasining degeneratsiyasi faqat unga tegishli hujayrani nobud bo‘lishiga olib
keladi.
Bundan tashqari, spiral a’zoning sezgir hujayralari afferent va efferent
innervatsiyaga ega bulib, u markazga intilgan va markazdan qochgan oqimni
amalga oshiradi. Agar ichki tukli hujayralarga afferent (markazga intilgan)
innervatsiyasining 95% to‘g‘ri kelsa, asosiy efferent (markazdan qochgan) oqim
esa, aksincha, tashqi tukli epiteliy tomon yo‘nalgan bo‘ladi.
Labirint dahlizida 2 pardali qopchalar - elleptik va sferik kopchalar joylashgan.
Otolit retseptorlari ikkala qopchaning ichki yuzasida joylashgan va neyroepiteliy
bilan qoplangan kichik tepachalardan iborat. Ular elliptik qopcha dog‘i (macula
utriculi) va sferik qopcha dog‘i (macula sacculi) deb ataladi. Otolit retseptor a’zosi
ham tayanch va sezuvchan hujayralardan tuzilgan.
Pardali yarim doira kanallar suyak yarim doira kanallar ichida joylashib,
ularning shaklini takrorlaydi, ya’ni ular ham ampula va silliq oyoqchalarga ega.
Pardali yarim doira kanallarning diametri suyakli yarim doira kanallar diametridan
kichikrok bo‘ladi (12-rasm). Pardali yarim doira kanal ampulasi ichida kichik
aylana bo‘rtish (crista ampullaris) bo‘lib, bu bo‘rtishda tuklari birlashib
“mo‘yqalam”(crista ampullaris) hosil qilgan tukli hujayralar joylashgan.
Burchakli tezlanish ta’sirida endolimfa yarim doira kanalning ampula oyoqchasi
yoki silliq oyoqchasi tomon siljib, neyroepiteliy hujayralarni qitiqlaydi, natijada
mexanik energiya asab impulsiga aylanadi. Shunday qilib, sezgir muvozanat
hujayralar 5 retseptor maydonlarida: uchta yarim doira kanallar ampulalarida –
bittadan, ikki dahliz qopchalarida - bittadan joylashgan. Dahliz va yarim doira
kanallar retseptorlarining har bitta sezgir hujayrasi bir nechta asab tolalari bilan
ta’minlangan, shuning uchun bitta asab tolasining zararlanishi hujayrani nobud
bo‘lishiga olib kelmaydi va boshqa sezgir hujayralarga zarar yetkazmaydi.
Tashqi quloqni tashqi uyqu arteriyasi qon bilan ta’minlaydi. Quloq suprasini
orqa quloq arteriyasi - a.auricularis posterior, uning old yuzasi pastki uch
qismini va qisman quloq solinchagini yuzaki chakka arteriyasi - a. temporalis
superficialis qon bilan ta’minlaydi. Qayd etilgan qon tomirlar va tashqi eshituv
yo‘li atrofida to‘r hosil qilgan yuqori jag‘ arteriyasining shoxchasi chuqur quloq
arteriyasi (a auricularis profunda) tashqi eshituv yo‘lining chuqur bo‘limlarini va
nog‘ora pardani qon bilan ta’minlaydi.
Tashqi quloqdan vena qoni oldinda orqa pastki jag‘ venasiga (v.
retromandibularis), orqada orqa quloq venasiga (v.auricularis posterior) quyiladi.
Limfa tashqi quloqdan quloq do‘mboqchasi oldida va tashqi eshituv yo‘lining
pastki devori ostida joylashgan limfa tugunlarga, keyin chuqur bo‘yin limfa
tugunlariga qo‘yiladi.
Tashqi quloq sezuvchanligini quyidagi asab tolalari ta’minlaydi:
1) n. auriculotemporalis - quloq-chakka asab tolasi ( uch shoxli asab tolasining
shoxchasi);
2) n.auricularis magnus (yuqori bo‘yin chigalining shoxchasi);
3) ramus auricularis n.vagus (sayyor asab tolasining quloq shoxchasi).
Uch shoxli asab tolasi asosan tashqi eshituv yo‘lining old yarmiga, sayyor asab
tolasi – orqa yarmiga tarmoqlanadi. Asab tolalarning bunday joylashuvi quyidagi
holatlarni izohlashga yordam beradi:
1) tashqi eshituv yo‘lining orqa devori quloq voronkasi bilan bosib ko‘zdan
kechirilganda yoki paxta bilan tozalanganda bemorda reflektor yo‘tal paydo
bo‘lishi kuzatiladi;
2) tashqi eshituv yo‘li orqa devorining chipqonida bemorda qulok og‘rigi, qusish,
ko‘ngil aynishi belgilari kuzatiladi;
3) tashki eshituv yo‘li old devorining chipqonida faqat og‘riq belgisi kuzatiladi.
Quloq suprasi mushaklarining harakat innervatsiyasini yuz asab tolasining
shoxchasi - orqa quloq asab tolasi (n. auricularis posterior) ta’minlaydi.
Nog‘ora pardaning tashqi quloq tomon qaragan yuzini chuqur quloq arteriyasi
(a.auricularis profunda), o‘rta quloq tomon karagan yuzini old nog‘ora arteriyasi
(a.tympanica anterior) qon bilan ta’minlaydi. Nog‘ora pardaning qon tomirlari 2 ta
to‘r hosil qilib joylashadi - tashqi va ichki qon tomir to‘rlari. Nog‘ora pardaning
tashqi va ichki yuzasining qon tomirlari o‘zaro anastomoz hosil qiladilar.
Me’yorda otoskopiyada nog‘ora pardada qon tomirlar ko‘rinmaydi, o‘tkir o‘rta otit
boshlanishi bilan ular yaqqol ko‘zga tashlana boshlaydi.
Nog‘ora pardadan vena qoni tashqi bo‘yinturuq venaga, ko‘ndalang sinusga va
o‘rtada joylashgan meningial venalarga, limfa suyuqligi esa quloq oldi, quloq orti
va orqa bo‘yin limfa tugunlariga quyiladi.
Nog‘ora
parda
innervatsiyasini
quloq
-
chakka
asab
tolasi
(n.
auriculotemporalis), sayyor asab tolasining quloq shoxchasi ( ramus auricularis
n.vagus) va nog‘ora asab tolasi (n.glosso-pharyngeusning shoxchasi) ta’minlaydi.
O‘rta quloqni asosan tashqi va qisman ichki uyqu arteriya tizimi qon bilan
ta’minlaydi.
Nog‘ora
bo‘shlig‘i
arteriyalariga
bigizso‘rg‘ichsimon
(a.stylomastoidea) va old nog‘ora arteriyalar (a.tympanica anterior) kiradi. Bu
arteriyalar o‘rta quloqni o‘rab olgan ichki yuqori jag‘ (a.maxilaris interna), ichki
uyqu arteriyalari (a.carotis interna) va boshqa arteriyalardan tarmoqlangan.
Epitimpanum maydonini, sandoncha va bolg‘achani nog‘ora va mandibulyar
arteriyasining shoxchasi qon bilan ta’minlasa, bigizso‘rg‘ichsimon arteriya (o‘rta
meningial arteriya bilan anastamoz hosil qilgan orqa quloq arteriyasining
shoxchasi) so‘rg‘ichsimon o‘siq katakchalarini, antrum va nog‘ora bo‘shlig‘ining
orqa bo‘limlarini qon bilan ta’minlaydi. Nog‘ora bo‘shlig‘ining tubini yuqoriga
ko‘tariluvchi halqum arteriyasining shoxchasi (u ham o‘rta meningial arteriya bilan
anastamoz hosil qiladi), uning old qismini - ichki uyqu arteriyasi qon bilan
ta’minlaydi.
O‘rta quloqdan vena qon tomirlari asosan qanotsimon (plexus pterigoideus) va
ichki uyqu vena chigallariga (plexus caroticus internus venosus), ichki
bo‘yinturuq venaning yuqori piyozchasiga (bulbus venae jugularis superior), o‘rta
meningeal (v. meningea media) va tashqi quloq vena qon tomirlariga qo‘yiladi.
Demak, o‘rta quloq atrofida joylashgan muhim anatomik tuzilmalar tufayli
quloqdagi infeksiya qon tomir yo‘llari orqali butun organizmga tarqalishi mumkin.
Masalan, septik infeksiyaning patogenezida bosh miya qattiq pardalarining
sinuslari muhim ahamiyatga ega.
Sagital sinus (sinus longitudinalis sagitalis superior) yuz venalari bilan
tutashgan joydan, ya’ni ko‘r teshikdan (foramen caecum) boshlanib, sagittal
yo‘nalishda ichki ensa tepaligigacha boradi, unga paralel holda falx cerebri da
sinus longitudinalis inferior joylashgan. Bu ikki sinuslar protuberantiae
occipitalis internae sohasida sinus rectus yordamida bir-biriga bog‘langan, uning
orqa chetigacha ko‘ndalang holda sinus transversus yotadi. U egilib chakka
suyagiga kiradi va shu joyda sinus petrosus superiorni o‘z ichiga oladi.
So‘rg‘ichsimon o‘siqning orqa ichki yuzasiga o‘tgan kundalang sinusning qismi
sigmasimon sinus (sinus sigmoi-deus) deb yuritiladi. Nog‘ora bo‘shlig‘i tubining
ostida sinus sigmoideus ning davomi bo‘lgan va ichki bo‘yinturuq venaga
qo‘yilgan bo‘yinturuq vena piyozchasi ( bulbus v. jugularis interna) joylashgan.
Bo‘yinturuq vena, o‘z navbatida, bo‘yin qon tomir to‘plamining tarkibiga kiradi.
Bo‘yinturuq vena piyozchasiga yaqin joyda piyozchani g‘orsimon sinus (sinus
cavernosus) bilan bog‘lab turuvchi pastki toshsimon sinus (sinus petrosus
inferior) joylashgan. Bu sinus ham bo‘yinturuq venaga qo‘yiladi.
Sinus sigmoideus kalla vena tizimining havzasi (kollektori) vazifasini bajaradi, u
nog‘ora bo‘shlig‘i venalarini o‘z ichiga olib, v. mastoidea orqali kalla ichi qon
tomirlarini tashqi qon tomirlar bilan bog‘lab turadi (v.mastoidea sinus mastoideus
ni v.jugularis externa ga qo‘yiladigan v.occipitalis bilan bog‘laydi).
Birinchidan kalla ichi venalari klapanlarga ega emas (kalla ichi vena qonini
qo‘shimcha chiqaruvchisi - v.mastoidea da ham klapanlar bo‘lmaydi); ikkinchidan
- ular ko‘pgina egriliklar hosil qiladi. Bu egriliklar qon oqimi tezligini kamaytirib,
sinustromboz kasalligini rivojlanishida muhim rol uynaydi.
O‘rta quloq shilliq pardasining innervatsiyasida nog‘ora, yuz, tilhalqum va uch
shoxli hamda simpatik asab tolalari ishtirok etadi. N.Jacobsoni tilhalqum asab
tolasining
(n.glossopharyngei)
pastki
tugunchasidan
boshlanib
nog‘ora
bo‘shlig‘iga kiradi. U mezotim-panum va eshituv nayi shiliq pardasining
sezuvchan innervatsiyasini ta’minlab,nog‘ora bo‘shlig‘ining ichki devorida plexus
tympanicus chigalini hosil qiladi.
Shilliq pardaning xemoretseptorlari bo‘yinturuq vena piyozchasi va promontoriy
devorida nog‘ora to‘ri bo‘ylab joylashib, o‘rta quloqning glomus tanachalarini
(yugulyar va timpanal) hosil qiladi.
So‘rg‘ichsimon o‘siqni tashqi uyqu arteriyasi shoxchasi bo‘lgan orqa quloq
arteriyasi (a. auricularis posterior) qon bilan ta’minlaydi, uning vena qoni - shu
nomli vena orqali tashqi bo‘yinturuq venaga (v. jugularis externa) qo‘yiladi.
So‘rg‘ichsimon o‘siqning innervatsiyasini bo‘yin chigalining sezuvchan asab
tolalari: quloqning katta asab tolasi (n . auricularis magnus) va kichik ensa asab
tolasi (n.occipitalis minor) ta’minlaydi.
Ichki quloqni bazilyar arteriyaning (a.basilaris) shoxchasi bo‘lgan ichki eshituv
arteriyasi (a.auditiva interna) qon bilan ta’minlaydi. Ichki eshituv yo‘lida u 3 ta
shoxchaga bo‘linadi:
1) dahliz shoxchasi (r. vestibularis),
2) dahliz-chig‘anoq shoxchasi (r. vestibulocochlearis),
3) chig‘anoq shoxchasi (r.cochlearis).
Labirintni qon bilan ta’minlanishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
1)
labirint arteriyalarining shoxchalari o‘rta quloq qon tomirlar tizimi bilan
anastomozlar hosil qilmaydi;
2) dahliz (Reyssner) membranasi kapillyarlarga ega emas;
3) cpiral a’zoning neyroepitelial tukli xujayralarga qon tomirlar yetib bormaydi;
ular labirint suyuqliklari (perilimfa,endolimfa,kortilimfa) va trofik hujayralardan
(Deyters xujayralari) oziqlanadi;
4) ampula (crista ampularis) va otolit retseptorlar ( utriculus va sacculus)
sohasida epiteliy osti kapillyar to‘ri neyroepiteliy hujayralarga bevosita tegib
turadi.
Ichki quloqdan vena qoni 3 ta yo‘l orqali chiqariladi:
- chig‘anoq suv oqavasi vena tomirlari (v.aquaeductus sochleae);
- dahliz suv oqavasi vena tomirlari (v. aquaeductus vestibuli);
- ichki eshituv yo‘li vena tomirlari.
Dahliz suv oqavasi vena tomirlari - sinus transversusga, chig‘anoq suv oqavasi
vena tomirlari - sinus petrosus inferiorga qo‘yiladi. Labirintning limfa yo‘llari
subdural va sub-araxnoidal bo‘shliqlar bilan aloqa hosil qiladi..
Spiral a’zoning tukli hujayralari spiral suyak plastinkasining asosida joylashgan
chig‘anoq spiral tuguni (gang. spirale cochleae) bipolyar hujayralarining periferik
tolalari bilan sinapslar hosil qiladi. Spiral tugunni bipolyar neyronlarining
markaziy tolalari esa dahlizchig‘anok (YIII) asab tolasining chig‘anok qismi
tolalaridir. Dahliz-chig‘anoq asab tolasi ichki eshituv yo‘lidan o‘tib, ko‘prik-
miyacha
burchagi
sohasida
ko‘prikka
kiradi.
IY
korinchaning
tubida
dahlizchig‘anoq asab tolasi 2 ga bo‘linadi: 1) dahliz (yuqori) va 2) chig‘anoq
(pastki) tarmoqlari.
Chig‘anoq tarmog‘ining tolalari uzunchoq miya rombsimon chuqurchasining
tashqi burchagida joylashgan old va orqa chig‘anoq o‘zaklari (nucl. cochlearis
ventralis et dorsalis) hujayralariga yetib boradi va shu joyda eshituv a’zosining I-
neyroni tugaydi. Old va orqa chig‘anoq o‘zaklaridan boshlangan II neyron
tolalarining kichik qismi o‘z tomonida,katta qismi - ko‘prikning qarama-qarshi
tomoniga o‘tib, yonbosh sirtmoq tarkibida oliva va trapesiyasimon tanachaga yetib
boradi. Shu joyda eshituv a’zosining II-neyroni tugaydi (13-rasm).
13- rasm. Eshituv a’zosi (sxemasi)
I.Tovushni o‘tkazish a’zosi (6): tashqi
quloq (1),o‘rta quloq (2) ichki quloqning
suyuq muhitlari (3).
II.Tovushni qabul qilish a’zosi (7): ichki
quloqning retseptor hujayralari - spiral
a’zo (3); labirint orti o‘tkazish yo‘lla-
ri(4): I- neyron spiral
tugunida, II- neyron uzunchoq miyaning
ventral va dorsal o‘zaklarida, III neyron
– yuqori olivaning o‘zaklari, IY neyron -
to‘rt
tepalik
o‘zaklari;
bosh
miya
kobig‘idagi maydon-bosh miya chakka
bo‘lagining
ko‘ndalang
(Geshlya)
egatidagi Brodman maydoni.
Eshituv a’zosining III- neyron tolalari tashqi sirtmoq tarkibida o‘rta miya tomi
plastinkasining o‘zaklarida, ya’ni to‘rt tepalikning pastki tepachalarida hamda
ichki tizzasimon tanachada tugaydi. Bu joydan boshlangan IY - neyron tolalari
karama-karshi tomondagi tolalar bilan yana bir bor qisman kesishib, bosh
miyaning chakka bo‘lagiga yetib boradi va bosh miya po‘stlog‘ida, asosan
ko‘ndalang chakka egatlarda (Geshle egatlari) joylashgan eshituv a’zosi zonasida
tugaydi. Demak, har bir chig‘anoq bosh miya bilan ikki tomonlama aloqa hosil
qiladi.
Eshituv a’zosining fiziologiyasi
Insonning eshitish qobiliyati murakkab jarayon bo‘lib, u tovush to‘lqinlarini
o‘tkazish, ularni asab impulsiga aylantirish va asab markazlariga yetkazish, tovush
informatsiyasini tahlil qilishdan iborat. Quloqda eshituv va muvozanat a’zolari
joylashgan bo‘lib, ularning har biri periferik retseptor bo‘limiga ega. Eshituv va
muvozanat retseptorlari mexanoretseptorlar guruhiga, eshituv analizatorining
sezuvchan elementlari esa ekstraretseptorlar guruhiga kiradi.
Eshituv a’zosining adekvat ko‘zg‘atuvchisi – bu tovush to‘lqini, ya’ni muhitning
mexanik tebranishidir. U gaz, suyuqlik va qattiq jismlarda tarqalib, eshituv a’zosi
tomonidan qabul qilinadi.Havoda tovush to‘lqinlarining tarqalish tezligi 332 m/s
bo‘lsa,suvda-1450 m/s ga teng. Tovush tushunchasi fiziologiya nuqtai nazardan
qaraganda eshituv retseptoriga ta’sir ko‘rsatib, unda ma’lum fiziologik
o‘zgarishlarga olib kelgan va tovush sifatida qabul qilingan mexanik
tebranishlardir.
Tovush sinusoidal (davriy) tebranishlar to‘lqini bo‘lib, grafik tasvirida tebranish
amplitudasi, fazasi, davri (fazaning 3600 o‘zgarishi) va to‘lqin uzunligi tafovut
qilinadi. Tovush to‘lqinining bir xil holatlari - zichlashgan yoki bo‘shashgan
maydonlari - tovush fazalari, tebranayotgan jismning o‘rta va eng chetki holatlari
o‘rtasidagi masofa – tovush amplitudasi, bir xil fazalar o‘rtasidagi masofa - to‘lqin
uzunligi deb ataladi. Tovushning balandligi uning tebranish tezligi (chastotasi)
bilan, ya’ni bir soniyadagi tebranishlar soni bilan o‘lchanadi va gers (Gs) birligida
ifodalanadi. Past chastotali (past tovushlar), o‘rta chastotali va yuqori-chastotali
(baland tovushlar) tovushlar tafovut etiladi. Past tovushlarda fazalar bir-biridan
uzoq joylashganligi uchun tovush to‘lqinlari uzun, baland tovushlarda fazalar bir-
biriga yaqin joylashganligi uchun tovush to‘lqinlari qisqa bo‘ladi.
Fazalar va to‘lqinlar uzunligi fiziologiyada muhim ahamiyatga ega. Masalan,
optimal eshitish qobiliyati uchun dahliz va chig‘anoq darchalariga yetib borgan
tovush to‘lqinlarining fazalari turlicha bo‘lishi kerak. Buni esa o‘rta quloqdagi
tovushni o‘tkazish tizimi ta’minlaydi. Qisqa to‘lqinli baland tovush chig‘anoq
asosida joylashgan kichik perilimfa maydonini tebratsa, uzun to‘lqinli past tovush
chig‘anoqning cho‘qqisigacha tarqaladi.
Tebranish harakatlarining xarakteri bo‘yicha quyidagi tonlar tafovut qilinadi:
- sof tonlar;
- murakkab tonlar;
- shovqinlar.
Garmonik (ritmik) sinusoidal tebranishlar sof, oddiy tovush tonini paydo qiladi
(masalan, kamerton tovushi). O‘z murakkab tuzilishi bilan sof tonlardan farq
qilgan aritmik tovushlar - shovqin deb ataladi. Shovkin ko‘pincha noxush sub’ektiv
hissiyotlarni uyg‘otadi.
Tovush to‘lqini to‘siqlarni aylanib o‘tishi - difraksiya, yo‘lida uchragan
to‘siqlardan aks etishi - aks sado, yopiq xonalarda turli jismlarga urilib, ko‘p marta
aks etishi – reverberatsiya, aks etgan tovush to‘lqinining birlamchi tovush to‘lqini
ustidan kelishi – interferensiya hodisalari deb nomlanadi. Tovush to‘lqini tashqi
eshituv yo‘lidan o‘tayotganda interferensiya hodisasi ro‘y berib, natijada tovush
to‘lqinining kuchi nisbatan ortadi.
Tebranayotgan bitta jismning tovush to‘lqinlari boshqa jism tebranishini
qo‘zg‘atishi – rezonans hodisasi deb ataladi. Rezonanslar o‘tkir va o‘tmas
rezonanslarga bo‘linadi. Rezonatorning tebranish davri ta’sir etilayotgan tovush
kuchining davriga mos kelgan xollarda - o‘tkir rezonans, mos kelmagan hollarda -
o‘tmas rezonans deb yuritiladi. O‘tkir rezonansda tebranishlar sekin, o‘tmas
rezonansda - tez so‘nadi. Quloq tuzilmalari tebranishining tez so‘nishi muhim
fiziologik ahamiyatga ega; shu tufayli inson yangi-yangi tovush to‘lqinlarini tez va
izchil qabul qilish kobiliyatiga ega.
Eshituv a’zosi quyidagi asosiy xususiyatlarga ega:
1-xususiyat. Insonning qulog‘i tovushning balandligini, jarangdorligini va
tembrini farqlash qobiliyatiga ega.
Inson qulog‘ining eshitish diapazoni 16 Gs dan 20 000 Gs ga teng. Bunday
hodisa tovush havo orqali tarqalganda kuzatilib, tovush chastotasi 20 000 Gs dan
oshganda quloqning havo orqali eshitish qobiliyati so‘nadi. Chastotasi 16 Gs dan
kam bo‘lgan tovushlar – infratovushlar, 20 000 Gs dan oshgan tovushlar -
ultratovushlar deb ataladi. Odatda inson qulog‘i infra- va ultratovushni eshitmaydi.
Tovush to‘lqinlari suyak to‘qimasi orqali tarqalganda esa inson qulog‘i 225 000
Gs, hatto undan ham yuqori chastotali ultratovushlarni xam qabul qilish imkoniga
ega.
Inson tomonidan qabul qilinadigan chastotalar diapazonlari bir nechta qismlarga
bo‘linadi: 500 Gs gacha - past chastotali (past tovushlar), 500 -3000 Gs - o‘rta
chastotali va 3000 - 8000 Gs tonlar – yuqori chastotali (baland tovushlar).
Ba’zan inson qulog‘i ma’lum darajada tovushning absolyut balandligini farqlash
qobiliyatiga ega (absolyut eshitish qobiliyati) bo‘ladi. Buyuk kompozitor Mosart
absolyut eshitish qobiliyati egasi edi.
2-xususiyat - eshituv a’zosi turli chastotali tovushlarni turlicha eshitadi.
Inson qulog‘i 1000 - 4000 Gs maydonidagi tovushlarga ayniqsa sezgir. Bular nutq
chastotalari bo‘lib, tovush chastotasi bu optimal maydondan ikki tomonga
uzoqlashganda insonning tovushlarni eshitish qobiliyati pasaya boradi. Ulg‘aygan
sari odamning eshitish qobiliyati asta-sekin yomonlashadi, optimal maydon past
chastotalar tomon siljiydi. Masalan, 20-40 yoshda optimal maydon 3000 Gs
sathiga to‘g‘ri kelsa, 60 yoshdan keyin - u 1000 Gs sathigacha siljiydi.
Tovush amplitudasi qancha katta bo‘lsa, u shuncha yaxshiroq eshitiladi. Tovush
sezgisini ko‘zg‘atgan minimal tebranish eshituv bo‘sag‘asi deb ataladi; eshituv
bo‘sag‘asi qancha baland bo‘lsa, insonning eshitish qobiliyati shuncha yomon, va
aksincha, eshituv bo‘sag‘asi qancha past bo‘lsa, eshitish qobiliyati shuncha yaxshi
bo‘ladi.
Bundan tashqari, tovush kuchi (fizikaviy tushuncha) va tovush jarangdorligi
(tovush kuchining sub’ektiv bahosi) tushunchalari mavjud. Tovush kuchi, ya’ni
tovush to‘lqini tekislik birligiga yuboradigan energiyasi vatt ( 1 Vt/sm3) birligida
o‘lchansa, tovush jarangdorligi dB ( desibell ) birligida o‘lchanadi.
Inson qulog‘i ko‘tara oladigan eng kuchli tovush 140 dB ga, reaktiv samolyot
motorining shovqini - 120 dB ga, quloq suprasi oldida qichqirish - 110 dB ga,
baland ovoz - 80 dB ga, oddiy gaplashish - 40-60 dB ga, shivirlash - 30 dB ga
teng. Nog‘ora pardasi va eshituv suyakchalari zararlangan bemorning eshitish
qobiliyati kamida 25 - 30 dB ga pasayadi. Inson uchun tovush kuchining maksimal
bo‘sag‘asi 120-130 dB ga teng.
3-xususiyat. Tovush o‘zgarishlarini his etish qobiliyati.
Eshituv a’zosi bo‘sag‘a usti tovushlar chastotasini va kuchini farqlash
qobiliyatiga ega. Tovushning qo‘shimcha kuchini farqlash qobiliyati, ya’ni tovush
kuchini ajratish bo‘sag‘asining nutq maydonidagi minimal ko‘rsatkichi - 0,8 dB ga
teng, past chastotali maydonlarda bu ko‘rsatkich oshib boradi.
4-xususiyat. Murakkab tovushlarni tahlil kilish qobiliyati.
Tovushning rang-barangligi, ya’ni tembri ko‘pincha qo‘shimcha tovushlarga
bog‘liq. Tabiatda mavjud bo‘lgan tovushlar odatda turli sinusoidalar qorishmasi
bo‘lib, tovush nafaqat butun jism, balki uning alohida-alohida qismlarining
tebranishi natijasida paydo bo‘lgan ko‘shimcha tovushlardan (obertonlar) hosil
bo‘ladi. Qo‘shimcha tovushlar tovush tembrini belgilaydi.
5-xususiyat. Shovqin sharoitida ayrim tovushlarni boshqa tovushlarga nisbatan
yomonroq eshitish xususiyati.
Bir tovushni boshqa tovush bilan so‘ndirish hodisasi “niqoblash” deb ataladi. Bu
hodisa
audiologiyada
keng
ishlataladi;
bitta
quloq
tekshirilayotganda,
ikkinchisining faoliyati niqoblovchi ton yordamida so‘ndiriladi (Barani
so‘ndiruvchisi).
6-xususiyat. Tovush manbaining kuchiga fiziologik ko‘nikma hosil qilish
xususiyati.
Bu hodisa “adaptatsiya” deb nomlanadi. Kuchli tovush ta’sirida quloqning
sezgirligi pasayib, sokinlik sharoitda, aksincha, o‘tkirlashadi. Tovush ta’siri
to‘xtatilganda quloqning sezgirligi tez tiklanadi. Adaptatsiya hodisasidan toliqish
xodisasini farqlash lozim. Toliqish hodisasi quloq haddan tashqari ta’sirlanganda
paydo bo‘lib, asta-sekinlik bilan tiklanadi. Bu jarayon quloqning faoliyatini
pasaytiradi. Dam olingandan so‘ng toliqish belgilari yo‘qoladi.
7- xususiyat. Ototopika, ya’ni tovush manbaini aniqlash hususiyati.
Bu hodisa faqat ikki quloq, ya’ni binaural eshituvda kuzatiladi. Tovush qaysi
tomondan kelayotganligini aniqlash hususiyati quyidagilarga bog‘lik:
1) u yoki bu quloqning tovush eshitish darajasi orasidagi tafovut muhim
ahamiyatga ega. Tovush manbaiga yaqinroq turgan quloq, tovush kuchini tovush
to‘lqinidan uzoqroq joylashgan ikkinchi quloqka nisbatan balandrok eshitadi.
2) past tovushlarni aniqlashda vaqt omili, ya’ni tovushni u yoki bu quloqqa yetib
borish vaqtidagi tafovut muhim ahamiyat kasb etadi. Tovush manbai yon tomonda,
ikki quloq ustidan xayolan o‘tkazilgan chiziq ustida joylashganda bu tafovut
ayniqsa keskin namoyon bo‘ladi. Inson qulog‘i 0,063 m/s ga teng minimal vaqt
oralig‘ini farqlash qobiliyatiga ega. Quloqlar orasidagi o‘rtacha masofa 21 sm ga
teng. Tovush to‘lqinining uzunligi bu masofani ikki barobar ko‘paytmasidan kam
bo‘lgan hollarda quloqlarning tovush yo‘nalishini aniqlash qobiliyati yo‘qoladi.
Shuning uchun baland tovushlar ototopikasi qiyinlashadi.
Eshituv a’zosi 3 bo‘limdan iborat:
1) periferik;
2) o‘tkazish yo‘llari;
3) bosh miya qobig‘ida joylashgan markaz.
Eshituv a’zosining periferik bo‘limi tovushni o‘tkazish va tovushni qabul qilish
a’zolaridan tashkil topgan. Ular ikki asosiy vazifani bajaradi:
- tovushni o‘tkazish,ya’ni tovush energiyasini chig‘anoqning retseptor a’zosiga
yetkazish;
- tovushni qabul qilish- tovushning mexanik energiyasini asab impulsiga
aylantirish.
Tovushni o‘tkazish a’zosiga tashqi, o‘rta va ichki quloq, ichki quloqning peri- va
endolimfatik
bo‘shliqlari,
chig‘anoqning
bazillyar
plastinkasi
va
dahliz
membranasi kiradi.
Tovushni o‘tkazishda quloq suprasi, tashki eshituv yo‘li, nog‘ora parda, eshituv
suyakchalari, ichki quloq suyuqliklari, endo- va perilimfa, chig‘anoq va daxliz
darchalarining membranalari, bazillyar va elastik membranalar ishtirok etadi.
Tovush to‘lqinlari periferik retseptorlarga, ya’ni spiral a’zoga, asosan havo orqali
yetkaziladi. Tovush to‘lqilarining tebranishi tashqi eshituv yo‘lidan nog‘ora
pardaga yetib borib,uni tebratadi. Tashqi eshituv yo‘lining bosimi oshgan fazada
nog‘ora parda bolg‘acha dastasi bilan birga ichkariga botadi. Bunda bolg‘acha
kallachasiga birikkan sandonchaning tanasi boylamlar yordamida tashqariga, uning
uzun oyoqchasi - ichkariga siljib, uzangichani harakatga keltiradi. Dahliz
darchasiga botgan uzangicha dahliz perilimfasining turtkisimon harakatini keltirib
chiqaradi. Shundan so‘ng tovush to‘lqinlari dahliz narvonidagi perilimfa bo‘ylab,
gelikotrema
orqali
nog‘ora
narvoniga
tarqaladi
va
chig‘anok
darchasi
membranasini (membrana thympani secundaria) nog‘ora bo‘shliq tomon siljitadi.
Perilimfaning tebranishi dahliz membranasi orqali endolimfaga va spiral a’zo
joylashgan bazillyar plastinkaga (membrana basillaris) tarqaladi. Harakatga kelgan
endolimfa spiral a’zoning sezuvchan tukli hujayralarini qitiqlaydi, natijada
neyroepiteliy hujayralarda asab impulslari paydo bo‘ladi (14,15 rasmlar).
Tovush to‘lqinlarini perilimfada tarqalishini chig‘anoq darchasining elastik
membranasi, endolimfada tarqalishini - endolimfatik yo‘l orqali labirintning
endolimfatik bo‘shlig‘i bilan bog‘liq elastik endolimfatik qopcha (saccus
endolymphaticus) ta’minlaydi.
Labirint darchalari tovush bosimini pasaytirib, himoya vazifasini bajaradi. Nog‘ora
parda teshilganda tovush to‘lqinlari ikki darchaga bir xil kuch bilan uriladi, buning
natijasida perilimfaning harakati sekinlashib, eshitish qobiliyati pasayadi.
Bundan tashqari, tovush to‘lqinlari suyak - to‘qima yuli orqali o‘tkazilishi mumkin.
Bunda tovush tebranishlari chig‘anoqqa kalla suyagi orqali yetib boradi (jaranglab
turgan kamerton bevosita kalla suyagiga ta’sir etganda).
Suyak o‘tkazuvchanligi inersiya va kompressiya mexanizmlari yordamida amalga
oshiriladi. Past tovushlar ta’sirida kalla suyagi bir butun a’zo sifatida tebranganda
u bilan birga eshituv suyakchalari ham inersiya bilan tebranadi. Natijada labirint
kapsulasi uzangichaga nisbatan siljiydi va chig‘anoq suyuqligini harakatga keltirib,
spiral a’zoni qo‘zg‘atadi (inersiya mexanizmi). Kompressiya mexanizmi baland
tovushlar ta’sir etganda kuzatiladi. Bunda tovush to‘lqinining energiyasi vaqti-
vaqti bilan labirint kapsulasini qisadi, bu esa chig‘anoq darchasi membranasini
ko‘proq va uzangicha asosi membranasini kamroq bo‘rtishiga olib keladi.
Inersiya mexanizmi ham dahliz, ham chig‘anoq darchalari membranalarining
harakatchan bo‘lishini talab qilsa, kopressiya mexanizmida- bitta darcha
membranasining harakati yetarli bo‘ladi. Labirint darchalari zararlanganda
bemorda suyak va havo o‘tkazuvchanligi yomonlashadi. Tovush to‘lqinlarini
o‘tkazish jarayonida quloqning har bir tuzilmasi o‘ziga xos vazifani bajaradi:
Quloq suprasi tovush to‘lqinlarini yig‘ish vazifasini bajaradi. U yuqori
chastotali tovush to‘lqinlarini yig‘ib,tashqi eshituv yo‘lining kirish joyiga
yo‘naltiradi. Quloq suprasi vertikal ototopikada ham ishtirok etadi.
Tashqi eshituv yo‘li tovush to‘lqinlarini nog‘ora pardaga yetkazadi. Tashqi
eshituv yo‘lining butunlay yopilishi eshitish qobiliyatini pasayishiga olib keladi.
Tashqi muhit harorati va namligining baland-pastligiga qaramasdan tashqi eshituv
yo‘lining harorati va namligi nog‘ora parda atrofida doimo me’yorda saqlanib
turiladi. Bu esa nog‘ora pardaning doimiy tarangligini ta’minlaydi. Bundan
tashqari,tashqi eshituv yo‘lida 3 kGs chastota atrofidagi ayrim tovush to‘lkinlari
10-12 dB ga kuchaytiriladi. Bunday xodisa tashqi eshituv yo‘lining rezonans
hususiyati bilan izohlanadi, chunki 2,7 sm atrofida bo‘lgan tashqi eshituv yo‘lining
uzunligi rezonans chastotasidagi to‘lkin uzunligining 1/4 qismini tashkil etadi.
Nog‘ora bo‘shlig‘i va eshituv nayi. Tovushni o‘tkazish tizimi me’yorda ishlashini
ta’minlash uchun nog‘ora pardaning har ikki tomonida havo bosimi bir xil bo‘lishi
lozim.
14- rasm.
Tovush to‘lqinlarini tashqi, o‘rta va ichki quloqda tarqalishi.
15 - rasm. Tovush to‘lqinlarini ichki quloqda tarqalishi
Nog‘ora bo‘shlig‘ining va tashqi eshituv yo‘lining havo bosimlari orasida tafovut
bo‘lgan hollarda nog‘ora pardaning tarangligi o‘zgarib, akustik qarshilik oshadi.
Buning natijasida quloqning eshitish qobiliyati pasayadi. Eshituv nayi havo
almashtirish (ventilyatsiya) vazifasini bajarib, o‘rta quloq bo‘shlig‘i va atmosfera
havo bosimlarini tenglashtirib turadi.
Yutinish yoki esnash paytida eshituv nayi ochilib, o‘rta quloq bo‘shlig‘ining
havosi almashadi. Nog‘ora bo‘shlig‘ining shilliq pardasida havoni asta-sekin
so‘rilish hususiyati bor. Shu cababdan eshituv nayining havo almashitirish
foaoliyati buzilganda tashqi eshituv yo‘lining bosimi nog‘ora bo‘shlig‘ining
bosimiga
nisbatan
oshib,
nog‘ora
pardani
ichkariga
botishiga,
tovush
o‘tkazilishining
buzilishiga
va
o‘rta
quloqda
patologik
o‘zgarishlarning
rivojlanishiga olib keladi.
Havo almashtirish faoliyatidan tashqari eshituv nayi himoya va chiqarish
vazifalarini ham bajaradi. Uning himoya vazifasini shilliq ajratuvchi bezlarga boy
shilliq pardasi (ayniqsa tog‘ay qismida) ta’minlaydi. Ushbu bezlar ajralmasining
tarkibida lizotsim, laktoferrin, immunoglobulinlar bo‘lib, ular yallig‘lanish
jarayonini nog‘ora bo‘shlig‘iga tarqalishiga to‘sqinlik kiladi. Eshituv nayining
chiqarish faoliyati hilpillovchi epiteliy hisobiga ta’minlanib, epiteliy tuklari uning
burunhalqum teshigi tomon harakatlanadi.
Nog‘ora parda va eshituv suyakchalari. Fizikaviy qonunlarga binoan tovush
to‘lqinlari havo muhitidan ichki quloqning suyuqlik muhitiga tarqalganda
energiyasining 99,9% yo‘qotiladi. Bu hodisa havo va suyuqliq muhitlarning
akustik qarshiligi turlicha bo‘lishi natijasida yuz beradi. Nog‘ora parda va eshituv
suyakchalarining richag tizimi ana shu yo‘qotilishni o‘rnini qoplash vazifasini
bajaradi. Uzangicha asosining yuzasi (3,2 mm2) nog‘ora pardaning yuzasidan (55
mm2) ancha kichik bo‘lganligi sababli to‘lkin amplitudasining kamayishi hisobidan
tovush bir necha bor kuchaytiriladi. Eshituv suyakchalari o‘zaro richag holda
bog‘langanligi ham tovush kuchini ikki marta oshirishga yordam beradi. Dahliz
darchasi yuzasidagi bosim nog‘ora parda yuzasidagi bosimdan taxminan 25-30
marta ko‘p bo‘ladi. Umuman olganda oval darchaga tushadigan bosim yumaloq
darchadagi bosimdan 50-60 marta ko‘p bo‘ladi, shuning uchun perilimfa dahliz
narvonidan nog‘ora narvoni tomon siljiydi.
Nog‘ora parda va eshituv suyakchalarining faoliyati tufayli havoning keng
ko‘lamli kuchsiz tebranishlari perilimfaning kichik ko‘lamli kuchli tebranishiga
aylanadi.
Eshituv
mushaklari.
Nog‘ora
bo‘shliqda
inson
tanasining
eng
kichik
mushakchalari: nog‘ora pardani taranglashtiruvchi (m.tensor tympani) va
uzangicha
(m.stapedius)
mushaklari
joylashgan.
Nog‘ora
pardani
taranglashtiruvchi mushagini – uch shoxli asab tolasi, uzangicha mushagini - yuz
asab tolasi innervatsiya qiladi. Bu mushaklar tovushni o‘tkazish tizimi a’zolarining
kerakli darajada tortilishini ta’minlab, turli chastotali tovushlarni o‘tkazilishini
boshqaradi. Boshqacha qilib aytganda, ular akkomodatsiya vazifasini bajaradi.
Bundan tashqari, bu mushaklar himoya vazifasini ham bajaradi. Kuchli tovush
to‘lqini ta’sirida mushaklar reflektor ravishda qisqarib, perilimfaga tarqalayotgan
tovush bosimini kamaytiradi va ichki quloq retseptorlarini kuchli tovush
to‘lqinlaridan himoya qiladi.
Tovushni qabul qilish jarayoni tovush to‘lqinlarining tebranish energiyasini asab
impulsiga aylantirish va bosh miya qobig‘ining markazlariga yetkazish, tovushlarni
tahlil qilish va anglashdan iborat murakkab neyrofiziologik jarayon hisoblanadi.
Dahliz darchasiga yetib kelgan tovush to‘lqini perilimfani tebratadi, bu tebranishlar
chig‘anoq gajaklari, dahliz narvoni bo‘ylab chig‘anoq cho‘qqisiga ko‘tariladi va bu
yerda nog‘ora narvoniga o‘tadi. Keyin nog‘ora narvoni bo‘ylab yana chig‘anoq
asosiga qaytib tushadi va ikkilamchi nog‘ora pardani harakatga keltiradi. Bazillyar
plastinka va unda joylashgan spiral a’zo tebranish harakatlariga jalb etiladi. Bu
tebranish natijasida spiral a’zoning sezuvchan hujayralari elastik tektorial
membrana tufayli bosiladi yoki tortiladi. Tukli hujayralardagi steriotsiliy va
kinotsiliylar joylashuvining bir-biriga nisbatini o‘zgarishi tufayli tovushning
mexanik tebranishlari elektr asab impulsiga aylanadi.
Eshituv nazariyalari. Eshitish mexanizmiga doir turli nazariyalar mavjud. 1863
yilda Gelmgols tomonidan taklif etilgan fizikaviy rezonans nazariyasi tovushning
chig‘anoq sathida tahlil qilinishiga asoslangan. Bu nazariya bo‘yicha bazillyar
membrana qator segmentlardan tuzilgan bo‘lib, ularning har biri tovush
to‘lqinining ma’lum chastotasiga javoban tebranadi.
Gelmgols nazariyasiga asosan:
1) eshituv a’zosining chig‘anoq qismida tovushning birlamchi tahlili amalga
oshiriladi;
2) har bir sof ton bazillyar membranada o‘zining alohida chegaralangan
maydoniga ega;
3) bazilyar membrananing eni turlicha bo‘lganligi sababli (chig‘anoq cho‘qqisida
uning eni chig‘anoq asosining eniga qaraganda 10 marta ko‘p bo‘ladi) past
chastotali tovush to‘lqinlari asosiy membrananing chig‘anoq cho‘qqisida
joylashgan uzun tolali segmentlarni, yuqori chastotali tovush to‘lqinlari -
chig‘anoq asosida joylashgan kalta tolali segmentlarni tebratadi.
Boshqa nazariyalar bazillyar membrananing turli tovush to‘lqinlari ta’sirida
turlicha tebranishi nafaqat uning mexanik xususiyatlariga (tarangligi, zichligi,
rezonans xususiyati), balki ichki quloq cuyuqligining harakatiga va elektrolit
tarkibiga ham bog‘liqligini e’tirof etadilar.
Nobel mukofoti sovrindori Bekeshi ishlab chiqqan “yuguruvchi to‘lqin”lar
nazariyasi (1960) alohida e’tiborga loyiq. Bu nazariya bo‘yicha, ma’lum chastotali
tovush to‘lqinlari bazillyar membranada “yuguruvchi to‘lqin”larni paydo qiladi.
Membrananing eng katta egilishi yuz bergan maydon shu to‘lqinning qirrasiga
to‘g‘ri keladi. Bu maydonning joylashuvi tovush to‘lqinining chastotasiga bog‘liq
bo‘lib, past chastotali tovush to‘lqinlari ta’sirida membrana chig‘anoq cho‘qqisi
sohasida, yuqori chastotali tovush to‘lqinlari ta’sirida – chig‘anoq asosi sohasida
ko‘proq egiladi.
P.P.Lazarev nazariyasi bo‘yicha tukli hujayralarning mexanik qitiqlanishi
natijasida ularning ichida kimyoviy reaksiya codir bo‘ladi. Bu reaksiyaning kuchi
parchalanayotgan moddaning (eshituv purpurasi) miqdoriga bog‘liq; reaksiyada
ajralib chiqqan ionlar asab qo‘zg‘aluvchanligini paydo qiladi.
Spiral a’zo faoliyatining gumoral boshqaruvi ma’lum darajada qon tomir
tasmasining (stria vascularis) hujayralari - apudotsitlar, ya’ni hujayraning
endokrin boshqaruv elementlari amalga oshiradi. Apudotsitlar serotonin, melatonin
biogen aminlarni va adrenalin, noradrenalin peptid gormonlarini ishlab chiqaradi.
Neyroepiteliy hujayralarning har biri ma’lum tovush to‘lqinlarini qabul qilish
xususiyatiga ega. Tovush to‘lqinlari tebranishlari perilimfani harakatga keltirganda
tukli hujayralar harakatlanadi va o‘z shaklini o‘zgartiradi. Buning natijasida
chig‘anoqda mikrofon tok, manfiy - musbat elektr potensiali, ya’ni asab impulsi
hosil bo‘ladi. Asetilxolin va boshqa biologik faol moddalar bu impulsni dendritlar,
gangliyalar, daxliz-chig‘anoq asab tolasi orqali uzunchoq miyada joylashgan
o‘zaklar va bosh miya qobig‘ida joylashgan eshituv markaziga yetkazadi. Bosh
miya qobig‘ida tovush signallari tahlil qilinadi.
16 – rasm.
Eshituv
fiziologiyasi
1- bosh miya
chakka bo‘lagi
qobig‘i;
2- ichki
tizzasimon tana;
3- to‘rt
tepalikning orqa
tepachalari;
4- yon ilgak;
5- eshituv
o‘zaklari;
Bosh miya po‘stloq osti
eshituv markazlarining faoliyati
yetarli darajada o‘rganilmagan.
Bu markazlar tovush to‘lqinlari
ta’siriga
javoban
shartsiz
reflekslarni: bosh va ko‘zlar harakati, Bexterevning koxleopalpebral (chig‘anoq-
qovoq), Shurыginning koxleo-pupillyar (chig‘anoq-qorachiq) reflekslari paydo
bo‘lishida qatnashadi. Eshituv a’zosining bosh miya qobig‘idagi bo‘limlari tovush
signallarini oliy darajada tahlil qilib, ularni yagona tovush ko‘rinishida birlashtiradi
(16-rasm).
Bosh miya qobig‘i bo‘limlari koxlear retseptorlardan kelayotgan ma’lumotni
nafaqat qabul qilib,ularni tahlil qiladi, balki efferent yo‘llar orkali chig‘anoq bilan
bog‘langan bosh miya qobig‘i shu yo‘llar orqali retseptor a’zoning faoliyatini
boshqarib turadi.
Eshituv a’zosining ototopika, adaptatsiya, niqoblash kabi xususiyatlari bosh
miya chakka bo‘lagida joylashgan markaziy bo‘limlar faoliyati bilan uzviy bog‘liq
bo‘ladi.
Quloqni tekshirish usullari
I boskich. Tekshiruv bemor shikoyatlarini, kasallik qanday boshlanganligini, ilgari
u qaysi kasalliklar bilan og‘riganligi va qanday davolaganligini, oila a’zolarida
irsiy kasalliklar bor-yo‘qligini aniqlashdan boshlanadi.
II boskich. Ko‘zdan kechirish va
paypaslash. Dastlab sog‘lom quloq ko‘zdan kechiriladi. Quloq suprasi, eshituv
yo‘lining tashki teshigi, quloqning orqa va old tomonlari ko‘zdan kechirilib,
tug‘ma nuqson, qizarish, shish yoki boshka o‘zgarishlar bor-yo‘qligi aniqlanadi.
1. Katta kishilarda o‘ng tashqi eshituv yo‘lini ko‘zdan kechirish uchun vrach chap
qo‘lining bosh va ko‘rsatkich barmoqlari bilan quloq suprasi burmasini ushlab, uni
orqaga va yuqoriga tortadi. Chap tomonni ko‘zdan kechirish uchun u xuddi shu
harakatni o‘ng qo‘li bilan bajaradi. Me’yorda quloq suprasi paypaslanganda
og‘rimaydi.
6- olivalar;
7- spiral tugun;
8- Korti a’zosi
2. Quloq orqasi maydonini ko‘zdan kechirish uchun vrach o‘ng qo‘li bilan o‘ng
quloq suprasini oldinga tortib, quloq orti burmasining (quloq suprasi
so‘rg‘ichsimon o‘siqqa birikkan joy) holatiga e’tibor beriladi, odatda u aniq
ko‘rinib turadi (17-rasm).
3. Quloq do‘mboqchasi (kozelok) o‘ng qo‘lning bosh barmog‘i bilan yengil
bosiladi.Me’yorda og‘riq kuzatilmaydi. Kattalarda tashqi otit, yosh bolalarda –
o‘tkir o‘rta otitda quloq do‘mboqchasi bosilganda og‘riydi.
4.Chap qo‘lning bosh barmog‘i yordamida so‘rg‘ichsimon o‘siqning uch
nuqtasi paypaslanadi: antrum (so‘rg‘ichsimon o‘siq g‘ori), sigmasimon sinus sathi
va so‘rg‘ichsimon o‘siq cho‘qqisi.
Chap so‘rg‘ichsimon o‘siq sohasini paypaslash
uchun vrach chap qo‘li bilan quloq suprasini
tortib, o‘ng qo‘lining barmoqlari bilan shu sohani
paypaslaydi.
5.Chap qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘i bilan vrach
o‘ng quloq tashqi eshituv yo‘lining oldida, pastida
va orqasida joylashgan mahalliy limfa tugunlarni
paypaslaydi.
Shu tariqa, u o‘ng qo‘lining ko‘rsatkich
barmog‘i bilan chap mahalliy limfa tugunlarni
paypaslaydi.
Me’yorda
limfa
tugunlar
paypaslanmaydi va og‘rimaydi.
III boskich. Otoskopiya–tashqi eshituv yo‘li va nog‘ora pardani ko‘zdan kechirish
(18-rasm).
1. Vrach chap qo‘li bilan o‘ng quloq suprasini kattalarda orqaga va yuqoriga,
bolalarda - orqaga va pastga tortadi. Keyin o‘ng qo‘lining bosh va ko‘rsatkich
barmoqlari bilan quloq voronkasini biroz burab tashqi eshituv yo‘lining tog‘ay
bo‘limiga kiritadi.
2. O‘lchami tashqi eshituv yo‘lining diametriga mos kelgan quloq voronkasi
tanlanadi.
17-rasm.So‘rg‘ichsimon
o‘siqni ko‘zdan kechirish va
paypaslash