Estetika

Yuklangan vaqt

2024-07-23

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

15

Faytl hajmi

56,5 KB


 
 
 
 
 
Estetika 
 
 
Reja: 
1. Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati. Falsafa tarixida estetik 
qarashlar evolyutsiyasi. 
2. XX-XXI asrda estetikaning asosiy yo`nalishlari va kategoriyalari. 
3. Estetik did va olamni estetik idrok etishning shaxs kamolotiga ta`siri. 
4. Estetikaning zamonaviy yondashuvlari. 
 
Tayanch tushunchalar: estetika, estetik ong, estetik faoliyat, go‘zallik, 
ulug‘vorlik, komediya, tragediya, san’at. 
Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati. Falsafa tarixida estetik 
qarashlar evolyusiyasi. 
Estetika yohud nafosatshunoslik eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi 
ikki yarim-uch ming yillik vaqtni o`z ichiga oladi. Biroq u o`zining hozirgi nomini 
XVIII asrda olgan. Ungacha bu fanning asosiy muammosi bo`lmish go`zallik va 
san`at haqidagi mulohazalar har xil san`at turlariga bag`ishlangan risolalarda, 
falsafa hamda ilohiyot borasidagi asarlarda o`z aksini topgan edi. 
«Estetika» atamasini birinchi bo‘lib buyuk olmon faylasufi Aleksandr Gotlib 
Baumgarten (1714-1762) ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u boshqa bir ulug` 
olmon faylasufi Gotfrid Vilgelm Leybnis (1646-1716) ta `limotidan kelib chiqqan 
holda munosabat bildirgan edi. Leybnis inson m a`naviy olamini uch sohaga - aql-
idrok, iroda-ixtiyor, his-tuyg`uga bo`ladi va ularning har birini alohida falsafiy 
jihatdan o `rganish lozimligini ta `kidlaydi. Baumgartengacha aql-idrokni o 
`rganadigan fan - mantiq, iroda-ixtiyorni o `rganuvchi fan esa - axloqshunoslik 
(etika)ning falsafada ko`pdan buyon o `z o `rni bor edi. Biroq his-tuyg`uni o 
Estetika Reja: 1. Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati. Falsafa tarixida estetik qarashlar evolyutsiyasi. 2. XX-XXI asrda estetikaning asosiy yo`nalishlari va kategoriyalari. 3. Estetik did va olamni estetik idrok etishning shaxs kamolotiga ta`siri. 4. Estetikaning zamonaviy yondashuvlari. Tayanch tushunchalar: estetika, estetik ong, estetik faoliyat, go‘zallik, ulug‘vorlik, komediya, tragediya, san’at. Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati. Falsafa tarixida estetik qarashlar evolyusiyasi. Estetika yohud nafosatshunoslik eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi ikki yarim-uch ming yillik vaqtni o`z ichiga oladi. Biroq u o`zining hozirgi nomini XVIII asrda olgan. Ungacha bu fanning asosiy muammosi bo`lmish go`zallik va san`at haqidagi mulohazalar har xil san`at turlariga bag`ishlangan risolalarda, falsafa hamda ilohiyot borasidagi asarlarda o`z aksini topgan edi. «Estetika» atamasini birinchi bo‘lib buyuk olmon faylasufi Aleksandr Gotlib Baumgarten (1714-1762) ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u boshqa bir ulug` olmon faylasufi Gotfrid Vilgelm Leybnis (1646-1716) ta `limotidan kelib chiqqan holda munosabat bildirgan edi. Leybnis inson m a`naviy olamini uch sohaga - aql- idrok, iroda-ixtiyor, his-tuyg`uga bo`ladi va ularning har birini alohida falsafiy jihatdan o `rganish lozimligini ta `kidlaydi. Baumgartengacha aql-idrokni o `rganadigan fan - mantiq, iroda-ixtiyorni o `rganuvchi fan esa - axloqshunoslik (etika)ning falsafada ko`pdan buyon o `z o `rni bor edi. Biroq his-tuyg`uni o  
 
`rganadigan fan falsafiy maqomda o `z nomiga ega emasdi. Baumgartenning bu 
boradagi xizmati shundaki, u «his qilish», «sezish», «his etiladigan» singari 
ma`nolarni anglatuvchi yunoncha «aisthetikos» so`zidan «estetika» (olmoncha 
«eshtetik») iborasini olib, ana shu bo`shliqni to `ldirdi. 
Baumgarten estetikani hissiy idrok etish nazariyasi sifatida olib qaradi. 
Lekin, ko`p o`tmay, u goh «go`zallik falsafasi» , goh «san`at falsafasi» sifatida 
talqin etila boshlandi. Estetika fanining eng buyuk nazariyotchilaridan biri Georg 
Vilgelm Fridrix Hegel (1770-1831) esa o`z ma`ruzalarining kirish qismida yozadi: 
«Estetika» degan nom muvaffaqiyatsiz chiqqani va yuzaki ekani sababli boshqa 
atama qo`llashga urinishlar bo`ldi. So`zning o`z -o`zicha bizni qiziqtirmasligini 
nazarda tutib, biz «estetika» nomini saqlab qolishga tayyormiz, buning ustiga, u 
odatiy nutqqa singishib ketgan. Shunga qaramay, bizning fanimiz mazmuniga 
javob beradigan ibora, bu - «san`at falsafasi» yoki yana ham aniqroq qilib aytganda 
«badiiy ijod falsafasi». 
Hegelning «estetika» atamasidan ko`ngli tolmaganligiga jiddiy sabablar bor. 
Bulardan biri - yuqorida uning o`zi aytib o`tgan fikrlari bo`lsa, ikkinchisi - mazkur 
so`zning barcha his-tuyg`ularga taalluqliligi. Vaholanki, bu fan faqat nafosatli his-
tuyg`ular va ularning ziddini nazarda tutadi. Ayniqsa, mana shu ikkinchi sababga 
ko`ra, «estetika» atamasining talabga javob berishi shubhali. Buning ustiga 
allaqachon mazkur fan tadqiqot doirasi san`at hududidan chiqib, inson hayotining 
deyarli barcha sohalariga yoyilib ketgan. Shu bois «estetika» atamasi ham ilmiy 
muomalaga kiritilgan. Zero, mazkur atamaga asos bo`lgan «nafis», «nafislik», 
«nafosat» so`zlari o`z qamrovi bilan fan talablariga to`la javob bera oladi. «Nafis» 
so`zi «O`zbek tilining izohli lug`ati»da - go`zal, nozik, latif, yoqimli, badiiy 
jihatdan juda yuksak ma`nolarda izohlanadi. Shu sababli Hegelning izidan borib, 
«estetika» atamasini saqlab qolgan holda endilikda «estetika» iborasidan 
foydalanish maqsadga muvofiq, deb o`ylaymiz. 
Endi «Estetika» fanining mohiyatini anglatadigan «san`at falsafasi» va 
«go`zallik falsafasi» iboralariga to `xtalamiz. Estetika tarixida birinchi ibora 
tarafdorlari ko`pchilikni tashkil etadi. Lekin, yuqorida aytib o`tganimizdek, san`at 
`rganadigan fan falsafiy maqomda o `z nomiga ega emasdi. Baumgartenning bu boradagi xizmati shundaki, u «his qilish», «sezish», «his etiladigan» singari ma`nolarni anglatuvchi yunoncha «aisthetikos» so`zidan «estetika» (olmoncha «eshtetik») iborasini olib, ana shu bo`shliqni to `ldirdi. Baumgarten estetikani hissiy idrok etish nazariyasi sifatida olib qaradi. Lekin, ko`p o`tmay, u goh «go`zallik falsafasi» , goh «san`at falsafasi» sifatida talqin etila boshlandi. Estetika fanining eng buyuk nazariyotchilaridan biri Georg Vilgelm Fridrix Hegel (1770-1831) esa o`z ma`ruzalarining kirish qismida yozadi: «Estetika» degan nom muvaffaqiyatsiz chiqqani va yuzaki ekani sababli boshqa atama qo`llashga urinishlar bo`ldi. So`zning o`z -o`zicha bizni qiziqtirmasligini nazarda tutib, biz «estetika» nomini saqlab qolishga tayyormiz, buning ustiga, u odatiy nutqqa singishib ketgan. Shunga qaramay, bizning fanimiz mazmuniga javob beradigan ibora, bu - «san`at falsafasi» yoki yana ham aniqroq qilib aytganda «badiiy ijod falsafasi». Hegelning «estetika» atamasidan ko`ngli tolmaganligiga jiddiy sabablar bor. Bulardan biri - yuqorida uning o`zi aytib o`tgan fikrlari bo`lsa, ikkinchisi - mazkur so`zning barcha his-tuyg`ularga taalluqliligi. Vaholanki, bu fan faqat nafosatli his- tuyg`ular va ularning ziddini nazarda tutadi. Ayniqsa, mana shu ikkinchi sababga ko`ra, «estetika» atamasining talabga javob berishi shubhali. Buning ustiga allaqachon mazkur fan tadqiqot doirasi san`at hududidan chiqib, inson hayotining deyarli barcha sohalariga yoyilib ketgan. Shu bois «estetika» atamasi ham ilmiy muomalaga kiritilgan. Zero, mazkur atamaga asos bo`lgan «nafis», «nafislik», «nafosat» so`zlari o`z qamrovi bilan fan talablariga to`la javob bera oladi. «Nafis» so`zi «O`zbek tilining izohli lug`ati»da - go`zal, nozik, latif, yoqimli, badiiy jihatdan juda yuksak ma`nolarda izohlanadi. Shu sababli Hegelning izidan borib, «estetika» atamasini saqlab qolgan holda endilikda «estetika» iborasidan foydalanish maqsadga muvofiq, deb o`ylaymiz. Endi «Estetika» fanining mohiyatini anglatadigan «san`at falsafasi» va «go`zallik falsafasi» iboralariga to `xtalamiz. Estetika tarixida birinchi ibora tarafdorlari ko`pchilikni tashkil etadi. Lekin, yuqorida aytib o`tganimizdek, san`at  
 
bu fanning yagona tadqiqot obyekti emas. Hozirgi paytda texnika estetikasi va 
uning amaliyotdagi sohasi dizayn, atrof-muhitni go`zallashtirish, tabiatdagi nafosat 
borasidagi muammolar bilan ham shu fanimiz shug`ullanadi. Demak, uning 
qamrovini san`atning o`zi bilangina chegaralab qo`yishga haqqimiz yo`q. Zero, 
bugungi kunda inson o`zini o`rab turgan barcha narsa-hodisalarning go`zal 
bo`lishini, har qadamda nafosatni his etishni istaydi: biz taqib yurgan soat, biz 
kiygan kiyim, biz haydayotgan mashina, biz uchadigan sayyora, biz yashayotgan 
uy, biz mehnat qiladigan ishxona, biz yurgizayotgan dastgoh, biz yozayotgan 
qalam, biz dam oladigan tomoshabog`lar – hammasidan nafis bir ruh ufurib turishi 
lozim. 
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqsak, «Go`allik falsafasi» degan ibora bu 
fan mohiyatiga ko`proq mos keladi. Negaki, u faqat san`atdagi go`zallikni emas, 
balki insondagi, jamiyat va tabiatdagi go`zallikni ham o`rganadi. Shuningdek, 
go`zallikdan boshqa ulug`vorlik, fojiaviylik, kulgililik, mo`jizaviylik, hayolilik, 
uygunlik, noziklik singari ko`pdan ko`p tushunchalar mavjudki, ularni tadqiq etish 
ham estetika fanining zimmasida. Lekin, bu o`rinda, shuni unutmaslik kerakki, 
mazkur tushunchalarning har birida go`zallik bir tomondan unsur (element) sifatida 
ishtirok etsa, ikkinchi tomondan, ularning o`zi go`zallikka nisbatan unsur 
vazifasini o `taydi. Ana shu xususiyatlarning voqelikda namoyon bo`lishini biz 
nafosat deb ataymiz. 
Estetika predmeti tarixan harakatchan va o`zgaruvchandir. Uning 
rivojlanishining har bir yangi tarixiy bosqichida insonning dunyoga va o`ziga 
estetik munosabati to`g`risidagi mavjud fikrlarning to`liq emasligi aniqlanadi. 
Yangi asr falsafiy estetikasining asoschilaridan biri - Immanuel Kant (1724 - 
1804). Kant estetikasining o`zagini uning estetik fikr haqidagi ta`limoti tashkil 
etadi. Ushbu ta`limot asosi aql va xayolning kognitiv kuchlarining erkin o`yinida 
vujudga keladigan ichki hissiyotdir. Shunga muvofiq, estetika Kantning so`zlariga 
ko`ra, predmeti «tashqi tuyg`ular to`g`risida ta`limot» bilan chegaralangan fan 
mavqesini egalladi.  
bu fanning yagona tadqiqot obyekti emas. Hozirgi paytda texnika estetikasi va uning amaliyotdagi sohasi dizayn, atrof-muhitni go`zallashtirish, tabiatdagi nafosat borasidagi muammolar bilan ham shu fanimiz shug`ullanadi. Demak, uning qamrovini san`atning o`zi bilangina chegaralab qo`yishga haqqimiz yo`q. Zero, bugungi kunda inson o`zini o`rab turgan barcha narsa-hodisalarning go`zal bo`lishini, har qadamda nafosatni his etishni istaydi: biz taqib yurgan soat, biz kiygan kiyim, biz haydayotgan mashina, biz uchadigan sayyora, biz yashayotgan uy, biz mehnat qiladigan ishxona, biz yurgizayotgan dastgoh, biz yozayotgan qalam, biz dam oladigan tomoshabog`lar – hammasidan nafis bir ruh ufurib turishi lozim. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqsak, «Go`allik falsafasi» degan ibora bu fan mohiyatiga ko`proq mos keladi. Negaki, u faqat san`atdagi go`zallikni emas, balki insondagi, jamiyat va tabiatdagi go`zallikni ham o`rganadi. Shuningdek, go`zallikdan boshqa ulug`vorlik, fojiaviylik, kulgililik, mo`jizaviylik, hayolilik, uygunlik, noziklik singari ko`pdan ko`p tushunchalar mavjudki, ularni tadqiq etish ham estetika fanining zimmasida. Lekin, bu o`rinda, shuni unutmaslik kerakki, mazkur tushunchalarning har birida go`zallik bir tomondan unsur (element) sifatida ishtirok etsa, ikkinchi tomondan, ularning o`zi go`zallikka nisbatan unsur vazifasini o `taydi. Ana shu xususiyatlarning voqelikda namoyon bo`lishini biz nafosat deb ataymiz. Estetika predmeti tarixan harakatchan va o`zgaruvchandir. Uning rivojlanishining har bir yangi tarixiy bosqichida insonning dunyoga va o`ziga estetik munosabati to`g`risidagi mavjud fikrlarning to`liq emasligi aniqlanadi. Yangi asr falsafiy estetikasining asoschilaridan biri - Immanuel Kant (1724 - 1804). Kant estetikasining o`zagini uning estetik fikr haqidagi ta`limoti tashkil etadi. Ushbu ta`limot asosi aql va xayolning kognitiv kuchlarining erkin o`yinida vujudga keladigan ichki hissiyotdir. Shunga muvofiq, estetika Kantning so`zlariga ko`ra, predmeti «tashqi tuyg`ular to`g`risida ta`limot» bilan chegaralangan fan mavqesini egalladi.  
 
G.V.F.Hegel estetikani tabiat, jamiyat va san`atdagi go`zallik g`oyalari 
haqidagi ta`limot deb biladi. Gegelning ta`kidlashicha, san`at - bu mutlaq ruhning 
mulohaza ko`rinishidagi o`z-o`zini anglashidan boshqa narsa emas. 
Estetikaning 
«go`zallik 
falsafasi» 
va 
«san`at 
falsafasi» 
sifatida 
shakllanishiga F.Shiller (1759-1805), F.Schelling (1785-1854) asarlari yordam 
berdi. 
Estetika va san`at o`rtasidagi bog`liqlikni Aristotel ta`kidlagan. Ammo 
shunisi aniqki, nafosatlilik insonning atrofdagi voqelikka bo`lgan o`ziga xos 
munosabati sifatida go`zallik va uning san`atdagi badiiy in`ikosi bilan 
chegaralanmaydi. Estetika nafosatlilikning ko`plab ko`rinishlari fojeaviylik, 
kulgililik, ulug`vorlik, tubanlik, xunuklik va boshkalarning nafaqat san`atdagi, 
balki hayotdagi, real borliqdagi shakllari bilan ham qiziqadi.  
Estetika predmeti:  
1. Tabiatda, jamiyatda, san`atda go`zallik mavjudligining barcha shakllari; 
2. Inson tomonidan go`zallikni hissiy idrok va mushohada qilishning barcha 
shakllari; 
3. Go`zallik qonunlariga mos ijodning barcha shakllari. 
Estetika - bu gumanitar bilimlarning turli sohalari bilan chambarchas bog`liq 
bo`lgan falsafiy fan. 
Birinchidan, biz axloq va estetika kabi ijtimoiy hayotning spetsifik sohalari, 
shuningdek, ularni baholash shakllari o`rtasidagi o`zaro bog`liqlikni ta`kidlashimiz 
mumkin. Ushbu o`zaro munosabatlar san`atning tarixiy rivojlanishining asosiy 
qonunlaridan biri bo`lib, uning ijtimoiy funktsiyasi va ma`nosini belgilaydi va 
ifodalaydi. 
Axloq va estetika jamiyatning ma`naviy hayoti hodisalarida, shaxsning xatti-
harakatlari va xulq-atvorida namoyon bo`ladi. Har qanday ijtimoiy hodisa, xatti-
harakat yoki motiv bir vaqtning o`zida, bir tomondan, go`zal yoki xunuk, 
boshqa tomondan - yaxshi va yomon deb baholanishi mumkin. Voqelikning 
yakka olingan «estetik xususiyatlari» mavjud emasligi kabi axloqning maxsus, 
predmetli-alohidalangan «omili» ham mavjud emas.  
G.V.F.Hegel estetikani tabiat, jamiyat va san`atdagi go`zallik g`oyalari haqidagi ta`limot deb biladi. Gegelning ta`kidlashicha, san`at - bu mutlaq ruhning mulohaza ko`rinishidagi o`z-o`zini anglashidan boshqa narsa emas. Estetikaning «go`zallik falsafasi» va «san`at falsafasi» sifatida shakllanishiga F.Shiller (1759-1805), F.Schelling (1785-1854) asarlari yordam berdi. Estetika va san`at o`rtasidagi bog`liqlikni Aristotel ta`kidlagan. Ammo shunisi aniqki, nafosatlilik insonning atrofdagi voqelikka bo`lgan o`ziga xos munosabati sifatida go`zallik va uning san`atdagi badiiy in`ikosi bilan chegaralanmaydi. Estetika nafosatlilikning ko`plab ko`rinishlari fojeaviylik, kulgililik, ulug`vorlik, tubanlik, xunuklik va boshkalarning nafaqat san`atdagi, balki hayotdagi, real borliqdagi shakllari bilan ham qiziqadi. Estetika predmeti: 1. Tabiatda, jamiyatda, san`atda go`zallik mavjudligining barcha shakllari; 2. Inson tomonidan go`zallikni hissiy idrok va mushohada qilishning barcha shakllari; 3. Go`zallik qonunlariga mos ijodning barcha shakllari. Estetika - bu gumanitar bilimlarning turli sohalari bilan chambarchas bog`liq bo`lgan falsafiy fan. Birinchidan, biz axloq va estetika kabi ijtimoiy hayotning spetsifik sohalari, shuningdek, ularni baholash shakllari o`rtasidagi o`zaro bog`liqlikni ta`kidlashimiz mumkin. Ushbu o`zaro munosabatlar san`atning tarixiy rivojlanishining asosiy qonunlaridan biri bo`lib, uning ijtimoiy funktsiyasi va ma`nosini belgilaydi va ifodalaydi. Axloq va estetika jamiyatning ma`naviy hayoti hodisalarida, shaxsning xatti- harakatlari va xulq-atvorida namoyon bo`ladi. Har qanday ijtimoiy hodisa, xatti- harakat yoki motiv bir vaqtning o`zida, bir tomondan, go`zal yoki xunuk, boshqa tomondan - yaxshi va yomon deb baholanishi mumkin. Voqelikning yakka olingan «estetik xususiyatlari» mavjud emasligi kabi axloqning maxsus, predmetli-alohidalangan «omili» ham mavjud emas.  
 
Axloqiy va estetik qadriyat - bu insonning ijtimoiy mavjudot sifatida 
umumbashariy ehtiyojlari, qobiliyatlari va maqsadlarining, ya`ni inson faoliyati va 
bilishining har qanday sohasida - mehnatda va maishiy hayotda, fan va siyosatda, 
san`at va xulq-atvorda amalga oshiriladigan axloqiy va estetik ongida aks etishidir. 
Estetik baho insonning ma`naviy va jismoniy imkoniyatlarini, ijodiy 
qobiliyatlarini baholash sifatida inson hayotining har qanday sohasiga, shu 
jumladan axloqiy-etik sohasiga nisbatan ham qo`llaniladi. O`z navbatida, 
axloqiylik nafosatlilik sifatida namoyon bo`lish uchun zarur shartlarni o`z ichiga 
oladi. Bu axloqning inklyuzivligidan kelib chiqadi. 
Biroq, jamoat hayotida, insoniy xatti-harakatlarda, san`atda axloqiylik va 
nafosatlilikning bir-biriga mos kelmas holatlari ham mavjud. Bu odamlarning 
xatti-harakatlarining shakli va mazmuni o`rtasidagi nomutanosiblikda namoyon 
bo`ladi. U yoki bu harakatning axloqiy ahamiyatini ijobiy baholagan holda, biz 
ba`zan ongli ravishda uning namoyon bo`lish shaklini e`tiborsiz qoldiramiz yoki 
aksincha. Masalan, odob-axloq qoidalariga rioya qilish nuqtai nazaridan odamning 
xulq-atvorini ijobiy tavsiflagan holda, biz uning axloqiy rivojlanish darajasiga 
e`tibor qaratmaymiz. 
Badiiy ijod sohasida axloqiylik va nafosatlilikning birligi g`oyasi san`at va 
axloqning o`zaro bog`liqligida amalga oshiriladi. Gertsen haqli ravishda san`atni 
"axloqning estetik maktabi" deb nomladi. Bu axloqiy muammolarni anglashning 
o`ziga xos usulidir. Asarning mavzusini muallif tomonidan badiiy tahlil qilish va 
ochib berish axloqiy va estetik baholarning ma`lum birligi asosida amalga 
oshiriladi, shuning uchun estetikaning quyidagi asosiy vazifalarini ta`kidlash 
mumkin: 
1) inson tomonidan voqelikni estetik bilish jarayonini o`rganish; 
2) ijtimoiy hayotning va inson xulq-atvorining turli xil hodisalarini estetik 
baholashni ishlab chiqish; 
3) inson tomonidan dunyoning badiiy o`zlashtirish qonunlarini, badiiy ijod 
qonunlarini bilish;  
Axloqiy va estetik qadriyat - bu insonning ijtimoiy mavjudot sifatida umumbashariy ehtiyojlari, qobiliyatlari va maqsadlarining, ya`ni inson faoliyati va bilishining har qanday sohasida - mehnatda va maishiy hayotda, fan va siyosatda, san`at va xulq-atvorda amalga oshiriladigan axloqiy va estetik ongida aks etishidir. Estetik baho insonning ma`naviy va jismoniy imkoniyatlarini, ijodiy qobiliyatlarini baholash sifatida inson hayotining har qanday sohasiga, shu jumladan axloqiy-etik sohasiga nisbatan ham qo`llaniladi. O`z navbatida, axloqiylik nafosatlilik sifatida namoyon bo`lish uchun zarur shartlarni o`z ichiga oladi. Bu axloqning inklyuzivligidan kelib chiqadi. Biroq, jamoat hayotida, insoniy xatti-harakatlarda, san`atda axloqiylik va nafosatlilikning bir-biriga mos kelmas holatlari ham mavjud. Bu odamlarning xatti-harakatlarining shakli va mazmuni o`rtasidagi nomutanosiblikda namoyon bo`ladi. U yoki bu harakatning axloqiy ahamiyatini ijobiy baholagan holda, biz ba`zan ongli ravishda uning namoyon bo`lish shaklini e`tiborsiz qoldiramiz yoki aksincha. Masalan, odob-axloq qoidalariga rioya qilish nuqtai nazaridan odamning xulq-atvorini ijobiy tavsiflagan holda, biz uning axloqiy rivojlanish darajasiga e`tibor qaratmaymiz. Badiiy ijod sohasida axloqiylik va nafosatlilikning birligi g`oyasi san`at va axloqning o`zaro bog`liqligida amalga oshiriladi. Gertsen haqli ravishda san`atni "axloqning estetik maktabi" deb nomladi. Bu axloqiy muammolarni anglashning o`ziga xos usulidir. Asarning mavzusini muallif tomonidan badiiy tahlil qilish va ochib berish axloqiy va estetik baholarning ma`lum birligi asosida amalga oshiriladi, shuning uchun estetikaning quyidagi asosiy vazifalarini ta`kidlash mumkin: 1) inson tomonidan voqelikni estetik bilish jarayonini o`rganish; 2) ijtimoiy hayotning va inson xulq-atvorining turli xil hodisalarini estetik baholashni ishlab chiqish; 3) inson tomonidan dunyoning badiiy o`zlashtirish qonunlarini, badiiy ijod qonunlarini bilish;  
 
4) dunyoni yaxlit o`zlashtirish, tabiatda, jamiyatda, san`atda go`zallikning 
mavjudligining barcha shakllarini o`zlashtirish;; 
5) inson va jamiyatning estetik ongini shakllantirish. 
Nafosatlilik jamiyat hayotining alohida sohasi sifatida o`ta murakkab va 
ko`p bosqichli hodisadir. Axloq tuzilishi kabi, estetikaning tuzilishi ham uchta 
tarkibiy komponentni o`z ichiga oladi: 
1. estetik ong; 
2. estetik faoliyat; 
3. estetik munosabatlar. 
1. Estetik ong - bu atrofdagi olamni, insonning ko`p qirrali faoliyatini, 
uning faoliyati mahsulotlarini, hissiy jihatdan tasavvur qilinadigan va did 
mulohazalarida, obrazlarda baholanadigan san`at asarlarini aks ettiradigan ijtimoiy 
ong shakllaridan biridir. Estetik ong - bu baholash ongining shakli, voqelikning 
in`ikosi va uni estetik ideal nuqtai nazaridan baholash. 
Estetik ongning o`ziga xos xususiyati shundaki, inson va ob`ektiv 
voqelikning o`zaro ta`siri individual ravishda boshidan kechiriladi, baholanadi va 
o`ylaniladi. Bu insonning psixo-jismoniy va ijtimoiy xususiyatidan kelib chiqadi. 
Estetik ong badiiy ongni belgilaydi va o`z ichiga oladi, bunda badiiy ong 
san`at qadriyatlarini yaratish jarayonini ham, idrok qilish jarayonini ham o`zida 
ob`ektivlashtiradi.  
Estetik ong strukturasi: 
I. hissiy-empirik daraja (estetik mushohada, idrok, tasavvur). 
II. nazariy daraja (estetik mulohaza, qadriyatlar, qarashlar, ideallar) 
Nazariy darajasi voqeliknin aks ettirishning oqilona shakliga asoslanadi va 
estetika tushunchalari va kategoriyalari asosida ishlaydi. 
Nazariy darajasi quyidagilarni o`z ichiga oladi: 
a) ommaviy kundalik ong, uning tashuvchisi ko`pchilik odamlardir; 
b) ixtisoslashgan estetik ong, bunda tashuvchilar: 1) badiiy ijod bilan 
shug`ullanadigan odamlar; 2) san`atshunoslik va estetika sohasidagi mutaxassislar. 
4) dunyoni yaxlit o`zlashtirish, tabiatda, jamiyatda, san`atda go`zallikning mavjudligining barcha shakllarini o`zlashtirish;; 5) inson va jamiyatning estetik ongini shakllantirish. Nafosatlilik jamiyat hayotining alohida sohasi sifatida o`ta murakkab va ko`p bosqichli hodisadir. Axloq tuzilishi kabi, estetikaning tuzilishi ham uchta tarkibiy komponentni o`z ichiga oladi: 1. estetik ong; 2. estetik faoliyat; 3. estetik munosabatlar. 1. Estetik ong - bu atrofdagi olamni, insonning ko`p qirrali faoliyatini, uning faoliyati mahsulotlarini, hissiy jihatdan tasavvur qilinadigan va did mulohazalarida, obrazlarda baholanadigan san`at asarlarini aks ettiradigan ijtimoiy ong shakllaridan biridir. Estetik ong - bu baholash ongining shakli, voqelikning in`ikosi va uni estetik ideal nuqtai nazaridan baholash. Estetik ongning o`ziga xos xususiyati shundaki, inson va ob`ektiv voqelikning o`zaro ta`siri individual ravishda boshidan kechiriladi, baholanadi va o`ylaniladi. Bu insonning psixo-jismoniy va ijtimoiy xususiyatidan kelib chiqadi. Estetik ong badiiy ongni belgilaydi va o`z ichiga oladi, bunda badiiy ong san`at qadriyatlarini yaratish jarayonini ham, idrok qilish jarayonini ham o`zida ob`ektivlashtiradi. Estetik ong strukturasi: I. hissiy-empirik daraja (estetik mushohada, idrok, tasavvur). II. nazariy daraja (estetik mulohaza, qadriyatlar, qarashlar, ideallar) Nazariy darajasi voqeliknin aks ettirishning oqilona shakliga asoslanadi va estetika tushunchalari va kategoriyalari asosida ishlaydi. Nazariy darajasi quyidagilarni o`z ichiga oladi: a) ommaviy kundalik ong, uning tashuvchisi ko`pchilik odamlardir; b) ixtisoslashgan estetik ong, bunda tashuvchilar: 1) badiiy ijod bilan shug`ullanadigan odamlar; 2) san`atshunoslik va estetika sohasidagi mutaxassislar.  
 
Estetik ongning o`ziga xos xususiyatlarini tushunish uchun sub`ekt va 
ob`ektning estetik o`zaro ta`sirining xususiyatlarini, estetik faoliyat tabiati va 
estetik munosabatlarning xarakterini aniqlash kerak. 
2. Estetik faoliyat - bu amaliy-ma`naviy faoliyatning (san`at asarlarini 
yaratish) va ma`naviy faoliyat (estetik mushohada, estetik idrok, estetik mulohaza 
va boshqalar) o`ziga xos turi. 
Estetik faoliyatning barcha turlariga nafosatlilik ibtido – insonga yuqori 
ma`naviy zavq bag`ishlaydigan u yoki bu shaklda amalga oshiriladigan «go`zallik 
qonunlariga ko`ra ijod» xosdir.  
Har qanday faoliyat turida sub`ekt, ob`ekt va faoliyatning mahsuloti 
(natijasi) talab qilinadi. Moddiy faoliyatda «moddiylashtirish», ya`ni inson 
faoliyatining predmetga, ishlab chiqarish mahsulotiga aylanishi ro`y beradi. 
Estetik faoliyatda voqelikni o`zlashtirish «moddiylikdan chiqrish» shaklida 
namoyon bo`ladi, bunda nafaqat predmetning mazmuni, balki shaxsning 
baholovchi munosabati ham hisobga olinadi. Bundan tashqari, ma`naviy faoliyat 
natijasi begonalashtirilmaydi, balki sub`ektga tegishli bo`lib, uning ruhiyati, 
ongining ma`lum bir holati bo`lib chiqadi. 
3. Estetik munosabat - bu sub`ektning ob`yekt bilan ma`naviy aloqasi, 
shaxsning voqelikka bo`lgan alohida munosabati, uning davomida odam ob`ektiv 
dunyoning predmetlari, hodisalari va holatlarining yaxlitligini o`lchamini ochib 
beradi va aniqlaydi, o`zida faol ijodiy faoliyat qobiliyatlari va imkoniyatlarini 
namoyon qiladi va rivojlantiradi, voqelik hodisalarining mukammallik darajasini 
hamda inson va dunyo o`rtasidagi uyg`unlik darajasini baholaydi. 
Estetik munosabat: 
1. ma`lum bir ob`ektning mavjudligi va uning alohida sifati; 
2. ma`lum idrok qiluvchi sub`ektning mavjudligi va uning alohida holati; 
3. sub`ekt va ob`ektning faol o`zaro ta`siri bo`lib topiladi 
Estetik jihatdan muhim xususiyat, ma`lum bir ob`ektga taalluqli bo`lgan 
holda, ayni paytda voqelikning ko`plab boshqa ob`ektlari va hodisalariga xosdir. 
Ammo uni biron bir alohida olingan tabiiy ob`ekt bilan bog`lash mumkin emas. 
Estetik ongning o`ziga xos xususiyatlarini tushunish uchun sub`ekt va ob`ektning estetik o`zaro ta`sirining xususiyatlarini, estetik faoliyat tabiati va estetik munosabatlarning xarakterini aniqlash kerak. 2. Estetik faoliyat - bu amaliy-ma`naviy faoliyatning (san`at asarlarini yaratish) va ma`naviy faoliyat (estetik mushohada, estetik idrok, estetik mulohaza va boshqalar) o`ziga xos turi. Estetik faoliyatning barcha turlariga nafosatlilik ibtido – insonga yuqori ma`naviy zavq bag`ishlaydigan u yoki bu shaklda amalga oshiriladigan «go`zallik qonunlariga ko`ra ijod» xosdir. Har qanday faoliyat turida sub`ekt, ob`ekt va faoliyatning mahsuloti (natijasi) talab qilinadi. Moddiy faoliyatda «moddiylashtirish», ya`ni inson faoliyatining predmetga, ishlab chiqarish mahsulotiga aylanishi ro`y beradi. Estetik faoliyatda voqelikni o`zlashtirish «moddiylikdan chiqrish» shaklida namoyon bo`ladi, bunda nafaqat predmetning mazmuni, balki shaxsning baholovchi munosabati ham hisobga olinadi. Bundan tashqari, ma`naviy faoliyat natijasi begonalashtirilmaydi, balki sub`ektga tegishli bo`lib, uning ruhiyati, ongining ma`lum bir holati bo`lib chiqadi. 3. Estetik munosabat - bu sub`ektning ob`yekt bilan ma`naviy aloqasi, shaxsning voqelikka bo`lgan alohida munosabati, uning davomida odam ob`ektiv dunyoning predmetlari, hodisalari va holatlarining yaxlitligini o`lchamini ochib beradi va aniqlaydi, o`zida faol ijodiy faoliyat qobiliyatlari va imkoniyatlarini namoyon qiladi va rivojlantiradi, voqelik hodisalarining mukammallik darajasini hamda inson va dunyo o`rtasidagi uyg`unlik darajasini baholaydi. Estetik munosabat: 1. ma`lum bir ob`ektning mavjudligi va uning alohida sifati; 2. ma`lum idrok qiluvchi sub`ektning mavjudligi va uning alohida holati; 3. sub`ekt va ob`ektning faol o`zaro ta`siri bo`lib topiladi Estetik jihatdan muhim xususiyat, ma`lum bir ob`ektga taalluqli bo`lgan holda, ayni paytda voqelikning ko`plab boshqa ob`ektlari va hodisalariga xosdir. Ammo uni biron bir alohida olingan tabiiy ob`ekt bilan bog`lash mumkin emas.  
 
Tabiiy xususiyatlarning o`zgarishi, odatda, muayyan ob`ektning moddiy 
tavsiflarining o`zgarishi bilan bog`liq, estetik xususiyatlarning o`zgarishi esa 
bunday majburiy bog`liqlikka ega emas. Estetik jihatdan muhim xususiyatlar 
alohida olingan ob`ektning sof tabiiy xususiyatlari sifatida ko`rib chiqilishi 
mumkin emas. Ammo estetik jihatdan muhim xususiyatlar alohida olingan 
sub`ektning sof ma`naviy xususiyatlari deb ham hisoblanishi mumkin emas. 
Faqatgina yakka, konkret, individual-betakror ob`ektgina estetik idrok 
qilinishi va baholanishi kerak. Hech qanday umumiy go`zallik yo`q. Estetika har 
doim aniq. Hatto estetik ideal ham faqat muayyan estetik vaziyatda amalga 
oshiriladi. 
Shunday qilib, estetik qadriyatni tashuvchisi aynan real ob`ektiv borliqdir. 
Nafosatlilikning boshlang`ich nuqtasi sifatida ob`ektning idrok etiladigan 
qadriyaviy-muhim shaklini aytish mumkin. Real konkret ob`ektlar voqelikning 
«estetik xususiyatlari» deb nomlanadigan shakl, o`lcham, rang, nisbat, simmetriya, 
ritm kabi ko`rinishlarda namoyon bo`ladi. Moddiy dunyoning ob`ektiv 
xususiyatlari va qonuniyatlari nafosatlilikning kelib chiqishi, ibtidosini tashkil 
etadigan narsalarning tashqi ko`rinishlarini aniqlaydi. Ammo aynan ibtidolarni, 
chunki ob`ektlarning tashqi ko`rinishlari har doim ham nafosatlilik mazmunini 
aniqlay olmaydi. Masalan, estetik kechinmalarning manbai sifatida tuzning rangi 
bu kechinmalarning ma`nosini ham aniqlay olmaydi. 
Biroq, shuni ta`kidlash kerakki, estetik munosabatlar ob`ekti tashqi shakldan 
boshlanadi, lekin shu bilan kifoyalanmaydi: shakl mazmun bilan birlikda 
mazmunli shakl sifatida olinishi kerak. Ob`ektning estetik shakli idrok etadigan 
sub`ektga o`z sifatlari va afzalliklarini ochib berishga tariqasida ta`sir qiladi. 
Insonning dunyoni anglashi jarayonida predmetlar va hodisalarning ularning inson 
va jamiyat hayotidagi ahamiyati kabi ob`ektiv xususiyati namoyon bo`ladi. 
Xulosa qilib shuni ta`kidlash kerakki: 
1) nafosatlilik – bu na ob`ektiv voqelik, na odamning «mohiyatiy kuchlari» 
emas, balki sub`ekt-ob`ekt munosabatlarining ideal mahsulidir; 
Tabiiy xususiyatlarning o`zgarishi, odatda, muayyan ob`ektning moddiy tavsiflarining o`zgarishi bilan bog`liq, estetik xususiyatlarning o`zgarishi esa bunday majburiy bog`liqlikka ega emas. Estetik jihatdan muhim xususiyatlar alohida olingan ob`ektning sof tabiiy xususiyatlari sifatida ko`rib chiqilishi mumkin emas. Ammo estetik jihatdan muhim xususiyatlar alohida olingan sub`ektning sof ma`naviy xususiyatlari deb ham hisoblanishi mumkin emas. Faqatgina yakka, konkret, individual-betakror ob`ektgina estetik idrok qilinishi va baholanishi kerak. Hech qanday umumiy go`zallik yo`q. Estetika har doim aniq. Hatto estetik ideal ham faqat muayyan estetik vaziyatda amalga oshiriladi. Shunday qilib, estetik qadriyatni tashuvchisi aynan real ob`ektiv borliqdir. Nafosatlilikning boshlang`ich nuqtasi sifatida ob`ektning idrok etiladigan qadriyaviy-muhim shaklini aytish mumkin. Real konkret ob`ektlar voqelikning «estetik xususiyatlari» deb nomlanadigan shakl, o`lcham, rang, nisbat, simmetriya, ritm kabi ko`rinishlarda namoyon bo`ladi. Moddiy dunyoning ob`ektiv xususiyatlari va qonuniyatlari nafosatlilikning kelib chiqishi, ibtidosini tashkil etadigan narsalarning tashqi ko`rinishlarini aniqlaydi. Ammo aynan ibtidolarni, chunki ob`ektlarning tashqi ko`rinishlari har doim ham nafosatlilik mazmunini aniqlay olmaydi. Masalan, estetik kechinmalarning manbai sifatida tuzning rangi bu kechinmalarning ma`nosini ham aniqlay olmaydi. Biroq, shuni ta`kidlash kerakki, estetik munosabatlar ob`ekti tashqi shakldan boshlanadi, lekin shu bilan kifoyalanmaydi: shakl mazmun bilan birlikda mazmunli shakl sifatida olinishi kerak. Ob`ektning estetik shakli idrok etadigan sub`ektga o`z sifatlari va afzalliklarini ochib berishga tariqasida ta`sir qiladi. Insonning dunyoni anglashi jarayonida predmetlar va hodisalarning ularning inson va jamiyat hayotidagi ahamiyati kabi ob`ektiv xususiyati namoyon bo`ladi. Xulosa qilib shuni ta`kidlash kerakki: 1) nafosatlilik – bu na ob`ektiv voqelik, na odamning «mohiyatiy kuchlari» emas, balki sub`ekt-ob`ekt munosabatlarining ideal mahsulidir;  
 
2) nafosatlilik - shaxsning uning individual idrok etishi va baholashida 
vujudga keladigan ma`naviy faoliyatning mahsuli; 
3) nafosatlilik haqiqatga o`xshash, ammo mohiyatiga ko`ra farq qiladi. Agar 
haqiqat ratsional bilim bo`lsa, unda nafosatlilik ko`proq bilim emas, balki ob`ektni 
idrok etishdagi hissiy kechinmalardir.  
Boshqacha qilib aytganda, nafosatlilik – estetikaning metakategoriyasi 
bo`lib, u hayot va san`atdagi go`zallik va xunuklik, ulug`vorlik va tubanlik, 
fodiaviylik va kulgililik va boshqa estetik xususiyatlarga xos bo`lgan 
umumiylikni aks ettiradi.  
Go`zallik - hodisani mukammallik nuqtai nazaridan, eng yuqori estetik 
qiymatga ega ekanligi bilan tavsiflovchi estetik kategoriya. 
Go`zallikning konkret-hissiy namoyon bo`lishi: uyg`unlik, simmetriya, ritm, 
mutanosiblik, maqsadga muvofiqlik, shuningdek ob`ektlarning tashqi ko`rinishini 
tavsiflovchi tovush va rang-yorug`lik munosabatlari. 
Go`zallik 
tabiati 
to`g`risidagi 
masalada 
bir 
nechta 
yondoshuvni 
ko`rsatishimiz mumkin:  
1. Go`zallik – narsalarning o`zining ob`ektiv xususiyati. Bunday yondoshuv 
qadimgi YUnoniston naturfalsafasida shakllangan bo`lib, unda go`zallik 
koinotdagi uyg`unlik, yaratilishdagi go`zallik tariqasida tushunilgan. Go`zallikning 
bu talqini frantsuz ma`rifatparvarlik estetikasiga ham xos edi. Go`zallik - bu 
tabiatning o`ziga xos xususiyati, masalan, vazn, rang, hajm kabi. 
2. Estetika voqeligi betaraf (neytral), go`zallik manbai inson qalbida yotadi. 
Go`zallik - bu voqelik hodisalarini sub`ektiv idrok etish. 
3. Go`zallik - ob`ektiv voqelikning xususiyatlarini go`zallik o`lchovi sifatida 
inson bilan yoki uning amaliy ehtiyojlari, hayotdagi go`zallik haqidagi g`oyalari va 
tasavvurlari bilan nisbatlash natijasidir.  
Go`zallik hodisalarning odamlarning didi va ideallari prizmasi orqali 
sub`ektiv estetik baholashlarga asoslanadigan ob`ektiv-estetik ma`nosi sifatida 
namoyon bo`ladi. 
2) nafosatlilik - shaxsning uning individual idrok etishi va baholashida vujudga keladigan ma`naviy faoliyatning mahsuli; 3) nafosatlilik haqiqatga o`xshash, ammo mohiyatiga ko`ra farq qiladi. Agar haqiqat ratsional bilim bo`lsa, unda nafosatlilik ko`proq bilim emas, balki ob`ektni idrok etishdagi hissiy kechinmalardir. Boshqacha qilib aytganda, nafosatlilik – estetikaning metakategoriyasi bo`lib, u hayot va san`atdagi go`zallik va xunuklik, ulug`vorlik va tubanlik, fodiaviylik va kulgililik va boshqa estetik xususiyatlarga xos bo`lgan umumiylikni aks ettiradi. Go`zallik - hodisani mukammallik nuqtai nazaridan, eng yuqori estetik qiymatga ega ekanligi bilan tavsiflovchi estetik kategoriya. Go`zallikning konkret-hissiy namoyon bo`lishi: uyg`unlik, simmetriya, ritm, mutanosiblik, maqsadga muvofiqlik, shuningdek ob`ektlarning tashqi ko`rinishini tavsiflovchi tovush va rang-yorug`lik munosabatlari. Go`zallik tabiati to`g`risidagi masalada bir nechta yondoshuvni ko`rsatishimiz mumkin: 1. Go`zallik – narsalarning o`zining ob`ektiv xususiyati. Bunday yondoshuv qadimgi YUnoniston naturfalsafasida shakllangan bo`lib, unda go`zallik koinotdagi uyg`unlik, yaratilishdagi go`zallik tariqasida tushunilgan. Go`zallikning bu talqini frantsuz ma`rifatparvarlik estetikasiga ham xos edi. Go`zallik - bu tabiatning o`ziga xos xususiyati, masalan, vazn, rang, hajm kabi. 2. Estetika voqeligi betaraf (neytral), go`zallik manbai inson qalbida yotadi. Go`zallik - bu voqelik hodisalarini sub`ektiv idrok etish. 3. Go`zallik - ob`ektiv voqelikning xususiyatlarini go`zallik o`lchovi sifatida inson bilan yoki uning amaliy ehtiyojlari, hayotdagi go`zallik haqidagi g`oyalari va tasavvurlari bilan nisbatlash natijasidir. Go`zallik hodisalarning odamlarning didi va ideallari prizmasi orqali sub`ektiv estetik baholashlarga asoslanadigan ob`ektiv-estetik ma`nosi sifatida namoyon bo`ladi.  
 
Shuni ta`kidlash kerakki, uchinchi yondashuv madaniyat tarixida ustunlik 
qiladi. Uning tarafdorlari Platon, Sokrat, Aristotel, N.Chernishevskiy va boshqalar 
edi. 
Gnoseologik nuqtai nazardan, go`zallik - bu haqiqiy ob`ektning fikriy 
qiyofasi. Shu bilan birga, u aks ettirilgan ob`ektni ideallashtiruvni nazarda tutadi. 
Go`zallik - bu tasavvur asosida qurilgan ob`ektning aqliy modeli, uning uyg`un 
xususiyatlari fikr bilan oxirigacha etkaziladi. 
Xunuklik - bu estetikaning go`zallikning aksi bo`lgan, salbiy estetik 
qiymatni ifodalaydigan kategoriyasi. 
Xunuklik – me`yor, tartibdan ajralganlik, xaos. Qadimgi yunon estetikasida 
xunuklik yo`qlik, yovuzlik tushunchalariga yaqinlashtirilgan. O`rta asr estetikasida 
gunohning namoyon bo`lish shakli va oqibati sifatida qabul qilingan. Ma`rifat 
estetikasi san`atdagi xunukni aks ettirishni imkonsiz deb hisobladi. Ammo, 
Uyg`onish davrida tabiatning qudratli energiyasi va cheksiz xilma-xilligining dalili 
sifatida xunukning buyuk ijodiy kuchi tan olingan. Romantizm «ektsentriklik»ning 
va «xunuklik»ning san`at uchun qiymatiga urg`u berdi. Modernizmda u beqiyos 
qadriyat sifatida talqin qilingan. 
San`atdagi go`zallik va xunuklikning dialektikasi Aristotel` tomonidan jo`da 
yaxshi ko`rsatib berilgan. Uning ta`kidlashicha, badiiy faoliyatda xunuklik 
mukammal, go`zal tarzda tasvirlanishi mumkin, ya`ni u go`zallik xususiyatlarini 
oladi. 
Shunday qilib, xunukning estetik kechinmalari ikki tomonlama: san`at 
asaridan zavqlanish tasvirlash predmetiga bo`lgan jirkanish hissi bilan birga keladi. 
Ulug`vor sifat jihatidan go`zal deb ta`riflangan, ammo bu sifat o`zini yuksak 
darajadagi go`zallik, cheksiz go`zallik kabi namoyon etadi. Ulug`vorlik bizga 
hayratlanish, zavq, uyg`un talab va yuqori madaniyat ierarxiyalarining ilohiy 
dasturini his etish tuyg`ularini beradi. 
Ulug`vorlik - bu katta ijobiy ijtimoiy ahamiyatga ega predmetlar va 
hodisalarning estetik qiymatini tavsiflovchi estetik kategoriyadir, ammo ular 
o`zlarining jo`da ulkan qudrati tufayli jamiyat va shaxs tomonidan ijobiy 
Shuni ta`kidlash kerakki, uchinchi yondashuv madaniyat tarixida ustunlik qiladi. Uning tarafdorlari Platon, Sokrat, Aristotel, N.Chernishevskiy va boshqalar edi. Gnoseologik nuqtai nazardan, go`zallik - bu haqiqiy ob`ektning fikriy qiyofasi. Shu bilan birga, u aks ettirilgan ob`ektni ideallashtiruvni nazarda tutadi. Go`zallik - bu tasavvur asosida qurilgan ob`ektning aqliy modeli, uning uyg`un xususiyatlari fikr bilan oxirigacha etkaziladi. Xunuklik - bu estetikaning go`zallikning aksi bo`lgan, salbiy estetik qiymatni ifodalaydigan kategoriyasi. Xunuklik – me`yor, tartibdan ajralganlik, xaos. Qadimgi yunon estetikasida xunuklik yo`qlik, yovuzlik tushunchalariga yaqinlashtirilgan. O`rta asr estetikasida gunohning namoyon bo`lish shakli va oqibati sifatida qabul qilingan. Ma`rifat estetikasi san`atdagi xunukni aks ettirishni imkonsiz deb hisobladi. Ammo, Uyg`onish davrida tabiatning qudratli energiyasi va cheksiz xilma-xilligining dalili sifatida xunukning buyuk ijodiy kuchi tan olingan. Romantizm «ektsentriklik»ning va «xunuklik»ning san`at uchun qiymatiga urg`u berdi. Modernizmda u beqiyos qadriyat sifatida talqin qilingan. San`atdagi go`zallik va xunuklikning dialektikasi Aristotel` tomonidan jo`da yaxshi ko`rsatib berilgan. Uning ta`kidlashicha, badiiy faoliyatda xunuklik mukammal, go`zal tarzda tasvirlanishi mumkin, ya`ni u go`zallik xususiyatlarini oladi. Shunday qilib, xunukning estetik kechinmalari ikki tomonlama: san`at asaridan zavqlanish tasvirlash predmetiga bo`lgan jirkanish hissi bilan birga keladi. Ulug`vor sifat jihatidan go`zal deb ta`riflangan, ammo bu sifat o`zini yuksak darajadagi go`zallik, cheksiz go`zallik kabi namoyon etadi. Ulug`vorlik bizga hayratlanish, zavq, uyg`un talab va yuqori madaniyat ierarxiyalarining ilohiy dasturini his etish tuyg`ularini beradi. Ulug`vorlik - bu katta ijobiy ijtimoiy ahamiyatga ega predmetlar va hodisalarning estetik qiymatini tavsiflovchi estetik kategoriyadir, ammo ular o`zlarining jo`da ulkan qudrati tufayli jamiyat va shaxs tomonidan ijobiy  
 
o`zlashtirila olmaydi. Ulug`vorlikning yaxlit tavsifini birinchilardan bo`lib I.Kant 
berdi. Agar go`zallik, faylasufning fikriga ko`ra,muayyan shakl, cheklash bilan 
tavsiflanadigan bo`lsa, unda ulug`vorlikning mohiyati uning cheksizligi, cheksiz 
buyukligi va insonning mushohada va tasavvur qilish qobiliyati bilan mos 
kelmasligida. 
Ulug`vorlik insonni jismoniy mavjudot sifatida bosadi, o`z chekliligi va 
cheklanganligini anglashga majbur qiladi, ayni paytda uni ma`naviy mavjudot 
sifatida yuksaltiradi, unda o`zining jismoniy jihatdan taqqoslab bo`lmaydigan va 
uni bosib turadigan tabiat ustidan axloqiy ustunligini anglashni uyg`otadi.  
Hayotdagi, voqelikdagi ulug`vorlik san`atda o`z in`ikosini topadi. Masalan, 
Misr piramidalari fir`avnning - tirik xudoning, quyosh o`g`lining buyukligini aks 
ettiradi. San`atdagi ulug`vorlikning aks etishining tipik shakllari ulkanlik, keng 
ko`lamlilik, monumentalligidir.  
Ulug`vorlik obrazi O`rta asrlar san`atidagi gotik soborlarda aks ettirilgan 
bo`lib, ularda odamning Xudoga, Osmon Saltanatiga bo`lgan intilishini ochib 
beriladi. 
Ulug`likning badiiy ifodasi - bu pafos (yunoncha - tuyg`u, ishtiyoq). 
Ulug`vorlikning juft kategoriyasi tubanlik kategoriyasidir.  
Tubanlik - bu katta salbiy ijtimoiy ahamiyatga ega va jamiyat va shaxs 
uchun xavf tug`diradigan predmetlar va hodisalarning estetik qiymatini 
tavsiflovchi estetik kategoriyadir. 
Tubanlik - bu xunuklikning o`taketgan darajasi, g`oyat salbiy qadriyat.  
Tubanlikka boshqa estetik kategoriyalarga qaraganda ko`proq darajada 
axloqiy baho xosdir: u yovuz kuchlar bilan (zo`ravonlik, yolg`on, buzuqlik va 
boshqalar); urush, odamni odam tomonidan ekspluatatsiya qilish, kamsitish, 
shaxsni bostirish va boshqalar (ijtimoiy hayotda); odamning alkogol va giyohvand 
moddalarga qaramligi (psixologik jihatdan) bevosita bog`liqdir. 
Fojiaviylik va kulgililik ko`proq odamlarning munosabatini, hayotiy 
pozitsiyalarini va taqdirlarini aks ettiradi.  
o`zlashtirila olmaydi. Ulug`vorlikning yaxlit tavsifini birinchilardan bo`lib I.Kant berdi. Agar go`zallik, faylasufning fikriga ko`ra,muayyan shakl, cheklash bilan tavsiflanadigan bo`lsa, unda ulug`vorlikning mohiyati uning cheksizligi, cheksiz buyukligi va insonning mushohada va tasavvur qilish qobiliyati bilan mos kelmasligida. Ulug`vorlik insonni jismoniy mavjudot sifatida bosadi, o`z chekliligi va cheklanganligini anglashga majbur qiladi, ayni paytda uni ma`naviy mavjudot sifatida yuksaltiradi, unda o`zining jismoniy jihatdan taqqoslab bo`lmaydigan va uni bosib turadigan tabiat ustidan axloqiy ustunligini anglashni uyg`otadi. Hayotdagi, voqelikdagi ulug`vorlik san`atda o`z in`ikosini topadi. Masalan, Misr piramidalari fir`avnning - tirik xudoning, quyosh o`g`lining buyukligini aks ettiradi. San`atdagi ulug`vorlikning aks etishining tipik shakllari ulkanlik, keng ko`lamlilik, monumentalligidir. Ulug`vorlik obrazi O`rta asrlar san`atidagi gotik soborlarda aks ettirilgan bo`lib, ularda odamning Xudoga, Osmon Saltanatiga bo`lgan intilishini ochib beriladi. Ulug`likning badiiy ifodasi - bu pafos (yunoncha - tuyg`u, ishtiyoq). Ulug`vorlikning juft kategoriyasi tubanlik kategoriyasidir. Tubanlik - bu katta salbiy ijtimoiy ahamiyatga ega va jamiyat va shaxs uchun xavf tug`diradigan predmetlar va hodisalarning estetik qiymatini tavsiflovchi estetik kategoriyadir. Tubanlik - bu xunuklikning o`taketgan darajasi, g`oyat salbiy qadriyat. Tubanlikka boshqa estetik kategoriyalarga qaraganda ko`proq darajada axloqiy baho xosdir: u yovuz kuchlar bilan (zo`ravonlik, yolg`on, buzuqlik va boshqalar); urush, odamni odam tomonidan ekspluatatsiya qilish, kamsitish, shaxsni bostirish va boshqalar (ijtimoiy hayotda); odamning alkogol va giyohvand moddalarga qaramligi (psixologik jihatdan) bevosita bog`liqdir. Fojiaviylik va kulgililik ko`proq odamlarning munosabatini, hayotiy pozitsiyalarini va taqdirlarini aks ettiradi.  
 
Fojiaviylik - erkinlik va zaruratning o`zaro ta`siri jarayonida yuzaga 
keladigan va inson azob-uqubatlari, hayot uchun muhim bo`lgan qadriyatlarning 
o`limi va nobut bo`lishi bilan qator kechadigan hayotning o`tkir ziddiyatlari 
(to`qnoshuvlari)ni, vaziyatlar va sharoitlarni aks ettiruvchi estetika kategoriyasi. 
Fojeaviylik go`zallik va ulug`vorlikka shunisi bilan yaqinki, u inson qadr-
qimmati va buyukligi g`oyasidan ajralmagan holda, ularning zaruriyat kuchlari 
bilan to`qnoshuviga hamroh bo`ladigan ham erkin harakatlarda, ham azoblarda 
namoyon bo`ladi. 
Insonning erkin harakati uni yo`q qiladigan muqarrar bir zaruratni amalga 
oshiradi, ushbu zarurat aynan odam uni yengib o`tishga yoki undan qochishga 
harakat qilganda quvlab yetadi.  
Qadimgi davrda, shaxsiy ibtido rivojlanishning past darajasida bo`lganida, 
fojiaviylik shaxs va taqdirning o`zaro ta`siri orqali tasvirlangan (Moyra). Taqdir 
tabiatda va jamiyatda hukmronlik qiladigan egasiz kuch sifatida talqin qilingan. 
Moyralar inson hayotini aniqlaydi, lekin oldindan belgilangan tartibning o`ziga xos 
epizodlarini amalga oshirishi, erkin harakatlari orqali. Qahramon taqdirni 
o`zgartira olmaydi, lekin u sodir bo`layotgan narsalarni passiv ravishda qabul 
qilmaydi, unga faol qarshi chiqadi va shu bilan o`z erkinligini namoyish etadi. 
O`rta asrlarda odamlarning irodasini Xudoning irodasiga bo`ysuntirish va 
boshqa hayotda, Xudo saltanatida adolatni tiklash va`dasi eng asosiy motiv 
bo`lgan. Fojia tamoyili yerdagi va samoviy ibtidolar to`qnashuvida yotadi. 
Yangi davrda, shaxsiy boshlanmaning har tomonlama rivojlantirilishi bilan 
fojianing manbai sub`ektning o`zi, uning ichki dunyosining teranlari va ular bilan 
shartlangan xatti-harakatlardir. Masalan, Shekspirning fojialari qahramonlari. 
Gegel fojia manbaini axloqiy mohiyatning iroda va bajarilish sohasi sifatida 
o`zini o`zi bifurkatsiyalashida ko`rdi. Yangi asr odami o`z fojiasida boshiga 
tushgan dahshat va azoblarda o`zi aybdor. Ammo to`qnashayotgan kuchlarining 
o`limi buzilgan muvozanatni boshqa yuqori darajaga qayta tiklaydi va shu tariqa 
Gegelning fikriga ko`ra, ruhning tarixiy o`z-o`zini rivojlantirishiga yordamlashgan 
holda universal substantsiyani ilgari suradi. Shu bois Hegel uchun fojianing rangi 
Fojiaviylik - erkinlik va zaruratning o`zaro ta`siri jarayonida yuzaga keladigan va inson azob-uqubatlari, hayot uchun muhim bo`lgan qadriyatlarning o`limi va nobut bo`lishi bilan qator kechadigan hayotning o`tkir ziddiyatlari (to`qnoshuvlari)ni, vaziyatlar va sharoitlarni aks ettiruvchi estetika kategoriyasi. Fojeaviylik go`zallik va ulug`vorlikka shunisi bilan yaqinki, u inson qadr- qimmati va buyukligi g`oyasidan ajralmagan holda, ularning zaruriyat kuchlari bilan to`qnoshuviga hamroh bo`ladigan ham erkin harakatlarda, ham azoblarda namoyon bo`ladi. Insonning erkin harakati uni yo`q qiladigan muqarrar bir zaruratni amalga oshiradi, ushbu zarurat aynan odam uni yengib o`tishga yoki undan qochishga harakat qilganda quvlab yetadi. Qadimgi davrda, shaxsiy ibtido rivojlanishning past darajasida bo`lganida, fojiaviylik shaxs va taqdirning o`zaro ta`siri orqali tasvirlangan (Moyra). Taqdir tabiatda va jamiyatda hukmronlik qiladigan egasiz kuch sifatida talqin qilingan. Moyralar inson hayotini aniqlaydi, lekin oldindan belgilangan tartibning o`ziga xos epizodlarini amalga oshirishi, erkin harakatlari orqali. Qahramon taqdirni o`zgartira olmaydi, lekin u sodir bo`layotgan narsalarni passiv ravishda qabul qilmaydi, unga faol qarshi chiqadi va shu bilan o`z erkinligini namoyish etadi. O`rta asrlarda odamlarning irodasini Xudoning irodasiga bo`ysuntirish va boshqa hayotda, Xudo saltanatida adolatni tiklash va`dasi eng asosiy motiv bo`lgan. Fojia tamoyili yerdagi va samoviy ibtidolar to`qnashuvida yotadi. Yangi davrda, shaxsiy boshlanmaning har tomonlama rivojlantirilishi bilan fojianing manbai sub`ektning o`zi, uning ichki dunyosining teranlari va ular bilan shartlangan xatti-harakatlardir. Masalan, Shekspirning fojialari qahramonlari. Gegel fojia manbaini axloqiy mohiyatning iroda va bajarilish sohasi sifatida o`zini o`zi bifurkatsiyalashida ko`rdi. Yangi asr odami o`z fojiasida boshiga tushgan dahshat va azoblarda o`zi aybdor. Ammo to`qnashayotgan kuchlarining o`limi buzilgan muvozanatni boshqa yuqori darajaga qayta tiklaydi va shu tariqa Gegelning fikriga ko`ra, ruhning tarixiy o`z-o`zini rivojlantirishiga yordamlashgan holda universal substantsiyani ilgari suradi. Shu bois Hegel uchun fojianing rangi  
 
oqdir: fojiaviylik odamlarni tozalovchi ta`sirga ega (katarsis), ularni yovuzlikka 
qarshi kurashishga chorlaydi. 
Fojiaviy asarning asosiy vazifasi - bu inson qadr-qimmatini tasdiqlash, inson 
imkoniyatlarini kengaytirish, tarixan shakllangan, ammo eng kuchli va faol, yuqori 
ideallardan ilhomlanganlar uchun tor bo`lib qolgan chegaralarni buzish. 
Hayotdagi va san`atdagi fojiaviylikning aksi bu kulgilikdir. 
Kulgililik (yunoncha «komikos» - quvnoq, kulgili) - bu voqelikning ijtimoiy 
muhim qarama-qarshiliklarini ularga estetik ideal pozitsiyasidan emotsional-
tanqidiy munosabat nuqtai nazaridan aks ettiruvchi estetika kategoriyasi. 
Kulgililikning mohiyati ziddiyatdadir. Vaziyatning kulgililigi aksariyat 
hollarda xunuklik - go`zallik (Aristotel), tubanlik - ulug`vorlik (I.Kant), bema`nilik 
- mulohazalilik (A. Shopenhauer), yolg`on, xayoliy - tubdan ahamiyatli, 
mustahkam va haqiqiy (Gegel) va h.k. kontrasti, ro`para turishi natijasi sifatida 
namoyon bo`ladi. Bundan kelib chiqadiki, har qanday kulgili ziddiyatda ikkita 
qarama-qarshi ibtido harakat qiladi, birinchisi ijobiy ko`rinadi va diqqatni jalb 
qiladi, lekin aslida salbiy xususiyatga aylanadi. 
Komediya, qoida tariqasida, kulgiga sabab bo`ladi. Komediyaviy kulgi 
chuqur tanqidiy ibtidoga ega. Ammo kulgi ko`r, shafqatsiz raddiya, ya`ni emirish 
kabi harakat qilmaydi. U kamchiliklarni yo`q qilishga, jiddiy adolatsizlikni yo`q 
qilishga va munosabatlarning yangi tizimini yaratishga intiladi. Shu munosabat 
bilan K. Marks "kulayotib, insoniyat o`tmishdan ajraladi" deb ta`kidladi. 
Hayot va san`atdagi kulgililik asosida keng kulgi madaniyati shakllandi. 
Asotirning kulgi madaniyatiga xaos-kosmos muxolifatida kechadigan 
aralashtirish, siljitish, o`zgartirish, almashtirish, adashtirish xosdir. Kulgi 
madaniyati ushbu qarama-qarshiliklarni hal qilish usulidir. 
Antik davrda kulgi madaniyati xalq bayramlarida tabiatning ijodiy 
kuchlarining tantanasi sifatida namoyon bo`ladi. Masalan, qadimgi Yunonistonda 
Dionisga sig`inish, Rimliklarning Saturnaliyasi. 
O`rta asrlarda komediyaning eng mashhur shakllaridan biri karnaval edi, bu 
M. Baxtinning fikriga ko`ra rasmiy madaniyat va diniy mafkuraning antipodi 
oqdir: fojiaviylik odamlarni tozalovchi ta`sirga ega (katarsis), ularni yovuzlikka qarshi kurashishga chorlaydi. Fojiaviy asarning asosiy vazifasi - bu inson qadr-qimmatini tasdiqlash, inson imkoniyatlarini kengaytirish, tarixan shakllangan, ammo eng kuchli va faol, yuqori ideallardan ilhomlanganlar uchun tor bo`lib qolgan chegaralarni buzish. Hayotdagi va san`atdagi fojiaviylikning aksi bu kulgilikdir. Kulgililik (yunoncha «komikos» - quvnoq, kulgili) - bu voqelikning ijtimoiy muhim qarama-qarshiliklarini ularga estetik ideal pozitsiyasidan emotsional- tanqidiy munosabat nuqtai nazaridan aks ettiruvchi estetika kategoriyasi. Kulgililikning mohiyati ziddiyatdadir. Vaziyatning kulgililigi aksariyat hollarda xunuklik - go`zallik (Aristotel), tubanlik - ulug`vorlik (I.Kant), bema`nilik - mulohazalilik (A. Shopenhauer), yolg`on, xayoliy - tubdan ahamiyatli, mustahkam va haqiqiy (Gegel) va h.k. kontrasti, ro`para turishi natijasi sifatida namoyon bo`ladi. Bundan kelib chiqadiki, har qanday kulgili ziddiyatda ikkita qarama-qarshi ibtido harakat qiladi, birinchisi ijobiy ko`rinadi va diqqatni jalb qiladi, lekin aslida salbiy xususiyatga aylanadi. Komediya, qoida tariqasida, kulgiga sabab bo`ladi. Komediyaviy kulgi chuqur tanqidiy ibtidoga ega. Ammo kulgi ko`r, shafqatsiz raddiya, ya`ni emirish kabi harakat qilmaydi. U kamchiliklarni yo`q qilishga, jiddiy adolatsizlikni yo`q qilishga va munosabatlarning yangi tizimini yaratishga intiladi. Shu munosabat bilan K. Marks "kulayotib, insoniyat o`tmishdan ajraladi" deb ta`kidladi. Hayot va san`atdagi kulgililik asosida keng kulgi madaniyati shakllandi. Asotirning kulgi madaniyatiga xaos-kosmos muxolifatida kechadigan aralashtirish, siljitish, o`zgartirish, almashtirish, adashtirish xosdir. Kulgi madaniyati ushbu qarama-qarshiliklarni hal qilish usulidir. Antik davrda kulgi madaniyati xalq bayramlarida tabiatning ijodiy kuchlarining tantanasi sifatida namoyon bo`ladi. Masalan, qadimgi Yunonistonda Dionisga sig`inish, Rimliklarning Saturnaliyasi. O`rta asrlarda komediyaning eng mashhur shakllaridan biri karnaval edi, bu M. Baxtinning fikriga ko`ra rasmiy madaniyat va diniy mafkuraning antipodi  
 
sifatida yuzaga chiqadi. O`rta asrlardagi karnaval tantanalarida kulgi inkor qiluvchi 
va ayni paytda hayotni tasdiqlovchi kuch sifatida to`liq va chinakam ko`rinishda 
namoyon bo`ladi. 
Yangi va Eng yangi davrda kulgi madaniyati insonning muhim kuchlarini 
begonalashishi bilan bog`liq bo`lgan tarixiy deformatsiyalarga duch keladi: u 
o`zining umumiy ijtimoiy ibtidosini yo`qotadi. Kulish madaniyati odamning 
xudbin manfaatlariga xizmat qilish yo`lini egallaydi, ba`zi hollarda psixologik 
tajovuzning o`ziga xos vositasi sifatida ishlaydi. Satira, kinoya, istehzo, 
masxaralash, tahqirlash, ruhiy sovuqlik. Kulgi ziddiyatlardan himoyalanish 
vositasiga aylanadi. Masxara qilish va ko`zdan g`oyib qilish – shu tariqa 
mavjudlikning zarur qulayligi ta`minlanadi. 
Shunday qilib, estetika kategoriyalari estetikaning asosiy, eng umumiy 
tushunchalari bo`lib, ular bilish mumkin bo`lgan ob`ektlar va hodisalarning muhim 
ta`riflarini aks ettiradi. Ular voqelikni estetik bilishning asosiy bosqichlari sifatida 
namoyon bo`ladi. 
Estetika kategoriyalari dialektik jihatdan o`zaro bog`liq, bir-birini o`zaro 
belgilaydi. Ular nafaqat ijobiy estetik xususiyatlarni, balki salbiy xususiyatlarni 
ham ochib beradi va shu bilan voqelikning qarama-qarshi tomonlarini yoritadi. Shu 
bilan birga, estetika kategoriyalari bilayotgan hodisalarimizning mohiyatini aks 
ettira o`tirib, insonning nafosatlilikka bo`lgan baholovchi munosabatini bildiradi, 
uning jamiyat va shaxsning ma`naviy-amaliy hayotidagi ahamiyatini belgilaydi. 
Xulosalar  
1. Estetika - falsafiy fan, tabiatda, jamiyatda, san`atda namoyon bo`ladigan 
go`zallik to`g`risidagi fan. 
2. Estetika va etika baholovchi ong shakllaridir. 
3. Estetikaning strukturasi uchta komponent: estetik ong, estetik faoliyat va 
estetik munosabatlardan iborat, ularning har biri o`ziga xos xususiyatga ega. 
4. Estetikaning asosiy kategoriyalari: go`zallik va xunuklik, ulug`vorlik va 
tubanlik, fojiaviylik va kulgililik. 
 
sifatida yuzaga chiqadi. O`rta asrlardagi karnaval tantanalarida kulgi inkor qiluvchi va ayni paytda hayotni tasdiqlovchi kuch sifatida to`liq va chinakam ko`rinishda namoyon bo`ladi. Yangi va Eng yangi davrda kulgi madaniyati insonning muhim kuchlarini begonalashishi bilan bog`liq bo`lgan tarixiy deformatsiyalarga duch keladi: u o`zining umumiy ijtimoiy ibtidosini yo`qotadi. Kulish madaniyati odamning xudbin manfaatlariga xizmat qilish yo`lini egallaydi, ba`zi hollarda psixologik tajovuzning o`ziga xos vositasi sifatida ishlaydi. Satira, kinoya, istehzo, masxaralash, tahqirlash, ruhiy sovuqlik. Kulgi ziddiyatlardan himoyalanish vositasiga aylanadi. Masxara qilish va ko`zdan g`oyib qilish – shu tariqa mavjudlikning zarur qulayligi ta`minlanadi. Shunday qilib, estetika kategoriyalari estetikaning asosiy, eng umumiy tushunchalari bo`lib, ular bilish mumkin bo`lgan ob`ektlar va hodisalarning muhim ta`riflarini aks ettiradi. Ular voqelikni estetik bilishning asosiy bosqichlari sifatida namoyon bo`ladi. Estetika kategoriyalari dialektik jihatdan o`zaro bog`liq, bir-birini o`zaro belgilaydi. Ular nafaqat ijobiy estetik xususiyatlarni, balki salbiy xususiyatlarni ham ochib beradi va shu bilan voqelikning qarama-qarshi tomonlarini yoritadi. Shu bilan birga, estetika kategoriyalari bilayotgan hodisalarimizning mohiyatini aks ettira o`tirib, insonning nafosatlilikka bo`lgan baholovchi munosabatini bildiradi, uning jamiyat va shaxsning ma`naviy-amaliy hayotidagi ahamiyatini belgilaydi. Xulosalar 1. Estetika - falsafiy fan, tabiatda, jamiyatda, san`atda namoyon bo`ladigan go`zallik to`g`risidagi fan. 2. Estetika va etika baholovchi ong shakllaridir. 3. Estetikaning strukturasi uchta komponent: estetik ong, estetik faoliyat va estetik munosabatlardan iborat, ularning har biri o`ziga xos xususiyatga ega. 4. Estetikaning asosiy kategoriyalari: go`zallik va xunuklik, ulug`vorlik va tubanlik, fojiaviylik va kulgililik.  
 
Mustahkamlash uchun savollar va topshiriqlar 
1. «Estetika» so`zining ma`nosini tushuntiring. 
2. Estetika ilmiy fan sifatida qachon vujudga kelgan?  
3.  Ushbu fanning asoschisi kim deb hisoblanadi? 
4. Estetika fanining predmeti nimadan iborat? 
5. Estetika asosiy vazifalari nimalardan iborat? 
6. Estetik ongning o`ziga xos xususiyati nimada? 
7. Estetik faoliyat nima? 
8. Estetik munosabatlarning asosiy tarkibiy komponentlarini ko`rsating.  
9. Estetikaning qaysi kategoriyalarini bilasiz? 
10. 
Fojeaviylik kategoriya nima uchun go`zallik va ulug`vorlik 
kategoriyalari bilan yaqinligini tushuntiring. 
 
 
Mustahkamlash uchun savollar va topshiriqlar 1. «Estetika» so`zining ma`nosini tushuntiring. 2. Estetika ilmiy fan sifatida qachon vujudga kelgan? 3. Ushbu fanning asoschisi kim deb hisoblanadi? 4. Estetika fanining predmeti nimadan iborat? 5. Estetika asosiy vazifalari nimalardan iborat? 6. Estetik ongning o`ziga xos xususiyati nimada? 7. Estetik faoliyat nima? 8. Estetik munosabatlarning asosiy tarkibiy komponentlarini ko`rsating. 9. Estetikaning qaysi kategoriyalarini bilasiz? 10. Fojeaviylik kategoriya nima uchun go`zallik va ulug`vorlik kategoriyalari bilan yaqinligini tushuntiring.