Etyudlar, mashqlar, hajviy janrlar, badiiy publistik materiallar, masal va boshqa janrlar ustida ishlash
Yuklangan vaqt
2024-11-08
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
21,1 KB
Etyudlar, mashqlar, hajviy janrlar, badiiy publistik materiallar, masal va
boshqa janrlar ustida ishlash
Reja:
1. Etyudlar, mashqlar
2. Intermediya, latifa, hajviy hikoya, pamflet va boshqa hajviy janrlar asosida
tomosha yaratish
3. Tasviriy she’r, masal, qo‘shiq!ar asosida tomosha yaratish
Mavzuga oid glossariy
Inssenirovka - lotinchadan olingan boiib, biror asami sahnaviy (qilib
o‘zgartirish, sahnaga qo‘yish uchun moslashtirish degan ma’noni bildiradi.
Lug‘atlarda, inssenirovka - adabiy asarlarni teatr uchun qayta ishlash, deb berilgan
Inssenirovka bu - badiiy asarni dramatik asarga aylantirishdir, ya’ni sahnaga
moslashtirilgan holda yoziladi.
Inssenirovka qilinganda amalga oshiriladi ishlar:
1.Asar to iiq o‘qib chiqilib, uning mazmuni va mohiyati o’rganiladi.
2,Asardagi muallif tomonidan berilgan so‘z, ta ’riflar, xullas ifodalash
qahramoniarga b o u b beriladi.
S.Asardagi qahramonlar aniqlanadi, ularga so‘z, matnlar bo’lib beriladi.
4.Monolog va dialoglarga ajratiladi.
Syujet - franstuzcha so’z bo’lib, adabiy asarning asosiy mazmuni: badiiy asar
mazmuni va undagi qahramonlar xarakterini ochib beridigan o’z aro uzviy
bog’langan voqealar, hodisalar tizmasi deb ta’rif berishadi
Mashq qilish metodi - Bu metod boshqa metodlardan shu bilan farq qiladiki, u faqat
tadbirni tayyorlash jarayonida qo‘llanadi. Shuni unutmaslik kerakki, mashq qilish
metodi, asosan, tadbir tayyorlovchi rejissyorning havaskorlar bilan ishlash
jarayonida amalga oshiriladi.
Jam'- (fransuzcha ≪genre≫ — tur, ko’rinish degan ma’noni anglatadi) tushunchasi
juda ham keng bo’lib, turli fikr va tushunchalarni katta hajmda tushunishdir. Bu
o’ziga xos muallifning hayot hodisalarini g’oya asosida ko’ra olish burchagi bo’lib,
undan u uni madh etishi, muhokama etishi yoki kulishi va h.k. mumkin.
Mavzuga oid adabiyotlar
Farhod Ahmedov Ommaviy baeramlar rejissurasi asoslari T.: “Adolat”, 2008. –
425b b
2. Qoraboyev U. Madaniy tadbirlar“, T.: 2006.
3 Rustamov V.. SSenariynavislik mahorati. T.:-“BarkamoI fayz media”, 2017, 204
bet.
Internet saytlari:
Ziyonet.uz.
http://www.teatr uz.
http://www.bilim.uz
http://www.ziyo. edu. uz
www.gov.uz – О‘zbekiston Respublikasi xukumat portali
Etyudning o ‘zi nima?
Etyud hayotdan olingan voqea bo'lib, so‘zsiz, predmetsiz, xatti-harakatda ijro
etiladi. Etyudda voqea, tugun, kulminatsiya, yechim kabi kompozitsiyaning tarkibiy
qismlari bo‘lishi kerak.
Ijodiy fikr qilish sharoitida, harakatni egallashdagi muhim bosqichlardan biri
bu-yakka, juft, ommaviy etyudlarni bajarish katta ahamiyatga egadir.
Etyudlar bilan ishlash jarayonida, rejissyorlik mahorati elementlari egallanadi:
— etyud va ishtirokchilarning rejissyorlik oliy maqsadini aniqlash;
— har bir ЬоЧак va bo'lakcha ishtirok etuvchilarning ≪rejissyorlik vazifalarini≫
aniqlash;
— kenglikni tashkil etish (joy vaqt harakatning obrazli yechimini topish);
— rivojlanayotgan harakatning har bir voqeasi va dalilini qurishni baholash;
— har bir harakat bo'lagida, har bir ishtirokchining ichki monologini yaratish;
— har bir bo'lakda va etyudda muhitni yaratish;
— etyudning har bir bo'lagida ta ’sirchan mizanssenalarni
topish.
Voqea va harakatni yuzaga keltiruvchi bir kishilik etyudlar
Etyudlar ustida ishlashda (bir kishilik, juft, ommaviy etyudlar, ommaviy
sahnalar) talabalar oldida yangi, kompleks, murakkab vazifalar paydo bo‘ladi. Bu
jarayonida ijodning barcha elementlarigina emas, balki soha bo‘yicha olingan ilk
bilimlar mustahkamlanib, dasturdagi keying bo‘limlarga-miniatyura, tasviriy she’r,
tasviriy masal, tasviriy q o ‘shiq kabi teatrlashtirilgan tomosha va bayramlarning
tarkibiy qismi bo‘lgan janrlarga o ‘ziga xos ko^prik quriladi. Talabalar, ommaviy
bayram va tomoshalar rejissurasida—etyud faqatgina ijodiy fantaziyani rejissyorlik
va ijro mahoratining egallashgagina emas, balki ko‘pgina teatrlashtirilgan
tomoshalarda ishlatiladigan muhim, o'ziga xos ta ’sirchan vosita bo‘lib, unda etyud
hayot jabhalarining bir tomonining namoyon boMishi, muallifning hayot shu
tomoniga bergan bahosi va munosabatidir.
0 ‘quv jarayonida, etyud ustida ishlashda birinchi navbatda talabalarning
ijodiy tasawurlari va fantaziyalari uch yo‘nalish bo‘yicha olib boriladi:
— ssenariy rejasida (original ssenariy yaratish uquvi);
— rejisssyorlik rejasida (ssenariy materialida sahnalashtirishning obrazli yechimini
topish);
— ijroda (yorqin qahramon obrazini yaratishda ishtirok etuvchilar bilan ishlay olish
uquvi).
Etyud ustida ishlash (ssenarist uchun) ssenariy rejasi va ssenariyni yaratish
bilan tugallanib, guruhda himoya qilinadi. Ya’ni o ‘qib eshittirilib, muhokama
qilinib, tasdiqlangach, sahnaga olib chiqiladi. Ssenariy rejasida (ssenariyda) berilgan
shart-sharoit aniq
ko‘rsatilishi lozim. Bular:
a) harakat qachon bo‘lib o 'tadi —vaqti;
b) harakat qayerda bo‘lib o‘tadi—joy;
d) kim ishtirok etadi (ishtirokchilarning qisqa xarakteristikasi);
e) nima bo‘lib o ‘tadi, ya’ni etyud ma’nosining qisqacha harakat mazmuni, uning
fabulasi, syujeti, maqsadi ko‘rsatilib, bu harakat nima uchun amalga oshirilayotibdi.
Qahramonlarning harakati ko‘rsatiladi.
Etyud rejissyor uchun-birinchi kichik tugallangan spektakl bo‘lib, o'zining
oliy maqsadi,_ emotsionalligi, janr bo'yicha hal etilganligi bilan ajralib turadi, u
chiroq va musiqiy bezakli tomoshadir.
Shunday qilib, talaba amaliy darslar jarayonida-ssenarist, rejissyor va ijrochining
vazifasini bajarishi lozim.
Mashqdan etyudga
Biz bir kishilik etyudlar ustida ishlashni boshlaymiz. Bu etyudda bir kishi ishtirok
etib, bu yerda rejissyor va ssenarist so'zga emas, balki tomosha san’atining asosiy ta
’sirchan vositasi sifatida harakatga murojaat etadilar. Etyudda tasawurdagi
predmetni jismoniy harakatlar orqali bajarish eng foydali hisoblanadi. Bu yerda
mashqdan sekin-astalik bilan harakatga o'tilib bir varakayiga aktyorlik va
rejissyorlik fikr qilishini faol rivojlantiradi.
Bir kishilik etyud yaratishning uslubini aniq misollarda ko‘rib chiqamiz.
Talaba tasawurdagi predmet sifatida mina qidiradigan asbobni harakatda mashq
sifatida bajardi. Mashq davomida u predmetni to ‘g‘ri his qilib-uning og‘irligini,
shaklini sezib, harakatda mantiqiy ketma-ketlik seziladi. 0 ‘qituvchi unga mana shu
mashq asosida etyud tayyorlashni taklif etdi. Buning uchun unga quyidagi
vazifalarni topshirdi:
Ssenaristga—etyud uchun harakatni qurish, etyuddagi qiziq berilgan shart—
sharoitlar doirasini yaratish;
Rejissyorga-etyud mazmunini faol shakllanish yo'nalishini kuzatib,
ssenaristning va ijrochi g‘oyasini amalga oshirish, voqeaning o‘tish vaqti-hozirgi
kun, tong; voqeaning o'tish joyi-o‘rmon yonidagi mollar o ‘tmaydigan dala;
ishtirokchi-soldat-sapyor.
Qanday voqea b o iib o'tadi? (etyudning qisqacha mazmuni); kechki payt qo‘shni
harbiy qismga, o'rmon yonidagi katta tosh joylashgan dalada, eski minada bola
portlab, halok boMgani to ‘g‘risida xabar berildi. Askar sapyorga mana shu dalada
qolgan minalarni zararsizlantirish bo‘yicha topshiriq oladi. Tong saharda soldat o
‘sha dalaga borib, uchta minani topib, ularni zararsizlantiradi. Guruhdagi ssenariy
himoyasida, etyudda dalada minani topishdek-qiziq sharoit borligi ta ’kidlandi. Bu
mina barcha harakatning sababi bo‘lib, minani zararsizlantirish-asosiy maqsad edi.
Lekin, ≪sabab≫ (boshlang‘ich voqea) etyuddan tashqarida bo‘lib, uni ijro qilib
bo’lmaydi. Maqsadni ham ijro etib bo'lmaydi, chunki unga harakat yonaltirilgan,
uchta minani zararsizlantirishdek harakatning o’zi esa sahnada unchalik qiziq
boMmaydi. Mana shunday kamchiliklarni ko’rsatib, soldatning harakatini
aniqlashtirish bo’yicha fikr berilib etyud qabul qilindi.
Rejissyor o’z navbatida quyidagi vazifani oldi:
1. Ishni sahna kengligidagi o ‘yinni tashkil qilish, ya’ni berilgan shart-sharoitni
amalga oshirish va aniqlashtirishdan boshlab, sahna kengligiga (sahna maydoniga)
rejissyorlik va aktyorlik nuqtayi nazardan qarab, ular o‘rtasida prinsipial farq
borligini ko‘zda tutish kerak: ijrochi o ‘z tanasining kenglikdagi harakati uchun
maydonning qulayligiga qaraydi.
2. Joy, vaqt harakati va muhitning obrazli yechimini izlashni boshlab, maydonni to
‘sib qo‘ymaslikka harakat qilib, 2-3 aniq bezakning detalini topish lozim. Sahna
kengligini shunday tashkil qilish lozimki, unda ta ’sirchan effekt va harakat muhiti
yetarlicha ta ’sirchan bo‘lishi lozim. Har qan day sahnalashtirish effektlaridan-
tovush, musiqa, chiroq va h.k.lardan foydalanishga ruxsat berildi.
3. Ijrochilar harakatiga ayniqsa katta ahamiyat berib, ularning harakatini
faollashtirish lozim, buning uchun berilgan shart-sharoitni jadallashtirib, har bir
parchada ijrochi uchun to 'g ‘ri topshiriqlar topish kerak.
Intermediya, latifa, hajviy hikoya, pamflet va boshqa hajviy janrlar asosida
tomosha yaratish
Hajviy hikoya, latifalar, feleton, pamflet materiallarini inssenirovka qilish
qonun-qoidalarini mukammal egallagandan so'nggina, ssenariy yaratish mumkin.
Ssenariy bir yaxlit materiallardan yoki bir nechta turli adabiy materiallar sintezidan
yaratilishi mumkin. Ayniqsa bir nechta qisqa hajviy hikoya yoki latifalar asosida
tomosha yaratish juda ham murakkab ijodiy jarayon hisoblanadi.
Bu ishda asosan, umumiy mavzu va g‘oyaga to ‘g‘ri keladigan latifa,
hikoyalar tanlab olinib, kompozitsiya qoidalariga (voqealar rivoji, qarama-qarshilik,
tugun, kulminatsiya va yechim) asoslangan holda ssenariy yaratiladi. Bu
janr ustida ish olib borishda rejissyor-talabadan katta fantaziya talab qilinadi.
Hajviy materiallar, obrazlar ustida ish olib borganda, xususan, feleton pamflet
janrlarida grotekst uslubini to ‘g‘ri qo‘llay bilish lozim. Biz nazariy bobda ko'rsatib
o‘tganimizdek, ≪grotesk≫ (bo'rttirish) aktyorlik ijrosida badiiy bezakda, pardozda,
musiqa va shovqinlarda, mizanssenalarda namoyon bo‘lishi mumkin.
Pamflet janrida zamonaviy jamiyatdagi siyosiy muammolar hajviy yo'nalishda ochib
beriladi. Pamflet va feletonda ba’zi publitsistik materiallar bilan birga latifalarni ham
qo‘llash mumkin.
Tasviriy she’r, masal, qo‘shiq!ar asosida tomosha yaratish
Ssenariy yaratish jarayonida, adabiyotning bu janri borasida ish olib
borilganda, ma’lum bir mavzu va g'oyaga asoslangan holda bir muallifning yoki turli
mualliflarning she’rlari asosida yaratiladi. Bu o‘rinda material poema, ballada,
turkum she’rlar yoki lirik she’rlar bo‘lishi mumkin. Eng asosiysi bu she’riy
matnlardan yaratilgan kompozitsiyalarda voqeaning bo‘lishi uning rivoji katta
ahamiyatga ega.
Turli mualliflar she’rlarini bir mavzu va g‘oyaga asosan birlashtirish
talabadan boy fantaziyani talab qiladi. She’riy matn bilan ishlash murakkab
bo‘lganligi sababli, uni chuqur tahlil qilib xatti-harakatga qo‘ya olish, bir butun
tomosha shakliga keltirish rejissyorning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Tasviriy she’r bilan tasviriy qo‘shiqni alohida tomosha holida yoki ularning
sintezidan tashkil qilingan tomosha shaklida sahnalashtirish mumkin.
Tasviriy masal — (kishilarga o‘git bo‘ladigan, xulosali, kichik majoziy hikoya)
ustida ish olib borish, awalambor adabiy materialni o‘rganishdan boshlanadi.
Ma’lum bir mavzuga monand material tanlanib, shu material asosida ssenariy
yaratiladi.
Tayanch so’z va iboralar: Etyud; voqea; harakat; mashq; hajviy material; pamflet
va feleton.
Takroiiash uchun savollar:
I Voqea va harakatni yuzaga keltiruvchi bir kishilik etyudlar qanday xususiyatlarga
rga?
2. “Mashqdan etyudga” iborasi nimalarni o’zida qamrab oladi?
3. Hajviy hikoya, latifalar, feleton, pamflet materiallarini inssenirovka qilish ning
qanday qonun-qoidalari mavjud?
Mustaqil ish uchun mavzu va vazifalar:
1. Etyudlar bilan ishlash jarayonida, rejissyorlik mahorati qanday elementlarni
egallash zarurligini o’rganing
2. Etyud ustida ishlash usullarini o’rganing
3. Intermediya, latifa, hajviy hikoya, pamflet va boshqa hajviy janrlar asosida
tomosha yaratish metodikasini o’zlashtirib oling