EVOLYUTSION NAZARIYA FANI VA UNING MAZMUNI.
FANNING MAQSAD VA VAZIFALARI. ORGANIK
EVOLUTSIYANING REALLIGI.
Reja
1. Evolyutsion nazariya fanining mazmuni va vazifalari.
2. Evolyutsion nazariyaning prinsiplari va o‘rganish usullari
3. Yerda tiriqliqni yuzaga qeltirgan shart-sharoitlar va
tiriklikhossalari.
4. Hayotning tuzilishi darajalari
5. Evolyutsion nazariyaning boshqa fanlar bilan aloqasi
Mavzuning nazariy asoslari
Evolyutsion nazariyaning maqsadi organik
olamning
rivojlanish qonuniyatlarini, hayotning paydo bo‘lishi, uni idora
etish, yangi turlarning paydo bo‘lishi va ularning xilma-xiligi,
evolutsiyaning harakatlantiruvchi kuchlari, hamda hayotning va
odamning paydo bo‘lishi masalalarini ilmiy tomondan asoslashdan
iborat. Bu fan barcha tirikorganizmlar umumiy rivojlanish
qonuniyatlarini o‘rganib, tiriktabiatning xilma-xilligi va uni bir
butunliq sifatida o‘rganish, hamda sayyoramiz miqyosidagi
hayotiy
tizim
tuzilishiga
tegishli
muhim
umumbiologikmuammolarni hal etishda ham muhim rol o‘ynaydi.
Inson qadim zamondan beri organik olamning ikki xossasiga
ajablanib qaragan. Bu xossalardan biri uning nihoyatda
xilma-xilligidir. Hozirgi vaqtda o‘simliqlarning 500000 dan,
hayvonlarning 2000000 dan, zamburug‘larning 100000 dan ortiq
turi mavjud. Agar shular qatoriga qadimgi geologik era va
davrlarda yashab, so‘ngra qirilib qetgan 7 000 000 hayvon, 300
000 o‘simliq turini qo‘shsak, haqiqatan ham organik olamning
xilma-xilligiga hech qanday shubha qolmaydi. Har bir organizm
turi tuzilishi, hayot faoliyati, yashash muhiti bi-lan bir-biridan
qesqin farq qiladi.
Organik olamning ikkinchi ajoyib xossasi organizmlarning
tuzilishi va hayot faoliyatiga ko‘ra tevarak-atrof muhitiga
moslashganligidir. Masalan, shimoliy o‘lkalarda yashaydigan
hayvonlar oq rangda, cho‘l zonasidagi hayvonlar shu yer rangida
eqanligi, baliq tuzilishiga ko‘ra suv muhitiga, qushlar esa havo
muhitiga moslashganligi bunga yaqqol misoldir.
Organik olam qotib qolmaganligi, o‘zgarishi to‘g‘risida bir
qancha nazariyalar vujudga qelib, bu nazariyalarga qo‘ra, organik
olamning evolutsiyasi biror omilning ta’siri nati-jasidir. Organik
olamning evolutsiyasi organizmlarning taqomillashishga intilishi
(J.B.
Lamark),
alohidalanishi
(Vegener),
mutatsion
o‘zgaruvchanlik(De
Friz),
muhitga
nisbatan
adekvat
moslashuvchi o‘zgaruvchanlik (T.D. Lisenqo) asosida amalga
oshadi, degan g‘oyalar shular jumlasidandir.
Organik olamning evolutsiyasi faqat yagona omil ta’siri
natijasidan iborat, deb tushuntirish o‘lik va tirik tabi-atning
o‘ziga xos xossalarini chukur anglamaslik, materiyaning
mexanik, fizik-kimyoviy harakat formalari bilan
biologik
harakat formalari o‘rtasidagi farkka tushinib yetmaslik
oqibatidir. Organik olamning rivojlanishi ba’zi
olimlar
tomonidan e’tirof etilgan va uni bir tomonlama tushunishga
urinish bo‘lgan bo‘lsa ham, lekin har bir hayvon va o‘simlikning
o‘zi yashayotgan muhit sharoitiga moslashganligi to‘g‘risidagi
masala X1X asrning yarmigacha noma’lum bo‘lib qoldi.
Angliyalik buyuk tabiatshunos olim Charlz Darvin 1859-yili
o‘zining «Tabiiy tanlanish yo`li bilan turlarning kelib chiqishi
yoki yashash uchun moslashgan zotlarning saqlanib qolishi»
degan mashhur asarini nashr ettirdi. Bu asarda u hozir mavjud
bo‘lgan barcha o‘simliqlar, hayvonlar odam to‘satdan paydo
bo‘lmay, balki million yillar davom etgan tarixiy rivojlanish
mahsuli eqanligini isbotlab berdi. Shu bilan bir qatorda,
organizmlarning xilma-xil moslanish sabablarini ilmiy nuqtayi
nazardan yoritdi.
Darvin organik olamning evolutsiyasi to‘g‘ri sitematika,
qiyosiy anatomiya, embriologiya, biogeografiya, paleontologiya
va boshqa fanlar) da to‘plangan ma’lumotlarga, yangi zot va
navlar chiqarish sohasidagi ko‘p asrlik seleksiya yutuqlariga
hamda o‘zi tabiatda olib borgan quzatish, tajriba natijalariga,
ilmiy xulosalarga tayandi. U juda qo‘p dalillarga asoslanib,
organik olamning evolsiyasi o‘zgaruvchanliq, irsiyat, yashash
uchun kurash va tabiiy tanlanish tufayli ro‘y berishini isbotlab
berdi. Darvinning evolyutsion ta’limotini o‘sha davrning mashhur
biolog olimlari F. Myuller, E. Geqqel, Q. Gegenbaur
(Germaniya), A. O. Qovalevsqiy, I.I. Mechniqov, V.O. Qovalevsqiy,
Q.A. Timiryazev, I.M. Sechenov, A. N. Seversov (Rossiya) va
boshqalar himoya qildilar va uni biologiya fanining turli sohalariga
tatbiq etib, mazmunini yangi dalillar bilan boyitdilar. Natijada XIX
asrning ikkinchi yarmida biologiya fanining
yangi sohasi
evolyutsion nazariya vujudga qeldi.
Evolyutsion nazariya qeyinchaliq genetika, ekologiya, molekular
biologiya, bioqimyo va boshqa biologik fanlar yutug‘i zaminida
mazmunan yanada boyidi va oqibatda XX asrning ikkinchi yarmida
evolutsiyaning sintetiq nazariyasi yaratildi.
Evolutsiya tabiatdagi turli narsa, hodisalarga mansub.
Masalan, astronomiyada sayyoralar va yulduzlar evolutsiyasi,
geologiyada yer evolutsiyasi, biologiyada esa organik olam
evolutsiyasi to‘g‘risida fiqr yuritiladi. Ma’lumqi, yerda hayot
azaldan bo‘lmay, bundan 3—4 milliard yil muqaddam, jonsiz
materiyadan vujudga qelgan. Biologik evolutsiyaning sodir bo‘lish
jarayoni va natijasi xilma-xildir. Biologik evolutsiya natijasida
populyatsiyalarning genetiktarqibi,
moslanishlar, turlarning
vujudga kelishi va nobud bo‘lishi,
biogeotsenoz hamda
biosferaning bir butun holda o‘zgarishi ro‘y beradi. Binobarin,
hozirgi paytda
evolutsiya
fani turli darajadagi biologik
sistemalarning evolutsiyasi jarayonini-o‘rganadi.
Evolyutsion nazariya organik olamning tarixiy rivojlanishini
va uni idora etishning umumiy qonuniyatlarini o‘rgatuvchi
fandir.
Evolyutsion nazariyaning asosiy prinsiplari
Evolutsiyani tadqiq qilish ikkita prinsipga asoslanadi. Ulardan
biri tarixiy prinsip. Bu prinsipga qo‘ra, o‘tgan davrlarda organik
olamda sodir bo‘lgan voqea-hodisalarni o‘rganish asosida
hozirgi davrda yashayotgan tirikorganizmlarning tuzilishi, kelib
chiqishi aniqlanadi. Ikkinchi prinsip aqtualizm hisoblanadi,
mazqur prinsipga muvofiq, hozirgi tirikorganizmlarning turli
darajadagi tuzilishini va funqsiyasini o‘rganish asosida qadimgi
davrlarda organik olamning rivojlanishida ro‘y bergan hodisalar
haqida mulohaza yuritiladi.
Evolutsiya jarayonini o‘rganish usullari
Evolutsiyani tarixiy prinsipga asoslanib tadqiq qilish
taqqoslash usulidan keng foydalanishni taqozo etadi. Odatda,
biologiyaning
qo‘p
sohalarida
taqqoslash
usuli
keng
qo‘llaniladi. Chunonchi, anatomiya yordamida organizmlar
tuzilishidagi o‘xshashlikva farqqa qarab, ular o‘ltasidagi
qonqarindoshliq aniqlanadi. Xuddi shunga o‘xshash, taqqoslash
usulidan embriologiyada ham foydalaniladi va turli organizmlar
guruhlarida ontogenetikrivojlanishning dastlabqi davrlaridagi
o‘xshashlikva farqqa asoslanib, teqshirilayotgan organizmlar
dastlab bir yoki har xil tarmoqdan tarqalganligi to‘g‘risida xulosa
chiqariladi. Taqqoslash usuli molekular biologiyada ham keng
qo‘llanilmoqda. Xususan, bir qancha organizmlar turlarini, oqsil
va nuqlein qislotalar molequla-larini taqqoslab, ular
filogenetikjihatdan bir-biriga qanchaliq yaqinligi aniqlanmoqda.
Makroevolutsiyani tadqiq qilishda paleontologiya, morfologiya,
anatomiya biogeografiya usullaridan keng foydalaniladi. Lekin
shuni qayd etish kerakki, taqqoslash usuli organik olam
evolutsiyasini bilishda qatta ahamiyatga ega bo‘lsa ham, biroq
Lining yordamida u yoki bu xil organizmlarning kelib chiqish
sabablarini aniqlab bo‘lmaydi. Bu muammo faqat genetikusul
bilan aniqlanadi. Genetikva
populyatsion-statistiq usullar
miqroevolutsiya jarayonlarini
aniqlashda, ayniqsa, qatta
ahamiyatga ega ekanligi qeyingi vaqtda tobora ayon bo‘lmoqda.
Evolyutsion nazariyaning boshqa fanlar bilan uzviy
bog‘liqligi
Evolyutsion nazariya metodologik asos sifatida biologiyaning
xilma-xil dalillari majmuasi emas, balki har xil darajadagi, ya’ni
molequla darajasidan to biosfera darajasida bo‘lgan biologik
sistemalarda sodir bo‘ladigan voqea-hodisalar o‘rtasidagi
sababiy bog‘lanishlarni o‘rganadigan fandir. U mazmuniga ko‘ra
sintetik xarakterga ega. Shunga binoan, u barcha biologiya fanlari
— botanika, zoologiya, anatomiya, embriologiya, fiziologiya,
biogeografiya, bioqimyo, sitologiya, gistologiya, genetika,
paleontologiya, molekular biologiya ekologiya, seleksiya ,
chorvachilik, o‘simlikshunoslik, parazitologiya, mikrobiologiya va
shu kabi boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqdir. Evolyutsion
ta’limotning
muayyan
fan
sohalari
bilan
bog‘liqligi
ikki
tomonlamadir. Bir tomondan, u xususiy biologiya fanlarida
to‘plangan
dalillarni
xulosalab,
umumbiologik
qonunlarini
yaratadi. Ikkinchi tomondan, bu qonunlar biologiyaning turli
sohalari uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Yirik
evolyutsionist Q.A. Timiryazev o‘simliklarbilan hayvonlarning
hayoti to‘g‘risidagi fanlar faqat evolyutsion ta’limot asosida ijobiy
rivojlanishi mumkin, deb ta’qidlagan edi. I. I. Mechniqov qayd
etishicha shamollash jarayoni va immunitet tabiatini tu-shunish
faqat organizmning hayotiy reaksiyalariga evolyutsion nuqtayi
nazardan yondashilganda to‘g‘ri hal etilishi mumkin. To‘g‘ri,
boshqa biologiya fanlari, chunonchi, qiyosiy va eksperimental
morfologiya, fiziologiya, ekologiya, genetika-dagi kabi,
evolyutsion ta’limotda ham tasviriy, analitiq, sintetik, tajriba
usullari keng qo‘llaniladi. Evolutsiya jarayonmi o‘rganishda
yuqoridagilardan tashqari, tabiiy sharoitda populyatsiyalarni har
tomonlama tahlil qilish, ularning tarkibini, mavsumiy va mahalliy
sharoitga qarab o‘zgarishini aniqlash, uni tadqiq qilish usullaridan
keng foydalaniladi. Bu evolyutsion ta’limotning xususiy usuli
sanaladi. Evolyusion nazariya barcha biologik fanlari yutug‘ini
o‘zida mujassamlashtirgani uchun ana shu fanlar zaminida
rivojlanadi.
Biroq
xususiy
fanlarda
to‘plangan
dalillar,
nazariyalar evolyutsion ta’limotning kelgusi rivojlanishini to‘liq
ta’minlay olmaydi. Chunki bu fanlarda yaratilgan nazariyalar
tarqoq xususiy xaraqterda bo‘lib, materiallarni bir tomonlama
qamragan
fanning u yoki
bu shoxobchasiga xosdir.
Evolyutsion nazariyada esa turli biologiya bilimlarining sintezi
namoyon bo‘ladi.
Evolyutsion
nazariya
faqat boshqa biologiya fanlarida
to‘plangan
dalillarni
umumlashtirish,
xulosalash
bilan
cheqlanmay, balki o‘zi ham, shu fanlardan mustasno, turli
muammolarni hal etadi.
Biologiya fanlari sistemasi. Biologiya tabiyatshunoslik fanlari
qatoriga kiradi. Tekshirish ob’yektiga ko‘ra biologiya fani bir
qancha sohalarga bo‘linadi. Botanika — o‘simliqlar, zoologiya —
hayvonlar to‘g‘risidagi fan ekanligi sizlarga quyi sinflardan ma’lum.
Anatomiya— organizm va uning organlar sistemasining tuzilishi
va shaklini o‘rganadi. Fiziologiya — organizm va ayrim organlar,
ularning hayotiy funksiyalarini tekshiradi. Sistematika — o‘simliq
va hayvonlarning
sistematikguruhlari va ularning o‘zaro
qarindoshliq munosabatlari haqidagi fan. Paleontologaya —
qazilma holdagi organizmlarni, embriologiya esa embrionning
rivojlanishini tekshiruvchi sohadir. Ba’zi fanlar biologiyaning va
tabiyatshunoslikfani boshqa sohalarining hamkorligi tufayli tarqib
topgan. Organizm hayot faoliyatini tashkil etuvchi kimyoviy
moddalar va jarayonlar haqidagi — bioqimyo, tiriksistemalardagi
fizikqonuniyatlar va qo‘rsatqichlarni tadqiq qiluvchi biofiziqa
shunday fanlardir. Umumiy biologiyaning asosiy vazifasi, hayot
mohiyati, uning tuzilish darajalari, shakllari, rivojlanishining
umumiy qonuniyatlarini tadqiq qilishdan iborat.