FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI, ILM-FAN VA MADANIYAT TARAQQIYOTIDAGI O'RNI

Yuklangan vaqt

2024-04-07

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

16

Faytl hajmi

34,6 KB


 
 
FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI,   
ILM-FAN VA MADANIYAT TARAQQIYOTIDAGI O'RNI 
 
 
 
REJA: 
 
1. “Falsafa” atamasining kelib chiqishi. 
2. Falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari. 
3. Dunyoqarashning tuzilishi, dunyoqarashning tarixiy shakllari. 
4. Hozirgi davrda milliy falsafani rivojlantirish muammolari, uning xalqaro aloqalarni 
tashkil etishdagi ahamiyati. 
 
 
 
Mavzuning tayanch iboralari: Falsafa, falsafaning milliyligi, o‘zbek falsafasi, 
dunyoqarash, mifologik va diniy dunyoqarash, donishmandlik, nazariy bilim, falsafiy 
dunyoqarash, ontologiya, gnoseologiya, praksiologiya, metodologiya, metod, qonun, 
substansiya, metafizika, falsafaning funksiyalari, demokratiya, huquqiy davlat, 
erkinlik, ozodlik, mustaqillik, mafkura, ma’naviyat. 
 
 
Ijtimoiy taraqqiyotning har bir bosqichida hayotni yangicha fikrlash asosida 
tushuntiradigan nazariy bilimlarga ehtiyoj tug‘iladi. Bu masala, tabiiyki, falsafiy 
tafakkur bilan uzviy bog‘langandir. Eskicha yashash tamoyillarini yangisi bilan 
almashtirishga ehtiyoj tug‘ilgan paytda falsafa oldida quyidagi savollar turadi: endi 
qanday yashash lozim? Insonlar qaysi yo‘ldan borishlari kerak, faoliyatlari asosiga 
nimani qo‘yish lozim? Odamlarning orzu-umidlarini, istaklarini qay yo‘sinda amalga 
FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI, ILM-FAN VA MADANIYAT TARAQQIYOTIDAGI O'RNI REJA: 1. “Falsafa” atamasining kelib chiqishi. 2. Falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari. 3. Dunyoqarashning tuzilishi, dunyoqarashning tarixiy shakllari. 4. Hozirgi davrda milliy falsafani rivojlantirish muammolari, uning xalqaro aloqalarni tashkil etishdagi ahamiyati. Mavzuning tayanch iboralari: Falsafa, falsafaning milliyligi, o‘zbek falsafasi, dunyoqarash, mifologik va diniy dunyoqarash, donishmandlik, nazariy bilim, falsafiy dunyoqarash, ontologiya, gnoseologiya, praksiologiya, metodologiya, metod, qonun, substansiya, metafizika, falsafaning funksiyalari, demokratiya, huquqiy davlat, erkinlik, ozodlik, mustaqillik, mafkura, ma’naviyat. Ijtimoiy taraqqiyotning har bir bosqichida hayotni yangicha fikrlash asosida tushuntiradigan nazariy bilimlarga ehtiyoj tug‘iladi. Bu masala, tabiiyki, falsafiy tafakkur bilan uzviy bog‘langandir. Eskicha yashash tamoyillarini yangisi bilan almashtirishga ehtiyoj tug‘ilgan paytda falsafa oldida quyidagi savollar turadi: endi qanday yashash lozim? Insonlar qaysi yo‘ldan borishlari kerak, faoliyatlari asosiga nimani qo‘yish lozim? Odamlarning orzu-umidlarini, istaklarini qay yo‘sinda amalga
oshirish zarur? Yashashning ma’nosi nima? Bularga javob berish yangicha fikrlash 
tizimini yaratish bilan bog‘langandir. 
“Falsafa” atamasi yunonchadan olingan bo‘lib (“filosofiya”) donishmandlikni 
sevish degan ma’noni bildiradi. “Faylasuf” so‘zi birinchi marta qadimgi yunon olimi 
Pifagor (e.o.VI asr oxiri - V asr boshlari) tomonidan ishlatilgan. 
 Pifagorning fikricha, falsafaning ma’nosi - haqiqatni izlashdir. Bunday fikrni 
qadimgi yunon faylasufi Geraklit (e.o. 520-460) ham ilgari surgan edi. Aflotun 
(e.o.428-347)ning aytishicha, falsafaning vazifasi abadiy va mutloq haqiqatga 
erishishdir. Arastu (e.o.384-322) falsafaning vazifasi borliqdagi umumiylikni ochish, 
predmeti esa borliqning birlamchi asoslari va sabablaridan iboratdir, degan fikrni 
bildiradi. 
Sharqda ham falsafa haqidagi qarashlar juda qadimda yuzaga kelgan bo‘lib, u 
donishmandlik bilan aynan teng deb hisoblanadi, falsafa bilim haqidagi umumiy 
tushunchadan ajratilmaydi. Eradan oldingi VIII asrda Hindistonda yaratilgan siyosat 
haqidagi “Artxashstre” kitobida ishlatilgan “darshana” degan tushuncha falsafani 
ta’riflash ma’nosida ishlatilgan. 
Markaziy 
Osiyoning 
qadimgi 
yodgorligi 
“Avesto”da ham “faylasuf” degan tushuncha o‘rnida donishmandni ifodalaydigan 
xratugina (donishmandlikka boradigan) va xaratupat (donishmandlikka yetishgan) 
degan so‘zlar ishlatilgan. Buyuk mutafakkir Forobiy falsafa so‘zini hikmatni qadrlash 
deb talqin etgan. Xitoy falsafasida “chje-syue” (donishmandlik fani) degan atama XIX 
asrda shakllangan. Biroq bu qadimgi Hindistonda va Xitoyda falsafiy fikrlar bo‘lmagan 
degan ma’noni bildirmaydi. 
 
Shunday qilib, falsafaning mohiyati haqida so‘z ketganda ayrim mutafakkirlar 
uni haqiqatni izlashda, boshqalari - haqiqatni o‘z shaxsiy manfaatlariga 
moslashtirishda deb tushunadilar; bir xillari o‘z fikrlarini osmon tomon, boshqalari esa 
- Yerga yo‘naltiradilar; bir xillari ollohga, boshqalari esa - odamga murojaat qiladilar; 
bir xillari uchun falsafa o‘z-o‘zicha ahamiyatga ega, boshqalari aytadiki, falsafa 
jamiyat va insonga xizmat qilishi kerak va h.k. Bularning barchasi falsafaga 
yondoshuvlarning xilma-xilligi, uning predmetini tushunishda turlicha qarashlar 
mavjudligini ko‘rsatadi. 
oshirish zarur? Yashashning ma’nosi nima? Bularga javob berish yangicha fikrlash tizimini yaratish bilan bog‘langandir. “Falsafa” atamasi yunonchadan olingan bo‘lib (“filosofiya”) donishmandlikni sevish degan ma’noni bildiradi. “Faylasuf” so‘zi birinchi marta qadimgi yunon olimi Pifagor (e.o.VI asr oxiri - V asr boshlari) tomonidan ishlatilgan. Pifagorning fikricha, falsafaning ma’nosi - haqiqatni izlashdir. Bunday fikrni qadimgi yunon faylasufi Geraklit (e.o. 520-460) ham ilgari surgan edi. Aflotun (e.o.428-347)ning aytishicha, falsafaning vazifasi abadiy va mutloq haqiqatga erishishdir. Arastu (e.o.384-322) falsafaning vazifasi borliqdagi umumiylikni ochish, predmeti esa borliqning birlamchi asoslari va sabablaridan iboratdir, degan fikrni bildiradi. Sharqda ham falsafa haqidagi qarashlar juda qadimda yuzaga kelgan bo‘lib, u donishmandlik bilan aynan teng deb hisoblanadi, falsafa bilim haqidagi umumiy tushunchadan ajratilmaydi. Eradan oldingi VIII asrda Hindistonda yaratilgan siyosat haqidagi “Artxashstre” kitobida ishlatilgan “darshana” degan tushuncha falsafani ta’riflash ma’nosida ishlatilgan. Markaziy Osiyoning qadimgi yodgorligi “Avesto”da ham “faylasuf” degan tushuncha o‘rnida donishmandni ifodalaydigan xratugina (donishmandlikka boradigan) va xaratupat (donishmandlikka yetishgan) degan so‘zlar ishlatilgan. Buyuk mutafakkir Forobiy falsafa so‘zini hikmatni qadrlash deb talqin etgan. Xitoy falsafasida “chje-syue” (donishmandlik fani) degan atama XIX asrda shakllangan. Biroq bu qadimgi Hindistonda va Xitoyda falsafiy fikrlar bo‘lmagan degan ma’noni bildirmaydi. Shunday qilib, falsafaning mohiyati haqida so‘z ketganda ayrim mutafakkirlar uni haqiqatni izlashda, boshqalari - haqiqatni o‘z shaxsiy manfaatlariga moslashtirishda deb tushunadilar; bir xillari o‘z fikrlarini osmon tomon, boshqalari esa - Yerga yo‘naltiradilar; bir xillari ollohga, boshqalari esa - odamga murojaat qiladilar; bir xillari uchun falsafa o‘z-o‘zicha ahamiyatga ega, boshqalari aytadiki, falsafa jamiyat va insonga xizmat qilishi kerak va h.k. Bularning barchasi falsafaga yondoshuvlarning xilma-xilligi, uning predmetini tushunishda turlicha qarashlar mavjudligini ko‘rsatadi.
Bu narsa, ayniqsa, XIX asrning II yarmida va XX asrda yaqqol ko‘zga tashlanadi. 
Bu davrda nihoyatda rang-barang falsafiy maktablar, yo‘nalishlar yuzaga keldi, ularda 
borliq, bilish, inson va insoniyatning turli tomonlari falsafaning predmeti, bahs mavzui 
bo‘lib xizmat qiladi. Biroq bular rang-barang falsafiy konsepsiyalar o‘rtasida umumiy 
jihatlar yo‘q, degan xulosaga olib kelmasligi kerak. Falsafiy bilimlarga xos eng muhim 
jihatlar quyidagilarda ifodalanadi: 
 
Birinchidan, borliqning eng umumiy masalalarini tadqiq etish. Bunda borliq 
muammosi universal ma’noda tushuniladi: borliq va yo‘qlik; moddiylik va ideallik; 
tabiat, jamiyat va inson borlig‘i. Borliq to‘g‘risidagi falsafiy ta’limot ontologiya (ontos 
- mavjudlik, logos - ta’limot) nomini oldi. 
 
Ikkinchidan, bilishning eng umumiy masalalarini tahlil etish. Olamni bilish 
mumkinmi, mumkin emasmi; bilishning imkoniyatlari, usullari, metod va maqsadlari; 
bilishning mohiyati nimada, haqiqat nima; bilishning ob’ekti va sub’ekti qanday 
ma’noga ega h.k. Bilish to‘g‘risidagi falsafiy ta’limot gnoseologiya (gnozes - bilim, 
logos - ta’limot) nomini oldi. 
 
Uchinchidan, jamiyat mavjud bo‘lishi va rivojlanishining eng umumiy 
masalalari. Sirtdan bu masala borliq to‘g‘risidagi ta’limotda o‘z aksini topadi. 
Modomiki, jamiyat shaxs taraqqiyotiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatar ekan, uning sotsial 
sifatlarini shakllantirar ekan, shu bois falsafada bu sohani alohida ajratib ko‘rsatish 
mantiqan to‘g‘ridir. Falsafada ijtimoiy hayotni tadqiq etadigan soha ijtimoiy falsafa 
(sotsial falsafa) deb ataladi. 
 
To‘rtinchidan, insonning eng umumiy va muhim masalalarini o‘rganish. 
Binobarin, inson falsafiy donishmandlikning asosi va so‘nggi nuqtasi bo‘lganligidan 
uni maxsus o‘rganish taqozo qilinadi. Hayotda mavhum ruh emas, balki konkret inson 
ijod qiladi, harakat qiladi. Inson falsafasi falsafiy antropologiya deb ataladi. 
 
Demak, falsafa borliqning, bilishning hamda inson bilan olam o‘rtasidagi 
munosabatlarning eng umumiy tamoyillari to‘g‘risidagi ta’limotdir. 
 
Albatta, bu qisqa ta’rif yanada kengroq talqin qilinishi va rivojlantirilishi lozim. 
Eng muhimi, falsafa hamma vaqt nazariya bo‘lib, o‘z kategoriyalarini, ularning 
tizimini, tadqiqot qonuniyatlarini, metodlari va prinsiplarini nazariy ko‘rinishda aks 
Bu narsa, ayniqsa, XIX asrning II yarmida va XX asrda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu davrda nihoyatda rang-barang falsafiy maktablar, yo‘nalishlar yuzaga keldi, ularda borliq, bilish, inson va insoniyatning turli tomonlari falsafaning predmeti, bahs mavzui bo‘lib xizmat qiladi. Biroq bular rang-barang falsafiy konsepsiyalar o‘rtasida umumiy jihatlar yo‘q, degan xulosaga olib kelmasligi kerak. Falsafiy bilimlarga xos eng muhim jihatlar quyidagilarda ifodalanadi: Birinchidan, borliqning eng umumiy masalalarini tadqiq etish. Bunda borliq muammosi universal ma’noda tushuniladi: borliq va yo‘qlik; moddiylik va ideallik; tabiat, jamiyat va inson borlig‘i. Borliq to‘g‘risidagi falsafiy ta’limot ontologiya (ontos - mavjudlik, logos - ta’limot) nomini oldi. Ikkinchidan, bilishning eng umumiy masalalarini tahlil etish. Olamni bilish mumkinmi, mumkin emasmi; bilishning imkoniyatlari, usullari, metod va maqsadlari; bilishning mohiyati nimada, haqiqat nima; bilishning ob’ekti va sub’ekti qanday ma’noga ega h.k. Bilish to‘g‘risidagi falsafiy ta’limot gnoseologiya (gnozes - bilim, logos - ta’limot) nomini oldi. Uchinchidan, jamiyat mavjud bo‘lishi va rivojlanishining eng umumiy masalalari. Sirtdan bu masala borliq to‘g‘risidagi ta’limotda o‘z aksini topadi. Modomiki, jamiyat shaxs taraqqiyotiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatar ekan, uning sotsial sifatlarini shakllantirar ekan, shu bois falsafada bu sohani alohida ajratib ko‘rsatish mantiqan to‘g‘ridir. Falsafada ijtimoiy hayotni tadqiq etadigan soha ijtimoiy falsafa (sotsial falsafa) deb ataladi. To‘rtinchidan, insonning eng umumiy va muhim masalalarini o‘rganish. Binobarin, inson falsafiy donishmandlikning asosi va so‘nggi nuqtasi bo‘lganligidan uni maxsus o‘rganish taqozo qilinadi. Hayotda mavhum ruh emas, balki konkret inson ijod qiladi, harakat qiladi. Inson falsafasi falsafiy antropologiya deb ataladi. Demak, falsafa borliqning, bilishning hamda inson bilan olam o‘rtasidagi munosabatlarning eng umumiy tamoyillari to‘g‘risidagi ta’limotdir. Albatta, bu qisqa ta’rif yanada kengroq talqin qilinishi va rivojlantirilishi lozim. Eng muhimi, falsafa hamma vaqt nazariya bo‘lib, o‘z kategoriyalarini, ularning tizimini, tadqiqot qonuniyatlarini, metodlari va prinsiplarini nazariy ko‘rinishda aks
ettirgan. Falsafiy nazariyaning o‘ziga xos tomoni shundaki, uning qonunlari, 
kategoriya va prinsiplari eng umumiy xarakterga ega bo‘lib, tabiat, jamiyat, inson va 
tafakkur hodisalariga nisbatan qo‘llaniladi. Iboradagi so‘nggi holatni ko‘zda tutadigan 
bo‘lsak, falsafa tafakkur to‘g‘risidagi tafakkur hamdir. Falsafaning predmeti shubhasiz 
yana falsafaning o‘zini, uning tarixini o‘rganish masalasini ham o‘z ichiga oladi. 
 
 Har qanday falsafa dunyoqarashdir. (Falsafa olamga va odamga nisbatan eng 
umumiy qarashlarning yig‘indisi hisoblanadi). Lekin har qanday dunyoqarash falsafiy 
emasdir. “Dunyoqarash” tushunchasi “falsafa” tushunchasiga nisbatan kengroqdir. 
Dunyoqarash falsafadan tashqari yana afsonaviy, badiiy, diniy va boshqa qarashlarni 
ham o‘z ichiga oladi.  
Dunyoqarash, shu jumladan falsafa olamni in’ikos etishning mahsulidir. Biroq bu 
in’ikosning chuqurlik darajasi, ko‘lami turlicha bo‘lishi mumkin. In’ikosning eng 
elementar ko‘rinishi sezgi darajasida sodir bo‘ladi. Bu dunyoqarashga tadbiq etilganda 
dunyoni sezish va dunyoni mushohada etishni bildiradi. In’ikosning navbatdagi 
ko‘rinishi - idrok va tasavvurdir. Bunday darajadagi dunyoqarash asosan hissiy 
tajriba bilan chegaralanadi, bu yerda hissiyot va idrok aql ustidan ustivorlik qiladi.  
Tushuncha yordamida amalga oshirilgan in’ikos tufayli dunyoqarash shakllanadi, 
chunki voqea va hodisa, jarayonlarning qonuniyatlari va mohiyatini ochishda 
tushuncha alohida o‘rin egallaydi. Tushuncha orqali in’ikos abstrakt tafakkur va 
nazariy bilish bilan bog‘lanadi. Tushuncha olamni eng chuqur aks ettiradi. 
 
Dunyoqarash olamga va unda insonning o‘rni, kishilarning o‘z atrofidagi 
voqelikka va o‘z-o‘ziga nisbatan qarashlari tizimi bo‘lib, unda bilimlar, e’tiqodlar, 
kayfiyatlar, intilishlar, orzular, qadriyatlar, me’yorlar, ideallar, maslaklar va h.k.lar 
uyg‘un tarzda ishtirok etadi. Dunyoqarashda jamiyatda shakllangan falsafiy, ilmiy, 
diniy, siyosiy, axloqiy, huquqiy, estetik bilimlar, qarashlar o‘z aksini topadi. 
Dunyoqarashning strukturasida to‘rtta qatlam mavjud: 
Birinchi tarkibiy qism - bilish. U kundalik, professional, ilmiy va h.k. bilimlarning 
yig‘indisiga suyanadi; 
Ikkinchisi - qadriyatli-me’yoriy qatlam. Bu o‘z ichiga 
qadriyatlar, ideallar, e’tiqodlar, maslaklar, me’yorlar, ko‘rsatmalarni oladi; Uchinchisi 
- axloqiy-irodaviy qatlam. Bilimlar, qadriyatlar va me’yorlar kishilarning amaliy 
ettirgan. Falsafiy nazariyaning o‘ziga xos tomoni shundaki, uning qonunlari, kategoriya va prinsiplari eng umumiy xarakterga ega bo‘lib, tabiat, jamiyat, inson va tafakkur hodisalariga nisbatan qo‘llaniladi. Iboradagi so‘nggi holatni ko‘zda tutadigan bo‘lsak, falsafa tafakkur to‘g‘risidagi tafakkur hamdir. Falsafaning predmeti shubhasiz yana falsafaning o‘zini, uning tarixini o‘rganish masalasini ham o‘z ichiga oladi. Har qanday falsafa dunyoqarashdir. (Falsafa olamga va odamga nisbatan eng umumiy qarashlarning yig‘indisi hisoblanadi). Lekin har qanday dunyoqarash falsafiy emasdir. “Dunyoqarash” tushunchasi “falsafa” tushunchasiga nisbatan kengroqdir. Dunyoqarash falsafadan tashqari yana afsonaviy, badiiy, diniy va boshqa qarashlarni ham o‘z ichiga oladi. Dunyoqarash, shu jumladan falsafa olamni in’ikos etishning mahsulidir. Biroq bu in’ikosning chuqurlik darajasi, ko‘lami turlicha bo‘lishi mumkin. In’ikosning eng elementar ko‘rinishi sezgi darajasida sodir bo‘ladi. Bu dunyoqarashga tadbiq etilganda dunyoni sezish va dunyoni mushohada etishni bildiradi. In’ikosning navbatdagi ko‘rinishi - idrok va tasavvurdir. Bunday darajadagi dunyoqarash asosan hissiy tajriba bilan chegaralanadi, bu yerda hissiyot va idrok aql ustidan ustivorlik qiladi. Tushuncha yordamida amalga oshirilgan in’ikos tufayli dunyoqarash shakllanadi, chunki voqea va hodisa, jarayonlarning qonuniyatlari va mohiyatini ochishda tushuncha alohida o‘rin egallaydi. Tushuncha orqali in’ikos abstrakt tafakkur va nazariy bilish bilan bog‘lanadi. Tushuncha olamni eng chuqur aks ettiradi. Dunyoqarash olamga va unda insonning o‘rni, kishilarning o‘z atrofidagi voqelikka va o‘z-o‘ziga nisbatan qarashlari tizimi bo‘lib, unda bilimlar, e’tiqodlar, kayfiyatlar, intilishlar, orzular, qadriyatlar, me’yorlar, ideallar, maslaklar va h.k.lar uyg‘un tarzda ishtirok etadi. Dunyoqarashda jamiyatda shakllangan falsafiy, ilmiy, diniy, siyosiy, axloqiy, huquqiy, estetik bilimlar, qarashlar o‘z aksini topadi. Dunyoqarashning strukturasida to‘rtta qatlam mavjud: Birinchi tarkibiy qism - bilish. U kundalik, professional, ilmiy va h.k. bilimlarning yig‘indisiga suyanadi; Ikkinchisi - qadriyatli-me’yoriy qatlam. Bu o‘z ichiga qadriyatlar, ideallar, e’tiqodlar, maslaklar, me’yorlar, ko‘rsatmalarni oladi; Uchinchisi - axloqiy-irodaviy qatlam. Bilimlar, qadriyatlar va me’yorlar kishilarning amaliy
hatti-harakatlarida yuzaga chiqishi uchun ular emotsional-irodaviy jihatdan 
o‘zlashtirilishi, shaxsiy qarashlarga, e’tiqodlarga, maslaklarga aylanishi zarur, 
shuningdek faoliyat uchun muayyan ruhiy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatmoq rolini o‘ynashi 
kerak. Ana shunday yo‘l-yo‘riqning shakllanishi dunyoqarashning emotsional-
irodaviy qalami orqali amalga oshiriladi; To‘rtinchisi - amaliy qatlam. Dunyoqarash 
nafaqat nazariy bilimlar, qadriyatlar, e’tiqodlar, maslaklar, balki shu bilan birga 
insonning konkret shart-sharoitda ma’lum hulq-atvorni amalga oshirish uchun real 
tayyorgarlik darajasi hamdir. Amaliyotsiz dunyoqarash abstrakt, mavhum bo‘lib 
qoladi. 
 
   Demak, dunyoqarash insonning olamga munosabatini belgilaydigan, uning 
xulq-atvorini yo‘naltiradigan va tartibga solib turishda namoyon bo‘ladigan qarashlar, 
baholar, meyorlar va maqsadlar yig‘indisidir. 
Afsonaviy dunyoqarash. Afsonalarda olamning vujudga kelishi, tuzilishi, tabiat 
hodisalarining siri, dunyoviy uyg‘unlik, odamning tabiat va kosmik hodisalar bilan 
aloqasi, o‘simlik va hayvonlarning odamga xos sifatlari haqida hikoya qilinadi. 
Afsonalarda odamning paydo bo‘lishi,  
hayoti bosqichlari, o‘limi, hayot sinovlaridan o‘tishi haqida fikr yuritilgan. Undan 
tashqari, olovni topish, hunar egallash, dehqonchilik, turli urf-odatlar, rasm-rusmlar 
haqida afsonalar to‘qilgan. 
 
Har qanday afsonaviy ong xayolda va xayol yordamida stixiyali      kuchlarni 
yengadi, ammo tabiatdan o‘zini ustun qo‘ymaydi. 
Dunyoqarashning bu shakli ta’sirida turli ishonch, e’tiqodlar paydo bo‘lgan. 
Masalan, totem, fetish, sehrgarlik va ruhlarga ishonch - e’tiqodlar shular jumlasidandir. 
Bular yordamida odamlar birlashgan, hayot mashaqqatlarini hamkorlikda yenggan, 
tabiatdagi stixiyali kuchlarga ta’sir ko‘rsatishgan. Bu intilishlar keyinchalik turlicha 
diniy imon-e’tiqodlar uchun asos bo‘lgan. Afsonaviy dunyoqarashga bugungi kunda 
ehtiyoj qolmagan bo‘lsada, ertaklar, sarguzashtlar, rivoyatlarda, adabiyot va 
sanoatning bir qator janrlarida saqlanib qolgan. Umuman afsonaviy dunyoqarash 
insoniyat 
madaniy 
taraqqiyotida 
muhim 
bir 
bosqich 
bo‘lgan. 
Afsonaviy 
dunyoqarashning xarakterli belgilari: emotsional- obrazli shakl. Bu xususiyat 
hatti-harakatlarida yuzaga chiqishi uchun ular emotsional-irodaviy jihatdan o‘zlashtirilishi, shaxsiy qarashlarga, e’tiqodlarga, maslaklarga aylanishi zarur, shuningdek faoliyat uchun muayyan ruhiy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatmoq rolini o‘ynashi kerak. Ana shunday yo‘l-yo‘riqning shakllanishi dunyoqarashning emotsional- irodaviy qalami orqali amalga oshiriladi; To‘rtinchisi - amaliy qatlam. Dunyoqarash nafaqat nazariy bilimlar, qadriyatlar, e’tiqodlar, maslaklar, balki shu bilan birga insonning konkret shart-sharoitda ma’lum hulq-atvorni amalga oshirish uchun real tayyorgarlik darajasi hamdir. Amaliyotsiz dunyoqarash abstrakt, mavhum bo‘lib qoladi. Demak, dunyoqarash insonning olamga munosabatini belgilaydigan, uning xulq-atvorini yo‘naltiradigan va tartibga solib turishda namoyon bo‘ladigan qarashlar, baholar, meyorlar va maqsadlar yig‘indisidir. Afsonaviy dunyoqarash. Afsonalarda olamning vujudga kelishi, tuzilishi, tabiat hodisalarining siri, dunyoviy uyg‘unlik, odamning tabiat va kosmik hodisalar bilan aloqasi, o‘simlik va hayvonlarning odamga xos sifatlari haqida hikoya qilinadi. Afsonalarda odamning paydo bo‘lishi, hayoti bosqichlari, o‘limi, hayot sinovlaridan o‘tishi haqida fikr yuritilgan. Undan tashqari, olovni topish, hunar egallash, dehqonchilik, turli urf-odatlar, rasm-rusmlar haqida afsonalar to‘qilgan. Har qanday afsonaviy ong xayolda va xayol yordamida stixiyali kuchlarni yengadi, ammo tabiatdan o‘zini ustun qo‘ymaydi. Dunyoqarashning bu shakli ta’sirida turli ishonch, e’tiqodlar paydo bo‘lgan. Masalan, totem, fetish, sehrgarlik va ruhlarga ishonch - e’tiqodlar shular jumlasidandir. Bular yordamida odamlar birlashgan, hayot mashaqqatlarini hamkorlikda yenggan, tabiatdagi stixiyali kuchlarga ta’sir ko‘rsatishgan. Bu intilishlar keyinchalik turlicha diniy imon-e’tiqodlar uchun asos bo‘lgan. Afsonaviy dunyoqarashga bugungi kunda ehtiyoj qolmagan bo‘lsada, ertaklar, sarguzashtlar, rivoyatlarda, adabiyot va sanoatning bir qator janrlarida saqlanib qolgan. Umuman afsonaviy dunyoqarash insoniyat madaniy taraqqiyotida muhim bir bosqich bo‘lgan. Afsonaviy dunyoqarashning xarakterli belgilari: emotsional- obrazli shakl. Bu xususiyat
qahramonlar, xudolarning obrazlarini yaratishda namoyon bo‘ladi; tabiatni 
jonlantirish. Bu xususiyat inson fazilatlarini tevarak-olam hodisalariga ko‘chirishda, 
kosmosni, tabiat kuchlarini gavdalantiishda va jonlantirishda ko‘zga tashlanadi. 
Mifologiyada tabiat bilan inson olami, tafakkur bilan emotsiyalar, badiiy obrazlar bilan 
ilmiy bilimlar o‘rtasida qatoiy chegaralanish yo‘q;afsonaviy dunyoqarashda 
refleksiyaning ishtirok etmasligi. Refleksiya - bu inson ongi, fikrining o‘z ongi 
ustidan; o‘z qarashlari, psixologik holatlari, ularni baholash bo‘yicha fikr yuritishi; 
o‘zining fikri yuzasidan fikr yuritish; amaliy yo‘naltirilganlik: mifologiyada 
dunyoqarash muammolari amaliy vazifalar bilan (muvaffaqiyat, baxtli hayot, 
ochlikdan saqlanish, salomatlikni ehtiyot qilish) aloqadorligi. 
Diniy dunyoqarash afsonaviy va sodda dunyoqarashning bevosita ta’sirida 
shakllangan. Qur’oni Karim, Injildan o‘rin olgan odam haqidagi rivoyatlar Turon va 
Bobil afsonalariga yaqin bo‘lgan. Masalan, Islomda ham olam zardushtiylik, Bobil va 
Injil kosmogoniyalaridagi kabi uch qismga - osmon, yer va narigi dunyoga bo‘lingan. 
Jahannam so‘zi yahudiycha “genna” so‘zidan olingan bo‘lib, musulmonlarning 
tasavvurida 7 qavatdan iborat: birinchisida munofiqlar, ikkinchisida misr fir’avnlari 
o‘z a’yonlari bilan, uchinchisida dahriylar, to‘rtinchisida avroqchi, afsungarlar, 
beshinchisida xristianlar, oltinchisida yulduzparastlar, yettinchisida yo‘ldan adashib 
gunoh qilgan mo‘minlar jazolanishi kerak, deb hisoblanadi. Dunyo daraxti, Olam tog‘i, 
olamning ulkan odam qiyofasidagi manzarasi to‘g‘risidagi diniy afsonalar ham 
mifologik dunyoqarashning mahsulidir. 
 
Qadimgi yunonlarda Orfey madhiyasida (eramizdan avvalgi VI asrda 
Yunonistonda vujudga kelgan diniy ta’limot) Zevsning boshi bilan go‘zal chehrasi 
charog‘on osmonu, ko‘zlari Oy va Quyosh deyiladi; nafasi-havo, oyoqlari - yer 
hisoblanadi. Eramizning I asriga mansub bo‘lgan afsonalarda Odam Atoning vujudi 
haddan tashqari bahaybat qilib tasvirlanadi, uning oyoqlari yerga tegib tursa, boshi 
osmonga taqaladi. Injilda Odam Ato 930 yil yashagan, deyiladi. 
 
Diniy dunyoqarashning afsonaviy dunyoqarashdan farqi shuki, unda dunyo 
ikkiga - bu dunyo va u dunyoga bo‘linadi. Bu dunyoqarash go‘yo g‘ayritabiiy kuchlar 
borligiga, ularning insonlar taqdiriga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatishiga qatoiy ishonchga 
qahramonlar, xudolarning obrazlarini yaratishda namoyon bo‘ladi; tabiatni jonlantirish. Bu xususiyat inson fazilatlarini tevarak-olam hodisalariga ko‘chirishda, kosmosni, tabiat kuchlarini gavdalantiishda va jonlantirishda ko‘zga tashlanadi. Mifologiyada tabiat bilan inson olami, tafakkur bilan emotsiyalar, badiiy obrazlar bilan ilmiy bilimlar o‘rtasida qatoiy chegaralanish yo‘q;afsonaviy dunyoqarashda refleksiyaning ishtirok etmasligi. Refleksiya - bu inson ongi, fikrining o‘z ongi ustidan; o‘z qarashlari, psixologik holatlari, ularni baholash bo‘yicha fikr yuritishi; o‘zining fikri yuzasidan fikr yuritish; amaliy yo‘naltirilganlik: mifologiyada dunyoqarash muammolari amaliy vazifalar bilan (muvaffaqiyat, baxtli hayot, ochlikdan saqlanish, salomatlikni ehtiyot qilish) aloqadorligi. Diniy dunyoqarash afsonaviy va sodda dunyoqarashning bevosita ta’sirida shakllangan. Qur’oni Karim, Injildan o‘rin olgan odam haqidagi rivoyatlar Turon va Bobil afsonalariga yaqin bo‘lgan. Masalan, Islomda ham olam zardushtiylik, Bobil va Injil kosmogoniyalaridagi kabi uch qismga - osmon, yer va narigi dunyoga bo‘lingan. Jahannam so‘zi yahudiycha “genna” so‘zidan olingan bo‘lib, musulmonlarning tasavvurida 7 qavatdan iborat: birinchisida munofiqlar, ikkinchisida misr fir’avnlari o‘z a’yonlari bilan, uchinchisida dahriylar, to‘rtinchisida avroqchi, afsungarlar, beshinchisida xristianlar, oltinchisida yulduzparastlar, yettinchisida yo‘ldan adashib gunoh qilgan mo‘minlar jazolanishi kerak, deb hisoblanadi. Dunyo daraxti, Olam tog‘i, olamning ulkan odam qiyofasidagi manzarasi to‘g‘risidagi diniy afsonalar ham mifologik dunyoqarashning mahsulidir. Qadimgi yunonlarda Orfey madhiyasida (eramizdan avvalgi VI asrda Yunonistonda vujudga kelgan diniy ta’limot) Zevsning boshi bilan go‘zal chehrasi charog‘on osmonu, ko‘zlari Oy va Quyosh deyiladi; nafasi-havo, oyoqlari - yer hisoblanadi. Eramizning I asriga mansub bo‘lgan afsonalarda Odam Atoning vujudi haddan tashqari bahaybat qilib tasvirlanadi, uning oyoqlari yerga tegib tursa, boshi osmonga taqaladi. Injilda Odam Ato 930 yil yashagan, deyiladi. Diniy dunyoqarashning afsonaviy dunyoqarashdan farqi shuki, unda dunyo ikkiga - bu dunyo va u dunyoga bo‘linadi. Bu dunyoqarash go‘yo g‘ayritabiiy kuchlar borligiga, ularning insonlar taqdiriga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatishiga qatoiy ishonchga
asoslanadi. Avvalo ko‘p xudolikka, keyingi 2,5 ming yilda yakka xudolikka ishonch 
paydo bo‘lib, hozir yer yuzi aholisining dinga ishonuvchi qismi asosan yakka 
xudolikka sig‘inadi. Odamlar diniy dunyoqarash orqali o‘z orzu-umidlarini 
ifodalaganlar, 
o‘zlari 
yaratgan 
tasvirlarga 
o‘xshab 
yashashga 
intilganlar. 
Umuminsoniy qadriyatlar shu tarzda avaylab saqlangan va rivojlantirilgan. 
 
Falsafiy dunyoqarash. Dastavval “filosofiya” tushunchasi keng ma’noda 
insoniyat tomonidan to‘plangan nazariy bilimlarning yig‘indisini bildirgan. 
 
Falsafa mifologiya va dindan nimalarni meros qilib oldi, degan savol tug‘ilishi 
mumkin. Falsafa ularning dunyoqarash xarakterini, dunyoqarash sxemalarini, ya’ni 
umuman olamning paydo bo‘lishi, uning tuzilishi, insonnig yuzaga kelishi va uning 
borliqdagi o‘rni haqidagi masalalarni meros qilib oldi. U yana butun insoniyat 
taraqqiyoti davomida to‘plangan ijobiy bilimlarni meros qilib oldi. Biroq falsafada 
yuzaga kelgan dunyoqarash muammolari ulardan farq qilib, ratsional baho, aql nuqtai 
nazaridan hal etiladi. Shuning uchun falsafa nazariy shakllangan dunyoqarashdir. 
Falsafa - umuman olamga, unda insonning o‘rni, insonning insonga munosabatini 
ifodalaydigan umumnazariy qarashlar tizimidir. Shunday qilib falsafa dunyoqarashni 
bilimlar shaklida namoyon etadi va tizimga soladi. Bu narsa falsafa bilan fanni bir-
biriga bog‘lovchi muhim haqiqatdir.  
Voqelikni falsafiy o‘zlashtirishning muhim bir tomoni substansionalizm 
hisoblanadi. (lot. “substansiya” - asosda turadigan mohiyat degani).  
 
Substansiya borliq, tabiat, jamiyat, inson va bir butun olamdagi barcha narsa-
hodisalarning asosini tashkil etadigan birlamchi narsadir. U moddiy yoki ruhiy shaklda 
bo‘lishi mumkin. Chunonchi, qadimgi olimlarning bir guruhi moddalarning biron-bir 
turini, masalan, suv, havo, atom va shunga o‘xshaganlarni ana shunday tarzda 
izohlaganlar. (Materializm) 
 
Ba’zi mutafakkirlarning fikricha, substansiya - bu mavjudlikning asosi bo‘lgan 
mutloq g‘oya, ruh yoki sub’ekt ongidir. Chunonchi, qadimgi yunon faylasufi 
Pifagorning aytishicha, substansiya sonlardir. Aflotun substansiya deganda g‘oyalarni 
nazarda tutadi. Nemis olimi Kant nazarida, substansiya tajriba bergan ma’lumotlarni 
umumlashtiruvchi tafakkurning aprior shaklidir. Gegel “mutloq g‘oya”ni substansiya 
asoslanadi. Avvalo ko‘p xudolikka, keyingi 2,5 ming yilda yakka xudolikka ishonch paydo bo‘lib, hozir yer yuzi aholisining dinga ishonuvchi qismi asosan yakka xudolikka sig‘inadi. Odamlar diniy dunyoqarash orqali o‘z orzu-umidlarini ifodalaganlar, o‘zlari yaratgan tasvirlarga o‘xshab yashashga intilganlar. Umuminsoniy qadriyatlar shu tarzda avaylab saqlangan va rivojlantirilgan. Falsafiy dunyoqarash. Dastavval “filosofiya” tushunchasi keng ma’noda insoniyat tomonidan to‘plangan nazariy bilimlarning yig‘indisini bildirgan. Falsafa mifologiya va dindan nimalarni meros qilib oldi, degan savol tug‘ilishi mumkin. Falsafa ularning dunyoqarash xarakterini, dunyoqarash sxemalarini, ya’ni umuman olamning paydo bo‘lishi, uning tuzilishi, insonnig yuzaga kelishi va uning borliqdagi o‘rni haqidagi masalalarni meros qilib oldi. U yana butun insoniyat taraqqiyoti davomida to‘plangan ijobiy bilimlarni meros qilib oldi. Biroq falsafada yuzaga kelgan dunyoqarash muammolari ulardan farq qilib, ratsional baho, aql nuqtai nazaridan hal etiladi. Shuning uchun falsafa nazariy shakllangan dunyoqarashdir. Falsafa - umuman olamga, unda insonning o‘rni, insonning insonga munosabatini ifodalaydigan umumnazariy qarashlar tizimidir. Shunday qilib falsafa dunyoqarashni bilimlar shaklida namoyon etadi va tizimga soladi. Bu narsa falsafa bilan fanni bir- biriga bog‘lovchi muhim haqiqatdir. Voqelikni falsafiy o‘zlashtirishning muhim bir tomoni substansionalizm hisoblanadi. (lot. “substansiya” - asosda turadigan mohiyat degani). Substansiya borliq, tabiat, jamiyat, inson va bir butun olamdagi barcha narsa- hodisalarning asosini tashkil etadigan birlamchi narsadir. U moddiy yoki ruhiy shaklda bo‘lishi mumkin. Chunonchi, qadimgi olimlarning bir guruhi moddalarning biron-bir turini, masalan, suv, havo, atom va shunga o‘xshaganlarni ana shunday tarzda izohlaganlar. (Materializm) Ba’zi mutafakkirlarning fikricha, substansiya - bu mavjudlikning asosi bo‘lgan mutloq g‘oya, ruh yoki sub’ekt ongidir. Chunonchi, qadimgi yunon faylasufi Pifagorning aytishicha, substansiya sonlardir. Aflotun substansiya deganda g‘oyalarni nazarda tutadi. Nemis olimi Kant nazarida, substansiya tajriba bergan ma’lumotlarni umumlashtiruvchi tafakkurning aprior shaklidir. Gegel “mutloq g‘oya”ni substansiya
deb qaraydi.(Idealizm) Dekart esa substansiya masalasini ko‘rib chiqqanda dunyoning 
negiziga ham materiyani, ham ruhni qo‘ygan.  
Falsafa tarixida dastlabki vaqtlarda substansiya hamma narsani tashkil etadigan 
modda deb tushunilgan. O‘rta asr Sharqida substansiya Al-Kindiy, Forobiy, Ibn Sino, 
Ibn Rushd asarlarida moddiy asos, mohiyat sifatida talqin etilgan. Keyinchalik butun 
koinotning asosida turgan substansiya xudoning maxsus nishonasi deb tushuniladi 
(sxolastika). 
 
Falsafa tarkib topgan bilimlar tizimi sifatida o‘ziga xos bir qator muammolarga 
egadir. Shulardan biri yuqorida ko‘rganimiz “falsafa nima?” degan masaladir. Uni hal 
etish asosida har bir faylasuf o‘z konsepsiyasini yaratadi. Uni hal qilish uchun konkret 
muammolarni aniqlab olinadi, u yoki bu kategoriyalardan foydalaniladi. Har bir 
falsafiy tizim o‘zining bosh muammosiga ega bo‘lib, bu narsa uning asosiy mazmunini 
va mohiyatini ifodalagan. Chunonchi, antik zamon faylasuflari uchun olamning 
mavjudligi haqidagi masala ana shunday ma’noga ega bo‘lgan. Sokrat buni “o‘z-
o‘zingni bil” degan tamoyil bilan bog‘laydi, yangi zamon faylasuflari uchun bu - bilish 
qanday amal qiladi, degan muammodir. 
 
Biroq falsafiy tafakkurning xarakterini yoritishga xizmat qiladigan umumiy 
muammolar ham mavjud. Ular ichida quyidagilar: “Nima birlamchi: ruhmi yoki 
materiya, ideallikmi (ma’naviylik) yoki moddiylikmi?'' - degan muammo 
asosiylardandir. Borliqni umumiy tushunish bu masalani hal etishga bog‘liqdir. 
Boshqacha aytganda, borliqda moddiylik va ideallikdan tashqari hech narsa yo‘q, uni 
turlicha hal etishdan materializm va idealizm, degan yirik falsafiy yo‘nalishlar kelib 
chiqqan. 
 
Materializm va idealizm haqidagi masalaga kengroq to‘xtalib o‘taylik. 
Materializm va idealizmga bo‘linish falsafa taraqqiyotining qadimgi davrlaridan 
boshlangan. Nemis faylasufi G.V.Leybnis (1646-1716) Epikurni eng yirik materialist, 
Aflotunni esa eng ulkan idealist deb atagan edi. Nemis faylasufi F.Shlegel (1772-1829) 
shunday yozgan edi: “Materializm hamma narsani materiyadan kelib chiqib 
tushuntiradi, izohlaydi, uni butun narsalarning qandaydir ibtidosi, manbai sifatida 
deb qaraydi.(Idealizm) Dekart esa substansiya masalasini ko‘rib chiqqanda dunyoning negiziga ham materiyani, ham ruhni qo‘ygan. Falsafa tarixida dastlabki vaqtlarda substansiya hamma narsani tashkil etadigan modda deb tushunilgan. O‘rta asr Sharqida substansiya Al-Kindiy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd asarlarida moddiy asos, mohiyat sifatida talqin etilgan. Keyinchalik butun koinotning asosida turgan substansiya xudoning maxsus nishonasi deb tushuniladi (sxolastika). Falsafa tarkib topgan bilimlar tizimi sifatida o‘ziga xos bir qator muammolarga egadir. Shulardan biri yuqorida ko‘rganimiz “falsafa nima?” degan masaladir. Uni hal etish asosida har bir faylasuf o‘z konsepsiyasini yaratadi. Uni hal qilish uchun konkret muammolarni aniqlab olinadi, u yoki bu kategoriyalardan foydalaniladi. Har bir falsafiy tizim o‘zining bosh muammosiga ega bo‘lib, bu narsa uning asosiy mazmunini va mohiyatini ifodalagan. Chunonchi, antik zamon faylasuflari uchun olamning mavjudligi haqidagi masala ana shunday ma’noga ega bo‘lgan. Sokrat buni “o‘z- o‘zingni bil” degan tamoyil bilan bog‘laydi, yangi zamon faylasuflari uchun bu - bilish qanday amal qiladi, degan muammodir. Biroq falsafiy tafakkurning xarakterini yoritishga xizmat qiladigan umumiy muammolar ham mavjud. Ular ichida quyidagilar: “Nima birlamchi: ruhmi yoki materiya, ideallikmi (ma’naviylik) yoki moddiylikmi?'' - degan muammo asosiylardandir. Borliqni umumiy tushunish bu masalani hal etishga bog‘liqdir. Boshqacha aytganda, borliqda moddiylik va ideallikdan tashqari hech narsa yo‘q, uni turlicha hal etishdan materializm va idealizm, degan yirik falsafiy yo‘nalishlar kelib chiqqan. Materializm va idealizm haqidagi masalaga kengroq to‘xtalib o‘taylik. Materializm va idealizmga bo‘linish falsafa taraqqiyotining qadimgi davrlaridan boshlangan. Nemis faylasufi G.V.Leybnis (1646-1716) Epikurni eng yirik materialist, Aflotunni esa eng ulkan idealist deb atagan edi. Nemis faylasufi F.Shlegel (1772-1829) shunday yozgan edi: “Materializm hamma narsani materiyadan kelib chiqib tushuntiradi, izohlaydi, uni butun narsalarning qandaydir ibtidosi, manbai sifatida
idrok etadi... Idealizm hamma narsani ruhdan keltirib chiqaradi, materiyaning paydo 
bo‘lishini ruhdan kelib chiqqan, deb hisoblaydi yoki materiyani unga bo‘ysundiradi”. 
 
Materializm ham, idealizm ham o‘zining namoyon bo‘lishi jihatidan bir xil 
emas. Shunga ko‘ra materializm va idealizmning turli shakllarini ajratib ko‘rsatish 
mumkin. Materializmning quyidagi asosiy tarixiy shakllari mavjud: 
 
Qadimgi Sharq va Qadimgi Yunon materializmi. Materializmning bu 
dastlabki shakli tashqi olamning narsa-hodisalarini ongdan tashqarida mavjud moddiy 
tuzilmalar va elementlarning holati tarzida qarab chiqadi (vakillari- Fales, Levkipp, 
Demokrit, Geraklit va b.). 
 
Yangi zamonning metafizik (mexanistik) materializmi (Yevropa). U tabiat 
hodisalarini tushunishga asoslanadi. Olamning xossalarini harakatning asosan mexanik 
shakliga bog‘lab izohlaydi (G.Galiley, F.Bekon, J.Lokk, J.Lamerti, K.Gelpvesiy va b.). 
 
Dialektik materializm: materializm va dialektika uzviy birlikda beriladi. 
(K.Marks, F.Engelps) 
 
Materializmning yana quyidagi turlarini ham qayd etish lozim: 
 
Izchil materializm: materializm tamoyillari ham tabiatga, ham jamiyatga tatbiq 
etiladi (marksizm); 
 
Noizchil materializm: unda jamiyat va tarixni materialistik tushunishga E’tibor 
berilmaydi (L. Feyerbax). Uning o‘ziga xos shakli deizm (teo lot.-xudo) bo‘lib, 
vakillari xudoni e’tirof etsalar-da, biroq uning rolini pasaytirib yuboradilar: xudo 
materiyani yaratgan, harakatga dastlabki turtki bergan, xolos (F.Bekon, J.Toland, 
Franklin, M.Lomonosov).  
 
Vulgar materializm: Vulgar materializm ideallikni moddiylik bilan, ongni 
materiya bilan aynan tenglashtiradi (Foxt, Moleshot, Byuxner).  
Idealizm ong, ruh, tafakkur birlamchi, materiya, tabiat, borliq ikkilamchi deb talqin 
qiluvchi falsafiy qarashlar tizimi bo‘lib, birinchi galda ob’ektiv va sub’ektiv 
ko‘rinishlarga egadir. 
 
Ob’ektiv idealizm dunyoning asosida inson ongidan tashqarida va unga bog‘liq 
bo‘lmagan ruhiy ibtido (g‘oya, olamiy aql) yotadi, deb hisoblaydi. (Aflotun, 
F.Akvinskiy, Shelling, Gegel). Sub’ektiv idealizm inson ongidan tashqaridagi 
idrok etadi... Idealizm hamma narsani ruhdan keltirib chiqaradi, materiyaning paydo bo‘lishini ruhdan kelib chiqqan, deb hisoblaydi yoki materiyani unga bo‘ysundiradi”. Materializm ham, idealizm ham o‘zining namoyon bo‘lishi jihatidan bir xil emas. Shunga ko‘ra materializm va idealizmning turli shakllarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Materializmning quyidagi asosiy tarixiy shakllari mavjud: Qadimgi Sharq va Qadimgi Yunon materializmi. Materializmning bu dastlabki shakli tashqi olamning narsa-hodisalarini ongdan tashqarida mavjud moddiy tuzilmalar va elementlarning holati tarzida qarab chiqadi (vakillari- Fales, Levkipp, Demokrit, Geraklit va b.). Yangi zamonning metafizik (mexanistik) materializmi (Yevropa). U tabiat hodisalarini tushunishga asoslanadi. Olamning xossalarini harakatning asosan mexanik shakliga bog‘lab izohlaydi (G.Galiley, F.Bekon, J.Lokk, J.Lamerti, K.Gelpvesiy va b.). Dialektik materializm: materializm va dialektika uzviy birlikda beriladi. (K.Marks, F.Engelps) Materializmning yana quyidagi turlarini ham qayd etish lozim: Izchil materializm: materializm tamoyillari ham tabiatga, ham jamiyatga tatbiq etiladi (marksizm); Noizchil materializm: unda jamiyat va tarixni materialistik tushunishga E’tibor berilmaydi (L. Feyerbax). Uning o‘ziga xos shakli deizm (teo lot.-xudo) bo‘lib, vakillari xudoni e’tirof etsalar-da, biroq uning rolini pasaytirib yuboradilar: xudo materiyani yaratgan, harakatga dastlabki turtki bergan, xolos (F.Bekon, J.Toland, Franklin, M.Lomonosov). Vulgar materializm: Vulgar materializm ideallikni moddiylik bilan, ongni materiya bilan aynan tenglashtiradi (Foxt, Moleshot, Byuxner). Idealizm ong, ruh, tafakkur birlamchi, materiya, tabiat, borliq ikkilamchi deb talqin qiluvchi falsafiy qarashlar tizimi bo‘lib, birinchi galda ob’ektiv va sub’ektiv ko‘rinishlarga egadir. Ob’ektiv idealizm dunyoning asosida inson ongidan tashqarida va unga bog‘liq bo‘lmagan ruhiy ibtido (g‘oya, olamiy aql) yotadi, deb hisoblaydi. (Aflotun, F.Akvinskiy, Shelling, Gegel). Sub’ektiv idealizm inson ongidan tashqaridagi
ob’ektiv reallikni inkor etib, faqat sub’ektiv sezgilar mavjud, deb hisoblaydi.(J.Berkli, 
D.Yum, G.Fixte). 
 
Ruhiy ibtido qanday tushunilishiga qarab idealizmning turli ko‘rinishlari yuzaga 
kelgan: panlogizm (olamiy aql), volyuntarizm (olamiy iroda), idealistik monizm 
(yagona ruhiy mohiyat), plyuralizm (ko‘pdan ko‘p birinchi unsur), idealistik 
ratsionalizm (mantiqiy anglab olinadigan ibtido), idealistik empirizm, sensualizm 
va fenomenalizm (sezgilarning hissiy xilma-xilligi), irratsionalizm (bilib 
bo‘lmaydigan, qonuniyatga bo‘ysunadigan, mantiqqa zid ibtido). 
 
Birlamchi ibtido bilan monizm, dualizm, plyuralizm haqidagi masalalar o‘zaro 
bog‘langan. Monizm olamning asosida yagona, bitta ibtido, boshlang‘ich asos 
turishini e’tirof etadigan falsafiy konsepsiya (yo moddiy asos, yo ma’naviy asos) dir. 
Shu sababli monizm materialistik va idealistik shaklda bo‘lishi mumkin. 
 
Dualizm ikki asosni teng deb e’tirof etadigan falsafiy konsepsiya: olamning 
asosida teng holda ham materiya, ham ong yotadi. Masalan, R.Dekart borliqning 
negizida ikki teng substansiya (ruh va materiya) yotadi, deb hisoblaydi. 
 
Plyuralizm bir nechta yoki ko‘plab ibtidoiy asoslar yotishini nazarda tutadi. 
Masalan, qadimgi mutafakkirlar butun borliq asosiga rang-barang ibtidolar (suv, yer, 
havo, olov, yog‘och, temir va h.k.)ni qo‘yganlar.  
 
Borliqning boshlang‘ich ibtidosi bilan bog‘liq holda uni bilish mumkin-mumkin 
emasligi haqidagi masala bog‘lanib ketadi. Ayrim mutafakkirlar fikricha, bilishning 
haqiqiyligi haqidagi masalasini hech qachon hal qilib bo‘lmaydi: olamni prinsip 
jihatdan bilish mumkin emas. Bundaylar agnostik ( Protagor, Kant)lar, shunday 
falsafiy yo‘nalish agnostitsizm deb nom olgan. Uning ko‘rinishlardan bo‘lgan 
skeptitsizm bilimlarning haqiqiyligiga shubha bilan qaraydi. (qadimgi yunon Pirron 
va b.). Boshqa mutafakkirlar aksincha, aql va bilishning qudratiga ishonadilar va 
insonning ob’ektiv olamni bilish qobiliyatini tan oladilar. Har bir fan o‘z metodiga 
egadir. Biroq falsafa eng umumiy metodologiya ekan, uning metodi nafaqat voqelikni 
nazariy va amaliy o‘zlashtirishning, shu bilan birga falsafiy bilimlarni vujudga keltirish 
va asoslashning usuli hamdir. 
ob’ektiv reallikni inkor etib, faqat sub’ektiv sezgilar mavjud, deb hisoblaydi.(J.Berkli, D.Yum, G.Fixte). Ruhiy ibtido qanday tushunilishiga qarab idealizmning turli ko‘rinishlari yuzaga kelgan: panlogizm (olamiy aql), volyuntarizm (olamiy iroda), idealistik monizm (yagona ruhiy mohiyat), plyuralizm (ko‘pdan ko‘p birinchi unsur), idealistik ratsionalizm (mantiqiy anglab olinadigan ibtido), idealistik empirizm, sensualizm va fenomenalizm (sezgilarning hissiy xilma-xilligi), irratsionalizm (bilib bo‘lmaydigan, qonuniyatga bo‘ysunadigan, mantiqqa zid ibtido). Birlamchi ibtido bilan monizm, dualizm, plyuralizm haqidagi masalalar o‘zaro bog‘langan. Monizm olamning asosida yagona, bitta ibtido, boshlang‘ich asos turishini e’tirof etadigan falsafiy konsepsiya (yo moddiy asos, yo ma’naviy asos) dir. Shu sababli monizm materialistik va idealistik shaklda bo‘lishi mumkin. Dualizm ikki asosni teng deb e’tirof etadigan falsafiy konsepsiya: olamning asosida teng holda ham materiya, ham ong yotadi. Masalan, R.Dekart borliqning negizida ikki teng substansiya (ruh va materiya) yotadi, deb hisoblaydi. Plyuralizm bir nechta yoki ko‘plab ibtidoiy asoslar yotishini nazarda tutadi. Masalan, qadimgi mutafakkirlar butun borliq asosiga rang-barang ibtidolar (suv, yer, havo, olov, yog‘och, temir va h.k.)ni qo‘yganlar. Borliqning boshlang‘ich ibtidosi bilan bog‘liq holda uni bilish mumkin-mumkin emasligi haqidagi masala bog‘lanib ketadi. Ayrim mutafakkirlar fikricha, bilishning haqiqiyligi haqidagi masalasini hech qachon hal qilib bo‘lmaydi: olamni prinsip jihatdan bilish mumkin emas. Bundaylar agnostik ( Protagor, Kant)lar, shunday falsafiy yo‘nalish agnostitsizm deb nom olgan. Uning ko‘rinishlardan bo‘lgan skeptitsizm bilimlarning haqiqiyligiga shubha bilan qaraydi. (qadimgi yunon Pirron va b.). Boshqa mutafakkirlar aksincha, aql va bilishning qudratiga ishonadilar va insonning ob’ektiv olamni bilish qobiliyatini tan oladilar. Har bir fan o‘z metodiga egadir. Biroq falsafa eng umumiy metodologiya ekan, uning metodi nafaqat voqelikni nazariy va amaliy o‘zlashtirishning, shu bilan birga falsafiy bilimlarni vujudga keltirish va asoslashning usuli hamdir.
 
Boshqa fanlar metodlari singari falsafiy metod ham o‘z asosini kishilarning 
amaliy faoliyatidan oladi va o‘z manbaiga ko‘ra ob’ektiv voqelik rivojlanishining 
mantig‘i va qonuniyatlarini ifodalaydi. Bu narsa faqat fanga suyanadigan falsafagagina 
xosdir. 
 
Falsafiy metod tadqiqotning umumiy prinsiplarini qo‘llab quvvatlaydi. F.Bekon 
aytganidek, uni yo‘lni yoritadigan mashoalga o‘xshatsa bo‘ladi. Biroq turlicha falsafiy 
maktablar va oqimlar falsafa predmetini qanday tushunishiga qarab turlicha falsafiy 
metodlarni tarkib toptiradi va ulardan foydalanadi. Falsafiy konsepsiyalarning 
plyuralizmiga metodlarning plyuralizmi muvofiq keladi. 
 
Falsafiy metodlarni tasnif qilishda asosan dialektika va metafizika nazarda 
tutiladi. Dialektika borliq va bilish taraqqiyotining eng umumiy qonuniyatlari haqidagi 
ta’limot bo‘lib, ayni vaqtda voqelikni o‘zlashtirishning umumiy metodi hamdir. 
Dialektikaning yuzaga kelishi va tarkib topishining negizlari antik zamon bilan 
bog‘langandir. Bu bosqich ko‘pincha stixiyali yoki sodda dialektika deb yuritiladi. 
Sababi ilk faylasuflarning olamga qarashlari oddiy kuzatishga asoslangan bo‘lib, ko‘p 
jixatdan sodda bo‘lgan. Shu bilan birga ular dialektikani turlicha tushunishgan.  
 
Chunonchi, materialist Geraklit o‘z ta’limotida olamning doimiy o‘zgarishi va 
xarakteriga, unda ziddiyatlarning aks-teskariga aylanish masalasiga, eng avvalo 
«narsalar dialektikasi»ga, ob’ektiv dialektikaga e’tiborni qaratgan. Shu davrda 
yashagan Suqrot va Aflotun dialektika deganda munozara olib borish sanoatini 
tushungan, shu yo‘l bilan haqiqatga erishish mumkinligini e’tirof etgan. Demak, bu 
yerda gap «tushunchalar dialektikasi», sub’ektiv dialektika haqida boradi. 
 
Demak, dialektika materializm sohasida ham, idealizm sohasida ham 
qo‘llaniladi: materialistik dialektika va idealistik dialektika. Idealistik dialektikaning 
mumtoz naomunasi (dialektik idealizm) Gegel tomonidan vujudga keltirilgan, u bilish 
nazariyasi va metodi sifatida dialektik sistemani yaratgan. Materialistik dialektikaning 
asoschilari K.Marks, F.Engelsdir. 
Metafizika metod sifatida olamning bir xil, statik manzarasini yaratadi, borliqning 
u yoki bu momentlari va ko‘rinishlarini mutloqlashtiradi va yakka holda qarab chiqadi. 
Hozirgi davrda ulardan tashqari tafakkur taraqqiyotining umumiy yo‘nalishini 
Boshqa fanlar metodlari singari falsafiy metod ham o‘z asosini kishilarning amaliy faoliyatidan oladi va o‘z manbaiga ko‘ra ob’ektiv voqelik rivojlanishining mantig‘i va qonuniyatlarini ifodalaydi. Bu narsa faqat fanga suyanadigan falsafagagina xosdir. Falsafiy metod tadqiqotning umumiy prinsiplarini qo‘llab quvvatlaydi. F.Bekon aytganidek, uni yo‘lni yoritadigan mashoalga o‘xshatsa bo‘ladi. Biroq turlicha falsafiy maktablar va oqimlar falsafa predmetini qanday tushunishiga qarab turlicha falsafiy metodlarni tarkib toptiradi va ulardan foydalanadi. Falsafiy konsepsiyalarning plyuralizmiga metodlarning plyuralizmi muvofiq keladi. Falsafiy metodlarni tasnif qilishda asosan dialektika va metafizika nazarda tutiladi. Dialektika borliq va bilish taraqqiyotining eng umumiy qonuniyatlari haqidagi ta’limot bo‘lib, ayni vaqtda voqelikni o‘zlashtirishning umumiy metodi hamdir. Dialektikaning yuzaga kelishi va tarkib topishining negizlari antik zamon bilan bog‘langandir. Bu bosqich ko‘pincha stixiyali yoki sodda dialektika deb yuritiladi. Sababi ilk faylasuflarning olamga qarashlari oddiy kuzatishga asoslangan bo‘lib, ko‘p jixatdan sodda bo‘lgan. Shu bilan birga ular dialektikani turlicha tushunishgan. Chunonchi, materialist Geraklit o‘z ta’limotida olamning doimiy o‘zgarishi va xarakteriga, unda ziddiyatlarning aks-teskariga aylanish masalasiga, eng avvalo «narsalar dialektikasi»ga, ob’ektiv dialektikaga e’tiborni qaratgan. Shu davrda yashagan Suqrot va Aflotun dialektika deganda munozara olib borish sanoatini tushungan, shu yo‘l bilan haqiqatga erishish mumkinligini e’tirof etgan. Demak, bu yerda gap «tushunchalar dialektikasi», sub’ektiv dialektika haqida boradi. Demak, dialektika materializm sohasida ham, idealizm sohasida ham qo‘llaniladi: materialistik dialektika va idealistik dialektika. Idealistik dialektikaning mumtoz naomunasi (dialektik idealizm) Gegel tomonidan vujudga keltirilgan, u bilish nazariyasi va metodi sifatida dialektik sistemani yaratgan. Materialistik dialektikaning asoschilari K.Marks, F.Engelsdir. Metafizika metod sifatida olamning bir xil, statik manzarasini yaratadi, borliqning u yoki bu momentlari va ko‘rinishlarini mutloqlashtiradi va yakka holda qarab chiqadi. Hozirgi davrda ulardan tashqari tafakkur taraqqiyotining umumiy yo‘nalishini