FALSAFAFANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI (FALSAFA TUSHUNCHASINING KELIB CHIQISHI. FALSAFANI SHAKLLANISHINING ASOSIY BOSQICHLARI)
Yuklangan vaqt
2024-04-27
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
17
Faytl hajmi
121,2 KB
Ilmiybaza.uz
FALSAFAFANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI
ROLI
FALSAFA TUSHUNCHASINING KELIB CHIQISHI. FALSAFANI
SHAKLLANISHINING ASOSIY BOSQICHLARI.
Falsafa grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, ikki jumladan iborat: philio –
sevaman, sevmoq, Sorhia-donishmandlikni sevish, donishmandlik ma’nosini
anglatadi. Rivoyat qilishlaricha, Fliunt shahriga safari chog‘ida hokim Leon
Pifagordan so‘radi: “Sen qaysi ilm bilimdonisan?” – “Hech qaysi, – deb javob berdi
Pifagor. – Men shunchaki bir faylasufman”. – “Falsafa degani nima o‘zi?”-
taajjublanib so‘radi hokim. Pifagor shunday javob berdi: “Inson umrini bozor va
olimpiya o‘yinlariga qiyoslash mumkin. Bozordagi sotuvchilar ham, xaridorlar ham
doimo o‘z foydalarini ko‘zlaydilar. Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari esa shon-
shuhrat va mashhurlik payida bo‘ladilar. O‘yingohdagi tomoshabinlar esa ularni
diqqat bilan kuzatadilar. Hayotda ham shunday. Odamlarning katta bir guruhi boylik
va shon-shuhrat orttirish maqsadida yelib-yuguradilar. Ana shu olomon orasida
kamchilikdan iborat bir guruh borkim, ular chetdan turib atrofdagilarni jimgina
kuzatadilar. Voqea-hodisalarni, inson tabiatini tadqiq etadilar. Haqiqatni anglash
ularning eng sevimli amalidir. Ana shu toifadagi odamlar faylasuflar-donolikni
sevuvchilar, deb ataladi. Ular sofoslar, ya’ni donishmandlar emas. Chunki tom
ma’nodagi donishmandlik yolg‘iz Allohga xos sifat. Bandalar esa donishmandlikka
intilish bilan kifoyalanadilar, xolos.” deb so‘zini tugatgan ekan faylasuf Pifagor.
Falsafa qadimiy soha. Demak, falsafaning shakllanishining asosiy bosqichlari
uzoq uzoqlarga borib taqaladi. Jumladan qadimgi sharqda tabiat, jamiyat inson
tafakkuri haqida turli falsafiy fikrlar o‘rtaga tashlangan. Ayniqsa, Qadimgi
Hindiston, Xitoy, Misr, O‘rta Osiyo mintaqalarida sodda falsafiy fikrlar paydo
bo‘lgan. Ana shu sodda falsafiy qarashlar – urf-odatlar, asotirlarda, rivoyatlarda,
dostonlarda aks etgan. Markaziy Osiyoda zardushtiylik ta’limoti, Hindistonda esa
Lokayata, Chorvaka oqimlari paydo bo‘lgan.
Ma’lumki, qadimgi Hindiston qadimgi sivilizatsiyaning asosiy markazlaridan
biri hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, birin- chi falsafiy qarashlar ham
Hindistondan boshlangan. Manbalarda qayd etilishicha Hindistonda falsafiy fikrlar
4 davrga ajratilgan.
1.Vedalar (600 yilgacha) 2. Epik davr 3.Sutr davr 4. Sxolastika davri
Albatta bu davrlar o‘z xususiyatiga ega bo‘lgan. Birinchi davr, ya’ni Vedalar
(Veda-bilim demakdir) Xudo bilan bog‘liq gimnlardan yaratilgan. Ibodatxonalar
barpo etilgan. Vedalardan biri Rigveda bo‘lib u bir necha kitobdan iborat. Ulardagi
madhiyalar o‘z xususiyatiga ko‘ra qoida hisoblangan. Qoidaga amal qilinmasa
Ilmiybaza.uz
adolat qaror topmaydi. Rigvedalarda axloqiy ma’naviy fazilatlar ko‘proq aks etgan.
Rigveda ,,yani rita’’ tushunchasi orqali voqea narsalarnig yo‘li tushuntirilgan.
Fazodagi jarayonlar, insonlar o‘rtasidagi munosabatlar, ularning hayot haqidagi
tasavvurlari undan o‘rin olgan. Xulosa qilib aytganda, rita tevarak atrofdagi
borliqning (moddiylik va ma’naviylikni) yo‘lini ifodalagan.
Yana bir yo‘nalish Upanishadlar ta’limoti bo‘lib, (Upanishad o‘qituvchining
oyog‘i ostida o‘tirish ma’noda) unda ham vedalar madhiyasi ilohiy bashorat-
qudratdan iborat deb hisoblangan. Yuqori tabaqada turuvchilar- ya’ni braxmanlar bu
donolik ta’limotining jiddiy bilimdonlari deb qabul qilingan. Keyinchalik
braxmanlarga qarshi tanqidlar sodir bo‘lgan. Shulardan biri bu Jaynizm ta’limotidir.
Ular ko‘proq tabiat falsafasiga e’tiborni qaratganlar.
Yana bir ta’limot bu – buddizm ta’limoti bo‘lib, bu ta’limotda rohat va azob,
qiyinchilik va osudalik, yaxshilik va yomonlik kabi insoniy fazilatlar ustuvor
bo‘lgan. Buddizm va Upanishadlar olamni tushuntirish uchun ilg‘or diniy fikrlarni
o‘rtaga tashlaganlar. Veda va Upanishadlar qarashlari “Maxabhorat” epik
poemasida ham aks etgan. Krishna Vishna (Xudo)ning yerdagi vakili komillik
elchisi sifatida tasvirlangan, insonlarni ezgulik g‘oyalari bilan baxramand bo‘lishiga
chorlagan. Bulardan tashqari Hindistonda paydo bo‘lgan oqimlar; Chorvyaka,
Lokayatalar ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Ushbu ta’limotlar tarafdorlari
olamni cheksizligini, bu dunyodan boshqa dunyo yo‘qligini targ‘ib qiladilar.
Ularning fikricha, olamni 4 unsur – suv, olov, havo, tuproq tashkil etadi. Olam ana
shu to‘rt unsurning birlashuvidan tashkil topgan.
Falsafa taraqqiyotida Xitoy falsafasi muhim ahamiyatga ega u ham Hind
falsafasi kabi paydo bo‘lgan. Xitoydagi falsafiy qarashlar ijtimoiy hayotning
o‘zgarishi bilan bog‘liq. Yangi falsafiy fikrlar, xo‘jalik yuritishlar, tovar-
ayiraboshlash, yangi bilimlarning paydo bo‘lishi, davlatchilikni taraqqiyoti kabilar
bilan bog‘liq. Qadimgi Xitoy hududida tabiiy fanlarini yuzaga kelishi (matematika,
tibbiyot astronomiya va b).insonlar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatgan. Xitoydagi dastlabki
falsafiy qarashlarga sayyoh donishmandlar asos solishganlar. Falsafiy maktablar
tashkil topa boshlagan. Ularga ko‘ra olam avval tartibsiz bo‘lgan. Ular qarama-
qarshi tomonlar (osmon - in’, yer-yan’) dan iborat bo‘lib fazo kuchi bilan tartibga
keltirilgan. Xitoydagi falsafiy qarashlar In-zinning o‘zgarishlar kitobida, Shi -
tszinning qo‘shiqlar kitobida, Li-tszinning urf-odatlar kitoblarida aks ettirilgan.
Xitoydagi qarashlarda ham olam suv, havo, olov, yer, yog‘ochdan paydo bo‘lgan
degan fikrlar ustuvor. Olam to‘xtovsiz harakatda. Unda qarama-qarshiliklar mavjud.
Xitoydagi falsafiy qarashlar o‘rtasida Konfutsiy (ruschada Qonfutsiy)
ta’limoti muhim ahamiyatga ega. Konfutsiy (351-479y.) kambag‘al oilada tug‘ilgan.
U o‘zining, Suhbat va fikr bayoni asarida ma’naviy-axloqiy qoidalarni, ota-onaga,
davlatga, ulug‘larga bo‘lgan munosabatlarni bayon qilgan. Konfutsiy osmon va ruh
muammolarini falsafiy jihatdan yoritishga intilgan. Uning fikricha osmon-kuch-oliy
haqiqat, adolat, yerdagi odamlarning ham sababchisidir. Taqdir sababga bog‘liq.
Uning fikricha, tarbiya inson hayotida eng muhimdir. Jamiyatni isloh qilishga da’vat
etadi.
Xitoydagi falsafiy oqimlardan biri bu Moizmdir. Asoschisi Mo –Tszi(479-
400y.y.) bo‘lib o‘z maktabini yaratgan. Bu ta’limotda ham Osmon faoliyatiga e’tibor
Ilmiybaza.uz
qaratilgan. Osmon hamma uchun namuna, u hammani barobar ko‘radi, shu sababli
katta-
kichikni,
kuchli-kuchsizni,
boy-kambag‘alni,
amaldor-fuqaroni
kamsitmasligi, odamlar inoq bo‘lishi targ‘ib qilingan.
Falsafiy qarashlar eramizgacha bo‘lgan davrning VII-VI asrlarida qadimgi
Gretsiyada yuqori cho‘qqiga ko‘tarildi. Qadimgi Yunon va Rim falsafasi, falsafani
fan darajasiga yetkazdi. Bu davrga kelib mifologik qarashlar insonlarni qoniqtirmay
qoldi. Eskicha fikrlash o‘z qadrini yo‘qota boshladi. O‘sha davrlarda Yunonistonda
ham tabiiy fanlar rivojlandi. Natijada insonning aqliy tafakkuriga e’tibor qaratila
boshlandi. Insonlar o‘z faoliyatini qadimiy falsafiy qarashlar asosida emas, endi
yangicha yondashuvlar asosida tushunishlar boshlandi. Borliqni xususiyati va
mohiyatini bilishga ehtiyoj sezildi. Tabiat, jamiyat, inson tafakkuri nimalarga qodir
ekanligi haqida tasavvurlar aniq va ravshan o‘rtaga qo‘yilaboshlandi. Buning
natijasida turli yo‘nalishlar va maktablar paydo bo‘ldiki, bu jarayon o‘z navbatida
falsafani mukam- mallashishiga sabab bo‘ldi. Tabiat falsafasi yetakchi o‘ringa
chiqdi. Fazoni o‘z vaqtida mutlaqlashtirib tushuntirgan bo‘lsalar, endi uni o‘zgartirib
turishiga, rivojlanib borishiga, bir holatdan ikkinchi holatga, eskidan yangiga,
pastdan yuqoriga, salbiydan ijobiyga, issiqlikdan sovuqlikka qarab borishiga
ahamiyat berdilar. Bunday qarashlarni dialektik qarash deb atadilar. Dialektik qarash
ko‘proq Geraklit, Zenon ta’limotlarida yaqqol ko‘zga tashlandi. (biz ularning
falsafiy qarashlarini keyingi mavzularda batafsilroq yoritishga harakat qilamiz).
Platon, Demokrit, Aristotel’ va boshqa qadimgi yunon faylasuflari ham borliq
haqida o‘z zamonasidan kelib chiqib falsafiy mushohada yuritdilarki, natijada
falsafaning mazmun mohiyati kengaydi. Bu davrda sofiylar (sofiy-donolik
demakdir) ham o‘z fikrlarini o‘rtaga tashladilar. Ularning yirik vakillari Protagor
(mil.av. 490-420 y), Georgiy(mil.av.480-380y.)lar hisoblanadi. Sofiylar o‘z
ta’limotlarini ko‘proq inson hayoti bilan bog‘laganlar. Axloqiy, huquqiy, siyosiy
munosabatlarni shakllanishiga e’tibor berdilar. Bilish muammosini o‘rtaga
qo‘ydilar. Ayniqsa, Sokrat (470-399) Sofiylar izidan borgan bo‘lsada keyinroq
ularni tanqid qilgan. Insonning ongiga baho bera boshlagan. Uning fikricha, inson
o‘zini, o‘zligini bilishi lozim. Bu holat falsafani o‘rganish obekti bo‘lishi kerak
deydi. Shunday qilib, falsafa faninig shakllanishi taraqqiyot bosqichlari
rangbarangdir.
Dunyoqarashning tuzilishi.
Dunyoqarashning tarixiy shakllari.
Falsafa kishilarda dunyoqarashni shakllantiradi. Dunyoqarash bu kishilarning
tevarak-atrof, obyektiv reallikka bo‘lgan muno- sabatini belgilaydi. Dunyoqarash
ijtimoiy ongning barcha shakllariga taalluqli unsurlardan tarkib topadi. Unda:
falsafiy, ilmiy, siyosiy, axloqiy va estetik qarashlar katta rol o‘ynaydi. Ilmiy bilimlar
dunyoqarash sistemasiga qo‘shilgach, insonning yoki guruhning tevarak-atrofidagi
ijtimoiy va tabiiy reallikda bevosita amaliy yo‘l tutish maqsadiga xizmat qiladi.
Falsafiy qarashlar esa dunyo- qarashning butun sistemasi asosini tashkil etadi.
Dunyoqarash tabiat, jamiyat va inson tafakkuri taraqqiyotining eng umumiy
qonunlarini ifoda etadi. O‘z davrida marksizm va marksistik partiyalar, o‘z
masalalarini hal qilishda dialektik va tarixiy materializmga amal qilinmasa (ya’ni
marksizm-leninizm falsafasiga), u vaqtda biryoqlamalik, subyektivizmga,
Ilmiybaza.uz
fikrlarning qotib qolishiga, tajribadan ajralib qolishga, hamma narsa va hodisalarni
ilmiy tahlil qilish qobiliyatini yo‘qotishga va revizionistik yoki aqidaviy holatlarga
hamda siyosatda yangilishlarga yo‘l qo‘yish hollariga tushib qolinadi, degan salbiy
fikrlarni o‘rtaga tashlaganlar.
Hayot tajribasi shuni ko‘rsatyaptiki, falsafaning vazifasini bu qadar cheklab
qo‘yish haqiqatga to‘g‘ri kelmas ekan. Aksincha, yondoshish esa turli qarashlar va
falsafiy muammolarni oydinlashtiradi. Borliqni tushunishda yaqindan yordam
beradi.
Demak, dunyoqarash – bu insonning ijtimoiy guruh yoki qatlamning
voqelikka bo‘lgan munosabatini belgilaydigan tamoyil- lari, qarashlari, qadriyatlari,
e’tiqodlari tizimidir. Dunyoqarash orqali insonlar hayotda o‘z yo‘nalishini topadi va
shu yo‘nalish orqali faoliyat ko‘rsatadi. Dunyoqarashning shakllanishi tevarak
atrofdagi borliq taraqqiyotiga bog‘liq. Marksistik falsafa falsafadagi asosiy masala:
tafakkurning borliqqa bo‘lgan munosabati masalasi bilan dunyoqarashni qat’iy
belgilab bergan edi. Bunday yondoshish inson faoliyatini, uning tafakkurlash
jarayonini cheklab qo‘yishga, uni tor aspektda tushunishiga olib keldi. Aslida, asosiy
masala doirasida dunyoqarashni tushuntirishda, materializm va idealizm nuqtai
nazaridan kelib chiqish lozim edi. Dialektik materializm tarafdorlari bo‘lsa, faqat
shundaygina materialistik yondoshilganda ilmiy dunyoqarash paydo bo‘ladi deya
targ‘ib qilib keldilar. Diniy dunyoqarashda bo‘lganlar idealistik, dunyoqarashdagilar
sifatida qattiq tanqid ostiga ham olindilar. Aslida har bir shaxs qaysi dunyoqarashda
bo‘lishidan qat’iy nazar olam hodisalarini o‘zining e’tiqodiga qarab, uning
muammolariga individual yondoshib hal etishi lozim. Shaxsga ma’lum bir nazariy
jihatni
tirkab
qo‘yish
bilan
dunyoqarashini
shakllantirib
bo‘lmaydi.
Dunyoqarashning shaklla- nishi erkin holatda-zaruriyat asosida paydo bo‘lishi ham
mumkin. Sababi, shaxslarda his tuyg‘u, harakat, tafakkur, turli qarashlar bir xil
emas, shuning uchun ham dunyoqarashni ikki-uch yo‘nalish bilan bog‘lab qo‘yish
haqiqatdan uzoqdir.
Dunyoqarash insonning faoliyati bilan bog‘langan. Shu faoliyatni o‘zi uning
dunyoqarashini belgilab beradi. Dunyoqarash va faoliyat dialektik munosabatdadir.
Bir-birini taqozo etadi. Binobarin, dunyoqarash singari, faoliyat ham borliqdan kelib
chiqadi. Borliq ta’sirida bu ikkala jarayon harakatga keladi. Dunyoqarash orqali
hayotni tahlil qilish va fikrlash ehtiyoji tug‘iladi. Natijada inson o‘z dunyoqarashi
orqali o‘z-o‘zini ham anglaydi. Tabiatda, jamiyatda tutgan o‘rnini mushohada qiladi.
Dunyoqarash tarkibiga kiruvchi: ilmiylik, falsafiylik, axloqiylik, diniylik, siyosiylik,
huquqiylik, nafosatlilik kabilarda barcha insonlarning fikrlari va qarashlari bir xil
emas. Bundan o‘zgacha bo‘lishi ham mumkin emas. Ana shu ma’noda aytamizki,
dunyoqarash ham turlichadir. Dunyoqarash bu faqat olamni u yoki bu tomondan aks
ettirish degan gap ham emas, balki dunyoqarash olamga baho berish hamdir.
Dunyoqarash muammosi bu qotib qolgan va unga tegib bo‘lmaydigan jarayon
emas. U ham davrlar o‘zgarishi bilan o‘zgarib boradi. Jumladan, O‘zbekiston
mustaqillikka
erishgandan
so‘ng
insonlardagi
dunyoqarashni
o‘zgarishi
fikrimizning dalilidir. Insonlarda hayotga bo‘lgan munosabat, ishlab chiqarishga,
vatanga, kundalik hayotga o‘zgacha yondoshish shakllana boshladi.
Ilmiybaza.uz
Dunyoqarash dunyoni tushunish bilan bog‘liq. Undagi jarayonlarni hal etish
bilan chambarchasdir. Dunyodagi harakat insonlarda turli hissiyot va tuyg‘ularni
vujudga keltiradi. Insonlar tafakkurida voqealar mujassamlashadi. Natijada, bu
jarayonlar yangi fikr va tasavvurlarni, tushuncha hamda kashfiyotlarni keltirib
chiqaradi. Insonga xos bo‘lgan xususiyatlar: iroda, idrok qilish, jo‘shqin faoliyat
paydo bo‘ladi. Shu ma’noda aytish mumkinki, dunyoqarash ikki bosqichdan iborat
bo‘lib, birinchi bosqichda tevarak atrofni inson o‘zida aks ettirsa, ikkinchi bosqichda
nazariy va amaliy xulosalarni keltirib chiqaradi. Bu jarayonlar uzviy aloqadadir, bir-
birlarini to‘ldiraboradi.
Dunyoqarash nafaqat tabiatni, balki, ijtimoiy borliqni ham aks ettiradi.
Aniqrog‘i, insonlarni turmush tarzi dunyoqarashda namoyon bo‘ladi. Dunyoqarash
har bir avlodga taalluqli bo‘lsada, avlodlar o‘zining ajdodlari dunyoqarashidan ham
muayyan sohalarini oladi va o‘z dunyoqarashini shakllantiradi. Bu sohada ham,
vorislilik, merosxo‘rlilik tamoyillari amal qiladi. Dunyoqarash yo‘q narsadan paydo
bo‘lmaydi, u oldingi faoliyat va qarashlar, urf-odatlar asosida rivojlanadi. Ya’ni
o‘zidan oldingi ijtimoiy borliq, shart-sharoitlar moddiy noz-ne’matlar ishlab
chiqarish jarayonlari, jamiyat tuzilishi, hukmron mafkuraviy qarashlar, ijtimoiy
munosabatlar ta’sirida paydo bo‘ladi. Demak, jamiyatning, ijtimoiy guruhning
faoliyati o‘zgarishi bilan dunyoqarash ham o‘zgaradi.
Dunyoqarashning o‘zgarishi, fan taraqqiyoti bilan ham bog‘liq. Fanning
rivojlanishi tufayli insonlarda kundalik hayotga bo‘lgan munosabat ham o‘zgaradi.
Masalan, hozirgi zamonda turli yevropa mamlakatlarida yangi pedagogik
texnologiyalar orqali o‘qish joriy qilingan. Bu jarayon Sharq mamlakatlarida
«Ustoz-shogird» o‘rtasidagi munosabatni o‘zgarishiga olib keladi. Demak, bu
jarayonni yangi bosqichga olib chiqish mumkin. Fan taraqqiyoti inson his tuyg‘usi
jarayonlarini ham kashf etilmagan tomonlarini ochib, insonning o‘zini o‘zi
baholashi uchun yangicha yondoshishni o‘rtaga qo‘yadi va hokazolar.
Umuman, dunyoqarash haqida fikrimizni yakunlar ekanmiz, dunyoqarash
insonlarda dunyo to‘g‘risida bir butun umumlashtirilgan bilimlar, g‘oyalar,
e’tiqodlarning to‘planishidir. Dunyoqarash ma’lum maqsadlarni ko‘zlab, o‘z
faoliyatini amalga oshirishga qaratilgan jarayondir.
Mifologik yoki afsonaviy dunyoqarash
Dunyoqarash shaxsiy va ijtimoiy bo‘lishi bilan birga o‘zining tarixiy
shakllariga ham ega. Ma’lumki, shaxsiy dunyoqarash individual xarakterli bo‘lib,
shaxsning olamga bo‘lgan munosabatini bildirsa, ijtimoiy dunyoqarash ijtimoiy
guruhlarning tevarak atrofga bo‘lgan munosabatlaridir. Bu jarayonlar ham o‘zaro
bog‘liq, biri ikkinchisisiz mavjud bo‘lmaydi. Har ikkala dunyoqarashning paydo
bo‘lishi tarixiy jarayonlarga bog‘liq. Qadim zamonlardan boshlab dunyoqarashning
tarixiy
shakllari
rivojlangan.
Ular
qatoriga
mifologik,
diniy,
falsafiy
dunyoqarashlarni olish mumkin.
Mifologik yoki afsonaviy dunyoqarash yuqorida ta’kid- laganimizdek,
dunyoqarash keng ma’noli tushuncha bo‘lib, inson faoliyatini muayyan voqea va
narsalarga qaratadi (bu so‘z yunon tilidan olingan bo‘lib, mifos-naql, rivoyat; logos-
Ilmiybaza.uz
ta’limot ma’nolarini beradi). Mifologiya dunyoqarash sifatida eng qadimgi
davrlarda paydo bo‘lgan. Insoniy faoliyatlarning paydo bo‘lishi bilan kishilik
jamiyatining boshlang‘ich davrida vujudga kelgan xalq og‘zaki ijodi samarasi
bo‘lib, u ijtimoiy ongning shaklidir. Mifologik dunyoqarashning asosiy
xususiyatlaridan biri bu tirik va o‘lik tabiat o‘rtasidagi munosabatlarning
ajratilmasligidir. Bu jarayonlarning ikkalasi ham bir xarakterda talqin qilinadi.
Qadim zamonlarda insonlar tabiat, jamiyat taraqqiyoti haqida jiddiy tasavvurga ega
bo‘lmaganlar. Ilmiy tahlil qilishning iloji bo‘lmagan. Ishlab chiqarish qurollari
mukammalashmagan. Shu sababli ham barcha kishilar tabiat, jamiyat to‘g‘risida
o‘zlari bilganlaricha turli naql va rivoyatlarni ayta boshlaganlar.
Voqelikni fantastik mushohada qilish, ongni paydo bo‘lishi va rivojlanishi
bilan bog‘liq. Ongda qadimiy faoliyatlar xarakteri og‘zaki xalq ijodi orqali aks
ettirilgan. Ko‘proq bu – xalq og‘zaki ijodida xudolar, afsonaviy qahramonlar,
hodisalar obrazlari orqali ifodalangan. Ularda inson, tabiat, jamiyat hodisalari
muhokama qilingan va xulosalar chiqarilgan, hatto ularning ma’lum bir qismi
kundalik hayotga ham tatbiq etilgan. Afsonaviy dunyoqarash ham o‘zining ijobiy
tomonlariga ega. Chunki, mazkur qarashda ham, insonlarning voqelikka nisbatan
axloqiy qarashlari, his-tuyg‘usi, san’ati, estetik jarayonlari, borliqqa munosabatlari
ifodalangan. Aniqrog‘i, tabiat va
jamiyat hodisalari noilmiy bo‘lsada,
badiiylashtirilgan. Afsonalar xarakteri ko‘proq san’at orqali tushuntirilgan. Shu
san’at orqali ommaning shakllanishiga kuchliroq e’tibor qaratilgan.
Manbalardan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, qadim zamonlarda insonlar yashin,
dovul, suv toshqinlari, zilzila va boshqa tabiiy ofatlardan dahshatga tushib
yashaganlar. Shu sababli, ular yer va osmon, undagi yulduzlarni, oy, quyosh
kabilarni tirik jonzotlar, ayrim hayvonlarni esa muqaddas, deb bilganlar. Ularning
ba’zilarini yaxshilikka chorlovchi, ba’zilarini esa yomonlik manbalari, deb
tushunganlar. Qadimgi insonlar tasavvurida insonga nisbatan xayrixohlar va
dushmanlar bo‘lgan. Bular qatorida xayrixoh xudolar, ruhlar, devlar, jinlar,
ajdarholar kiritilgan. Shular ta’sirida olamning paydo bo‘lishi, undagi harakat va
jarayonlar haqida tasavvurlar vujudga kelgan. Ana shu tasavvurlarda afsonalar:
kosmos haqida, hayvonlar, qushlar, mahluqlar, qahramonlar, yaxshilik va
yovuzliklar xususidagi fikrlar mujassamlashgan. Ularda insonlarni hayotni sevishi,
har qanday qiyinchiliklarni yengishi, inson o‘z mohiyat- mazmuni jihatidan ulug‘
ekanligi o‘z aksini topgan. Shu bilan birga nur va zulmat yonma-yonligi
tushuntirilgan. O‘sha paytdagi kishilar yaxshilikni, baxt-saodatni, quyosh nuri va
issiqlik orqali tasavvur qilsa, baxtsizlikni esa sovuqlik, zulmat manbai, deb
tushunganlar. Ya’ni issiqlik baxt manbai bo‘lsa, sovuqlik zulmat maskani sifatida
tasvirlangan. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, olamni ikki qutbga ya’ni ofat
keltiruvchilar va ofatga qarshi chiquvchilarga bo‘lganlar. Ta’kidlash joizki,
afsonaviy dunyoqarashda asosiy mavzu- insonlarning ma’naviy jihatlari ko‘proq
diqqatga tortilgan. Xayrli ishlar, mehnat qurollarining yaratilishi, hunarmandchilik,
dehqonchilik kabi insoniy fazilatlarga katta ahamiyat berilgan. Shu bilan birga
afsonalardagi voqealar o‘sha paytdagi insonlar tomonidan haqiqiy-hayotiy voqealar
deya e’tirof etilgan. Chunki, ularning tushunchasiga, ajdodlar tomonidan yaratilgan
afsonalardagi fikrlar turmushda bo‘lgan voqealar kabi qabul qilingan. E’tirof etish
Ilmiybaza.uz
kerakki, afsonalardagi jozibali fikrlar insonlarning borlig‘ini his ettirib, barchaga
ta’sir etgan. Voqealar shunday ta’riflanganki, ularning hayotiyligiga shubha
qolmagan. Yunon mifologiyasidagi xudolar- ning xudosi Zevs, dengizlar va daryolar
xudosi Poseydon, hosildorlik va dehqonchilik manbai Demetra, muhabbat va
go‘zallikning xudosi Afrodita, donishmandlik, ilm-fan, san’at xudosi Minera kabilar
faoliyatining go‘zalligi va odamiyligi, jonliligi bilan barchani lol qoldirgan.
Afsonalar o‘sha davrlarda yashagan barcha kishilarning ichki va tashqi
xususiyatlarini mujassamlashtirish bilan birga o‘sha davrning falsafiy, siyosiy,
huquqiy, badiiy tomonlarini ham aks ettira boshlagan. Binobarin, insonlardagi
mazkur xususiyatlar ya’ni diniy, falsafiy, siyosiy, badiiy sohalar mustahkam aloqada
bo‘lib, ularni bir- biridan aslo ajratib bo‘lmas edi. Shu bilan birga voqealarni o‘ta
mubolag‘alashtirish insonlarning hayotga bo‘lgan qarashlarida shubhalanishga shart
va sharoit yaratar edi.
Markaziy Osiyo xalqlari og‘zaki ijodiyoti juda qadimiy bo‘lib, shularning
ta’siri ostida kelajakda, yangi ijodiy namunalari paydo bo‘ldiki, bular «Alpomish»,
«Manas», «Go‘ro‘g‘li» kabi doston va eposlar misolida maydonga chiqdi. Ushbu
manbalar sinchiklab o‘rganilganda ularda olamni bilishga, insoniy xislatlarini
chuqurroq o‘rganishga qaratilgan hatti-harakatlar seziladi. Bu esa o‘sha davrlarda
ham dunyoqarashni takomillashib borayotganligidan dalolat beradi.
Diniy dunyoqarashning shakllanishi
Afsonaviy dunyoqarashga nisbatan aniqroq bo‘lgan dunyoqarash bu diniy
dunyoqarashdir. Diniy dunyoqarash o‘zining hayotiyligi bilan farq qiladi. Diniy
dunyoqarshda xudo bilan inson faoliyati ko‘proq o‘rin olgan. Ammo borliqdagi
barcha mavjudot, harakat voqealarni diniy dunyoqarash ham qamrab olgan. Demak,
diniy dunyoqarash deganda, voqelik taraqqiyoti ilohiy kuch, ya’ni xudoga bog‘lab
ifodalanishi tushuniladi. Zero, bu dunyoqarashda barcha tabiiy va ijtimoiy hodisalar
mohiyatini ichki ziddiyat va o‘zaro munosabatlardan emas balki Ollohning qudrati
natijasidan izlanadi. Mo‘’jizaviy kuchga intilish paydo bo‘ladi. Diniy munosabatlar
ko‘proq diniy kitoblar Qur’oni Karim, Hadislar, Tavrot, Zabur, Injilda o‘z aksini
topgan. Diniy dunyoqarash ham to‘satdan paydo bo‘lmagan. Yakkaxudolik dinidan
avval kishilar fetishizm (narsalarga e’tiqod) sehrgarlik, totemizm, animizm
kabilarga sig‘inganlar. Dinning kelib chiqishi haqida turli fikr va qarashlar bo‘lgani
singari, diniy dunyoqarshning ham kelib chiqishi haqida turlicha yondoshuvlar
mavjud. Ba’zi birovlar diniy dunyoqarashning to‘la shakllanishini sinfiy
jamiyatlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘laydilar. Ba’zilar esa uni abadiy bo‘lgan,
deb e’tirof etishadi. Jumladan, quldorlik jamiyatini paydo bo‘lishi bilan poleteizm,
xalq, millat dinlari paydo bo‘lib, feodalizm davrida esa jahon dinlari, buddizm (VI-
V eramizgacha), xristianlik (eramizning I - asrida) islom (eramizning VII asri) kelib
chiqqan. Diniy dunyoqarash diniy e’tiqodga asoslanadi. Bu degani ilohiy
mavjudotlarning mavjudligini e’tirof etish va unga ishonishdir. Masalan, diniy
ta’limotlar diniy e’tiqodi o‘ta kuchli bo‘lgan kishilar tomonidan madh etilgan va
etilib kelinayotir. Diniy fikrlarning barchasi Allohning nomi bilan bog‘langan. XI
asrda (ba’zi adabiyotlarda 1119-yil, ba’zida 1136-yil, yana birida 1145-yilda
Ilmiybaza.uz
tug‘ilgan deb ko‘rsatiladi) yashab ijod etgan shayx shoir va mutafakkir Muhammad
Farididdin ibn Ibrohim shayx Attori Nishopuriyning «Ilohiynoma» asarining qanday
boshlanib yozilganiga e’tiborni qaratsak, diniy e’tiqodning salmog‘ini sezamiz.
Chunki olim har bir hikoyatning boshlanishida Ollohga hamdu-sanolar aytib, o‘z
fikrni davom ettirgan.
Diniy dunyoqarash ko‘proq dindorlar uchun o‘ta muqaddas bo‘lib
hisoblangan va yuqorida keltirilgan mulohazalar sifatida asarlaridan o‘rin
olgan.Diniy e’tiqodning tarixi ham juda uzoqlarga borib taqaladi. Diniy e’tiqod
deganda faqat yakka xudolik emas, balki ko‘p xudolik kabi boshqa turdagi
sig‘inishlar ham nazarda tutiladi (fetishizm, sehrgarlik, totemizm, anamizm kabi).
Fetishizm - (portugal’cha fetishizm - volshebstvo) ibtidoiy jamiyatda paydo bo‘lgan.
Madaniy taraqqiyotning pastligi natijasida shakllangan bo‘lib, o‘sha davr talabidan
kelib chiqgan. Insonlar narsalarda ham ijtimoiy holat faoliyatini izlaganlar. Tabiiy
kuchlar narsalarda ham rivojlanadi, deb taxmin qilganlar va shu tabiiy narsalarga
sig‘in- ganlar. Qadimgi davrlarda kishilar fetishizmni shunday tushungan bo‘lsalar-
da marksistik ta’limotda uning mohiyati o‘zgartirib tushuntiriladi. Ya’ni u tovar
(mol – mulkga kapitalistlarning yondoshishi, deb tushuntirildi. Binobarin,
kapitalistlarni tovarga sig‘inishlari boylik manbai), muqaddas bo‘lganligi uchun uni
mutloqlashtirildi. Demak, davr o‘zgarishi bilan fetishizm ham o‘z mohiyatini
o‘zgartirib borgan.
Sehrgarlikka sig‘inish Avstraliya, Janubiy va Shimoliy Amerika, Afrikada
yashovchi qabilalar o‘rtasida keng tarqalgan. Masalan, hayvonlarni ikkiga
bo‘lganlar. Toza va toza bo‘lmaganlar.
Ularning talqinida ba’zi hayvonlarni xudo o‘z qudrati bilan saqlagan va ularni
ovqat bilan ta’minlagan. Totemizm – (toteman – so‘zidan olingan bo‘lib, hozirgi
Shimoliy Amerika hindu qabilalaridan birining nomi). Ibtidoiy tuzum davridagi
qadimiy dinlardan biri. Bu so‘z birinchi marta Dj. Longo tomonidan XVIII asrda
qo‘llanilgan. Totemizmda ma’lum turdagi hayvon yoki o‘simlik turlari bilan inson
guruhlarining aloqasi borligi tushunilgan. Yo‘q bo‘lib ketgan hayvonlar belgilariga,
ularning ajdodlariga sig‘inganlar. Emishki, o‘sha o‘tib ketgan turlar insonlarni turli
ofatlardan saqlagan.
Animizm – (lat – ruh, qalb) ham ibtidoiy jamoa davrida paydo bo‘lgan. Hodisa
va narsalarga, inson faoliyatiga ta’sir etuvchi ruh va his-tuyg‘ularini animizm, deb
yuritganlar. Animizmning kelib chiqish sabablari bu tabiiy qiyinchiliklarga bardosh
bera olmaslik, ilmiy bilimlarni yetishmasligidir. Tabiatdagi sir-asrorlarni bilmagan
kishilar his – tuyg‘u va ruhlarga ishonganlar. Diniy dunyoqarashda insonning his-
tuyg‘ulari ko‘proq ahamiyatga ega. Hozirgi davrda dinning insonlarga ta’sirini
hisobga olib, uning fan bilan aloqasini ko‘rsatuvchi faylasuflar ham yo‘q emas.
Bunday qarash tarafdorlari diniy e’tiqod va fan insonni haqiqatga yetaklovchi
sohalar, deb targ‘ib qiladilar. Ularning fikricha, bu sohalar bir – biriga zid emas.
Dunyoni idrok etishda falsafiy dunyoqarashning o‘ziga xosligi
Falsafiy dunyoqarash ham o‘zining maxsus xususiyatlariga ega. Chunki, u
nazariy tomonlarga ko‘proq e’tiborni qaratadi. Falsafiy dunyoqarash olam, inson,
Ilmiybaza.uz
jamiyat, tabiat haqidagi umumiy tasavvurlar va savollarga javob berishga intilgan
jarayondir. Bu birinchidan, ikkinchidan esa falsafiy dunyoqarash insoniyatning
milliy va umuminsoniy qadriyatlarini hisobga olib fan sifatida shakllangan. Shu
ma’noda falsafaning predmeti haqida so‘z yuritganda, e’tibor berilsa, dunyoqarash
ta’rifi bilan aloqada ekanligini sezish qiyin emas. Falsafiy dunyoqarash oldingi tahlil
qilingan dunyoqarashlardan yana shu tomoni bilan farq qiladiki, olam va uning turli
jihatlari haqida fikr yuritganda muammolarning qo‘yilishi, ularni yechish usullari,
predmeti, vazifasi butunlay boshqachadir. Shu bilan bir qatorda, falsafiy
dunyoqarashda umumiylik va ilmiylik ham mavjud. Falsafiy dunyoqarashda, diniy
dunyoqarashdan farqli o‘laroq, uning obyekti borliq, inson, jamiyat, zamon, vaqt
muammolari bo‘lib, ularga aniq dalillar yordamida yondoshib tushuntirishga
intilinadi.
Falsafiy dunyoqarash jamiyat a’zolarini loqaydlikdan toza- lashga harakat
qiladi. Barcha shaxslarning hayotiy muammolarini yechib yashashga chorlaydi.
Hayot qiyinchiliklarini, undagi ziddiyatlarni oldini olishga yordamlashadi. Shu
ma’noda, ilmiy falsafa insonlar faoliyatida katta ahamiyatga ega. Sababi, ilmiy
falsafa inson faoliyati haqida dalilli falsafiy fikrlarni o‘rtaga qo‘yadi. Uning yashashi
mohiyatini yoritadi.
Ilmiy falsafaning markazida inson va jamiyat, tabiat yotadi. Ayniqsa,
insonning yaratuvchi kuch ekanligini e’tirof etadi. Ilmiy falsafa olamning
yaratilganligini, shu haqidagi g‘oyalarni inkor qilishga intiladi. «Dunyoviy aql»,
«Dunyoviy mutloq ruh», «Mutloq g‘oya»lar to‘g‘risidagi fikrlarni inkor qiladi.
Chunki, ular, ilmiy falsafiy dunyoqarash tarafdorlarining fikricha, ilohiyotni
bo‘rtirgan holda talqin qiladilar. Ilmiy falsafa o‘z faoliyatida, olam, undagi barcha
jarayonlar, predmetlar doimiy harakatdagi materiyaning mahsuli ekanligini
isbotlashga harakat qiladi. Olam o‘z qonuniyatlari asosida taraqqiy etadi, deb targ‘ib
qiladi. Ilmiy falsafa bilan shug‘ullanuvchilar diniy ta’limotlardagi olam va odamni
xudo yaratgan degan fikrni tanqid qiladi.
Ilmiy falsafa olamni bilish, uni xarakterlash mumkin, deb mulohaza qiladi.
Insonning aql idrokini cheksiz, deb biladi. Ilmiy falsafa, falsafa yaratgan nazariy
bilimlardan xulosa qilgan holda, barcha hodisalarning o‘zaro munosabatini,
aloqadorlik va bog‘lanishlarni mantiqiy tafakkur yordamidan anglash mumkin, deb
biladi. Ilmiy falsafaning ijobiy xususiyatlaridan yana biri shuki, u nazariya va
amaliyotni birlikda tahlil qiladi. Ularni bir – biridan ajratmaydi. U ana shu birlik,
aloqadorlik tamoyiliga amal qiladi.
Falsafiy dunyoqarash tafakkurlash jarayoniga e’tiborni qaratadi. Insonni ijod
qilishga chaqiradi va shu bilan birga o‘z mavzusini boyita boradi. Falsafiy
dunyoqarashda insonning odob – axloqiga, qad- riyatlariga jiddiy e’tibor beriladi.
Falsafiy dunyoqarashda milliylik bilan umuminsoniylik mujassamlashgan. Falsafiy
dunyoqarash orqali fikr yuritish oliy darajadagi umuminsoniy faoliyatlarni qadriga
yetish ham demakdir. O‘tmishga nazar tashlaydigan bo‘lsak, o‘tmishda alloma
faylasuflar tomonidan aytilgan va ma’naviy meros qilib qoldirilgan falsafiy
fikrlarda, da’vatlarda umuminsoniylik xislatlari mujas- samlashganki, ular o‘z
mohiyati jihatidan axloq va tarbiyaviy jihatlar negizini tashkil qiladi.
Ilmiybaza.uz
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, inson faoliyatida dunyoqarash muhim
ahamiyatga ega. Shu sababli hozirgi zamonda O‘zbekiston fuqarolari, ayniqsa,
yoshlari yangicha fikrlashlari, yangicha dunyoqarashga ega bo‘lishlari davr
talabidir. Hayot to‘xtab qolmas ekan, inson faoliyati ham, jamiyat faoliyati ham
o‘zgarib boradi. O‘zbekistonda huquqiy demokratik, adolatparvar jamiyat qurilar
ekan unda yashaydigan barcha insonlar hayot imkoniyatlaridan bahramand
bo‘lishga haqlidirlar. Buning uchun o‘zbek xalqi yangi falsafiy dunyoqarash bilan
qurollangan bo‘lishi lozim. Bu dunyoqarash sobiq sovet tuzumi dunyoqarashidan
mutloqo farq qilishi-sifat jihatidan yangilanishi tabbiiy bo‘lishi kerak. Ma’lumki,
Sobiq tuzumda ko‘p fikrlilik, hur fikrlilik uncha ham qo‘llab- quvvatlanilmagan.
Tashabbuskorlik, ijodkorlik qilgan shaxslar shubha ostiga olinar edi. Ijod va
tashabbuskorlik bilan dunyoga kelgan fikr va amaliy faoliyatlar ming chig‘iriqdan
o‘tkazilgan. O‘tganda ham byurokratlar, amaldorlar qo‘lida yillab yotar edi. Inson
tafakkuri nazar-pisand qilinmasdi. Dunyoqarash yagona kom- munistik mafkuraga
bo‘ysundirilgan edi. Shu sababli insonlar tor dunyoqarash doirasida fikr yuritar
edilar. Falsafaning milliylik jihatlari haqida baralla fikr yuritganlar «partiya va
hukumatga» qarshi bo‘lib chiqar edilar. Sobiq tuzim yemirilganda bunday yon-
doshishlarning loyqa jihatlari ko‘zga tashlandi. Respublikadagi ilg‘or fikrlilar
marksistik falsafa hayotni buzib talqin qilganligini seza boshladilar. Hatto onda
sonda ba’zi fikri tor odamlar falsafadan voz kechish kerak, degan xom-xayollarni
o‘rtaga qo‘yib, o‘z milliy falsafasini ham o‘sha falsafaga qo‘shib qo‘yaqoldilar.
Bunday yondoshish nonko‘rlik bo‘lar edi. Asrlar davomida shakllangan falsafaga
“xanjar” urilardi. To‘g‘ri, markscha - Lenincha falsafani muqaddas g‘oyaga, hatto,
diniy holatga tushirib qo‘yilgan edi. Ammo, bundan to‘g‘ri xulosa qilish zarur.
Demak, falsafaga yangicha yondoshish davr talabidir.
Fanning funksiyalari va taraqqiyotning asosiy bosqichlari
Ma’lumki, inson va insoniyat faoliyatida fan ham muhim ahamiyat ga ega.
Fanlarning kelib chiqishi insoniyat taraqqiyotini yangi bosqichlarga olib chiqa
boshladi. Fanning paydo bo‘lishi va shakllanishi haqida asosan ikki yo‘nalish ko‘zga
tashlanadi: eksternalistik va internalistik.
Eksternalistik yondoshuv tarafdorlarining fikricha, fanning paydo bo‘lishi
faqat tashqi omillarga ya’ni ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning ta’sirlari bilan
bog‘liq. Ushbu sohalarning determinatsiyasi – ya’ni sababiy bog‘lanishlari
natijasidir. Internalizm ta’limoti tarafdorlarining fikricha, fanning kelib chiqishi va
rivojlanishi ehtiyojlarga bog‘liq. Shu bilan birga internalizmchilar tafakkur
taraqqiyotini ham unutmaydilar. Tafakkur natijasida qonun va qonuniyatlar paydo
bo‘ladi va ushbu sohalar fanlarni vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Umuman olganda
mazkur ikki sohada fikr yurituvchilarning mulohazalari nisbatan qarama-qarshi
bo‘lsa-da, bir-birlarini mutlaqo inkor etmaydilar.
Ko‘plab tadqiqotlarning xulosalari bo‘yicha fan qadimgi Yunonistonda
milloddan avvalgi 1 ming yillik o‘rtalarida vujudga kelganligini e’tirof etadilar.
Aslini olganda fanning unsurlari bir necha ming yillar ilgari qadimgi Hindiston,
Xitoy, Misr, Markaziy Osiyoda ham paydo bo‘lgan. Tadqiqotchilar, ayniqsa, yevro-
Ilmiybaza.uz
patsentrizm tarafdorlari fanni faqat yevropa taraqqiyoti bilan bog‘lashlari unchalik
to‘g‘ri emas. Demoqchimizki, fanning paydo bo‘lishida qadimgi Sharq
mamlakatlarining ham hissalari ulkandir. Ta’kidlash lozikmki, fan bir butun institut
sifatida ya’ni ilmiy bilimning mustaqil tarmog‘i shaklida XIV asrning boshlarida
shakllandi.
Bu davrda jahonda ijtimoiy inqiloblar yuzaga keldi. Natijada san’atning turli
tarmoqlari, savdo-sotiq, harbiy bo‘linmalar, dengizchilik, arxitektura sohalari
rivojlandi.Ushbu jarayonlar avvalgi fan obyektlarini kengayishiga turtki bo‘ldi.
Fanlarning tarixiga e’tibor qaratsak, fanlarni klassifikatsiyalashga qadimdan
uringanlar. Jumladan, mutafakkir Aristotel’ fanlarning tasnifini quyidagicha
izohlagan.
Ijodiy
bilim
Amaliy
bilim
Amaliy
bilim
Falsafa
Birinchi falsafa
Metafizika bilim
Мatematika
Fizika
(tabiat haqidagi fan)
shahar haqidagi
fan
matematika
Til haqidagi fan
Forobiy taklif
qilgan fanlar
tasnifi
Mantiq
Tabbiyot (ilohiyot)
Nazariy bilim
Amaliy bilim
Ibn Sino taklif qilgan fanlar tasnifi
Fizika
Мatematika
Teologiya
(metafizika)
Axloq
Iqtisodiyot
Siyosat