Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati. Bo`lg`usi pedagoglarda fanni o`qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati
Yuklangan vaqt
2024-07-22
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
20
Faytl hajmi
89,5 KB
Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati. Bo`lg`usi
pedagoglarda fanni o`qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati
Reja:
1. Falsafaning predmeti, va uning boshqa fanlar bilan o`zaro aloqadorligi.
2. Falsafaning bahs mavzui. Falsafaning asosiy muammolari.
3. Falsafaning jamiyat hayotidagi o`rni va uning funktsiyalari.
4. Dunyoqarash tushunchasi. Dunyoqarash darajasi va ularning aloqadorligi.
Tayanch so`zlar:
falsafa,
dunyoqarash,
hayotni
anglash,
inson,
dunyoqarash, mifologik dunyoqarash, diniy dunyoqarash, totemizm, animizm,
fetishizm, magiya, falsafiy dunyoqarash, ilmiy dunyoqarash, materializm,
idealizm, gnostitsizm, agnostitsizm, skeptitsizm, falsafa funktsiyalari.
1. Falsafaning predmeti, va uning boshqa fanlar bilan o`zaro
aloqadorligi.
Agar falsafa so`zining kelib chiqishi (etimologiyasi) ga e`tibor bersak, uning
yunon tilidagi tarjimasi «donolikni sevaman» ma`nosini anglatadi. Diogen
Laertskiy (eramiz II asr oxiri - III asr boshlari) so`zlariga qaraganda, o`zini birinchi
marta faylasuf deb atagan kishi – yunon mutafakkiri va olimi Pifagordir.
Faylasuflarning qanday ekanliklariga ta`rif berib, u shunday degan: «Hayot
o`yinga o`xshaydi: ba`zilar unga musobaqalashgani kelsa, ayrimlar savdolashgani,
eng baxtlilari esa tomosha qilgani keladilar; hayotda ham xuddi shunday, ba`zilar
qullar kabi shuhrat va boylikka o`ch bo`lib dunyoga keladi, vaholanki faylasuflar -
faqat haqiqat uchun keladi».
Agar fanlar, aytaylik, botanika yoki lingvistika ta`riflarini oladigan bo`lsak,
ulardagi mavjud farq, odatda, mashg`ulotning asl mohiyatiga daxl qilmaydi. Hech
bir botanik mutaxassisligi fanining mavzusi - o`simlik olami ekanligiga e`tiroz
bildirmaydi. Har qanday lingvist o`z fanining mavzusi - til ekanligini tasdiqlaydi.
Falsafada esa boshqacharoq. Bir faylasufning ta`rifi boshqasinikidan farq qilishi
mumkin. Falsafaning ta`rifi shu qadar ko`p va turli-tumanki, ko`pchilikda «O`zi bir
fan to`g`risida gap ketyaptimikin yoki yo`qmi?» degan savol tug`ilishi mumkin.
Ba`zi falsafiy tizimlarda falsafa oliy bosh ibtido yoki birinchi sabab
to`g`risidagi fan deb ta`riflanadi. Masalan, qadimgi yunon faylasufi Arastu
ta`limotida, u «barcha mavjudotning ibtidosi va sabablari to`g`risidagi fan»
deyilgan bo`lsa, o`rta osiyolik mutafakkir Abu Ali Ibn Sino falsafani «mutlaq
borliq to`g`risidagi oliy fan» deb ta`riflagan.
Ba`zi ta`limotlarda falsafa «to`g`ri fikrlash orqali erishilgan bilim»
(T.Gobbs), umuman, «fanlarni ko`rib muhokama qiluvchi» (G.V. Xegel) deb keng
tasavvur qilinsa, boshqalarida tor ma`noda, masalan, «fikrning mantiqiy
oydinlashuvi» (L.Vitgenshteyn) yoki «umummajburiy qadriyatlar to`g`risidagi
fan» (V.Vindelband) sifatida tushuniladi.
Umuman falsafani ifoda kilish mumkinmi? Nemis faylasufi G.V.Xegel
(1770-1831) muayyan falsafa yagona jahon falsafasining - tarixiy bosqichlari, uni
shakllanish onlari va bir butun rivojlanishining mohiyatidir, deb hisoblagan.
Falsafaning predmeti. Endi «Falsafa nimani o`rganadi?», degan savolni
berishimiz mumkin. Falsafaning predmeti - insonda bilishga qiziqish uyg`otadigan,
mifologiya, din yoki fan javoblaridan qoniqmagan insonning o`ziga mәlum
bilimlar va tajribaga, muayyan e`tiqod, ishonch va intuitsiyaga tayangan holda
oqilona asoslangan javoblar berishga harakat qiladigan, savollar tug`diradigan har
qanday ob`ektiv va sub`ektiv borliqdir. Boshqacha aytganda, inson o`z qiziqishi
ob`ekti haqida muayyan tasavvur hosil qilish maqsadida savol berishga asos
bo`lishi mumkin bo`lgan hamma narsa falsafaning predmetidir.
Falsafa va fan. Falsafa nafaqat fan, balki ijtimoiy hayotning boshqa,
chunonchi: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, huquqiy, ilmiy jabhalari, saңat va shu
kabilar bilan ham uzviy bog`liq. Biz falsafa va fan munosabatlarining genezisi
haqida ularning birligi va farqlarini aniqlash maqsadida so`z yuritamiz. Mazkur
masalani mufassalroq o`rganishga kirishar ekanmiz, avvalo ko`rsatilgan
tushunchalarning asosiy ma`nolari va mazmunlarini aniqlab olamiz.
Fanning mohiyatini tushunishga nisbatan ikki asosiy yondashuv, uning keng
va tor talqinlari shakllangan.
Keng (yig`ma) ma`nodagi fan – bu butun inson faoliyati jabhasi bo`lib,
uning vazifasi borliq haqidagi o`ektiv bilimlarni o`rganish va ilmiy nazariy tizimga
solishdan iboratdir.
Muayyan ilmiy fanlar, masalan, fizika, kimyo, biologiya, tarix, matematikani
ifodalash uchun «fan» tushunchasiga torroq, binobarin, izchilroq ma`no yuklanadi.
Bu erda fanga aniq tarif berilgan, olim esa tor mutaxassis, muayyan bilim
ifodachisi hisoblanadi. U shunchaki olim emas, balki doim va albatta yo fizik, yo
ximik, yo tarixchi, yo boshqa fan vakilidir. Ayni holda fan muqarrar tarzda tabiat,
jamiyat, tafakkurning u yoki bu obekti (hodisasi) haqidagi ilmiy bilimlarning qat`iy
tartibga solingan, izchil tizimidan tashkil topadi.
Bunday fanlarning har biri faqat ularning o`zigagina xos bo`lgan maxsus
qonunlar va metodlarga, mazkur fan uchun yagona bo`lgan til, kategoriyalar
apparati va hokazolarga ega bo`ladiki, bu yuz bergan jarayonlarni to`g`ri tavsiflash
va tushuntirish, hozirgi davrni to`g`ri tushunish va bilimlarning tegishli sohasida
albatta yuz beradigan yoki muayyan sharoitda yuz berishi mumkin bo`lgan
voqealar yoki jarayonlarni mәlum darajada aniq bashorat qilish imkonini beradi.
Bugungi kunda eski falsafiy muammolardan yangi falsafiy jumboqlar sari
o`tilmoqda. “Xudo bormi?”, “Haqiqat nima?”, “Ruhning tabiati qanday?”
qabilidagi falsafiy masalalarni aniq va uzil-kesil echish mumkin emas, balki ularni
echishning umuman iloji yo`qdir, shu bois bu savollar ham javobsiz qolmoqda.
Falsafa va fanning umumiy jihatlari shundaki, ular:
- avvalo aqlga tayanadi va oqilona bilimni yaratishga harakat qiladi;
-o`rganilayotgan ob`ektlar va hodisalarning qonunlari va qonuniyatlarini
aniqlashga qarab mo`ljal oladi;
- kategoriyalar apparatini (o`z tilini) yaratadi, o`zlari ilgari surgan qoidalarni
asoslaydi, ularga dalil-isbot keltiradi va yaxlit tizimlarni yaratishga harakat qiladi.
Falsafa va fan o`rtasidagi farq shunda namoyon bo`ladiki:
falsafa doim u yoki bu faylasuf nomi bilan bog`lanadi, bunda uning g`oyalari,
asarlari o`ziga to`q bo`lishi va ularga boshqa faylasuflar qo`shilishi yoki
qo`shilmasligiga bog`liq bo`lmasligi mumkin. Fan esa, mohiyat e`tibori bilan,
jamoa mehnati mahsulidir;
- falsafada (muayyan fanlardan farqli o`laroq) yagona til va yagona tizim
mavjud emas. Bu erda fikrlar rang-barangligi me`yor sanaladi. Fanda esa monizm
hukm suradi, chunki hech bo`lmasa fanning u yoki bu muayyan sohasidagi asosiy
tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi (til)ga nisbatan yondashuvlar birligi
albatta mavjud bo`ladi;
- falsafa ilmiy bilimlar va dalillardan keng foydalanadi, biroq uning uzil-kesil
xulosalari ishonchli deb hisoblanishi mumkin emas, zero ular asosan
faylasuflarning sub`ektiv fikrlari va mulohazalariga asoslanadi. Fan esa mohiyat
e`tibori bilan isbotlangan va sinashta bilimlar olishga harakat qiladi, bunda olingan
bilimlarni tekshirish yoki rad etish imkoniyatining mavjudligi bu bilimlar
haqiqiyligi va ilmiy jihatdan asosliligining muqarrar sharti hisoblanadi;
- falsafiy bilimlarni tajribada sinash mumkin emas (aks holda ular ilmiy
bilimlarga aylanadi);
-falsafa aniq prognoz bera olmaydi, ya`ni u ishonchli bilimlarni kelajakka
tatbiq etishga qodir emas, zero unda bunday bilimlar yo`q. Ayrim faylasuf falsafiy
qarashlarning muayyan tizimi yordamida faqat bashorat qilishi mumkin, lekin u
olim kabi prognoz qilish yoki modellashtirishga qodir emas.
2. Falsafaning bahs mavzui. Falsafaning asosiy muammolari.
Falsafani o`rganayotgan har bir odamda falsafada qolgan barcha
muammolarga nisbatan ustunroq ahamiyat kasb etadigan, ya`ni muhimroq,
asosiyroq hisoblanadigan masalalar, muammolar mavjud yoki mavjud emasligiga
qiziqish ertami, kechmi albatta yuzaga keladi. Bu mavzu nafaqat boshlovchi, balki
professional faylasuflar uchun ham diqqatga sazovordir. Ularning orasida kimdir
bu mavzuga jiddiy e`tibor beradi, kimdir esa, aksincha, uni muhim deb
hisoblamaydi. Falsafaning uzoq tarixiga umumiy nazar tashlasak, olam va
insonning kelib chiqishi, rivojlanishi va mohiyatiga, shuningdek, hayotning
ma`nosi, inson bilishining tabiatiga tegishli «boqiy» falsafiy muammolar deyarli
barcha falsafiy ta`limotlarda u yoki bu tarzda mavjudligini, turli falsafiy asarlarda,
ular aynan kimga qarashliligi va qaysi davrga mansubligidan qat`iy nazar, qisman
yoki, aksincha, atroflicha muhokama qilinishining guvohi bo`lishimiz mumkin.
3. Falsafaning jamiyat hayotidagi o`rni va uning funktsiyalari.
Odatda falsafa kundalik hayot va amaliyotdan ancha uzoq bo`lgan haddan
tashqari umumiy masalalarni o`rganadi, degan fikr mavjud. Ammo bu fikrga
qo`shilish mushkul, zero umumiy nazariyalar, agar ularga kengroq mәnoda va
uzoqroq istiqbol nuqtai nazaridan yondashilsa, bazan bilimning tor sohalariga
taalluqli bo`lgan ko`pgina muayyan g`oyalardan yaxshiroq samara beradi.
Faylasuflar jamiyatdagi ma`naviyat va axloqning holati uchun ham sezilarli
darajada javobgardirlar, zero ular nafaqat ijtimoiy me`yorlar va tamoyillarni
rivojlantiradilar, ulardan dars beradilar yoki kitoblar, maqolalar orqali ijtimoiy
ongni ular bilan oshno etadilar, balki aksariyat hollarda keng jamoatchilik fikrini
uyg`otadigan, ijtimoiy ahamiyatga molik bo`lgan, ijtimoiy-siyosiy muammolar,
madaniyat va mәnaviyat masalalariga doir muhokama va munozaralar tashkil
etadilar.
Falsafa u yoki bu muammolarni hal qilar, qonunlar, muayyan tamoyillarni
ta`riflar yoki gipotezalar, g`oyalar va nazariyalarni ilgari surar ekan, ayni vaqtda
(ba`zan shu tariqa) har xil funktsiyalarni bajaradi. Falsafaning muhim
funktsiyalaridan dunyoqarashni shakllantirish, bilish, metodologik, integrativ,
madaniy, aksiologik, axloqiy va tarbiyaviy funktsiyalarni qayd etish mumkin.
Ularning barchasi bir-biri bilan uzviy bog`liqdir. Bu funktsiyalarning roli va
ahamiyati falsafaning amal qilish sohasi, u hal qilayotgan vazifalar darajasi va
xususiyati bilan belgilanadi.
Dunyoqarashni shakllantirish funktsiyasi. Falsafaning, dunyoqarashni
shakllantirish funktsiyasi, insonning dunyoga munosabati, uning o`z-o`zini va
o`zini qurshagan borliqni tushunishi, shuningdek turli voqealar, hodisalarni va o`z
burchini qanday talqin qilishi avvalo va bevosita uning dunyoqarashiga bog`liq
bo`ladi. Yuqorida ko`rsatib o`tilganidek, inson dunyoqarashida e`tiqodlar va
bilimlar, tuyg`ular va emotsiyalar, oqilonalik va irratsionallik, tajriba, intuitsiya va
hokazolar chambarchas bog`lanadi.
Falsafaning gnoseologik funktsiyasi tajribada sinash, tavsiflash yoki shak-
shubhasiz inkor etish mumkin bo`lmagan, ya`ni fan ochib berish, tadqiq etish va
tahlil qilishga qodir bo`lmagan narsalar va hodisalarni oqilona yo`l bilan
tushuntirishga harakat qilishdir. Falsafa u yoki bu mohiyati aniqlanmagan yoki
kam
o`rganilgan
hodisalarni
tushuntirishga
nisbatan
o`z
yondashuvlari,
nazariyalari va gipotezalarini taklif qilar ekan, ularni bilishga bo`lgan
qondirilmagan qiziqish o`rnini ma`lum darajada to`ldiradi, shu tariqa mifologik va
diniy fantaziyalarga kamroq o`rin qoldiradi. Falsafa gnoseologiyada hal qiladigan
boshqa bir muhim vazifa «Haqiqat nima?», «Uning mezonlari qanday?», degan
masalalar bilan bog`liq, zero har qanday bilish jarayoni oxir-oqibatda, u yoki bu
tarzda haqiqatning tagiga etishga qarab mo`ljal oladi, bu esa eng muhim masaladir.
Metodologik funktsiyasi to`g`risida so`z yuritganda metod tushunchasiga
murojaat etish o`rinli bo`ladi. Bu tushuncha yunoncha methodos – yo`l, tadqiqot,
tekshirish so`zidan kelib chiqqan bo`lib, u yoki bu maqsadga erishishning
muayyan usulini, shuningdek borliqni nazariy va amaliy o`zlashtirishga qaratilgan
usullar yoki amallar majmuini anglatadi. Boshqacha qilib aytganda, bu faylasuf
yoki olim o`zi o`rganayotgan predmetning tadqiqot yo`lidir. Odatda metodologiya
muammolari falsafa doirasida o`rganilgan, biroq ayrim fanlar vujudga kelishi bilan
falsafiy (umumiy) metodlar bilan bir qatorda muayyan, ayrim ilmiy metodlar ham
rivojlana boshladi.
Falsafaning integrativ funktsiyasi fan bilan chambarchas bog`liq. Real
borliqning yangi va yangi ob`ektlari va hodisalari inson nazariy tadqiqotlari
sohasidan o`rin olishi, shuningdek ilgari ma`lum darajada anglab etilgan narsalar
va hodisalarni yanada chuqurroq o`rganishga bo`lgan ehtiyoj ilmiy bilim o`z
rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq tabaqalanishiga turtki beradi. Buning
natijasida ayrim fanlar paydo bo`lib, ular nafaqat o`z tadqiqot ob`ekti va
predmetini ajratdi, balki o`zining faqat mazkur fanga xos bo`lgan tili,
kagegoriyalar apparati va hokazolarni yaratdi.
Madaniy funktsiyasi. Falsafa odamlar dunyoqarashini kengaytirish, ularda
bilishga qiziqish uyg`otish, nazariy fikrlash madaniyatini shakllantirish va
rivojlantirish orqali madaniy funktsiyani ham bajaradi. U dunyoni o`zlashtirish va
bilishning universal shakli sifatida, insoniyatning eng yaxshi yutuqlarini o`zida
mujassamlashtiradi va ularni butun insoniyat mulkiga aylantiradi. Turli
mamlakatlar va xalqlarning falsafa tarixini o`rganish ularning o`tmishdagi va
hozirgi madaniyatini yaxshiroq tushunish imkonini beradi, g`oyalar almashinuvi va
madaniy aңanalarning o`zaro tәsiriga ko`maklashadiki, bu madaniy meros bilan
uzviy bog`liq bo`lgan ko`pgina muammolarni echishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Aksiologik funktsiyasi. Falsafa hayotning ma`nosi, o`lim va umrboqiylik
masalalarini kun tartibiga qo`yish, u yoki bu harakat, voqea, hodisaga “yaxshi”,
“yomon”, “muhim”, “foydali”, “foydasiz” kategoriyalari bilan baho berish
orqali– aksiologik (yunon. axia - qadriyat) funktsiyani bajaradi. U uzoq muddatli
tendentsiyalarni qisqa muddatli tendentsiyalardan farqlash, yuzaki jarayonlarni
fundamental jarayonlardan, muhim narsalar va hodisalarni ikkinchi darajali
narsalar va hodisalardan ajratish orqali insonning qadriyatlarga munosabati bilan
uzviy bog`liq bo`lgan tegishli ehtiyojlarini shakllantiradi. Shu tariqa insonning
muayyan qadriyatlari, mo`ljallari va ustuvorliklari belgilanadi, ya`ni tegishli
qadriyatlar tizimi tarkib topadi.
Falsafaning axloqiy funktsiyasi odamlar xulq-atvori va u yoki bu jamiyatda
yuzaga keluvchi munosabatlar bilan bog`liq. Bunda, masalan, axloqiy qadriyatlar,
ularning tabiati, asoslari va jamiyatdagi amaliy roli falsafaning tadqiqot predmeti
hisoblanadiki, bu jamiyatda yuzaga keladigan va tabiiy yo`l bilan, ya`ni real hayot
amaliyotida o`rnatiladigan me`yorlar va qoidalarga sezilarli darajada tasir
ko`rsatadi. Bunday me`yorlar ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi muhim
dastak hisoblanadi va odamlarning o`zaro aloqalari, ularning munosabatlari va
o`zaro til topish darajasida namoyon bo`ladi.
Falsafaning tarbiyaviy funktsiyasi haqida fikr yuritilganda bu masalaning
xalqaro darajadagi keng va har tomonlama muhokamasi natijalarini hisobga olgan
holda so`z yuritish o`rinli bo`ladi. Bugungi kunda nafaqat ayrim xalqlar, balki
butun jahon hamjamiyati o`z-o`zini anglab etishga yo`naltirilgan falsafaga
muhtojdir. Buni 2002 yildan Yunesko qaroriga binoan, butun dunyoda har yili
noyabr oyining uchinchi payshanbasida o`tkaziladigan “Jahon falsafa kunlari” ham,
hozirgi kunda dunyo uchun eng muhim masalalarga e`tiborini qaratadigan Jahon
falsafa Kongresslari ham tasdiqlaydi. Darhaqiqat bunday kongress birinchi marta
1900 yilda Frantsiyada o`tkazilgan, 1948 yildan boshlab uni har besh yilda bir
marta o`tkazish ananaga aylangan.
4. Dunyoqarash tushunchasi. Dunyoqarash darajasi va ularning
aloqadorligi.
Dunyoqarashning mohiyati. Ayni shu davrdan boshlab insonning ancha
rivojlangan dunyoqarashi shakllangani haqida va umuman to`plangan bilimlar,
amaliy ko`nikmalar, vujudga kelgan qadriyatlar, o`zi va o`zini qurshagan dunyo
haqidagi tasavvurlar majmui sifatidagi odamlar dunyoqarashi to`g`risida ishonch
bilan so`z yuritish mumkin.
Hayot tajribasi va empirik bilimlar asosida shakllanadigan dunyoqarash
oddiy yoki empirik dunyoqarash deb ataladi va insonning dunyo haqidagi
tasavvurlarining qismlarga ajralmagan, tizimsiz majmui sifatida amal qiladi.
U har qanday dunyoqarashning negizi hisoblanadi va odamlarga kundalik hayoti,
faoliyatida yo`l ko`rsatib, ularning xulq-atvori, aksariyat qilmishlarini belgilab,
muhim regulyativ funktsiyani bajaradi.
To`liqroq, kengroq tarif beradigan bo`lsak, dunyoqarash – insonning o`zini
qurshagan
borliqqa
va
o`z-o`ziga
bo`lgan
munosabatga
nisbatan
yondashuvlar tizimi, shuningdek odamlarning mazkur yondashuvlar bilan
belgilangan hayotiy ideallari, e`tiqodlari, bilish va faoliyat tamoyillari,
qadriyat va mo`ljallaridir.
Dunyoqarashda ijtimoiy muhitning roli. Aql paydo bo`lishi bilan inson
o`zini fikrlovchi mavjudot sifatida anglay boshlaydi, unda o`z «meni» va o`zgalar
haqida tasavvuri shakllanadi va rivojlanadi. Shu tariqa u o`zini va o`zini qurshagan
borliqni anglaydi, o`zi va boshqa odamlarni, o`zi va tashqi muhitni farqlaydi, ilgari
o`ziga mәlum bo`lmagan dunyoning yangi va yangi jihatlarini idrok etadi. Bunday
qarashlar insonning o`zi va o`zini qurshagan borliq haqidagi tasavvurlari
majmui sifatida shakllanadigan dunyoqarash negizini tashkil etadi. Bunda inson
o`ziga maqul va nomaqul narsalarni farqlaydi, baholar beradi, ustuvorliklar
tizimini yaratadi va muayyan maqsadlarga erishishda tegishli tarzda ish ko`radi.
Demak, dunyoqarashda bilish, qadriyatlarga munosabat va xulq-atvorni
belgilash funktsiyalari mujassamlashadi.
Dunyoqarashning bilish funktsiyasi insonda qiziqish uyg`otuvchi barcha
savollarni, shuningdek muayyan yo`l bilan topuvchi javoblarni o`z ichiga oladi.
Dunyoqarashning intellektual, emotsional va ruhiy asoslarning uzviy
bog`liqligi va ularning jamuljam holda har bir inson uchun mutlaqo muayyan,
individual xususiyatlar sifatida amal qilishidir.
Dunyoqarashning muhim elementi shubha bo`lib, u dunyoqarashni
dogmatizm, ya`ni biryoqlama, notanqidiy fikrlash, u yoki bu qoidani shak-
shubhasiz haqiqat deb qabul qilishdan asraydi. Dogmatizmning qarama-karshisi
skeptitsizm bo`lib, bunda shubha mutlaqlashadi, fikrlashning asosiy omiliga
aylanadi, bilish va borliqni idrok etishning bosh tamoyili sifatida amal qiladi.
Dunyoqarashning tuzilishi dunyoni sezish, dunyoni idrok etish va dunyoni
tushunish kabi eng muhim elementlardan iborat.
Dunyoni sezish – bu o`zini qurshagan dunyoni sezgilar yordamida hissiy
idrok etishdir. Bunda tuyg`ular, kayfiyat dunyoni go`yoki ranglarga bo`yaydi,
uning obrazini sub`ektiv, sof individual sezgilar orqali aks ettiradi.
Dunyoni idrok etish – bu atrof borliqni ideal obrazlarda tasavvur qilishdir.
Dunyoni idrok etish to`g`ri yoki noto`g`ri bo`lishi, ya`ni borliqqa mos kelmasligi
mumkin. Bu holda borliq noto`g`ri tasavvur qilinadi yoki illyuziyalar, suv parilari,
alvastilar, kentavrlar haqidagi tasavvurlarga o`xshash fantaziyalar paydo bo`ladi.
Dunyoni tushunish – insonning va uni qurshagan dunyoning mohiyatini
aniqlash, shuningdek tabiatda yuz beruvchi voqea va jarayonlarning o`zaro
aloqalarini tushunishga qaratilgan aqliy-bilish faoliyatidir.
Dunyoni sezish va qisman (elementar shakllarda) dunyoni idrok etish nafaqat
insonga, balki hayvonlarga ham xos bo`lsa, dunyoni tushunish esa faqat odamlarga
xos xususiyatdir.
Dunyoqarashning tarixiy shakllari. Turli davrlar bilishni yanada
teranlashtirdi va inson dunyoqarashini kengaytirdi. Shunga mos ravishda oddiy
(empirik) dunyoqarash ham boyib bordi, uning negizida o`zini o`zi tashkil etish
qonunlariga muvofiq yanada murakkabroq tuzilmalar asta-sekin shakllandi va bu
pirovard natijada dunyoqarashning alohida shakllari yoki, tarixiy tiplari
farqlanishiga olib keldi.
Tarixan dunyoqarashning dastlabki shakllari mif va din, falsafa va fan bo`lib,
bu hol insoniyat tadrijiy rivojlanishining umumiy mantiqi bilan mushtarakdir.
Masalan, bu hodisaning mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun shaxsiy
kutubxonada kitoblar yig`ilishi bilan bog`liq misolga murojaat etish o`rinli bo`ladi.
Mazkur kutubxonada kitoblar bir nechta bo`lsa, ularni tizimga solish talab
etilmaydi, ular qaerda yotgani va ularning o`zaro munosabati qandayligi ham
ahamiyat kasb etmaydi. Kutubxona hajmi o`nlab kitoblar bilan o`lchangan taqdirda
esa, ulardan foydalanishga qulaylik yaratish uchun kitoblarni muayyan tarzda
joylashtirish, tizimga solish talab etiladi. Kitoblar soni qancha ko`p bo`lsa, ular
bilan ishlash shuncha oson va qulay bo`lishi uchun ularni tasniflash, tartibga solish,
ruknlarga ajratish tizimi shuncha murakkab bo`ladi.
Ibtidoiy odamlarning ancha rivojlangan dunyoqarashida o`zini o`zi tashkil
etish qonunlariga muvofiq ayni shunday tartiblilik dastavval mif hamda dinning ilk
shakllari ko`rinishida vujudga keldi.
Mifologik dunyoqarash. «Mif» tushunchasi yunoncha mythos so`zidan kelib
chiqqan bo`lib, afsona, rivoyat degan ma`noni anglatadi. Mif – bu turli xalqlarning
dunyoning kelib chiqishi, tabiat hodisalari, fantastik mavjudotlar, xudolar va
qahramonlarning ishlari haqidagi tasavvurini ifodalovchi muayyan tarzda tizimga
solingan dunyoqarashdir.
Mifda bilimlar, diniy e`tiqodlar, ma`naviy madaniyatning turli elementlari,
sa`nat, ijtimoiy hayot kurtaklari birlashgan bo`lib, shu tariqa ibtidoiy odamlar
dunyoqarashi ma`lum darajada tartibga kelgan, ularning dunyo haqidagi qarashlari
esa muayyan tizimga solingan. Mazkur tizimga solishning muhim shakllari epos,
ertaklar, afsonalar, rivoyatlar bo`lib, miflar avvalo ular orqali ifodalanadi. Shu
tariqa to`plangan bilimlar va tajriba keyingi avlodlarga o`tishi ham ta`minlanadi.
Mifologik dunyoqarashning o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu oddiy
rivoyat, biron-bir voqea haqidagi hikoya emas, balki og`zaki «muqaddas»
matnning arxaik ongdagi voqea-hodisalarga, insonga va u yashayotgan dunyoga
ta`sir ko`rsatuvchi muayyan borliq sifatidagi inikosidir. Mif, insoniyat tarixining
ilk bosqichlarida, odamlar xulq-atvori va o`zaro munosabatlarini tartibga solish
funktsiyasini bajargan, chunki unda axloqiy qarashlar, insonning borliqqa estetik
munosabati o`z ifodasini topgan. Mifologiyaga shu narsa xoski, unda hamma narsa
bir, yaxlit, ajralmasdir; tabiat narsalari va hodisalari inson bilan ayni bir
qonunlarga muvofiq yashaydi, inson bilan bir xil sezgilar, istaklar, mayllarga ega
bo`ladi.
Mifologiya (miflar majmui sifatida) qadimgi odamlar dunyoqarashi bilangina
uzviy bog`liq emas. Oddiy ongda yashaydigan din, falsafa, siyosat, sa`natda aniq-
ravshan yoki pardalangan ko`rinishda mavjud bo`lgan miflar bugungi kunda ham
(kim uchundir ko`proq, kim uchundir kamroq darajada) odamlar hayoti va ijodida
faol rol o`ynab, har qanday inson dunyoqarashining tarkibiy qismi bo`lib qolmoqda.
Diniy dunyoqarash. Dunyoqarashning tarixan ikkinchi shakli dindir. (Din
so`zi arabchadan tarjimada e`tiqod, ishonch, ishonmoq degan ma`nolarni
anglatadi.) Mif kabi, din zamirida ham e`tiqod, tuyg`ular va emotsiyalar yotadi.
Garchi din kurtaklari «aqlli odam» dunyoqarashi shakllanishining dastlabki
bosqichlarida, ya`ni taxminan 40-60 ming yil muqaddam paydo bo`lgan bo`lsa-da,
umuman olganda u dunyoqarashning mustaqil shakli sifatida keyinroq, jumladan
mif tasirida insonning abstrakt fikrlash qobiliyati sezilarli darajada kuchaygan
davrda vujudga kelgan.
Diniy dunyoqarash odamlarning g`ayritabiiy narsalar (xudolar, «oliy
aql», qandaydir absolyut va sh.k.)ga bo`lgan e`tiqodiga asoslanuvchi tegishli
xulq-atvori va o`ziga xos harakatlaridir.
Xullas, din murakkab ma`naviy tuzilma va ijtimoiy-tarixiy hodisa bo`lib,
unda e`tiqod muqarrar tarzda birinchi o`ringa qo`yiladi va hamisha bilimdan ustun
turadi.
Dinning asosiy funktsiyalari. Mif bilan taqqoslaganda, din funktsiyalari
murakkabroqdir. Din funktsiyalari orasida quyidagilarni farqlash mumkin:
dunyoqarashni shakllantirish funktsiyasi butun borliq qachon va nima
uchun paydo bo`lgan va bunda g`ayrioddiy kuchning olamshumul roli qanday
namoyon bo`lgan, degan savollarga javob beradi;
kommunikativ funktsiyasi muloqot va shaxslararo aloqalarning
muayyan tipini taminlaydi, jamiyatning jipslashuvi va yaxlitligiga ko`maklashadi;
tartibga solish funktsiyasi odamlar xulq-atvorini tartibga soluvchi
tegishli me`yorlar va qoidalarni belgilaydi;
kompensatorlik funktsiyasi etishmayotgan axborot, diqqat-e`tibor,
g`amxo`rlik o`rnini to`ldiradi, hayot manosi, istiqbollar va shu kabilarning
yo`qqligini sezdirmaydi, ya`ni insonning kundalik hayotda qondirilmagan
ehtiyojlari o`rnini to`ldiradi.
Falsafiy dunyoqarash. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarga kelib asosan mif va
din tәsirida odamlar dunyoqarashi nafaqat kengaydi, balki ancha murakkablashdi.
U abstrakt nazariy fikrlash qobiliyati va (to`plangan bilimlar ko`rinishida) real
asoslarga ega bo`lishi natijasida o`z rivojlanishining butunlay yangi darajasiga
ko`tarildi. Bunga, hech shubhasiz, mehnat taqsimotiga olib kelgan rivojlangan
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, ma`lum miqdorda ortiqcha mavjudlik vositalari,
bo`sh vaqtning paydo bo`lishi ham imkoniyat yaratdi.
Shunday qilib, taxminan 2500 yil muqaddam dunyoqarashning uchinchi
shakli – falsafa paydo bo`lishi uchun zarur shart-sharoit evropa va Osiyoda deyarli
bir vaqtda yuzaga keldi. Dunyoqarashning avvalgi shakllari – mif va dindan farqli
o`laroq, falsafa dunyoni e`tiqod va tuyg`ularga tayanib emas, balki aql va
bilimlarga tayangan holda tushuntiradi.
Falsafa Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va qadimgi Yunonistonda taxminan
bir vaqtda avvalo dunyoni oqilona anglash usuli sifatida vujudga keldi.
Taniqli nemis faylasufi Karl Yaspers tabiri bilan aytganda, bu davrda (uni
faylasuf «dunyoviy vaqt» deb ataydi) insoniyat o`z rivojlanishida katta burilish
yasagan. Osoyishtalik va barqarorlik ruhi bilan yo`g`rilgan mifologiya davri
nihoyasiga etdi, oqilonalik va oqilona tekshirilgan tajribaning mifga qarshi kurashi
natijasida u asta-sekin chekina boshladi.
Bundan xulosa shuki, falsafiy mushohada yuritish savol berish, shubha qilish,
javoblar izlash va kuni kecha echilgan deb hisoblangan, shak-shubhasiz bo`lib
tuyulgan masalalarga qaytish demakdir. Falsafa uchun «boqiy», uzil-kesil
aniqlangan haqiqatlar, «noqulay», «ilmoqli» savollar yoki man etilgan mavzular
mavjud emas. Falsafa savollar berish, narsalar va hodisalar mohiyatini anglashga
urinish orqali bilish doirasini kengaytirishga harakat qiladi.
Xullas, falsafa haqiqat qanday bo`lsa, uni shunday ifodalab ko`rsatishdir, din
esa –uning ramziy, timsoliy aks etishi. Falsafa asos va mohiyat bo`lsa, din timsol
va shakl. Dialektik munozara usuli jamiyatning kam sonli ayonlari uchun kerak.
Vahiy yo`lidagi ifoda – xalq ommasining idroki, tarbiya va tәlimi uchun kerak
Ko`rib turganimizdek, falsafaning predmetini qandaydir bitta, qat`iy
cheklangan, muayyan masalalar doirasi bilan bog`lash mumkin emas. U vaqt
omiliga va ob`ektiv sabablar to`plamiga qarab, doim u yoki bu muammo yoki
ularning muayyan majmui tarzida birinchi o`ringa chiqadi.
Materialistlar va idealistlar. U yoki bu faylasuflar savolning birinchi
qismiga qanday javob berishiga qarab, materialistlar -dunyo azaldan moddiy,
ong esa bu materiyaning mahsulidir, deb hisoblovchilar va idealistlar -dunyo
zamirida materiyadan oldin paydo bo`lgan va uni yaratuvchi ideal narsalar
va hodisalar yotadi, degan fikrni himoya qiluvchilarga ajratiladi.
Bunda idealizmning ikki turi – ob`ektiv va sub`ektiv idealizm farqlanadi.
ob`ektiv idealistlar-qandaydir nomoddiy va inson ongiga bog`liq bo`lmagan
(ya`ni ob`ektiv mavjud bo`lgan) narsalar va hodisalarni ( Xudo, dunyoviy aql,
g`oya, ruh va shu kabilar) butun borliqning asosi deb e`tirof etadilar. Falsafa
tarixida Platon, Avliyo Avgustin, Foma Akvinskiy, G.Gegel`, , N.Berdyaev kabi
mutafakkirlar ob`ektiv idealizm namoyandalaridir. sub`ektiv idealizm - dunyo
faqat individual (sub`ektiv) ong nuqtai nazaridan qaralgan holda talqin qilinadi..
J.Berkli, D.Yum, G.Fixte sub`ektiv idealizmning yorqin namoyandalari
hisoblanadi.
Ilk antik faylasuflar uchun falsafaning asosiy muammosi: «Dunyo nimadan
yaratilgan?», degan savol bilan bog`langan. Өsha davrda bu savol eng muhim,
asosiy, birinchi darajali hisoblangan.
O`rta asrlar sxolastikasi nuqtai nazaridan «falsafaning asosiy masalasi»
quyidagicha tәriflanishi mumkin: «Xudoning borligini qanday qilib oqilona
asoslash mumkin?» Hozirgi diniy falsafiy kontseptsiyalar, xususan neotomizm
uchun u hozir ham bosh masala bo`lib qolmoqda. Ibn Sino fikricha, falsafaning
asosiy masalasi – mavjudotni barcha mavjud narsalarni kelib chiqishi, targ`iboti
o`zaro munosabati, biridan-ikkinchisiga o`tishni har tomonlama tekshirish uchun
zaruriy imkoniyat, voqelik sabab tamoyillarini asos qilib olishdan iborat1.
Yangi davrda I.Kant yondashuvi diqqatga sazovor bo`lib, u «Inson nima?»
degan savolni mohiyat e`tibori bilan falsafaning asosiy masalasi deb hisoblaydi.
Uning fikricha, inson ikki har xil dunyo – tabiiy zarurat va ma`naviy erkinlikka
mansub bo`lib, ularga muvofiq odamzot, bir tomondan, tabiat mahsuli hisoblanadi,
boshqa tomondan esa, u «erkin harakat qiluvchi mavjudotning o`z-o`zidan
yaratish» natijasidir2.
Falsafani siyosiylashtirish va sxemalashtirishning oqibatlari. Falsafani
o`ta siyosiylashtirish ma`lum ma`noda zararlidir. Chunki sobiq sovet tuzumi
davrida ayni falsafiy bilimni mutlaqlashtirish, uni siyosiy bilim doirasi bilan
1 Ibn Sina. Donishnoma. – Т.: Fan, 1976. -S.7.
2 Kanт I. Soch.Т.6 –M.: Nauka, 1997.-S351
chegaralash oqibatida falsafa siyqalashdi, uning asl mazmuniga putur etkazildi.
Shuningdek, falsafaning barcha vaqtlarda va har qanday sharoitda o`z ahamiyatini
saqlab qolishi mumkin bo`lgan, qolgan barcha masalalarni istisno etadigan birdan-
bir to`g`ri asosiy masalasi bormi? Bizningcha, mazkur uzil-kesil tarif kontekstida
bunday masala mavjud emas. Birinchidan, ayni holda tarixiy davrni ham, falsafiy
bilimning plyuralistik tabiatini ham hisobga olish talab etiladi. Ikkinchidan,
qandaydir bitta muammoni faqat u yoki bu muayyan vazifani echish maqsadida
murakkab masalalarni sxemalashtirish, ataylab soddalashtirish to`g`risida so`z
yuritilayotganini tushungan holda, mәlum darajada shartlilik bilan mutlaqlashtirish
mumkin.
Masalan, falsafaning «borliq» va «substantsiya» kabi ayniqsa keng tarqalgan
asosiy kategoriyalari haqida so`z yuritar va muayyan faylasuflarning ularga
bo`lgan munosabatini aniqlashga harakat qilar ekanmiz, «falsafaning asosiy
masalasi»ni uzil-kesil echish tarafdorlari ilgari surgan mantiqqa muvofiq, barcha
faylasuflarni ma`lum darajada shartlilik bilan materialistlar, idealistlar va
dualistlarga ajratishimiz mumkin. Umuman olganda, agar, falsafada ayniqsa ko`p
muhokama qilinadigan muammolar doirasini aniqlashga harakat qilinayotgan yoki
falsafa tarixini, u yoki bu falsafiy g`oyalar, yo`nalishlar, oqimlarning vorisiyligini
yaxshiroq tushunish vazifasi qo`yilayotgan bo`lsa, bunday ajratish mutlaqo
o`rinlidir.
Shuningdek, muammoga nisbatan yangicha yondashuvni yoki masalaning
yangicha talqinini taklif qilishi mumkin bo`lgan boshqacha yondashuvlar paydo
bo`lishi va mavjudligiga yo`lni berkitmaslik uchun har qanday sxemalashtirish
cheklangan xususiyatga ega bo`lishini unutmaslik kerak.
Dunyoni bilish mumkinmi, degan savolga faylasuflar tomonidan berilgan
javoblar orasida ham ikki qarama-qarshi yondashuv ajralib turadi. Bu
yondashuvlardan biri gnoseologik optimizm deb ataladi. Unga muvofiq insonning
bilish imkoniyatlari umuman olganda cheklanmagan va u o`zini qiziqtirayotgan
tabiat va jamiyat qonunlarini kashf etish, narsalar mohiyatini aniqlash va
dunyoning haqiqiy manzarasini yaratishga ertami, kechmi albatta muvaffaq bo`ladi,
deb hisoblanadi. Bunda G.Gegelni, va u yaratgan tәlimotning ko`p sonli
tarafdorlarini tilga olib o`tish o`rinli bo`ladi.
Ikkinchi yondashuv agnostitsizm (yunon. a – inkor va gnosis – bilim) deb
ataladi. Bu yondashuv namoyondalari dunyoni, narsalar va hodisalar mohiyatini
to`la (yoki hatto qisman) bilish amalda mumkin emas, deb hisoblaydi. Bunday
qarashlar ayniqsa D.Yumga xosdir. Odatda, agnostitsizm namoyandalari qatoriga
I.Kant ham kiritiladi, ammo bu yondashuv ancha bahsli bo`lib, faylasuflar orasida
munozaralarga sabab bo`lib keladi.
Fan dunyoqarash shakli. Bilimlarning o`sishiga qarab har xil muammolar
va masalalar soni ham tinimsiz ko`payib bordi. Bu jarayon fanning rivojlanish
sur`ati yanada jadallashuviga va u falsafadan yanada ko`proq ajralishiga sabab
bo`ldi. Biroq fan bilimning mustaqil sohasi, dunyoqarashning alohida shakli
sifatida faqat XVЫЫ-XVЫЫЫ asrlarda to`la shakllandi. Muayyan darajada
shartlilik bilan shuni aytish mumkinki, bu Ы.N`yuton klassik mexanikaning asosiy
qonunlarini tәriflab, shu tariqa tabiatshunoslikning bo`limi – asoslari asrlar
mobaynida shakllangan, bosh tamoyillari esa bundan yuz yilcha muqaddam,
avvalo Galileo Galiley tomonidan tәriflangan klassik mexanikaning shakllanishiga
yakun yasaganidan keyin yuz berdi.
Fan rivojlanishining asosiy bosqichlari. Miloddan avvalgi I ming yillikdan
XVI asrgacha bo`lgan davr ilk fan davridir. Bu davrda asrlar mobaynida avloddan-
avlodga o`tib kelgan, hayot tajribasi va mehnat faoliyati jarayonida olingan amaliy
bilimlar bilan bir qatorda juda umumiy va mavhum mushohadalarga asoslangan
nazariyalar xususiyatiga ega bo`lgan tabiat haqidagi dastlabki falsafiy tasavvurlar
(naturfalsafa) vujudga kela boshlagan. Ыlmiy bilim kurtaklari naturfalsafa
doirasida uning elementlari sifatida shakllangan. Matematik, astronomik, tibbiy va
boshqa masalalarni echishda foydalaniladigan mәlumotlar, usullar va metodlar
jamlanishi bilan falsafada tegishli bo`limlar vujudga kelgan va keyinchalik asta-
sekin shakllanayotgan ayrim fanlar: matematika, astronomiya, tibbiyot va
hokazolarga ajralib chiqgan.
Jumladan, Aristotelning falsafiy asarlarida fizika, zoologiya, embriologiya,
mineralogiya, geografiya kabi fanlarning kurtaklariga duch kelish mumkin.
Miloddan avvalgi III-II asrlarda falsafiy bilim tarkibida statistik mexanika,
gidrostatika, geometrik optika (xususan, ko`zgular haqidagi alohida fan – «ka-
toptrika») farqlanadi va nisbatan mustaqil ahamiyat kasb etadi. Markaziy Osiyo
mutafakkirlari al-Xorazmiy matematika, al-Farg`oniy astranomiya, al-Beruniy
meneralogiya va geografiya, Ыbn Sino tibbiyot, Mirzo Ulug`bek astranomiya,
Alisher Navoiy adabiyot ilmi rivojiga munosib hissa qo`shdi va ular ijodi
mahsullari bugungi kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotgani yo`q. Biroq bu fanlarda
ayrim tasodifiy kuzatishlar va amaliyot ma`lumotlari umumlashtiriladi-yu, lekin
eksperimental metodlar hali qo`llanilmaydi, aksariyat nazariy qoidalar esa asossiz
va tekshirib bo`lmaydigan spekulyatsiyalar mahsuli hisoblanadi. Ammo ko`rib
chiqilayotgan davrda vujudga kelgan ilmiy fanlar bu davr mobaynida falsafiy bilim
qismlari sifatida talqin qilinishda davom etgan.
Shunday qilib, falsafadan alohida faoliyat sohasi sifatidagi fan hali mavjud
bo`lmagan: u asosan falsafa doirasida, ilmiy bilimlarning boshqa manbai – hayot
amaliyoti va hunarmandchilik saңati bilan bir vaqtda va u bilan juda zaif aloqada
rivojlangan.
Xullas, bu davrda Qadimgi Yunonistonda “Platon akademiyasi”, Markaziy
Osiyoda “Ma`mun akademiyasi” tashkil etilgan, ilmiy bilim rivojida muayyan
yutuqlarga erishilgan bo`lsada, madaniyatning alohida shakli sifatida fan paydo
bo`lishidan oldingi «embrional» davri hisoblanadi.
2. XVI- XVII asrlar – 1 ilmiy inqilob davri bo`lib, u klassik fan davri deb
nomlanadi. U Kopernik va Galiley tadqiqotlaridan boshlanib, N`yuton va
Leybnitsning fizika va matematika sohasidagi fundamental asarlari bilan o`z
cho`qqisiga ko`tarilgan. Galiley vafoti (1642 yil 8 yanvar`)dan so`ng oradan bir yil
o`tgach N`yuton tug`ilgani (1643 yil 4 yanvar`) ramziydir. Fanning bu buyuk
ijodkorlari yashagan davr – kashfiyotlar hamda yangi ilmiy g`oyalarning
mualliflari sxolastika va diniy dunyoqarash dogmatizmiga qarshi kurash olib
borgan romantik davrdir.
Bu davrda hozirgi vaqt tabiatshunosligining asoslari yaratilgan va mexanika
qonuniga asos solingan. Hunarmandlar, tabiblar, alximiklar tomonidan qo`lga
kiritilgan ayrim dalillar tizimli tahlil qilinib, umumlashtirila boshlagan. Ilmiy bilim
tuzishning tabiat qonunlarini matematik tәriflash, nazariyalarni tajribada sinash,
tajribada asoslanmagan diniy va naturfalsafiy dogmalarga tanqidiy qarash bilan
bog`liq bo`lgan yangi me`yorlari va ideallari vujudga kelgan. Fan o`z
metodologiyasini yaratgan va amaliy faoliyat ehtiyojlari bilan bog`liq bo`lgan
masalalarni echishga tobora faolroq yo`naltirilgan.
3. XVIII-XIX asrlar fani noklassik fan davri deb ataladi. Bu davrda ko`plab
ayrim ilmiy fanlar vujudga keladi, ularda ulkan faktik material to`planadi va
tizimga solinadi. Matematika, fizika, kimyo, geologiya, biologiya, psixologiya va
boshqa fanlarda fundamental nazariyalar yaratiladi. Termodinamika qonuni
yaratildi. Texnika fanlari vujudga keladi va moddiy ishlab chiqarishda yanada
sezilarliroq rol o`ynay boshlaydi. Fanning ijtimoiy roli ortadi, uning rivojlanishi
o`sha davr mutafakkirlari tomonidan ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili sifatida
e`tirof etiladi.
XVIII asrning o`rtalarida jahonda fan bilan shug`ullanuvchi kishilar 10 ming
kishidan oshmagan bo`lsa, XIX asr oxiriga kelib olimlar soni 100 ming kishiga
etadi. XIX asrda «olimlar»ning yarmidan ko`prog`i diniy ma`lumot olgan kliriklar
edi. XIX asrda fan ijtimoiy mehnatning mustaqil tarmog`iga aylanadi va u bilan
universitetlar va institutlarning maxsus fakultetlarini tamomlagan «dunyoviy»
professional olimlar shug`ullanadi. 1850 yilda jahonda mingga yaqin ilmiy
jurnallar nashr etiladi, 1950 yilga kelib esa ularning soni 10 mingdan oshadi.
4. XX asrdan fan rivojlanishida yangi bosqich boshlanadi. Bu davr fani
postnoklassik deb ataladi, chunki mazkur asr bo`sag`asida fanda inqilob yuz beradi
va buning natijasida u oldingi davrning klassik fanidan sezilarli darajada farq qila
boshlaydi. XIX-XX asrlar chegarasida amalga oshirilgan inqilobiy kashfiyotlar bir
qancha fanlarning asoslarini larzaga soladi. Matematikada to`plamlar nazariyasi va
matematik tafakkurning mantiqiy asoslari tanqidiy tahlil qilinadi, bir qancha yangi
fanlar vujudga keladi. Fizikada klassik fizikaning falsafiy asoslarini qayta
ko`rishga majbur qilgan fundamental nazariyalar – nisbiylik nazariyasi va kvant
mexanikasi yaratiladi. Biologiyada genetika rivojlanadi. Tibbiyot, psixologiya
hamda inson haqidagi boshqa fanlarda yangi fundamental nazariyalar paydo
bo`ladi. Ilmiy bilimning shakl-shamoyilida, fan metodologiyasida, ilmiy
faoliyatning shakl va mazmunida, uning me`yorlari va ideallarida olamshumul
o`zgarishlar yuz beradi.
XX asrning ikkinchi yarmi fanni yangi inqilobiy o`zgarishlarga olib keladi.
Bu o`zgarishlar adabiyotlarda ko`pincha fan-texnika inqilobi sifatida tavsiflanadi.
Bu o`zgarishlar shu bilan bog`liqki, Ikkinchi jahon urushidan keyin iqtisodiy
rivojlangan mamlakatlarda fan yutuqlari ilgari misli ko`rilmagan miqyosda
amaliyotga – sanoat, qishloq xo`jaligi, sog`liqni saqlash, kundalik hayotga joriy
etiladi. Fan energetikada (atom elektrostantsiyalari), transportda (avtomobilsozlik,
aviatsiya), elektronikada (televidenie, telefoniya, komp`yuterlar) ayniqsa ulkan
o`zgarishlar yasaydi. Fanning rivojlanishi eng yangi harbiy texnikani yaratishning
asosiy omiliga aylanadi va «ikki lager»ning urushdan keyingi qarama-qarshiligi
sharoitida avj olgan qurollanish poygasi yirik davlatlarni ilmiy-texnikaviy
tadqiqotlarga ulkan mablag`larni sarflashga majbur qiladi.
Shuni tan olish lozimki, hozirgi vaqtda jamiyat ko`p jihatdan fanning ulkan
yutuqlari tufayli o`zini o`zi yo`q qilish yoqasiga kelib qoldi. Bu ilmiy taraqqiyotni
to`xtatish kerak, degani emas. Ammo ilmiy izlanishni insoniy, axloqiy
munosabatga bo`ysundirish va balki uning qaysidir yo`nalishlarini cheklash
zarurligi to`g`risidagi masala kun tartibiga qo`yilmoqda. Ыlmiy izlanishning
insonparvarlashuvi, uning yo`llari va oqibatlariga axloqiy munosabat – bu
davrimizning muhim muammolaridir.
Mustahkamlash uchun savollar va topshiriqlar
1. Falsafa nima to`g`risidagi fan?
2. Falsafiy bilimlar mohiyati nimada?
3. Dunyoqarash nima?
4. Dunyoqarashning asosiy shakllarini ko`rsating.
5. Falsafaning asosiy muammolari muammolarini ko`rating
6. Falsafaning qanday asosiy yo`nalishlari va usullari mavjud?
7. Falsafaning asosiy funktsiyalari qanday?
Hozirgi zamon, O`zbekiston va falsafiy bilimlarni yangilash muammolari
nimalardan iborat?