FALSAFANING METOD, QONUN VA KATEGORIYALARI

Yuklangan vaqt

2024-04-07

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

18

Faytl hajmi

67,8 KB


 
 
FALSAFANING METOD, QONUN VA KATEGORIYALARI 
 
 
 
REJA: 
1. Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi. 
2. Qonun tushunchasi. Falsafaning asosiy qonunlari. 
3. Kategoriya tushunchasi va ularning turlari. 
4. Falsafada metod, metodologiya va metodika tushunchalari.  
 
 
 
Mavzuning tayanch iboralari: o`zgarish, harakat, o`zaro aloqadorlik, 
taraqqiyot;eng umumiy, umumiy va xususiy aloqadorlik, dialektika, determinizm, 
indeterminizm, sinergetika; qonun, bog’lanish, kategoriya, sifat, miqdor, me’yor, 
inkor, vorislik, ziddiyat, sinergetika. 
 
 
 
 
1. Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi. 
Jahon siyosiy hayotidagi jiddiy o`zgarishlar, shuningdek O`zbekistonda milliy 
istiqlolning amalga oshirilishi falsafadagi ko`pgina an’naviy  tushunchalarga yangicha 
tafakkur nuqtai-nazardan qarashni taqozo qiladi. Taraqqiyot, uning manbai, dialektika 
kabi 
tushunchalarga 
bugungi 
fan, 
ijtimoiy 
hayot 
tajribalari 
asosida 
yondashilayotganligining sababi ravshan. Dialektika o`rniga sinergetika (ilmiy 
tadqiqotlarning 
fanlararo 
yo`nalishi 
haqidagi 
metod)ni 
qo`yish, 
qarama-
qarshiliklarning kurashi haqidagi ta’limot o`rniga ularning uyg’unligi, revolyutsiya 
FALSAFANING METOD, QONUN VA KATEGORIYALARI REJA: 1. Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi. 2. Qonun tushunchasi. Falsafaning asosiy qonunlari. 3. Kategoriya tushunchasi va ularning turlari. 4. Falsafada metod, metodologiya va metodika tushunchalari. Mavzuning tayanch iboralari: o`zgarish, harakat, o`zaro aloqadorlik, taraqqiyot;eng umumiy, umumiy va xususiy aloqadorlik, dialektika, determinizm, indeterminizm, sinergetika; qonun, bog’lanish, kategoriya, sifat, miqdor, me’yor, inkor, vorislik, ziddiyat, sinergetika. 1. Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi. Jahon siyosiy hayotidagi jiddiy o`zgarishlar, shuningdek O`zbekistonda milliy istiqlolning amalga oshirilishi falsafadagi ko`pgina an’naviy tushunchalarga yangicha tafakkur nuqtai-nazardan qarashni taqozo qiladi. Taraqqiyot, uning manbai, dialektika kabi tushunchalarga bugungi fan, ijtimoiy hayot tajribalari asosida yondashilayotganligining sababi ravshan. Dialektika o`rniga sinergetika (ilmiy tadqiqotlarning fanlararo yo`nalishi haqidagi metod)ni qo`yish, qarama- qarshiliklarning kurashi haqidagi ta’limot o`rniga ularning uyg’unligi, revolyutsiya
o`rniga evolyutsiya, dialektika o`rniga murosasozlik falsafasini qo`yish tendentsiyalari 
ko`zga tashlanadi. Bu takliflarda jon bor ekanligini ta’kidlash bilan birga, har qanday 
ta’limotlar qorishmasini falsafa o`rniga tiqishtirish falsafaning ming yillarni o`z ichiga 
olgan boy tajribasidan, muammolaridan voz kechishga olib kelmasligini ham esdan 
chiqarmaslik kerak. 
Biz mazkur mavzuni yoritishda o`zgarish, harakat, taraqqiyot, bog’lanish 
tushunchalari mazmunini bilib olish lozim. 
Shuni alohida ta’kidlash joizki, olamdagi narsa-hodisalar eng kichik zarrachalardan 
tortib, to osmon jismlarigacha, oddiy organizmlardan tortib, to inson jamiyatiga qadar 
doimo o`zgarish, harakat va rivojlanish jarayonlarini boshidan kechirib turadi, ular 
o`rtasida abadiy o`zaro aloqadorlik, o`zaro ta’sir, o`zaro bog’liqlik amal qiladi. 
Tevarak-atrofimizda hech qachon biror-bir hodisa  o`zgarishsiz, harakatsiz voqe 
bo`lmaydi. Shunday ekan o`zgarish harakat, o`zaro bog’lanish, taraqqiyot 
chegaralarining qisqacha falsafiy ma’nosini tushunib olishimiz kerak. «Harakat» 
tushunchasi kundalik muloqotda olamda yuz beradigan har qanday o`zgarish ma’nosini 
bildiradi. Bu - jismning makonda o`rin almashinishi deganidir. Falsafiy tilda esa 
mexanik harakat atalib, uning eng oddiy shaklidir. Oldingi Ma’ruzalarimizda qayd 
etilganidek, harakatning bir qadar murakkab shakllari (fizik, ximik, biologik, ijtimoiy 
va b.) ham mavjud. Harakatning barcha shakllari o`zaro bog’langandir. Chunonchi, 
oddiy mexanik harakatni olib ko`raylik. U oddiy qismlarning bir-biriga o`tishi, 
elektromagnit va gravitatsion  maydonlarning o`zaro ta’siri, mikroolamdagi kuchli va 
kuchsiz o`zaro ta’sirlarning keng miqyosdagi jarayonlari bilan belgilanadi. Harakat 
shakllari bir-biriga o`tib turadi, harakat hech qachon mutloq sukunat holatida 
bo`lmaydi, binobarin, sukunatning o`zi ham harakatdir, shunday harakatki, bunda 
narsa-hodisalarning sifat ko`rinishi o`zini saqlab turadi, ularning shakli va makondagi 
o`rni esa buzilmaydi, biroq muayyan o`zgarishlarni boshidan kechiradi. Ko`rinadiki, 
harakat, bir tomondan, moddiy jismlar,  shuningdek ularni tashkil etadigan elementlar 
o`rtasidagi aloqadorlikning natijasi, ikkinchi tomondan, ulardagi o`zgarishlar tarzidir. 
O`zgarishlar makondagi oddiy siljishdan tortib, murakkab ijtimoiy rivojlanishlargacha 
takomillashib boradi. 
o`rniga evolyutsiya, dialektika o`rniga murosasozlik falsafasini qo`yish tendentsiyalari ko`zga tashlanadi. Bu takliflarda jon bor ekanligini ta’kidlash bilan birga, har qanday ta’limotlar qorishmasini falsafa o`rniga tiqishtirish falsafaning ming yillarni o`z ichiga olgan boy tajribasidan, muammolaridan voz kechishga olib kelmasligini ham esdan chiqarmaslik kerak. Biz mazkur mavzuni yoritishda o`zgarish, harakat, taraqqiyot, bog’lanish tushunchalari mazmunini bilib olish lozim. Shuni alohida ta’kidlash joizki, olamdagi narsa-hodisalar eng kichik zarrachalardan tortib, to osmon jismlarigacha, oddiy organizmlardan tortib, to inson jamiyatiga qadar doimo o`zgarish, harakat va rivojlanish jarayonlarini boshidan kechirib turadi, ular o`rtasida abadiy o`zaro aloqadorlik, o`zaro ta’sir, o`zaro bog’liqlik amal qiladi. Tevarak-atrofimizda hech qachon biror-bir hodisa o`zgarishsiz, harakatsiz voqe bo`lmaydi. Shunday ekan o`zgarish harakat, o`zaro bog’lanish, taraqqiyot chegaralarining qisqacha falsafiy ma’nosini tushunib olishimiz kerak. «Harakat» tushunchasi kundalik muloqotda olamda yuz beradigan har qanday o`zgarish ma’nosini bildiradi. Bu - jismning makonda o`rin almashinishi deganidir. Falsafiy tilda esa mexanik harakat atalib, uning eng oddiy shaklidir. Oldingi Ma’ruzalarimizda qayd etilganidek, harakatning bir qadar murakkab shakllari (fizik, ximik, biologik, ijtimoiy va b.) ham mavjud. Harakatning barcha shakllari o`zaro bog’langandir. Chunonchi, oddiy mexanik harakatni olib ko`raylik. U oddiy qismlarning bir-biriga o`tishi, elektromagnit va gravitatsion maydonlarning o`zaro ta’siri, mikroolamdagi kuchli va kuchsiz o`zaro ta’sirlarning keng miqyosdagi jarayonlari bilan belgilanadi. Harakat shakllari bir-biriga o`tib turadi, harakat hech qachon mutloq sukunat holatida bo`lmaydi, binobarin, sukunatning o`zi ham harakatdir, shunday harakatki, bunda narsa-hodisalarning sifat ko`rinishi o`zini saqlab turadi, ularning shakli va makondagi o`rni esa buzilmaydi, biroq muayyan o`zgarishlarni boshidan kechiradi. Ko`rinadiki, harakat, bir tomondan, moddiy jismlar, shuningdek ularni tashkil etadigan elementlar o`rtasidagi aloqadorlikning natijasi, ikkinchi tomondan, ulardagi o`zgarishlar tarzidir. O`zgarishlar makondagi oddiy siljishdan tortib, murakkab ijtimoiy rivojlanishlargacha takomillashib boradi.
Yuqoridagi fikrlarga chuqurroq e’tibor berilsa, o`zgarish, harakat jarayonlari narsa-
hodisalar o`rtasida yuz beradigan o`zaro aloqadorlik, o`zaro bog’lanishsiz amal qila 
olmasligiga ishonch hosil qilamiz. Aytish mumkinki, narsa-hodisalarning o`zgarishi, 
harakati va rivojlanishiga ular o`rtasidagi bog’lanish va aloqadorlik, ta’sir va aks ta’sir 
sabab bo`ladi. Biroq har qanday bog’lanish ham rivojlanishga olib kela bermaydi. 
Buning sababi shundaki, ular mohiyati, ta’sir ko`lami va doirasi jihatidan rang-barang 
bo`lib, zaruriy va tasodifiy, ichki va tashqi, bevosita va bilvosita, muhim va muhim 
bo`lmagan turlarga bo`linadi. Shu ma’noda olamda boshqa narsa-hodisalardan alohida, 
ular bilan bog’lanmagan, o`zaro aloqadorlikda va ta’sirda bo`lmagan voqea-hodisa 
mavjud emas1. 
Taraqqiyot - borliqni, undagi narsa va hodisalarni quyidan yuqori holatga tomon 
harakat qilish jarayoni bo`lib, buning natijasida eski sifat o`rniga yangi sifat vujudga 
keladi. Taraqqiyotning ibtidosi bo`lganidek, intihosi ham bo`ladi. Biror davrning 
tugashi yangi davrning ibtidosini boshlab beradi.  Yangi davrda o`tgan zamonning 
ba`zi xususiyatlari takrorlanishi muqarrar. Taraqqiyotni turli metodlar, nazariyalar 
o`rganadi. Masalan: metafizika, dialektika, sinergetika, mantiq va x.k.  Taraqqiyot - 
borliq, undagi narsa va hodisalar miqdor o`zgarishlarining sifat o`zgarishlariga o`zaro 
o`tish, qarama-qarshiliklar birligi va kurashi, inkorni inkor jarayonidir. Taraqqiyot 
oddiy miqdor o`zgarishlari emas, balki sifat o`zgarishlaridir. Falsafada shu asosda 
rivojlanish va taraqqiyot qonunlari tadqiq etiladi. Qonunlar borliqdagi narsa va 
hodisalarning aloqa va bog’lanishlari ifodasidir. 
Eng qadimgi zamonlardan buyon odamlar borliqdagi hodisa va buyumlar orasida 
o`zaro bog’lanish, o`zaro ta’sir va munosabatlar borligini payqaganlar. Bu - olamga 
taraqqiyot nuqtai nazardan yondashuv natijasi edi. 
«Dialektika» so`zi asli qadimgi yunon tiliga mansub bo`lib, uni Sharq mamlakatlari 
ilmida, xususan arab tilida ilk bor Abu Nasr Forobiy «jadl», «jadli», «jadal» tarzida 
qo`llagan. «Jadal» so`zi harakat, tezlik, tezlanish, rivojlanish, o`zgarish, intilish kabi 
ma’nolarni anglatadi. Tabiat va jamiyatdagi barcha hodisalar nedir bir narsaning ta’siri, 
                                                 
1Фалсафа. Маърузалар матни. Т., 2000, 169-170-б. 
Yuqoridagi fikrlarga chuqurroq e’tibor berilsa, o`zgarish, harakat jarayonlari narsa- hodisalar o`rtasida yuz beradigan o`zaro aloqadorlik, o`zaro bog’lanishsiz amal qila olmasligiga ishonch hosil qilamiz. Aytish mumkinki, narsa-hodisalarning o`zgarishi, harakati va rivojlanishiga ular o`rtasidagi bog’lanish va aloqadorlik, ta’sir va aks ta’sir sabab bo`ladi. Biroq har qanday bog’lanish ham rivojlanishga olib kela bermaydi. Buning sababi shundaki, ular mohiyati, ta’sir ko`lami va doirasi jihatidan rang-barang bo`lib, zaruriy va tasodifiy, ichki va tashqi, bevosita va bilvosita, muhim va muhim bo`lmagan turlarga bo`linadi. Shu ma’noda olamda boshqa narsa-hodisalardan alohida, ular bilan bog’lanmagan, o`zaro aloqadorlikda va ta’sirda bo`lmagan voqea-hodisa mavjud emas1. Taraqqiyot - borliqni, undagi narsa va hodisalarni quyidan yuqori holatga tomon harakat qilish jarayoni bo`lib, buning natijasida eski sifat o`rniga yangi sifat vujudga keladi. Taraqqiyotning ibtidosi bo`lganidek, intihosi ham bo`ladi. Biror davrning tugashi yangi davrning ibtidosini boshlab beradi. Yangi davrda o`tgan zamonning ba`zi xususiyatlari takrorlanishi muqarrar. Taraqqiyotni turli metodlar, nazariyalar o`rganadi. Masalan: metafizika, dialektika, sinergetika, mantiq va x.k. Taraqqiyot - borliq, undagi narsa va hodisalar miqdor o`zgarishlarining sifat o`zgarishlariga o`zaro o`tish, qarama-qarshiliklar birligi va kurashi, inkorni inkor jarayonidir. Taraqqiyot oddiy miqdor o`zgarishlari emas, balki sifat o`zgarishlaridir. Falsafada shu asosda rivojlanish va taraqqiyot qonunlari tadqiq etiladi. Qonunlar borliqdagi narsa va hodisalarning aloqa va bog’lanishlari ifodasidir. Eng qadimgi zamonlardan buyon odamlar borliqdagi hodisa va buyumlar orasida o`zaro bog’lanish, o`zaro ta’sir va munosabatlar borligini payqaganlar. Bu - olamga taraqqiyot nuqtai nazardan yondashuv natijasi edi. «Dialektika» so`zi asli qadimgi yunon tiliga mansub bo`lib, uni Sharq mamlakatlari ilmida, xususan arab tilida ilk bor Abu Nasr Forobiy «jadl», «jadli», «jadal» tarzida qo`llagan. «Jadal» so`zi harakat, tezlik, tezlanish, rivojlanish, o`zgarish, intilish kabi ma’nolarni anglatadi. Tabiat va jamiyatdagi barcha hodisalar nedir bir narsaning ta’siri, 1Фалсафа. Маърузалар матни. Т., 2000, 169-170-б.
turtkisi, agar u tarkibli tizimi bo`lsa, qismlarning o`zaro ta’siri sababli ro`y beradi2. 
Bunday yondashuvning dastlabki namunalari zardo`shtiylikning muqaddas kitobi - 
«Avesto» da, keyinroq Sharq mutafakkirlari asarlarida, va nihoyat, yunon faylasuflari 
ijodida uchraydi. 
«Avesto» va «Metafizika» (Arastu) kitoblarida bayon etilgan dialektika Forobiy, 
Ibn Sino va boshqalar asarlarida rivojlantirilib, hozirgi zamongacha etib keldi va hanuz 
jahon falsafasida asosiy tamoyillardan muhimi sifatida xizmat qilib kelmoqda.  
Dialektikaning o`zagi hisoblangan ziddiyat haqida gapirar ekan, I.A.Karimov 
shunday yozadi: «endilikda yadro maydonlarida bo`layotgan qarashlar ko`p narsani hal 
qiladi... Aslida hayotning o`zi turli-tuman g’oyalar kurashidan, bahsu munozaralardan 
iborat. Taraqqiyotning ma’no-mazmuni, kerak bo`lsa, falsafasi ham ana shunda». 
«Million-million odamlarning qalbidagi ezgu intilishlarini, ularning hayot mazmunini 
ifoda qilish oson emas. Buning uchun biz dialektika qonuniyatini, ya’ni muayyan bir 
shaxs bilan butun bir xalq orzu-intilishlarini uyg’un holda qanday aks ettirish 
masalasini yaxshi tushunib olishimiz zarur»1.  
2. Qonun tushunchasi. Falsafaning asosiy qonunlari. 
Taraqqiyot va o`zaro aloqadorlikning  falsafiy g’oyalari dastlab stixiyali shaklda 
ifoda etilgan edi. So`ngra uzoq tarixiy taraqqiyot natijasida olamni bilish nazariyasi va 
metodologiyasi sifatida tarkib topadi va rivojlanadi. Taraqqiyotning qonunlari va 
kategoriyalari falsafa ilmining buyuk donishmandlari tomonidan kashf etilgan. Qonun 
nima? 
Qonun deb voqelikdagi buyum va hodisalar o`rtasidagi muhim, ichki, zaruriy, 
takrorlanadigan, ob’ektiv bog’lanishlarga aytiladi. Muhim bo`lmagan, tasodifiy 
bog’lanishlar qonuniyatli bog’lanishlar emas. Fan uchun qonuniyatli bog’lanishlarni 
o`rganish muhimdir. Fanning vazifasi qonuniyatni aniqlash va qonunni ochishdir. 
Qonunlar xilma-xil bo`ladi: tabiat qonunlari, jamiyat qonunlari, mantiq qonunlari, fan 
qonunlari va falsafiy-dialektik qonunlar. Ta’sir doirasiga ko`ra qonunlar xususiy, 
umumiy va eng umumiy bo`ladi. Taraqqiyot qonunlari eng umumiy qonunlar sirasiga 
                                                 
2Файзуллаев О. Диалектик тафаккур маъсули. - Тафаккур, 1998, 2-сон, 12-б. 
1И.А.Каримов Миллий истиқлол мафкураси - халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. Т. Ўзбекистон, 2000, 
16, 22, 28-б. 
turtkisi, agar u tarkibli tizimi bo`lsa, qismlarning o`zaro ta’siri sababli ro`y beradi2. Bunday yondashuvning dastlabki namunalari zardo`shtiylikning muqaddas kitobi - «Avesto» da, keyinroq Sharq mutafakkirlari asarlarida, va nihoyat, yunon faylasuflari ijodida uchraydi. «Avesto» va «Metafizika» (Arastu) kitoblarida bayon etilgan dialektika Forobiy, Ibn Sino va boshqalar asarlarida rivojlantirilib, hozirgi zamongacha etib keldi va hanuz jahon falsafasida asosiy tamoyillardan muhimi sifatida xizmat qilib kelmoqda. Dialektikaning o`zagi hisoblangan ziddiyat haqida gapirar ekan, I.A.Karimov shunday yozadi: «endilikda yadro maydonlarida bo`layotgan qarashlar ko`p narsani hal qiladi... Aslida hayotning o`zi turli-tuman g’oyalar kurashidan, bahsu munozaralardan iborat. Taraqqiyotning ma’no-mazmuni, kerak bo`lsa, falsafasi ham ana shunda». «Million-million odamlarning qalbidagi ezgu intilishlarini, ularning hayot mazmunini ifoda qilish oson emas. Buning uchun biz dialektika qonuniyatini, ya’ni muayyan bir shaxs bilan butun bir xalq orzu-intilishlarini uyg’un holda qanday aks ettirish masalasini yaxshi tushunib olishimiz zarur»1. 2. Qonun tushunchasi. Falsafaning asosiy qonunlari. Taraqqiyot va o`zaro aloqadorlikning falsafiy g’oyalari dastlab stixiyali shaklda ifoda etilgan edi. So`ngra uzoq tarixiy taraqqiyot natijasida olamni bilish nazariyasi va metodologiyasi sifatida tarkib topadi va rivojlanadi. Taraqqiyotning qonunlari va kategoriyalari falsafa ilmining buyuk donishmandlari tomonidan kashf etilgan. Qonun nima? Qonun deb voqelikdagi buyum va hodisalar o`rtasidagi muhim, ichki, zaruriy, takrorlanadigan, ob’ektiv bog’lanishlarga aytiladi. Muhim bo`lmagan, tasodifiy bog’lanishlar qonuniyatli bog’lanishlar emas. Fan uchun qonuniyatli bog’lanishlarni o`rganish muhimdir. Fanning vazifasi qonuniyatni aniqlash va qonunni ochishdir. Qonunlar xilma-xil bo`ladi: tabiat qonunlari, jamiyat qonunlari, mantiq qonunlari, fan qonunlari va falsafiy-dialektik qonunlar. Ta’sir doirasiga ko`ra qonunlar xususiy, umumiy va eng umumiy bo`ladi. Taraqqiyot qonunlari eng umumiy qonunlar sirasiga 2Файзуллаев О. Диалектик тафаккур маъсули. - Тафаккур, 1998, 2-сон, 12-б. 1И.А.Каримов Миллий истиқлол мафкураси - халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. Т. Ўзбекистон, 2000, 16, 22, 28-б.
kiradi. Nemis faylasufi Gegel ana shunday qonunlardan uchtasini ochgan.   Ular 
quyidagilar: 
1. Miqdor va sifat o`zgarishlarining o`zaro bir-biriga o`tish  qonuni. 
2. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni. 
3. Inkorni inkor qonuni. 
Taraqqiyot qonunlaridan birinchisi miqdor o`zgarishlarining sifat o`zgarishlariga 
o`zaro o`tish qonuni deb yuritiladi. Mazkur qonun sifat, miqdor, me’yor kategoriyalari 
bilan ish ko`radi. 
Sifat deb narsa va hodisalarning muhim xususiyatlari majmuasiga aytiladi. Har bir 
narsa asosiy va asosiy bo`lmagan, muhim va muhim bo`lmagan xususiyatlarga ega. 
Asosiy hususiyatlar o`zgarsa, sifat ham o`zgaradi. Sifat narsa va hodisalarning o`zaro 
bir-biridan farqini bildiradi, ayni vaqtda sifat narsalarning umumiy tomonlarini ham 
ifodalaydi. Masalan, paxta o`simligini olaylik. Uning oqligi, tolasining yumshoqligi, 
mayinligi paxtaning asosiy bo`lmagan xususiyatlaridir. Paxta tolasining uzun-kaltaligi, 
pishiqligi, yo`g’on-ingichkaligi asosiy asosiy  xususiyatlari bo`lib, ular birgalikda 
''paxta'' degan sifat(narsa)ni tashkil etadi. Shakarning sifati uning maydaligi yoki oqligi 
emas, balki shirinligidir. Qalampirning sifati uning qizilligida emas, balki 
achchiqligidir. Sifat miqdor bilan bog’langan. Miqdor nima?  
Miqdor deb narsalarning soni, katta-kichikligi, hajmi va boshqa kattaliklarni 
ifodalovchi tushunchaga aytiladi. Miqdor narsalar o`xshashligi, bir xilligini bildiradi. 
Masalan: aholining soni miqdorni bildiradi.  
Sifat va miqdor o`zaro bog’langan, ular birligining me’yor (o`lchov) ta’minlaydi. 
Sifat va miqdor nisbati shundayki, miqdor o`zgarsa, narsa o`zgarmay qolishi mumkin. 
Biroq uning ham me’yori bor. Xalq maqolida aytilganidek, «toma-toma ko`l bo`lur, 
tommay qolsa, cho`l bo`lur», «oz-oz o`rganib dono bo`lar». Boshqa bir misol: suvni 
qizitishni ma’lum nuqtagacha davom ettirsak, suv o`z sifatini o`zgartirmaydi, biroq bu 
jarayon yanada davom ettirilsa, harorat yuz darajagacha etgach, suv bug’ga aylanadi, 
demak sifat o`zgarishi yuz beradi. Bunda suvning me’yori buziladi.  
Me’yor nima? Me’yor - sifat va miqdor birligidir. Me’yor shunday bir chegaraki, 
uning ichida miqdor o`zgaraveradi, sifat esa ma’lum vaqtgacha o`zgarmaydi. Har bir 
kiradi. Nemis faylasufi Gegel ana shunday qonunlardan uchtasini ochgan. Ular quyidagilar: 1. Miqdor va sifat o`zgarishlarining o`zaro bir-biriga o`tish qonuni. 2. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni. 3. Inkorni inkor qonuni. Taraqqiyot qonunlaridan birinchisi miqdor o`zgarishlarining sifat o`zgarishlariga o`zaro o`tish qonuni deb yuritiladi. Mazkur qonun sifat, miqdor, me’yor kategoriyalari bilan ish ko`radi. Sifat deb narsa va hodisalarning muhim xususiyatlari majmuasiga aytiladi. Har bir narsa asosiy va asosiy bo`lmagan, muhim va muhim bo`lmagan xususiyatlarga ega. Asosiy hususiyatlar o`zgarsa, sifat ham o`zgaradi. Sifat narsa va hodisalarning o`zaro bir-biridan farqini bildiradi, ayni vaqtda sifat narsalarning umumiy tomonlarini ham ifodalaydi. Masalan, paxta o`simligini olaylik. Uning oqligi, tolasining yumshoqligi, mayinligi paxtaning asosiy bo`lmagan xususiyatlaridir. Paxta tolasining uzun-kaltaligi, pishiqligi, yo`g’on-ingichkaligi asosiy asosiy xususiyatlari bo`lib, ular birgalikda ''paxta'' degan sifat(narsa)ni tashkil etadi. Shakarning sifati uning maydaligi yoki oqligi emas, balki shirinligidir. Qalampirning sifati uning qizilligida emas, balki achchiqligidir. Sifat miqdor bilan bog’langan. Miqdor nima? Miqdor deb narsalarning soni, katta-kichikligi, hajmi va boshqa kattaliklarni ifodalovchi tushunchaga aytiladi. Miqdor narsalar o`xshashligi, bir xilligini bildiradi. Masalan: aholining soni miqdorni bildiradi. Sifat va miqdor o`zaro bog’langan, ular birligining me’yor (o`lchov) ta’minlaydi. Sifat va miqdor nisbati shundayki, miqdor o`zgarsa, narsa o`zgarmay qolishi mumkin. Biroq uning ham me’yori bor. Xalq maqolida aytilganidek, «toma-toma ko`l bo`lur, tommay qolsa, cho`l bo`lur», «oz-oz o`rganib dono bo`lar». Boshqa bir misol: suvni qizitishni ma’lum nuqtagacha davom ettirsak, suv o`z sifatini o`zgartirmaydi, biroq bu jarayon yanada davom ettirilsa, harorat yuz darajagacha etgach, suv bug’ga aylanadi, demak sifat o`zgarishi yuz beradi. Bunda suvning me’yori buziladi. Me’yor nima? Me’yor - sifat va miqdor birligidir. Me’yor shunday bir chegaraki, uning ichida miqdor o`zgaraveradi, sifat esa ma’lum vaqtgacha o`zgarmaydi. Har bir
narsaning o`z me’yori bor. Masalan: suvning me’yori 100 daraja, oltinniki 1063 daraja, 
misniki 1083 daraja va h.k. Me’yor buzilsa, sifat o`zgaradi. SHuning uchun tabiat, 
jamiyat, shaxsiy hayotda hech narsa me’yoridan oshmasligi kerak, aks holda emirilish 
yuz beradi. Gapning ham me’yori bor, ovqat tuzi me’yoridan oshsa, uni isteomol qilish 
mumkin bo`lmay qoladi, kulgu me’yori buzilsa, yig’iga aylanadi, tejash me’yoridan 
oshsa, xasislik kelib chiqadi. Ulug’ faylasuf shoir Mirzo Bedilning quyidagi so`zlarini 
yodlab olish foydadan xoli emas:  «Uzluksiz shodlik ham keltiradi g’am, haddan ortiq 
bazm - misoli motam». 
 
Sifat o`zgarishi «sakrash» lar orqali yuz beradi. Sakrash deb eski sifat o`rniga 
yangi sifatning vujudga kelishiga aytiladi. Sakrash taraqqiyotdagi tub burilishdir; 
sakrash davrida taraqqiyotda uzilish bo`ladi, ammo narsaning rivoji davom etadi va 
tezlashadi. Masalan: 1991 yil 31 avgustda O`zbekistonda sifat o`zgarishi (sakrash) yuz 
berdi, 1-sentyabr - Mustaqillik kuni deb e’lon qilindi, milliy rivojlanishning tezlashuvi 
uchun zamin yaratildi. 
Hayotning paydo bo`lishi, dehqonchilikda yangi navlarning 
yaratilishi, tub ijtimoiy o`zgarishlar «sakrash» ga misol bo`ladi. Bilimda texnikaning 
paydo bo`lishi, yangi texnologiyalarning ixtiro qilinishi ham shunday. Tezlik bilan 
bo`ladigan sakrashlar bilan asta-sekin bo`ladigan sakrashlarni farq qilish kerak. Ammo 
har ikkisining mohiyati ham bitta: sifat o`zgarishiga olib keladi. Sifat o`zgarishi 
taraqqiyotdagi uzilish paytini ifodalasa, miqdoriy o`zgarish uzluksizlikni bildiradi. 
Taraqqiyot uzluklik va uzluksizlik birligidan iborat.   
Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni. Hozirgi davrda murosa 
falsafasini olg’a surayotgan ayrim tadqiqotchilar qarama-qarshiliklar birligi va kurash 
qonuniga qandaydir e’tiborsizlik bilan qaramoqdalar. Bu qonunda ayb yo`q. Ayb 
hamma vaqt o`zimizda, undan qanday foydalana bilishimizda. Qarama-qarshiliklar, 
ziddiyatlarni mutloqlashtirish bir yoqlamalikka, siyosatda xatolarga olib kelishini 
yaqin o`tmishda ko`rdik. Taraqqiyotning bu qonuni mazmunini to`g’ri tushunmaslik 
tabiatda qarama-qarshiliklarni, jamiyatdagi ob’ektiv ziddiyatlarni inkor qilishga, 
hayotni rangsiz, bo`yoqsiz tasvirlashga, nihoyat sub’ektivizmga olib kelishi mumkin. 
Bunda bir xatardan qochaman deb ikkinchisiga giriftor bo`lishi ehtimoli yo`q emas. Bu 
narsaning o`z me’yori bor. Masalan: suvning me’yori 100 daraja, oltinniki 1063 daraja, misniki 1083 daraja va h.k. Me’yor buzilsa, sifat o`zgaradi. SHuning uchun tabiat, jamiyat, shaxsiy hayotda hech narsa me’yoridan oshmasligi kerak, aks holda emirilish yuz beradi. Gapning ham me’yori bor, ovqat tuzi me’yoridan oshsa, uni isteomol qilish mumkin bo`lmay qoladi, kulgu me’yori buzilsa, yig’iga aylanadi, tejash me’yoridan oshsa, xasislik kelib chiqadi. Ulug’ faylasuf shoir Mirzo Bedilning quyidagi so`zlarini yodlab olish foydadan xoli emas: «Uzluksiz shodlik ham keltiradi g’am, haddan ortiq bazm - misoli motam». Sifat o`zgarishi «sakrash» lar orqali yuz beradi. Sakrash deb eski sifat o`rniga yangi sifatning vujudga kelishiga aytiladi. Sakrash taraqqiyotdagi tub burilishdir; sakrash davrida taraqqiyotda uzilish bo`ladi, ammo narsaning rivoji davom etadi va tezlashadi. Masalan: 1991 yil 31 avgustda O`zbekistonda sifat o`zgarishi (sakrash) yuz berdi, 1-sentyabr - Mustaqillik kuni deb e’lon qilindi, milliy rivojlanishning tezlashuvi uchun zamin yaratildi. Hayotning paydo bo`lishi, dehqonchilikda yangi navlarning yaratilishi, tub ijtimoiy o`zgarishlar «sakrash» ga misol bo`ladi. Bilimda texnikaning paydo bo`lishi, yangi texnologiyalarning ixtiro qilinishi ham shunday. Tezlik bilan bo`ladigan sakrashlar bilan asta-sekin bo`ladigan sakrashlarni farq qilish kerak. Ammo har ikkisining mohiyati ham bitta: sifat o`zgarishiga olib keladi. Sifat o`zgarishi taraqqiyotdagi uzilish paytini ifodalasa, miqdoriy o`zgarish uzluksizlikni bildiradi. Taraqqiyot uzluklik va uzluksizlik birligidan iborat. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni. Hozirgi davrda murosa falsafasini olg’a surayotgan ayrim tadqiqotchilar qarama-qarshiliklar birligi va kurash qonuniga qandaydir e’tiborsizlik bilan qaramoqdalar. Bu qonunda ayb yo`q. Ayb hamma vaqt o`zimizda, undan qanday foydalana bilishimizda. Qarama-qarshiliklar, ziddiyatlarni mutloqlashtirish bir yoqlamalikka, siyosatda xatolarga olib kelishini yaqin o`tmishda ko`rdik. Taraqqiyotning bu qonuni mazmunini to`g’ri tushunmaslik tabiatda qarama-qarshiliklarni, jamiyatdagi ob’ektiv ziddiyatlarni inkor qilishga, hayotni rangsiz, bo`yoqsiz tasvirlashga, nihoyat sub’ektivizmga olib kelishi mumkin. Bunda bir xatardan qochaman deb ikkinchisiga giriftor bo`lishi ehtimoli yo`q emas. Bu
qonun qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar, tafovut va ayniyat tushunchalari orqali 
ifodalanadi. 
Inson har bir qadamda qarama-qarshiliklarga duch keladi. Har bir narsa, har bir 
hodisa qarama-qarshiliklarning birligidan iborat. Koinotda  odamlarga  osmon va Yer, 
biri uzoq, ikkinchisi yaqin, tabiatda qish-yoz, sovuq-issiq, kecha-kunduz, qorong’u va 
yorug’ borligini o`z tajribalaridan biladilar. Hayotda vijdonli-vijdonsiz, odobli-
odobsiz, bilimli-bilimsiz, madaniyatli-madaniyatsiz, ishbilarmon-boqimanda, uquvli-
uquvsiz, puldor-pulsiz, dono-nodon va h.k. kabi tushunchalar uchrab turadi. 
Ilgari sotsializm-kapitalizm, materializm-idealizm, proletariat-burjuaziya, qizillar-
oqlar kabi ikki qutbli (bipolyar) ziddiyatlar e’tirof etilardi. Bugungi kunda bunday 
yondashuvlar o`z qimmatini yo`qotdi. Endi ziddiyatlar ko`p qirrali, rang-barang, ko`p 
qutbli (bipolyar) qarama-qarshiliklardan tarkib topmoqda. Prezident I.A.Karimov 
«O`zbekiston XXI asr bo`sag’asida» asarida quyidagilarni ta’kidlaydi: «Totalitar 
tuzum emirilganidan keyin dunyoning qutblarga bo`linishi barxam topdi .... Ikki 
mafkuraviy tuzumning kurashi va bu kurashning xalqaro hayotning hamma sohalariga 
soya tashlashi ostida o`tgan kuchli qarama-qarshilik barham topdi. Ammo shundan 
keyin ham bizni qurshab turgan dunyo, ko`plar kutganidek, osoyishtaroq bo`lib qolgani 
yo`q. Unda mojarolar kamaymadi. Dunyoda yangi tartiblarni shakllantirish jarayoni 
mintaqalar darajasidagi va mintaqalar ichidagi eskidan saqlanib kelayotgan, zimdan 
tutab yotgan, har xil tarixiy, etnik, siyosiy, diniy va boshqa sabablarga ega bo`lgan 
mojarolarning keskinlashuvi bilan birga yuz berdi. Bu mojarolar ilgari ikki tuzumning 
dunyo miqyosidagi qarama-qarshiligi doirasida ko`pincha u yoki bu kuchlar qutbining 
manfaatlari yo`lida ''bostirib kelingan'' edi. Bundan tashqari, yangi mintaqaviy 
mojarolarning vujudga kelishi va ularga turli tashqi kuchlar o`z jo`g’rofiy-strategik 
intilishlari doirasida jalb etilishidan iborat havflar ham mavjud». (o`sha asar, 5, 19-b.) 
Tafakkurda ham ilmiy-g’ayriilmiy, mantiqli-mantiqsiz, asosli-asossiz, izchil-
noizchil, aniq-mavhum, haqiqat-yolg’on kabi tushunchalar, fanlarda - musbat va 
manfiy, differentsial va integral, ta’sir va aksta’sir tushunchalari mavjud. Jamiyat 
hayoti ham undan holi emas.  Yashashdan maqsad ana shu qarama-qarshiliklarni 
topish, amal qilish qonuniyatlarini bilish, insonga xizmat qildirish, ularni hal qilish 
qonun qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar, tafovut va ayniyat tushunchalari orqali ifodalanadi. Inson har bir qadamda qarama-qarshiliklarga duch keladi. Har bir narsa, har bir hodisa qarama-qarshiliklarning birligidan iborat. Koinotda odamlarga osmon va Yer, biri uzoq, ikkinchisi yaqin, tabiatda qish-yoz, sovuq-issiq, kecha-kunduz, qorong’u va yorug’ borligini o`z tajribalaridan biladilar. Hayotda vijdonli-vijdonsiz, odobli- odobsiz, bilimli-bilimsiz, madaniyatli-madaniyatsiz, ishbilarmon-boqimanda, uquvli- uquvsiz, puldor-pulsiz, dono-nodon va h.k. kabi tushunchalar uchrab turadi. Ilgari sotsializm-kapitalizm, materializm-idealizm, proletariat-burjuaziya, qizillar- oqlar kabi ikki qutbli (bipolyar) ziddiyatlar e’tirof etilardi. Bugungi kunda bunday yondashuvlar o`z qimmatini yo`qotdi. Endi ziddiyatlar ko`p qirrali, rang-barang, ko`p qutbli (bipolyar) qarama-qarshiliklardan tarkib topmoqda. Prezident I.A.Karimov «O`zbekiston XXI asr bo`sag’asida» asarida quyidagilarni ta’kidlaydi: «Totalitar tuzum emirilganidan keyin dunyoning qutblarga bo`linishi barxam topdi .... Ikki mafkuraviy tuzumning kurashi va bu kurashning xalqaro hayotning hamma sohalariga soya tashlashi ostida o`tgan kuchli qarama-qarshilik barham topdi. Ammo shundan keyin ham bizni qurshab turgan dunyo, ko`plar kutganidek, osoyishtaroq bo`lib qolgani yo`q. Unda mojarolar kamaymadi. Dunyoda yangi tartiblarni shakllantirish jarayoni mintaqalar darajasidagi va mintaqalar ichidagi eskidan saqlanib kelayotgan, zimdan tutab yotgan, har xil tarixiy, etnik, siyosiy, diniy va boshqa sabablarga ega bo`lgan mojarolarning keskinlashuvi bilan birga yuz berdi. Bu mojarolar ilgari ikki tuzumning dunyo miqyosidagi qarama-qarshiligi doirasida ko`pincha u yoki bu kuchlar qutbining manfaatlari yo`lida ''bostirib kelingan'' edi. Bundan tashqari, yangi mintaqaviy mojarolarning vujudga kelishi va ularga turli tashqi kuchlar o`z jo`g’rofiy-strategik intilishlari doirasida jalb etilishidan iborat havflar ham mavjud». (o`sha asar, 5, 19-b.) Tafakkurda ham ilmiy-g’ayriilmiy, mantiqli-mantiqsiz, asosli-asossiz, izchil- noizchil, aniq-mavhum, haqiqat-yolg’on kabi tushunchalar, fanlarda - musbat va manfiy, differentsial va integral, ta’sir va aksta’sir tushunchalari mavjud. Jamiyat hayoti ham undan holi emas. Yashashdan maqsad ana shu qarama-qarshiliklarni topish, amal qilish qonuniyatlarini bilish, insonga xizmat qildirish, ularni hal qilish
yo`llarini izlab topishdan, inson hayotini mazmunli qilishdan iboratdir. Sho`ro 
dialektik materialistik falsafasida qarama-qarshiliklar kurashi taraqqiyot manbai deb 
hisoblanar edi. Vaholanki, I.A.Karimov aytganidek, «tarixni mojarolar va adovat emas, 
balki xalqlar o`rtasidagi hamkorlik va ishonch olg’a harakatlantiradi» (o`sha asar, 323-
b.).   
Endi taraqqiyotning yana bir qonuni mohiyat-mazmuni bilan tanishib 
o`taylik.Qarama-qarshilik nima?  
Qarama-qarshilik deb bir butun yaxlit narsa, hodisada ayni bir vaqtda o`zaro 
birga bo`lishini talab qiladigan va ayni vaqtda bir-birini inkor qiladigan 
tomonlarga aytiladi. Elektrning musbat va manfiy zaryadlari, tirik hayotning 
assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayoni, jamiyatda ozodlik va qaramlik, hurlik va 
qullik, erkinlik va zaruriyat va h.k. Qarama-qarshiliklar uzviy birlikda mavjud bo`ladi. 
Buni mijoziy ma’noda ''kurash'' deb yuritadilar. Qarama-qarshiliklar birligi va 
uyg’unligi narsa rivojida, borliq taraqqiyotida muhim, hal qiluvchi rolni o`ynaydi.   
Ziddiyat nima? Ziddiyat deb qarama-qarshi tomonlar o`rtasidagi munosabatga 
aytiladi. Bu munosabatlar o`z xarakteriga ko`ra turli daraja va mazmunga ega. 
Qarama-qarshiliklar teng bo`lganda bu munosabat tomonlarning birligini va hatto bir 
xilligini bildiradi. Bu holda ziddiyat bo`lmaydi. Vaqt o`tishi bilan tomonlar ayniyligi, 
birligida tafovut va farqlar kelib chiqadi. Shuning uchun tafovut va ayniyat ham 
qarama-qarshiliklar o`rtasidagi turli darajadagi munosabat turlaridir. 
Tafovut nima? Tafovut deb narsalarning nisbiy o`zgaruvchanligiga aytiladi. 
Tafovut narsalarning o`z-o`ziga ayni emasligi, o`z-o`zidan va o`zga buyumlardan farq 
qilishini ifodalaydi. Tafovut ayniyatning bag’rida paydo bo`ladi.  Ayniyat tafovutlidir, 
tafovut ayniyatlidir. 
Ziddiyat haqidagi ta’limotlarga ko`ra u bir qancha shakllarda uchraydi: antogonistik 
va noantogonistik ziddiyat; asosiy va asosiy bo`lmagan ziddiyat; muhim va muhim 
bo`lmagan ziddiyat; ustivor, bosh ziddiyat; ichki va tashqi ziddiyatlar. 
Ularning kelib chiqish sabablarini bilish, ularni bartaraf etish yo`llarini ishlab 
chiqish muhim metodologik ahamiyatga ega. Chunonchi, O`zbekistonda  o`tgan 
asrning 80-yillari oxirida millatlararo munosabatlarda keskin vaziyat va qarama-
yo`llarini izlab topishdan, inson hayotini mazmunli qilishdan iboratdir. Sho`ro dialektik materialistik falsafasida qarama-qarshiliklar kurashi taraqqiyot manbai deb hisoblanar edi. Vaholanki, I.A.Karimov aytganidek, «tarixni mojarolar va adovat emas, balki xalqlar o`rtasidagi hamkorlik va ishonch olg’a harakatlantiradi» (o`sha asar, 323- b.). Endi taraqqiyotning yana bir qonuni mohiyat-mazmuni bilan tanishib o`taylik.Qarama-qarshilik nima? Qarama-qarshilik deb bir butun yaxlit narsa, hodisada ayni bir vaqtda o`zaro birga bo`lishini talab qiladigan va ayni vaqtda bir-birini inkor qiladigan tomonlarga aytiladi. Elektrning musbat va manfiy zaryadlari, tirik hayotning assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayoni, jamiyatda ozodlik va qaramlik, hurlik va qullik, erkinlik va zaruriyat va h.k. Qarama-qarshiliklar uzviy birlikda mavjud bo`ladi. Buni mijoziy ma’noda ''kurash'' deb yuritadilar. Qarama-qarshiliklar birligi va uyg’unligi narsa rivojida, borliq taraqqiyotida muhim, hal qiluvchi rolni o`ynaydi. Ziddiyat nima? Ziddiyat deb qarama-qarshi tomonlar o`rtasidagi munosabatga aytiladi. Bu munosabatlar o`z xarakteriga ko`ra turli daraja va mazmunga ega. Qarama-qarshiliklar teng bo`lganda bu munosabat tomonlarning birligini va hatto bir xilligini bildiradi. Bu holda ziddiyat bo`lmaydi. Vaqt o`tishi bilan tomonlar ayniyligi, birligida tafovut va farqlar kelib chiqadi. Shuning uchun tafovut va ayniyat ham qarama-qarshiliklar o`rtasidagi turli darajadagi munosabat turlaridir. Tafovut nima? Tafovut deb narsalarning nisbiy o`zgaruvchanligiga aytiladi. Tafovut narsalarning o`z-o`ziga ayni emasligi, o`z-o`zidan va o`zga buyumlardan farq qilishini ifodalaydi. Tafovut ayniyatning bag’rida paydo bo`ladi. Ayniyat tafovutlidir, tafovut ayniyatlidir. Ziddiyat haqidagi ta’limotlarga ko`ra u bir qancha shakllarda uchraydi: antogonistik va noantogonistik ziddiyat; asosiy va asosiy bo`lmagan ziddiyat; muhim va muhim bo`lmagan ziddiyat; ustivor, bosh ziddiyat; ichki va tashqi ziddiyatlar. Ularning kelib chiqish sabablarini bilish, ularni bartaraf etish yo`llarini ishlab chiqish muhim metodologik ahamiyatga ega. Chunonchi, O`zbekistonda o`tgan asrning 80-yillari oxirida millatlararo munosabatlarda keskin vaziyat va qarama-
qarshiliklar yuzaga kelgan edi. Milliy mustaqillikning qo`lga kiritilishi va oqilona 
siyosat olib borilishi natijasida millatlararo munosabatlardagi keskinlikning oldi olindi, 
respublikada yashovchi barcha-millat va elatlarning qonuniy huquqlari va manfaatlari 
O`zbekiston Konstitutsiyasida o`z aksini topdi, milliy tistiqlol mafkurasida millatlararo 
hamjihatlik asosiy g’oya sifatida o`rin egalladi. Bu g’oyalar  izchillik bilan amalga 
oshirilmoqda. Zero, I.A.Karimov yozganidek, «millatlararo munosabatlar sohasida 
muayyan, noantogonistik ziddiyatlarning mavjudligi yangi mustaqil davlatlarning 
qaror topish davri uchun real hodisadir» (o`sha asar, 75-b.). 
Hozirgi paytda O`zbekistonda milliy munosabatlarga katta e’tibor berayotir. 
Respublikamizda hozir 1 milliondan ortiq qozoqlar, 300 ming koreys, 700 mingdan 
ortiq tojik va boshqa yuzlab millatlar istiqomat qiladi. Ularning xilma-xil ehtiyojlarini 
to`la qondirishga harakat qilinmoqda. Milliy tilda maktablar ochildi, kitoblar chop 
etildi, tele-radio ko`rsatuvlar va eshittirishlar, milliy madaniyat markazlari tashkil 
topdi, davlatni boshqarish ishlariga keng jalb etilmoqda. 
Ijtimoiy hayotda ziddiyatlar bo`lmaydi deb aytish qiyin. Ular qaerda namoyon 
bo`lmoqda? Sotsial ziddiyatlar sotsial guruhlar, sinflar, millatlar, davlatlar ijtimoiy-
siyosiy kuchlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy rivojlanish sohasida 
namoyon bo`ladi. Chunonchi, «o`tish davrida eskicha va yangicha fikrlash o`rtasidagi, 
o`tmish va hozirgi zamonning qadriyatlar tizimi o`rtasidagi ziddiyatlar yanada 
keskinlashadi» (o`sha asar, 215-b.). Bu o`tmish va hozirgi zamon, ya’ni vaqt 
oralig’idagi qarama-qarshiliklardir.Ijtimoiy ziddiyatlarning kelib chiqish sabablarini 
ilmiy tahlil etish ularni hal etishning muhim kalitidir. Antogonistik ziddiyatlar sinfiy, 
etnik, milliy, irqiy, diniy va boshqa sohalarda ham namoyon bo`lishi mumkin. Bunday 
ziddiyatlar jamiyat va alohida shaxslar o`rtasida, turli davlatlar, ijtimoiy-siyosiy 
tuzumlar o`rtasida ham paydo bo`lishi mumkin.  
Inkorni inkor qonuni. Bu qonun inkor, inkorni inkor, taraqqiyot bilan bog’liq 
inkor kabi tushunchalar orqali ifodalanadi. Bu qonunning asosiy xususiyatlari 
quyidagilar:  inkorni inkor qonuni - tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining 
umumiy, ob’ektiv xarakterga ega bo`lgan qonunidir;metafizik inkordan tubdan farq 
qiladi; dialektik inkorning mohiyatini ifodalaydi; yangi sifat bilan eski sifat o`rtasidagi 
qarshiliklar yuzaga kelgan edi. Milliy mustaqillikning qo`lga kiritilishi va oqilona siyosat olib borilishi natijasida millatlararo munosabatlardagi keskinlikning oldi olindi, respublikada yashovchi barcha-millat va elatlarning qonuniy huquqlari va manfaatlari O`zbekiston Konstitutsiyasida o`z aksini topdi, milliy tistiqlol mafkurasida millatlararo hamjihatlik asosiy g’oya sifatida o`rin egalladi. Bu g’oyalar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Zero, I.A.Karimov yozganidek, «millatlararo munosabatlar sohasida muayyan, noantogonistik ziddiyatlarning mavjudligi yangi mustaqil davlatlarning qaror topish davri uchun real hodisadir» (o`sha asar, 75-b.). Hozirgi paytda O`zbekistonda milliy munosabatlarga katta e’tibor berayotir. Respublikamizda hozir 1 milliondan ortiq qozoqlar, 300 ming koreys, 700 mingdan ortiq tojik va boshqa yuzlab millatlar istiqomat qiladi. Ularning xilma-xil ehtiyojlarini to`la qondirishga harakat qilinmoqda. Milliy tilda maktablar ochildi, kitoblar chop etildi, tele-radio ko`rsatuvlar va eshittirishlar, milliy madaniyat markazlari tashkil topdi, davlatni boshqarish ishlariga keng jalb etilmoqda. Ijtimoiy hayotda ziddiyatlar bo`lmaydi deb aytish qiyin. Ular qaerda namoyon bo`lmoqda? Sotsial ziddiyatlar sotsial guruhlar, sinflar, millatlar, davlatlar ijtimoiy- siyosiy kuchlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy rivojlanish sohasida namoyon bo`ladi. Chunonchi, «o`tish davrida eskicha va yangicha fikrlash o`rtasidagi, o`tmish va hozirgi zamonning qadriyatlar tizimi o`rtasidagi ziddiyatlar yanada keskinlashadi» (o`sha asar, 215-b.). Bu o`tmish va hozirgi zamon, ya’ni vaqt oralig’idagi qarama-qarshiliklardir.Ijtimoiy ziddiyatlarning kelib chiqish sabablarini ilmiy tahlil etish ularni hal etishning muhim kalitidir. Antogonistik ziddiyatlar sinfiy, etnik, milliy, irqiy, diniy va boshqa sohalarda ham namoyon bo`lishi mumkin. Bunday ziddiyatlar jamiyat va alohida shaxslar o`rtasida, turli davlatlar, ijtimoiy-siyosiy tuzumlar o`rtasida ham paydo bo`lishi mumkin. Inkorni inkor qonuni. Bu qonun inkor, inkorni inkor, taraqqiyot bilan bog’liq inkor kabi tushunchalar orqali ifodalanadi. Bu qonunning asosiy xususiyatlari quyidagilar: inkorni inkor qonuni - tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining umumiy, ob’ektiv xarakterga ega bo`lgan qonunidir;metafizik inkordan tubdan farq qiladi; dialektik inkorning mohiyatini ifodalaydi; yangi sifat bilan eski sifat o`rtasidagi
aloqadorlikni aks ettiradi; yangi sifat eski sifatning qonuniy merosxo`ri ekanligini 
ifodalaydi; inkorni inkor taraqqiyotning aylanma yo`llar bilan quyidan yuqoriga 
ko`tarilib borishini, yangilik g’alabasini aks ettiradi; inkorni inkor yangining 
engilmasligi, uning ruhi bilan yashashni o`rgatadi; inkorni inkor olamni bilishda 
muhim metodologik ahamiyatga ega. 
3. Kategoriya tushunchasi va ularning turlari. 
Taraqqiyot va o`zaro bog’lanishlarning asosiy bo`lmagan qonunlari ham bor. Ularni 
odatda kategoriyalar deb yuritiladi. Ular juft kategoriyalardir. Kategoriyalarning 
o`zaro qonuniy bog’lanishlarini ham Gegel ochgan. 
 
Har bir fanning kategoriyasi bo`lganidek, falsafaning ham kategoriyalari 
mavjud. Kategoriya deb buyum va hodisalarning eng muhim va eng umumiy 
xossalarini, tomonlari va munosabatlarini aks ettiruvchi tushunchalarga aytiladi. 
 
Kategoriyalar toq, juft yoki hamnisbat bo`lishi mumkin. Toq kategoriyalar: 
borliq, substantsiya, materiya, ong, harakat va boshqalar. Hamnisbat kategoriyalar: 
ayrimlik, xususiylik va umumiylik, sistema, struktura va element. 
 
Juft kategoriyalar: ayrimlik va umumiylik; sabab va oqibat; mazmun va shakl; 
zaruriyat va tasodif; mohiyat va hodisa; qism va butun; imkoniyat va voqelik. 
Gegel «Mantiq fani» asarida asosiy qonun va kategoriyalarni ta’riflagan. Uningcha, 
dialektika (taraqqiyot to`g’risidagi ta’limot), mantiq va bilish nazariyasi bir biriga mos 
tushunchalardir. Taraqqiyotning falsafiy mazmunini, mohiyatini ochishda unga zid 
bo`lgan bir qator tushunchalar ma’nosini bilib olish lozim. Metafizika, eklektika, 
dogmatizm, indeterminizm, sofistika, regress ana shunday tushunchalardan 
hisoblanadi. 
Dogmatizm - aqidaparastlik demakdir. U bir xil andozada qotib qolgan qoidalarga 
suyanadi, yangilanishni, ijodiylikni inkor etadi. Haqiqat sharoit, o`rin va vaqtga bog’liq 
degan qoidaga amal qilmaydi. Dialektika nomi bilan yuritiluvchi taraqqiyot g’oyasi 
esa har bir hodisa, ta’limot vaqtga, joyga, sharoitga bog’liq holda o`zgarib turadi, deb 
ta’lim beradi. Eklektika - bir-birini inkor qiladigan tuturiqsiz  fikrlarni sun’iy ravishda 
birlashtiradigan nuqtai nazar, turli qarashlarni bir-biriga aralashtirib yuborish usulidir. 
Indeterminizm hodisalar o`rtasidagi sababiyatning qonuniy ekanligini rad etadi. 
aloqadorlikni aks ettiradi; yangi sifat eski sifatning qonuniy merosxo`ri ekanligini ifodalaydi; inkorni inkor taraqqiyotning aylanma yo`llar bilan quyidan yuqoriga ko`tarilib borishini, yangilik g’alabasini aks ettiradi; inkorni inkor yangining engilmasligi, uning ruhi bilan yashashni o`rgatadi; inkorni inkor olamni bilishda muhim metodologik ahamiyatga ega. 3. Kategoriya tushunchasi va ularning turlari. Taraqqiyot va o`zaro bog’lanishlarning asosiy bo`lmagan qonunlari ham bor. Ularni odatda kategoriyalar deb yuritiladi. Ular juft kategoriyalardir. Kategoriyalarning o`zaro qonuniy bog’lanishlarini ham Gegel ochgan. Har bir fanning kategoriyasi bo`lganidek, falsafaning ham kategoriyalari mavjud. Kategoriya deb buyum va hodisalarning eng muhim va eng umumiy xossalarini, tomonlari va munosabatlarini aks ettiruvchi tushunchalarga aytiladi. Kategoriyalar toq, juft yoki hamnisbat bo`lishi mumkin. Toq kategoriyalar: borliq, substantsiya, materiya, ong, harakat va boshqalar. Hamnisbat kategoriyalar: ayrimlik, xususiylik va umumiylik, sistema, struktura va element. Juft kategoriyalar: ayrimlik va umumiylik; sabab va oqibat; mazmun va shakl; zaruriyat va tasodif; mohiyat va hodisa; qism va butun; imkoniyat va voqelik. Gegel «Mantiq fani» asarida asosiy qonun va kategoriyalarni ta’riflagan. Uningcha, dialektika (taraqqiyot to`g’risidagi ta’limot), mantiq va bilish nazariyasi bir biriga mos tushunchalardir. Taraqqiyotning falsafiy mazmunini, mohiyatini ochishda unga zid bo`lgan bir qator tushunchalar ma’nosini bilib olish lozim. Metafizika, eklektika, dogmatizm, indeterminizm, sofistika, regress ana shunday tushunchalardan hisoblanadi. Dogmatizm - aqidaparastlik demakdir. U bir xil andozada qotib qolgan qoidalarga suyanadi, yangilanishni, ijodiylikni inkor etadi. Haqiqat sharoit, o`rin va vaqtga bog’liq degan qoidaga amal qilmaydi. Dialektika nomi bilan yuritiluvchi taraqqiyot g’oyasi esa har bir hodisa, ta’limot vaqtga, joyga, sharoitga bog’liq holda o`zgarib turadi, deb ta’lim beradi. Eklektika - bir-birini inkor qiladigan tuturiqsiz fikrlarni sun’iy ravishda birlashtiradigan nuqtai nazar, turli qarashlarni bir-biriga aralashtirib yuborish usulidir. Indeterminizm hodisalar o`rtasidagi sababiyatning qonuniy ekanligini rad etadi.
Boshqacha aytganda, sababiy qonuniyatning ob’ektivligini asoslab beruvchi 
determinizmning aksidir. Sofistika - eng qadimgi soxta munozara yuritish sanoati 
bo`lib, tinglovchini adashtiradigan, haqiqatni yolg’on, yolg’onni haqiqat deb e’lon 
qiladigan usuldir. Bu haqda oldingi Ma’ruzalarda aytib o`tildi. Regress - 
taraqqiyotning yuqori bosqichidan quyi bosqichiga qarab qaytishi bo`lsa, progress 
taraqqiyotning quyidan yuqorilab borishini bildiradi. 
 Borliqni o`rganishda falsafa o`z tamoyil (printsip)lari asosida ish ko`radi. 
Tamoyillar borliqni bilish va izohlashdagi eng muhim g’oyalardir. Hozirgi zamon 
falsafasida quyidagi tamoyillardan keng foydalaniladi:  
1) taraqqiyot tamoyili;  
2) umumiy aloqadorlik tamoyili;  
3) tarixiylik tamoyili;  
4) sababiylik tamoyili;  
5) tizimiylik tamoyili va x.k.  
 
Qonunlar tizimini taraqqiyotning ifodasi bo`lgan  kategoriyalar mazmunan 
to`ldiradi, turli tomondan ularga aniqlik kiritadi. Kategoriyalarni o`rganishda ularni 
uch toifaga bo`lish mumkin: umumfalsafiy kategoriyalar; taraqqiyot va o`zaro 
aloqadorlikni ifodalovchi kategoriyalar, ijtimoiy falsafa kategoriyalari. 
Umumfalsafiy kategoriyalar o`zining umumiyligi bilan xarakterlanadi, masalan, 
materiya, borliq, harakat, miqdor, sifat, ziddiyat, inkor, qarama-qarshilik, qonun, 
qonuniyat va h.k. Bu haqda yuqorida aytib o`tildi. Ijtimoiy falsafa kategoriyalari esa 
jamiyat taraqqiyoti bilan aloqador narsa-hodsalarning eng umumiy xususiyatlarini 
ifodalovchi tushunchalardir: ijtimoiy borliq, ishlab chiqarish, shaxs, qadriyat v ax.l. 
Taraqqiyotning falsafiy g’oyasi bilan bog’liq kategoriyalar ichida juft 
kategoriyalarni alohida ajratib ko`rsatish mumkin. Ularning ba’zi birlarini qarab 
chiqamiz. 
Ayrimlik va umumiylik. Ayrimlik deb alohida narsa, hodisalarga xos bo`lgan 
nodir belgi, tomon, xususiyatlarni aks ettiruvchi tushunchalarga aytiladi. Masalan, 
Farg’ona davlat universiteti - tushunchasida ayrimlik va umumiylik mavjud. 
Boshqacha aytganda, sababiy qonuniyatning ob’ektivligini asoslab beruvchi determinizmning aksidir. Sofistika - eng qadimgi soxta munozara yuritish sanoati bo`lib, tinglovchini adashtiradigan, haqiqatni yolg’on, yolg’onni haqiqat deb e’lon qiladigan usuldir. Bu haqda oldingi Ma’ruzalarda aytib o`tildi. Regress - taraqqiyotning yuqori bosqichidan quyi bosqichiga qarab qaytishi bo`lsa, progress taraqqiyotning quyidan yuqorilab borishini bildiradi. Borliqni o`rganishda falsafa o`z tamoyil (printsip)lari asosida ish ko`radi. Tamoyillar borliqni bilish va izohlashdagi eng muhim g’oyalardir. Hozirgi zamon falsafasida quyidagi tamoyillardan keng foydalaniladi: 1) taraqqiyot tamoyili; 2) umumiy aloqadorlik tamoyili; 3) tarixiylik tamoyili; 4) sababiylik tamoyili; 5) tizimiylik tamoyili va x.k. Qonunlar tizimini taraqqiyotning ifodasi bo`lgan kategoriyalar mazmunan to`ldiradi, turli tomondan ularga aniqlik kiritadi. Kategoriyalarni o`rganishda ularni uch toifaga bo`lish mumkin: umumfalsafiy kategoriyalar; taraqqiyot va o`zaro aloqadorlikni ifodalovchi kategoriyalar, ijtimoiy falsafa kategoriyalari. Umumfalsafiy kategoriyalar o`zining umumiyligi bilan xarakterlanadi, masalan, materiya, borliq, harakat, miqdor, sifat, ziddiyat, inkor, qarama-qarshilik, qonun, qonuniyat va h.k. Bu haqda yuqorida aytib o`tildi. Ijtimoiy falsafa kategoriyalari esa jamiyat taraqqiyoti bilan aloqador narsa-hodsalarning eng umumiy xususiyatlarini ifodalovchi tushunchalardir: ijtimoiy borliq, ishlab chiqarish, shaxs, qadriyat v ax.l. Taraqqiyotning falsafiy g’oyasi bilan bog’liq kategoriyalar ichida juft kategoriyalarni alohida ajratib ko`rsatish mumkin. Ularning ba’zi birlarini qarab chiqamiz. Ayrimlik va umumiylik. Ayrimlik deb alohida narsa, hodisalarga xos bo`lgan nodir belgi, tomon, xususiyatlarni aks ettiruvchi tushunchalarga aytiladi. Masalan, Farg’ona davlat universiteti - tushunchasida ayrimlik va umumiylik mavjud.
Farg’onadagi oliygoh ekanligi uning ayrimligi, universitet ekanligi umumiyligi. Daraxt 
- umumiylik, olma daraxti - ayrimlik. Umumiylik deb bir guruh, doiraga kiradigan 
narsa va hodisalarga xos bo`lgan takrorlanadigan muhim tomonlar va belgilarga 
aytiladi.Umumiylik bilan ayrimlik o`rtasida xususiylik mavjud. Xususiylik 
buyumlarning O`ziga xos tomonlarini aks ettiradi. Masalan, yong’oq daraxti - ayrimlik, 
mevali daraxt - xususiylik, daraxt - umumiylik. Yoki bug’doy - ayrimlik, don - 
xususiylik, o`simlik - umumiylik. 
Sabab va oqibat. Falsafiy tamoyillar ichida determinizm tamoyili muhim 
qonuniyatni ifodalashi haqida yuqorida qayd etildi. (determinizm lotincha-
belgilamoq). Determinizm - sababiyat qonuniy xarakterga ega ekanligi, barcha 
hodisalarning umumiy, qonuniyatli aloqadorligi, sababiy o`zaro bog’langanligi 
haqidagi ta’limot. Indeterminizm sababiy bog’lanishlarning qonuniy xarakterga ega 
ekanligini inkor qiladigan nuqtai nazar. Izchil determinizm sababiyatning ob’ektiv 
ekanligini tan oladi.Sababiyat tushunchasi sabab va oqibat bog’lanishini ifodalaydi. 
Hozirgi zamon fanlari borliqning mohiyatini o`rganib, hodisalarning sababiy 
bog’langanligini asoslamoqda. Olamning paydo bo`lishi, hodisalarning rivojlanishi va 
bir shakldan ikkinchi shaklga O`tishining ob’ektiv sabablari borligini isbotlamoqda. 
Sababsiz hodisa bo`lmaydi, har bir o`zgarishning o`z sababi bor. 
Sabab nima? Sabab deb biror natijani yuzaga keltiradigan hodisaga aytiladi. Sabab 
ta’sirida oqibat kelib chiqadi. Oqibat  sabab ta’sirida yuzaga kelgan natijadir. Bir 
hodisa ikkinchisini yuzaga chiqaradi, tug’diradi. Masalan: o`zbek xalqining uzoq 
davrlardan buyon Vatan ozodligi uchun olib borgan goh oshkora, goh yashirin 
kurashlari  sababli mustaqillik qo`lga kiritildi - oqibat. Hukumatning to`g’ri siyosati-
sabab, oqibat sifatida fuqarolarning bahamjihatligi ta’minlanmoqda. Sababni 
bahonadan farq qilish kerak. Bahona natijani keltirib chiqaruvchi sabab emas. Bahona 
sababning yuzaga chiqishi, namoyon bo`lishida ishtirok etuvchi tasodifiy hodisa. 
Masalan, Shekspirning «Otello» fojeasidagi Dezdemona o`ldirilishining sababi 
boshqa, bahonasi boshqa. Bahona ro`molcha voqeasi. Sabab - amal, martaba uchun 
olib borilgan kurashdir. Sabab va oqibat uzviy bog’langan. Sabab oqibatni keltirib 
chiqaradi, oqibat sababsiz sodir bo`lmaydi. Sabab va oqibat bog’lanishining muhim 
Farg’onadagi oliygoh ekanligi uning ayrimligi, universitet ekanligi umumiyligi. Daraxt - umumiylik, olma daraxti - ayrimlik. Umumiylik deb bir guruh, doiraga kiradigan narsa va hodisalarga xos bo`lgan takrorlanadigan muhim tomonlar va belgilarga aytiladi.Umumiylik bilan ayrimlik o`rtasida xususiylik mavjud. Xususiylik buyumlarning O`ziga xos tomonlarini aks ettiradi. Masalan, yong’oq daraxti - ayrimlik, mevali daraxt - xususiylik, daraxt - umumiylik. Yoki bug’doy - ayrimlik, don - xususiylik, o`simlik - umumiylik. Sabab va oqibat. Falsafiy tamoyillar ichida determinizm tamoyili muhim qonuniyatni ifodalashi haqida yuqorida qayd etildi. (determinizm lotincha- belgilamoq). Determinizm - sababiyat qonuniy xarakterga ega ekanligi, barcha hodisalarning umumiy, qonuniyatli aloqadorligi, sababiy o`zaro bog’langanligi haqidagi ta’limot. Indeterminizm sababiy bog’lanishlarning qonuniy xarakterga ega ekanligini inkor qiladigan nuqtai nazar. Izchil determinizm sababiyatning ob’ektiv ekanligini tan oladi.Sababiyat tushunchasi sabab va oqibat bog’lanishini ifodalaydi. Hozirgi zamon fanlari borliqning mohiyatini o`rganib, hodisalarning sababiy bog’langanligini asoslamoqda. Olamning paydo bo`lishi, hodisalarning rivojlanishi va bir shakldan ikkinchi shaklga O`tishining ob’ektiv sabablari borligini isbotlamoqda. Sababsiz hodisa bo`lmaydi, har bir o`zgarishning o`z sababi bor. Sabab nima? Sabab deb biror natijani yuzaga keltiradigan hodisaga aytiladi. Sabab ta’sirida oqibat kelib chiqadi. Oqibat sabab ta’sirida yuzaga kelgan natijadir. Bir hodisa ikkinchisini yuzaga chiqaradi, tug’diradi. Masalan: o`zbek xalqining uzoq davrlardan buyon Vatan ozodligi uchun olib borgan goh oshkora, goh yashirin kurashlari sababli mustaqillik qo`lga kiritildi - oqibat. Hukumatning to`g’ri siyosati- sabab, oqibat sifatida fuqarolarning bahamjihatligi ta’minlanmoqda. Sababni bahonadan farq qilish kerak. Bahona natijani keltirib chiqaruvchi sabab emas. Bahona sababning yuzaga chiqishi, namoyon bo`lishida ishtirok etuvchi tasodifiy hodisa. Masalan, Shekspirning «Otello» fojeasidagi Dezdemona o`ldirilishining sababi boshqa, bahonasi boshqa. Bahona ro`molcha voqeasi. Sabab - amal, martaba uchun olib borilgan kurashdir. Sabab va oqibat uzviy bog’langan. Sabab oqibatni keltirib chiqaradi, oqibat sababsiz sodir bo`lmaydi. Sabab va oqibat bog’lanishining muhim