FALSAFANING MЕTOD, QONUNLARI VA KATЕGORIYALARI
Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi. Rivojlanish
konsepsiyalari
«Dialektika» (yunon. dialektike – suhbat qurish san’ati) so‘zining «dialog» (yunon.
dialogos – ikki yoki bir nechta suhbatdoshlar so‘zlashuvi) so‘zi bilan umumiy jihatlari
bor. Dastlab dialektika bahslashish, munozara qilish san’ati sifatida tushunilgan,
bunda fikrlar, qarashlar qarama-qarshiligi vositasida xaqiqatning tagiga yetish
maqsadida muammoni o‘zaro manfaatdor muhokama qilishga qaratilgan munozara
nazarda tutilgan. Dialektik – bu savol berish va javob qaytarishga usta odam, deb
hisoblangan.
Geraklit dunyo «jonli olov» yoki «ikki marta kirish» mumkin bo‘lmagan daryo oqimi
sifatida tasavvur qilgan. Shu sababli dialektikaning tarixan birinchi shakli qadimgi
faylasuflarning stixiyali dialektikasidir.
Qonun tushunchasi va uning turlari
Qonun – bu moddiy va ma’naviy hodisalarning ularning harakat va rivojlanish
xususiyati va yo‘nalishini belgilovchi ob’ektiv, muhim, zaruriy, barqaror va umumiy
aloqasi.
Shuningdek, «qonuniyat» tushunchasi ham ishlatiladi. Qonuniyat qonunga qaraganda
kengroq tushunchadir. Qonun muayyan sharoitda o‘zini qat’iy va muqarrar tarzda
namoyon etsa, qonuniyat bir qancha qonunlarning o‘zaro aloqasi, o‘zaro ta’siri sifatida
namoyon bo‘ladi.
Falsafaning asosiy qonunlari. Qarama-qarshilik birligi va kurashi qonuni. Miqdor va
sifat ularning dialektikasi. Inkorni-inkor qonuni va vorisiylik
Dialektika qonunlari tizimida dialektik ziddiyatlilik qonuni markaziy o‘rinni
egallaydi. Qarama-qarshiliklar – predmetning bir-birini istisno etuvchi va bir-birini
nazarda tutuvchi tomonlaridir. Qarama-qarshiliklar – o‘zaro bog‘lanishli bo‘lgan
tushunchalar. Qarama-qarshiliklar birligi narsaning barqarorligini aks ettiradi va
nisbiy, o‘tkinchi hisoblanadi. qarama-qarshiliklarning kurashi mutlaq xususiyat kasb
etadi, u hech qachon to‘xtamaydi.
Rivojlanish manbaini yorituvchi dialektik ziddiyatlilik qonunidan farqli o‘laroq,
miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni rivojlanish jarayonining
mexanizmini yoritadi, u qay tarzda va qanday shakllarda amalga oshirilishini
ko‘rsatadi. Bu qonunning xususiyatini, u qanday namoyon bo‘lishi va amal qilishini
aniqlash uchun uning asosiy tushunchalari: sifat, miqdor, meyor sakrashning
mazmunini yoritish talab etiladi.
Inkorni-inkor qonuni – bu shunday bir qonunki, unga muvofiq rivojlanish
jarayoni yangining eskini dialektik inkor etishlari cheksiz zanjiridan iborat bo‘ladi,
bunda rivojlanish avvalgi bosqichlarining barcha muhim jihatlari yangida saqlanadi va
umuman bu jarayon hujumkor, yuksalib boruvchi yo‘nalishga ega bo‘ladi.
Kategoriya gushunchasi va ularning turlari.
Fan va falsafa kategoriyalarining tasnifi “Kategoriya” so‘zi qadimga yunon
tilidan olingan bo‘lib: «izohlash», «tushuntirish», «ko‘rsatish», degan ma’nolarni
anglatadi. Uning mazmunidagi bunday xilma-xillik qadimga davrlardanoq ilmiy
tadqiqot yo‘nalishiga aylangan. Falsafa tarixida ularni birinchi bo‘lib, Arastu
ta’riflab bergan. U o‘zining «Kategoriyalar» degan asarida ularni ob’ektiv
voqelikning umumlashgan in’kosi sifatida qarab, turg‘umlashtirishga harakat qilin.
Xususan, uningcha quyidagi kategoriyalar mavjud: «mohiyat» (substansiya),
«miqdor», «sifat», «munosabat», «o‘rin», «vaqt», «holat», «mavqe», «harakat», «azob-
uqubat». Bu turg‘umlashtirish, o‘z vaqtida ilmiy bilishda juda katta ahamiyatga ega
bo‘lgan. Keyinchalik Arastu «Metafizika» asarida «mohiyat», «holat» va «munosabat»
kategoriyalarini ham izohlagan.
XVII-XIX asrlarga kelib, falsafiy kategoriyalar tahlilida yangi davr vujudga
keldi. Xususan, I. Kant qarashlarida kategoriyalar «sifat» (reallik, inkor, chegaralash),
«miqdor» (birlik, ko‘plik, yaxlitlik), «munosabat» (substansiya va xususiyat, sabab va
harakat, o‘zaro ta’sir), «modallik» (imkoniyat va imkoniyatsizlik, voqelik va
novoqelik, zaruriyat va tasodif) tarzida izohlangan. Kantdan farqli o‘laroq, Xegel esa
mantiqiy kategoriyalarni: «borliq» (sifat, miqdor, me’yor), «mohiyat» (asos, xodisa,
mavjudlik), «tushuncha» (ob’ektiv, sub’ektiv, absolyut g‘oya) tarzida izohlagan.
Ontologiyaning munosabatdosh kategoriyalari
Falsafiy kategoriyalar fan kategoriyalaridan butunlay farq qiladi. Falsafiy
kategoriyalarning muhim xususiyati, ular o‘ta keng tushunchalar ekanligidir. Falsafiy
kategoriyalar – borliqning umumiy, muhim tomonlari, xossalari, aloqalari va
munosabatlari haqida fikrlash uchun qo‘llaniladigan o‘ta keng tushunchalar majmuidir.
Falsafa kategoriyalarining tibbiyotda namoyon bo‘lishi xususiyatlari
Alohidalik, xususiylik va umumiylik - narsa va hodisalar, ularning birbiriga o‘xshash
va farq qiluvchi tomonlarini ifodalaydigan kategoriyalar; olamga xos munosabat va
aloqadorlikni, olam taraqqiyotining xususiyati, uning makon va zamondagi mavjudlik
shakllariga, har bir narsa yoki hodisaning ayrim belgilari hamda o‘zaro birlikni
ifodalovchi umumiy tomonlarni ifodalaydigan tushunchalar
Sistema, struktura, element falsafaning muhim kategoriyalaridan bo‘lib
hisoblanadi. Sistema — narsa va hodisalarning bog‘lanishlari, aloqadorligi va
munosabatining tartibli tadrijiy rivojlanishini ifodalaydi. Struktura esa, narsa
xodisalar bog‘lanishi, aloqadorligi va munosabatlari tizimining makon va zamondagi
birligini ta’minlaydigan sistemaning mavjudlik holatidir. Element sistemani tashkil
qilin
strukturaning
o‘zaro
bog‘lanish,
aloqadorlik,
munosabat
jihatlarini
ta’minlaydigan nisbatan mustaqil targ‘ibiy qismidir.
Butun va qism kategoriyalari. Butun narsa, hodisa va uni tashkil etgan qismlarning
muayyan tartibda joylashgan va o‘zaro bog‘langan yagonalikning ifodasidir. Qism
butun tarkibiga kiradigan, uning tarkibidagina o‘z vazifasi (funksiyasi)ni bajara
oladigan alohidalikdir.
Zaruriyat va tasodif kategoriyalari. Zaruriyat – narsa, hodisa va jarayonlarning
taraqqiyoti bilan aniqlanadigan, ichki muhim bog‘lanishlar orqali qonuniy kelib
chiqadigan va shuning uchun yuz berishi muqarrar bo‘lgan hodisadir. Tasodif –
mohiyatdan, mazkur jarayonning qonuniy rivojlanishidan kelib chiqmaydigan
hodisadir.
Imkoniyat va voqelik - olamdagi narsa, hodisa va x.k.lar taraqqiyotining
davomiyligini, ularning bir-biriga o‘tib turishini anglatadigan falsafiy kategoriyalar.
Mazmun va shakl - olamdagi turli narsa, hodisa va jarayonlarning dialektikasini
o‘rganishda, ular o‘rtasidagi aloqa va munosabatlarni bilishda muhim o‘rin tutadigan
kategoriyalar. Mazmun muayyan narsa, hodisa, jarayonlarning o‘ziga xos sifati,
xususiyatlari, muhim belgilari, elementlarning yig‘indisini anglatsa, Shakl
mazmunning mavjudlik usuli, narsa va hodisalarning ichki hamda tashqi tuzilishini
ifoda etadi.
Mohiyat va hodisa – olamdagi narsa, hodisa jarayonlarning ichki, muhim jihatlari
hamda yuzaki, tashqi tomonlarini ifodalaydigan falsafiy kategoriyalar. Mohiyat, narsa,
buyum, jarayonlarning ichki, muhim, asosiy, zaruriy, barqaror aloqalari, tomonlari
munosabatlarning yig‘indisini anglatadi. Hodisa esa mohiyatning tashqi ifodasi,
namoyon bo‘lishi, narsa va jarayonlarning yuzaki, nisbatan o‘zgaruvchan tomonlarini
bildiradi.
Sabab va oqibat - olamdagi narsa va hodisalarning bir-biri bilan aloqadorligi, ta’siri
va aks ta’sirini, voqelikka xos ana shunday munosabatlar jarayonidagi sabab va oqibat
bog‘lanishini ifodalaydigan kategoriyalardir. Sabab olamning harakati va biron-bir
vaqt doirasida bo‘lgan o‘zgarishdan so‘ng ikkinchi boshqa bir natijaning zaruran kelib
chiqishini ta’minlovchi asosiy hodisani anglatadi. Oqibat esa hodisalar zanjirida
sababning ta’siridan vujudga keladigan yangi hodisadir, sababning natijasidir.