FALSAFANING MЕTOD, QONUNLARI VA KATЕGORIYALARI

Yuklangan vaqt

2024-04-11

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

4

Faytl hajmi

19,0 KB


 
 
FALSAFANING MЕTOD, QONUNLARI VA KATЕGORIYALARI 
 
 
Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi. Rivojlanish 
konsepsiyalari 
«Dialektika»   (yunon. dialektike – suhbat qurish san’ati) so‘zining «dialog» (yunon. 
dialogos – ikki yoki bir nechta suhbatdoshlar so‘zlashuvi) so‘zi bilan umumiy jihatlari 
bor.  Dastlab dialektika bahslashish, munozara qilish san’ati sifatida tushunilgan, 
bunda fikrlar, qarashlar qarama-qarshiligi vositasida xaqiqatning tagiga yetish 
maqsadida muammoni o‘zaro manfaatdor muhokama qilishga qaratilgan munozara 
nazarda tutilgan. Dialektik – bu savol berish va javob qaytarishga usta odam, deb 
hisoblangan.   
Geraklit dunyo «jonli olov» yoki «ikki marta kirish» mumkin bo‘lmagan daryo oqimi 
sifatida tasavvur qilgan. Shu sababli dialektikaning tarixan birinchi shakli qadimgi 
faylasuflarning stixiyali dialektikasidir.  
         
Qonun tushunchasi va uning turlari  
     Qonun – bu moddiy va ma’naviy hodisalarning ularning harakat va rivojlanish 
xususiyati va yo‘nalishini belgilovchi ob’ektiv, muhim, zaruriy, barqaror va umumiy 
aloqasi.   
Shuningdek, «qonuniyat» tushunchasi ham ishlatiladi. Qonuniyat qonunga qaraganda 
kengroq tushunchadir. Qonun muayyan sharoitda o‘zini qat’iy va muqarrar tarzda 
namoyon etsa, qonuniyat bir qancha qonunlarning o‘zaro aloqasi, o‘zaro ta’siri sifatida 
namoyon bo‘ladi.       
Falsafaning asosiy qonunlari. Qarama-qarshilik birligi va kurashi qonuni. Miqdor va 
sifat ularning dialektikasi. Inkorni-inkor qonuni va vorisiylik  
Dialektika qonunlari tizimida dialektik ziddiyatlilik qonuni markaziy o‘rinni 
egallaydi. Qarama-qarshiliklar – predmetning bir-birini istisno etuvchi va bir-birini 
FALSAFANING MЕTOD, QONUNLARI VA KATЕGORIYALARI Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi. Rivojlanish konsepsiyalari «Dialektika» (yunon. dialektike – suhbat qurish san’ati) so‘zining «dialog» (yunon. dialogos – ikki yoki bir nechta suhbatdoshlar so‘zlashuvi) so‘zi bilan umumiy jihatlari bor. Dastlab dialektika bahslashish, munozara qilish san’ati sifatida tushunilgan, bunda fikrlar, qarashlar qarama-qarshiligi vositasida xaqiqatning tagiga yetish maqsadida muammoni o‘zaro manfaatdor muhokama qilishga qaratilgan munozara nazarda tutilgan. Dialektik – bu savol berish va javob qaytarishga usta odam, deb hisoblangan. Geraklit dunyo «jonli olov» yoki «ikki marta kirish» mumkin bo‘lmagan daryo oqimi sifatida tasavvur qilgan. Shu sababli dialektikaning tarixan birinchi shakli qadimgi faylasuflarning stixiyali dialektikasidir. Qonun tushunchasi va uning turlari Qonun – bu moddiy va ma’naviy hodisalarning ularning harakat va rivojlanish xususiyati va yo‘nalishini belgilovchi ob’ektiv, muhim, zaruriy, barqaror va umumiy aloqasi. Shuningdek, «qonuniyat» tushunchasi ham ishlatiladi. Qonuniyat qonunga qaraganda kengroq tushunchadir. Qonun muayyan sharoitda o‘zini qat’iy va muqarrar tarzda namoyon etsa, qonuniyat bir qancha qonunlarning o‘zaro aloqasi, o‘zaro ta’siri sifatida namoyon bo‘ladi. Falsafaning asosiy qonunlari. Qarama-qarshilik birligi va kurashi qonuni. Miqdor va sifat ularning dialektikasi. Inkorni-inkor qonuni va vorisiylik Dialektika qonunlari tizimida dialektik ziddiyatlilik qonuni markaziy o‘rinni egallaydi. Qarama-qarshiliklar – predmetning bir-birini istisno etuvchi va bir-birini
nazarda tutuvchi tomonlaridir. Qarama-qarshiliklar – o‘zaro bog‘lanishli bo‘lgan 
tushunchalar. Qarama-qarshiliklar birligi narsaning barqarorligini aks ettiradi va 
nisbiy, o‘tkinchi hisoblanadi. qarama-qarshiliklarning kurashi mutlaq xususiyat kasb 
etadi, u hech qachon to‘xtamaydi.  
Rivojlanish manbaini yorituvchi dialektik ziddiyatlilik qonunidan farqli o‘laroq, 
miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni rivojlanish jarayonining 
mexanizmini yoritadi, u qay tarzda va qanday shakllarda amalga oshirilishini 
ko‘rsatadi. Bu qonunning xususiyatini, u qanday namoyon bo‘lishi va amal qilishini 
aniqlash uchun uning asosiy tushunchalari: sifat, miqdor, meyor sakrashning 
mazmunini yoritish talab etiladi.  
Inkorni-inkor qonuni – bu shunday bir qonunki, unga muvofiq rivojlanish 
jarayoni yangining eskini dialektik inkor etishlari cheksiz zanjiridan iborat bo‘ladi, 
bunda rivojlanish avvalgi bosqichlarining barcha muhim jihatlari yangida saqlanadi va 
umuman bu jarayon hujumkor, yuksalib boruvchi yo‘nalishga ega bo‘ladi.  
  
Kategoriya gushunchasi va ularning turlari. 
Fan va falsafa kategoriyalarining tasnifi  “Kategoriya” so‘zi qadimga yunon 
tilidan olingan bo‘lib: «izohlash», «tushuntirish», «ko‘rsatish», degan ma’nolarni 
anglatadi. Uning mazmunidagi bunday xilma-xillik qadimga davrlardanoq ilmiy 
tadqiqot yo‘nalishiga aylangan. Falsafa tarixida ularni birinchi bo‘lib, Arastu 
ta’riflab bergan. U o‘zining «Kategoriyalar» degan asarida ularni ob’ektiv 
voqelikning umumlashgan in’kosi sifatida qarab, turg‘umlashtirishga harakat qilin. 
Xususan, uningcha quyidagi kategoriyalar mavjud: «mohiyat» (substansiya), 
«miqdor», «sifat», «munosabat», «o‘rin», «vaqt», «holat», «mavqe», «harakat», «azob-
uqubat». Bu turg‘umlashtirish, o‘z vaqtida ilmiy bilishda juda katta ahamiyatga ega 
bo‘lgan. Keyinchalik Arastu «Metafizika» asarida «mohiyat», «holat» va «munosabat» 
kategoriyalarini ham izohlagan.  
XVII-XIX asrlarga kelib, falsafiy kategoriyalar tahlilida yangi davr vujudga 
keldi. Xususan, I. Kant qarashlarida kategoriyalar «sifat» (reallik, inkor, chegaralash), 
«miqdor» (birlik, ko‘plik, yaxlitlik), «munosabat» (substansiya va xususiyat, sabab va 
nazarda tutuvchi tomonlaridir. Qarama-qarshiliklar – o‘zaro bog‘lanishli bo‘lgan tushunchalar. Qarama-qarshiliklar birligi narsaning barqarorligini aks ettiradi va nisbiy, o‘tkinchi hisoblanadi. qarama-qarshiliklarning kurashi mutlaq xususiyat kasb etadi, u hech qachon to‘xtamaydi. Rivojlanish manbaini yorituvchi dialektik ziddiyatlilik qonunidan farqli o‘laroq, miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni rivojlanish jarayonining mexanizmini yoritadi, u qay tarzda va qanday shakllarda amalga oshirilishini ko‘rsatadi. Bu qonunning xususiyatini, u qanday namoyon bo‘lishi va amal qilishini aniqlash uchun uning asosiy tushunchalari: sifat, miqdor, meyor sakrashning mazmunini yoritish talab etiladi. Inkorni-inkor qonuni – bu shunday bir qonunki, unga muvofiq rivojlanish jarayoni yangining eskini dialektik inkor etishlari cheksiz zanjiridan iborat bo‘ladi, bunda rivojlanish avvalgi bosqichlarining barcha muhim jihatlari yangida saqlanadi va umuman bu jarayon hujumkor, yuksalib boruvchi yo‘nalishga ega bo‘ladi. Kategoriya gushunchasi va ularning turlari. Fan va falsafa kategoriyalarining tasnifi “Kategoriya” so‘zi qadimga yunon tilidan olingan bo‘lib: «izohlash», «tushuntirish», «ko‘rsatish», degan ma’nolarni anglatadi. Uning mazmunidagi bunday xilma-xillik qadimga davrlardanoq ilmiy tadqiqot yo‘nalishiga aylangan. Falsafa tarixida ularni birinchi bo‘lib, Arastu ta’riflab bergan. U o‘zining «Kategoriyalar» degan asarida ularni ob’ektiv voqelikning umumlashgan in’kosi sifatida qarab, turg‘umlashtirishga harakat qilin. Xususan, uningcha quyidagi kategoriyalar mavjud: «mohiyat» (substansiya), «miqdor», «sifat», «munosabat», «o‘rin», «vaqt», «holat», «mavqe», «harakat», «azob- uqubat». Bu turg‘umlashtirish, o‘z vaqtida ilmiy bilishda juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Keyinchalik Arastu «Metafizika» asarida «mohiyat», «holat» va «munosabat» kategoriyalarini ham izohlagan. XVII-XIX asrlarga kelib, falsafiy kategoriyalar tahlilida yangi davr vujudga keldi. Xususan, I. Kant qarashlarida kategoriyalar «sifat» (reallik, inkor, chegaralash), «miqdor» (birlik, ko‘plik, yaxlitlik), «munosabat» (substansiya va xususiyat, sabab va