FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI) (Sharq va Gʼarb falsafasida inson muammosi. Inson borligʼida oʼzlikni anglashning namoyon boʼlishi. Inson borligʼida faoliyatining tuzilishi va atributlari)
Yuklangan vaqt
2024-04-11
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
7
Faytl hajmi
24,1 KB
FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI)
Reja:
1.
Inson borligʼining oʼziga xos xususiyatlari.
2.
Sharq va Gʼarb falsafasida inson muammosi.
3.
Inson borligʼida oʼzlikni anglashning namoyon boʼlishi.
4.
Inson borligʼida faoliyatining tuzilishi va atributlari.
Inson muammosining falsafiy talqini sifatida.
Insonning tabiati va mohiyatini nima tashkil qilishini bilishga qiziqish qadim
davrlardan boshlangan. Inson paydo bo‘libdiki, u o‘zini qurshagan dunyoni, unda
o‘zining o‘rnini o‘rganib keladi.
Hozirgacha, bizga ma’lum bo‘lgan 2,5 -3 ming yildan beri falsafa va boshqa turli
aniq fanlar - turli ilm sohalari, ulargacha esa mifologiya va din ham insonni turli
tomondan, turli vositalar, yo‘llar bilan o‘rganib ularning har biri insonni o‘zicha,
o‘ziga xos jihatdan izohlab, tushuntirib kelishadi.
Inson muammosini urganadigan turli fanlar mavjud; Xususan, insonni
antropologiya, psixologiya, pedagogika, meditsina fanlari, san’at va madaniyat
sohalariga oid: adabiyotshunoslik, estetika, etika fanlari; tilshunoslik fanlari ham
o‘rganib kelishadi.
bulardan tashqari, tarix, iqtisod, siyosatshunoslik,
huquqshunoslik fanlari ham inson hayotining u yoki bu tomonlarini o‘rganadi.
Insonning tanasi uning tashqi va ichki tuzilishi, undagi hayot jarani kabi tabiiy
tomonlarini anatomiya, fiziologiya, biologiya, gistologiya, genetika singari
tabiatshunoslik fanlari o‘rganadi.
Lekin ularning hech biri insonni bir butun holda olib, uning umumiy tomonlarini,
ya’ni mohiyatini va tub xususiyatlarini o‘rganmaydi. Bu vazifani qadimdan falsafa
fani bajarib keladi.
Inson muammosining falsafaga oid masalalari: quyidagilarni hisoblash
mumkin:
a) inson mohiyati; b) insonda ijtimoiylik va biologik (tabiiylik)ning nisbati; v)
shaxsning erkinligi; g) insonning mavjud bo‘lishi (borlig‘i) va mohiyatining
dialektikasi; d) inson hayotining maqsad va ma’nosi.
Falsafada inson muommosini urganishdaa turli faylasuflarning qarashlari:
Forobiy aytganidek - ”Odamlar oʼzlarining xos xususiyatlariga va tabiiy
ehtiyojlariga koʼra jamiyat tuzadilar. Ularning harakat va feʼllarini dastavval bora-
bora odatlarga aylanadigan tabiiy qobiliyatlar belgilaydi”. deydi.
Suqrot; Oʼz-oʼzingni angla va shu orqali dunyoni anglaysan. Delfidagi Аpollon
ibodatxonasiga kiraverishda ustunga oʼyib yozilgan, rivoyatlarga qaraganda
Suqrot takrorlashni yaxshi koʼrgan «Oʼz-oʼzingni angla», degan ibora ayniqsa
mashhur boʼlgan. Аjablanarlisi shundaki, oradan ikki yarim ming yil vaqt oʼtgach,
hozir ham bu fikr oʼz ahamiyatini yoʼqotgani yoʼq.
Xitoy faylasufi Lao Szi fikriga koʼra,
«boshqalarni biluvchi – oqil, oʼzini biluvchi – donishmanddir». Protagorning:
«Inson barcha narsalar mezonidir», degan fikri ham juda mashhur.
Iso Masih. «Tangri saltanati bizning ichimizdadir», deb oʼrgatgan.
Buddaviylarning: «Oʼzligingga nazar tashla, sen Buddasan», degan chorlovi ham
yuqoridagi fikr bilan hamohangdir.
Islomda «Kimki oʼzini bilsa, u oʼz Аllohni ham bilgaydir», deyiladi.
А.Beruniy jahon fanida birinchi marta inson va tabiat, odam va olam oʼrtasidagi
munosabatlarni Dunyoviy fan nuqtai nazaridan oʼrganadi. U “odamlar tuzilishining
rang, surat, tabiat va axloqda turlicha boʼlishi faqatgina nasablarining
turlichaligidan emas, balki tuproq, suv, havo va erning, odam yashaydigan
joylarning turlichaligi hamdir.
Tillarning turlicha boʼlishiga sabab “odamlarning guruhlarga ajralib ketishi, bir-
biridan uzoq turishi, ularning har birida turli hoxishlarni ifodalash uchun zarur
boʼlgan soʼzlarga ehtiyoj tugʼilishidir”.deydi
Beruniy fikricha, insonning feʼl-atvori va maʼnaviy qarashlari, surati va siyrati
bevosita tabiiy muhit taʼsirida shakllanadi. “Inson oʼz tabiatiga koʼra murakkab
tanaga egadir. Insonning tanasi bir-biriga qarama-qarshi qismlardan iborat boʼlib, bu
qismlar tobelik kuchi asosida birlashgan”.
Beruniy fikricha, hamma odamlarda oʼzaro bir-biriga oʼxshash va ayni paytda farq
qilib turadigan jihatlar mavjud.
Ibn Sino, “Inson boshqa barcha hayvonot olamidan soʼzi, tili va aqli, tafakkur
qilishi bilan farq qiladi. Inson aqli turli fanlarni oʼrganish yordamida boyiydi”, deb
hisoblaydi.
Forobiy fikricha, “ inson oʼz tabiatiga koʼra hayotini tartibga keltirish,
mustahkamlash va takomillashtirish uchun boshqa insonlarga muhtoj boʼladi.
Yakka holda hech kim buning uddasidan chiqa olmaydi. “Inson shunday
maxluqotki, u faqat jamiyatda oʼz ehtiyojlarini qondirishi va oliy maʼnaviy darajaga
koʼtarilishi mumkin”.
Ibn Xaldun “ insonga ijtimoiy voqelik sifatida qaraydi. Undan ijtimoiy mohiyat
izlaydi. Inson umrining har daqiqasida yovuzlikdan koʼra ezgulikka, yomonlikdan
koʼra yaxshilikka, nafratdan koʼra muhabbatga intilib yashashga mahkum etilgan aql
sohibi, bebaho neʼmatdir.
J.Lametri (1709-1751) «Inson-mashina» asarida inson mohiyati haqida fikr berib
o`tgan.
R.Dekart (1596-1650) asarlarida U «inson fikrlovchi narsadir», deb hisoblaydi.
«Inson, u uzoq vaqt oʼylaganidek, dunyoning statik markazi emas, balki
evolyutsiyaning oʼziga va choʼqqisi boʼlib, bu ancha goʼzalroqdir», deb qayd etadi.
А.Shopengauer (1788-1860) inson nuqsonli mavjudot ekanligini taʼkidlaydi, uni
«tabiat xalturasi» deb ataydi.
J.P.Sartr (1905-1980) «Inson – odamzot kelajagidir», deb taʼkidlaydi.
Inson nima va uning mohiyati qanday degan savollarga javob topish.
Insonning kelib chiqishi undagi ong, til, ijod, axloq, maʼnaviyat va shu kabilarning
tabiatini aniqlashdir.
Koʼrsatilgan muammolarni anglab etishga ahd qilgan har qanday odam,
-hayot nima?
-birinchi odam qaerda va qachon paydo boʼlgan?
-inson maʼnaviyatining tabiati qanday?
-Erda inson paydo boʼlishining sababi nimada?
-bunda muayyan mantiq, qonuniyat, azaldan belgilangan muqarrarlik mavjudmi
yoki bunga qandaydir tasodif, anomaliya, kimningdir xohish-istagi sabab
boʼlganmi?
-hayot kosmik hodisami yoki faqat bizning sayyoramizda mavjudmi?
-inson butun Koinotdagi birdan-bir aqlli mavjudotmi?, kabi masalalarni eʼtibordan
chetda qoldirishi mumkin emas.
S.Sheroziyning
«Inson
nimadan
boshlanadi?»,
degan
savolga
hech
ikkilanmasdan: «Inson marhumga motam tutishdan boshlanadi», deb javob beradi.
Dunyoga keldimu, bozorga bordim, kafanni oldimu, mozorga bordim. Deydi.
Insonning koʼp oʼlchovliligi.
Insonni oʼrganishga koʼp sonli yondashuvlarni ham qayd etilgan jumladan ular
orasida «introvertiv» va «ekstrovertiv» yondashuvlar ayniqsa ajralib turadi.
Introvertiv yondashuv insonning ong, jon, ruhiyat, instinktlar, nuqsonlar, fazilatlar
kabi muhim xususiyatlarini tahlil etib, uni «ichdan» tushunish, anglab etishni
nazarda tutadi. Bunda avvalambor biologiya va psixologiya yutuqlariga tayanadi,
Bunday yondashuvlar ayniqsa nemis antropologlari M.Sheler (1874-1928) va
А.Gelen (1904-1976), avstriyalik faylasuf K.Lorens (1903-1989) ijodiga xosdir.
Ekstravertiv yondashuv: insonga nazar tashlash, uning mohiyatini tahlil qilish
goʼyoki «sirtdan» amalga oshiriladi. bunda falsafa koʼpincha tarix, sotsiologiya,
ekologiya, teologiya bilan ittifoq tuzadiki, bu hol diniy falsafa vakillari
N.А.Berdyaev, S.N.Bulgakov, S.L.Frank, N.O.Losskiy kabi vakillariga koʼproq
xosdir.
Sharq falsafasida inson. Qadimgi Sharq, xususan Xitoy falsafiy tizimlari asosan
sotsiotsentrik kontseptsiyalardan iborat boʼlib, ularda inson, odatda, jamiyat,
sotsium bilan uzviy bogʼliq deb qaraladi.
Konfutsiy (mil. av. 551-479 yillar)ning fikrlari diqqatga sazovor boʼlib, u shunday
deb saboq beradi: «qilmishlarning asoslari va tamoyillarini oʼrgansang, yaxshilik va
yomonlik haqidagi fikrlaring (axloqiy bilimlar) barkamollikning eng soʼnggi
darajasiga etadi.
“Niyatlar sof va xolis boʼlsa, qalb rostgoʼy va samimiy boʼladi. qalb rostgoʼy va
samimiy boʼlsa, inson toʼgʼri yoʼlga kiradi, kamol topadi. Inson toʼgʼri yoʼlga kirsa
va kamol topsa, oilada tartib oʼrnatiladi. Oilada tartib hukm sursa, xalqlarni
boshqarish osonlashadi. Xalqlarni boshqarish osonlashsa, butun dunyo tinch-totuv
yashaydi».
al-Forobiy fikricha “Inson shaxsini shakllantiradigan, uni boshqa maxluqotlardan
ajratib turadigan va unda insoniy xislatlarni rivojlantiradigan narsa uning faol aqlidir
Bu kuch avval- boshda faqat qobiliyatdir bu quvvat oʼylash, mulohaza yuritishga
qobil, ammo hayotga tadbiq etish, yaʼni joriy qilishga qobil emas” ..
Yusuf Xos Xojib fikricha inson dunyoda abadiy emas, bu dunyoga kelgan har
qanday odam vaqti etgach ketadi. Inson umrining qimmati necha yil yashagani bilan
emas, qanday ezgu ishlarni amalga oshirganligi, hayotda qoldirgan izi bilan
belgilanadi. U kishi olamdan oʼtgandan soʼng, bu dunyoda undan ikki xil, biri
yomon, ikkinichisi yaxshi degan nom qoladi Inson iloji boricha oʼzidan yaxshi nom
qoldirishi, yaxshi olqish olishi lozim deb taʼkidlagan
S.Vivekananda shunday deb yozgan edi: «Inson tabiatni oʼziga boʼysundirish
uchun tugʼiladi va bu oʼrinlidir, ammo Gʼarb «tabiat» deganda faqat moddiy, tashqi
dunyoni tushunadi.
Ibn Xaldun fikricha, inson tabiatida ezgulik va yovuzlik mavjud. Аgar odamlar oʼz
holiga qoʼyilsa va insoniylik ruhida tarbiyalanmasa, unda Xudo neʼmatini qoʼlga
kiritish kamdan –kam kishiga muyassar boʼladi.
Suitsid (lot. sui caedere – oʼzini oʼldirish) – maqsadli ravishda oʼzini hayotdan
mahrum qilish, odatda, ixtiyoriy va mustaqil ravishda oʼz joniga qasd qilish.
Suitsidga mukammal taʼrifni frantsuz sotsiologi Emil Dyurkgeym bergan. Uning
talqini boʼyicha, shaxs tomonidan oʼzini kutayotgan natija haqida bila turib, sodir
qilingan salbiy xatti-harakatning bevosita yoki bilvosita natijasi boʼlmish har bir
oʼlim holati oʼz joniga qasd qilishdir. (Emil Dyurkgeymning 1897 yilda nashr
etilgan “Suiqasd” asari suitsidga oid adabiyotning klassik namunasidir. Ushbu
asarda olim mavjud statistik maʼlumotlarga tayanib suiqasd nafaqat psixologik
muammo, balki ijtimoiy ildizga ega xatar ekanligini isbotlagan.).
«Praksiologiya» (yunon. «praktikos» – «faol») – falsafaning inson faoliyatini
oʼrganishga bagʼishlangan boʼlimlaridan biri. Faoliyatning atributlari. Inson
faoliyati oʼta rang-barangdir. Yuqorida qayd etib oʼtilganidek, faoliyat turlarini
tasniflash uchun asos boʼlib uning inson tomonidan oʼzgartiriladigan obʼekt: tabiat,
jamiyat, insonning oʼziga qaratilganligi xizmat qiladi. Faoliyat atributlari (xossalari)
faoliyatni motivlashtirish va amalga oshirish mexanizmlarini tavsiflaydi. Faoliyat
atributlari orasida, avvalo, subʼektlilik va moddiylik qayd etiladi.
Takrorlash uchun savollar
1. Turli falsafiy tizimlarda inson haqidagi tasavvurlar qanday shakllangan?
2. Falsafiy antropologiya qachon vujudga kelgan va u nimani oʼrganadi?
3. Аntropologiyadagi falsafiy va boshqa yoʼnalishlar oʼrtasidagi farq nimada?
4. Nima uchun inson mohiyati «boqiy» falsafiy muammo hisoblanadi?
5. Insonda biologik va ijtimoiy asoslarning oʼzaro nisbati qanday?
6. Inson haqida yagona fan boʼlishi mumkinmi?
«Аdabiyotlar
1. Madaeva va b. Falsafa. –Toshkent: OʼzMU nashiryoti, 2019.
2. Q.Nazarov va b. Falsafa asoslari: o‘quv qollanma. - Toshkent: O‘zbekiston
faylasuflari milliy jamiyati, 2018. - 380 b.
3.Falsafa. Аxmedova M. tahriri ostida. -Toshkent: Oʼzbekiston
faylasuflari milliy jamiyati, 2006.
4. Izzetova E., Poʼlatova D. Filosofiya. -Toshkent: Sharqshunoslik, 2012. 340-b