FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI. SHARQ FALSAFASI.
Yuklangan vaqt
2024-04-27
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
23
Faytl hajmi
57,2 KB
FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI. SHARQ
FALSAFASI.
Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo‘lishi.
Misr va Bobil falsafasi. Hindistonda falsafiy maktablar. Avestoda falsafiy fikrlar.
Konfutsiy va Lao szi ta’limoti.
Falsafa tarixi – dunyoqarash haqidagi munozaralar tarixidir. Dunyoqarash
masalasi kishilik jamiyati taraqqiyotining boshlang‘ich davrida sodda shaklda
kishilar tomonidan qo‘yila boshlagan. Ibtidoiy jamoa tuzumida falsafaning bo‘lishi
mumkin emas edi, unda hali ishlab chiqarish juda past darajada edi. Bu davrda
kishilar o‘zlariga noz-ne’mat topish uchun vaqt sarflar edilar. Tabiat hodisalari
oldida ojiz bo‘lib, hodisalarning sababini qandaydir ilohiy kuch, deb bilardilar.
Quldorlik tuzum–insoniyat tarixidagi dastlabki sinfiy jamiyatdir. Uning
moddiy negizini quldorlik mehnatiga asoslangan ishlab chiqarish usuli tashkil qiladi.
Quldorlik tuzumi sharoitida ishlab chiqarish vositalari bilan birga, qul ham xususiy
mulk bo‘lib hisoblanar edi. Qul va quldordan tashqari bu davrda o‘z mehnati bilan
kun ko‘ruvchi hunarmand va dehqonlar ham bor edi. Quldorlik jamiyatida jismoniy
mehnat va aqliy mehnat o‘rtasida ajralish boshlandi. Quldor sinfi san’at, adabiyot,
falsafa bilan shug‘ulana boshladi. Quldorlik davrida ishlab chiqarishning past
darajada bo‘lishiga qaramay, savdo, hunarmandchilik rivojlanishi bilan quldorlar
orasida tabaqalanish boshlandi. Eski amaldor bilan, yangisi orasida to‘sqinlik bo‘la
boshladi. Quldor va qullar orasida kurash boshlandi. Ilg‘or dunyoqarash bilan
konservativ dunyoqarash o‘rtasida kurash boradi. Materialistik va hayotiy diniy,
mifologik dunyoqarash bir-biri bilan munozara qilishi natijasida dunyoga keldi.
Quldorlar diniy afsonalarga suyanib, tabiat va jamiyat hodisalarini xudolar idora
qiladi, har bir urug‘ boshida xudo turadi, degan fikrlardan foydalandilar. Diniy
ta’limotlarga suyangan mafkurachilar ilg‘orroq dunyoqarashga qarshi kurashda turli
idealistik qarashlarni oldinga surdilar. O‘sib kelayotgan ilg‘or tabaqa, bu diniy
afsonaviy qarashlarga qarshi kurashda materializm falsafasini olg‘a surganlar.
Quldorlik davrida materializm stixiyali
ravishda dahriylik yoki
materialistik qarashlar natijasida rivoj topdi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning
rivojlanishi asosida mazkur qarashlar paydo bo‘ldi. Nil daryosi bo‘yida geometriya
fani kelib chiqdi. Misrda geometriya, geografiya, matematika,
fanlarning
asosi
paydo bo‘la boshladi. Tabiat fanlari ham asta-sekin rivojlana boshladi. Shuni aytib
o‘tish kerakki, qadimgi Misrda «u dunyo»ga ishonmaydiganlar ham bor edi, ular
dunyoning asosida moddiy narsaning yotishini e’tirof etar edilar. Qadimgi falsafiy
qarashlarning paydo bo‘lishida Misr madaniyati muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.
Chunki ilk madaniy yodgorliklar eramizdan avval to‘rt ming yil oldin paydo
bo‘lganligi shundan dalolatdir. Misr madaniy
yodgorliklarida,
ertaklari,
rivoyatlari, madhiya, duo, didaktik asarlar, masal, epos, ishqiy lirika, umuman xalq
donishmandchiligining boshqa turlarida o‘sha davrning ijtimoiy muhiti, iqtisodiy,
siyosiy, huquqiy jihatlari, tabobat, urf- odatlari, tabiat hodisalari, diniy, axloqiy,
falsafiy qarashlari yuzaki bo‘lsada, o‘z ifodasini topgan edi. Qadimgi Misr
afsonalarida hamma narsa suvdan paydo bo‘lgan va barcha narsada havo bor, deb
ta’kidlanadi. Shu sababli ham misrliklar suvni muqaddas, deb bilganlar. Ularning
fikricha, hayot suvdan boshlanadi. Shu sababli ham ular Nil daryosini
ilohiylashtirishga borib yetganlar. Misrliklar o‘z falsafasida insonlarni
dunyo
lazzatlaridan to‘la bahramand bo‘lishlariga chaqiradilar. Quvnoq va shod xurram
yashash asosiy maqsad bo‘lishi kerak. Oxirat, o‘lim haqida doimiy o‘ylaverish shart
emas.
Misrliklarning qadimiy manbalaridan ma’lum bo‘lishicha, tabiat hodisalari,
tabiat kuchlari mubolag‘alashtirilgan. Shu sababli o‘simlik va daraxtlarga sig‘inish
Misrliklarda ancha qadimiydir. Misr falsafasini shakllanishida u yerdagi tabiat
haqidagi fikrlarning shakllanishi o‘sha paytlardayoq falakiyot fanlari kurtaklari
Misrda rivojlanganligidan dalolat beradi. Ular yulduzlar faoliyati bilan ko‘proq
qiziqqanlar. Shu fan asosida taqvim tuzganlar va uni 12 taga bo‘lganlar. Inson
salomatligi bilan bog‘liq bo‘lgan tibbiyot fanlari ham Misrda paydo bo‘lganki,
natijada falsafiy muammolar ham o‘rtaga qo‘yila boshlangan.
Misr mamlakatida bo‘lgani singari qadimgi Vaviloniya (Bobil)da ham
ko‘hna yodgorliklar mavjud bo‘lib, ulardan hanuzgacha tarix va falsafa hamda
boshqa fanlarni o‘rganishda foydalanib kelinadi. Jumladan, Bobildagi Adapa
haqidagi doston fikrimizni tasdiqlaydi. Bu dostonda insoniyatning abadiy hayoti
to‘g‘risidagi fikrlari, abadiy yashash haqidagi o‘ylar o‘z aksini topgan. Unda “o‘lgan
va qayta tirilgan” xudolar, jumladan Bobil xudosi Marduqqa haqida fikrlar berilgan.
O‘sha davrdagi insonlar ham tabiat va jamiyat yer yuzidagi o‘zgarishlar haqida
mulohazalar yuritgan. Samoviy sirlarni bilishga intilganlar. Xayol surganlar, faraz
qilganlar. Ertak va afsonalar to‘qiganlar. Bobilliklarning Etapa haqidagi afsonalari
ana shular haqidadir. Bu afsonada insonlarning quyosh, oy, yulduzlar bilan
qiziqqanligi, o‘zgarishlarni sabablarini ochishga harakat qilganliklari bayon etiladi.
Bobilliklarning “Jafokash avliyo haqida doston” hamda “Xo‘jayinning qul
bilan suhbati” asarlarida o‘sha davrning falsafiy muammolari yoritilganki, biz ular
orqali qadimgi davr falsafasi bilan tanishmiz. Ulardan yaxshilik va yomonlik,
johillik va ezgulik g‘oyalari kelajakni yaratuvchi insonlar uchun namuna
bo‘lganligiga shubha qolmaydi. Ularda falsafiy tasavvur va g‘oyalar tasvirlangan.
Materialistik falsafiy dunyoqarash ilk bor Hindistonda va qadimgi Xitoyda
ham paydo bo‘la boshladi. Hindistonda falsafiy qarash eramizdan oldingi uchinchi
ming yilliklardan so‘ng boshlangan.
Hindistonda shakllangan yangi ilg‘or tabaqa braxmanizm diniy qarashga
qarshi chiqdi. Ijtimoiy qarama-qarshilikning keskinlashuvi idealizm bilan dinga
qarshi bo‘lgan materialistik maktablarning kelib chiqishi uchun zamin hozirlaydi.
Qadimgi Hindistonda, «Ved»
«Upanishad» kabi yodgorliklar uchraydi. Upanishad falsafasining asoschisi
Brixaspati edi. Bundan tashqari «Charvaka» ta’limoti mavjud bo‘lib, dunyoning
asosida to‘rtta narsa – yer, suv, havo, olov yotadi, deb tushuntiradi, shuningdek
hamma narsa va hodisalarning paydo bo‘lishi va yo‘q bo‘lishi tabiiydir, deb
ko‘rsatadi. Dunyoni bilish masalasini ham materialistik asosda hal qilganlar.
Haqiqiy bilimning manbai tashqi dunyo bo‘lib, sezgi organlarimiz orqali u haqda
tasavvur hosil qilamiz deydilar. Ular abstrakt tafakkurga ham baho berdilar. Shular
sababli xudoga ishonmadilar.
Bunday afsonalar xalq o‘rtasidan mustahkam o‘rin olgan bo‘lib, keyinchalik
zardushtiylikning «Avesto» kitobida qat’iy muhrlandi. Jumladan, yaxshilik
olamiga Axura Mazda, yomonlik olamiga Axriman hukmron, deb ko‘rsatilgan.
Yomonlik va yaxshilik o‘rtasidagi kurashlar Mitra, Anaxita, Kayumars, Jamshid,
Gershasp, Elikbek va boshqa obrazlar faoliyati orqali tasvirlangan. Karashlarda
insonparvarlik, vatanparvarlik, tabiatni sevish, mehr-muhabbat sohalarida
qahramonlik ko‘rsatuvchi tamoyillar asos qilib olingan Masalan, «Avesto»dagi
Mitra obrazini oladigan bo‘lsak, u shunday kuchliki, unga dushman o‘qlari
o‘tmaydi, Mitra o‘tda kuymas, suvda cho‘kmas, dushmanlarni yakson qiladigan
buyuk qahramon.
Xalq ijodida afsonaviy obrazlar orqali kishilarning osoyishtaligi va baxt
saodati uchun kurashilgan, fidokorlik ko‘rsatilgan. Ana shunday qahramonliklardan
yana biri XI asrda yashagan Asadi Tusiyning “Gershaspnoma”sida bayon
qilinadi:Bir ajdar kishilarga ko‘p baxtsizliklar keltiradi, qabilaning hayoti xavf
ostida qoladi. Qahramon Gershasp ajdarga qarshi jangga otlanadi, ajdarning
maskaniga qarab yo‘l oladi. Gershasp tush chog‘iga qadar ajdarni qidiradi, biroq uni
topaolmaydi. U o‘t qalab ovqat pishirmoqchi bo‘ladi. Ajdar shunchalik katta ekanki,
Gershasp ancha vaqt uxlab yotgan ajdarning ustida aylanib yursa ham, uni
payqamagan ekan va o‘z o‘chog‘ini uning ustiga qurgan ekan. O‘t ajdarning
badanini qizitibdi, ajdar vazmin qimirlay boshlabdi. Shundan keyingina Gershasp
ajdar ustida kezib yurganini payqab olibdi. Lekin Gershasp vahimaga va
sarosimalikka tushmabdi. U bu ulkan va dahshatli mahluqqa qarshi jang boshlabdi,
qurollarini mohirlik bilan ishlatibdi, ajdarni yengib, kishilarni halokatdan
qutqaribdi1.
Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. «Kitobi Jamshid»,
«Chistoni Elikbek», «Qirqqiz», «Qublandi Botir», «To‘maris»,
«Bexistun», «Bundaxshin», «Denkard» kabi qadimiy manbalar fikrimizni
tasdiqlaydi. Mazkur qadimiy manbalarda falsafiy fikrlarni uchratish mumkin.
Ularda ko‘proq yovuzlik va ezgulik hislatlarni falsafiy qilib tushuntirilgan. Bundan
tashqari, Xitoyda ham sinfiy tabaqalanishning boshlanishi, sinfiy kurashning
keskinlashuvi ideologiyada o‘z aksini topdi. Xitoyda hokim sinflar, dinni xalqni
ezish uchun qurol qilib oldilar, xalq ongiga diniy aqidalarni ham singdirdilar.
Xitoyda matematika, meditsina, biologiya sohasida ham bir qancha yangiliklar
ochildi. Qadimgi Xitoyda birinchi materialistic
1 Gershasp obrazi xalq xotirasida saqlanib qoldi, u qayta-qayta ishlandi va yozma
adabiyotdan о‘rin oldi. Yozuvchi Asadi Tusiy (XIasr), shu afsonalardan
foydalanib, о‘zining “Gershaspnoma” asarini yaratdi.
qarash - dunyo besh xil elementdan – suv, yer, havo, olov, yog‘ochdan iborat
deb tushuntirdi.
Xitoy materialistik faylasuflari, dunyoni moddiy birligini e’tirof qilib,
dunyoning asosida bitta «tsi» ya’ni abadiy harakat qiluvchi modda yotadi, deydilar.
Moddaning harakat manbai ijobiy (yan), salbiy (in’) ta’sir orasidagi munosabatdan
iborat, deydilar.
Millodan avvalgi V-IIIasrlarda Konfutsiy ta’limoti paydo bo‘lgan va keng
tarqalgan. Konfutsiy eramizgacha bo‘gan davrning 551-479-yillarida yashab,
faoliyat yuritgan. Uning fikricha insonlarning barchasi tug‘ma xususiyatlariga ko‘ra
o‘zaro yaqindirlar.Keyinchalik ular o‘zlaridagi xossa-xususiyatlarga ko‘ra
farqlanadilar. Konfutsiy podsholarning ulug‘vorligiga e’tiborni qaratadi. Agar
podshoh adolatli bo‘lsa insonlar uni e’zozlaydilar. Uning fikricha podshoh osmon
o‘g‘lidir. Bu o‘g‘il buyruqni osmondan oladi va jamiyatni boshqaradi.
Tabiatning qonuniy rivojlanishi to‘g‘risidagi materialistik, stixiyali, dialektik
qarash dao-qonun daotsizm deyiladi. Buning asoschisi Lao-TSzidir. Loa-TSzi
maktabi qadim Xitoy materialistik falsafaning rivojlanishida muhim bosqichni
tashkil etadi. Lao - szining ta’lim berishicha, hech narsa abadiy emas, hamma narsa
harakatda. Lao-TSzi fikricha narsalarning asosiy rivojlanish qonuni shundaki, har
bir narsa o‘zining rivojlanish darajasiga yetishi bilan o‘zining qarama-qarshisiga
aylanadi. Bu hayot qonunidir, deydi u.
Ushbu materialistlarning fikricha, dunyo doimiy o‘zgarib turuvchi yaxlitlikni
tashkil etadi. Aytish lozimki, mazkur ta’limot- larda dunyoning rivojlanishi haqidagi
materialistik elementlar ancha rivojlangan edi.
Demak, falsafa kishilik tarixida qadimgi Sharq mamlakatlarida Misr,
Vaviloniya, Hindiston, Xitoyda paydo bo‘lib, sodda stixiyali materializm
xarakteriga ega edi. Chunki Xitoy, Hindiston, Arabiston, O‘rta Osiyoda
feodalizmning dastlabki davrida tabiiy ilmlar ancha rivojlangan edi.
Qadimgi Xitoy va Hindiston falsafasi ilmiy zaminga ega bo‘lmasada,
umuminsoniyat ilmiy xazinasiga katta hissa qo‘shdi. Lekin u falsafa feodalizm davri
ideologiyasining asosiy shakli edi. Chunki ruhoniylar feodal sinfining asosiy qismini
tashkil etar edi. Kishilik fikrining barcha sohasi falsafaga, dinga, diniy tizimga
moslashtirilgan edi. Falsafa shu davrga kelib ilohiyotga, sxolastikaga aylandi.
Tabiatni o‘rganish gunoh hisoblanar edi. Tabiat haqida fikr bildirganlar
o‘ldirilganlar, quvg‘in qilinganlar. Lekin bunday harakatlar insonlar fikriga aksincha
ta’sir etmadi. Chunki feodalizm zaminida kapitalistik ishlab chiqarish usuli vujudga
kelgani uchun din va cherkovga qarshi atomistik, materialistik tendensiyalar ham
avj oldi. Lekin ochiq kurashish mumkin emas edi. Shuning uchun progressiv fikr
berish asosida harakat qildilar. Bularning barchasi sivilizatsiyadan dalolat edi.
Islom dinining vudjudga kelishi va falsafiy ta’limoti.
Ilk o‘rta asr Sharq falsafasi. Ilk o‘rta asrda tasavvuf va ilohiyotshunoslik.
Islom dini dunyoda sig‘inuvchilar miqdori jihatidan ikkinchi o‘rinda turadi.
Islom so‘zi arabcha «Xudoga o‘zini topshirish», «itoat», «bo‘ysunish» ma’nosini
beradi. Bu dinga ishonuvchilar arabcha «Muslim» deb ataladi. Uning ko‘pchilik
shakli bo‘lgan «Muslimun» so‘zining boshida xalqlar orasida turlicha: forslar –
musulmon, o‘zbek-musulmon, qirg‘iz-qozoq- musulmon, Ukraina- Rossiya-
bosurman, deb ataladi ular Muhammad ismini Magomed, deb aytadilar. Islom
dinining kelib chiqishi masalasini turlicha talqin qiladilar. Islom manbalarida islom
jamiyat bilan bog‘lanmagan. Xudo tomonidan yuborilgan oxirigi ta’limot, deydilar.
Bu birinchi nuqtai nazar, ikkinchi nuqtai nazar: VI asr oxiri – VII asr boshlarida
Arabiston yarim orolida yuz bergan ijtimoiy iqtisodiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Bu
davrda qabilalar tugatila boshlagan. Sinfiy jamiyat yuzaga kelgan. Hukmron sinflar
jamiyatga egalik qilgan, ya’ni ezuvchi sinflar ravnaq topgan. Avval mushrikiylik,
ya’ni ko‘p xudolik bo‘lib, endi unga barham berish payti kelgan. Qadimiy
ma’naviyat va madaniyat yanada rivojlanib, quldorlik tuzumini paydo qilgan,
Yaman yarim oroli orqali karvonlar Habashiston, Hindiston, Suriya, Misr, Vizantiya
va Eronni bog‘lagan. Makkada karvonlar to‘plangan. Savdo, chorvachilik,
hunarmandchilik, savdogarlik taraqqiy etgan. Madina ham, Makka ham o‘sha
paytda diniy markaz bo‘lgan. Undagi Ka’ba ibodatxonasi, u yerdagi qoratosh va uch
yuzdan ortiq qabila xudolarining sanamlari tufayli bu joylar
Ilmiybaza.uz
e’tiqod markaziga aylangan. Qur’onning 108 – «Al- Kavsar» (Chashma
buloq) surasida Arablarning Ka’ba ziyoratiga kelib, qurbonlik so‘yish odatlari o‘z
ifodasini topgan.
V-VI asrlarda Makkada arablarning Qurayishlar qabilasi hukmron bo‘lib,
savdo qilish natijasida boyib ketgan. Pul muomalasi, sudxo‘rlik keng rivojlangan.
Qul savdosi bo‘lgan. Sinfiy qarama- qarshiliklar kuchaygan. Bu joylarda yahudiylar
va xristianlar ham yashagan. Islom dinini paydo bo‘lishida yahudiy va xristian
dinlari ta’sir etgan.
Yakka xudolikka ishonish islom dinigacha ham mavjud edi. Uni dastlab
Xaniflar (haqiqat izlovchilar, e’tiqod qiluvchi) targ‘ib qilgan. Islom dinida
payg‘ambar, deb tanilgan Muxammad 570-yilda tug‘ilgan. U Makkada Qurayish
qabilasiga mansub bo‘lgan Hoshimiylar xonadonidandir. U 609-610-yilda Makkada
yakka xudoga e’tiqod qilish to‘g‘risida targ‘ibot boshlagan. Qurayishlarga
ummaviylar qabilasi qarshilik ko‘rsatgan. Ziddiyatlar kelib chiqqan. Makkada ahvol
keskinlashgan. Shundan so‘ng Muhammad Madinadagi Avs va Xazraj qabilalari
vakillari bilan muzokara olib borib, ular yordamida Madinaga o‘tgan. Natijada 622
-yili yuz bergan ko‘chish (arabcha «hijra») dan musulmonlarning hijriy yil hisobi
boshlangan.
Muhammad Hoshimiylar mavqeini tiklash uchun ummaviylarga qarshi
kurashgan. Madinada musulmonlik tez qabul qilingan. Musulmonlikni qabul qilish
ba’zida tinchlik – ba’zida urush yo‘li bilan amalga oshirilgan. Madina kuchli
davlatga aylanib, Muhammad qo‘lida mujassamlashgan. Uning mavqei Makkaga
nisbatan jiddiy kuchaya borgan. Natijada Makka zadogonlari Muhammad bilan
kelishish yo‘lini topganlar. 630-yili Madina qo‘shinlari Makkani qarshiliksiz qo‘lga
oladi. Keyinchalik Makka aholisi ham Muhammadni yordamchilariga aylangan.
Muhammad 632-yil iyun oyida Madinada vafot etadi. Undan so‘ng uning
o‘rinbosarlari - xalifalar davlatni boshqarganlar. Shu sababli arab xalifati, deb
yuritdilar.
Muhammadning ilk safdoshlaridan biri (qaynota) Abu Bakr (632-634) keyin
Xalifa Umar (634-644) undan so‘ng Xalifa Usmon (644-656) va keyin Hazrati Ali
(656-661) davrlarida istilolar bo‘ldi. Ayniqsa, Usmon va Ali davrida Kavkaz va
O‘rta Osiyoga kurash boshlangan. Arab istilochilari VII asrni 70-yillarida Eronni
bosib olib, O‘rta Osiyoga hujumni boshladilar. Arablar (Movoraunnaxr – ikki daryo
o‘rtasidagi yerlar) avval bosqinchilik hujumlari qildilar, keyinroq VIII asr boshlarida
va VIII asr o‘rtalarigacha O‘rta Osiyoni to‘la bosib olganlar. Movoraunnaxrda
ularga qarshi Muqanna, Sumbod Mug‘, G‘urak va boshqa sarkardalar qo‘zg‘olonlar
ko‘targanlar. Bosqinchilik natijasida: mahalliy madaniyat, falsafa, mahalliy dinlar,
ma’naviy qadriyatlar cheklangan, inqirozga yuz tutgan.
Islom dinining asosiy manbasi ya’ni, birinchisi Qur’ondir: unda islom
aqidalari, e’tiqod talablari, huquqiy va axloqiy normalar o‘z ifodasini topgan. Islom
an’anasida Qur’on Alloh tomonidan Muhammadga 22 yil davomida farishta Jabroil
orqali nozil qilingan (uqtirilgan). Vahiylar Muhammad davrida sistemali yozib
olinmagan, balki Abu Bakr davrida yozilgan. Buni Muhammadga kotiblik qilgan
Zayd ibn Sobit amalga oshirgan. 632-yil oxirida Qur’onning matni tayyor bo‘lgan.
Manbalarda u «Suxuf» (sahifalar) deb yuritilgan. Ular o‘rtasida tafovutlar ham
Ilmiybaza.uz
bo‘lgan. Xalifa Usmon davlatni mustahkamlash uchun yana Zayd ibn Sobitga
Qur’onning matnini to‘plaganlar bilan birgalikda taqqoslashni va yagona to‘plam
tuzishni buyurgan. Bu to‘plam «mushad» degan nom olgan. Usmon boshqalarning
«Suhuf»ini yo‘qotishga buyruq bergan. Yangi to‘plamning asl nusxasi (ayrim
ma’lumotlarga qaraganda VII) ko‘chirtirilib, Kufa, Basra, Damashq va boshqa
shaharlarga yuborilgan.
Qur’onni o‘qishdagi tafovutlarni yo‘q qilish uchun unga arab yozuvidagi xos
belgilar qo‘yib chiqilgan. «Mushaf»dan ko‘chirilgan eng qadimiy nusxalaridan 4tasi
hozirgacha saqlanib qolgan. Ulardan biri Toshkentda, O‘zbekiston musulmonlari
diniy boshqarmasida saqlanadi. Qur’on 114 suradan iborat; har sura oyatlarga
bo‘lingan. Suralar nomlangan. Masalan, 1-sura «Fotiha», 2-sura «Baqara» va
h.k. Suralarning yaratilgan vaqti 2 davrga: 610-622-yillarda Makkada 90 sura,
622-632-yillarda Madinada 24 sura yaratilgan.
Qur’onning asosiy g‘oyasi yakka xudolik – Alloh to‘g‘risidagi ta’limotdir.U
birinchi manba. Shu bilan bog‘liq holda unda payg‘ambarlar, oxirat, taqdir va
boshqa aqidalar bayon qilingan. Islom dinining asosiy talabi: e’tiqod, namoz, ro‘za,
zakot, haj. Qur’onda musulmonlarning falsafiy va axloqiy, huquqiy qarashlari o‘z
aksini topgan. XII asrda Yevropaning ba’zi xalqlari tillariga tarjima qilingan. XVIII
asrda esa yevropaning ko‘pchilik tillariga, jumladan, rus tiliga 1878, 1894, 1907-
yillarda tarjima qilingan. Islom dinining ikkinchi manbasi Sunna (arab tilida odob,
an’ana, hatti- harakat)dir. Sunna islomda musulmonlar uchun ibrat hisoblangan.
Muhammadning so‘zlari, qilmishlari, hatti-harakatlari aks ettirilgan hadislarda
to‘plangan. Sunna islomda Qur’ondan keyingi uni to‘ldiruvchi manbadir. Islom
mohiyati va shariatning ikkinchi asosi sifatida e’tirof etilgan. Sunna VII asr
o‘rtalarida yig‘ila boshlagan. Unda qarama-qarshiliklar, yaxshi va yomon
qadriyatlar to‘g‘risida fikr yuritilgan. Bir, ikki asr davomida hadislar ko‘payib
ketgan.IX asrda tizimga solingan. Aniq, ishonchli hadislar hamyurtimiz Imom
Ismoil Buxoriy (810-870) tomonidan to‘plangan.
Islom dinining uchinchi manbasi – shariat qonunchiligi bo‘lib, u islom
dinining huquqiy tizimidir. Unda sof huquqiy masalalardan tashqari axloqiy
normalarga va amaliy diniy talablarga ham qonuniy tus berilgan.
Islomda jamiyatni boshqarish Qur’on asosida olib borilgan. Keyinchalik,
feodalizm rivojlanishi bilan diniy faoliyatni qamrab oluvchi qonunlar majmuasiga
ehtiyoj tug‘ilgan. Islom ilohiyotchilari bir necha asr mobaynida shariat qonunlarini
yaratganlar. Unga asos qilib, Qur’on va Sunnalar olingan. Shariat qonunlari XI-XII
asrlarda to‘la shakllangan. Shariatda davlat huquqi normalari, majburiyat, jinoyat,
jazo va oila-nikoh huquqlari, shuningdek, sud yuritish, vasiylik ko‘rsatmalari
berilgan. Shariat, xususiy mulkni xudo tomonidan belgilangan, doimiy va
o‘zgarmas, deb hisoblaydi. Kishi faoliyati ikki turga-harom va halolga ajratilgan.
Shariat shakllanib tugallangan davrda 5ta kategoriya vujudga kelgan: 1.Farzning
bajarilishi qat’iy, majburiy bo‘lgan; 2.Mansub (sunnat)- majburiy emas, lekin
ma’qul, lozim deb hisoblangan; 3.Mubah –ixtiyoriy normalar; 4.Makruh – noma’qul
normalar; 5.Harom-qat’iy ravishda ta’qiqlangan harakatlar. To‘rtinchi manba: Tafsir
(arab-sharh, tushuntirish, izoh) islom an’anasida Qur’on, hadislar va boshqa diniy
manbalarni talqin qilish. Qur’on tafsirlarida Qur’onning matni aynan sharhlab
Ilmiybaza.uz
beriladi. Beshinchi manba: kalom (arab,–so‘z, nutq) islom ilohiyotining ilk shakli.
Falsafiy ta’limot sifatida arab xalifaligida VIII asrda paydo bo‘lgan. IX asrga kelib,
O‘rta Osiyoga tarqalgan.
Kalom tarafdorlari mutakallimlar deyiladi. Kalom asoschisi al –
Ash’ariy(873-935)dir. Kalomda aytilishicha, Alloh ham insoniy xususiyatlarga ega,
deb tushuntiriladi. Kalomchilar Qur’onga suyanib jannat va do‘zaxni azaliy mavjud,
deb biladi. Insonda erkinlik yo‘q, barcha qilmishlari uchun insonlar Alloh oldida
javob beradi. Oltinchi manba: fiqx (arab-tushunish) musulmon huquqshunosligini
ishlab chiquvchi soha. Huquqshunoslik fani sifatida ham qo‘llaniladi. Shariat
manbalarini ishlab chiqish, shariatni hayotga tatbiq qilish bilan shug‘ullanadi. Fiqx
bilan shug‘ullangan olimlar (O‘rta Osiyoda) Burxoniddin Marg‘inoniy, Abu Lays
Samarqandiylardir. Huquqda 4 mazhab (yo‘nalish) bor. Xanafiya, molikiya,
shofi’iya va hanbaliyalar.
O‘rta asrlarda O‘rta Osiyodagi falsafa ana shu manbalarga asoslanib targ‘ib
qilingan. Olam to‘g‘risida islom dini ma’lumotlaridan kelib chiqib ta’rif berilgan.
Diniy
bilimlar,
dunyoviy
bilimlar
bilan
o‘zaro
aloqada
bo‘lishi
bag‘rikenglikni taqozo etadi. Ayniqsa, buyuk muhaddislar hadislar to‘plashda bu
jarayonlarga e’tiborni qaratganlar. Jumladan, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil
al-Buxoriy hadislarida bag‘rikenglik jihatlari ochib berilgan. Imom Buxoriy jami
600 ming hadis to‘plab, shulardan 100 ming «sahih» va 200 ming «g‘ayri sahih»
hadislarni yod olgan. Hadis ilmi bobida nihoyatda iqtidorli bo‘lgan. Minglab
shogirdlar tarbiyalagan. Muslim ibn Hajjoj, Iso at- Termiziy, an-Nasoiy, Abu Zur’a,
Yusuf al-Forobiy, Abu Bakr ibn Huzayma kabi mashhur muhaddislar shular
jumlasidandir. Imom Buxoriyning «Al-Jom’i, as-sahih (ishonarli to‘plam)» deb
nomlangan to‘rt jilddan iborat hadislar to‘plami islom olamidagi boshqa muhadislar
tuzgan hadis to‘plamlari orasida eng mukammalidir. To‘plamda hadislardan tashqari
islom huquqshunosligi, islom marosimlari, axloq-odob, ta’lim-tarbiya hamda o‘sha
davr tarixi va etnografiyasiga doir ma’lumotlar ham bor. To‘rt jildlikda 600 ming
hadisdan faqat 7275 tasi eng «sahih» hadislar kiritilgan. Bu to‘plam juda ko‘p marta
chop etilgan. Unga sharhlar berilgan.
Imom Buxoriy yana bir qancha boshqa asarlar tasnif etgan. «Al- adab ul
Mufrad», «Kitob asmo‘ is-sahoba», «Kitob af’ol il-ibod»,
«Kitob bad’ il-maxluqot», «Kitob birr il-volidayn», «Ta’rix us-siqot va- z-
zu’afo min ruvot il-hadis», «Ta’rix Buxoro» va boshqalar.
Imom Buxoriyning falsafasi qadriyatlarimizni tiklashda kishilarda axloq-
odob, halollik, rostgo‘ylik, poklik singari umuminsoniy fazilatlarni singdirish va
qaror toptirishda muhim ahamiyatga egadir. Muhammad payg‘ambar «Kimgaki
Alloh-taolo yaxshilikni ravo ko‘rg‘aydir, uni din ilmidan bahramand qilgaydir,
ilmga ilm olmoq yo‘li birlan erishilg‘aydir» deganlar. Mazkur fikrda diniy bilimlar
bilan birgalikda dunyoviy bilimlar ham e’tiborga olingan.
Sunniylik ta’limotining "otasi" degan yuksak e’tirofga sazovor bo‘lgan
samarqandlik Abu Mansur al-Motrudiy (Islom qomusi bo‘yicha) 870-yilda
Samarqandning Motrud mavzesida tug‘ilib 944- yilda (ba’zi adabiyotlarda 941)
vafot etgan. Qabri Samarqandning Chokardiza Qabristonidadir. U joy hozir
ziyoratgohga aylantirilgan.
Ilmiybaza.uz
"Ta’vilati Ahli sunna"-Qur’on va sunnaning rasmiy ta’villari, ya’ni rasmiy
islomiy talqini, sharhlari bitilgan kitob; Shariat asoslari va sofligi haqidagi kitob;
"Kitob ul-Jadal" -diniy-axloqiy bahs munozaralarda g‘olib kelish haqidagi kitob;
"Kitob ul-Usul"-diniy ta’limot uslubiyotiga oid asar; "Risolat ut-Tavhid"-Allohning
yakkayu- yagonaligi, birligi, vahdoniyat dini, ya’ni ilm-ul aqoidning nazariy asoslari
haqidagi va boshqa o‘nlab asarlarni tilga olish mumkin.
Islom dini nuqtai nazdida o‘tmishda o‘chmas iz qoldirgan buyuk siymolardan
yana biri bu al-Marg‘inoniydir. Alloma Burxoniddin al- Marg‘inoniyning to‘liq ismi
Ali ibn Abu Bakr ibn Abd ul-Jalil al- Farg‘oniy ar-Rishtoniy al-Marg‘inoniydir. U
kishi 1123-yilda tug‘ilib 1197-yilda vafot etgan. O‘z davrining ilmlarini mukammal
o‘rgangan. Ayniqsa islom dinining asosiy manbalari Qur’oni Karim va hadislarni
tahlil qilish natijasida Fiqh-islom huquqshunosligi sohasida jiddiy obro‘ e’tibor
qozongan. Ayniqsa, yaratilgan "al-Hidoya" asari islom dini olamida hanafiya
mazhabining qo‘llanmasiga aylandi. Ushbu kitobda islom dinidagi huquqiy
masalalar keng ko‘lamda yoritilgan. "Hidoya" kitobi asrlar davomida musulmon
mamlakatlarida huquqshunoslik bo‘yicha muhim qo‘llanma hisoblangan. O‘rta
Osiyoda esa 1917-yildan 30-yillargacha shariat qozilari bekor qilinib sovet sud
sistemasi joriy etilgan paytlargacha rioya qilindi. Ushbu kitob 1893-yilda rus tiliga
N. P. Grodekov tomonidan (ingliz tilidan) tarjima qilingan edi. 1994-yilda "Hidoya"
qayta nashr etildi. Kitob muallifi Burxonuddin Marg‘inoniyga hurmat va e’tibor
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng kuchaytirildi. Uning 910 yillik
tavallud sanasi 2000-yilda nishonlandi.
Bunday g‘oyalarni paydo bo‘lishida Ibn Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy,
Abu Yazid Bistoniy, Mansur al-Xalloj, Abu Bakr ibn Muso al-Vositiy, Abu Rayhon
Beruniy, Abulqosim Firdavsiy, Abdulla Jafar Rudakiy, Yusuf Bolasog‘uniy, Abu
Bakr Narshaxiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Ahmad ibn Abdulloh, Ahmad
ibn Abdulloh Mavraziy, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Xojib, Mahmud Qoshg‘ariy
kabi yuzlab allomalarning xizmati kattadir.
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (787- 847) ilm-fan rivojiga ulkan hissa
qo‘shib astronomiya, matematika sohalariga oid ko‘plab asarlar yozgan. Xorazmiy
xalifa Ma’mun rahbarligida “Donishmandlar uyi”da ishlagan. Uning “Al-jabr val
muqobala” asari ayniqsa mashhurdir. Bu asar G‘arb va Sharq olimlariga algebra
fanidan dasturamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Xorazmiyning “Astronomik jadvallar”,
“Quyosh soati to‘g‘risida risola”, “Hind hisobi haqida risola”, “Tarix bo‘yicha
risola”, “Musiqa bo‘yicha risola”, “Zij” kabi asarlari ilmiy-falsafiy ahamiyatga ega
bo‘lgan asarlardir. Bu asarlar Xorazmiyning buyuk matematik, umuman qomusiy
alloma ekanligidan dalolatdir. To‘g‘ri, Xorazmiy aynan falsafaga oid maxsus asar
yozmagan bo‘lsa-da, ammo uning matematika, geometriya, astronomiya,
geografiya, tarix va musiqa ilmiga oid barcha asarlarida ilgari surilgan ilmiy
isbotlangan falsafiy fikrlar, g‘oyalar, nazariy ta’limotlar son-sanoqsiz. Hamyurtimiz
o‘zining bu asarlari bilan dunyo ilmining rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan
hamyurtimiz.
Falsafa tarixida ayniqsa O‘rta asr sharq falsafasida panteistik qarashlar ham
paydo bo‘lgan Panteizm so‘zi yunon tilidan olingan bo‘lib rap-hamma, theos-xudo
degan ma’nolarni anglatadi. Ushbu ta’limotning asosida Alloh bilan tabiat o‘zaro
Ilmiybaza.uz
mosdir, aynan birdir, Alloh va tabiatni bir-biriga qarama-qarshi bo‘lishi zararli deb
tushuntiradi, tafakkurga zid deb e’tirof eadilar. Mazkur tushuncha sharq
mamlakatlarida vijudiyun ma’nosida ishlatilgan. Panteizm turli davrlarda turlicha
xarakterga ega bo‘lgan. Xilma-xil qarashlarni o‘zida aks ettirgan. Jumladan, sharq
mutafakkirlari qarashlarida ham panteizim sohasida fikr yuritilgan. Masalan, Abu
Nasr Forobiy ham borliq va uning paydo bo‘lishini panteistik qarash bilan
ifodalagan.
Forobiy fikricha, moddiy boshlanish o‘zini olloh orqali oshkor qiladi. Allohda
moddiy ibtido nisbatan, go‘yoki ochiq oydin ifoda etilmagan bir shaklda mavjud
bo‘ladi. So‘ngra olloh noaniq shakldan o‘zini batafsil holda ozod qilib kuch-quvvat
yarasha bir tarz namoyon bo‘lib beradi. Alloma, faylasuflar Ibn Rushd ham Abu
Nasr Forobiy izidan borib panteistik qarashlarni targ‘ib qilgan. Abu Ali ibn Sino
ham Forobiy ta’limotiga asoslanib “vujudi vojib” va “vujudi mumkin”ning o‘zaro
munosabati orqali panteizm karashda bo‘lgan. Panteizm G‘arb mamlakatlarida ham
tarqalgan. Uning vakillariga Ioann Skot Eriugena, David Dinanskiylarni olish
mumkin.
O‘rta asrda Aristotel’ boshlab bergan falsafiy ta’limotlaridan yana biri
peripatetizmdir. Bu so‘z ham yunon tilidan olingan bo‘lib peripateo –sayr etib
yurmoq ma’nosini anglatadi. Maktabda tinglovchilar bilan sayr qilib dars o‘tilgan.
(nomi shundan olingan) Bu ta’limotning asoschilari asosan tabiat taraqqiyotini
e’tirof etganlar. Tabiiy fanlar natijalariga ishonib ko‘proq materialistik qarashlarni
targ‘ib qilganlar. Bu ta’limotning asoschisi Aristotel’ bo‘lib, undan so‘ng Teofrast
davom ettirgan. Ularning ta’limoti ta’sirida O‘rta asr O‘rta Osiyo mutafakkirlari ham
ularga taqlid qilganlar.
Forobiy Abu Nasr Muhammad (870-950) Sirdaryo bo‘yidagi Forobda keyin
Damashqda bilim oldi. U yirik tilshunos, mantiq- shunos, matematik, ximik, tabib,
psixolog, etnik, musiqashunos edi. Grek madaniyatini yaxshi egallagan, tabiat fani,
sohasida ilg‘or fikrlarni ilgari surgan ijtimoiy-siyosiy fikr egasi edi. Forobiy
Aristoteldan keyingi, ikkinchi ustoz bo‘lib tanildi. Aristotel asarlarini to‘g‘ri tarjima
qilgan yirik faylasuf edi. Aristotelning “Kate- goriyalar”, “Analitika”, “Poetika”
kabi asarlarini tarjima qildi. O‘zi esa yuz ellikdan ortiq asar yozgan. Asarlari
yo‘qolgan bo‘lishiga qaramay, ulardan bizga bir qanchasi yetib kelgan. Metafizikani
sharhlash, “Ehsonul-ulum” falsafa, tibbiyot, matematika, mantiqshunoslik,
tilshunoslik, siyosatshunosliklarga oid fikrlar berilgan. “Musiqaning ulug‘ kitobi”
“Assiyosat al madaniyat”, “Fanlarning kelib chiqish risolasi” kabi asarlari bizgacha
yetib kelgan.
U moddiy dunyoni moddiy obyektlar, deya anglaydi va Aristotelning
progressiv qarashini mistikadan ozod qilishga urindi, progressiv fikrlarni targ‘ib
qildi. Olim tabiatdan tashqaridagi kuchga ishonadi va uni massa, sifat, xususiyatga
ega emas, deya ishlarga aralashmaydi, deydi.
Forobiy falsafasida materialistik tendensiya kuchli. Materiyani u inkor
etmaydi, uni birinchi asos, deb biladi. Uning fikricha, suv, havo, olov, osmon,
yerdagi narsalar qo‘shilib boshqa predmetlar paydo bo‘ladi. Osmon jismi ham
shundan paydo bo‘lgan deydi.
Ilmiybaza.uz
Demak, uning fikricha olamda materiya va shakl bor, lekin ular teng. Bu yerda
uni fanda, falsafada Aristoteldan ilgari ketgan deya olamiz. Aristotel shakl
birlamchi, materiya ikkilamchi degan. Forobiy “materiyaning harakati obyektiv,
zero materiya obyektivdir. U moddiy olamning harakat manbai, olamdagi narsalar
o‘zgarishda, harakatning sababi turli moddalarning birikishida” deb ko‘rsatadi.
U moddiy narsalarni o‘zgaruvchan – vujudga keladi, yo‘qoladi deydi. Uning
fikricha, moddiy elementdan tashkil topgan narsalar o‘zgarmaydi, yangisi vujudga
kelmaydi, yo‘qolmaydi.
U moddiy olamni, harakat va o‘zgarishda bo‘lgan narsalarni quyidagi
qismlarga bo‘ladi: 1) osmon jismlari; 2) minerallar; 3) o‘simliklar; 4) hayvonlar; 5)
insonlar. Bular sifat jihatidan farq qiluvchi cheksiz hodisalardir. Sifat o‘zgarishining
sababi, materiya deb biladi. Bu stixiyali dialektika va sodda materializmdir. Forobiy
bilish nazariyasida ham progressiv fikrlarni ilgari surgan. Odam, uning sezgisi
aqldan ilgari paydo bo‘lgan, aql esa moddiy olam mahsulidir. Inson hayvondan aqli
bilan farq qiladi, deydi. Inson bilishi sezishdan aqliy bilish tafakkurigacha
ko‘tariladi, deydi. Bu- bilish nazariyasidagi materializmdir. Forobiy inson bilimi
moddiy dunyo sirini yorita olmaydi, deb fikr yuritdi. Forobiy jon va tana haqidagi
masalada jon chiqishi bilan tan o‘ladi, deydi.
Shunday qilib, Forobiyning falsafiy qarashlarida ilg‘or fikrlar mujassamdir.
O‘rta Osiyo mutafakkirlaridan yana biri Abu Rayhon al Beruniy (973-
1048)dir. U katta qomusiy olim hisoblanadi. O‘zining tabiiy bilimlar sohasidagi
yutuqlari bilan fan tarixida katta o‘ringa ega. Olim yil hisobini, kalendarni ishlab
chiqqan. Uning “Hindiston” asari esa falsafa, geografiya, astronomiya,
mineralogiyaga oid. Mutafakkirning fikricha, materiya bor narsalarni o‘zgartiradi,
shaklini yaratadi. Materiya tafakkurning ham asosi hisoblanadi. Kishining bilish
imkoniyatiga ishonadi, diniy xurofotga ehtiyotlik bilan yondoshadi. Materiya barcha
narsaning asosi, uningcha, hamma narsa o‘zgaradi, o‘sadi, vujudga keladi, halok
bo‘ladi. Bu tabiiy jarayon. Materiya yaratuvchi xususiyatga ega deydi.
O‘sha davrning buyuk mutafakkiri. Abu Ali ibn Sino(980-1037) Buxoro
yonidagi Afshona qishlog‘ida, Somoniy Nuh ibn Mansur saroyi amaldori oilasida
tug‘ilgan. Bu davrda O‘rta Osiyoda arablar hukmronlik qilgan davr edi. Lekin undan
keyin bu yer markazga aylandi. Fan, madaniyat rivojlandi. Ibn Sino tabib,
farmakolog, adabiyotchi, ximik, astronom, faylasuf, etnologik sifatida boshqa
fanlarning ham rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan olim. 500dan ortiq asar yozgan.
Ulardan 60 tasi bizgacha yetib kelgan. Asarlari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi
sharqshunoslik institutida saqlanadi. Abu Ali ibn Sinoni qadim davrdagi Gippokrat,
Galen, Aristotel bilan yonma-yon qo‘yadilar. Uning “Kitob al-qonun fittib” asari
tabiblarga qo‘llanma bo‘lib keldi va kelmoqda. Undan XVIII asrgacha anatomiya,
fiziologiya, terapiya, diagnostika, profilaktika, farmakologiyadan ensiklopediya
sifatida foydalanildi. Bu asar Lion, Rim, Neapol’, Venetsiyalarda lotin tilida 30
martadan ortiq nashr qilingan.
U tabiat fani bilan din orasidagi munosabatda xolislik bo‘lishini talab qiladi.
O‘sha vaqtlarda u anatomiya bilan yashirin shug‘ullandi, bemorlarni davolaydi. U,
kishidagi psixik holat organizmga, uning ahvoliga bog‘liqligini, ruhiy faoliyatni
bilish uchun biologik jarayonni va nerv sistemasini yaxshi o‘rganish kerakligini,
Ilmiybaza.uz
shuningdek, dam olish, sayohat, jismoniy tarbiya, ob-havo va profilaktika
jarayonlari inson salomatligiga zarur ekanligini ko‘rsatdi. Hali mikroblarni
aniqlashdan oldin, suv orqali kasallik tarqalishini aniqladi. U nazariya va amaliyot
birligi masalasiga e’tibor qaratdi. Tabiatni o‘rganish sohasida vulqonlar, tog‘lar
borasida, ularni harakatlanishi haqidagi ilmiy falsafiy fikrlarni bildirdi.
Ibn Sinoning falsafiy ilmiy tabiiy qarashlari bilan bog‘liq asarlari «Kitob ash
shifo», «Donishnoma», «Najot» kabilardir. U, fizika (tabiat to‘g‘risidagi ta’limot),
logika (tabiat va insonni bilish yo‘llari), metafizika (borliqni bilish to‘g‘risidagi)
falsafa borliq xususidagi fanlar, deb e’tirof etdi. Ibn Sino bu sohada Aristotel
izdoshidir. U Aristotelning noto‘g‘ri qarashlarini qabul qilmasdan o‘z fikrlarini
rivojlantirdi. Olam mangu, yaratilmagan deb tushuntirdi. Borliqni materiya degan.
Mangu materiya mavjud, buyumlar materiyadan paydo bo‘ladi. Materiya borliq
manbaidir. Shakl materiya bilan aloqadadir, deydi.
Aristotelning abstrakt shaklini rad etdi. Ibn Sino bilish nazariyasida
materialistik qarashlarni ilgari surgan. Uning fikricha, aql faol kuch, bilish qurolidir.
Inson tajribasini birinchi o‘ringa qo‘yadi, tushuncha keyin keladi. Moddiy dunyo
birlamchi, tushuncha ikkilamchi. Inson aqli uzoq davr davomida mehnat orqali
hissiy qabul qilishi orqali yuzaga keladi. Aristotelning mantiq fanini asosladi.
Ibn Sinoning ijtimoiy-siyosiy qarashlariga to‘xtalsak, u adolatsizlikka qarshi
kurashgan. Uningcha ruhoniylar ham, davlat arboblari, adabiyotchilar, harbiylar
ham aniqrog‘i, har kim o‘z o‘rnida bo‘lishi zarur. Bu fikr o‘sha davr ijtimoiy
ziddiyatlaridan kelib chiqqan fikrlar bo‘lsa, ajab emas.
Tasavvuf ilmi yoki so‘fiylik diniy oqimi VIII asrda arab mamlakatlarida
vujudga kelgan. Dastlab so‘fiylar shaxsiy istakdan to‘la voz kechish g‘oyasini
targ‘ib qilganlar. Tasavvuf musulmon mamlakatlaridagi ijtimoiy taraqqiyotning
xususiyatlari bilan bog‘liq ravishda vujudga kelgan. Unda neoplatonizm ta’limoti,
iudaizm, xristianlik, zardushtiylik va ayniqsa, buddizmlarning ta’siri bor. Tasavvuf
tarafdorlari axloqiy jarayonlarni targ‘ib qilib xudoga yaqin bo‘lishni asosiy maqsad
qilib qo‘yganlar. Shaxsiy manfaat xislatlardan voz kechishni talab qilganlar.
Tasavvuf ham xilma-xil shakl va oqimlarga ega. Tasavvufning asosiy maqsadi,
obyekti inson va xudo.
Tasavvufda inson 4ta bosqich orqali kamolatga erishadi. Birinchi shariat
qonunlaridir. Shariat qonunlariga barcha musulmonlar bo‘ysunishi kerak. Faqat
shundan so‘ng ikkinchi bosqich-tariqatga ko‘tariladi. Bunda muridlar o‘z pirlariga
itoat qilishi, o‘z shaxsiy shakllaridan voz kechishi shart hisoblangan. Bu bosqichdan
o‘tganlar uchinchi bosqichga – ma’rifatga ko‘tariladi. Bunda koinotning birligi
xudoda mujassam bo‘lishini, yaxshilik va yomonlikning nisbiyligini aql bilan emas,
balki qalb bilan anglash kerak, deya talqin qilinadi. To‘rtinchi bosqich haqiqat.
Tasavvufda haqiqatga erishuv so‘fiylikni «Shaxs sifatida tugatib» xudoga singib va
natijada abadiylikka erishishi deb qayd etilgan. Bunga tasavvufchilar maxsus
ruhiy va jismoniy harakatlar (psixofizik) sig‘inish va ibratlar orqali erishadi, ular
haqiqiy boylik bu- moddiylik emas, balki ma’naviylikdir deydilar. Abu Hamid
G‘azzoliy tasavvufni islom dini bilan yaqinlashtirib, uni keyinchalik rasmiy ta’limot
sifatida tan olishga yo‘l ochgan. Movarounnahrda tasavvufchilik Yusuf Hamadoniy
tariqati(XII asr)dan boshlangan. Undan tashqari Abduxoliq G‘ijduvoniy va Ahmad
Ilmiybaza.uz
Yassaviy tariqati, XIII-XIV asrda Naqshband tariqatlari yuzaga kelgan. Ular
ta’sirida Najmiddin Kubro, Xoja Ahror Vali ta’limotlari ham paydo bo‘lgan. Sobiq
Ittifoq davrida bu ta’limotlarni reaksion ta’limot sifatida taqiqlaganlar. Uni
insonlarni jamiyat hayotidan chetga tortadi, qizg‘in faoliyatni so‘ndiradi deb
tushuntirilgan.
Tasavvuf ta’limotida Ahmad Yassaviy (1041-yilda tug‘ilgan. Ilmiy
adabiyotlarda vafoti 1165-1167-yillar deb ko‘rsatilgan) ta’limoti muhim ahamiyatga
ega. Yassaviy buyuk shayx sifatida musulmonlar o‘rtasida e’tibor qozongan.
Rivoyatlarga ko‘ra, Ahmad Yassaviy payg‘ambardan ortiq umr ko‘rishni gunoh deb
bilib, 63 yoshida yer to‘laga – chillaxonga kirgan. Umrining oxirini shu chillaxonda
o‘tkazgan. Mavlono Xusomiddin Sig‘noqiyning risolasida Ahmad Yassaviy 130 yil
umr ko‘rgan, deb ma’lumot beriladi. Ahmad Yassaviyning she’rlar to‘plami
«Devoni hikmat» deb yurtiladi. «Devoni hikmat»ning yetakchi g‘oyasi din va
tasavvufdir. Ahmad Yassaviy islom dinining qonun-qoidalari va urf- odatlarining
yig‘indisi bo‘lgan «shariat»ni, tasavvuf mohiyati bo‘lgan «tariqat»ni, ishqi-ilohiy-
«ma’rifat»ni, xudo va unga erishmoq-«haqiqat»ni targ‘ib qilgan. «Devoni
hikmat»da «Ey darvesh, bilgil va ogoh bo‘lg‘ilkim, avval kalimai shariat, ikkinchi
kalimai tariqat, uchinchi kalimai ma’rifat, to‘rtinchi kalimai haqiqatni bilmoq kerak.
So‘fiy bo‘lib bu kalimalarni bilmasa so‘fiy emas» - deyiladi. Ahmad Yassaviyning
hikmatlarida diniy olamga g‘arq bo‘lish bilan birga tarkidunyochilik birlashib
ketgan. Zolimlar qoralangan, kambag‘allar faoliyati yaxshilik bilan bog‘langan.
Uning falsafasida insonlarni yaxshilikka chorlash, boylikka berilmaslik, mansabni
suiste’mol qilmaslik g‘oyalari yetakchi o‘rinni egallaydi.
Tasavvuf falsafasi Abduxoliq G‘ijduvoniy (1220-yilda vafot etgan)
ta’limotida ham rivojlantirildi. Uning vasiyatnomasida jamoatga mulozim bo‘lish
unga xizmat qilish muqaddas vazifa ekanligi uqtiriladi. Allohga yaqinlashishning
yo‘li shudir, deb ko‘rsatadi u. Shu bilan birga insonlarni chillaxonada hadeb
o‘ltiravermaslik, Allohga toat-ibodat haddan tashqari oshirilib yuborilmasligi
ta’kidlanadi. Mehnat qilishga chorlanadi. Halol yashashga chaqiriladi. Uning
falsafasi Yassaviy ta’limotidan ilg‘orroq edi.
Tasavvuf falsafasining yirik siymolaridan yana biri Najmiddin Kubro(1145-
1221)dir. Tasavvufdagi Kubroviya tariqati Kubro tomonidan yaratilgan. U yirik
olim sifatida «Jamolning muattarlari va kamolotning egalari», «O‘nta qonun va
qoidalar»
nomli
asarlarning
muallifidir.
Najmiddin
Kubro
falsafasida
vatanparvarlik, xalqpar- varlik, insonparvarlik g‘oyalari mujassamlashgan. Shaxsiy
faoliyati bilan mazkur sohalarda namuna ko‘rsatgan.
Tasavvuf falsafasi XIV asrda Bahouddin Naqshband (1318- 1389) tomonidan
rivojlantirildi. Uning ta’limoti suluki naqshbandiya, deb ataladi. Naqshband tahallus
bo‘lib, aynan ma’nosi matoga gul- naqsh solishni bildiradi. Naqshband kishilar
hayotida xilvatchilik, tarkidunyochilik bilan hayot kechirishini targ‘ib qilmaydi,
balki bu dunyoda shod va hurram yashash kerak, deya takidlaydi. Ammo bu holat
kelajakni, xudoni esdan chiqarishga olib kelmasligi lozim. Uning ta’limotida «kishi
zohirda odamlar bilan, botinda (ichdan) esa xudo bilan bo‘lishi kerak» degan fikr
yotadi. Uning falsafasi inson- larni o‘z qo‘li bilan, mehnati bilan, mehnat orqali
keladigan daromad bilan kun kechirish, tirikchilik qilish sohalarini yoritib beradi.
Ilmiybaza.uz
Islom dini singari tasavvuf ta’limotining asosichlari ham insonlarni
yaxshilikka, hur va farovon hayot kechirishga, tinchlikni barqaror bo‘lishiga
undaydilar. Bu ta’limotlar Vatanimiz hududidagi insonlarni diniy aqidalar orqali
insofli bo‘lishga chaqirgan. Falsafani diniy nuqtai nazaridan yuqori darajaga
ko‘targan.
Nizomiy, Navoiy, Hofiz, Jomiy kabi allomalarimiz ham ilmi tasavvuf bilan
bog‘laganlar.
Temuriylar sulolasi davri. Abduraxmon Jomiy va Alisher Navoiy ijodida
gumanizim g‘oyalari.
Ma’lumki, Amir Temur mazmun jihatidan farq qiladigan, markazlashgan
yirik davlatga asos soldi. Bu bilan u o‘z xalqining buyukligini ham ta’minladi.
Keyinchalik Amir Temur asos solgan davlatchilik «Temuriylar davlatchiligi»,
«Temuriylar davri»,
«Temuriylar saltanati», «Temuriylar sulolasi» kabi nomlar bilan tarix
sahifasidan o‘rin oldi. Buyuk strateg, mohir siyosatchi, eskirgan ijtimoiy
munosabatlarning
qat’iy
islohotchisi,
savdo-sotiq,
hunarmandchilik
va
madaniyatning homiysi Amir Temur qonunlar va urf-odatlarga asoslangan davlatni
barpo etdi.
Temuriy tamoyillar davlat yuritishdagi muhim yo‘nalishlar bo‘lib, ular
davlatchilik falsafasining o‘ziga xos ifodasidir. Shu bois, xulosa qilish mumkinki,
A. Temur falsafasida bog‘lanish va aloqadorliklarga e’tibor qaratilgan.
«Tuzuklar»dagi bog‘lanishlar va aloqadorliklarning hammasi quyidagi xarakterga
ega:
hodisalardagi sababiy bog‘lanish va aloqadorliklar;
muhim hamda muhim bo‘lmagan bog‘lanish va aloqador- liklar;
vositali hamda vositasiz bog‘lanish va aloqadorliklar;
zaruriy hamda tasodifiy bog‘lanish va aloqadorliklar.
Bu bog‘lanish va aloqadorliklarni alohida-alohida tahlil etadigan bo‘lsak, ular
ham o‘z navbatida o‘zaro ta’sir vositasida navbatdagi bog‘lanish va aloqadorliklarni
keltirib chiqaradi. Chunonchi, davlat boshqaruvi benihoya ko‘p omillar bilan
bog‘liq, uning zamirida murakkab falsafa, son-sanoqsiz jarayonlar mavjud. Ularning
birini anglab yetsangiz, undan ikkinchi bir haqiqat kelib chiqadi. Shuning uchun
hodisalar mohiyatini bilish, barcha aloqador jihatlarni, vositalarni bir butun holda
tekshirish talab qilinadi. Shundagina xatolardan saqlangan holda hodisalar rivoji
ta’minlanadi. Shu bilan birga, ularni aniqlashda turli uslublardan ham foydala-
niladi.
Ta’kidlash lozimki, Amir Temur bobomiz a’lo darajadagi falsafiy tafakkur
uslubiga ega bo‘lgani sababli, boshlagan ishlarining barchasini poyoniga yetkazib,
yutuqlarga erishgan. Zero, bog‘lanish va aloqadorlikning o‘zi ham falsafiy
deterministik (bog‘lanish, aloqa, o‘zaro ta’sir) xususiyatlariga egadir. Amir Temur
o‘z faoliyatida tamoyillardan foydalanib ish yuritdi. Tamoyillardan birinchisini
sababiy bog‘lanishlar nuqtai nazaridan teranroq tahlil qiladigan bo‘lsak, ya’ni
Tangri taoloning dini va Muhammad payg‘ambarning shariatiga qat’iy amal qilib
yashashiga asosiy sabab, avvalo, o‘sha davrdagi ijtimoiy siyosiy muhit hisobga
olingan edi. Amir Temur yashagan davrda islom dini Turon zaminida xalqning ongi
Ilmiybaza.uz
va tafakkuridagi real kuch sifatida e’tirof etilar edi. Bu mukammal ilohiy ta’limot
xalq qalbiga singib ketgandi. Tabiiyki, Amir Temur hazratlari ham islom dini
aqidalariga qat’iy amal qilib, mamlakatga hukmronlik faoliyatida islomiy g‘oyalarni
bosh shior qilib oldi. Madrasa va masjidlar qurdirdi. Din peshvolarini hurmatladi.
Natijada mudom g‘alaba ul zotga yor bo‘ldi. Islom dinini targ‘ib qilish natijasida
Sohibqiron tarafdorlari ortdi, davlatining kuch-qudrati oshdi.
Amir Temur tuzuklari bevosita Temuriy tajribasining mantiqiy natijasi bo‘lib,
ul zot umrining poyonida bitilgan asardir. Amir Temur o‘zining davlat boshqaruviga
xos ustun jihatlarini e’tirof etgan holda bu boshqaruv an’ana sifatida davom
ettirilishini orzu qilib,
«...Toki mendan ularga yetadigan davlat va saltanat zararu tanazzuldan omon
bo‘lgay», deya umidvor vasiyat etgan edi. Haqiqatan ham, Amir Temurning
avlodlari turli davrlarda, turli mamlakatlarda bu vasiyatdan to‘g‘ri xulosa
chiqaradilar va shu bois Temuriylar sulolasi uzoq asrlar mamlakatni boshqarib
keldilar.
Amir Temurning asaridan sezilib turadiki, o‘zi tanlagan va tayinlagan
kishilarning axloqiy xislatlariga ko‘proq diqqatni tortgan. Jumladan Sohibqiron
fikricha, vazirlar 4 sifatga ega bo‘lishi kerak:
Asillik, toza nasllik va ulug‘vorlik.
Ko‘pni ko‘ra oladigan, tez xulosa qiladigan, aqlu-farosatlilik.
Insonparvar, xalq ahvolini, sipohlarni biladigan va g‘am- xo‘rlik ko‘rsata
oladigan.
Chidamli, sabr-toqatli, xushmuomalali, muloyim.
Ko‘rib turibmizki, bu axloqiy xislatlar Amir Temur tomonidan yuqori
baholangan va ularga amal qilingan.
Turli manba va fikrlarni tahlil qilgan kishi buni darrov fahmlab yetadiki, Amir
Temur falsafasi faqat inson falsafasidir. Chunki insonning yurish turishi, faoliyati,
barcha ishlari Sohibqironning doimiy diqqat markazida turgan.
Sohibqiron o‘z davrida ilm-fan arboblari, din peshvolari va donishmandlarga
hamisha xayrixoh bo‘lgan. Manbalardan ma’lumki, Amir Temur buyuk sarkarda
bo‘lishi bilan birga, u ilm-fan va yuksak falsafaning shakllanishida buyuk homiy
edi. Zero, ilm va fanni e’zozlagan Amirning o‘zi ham shubhasiz ilm fandan jiddiy
xabari bo‘lgan. Demak, Sohibqiron keng ma’lumotli bo‘lib, har bir sohani nazariy
va amaliy jihatlarini tahlil qila olgan. Qur’on, Hadis, qonun, geografiya va tarix,
falsafa ilmlarini o‘zida mujassam- lashtirgan. «Musulmonlarga diniy masalalardan,
shariat aqidalari va islom dini ilmlaridan-tafsir, hadis, fiqhdan dars bersinlar, deb...
har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qildim»2 – deya ta’kidlaydi Amir
Temur. Demak, Amirning majlis va kengashlari doimo fuzalolarsiz o‘tmagan.
Manbalar yana shuni ko‘rsatadiki, sohibqiron davrida yuqorida tilga olingan ilm-fan
sohalari jiddiy rivojlandi. Bu rivojlanish podshoning marhamatisiz bo‘lmas edi,
albatta. Buni hatto, Amir Temur faoliyatiga tanqidiy qaragan ibn Arabshoh ham tan
olgan. U shunday deb yozadi: «Xullasi kalom, Temur har bir (foydali) jonni atrofiga
yig‘ib, nimaiki bo‘lsa, sarasini Samarqandga keltirdi. Natijada, Samarqandda har bir
2 Temur tuzuklari. T.: 1996 yil, 73-bet.
Ilmiybaza.uz
ajib fan ahli namoyon- dasidan va san’atlar g‘aroyib uslubidan fazilati peshonasida
nishona bo‘lib, o‘z tengqurlaridan ustun turgan, o‘z sohasida alloma kishilar
yig‘ilgan edi»3.
Tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiyning guvohlik berishicha, Amir Temur biron
shahar yoki mamlakatda bo‘lganida, albatta, bironta bino qurib qoldirgan. Rus
tarixchisi A.Yu.Yakubovskiyning fikricha, mashhur podshoh Mahmud G‘aznaviy
butun dunyoni talab, katta boylik yiqqan bo‘lsa, Temur topganini el-yurt
obodonchiligiga sarflagan, ilm maskanlarini qurdirgan. Buni Amir Temurning o‘zi
shunday ta’kidlaydi: «Har bir shahar, har bir qishloqda masjid, madrasa va
xonaqohlar bino qilsinlar. Faqiru miskinlarga langarxona solsinlar, kasallar uchun
shifoxona qurdirsinlar va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlasinlar».4 Shu kabi
sohalarda Amir Temur bir necha bor to‘xtalgan va ularni sodda qilib tushuntirgan.
Jumladan, Amir Temur yosh avlodlarga nasihat qilib aytadiki, bilimli kishilar
o‘tirgan o‘rni bilan ham podshohga yaqin bo‘lishi darkor.
Amir Temur saroyida o‘sha vaqtda ko‘plab ilm-ma’rifat allomalari yashagan
va ijod qilgan. Mavlono Abdujabbor Xorazmiy, Mavlono Shamsuddin Munshi,
Mavlono Abdullo Lison, Mavlono Badriddin Ahmad, Mavlono No’moniddin
Xorazmiy, Xoja Afzal, Mavlono Alouddin Koshiy, Jalol Hokiylar shular
jumlasidandir.
Amir Temur o‘z davrining barcha ilmlariga e’tibor berganligini fransuz olimi
Lyangle shunday ta’riflaydi: «Temur olimlarga seriltifot edi. Bilimdonligi bilan bir
qatorda sofdilligini ko‘rgan kishilarga ishonch bildirardi. U tarixchilar, faylasuflar,
shuningdek, ilm-fan, idora va boshqa ishlarda iste’dodli bo‘lgan barcha kishilar
bilan suhbatlashish uchun ko‘pincha taxtdan tushib, ularning yoniga kelardi. Chunki
Temur bu sohalarga g‘amxo‘rlik qilishga asosiy e’tiborni berardi5». Yoki Ibn
Arabshoh yozganidek: «Temur olimlarga mehribon, sayyidu shariflarni o‘ziga yaqin
tutar edi. Ulamoyu fuzaloga to‘la izzat-hurmat ko‘rsatib, ularni har qanday odamdan
tamom muqaddas ko‘rardi. Ularning har birini o‘z martabasiga qo‘yib, izzatu-
ikromini unga izhor qilar edi»6. Ammo ko‘rsatilgan mehr-muhabbat va oqibatga
olimu fuzalolar tomonidan himmat ko‘rsatilmaganda, Amir Temur ularni to‘g‘ri
yo‘lga boshqarishga intilardi, jumladan: «Ilm va dinning mashhur kishilari o‘z
maslahatlari bilan podshohlarga yordam berib kelganlar. Sizlar esa menga nisbatan
bunday qilmayapsizlar. Mening maqsadim- mamlakatda adolat o‘rnatish, tartib va
tinchlikni mustahkamlash, fuqaroning turmushini yaxshilash, yurtimizda qurilishni
kuchaytirish, davlatimizni rivojlantirishdir. Sizlar bu ishlarni amalga oshirishda
menga o‘z maslahatlaringiz bilan ko‘maklashishingiz kerak. Mamlakatning ahvoli,
devonning suiste’mol qilinganligi va qilinmayotganligi, oddiy odamlarning
joylardagi hokimlar tomonidan ezilayotgani mendan ko‘ra sizlarga ayondir. Shular
haqida ma’lumot beringiz, bu kabi adolatsiz ishlarni bartaraf etuvchi hamda shariat
3 B. Ahmedov. Amir Temurni yod etib. T.: «О‘zbekiston». 1996. 115-bet
4 Temur tuzuklari. T.: 1996. 125-bet.
5 Buyuk siymolar, allomalar. T.: 1996. 15-bet.
6 Amir Temur о‘gitlari. T.: 1992. 39-41 betlar.