FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: SHARQ VA G‘ARB FALSAFASI
Yuklangan vaqt
2024-04-07
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
16
Faytl hajmi
54,1 KB
FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: SHARQ VA
G‘ARB FALSAFASI
REJA:
1. Qadimgi Hindiston falsafiy maktablari. Konfutsiy va Lao Tszi ta’limoti.
2. Markaziy Osiyoda “Avesto” ta’limotidagi falsafiy fikrlar.
3. Ilk О`rta asr Sharq falsafasi va uyg’onish davri.
4. Qadimgi Yunon-Rim falsafiy maktabi.
5. Ilk О`rta asr G’arb falsafasi rivojlanishining umumiy belgilari.
6. Yangi va eng yangi davr falsafasining ustuvor yо`nalishlari.
Mavzuning tayanch iboralari: Tavrot, Vedalar, Tsi, Yan-In, ibtidoiy ong,
mifologiya, sehrgarlik, falsafiy ta’limot, falsafiy maktab, falsafiy oqim, falsafiy
yо`nalish; vedalar, upanishad, braxman, prakrit, atman, chorvak,buddizm, lokayata;
dao, jen, syao, konfutsiylik ''jen''; zardо`shtiylik, ezgu fikr, ezgu sо`z, ezgu ish.
1. Qadimgi Hindiston falsafiy maktablari. Konfutsiy va Lao Tszi ta’limoti.
Falsafaning vujudga kelishi haqiqiy ma’noda eradan oldingi VI asrga tо`g’ri
keladi. Mana shu davrda qadimgi SHarq mamlakatlari, eng avvalo Hindiston va Xitoy
va qadimgi YUnonistonda mifologik tushunchalardan falsafiy fikrlashga о`tish
jarayoni yuz beradi.
Qadimgi hind falsafasi aniq ifodalangan diniy xarakterga ega
bо`lgan.
Hindistonda falsafiy tafakkur shakllanishining ibtidosi braxmanlar (qohinlar)
ta’limoti bilan uzviy bog’langan. Braxmanizm о`z aqidalarida vedalarga asoslangan.
“Veda”lar e.o. II-I asrlarda yuzaga kelgan bо`lib, qadimgi hind maobudalariga,
xudolarga bag’ishlangan gimnlar majmuidan iborat (sankrit - ''bilim'').
Vedalardan joy olgan matnlarning barchasi muqaddas kitoblar sanalgan, ularni
braxmanlar (e.o. birinchi ming yillik о`rtalari) talqin va targ’ib etganlar. Eradan oldingi
ikkinchi ming yillikdan to VI asrgacha bо`lgan muddat veda adabiyotlari davri deb
ataladi. Eng qadimgi vedalarni tо`rt tО`plam (sanxit) tashkil etgan: 1. Regvida -
gimnlar tо`plami; 2. YAdjurveda - fidoyilik hikmatlari; 3. Samaveda - fidoyilik
qо`shiqlari; 4. Atxarvaveda - iltijo qо`shiqlari.
«Veda» larning xulosa qismini Upanishadalar (ustoz oldida tiz chо`kib о`tirish
degan ma’noni bildiradi) tashkil etgan. Ular falsafa uchun birinchi ahamiyatli bо`lgan
matnlardan tashkil topgan.
Upanishadalarda barcha narsalarning birligiga, kosmologik mavzularga,
hodisalarning sabab-oqibatli bog’lanishlariga bag’ishlangan g’oyalar keng о`rin olgan:
“Quyosh kechasi qaerda bо`ladi?”, “Yulduzlar kunduz kuni qaerga yо`qoladi?”, “Biz
kimmiz?”, “Biz qaerdan kelib qoldik?”, “Biz qaerga borayapmiz?”.
Upanishadalarda borliqning birinchi asosi sifatida braxman, ya’ni umumiy,
shaxssiz ''olamiy jon'', ibtido tilga olinadi, olamning boshqa barcha narsalari ana
shundan kelib chiqqan, deb tushuntiriladi.
Upanishada falsafasining asosiy belgilari quyidagicha:
Birinchidan, tabiat hodisalari va insonning paydo bО`lishi, braxman (ma’naviy
ibtido, u kО`proq xudo) bilan atman - (ruh, alohida jon) О`rtasidagi munosabat asosida
tushuntiriladi. Braxman va atman butun hind falsafasining markaziy muammosi,
markaziy tushunchasiga aylanadi.
Ikkinchidan, ma’naviy mohiyat insonda va tabiatda aynandir.
Uchinchidan, bilimlar ikki turga bО`linadi: sodda bilimlar va oliy bilimlar.
Sodda bilimlar kО`proq va asosan kundalik amaliy hayot bilan bog’liq bО`ladi, oliy
bilimlar ma’naviy mutloqlik haqidagi bilim bО`lib, borliqni yaxlit holda idrok etishni
bildiradi.
Hind falsafasi taraqqiyotdagi epik davr deb ataladigan bosqich eradan oldingi VI
asrdan boshlanadi. Bu vaqtda hind jamiyatida muhim О`zgarishlar yuz beradi:
dehqonchilik va hunarmandchilik rivojlanadi; ijtimoiy tarmoqlanish kengaya boradi;
qabilaviy hokimiyatchilikka asoslangan siyosiy boshqaruv О`z ta’sirini yО`qotadi;
monarxiya hukmronligi kuchayadi. SHu bilan birga hind jamiyati dunyoqarashida
muayyan О`zgarishlar yuz beradi. Xususan, vedalarga asoslangan braxmanizmni
tanqid qilish tendentsiyasi kuchayadi. Bu davr falsafiy tafakkurining asosiy manbai
О`n sakkizta kitobdan iborat bО`lgan “Maxabxarata” poemasi hisoblanadi. SHu asar
janr xususiyatlaridan kelib chiqib, bu davr epik davr deb atalgan.
“Maxabxarata”da ancha rivojlangan falsafiy kontseptsiyalar, dunyoqarash
muammolari talqin etiladi. Ular orasida sankhpya, u bilan bog’liq yoga haqidagi
qarashlar, prakrit (materiya, tabiat) tО`g’risidagi fikrlarga keng О`rin berilgan. Prakrit
borliqdagi barcha narsalarning manbai bО`lib, ruhiy holat, ong shunga bog’liq holda
talqin
etiladi. Prakritdan tashqarida unga bog’liq bО`lmagan holda sof ruh - purusha (u
Brahman deb ham, atman deb ham nomlanadi) mavjud. SHunday qilib dunyoqarash
dualistik tarzda, ikki ibtidoga asoslangan tarzda bayon etiladi.
Vedalarga qarshi yangicha qarashlarning kО`plab tarafdorlari ichida charvak,
jaynizm, buddizm oqimlarini alohida kО`rsatib О`tish lozim. Ular hind falsafasida
noordodoksal oqimlar hisoblanadi. (Ortodoksiya - yunoncha: ma’lum sohada qatoiy
qabul qilingan printsip va talablarni sО`zsiz bajarish degan ma’noni bildiradi).
CHarvak - qadimgi va О`rta asr hind falsafasida materialistik yО`nalishdagi
oqim. Uning keyingi kО`rinishi lokayata hisoblanadi.
CHarvak bО`yicha borliqning birlamchi asosini tО`rt element - er, suv, havo, olov
tashkil etadi. Hayot ham, ong ham mana shu birlamchi moddiy elementlarning
birikuvidan kelib chiqqan. Materiya ham fikrlashi mumkin. О`lim hamma narsaning
tugashi, intihosidir.
CHarvakning axloqiy kontseptsiyasi asosida cheksiz rohatlanish - gedonizm
(grekcha - zavqlanish) turadi. SHaxsning azoblanishi va rohatlanishi real hayotiy
hodisadir, bu maktab insoniyat mavjudligi va yashab turishining maqsadi boylik
tО`plash va rohatlanishdan iborat, deydi. “Bugungi hayotda eyish kerak, ichish kerak
va rohatlanish kerak, holbuki, biz hammamiz О`limga mahkum etilganmiz.
Hozirgacha yashayapmiz, nafas olayapmizmi, rohat qilib yashash kerak, zero, hech
kim О`limning qО`lidan qutula olmaydi”. Barcha axloqiy meyorlar E’tibor qilishga
arzimaydigan insoniy shartlar, xolos. Hozirgi zamon hind falsafasining yirik
namoyandasi S.Radxakrishnan yozganidek, “charvak falsafasi О`ziga zamondosh
bО`lgan avlodni ular ustidan ta’sir etib turgan yukdan ozod qilishga yО`naltirilgan
fanatik intilish ifodasidir” (Radxakrishnan S. Indiyskaya filosofiya. V 2x tt., T.I., SPb,
Stiks, 1994, S.244).
Jaynizm maktabining asoschisi Maxavira Vardxamana (e.o. VI asr) hisoblanadi.
U ayni vaqtda Jin - G’olib degan taxallus olgan. Bu yО`nalish shaxsning borlig’i
masalasiga katta E’tibor beradi. Jaynizm nuqtai nazaridan shaxsning mohiyati dualistik
- ma’naviy (jiva) va moddiy (adjiva) ma’noga ega.
Buddizm ham jaynizm singari eradan oldingi VI asrda yuzaga kelgan. Uning
asoschisi shahzoda Siddhartha Gautamadir, keyinchalik Budda (uyg’ongan, maorifatli
degani) nomini olgan, uzoq muddat davomida zohidlik О`tagan va askez tufayli
uyg’onib, cheklashlarni inkor etadigan hayotni tО`g’ri tushunish yО`liga О`tadi.
Bu ta’limotning negizida 4 ta oliyjanob haqiqat turadi: insonning tavalludidan to
vafotigacha hayoti azob-uqubat bilan bog’langandir; azob-uqubatning sababi bu -
hayotga intilish, tashnalikdir; azob-uqubatdan qutulish, uning sabablarini yО`qotish
mumkin, buning uchun mazkur tashnalikdan xalos bО`lish kerak; azob-uqubatdan
qutulishga olib boradigan yО`l bu - hayotni faqat hissiy zavqlanish tarzida ham, tarki
dunyochilik va О`z-О`zini azoblash tarzida ham inkor etishdir.
Azob-uqubatdan qutulish shaxs mavjudligi va borlig’ining pirovard maqsadi,
ya’ni istaklarni yО`q qilishdan iboratdir. Buddizmning bu printsipi uning axloqiy
sohadagi kontseptsiyasi - chidamlilik va nisbiylik bilan bog’langandir.
Qadimgi hind falsafiy maktablariga xos umumiy belgilarni quyidagicha
kО`rsatish mumkin: tevarak olam va shaxs О`zaro bog’langandir; falsafa insonning
ichki,
ruhiy,
botiniy
dunyosiga
yО`naltirilishi
lozim;
hayotiy
tamoyillar
tarkidunyochilik (askez), О`z-О`zini tahlil etish, О`z-О`zini botinan chuqurlashtirish,
faoliyatsizlikdan iborat; falsafa abstrakt xarakterga ega bО`lib, birinchi sabab
muammosini hal qiladi. (U inson ruhiga egalik qiladi); hayot va О`lim mangu aylanib
О`zaro almashinib turadi; har bir insonning yaxshi va yomon ishlari yig’indisi karma
tushunchasi orqali beriladi.
Xitoy falsafasi SHan (e.o. 18-12 asrlar) va CHjou (e.o. XI-III asrlar) dinastiyalari
davrida shakllangan. Uning manbalarini mifologik dunyoqarashlar tashkil etgan. SHan
dinastiyasi davrida butun olamni yaratuvchi oliy ibtido - ilohiy shandi (Oliy imperator),
CHjou davrida esa “Osmonning irodasi” bО`lgan.
SHan dinastiyasi davridayoq zulmat va yorug’lik tО`g’risidagi tasavvurlar tarkib
topadi, ularda zulmat va yorug’lik predmetlarga xos ichki xususiyat deb qaraladi, ular
О`rtasidagi О`zaro qarama-qarshilik narsa-hodisalardagi rivojlanish va О`zgarishlarni
ta’minlaydi, degan fikr yuzaga keladi. Quyoshli kun - yorug’lik, bulutli kun -
qorong’ulik, zulmat deb hisoblanadi. Davrlar О`tishi bilan yorug’lik bilan zulmat
О`zining konkretlilik xususiyatini yО`qota borib, abstrakt ma’no kasb eta boshlaydi.
YOrug’lik va qorong’ulik, zulmat haqidagi tasavvurlar “I tszin” (“О`zgarishlar
kitobi”)da yanada rivojlantiriladi. Bu kitob О`zgarishlarni yorug’lik va zulmat bilan
bog’lab tavsif etadi. Voqealarga baxtli va baxtsiz deb baho beradi. “О`zgarishlar
kitobi” mistik ruhda bО`lib, keyinchalik keng qО`llaniladigan falsafiy tushunchalarni
ishlab chiqadi.
Bu kitob olamni mifologik aks ettirishdan boshlab to falsafiy anglashgacha bО`lgan
jarayonlarni aks ettiradi. Unda qadimgi Xitoy miflaridagi boshlang’ich ibtido (ruh)lar
- In va YAn tushunchalariga keng О`rin beriladi.
YAn - bu erkaklik, yorug’lik va faollik asosi (ruhi), u osmonni boshqaradi. Ino
- ayollik, qorong’ulik va zaif asos, u erni boshqaradi. In va YAn bir-biridan ajralgan
holda emas, balki О`zaro aloqadorlikda, О`z kuchlarini birlashtirgan holda harakat
qiladi. YAn va Inning О`zaro О`rin almashinishi ''YО`l''(dao) bО`lib, butun narsalar
shu orqali О`tadi. Dao - harakatdagi narsa-hodisalar yО`li, ayni vaqtda olam yО`lidir.
Insonning eng asosiy va ezgu vazifalaridan biri - olamda О`z О`rnini tushuna olishi,
“О`z kuchini Osmon va Er bilan qО`sha olishidadir”.
Xitoy falsafiy fikri keyinchalik besh unsur (birinchi ibtido) haqidagi ta’limotda
yanada rivoj topadi. Bu ta’limot eradan oldingi birinchi ming yillikning boshida
yozilgan “Tarix kitobi” (“SHu tszinp”)da bayon etilgan. Bu ta’limotga kО`ra, butun
moddiy olam 5 unsur (suv, olov, metall, yog’och, tuproq) birlamchi ibtidodan tashkil
topgan.
Olamni materialistik tushuntirishni nazarda tutadigan bu ta’limot keyinchalik
ham rivoj topadi. Xususan, e.o. III asrda yashagan TSzou YAn fikricha, besh unsur -
boshlang’ich ibtidolar О`rtasidagi aloqa dialektik yО`nalishga ega bО`lib, yog’och -
olovni, olov - er (kul)ni, er - metallni, metall - suvni (metall- predmetlarda
tО`planadigan namlik kО`zda tutiladi), suv - yog’ochni hosil qiladi. SHunday qilib
hayot О`zaro bog’langan zanjirdan iborat. Bunday doira nafaqat hayotga, balki
О`limga nisbatan ham shunday: yog’och - erni, er - suvni, suv - olovni, olov - metallni,
metall - yog’ochni engadi. Elementlarning bunday О`zaro almashishiga muvofiq holda
jamiyatda ham dinastiyalar ham О`rin almashadi. Har bir dinastiya yuqoridagi
elementlarning biron-bir belgisi ostida hukmronlik qiladi.
Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, e.o.VIII-V asrlarda CHuntsyu, e.o. V-III
asrlarda hukmronlik qilgan CHjango davrlarida Xitoyda yirik ijtimoiy О`zgarishlar yuz
beradi, “barcha maktablar raqobati” nomini olgan muhit yuzaga keladi. Bu davrda
quyidagi maktablar tarkib topadi: Konfutsiylik maktabi; Maoizm maktabi;
Daosistlar maktabi; Legizm maktabi; Nominalistlar maktabi; Naturfaylasuflar
maktabi.
“Konfutsiylik”. Uning asoschisi e.o.551-479 yillarda yashab ijod etgan
Konfutsiydir. Adabiyotlarda kО`pincha uni Kun-tszi deb atashadi, bu - О`qituvchi Kun
degan ma’noni bildiradi. Bunday deyilishi bejiz emas, chunki hali 20 yoshga etmayoq
Kun Xitoyda mashhur О`qituvchi-ustoz nomiga ega bО`ladi. Uning ta’limotining bosh
manbai - “Luno yuy” (“Suhbatlar va hukmlar”) kitobidir. Mazkur kitobda ustozning
О`z О`quvchilari bilan qilgan suhbatlari О`rin olgan.
Konfutsiy ''Osmon'' kategoriyasini tabiat bilan emas, balki eng avvalo inson
bilan bog’liq holda qarab chiqadi. Inson, uning aqliy va axloqiy kamoli va xulqi
Konfutsiy falsafasining negizini tashkil etadi. Konfutsiy О`zining asosiy E’tiborini
ideal insonni tarbiyalash (ideal inson - tszyun-tszi) masalasiga qaratadi: inson О`z
atrofidagi kishilarga va jamiyatga hurmat ruhida tarbiya topgan bО`lmog’i kerak, inson
jamiyatning funktsional elementi bО`lishi, shunga kО`ra, u jamiyatga bО`ysunishi
lozim.
Xulq-atvor va tarbiyaning barcha ijtimoiy va axloqiy meyorlari Konfutsiy
ta’limotida diniy tartib-qoida tusini oladi. Konfutsiy tartib-qoidada donishmandlik va
falsafaning yangi tipini kО`radi. Donishmandlikning mohiyati tartib-qoidaga rioya
qilish, falsafaning mohiyati esa uni tО`g’ri talqin qilish va tushunishdan iboratdir.
Inson uchun diniy tartib-qoidaning ahamiyatini ta’kidlar ekan, Konfutsiy
jamiyatdagi noittifoqlik, nifoqlik kabi noxush hodisalarni diniy his-tuyg’ularning
g’arib holga kelib qolishi va tartib-qoida - ritualga bО`ysunmaslik oqibati deb
tushuntiradi. Barcha kishilarni birlashtiruvchi umumiy asos va ularning Kosmos bilan
mustahkam birligi Osmon (yО`l)ga hurmat-ehtirom, ilohiy yakdillik tuyg’usi tufayli
amal qiladi. Erdagi bu ilohiy kuchni Konfutsiy avvalambor an’anaviy xarakterga ega
bО`lgan tartib-qoidada kО`radi.
Oliyjanob arboblarni, chinakam er kishilarni tarbiyalash maktabining asoschisi
bО`lgan Konfutsiy amaliy tarbiyalash borasida О`ziga xos falsafiy tamoyillarni ishlab
chiqadi. Bu - kishilarni Osmon (xudo) bilan birlashtirishdan iboratdir. Ideal insonni,
oliyjanob arbobni tarbiyalashning mohiyatini tushunish uchun Konfutsiy О`z
falsafasida “jen” kategoriyasini keng qО`llaydi.
Konfutsiy talqinida “jen” tushunchasi turlicha ma’noni ifodalaydi: yaxshi
fazilat, oliyjanoblik, insonni sevish, rahm-shafqat va h.k. “Jen” mohiyatini insoniylik
tashkil etadi. Insoniylik - bu insonga qО`yiladigan talab. Konfutsiy “jen”
kategoriyasini konkretlashtiradi: “О`zingga ravo kО`rmagan narsani birovga ham ravo
kО`rmagin”, “О`zing erishmoqchi bО`lgan narsada boshqalarga ham kО`mak ber” va
h.k.
“Jen”ning asosi “syao”dir. Syao ota-onaga, О`zidan yoshi ulug’larga,
farzandlarga hurmat-ehtiromdir. Syao - mamlakatni bir oila sifatida boshqarishning
samarali usuli hamdir. SHu sababli hukmdor bilan aholining munosabatlari ota bilan
О`g’il, aka bilan uka О`rtasidagi munosabatlarga О`xshagan tarzda tashkil etilmog’i
lozim.
Ideal insonni tarbiyalashda nomlar (chjen-min)ni tО`g’ri qayd etish muhimdir.
Hamma buyumlar ularning nomi bilan moslashtirilishi va muvofiqlashtirilishi lozim.
SHu sababli “hukumatning faoliyati” nomlarni tО`g’ri qayd etish bilan boshlanmog’i,
chunonchi, oliyjanob arbob “sО`z va ishni tО`g’ri fahm etishi, vaoda berilgach, shunga
muvofiq harakat qilishi kerak”. Bordi-yu “nomlar tО`g’ri bО`lsa-yu, biroq nutq
ziddiyatli kechsa, unday taqdirda muvaffaqiyat qozonib bО`lmaydi”. Konfutsiy sО`z
bilan ishni bir-biridan ajratmaydi, ularni birgalikda idrok etadi. Uning quyidagi
hikmatli sО`zlariga E’tibor bering: “kishilar sО`zini eshitib, ularning qilayotgan ishiga
qarayman”.
Maoizm. Bu maktab e.o. 475-395 yillarda yashagan Mo-tszi (Mo Di) nomi bilan
ataladi, eradan avvalgi V-III asrlarda keng tarqaladi. Bu maktab qatoiy
harbiylashtirilgan tashkilotga О`xshab ketadi: uning aozolari boshliqlarning
buyruqlarini sО`zsiz bajarishlari zarur bО`lgan.
“Ustoz Maoning traktatlari” (“Mo-tszi”)da uning asosiy falsafiy tamoyillari
tО`la aks etadi. Bular: “Donishmandlikning qadriga etish”, “Birlikni qadrlash”,
“Umumiy muhabbat”, “Harajatlarda iqtisod qilish haqida”, “Musiqa va О`yin-kulguni
inkor qilish”, “Osmon irodasini inkor etish” va boshqalar.
Daosizm. (Xitoycha dao tszya - dao maktabi). Konfutsiylik bilan bir qatorda e.o.
birinchi ming yillikning II yarmida vujudga keladi. Uning asoschilari - Lao tszi va
CHjuan-tszi hisoblanadi.
Bu falsafiy ta’limotning markazida dao (aynan - yО`l degani) kategoriyasi turadi.
Dao bu tabiat, jamiyat, inson xulqi va tafakkurining kО`zga kО`rinmaydigan eng
umumiy tabiiy qonunidir. Dao moddiy olamdan tashqarida alohida yashamaydi,
binobarin, u olamni boshqaradi.
Dao ta’limotida sodda dialektik fikrning elementlari kО`zga tashlanadi: dao -
bО`shliq va ayni vaqtda bitmas-tugamas narsa; u harakatsiz, ayni vaqtda hamma
narsani amalga oshiradi; u sukunatda va ayni vaqtda harakatda bО`ladi; u О`z-О`ziga
asos, biroq unda na ibtido va intiho mavjud. Daoni bilish ayni vaqtda umumiylikni,
tabiat va uning tuzilishini bilish bilan tengdir.
Daosizmda osmon ham boshqalar qatori dao irodasiga bО`ysunadi: “inson erga,
er-osmonga, osmon daoga, dao - О`z-О`ziga bog’liq bО`ladi”.
KО`rinadiki,
qadimgi
Xitoy
falsafasi
kО`proq
kundalik
turmush
donishmandligini hal etishga qaratiladi, narsa-hodisalarning tabiiy holatini belgilashga
intiladi.
Markaziy Osiyo jahon tsivilizatsiyasining eng qadimgi О`choqlaridan biridir.
Eradan oldin birinchi ming yillikda hozirgi Markaziy Osiyo xududlarida yunon
tarixchilari skiflar, eron manbalarida saklar deb ataluvchi xalqlar yashagan. Kaspiy
orti vodiylarini massagetlar egallagan. Markaziy Osiyoning ana shu xududlarida
tsivilizatsiyaning ilk markazlari vujudga kelgan.
Eradan avvalgi VI asr oxiri va V asr boshlarida saklar fors davlati tarkibiga
kirgan, eradan avvalgi IV asrda esa Markaziy Osiyoni Aleksandr Makedonskiy zabt
etadi. YUnon istilosiga qaramasdan Markaziy Osiyo xalqlari О`zining madaniyatini
saqlab qoladi.
Bu davrda xО`jalik yuritish, madaniyat va sanoatning rang-barang shakllari rivoj
topadi. Markaziy Osiyoga aramey alfaviti kirib keladi, uning asosida xorazmiy va
sО`g’d yozuvlari tarkib topadi. Markaziy Osiyo xalqlari og’zaki ijodiyoti va
adabiyotining boshlanishi ham xuddi shu davrga tО`g’ri keladi. SHaharlar paydo
bО`ladi, hunarmandchilik taraqqiy etadi, temir asbob-uskunalardan foydalanish yaxshi
yО`lga qО`yiladi. “Buyuk ipak yО`li”ning shu erdan О`tishi tufayli aholi Hindiston,
Xitoy, Misr, Mesopatamiya, hatto YUnoniston va Rum kabi mamlakatlar bilan aloqalar
О`rnatadi.
Qadimgi Turon zaminda VIII asrgacha bО`lgan falsafiy, ijtimoiy axloqiy
qarashlarning umumbashariy ahamiyatga molik bО`lganligi bizga qadar etib kelgan
tarixiy yodgorliklardan ma’lumdir. Turk mifologiyasi, Orxun-Enasoy yozuvlari,
Kultagin yodgorligi, Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”,
Narshaxiyning “Buxoro tarixi” kabi manbalar О`sha davr ijtimoiy-falsafiy qarashlari
tО`g’risida muayyan tasavvur hosil qiladi. Tarixiy manbalarda yozilishicha, qadimgi
Hindistonda va Xitoyda keng tarqalgan, biz yuqorida aytib О`tgan 4-5 elementning
substantsiyaviyligi haqidagi g’oyalar Markaziy Osiyo xalqlari falsafiy fikrlariga
О`ziga xos ta’sir etgan. О`sha zamonning donishmandlari borliq va undagi barcha
narsa-hodisalarni suv, havo, tuproq va olovdan tashkil topgan deb О`ylaganlar, bu
tasavvurlar keyinchalik ilohiylashtirilgan. SHu ma’noda havoni bulg’ash eng katta
gunoh hisoblangan. Olov mehr-muhabbat ramzi bО`lgan. Saklarning epik ertaklarida
vatanparvarlik, sadoqat va jasurlik g’oyalari kuylangan. О`z qabilasi mustaqilligi
uchun kurashning yorqin namunalari SHiroq, TО`maris haqidagi afsonalarda aks
etgan. Sak eposining ayrim belgilari О`zbek, qoraqalpoq, turkman va tojik xalqlari
og’zaki ijodiyoti namunalarida saqlanib qolgan.
Milliy qadriyatlarimizning kО`p qirralarini О`zida mujassamlashtirgan eng muhim
yozma yodgorliklardan biri «Avesto»dir. ZardО`shtiylik dinining muqaddas kitobi
bО`lmish «Avesto»ning ilk sahifalari bundan uch ming yil ilgari Xorazmda yaratilgan.
Eramizdan oldingi VII asrga kelib, uni Amudaryo sohilidagi tuya boquvchi qabilalar
orasidan etishib chiqqan ZardО`sht qayta ishlab chiqqan. ZardО`sht ''Avestо`'ning
qadimgi qismi bО`lgan «YAshtlar»dagi kО`pxudolik aqidalariga zid О`laroq, uning
«Gohlar» qismida yakkaxudolik g’oyalarini targ’ib etgan.
Qadimgi yunon donishmandi Pliniy taobiri bilan aytganda «bir million
qО`shiqdan iborat» bО`lgan ''Avestо`'da din nazariyasi, amaliyoti bilan bir qatorda
Movarounnahr va qadimgi Eron xalqlari tarixi, madaniyatiga oid qimmatli dalillar
mavjud.
«Avesto»da Markaziy Osiyo xalqlarining olam, kosmos nur sochuvchi sfera va
jannatdan iboratdir, degan tasavvurlari О`rin olgan: koinot Er, okean, osmon bilan
О`ralgan. Er etti qismdan iborat bО`lib, turlicha iqlim va yil fasllari bilan bog’langan.
Osmon tО`rt sferadan iborat: birinchisi erga eng yaqin - yulduzlar (Katta Ayiq, Vega,
Sirius, Kanopus). Ikkinchisi - Oy, uchinchisi - Quyosh sferasi, tО`rtinchisi - yorug’lik
maydoni yoki jannat sferasi. Oy sferasi olti fazaga bО`linadi, ularning har biri besh
kundan iborat. YUlduzlar, Oy va Quyosh xudo Axura Mazdaning tanasini О`zlarida
gavdalantiradi.
ZardО`shtiylik ta’limoti diniy shaklda berilgan, kimki ZardО`sht ta’limotiga
amal qilsa, u er, suv, yilqi uchun maydon, ayvonli uy, О`n besh yoshli kelinga muyassar
bО`ladi; kimki О`z uyida xotini bilan tinch-osoyishta yashasa, kО`p farzand kО`rsa,
oilasini mehnat qilib boqsa, u pokdomondir.
ZardО`shtiylikda axloqiy ta’limot uch asosga: “ezgu fikr” (gumata), “ezgu sО`z”
(gukta), “ezgu amal” (gvarishta)ga tayanadi. Ezgu fikr - xudo Axura Mazdaning
timsoli, yomon fikr esa yovuzlik timsoli Axrimanning belgisi. Ezgu fikr, ezgu sО`z,
ezgu amal - inson butun umri davomida amal qiladigan tamoyillar bО`lib, shu uch
xislatga ega bО`lgan halol mehnat sohibi inson oliy haqiqatga erishadi.
ZardО`shtiylikda huquqiy qarashlar ham О`z ifodasini topgan. Kishilarning
jamiyatdagi munsabatlarini tartibga solib turuvchi urf-odatlar va axloqiy qoidalar
Axura Mazda tarafidan ilohiy qonun darajasiga kО`tarilgan. Huquqiy sohalar jinoyat,
fuqarolik, oila, er-suv huquqi kabilarga ajratilgan. Suv jazosi О`ta shafqatsiz bО`lgan.
Jazolashda О`t, qizdirilgan temir, qamchidan keng foydalanilgan. Bosh hakam Axura
Mazdaning О`zi bО`lgan.
Eramizning II-III asrlarida Markaziy Osiyo va unga qО`shni hududlarda
iqtisodiy tanazzul va uning g’oyaviy ifodasi sifatida yangi mafkuraviy oqim bО`lgan
moniylik ta’limoti vujudga keladi. Bu ta’limotning asoschisi 216 yilda Bobilda
tug’ilgan, 25 yoshida Hindistonga borib О`z hamfikrlari jamoasini tuzgan va
keyinchalik Fors va Suzada yashagan Moniydir. U bir necha diniy-axloqiy risolalar
muallifi bО`lib, «moniylik yozuvi» nomi ostida yangi alifbo kashf etib, uni tavsiya
etgan. Uning orzusi kО`pchilikni savodxon qilish va hammaga maoqul tushadigan
umumiy yagona dinni yaratish edi. Moniy turmush tarzini О`zgartirish borasida ham
islohotchi bО`lib, gО`shtni isteomoldan chiqarib, О`rniga sabzavotlardan tayyorlangan
taomlarni kО`proq eyishni tavsiya etgan. U mayda hunarmandchilikni rivojlantirish
bilan birgalikda kamtarona, faqirlikda yashashni targ’ib qiladi. Moniy ta’limotini
targ’ib etish Eron, Markaziy Osiyo, Xitoy, Turkiston bО`ylab yoyilgan. Uning oshib
borayotgan obrО`sidan hadiksiragan zardО`shtiy kohinlar Moniyni falsafiy bahsga
chaqirganlar. Ammo bahs bilan chegaralanmay, uni zindonga solganlar va, nihoyat,
276 yili qatl etganlar.
Moniyning falsafiy-ilohiy ta’limotida ma’naviy qadriyatlarga katta О`rin
berilgan. Uning fikricha, ikki dunyo - «zulmat va ziyo dunyosi» mavjud bО`lib,