Фаол демократик янгиланишлар ва мамлакатни модернизация қилиш даври(2001-2010 йй)
Yuklangan vaqt
2024-03-31
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
28,8 KB
Фаол демократик янгиланишлар ва мамлакатни модернизация қилиш
даври(2001-2010 йй)
Режа:
1.
Мамлакатни жадал ислоҳ этиш ва модернизация қилиш – миллий
тараққиётимизнинг кейинги босқичи.
2.
Давлат
ва
жамият
қурилишининг
барча
жабҳаларини
янада
демократлаштириш ва эркинлаштириш.
3.
“Давлат
бошқарувини
янгилаш
ва
янада
демократлаштириш,
мамлакатни модернизация қилишда сиёсий партиялар ролини кучайтириш
тўғрисида”ги конституциявий қонуннинг қабул қилиниши.
Демократик давлат ва фуқаролик жамияти қурилиши жараёнида сиёсий
партиялар роли ва аҳамиятининг кучайиб бориши.
4.
Ўзбекистонда парламентаризм ривожи, икки палатали парламентнинг
шаклланиши. Қонунчилик палатаси ва Сенат.
5.“Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва
фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси”да давлат ҳокимияти ва
бошқарувини демократлаштириш.
1. Мамлакатни жадал ислоҳ этиш ва модернизация қилиш – миллий
тараққиётимизнинг кейинги босқичи.
2001-2010 йиллар республикада ислоҳотларнинг иккинчи босқичига
жадал ислоҳ этиш ва модернизация қилиш даврига қадам
қўйилди.
Milliy parlamentarizmning eng yangi tarixi umum e’tirof etilgan uchta asosiy
davrga bo‘linadi. Birinchi davr: 1991 – 1994 yillar, ikkinchi davr: 1995 – 2004 yillar
va uchinchi davr: 2005 yildan hozirgi paytgacha.
Birinchi davr: O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilingan paytda, 1990 yilning
18 fevralida saylangan qonun chiqaruvchi hakimiyat organi – Oliy Kengash faoliyat
ko‘rsatmoqda edi. O‘zbekiston demokratik islohotlarni bosqichma – bosqich amalga
oshirish yo‘lidan borib, birdaniga Oliy Kengashni tarqatib yubormadi. U 1990 –
1994 yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida faoliyat ko‘rsatdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi o‘z faoliyatini boshlagan paytda
sobiq Ittifoq tuzumining qonunlari amalda bo‘lgan. Mustaqil O‘zbekistonning
mustaqal taraqqiyoti dastlab ana shu qonunlar doirasida boshlandi. SHunday bo‘lsa-
da, Oliy Kengash O‘zbekistonning mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan yangi
qonunchilik tizimini vujudga keltirish yo‘lidan bordi va uni qadam – baqadam
shakllantira boshladi. 1990 – 1994 yillarda Oliy Kengash 200 ga yaqin qonun, 500
dan ziyod qaror qabul qildi, mamlakatimiz tarixida birinchi bor mamlakat
Prezidentini sayladi, Mustaqallik Deklaratsiyasini qabul qilib, yosh davlatimizning
suverenitetini
mustahkamlashga
qaratilgan
tarixiy
qonunlarni,
jumladan,
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyani qabul qalganligi ham yurtimiz tarixidagi
ulkan hodisa hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994 yil sentyabrda bo‘lib
o‘tgan XVI sessiyasi даги қарорга асосан 1994 yil 25 dekabr, 1995 йил 8 ва 25
январда Oliy Majlisga, viloyat, shahar va tuman кенгашларида сайловлар
ўтказилди. Уч bosqichda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlariga binoan 250 nafar
deputatdan iborat tarkibdagi parlament shakllantirildi. Saylov ko‘p partiyaviylik
asosida o‘tkazildi. SHu tariqa, mamlakatimizda ilk bor yangi parlamentga bo‘lgan
saylovlar muvaffaqiyatli yakunlandi. Oliy Majlisni demokratik yo‘l bilan
shakllantirishning mamlakatimiz tarixidagi ilk tajribasi bo‘ldi.
1995 yil 23 – 24 fevralда birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining I sessiyasi bўлди. Sessiyada I.A. Karimov «O‘zbekistonning siyosiy –
ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari» to‘g‘risida keng qamrovli
ma’ruza qildi: «Vakillik hokimiyatini vujudga keltirishning jahondagi eng
demokratik tizimlaridan biri tashkil etildi. O‘zbekiston Parlamenti — Oliy Majlis
ilk marta ko‘ppartiyaviylik asosida saylandi», — dedi Prezident Islom Karimov.
Ushbu sessiyada parlamentchilikning demokratak asoslarini yanada
rivojlantirishga e’tibor berilib, rahbariyat kengaytirilib rais va to‘rt kishidan iborat
rais o‘rinbosarlari saylandi. E.X. Xalilov Oliy Majlis raisi, B.I. Bugrov, B.A.
SHodieva, A.Q. Qosimovlar ham bir ovozdan rais o‘rinbosarlari qilib saylandilar.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84 – moddasiga muvofiq
Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakili – Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi
U. Ashirbekov ham yakdillik bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Raisi
o‘rinbosari qilib saylandi. Qonunlarni ishlab chiqishning asosiy yo‘nalishlarini
hisobga olgan holda Mandat Komissiyasi tuzildi. Оliy Majlisning quyidagi 12 ta
qo‘mitasi tashkil etildi:
Byudjet, bank va moliyaviy masalalar qo‘mitasi;
Iqtisodiy islohotlar va ishbilarmonlikni rivojlantirish qo‘mitasi;
Qonunchilik va sud–huquq masalalari qo‘mitasi;
Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi;
Fan, ta’lim, madaniyat va sport qo‘mitasi;
Sanoat, energetika, transport, aloqa va aholiga xizmat ko‘rsatish qo‘mitasi;
Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va oziq–ovqat qo‘mitasi;
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish qo‘mitasi;
Atrof–muhit va tabiatni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi;
Qurilish va uy–joy xo‘jaligi qo‘mitasi;
Matbuot va axborot qo‘mitasi;
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi.
Oliy Majlisining биринчи sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasida
deputatlarning maqomi to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi, Oliy Majlis Raisi
rahbarligida «Oliy Majis Qo‘mitalari va Komissiyalari to‘g‘risidagi Nizom» qabul
qilindi. Parlamentning ishini tashkil etish uchun Oliy Majlis Raisi rahbarligida Oliy
Majlis Kengashi tuzilib, uning tarkibiga Oliy Majlis Raisi o‘rinbosarlari,
qo‘mitalarning raislari, Mandat komissiyasi raisi, parlamentdagi deputatlar bloki va
fraksiyalarning rahbarlari kiritildi.
O‘zbekiston parlamentining birinchi sessiyasida «Inson huquqlari bo‘yicha
vakili (ombudsman)» instituti ta’sis etildi. 1995 йил февраль
1995 – 1997 yillarda Oliy Majlis 100 ga yaqin qonun va 120 dan ortiq qarorlar
qabul qildi.
Mustaqillik yillarida Oliy Majlisning xalqaro parlament tashkilotlari bilan
aloqalari kengaydi va chuqurlashdi. O‘zbekiston Milliy parlament guruhi tuzildi,
respublikaning Parlamentlararo Ittifoqdagi, Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik
Tashkilotining Parlament Assambleyasidagi va Evroparlament bilan aloqalar
bo‘yicha parlament guruhlarining rahbarlari tasdiqlandi. Oliy Majlis xay’atlari
Parlamentlararo Ittifoq 93 va 94 – konferensiyalarida ishtirok etdi. Bunday tadbirlar
hozirda ham davom etmoqda.
Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995 – 1999 yillarda
15 ta sessiya o‘tkazdi. Sessiyalarda 10 ta kodeks, 2 ta Milliy dastur, 145 qonun, 452
qaror qabul qilindi. Amaldagi qonunlarga jami 216 ta qo‘shimcha va o‘zgarishlar
kiritildi. SHuningdek, Oliy Majlis 70 ta xalqaro shartnomani ratifikatsiya
(tasdiqladi) qildi, xalqaro konvensiyalarga qo‘shilish to‘g‘risida 58 ta qaror qabul
qildi.
1999 yil 19 – 20 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan birinchi chaqiriq O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining XV sessiyasida Prezident Islom Karimov ma’ruza
qilib, uning faoliyatiga yuksak baho berdi.
Mazkur Oliy Majlisining yakunlovchi XV sessiyasi ikkinchi chaqiriq
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari saylovini 1999 yil 5 dekabr
kuniga belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Saylov byulletenlariga 5 ta siyosiy
partiya, hokimiyat vakillik organlari va tashabbuskor guruhlardan 1010 nafar
nomzod kiritildi. 66 ta saylov okrugida 19 dekabr kuni takroriy saylovlar bo‘lib
o‘tdi. Qizg‘in siyosiy kurash asosida o‘tgan saylovlarda 250 nafar deputat saylandi.
Ikkinchi chakiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining I sessiyasining
birinchi majlisi 2000 yil 22 yanvar kuni bo‘lib o‘tdi. Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis
tarkibida siyosiy partiyalarning fraksiyalari va deputatlar bloklaridan tashqari 13 ta
qo‘mita ham faoliyat ko‘rsatdi. Bu ko‘mitalar tarkibiga yuqorida aytib o‘tilgan
ko‘mitalar bilan birga yangi tuzilgan Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar
va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi va YOshlar ishlari
komissiyasi (mazkur komissiya ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining 2000 yil 30 – 31 avgust kunlari bo‘lgan uchinchi sessiyasi qarori bilan
«YOshlar ishlari qo‘mitasi» shaklida qayta tuzildi) kirgan.
Parlamentda, shuningdek 3 ta doimiy komissiya ishlagan: Reglament, odob
va deputatlar faoliyatining ta’minoti komissiyasi; Oila va ayollar muammolari
komissiyasi; Normativ – huquqiy atamalar komissiyasi.
SHuni
alohida
ta’kidlashi
lozimki,
ikkinchi
chakiriq
O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi ham bir palatali parlament sifatida shakllantirildi.
Mamlakatimizda bir palatali parlamentining 2000 – 2004 yillarda bo‘lib o‘tgan 16
sessiyasida 101 ta qonun, 300 dan ortiq qaror qabul qilindi, 55 ta xalqaro shartnoma
va bitimlar ratifikatsiya qilindi. O‘zbekiston Respublikasining 329 ta qonun
hujjatiga 1357 ta o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Xalqaro huquqiy tamoyillar va rivojlangan davlatlar
tajribasiga tayangan holda davr talabi bilan siyosiy
islohotlar kengaytirilib, O‘zbekistonda bir palatali
parlament tizimidan ikki palatali parlament tizimiga o‘tish yo‘lga qo‘yildi. Lekin bu
jarayon muayyan davrni tashkil etdi.
Ўзбекистонда икки
палатали парламентнинг
шаклланиши
2000 yil 25 may kuni ikkinchi chaqiriq O‘zekiston Respublikasi Oliy
Majlisining ikkinchi sessiyasida ikki palatali parlament tuzish g‘oyasini ilgari
surdi. Bunda Prezident Islom Karimov o‘zining «O‘zgarish va yangilanish - hayot
talabi» nomli ma’ruzasida ikki palatali parlament tuzish g‘oyasini ilgari surdi.
Bu demokratik islohotlarni bosqichma – bosqich amalga oshirish tamoyiliga
mos ravishda respublika parlamentini ikki palatali asosda yanada takomillashtirishni
nazarda tutgan g‘oyadir.
2001 yil 6 – 7 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining VIII sessiyasida ikki palatali parlament tuzish
masalasi muhokama qilindi. Sessiya ikki palatali professional parlament faoliyati
uchun eng zarur bo‘lgan omil – yuqori malakali siyosatshunoslar, yuristlar,
iqtisodchilar korpusi shakllanib etilganligini, jamiyatimizda huquqiy madaniyat
darajasining ortganligini inobatga oldi va parlamentni ikki palatali qilib tuzish zarur,
degan xulosaga keldi.
Ikki palatali parlamentni shakllantirish masalasi hayotning o‘zidan, hokimiyat
tarmoqlarini aniq ajratish asosida milliy davlatchilik institutlarini yanada
mustahkamlash zaruratidan kelib chiqadi. SHuni alohida ta’kidlash zarurki,
demokratik mamlakatlarning aksariyatida parlament ikki palatalidir. XX asrning
so‘nggi o‘n yilliklarida ikki palatali tizim parlamentarizm taraqqiyotining asosiy
tendensiyasiga aylandi.Agar XX asrning 70 yillarida ikki palatali parlamentlar 45 ta
davlatda bo‘lgan bu son 70 chiqdi. Hozirda yana o‘nta davlatda ikki palatali
parlament tashkil qilishga tayyorgarlik ko‘rayapti. Bu ko‘rsatkichlar ikki palatali
parlamentning ahamiyatini oshib borayotganligidan dalolat beradi.
2002 yil 27 yanvar kuni «Siz kelgusi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi
parlamentini ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?» degan masalada
referendum bo‘lib o‘tdi. Referendumda qatnashganlarning 93,65 % rozi ekanligini
bildirib ovoz berdilar.
2002 yil 4 – 5 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining VIII sessiyasida «Referendum yakunlari hamda
davlat
hokimiyati
tashkil
etilishining
asosiy
prinsiplari
to‘g‘risida»gi
Konstitutsiviy qonun qabul qildi. Bu qonunda respublika parlamentining nomi Oliy
Majlis deyiladi, u ikki palatali – quyi va yuqori palatalardan iborat etib tashkil
etiladi, deb belgilab qo‘yildi. Quyi palata – Qonunchilik palatasi, yuqori palata –
Senat deb ataladi, ularning vakolat muddati – 5 yil deb belgilangan.
VIII sessiyasida Oliy Majlisining «2002 yil 27 yanvarda o‘tkazilgan
O‘zbekiston
Respublikasi
Referendumining
yakunlari
bo‘yicha
amalga
oshiriladigan qonunchilik ishlarining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi qarorini
ham qabul qildi.
Xullas, bu hujjatlar ikki palatali parlament tuzish ishlarini boshlashga huquqiy
asos bo‘lib xizmat qildi.
2002 yil 12 – 13 dekabr kunlari Oliy Majlisning X sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda xalqimizning xohish – irodasi bilan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Senati to‘g‘risida» va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi to‘g‘risida» Konstitutsiviy qonunlarni hamda ularni amalga
kiritish to‘g‘risida qarorlarni qabul qildi.
Qonunchilik palatasi 120 nafar deputatdan, Senat 100 nafar senatordan iborat
etib shakllantirildi. Bu o‘zgarishlar 2003 yil 24 aprelda qabul qilingan «O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish
to‘g‘risida»gi Qonunda ham o‘z ifodasini topdi. 2003 yil 29 avgustda «O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritilib, mazkur qonun yangi tahrirda qabul qilindi.
SHu tariqa ikki palatali professional parlamentni shakllantirishning
konstitutsiyaviy – huquqiy asoslari yaratildi. 2004 yil dekabr – 2005 yil yanvar
oylarida mamlakatimizda ilk bor ikki palatali parlamentga saylovlar o‘tkazildi.
Jumladan, 2004 yil 26 dekabr va 2005 yil 9 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Qonunchilik palatasiga va Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar
Kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tdi. 2005 yil 17 – 20 yanvar kunlari esa
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga saylovlar bo‘lib o‘tdi.
2005 yil 27 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 2 palata:
Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senat (yuqori palata)dan iborat qilib
shakllantirildi. Qonunchilik palatasiga 120 nafar deputat saylandi. O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri qilib Erkin Xalilov
saylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatga respublikaning har bir
hududidan 6 nafardan, jami 84 senator saylandi. Konstitutsiyaning 77 – moddasiga
muvofiq, Senatning 16 nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida
hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga
ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlandi. Jami bo‘lib, Senat 100
ta senatordan iborat bo‘ladi. Senatning Raisi qilib Murod SHarifxo‘jaev saylandi.
Milliy parlamentarizm rivoj topishining uchinchi davri Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi va Senatining 2005 yil 28 yanvardagi qo‘shma majlisidan
boshlanib, bunda yangi ikki palatali Oliy Majlis deputatlari va senatorlari amalda
o‘z ishlariga kirishdilar. Mamlakatimiz qonun chiqaruvchilarining ana shu tarixiy
anjumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov «Bizning bosh
maqsadimiz
–
jamiyatni
demokratlashtirish
va
yangilash,
mamlakatni
modernizatsiya va isloh qilishdir», – degan dasturiy ma’ruza qilib, unda
jamiyatimizni demokratlashtirish hamda yangilashning aniq va teran asoslantirilgan
konsepsiyasini, shuningdek mamlakatimizni 2005 yilda va uzoq muddatli istiqbolda
isloh etish hamda modernizatsiya qilishning asosiy vazifalarini ilgari surdi.
2009 yil 27 dekabr va 2010 yil 10 yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar
Kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tdi.
2010 yilning 20 – 22 yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Senatining a’zolari saylandi. SHu yilning 22 yanvaridaO‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri qilib Dilorom G‘ofurjonovna
Toshmuhamedova saylandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasi Spikerining o‘rinbosarlari qilib Baxtiyor YOqubov (O‘zbekiston Liberal –
demokratik partiyasi fraksiyasining rahbari), Ulug‘bek Vafoev (O‘zbekiston Xalq
demokratik partiyasi fraksiyasining rahbari), Ulug‘bek Muhammadiev (O‘zbekiston
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasining rahbari), Ismoil Saifnazarov
(O‘zbekiston «Adolat» sotsial – demokratik partiyasi fraksiyasining rahbari), Boriy
Alixonov (O‘zbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar guruhi rahbari)
saylandi.